Koinot Tilsimini Kashf qilgan, Qur'oni Hakimning Muhim Tilsimini Hal qilgan
Bu Soʻz Ikki Maqsaddan iborat. Birinchi Maqsad "Ana"ning mohiyat va natijasidan, Ikkinchi Maqsad "Zarra"ning harakat va vazifasidan gapiradi.
BIRINCHI MAQSAD
Bu oyatning buyuk xazinasidan bitta javhariga ishora qilamiz. quyidagicha:
Osmon, zamin, togʻlar koʻtarishdan chekingan va qoʻrqqan omonatning koʻp jihatlaridan bir donasi, bir jihati ana, menlikdir. Ha, menlik Hz.Odam (A.S.) zamonidan hozirgacha insoniyat olamining atrofiga shox-shoda solgan nuroniy tubo daraxti bilan daxshatli zaqqum daraxtining urugʻidir. Bu azim haqiqatga kirishdan avval uning tushunilishini osonlashtiradigan quyida bir muqaddima bayon qilamiz:
Ana - maxfiy xazinalar boʻlgan Alloh ismlarining kaliti boʻlgani kabi, koinotning tushinilishi qiyin tilsimining ham kaliti boʻlib, bir tushunilishi qiyin muammo, hayrat beradigan tilsimdir.
"Men"ning mohiyatining bilinishi orqali ushbu gʻarib muammo, ajib tilsim boʻlgan ana ochiladi va koinot tilsimini va Allohning zot, sifat va Asmosini ifodalagan olamining xazinalarini ham ochadi. Bu masalaga doir "Shamma" nomli bir arabcha risolamda quyidagicha yozganman: Olamning kaliti insonning qoʻlidadir va nafsiga taqilgan. Koinot eshiklari zohiran ochiq koʻrinsada, haqiqatda yopiqdir. Janobi Haq omonat sifatida insonga «ana» nomli shunday bir kalit berganki, olamning butun eshiklarini ochadi va shunday tilsimli bir anoniyat-menlik berganki, Xalloqi Koinotning maxfiy xazinalarini u orqali kashf qiladi. Faqat ananing oʻzi ham juda mushkul muammo va ochilishi qiyin bir tilsimdir. Agar uning haqiqiy mohiyati va yaratilish siri bilinsa, oʻzi ochilgani kabi koinot ham ochiladi. U quyidagicha:
Sone'i Hakiym insonning qoʻliga omonat sifatida Rablik sifat va muqaddas xususuiyatlarining haqiqatlarini koʻrsatadigan, tanitadigan, ishora va namunalarni jamlagan oʻlchov birligi, rububiyat sifatlari va uluhiyat xususiyatlari bilinishi uchun anani bergan. Lekin oʻlchov birligi haqiqiy mavjud boʻlishi kerak emas. Balki andozadagi faraziy chiziqlar kabi, faraz va tasavvur bilan oʻlchov birligini tashkil qiladi. Ilm va isbotlanish bilan haqiqiy vujudi lozim emas.
Savol: Nima uchun Janobi Haqning sifat va ismlarini bilish anoniyat-menlikka bogʻliq?
Javob: Chunki mutlaq va keng narsaning hududi va oxiri boʻlmagani uchun unga bir shakl berilmaydi va ustiga surat chizish va aniqlash uchun hukm qilinmaydi, mohiyati nima ekani tushunilmaydi. Masalan: Doimiy zulmatsiz ziyo bilinmaydi va his etilmaydi. Qachon haqiqiy yoki tasavvurda bir qorongʻilik bilan xat chekilsa, oʻshandagina bilinai. Demak, Janobi Haqning ilm va qudrat, Hakiym va Rahiym kabi sifat va ismlari, keng, hududsiz, sheriksiz boʻlgani uchun ularga hukm qilinmaydi, nima ekani bilinmaydi va his qilinmaydi. Shunday ekan haqiqiy soʻnggi va chegarasi boʻlmagani uchun, faraziy va tasavvurda bir chegara chizish kerak boʻladi. Uni esa anoniyat qiladi. Oʻzida yolgʻonchi rububiyat, malikiyat, qudrat, bir ilm tasavvur qilib, chegara chizadi. U bilan keng sifatlarga hayoliy hudud qoʻyadi. "Bu yergacha meniki, undan soʻng unikidir" deb, taqsimlaydi. Oʻzidagi kichik oʻlchovlar bilan ularning mohiyatini asta-asta tushunadi. Masalan: Mulk doirasida mavhum rububiyati bilan mumkinot doirasida Xoliqining rububiyatini anglaydi. Zohiriy egaligi bilan Xoliqining haqiqiy malikiyatini tushunadi. "Bu uyga sohib boʻlganim kabi, Xoliq ham bu koinotning sohibi" deydi va juz'iy ilmi bilan uning ilmini fahm qiladi. Egallagan tajribasi bilan Sone'i Zuljalolning san'at yaratishini anglaydi.
Masalan: "Men shu uyni qanday qilgan va tartiblagan boʻlsam, huddi shuning kabi bu dunyo uyini ham bir zot qilgan va tartiblagan" deydi. Va hokazo... Butun Ilohiy sifat va xususiyatlarini bir daraja bildiradigan, koʻrsatadigan minglab sirli holatlar, sifat va hissiyotlar ana-" men"da joylashtirilgan. Demak, ana oyna-misol, oʻlchov birligi, kengayish asbobi, harfiy ma'no kabi ma'nosi oʻzida boʻlmagan va boshqa zotning ma'nosini koʻrsatgan, insoniyat vujudining qalin ipidan idrokli bir sim, bashariyat mohiyatining koʻylagidan mayin bir ip va yoʻqlikka oid kitobidan bir alif boʻlib, alifning "ikki yuzi" bor. Biri xayrga va vujudga qaraydi. U yuzi faqat fayzga qobil. Berganni qabul qiladi, oʻzi ijod qila olmaydi. Bu jihatda yaratuvchi emas, qoʻli ijod qilishga qisqa.
Keyingi yuzi esa yomonlikka qaraydi va yoʻqlikka ketadi. Bu yuzida u qiluvchi, amal sohibidir. Uning mohiyati harfiyadir, yaʻni boshqa zotning ma'nosini koʻrsatadi. Rububiyati hayoliydir. Vujudi shu qadar zaif va nozikki, shaxsan oʻzida hech narsaga chiday olmaydi va boʻyniga ola olmaydi. Balki ashyolarning darajalari va miqdorlarini bildirgan issiqlik harorati va havoning oʻlchanishi kabi mezonlardan bir mezon boʻlib, Vojib-ul Vujudning mutlaq, keng va hududsiz sifatini bildiradigan bir mezondir.
Mohiyatini shu tarzda bilgan va anglagan va unga koʻra harakat qilgan inson قَدْ اَفْلَحَ مَنْ زَكّٰيهَا bashoratiga doxil boʻladi. Omonatni loyigʻidek ado etadi va ana-"men"ning durbini bilan koinot nima ekanini va qanday vazifa bajarishini koʻradi. Tashqi ma'lumot nafsga kelgan payti, anada bir tasdiqlovchi koʻradi. U ilmlar nur va hikmat boʻlib qoladi. Zulmat va gʻoyasizlikka aylanmaydi. Qachonki ana oʻz vazifasini bu suratda ifoda qilsa, oʻlchov birligi boʻlgan mavhum rububiyatini va faraziy sohibligini tark etadi.
deydi.
Haqiqiy qulligining kiyimini kiyar. "Ahsani taqvim" maqomiga chiqadi.
Agar ana yaratilish hikmatini unutib, tabiiy vazifasini tark etib, oʻziga ismiy ma'no bilan boqsa, yaʻni oʻzini sohib deb e'tiqod qilsa, omonatga xiyonat qiladi, وَقَدْ خَابَ مَنْ دَسّٰيهَا oyatiga dohil boʻladi.
Butun shirklar, yomonliklar va zalolatlarni vujudga keltirgan anoniyat-menlikning bu jihatidan, osmonlar, yer va togʻlar daxshatga tushgan, faraziy shirkdan qoʻrqqan. Ha, ana -men nozik bir alif, tor, faraziy bir xat hisoblanadi. Agar mohiyati bilinmasa, yashinish tuprogʻi ostida koʻkaradi, tobora qalinlashadi. Inson vujudining hamma tomoniga yoyiladi. Katta ajdarho kabi inson vujudini yutadi. Inson butun tuygʻulari bilan xuddiki ana -men boʻladi.
Soʻng sinfning menligi va jinsi va millatiga boʻlgan bogʻliqlik jihati bilan menligiga kuch berib, ana tarafdorlarning anoniyatiga tayanib, shayton kabi Sone'i Zuljalolning amrlariga qarshi kurashga chiqadi. Soʻng nafsini qiyoslash orqali hammani, hatto hamma narsani oʻziga qiyos qilib, Janobi Haqning mulkini ularga va sabablarga taqsimlaydi. Juda azim shirkka tushar. اِنَّ الشِّرْكَ لَظُلْمٌ عَظِيمٌ ma'nosini koʻrsatadi.
Davlat molidan qirq soʻmni oʻgʻirlagan odam doʻstlariga yuz soʻmdan oʻgʻirlashini qoʻllab-quvvatlaydi. Xuddi shuning kabi "Oʻzimga egaman" degan odam, "Hamma narsa oʻziga sohib", deyishga va e'tiqod qilishga majbur.
Demak, ana -men bu xoinona vaziyatda ekan, mutlaq jaholatdadir. Minglab fanlarni bilsada, bilmasligini bilmagan kimsaning johilligi holatidadir. Chunki tuygʻulari, fikrlari koinotning ma'rifat nurlarini keltirgan payti, nafsida uni tasdiqlaydigan, nurlantiradigan va davom ettiradigan modda topmagani uchun soʻnadi. Kelgan hamma narsa nafsidagi ranglar bilan boʻyaladi. Hikmatning oʻzi kelsa, nafsida mutlaq gʻoyasizlik suratini oladi. Chunki bu holdagi ananing rangi shirk va iymonsizlikdir, Allohni inkor qilishdir. Butun koinot porloq oyatlar bilan toʻlsa ham, «men» dagi qorongʻi bir nuqta ularni oʻsha qarash orqali soʻndiradi, koʻrsatmaydi. Oʻn Birinchi Soʻzda inson mohiyatining va inson mohiyatidagi menlikning harfiy ma'no jihatida qanchalik xassos mezon, toʻgʻri miqyos va keng mundarija, mukammal xarita va qamrovli oyna, koinotda goʻzal bir taqvim, roʻznoma ekanini oʻta qat'iy suratda izoh etilgan. Unga murojaat etilsin. Oʻsha Soʻzdagi tafsilotga binoan qisqa qilib, muqaddimaga nihoyat berdik. Agar muqaddimani tushungan boʻlsang kel, haqiqatga kiramiz.
Qara: Insoniyat olamida Hz. Odam (A.S.) zamonidan hozirga qadar ikki azim jarayon, ikki fikrlar silsilasi hamma tarafda va insoniyatning xar tabaqasida shox-shoda solgan, ikki buyuk silsila hisoblanadi. Biri nubuvvat va diyonat silsilasi, keyingisi, falsafa va hikmat silsilasi, kelib ketyapti. Qachon bu ikki silsila birlashgan va ittihod etgan boʻlsa, ya'ni falsafa silsilasi diyonat silsilasiga qoʻshilib itoat qilib xizmat etgan boʻlsa, insoniyat olamining ijtimoiy hayoti porloq saodatda oʻtgan. Qachon boshqa-boshqa yoʻldan ketgan boʻlsa, butun yaxshilik va nur - nubuvvat va diyonat silsilasi atrofiga toʻplangan, yomonlik va zalolatlar falsafa silsilasining atrofiga jamlangan. Biz bu ikki silsilaning ildizlarini, asoslarini topishimiz kerak.
Diyonat silsilasiga itoat qilmagan falsafa silsilasi - zaqqum daraxti suratini olib, atrofiga shirk va zalolat zulmatini tarqatadi. Hatto aql tuygʻusi shoxida Dahriyyun, Moddiyun, Tabiiyun mevalarini inson aqliga bergan. Gʻazab tuygʻusi shoxida Namrudlarni, Fir'avnlarni, Shaddodlarni {(Izoh) Ha, Namrudlarni, Fir'avnlarni yetishtirgan va onalik qilib emizgan, eski Misr va Bobilning yo sehr darajasiga chiqqan yoki xususiy boʻlgani uchun atrofida sehr deb oʻylangan eski falsafasi boʻlgan. Shuning kabi tabiat falsafasi botqoqligi Yunonlar boshiga eski ilohlarni joylashtirgan va sanamlarni vujudga keltirgan. Tabiat pardasi bilan Allohning nurini koʻrmagan inson hamma narsa iloh deb, oʻz boshiga ogʻdirar.} inson boshiga otgan. Hayvoniy shahvat tuygʻusi shoxida botil ilohlarni, sanamlarni va ilohlik da'vo qilganlarni samara bergan, yetishtirgan.
Zaqqum daraxtining ildizi bilan nubuvvat silsilasining, qullik tubo daraxti hukmida boʻlgan silsilaning Yer Kurrasinning bogʻida muborak shoxlari bor. Aql tuygʻusi shoxida - anbiyo va mursalin, avliyo va siddiqiyn mevalarini yetishtirgani kabi, zararli narsalarni daf qilgan tuygʻu shoxida odil sudʻyalarni, malak kabi hukmdorlar mevasini bergan. Foydali narsalarni tortgan tuygʻu shoxida axloq goʻzalligi, maʻsum surat goʻzalligi, saxovat, xotamtoylar mevasini yetishtirgan. Inson bu koinotning eng mukammal bir mevasi ekanini koʻrsatgan oʻsha daraxtning ildizi bilan birga ana -"men"ning ikki jihatida mavjud. Ikki daraxtga ildiz va manbaʻ, asosli urugʻ sifatida quyida ananing ikki jihatini bayon qilamiz:
Ana -"men"ning bir jihatini nubuvvat tutgan, keying jihatini falsafa tutib kelmoqda.
Nubuvvat tomonidagi birinchi jihat: Nuqsonsiz qullikning asosidir. Ya'ni, «men» oʻzini qul deb biladi. Boshqaga xizmat qiladi deb anglaydi. Mohiyati harfiy, yaʻni yakka oʻzi maʻnosi yoʻq, boshqasining maʻnosini koʻrsatadi. Ya'ni, boshqasining ma'nosini tashiydi deb tushunadi. Vujudi boshqa narsaga tobe' hisoblanadi. Ya'ni boshqa bir zotning vujudi bilan qoim va ijodi bilan sobitdir deb e'tiqod qiladi. Sohibligi faraziydir. Ya'ni, oʻz sohibining izni bilan yuzaki, vaqtinchalik egaligi bor deb bilar. Haqiqati soyali. Ya'ni, haq va vojib bir haqiqatning jilvasini koʻtargan mumkin va miskin soyadir. Vazifasi esa oʻz Xoliqining sifat va xususiyatlarga miqyos va mezon boʻlib, idrokli xizmatdir.
Anbiyolar va ularning silsilasidagi asfiyo va avliyolar ana-menga quyidagi jihat bilan qaraganlar, shunday koʻrganlar, haqiqatni anglaganlar. Butun mulkni Malikul Mulkka taslim qilishgan va xulosa chiqarishganki:
Maliki Zuljalolning na mulkida, na rububiyatida, na uluhiyatida sherik va oʻxshashi yoʻq. Yoʻrdamchi va vazirga muhtoj emas, hamma narsaning kaliti uning qoʻlidadir, hamma narsaga Qodiyri Mutlaqdir. Sabablar zohiriy bir pardadir, tabiat Allohning yaratilishga oʻrnatgan va butun borliqlar unga tobe' boʻlgan qonun-qoidalarining majmuasi va qudratining jadvalidir.
Bu porloq nuroniy goʻzal yuz tirik va ma'nodor urugʻ hisobiga oʻtgan. Xoliqi Zuljalol qullik tubo daraxtini undan yaratganki, uning muborak shoxlari insoniyat olamining hamma tomonini nuroniy mevalar bilan bezagan. Oʻtgan zamonidagi butun zulmatlarni tarqatib, uzun moziy, falsafa koʻrgani kabi katta mozor, yoʻqlik emasligini, balki istiqbolga va abadiy saodatga hatlash uchun oʻlgan ruhlarga nurlanish joyi, turli zinapoyali nurli me'roj, ogʻir yuklarini tashlagan, ozod boʻlgan va dunyodan koʻchib ketgan ruhlarning nuroniy makoni va bir boʻstoni ekanini koʻrsatadi.
Ikkinchi jihat esa: Falsafa tutgan jihat. Falsafa ana -"men"ga ismiy ma'no bilan qaraydi. Ya'ni oʻz oʻziga dalolat qiladi deb aytadi. Ma'nosi oʻzida, oʻzi uchun ishlaydi deb hukm qiladi. Asliy vujudi, zotiy deb qabul qialdi. Ya'ni zotida shaxsan vujudi bor, deb aytar. Yashash haqqi bor, qoʻli yetgan doirada haqiqiy sohib degan botil aqidadadir. Uni sobit bir haqiqat deb tushundai. Vazifasini, oʻzini sevganidan kelib chiqqan rivojlanish deb biladi va hokazo... Yoʻlini koʻp buzuq asoslarga bino qilgan. Asoslar esa naqadar asossiz va chirikligini boshqa risolalarimizda, xususan Soʻzlarda, boxusus Oʻn Ikkinchi va Yigirma Beshinchi Soʻzlarda qat'iy isbotlaganmiz. Xatto falsafa silsilasining eng mukammal aʻzolari va silsila dohiylari boʻlgan Aflotun va Aristotel, Ibn Sino va Farobiy kabi odamlar: "Insoniyatning eng yuksak gʻoyasi "Hudoga oʻxshash" deyishgan. Ya'ni Vojib-ul Vujudga oʻxshash, deb fir'avunlarcha xulosa chiqarib, menlikni qamchilab shirk daralarida erkin yugurtirib sababparast, sanamparast, tabiatparast, yulduzparast kabi koʻp shirk toifalariga maydon ochishgan. Insoniyatning asosida joylashtirilgan ojizlik va zaiflik, faqirlik va ehtiyoj, kamchilik va nuqson eshiklarini yopib, qullikning yoʻlini toʻsishgan. Tabiatga botib, shirkdan toʻliq chiqa olmasdan, shukrning keng eshigini topa olishmagan.
Nubuvvat esa: Insoniyatning gʻoya va maqsadi, insonlik vazifasi Ilohiy axloq va goʻzal xislatlar bilan axloqlanish bilan barobar, ojizligini bilib Allohning qudratiga iltijo qilib, zaifligini koʻrib Ilohiy quvvatga tayanish, faqirligini koʻrib Allohning rahmatiga suyanish, ehtiyojini koʻrib Janobi Haqning boyliklaridan madad tilash, kamchiligini koʻrib Janobi Haqning afviga istigʻfor aytish, noqisligini koʻrib Ilohiy mukammallikka tasbehxon boʻlish deb, qulik qilib hukm qilganlar.
Diyonatga itoat qilmagan falsafaning yoʻlni yoʻqotgani sabab, tizginini ana-"men" qoʻliga olgan, zalolatning xar turiga kirgan. Bu jihatdagi ananing boshida bir zaqqum daraxti unib, insoniyat olamining yarmidan ortigʻini qoplagan.
Oʻsha daraxtning hayvoniy shahvat tuygʻusi shoxida insonning e'tiboriga havola qilgan mevalari - sanamlar va botil ilohlardir. Chunki falsafaning asosida quvvat yotadi. Hatto "Al hukmu lil gʻolib" dasturi bor. "Gʻalaba qilgan kimsada kuch bor. Quvvatda haq bor." deydi. {(Izoh1) Nubuvvat dasturi "Quvvat haqda, haq quvvatda emas" deydi, zulmni toʻxtatadi, adolatni ta'minlaydi.} Zulmni ma'nan olqishlagan, natijada zolimlarni jasoratlantirgan va jabborlarni ilohlik da'vosiga chorlagan. Yaratilishdagi goʻzallikni va naqshdagi husnni yaratilganniki va naqshniki, Sone' va Naqqoshdan boshqa deb, muqaddas jamolining jilvasiga nisbat qilmay, "Qanday goʻzal qilingan" deyish oʻrniga "Qanday ham goʻzal" deydi. Mahliyo boʻlishga loyiq sanamga aylanatiradi. Hammaga sotilgan soxta, xudbin, koʻz-koʻz qilinadigan, riyokor bir husnni yoqtirgani uchun riyokorlarni olqishlagan, sanamga oʻxshagan narsalarni oʻz qullariga ibodat qilinadigan narsa {(Izoh2) Ya'ni u sanamga oxʻshagan narsalar unga mahliyo boʻlganalrning hoy havaslariga yaxshi koʻrinish va sevgisini qozonish uchun riyokorlik bilan ibodat qilishadi.} qilgandir.
Gʻazab tuygʻusi shoxida bechora basharning boshida kichik-katta Namrudlar, Fir'avnlar, Shaddodlar mevalarini yetishtirgan. Aql tuygʻusi shoxida insoniyat olamining miyasiga dahriylar, moddaparastlar, tabiatparastlar kabi mevalarni bergan, insonning miyasini ming boʻlakka boʻlgan.
Endi bu haqiqatni oydinlatish uchun falsafa yoʻlining buzuq asoslaridan kelib chiqqan natijalari bilan, nubuvvat silsilasining sodiq asoslaridan tavallud etgan natijalarining minglab qiyoslanishidan namuna sifatida uch-toʻrt misol zikr qilamiz.
Masalan: Nubuvvatning shaxsiy hayotdagi dasturining natijalaridan تَخَلَّقُوا بِاَخْلَاقِ اللهِ qoidasi asosida "Ilohiy axloq bilan vasflangan, Janobi Haqqa kamtarona yuzlanib ojizlik, faqirlik, nuqsonli ekaningizni bilib dargohiga qul boʻling" dasturi qayerda? Falsafaning "Hudoga oʻxshash", yaʻni komillashish insoniyatning maqsadida "Vojib-ul Vujudga oʻxshashlikka harakat qiling" degan xudbin dasturi qayerda?! Ha, nihoyatsiz ojizlik, zaiflik, faqirlik, ehtiyoj bilan aralashgan inson mohiyati qayerda? Nihoyatsiz qodir, quvvatli, boy va ehtiyojsiz boʻlgan Vojib-ul Vujudning mohiyati qayerda?..
Ikkinchi Misol: Nubuvvatning ijtimoiy hayotdagi dasturining natijalaridan, quyosh va oy nabotot va hayvonotga yordami, hayvonot insonga yordami, hatto taom zarralari badan hujayralariga yordamlashish va koʻmaklashish dasturi, karam qonuni, ikrom odati qayerda-yu? Falsafaning ijtimoiy hayotdagi dasturlaridan va faqat bir qancha zolim va jonivor insonlarning, vahshiy hayvonlarning tabiatini suiiste'mol qilishdan kelib chiqqan "kurash dasturi" qayerda?! Ha, kurash dasturini shu qadar asosli va kulliy qabul qilishganki, "Hayot kurashdan iborat" deb, ablahcha xulosa qilishgan.
Uchinchi Misol: Nubuvvatning Allohning birligi haqidagi oliy natijalaridan va yuksak dasturlaridan
ya'ni "Xar qanday birligi boʻlgan narsa faqat bir zotdan kelib chiqadi. Modomiki hamma narsada va butun ashyolarda birlik bor ekan, demak bitta Zotning ijodidir" degan tavhid dasturi qayerda-yu? Eski falsafaning e'tiqod dasturidan boʻlgan
"Bir zotdan bir narsa sodir boʻladi", ya'ni "Bir zotdan faqat bitta narsa sodir boʻladi. Boshqa narsalar undan vositalar orqali sodir boʻladi" deb, Gʻaniyi alal Itloq va Qodiyri Mutlaqni ojiz vositalarga muhtoj koʻrsatib, butun sabablar va vositalarni rububiyatda bir jihatda sherik deb, Xoliqi Zuljalolni "Aqli avval" deb bir maxluqqa oʻxshatib, huddi mulkini sabablarga va vositalarga taqsimlab katta shirkka yoʻl ochgan shirk aralash va zalolat yoʻlini tanlagan falsafaning dasturi qayerda?!
Faylasuflarning yuksak qismi boʻlgan Ishrokiyun bunday xato qilsa, moddaparasat, tabiatparast kabi past sinflar naqadar xato qilishlarini qiyos qil.
Toʻrtinchi Misol: Nubuvvatning hikmatli dasturidan
siri asosida, "Hamma narsaning, xar jonzotning bir natijasi va hikmati oʻziga oid boʻlsa, minglab Sone'iga oid, minglab hikmatlari Fotiriga qaraydi. Xar bir narsaning, hatto bir mevaning, bir daraxtning mevalari sanogʻicha hikmatlari, natijalari bor"ligi haqiqati boʻlgan hikmat dasturi qayerda-yu? Falsafaning "Xar bir jonzotning natijasi oʻziga qaraydi yoki insonning manfaatiga oid" degan katta bir togʻ kabi daraxtga bugʻdoydek meva, natija taqish kabi juda ma'nosiz maqsadsiz deb koʻrgan hikmatsiz xunuku maqsadlar dasturlari qayerda?!
Bu haqiqat Oʻninchi Soʻzning Oʻninchi Haqiqatida bir daraja koʻrsatilgani uchun tugatdik. Bu toʻrt misolga minglab misolni qiyos qil. "Lamaʻat" nomli bir risolada bir qismiga ishora qilganmiz.
Falsafaning bu buzuq asoslaridan va tahlikali natijalari sabab: Islom faylasuflaridan Ibn Sino va Farobiy kabi dohiylar, koʻrinishdagi porloqligiga maftun boʻlib, u yoʻlga aldanib, kirishgani bois odiy moʻ'min darajasini zoʻrgʻa qoʻlga kiritishgan. Hatto Imom Gʻazzoliy kabi "Hujjatu-l Islom" ularga oʻsha darajani ham bermagan.
Kalom Ilmi olimlarining kuchli olimlaridan boʻlgan Moʻ'tazila imomlari, koʻrinishdagi ziynatiga maftun boʻlib, u yoʻlga jiddiy kirishib, aqlni hokim deb qabul qilishgani uchun, zoʻrgʻa fosiq, yangi boshlovchi moʻ'min darajasiga chiqa olganlar. Islom adiblarining mashhurlaridan badbinlik bilan tanilgan Abul Aloi Maarri va yetimlarcha yigʻlashi bilan vasflangan Umar Xayyom kabilarning oʻsha yoʻlning nafsi ammorani taltaytirgan zavqi bilan lazzatlangani sababli haqiqat va kamol ahlidan tahqir va takfir tarsakisini yeb, "Adabsizlik qilyapsiz, dinsizlikka kirmoqdasiz, dinsizlarni yetishtiryapsizlar" degan qattiq ogorlantirish orqali adablantirish ta'zirlarini olganlar.
Falsafa yoʻlining buzuq asoslaridan yana biri: Ana -"men"ning oʻzi havo kabi zaif mohiyati bor. Lekin falsafaning mashʻum koʻzi orqali ismiy ma'no jihati bilan qaragani uchun goʻyo bugʻ-misol ana -"men" erib suyuqlashadi, soʻng koʻnikib qolish orqali va moddiyotga mashgʻul boʻlmoq sababli goʻyo quyuqlashadi. Keyin gʻaflat va inkor bilan oʻsha menlik muzlaydi, qattiqlashadi. Soʻng isyon bilan xiralashadi, shaffofligini yoʻqotado. Bora bora qalinlashib sohibini yutadi. Inson sinfining fikirlari bilan shishadi. Soʻng boshqa insonlarni, hatto sabablarni oʻzi va nafsiga qiyoslab, ularga (qabul qilmagan va yuz oʻgirganiga qaramay) fir'avnlik beradi. Oʻshanda Xoliqi Zuljalolning amrlariga qarshi kurashishga kirishadi. مَنْ يُحْىِ الْعِظَامَ وَهِىَ رَمِيمٌ deydi. Qarshi chiqayotganday Qodiyri Mutlaqni ojizlik bilan ayblaydi. Hatto Xoliqi Zuljalolning vasflariga aralashadi. Toʻgʻri kelmaganlarni va nafsi ammoraning fir'avnligining tabiga oʻtirmaganlarni yo rad qiladi, yo inkor qiladi, yoki buzadi.
Jumladan:
Falsafaning bir toifasi Janobi Haqqa "irodasi bilan emas borligi taqozosida hamma narsani qilishga majbur boʻlgan" deyishgan, ixtiyorini inkor qilganlar. Ixtiyorini isbotlagan butun koinotning cheksiz shahodatlarini yolgʻonga chiqarishgan. Subhanalloh! Koinotda zarradan quyoshgacha butun mavjudot yuzaga chiqishi bilan, intizomlari bilan, hikmatlari bilan, mezonlari bilan Sone'ning ixtiyorini koʻrsatganiga qaramay, koʻr boʻlgur falsafaning koʻzi koʻrmaydi. Yana bir qism faylasuflar "Juz'iyotda Allohning ilmi aloqador emas" deb, Alloh ilmining azamatli ihotasini inkor qilib, butun mavjudotning sodiq shahodatlarini rad qilishgan. Falsafa sabablar ta'sir kuchiga ega deb, ijod qilishni tabiatning qoʻliga beradi. Yigirma Ikkinchi Soʻzda qat'iyyan isbotlangani kabi, hamma narsada Xoliqi Kulli Shayga xos, porloq muhrni koʻrmasdan ojiz, oʻlik, idroksiz, koʻr va ikki qoʻli tasodif va kuch kabi ikki koʻrning qoʻlida boʻlgan tabiatni manbaʻ deb, minglab oliy hikmatlarni ifodalagan va xar biri Samadoniy maktublar hisoblangan mavjudotning bir qismini undan deb biladi.
Oʻninchi Soʻzda isbotlangani kabi, Janobi Haq butun Asmosi bilan va koinot butun haqiqatlari bilan, nubuvvat silsilasi butun tahqiqotlari bilan va Samoviy Kitoblar, butun oyatlari bilan koʻrsatganlari hashr va oxirat eshigini topmasdan, hashrni inkor qilib, ruhlarga azaliylik isnod qilishgan. Bu xurofotlarga boshqa masalalarini qiyos qil. Ha, shaytonlar goʻyo ana -"men"ning tumshugʻi va panjasi bilan dinsiz faylasuflarining aqllarini havoga koʻtarib zalolat daralariga otib yuborgan. Kichik olamda ana-men, katta olamda tabiat kabi togʻutlardir.
Oʻtgan haqiqatni tushuntiradigan hayoliy sayohat suratida yarim qofiyali "Lemaat"da men yozgan misoliy bir voqeʻaning ma'nosini bu yerda zikr qilish vaqti keldi. U quyidagicha:
Bu risolani ta'lif qilishdan sakkiz yil avval Istanbulda, Ramazoni Sharifda, falsafa yoʻli bilan munosabatda boʻlgan Eski Saidning Yangi Saidga aylanadigan hangomda, Fotiha-i Sharifaning oxirida
oyati ishora qilgan uch yoʻlni oʻylar ekanman, xayoliy bir voqeʻa, misoliy hodisa, tushga oʻxshagan hodisa koʻrdim:
Men katta sahroda ekanman. Butun zaminni qorongʻu, siquvchi va bugʻuvchi bulut qoplagan. Na shabada bor, na ziyo va na obi hayot, hech biri topilmaydi. Hamma tarafi jonivorlar, zararli va qoʻrqinchli maxluqlar bilan toʻla deb oʻyladim. Qalbimga, "Zaminning boshqa tomonida ziyo, shabada, obi hayot bor. U yerga oʻtish kerak", degan fikr keldi. Qaradim, ixtiyorsiz chaqirilyapman. Yer ostiga tunel kabi gʻorga kirdim. Uning ichida sayohat qildim. Yana qaradim, mendan avval yer ostidagi yoʻlda koʻp kishilar ketganini koʻrdim. Hamma tomonda bugʻilib qolishgan. Ularning oyoq izlarini koʻrdim. Ba'zida baʻzilarining ovozlarini eshitdim. Soʻng ovozlari yoʻqolar edi.
Ey, xayolan mening xayoliy sayohatimga ishtirok etgan doʻstim! U zamin tabiatdir va tabiat falsafasidir. Tunel esa faylasuflarning fikrlari bilan haqiqatga yoʻl olish uchun ochgan yoʻllaridir. Men koʻrgan oyoq izlari Aflotun va Aristotel
{(Izoh) Agar: "Sen kimsanki, bu mashhurlarga qarshi maydonga chiqyapsan? Sen bir chivin kabi burgutlarning uchishlariga qoʻshilyapsan?" desang, javoban: "Qur'on kabi azaliy ustozim bor ekan, zalolatli falsafa va vahimali aqlning shogirdlari boʻlgan oʻsha burgutlarga haqiqat va ma'rifat yoʻlida chivin qanotichalik ham qiymat bermayman. Men ulardan qancha past boʻlsam, ularning ustozi mening ustozimdan undan ming marta pastroq. Ustozimning himmati bilan ularni gʻarq qilgan modda oyogʻimni ham namlata olmadi. Ha, buyuk bir podshohning qonunini va amrlarini tashuvchi kichik askar kichik bir shohning buyuk marshalidan ham kattaroq ishlar qila oladi", deyman.}
kabi mashxurlarning oyoq izlari edi. Eshitganim ovozlarim Ibn Sino va Farobiy kabi dohiylarniki. Ha, Ibn Sinoning ba'zi soʻzlarini, qonunlarini ba'zi yerlarda koʻrar edim. Soʻng batamom yoʻqoldi. U kishi ilgari keta olmagan. Demak bugʻilgan. Nima boʻlganda ham, seni qiziqishdan qutqarish uchun hayol ostidagi haqiqatning bir chetini koʻrsatdim. Endi sayohatimga qaytaman.
Bora-bora qarasam qoʻlimga ikki narsa berildi. Biri bir chiroq, u yer ostidagi tabiatning zulmatini tarqatdi. Keying asbob bilan azim qoyalar, togʻmisol toshlar parchalanib menga yoʻl ochdi. Qulogʻimga, "Qur'onning xazinasidan sizga bu chiroq va asbob berilgan", deyildi. Nima boʻlganda ham, ancha payt shunday yurdim. Qarasam, boshqa tarafga chiqdim. Juda goʻzal bahor mavsumida bulutsiz quyosh, ruhga kuch qoʻshgan bir shabada, hayotdor shirin suv, xar taraf xursandchilikka toʻla olam koʻrdim. Alhamdulillah dedim.
Soʻng qaradim, men oʻzimga oʻzim sohib emasman. Bir zot meni tajriba qilmoqda. Yana avvalgi vaziyatda oʻzimni katta sahroda, boʻgʻuvchi bulut ostida koʻrdim. Yana boshqa bir yoʻlda bir kishi meni chaqirar edi.
Bu safar yer osti emas, balki sayru sayohat bilan yer yuzini oshib oʻtib boshqa tomonga oʻtish uchun bordim. Sayohatimda shunday ajoyib va gʻaroyib narsalarni koʻrdimki, ta'rif qilib boʻlmaydi. Dengiz menga jahl qilar, toʻfon meni qoʻrqitar, hamma narsa menga qiyinchilik tugʻdirar edi. Lekin yana menga Qur'ondan berilgan sayohat vositam bilan oʻtdim, gʻalaba qozondim. Ketayotib qarar edim, xar tarafda sayyohlarning mayyitlari mavjud. Sayohatni bitirganlar faqat mingdan bir. Nima boʻlganda ham...
U bulutdan qutulib, zaminning boshqa tomoniga oʻtib, goʻzal quyoshga duch keldim. Ruhga kuch qoʻshgan shamoldan nafas olib, Alhamdulillah dedim. Jannat kabi olamni sayr qilishni boshladim.
Soʻng qaradim: Bir kishi bor, meni u yerda qoldirmayapti. Menga boshqa yoʻlni koʻrsatganday, yana meni bir onda mudxish sahroga olib keldi. Qaraadim, yuqoridan liftga oʻxshash tayyoralarday, avtomobillarday, zanbillarday turli narsalar tushayotganini koʻrdim. Quvvat va iste'dodga koʻra ularga sakrasa yuqoriga olib chiqyapti. Men ham biriga sakradim. Meni bir daqiqada bulutdan ham balandga chiqardi. Juda goʻzal, bezalgan, yashil togʻlarning ustiga chiqdim. Bulut tabaqasi togʻning yarmigacha ham kelmagan edi. Eng latif bir shabada, eng laziz bir suv, eng shirin bir ziyo har tarafda koʻrinmoqda. Qaradim, hamma tomonda oʻsha liftlar kabi nuroniy manzillar bor. Hatto ikki sayohatimda va zaminning boshqa tomonida ham ularni koʻrgan edim. Tushunmagan edim. Endi tushunyapmanki, ular Qur'oni Karimning oyatlarining jilvalaridir.
Demak, وَلَا الضَّآلِّينَ orqali ishora qilingan avvalgi yoʻl tabiatga tiqilganlarning va tabiatparastlik fikrini tashiganlarning yoʻli boʻlib, unda haqiqatga va nurga oʻtish uchun qancha qiyinchiliklar borligini his qiling.
غَيْرِ الْمَغْضُوبِ oyati orqali ishora qilingan ikkinchi yoʻl sabablarga topinganlarning va vositalar ijod va ta'sir kuchiga ega deb biluvchilarning, mashaiyun faylasuflari kabi faqat aql va fikr bilan haqiqatning oʻzginasiga va Vojib-ul Vujudning ma'rifatiga yoʻl ochganlarning yoʻlidir.
اَلَّذِينَ اَنْعَمْتَ عَلَيْهِمْ oyati orqali ishora qilingan uchinchi yoʻl esa: Siroti mustaqimdagilar boʻlgan Qur'on ahlining nuroniy yoʻli boʻlib eng qisqa, eng tinch, eng salomat va hammaga ochiq, samoviy, Rahmoniy va nuroniy yoʻldir.
IKKINCHI MAQSAD
Quyidagi oyatning xazinasidan bir zarraga ishora qiladi.
Bu oyatning juda buyuk xazinasidan bir misqol zarra miqdorida, ya'ni zarra sandiqchasidagi javharni koʻrsatadi va zarraning harakat va vazifasidan bir oz bahs yuritadi. Bu maqsad bir "Muqaddima" bilan "Uch Nuqta"dan iborat.
MUQADDIMA
Zarralarning almashishi Naqqoshi Azaliyning qudrat qalamining koinot kitobida yozgan qonunlari hangomidagi tebranishi va harakatidir. Moddaparast va tabiatparastlarning oʻylagani kabi tasodif oʻyinchogʻi va chalkash, ma'nosiz harakat emas. Chunki butun mavjudot kabi zarralar va xar bir zarra ilk harakatida «Bismilloh» deydi. Natijada nihoyatsiz, quvvatidan ortiq yuklarni koʻtaradi va bugʻdoy donasidek urugʻning katta qaragʻay daraxti kabi yukni yelkasiga olishi kabi... Vazifasining oxirida «Alhamdulillah» deydi. Chunki butun aqllarni hayratda qoldirgan hikmatli san'at goʻzalligi, foydali naqsh husnini koʻrsatib Sone'i Zuljalolni madh qilishga madhiya qasidasi kabi asar koʻrsatadi. Masalan, anor va makkajoʻxoriga diqqat qil.
Zarralarning almashishi
{(Izoh) Ikkinchi Maqsadning zarralar almashishining ta'rifiga doir uzun jumlaning izohi. Qur'oni Hakimda "Imomi Mubin" va "Kitobi Mubin" koʻp joylarda zikr qilingan. Mufassirlar "ikkisi ham bir" degan, bir qismi "boshqa boshqadir" deganlar. Ularning haqiqatiga doir bayonlari turlicha. Xulosa ular "Alloh ilmining unvonlaridir" deyishgan. Lekin Qur'onning fayzi bilan shunday xulosa qildimki: "Imomi Mubin" - Allohning ilmi va amrining bir turining unvoni boʻlib, shahodat olamidan koʻra gʻayb olamiga qaraydi. Ya'ni hozirgi zamondan koʻra moziy va istiqbolga nazar etadi. Ya'ni, hamma narsaning zohiriy vujudidan koʻra asliga, nasliga va ildizlariga va urugʻlariga qaraydi. Alloh qadarining bir daftaridir. Bu daftarning borligi Yigirma Oltinchi Soʻzda, ham Oʻninchi Soʻzning izohida isbot etilgan. Ha, "Imomi Mubin" bir navʻ Allohning ilm va amrining unvonidir. Ya'ni, ashyoning asoslari, ildizlari va asllari mukammal intizom bilan ashyoning vujudlarini juda san'at bilan keltirib chiqaradi. Bu esa albatta Ilohiy ilm dasturlarining bir daftari bilan tartiblanganini koʻrsatadi. Ashyoning natijalari, nasllari, urugʻlari oldinda keladigan mavjudotning dasturlarini, mundarijalarini ichlariga olgani uchun albatta Ilohiy amrlarning kichik bir majmuasi ekanini bildiradi. Masalan: Urugʻ butun daraxtning tashkillashtiradigan dasturlari va mundarijalari, u mundarija va dasturlarni tayinlagan yaratilishga oid ishlarning kichkina jismlashgan koʻrinishi deyish mumkin. Natija: "Imomi Mubin" moziy va istiqbolning gʻayb olamining atrofida shox-shoda solgan yaratilish daraxtining dasturi, mundarijasi hisoblanadi. Bu ma'nodagi "Imomi Mubin" Alloh qadarining bir daftari, bir dastur majmuasidir. U dasturning imlosi va hukmi billan zarralar ashyo vujudidagi vazifalariga va harakatlariga chaqiriladi.
Lekin "Kitobi Mubin" esa gʻayb olamidan koʻra shahodat olamiga qaraydi. Ya'ni, oʻtmish va kelajakdan koʻra hozirgi zamonga nazar etadi. Ilm va amrdan koʻra Allohning qudrat va irodasining bir unvoni, daftari, kitobidir. "Imomi Mubin" qadar daftari boʻlsa, "Kitobi Mubin" qudrat daftaridir. Ya'ni hamma narsa vujudida, mohiyatida, sifat va amallarida mukammal san'at va intizomlarni koʻrsatadi. Bu bir mukammal qudratning dasturlari va taʻsirli irodaning qonunlari bilan vujud kiydiriladi. Suratlari tayinlanadi, tanlanadi va muayyan miqdorlar, maxsus shakllar beriladi. Demak qudrat va irodaning kulliy va umumiy qonunlar toʻplami, katta daftari borki, unga koʻra xar bir narsaning xususiy vujudlari va maxsus suratlari bichiladi, tikiladi, kiydiriladi. Bu daftarning borligi "Imomi Mubin" kabi, qadar va juz'iy ixtiyor masalasida isbotlangan. Gʻaflatdagi, zalolatdagi va falsafa bilan shugʻullanganlarning ahmoqligiga qaraginki: Qudrati Fotiraning Lavhi Mahfuz va Rabboniy hikmat va irodaning basirona kitobining ashyolardagi jilvasini, aksini, misolini his qilishgan. Lekin "Tabiat" deb nomlab, koʻrsatishgan. "Imomi Mubin"ning imlosi, ya'ni qadarning hukmi va dasturi bilan Alloh qudrati ashyolarning ijodida xar biri bir oyat boʻlgan mavjudot silsilasini "Lavhi Mavh Isbot" deyilgan zamonning misoliy sahifasida yozadi, ijod qiladi, zarralarni harakatlantiradi.
Demak, zarralarning harakati - oʻsha yozishdan, nusxa koʻpaytirishdan mavjudot gʻayb olamidan shahodat olamiga va ilmdan qudratga oʻtishlaridagi tebranish, harakatdir. Lekin "Lavhi Mavh Isbot" esa sobit va doim boʻlgan Lavhi Mahfuzi A'zamning yaratilganlar olamida, ya'ni doim oʻlim va hayotga, vujud va foniylikka sazovor boʻlgan ashyolarda almashadigan daftar va yozib buzadigan tahtasi boʻlib, bu zamonning haqiqati hisoblanadi. Ha, hamma narsaning haqiqati boʻlgani kabi, zamon degan koinotimizda jarayon etgan azim bir daryoning haqiqati ham "Lavhi Mavh Isbot"dagi qudrat yozuvining sahifasi va siyohi hisoblanadi.
}
gʻayb olamidan boʻlgan hamma narsaning oʻtgan aslida va keladigan naslidagi intizomlarga asos va Ilohiy ilm va amrning unvoni boʻlgan "Imomi Mubin"ning dasturlari va yozilishi ostida, hozirgi davr va shahodat olamidan tashkil topgan, ashyolarni ijod qilishda tasarrufga manbaʻ, Ilohiy qudrat va irodaning bir unvoni boʻlgan "Kitobi Mubin"dan nusxa koʻpaytirish orqali va oquvchi vaqtning haqiqati va misoliy sahifasi boʻlgan "Lavhi Mavh-Isbot"da qudrat soʻzlarini yozish-chizishdan kelgan harakat va ma'noli tebranishdir.
BIRINCHI NUQTA: Ikki Qismdan iborat.
Birinchi Qism: Xar bir zarrada (ham harakatida, ham harakatsizligida) ikki quyosh kabi ikki tavhid nuri porlaydi. Chunki Oʻninchi Soʻzning Birinchi Ishorasida qisqacha va Yigirma Ikkinchi Soʻzda tafsilotli isbotlangani kabi, xar bir zarra agar Allohning xodimi boʻlmasa, uning izni va tasarrufi bilan harakat qilmasa, ilm va qudrati bilan almashmasa, xar bir zarraning cheksiz ilmi, chegarasiz qudrati, hamma narsani koʻradigan koʻzi, hamma narsaga qaragan yuzi, hamma narsaga oʻtadigan soʻzi boʻlishi kerak boʻladi. Chunki unsurlarning xar bir zarrasi xar bir jonzot jismida intizom asosida ishlaydi yoki ishlay oladi.
Ashyolarning intizomi va tashkil toppish qonuni bir-biriga muxolifdir. Ularning nizomlari bilinmasa, ishlamaydi. Ishlasa ham xatosiz boʻlmaydi. Xolbuki, xatosiz ishlayapti. Shunday ekan xizmat qilgan zarralar yo bir bepoyon ilm sohibining izn va amri bilan, ilm va irodasi bilan ishlamoqda yoki oʻzlarida shunday bepoyon ilm va qudrat boʻlishi kerak boʻladi. Ha, havoning xar bir zarrasi xar bir jonzotning jismiga, xar bir gulning xar bir mevasiga, xar bir bargning binosiga kirib ishlay oladi. Xolbuki ularning tashkil topishi boshqa-boshqa tarzda, boshqa-boshqa nizomlari bor. Bir anjir mevasining fabrikasi, farazan movut uskunasi kabi boʻlsa, bir anor mevasining zavodi shakar uskunasi kabi boʻladi va hokazo.. Binolarning, jismlarning dasturlari bir-biridan farqli.
Ularga havo zarralari ularga yoki kira oladi va juda hikmat va ustozona xatosiz ishlaydi, turli holga kiradi. Vazifasi bitgandan soʻng turib ketadi. Harakatlanuvchi havoning harakatlanuvchi zarrasi yo nabototga va hayvonotga, hatto mevalariga va urugʻlariga kiydirilgan suratlarning, miqdorlarning tashkil topishini, bichimini bilishi kerak boʻlgani yoki ular bir bilgan zotning amr va irodasi bilan xodim boʻlishi kerak.
Shuning kabi, harakatsiz tuproqning xar bir harakatsiz zarrasi gulli nabototning va mevador daraxtlarning barcha urugʻlariga manbaʻ va asos boʻlgani uchun qaysi urugʻ kelsa oʻsha zarrada, ya'ni oʻxshligi uchun bir zarra boʻlgan bir hovuch tuproqda oʻziga maxsus bir fabrika va butun kerakli narsalariga va shakllanishiga lozim boʻlgan butun jihozlari borligi sabab, zarra va uning uychasi boʻlgan bir hovuch tuproqda daraxt, nabotot, gullar va mevalar turlari sanogʻicha intizomli ma'naviy uskuna va zavodlari boʻlishi yoki moʻ'jizali, hamma narsani hechdan ijod qiluvchi va hamma narsaning hamma narsasini va xar jihatini biladigan ilm va qudrat boʻlishi lozim yoki u vazifalar bir Qodiyri Mutlaq, bir Aliymi Kulli Shayning amr va izni bilan, havl va quvvati bilan bajariladi.
Tajribasiz, tarbiyasiz, omi, oddiy, koʻr odam Ovrupaga borib, barcha zavodlar, doʻkonlarga kirsa, mukammal intizom bilan xar bir san'atda, xar binoda ishlaydigan shunday asarlar ysasa, oʻta hikmatli, san'atli ishi bilan hammani hayratda qoldiradi. Zarra miqdor ongi boʻlgan kishi, U odam oʻzi ishlamaydi, balki unga hamma narsani biladigan ustoz dars berishini, ishlatishini biladi.
Yana koʻr, ojiz, oʻrnidan tura olmaydigan, oddiy uychasida oʻtirgan bir odam bor. Lekin uychaga bir dirhamdek kichik bir tosh, suyak va paxta kabi moddalar berilganda uychadan botmonlab shakar, toʻp-toʻp movut, minglab qiymatli toshlar, oʻta san'atli, bezangan liboslar, lazzatli taomlar chiqib kelsa, zarra miqdor aqli boʻlgan kishi, "U odam oʻta moʻ'jizaviy bir zotning moʻ'jizalar manbaʻi boʻlgan zavodining ishchisi yoki miskin bir darvozabonidir", demaydimi. Aynan shuning kabi: Havoning zarralari ham xar biri Samadoniy maktublar, Rabboniy antiqa san'at, qudrat moʻ'jizalari, hikmat gʻaroyibi boʻlgan nabotot va daraxtlar, gullar va mevalardagi harakat va vazifalari bir Sone'i Hakimi Zuljalolning, bir Fotiri Kariymi Zuljamolning amr va irodasi bilan harakat qilganini va tuproqning zarralarining ham xar biri boshqa uskuna va peshtaxta, boshqa matbaa, xazina, antiqa va Sone'i Zuljalolning Asmosini e'lon qilgan alohida e'lonnomalar, kamolotini aytgan alohida qasida hisoblangan danaklar, urugʻlarning boshoqlariga, daraxtlariga asos va mador boʻlishi, Amri Kun Fayakunga sohib, hamma narsa amriga tobe' boʻlgan bir Sone'i Zuljalolning amri bilan, izni bilan, irodasi bilan, quvvati bilan boʻlishi ikki karra ikki toʻrt aniqligidadir. Amanna.
Ikiknchi Qism: Zarralarning harakatidagi vazifalarga, hikmatlarga kichik bir ishoradir.
Ha, aqli koʻziga tushgan moddaparastlarning hikmatsiz hikmatlari, maqsadsizlik asosiga tayangan falsafalari nazarida tasodif bilan bogʻliq zarralarning almashishini butun dasturlariga tamal asos qilib, Allohning san'atli asarlariga manvbaʻ qilib koʻrsatishgan. Cheksiz hikmatlar bilan bezalgan san'atli asarlarni hikmatsiz, ma'nosiz, tartibsiz narsaga tayanishlari naqadar aqlga zid ekanini zarra miqdor ongi boʻlgan biladi.
Qur'oni Hakimning hikmati nuqtai nazarida zarralar oʻzgarishining juda koʻp maqsadlari, hikmatlari va vazifalari bor.
kabi koʻp oyatlar bilan hikmatlariga va vazifalariga ishora qiladi. Namuna sifatida bir nechasiga ishora qilamiz.
Birinchisi: Janobi Vojib-ul Vujudning ijod tajalliylarini yangilash va almashtirish uchun xar bir ruhni model kabi qilib, xar yil qudrat moʻ'jizasidan yangi jasadlar kiydirishi va xar bir kitobdan ming turli kitoblarni hikmati bilan koʻpaytirishi va bitta haqiqatni boshqa-boshqa suratlarda koʻrsatish, koinotlarning, olamlarning va mavjudotlarning toifa-toifa orqama orqa kelishlariga joy boʻshatish va zamin tayyorlash uchun Fotiri Zuljalol qudrati bilan zarralarni harakatlantirgan va vazifa yuklagan.
Ikkinchisi: Malikul Mulki Zuljalol bu dunyoni, xususan roʻyi zamin ekinzorini mulk suratida yaratgan. Ya'ni nihoyatsiz qudrat moʻ'jizasini ekib bichish uchun koʻkarishga, yangi-yangi mahsulot berishga qobil suratda muhayyo qilgan. Zamin yuzidagi ekinzorida zarralarni hikmat bilan harakatlantirib, intizom doirasida vazifa yuklab, xar asrda, xar faslda, xar oyda, balki xar kun balki xar soatda qudrat moʻ'jizasidan yangi-yangi koinot koʻrsatadi, yer yuzi hovlisiga turli tuman mahsulotlar berdiradi. Cheksiz rahmat xazinasining hadyalarini, nihoyatsiz qudratining moʻ'jizalarining namunalarini zarralarning harakati orqali izhor qiladi.
Uchinchisi: Nihoyatsiz Ilohiy Asmo tajalliylarining naqshlarini koʻrsatmoq orqali Ismlarning jilvalarini ifodalash uchun chegaralangan zaminda cheksiz naqshlarni koʻrsatish, kichik bir sahifada nihoyatsiz ma'nolarni ifoda qiladigan sanoqsiz oyatlarni yozish uchun Naqqoshi Azaliy zarralarni mukammal hikmat bilan harakatlantirib, mukammal intizom bilan vazifa yuklagan. Ha, oʻtgan yilning mahsuloti bilan bu yil mahsulotining mohiyatlari bir hil. Lekin mazmuni turlicha. Ehtimoliy shakllar va holatlarni almashtirish orqali mazmunlari oʻzgaradi va koʻpayadi. Ehtimoliy shakllar va holatlar va vaqtincha maʻlum shakl va koʻrinishga oʻzgartirilgani, zoxiran foniy boʻlsada, goʻzal ma'nolari muhofaza qilinib, sobit va boqiy qoladi. Bu daraxtning oʻtgan bahordagi barg, gul va mevalarining ruhlari boʻlmagani uchun, bu bahordagi haqiqatda oʻxshashining aynidir. Faqat holatga koʻra turli koʻrinishga kirishida farq bor. Lekin holatga koʻra turli koʻrinishga kirishi xar doim tajalliylari yangilanayotgan Ilohiy Asmo faoliyatining ma'nolarini ifodalash uchun, bu bahordagilar boshqa koʻrinishda ularning oʻrniga keldi.
Toʻrtinchisi: Misol olami kabi chegarasiz juda keng malakut olami va boshqa cheksiz uxroviy olamlarga mahsulotlar yoki ziynatlar yoki kerakli narsalar kabi munosib narsalarni yetishtirga uchun bu tor dunyo ekinzorida, zamin doʻkoni va dalasida Hakimi Zuljalol zarralarni harakatlantirib, koinotni oquvchi, mavjudotni sayyor qilib, bu kichik zaminda narigi juda buyuk olamlarga juda koʻp ma'naviy mahsulotlar yetishtiradi. Nihoyatsiz qudratining xazinalaridan dunyodan cheksiz bir oqimni oqitib gʻayb olamiga va bir qismini oxirat olamlariga toʻkadi.
Beshinchisi: Cheksiz Ilohiy kamolotni, joʻshqin jamoliy goʻzallikni, nihoyatsiz jaloliy tajalliylarni va cheksiz Rabboniy tasbehlarni bu tor va chegaralangan zaminda, cheklangan va qisqa vaqtda koʻrsatish uchun zarralarni mukammal hikmat bilan, qudrati bilan harakatlantirib, mukammal intizom bilan vazifa yuklab, cheklangan zamonda, hududli zaminda cheksiz tasbehot ayttiryapti. Cheksiz jamol, jalol va kamol tajalliylarini koʻrsatmoqda. Koʻp gʻaybiy haqiqatlar, koʻp uxroviy samaralar va foniy narsalarning boqiy shaxsiyat va suratlaridan juda koʻp misoliy naqshlar, koʻp ma'noli toʻqilgan lavhalar ijod qilyapti. Demak, zarrani harakatlantirgan bu azim maqsadlarni, shu buyuk hikmatlarni koʻrsatgan - bir Zotdir. Yoʻqsa xar bir zarrada quyosh kabi miya boʻlishi kerak boʻladi.
Bu besh namuna kabi balki besh ming hikmat bilan harakatlantirilgan zarralarning almashishini aqlsiz faylasuflar, hikmatsiz deb oʻylaganlar va haqiqatda biri anfusiy-ichki, keyingisi ofoqiy-tashqi ikki jozibali harakatda Allohni zikr va tasbeh qilgan, Mavlaviy kabi zikr etgan va aylanishga turgan zarralarni oʻziga-oʻzi, ahmoq kabi aylanib oʻynamoqda deb xato oʻylashgan.
Bundan anglashilyaptiki ularning ilmlari ilm emas, johillikdir. Hikmatlari hikmatsizlikdir.
(Uchinchi nuqtada oltinchi uzun bir hikmat yana aytiladi.)
IKKINCHI NUQTA: Xar bir zarrada - Vojibul Vujudning vujudiga va vahdatiga ikki sodiq shohid bor. Ha, zarra ojizlik va qattiqligi bilan birga katta vazifalarni idrokli qilish orqali, katta yuklarni koʻtarishi bilan Vojib-ul Vujudning borligiga qat'iy guvohlik qilgani kabi, harakatida umumiy nizomlarga uygʻun harakat qilib, xar bir kirgan joyida oʻziga maxsus nizomlarga rioya qilib, hamma yerda oʻz vatani kabi joylashishi orqali Vojib-ul Vujudning yagonaligiga, mulk va malakutning Maliki boʻlgan zotning yakkaligiga shahodat qiladi. Ya'ni zarra kimniki boʻlsa, yurgan barcha joylar ham unikidir. Demak, zarra (chunki ojiz, yuki cheksiz ogʻir va vazifasi nihoyatsiz koʻp) - bir Qodiyri Mutlaqning ismi bilan, amri bilan qoim va harakatda ekanini bildiradi.
Koinotning umumiy nizomlarini biladigan tarzda uygʻun harakat qilishi va xar joyga mone'siz kirishi bitta Aliymi Mutlaqning qudrati bilan, hikmati bilan ishlaganini koʻrsatadi. Bir askar boʻlinmasida, rotasida, batal'onida, polkida, diviziyasida va hokazo xar bir doirada alohida holati va oʻsha holatga koʻra alohida vazifasi borligi va u holatlar, vazifalarni bilib unga uygʻun harakat qilish, harbiy nizomlar ostida ta'lim va buyruq olib, butun doiralarga qoʻmondonlik qilgan bitta qoʻmondoni a'zamning amriga va qonuniga tobe boʻlish orqali amalga oshadi.
Xuddi shuning kabi xar bir zarra bir-biri ichidagi birlashgan moddalarda alohida munosib vaziyati, turli tuman foydali holati, farqli muntazam vazifalari, ayri ayri hikmatli natijalari boʻlgani uchun albatta zarrani birlashgan moddalarda barcha holat va vazifalarini muhofaza qilib, natija va hikmatlari buzilmaydigan tarzda joylashtirish - butun koinot tasarrufi ostida boʻlgan bir Zotga maxsusdir.
Masalan: Tavfiqning koʻz qorachigʻida joylashgan zarra koʻzning his va harakat asablari, arteriya va vena kabi tomirlarda munosib holatga kirishi va yuzda soʻng bosh va gavdada, undan keyin insonning butun badanida xar birida alohida holati, vazifasi, foydasi mukammal hikmat bilan yurishi koʻrsatadiki, butun jismning butun a'zolarini ijod qilgan bir zot, zarrani oʻsha yerda joylashtira oladi. Xususan rizq uchun kelgan zarralar, rizq karvonida sayru-safar qilgan zarralar shu qadar hayratlantiruvchi intizom va hikmat bilan sayru-sayohat qiladi, bu holatlarda, tabaqalarda intizomga boʻysunib oʻtib keladi, idrok bilan qadam bosib umuman adashmasdan kelib-kelib to jonlilarning badanida toʻrt suzgich bilan suzilib rizqqa muhtoj a'zo va hujayralarga yordam berish uchun qondagi qizil donachalarga yuklanib karam qonuni bilan yordamga yetishishadi. Bundan shaksiz anglashiladiki: zarralarni minglab joylardan oʻtqazgan, chaqirgan, albatta va albatta bir Razzoqi Kariym, bir Xalloqi Rahiymdirki, qudratiga nisbatan zarralar va yulduzlar yelkama-yelka, tengdir.
Xar bir zarra shunday bir san'at naqshida ishlaydiki, yo butun zarralar bilan munosabatdor, xar biriga va barchasiga ham hakim va ham xar biri va umumiga mahkum bir holatda boʻlish bilan u hayratlantiruvchi san'atli naqshni va hikmat koʻrsatuvchi naqshli san'atni biladi va ijod qiladi. Bu esa ming daraja imkonsiz. Yoki bir Sone'i Hakiymning qadar qonuni va qudrat qalamidan chiqqan, harakat vazifasi buyurilgan nuqtadir. Masalan Aya Sofiya qubbasidagi toshlar, agar me'morining amriga va san'atiga tobe boʻlmasa, xar bir toshni Me'mor Sinon kabi me'morlik san'atida mahorati va boshqa toshlarga ham mahkum, ham hokim boʻlishi, ya'ni "Kelinglar, tushmaslik, yiqilmaslik uchun yelkama-yelka turamiz" deb, hukm sohibi boʻlishi kerak boʻladi. Xuddi shuning kabi: Minglab marta Aya Sofiya qubbasidan ham san'atliroq, hayratli va hikmatliroq san'atli asarlardagi zarralar koinot Ustasining amriga tobe boʻlmasa, xar biriga Koinot Sone'ining vasflarichalik kamol sifatlari berilishi kerak boʻladi.
Subhanalloh! Dinsiz moddaparast kofirlar tutgan yoʻlida bir Vojib-ul Vujudni qabul etmaganlaridan, zarralar sanogʻicha botil ilohlarni qabul qilishga majbur boʻladi. Bhu jihatda dinsiz kofir qanchalik faylasuf, olim boʻlsa ham, oʻta buyuk johillik ichidadir, mutlaq johildir.
UCHINCHI NUQTA: Bu nuqta Birinchi Nuqtaning oxirida va'da qilingan oltinchi buyuk hikmatga bir ishoradir. U quyidagicha:
Yigirma Sakkizinchi Soʻzning Ikkinchi Savolining javobidagi izohda aytilganki: Zarralar almashishining va jonli jismlarda zarralar harakatining minglab hikmatlaridan bir hikmati - zarralarni nurlantirishdir va oxirat olami binosiga loyiq zarralar boʻlish uchun tirik va ma'nodor boʻlishi kerak. Goʻyo hayvoniy va insoniy, hatto nabotiy jism tarbiya darsini olishga kelgan narsalarga musofirxona, qarorgoh, maktab hisoblanib, oʻlik zarralar unga kirib, nurlanadi. Xuddi ta'lim va buyruq oladi, noziklashadi. Bittadan vazifani qilib boqiy olam va butun qismlari bilan tirik oxirat yurtida zarra boʻlish uchun layoqat kasb etadi.
Savol: Zarralarning harakatida bu hikmatning borligi qanday bilinadi?
Javob: Birinchidan, butun san'atli asarlarning butun intizomlari va hikmatlari bilan oʻrnatilgan Sone'ning hikmati orqali bilinadi. Chunki eng kichik narsaga umumiy hikmatlarni yuklagan bir hikmat koinot oqimi ichida eng buyuk faoliyat koʻrsatgan va hikmatli naqshlarga asos boʻlgan zarralar harakatini hikmatsiz qoldirmaydi. Eng kichik maxluqlarni vazifalarida evazsiz, maoshsiz, komilliksiz qoldirmagan bir hikmat, hokimiyat eng koʻp va asosli xodimlarni, xizmatkorlarini nursiz, evazsiz qoldirmaydi.
Ikkinchidan: Sone'i Hakiym unsurlarni harakatlantirib, vazifa yuklab, ularga evaz sifatida mukammallashishi ma'danlar darajasiga chiqarishi va ma'danlarga maxsus tasbehlarni ularga bildirishi orqali, ma'danlarni harakatlantirib va vazifa yuklab nabotot hayot martabasining maqomini berishi va nabototni rizq qilib harakatlantirish va vazifa yuklash orqali hayvonot latofat martablarini ularga ehson etishi bilan, hayvonotdagi zarralarga vazifa yuuklab rizq yoʻli orqali inson hayoti darajasiga chiqarishi va insonning vujudidagi zarralarni suza-suza soflab va lutf qilib miyaning, qalbning eng nozik va latif joyida maqom berishi bilan bilinadiki, zarralarning harakati hikmatsiz emas, balki bir navʻ oʻziga loyiq komillikka yetkazilyapti.
Uchinchidan: Hayot sohibi jismlarning zarralari ichida urugʻ va tuxumdagi kabi bir qism zarralar ma'naviy nurga, noziklikka, ustunlikka sazovor boʻladilarki, boshqa zarralar va katta daraxtga ruh, sulton hisobiga oʻtadi.
Katta daraxtning butun zarralari ichida bir qism zarralarning bu martabaga chiqishlari daraxtning hayot tabaqasida koʻp davrlarni va nozik vazifalarni bajarishi orqali boʻlgani koʻrsatadiki: Sone'i Hakimning amri bilan yaratilish vazifasi ichida zarralarning harakat turlariga koʻra ularga tajalliy etgan Asmoning hisobiga va sharafiga ma'naviy latofat, ma'naviy nur, maqom, ma'naviy darslar olishini koʻrsatadi.
Natija: Modomiki Sone'i Hakiym hamma narsa uchun oʻziga munosib komillik nuqtasi va loyiq vujudning fayz martabasi ta'yinlab, komillik nuqtasiga gʻayrat qilib yetishga iste'dod berib, oʻsha joyga chaqiradi va butun nabotot va hayvonotda bu rububiyat qonuni joriy boʻlish bilan birga, jonsizlarda ham joriy. Oddiy tuproqqa olmos darajasiga va oliy javharlar martabasiga taraqqiy ettiradi va bu haqiqatda muazzam "Rububiyat Qonuni"ning uchi koʻrinadi.
Modomiki u Xoliqi Kariym azim tanosil qonunida ishlatgan hayvonotga evaz sifatida maosh kabi juz'iy lazzat beradi. Ari va bulbul kabi boshqa Rabboniy xizmatlarda ishlatilgan hayvonlarga kamol ujrati beradi. Shavq va lazzatga sabab boʻladigan maqom beradi. Bunda muazzam "Karam Qonuni"ning uchi koʻrinadi.
Modomiki hamma narsaning haqiqati Janobi Haqning bir ismining tajalliysiga qarar, unga bogʻliq, unga oyna ekan, u narsa qanchalik goʻzal holatda boʻlsa, oʻsha Asmoning sharafi sababli. U Ism shunday istaydi. U narsa bilsa ham, bilmasa ham goʻzal vaziyat haqiqatda istalgan. Bu haqiqatdan oʻta muazzam "Tahsin va Jamol Qonuni"ning uchi koʻrinadi.
Modomiki Fotiri Kariym karam dasturining taqozosi bilan bir narsaga bergan maqomini, kamolini uning muddati va umri bitganida kamolni qaytib olmaydi. Balki kamol sohibining mevalarini, natijalarini, ma'naviy shaxsiyatini va ma'nosini, ruhli boʻlsa ruhini boqiylashtiradi. Masalan: Dunyoda insonni sazovor qilgan kamolotining ma'nolarini, mevalarini boqiylashtiradi. Hatto shukr qilgan moʻ'minning yegan yoʻq boʻlgan mevalarining shukrini, hamdini jismlashgan Jannat mevasi suratida unga takroran beradi. Bu haqiqatda muazzam bir "Rahmat Qonuni"ning uchi koʻrinadi.
Modomiki Xalloqi Bemisol isrof qilmas ekan, foydasiz ishlarni qilmaydi. Hatto kuz mavsumida vazifasi bitgan, vafot etgan maxluqlarning moddiy qoldiqlarini bahordagi san'atli asarlarida iste'mol qiladi, ularning binolariga joylashtiradi. Albatta
siri bilan,
ishorasi bilan bu dunyoda oʻlik, idroksiz va muhim vazifalar bajargan zamin zarralarining albatta toshi, daraxti, hamma narsasi hayot va idrok sohibi boʻlgan oxiratning ba'zi binolarida joylashtirishi va iste'mol qilishini hikmati taqozo qiladi. Chunki xarob boʻlgan dunyoning zarralarini dunyoda qoldirish yoki yoʻqlikka otish isrofdir. Bu haqiqatdan juda muazzam "Hikmat Qonuni"ning uchi koʻrinadi.
Modomiki bu dunyoning juda koʻp asarlari, ma'naviyati, mevalari, jin va ins kabi mukallaflarning amallarining natijasi, amal daftari, ruhlari, jasadlari oxirat bozoriga yuboriladi. Albatta u samaralarga va ma'nolarga xizmat qilgan, doʻstlik qilgan zamin zarralari ham vazifa nuqtasida oʻziga koʻra mukammallashgandan soʻng, ya'ni hayot nuriga koʻp marta xizmat va sazovor boʻlgandan soʻng, hayoti tasbehlarga sabab boʻlgandan soʻng xarob boʻladigan dunyoning vayronalari ichida zarralarni ham boshqa olamning binosida joylashtirishini adolat va hikmat taqozo qiladi. Bu haqiqatdan juda muazzam bir "Adolat Qonuni"ning uchi koʻrinadi.
Modomiki ruh jismga hokim boʻlgani kabi, jonsiz moddalarda ham qadarning yozgan koinotga oʻrnatilgan qonunlar u moddalarga hokimdir. U moddalar qadarning ma'naviy yozuviga koʻra mavqeʻ va nizom oladi. Masalan: Urugʻlar turlari, nutfalarning qismlari, danaklarning sinflarida va tuxumlarning jinslarida qadarning yozgan turli yaratilishga oid qonunlari turli tuman maqom va nur sohibi boʻlishadi. Va mohiyati {(Izoh1) Ha, ularning barchasi ushbu toʻrt unsurdan tashkil topgan: Vodorod, kislorod, azot, uglerod. Moddasi bir sanalishi mumkin. Farqi faqat qadarning ma'naviy yozuvida.} bir boʻlgan moddalar cheksiz turdagi mavjudotga manbaʻ boʻladi. Boshqa-boshqa maqom va nur sohibi boʻladi. Albatta hayotga oid xizmatlar va hayotdagi Allohni tasbeh qilishda koʻp martalab zarra boʻlgan va xizmat qilgan boʻlsa, zarraning ma'naviy peshonasida bu ma'nolarning hikmatlarini hech narsani yoʻqotmagan qadar qalami bilan qayd qilishini ilmiy qamrovi iqtizo qiladi. Bunda juda muazzam "Ilmi Muhit Qonuni"ning uchi koʻrinadi.
Shunday ekan zarralar {(Izoh2) Shu javob etti "Modomiki" soʻziga qaraydi.} qarovsiz-egasiz emas.
Soʻzning muddaosi: Oʻtgan yetti qonun, ya'ni Rububiyat Qonuni, Karam Qonuni, Jamol Qonuni, Rahmat Qonuni, Hikmat Qonuni, Adolat Qonuni, Ilmiy Ihota Qonuni kabi juda koʻp muazzam qonunlarning koʻringan uchlari orqalarida bittadan Ismi A'zam va Ismi A'zamning muazzam tajalliysini koʻrsatadi. Va bu tajalliydan anglashiladiki: Boshqa mavjudot kabi dunyodagi zarralarning almashishi ham oʻta oliy hikmatlar uchun qadarning chizgan chegarasi ustiga qudratning bergan yaratilishga oid qonunlarga koʻra hassos ilmiy mezon bilan aylanib yuradi. Xuddi boshqa yuksak olamga
{(Izoh3) Chunki shubhasiz, oʻta sahiy faoliyat orqali bu nursiz va past olamda juda koʻp hayot nurini sochish va yoqish, hatto eng past moddalarda va sasigan jismlarda ham koʻp yangi hayot nurini porlatish, nursiz va qiymatsiz moddalarni hayot nuri bilan latiflashtirish, jilo berish ochiq oydin ishora qiladiki: Boshqa bir juda latif, yuksak, pok, tirik olam uchun bu nursiz, jonsiz olamni, zarralarning harakati bilan, hayotning nuri bilan jilolayapti, eritmoqda, goʻzallashtiryapti. Goʻyo latif olamga ketmoq uchun ziynatlayapti.
Inson hashri-qayta tirilishini aqliga sigʻdirmagan kaltafahm kimsalar Qur'onning nuri bilan kuzatsalar, koʻradilarki: Butun zarralarni qoʻshin kabi hashr qiladigan keng "Qayyumiyat Qonuni" koʻrinmoqda, uni shubhasiz tasarruf qilmoqda.}
ketishga tayyorlanganday. Shunday ekan jonli jismlar u sayyor zarralarga goʻyo maktab, qarorgoh, tarbiya yurti hisoblanadi. Bunga qat'iy xulosa qilish mumkin.
Natija: Birinchi Soʻzda aytilgani va isbot etilgani kabi, hamma narsa "Bismilloh" deydi. Butun mavjudot kabi Xar bir zarra va zarralarning xar bir toifasi va maxsus xar bir jamoati hol tili bilan "Bismilloh" deydi, harakat qiladi. Oʻtgan uch nuqta siri asosida xar bir zarra harakati boshida hol tili bilan "Bismillahir Rohmanir Rohiym", ya'ni: "Men, Allohning nomi bilan, U uchun, Ismi bilan, izni, quvvati bilan harakat qilaman", deydi. Soʻng harakatining oxirida xar bir san'atli asar kabi xar bir zarra, xar bir toifasi hol tili bilan اَلْحَمْدُ للهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ deb, bir madhiya qasidasi boʻlgan san'atli maxluqning naqshida oʻzini qudratning kichik bir qalam uchi hisobida koʻrsatar. Balki xar biri, ma'naviy, Rabboniy, muazzam, sanoqsiz boshli gramofonning plastinkalari boʻlgan san'atli asarlarning ustida aylangan va Rabboniy hamdu sanolar qasidasi bilan san'atli asarlarni gapirtirgan va oʻzini Allohga tasbeh she'rlarini oʻqitgan igna boshi suratida koʻrsatadi.