So'zlar
— 497 —

YIGIRMA SAKKIZINCHI SOʻZ

Bu soʻz Jannatga doirdir. Ushbu Soʻzning ikki maqomi bor. Birinchi Maqom Jannatning ba'zi goʻzalliklariga ishora qiladi. Oʻninchi Soʻzda oʻn ikki qat'iy haqiqat orqali qat'iy aniqlikda hamda bu Soʻzning Ikkinchi Maqomida Oʻninchi Soʻzning xulosasi va asosi uzun, juda metin arabiy qat'iy burhon orqali oʻta porloq tarzda mavjudligi isbotlangan Jannatning borligi tushuntirmaydi, balki bu maqomda faqat savol-javobga va tanqidga sabab boʻlgan Janntaning bir nechta holatlari gapiriladi. Agar tavfiqi Ilohiy yor boʻlsa, oʻsha muazzam haqiqatga doir azim bir soʻz keyinroq yoziladi, Inshaalloh.

﴿ بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ ﴾
﴿ وَبَشِّرِ الَّذِينَ اٰمَنُو وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ اَنَّ لَهُمْ جَنَّاتٍ تَجْرِى مِنْ تَحْتِهَا الْاَنْهَارُ كُلَّمَا رُزِقُوا مِنْهَا مِنْ ثَمَرَةٍ رِزْقاً قَالُوا هٰذَا الَّذِى رُزِقْناَ مِنْ قَبْلُ وَاُتُوا بِهِ مُتَشَابِهًا وَلَهُمْ فِيهَآ اَزْوَاجٌ مُطَهَّرَةٌ وَهُمْ فِيهَا خَالِدُونَ ﴾

Boqiy Jannatga doir ba'zi savollarga qisqa javoblardan iborat.

Jannatga doir Jannatdan ham goʻzal, hurlaridan ham goʻzal, Jannat chashmasidan ham shirin boʻlgan Qur'on oyatlarining bayoni hech kimning gapirishiga boshqa soʻz qoldirmagan. Biroq porloq, azaliy va abadiy, yuksak va goʻzal oyatlarni aqlga yaqinlashtirish uchun ba'zi zinapoyalarni, Qur'on jannatidan namuna sifatida ba'zi chechaklarning namunalaridan ba'zi nozik tomonlarini aytib oʻtamiz. Besh ramzli savol va javob orqali ishora qilamiz. Jannat barcha ma'naviy lazzatlarga asos boʻlganidek, barcha jismoniy lazzatlarga ham manbadir.

— 498 —

Savol: Kamchiligi bor, nuqsonli, oʻzgaruvchan, beqaror, azob chekadigan inson jismoniyatning abadiyat va Jannat bilan qanday aloqasi bor? Modomiki ruhning oliy lazzatlari bor ekan, unga kifoya qiladi. Jismoniy lazzatlar uchun jismoniy hashrning nima keragi bor?

Javob: Chunki, tuproq suvga, havoga, ziyoga nisbatan qattiq, qorongʻu hisoblansada, biroq Ilohiy san'atlarning barcha navʻlariga manba va zamin boʻlgani uchun, qolgan barcha unsurlardan ma'nan ustun boʻlgani kabi... qattiq boʻlgan inson nafsi qamrov siri orqali poklanish sharti bilan barcha insoniy tuygʻulardan ustun boʻlgani kabi... jismoniyat Alloh Ismlarining eng qamrovli, eng keng, eng boy tajalliy qiladigan oynasidir. Rahmat xazinalarining barcha ne'matlarini totadigan va oʻlchaydigan jihozlar jismoniyatdadir. Masalan, tildagi ta'm bilish hissi rizqning mazasini totishda taom navʻlarining sanogʻicha oʻlchovlarga ega boʻlmaganida, xar birini alohida-alohida his qilib tanimas, totib ajrata olmas edi.

Alloh Ismlarining aksar tajalliylarini his etib bilish, zavq olib tanish ham jismoniyatdadir. Gʻoyat hilma-hil va juda turli-tuman lazzatlarni his etadigan iste'dodlar yana jismoniyatdadir. Modomiki bu koinotning Sone'i koinot bilan butun rahmat xazinalarini tanitish, barcha Ismlarining tajalliylarini bildirish va barcha ehsonlarining navʻlarini tottirishni istaganini, koinotning harakatidan va insonning qamrovidan, Oʻn Birinchi Soʻzda isbotlanganidek, qat'iy anglashilmoqda.

Albatta ushbu koinot sayrining katta hovuzi, koinot dastgohi ishlab chiqargan mahsulotning buyuk koʻrgazma joyi, dunyo ekinzorining abadiy xazinasi boʻlgan saodat yeri bu koinotga bir daraja oʻxshaydi. Ham jismoniy, ham ruhoniy barcha asoslarini saqlab qoladi. Sone'i Hakiym va u Odili Rahiym albatta jismoniy a'zolarning vazifalariga ajr hamda xizmatlariga mukofot va maxsus ibodatlariga savob sifatida ularga loyiq lazzatlarini beradi. Yoʻqsa hikmat, adolat va rahmatiga zid holat boʻladiki, hech bir jihatda Uning Jamoli Rahmatiga va Kamoli Adolatiga uygʻun emas, muvofiq boʻla olmaydi.

Savol: Jism, agar tirik boʻlsa, badan a'zolari doimo tarkib va parchalanish jarayonida, inqirozga mahkum, abadiyatga sazovor boʻla olmaydi. Yemoq ichmoq inson hayotining davom etishi, er-xotinlikdagi muomalalar esa naslning davom etishi uchun boʻlib, bu olamda asos boʻlganlar. Abadiy olamda va uxroviy olamda bularga ehtiyoj yoʻq. Nima uchun Jannatning eng buyuk lazzatlari qatoriga kirgan?

— 499 —

Javob: Avvalo, bu olamda jonzotlar jismining inqiroz va oʻlimga mahkumligi kirim va chiqimlarning muvozanatsizligi sabablidir. Bolalikdan kamol yoshigacha kiradigan modda koʻpdir, undan soʻngra sarflanadigani koʻpayadi, muvozanat buziladi, u ham oʻladi. Abadiy olamda esa jism zarralari sobit qolib, tarkib va parchalanishga duchor emas. Yohud muvozanat sobit turadi, {(Izoh) Bu dunyoda inson va hayvon jismi zarralar uchun bir mehmonxona, saroy, maktab hisoblanib, jonsiz zarralar unga kiradi, tirik boʻlgan baqo olamiga zarra boʻlish uchun layoqat kasb etadi, chiqadi. Oxiratda esa, اِنَّ الدَّارَ الْاٰخِرَةَ لَهِىَ الْحَيَوَانُ siriga koʻra hayot nuri hamma uchun umumiy. Nurlanish uchun sayru-safarga, ta'limot va ta'limga ehtiyoj yoʻq. Zarralar oʻzgarmas, sobit qoladi.} kiradigan va sarflanadigan moddalar muvozanatdadir. Doimiy charxpalak kabi jonzotlar jismi lazzatlanish uchun jismoniy hayot dastgohining ishlattilishi bilan birga abadiylashadi. Yeyish, ichish va er-xotinlik muomalalari bu dunyoda ehtiyojdan kelib chiqadi, vazifa bajaradi, biroq u vazifa uchun oldindan ajr sifatida ichiga hilma-hil laziz lazzatlar qoʻyilganki, bu qolgan lazzatlardan ustun.

Modomiki, yeyish va nikoh bu dunyoda ajib va turli-tuman lazzatlarga sabab ekan, albatta lazzat va saodat joyi boʻlgan Jannatda oʻsha lazzatlar yuksak surat olib, dunyodagi vazifalarning oxiratdagi ajrini ham lazzat sifatida ustiga qoʻyib, dunyoviy ehtiyojni ham oxiratning yoqimli ishtahasi suratida qoʻshib, Jannatga loyiq va abadiyatga munosib, eng jamlovchi hayotdor lazzat manbai boʻladi.

﴿ وَمَا هٰذِهِ الْحَيٰوةُ الدُّنْيَآ اِلَّا لَهْوٌ وَلَعِبٌ وَاِنَّ الدَّارَ الْاٰخِرَةَ لَهِىَ الْحَيَوَانُ ﴾

siriga koʻra bu dunyoda jonsiz, ongsiz va hayotsiz moddalar u yerda ongli va tirik boʻladi. U yerning daraxtlari bu yerdagi insonlar kabi, u yerning toshlari bu yerdagi hayvonlar kabi buyruqlarni tushunadi va bajaradi. Sen bir daraxtga, "Menga falon mevani keltir" desang, keltiradi. Falon toshga "Kel" desang, keladi. Modomiki tosh va daraxtlar bu daraja yuksak bir surat olar ekan, Jannat dunyodan naqadar ustun boʻlsa, albatta yemoq, ichmoq va nikoh ham haqiqiy jismoniy holatini saqlab qolish bilan birga, dunyoviy darajalaridan shu daraja yuksak suratda boʻlishini iqtizo qiladi.

Savol: اَلْمَرْءُ مَعَ مَنْ اَحَبَّ siriga koʻra, "Jannatda doʻst doʻsti bilan birga boʻladi". Xolbuki, oddiy badaviy odam, Nabiy bilan boʻlgan suhbatining bir daqiqasida U zotga nisbatan Alloh uchun muhabbat paydo qiladi. Shu muhabbati orqali jannatda Paygʻambar Alayhissalotu Vassalomning yonida boʻlishi kerak. Xolbuki Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning cheksiz fayzi, oddiy badaviyning fayzi bilan qanday teng kelishi mumkin?

— 500 —

Javob: Bir misol orqali ushbu yuksak haqiqatga bir ishora qilamiz.

Masalan, muhtasham zot nihoyatsiz goʻzal va hashamatli bir bogʻda, juda ziynatlangan bir sayrgohda oʻta buyuk ziyofatni shunday bir tarzda tayyorlaganki, unda til seza oladigan barcha laziz taomlar jamlangan, koʻzni quvontiradigan jami goʻzal narsalarni oʻz ichiga olgan, hayolga keladigan butun yoqimli gʻaroyibotlar toʻplangan va hokazo. Ichiga barcha zohiriy va botiniy hislarni xursand qiladigan hamma narsani qoʻygan.

Endi ikki doʻst bor. Birgalikda oʻsha ziyofatga boradi. Bir xonada dasturxon atrofida oʻtiradi. Biroq birining ta'm bilish hissi juda zaifl boʻlgani sabab ozgina lazzat oladi. Koʻzi yaxshi koʻrmaydi. Hid sezmaydi. Gʻaroyib san'atlarni tushunmaydi. Hayratomuz narsalarni farqlamaydi. Sayr yerining qobiliyati nisbatida zoʻrgʻa mingdan, balki milliondan biridan zavqlanib foydalanadi. Keyingisining esa barcha zohiriy va botiniy hislari, aql, qalb, his va tuygʻulari shunchalik mukammal va shu qadar ochilganki, sayrgohdagi barcha nozik, goʻzal, latif va gʻaroyib san'atlarni alohida-alohida his qilib doʻsti bilan yonma-yon lazzatlanadi.

Modomiki, shu besaranjom, alamli va tor shu dunyoda bunday boʻlar ekan. Eng kichik bilan eng katta narsa birgalikda boʻlsada, oralarida yerdan koʻkkacha farq bor. Bu albatta saodat va abadiyat joyi boʻlgan Jannatda, birinchi usulga binoan, doʻst doʻsti bilan birgalikda boʻlsada, xar biri Rahmoni Rahiymning dasturxonidan iste'dodlarining darajasi nisbatida hissasini oladi. Boshqa-boshqa Jannatlarda boʻlishsa ham, yonma-yon turishiga xalal bermaydi. Chunki Jannatning sakkiz tabaqasi biri-biridan yuksak boʻlib, hammasining tomi Arshi A'zamdir. Bamisoli, konussimon togʻning atrofida bir-biri ichida joylashgan, bir-biridan yuksak, ostidan choʻqqigacha, devor tarzidagi doiralar bor boʻlsa, ular bir-birining ustidadir, ammo quyoshni koʻrishda bir-biriga toʻsiq boʻlmaydi, bir-biridan oʻtadi, bir-biriga qarab turadi. Shunga oʻxshab, Jannatlar ham bunga yaqin ekaniga hadislarning hilma-hil rivoyatlari ishora qiladi.

Savol: Hadislarda, "Hurlar yetmish qavat koʻylak kiyganlari holda, oyoqlarining suyaklaridagi iliklari koʻrinib turadi" deb aytilgan. Bu nima degani? Ma'nosi nima? Qanday goʻzallik?

Javob: Ma'nosi juda goʻzal, goʻzalligi juda shirin. Bu xunuk, oʻlik, jonsiz va koʻpi poʻstloq boʻlgan dunyoda husn va jamol faqatgina koʻzga goʻzal koʻrinib, unga koʻnikishga toʻsiq boʻlmasa yetadi. Xolbuki goʻzal, tirik, ravnaqdor, butunlay poʻstloqsiz magʻz va qobiqsiz asl boʻlgan Jannatda koʻz kabi insonning barcha tuygʻulari, latifalari latif jinsdan iborat hurlardan hamda hurlardek va ulardan ham goʻzal boʻlgan, bu dunyodan borgan Jannatdagi dunyo ayollaridan hilma-hil zavqlarining hissasini, turli-tuman lazzatlarini olishni istaydilar.

— 501 —

Demak, hadis eng ustki koʻylakning goʻzalligidan to suyak ichidagi iliklargacha xar biri barcha hislarning, teygʻularning lazzat olish vositasi ekanini ishora qilyapti. "Hurlarning yetmish koʻylak kiyishlari va oyoqlarining suyaklaridagi iliklari koʻrinishi" iborasi orqali hadisi sharif, hurlarning - insonda naqadar husnparvar, zavqparast, ziynatga maftun va jamolga ishtiyoqmand tuygʻulari, hislari, quvvalari va latifalari boʻlsa, barchasini xursand qilib, toʻydiradigan va xar birini alohida-alohida baxtiyor qiladigan xar navʻ moddiy-ma'naviy ziynat va jamol goʻzalligiga ega ekaniga ishora qilyapti.

Demak, hurlar Jannat ziynatlaridan yetmish koʻylakni bir jinsdan boʻlmagani uchun bir-birini toʻsib qolmaydigan suratda kiyadi, oʻz vujudlaridan, nafs va jismlaridan, balki yetmish martabadan koʻra koʻproq hilma-hil husn va jamolning turlarini namoyon qiladilar.

﴿ وَفِيهَا مَا تَشْتَهِيهِ الْاَنْفُسُ وَتلَذُّ الْاَعْيُنُ ﴾

ishorasining haqiqatini koʻrsatadilar. Yana hadisi sharif Jannatda keraksiz, poʻstloqli va befoyda moddalar boʻlmagani uchun, Jannat ahlining yeb ichganidan soʻng chiqindisi yoʻqligini bayon qiladi. Modomiki bu past darajali dunyoda eng oddiy jonzot boʻlgan daraxtlar koʻp oziqlansada chiqindisiz boʻladilaru, eng yuksak hayot tabaqasi boʻlgan Jannat ahli nega endi chiqindisiz boʻlmasin?!

Savol: Hadisi shariflarda, "Ba'zi Jannat ahliga dunyo kattaligidagi yer beriladi, yuz minglab qasr, yuz minglab hurlar ehson qilinadi", deyilgan. Bir odamga buncha narsalarning nima keragi bor, nima ehtiyoji bor, buni qanday tasavvur qilish mumkin va bu nima degani?

Javob: Agar inson faqatgina jonsiz vujuddan iborat boʻlsa yoki yolgʻiz me'dadan iborat oʻsimliksifat maxluq va yoki faqat cheklangan, ogʻir, vaqtinchalik va oddiy bir jismoniy borliq, hayvoniy jismdan iborat boʻlsa edi, aytilgan koʻp qasrlarga, koʻp hurlarga loyiq va ega boʻlmas edi.

Biroq, inson shunday qamrovli qudrat moʻ'jizasiki, hatto bu foniy dunyoda, shu qisqa umrda, toʻliq ochilmagan ba'zi tuygʻularining ehtiyoji uchun butun dunyoning saltanati, boyligi va lazzati berilsa, hirsi toʻymasligi aniq.

Xolbuki, abadiy saodat joyida, cheksiz iste'dodga ega, nihoyatsiz ehtiyojlar tili bilan, tuganmas orzular qoʻli bilan, cheksiz rahmatning eshigini qoqqan inson, albatta hadislarda bayon qilingan Ilohiy ehsonlarga sazovor boʻlishi aqlga toʻgʻri keladi, haq va haqiqatdir. Bu yuksak haqiqatga bir misol durbini bilan nazar solamiz:

— 502 —

Bu dara bogʻi kabi, {(Izoh) Sakkiz yil toʻliq sadoqat bilan bu faqirga xizmat qilgan Sulaymonning bogʻi boʻlib, bir yoki ikki soat ichida bu Soʻz u yerda yozildi.} Barlaning bogʻ va bogʻchalarining xar birining alohida-alohida egasi bor boʻlsada, Barlada ozuqasi bor-yoʻgʻi bir hovuch yem boʻlgan xar bir qush, xar bir chumchuq, xar bir ari, "Butun Barlaning bogʻ va boʻstonlari mening oromgohim va sayr joyim", deydi. Barlani zabt qilib, oʻz mulki doirasiga qoʻshib oladi. Boshqalarning ishtiroki uning bu ishini buzmaydi. Inson boʻlgan xar bir inson, "Mening Xoliqim bu dunyoni menga uy qilgan quyosh mening chirogʻim, yulduzlar mening elektr chiroqchalarim, yer yuzi gulu chechakli gilamlar bilan toʻshalgan bir beshigimdir," deya Allohga shukr qiladi. Boshqa maxluqotning ishtiroki uning bu hukmini bekor qilmaydi. Aksincha, maxluqot uning uyini bezaydi. Uyning ziynatlari hisobida. Ajabo, bu torgina dunyoda inson insoniylik e'tibori ila, hatto qush ham azim doirada bir navʻ egalik da'vo qilsa, ulkan ne'matga sazovor boʻlsayu, keng va abadiy saodat joyida besh yuz yil masoflik mulk ehson qilish qanday qilib aqlga sigʻmasligi mumkinmi?!

Bu qattiq, qorongʻu, tor dunyoda quyosh juda bir onda koʻp oynalarda koʻringani kabi,

nuroniy zot bir onda koʻp yerlarda boʻla olishi (Oʻn Oltinchi Soʻzda isbot etilgani kabi),

masalan, Hazrati Jabroil Alayhissalom ham mingta yulduzda bir onda

ham Arshda ham paygʻambarning huzurida

ham Allohning huzurida bir vaqtning oʻzida boʻlishi,

Hazrati Paygʻambar Alayhissalotu Vassalom hashrda bir onda ummatining aksariyat taqvodor qismi bilan koʻrishishi,

dunyoda hadsiz maqomlarda bir onda koʻrinishi,

avliyolarning abdol deb ataluvchi bir sinfi gʻariblari bir vaqtning oʻzida koʻp joylarda koʻrinishi,

avom insonlarning tushda ba'zan bir daqiqada bir yillik ishlar qila olishi va koʻrishi,

xar kim qalb, ruh, xayoli orqali bir onda juda koʻp joylar bilan bogʻlanib aloqador boʻlishi koʻrilgan va ma'lum boʻlgani bois,

albatta nuroniy, chegarasiz, keng va abadiy Jannatda jismlari ruh quvvatida, yengilligida va hayol tezligida boʻlgan Jannat ahli bir vaqtning oʻzida yuz minglab joylarda boʻladi,

yuz minglab hurlar bilan suhbatlashib, yuz ming tarzda lazzat olishi,

abadiy Jannatga, nihoyatsiz rahmatga loyiq. Muxbiri Sodiqning (S.A.V.) xabar berganidek haq va haqiqatdir. Shu bilan birga, ushbu kichkina aqlimizning tarozisi bilan u muazzam haqiqatlar tortilmaydi.

Oliy idroklar bu kichik aqlga kerakmas,

Zero bu tarozi u qadar yukni koʻtarmas.

﴿ سُبْحَانَكَ لَاعِلْمَ لَنَآ اِلَّا مَاعَلَّمْتَنَآ اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ ﴾
رَبَّنَا لَا تُاٰخِذْنَآ اِنْ نَسِينَآ اَوْ اَخْطَاْنَا
— 503 —
اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى حَبِيبِكَ الَّذِى فَتَحَ اَبْوَابَ الْجَنَّةِ بِحَبِيبِيَّتِهِ وَبِصَلَاتِهِ وَاَيَّدَتْهُ اُمَّتُهُ عَلٰى فَتْحِهَا بِصَلَوَاتِهِمْ عَلَيْهِ، عَلَيْهِ الصَّلَاةُ وَالسَّلَامُ. اَللّٰهُمَّ ادْخِلْنَا الْجَنَّةَ مَعَ الْاَبْرَارِ بِشَفَاعَةِ حَبِيبِكَ الْمُخْتَارِ اٰمِينَ
Jannat Soʻziga Kichik Bir Ilova
Jahannamga doir

Ikkinchi va Sakkizinchi Soʻzlarda isbotlanganidek - iymonda ma'naviy bir jannatning danagi mujassam. Kufrda esa ma'naviy bir jahannam urugʻini bor. Kufr Jahannamning urugʻi boʻlgani kabi Jahannam ham uning bir mevasidir. Kufr Jahannamga kirishga sabab boʻlgani kabi Jahannamning borligi va yaratilishiga ham sababdir. Chunki, kichik bir hokimning kichik izzati, kichik gʻayrati, kichik gʻazabi boʻlsa, bir beadab isyon qilib, "Meni adabimni bermaysan va bera olmaysan" desa. U yerda qamoqxona boʻlmasa ham, xar holu korda bir beadab uchun bir qamoqxona tashkil qiladi va uni ichiga tiqadi. Xolbuki kofir Jahannamni inkor qilish orqali benihoyat Izzat va Gʻayrat va Jalol Sohibi va gʻoyat buyuk va benihoyat Qodiyr bir Zotni yolgʻonga chiqaryapti va ojizligini aytmoqda, yolgʻon va ojizlik bilan aybblayapti, izzatini qattiq botayapti, gʻayratini dahshatli ayblayapti, jaloliga isyon qilyapti.

Albatta Jahannamning vujudga kelishiga hech qanday sabab yoʻqligi faraz qilinsa ham, bu daraja yolgʻonga chiqarish va ojizlik bilan ayblashlarni oʻz ichiga olgan kufr uchun Jahannam yaratiladi va kofir ichiga tiqiladi.

﴿ رَبَّنَا مَاخَلَقْتَ هٰذَا بَاطِلًا سُبْحَانَكَ فَقِنَا عَذَابَ النَّارِ ﴾