OʻTTIZ BIRINCHI SOʻZ
ESLATMA: Me'roj masalasi iymoniy ruknlarning asoslaridan soʻng turadigan natijadir. Va iymon ruknlarining nurlaridan madad oladigan nurdir. Iymon ruknlarini qabul qilmagan dinsiz mulhidlarga qarshi albatta shaxsan oʻzi isbot etilmaydi. Chunki Allohni bilmagan, Paygʻambarni tanimagan va farishtalarni qabul etmagan yoki samovotning vujudini inkor qilgan kishiga Me'roj gapirilmaydi. Avvalo, bu ruknlarni isbotlash kerak boʻladi. Modomiki shunday ekan, biz Me'rojni aqlga sifʻdira olmaslik orqali vasvasaga tushgan moʻ'minni tinglovchi qabul qilib, unga bayon qilamiz. Ora-sira tinglash maqomidagi boʻlgan mulhidni nazarga olib, soʻzni chiroyli aytamiz. Ba'zi soʻzlarda Me'roj haqiqatininig bir qancha yogʻdulari zikr qilingan edi. Birodarlarimning qattiq iltimoslari va u yogʻdularni alohida-alohida haqiqatning asli bilan birlashtirish va kamoloti Ahmadiyaning (S.A.V.) jamoliga oyna qilish uchun inoyatni Allohdan istadik.
Avvalgi azim oyatning buyuk xazinasining birgina اِنَّهُ olmoshida bir balogʻat dasturiga tayangan ikki ramzning mavzuimizga munosabati boʻlgani uchun, i'joz bahsida bayon qilingan tarzda yozamiz.
Qur'oni Hakim, Habibi Akram Alayhi Afzalussolatu va Akmalussalamning Me'rojining boshi boʻlgan Masjidi Haromdan Masjidi Aqsoga qilingan sayrini zikr etgach davomida:
اِنَّهُ هُوَ السَّمِيعُ الْبَصِيرُ deydi. Bu kalom orqali وَالنَّجْمِ اِذَا هَوٰى surasida ishora qilingan Me'rojning natijalariga ramz qilgan اِنَّهُdagi olmosh yo Janobi Haqqa taalluqli yoki Paygʻambarga (S.A.V.). Paygʻambarga boʻlsa, balogʻat qonuni va soʻzning kelishiga koʻra quyidagicha ifoda qiladi: Bu juz'iy sayohatda umumiy sayr va kulliy yuksalish bor. Sidratul Muntahoga, Qobi Qavsaynga qadar Asmolarning kulliy martabalarida koʻziga, qulogʻiga kelgan Rabboniy oyatlarni va Ilohiy gʻaroyib san'atlarni eshitgan, koʻrgan, deydi. Kichik juz'iy sayohatni, ham kulliy, ham ajoyib narsalar boʻlgan joyga sayohatning kaliti sifatida koʻrsatadi.
Agar olmosh Janobi Haqqa oid boʻlsa: Bir qulini bir sayohatda huzuriga chaqirib, bir vazifa yuklash uchun Masjidi Haromdan Paygʻambarlar jam boʻlgan Masjidi Aqsoga yuborib, anbiyolar bilan uchrashtirib, butun anbiyolarning usuli dinlariga mutlaq voris ekanini koʻrsatgandan soʻng, Sidratul Muntahoga, Qobi Qavsayngacha mulk va malakutida sayr qildirdi.
U kishi bir qul boʻlsalar va u sayohat kichik Me'roj boʻlsada, bu qul bilan birga butun koinotga aloqador boʻlgan bir omonat, koinotning rangini oʻzgartiradigan nur, abadiy saodatning eshigini ochadigan kalit boʻlgani, oʻsha omonat, nur va kalitning olamshumul, keng, umum koinotga oid va butun maxluqotni qamragan hikmatlarini koʻrsatishi uchun Janobi Haq oʻzini "Butun narsalarni eshitguvchi va koʻrguvchi" sifati bilan vasf qiladi.
Bu buyuk sirning "Toʻrt Asos"i bor.
Birinchisi: Me'roj nima uchun kerak?
Ikkinchisi: Me'rojning haqiqati nima?
Uchinchisi: Me'roj hikmati nima?
Toʻrtinchisi: Me'rojning samaralari va foydasi qanday?
BIRINCHI ASOS
Masalan, Janobi Haq اَقْرَبُ اِلَيْهِ مِنْ حَبْلِ الْوَرِيدِ deyiladi. Hamma narsaga hamma narsadan ham yaqin. Jismdan, makondan munazzah. Xar bir valiy qalbi ichida U bilan koʻrisha oladi. Nima sababdan Paygʻambarimizning (S.A.V.) Valiyligiga har bir valiy oʻz qalbida erishgan munojatga Me'roj kabi uzun bir sayohatning natijasidan soʻnggina muvaffaq boʻladi?
Javob: Bu nozik masala sirini "ikki misol" bilan tushunishga yaqinlashtiramiz. Oʻn Ikkinchi Soʻzning Qur'on I'jozining sirlari va Me'roj siri haqidagi ushbu ikki misolini tingla:
Birinchi tamsil: Bir Sultonning ikki xil xitobi, suhbati, koʻrishishi boʻladi. Ikki tarzda xitobi, iltifoti bor. Biri: Juz'iy bir ish yuzasidan omi odam bilan xususiy ehtiyojga doir xos telefonda suhbat qilish. Ikkinchisi: Eng buyuk sultonlik unvonidan, eng buyuk xalifalik nomidan, umumiy hokimlik martabasidan va amrlarini atrofga yoyish va namoyish qilish maqsadida bu ishlar bilan aloqador elchisi orqali yoki buyruqlar munosabatdor katta xodimi bilan gaplashish, suhbat qilish. Va haybatini izhor qilgan oliy bir farmon bilan xitob qilish.
وَ للهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى bu misol kabi koinot Xoliqining, Malikul Mulk va Malakutning, Azal va Abad Hokimining ikki xil xitobi, suhbati, iltifoti mavjud. Biri kichik va xos, keyigisi kulliy va umumiy. Me'roj - Paygʻambarimizning (S.A.V.) Valiyligining butun valiyliklardan ustun umuiy, ulugʻ suratida koʻrinishi boʻlib, butun koinotning Rabbi Ismi va butun mavjudotning Xoliqi unvoni bilan Janobi Haqning suhbatiga va munojotiga musharraflik hisoblanadi.
Ikkinchi misol: Bir odam qoʻlidagi oynani quyoshga qaratganda, oyna quyoshdan nur va yetti rangni oʻz miqyosida jamlagan ziyo, aks oladi. Buning nisbatida quyosh bilan munosabatda boʻladi, suhbatlashadi. Bir kishi nurli oynani qorongʻu uy va yoki usti tom bilan yopilgan kichik, xususiy bogʻga qaratsa, quyosh qiymati nisbatida emas, balki oyna qobiliyati miqdoricha foydalanishi mumkin. Boshqa odam esaoynani qoʻyib, toʻgʻridan-toʻgʻri quyoshga qaraydi, hashamatini koʻradi, azamatini anglaydi. Soʻng juda yuksak toqqa chiqib, quyoshning juda keng porloq hokimiyatini koʻradi va u bilan shaxsan, pardasiz koʻrishadi. Soʻng qaytib, uyi yoki bogʻining tomidan keng derazalar ochadi, osmondagi quyoshga yoʻllar qiladi, haqiqiy quyoshning doimiy ziyosi bilan suhbatlashadi, gaplashadi. Shunday qilib minnatdor suhbat qura oladi va: "Ey yer yuzini nuri bilan charogʻon etgan, zamin yuzini va butun gullarning yuzlarini kuldirgan dunyo goʻzali, osmon nozdori boʻlgan nozanin quyosh! Butun dunyoni charogʻon etganing va yer yuzini isitganing kabi mening uychamni, bogʻchamni isitding va charogʻon etding." Lekin avvalgi oyna sohibi bunday deya olmaydi. Undagi quyoshning aksi oyna chegarasida chegaralangan, oʻsha qaydga koʻra koʻrinadi.
Shamsi Azal va Abad Sultoni boʻlgan Zoti Ahad va Samadning tajalliysi insoniy mohiyatga cheksiz martabalarni ichiga olgan ikki suratda namoyon boʻladi:
Birinchisi: Shamsi Azaliyning nuriga, suhbatiga va munojotiga qalb oynasiga uzangan Rabboniya aloqa va koʻrinish boʻlib, xar kim iste'dodiga hamda martabalar oshishda sayri sulukida Asmo va Sifatlarning tajalliylariga nisbatan juz'iy va kulliy sazovorlik. Aksar Asmo va Sifatlarning soyasida yurgan valiyliklarning darajalari bu qismdan kelib chiqadi.
Ikkinchisi: Insonning qamrovli ekani va koinot daraxtining eng munavvar mevasi boʻlgani sabab butun koinotda jilvalari namoyon boʻlgan Asmoyi Husnani ruhining oynasida birdan koʻrsata olish jihati bilan Janobi Haq zotining tajalliysi bilan va Asmoyi Husnaning a'zamiy martabada inson sinfining ma'nan eng buyuk bir kishisiga muazzam tajalliy koʻrinadiki, bu koʻrinish va tajalliy Hz.Muhammad (S.A.V.) Me'rojining siridir. Uning valiyligi risolatiga boʻshlangʻich boʻladi. Bu valiylik, soyadan oʻtadi, ikkinchi misolning birinchi odamiga oʻxshaydi. Risolatda soya yoʻq, toʻgʻridan-toʻgʻri Zoti Zuljalolning ahadiyatiga qaraydi, ikkinchi misoldagi odamga oʻxshaydi. Me'roj esa Paygʻambarimiz (S.A.V.) Valiyligining eng buyuk karomati, eng yuksak darajasi boʻlgani uchun, risolat martabasiga aylangan. Me'rojning botini valiylikdir, xalqdan Haqqa boradi. Me'rojning zohiri risolat boʻlib, Haqdan xalqqa kelmoqda. Valiylik - qurbiyat martabalarida sulukdir. Koʻp martabalarni bosib oʻtishga va bir darajada vaqtga muhtojdir. Buyuk nur boʻlgan risolat esa Ilohiy qurbiyat-yaqinlikning yuzaga kelishining siriga bogʻliq boʻlib, bir lahza kifoya. Shuning uchun hadisda: "Bir onda borib kelgan", deyilgan.
Endi, tinglayotgan dinsizga aytamiz: Modomiki bu koinot oʻta intizomli bir mamlakat, juda muhtasham bir shahar, gʻoyat ziynatli bir saroy ekan, albatta, uning bir hokimi, sohibi, ustasi boʻladi. Modomiki bunday hashamatli Maliki Zuljalol, Hakiymi Zulkamol, Sone'i Zuljamol bor ekan, modomiki butun olamga, mamlakatga, shaharga, saroyga aloqasi bor ekan hamda his va tuygʻulari bilan barchasiga munosabati bor va nazari umumiy boʻlgan bir inson bor ekan, albatta Sone'i Muhtasham shu umumiy nazarli va idrokli inson bilan yuksak, ulugʻ munosabati boʻladi, unga muqaddas xitobi va oliy e'tibori boʻladi. Yana modomiki Odam Alayhissalomdan hozirgacha shu munosabatga noil boʻlganlar ichida belgilarining guvohligi bilan, ya'ni Yer kurrasining yarmini va insoniyatning beshdan birini tasarrufi doirasiga olgani va koinotning ma'naviy shaklini oʻzgartirgani, nnnurlantirgani kabi, eng buyuk martabada oʻsha munosabatni Muhammadi Arabiy Sallallohu Alayhi Vasallam boʻlgan. Shunday ekan, u munosabatning eng ulugʻ martabasidan iborat boʻlgan Me'roj unga eng loyiq va eng munosib boʻladi.
IKKINCHI ASOS
Me'rojning haqiqati nima?
Javob: Paygʻambarimiz (S.A.V.) shaxsiyatining komil martabalarida sayri sulukidan iboratdir. Ya'ni, Janobi Haqning tartibi maxluqotda tajalliy ettirgan boshqa-boshqa Asmosi va unvonlari bilan rububiyat saltanatida tashkil etgan tadbir va ijod doiralarida hamda u doiralarda bittadan rububiyat arshi va tasarruf markaziga sabab boʻlgan bir osmon tabaqasida namoyon qilgan rububiyat asarlarini bir-bir oʻsha xos quliga koʻrsatib, uni butun insoniy kamolotni oʻzida jamlagan, butun Ilohiy tajalliylarga sazovor, butun koinot tabaqalariga nazoratchi, rububiyat saltanatining jarchisi, Allohning roziligining yetkazuvchisi va koinot tilsimining kashf qilivchisi qilish uchun Buroqqa mindirib, samovotni yashin kabi sayr ettirib, martabalarni oshtirib, oy kabi manzildan manzilga, doiradan doiraga Alloh rububiyatini tomosha ettirib, maqomlari doiralarning samolarida boʻlgan va doʻstlari boʻlgan anbiyolarni birma-bir koʻrsatib, Qobi Qavsayn maqomiga chiqargan, Ahadiyat bilan kalomiga va ru'yati-koʻrishga musharraf qilgan. Bu yuksak haqiqatga "ikki misol" durbini orqali qarash mumkin.
Birinchisi: Yigirma Toʻrtinchi Soʻzda izohlanganidek, bir podshohning oʻz hukumati doiralarida turli tuman unvonlari, xalqining tabaqalarida boshqa-boshqa nom va vasflari, saltanatining martabalarida xar hil ism va nishonlari boʻladi. Misol uchun: Adliya doirasida adolatli sudʻya, boshqaruvda sulton, harbiy doirada oliy bosh qoʻmondon va ilmiy doirada xalifa va hokazo... ism va unvonlari boʻladi. Xar bir doirada bittadan ma'naviy taxti hisoblangan maqomi va kursisi boʻladi. Birgina podshoh saltanat doiralarida va hukumat tabaqalari martabalarida ming xil ism va unvon sohibi boʻla oladi. Bir-birining ichida minglab saltanat taxti boʻladi. Goʻyo hokimning xar bir doirada ma'naviy shaxsiyat e'tibori ila va telefoni ila mavjud va hozir boʻladi, biladi. Xar tabaqada qonuni, nizomi, vakili bilan koʻrinadi, koʻradi. Xar martabada parda orqasida hukmi, ilmi, quvvati bilan boshqaradi, kuzatadi. Xar bir doiraning alohida markazi, manzili bor. Hukmlari bir-biridan farqli. Tabaqalari bir-biridan boshqa. Shunday bir sulton oʻzi istagan zotni butun doiralarida aylantirib, xar doiraga maxsus shoxona saltanatini va hokimona amrlarini koʻrsatib, doiradan doiraga, tabaqadan tabaqaga sayr qildirib, huzurigacha keltiradi. Soʻng barcha doiralarga taalluqli ba'zi umumiy, kulliy amrlarni unga omonat qilib beradi, yuboradi.
Xuddi bu misol kabi, Azal va Abad Sultoni boʻlgan Rabbul Olamiyn uchun rububiyatining martabalarida boshqa-boshqa, faqat bir-biriga qaragan xususiyat va nomlari bor. Uluhiyatining doiralarida turlicha, lekin bir-biri ichida koʻrinadigan Ism va belgilari bor. Hashamatli ijrootida alohida-alohida, ammo bir-biriga oʻxshash tajalliy va jilvalari bor. Qudratining tasarruflarida farqli, faqat bir-birini his ettirgan unvonlari bor. Sifatlarining tajalliylarida turli tuman, lekin bir-birini koʻrsatadigan muqaddas zuhurlari bor. Ishlarining jilvalarida turli-tuman, faqat bir-birini mukammallashtiradigan tasarruflari bor. Rango-rang san'antida va san'atli asarlarida turli-tuman, ammo bir-birini tomosha etadigan hashamatli rabligi bor.
Bu buyuk sirga asosan koinotga hayratga soladigan, ajib tartib oʻrnatgan. Eng kichik maxluqot tabaqalaridan boʻlgan zarralardan samovotgacha, samovotning birinchi tabaqasidan Arshi A'zamgacha bir-biri ustida tashkilot bor. Xar bir samo boshqa bir olamning tomi, rubibiyat-rablik uchun arsh va Allohning tasarrufoti uchun markaz hisoblanadi. U doiralar va tabaqalarda Ahadiyat e'tibori bilan jami Ismlar topilishi mumkin. Butun unvonlar bialn tajalliy etadi. Lekin adliyada odil sudʻya unvoni asosiydir, hokimdir, boshqa unvonlari u yerda uning amriga qaraydi, unga tobe'dir.
Xuddi shuningdek, xar bir maxluqot tabaqalarida, xar bir samoda bir Asmo, bir Ilohiy unvon hokimdir. Boshqa unvonlar uning soyasidadir. Masalan, Qodiyr Ismiga sazovor boʻlgan Hazrati Iso Alayhissalom qaysi samoda Paygʻambar Alayhissolatu Vassalam bilan uchrashgan boʻlsa, demak oʻsha samo doirasida Janobi Haq Qodiyr unvoni bilan oʻzi u yerda tajalliy etadi. Masalan, Hazrati Muso Alayhissalomning maqomi boʻlgan samo doirasida eng koʻp hukm suradigan unvon Hazrat Muso Alayhissalom noil boʻlgan Mutakallim unvonidir va hokazo...
Paygʻambarimizning shaxsiyati Alayhissolatu Vassalom Ismi A'zamga noil, nubuvvati umumiy, barcha Ismlarga sazovor boʻlgani uchun, albatta barcha rububiyat doiralari bilan aloqadordir. Albatta, oʻsha doiralarda maqom sohibi boʻlgan anbiyolar bilan koʻrishishva barcha tabaqalardan oʻtish Me'roj haqiqatini taqozo qiladi.
Ikkinchi Tamsil: Bir sultonning unvonlari orasida Qoʻmondani A'zam unvoni harbiy doiralarning armiya qoʻmondoni kabi umumiy va keng doiradan tortib serjant doirasiday kichik va xar bir xususiy doirada bir koʻrinishi, jilvasi boʻladi. Masalan, bir askar qoʻmodonlik oliy unvonining namunasini oʻn boshi shaxsida koʻradi, unga itoat qiladi, undan buyruq oladi. Askar serjant boʻlganida, katta serjant doirasidagi qoʻmondonlik doirasi ostiga kiradi, unga qaraydi. Katta serjant boʻlsa, qoʻmondonlik namunasini va jilvasini leytenant doirasida koʻradi. Oʻsha maqomda unga xos mansab kursisi boʻladi va hokazo... Mayor, polkovnik, general, marshal doiralarining xar birida ularning katta va kichikligi nisbatida qoʻmondonlik unvonini koʻradi.
Oliy bosh qoʻmondon bir askarga harbiy doiralarga aloqador boʻladigan vazifa yuklashni istasa, taftishchi kabi xar doirani koʻrib va koʻradigan maqom berishni istasa, albatta, qoʻmondoni a'zam u askarni serjant koʻrishi, koʻrilishi uchun doirasidan boshlab eng katta doirasigacha bir-bir aylantiradi. Soʻng huzuriga qabul qilib suhbatiga musharraf qiladi. Nishon va farmon berib iltifot koʻrsatadi va kelgan joyigacha bir onda olib borib qoʻyadi.
Bu misolda bir tomonni e'tiborga olish kerak. Agar podshoh ojiz boʻlmasa, zohirdagidek ma'naviy jihatida ham iqtidori boʻlsa, general, marshal, mulozim kabi shaxslarni vakil qilmaydi. Hamma joyda shaxsan oʻzi hozir boʻladi. Lekin ba'zi pardalar ostida va mansabdor shaxslarning orqasida toʻgʻridan-toʻgʻri amrni u beradi. Ba'zi komil valiy boʻlgan podshohlar koʻp doiralarda ba'zi shaxslar suratida ijrootini bajargani rivoyat qilinadi.
Bu misol orqali koʻrgan haqiqatimiz, ojizlik uning ichida boʻlmagani uchun, toʻgʻridan-toʻgʻri xar bir doirada amr va hukm qoʻmondoni a'zamdan keladi. Ishlar Uning amri, irodasi, quvvati bilan amalga oshadi.
Bu misol kabi, yer va osmonlar Hokimi, "Kun Fayakun Amri"ga sohib, Mutlaq Amir boʻlgan Azaliy va Abadiy Sulton, maxluqoti tabaqalarida jarayon etayotgan, mukammal itoat va intizom bilan boʻysundirilgan, amrlar va qoʻmondonligining faoliyati, zarralardan sayyoralarga, pashshadan osmonlargacha maxluqot tabaqalari va mavjudot toifalarida katta-kichik, juz'iy-kulliy tabaqalari va toifalari turlicha, lekin bir-biriga yuzlangan rububiyat doiralari, hokimiyat tabaqalari koʻrinmoqda.
Butun koinotdagi oliy maqsadlarni va buyuk natijalarni tushunadigan va butun tabaqalarning turli tuman qullik vazifalarini bajarish orqali Zoti Kibriyoning rububiyat saltanatini, hokimiyat hashamatini kuzatib, u Zot nimalardan rozi boʻlishini tushunish va uning saltanatida e'lon qiluvchi boʻlish uchun, buyuk doirasining unvoni boʻlgan Arshi A'zamiga kirishi, Qobi Qavsaynga, ya'ni imkon va vujub oʻrtasida Qobi Qavsayn bilan ishora qilingan maqomga kirishi va Zoti Jaliyli Zuljamol bilan koʻrishishi uchun xar holda tabaqalar va doiralarga bir sayri suluk boʻladi. Bu sayri suluk esa Me'rojning haqiqatidir.
Xar bir inson aqli bilan hayol tezligidagi sayr qilishi, xar bir valiy qalbi bilan yashin tezligida aylanishi va jismi nuroniy boʻlgan har bir farishta ruh tezligida Arshdan yerga, yerdan Arshga qatnovi, Jannat ahli insonlarning Buroq tezligida hashr maydonidan besh yuz yildan ortiq masofadan Jannatga chiqishlari kabi, nur va nur qobiliyatidagi, valiylar qalblaridan ham latif, oʻliklar ruhlaridan va farishtalar jismlaridan ham yengil, yulduz kabi nuroniy jasad va koʻrinishdan iborat boʻlgan badandan ham nozikroq boʻlgan Paygʻambarimiz (S.A.V.) ruhining cheksiz vazifalariga sabab va jihozlarining xazinasi boʻlgan Paygʻambarimmizning (S.A.V.) jismi, albatta u zotning ustun ruhi bilan Arshgacha birga borgan.
Endi tinglash maqomida boʻlgan dinsizga qaraymiz. Unining shunday deyishi qalbga keladi: "Men Allohni tanimayman, Paygʻambarni bilmayman, qanday qilib Me'rojga ishonayin?"
Biz unga javoban aytamiz: Modomiki koinot, mavjudot bor va ichida ishlar va ijod mavjud ekan, modomiki bir intizomli ish uning qiluvchisiz boʻlmaydi, ma'noli kitob kotibsiz boʻlmaydi, san'atli bir naqsh naqqoshsiz boʻlmas ekan, albatta, koinotni toʻldirgan hikmatli ishlarning bajaruvchisi, yer yuzining faslma-fasl yangilanib turadigan hayratga soladigan naqshlarining, ma'noli maktublarining kotibi, naqqoshi boʻladi.
Modomiki bir ishda ikki hokimning boʻlishi uning intizomini buzadi. Modomiki, chivin qanotidan samovot qandiligacha mukammal intizom bor ekan, u hokim birdir. Bir boʻlmasa (chunki hamma narsada san'at va hikmat shu daraja ajibki, u narsaning san'atkori hamma narsaga qodir boʻladi, har bir ishni biladigan darajada mutlaqo qodir boʻlishi kerak. Shunday ekan, bir boʻlmasa) mavjudot sanogʻicha ilohlarning boʻlishi kerak boʻladi. Ilohlar esa bir-birlariga zid, bir-biriga oʻxshash boʻladi. Shu ajib intizomning buzilmasligi yuz ming karra imkonsizdir. Modomiki mavjudot tabaqalari bir armiyadan ming karra intizomliroq amr bilan harakat qilgani yaqqol koʻrinmoqda.
Yulduzlarning, quyosh va oyning intizomli harakatidan bodom gullarigacha xar bir toifa shu qadar intizomli, shu qadar mukammal suratda Qodiri Azaliyning u toifaga bergan nishonlarni, shakllarni, goʻzal liboslarni va tayin etgan harakatlarni lashkardan ming karra intizomliroq tarzda koʻrsatmoqda. Shunday ekan koinot mavjudotining (uning amriga qaraydigan va tobe' boʻlgan) gʻayb pardasi orqasida bir Hokimi Mutlaqi bor.
Modomiki Hokim qilgan butun hikmatli ishlarining shahodati bilan, namoyon etgan hashamat asarlari bilan bir Sultoni Zuljaloldir. Koʻrsatgan ehsonlari bilan oʻta Rahim bir Rabbdir. Namoyon qilgan goʻzal san'atlari bilan san'atparvar va san'atini juda ham sevadigan Sone'dir. Koʻrsatgan bezaklari va aqllarni lol qoldiruvchi san'atlari bilan idrok egalarining tahsinini asarlariga qaratishni istagan bir Xoliqi Hakiymdir. Olamning yaratilishida aqllarni hayratda qoldirgan bezaklarning ma'nosini va maxluqot qayerdan kelib qayerga ketishini rububiyatining hikmati bilan idrok egalariga bildirishni istagani anglashilmoqda. Albatta, Hokimi Hakiym va Sone'i Aliym rububiyatini koʻrsatishni istaydi.
Ham, modomiki koʻrsatayotgan buncha lutf va marhamat asarlari, gʻaroyib san'atlari bilan idroklilarga oʻzini tanitishni va sevdirishni istayotgan ekan, albatta, ularning orzularini va ulardan qanday rozi boʻlishini bir yetkazuvchi vositasida bildirar ekan, idrok egalaridan birisini tayinlab, u orqali oʻz rabligi-rububiyatini e'lon qiladi. Sevgan san'atlarini namoyish etish uchun bir e'lon qiluvchini huzurining yaqiniga musharraf qilib koʻrsatishga vosita qiladi. Oliy maqsadlarini boshqa idrok egalariga bildirish orqali kamolotini koʻrsatish uchun bir kishini muallim qilib tayinlaydi.
Bu koinotda joylashtirgan tilsim va mavjudotda yashirgan rububiyatning siri ma'nosiz qolmasligi uchun, bir rahbar tayinlaydi. Koʻrsatgan va insonlar tomosho qilishiga yoygan san'at goʻzalliklari foydasiz va boʻsh qolmasligi uchun ulardagi maqsadlarni dars beradigan bir rahbar tayin qilib qoʻyadi. Roziligini idrok sohiblariga yetkazish uchun ulardan birini butun idroklilardan ustun maqomga chiqaradi va nimalardan rozi boʻlishini unga bildiradi, ularga yuboradi. Modomiki haqiqat va hikmat buni taqozo qilayotgna ekan va bu vazifaga Hazrati Muhammad Alayhissolatu Vassalamdir eng loyiq ekan, chunki faqat u zot u vazifalarni eng mukammal suratda qilgan ekan. Tashkil qilgan Islom olami va koʻrsatgan Islomiyat nuri bir odil va sodiq shohiddir. Shunday boʻlgach, u zot toʻgʻridan-toʻgʻri butun koinot ustiga chiqib, butun mavjudotdan oʻtib bir maqomga kirishi kerakki, butun mahluqotning Xoliqi bilan umumiy, yuksak, kulliy suhbat qilgan. Me'roj ham bu haqiqatni ifodalaydi.
Natija: Modomiki buyuk koinotni yuqorida aytilganidek juda buyuk maqsadlar va juda buyuk gʻoyalar uchun bu suratda tashkil qilgan, tartib oʻrnatgan va bezagan ekan, modomiki mavjudot ichida umumiy rablik-rububiyatni butun nozik tomonlari bilan, bu azim uluhiyat-ilohlik saltanatini butun haqiqatlari bilan koʻradigan inson sinfi bor ekan, albatta, oʻsha Mutlaq Hokim oʻsha inson bilan gaplashadi, maqsadlarini bildiradi.
Modomiki xar bir inson kichiklik va pastlikdan chiqib eng yuksak umumiy maqomga chiqa olmas, Hokimning umumiy xitobiga shaxsan tinglovchi boʻla olmas ekan, albatda, insonlar ichidan ayrim xos kishilarga shu vazifa yuklangan boʻladi.
Bu ikki jihatdan munosabati boʻladi. Insonlarga muallim boʻlishi uchun inson boʻlishi kerak. Toʻgʻridan-toʻgʻri xitobga noil boʻlishi uchun ruhan oʻta yuksak boʻlishi kerak. Modomiki insonlar ichida koinot Sone'ining maqsadlarini eng mukammal suratda bildirgan, koinot sirini kashf qilgan, yaratilishning tilsimini ochgan, rububiyat-rablik saltanati goʻzalliklariga eng mukammal ravishda e'lon qilgan zot - Muhammad Alayhissolatu Vassalamdir. Albatta, butun insonlar ichida shunday ma'naviy sayri suluki boʻladiki, jismoniy olamda sayru-sayohat suratida bir Me'roji boʻladi. "Yetmish ming parda" deb, ta'bir qilingan Allohnng goʻzal Ismlarinng tajalliysidagi oʻrtadagi hududlar, Asmo orasidagi maʻnolar hamda Allohning Sifat va ishlarining tajalliy-koʻrinishi va mavjudot tabaqalarining orqasidagi martabalarni oshib oʻtadi. Me'roj budir.
Yana hayolga keladiki: Ey tinglovchi! Sen qalbingdan: "Qanday qilib ishonay, hamma narsadan ham eng yaqin boʻlgan Rabbga minglab yillik masofani bosib, yetmish ming pardadan oʻtgandan keyingina u bilan koʻrishmoq nima degani?" deysan.
Biz javob beramiz: Janobi Haq hamma narsaga hamma narsadan ham yaqindir. Ammo hamma narsa undan benihoyat uzoq. Quyoshning idroki va nutqi boʻlsa, sening qoʻlingdagi oyna vositasida gaplasha olasan. Senda istaganidek tasarruf qiladi. Balki senga sening oyna misol koʻz qorachigʻingdan ham yaqinroq boʻlsada, sen undan toʻrt ming yil qadar uzoqsan, hech bir jihatda unga yaqinlasha olmaysan. Agar taraqqiy etsang, Oy maqomiga kelib, toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrish nuqtasiga chiqsang, unga yolgʻiz bir navʻ oynadorlik qila olasan.
Xuddi shuningdek, Shamsi Azal va Abad boʻlgan Zoti Zuljalol hamma narsaga hamma narsadan ham yaqin boʻlsada, hamma narsa Undan benihoyat uzoqdir. Lekin butun mavjudotdan oshib oʻtib, kichiklikdan chiqib, umumiyat tabaqalarida bora-bora minglab pardalardan oʻtib, jamiki mavjudotni qamragan Asmosiga yaqinlashadi, undan ham ilgarida koʻp martabalarni bosib oʻtadi. Soʻng bir tur yaqinlikka musharraf boʻladi. Yana masalan, bir askar oliy bosh qoʻmondonning ma'naviy shaxsidan juda uzoqdir. Askar qoʻmondonini oʻn boshilikda koʻrgan kichik namuna bilan oʻta uzoq masofadan, unga juda koʻp ma'naviy pardalar orqasidan qaraydi. Uning haqiqiy ma'naviy shaxsi bilan yaqin boʻlish leytenantlik, mayorlik, polkovniklik kabi koʻp umumiy martabalardan oʻtish kerak boʻladi. Xolbuki, buyruqʻi bilan, qonuni bilan, nazari bilan, hukmi bilan, ilmi bilan suratan oliy bosh qoʻmondon boʻlgani kabi ma'nan ham qoʻmondon boʻlsa, askarning yonida shaxsan oʻzi hozir boʻladi, koʻradi. Bu haqiqat Oʻn Oltinchi Soʻzda oʻta qat'iy suratda isbotlangani uchun, u bilan kifoyalanib, bu yerda xotima qilamiz.
Yana hayolga keladiki, sen qalbingdan: "Men samovotni inkor qilaman, farishtalarga ishonmayman. Qanday qilib bir insonning osmonlarda sayr qilishi, farishtalar bilan koʻrishishiga ishonay?" deysan.
Ha, aqli koʻzida boʻlgan, koʻzini esa parda qoplagan sendek odamlarga gap tushuntirish va bir narsani koʻrsatish, albatta mushkul. Lekin haq shu qadar porloqki, koʻrlar ham koʻra olgani uchun aytamiz:
Keng fazo olami efir bilan toʻlaligini hammaning e'tirof qiladi. Ziyo, elektr toki, harorat kabi boshqa oquvchi latif moddalar fazoni ham toʻldirgani moddaning mavjudligiga dalolat qiladi. Mevalar daraxtini, gullar chamanzorlarini, boshoqlar dalalarini, baliqlar dengizini shaksiz koʻrsatgani kabi, bu yulduzlar ham albatta asoslarini, dalasini, dengizini, chamanzorining vujudini aqlning koʻziga pesh qiladi. Modomiki yuksak olamda turli hil shakllanishlar boʻlib, turli vaziyatlarda, turli hukmlar kuzatilayotgan ekan, ularning asoslari boʻlgan samovot turlichadir. Insonda jismdan boshqa aql, qalb, ruh, xayol, xotira kabi ma'naviy aʻzolar ham bor ekan, albatta, buyuk insoni hisoblangan olamda va bu inson mevasining daraxti boʻlgan koinotda jismoniy olamdan boshqa olamlar bor. Yer olamidan Jannat olamigacha xar bir olamning alohida osmoni bor.
Ham, farishtalar haqida aytamiz: Sayyoralar ichida oʻrtacha, yulduzlar ichida kichik va xira boʻlgan yer kurrasida mavjudotlar ichida eng qiymatdor va nuroniy hayot va shuur - behisob suratda mavjud. Albatta, zulmatli uy hisoblangan yerga nisbatan ziynatli qasrlar, mukammal saroylar hisoblangan yulduzlar va ularning dengizlari boʻlgan osmonlar - shuur va hayot sohiblari, juda koʻp va jinslari turlicha malaklar va ruhoniylarning maskanidir. Bu oʻta qat'iy bir suratda "Ishorat-ul I'joz" nomidagi tafsirimda
oyatida osmonlaring ham vujudi, ham koʻpligi isbot qilingani uchun, farishtalarning borligini Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzda ikki karra ikki toʻrt aniqligida isbot qilganimiz uchun, ular bilan kifoyalanib bu yerda xotima yasaymiz.
Natija: Efir moddasidan qilingan elektr, ziyo, harorat, tortishish kuchi kabi oquvchi latif moddalarning asosi boʻlgan, hadisda اَلسَّمَآءُ مَوْجٌ مَكْفُوفٌ ishorasi orqali sayyoralar va yulduzlarning harakatlariga moslashgan, Samon yoʻli deb atalgan "Mojarotus Samo"dan eng yaqin sayyoragacha turli vaziyat va shakllanishda yetti tabaqa, xar bir tabaqa yer olamidan barzoh olami, misol olami, oxirat olamigacha olamlarning tomi hisoblangan osmonlarning mavjudligi hikmatan, aqlan lozim.
Yana hayolga keladi: Ey mulhid! Sen: "Ming qiyinchiliklar bilan tayyora vositasida zoʻrgʻa bir-ikki kilometr yuqoriga chiqish mumkin. Qanday qilib inson jismi bilan minglab yillik masofani bir necha daqiqa ichida bosib oʻtadi, boradi, keladi?" deysan.
Javoban aytamizki: Yerday ogʻir jism, bilim xulosasiga asosan yillik harakati davomida bir daqiqa ichida taqriban yuz sakson sakkiz soatlik masofani bosadi. Bir yilda taqriban yigirma besh ming yillik masofani bosib oʻtadi. Ajabo, bu intizomli harakatni unga bajartirgan va bir sopqon toshi kabi aylantirgan Qodiyri Zuljalol bir insonni arshga olib kela olmaydimi?! Quyoshning tortishish kuchi deb nomlangan Rabboniy qonun bilan Mavlaviy kabi atrofida juda ogʻir yer jismini aylantirgan hikmat, Rahmon rahmati tortishishi va Shamsi Azal muhabbatining jalb qilishi bilan bir inson jismini yashin tezligida Rahmon Arshiga chiqara olmaydimi?!
Yana hayolga keladi: "Xoʻp mayli, chiqishi mumkin. Lekin nima uchun chiqqan? Nima keragi bor? Avliyolar kabi ruhi va qalbi bilan borsa yetmaydimi?" deyapsan.
Javoban aytamiz: Modomiki Sone'i Zuljalol mulk va malakutidagi ajib oyatlarini koʻrsatish va olamning dastgoh va manbaʻlarini tomosha ettirish va inson amallarining oxiratga taalluqli natijalarini koʻz oldiga keltirishni xohlagan ekan, albatta bu koʻringan borliqlar olamning kaliti hisoblangan koʻzini va eshitilayotganlar olamidagi oyatlarni tomosha qilgan qulogʻini Arshgacha birga olishi kerak boʻlgani kabi ruhining cheksiz vazifalarga asos boʻlgan sabablar va jihozlarining uskunasi hisoblangan muborak jismini ham Arshgacha birgalikda chiqarishini aql va hikmat taqozo qiladi.
Jannatda Ilohiy hikmat jismni ruhga oshno qiladi. Chunki jasad juda koʻp qulliik vazifalari va cheksiz lazzatlar va azoblarga sabab boʻladi. Albatta, u muborak jasad ruhga oʻrtoq boʻladi. Modomiki Jannatga jism ruh bilan birga borar ekan, albatta Jannatul Ma'voning jussasi boʻlgan Sidrat-ul Muntahoga koʻtarilgan Zoti Ahmadiya (S.A.V.) bilan muborak jasadini hamroh ettirishi ayni hikmatdir.
Yana aqlga keladi: "Bir necha daqiqada minglab yillik masofani bosib oʻtish aqlan imkonsiz?" deysan.
Javoban aytamizki: Sone'i Zuljalolning hunarida harakatlar nihoyat darajada xar hil. Masalan, ovozning tezligi bilan ziyo, elektr, ruh va xayol tezliklari bir-biridan qanchalik farq qilishi ma'lum. Sayyoralarning harakatlari, fanda aylishicha, shunchalik xar hilki, aql hayratda. Ajabo, latif jismi, tez yuksalgan oliy ruhiga tobe' boʻlib, ruh tezligidagi harakati qanday qilib aqlga ters koʻrinadi?
Masalan oʻn daqiqalik uyqu chogʻida yilda oʻta oladigan holatlarni boshdan kechirasan. Hatto insonning bir daqiqada koʻrgan tushida eshitgan soʻzlari, aytgan gaplari toʻplansa, xushyor olamda bir kun, balki undan ham koʻp vaqt lozim. Demak, ayni paytda ikki shaxsga nisbatan biriga bir kun, ikkinchisiga esa bir yil boʻladi.
Bu ma'noga bir misol orqali qara: Insonning harakatidan, toʻp oʻqining harakatidan, ovozdan, ziyodan, elektrdan, ruhdan, xayoldan vujudga kelgan harakatlarning tezligini oʻlchash uchun shunday bir soat faraz qilaylik. Uning oʻnta mili bor. Biri soatlarni koʻrsatadi. Ikkinchisi, undan oltmish karra kengroq doiradagi daqiqalarni sanaydi. Uchinchisi undan ham oltmish karra kengroq doira ichida soniyalarni, keyingisi oltmish karra kengroq doirada solisalar (soniyaning oltmishda biri)ni va bu kabi robialar (solisaning oltmishda biri)ni, hamisalar (robianing oltmishda biri)ni, sodisalar (hamisaning oltmishda biri)ni, sabialar (sodisaning oltmishda biri)ni, saminalar (sabianing oltmishda biri)ni, tasialar (saminaning oltmishda biri)ni, ashiralar (tasianing oltmishda biri)ni sanaydigan oʻta intizomli azim doirada bittadan mil faraz qilamiz. Soatni sanagan milning doirasi kichik soatimizchalik boʻlsa, xar holda ashiralarni sanagan milning doirasi yerning yillik harakat doirasi qadar, balki undan ham ortiq boʻlishi kerak boʻladi.
Endi ikki shaxs faraz qilaylik: Ulardan biri soatni sanaydigan milga minadi. Milning harakati tezligida tomosha qiladi. Ikkinchisi esa, ashiralarni sanovchi milga minib olgan. Bu ikki shaxsning ayni vaqtda koʻrgan narsalari bizning soatimiz bilan yerning yillik aylanish davri oʻrtasidagi farq kabi koʻrinishdan juda koʻp farqlari boʻladi.
Vaqt (chunki) harakatlarning bir rangi, tusi yoki arqoni hisoblangani uchun, harakatlarda joriy boʻlgan xulosa vaqtda ham joriy. Bir soatlik koʻrgan narsalarimiz soatni koʻrsatadigan miliga mingan idrokli shaxsning kuzatganichalik boʻlgani va haqiqiy umri oʻshanchalik boʻlib, ashiralar miliga mingan shaxs kabi ayni paytda, muayyan soatda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Allohning buroq kabi tez muvaffaqiyat ehsoniga minib chaqmoq kabi butun koinotni bosib oʻtib, egasi Alloh boʻlgan va hukm yuritgani koʻringan va koʻrinmagan olamdagi ajoyibotlarni koʻrib, oʻzgarmas, borligi vojib va vasflarining ziddi tasavvur qilinmaydigan Ilohlik doirasi nuqtasiga chiqib, suhbatga musharraf boʻlib, Ilohiy Jamol ru'yati-koʻrishga noil boʻlib, farmonni olib vazifasiga qayta oladi, qaytgan va shunday ham boʻlgan.
Yana hayolga keladiki: "Toʻgʻri, boʻlishi mumkin. Lekin xar bir mumkin sodir boʻlavermaydi. Qabul qilish uchun buning oʻxshashi bormi? Oʻxshashi boʻlmagan narsaning faqat imkoni bilan sodir boʻlishiga qanday xulosa qilish mumkin?"
Javoban aytamiz: Buning misollari shunchalik koʻpki, hisobi yoʻq. Masalan, xar bir koʻz sohibi koʻzi bilan yerdan Neptun sayyorasigacha bir soniyada chiqadi. Xar bir ilm sohibi aqli bilan astronomiya qonunlariga minib yulduzlarning orqasigacha bir daqiqada boradi. Xar bir iymon sohibi namozning amal va ruknlariga fikrini mindirib bir navʻ Me'roj orqali koinotni orqasiga otib huzurga qadar boradi. Xar bir qalb sohibi va komil valiy sayri suluk bilan Arshdan, Asmo va Sifatlar doirasidan qirq kunda oʻta oladi. Hatto Shayxi Jiyloniy, Imomi Rabboniy kabi ba'zi zotlarning ishonchli xabarlariga koʻra, bir daqiqada Arshgacha ruhoniy yuksalishlari boʻladi. Nuroniy jismdan tashkil topgan farishtalarning Arshdan yerga, yerdan Arshga qisqa vaqtda borib-kelishi bordir. Jannat ahli mahshardan Jannat bogʻlariga qisqa vaqtda yuksaladilar.
Albatta, buncha namunalar shuni koʻrsatadilarki, butun avliyolarning sultoni, umum moʻ'minlarning imomi, barcha Jannat ahlining raisi va umum farishtalar hurmat qilgan Paygʻambarimizning (S.A.V.) shaxsiyati sayri sulukiga sabab boʻlgan Me'rojning boʻlishi hamda u zotning maqomiga munosib suratda boʻlishi ayni hikmat, oʻta ma'qul va shubhasiz boʻlgan.
UCHINCHI ASOS
Me'rojning hikmati nima?
Javob: Me'rojning hikmati shu qadar yuksakki, inson fikri unga yeta olmaydi. Shu qadar chuqurki, unga yetisha olmaydi. Shu qadar nozik va latifki, aqlning bir oʻzi koʻra olmaydi. Lekin ba'zi ishoralar bilan haqiqatlari bilinmasa ham borligini quyidagicha bildirish mumkin:
Koinotning Xoliqi sanoqsiz tabaqalarda vahdat nurini va ahadiyat tajalliyini koʻrsatish uchun sanoqsiz tabaqalarining oxirigacha Allohning yakkaligini koʻrsatgan asl manbaʻga bogʻlaydigan ip suratida Me'roj bilan mumtoz shaxsni butun maxluqot uchun oʻziga tinglovchi qabul qilib butun idroklilar nomidan Ilohiy maqsadlarini tushuntirish, u orqali bildirish va uning nazari bilan maxluqot oynasida san'at goʻzalligini, rububiyat mukammalligini kuzatish va kuzattirishdir.
Sone'i Olamning asarlarining guvohligi bilan cheksiz jamol va kamoli bor. Jamol va kamolning ikkisi ham muhabbatga loyiq, ya'ni shaxsan seviladi. Shunday ekan, jamol va kamol sohibining jamol va kamoliga benihoyat muhabbati bor. Benihoyat muhabbatni san'atli asarlarida koʻp tarzlarda namoyon boʻlmoqda.
San'atli asarlarini sevadi. Chunki san'atli asarlarining ichida jamolini, kamolini koʻradi. San'atli asarlar ichida eng sevimli va eng oliyi - hayot sohiblaridir. Hayot sohiblari ichida eng sevimli va oliyi - idrok sohiblaridir. Idroklilar ichida qamrovli boʻlgani e'tibori bilan eng sevimlisi insonlar ichida boʻladi. Insonlar ichida esa iste'dodi toʻliq rivojlangan, barcha san'atli asarlarda yoyilgan va koʻringan kamolotining namunalarini koʻrsatgan shaxs eng sevimlidir. Mavjudot Sone'i butun mavjudotda yoyilgan muhabbat tajalliysining barcha turlarini bir nuqtada, bir oynada koʻrishni va butun goʻzallik navlarini ahadiyat siri bilan koʻrsatish uchun yaratilish daraxtidan nurli meva darajasida, qalbni u daraxtning asos haqiqatlarini ichiga oladigan urugʻ hisoblangan zotni ilk boshlangʻich boʻlgan urugʻdan eng oxirgi nuqta boʻlgan mevagacha bogʻlovchi ip hisoblangan Me'roj bilan u shaxsning koinot nomidan sevgili boʻlishini koʻrsatish, huzuriga chaqirish, jamolini koʻrishga musharraf qilish va undagi muqaddas holatni bashqalarga ham yetkazish uchun kalomi bilan iltifot koʻrsatib, farmoni orqali vazifa yuklashdir.
Endi bu oliy hikmatga qarash uchun ikki misol durbini orqali diqqat bilan kuzatamiz.
Birinchi misol: Oʻn Birinchi Soʻzning misoliy hikoyasida batafsil bayon etilganidek, bir Sultoni Ziyshonning juda koʻp xazinalari va ularda juda koʻp javohir turlari mavjud boʻlsa, uning gʻaroyib hunarlarda yuksak mahorati boʻlsa, hisobsiz ajib fanlarni bilsa, qamragan boʻlsa, nihoyatsiz tenggi yoʻq darajada goʻzal ba oʻxshashi yoʻq ilmlarni bilsa va xabari boʻlsa, xar bir jamol va kamol egasi oʻz jamoli va kamolini koʻrish va koʻrsatishni istashiga asosan, albatta bilimli sultoni ham bir namoyish joyi ochishni istaydi. Saltanatining hashamatini, boyligining dabdabasini, oʻz gʻaroyib san'atlarini, oʻz bilimining hadyalarini insonlar e'tiboriga yoyib koʻrsatish uchun ichiga koʻrgazmalar ochadi. Maqsad ma'naviy jamol va kamoli ikki jihatdan koʻrilishi boʻladi. Bir jihati: Shaxsan nozik tomonlarini koʻra oladigan nazari bilan koʻrsin. Keyingisi: Boshqalarning nazari bilan qarasin.
Bu hikmatga koʻra albatta ulkan, muhtasham, keng saroy qurishni boshlaydi. Shohona tarzda doiralarga, manzillarga taqsimlaydi. Xazinalarining turli-tuman qiymatli duru javharlari bilan bezab, oʻz mohir qoʻlining eng goʻzal, eng latif san'atlari bilan ziynatlaydi. Fan va hikmatlarining eng nozik jihatlari bilan nizomga soladi. Ilmlarining moʻ'jizaviy asarlari bilan yasatadi, mukammallashtiradi. Soʻng xar hil ne'matlari bilan, shirin taomlari bilan xar toifaga xos dasturxonlarni soladi. Umumiy ziyofat tashkil qiladi. Soʻng xalqiga oʻz kamolotini koʻrsatish uchun ularni sayr va ziyofatga taklif etadi. Soʻng ulardan birini bebaho, yuksak rutbali xodim qiladi, quyi tabaqa va manzillardan yuqoriga chaqiradi. Qavatlar osha qavatlarda, ustma ust tabaqalarda aylantiradi.
Ajib san'atining uskunalarini va dastgohlarini, pastdan kelgan mahsulotning xazinalarini koʻrsata-koʻrsata, xos doirasigacha chiqaradi. Kamolotining barcha ma'dani boʻlgan muborak zotini unga koʻrsatish va huzuri bilan uni sharaflantiradi. Qasrning haqiqatlarini va oʻz kamolotini unga bildiradi. Tomoshabinlarga rahbar etib tayinlaydi va saroyning Sone'ini ichidagilari bilan, naqshlari bilan, ajoyib narsalari bilan aholiga ta'rif etishi uchun, saroy naqshlaridagi ramzlarini bildirib, ichidagi san'at asarlarining ishoralarini oʻrgatib, saroyga kirganlarga tartibli ziynatlar va oʻlchovli naqshlar nima ekani, saroy sohibining kamolotini va hunarlarini qanday koʻrsatishini ta'riflashi, kirish odobini va sayr marosimini bildirishi hamda koʻrinmagan bilim va faoliyat sohibi boʻlgan sultonning roziligi va istaklari doirasida tashrif marosimini ta'riflashi uchun yuboradi.
Xuddi shuningdek, وَ لِلهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى Azal Abad Sultoni boʻlgan Sone'i Zuljalol soʻngsiz kamolotini va nihoyatsiz jamolini koʻrish va koʻrsatishni istaganki, bu olam saroyini shunday bir tarzda bunyod qilganki, xar bir mavjudot juda koʻp tillar bilan uning kamolotini zikr qiladi. Juda koʻp ishoralar bilan jamolini namoyish etadi. Asmoi Husnasining xar bir Ismida naqadar yashirin ma'naviy xazinalar va xar bir muqaddas unvonlarida naqadar maxfiy latif tuygʻular mavjud ekanini, koinot butun mavjudoti bilan koʻrsatadi. Shunday koʻrsatarki, barcha fanlar jamiki qonunlari bilan koinot kitobini Odam (A.S.) davridan beri mutolaa qilishda. Xolbuki, u kitob hali Allohning Ismlari va kamolotiga doir ifoda qilgan ma'nolarning va koʻrsatgan oyatlarning yuzdan birini oʻqiy olmagan.
Shunday bir olam saroyini oʻzining ma'naviy kamoloti va jamolini koʻrish va koʻrsatish uchun namoyish joyi qilib ochgan Jaliyli Zuljamol, Jamiyli Zuljalol, Sone'i Zulkamolning hikmati bu Yer olamidagi idrokli maxluqlarga nisbatan behuda va foydasiz boʻlmaslik uchun saroy dalillarining ma'nosini bir kishiga bildirishini taqozo qiladi. Insonlardan birini Saroydagi ajoyib narsalarning manba'lari va natijalarining xazinalari boʻlgan yuksak olamlarda aylantiradi. Hamda barchasining ularning ustiga chiqaradi, yaqin huzuriga musharraf qiladi, oxirat olamlarida aylantiradi, barcha bandalariga muallim va rububiyat saltanatining e'lonchisi, Alloh roziligining yetkazuvchisi, olam saroyidagi yaratilisga oid dalillarni tafsir qiluvhcisi singari koʻp vazifalar yuklagan. Moʻ'jizalar alomatlari bilan imtiyozini koʻrsatgan. Qur'ondek farmon bilan u shaxsni Zoti Zuljalolning xos va sodiq tarjimoni ekanini bildirgan.
Me'rojning juda koʻp hikmatlarini misol durbini bilan bir ikkitasini namuna sifatida koʻrsatdik. Qolganlarini sen qiyos qil.
Ikkinchi misol: Bir bilimli kishi moʻ'jizaviy bir kitobni ta'lif qilib yozsa (shunday kitobki xar sahifasida yuz kitobchalik haqiqatlar, xar satrida yuz sahifa qadar nozik ma'nolar, xar bir soʻzida yuz satrdek haqiqatlar, xar harfida yuz soʻzchalik ma'nolar boʻlsa). Kitobning barcha ma'nolari va haqiqatlari oʻsha moʻ'jizaviy kitobning ma'naviy ustun tomonlariga qarasa, ishora qilsa, albatta unday bitmas xazinani yopiq qoldirib behuda ketkazmaydi. Qiymatlli kitob ma'nosiz qolib, behuda boʻlmasligi uchun uni ba'zilarga dars beradi. Uning yashirin kamoloti koʻrinib, kamolini topishi va ma'naviy goʻzalligi koʻrinishi, ham sevinishi va sevdirishi, ham ajoyib kitobni butun ma'nolari, haqiqatlari bilan dars beradigan kishini eng birinchi sahifadan oxirigacha dars bera-bera oʻtkazadi.
Aynan shunining kabi: Naqqoshi Azaliy koinotni, mukammallliklarini, jamolini va Asmosining haqiqatlarini koʻrsatish uchun shunday tarzda yozganki, butun mavjudot sanoqsiz jihatlar bilan cheksiz kamolotini, Ismlari va sifatlarini bildiradi, ifoda qiladi. Albatta, bir kitobning ma'nosi bilinmasa, yoʻqlikka tushadi. Xususan xar bir harfi minglab ma'nolarni oʻz ichiga olgan kitob yoʻq boʻlmaydi va yoʻq qilinmaydi. Shunday ekan, uni yozgan zot, albatta uni bildiradi, xar toifaning iste'dodiga koʻra bir qismini anglatadi. Butunini eng keng nazarli, eng kulliy idrokli, eng mumtoz iste'dodli kishiga dars beradi. Unday kitobning toʻligʻi va umumiy haqiqatlarini dars berish uchun oʻta yuksak sayri suluk ettirishni Ilohiy hikmat taqozo qiladi. Ya'ni, birinchi sahifasi boʻlgan cheksiz borliqlardan tahaskil topgan tabaqalarning eng oxiridan to eng soʻnggi sahifasi boʻlgan ahadiyat doirasigacha sayr qildirish kerak boʻladi. Bu tamsil orqali Me'rojning yuksak hikmatlariga bir daraja qarashing mumkin.
Endi tinglash maqomida boʻlgan dinsizga qarab, qalbiga quloq solamiz, qanday holga kelganini koʻramiz. Hayolga keladiki, uning qalbi: "Men ishonishni boshladim. Lekin yaxshi tushuna olmayapman. Yana uch muhim quyinchiligim bor.
Birinchisi: Bu buyuk Me'roj nima uchun Muhammadi Arabiy Alayhissolatu Vassalamga maxsus?
Ikkinchisi: U Zot qanday qilib koinotning urugʻi? "Koinot Uning nuridan yaratilgan, koinotning eng oxirgi va munavvar mevasidir", deysiz. Bu nima degani?
Uchinchisi: Sobiq bayonlaringizda aytdingizki: "Yuksak olamga chiqish yer olamidagi asarlarning uskunalarini, dastgohlarini va natijalarining xazinalarini koʻrish uchun koʻtarilgan. Bu nima degani?
Birinchi qiyinchiligingiz: Bu masala oʻttiz adad Soʻzlarda batafsil hal qilingan. Bu yerda faqat Paygʻambarimiz (S.A.V.) shaxsiy kamolotiga, paygʻambarlik dalillariga va u zot buyuk Me'rojga eng loyiq ekaniga qisqacha ishoralar suratida muxtasar mundarija koʻrsatamiz:
Avvalo: Tavrot, Injil, Zabur kabi Muqaddas Kitoblar juda koʻp oʻzgartishlarga uchragganiga qaramasdan, hozirda Husayn Jisriy kabi haqqiqatni izlangan va dalillari bilan aniqlagan ulamo nubuvvati Ahmadiyaga (S.A.V.) doir bir yuz oʻn toʻrtta ishoriy bashoratlarni chiqarib "Risola-i Hamidiya"da koʻrsatgan.
Ikkinchidan: Tarixda aniqlanganki, Shiq va Satih kabi ikki mashxur kohin, nubuvvati Ahmadiyadan (S.A.V.) bir oz avval paygʻambarligi va oxirzamon paygʻambari U zot ekanini bayon qilishgan. Bu kabi koʻp bashoratlar sahih suratda tarixda naql qilingan.
Uchinchidan: Paygʻambarimiz (S.A.V.) tugʻilgan kechada Ka'badagi sanamlarning qulab tushishi, Eron podshohi Kisroning mashhur saroyi boʻlmish Ayvonining ikkiga boʻlinib yorilishi kabi irhosot deb atalgan yuzlab gʻaroyib voqe'alar tarixda mashxur.
Toʻrtinchidan: Bir qoʻshinga barmogʻidan kelgan suvni ichirishi, masjidda katta jamoat huzurida qurigan ustunning minbarning boshqa tomoniga koʻchirilgani sababli Paygʻambarimizdan (S.A.V.) ayrilgani uchun tuya kabi ingrab yigʻlashi, وَانْشَقَّ الْقَمَر xabari bilan Shaqqi Qamar voqe'asi ulamolarning izlanishi asosida mingga yetgan moʻ'jizalar bilan sarafroz boʻlganini tarix va siyar koʻrsatadi.
Beshinchidan: Shaxsida doʻst va dushmanning ittifoqi bilan goʻzal axloqning eng yuksak darajada, butun muomalalarining guvohligi asosida oʻz vazifasi va tabligʻlarida yuksak vasflari eng oliy bir darajada, Islom Dinidagi axloq goʻzalliklarining guvohligi bilan shariatida eng oliy goʻzal xislatlarda eng mukammal darajada boʻlganiga insofi bor va diqqat qilganlar ikkilanmaydi.
Oltinchidan: Oʻninchi Soʻzning Ikkinchi Ishorasida koʻrsatilgani kabi, uluhiyatning hikmati yuzaga chiqishini taqozo qilishiga javoban, Paygʻambarimiz (S.A.V.) shaxsiyati eng buyuk darajada dinini a'zamiy qillugi bilan eng porloq darajada koʻrsatgan. Xoliqi Olamning cheksiz mukammal jamolini vosita orqali koʻrsatishni hikmat va haqiqat taqozo qilishiga javoban eng goʻzal suratda koʻrsatuvchi va ta'rif etguvchi - shaksiz u Zotdir.
Sone'i Olamning oʻta goʻzallikdagi mukammal san'ati ustida e'tiborni jalb qilish, namoyish qilishni taqozo qilishiga javoban eng yuksak sado bilan e'lonchilik qilgan yana shubhasiz - u Zotdir.
Butun olamlarning Rabbi sanoqsiz borqlilardan tashkil topgan tabaqalarda Allohning birligini e'lon qilishni xohlashiga javoban butun tavhid martabalarini eng a'zamiy darajada e'lon qilgan - yana albatta u Zotdir.
Olam Sohibining sanʻat asarlaridagi jamolning ishorasi orqali zotining nihoyatsiz husnini va jamolining goʻzalligini va husnining latifalarini oynalarda haqiqat va hikmat taqozosi sifatida koʻrish va koʻrsatishni istashiga javoban eng porloq bir suratda oynalik qilgan, koʻrsatgan, sevib, boshqasiga sevdirgan - yana shaksiz u Zotdir.
Bu olam saroyining Sone'i oʻta gʻaroyib moʻ'jizalari va juda qiymatdor javohirlar bilan toʻla gʻaybiy xazinalarini koʻrsatishni va namoyish etishni, ular orqali kamolotini ta'reflash, bildirishni taqozo qilishiga javoban eng a'zamiy tarzda koʻrsatadigan, vasflarini aytadigan, ta'riflovchi - yana shaksiz u Zotdir.
Shu koinotning Sone'i koinotni turli ajoyib narsalar va ziynatlar bilan bezashi, idrokli maxluqlariga sayru sayohat va ibratu tafakkur uchun unga kiritishi, hikmati taqozosidan ularga asar va san'atlarining ma'nolarini, qiymatlarini tomosha va tafakkur qiluvchiarga bildirishni taqozo qilishga javoban eng a'zamiy suratda jin va insonlarga, balki ruhoniy borliqlarga va farishtalarga ham Qur'oni Hakim vositasida rahbarlik qilgan - yana shaksiz u Zotdir.
Koinotning Hokimi Hakimi koinotning almashinishlaridagi maqsad va gʻoyani oʻz ichiga olgan qulflangan tilsimini va mavjudotning shu uch mushkul "Qayerdan? Qayerga? Kim ekani?" savolning muammosini bir elchi vositasida umum idrok egalariga ochishni taqozo qilishiga javoban tilsimni eng ochiq suratda va eng buyuk darajada Qur'on haqiqatlari vositasida ochgan va oʻsha muammoni hal qilgan - yana shaksiz u Zotdir.
Olamning Sone'i Zuljaloli barcha goʻzal san'atli asarlari bilan oʻzini idrok egalariga tanitish va qiymatli ne'matlar bilan oʻzini ularga sevdirishi, albatta unga javoban idrok sohiblariga oʻz roziligi va Allohning istaklarini elchi vositasida bildirishini istashiga javoban, eng a'lo va komil tarzda Qur'on vositasida roziligi va istaklarini bayon qilgan va keltirgan - yana shaksiz u Zotdir.
Rabbul Olamiyn olamning mevasi boʻlgan insonga olamni ichiga oladigan keng iste'dod bergani, bir kulliy qullikka tayyor qilgani va hissiyot nuqtai nazaridan koʻplikka va dunyoga mubtalo boʻlgani uchun bir rahbar vositasida yuzlarini koʻplikdan birlikka, foniydan boqiyga qaratishni istashiga javoban eng buyuk darajada, eng balogʻatli suratda Qur'on vositasida eng goʻzal tarzda rahbarlik qiladigan va risolat vazifasini eng mukammal ravishda bajo keltiradigan - yana shaksiz u Zotdir.
Demak, mavjudotning eng sharaflisi boʻlgan hayot egalari, hayot egalari ichida eng sharaflisi idrok sohiblari, idrok sohiblari ichida eng sharaflisi haqiqiy inson, haqiqiy insonlar ichida mazkur vazifalarini eng buyuk darajada, eng mukammal suratda bajo keltirgan Zot, albatta azim me'roj orqali Qobi Qavsaynga chiqadigan, abadiy saodat eshigini qoqadigan, rahmat xazinasini ochadigan, iymonning gʻaybiy haqiqatlarini koʻradigan - yana U kishi boʻladi.
Yettinchidan: Koʻrinib turibdiki, san'atli asarlarda oʻta goʻzal goʻzallashtirish, oʻta bezakli bezash mavjud. Bunday goʻzallashtirish va bezash ularning Sone'ida oʻta shiddatli goʻzallashtirish istagi va bezash maqsadi borligini koʻrsatadi. Goʻzallashtirish va bezash istagi esa, albatta Sone'da san'atiga nisbatan kuchli ragʻbat va muqaddas muhabbat borligini koʻrsatadi. San'atli asarlar ichida eng qamrovli va butun san'at goʻzalliklarini oʻzida koʻrsatgan, bilgan, bildirgan, oʻzini sevdirgan va boshqa san'atli asarlardagi goʻzalliklarni "Mashaalloh" deb xush koʻrgan shaksiz san'atparvar va san'atini juda sevuvchi Sone'ning nazarida eng koʻp sevgili - U boʻladi.
San'atli asarlarni porlatgan ustun tomonlarga, goʻzallilarga va mavjudotni nurlantirgan latif tuygʻular va kamolotga nisbatan: "Subhanalloh, Mashaalloh, Allohu Akbar" deb, samovotni jaranglatgan va Qur'on ohanglari bilan koinotni larzaga solgan, tahsin va taqdir bilan, tafakkur va koʻrsatish bilan, zikr va tavhid bilan quruqlik va dengizni jazavaga solgan - yana shubhasiz u Zotdir.
U shunday bir Zotki, اَلسَّبَبُ كَالْفَاعِلِ siriga asosan butun ummati qilgan hasanotning bir misli U zotning tarozi pallasiga qoʻshiladi, umum ummatining salavoti U kishining ma'naviy kamolotiga madad boʻladi, paygʻambarlik vazifasida bajargan vazifalarining natijalarini va ma'naviy haqqi bilan birga Ilohiy rahmat va muhabbatning cheksiz fayziga sazovor boʻlgan Zot albatta Me'roj narvoni bilan Jannatga, Sidratul Muntahoga, Arshga va Qobi Qavsayngacha borgani ayni haq, haqiqatning oʻzi va hikmatning aslidir.
Ikkinchi qiyinchilik: Ey tinglash maqomidagi inson! Bu ikkinchi sen qiyinlashtirgan haqiqat shu qadar chuqur, shu qadar yuksakki, aql unga na yetishadi na yaqinlashadi. Lekin iymon nuri bilan koʻrinadi. Lekin ba'zi misollar uning borligini tushunishga yaqinlashtiradi. Shunday ekan, bir oz yaqinlashtirishga harakat qilamiz.
Koinotga hikmat nazari bilan qaralgan payt ulkan daraxt ma'nosida koʻrinadi. Daraxtning shoxlari, yaproqlari, gullari, mevalari boʻladi. Yaratilish daraxtining bir qismi boʻlgan past olamning unsurlari shoxlari, oʻsimlik va daraxtlar yaproqlari, hayvonot gullari, inson mevalari hisobida koʻrinadi. Sone'i Zuljalolning daraxtlarda joriy qonuni, albatta ushbu katta daraxtda ham joriy boʻlishini Hakim ismi taqozo qiladi. Shunday ekan, yaratilish daraxtining danakdan yaratilishini hikmat taqozo qiladi. Shunday danakki, jismoniy olamdan boshqa olamlarning namunasini va asoslarini oʻzida jamlagan. Chunki minglab hilma hil olamlarni oʻz ichiga olgan koinotning asl danagi va asosi quruq modda boʻlmaydi.
Modomiki koinot daraxtidan ham avval boshqa daraxt boʻlmagan ekan, unga asos va danak boʻlgan ma'no va nur albatta yana koinot daraxtiga meva libosining kiydirilishini yana Hakiym Ismi taqozo qiladi. Chunki danak doim yalangʻoch boʻla olmaydi. Modomiki fitrat avvalida meva libosini kiymagan ekan, albatta oxirida u libosni kiyadi. Modomiki meva inson ekan va modomiki insonning ichida, yuqorida isbotlangani kabi, eng mashhur mevasi, eng muhtasham samarasi, barchaning e'tiborini tortgan, Yerning yarmini va insoniyatning beshdan birining e'tiborini oʻziga qaratgan, ma'naviy goʻzalliklari bilan olamni yo muhabbat yoki hayrat bilan oʻziga qaratgan meva - Zoti Muhammadiya Alayhissolatu Vassalamdir. Albatta, koinotning yaratilishiga urugʻ boʻlgan nur Uning zotida jismini kiyib, eng oxirgi meva suratida koʻrinadi.
Ey tinglovchi! Bu ajib azim koinot bir insonning kichik mohiyatidan yaratilishini aqldan uzoq koʻrma! Bir tur olam kabi muazzam archa daraxtini bugʻdoy donasidek danakdan yaratgan Qodiyri Zuljalol koinotni "Nuri Muhammadiy"dan (Alayhissolatu Vassalam) qanday yaratmasin yoki yarata olmasin? Koinot daraxtining Tubo kabi tanasi va ildizi yuqorida, shoxlari pastda boʻlgani uchun, pastdagi meva darajasidan asliy urugʻ maqomigacha nuroniy aloqa robitasi bor. Xullas, Me'roj oʻsha aloqa boʻgining gʻilofi va surati boʻlib, Paygʻambarimiz Alayhissolatu Vassalomning shaxsiyati u yoʻlni ochgan, valiyligi bilan borgan, risolati bilan qaytib kelgan, eshikni esa ochiq qoldirgan. Orqasidan kelgan valiy ummatlari ruh va qalb bilan shu nuroniy yoʻlda Nabaviy Me'rojning soyasida sayri suluk qilib iste'dodlarga koʻra oliy maqomlarga chiqmoqdalar.
Sobiqan isbot etilganidek, koinotning Sone'i birinchi qiyinchilikning javobida koʻrsatilgan maqsadlar uchun koinotni saroy suratida yaratgan va ziynatlagan. U maqsadlarning asosi Paygʻambarimizning (S.A.V.) shaxsiyati boʻlgani uchun, koinotdan avval koinot Sone'ining inoyat nazarida boʻlishi va eng avval tajalliysiga noil boʻlishi kerak boʻladi. Chunki bir narsaning natijasi va samarasi, avval rejalashtiriladi. Demak, vujudan eng oxir, ma'nan esa eng avvaldir.
Zoti Ahmadiya (S.A.V.) ham eng mukammal meva, butun mevalarning asos qiymati va butun maqsadlarning yuzaga chiqish sababi boʻlganlari uchun u zotning nuri eng avval ijod tajalliyiga sazovor boʻlishi lozim boʻladi.
Uchinchi qiyinchilik shunchalik kengki, biz kabi tor zehnli insonlar uni aqlimizga sigʻdira olmaymiz va qamray olmaymiz. Lekin uzoqdan koʻra olamiz.
Past tabaqadagi olamning ma'naviy dastgohlari va umumiy qonunlari yuksak olamlarda. San'atli asarlarning koʻrgazmasi boʻlgan yer kurrasining sanoqsiz maxluqotlar amallaring natijalari, jin va insonlar ishlarining samarasi yana yuksak olamlarda aks etadi. Hatto savoblar Jannatning mevalari suratiga, gunohlar esa Jahannamning zaqqumlari shakliga kirganini juda koʻp ishoralar va koʻplab rivoyatlar shahodati qiladi. Koinot hikmatining va Hakiym ismining taqozosi bilan birga Qur'oni Hakimning ishoralari koʻrsatadi.
Ha, zamin yuzida koʻplik shu qadar tarqalgan va yaratilish shu qadar qismlarga ajralganki, butun koinotda yoyilgan barcha san'atli asarlarning juda yuksak maxluqot jinslari va san'atli asarlar sinflari kurra-i zaminda mavjud, almashadi va doim toʻlib, boʻshalasi.
Bu kichiklik va koʻplikning manbaʻlari, ma'danlari albatta umumiy qonunlar hamda Alloh Ismlarining umumiy tajalliylari boʻlib, umumiy qonunlar, kulliy tajalliylar va keng Ismlarga sazovor boʻlganlar ham bir daraja oddiy, sof va xar biri bir olamning arshi, tomi va bir olamning tasarruf markazi hisoblanagan samovot boʻlib, ularning biri Sidratul Muntahodagi Jannatul Ma'vodir. Yerdagi tasbehot va tahmidot oʻsha Jannatning mevalari suratida (Muxbiri Sodiqning xabariga asosan) aks etadi. Bu uch nuqta koʻrsatyaptiki, yerdagi natija va samaralarning xazinalari uyoqlarda va mahsuloti ham u tomonga ketadi.
«Alhamdulillah» degan havodagi bir kalimam qanday qilib jismlashgan Jannat mevasi boʻladi?" demagin.
Chunki sen kunduz kuni uygʻoqligingda chiroyli gap aytsang, ba'zan tushingda chiroyli olma shaklida yeysan. Kunduz kuni gapirgan xunuk soʻzingni kechasi achchiq narsa suratida yutasan. Bir gʻiybat qilsang, oʻlimtik narsaning goʻshti suratida senga yedirishadi. Shunday ekan, dunyo uyqusida aytgan chiroyli va xunuk gaplaringni, uygʻoqlik olami boʻlgan oxirat olamida mevalar suratida yeysan va yeyishingni aqldan uzoq koʻrmasliging darkor.
TOʻRTINCHI ASOS
Me'rojning samaralari va foydasi qanday?
Javob: Ma'naviy tubo daraxti boʻlgan Me'rojning besh yuzdan ortiq mevalaridan namuna sifatida faqat beshtasini zikr qilamiz.
Birinchi Meva: Iymon ruknlarining haqiqatlarini koʻz bilan koʻrib farishtalarni, Jannatni, oxiratni, hatto Zoti Zuljalolni koʻz bilan oʻrish koinotga va insonga shunday xazina, azaliy nur va abadiy bir hadya keltirganki, koinotni abgor, foniy va qorishiq mavhum vaziyatdan chiqarib, nur va meva bilan koinotni muqaddas Samadoniy maktublar, goʻzal Zoti Ahad jamolining oynasi vaziyati haqiqatini koʻrsatgan. Koinotni va butun idrok egalarini sevintirib xursand qilgan.
Oʻsha nur va meva bilan insoniyatni qorishiq, abgor, ojiz, faqir, ehtiyoji behisob, dushmanlari sanoqsiz, foniy, oʻtkinchi zalolatli vaziyatdan ahsani taqvimda Samadoniy qudrat moʻ'jizalari va Samadoniy maktublarning qamrovli nusxasi, Azal va Abad Sultonining tinglovchisi, xos quli, kamolotining tahsin qiluvchisi, doʻsti va jamoliga mahliyo boʻluvchisi, habibi va boqiy Jannatiga nomzod aziz musofirni haqiqiy suratida koʻrsatgan. Inson boʻlgan butun insonlarga cheksiz xursandchilik, behisob shavq bergan.
Ikkinchi Meva: Mavjudot Yaratuvchisi, Koinot Sohibi va Rabbul Olamiyn boʻlgan Azal va Abad Hokimining Rabboniy roziligi boʻlgan Islomiyatning boshda namoz sifatida asoslarini jin va insonlarga hadya qilib keltirgan. Oʻsha roziligini anglash shu qadar qiziqtiruvchi va saodatliki, ta'rif qilib boʻlmaydi. Chunki barcha, katta valine'mat yoki ehson qiluvchi podshohning istaklarini anglashga naqadar uzoqdan orzusi boʻlsa va tushunsa qanchalik xursand boʻladi. "Koshki bir xabarlashish vositasi boʻlsa edi. Toʻgʻridan-toʻgʻri u zot bilan gaplashsa edim. Mendan nima istayotganini anglasa edim. Mendan unga manzur boʻlgan ishlarni bilsa edim", deydi.
Ajabo, qoʻlida butun mavjudot tasarrufi va ulardagi jamol va kamolot - uning jamol va kamolotiga nisbatan zaif soya va xar on nihoyatsiz jihatlardan unga muhtoj va behisob ehsonlariga sazovor boʻlgan inson Uning qoziligi va orzularini qay daraja tushunish xususida istagi boʻlsa va qiziqishi kerakligini anglaysan.
Paygʻambarimiz (S.A.V.) shaxsiyati yetmish ming parda orqasida Azal va Abad Sultonining roziligini toʻgʻridan-toʻgʻri Me'rojning samarasi sifatida haqqalyaqiyn-shaxsan tajriba orqali bilib, eshitib, olib kelib insoniyatga hadya qilganlar.
Inson oydagi holatni bilishga shunchalik qiziqadiki, bir kishi borib qaytib xabar keltirsa, naqadar fidokorlik koʻrsatadi. Agar tushunsa, qanchalik hayratlanadi va qiziqadi. Xolbuki oy shunday bir Malikul Mulkning yurtida aylanadiki, oy chivin kabi yer kurrasi atrofida parvoz qiladi. Yer kurrasi parvona kabi quyosh atrofida uchadi. Quyosh minglab chiroqlar ishida bir chiroq boʻlib, Malikul Mulki Zuljalolning bir musofirxonasida yorituvchilik qiladi.
Paygʻambarimiz (S.A.V.) shaxsiyati shunday Zoti Zuljalolning ishlarini va gʻaroyib san'atlarini hamda boqiy olamda rahmat xazinalarini koʻrgan, kelgan va insonlarga xabar bergan. Insoniyat u Zotni kamoli qiziqish, hayrat va muhabbat bilan tinglamasa, naqadar aql va hikmatga ters harakat qilishini anglaysan.
Uchinchi Meva: Abadiy saodatning xazinasini koʻrib, kalitini olib kelgan, insonlaru jinlarga hadya qilgan. Ha, Me'roj vositasida:
oʻz koʻzi bilan Jannatni koʻrgan,
Rahmoni Zuljalolning rahmatining boqiy jilvalarini kuzatgan,
abadiy saodatni qat'iyan haqqalyaqiyn anglagan,
abadiy saodat borligining xushxabarini insonlaru jinga hadya qilganki -
bechora insonu va jinlar beqaror dunyoda,
zavol va firoq zilzilasi ichidagi mavjudotni vaqt oʻtishi
va zarralarning harakati bilan yoʻqlik va abadiy ayriliq dengiziga toʻkilayotgan,
yurakni poralaydigan mavhum vaziyatda boʻlgan hangomda shunday xushxabar naqadar qiymatli ekani,
oʻzini abadiy qatl bilan mahkum deb oʻylagan foniy insonlaru jinlar qulogʻida bu xushxabar naqadar saodatli ekanini ta'rif qilib boʻlmaydi.
Bir insonga qatl qilinayotgan onda afv qilinib, podshohning yaqinida bir saroy berilsa, naqadar sevinchiga sabab boʻladi. Butun insu jinlar sanogʻicha bunday sevinchlarni toʻpla, soʻng bu xushxabarga baho ber.
Toʻrtinchi Meva: Ru'yati Jamolulloh - Allohning jamolini koʻrish mevasini oʻzi olgani kabi, u mevaning xar bir moʻminga ham mumkinligini insonlaru jinga hadya qilib keltirganlar. U meva naqadar shirin, xush va goʻzal meva ekanini shu orqali qiyos qilishing mumkin. Ya'ni: Xar bir qalbga ega inson jamol, kamol va ehson sohibi boʻlgan zotni sevadi. Sevish esa jamol, kamol va ehsonning darajalariga qarab koʻpayadi, sigʻinish darajasiga keladi, jonini fido qiladigan darajada muhabbat bogʻlaydi. Faqat bir marta koʻrish uchun dunyosini fido qilish darajasiga chiqadi.
Xolbuki, butun mavjudotning jamoli, kamoli va ehsoni Uning jamoli, kamoli va ehsoniga nisbatan bir nechta kichik shu'lasining quyoshga nisbati kabi ham boʻlmaydi. Demak, cheksiz muhabbatga loyiq, cheksiz ru'yat-Alloh jamolini koʻrishga va cheksiz ishtiyoqqa loyiq Zoti Zuljaloli val Kamolning abadiy saodatda ru'yatiga muvaffaq boʻlish naqadar saodatli, xursandchilikka sabab, yoqimli va goʻzal meva ekanini inson boʻlsang tushunasan.
Beshinchi Meva: Inson koinotning qiymatli mevasi va Sone'i Koinotning nozdor sevgilisi ekani Me'roj orqali anglashilgan va u mevani Paygʻambarimiz insonlaru jinga keltirganlar. Kichik bir maxluq, zaif bir hayvon va ojiz bir idrok sohibi hisoblangan insonni u meva bilan shu qadar yuksak maqomga chiqarganki, koinotning butun mavjudoti ustida faxr maqomi beradi. Shuday sevinch va bahtiyor xursandchilik beradiki, tasvir qilib boʻlmaydi. Chunki oddiy bir askarga: "Sen marshal boʻlding" deyilsa, qanchalik xursand boʻladi. Vaholanki foniy, ojiz notiq hayvon, zavol va firoq azobini doimo chekuvchi bechora insonga birdan abadiy, boqiy Jannatda, Rahiym va Kariym bir Rahmonning rahmatida va hayol tezligida, ruh kengligida, aqlning faoliyatida, qalbning butun orzularida, mulk va malakutida istirohatga, sayr va aylanishga muvaffaq boʻlganing kabi, abadiy saodatda Jamolining ru'yatiga ham muvaffaq boʻlasan deyilgan payt odamgarchilikdan chiqib ketmagan inson, qalbida naqadar chuqur va jiddiy sevinch va sururni his qilishini tasavvur qilishing mumkin.
Endi tinglash maqomida boʻlgan kishiga aytamizki: Dinsizlik va iymonsizlik koʻylagini yirt, ot. Moʻminlik qulogʻini ol va muslimlik koʻzlarini taq. Senga ikki kichik misol orqali bir-ikki mevaning qiymat darajasini koʻrsatamiz.
Masalan, sen bilan biz bir yurtga kelib qoldik. Qarasak, hamma narsa bizga va bir-biriga dushman va bizga begona. Xar taraf dahshatli oʻliklarga toʻla. Eshitilayotgan ovozlar yetimlarning yigʻisi, mazlumlarning dod faryodi. Biz shunday vaziyatda turgan vaqtimizda, birov borib yurt podshohidan bir xushxabar keltirsa, u orqali bizga begona boʻlganlar doʻstga aylansa, biz dushman deb koʻrgan kimsalar qardoshlarga aylansa, dahshatli mayyitlar xushu va mutavoze'likda zikru tasbehda ibodat qilayotganlar shaklida koʻrinsa, yetimlarcha yigʻilar sano aytilgan "yashasin"larga aylansa, oʻlim, tunash va talonlar nafaqaga chiqish suratiga kirsa, oʻz sevinchimiz bilan birga hammaning sevinchiga sherik boʻlsak oʻsha xushxabar naqadar bahtiyor boʻlishini, albatta anglaysan.
Me'roji Ahmadiyaning (S.A.V.) bir mevasi boʻlgan iymon nuridan avval koinotning mavjudotiga zalolat nazari bilan qaralgan payt begona, zararli, yirtqich, qoʻrqinchli va togʻdek jismlar mudhish mayyit, ajal hammaning boshini olib, yoʻqlik olami qudugʻiga otadi. Butun sadolar firoq va zavoldan kelgan dodu figʻonlar boʻlib, zalolat tasvirlagan payt, Me'roj mevasi boʻlgan iymon ruknlari haqiqatlari mavjudotni senga birodar, doʻst va Sone'i Zuljaloliga zokir va musabbih, oʻlim va zavol bir tur nafaqaga chiqish va vazifadan ozod qilish, sadolar haqiqatda tasbehotlar ekanini koʻrsatar. Bu haqiqatni toʻla koʻrishni istasang, Ikkinchi va Sakkizinchi Soʻzlarga qara!
Ikkinchi misol: Sen bilan biz katta choʻldek joydamiz. Qum dengizi toʻfonida kechasi shunchalik qorongʻu boʻlganidan hatto qoʻlimizni ham koʻra olmayapmiz. Hech kimi yoʻq, homiysiz, och va suvsiz, tashvishli va umidsiz vaziyatda turgan paytimiz birdan bir kishi u qorongʻulik pardasidan oʻtib kelib bir ulov hadya keltirsa va bizni mindirsa, birdan jannat misol yerda kelajagimiz ta'minlangan, oʻta marhamatli homiyimiz boʻlib, bizni yeyiladigan va ichiladigan narsalar tayyorlangan yerga qoʻysa, naqadar xursand boʻlishimizni bilasan.
Misoldagi katta choʻl bu dunyodir. Qum dengizi, hodisalar ichida zarralarning harakati va davr oʻtishidan harakatlanib chayqalgan mavjudot va bechora insondir. Xar bir inson qoʻrquvi bilan qalbini kuydirgan istiqbolni zalolat nazari bilan qaralganda mudhish zulmat ichra koʻradi. Faryodini eshitadigan hech kimni bilmaydi. Bagʻoyat och, benihoyat tashnadir.
Me'roj samarasi boʻlgan Allohning roziligi bilan bu dunyo oʻta Karamli zotning mehmonxonasidir. Insonlar esa uning mehmonlari, xodimlari, kelajak esa jannatdek goʻzal, rahmat kabi shirin va abadiy saodat singari porloq koʻringan paytda naqadar xush, goʻzal, shirin meva ekanini tushunasan.
Tinglayotgan kishi: "Janobi Haqqa yuz minglab hamd va shukr boʻlsinki, dinsizlik va iymonsizlikdan xalos boʻldim, tavhidga kirdim, batamom ishondim va mukammal iymonni qozondim" dedi.
Biz aytamiz: "Ey birodar! Seni tabriklaymiz. Janobi Haq bizlarni Rasuli Akram Alayhissolatu Vassalamning shafoatiga noil aylasin, Omin.
OʻN TOʻQQIZINCHI
Porloq Moʻ'jiza-i Ahmadiya (S.A.V.) boʻlgan oyning boʻlinishi, asossiz farazlar orqali xiralashtirishni istagan faylasuflar va ularning muhokamasiz taqlidchilari: "Agar oy boʻlingan boʻlsa edi, butun olamga ma'lum boʻlardi. Butun inson tarixi naql qilishi kerak boʻlar edi!" deydi.
Javob: Oyning boʻlinishi paygʻambarlik daʻvosiga dalil boʻlishi uchun uni eshitgan va inkor qilgan hozir boʻlgan jamoatga, kechasi, gʻaflat vaqtida bir onda koʻrsatilgani uchun, oy turli joylarda turli vaqtda chiqishi, tuman va bulutlar kabi kuzatishga moneʻ sabablar boʻlishi bilan birga, oʻsha vaqtda madaniyat rivojlanmagani uchun, cheklangani uchun, samoviy tadqiqotlar juda oz boʻlgani uchun butun olamda koʻrilishi, barcha tarixlarda yozilishi, albatga kerak emas. Oy boʻlinishi tufayli shubha bulutlarini tarqatadigan koʻp tomonlaridan hozircha besh nuqtani tingla.
BIRINCHI NUQTA: U davrda oʻsha zamindagi kufforning oʻta qattiq qaysarliklari tarixan ma'lum va mashhur. Lekin Qur'oni Hakimning وَ انْشَقَّ الْقَمَرُ deb, bu voqe'ani butun olamga xabar berganiga qaramay Qur'onni inkor qilgan kofirlardan hech kim bu oyatni yolgʻonga chiqarmagan, ya'ni, xabar bergan shu voqeʻani inkori qilishga ogʻiz ochmagan. Agar oʻshanda u hodisa kofirlar tomonidan qat'iy va sodir boʻlgan hodisa boʻlmasa edi, bu xabarni bahona qilib, oʻta daxshatli yolgʻonga va Paygʻambarimizning da'vosini rad qilishga hujum qilishar edi. Xolbuki, siyar va tarix bu voqeaga aloqasi boʻlgan kofirlarning biror hodisaga doir hech narsasini naql qilmagan. Faqat وَ يَقُولُوا سِحْرٌ مُسْتَمِرٌّ oyatining bayon qilgani kabi, tarixan naql qilingan narsa shuki: U hodisani koʻrgan kofirlar, "Sehr" degan. "Bizga sehr koʻrsatdi. Agar boshqa tomondagi karvon va guruhlar koʻrgan boʻlsa, haqiqatdir. Boʻlmasa bizga sehr qilgan", degan. Soʻng ertalab Yaman va boshqa taraflardan kelgan guruhlar: "Bu hodisani koʻrdik" deb xabar bergan. Shunda kofirlar, Faxri Olam (S.A.V.) haqida (qatʻiyyan, aslo): "Abu Tolibning yetimining sehri samoga ham ta'sir qildi", deyishgan.
IKKINCHI NUQTA: Sa'di Taftazoniy kabi ulugʻ ulamolarning aksariyati: "Oyning boʻlinishi, barmoqlaridan suv oqishi, umum bir qoʻshinga suv ichirishi, masjidda xutba oʻqiyotgan paytlari suyangan quruq xodaning Paygʻambarimizdan (S.A.V.) ayrilgani uchun yigʻlashi, buni umum jamoatning eshitishi kabi voqe'alar mutavotirdir. Ya'ni, tabaqadan-tabaqaga koʻpchilik jamoat naqlqilgan. Yolgʻon deb ittifoq qilinishi imkonsiz. Halley kabi mashhur kometaning ming yil avval chiqqani kabi mutavotirdir. Biz koʻrmagan Sarandib Orolining borligi kabi tavotur orqali borligi qat'iy, deyishgan. Bunday oʻta qat'iy va kuzatilgan masalalarda faraziy shubha qilish, aqlsizlikdir. Faqat imkonsiz boʻlmasligi kifoya. Xolbuki oyning boʻlinishi, vulqon bilan yorilgan togʻ kabi mumkindir.
UCHINCHI NUQTA: Moʻ'jiza nubuvvat daʻvosining isboti uchun, inkor qiluvchilarni ishontirish uchun kerak, majburlash uchun emas. Shunday ekan, paygʻambarlik daʻvosini eshitganlar uchun, ishontiradigan darajada moʻ'jiza koʻrsatish lozim. Boshqa tomonda koʻrsatish yoki majburlash darajasida ochiq ravshan izhor qilish, Hakimi Zuljalolning hikmatiga trers boʻlgani kabi, taklif sirriga ham muxolifdir. Chunki taklif-qullik va imtihon sirri "Aqlga eshik ochish, ixtiyorni qoʻlidan olmaslik"ni asosini iqtizo qiladi.
Agar Fotiri Hakim, oyning boʻlinishini, faylasuflarning havaslariga koʻra, butun olamga koʻrsatish uchun bir-ikki soat qoldirsa edi va insonning umum tarixlariga tushganida, unda boshqa samoviya hodisalar kabi yo nubuvvat daʻvosiga dalil boʻlmas edi va risolati Ahmadiyaga (S.A.V.) xususiyligi qolmas edi yoki ochiq oydin moʻ'jiza boʻlar ediki, aqlni majburlar va ixtiyorini qoʻlidan olar, istar-istamas paygʻambarlikni hamma tasdiqlar, Abu Jahl kabi koʻmir ruhli kimsalar, Abu Bakr Siddiq kabi olmos ruhli insonlar bilan bir saviyada qolib, taklif-qullik va imtihon sirri zoyeʻ boʻlar edi. Ushbu sir uchun, ham oniy, ham tunda, ham gʻaflat vaqti, ham oyning turli joylarda turli vaqtlarda chiqishi, tuman va bulut kabi boshqa mone'larni parda qilib, butun olamga koʻrsatilmadi yoki tarixlarga tushurilmadi.
TOʻRTINCHI NUQTA: Bu hodisa, tunda, hamma gʻaflatdalik pautida, oniy suratda sodir boʻlgani uchun butun olamda albatta kuzatilmagan. Ba'zi kishilarga koʻrinsa ham, koʻziga ishonmaydi. Ishontirsa ham, albatta bunday muhim hodisa yakka xabar bilan tarixda qoladigan dastmoya boʻlmaydi.
Ba'zi kitoblarda "Oy ikki boʻlak boʻlgandan soʻng yerga tushgan" degan qoʻshimcha qilinsada, tadqiqotchilar rad etishgan. "Bu ochiq moʻ'jizani qiymatdan tushirish niyatida, balki bir munofiq qoʻshgandir", deyishgan.
Masalan oʻsha vaqtda, jaholat tumani qoplagan Angliya, Ispaniyada botgan, Amerikada kunduz, Chinda, Yaponiyada tong boʻlgani kabi, boshqa joylarda turli moneʻlarga binoan albatta kuzatilmaydi. Endi bu aqlsiz e'tiroz qiluvchilar qara, "Angliya, Chin, Yaponiya, Amerika kabi xalqlar tarixlari buni gapirmaydi. Shunday ekan, u hodisa sodir boʻlmagan", deydi. Unday Ovrupa malaylarining boshiga ming nafrat boʻlsin!
BESHINCHI NUQTA: Oyning boʻlinishi, oddiy va tabiiy qonunlarga tatbiq etilishi uchun ba'zi sabablarga binoan oʻzidan oʻzi sodir boʻlgan, tasodifiy, tabiiy hodisa emas. Balki quyosh va oyning Xoliqi Hakimi, u hodisani Rasulining risolatini tasdiqlash va da'vosini nurlantirish uchun gʻaroyib tarzda amalga oshirgan. Irshod sirri, taklif-qullik va imtihon sirri, risolat hikmatining iqtizosi bilan, Rububiyat hikmati istagan insonlariga dalil orqali mot qilish uchun koʻrsatilgan. U hikmat siri iqtizo qilmagan, istamagan va nubuvvat daʻvosini hanuz eshitmagan boshqa joylardagi insonlarga koʻrsatmaslik uchun, tuman, bulut va oyning turli joylarda turli vaqtlarda chiqishi jihati bilan, ba'zi yerlarda hali oy chiqmagani, ba'zi joylarda quyosh chiqqan, bir qismida tongi otgani va boshqa joyda quyoshi endi botgani uchun u hodisani koʻrishga juda koʻp moneʻlarga binoan koʻrsatilmagan.
Agar ularning barchasiga koʻrsatilganida yo ishorati Ahmadiyaning (S.A.V.) natijasi va nubuvvat moʻ'jizasi shaklida koʻrsatilganda, risolati ochiq oydin boʻlar edi. Hamma tasdiqlashga majbur boʻlar, aqlning ixtiyori qolmas edi. Iymon esa aqlning ixtiyori bilan boʻladi. Taklif-qullik va imtihon sirri zoyeʻ boʻlar edi. Agar faqat bir samoviy hodisa tarzida koʻrsatilganida risolati Ahmadiya (S.A.V.) bilan munosabati uzilar va u kishiga xosligi qolmas edi.
Alhosil: Oy boʻlingani ehtinoliga shubha qolmadi, qat'iy isbotlandi. Endi sodir boʻlganiga dalolat qilgan koʻp burhonlarining oltitasiga {(Hoshiya) Ya'ni, olti marta bir ovozdan sodir boʻlganiga doir olti hujjat bor. Bu maqom koʻp izohga loyiq boʻlsada, afsuski qisqa qoldi.} ishorat qilamiz:
Adolatli sahobalarning sodir boʻlganiga ijmo qilishlari va butun tadqiqotchi mufassirlarningوَ انْشَقَّ الْقَمَرُ tafsirida uning sodir boʻlganiga ittifoq qilishlari va Paygʻʻambarimizdan eshitilgan narsalarni ishonchli shaklda naql qilgan butun muhaddislar, juda koʻp sanadlar va turli yoʻllar bilan yuzaga kelganini naql qilishi, kashf va ilhom ahli boʻlgan barcha avliyo va siddiqiynning guvohligi va Kalom Ilmining yoʻli bir-biridan juda uzoq imomlarining va chuqur ilmli ulamoning tasdigʻi, qat'iy xabarga asosan zalolat ustida birlashishi yuzaga kelmagan ummati Muhammadiyaning (S.A.V.) u voqeani qabil qilishi oy boʻlinishini quyoshdek isbotlaydi.
Natija: Bu yergacha tekshirish uchun va dushmanni mot qilish uchun keldi. Keyingi jumlalar, haqiqat va iymon hisobiga boʻladi. Ha, tahqiq-tekshirish shunday dedi, haqiqat esa aytadiki:
Risolat samosining nurli oyi boʻlgan Paygʻambarlik Majlisining Muxri boʻlgan Paygambarimiz, Allohning muhabbatiga erishish darajasiga chiqqan qulligidagi valiyligining azim karomati va buyuk moʻ'jizasi boʻlgan Me'roj bilan, ya'ni yerga oid jismni osmonlarda sayr ettirish orqali samovot xalqiga va ulugʻ olam ahlidan ustunligi va mahbubligi koʻrsatildi va valiyligini isbotladi.
Shuning kabi: Yerga bogʻliq, samoga osilgan oyni, bir yerlikning ishorati bilan ikki boʻlak qilib yer xalqiga yerlikning risolatiga shunday bir moʻ'jiza koʻrsatildiki: Paygʻʻambarimiz (S.A.V.) shaxsiyati oyning ochilgan ikki nuroniy qanoti kabi, risolat va valiylik kabi ikki nuroniy, ikki ziyoli qanot bilan eng yuksak kamolotga uchgan, Qobi Qavsayngacha chiqqan, ham samovot ahli ham yerliklarga faxr manbaʻi boʻlganlar.