So'zlar
— 590 —

OʻTTIZ IKKINCHI SOʻZ

Bu soʻz uch boʻlimdan iborat.

Yigirma ikkinchi Soʻzning Sakkizinchi Yogʻdusini izoh qilgan bir zayldir. Mavjudoti olam vahdoniyatga shahodat qilgan ellik besh tildan (ularga Qarta Risolasida ishorat qilingan) birinchi tilining bir tafsirdir.

﴿ لَوْ كَانَ ف۪يهِمَٓا اٰلِهَةٌ اِلَّا اللّٰهُ لَفَسَدَتَا ﴾

oyatining juda koʻp haqiqatlaridan misol libosi kiydirilgan bir haqiqatdir.

BIRINCHI BOʻLIM

﴿ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ﴾
﴿ لَوْ كَانَ ف۪يهِمَٓا اٰلِهَةٌ اِلَّا اللّٰهُ لَفَسَدَتَا ﴾
لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ وَحْدَهُ لَا شَر۪يكَ لَهُ لَهُ الْمُلْكُ وَ لَهُ الْحَمْدُ يُحْي۪ى وَ يُم۪يتُ وَ هُوَ حَىٌّ لَا يَمُوتُ بِيَدِهِ الْخَيْرُ وَ هُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ وَ اِلَيْهِ الْمَص۪يرُ

Bir Ramazon kechasida ushbu tavhidiy kalomning oʻn bir jumlasining xar birida bir tavhid martabasi va xushxabar borligini hamda bu martabalardan faqatgina لَا شَر۪يكَ لَهُ dagi ma'noni sodda avom tushunadigan misoliy suhbat va faraziy munozara tarzida, holat tilini gapirish tili suratida aytib oʻtgan edim. Quyida menga xizmat qilgan qadrdon qardoshlarimning va masjiddagi doʻstlarimning orzu va istaklari bilan oʻsha suhbatni yozmoqdaman:

— 591 —

Butun tabiatparast, sababparast va mushrik kabi butun shirk, kufr va zalolat yoʻllaridagilar tasavvur qilgan sheriklar nomidan bir shaxs faraz qilamiz. Oʻsha faraziy shaxs olam mavjudotidan biror narsaga Rabb boʻlishni istaydi va haqiqiy sohib boʻlishni da'vo qilmoqda.

Shu iddaochi, avvalo, mavjudotning eng kichigi boʻlgan bir zarraga duch keladi. Unga Rabb va haqiqiy sohib ekanini tabiat va falsafa tili bilan aytadi. Zarra esa, haqiqat lisoni va Rabboniy hikmati tili bilan aytadi: "Men sanoqsiz vazifalarni bajarmoqdaman. Alohida-alohida xar bir sanʻat asarining ichiga kirib ishlayman. Senda bu barcha vazifalarni menga bajartiradigan ilm va qudrat boʻlsa, yana biz menga oʻxshagan son-sanoqsiz zarralar ichida birgalikda aylanib

{(Hoshiya) Darhaqiqat, harakatlanuvchi xar bir narsa, zarralardan sayyoralargacha, ustidagi mavjud Samadiyat tamgʻasi bilan vahdatni koʻrsatadi. Shuningdek, harakatlari bilan ham, aylanayotgan butun joylarni vahdat nomidan zabt etadi. Oʻz egalarinign mulkiga doxil qiladilar. Harakatlanmaydigan maxluqot esa, nabototdan oʻzgarmas yulduzlargacha, vahdoniyat muhri oʻrnidadirki, turgan makonini oʻz Sone'ining maktubi ekanini koʻrsatadilar. Demak, xar bir nabotot, xar bir meva vahdoniyat muhrlari, vahdat tamgʻalari boʻlib, makonlarini va vatanlarini, vahdat nomidan Sone'larining maktubi ekanini koʻrsatishadi.

Natija: Xar bir narsa oʻz harakati bilan butun ashyolarni vahdat nomidan zabt etadi. Demak, butun yulduzlarni oʻz qoʻlida tuta olmagan zot, bir dona zarraga ham Rabb boʻlolmaydi.}

ish bajaramiz, agar senda oʻsha barhca zarralarni ham qoʻshib, amri ostiga oladigan hukm va iqtidor boʻlsa, mukammal intizom bilan men bir boʻlagi boʻlgan butun mavjudotga, masalan qondagi qizil donachalarga haqiqiy ega va hokim boʻla olsang, menga Rabb boʻlishni da'vo qil, meni Janobi Haqdan boshqasiga bogʻla. Aks holda, jim tur! Menga Rabb boʻlmaganing kabi, aralasha olmaysan ham. Chunki, vazifamizda va harakatlarimizda shunchalik mukammal intizom borki, cheksiz hikmat va qamrovli ilm sohibi boʻlmagan kimsa bizning ishimizga aralasha olmaydi. Agar aralashsa, chalkashtiradi. Senga oʻxshagan jonsiz, ojiz, koʻr, ikki qoʻli tasodif va tabiat kabi ikki koʻrning qoʻlida boʻlgan bir kimsa, hech bir jihatdan qoʻl choʻza olmaydi."

U mudda'iy moddaparastlarning aytgani kabi dediki: "Unday boʻlsa, sen oʻz-oʻzingga sohib boʻl. Nega boshqa birovning buyrugʻi bilan ishlayman, deyapsan?" Zarra unga javoban: "Agar quyosh kabi aqlim, ziyosi kabi qamrovli ilmim, harorati kabi keng qudratim, ziyosidagi yetti rang kabi qoplovchi tuygʻularim, hamma yerga borayotgan va ishlayotgan xar mavjudga yuzlangan yuzlarim, koʻradigan koʻzlarim va oʻtadigan biror soʻzim boʻlganida, balki sendek ahmoqlik qilib, oʻzimga oʻzim sohib ekanimni da'vo qilar edim. Qani daf boʻl, sen mendan ish topolmaysan!" dedi.

— 592 —

Shunday qilib, sherik qoʻshuvchilarning vakili zarradan ish chiqmagach, etitrotsitlardan ish topaman deb, qondagi qizil donachaga yuzlandi. Unga sabablar nomidan tabiat va falsafa tili bilan: "Men senga Rabb va molikman", dedi. Ertitrotsit, ya'ni dumaloq qizil mavjud unga haqiqat lisoni va Ilohiy hikmat tili bilan: "Men yolgʻiz emasman. Agar senda tamgʻamiz, xodimligimiz va nizomimiz bir boʻlgan qon lashkaridagi butun etirtotsitlarga sohib boʻla olsang hamda biz aylanayotgan va kamoli hikmat bilan ishlatilayotgan butun badan hujayralariga ega boʻladigan daqiq hikmat va azim qudrat boʻlsa, koʻrsat. Koʻrsata olsang, balki sening da'voingda bir ma'no boʻlishi mumkin. Xolbuki, senga oʻxshagan devona, qoʻlingdagi kar tabiat va koʻr kuch bilan ega boʻlish u yoqda tursin, ishimizga zarracha ham aralasholmaysan. Chunki bizdagi intizom shunchalik mukammalki, faqatgina hamma narsani koʻradigan, eshitadigan, biladigan va qiladigan bir Zot bizga hukm qila oladi. Shunday ekan, ovozingni oʻchir! Vazifam shunchalik muhim va intizom shunchalik mukammalki, sen bilan gaplashib oʻtirishga va sening bema'ni gaplaringga javob berishga vaqtim yoʻq", dedi, uni haydadi.

Uni alday olmagandan soʻng da'vogar u yerdan chiqib, badandagi hujayra deyilgan manzilchaga yuzlandi. Falsafa va tabiat tili bilan: "Zarra va qizil donachaga gap uqtirolmadim, balki sen soʻzimni tushunarsan. Chunki sen juda kichik manzil kabi bir nechta narsadan yasalgan ekansan. Shuning uchun men seni yasay olaman. Sen mening sanʻat asarimsan, men senga haqiqiy sohibman", dedi. Hujayra unga javoban, hikmat va haqiqat tili bilan:

"Men, kichkina narsa boʻlsamda, juda buyuk vazifalarim, juda nozik munosabatlarim va badanning butun hujayralariga va hammasiga bogʻliq aloqalarim bor. Jumladan: Vena va arterial qon tomirlariga, his qilish va harakatlantiradigan nervlariga, tortish, itarish, tugʻadigan, tasavvur kuchi kabi tuygʻularga qarashli chuqur va mukammal vazifalarim bor. Agar senda butun badanni, butun tomirlar, nervlar va hislarni tashkil qiladigan, nizomga soladigan va vazifa yuklaydigan qudrat va ilm boʻlsa, menga oʻxshagan, san'at va sifat jihatidan bir-birmizga qardosh boʻlgan butun badan hujayralarini tasarruf qiladigan taʻsirli kuch, qamrovli hikmat boʻlsa, koʻrsat. Soʻng, men seni yasay olaman, deb da'vo qil. Aks holda, qani, joʻnab qol! Etirtotsitlar menga rizq keltiradi. Leykotsitlar esa, menga hujum qiladigan kasalliklarga immunitet boʻladi. Ishim bor, meni mashgʻul qilma. Sendek ojiz, jonsiz, kar, koʻr narsa, bizga hech bir jihatda aralasha olmaydi. Chunki bizda shunchalik kuchli, nozik va mukammal bir intizom

— 593 —

{(Hoshiya) Sone'i Hakim inson badanini juda ham intizomli shahar singari yaratgan. Tomirlarning bir qismi telegraf va telefon vazifasini bajaradi. Bir qismi esa, chashmalarning quvurlari singari, obi hayot boʻlgan qonning aylanishiga asos boʻladi. Qonning ichida esa, ikki hil donachalar yaratilgan. Bir qismi qizil donachalar deb ataladi, badan hujayralariga ozuqa tarqatadi va bir Ilohiy qonuni bilan hujayralarga ozuqa yetkazib beradi (tijoratchi va ozuqa xodimlari kabi). Ikkinchi qismi oq donachalar boʻlib, narigilarga nisbatan ozroq. Vazifalari esa, kasallik kabi dushmanlarga qarshi askardek mudofa qiladi. Qachon vaqt mudofaaga kirishsa, mavlaviy kabi ikki aylanma harakat bilan tezda ajib bir vaziyatga kiradi. Qonning butunini tashkil qilgan, ikkita umumiy vazifasi bor. Biri: Badandagi hujayralarning buzgan joylarini ta'mirlashdan iborat. Ikkinchisi: Hujayralarning chiqindilarini toʻplab, badanni tozalashdir. Vena va arteriya deb nomlangan ikki hil tomirlar bor. Biri toza qonni keltiradi, tarqatadi, toza qonning yuradigan yoʻlidir. Ikkinchi qismi, chiqindilarni toʻplaydigan kirli qonning yuradigan yoʻli boʻlib, bu ikkinchi qism qonni "ra'" degan nafas keladigan joyga keltiradi.

Sone'-i Hakim havoda ikki modda yaratgan. Biri azot, biri kislorod. Kislorod nafas ichida qonga tegishi bilan, qonni ifloslantirgan uglerod moddasini magnitdek oʻziga tortadi. Ikkalasi qoʻshiladi. Karbonat angidrid degan bugʻli moddaga aylantiradi. Vujudninig normal haroratini ta'minlaydi, qonni ham tozalaydi. Chunki Sone'i Hakim kimyoviy unsurlar orasida bir biriga nisbatan tortishish va birlashish xususiyatini kislorod bilan uglerodga bergan. Bu ikki modda bir-biriga yaqinlashishi bilan, Ilohiy qonun bilan ikki modda qoʻshilib ketadi. Fanda aniqlanganki, birlashishdan harorat hosil boʻladi. Chunki birlashish, bir jihatda yonishdir. Bu sirning hikmati shuki, oʻsha ikki moddaning xar birining zarralarining alohida-alohida harakatlari bor. Birlashish vaqtida xar ikki zarra, ya'ni uning zarrasi buning zarrasi bilan birlashadi, bitta harakat bilan harakatlana boshlaydi. Narigi harakat esa, muallaq qoladi. Chunki birlashishdan oldin ikkita harakat edi, endi ikkita zarra bir boʻldi, xar ikki zarra bir zarra kabi harakatga kirdi. Ikkinchi harakat, Sone'i Hakimning bir qonuni bilan haroratga aylanadi. Chunki, "harakat haroratni hosil qiladi" degan qonun bor. Shu sirga binoan, inson badanidagi vujudning normal harorati ana shu kimyoviy birlashish orqali ta'minlangani kabi, qondagi uglerod olingani uchun qon ham tozalanadi. Denak, nafas ichkariga kirgan vaqtda vujudning ham obi hayotini tozalaydi, ham hayot olovini yondiradi. Chiqayotgan vaqtda esa, ogʻizda Ilohiy qudrat moʻ'jizasi boʻlmish kalima mevalarini beradi.

فَسُبْحَانَ مَنْ تَحَيَّرَ ف۪ى صُنْعِهِ الْعُقُولُ

}

borki, agar bizga hukm qilayotgan bir Hakimi Mutlaq, Qodiyri Mutlaq va Aliymi Mutlaq boʻlmasa, intizomimiz buziladi, nizomimiz chalkashadi", dedi.

— 594 —

Soʻng, daʻvochi undan ham umidsiz boʻlib, inson badaniga roʻbaroʻ keldi. Yana, koʻr tabiat va devona falsafa tili bilan tabiatparastlarga oʻxshab: "Sen menikisan? Seni men yaratdim. Yoki senda hissam bor", dedi. Javoban inson badani haqiqat va hikmat tili, intizomining holati tili bilan aytadiki: "Agar senda butun sinfim va yuzimizdagi qudrat tamgʻasi va fitrat muxri bir boʻlgan butun insonlar badaniga haqiqiy boshqaruvchi boʻla oladigan qudrat va ilm boʻlsa, suvdan va havodan, nabotot va hayvonotgacha ozuqamning xazinalariga sohib boʻla oladigan boyliging va bir boshqaruving boʻlsa, men unga kiyim boʻlgan juda keng va yuksak boʻlgan ruh, qalb, aql kabi ma'naviy hislarni men kabi tor, oddiy jismda joylashtirib, mukammal hikmat bilan ishlatib, ibodat qildiradigan cheksiz qudrat, hadsiz hikmat boʻlsa, koʻrsat, soʻng "Men seni yaratdim" degin. Aks holda, jim boʻl! Mendagi mukammal intizomning guvohligi va yuzimdagi vahdat tamgʻasining dalolati bilan, mening Sone'im hamma narsaga qodir, hamma narsani biluvchi, xar narsani koʻradigan va eshitadigan Zotdir. Sendek devona va ojizning qoʻli Uning san'atiga aralasha olmaydi. Zarracha tiqila olmaydi."

U sherik qoʻshuvchilarning vakili badanda ushlaydigan joy topa olmasdan, u yerdan chiqib, inson sinfiga yuzlandi. Qalbida: "Balki bu tartibsiz, aralash-quralash jamoat ichida, shayton ularning ixtiyoriy va ijtimoiy ishlariga aralashgani kabi, balki men ham vujudim va tabiiy holatlarimga aralasha olsam kerak va ushlaydigan biror joy topaman. Unga bir yoʻl topib, meni haydagan badanga va hujayrasiga hukmimni oʻtkazaman", dedi. Shu maqsadda insoniyat sinfiga yana kar tabiat va devona falsafa tili bilan: "Siz juda tartibsiz narsa boʻlib koʻrinyapsiz. Men sizga rab va sohibman yoki hissadorman", dedi. Shunda inson sinfi haq va haqiqat tili, hikmat va intizom tili bilan:

"Agar senda yer kurrasiga kiydirilgan,

sinfimiz kabi butun hayvonot va nabototning yuz ming sinflaridan,

yer yuziga rang-barang otqi va iplardan mukammal hikmat bilan toʻqilgan va tikilgan koʻylaklarni toʻshagan,

yuz minglab mavjudot turlaridan toʻqigan,

juda naqshli suratda tayyorlangan gilamni toʻqiydigan va xar doim kamoli hikmat bilan almashtirib yangilaydigan qudrat va hikmat boʻlsa,

agar biz meva boʻlgan yer kurrasini,

biz urugʻ boʻlgan olamni tasarruf qiladigan,

hayotimizga kerakli moddalarni bizga hikmat mezoni butun dunyodan joʻnatadigan keng qudrat va qamrovli hikmating boʻlsa,

yuzimizda yakka qudrat tamgʻasi boʻlgan oʻtmishdagi butun ajdodlarimi va kelajak avlodlarimizni yaratadigan iqtidoring boʻlsa,

balki menga rablik-rububiyat da'vo qilishing mumkin.

Aks holda, qani, ovozingni oʻchir! Sinfimdagi tartibsizlikka qarab, "aralasha olaman", dema. Chunki intizom mukammaldir. Sen tartibsiz deb oʻylayotgan vaziyatlar, qudratning qadar kitobiga koʻra mukammal intizomli koʻpaytirishdir. Chunki bizdan juda ham pastda boʻlgan va nazoratimiz ostida boʻlgan hayvonot va nabototning mukammal intizomlari koʻrsatadiki, bizdagi aralash holatlar bir jihatda yozishdir.

Bir gilamning xar tarafiga yoyilgan otqi ipini san'at bilan joylashtirgan, gilamning ustasidan boshqasi boʻlishi, bir mevaning ijod qiluvchisi daraxtning yaratuvchisidan boshqasi boʻlishi, urugʻni yaratgan, urugʻli jismning Sone'i-Sanʻatkoridan boshqasi boʻlishi mumkinmi hech?! Koʻzing ham koʻr. Yuzimdagi qudrat moʻ'jizasini, mohiyatimizdagi tabiiy gʻaroyib ishlarni koʻrmayapsan. Agar koʻrsang, mening Sone'im shunday zotki, hech narsa Undan berkina olmaydi, hech narsa Unga nozlanib ogʻir kela olmasligini tushunasan. Yulduzlar Unga zarralardek oson. Bahorni bir guldek oson yaratadi. Ulkan koinotning mundarijasini kamoli intizom bilan mening mohiyatimga joylashtirgan bir zotdir. Shunday Zotning san'atiga sendek jonsiz, ojiz, koʻr va kar qoʻl choʻza oladimi? Shunday ekan, ovozingni oʻchir! Daf boʻl, yoʻqol!", deb, uni haydab yuboradi.

— 595 —

Soʻng u daʻvochi chiqib, zamin yuziga toʻshalgan keng gilamga va zaminga kiydirilgan oʻta ziynatli va naqshinkor koʻylakka sabablar nomidan, tabiat va falsafa tili bilan: "Seni tasarruf qila olaman, sohibman yoki senda hissam bor", deb da'vo qildi. Shunda oʻsha koʻylak, {(Hoshiya) Lekin bu gilam ham tirik ham intizom bilan titrab turadi. Naqshlari Toʻquvchisining turli Asmosining jilvalarini xilma-xil qilib koʻrsatishi uchun xar doim mukammal hikmat va intizom bilan oʻzgarib turadi.} oʻsha gilam haq va haqiqat nomidan, hikmat tili bilan u daʻvochiga:

"Agar senda yillar, asrlar sanogʻicha yerga kiydirilib, soʻngra intizom bilan yechilib, oʻtmish ipiga osilgan va yangitdan kelajakka kiydirilgan,

kamoli intizom bilan qadar doirasida dasturlari va bichimlari chizilgan, tayinlangan,

kelajak lentasiga taqilgan, intizomli va hikmatli, turli tuman naqshlari boʻlgan barcha koʻylaklarni, gilamlarni toʻqiydigan, iyjod qiladigan qudrat va san'at boʻlsa,

yerning yaratilishidan xarob boʻlgunicha, balki azaldan abadgacha yetib boradigan, hikmatli, qudratli ikki ma'naviy qoʻling boʻlsa,

butun otqilarimdagi barcha narsalarni ijod qiladigan,

kamoli intizom va hikmat bilan ta'mirlaydigan, yangilaydigan iqtidor va hikmat boʻlsa,

bizning modelimiz, bizni kiygan, oʻziga parda va yopinchiq qilib olgan yer kurrasini qoʻlingda tutuvchi ijod qiluvchi boʻla olsang, menga rububiyat da'vo qil.

Yoʻqsa, qani tashqariga! Bu yerda joy topa olmaysan. Yana, bizda shunday vahdat tamgʻasi va bir ahadiyat muxri borki, kimda butun koinot tasarrufida boʻlmagan va barcha narsalarni butun xususiyati bilan birdaniga koʻrmaydigan, nihoyasiz ishlarni birgalikda qila olmaydigan, hamma joyda hozir va nozir boʻlmagan, makondan munazzah-pok boʻlmagan, cheksiz hikmat, ilm va qudra boʻlmasa, bizga sohib boʻla olmaydi va aralasha olmaydi", dedi.

— 596 —

Soʻng u daʻvochi chiqdi. "Balki yer kurrasini aldab, u yerda joy topa olarman", dedi. Borib, yer kurrasiga

{(Hoshiya1) Natija: Zarra oʻsha iddaochini eritrotsitga havola qiladi. Eritrotsit uni hujayraga, hujayra esa inson badaniga, inson badani esa inson sinfiga, inson sinfi uni tirik turlaridan toʻqilgan yerning koʻylagiga, yerning koʻylagi esa yer kurrasiga, yer kurrasi uni quyoshga, quyosh esa butun yulduzlarga havola qiladi. Xar biri: "Bor, mendan yuqoridagini zabt qila olsang, soʻngra kel, meni zabt etishga urin. Agar uni magʻlub qila olmasang, meni qoʻlga kirita olmaysan", dedi. Demak, butun yulduzlarga soʻzini oʻtkaza olmagan, bir dona zarraga ham rububiyatini eshittira olmaydi.}

yana sabablar nomidan va tabiat tili bilan: "Oʻzboshimcha aylanib, sohibsiz ekanligingni koʻrsatyapsan. Shunday ekan, sen meniki boʻlishing mumkin", dedi. Shunda yer kurrasi haq nomidan va haqiqat tili bilan, momaqaldiroqdek sado bilan unga: "Valdirama! Men qanday qilib oʻzboshimcha, egasiz boʻlishim mumkin? Mening kiyimlarimni va ular ichidagi eng kichik nuqtani, ipni intizomsiz deb koʻrdingmi? Hikmatsiz va san'atsiz holda koʻrdingmi? Meni egasiz, oʻzboshimcha deyapsan.

Agar senda yillik harakatim bilan taqriban yigirma besh ming yillik {(Hoshiya2) Bir doiraning radiusi taqriban yuz sakson million kilometr boʻlsa, u doira taqriban yigirma besh ming yillik masofa boʻladi.} masofani aylanishim, mukammal mezon va hikmat bilan xizmat vazifamni bajarayotganim oʻsha buyuk doiraga haqiqiy sohib boʻla olsang, qardoshlarim va mendek vazifa yuklangan oʻnta sayyorani, ular aylanayotgan butun doiralarni, bizning imomimiz va biz unga bogʻliq boʻlgan, rahmat tortishi bilan biz unga bogʻlangan quyoshni yaratib, joylashtiradigan, palaxmon toshi kabi meni va sayyoralar yulduzlarni unga bogʻlaydigan, mukammal intizom va hikmat bilan aylantirib, ishlatadigan cheksiz hikmat va nihoyasiz qudrat boʻlsa, menga rububiyat da'vo qil. Yoʻqsa, qani, qorangni oʻchir, daf boʻl! Mening ishim bor. Vazifamni bajarishim kerak. Bizdagi hashamatli intizomlar, daxshatli harakatlar va hikmatli boʻsundirilish koʻrsatadaki, ustamiz shunday Zotki, butun mavjudot, zarralardan yulduzlar va quyoshlargacha amrga tobe' askar kabi Unga mute' va boʻysundirilgan. Bir daraxtni mevalari bilan tartiblagan va ziynatlagani kabi, osonlik bilan quyoshni sayyoralar bilan nizomga soladigan bir Hakimi Zuljalol va Hokimi Mutlaqdir", dedi.

Soʻng u iddaochi, yerda joy topa olmagani uchun quyoshning yoniga boradi. Qalbida: "Bu juda katta narsa. Balki ichida biror teshik topib, yoʻl ocharman. Yerni ham boʻsundiraman", dedi. Quyoshga shirk nomidan va shaytonlashgan falsafa tili bilan, majusiylarning gapi kabi: "Sen bir sultonsan, oʻz-oʻzingga egasan, istaganingdek tasarruf qilasan", dedi. Quyosh esa, Haq nomidan, haqiqat tili bilan va Ilohiy hikmat tili bilan unga: "Qatʻiyyan, yuz ming marta aslo va imkonsiz! Men boʻysundirilgan bir xizmatkorman. Sayyidimning mehmonxonasida bir shamchiroqman. Bir pashshaga, balki pashshaning bir qanotiga ham haqiqiy ega boʻla olmayman. Chunki pashshanning vujudida shunday ma'naviy javharlar va koʻz, quloq kabi antiqa san'atlar borki, ular mening doʻkonimda yoʻq. Iqtidor doiram xorijida" deb, iddaochiga dakki berdi.

— 597 —

Soʻng, iddaochi qaytib, fir'avnlashgan falsafa tili bilan: "Modomiki, oʻzingga ega va sohib emas, bir xizmatkor ekansan, sabablar nomidan menikisan", dedi. Shunda quyosh haq va haqiqat nomidan, qullik tili bilan: "Men shunday bir Zotniki boʻlishim mumkinki: butun sinfim boʻlgan katta yulduzlarni yaratgan va samovotida mukammal hikmat bilan joylashtirgan, mukammal hashamat bilan aylantiradigan, kamoli ziynat bilan bezatgan Zot boʻlishi mumkin", dedi.

Soʻng u iddaochi, qalbidan: «Yulduzlar juda ham koʻp. Hamda tarqoq, tartibsiz koʻrinyapti. Balki ularning ichida vakolat berganlar foydasiga biror narsa qozona olarman», dedi. Ularning ichiga kiradi. Ularga sabablar nomidan, sherik qoʻshuvchilar hisobiga va haddidan oshgan falsafa tili bilan, yulduzparastlarning soʻzlari kabi: "Siz juda ham tarqoq boʻlganingiz uchun, turli hokimlarning amri ostida turibsiz", dedi. Shunda yulduzlar nomidan bir yulduz: "Naqadar bebosh, aqlsiz, ahmoq va koʻzsiz ekansan. Yuzimizdagi vahdat tamgʻasini va ahadiyat muxrini koʻrmayapsan, anglamayapsan. Bizning oliy nizomimizni va qullik qonunimizni bilmayapsan. Bizni intizomsiz deb oʻylayapsan. Biz shunday bir Zotning san'atimiz va xizmatkorlarimizki, dengizimiz boʻlgan osmonlarni va daraxtimiz boʻlgan koinotni va sayr qiladigan joyimiz boʻlgan cheksiz fazoni amri ostida tutgan bir Vohidi Ahaddir. Biz dengiz flotining chiroqlari kabi, Uning kamoli rububiyatini koʻrsatadigan nuroniy guvohlarmiz va rablik saltanatini e'lon qiladigan nurli burhonlarmiz. Xar bir toifamiz Uning saltanati doirasida, ulugʻ, past, dunyoviy, qabr olamiga oid, uxraviy manzillarda saltanatining hashamatini koʻrsatadigan va ziyo sochadigan nuroniy xizmatkorlarmiz.

Darhaqiqat, xar birimiz, alohida-alohida, Vohidi Ahadning qudratining moʻ'jizasi, yaratilish daraxtining bir muntazam mevasi, vahdoniyatning bir munavvar burhoni, farishtalarning bir manzili, tayyorasi, masjidi, ulugʻ olamlarning chirogʻi, quyoshi, rububiyat saltanatining guvohi, fazoning ziynati, qasri, guli, samo dengizining nuroniy baligʻi, osmonning goʻzal koʻzimiz.

{(Hoshiya) Janobi Haqning hayratga soladigan maxluqotiga qarab, tomosha qiladigan va qildiradigan ishoralarmiz. Ya'ni: Samovot cheksiz koʻzlar bilan zamindagi hayratli Ilohiy san'at asarlarini tomosha qilayotgandek koʻrinadi. Samoning farishtalari kabi, yulduzlar ham ajoyib va gʻaroyib koʻrgazma boʻlgan yerga qaramoqda va shuur sohiblarini diqqat bilan qaratyapti, deganidir.}

Shuningdek, umumiy tashkilotimizda sukunat ichida sukut, hikmat ichida harakat, hashamat ichida ziynat, intizom ichida goʻzal xilqat, oʻlchovli yaratilish ichida mukammal san'at bor. Shuning uchun, cheksiz tillar bilan Sone'i Zuljalolimizning vahdatini, ahadiyatini, samadiyatini, jamol, jalol va kamolining vasflarini butun koinotga e'lon qilamiz. Xolbuki, biz kabi oʻta sof, pokiza, itoatkor, boʻysungan xizmatkorlarni, tartibsizlik, intizomsizlik va vazifasizlik, hatto sohibsizlik bilan ayblaganing uchun, kaltaklanishga loyiqsan", dedi.

— 598 —

Iddaochininig yuziga shaytonga tosh otilganidek, bir yulduz shunday musht tushiradiki, yulduzlardan jahannamning tubigacha yiqitdi. U bilan boʻlgan tabiatni

{(Hoshiya1) Yiqilgandan keyin tabiat tavba qildi. Haqiqiy vazifasi ta'sir va yaratish emasligini, balki qabul va tobe' boʻlish ekanligini angladi. Oʻzi esa Ilohiy qadarning bir tur daftari (faqat almashadigan va oʻzgaradigan daftari), Rabboniy qudratning bir tur dasturi, va Qodiyri Zuljalolning bir navʻ yaratilishga oid qonuun, bir tur qonunlari majmuasi ekanini bildi. Kamoli ojizlik va boʻysunib qullik vazifasiga kirishdi. Yaratilish qonunlari va Rabboniy san'at ismini oldi.}

tasavvur daralariga, tasodifni yoʻqlik qudugʻiga, sherik qoʻshuvchilarni imkonsiz va ehtimol qilib boʻlmaydigan zulmatga, dinga qarshi falsafani asfali sofilinning tubiga uloqtirdi. Butun yulduzlar bilan birga u yulduz muqaddas لَوْ كَانَ ف۪يهِمَٓا اٰلِهَةٌ اِلَّا اللّٰهُ لَفَسَدَتَا farmoni oʻqiydi. Qoʻl tekkazishi uchun pashsha qanotidan tut, to samovot qandillariga qadar, bir pashsha qanotichalik sherikka yer yoʻq", deb e'lon qiladilar.

﴿ سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ ﴾
اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ سِرَاجِ وَحْدَتِكَ ف۪ى كَثْرَةِ مَخْلُوقَاتِكَ وَ دَلَّالِ وَحْدَانِيَّتِكَ ف۪ى مَشْهَرِ كَائِنَاتِكَ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ
— 599 —
﴿ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ﴾
﴿ فَانْظُرْ اِلٰٓى اٰثَارِ رَحْمَتِ اللّٰهِ كَيْفَ يُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا ﴾

oyatining azaliy bogʻidan bir guliga ishorat qilgan arab tilidagi boʻlimlardan iborat.

حَتّٰى كَاَنَّ الشَّجَرَ الْمُزَهَّرَةَ ٭ قَص۪يدَةٌ مَنْظُومَةٌ مُحَرَّرَةٌ
وَ تُنْشِدُ لِلْفَاطِرِ الْمَدَائِحَ الْمُبَهَّرَةَ ٭ اَوْ فَتَحَتْ بِكَثْرَةٍ عُيُونُهَا الْمُبَصَّرَةَ
لِتُنْظِرَ للِصَّانِعِ الْعَجَائِبَ الْمُنَشَّرَةَ ٭ اَوْ زَيَّنَتْ لِع۪يدِهَا اَعْضَائَهَا الْمُخَضَّرَةَ
لِيَشْهَدَ سُلْطَانُهَا اٰثَارَهُ الْمُنَوَّرَةَ ٭ وَ تُشْهِرَ فِى الْمَحْضَرِ مُرَصَّعَاتِ الْجَوْهَرِ
وَ تُعْلِنَ لِلْبَشَرِ حِكْمَةَ خَلْقِ الشَّجَرِ ٭ بِكَنْزِهَا الْمُدَخَّرِ مِنْ جُودِ رَبِّ الثَّمَرِ
سُبْحَانَهُ مَا اَحْسَنَ اِحْسَانَهُ ٭ مَا اَزْيَنَ بُرْهَانَهُ مَا اَبْيَنَ تِبْيَانَهُ
خَيَالْ ب۪ينَدْ اَز۪ينْ اَشْجَارْ مَلَائِكْ رَا جَسَدْ اٰمَدْ سَمَاو۪ى بَا هَزَارَانْ نَىْ
اَز۪ينْ نَيْهَا شُن۪يدَتْ هُوشْ سِتَايِشْهَاىِ ذَاتِ حَىْ
وَرَقْهَارَا زَبَانْ دَارَنْدْ هَمَه هُو هُو ذِكْرْ اٰرَنْدْ بَدَرْ مَعْنَاىِ حَىُّ حَىْ
چُو لَا اِلٰهَ اِلَّا هُو بَرَابَرْ م۪يزَنَدْ هَرْشَىْ
دَمَا دَمْ جُويَدَنْدْ يَا حَقْ سَرَاسَرْ گُويَدَنْدْ يَا حَىْ بَرَابَرْ م۪يزَنَنْدْ اَللّٰهْ
﴿ وَ نَزَّلْنَا مِنَ السَّمَٓاءِ مَٓاءً مُبَارَكًا ﴾
— 600 —
Arabiy boʻlimning tarjimasi:

Ya'ni: Goʻyo gul ochgan xar bir daraxt goʻzal yozilgan nazmiy qasida boʻlib, yoki gul ochgan xar bir daraxt minglab qaragan va qaratgan koʻzlarini ochgan, e'tibor berganlarni qaratish uchun Sone'i Zuljalolning nashr va yoyilgan ajoyib san'atiga bir-ikki koʻz bilan emas, balki minglab koʻzlar bilan qarashi uchun Fotiri Zuljalolning ochiq ravshan madhlarini she'r shaklida oʻqib, shoirona holati tili bilan aytadi.

Ilohiy sanʻat koʻrgazmasi boʻlgan zamin yuzi va bahor mavsumida bezalgan rahmatini xalq e'tiboriga havola qilishi uchun,

daraxtlarning hikmati yaratilishini insonga e'lon qilishi uchun,

nozik shoxlarida naqadar muhim xazinalar boʻlganini va

Rahmoniy ehsonlarning mevalarida qay daraja muhim xazinalar borligini koʻrsatish orqali kamoli qudrati Ilohiyani koʻrsatishi uchun,

Uning Sultoni Zuljaloli ehson qilgan hadylarni,

hislarni va nuroniy asarlarini koʻrishi uchun

gul ochgan xar bir daraxt umumiy bahor bayrami ichidagi xususiy bayramida va rasmiy namoyishi kabi bir onda yashillashgan a'zolarini eng yaxshi ziynatlar bilan bezagan.

— 601 —

Birinchi Boʻlimning Kichik Zayli

فَاسْتَمِعْ اٰيَةَ:
﴿ اَفَلَمْ يَنْظُرُٓوا اِلَى السَّمَٓاءِ فَوْقَهُمْ كَيْفَ بَنَيْنَاهَا وَ زَيَّنَّاهَا ... الخ ﴾
ثُمَّ انْظُرْ اِلٰى وَجْهِ السَّمَاءِ كَيْفَ تَرٰى سُكُوتًا ف۪ى سُكُونَةٍ حَرَكَةً ف۪ى حِكْمَةٍ تَلَئْلًا ف۪ى حِشْمَةٍ تَبَسُّمًا ف۪ى ز۪ينَةٍ مَعَ اِنْتِظَامِ الْخِلْقَةِ مَعَ اِتِّزَانِ الصَّنْعَةِ تَشَعْشُعُ سِرَاجِهَا تَهَلْهُلُ مِصْبَاحِهَا تَلَئْلُؤُ نُجُومِهَا تُعْلِنُ لِاَهْلِ النُّهٰى سَلْطَنَةً بِلَا اِنْتِهَاءٍ
﴿ اَفَلَمْ يَنْظُرُٓوا اِلَى السَّمَٓاءِ فَوْقَهُمْ كَيْفَ بَنَيْنَاهَا وَ زَيَّنَّاهَا ... الخ ﴾

Ushbu oyatning bir navʻ tafsiri boʻlgan jumlalarning tarjimasidan iborat:

ثُمَّ انْظُرْ اِلٰى وَجْهِ السَّمَاءِ كَيْفَ تَرٰى سُكُوتًا ف۪ى سُكُونَةٍ

Ya'ni, oyati karima diqqat bilan bilan osmonda favqulotda sukunat ichidagi sukutni koʻrib, bir Qodiyri Mutlaqning amr va boʻysundirishi orqali bu holatga kirganini anglashi uchun e'tiborni osmonning ziynatli va goʻzal yuziga qaratmoqda. Agar bebosh boʻlganida, bir-biri ichidagi daxshatli jismlar, oʻta buyuk toʻplar va oʻta tez harakatlari bilan shunday shovqin suron chiqarishlari kerak ediki, koinotning qulogʻini kar qilib qoʻyar edi.

Hamda bir aralash quralash zilzila ichida qorishiqlik boʻlar edi. Bu esa koinotni parchalab yuborar edi. Yigirmata qoʻtos bir-biri ichida harakat qilsa, qanchalik shovqinga va aralash quralash boʻlishi ma'lum. Xolbuki, astronomiya yer kurrasidan ming marta katta va toʻp oʻqidan yetmish marta tezroq harakat qilayotgan yulduzlar borligini aytmoqda. Ana shu sukunat ichidagi osmon jismlarining sukuti Sone'i Zuljalolning va Qodiyri Zulkamolning qudrat darajasi, boʻysundirgani va yulduzlarning Unga boʻysunish darajasi va itoatini angla.

— 602 —

حَرَكَةً ف۪ى حِكْمَةٍ Yana, oyat osmonda, hikmat ichidagi harakatni koʻrishni buyurmoqda. Darhaqiqat, juda ajib va azim harakatlar, oʻta aniq va keng hikmat ichidadir. Bir fabrikaning charxlari va dastgohlarini hikmat bilan aylantirayotgan usta, fabrikaning kattaligi va intizomi darajasida san'at va mahoratini koʻrsatadi. Shuningdek, ulkan Quyoshga, sayyoralar bilan birga fabrika holatini bergan, mudxish ulkan toʻplarni palaxmon toshlari kabi va fabrika charxlari kabi atrofida aylantirgan bir Qodiyri Zuljalolning qudrat va hikmat darajasi, oʻsha nisbatda koʻzga koʻrinadi.

تَلَئْلًا ف۪ى حِشْمَةٍ تَبَسُّمًا ف۪ى ز۪ينَةٍ Ya'ni: Yana, osmonda, shunday hashamat ichida porlash va ziynat ichida bir tabassum borki, Sone'i Zuljalolning naqadar muazzam saltanati, qanchalik goʻzal san'ati ekanini koʻrsatadi. Dengiz floti marshida koʻplab elektr chiroqlari sultonning hashmat darajasini va madaniy taraqqiyotda yetishgan darajasini koʻrsatgani kabi, ulkan samovot hashamatli, ziynatli yulduzlari bilan Sone'i Zuljalolning kamoli saltanatini va jamoli san'atini, xuddi shunday nazari koʻzga koʻrsatadi.

مَعَ اِنْتِظَامِ الْخِلْقَةِ مَعَ اِتِّزَانِ الصَّنْعَةِ Yana aytadiki: Osmondagi maxluqlarning intizomini, nozik mezonlar ichida sanʻat asarlarinign oʻlchovli tortilgnaini koʻr va ularning Sone'i naqadar Qodiyr va qanchalik Hakim ekanini bil. Darhaqiqat, turli va kichik jismlarni yoki hayvonlarni aylantirgan va vazifa yuklagan va maxsus mezoni bilan, xar birini muayyan yoʻlga solgan bir Zotning iqtidor va hikmat darajasini, harakatlanayotgan jirmlarning unga itoat va boʻysunganlik darajasini koʻrsatadi.

Xuddi shuning kabi, ulkan samovot daxshatli kattaligi bilan, sanoqsiz yulduzlari bilan va yulduzlar daxshatli kattaligi va oʻta shiddatli harakatlari bilan birga, zarra miqdor va bir soniyacha boʻlin hududini buzmasligi, bir soatning daqiqa va soniya kabi oʻn miqqyos kichik vaqt birligida ham ishidan ortda qolmasligi, Sone'i Zuljalollarining naqadar aniq maxsus mezoni bilan rububiyatini ijro qilayotganini e'tiborga havola qilyapti.

Hamda bu oyat kabi Amma surasi va boshqa oyatlarda bayon qilingan quyosh, oy va yulduzlarning boʻysundirilgani bilan ishora qiladi. Shuningdek:

— 603 —
تَشَعْشُعُ سِرَاجِهَا تَهَلْهُلُ مِصْبَاحِهَا تَلَئْلُؤُ نُجُومِهَا تُعْلِنُ لِاَهْلِ النُّهٰى سَلْطَنَةً بِلَا اِنْتِهَاءٍ

Ya'ni, samovotning ziynatli tomiga quyosh kabi nur beradigan, isitadigan chiroqni osib qoʻyish, kecha-kunduz yozuvlari bilan, qish-yoz sahifalarida Samadoniy maktublarni yozish uchun bir nur siyohdoni holatiga keltirish, yuksak minora va minoralardagi soatlarning porlagan millari kabi, samo qubbasida oyni zamonning katta soatiga mil qilib qoʻyish, juda koʻp bir-biridan farqli hilollar suratida xar kechaga goʻyo boshqa hilol qoldirib, soʻngra qaytib oʻziga toʻplash, manzillarida mukammal mezon bilan, aniq hisob bilan harakat qildirish, samo qubbasida porlagan, tabassum qilgan yulduzlar bilan, goʻzal osmonni bezatish, albatta nihoyasiz bir rububiyat saltanatining alomatlaridir. Shuur sohiblariga uni bildiradigan muhtasham bir Uluhiyatning ishoralaridir. Tafakkur qilgan kishilarni iymonga va tavhidga da'vat qiladi.

Boq koinot kitobining rang barang sahifasiga

Qudratining oltin qalami, koʻr qanday tasvir qilgan.

Koʻngil koʻzi ochiqlarga, qoranuqta qolmagan

Goʻyo Xudo oyatlari, nur bilan tahrir aylagan.

Qara, qanday hikmat moʻjizasi, iymon bergan koinot,

Boq, qanday oliy tamoshodir fazoyi koinot.

Tinglagin yulduzlarning shirin xutbasini

Hikmatning nurlu maktubin koʻrgin, bildirganini.

Barcha birdan tilga kirgan, haq tili bilan aytar:

Bir Qodiyri Zuljalolning sultonlik hashamatiga

Bir nurafshon burhonimiz Sone'ning borligiga,

Ham vahdatga, ham qudratga guvohlarmiz biz.

Zamin yuzin bezagan nozik moʻ'jizalarni malak sayriga oʻxshar

Bu samoning yerga qarab, Jannatga diqqat qilgan, minglab chuqur tekshirgan koʻzlarimiz biz.

Yaratilish daraxtidan samovot ufqiga, somonyoʻli shoxlariga

Bir Jamili Zuljalolning dasti hikmati bilan taqilgan, minglab goʻzal mevalarmiz biz.

Samovot ahliga sayyor masjidlar, aylangan uylar, ulviy oshiyona,

Nurli chiroqlar, Jabborning kemasi, tayyoralarmiz biz.

— 604 —

Bir Qodiyri Zulkamolning, bir Hakimi Zuljalolning

Qudratining moʻ'jizasi, Xoliqning gʻaroyib sanʻati,

Nodir hikmat asari, gʻaroyib xilqat, nur olamlarimiz biz.

Yuz ming til bilan, yuz ming burhon koʻrsatamiz,

eshittiramiz inson boʻlgan insonga,

Koʻr boʻlgur dinsiz koʻzi, koʻrmas boʻldi yuzimizni.

Ham eshitmas soʻzimizni. Haq soʻzlagan oyatlarmiz biz.

Tamgʻamiz bir, muxrimiz bir, Rabbimizga boʻysunamiz,

Qullik bilan tasbeh aytar, zikr qilamiz.

Somonyoʻli katta halqasiga mansub majzublarmiz biz...

— 605 —

IKKINCHI BOʻLIM

﴿ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ﴾
﴿ قُلْ هُوَ اللّٰهُ اَحَدٌ ٭ اَللّٰهُ الصَّمَدُ ﴾
Bu Boʻlimnng uch Maqsadi bor:

BIRINCHI MAQSAD

Bir yulduzning ta'ziri bilan yerga tushgan shirk keltiruvchilar va zalolatning vakili zarralardan yulduzlargacha hech qayerda zarra miqdor shirkka joy topa olmagani uchun, u tarzdagi da'vodan voz kechdi. Lekin shayton kabi vahdatga shubhalanish uchun uch muhim savol bilan Ahadiyatga va Vahdatga doir ahli tavhidga vasvasa qilishni istadi.

BIRINCHI SAVOL: Dinsizlik tili bilan: "Ey ahli tavhid! Menga vakolat berganlar uchun hech narsa topa olmadim, mavjudotdan bir hissa chiqara olmadim, yoʻlimni isbot qila olmadim. Lekin siz nihoyatsiz qudrat sohibi boʻlgan Vohidi Ahadni nima bilan isbotlaysiz? Nima uchun uning qudrati bilan birga boshqa qoʻl aralashishiga ehtimol bermaysiz?" dedi.

JAVOB: Yigirma Ikkinchi Soʻzda qat'iy isbot etilganki, butun mavjudot, zarralar, yulduzlar xar biri Vojibul Vujudning va Qodiri Mutlaqning borligining vojibligiga nuroniy burhonlardir. Butun koinotdagi silsilalarning xar biri uning vahdoniyatiga qat'iy dalildir. Qur'oni Hakim cheksiz burhonlarida isbot qilgani kabi, barchasining e'tiboriga eng koʻringan burhonlarni koʻproq zikr qiladi. Jumladan:

﴿ وَلَئِنْ سَاَلْتَهُمْ مَنْ خَلَقَ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضَ لَيَقُولُنَّ اللّٰهُ ٭ وَمِنْ اٰيَاتِه۪ خَلْقُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَاخْتِلَافُ اَلْسِنَتِكُمْ وَ اَلْوَانِكُمْ ﴾

kabi juda koʻp oyatlar bilan Qur'oni Hakim, yer va osmonlar yratilishini vahdoniyatga ochiq ravshan burhon qilib koʻrsatadiki, istar-istamas shuur sohibi boʻlgan xar bir odam yer va osmonlar yaratilishida Xoliqi Zuljalolini tasdiqlashga majburki, لَيَقُولُنَّ اللهُ deydi.

— 606 —

Birinchi boʻlimda bir zarradan boshlab, yulduzlar va samovotgacha tavhid tamgʻasini koʻrsatdik. Qur'oni Hakim bu turdagi oyatlari bilan yulduzlardan va samovotdan zarralarga qadar shirkni quvadi. Quyidagicha ishorat qiladi va ma'nan aytadiki:

Samovot va arzni intizomli yaratgan bir Qodiri Mutlaqning, albatta sanʻat asarlarinign doiralaridan boʻlgan shamsiya tizimi ochiq ravshan Uning tasarrufi ostidadir.

Modomiki Qodiri Mutlaq quyoshni sayyoralari bilan amri ostida tutar, tartibga solar, boʻysundirar va boshqarayotgan ekan, albatta quyosh tiziimning bir boʻlagi va quyosh bilan bogʻlangan yer kurrasi ham amri ostida, tadbir va boshqaruvi ostdadir.

Modomiki yer kurrasi amri ostida, tadbir va boshqaruvi ostda ekan, yer yuzida ochiq oydin yozilgan, ijod qilingan, yerning mevalari va maqsadlari hisoblangan sanʻat asarlari ham uning rububiyati ostida va tarbiyasidadir.

Modomiki butun zamin yuziga toʻshalgan, sochilgan, yuzini porlatgan, ziynatlagan va xar doim yangilangan, kelib-ketgan va ular bilan zamin toʻlib boʻshalgan butun sanʻat asarlari qudrat va ilmi ostida, adolatu hikmatining mezoni bilan oʻlchangan va tartibga solinar ekan, modomiki butun sinflar uning qudrati ostida ekan, albatta ularning muntazam, mukammal boʻlaklari, olamning kichik namunalari, borliq turlarining muvozanatlari, olam kitobining kichkina mundarijalari hisoblangan kichik aʻzolari, ochiq ravshan Uning rububiyati, ijodi, boshqaruvi va tarbiyasi ostida ekan, modomiki har bir hayot egasi tadbir va tarbiyasi ostida ekan, albatta hayot egalarining borligini tashkil qilgan hujayralar, eritrotsit va leykotsitlar, a'zo va nervlar, ochiq oydin Uning ilm va qudrati ostidadir.

Modomiki xar bir hujayra va qondagi xar qon zarrasi uning amri ostida, tasarrufi doirasida va uning qonuni bilan harakat qilar ekan, albatta barchasining asosiy moddasi, ulardagi san'at naqshiga va naqsh solishga asbob va yoy hisoblangan zarralar ham albatta Uning qudrati ostida, ilmi doirasida va Uning amri bilan, izni bilan, quvvati bilan intizomli harakat qiladi, mukammal vazifalar bajaradilar.

Modomiki har bir zarra Uning qonuni bilan, izni bilan, amri bilan harakatlanar va vazifa bajarar ekan, albatta, siymodagi xususiyatlar va xar bir inson yuzida boshqalardan ajratadigan alohida belgi boʻlishi va siymolar kabi ovozlarda, tillarda turli tuman farqlar Uning ilm va hikmati bilan boʻlishi ochiq ravshan.

Xullas, bu silsilaga boshlangʻich va xotimani aytib, ishorat qilgan bu oyatga qara:

— 607 —
﴿ وَمِنْ اٰيَاتِه۪ خَلْقُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَاخْتِلَافُ اَلْسِنَتِكُمْ وَ اَلْوَانِكُمْ اِنَّ ف۪ى ذٰلِكَ لَاٰيَاتٍ لِلْعَالِم۪ينَ ﴾

Endi aytamizki: Ey shirkdagilarning vakili! Mana, koinot silsilasichalik kuchli burhonlar tavhid yoʻlini isbotlaydi. Va bir Qodiri Mutlaqni koʻrsatadi.

Modomiki osmonlar va yerning yaratilishi bir Sone'i Qodirni va oʻsha Sone'i Qodirning cheksiz qudratini va cheksiz qudratning chegarasiz mukammalligini koʻrsatadi. Albatta, sheriklardan mutlaq behojatlik bor. Ya'ni, hech bir jihatdan sheriklarga ehtiyoj yoʻq. Ehtiyoj yoʻq ekan, nima uchun siz bu zulmatli yoʻlda ketyapsiz? Unga kirishga nima majburlayapti? Sheriklarga hech qanday ehtiyoj boʻlmagani va koinot ulardan mutlaq behojat boʻlganiga qaramay, ilohlikka sheriklik daʻvo qilish kabi, rablik va ijod qilishda ham sherigi boʻlishi imkonsiz, borligi mumkin emas. Chunki osmonlar va yerning Sone'idagi qudrat ham oʻta mukammal va cheksiz ekanini isbotladik. Agar sherik boʻlsa, u nihoyatsiz va oʻta mukammal qudratni oxiri boʻlgan boshqa qudrat magʻlub qilib, bir qancha joyni zabt qilishi, uni tugatishi, ma'nan ojiz qoldirib, chegarasiz boʻlsada chegaralashi, hech qanday majburiyati boʻlmasdan tugaydigan narsa tuganmas narsaga, tuganmas boʻlgan vaqtida tugatishi, tugaydigan qilishi kerak boʻladi. Bu imkonsizlikning eng aqlga sigʻmaydigani va bu ehtimolning eng tubanidir.

Sheriklar "ularga umuman ehtiyoj boʻlmagan" va "shaxsan borligi imkonsiz boʻlganlar", ya'ni hech ularga ehtiyoj boʻlmagani kabi, borligi imkonsiz boʻlsada, ularni da'vo qilish faqat dalilsiz iddaodir. Ya'ni aqlan, mantiqan, fikran da'vo qiladigan sabab yoʻqligi uchun ma'nosiz gap hisoblanadi. Usul Ilmida bu "tahakkumiy" deb ta'bir qilinadi. Ya'ni, ma'nosiz yakka iddao. Kalom va usul ilmining dasturlarida, aytiladi:

لَا عِبْرَةَ لِلْاِحْتِمَالِ الْغَيْرِ النَّاش۪ى عَنْ دَل۪يلٍ ٭ وَ لَا يُنَافِى الْاِمْكَانُ الذَّاتِىُّ الْيَق۪ينَ الْعِلْمِىَّ

Ya'ni: "Bir dalildan, belgidan kelib chiqmagan ehtimolning ahamiyati yoʻq. Qat'iy ilmga shak qoʻshmaydi. Aniq xulosani oʻzgartirmaydi". Masalan, Barla dengizi (ya'ni Egʻirdir koʻli) shinni, yogʻ boʻlish imkoni va ehtimoli bor. Modomiki u imkon va ehtimol bir belgidan kelib chiqmas ekan, uning borligi va suv ekaniga, qat'iy ilmimizga ta'sir qilmaydi, shak va vasvasa bermaydi.

Shuning kabi mavjudotning hamma tomondan, koinotning xar burchagidan soʻradik: Birinchi boʻlimda koʻrsatilganidek, zarralardan yulduzlargacha va Ikkinchi boʻlimda koʻrilgani kabi, yer va osmonlar yaratilishidan siymolardagi alohidalikkacha qaysi narsadan soʻralgan boʻlsa, hol tili bilan vahdoniyatga guvohlik qildi va tavhi tamgʻasini koʻrsatdi. Buni koʻrding.

— 608 —

Shunday ekan, koinot mavjudotida shirk ehtimoli bino qilinadigan hech qanday belgi yoʻq. Demak, shirk iddaosi faqat dalilsiz iddao, ma'nosiz soʻz va yakka daʻvo boʻlgani uchun, shirkni da'vo qilish ayni jaholat, ablahlikning oʻzidir.

Zalolatdagilarning vakili bunga qarshi gapi qolmadi. Faqat: "Shirkka koinotdagi sabablarning tartibli harakati belgi boʻladi. Hamma narsa bir sababga bogʻliq. Demak sabablarning haqiqiy ta'siri bor. Ta'sirlari boʻlsa, sherik boʻla oladi?" dedi.

Javob: Allohning istak va hikmati, koʻp Asmoning koʻrinishni, natijalar sabablarga bogʻlanishini taqozo qiladi. Xar bir narsa bir sabab bilan bogʻlangan. Lekin aksar joylarda va koʻp Soʻzlarda qat'iy isbotlaganmizki: "Sabablarda haqiqiy yaratish qobiliyati yoʻq". Bu yerda faqat aytamizki:

Sabablar ichida, eng sharaflisi, keng ixtiyorli va boshqaruvi koʻpi inson ekani ochiq ravshan. Insonning esa eng koʻringan ixtiyoriy ishii ichida eng ochigʻi, yeyish, gapirish va fikrdir. Ya'ni: Yeyish, gapirish, oʻylash. Yeyish, gapirish, oʻylash oʻta intizomli, ajib, hikmatli silsiladir. Bu silsiladan insonning ixtiyoriga faqat uzdan bir qismi berilgan. Masalan:

Yeyishdan, badanning hujayralarinng oziqlanishidan samaralarning tashkil topishigacha ishlar silsilasi ichida insonning ixtiyoriga faqat ogʻizdagi tishlarning tegirmonini harakatlantirib uni chaynash berilgan.

Gapirish silsilasidan faqat harflarning chiqish joylaridan havoni qoliplariga solib chiqarish berilgan. Xolbuki ogʻizdagi soʻz urugʻ boʻlib, bir daraxt hisoblanadi. Havo ichida millionlab bir hil soʻz kabi mevalar beradi. Eshitgan millionlab kishilarning qulogʻiga kiradi. Bu misoliy koʻkarishga insondagi xayolning qoʻli zoʻrgʻa yetadi. Ixtiyorning qisqa qoʻli qanday qilib yetishsin?

Modomiki sabablar ichida eng shraflisi va eng katta ixtiyor sohibi boʻlgan inson haqiqiy ijoddan qoʻli bogʻlansa, boshqa jismlar, hayvonlar, unsurlar va tabiat qanday qilib haqiqiy boshqaruvchi boʻla oladi? Sabablar jild, Rabboniy sanʻat asarlariga gʻilof va Rahmoniy hadyalarga vositachidirlar. Albatta bir podshohning hadyasining idishi yoki hadyaga oʻralgan roʻmol va yoki hadyani olib kelgan kishi podshohning saltanatiga sherik boʻla olmaydi. Ularni sherik deb tasavvur qilgan kimsa bema'ni safsata sotgan boʻladi. Shunga oʻxshab, zohiriy sabablar va koʻringan vositalarning Allohning rububiyatidan hech bir jihatda hissasi boʻlmaydi. Qullik xizmatidan boshqa nasibi yoʻq.

— 609 —

IKKINCHI MAQSAD

Ahli shirkning vakili shirk yoʻlini hech bir jihatdan isbot qila olmagani uchun va uni isbotlashdan umidi qolmagach, tavhid ahlining yoʻlini shak-shubhalari bilan buzishga harakat qilish istagida, ikkinchi savolni beradi:

Ey ahli tavhid! Siz aytyapsizki:

﴿ قُلْ هُوَ اللهُ اَحَدٌ ٭ اَللهُ الصَّمَدُ ﴾

Xoliqi Olam birdir, Ahaddir, Samaddir. U hamma narsaning Xoliqidir. Oʻzi Ahad boʻlishi bilan birga hamma narsaning tizgini toʻgʻridan toʻgʻri uning qoʻlida, hamma narsaning kaliti huzurida, hamma narsaning yuzini qoplaydi, bir ish boshqa ishga mone' boʻlmaydi. Butun ashyolarda barcha holatlari bilan bir onda tasarruf qiladi". Bunday ajib haqiqatga qanday ishonilishi mumkin? Bir zot cheksiz yerlarda sanoqsiz ishlarni qiyinchiliksiz qila oladimi?

JAVOB: Bu savolga oʻta chuqur, nozik, oʻta yuksak va keng bir sirri ahadiyat va samadiyatni bayon qilish orqali javob beriladi. Inson fikri esa u sirga faqat bir misol durbini bilan, masal rasadi bilan qaray oladi. Janobi Haqning zot va sifatlarida oʻxshashi va tenggi yoʻq. Lekin namuna va misol bilan bir daraja ishlariga qarash mumkin. Biz moddiya misollar bilan oʻsha sirga ishorat qilamiz.

Birinchi misol: Oʻn Oltinchi Soʻzda isbotlangani kabi: Bitta zot turli oynalar vositasida umumiylashadi. Bir haqiqiy boʻlak ekan, koʻp ishlarga sohib bir butun hisobiga oʻtadi. Jismoniy narsalarga shisha va suv kabi moddalar oyna boʻlsa, ularda bir narsa butunlashgani kabi: Nuroniy narsalar va ruhoniy borliqlarga havo, efir va misol olamining ba'zi mavjudoti oynalar hisoblanadi, yashin va hayol tezligida sayru-sayohat vositaga aylanadi, nuroniy va ruhoniy borliqlar xayol tezligida pok oynalarda va nozik manzillarda sayr qiladi. Bir onda minglab joylarga kiradilar. Xar oynada, nuroniy boʻlgani, akslari ularning oʻzi va ularning xususiyatiga molik boʻlgani uchun, jismoniy narsalarning aksiga, hamma joyda oʻzi boʻlgandek hukm qiladilar. Qattiq jismoniy narsalarning aksi va misollari oʻzlaringn ayni boʻlmagani kabi, u xususiyatiga ham molik emas, oʻlik sanaladi.

— 610 —

Masalan: Quyosh jismoniy boʻlak boʻlib, porloq ashyo vositasida bir butun hisoblanadi. Zamin yuzidagi barcha porloq narsalarga, hatto xar bir tomchi suv va shisha zarrachalariga akslarini, ularning qobiliyatiga koʻra bir misoliy quyoshni koʻrsatadi. Quyoshning harorat va ziyosi, ziyosidagi yetti rangi, oʻzining bir navʻ misoli xar bir yaltiroq jismda boʻladi. Farazan quyoshning ilmi, shuuri boʻlganida, xar bir oyna uning bir navʻ manzili, taxti va oʻrindigʻi boʻlib, hamma narsa bilan shaxsan aloqasi boʻlar, xar bir shuur sohibiga oynalari vositasida, hatto koʻz qorachigʻi bilan telefonlar hisobida xabarlashar edi. Bir narsa bir narsaga mone' boʻlmas edi. Bir suhbat ikkichi suhbatga toʻsiq boʻlmasdi. Hamma joyda boʻlish bilan birga, hech qayerda boʻlmas edi.

Ajabo, bir zotning ming bir ismidan faqat Nur ismining moddiy, kichik va qattiq bir oynasi boʻlgan Quyosh mazkur xususiyatlari bilan birga, barcha yerlarda umumiy ishlarga sazovor boʻlsa, u Zoti Zuljalol ahadiyati zotiyasi bilan birga sanoqsiz ishlarni bir onda qila olmaydimi?!

Ikkinchi misol: Koinot bir shajara hisobllangani uchun, xar bir shajara koinotning haqiqatlariga misol boʻla oladi. Biz uyimizning oldidagi muhtasham, muazzam chinor daraxtini koinotga kichik namuna qilib, koinotdagi ahadiyat jilvasaini u orqali koʻrsatamiz:

Bu daraxtning hech boʻlmasa oʻn ming mevasi bor. Xar bir mevasining kamida yuzlab qanotli urugʻi bor. Oʻn ming meva va bir million urugʻning barchasi bir onda, birgalikda bir san'at va ijodga sazovordir. Xolbuki bu daraxtning asliy urugʻida, ildizida va tanasida juz'iy, jismlashgan va hayot tuguni deyilgan Allohning irodasining jilvasi va Rabboniy amrning urugʻi bilan daraxtning tashkil etilish qonunlarining markazligi xar shoxning boshida, xar bir mevaning ichida, xar bir urugʻning yonida boʻladi. Hech birining biror narsasini nuqsonli qoldirmasdan, bir-biriga mone' boʻlmasdan u orqali qilinadi. Bu birgina Alloh irodasining jilvasi va Alloh amridan toʻgʻridan toʻgʻri kelgan vositasiz ishlaydigan qonuni ziyo, harorat, havo kabi tarqalib hamma joyga bormaydi. Chunki borgan joylarning oʻrtalaridagi uzun masofalarda va turli sanʻat asarlarida hech qanday iz qoldirmaydi, hech bellgisi koʻrinmaydi. Agar tarqalganida, izi va belgisi koʻrinar edi. Balki shaxsan, boʻlinmasdan va yoyilmasdan xar birining yonida boʻladi. Ahadiyatiga va shaxsiyatiga kulliy ishlar zid boʻlmaydi.

Hatto shunday deyish mumkin: Iroda jilvasi, toʻgʻridan toʻgʻri qonun, hayot tuguni xar birining yonida boʻladi, hech bir yerda ham boʻlmaydi. Goʻyo bu muhtasham daraxtda mevalar, urugʻlar sanoogʻicha toʻgʻridan toʻgʻri qonunning koʻzlari, quloqlari bor. Balki daraxtning xar boʻlagi toʻgʻridan toʻgʻri qonun tuygʻularining alohida markazi boʻlib, uzun vositalari parda boʻlib mone' boʻlish emas, balki telefon simlari kabi yaqinlashtirish va osonlashtirish vositasi boʻladi. Eng uzoq, eng yaqin kabidir.

— 611 —

Modomiki Zoti Ahadi Samadning iroda kabi bir sifatining birgina koʻzga koʻrinadigan kichik jilvasi, million yerda kuzatilayotgan, millionlab ishga vositasiz asos boʻlar ekan, albatta Zoti Zuljalolning qudrat va iroda tajalliysi bilan yaratilish daraxtini butun boʻlak va zarralari bilan birga tasarruf qilib bilishiga koʻz bilan koʻrish darajasida bilish lozim boʻladi.

Oʻn Oltinchi Soʻzda isbot va izoh qilingani kabi aytamiz:

Modomiki, Quyosh kabi ojiz va boʻsundirilgan maxluqlar va ruhoniy borliqlar kabi modda chegarasi bilan cheklanmagan yarim nuroniy sanʻat asarlari va bu chinor daraxtining ma'naviy nuri, ruhi hisoblangan hayot tuguni va boshqaruv markazi boʻlgan Alloh amridan toʻgʻridan toʻgʻri kelgan vositasiz ishlaydigan qonunlar va Allohnig irodasining jilvalari nuroniylik sirri bilan bir yerda boʻlsa va birgina moddiy boʻlak boʻlsa ham, juda koʻp yerlarda va juda koʻp ishlarda boʻla oladi. Modda bilan chelangan boʻlak boʻlsada, mutlaq umumiy hisobiga oʻtadi. Bir onda juzʻiy ixtiyor bilan juda koʻp turdagi ishlarni qila oladi. Buni koʻryapsan va inkor qila olmaysan.

Ajabo, moddadan pok va ulugʻ, cheklov chegarasidan va jism zulmatidan munazzah-pok va mubarro-ulugʻ, butun nurlar va nurli borliqlar Uning Asmosining muqaddas nurlarining qattiq soyasi va ziloli, barcha vujud va hayot, rruhlar olami, qabr olami, misol olami yarim shaffof goʻzzallikning oynasi, qamrovli sifatlari, faoliyati umumiy boʻlgan bitta Zoti Aqdasning kulliy irodasi, mutlaq qudrati, keng ilmi bilan koʻringan sifatlarinig tajalliyi va ishlarinign jilvasi ichidagi Ahadiyat tavajjuhi-yuzlanishidan qaysi narsa yashirina oladi?! Qaysi ish unga ogʻir kela oladi?! Qaysi joy undan yashirina oladi?! Kim undan uzoq qola oladi?! Qaysi shaxs kulliyat kasb etmasdan unga yaqinlasha oladi? Hech bir ashyo undan yashirina oladimi? Biror ish ikkinchi ishga mone' boʻladimi?! Hech bir yer uning huzuridan xoli qoladimi?! Ibn Abbos Roziyallohu Anh aytganidek: "Xar bir maxluqqa qaraydigan ma'naviy koʻzlari va eshitadigan ma'naviy qulogʻi" boʻlmaydimi?! Asholar silsilasi Uning amrlari va qonunlarining tez ishlashiga sim, tomirlar hisoblanmaydimi?! Mone' va toʻsiqlar Uning tasarrufiga vosita va sabab boʻlmaydimi?! Sabablar va vositalar faqat zohiriy parda boʻla olmaydimi?! Hech bir yerda boʻlmagani holda, hamma joyda boʻlmaydimi?! Joy olish va makon tutishga muhtoj boʻladimi?! Uzoqlik, kichiklik va vujud tabaqalarining pardalari Uning yaqinligiga, tasarrufiga va faoliyatiga mone' boʻla oladimi?! Biror moddiy borliqning, mumkinlarning, qattiq narsalarning, koʻplarning, chegaralanganlarning, cheklanganlarning xossalari, moddaning, imkonning, qattiqlikning, koʻplikning, chegaralash va cheklovga maxsus va xos narsalari boʻlgan oʻzgarish, almashish, joylashish va boʻlinish kabi ishlar, moddadan pok, Vojibul Vujud, Nurul Anvor, Vohidi Ahad, chegaralashdan pok, cheklovdan uzoq, kamchilikdan muqaddas, nuqsondan oliy bir Zoti Aqdasga qoʻshilishi mumkinmi?! Unga ojizlik hech yarashadimi?! Uning sharaf va ulugʻlik doirasiga kamchilik yaqinlashadimi hech?!

— 612 —
IKKINCHI MAQSADNING XOTIMASI

Bir kuni ahadiyatga doir tafakkurda boʻlgan vaqtim uyimning yonidagi chinor daraxtining mevalariga qaradim. Qalbga Arabiy iborada tafakkur silsilasi keldi. Qanday kelgan boʻlsa, shunday yozib, soʻngra qisqa bir ma'nosini aytaman:

نَعَمْ فَالْاَثْمَارُ وَالْبُذُورُ مُعْجِزَاتُ الْحِكْمَةِ خَوَارِقُ الصَّنْعَةِ هَدَايَاءُ الرَّحْمَةِ بَرَاه۪ينُ الْوَحْدَةِ بَشَائِرُ لُطْفِه۪ ف۪ى دَارِ الْاٰخِرَةِ شَوَاهِدُ صَادِقَةٌ بِاَنَّ خَلَّاقَهَا لِكُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ بِكُلِّ شَىْءٍ عَل۪يمٌ كُلُّ الْاَثْمَارِ وَالْبُذُورِ مَرَايَاءُ الْوَحْدَةِ ف۪ى اَطْرَافِ الْكَثْرَةِ اِشَارَاتُ الْقَدَرِ رُمُوزَاتُ الْقُدْرَةِ بِاَنَّ تَاكَ الْكَثْرَةَ مِنْ مَنْبَعِ الْوَحْدَةِ تَصْدُرُ شَاهِدَةً لِوَحْدَةِ الْفَاطِرِ فِى الصُّنْعِ وَالتَّصْو۪يرِ ثُمَّ اِلَى الْوَحْدَةِ تَنْتَه۪ى ذَاكِرَةً لِحِكْمَةِ الْقَادِرِ فِى الْخَلْقِ وَالتَّدْب۪يرِ وَكَذَاهُنَّ تَلْو۪يحَاتُ الْحِكْمَةِ بِاَنَّ صَانِعَ الْكُلِّ بِكُلِّيَّةِ النَّظَرِ اِلَى الْجُزْئِىِّ يَنْظُرُ ثُمَّ اِلٰى جُزْئِه۪ اِذْ اِنْ كَانَ ثَمَرًا فَهُوَ الْمَقْصُودُ الْاَظْهَرُ مِنْ خَلْقِ هٰذَا الشَّجَرِ فَالْبَشَرُ ثَمَرٌ لِهٰذِهِ الْكَائِنَاتِ فَهُوَ الْمَطْلُوبُ الْاَظْهَرُ لِخَالِقِ الْمَوْجُودَاتِ وَالْقَلْبُ كَالنَّوَاةِ فَهُوَ الْمِرْاٰةُ الْاَنْوَرُ لِصَانِعِ الْكَائِنَاتِ مِنْ هٰذِهِ الْحِكْمَةِ صَارَ الْاِنْسَانُ الْاَصْغَرُ ف۪ى هٰذِهِ الْمَخْلُوقَاتِ هُوَ الْمَدَارُ الْاَظْهَرُ لِلنَّشْرِ وَالْمَحْشَرِ ف۪ى هٰذِهِ الْمَوْجُودَاتِ وَالتَّخْر۪يبِ وَالتَّبْد۪يلِ لِهٰذِهِ الْكَائِنَاتِ
— 613 —
Bu arabcha fikraning mabdai quyida:
فَسُبْحَانَ مَنْ جَعَلَ حَد۪يقَةَ اَرْضِه۪ مَشْهَرَ صَنْعَتِه۪ مَحْشَرَ حِكْمَتِه۪ مَظْهَرَ قُدْرَتِه۪ مَزْهَرَ رَحْمَتِه۪ مَزْرَعَ جَنَّتِه۪ مَمَرَّ الْمَخْلُوقَاتِ مَس۪يلَ الْمَوْجُودَاتِ مَك۪يلَ الْمَصْنُوعَاتِ فَمُزَيَّنُ الْحَيْوَانَاتِ مُنَقَّشُ الطُّيُورَاتِ مُثَمَّرُ الشَّجَرَاتِ مُزَهَّرُ النَّبَاتَاتِ مُعْجِزَاتُ عِلْمِه۪ خَوَارِقُ صُنْعِه۪ هَدَايَاءُ جُودِه۪ بَشَائِرُ لُطْفِه۪ تَبَسُّمُ الْاَزْهَارِ مِنْ ز۪ينَةِ الْاَثْمَارِ تَسَجُّعُ الْاَطْيَارِ ف۪ى نَسْمَةِ الْاَسْحَارِ تَهَزُّجُ الْاَمْطَارِ عَلٰى خُدُودِ الْاَزْهَارِ تَرَحُّمُ الْوَالِدَاتِ عَلَى الْاَطْفَالِ الصِّغَارِ تَعَرُّفُ وَدُودٍ تَوَدُّدُ رَحْمٰنٍ تَرَحُّمُ حَنَّانٍ تَحَنُّنُ مَنَّانٍ لِلْجِنِّ وَ الْاِنْسَانِ وَ الرُّوحِ وَ الْحَيْوَانِ وَ الْمَلَكِ وَ الْجَانِّ
Bu arabcha tafakkurning qisqa ma'nosi quyidagicha:

Butun mevalar va ularning ichidagi danakchalar Rabboniy hikmatning moʻ'jizalari, Ilohiy san'atning gʻaroyiboti, Ilohiy rahmatning hadyalari, Alloh vahdatining moddiy burhonlari oxiratda Allohning lutflarining xushxabarchilari, qudratining qamroviga va ilmining kengligiga ichonchli guvoh boʻlgani kabi, koʻplik olamining aqtorida va bu daraxt kabi koʻpaygan bir navʻ olamning atrofida vahdat oynalaridir.

Nazarni koʻplikdan vahdatga qaratadi. Holat tili bilan xar biri: "Shox-shoda solgan bu ulkan daraxtning ichida tarqalma, boʻgʻilma, butun daraxt bizdadir. Uning koʻpligi vahdatimizga doxil", deydi. Hatto xar bir mevaning qalbi hisoblangan xar bir urugʻ ham vahdatning moddiy oynalari boʻlgani kabi, qalbiy zikri xofiy bilan ulkan daraxtning zikri jahriy suratida aytgan va oʻqigan butun Asmolarni zikr qiladi, oʻqiydi.

Mevalar, danaklar vahdatning oynalari boʻlgani kabi, qadarning koʻringan ishoratlari va qudratning mujassam ramzlari boʻlib, qadar ular bilan ishorat qiladi, qudrat u soʻzlar bilan ramzan: "Daraxtning koʻp shox-shodalari bitta urugʻdan kelgan va daraxt san'atkorining ijod va tasvirda vahdatini koʻrsatadi. Soʻngra shu daraxt shox va shoda solib takassur va intishor etgandan soʻngra butun haqiqatini bir mevada toʻplaydi. Butun ma'nosini bir urugʻda joylashtiradi. U bilan Xoliqi Zuljalolining yaratish va tadbiridagi hikmatini koʻrsatadi", deydi.

— 614 —

Shunga oʻxshab: Shu koinot daraxti yakka manbadan vujud oladi, tarbiya koʻradi. Koinotning mevasi boʻlgan inson ushbu koʻp sonli mavjudot ichida vahdat-yagonalikni koʻrsatgani kabi, qalbi ham iymon koʻzi bilan koʻplik ichida vahdat sirrini koʻradi.

Mevalar va danaklar Rabboniy hikmatning nozik ishoratlardir. Allohning hikmati ular orqali shuur ahliga quyidagicha ifoda qiladi va aytadiki: "Bu daraxtga qaragan umumiy e'tibor, kulliy tadbir butunligi va umumiyligi bilan bitta mevaga qaraydi. Chunki meva u daraxtga kichik namunadir. Daraxtdan maqsad u. Umumiy nazar va tadbir mevaning ichidagi xar bir urugʻga ham nazar soladi. Chunki urugʻda butun daraxtning ma'nosini, mundarijasi mujassam. Demak, daraxtni boshqargan Zot u boshqaruvga aloqali butun Asmosi bilan daraxtning vujudidan maqsad va ijodining gʻoyasi boʻlgan xar bir samaraga yuzlangan. Bu ulkan daraxt kichik mevalar uchun ba'zan butalanadi, kesiladi, yangilash uchun ba'zi jihatlari buziladi. Yanada goʻzal, boqiy mevalar berish uchun payvandlanadi.

Shunga oʻxshab, koinotning vujudi va ijodidan maqsad va mavjudotni yaratishning gʻoyasi koinot daraxtining samarasi boʻlgan insondir. Bu mevaning urugʻi boʻlgan insonning qalbi esa Koinot Sone'ining eng nurli va eng jamlovchi oynasidir. Bu hikmatga binoan: Shu kichkina inson yoyilish va toʻplanish kabi katta oʻzgarishlarga asos boʻlgan. Koinotning buzilish va oʻzgarishiga sabab boʻladi. U buyuk mahkamaga chiqishi uchun dunyo eshigi yopilib, oxirat eshigi ochiladi.

Modomiki hashr mavzui kelgan ekan, Qur'oni Moʻ'jizul Bayonning hashrning isbotiga doir kuchli tushuntirishi, goʻzal bayonini va quvvatli ifodasini koʻrsatgan haqiqatni ifodalagan nozik va chuqur maʻnoni bayon qilishga munosabat keldi:

Tafakkur natijasi koʻrsatadiki: Insonning ishi sudda koʻrilishi va abadiy saodatni qozonishi uchun kerak boʻlsa butun koinot buziladi. Buzilgan va almashtirilgandan soʻng qudrat koʻrinyapti va bordir. Faqat hashrning martabalari bor. Bir qismiga iymon farzdir, bilishi, tanishi lozim. Boshqa qismi ruhiy va fikriy taraqqiyotning darajalariga koʻra koʻrinadi. Ilm va ma'rifat kerak boʻladi. Qur'oni Hakim eng oddiy va oson martabani qat'iy va kuchli isbotlash uchun eng keng va eng katta hashr doirasini ochadigan qudratni koʻrsatadi.

— 615 —

Barchaga iymon kerak boʻlgan hashrning martabasi shuki: Insonlar oʻlgandan keyin ruhlari boshqa maqomlarga ketadi. Jasadlari chiriydi. Lekin insonning jasadidan bir urugʻ, danak hukmidagi "ajbuz zanab" deb nomlangan kichik boʻlagi boqiy qoladi. Janobi Haq hashrda uning ustida insoniy jasadni yaratadi, uning ruhini unga yuboradi. Bu martaba shu qadar osonki, xar bahorda millionlab misoli koʻriladi. Demak, ba'zan bu martabani isbotlash uchun Qur'oniy oyatlar shunday bir doirani koʻrsatadiki: Butun zarralarni hashr va nashr etadigan qudratning boshqaruvini koʻrsatadi. Ba'zan butun maxluqotni yoʻqlikka joʻnatib, yangidan keltiradigan qudrat va hikmatning belgilarini koʻrsatadi. Ba'zan yulduzlarni tarqatib, osmonlarni parchalay oladigan qudrat va hikmatning tasarruflarini va asarlarini koʻrsatadi. Ba'zan butun hayot egalarini oʻldiradigan, yangidan daf'atan hayqiriq bilan tiriltiradigan qudrat va hikmatning faoliyatini va tajalliylarini koʻrsatadi. Ba'zan butun roʻyi zamindagi jonzotlarni turlicha hashr va nashr qiladigan qudrat va hikmatning tajalliylarini koʻrsatadi. Ba'zan yer kurrasini batamom tarqatadigan, togʻlarni uchiradigan, toʻgʻrilab yanada goʻzal suratga keltiradigan qudrat va hikmatning ishlarini koʻrsatadi.

Demak, xar kimga iymoni va ma'rifati farz boʻlgan hashrdan boshqa koʻp hashr martabalarini ham oʻsha qudrat va hikmat bilan qila oladi. Rabboniy hikmat iqtizo qilgan boʻlsa, albatta insonning hashr va nashri bilan birga barchasini ham qiladi yoki ba'zi muhimlarini qiladi.

BIR SAVOL: "Siz Soʻzlarda misoliy qiyosni koʻp ishlatasiz. Xolbuki mantiq faniga koʻra misoliy qiyos aniq bilishni ifodalamaydi. Bilish masalalarida mantiqiy burhoni lozim. Misoliy qiyos usuli fiqh ulamosi fikricha ustun kelgan xulosa yetarli boʻlgan qoidalarda iste'mol qilinadi. Hamda misollarni ba'zi hikoyalar suratida zikr qilasiz. Hikoya hayoliy boʻladi, haqiqiy emas, haqiqatga muxolif boʻladi?"

JAVOB: Mantiq ilmiga koʻra garchi "qiyoslash tarzidagi oʻxshatish qat'iy xulosani ifodalamaydi" deyilgan. Faqat qiyoslash tarzidagi oʻxshatishning bir turi borki, mantiqning aniq burhonidan ancha kuchli va mantiqning birinchi shaklining birinchi jinsidan ham aniq. U qism shuki:

Bir kichik misol vositasida umumiy haqiqatnng uchini koʻrsatib, xulosani oʻsha haqiqatga bino qiladi. Katta haqiqat bilinishi va kichik moddalar unga qaytarilishi uchun haqiqatning qonunini xususiy moddada koʻrsatadi. Masalan: "Quyosh nuroniyligi vositasida bitta boʻlsada, xar bir yaltiroq narsaning yonida mavjud" misoli bilan bir haqiqat qonuni koʻrsatiladi. Nur va nuroniy narsalar uchun chegara yoʻq. Uzoq va yaqin bir. Oz va koʻp teng. Makon uni zabt qila olmaydi.

Masalan: "Daraxtning mevalari, yaproqlari bir onda, bir tarzda bir markazda oson va mukammal Allohdan toʻgʻridan toʻgʻri kelgan qonun bilan tashkil boʻladi va tasvirlanadi" degan misol, muazzam bir haqiqatning va umumiy qonunning uchini koʻrsatadi. Oʻsha haqiqat va uning qonunini oʻta qat'iy suratda isbotlaydi. Ulkan koinot ham daraxt kabi oʻsha haqiqat qonuni va ahadiyat sirriga sazovor, harakat hududidir.

— 616 —

Butun Soʻzlardagi qiyoslash asosidagi oʻxshatishlar bu turdan boʻlib, qat'iy mantiqiy burhondan ham quvvatliroq, aniqroqdir.

IKKINCHI SAVOLGA JAVOB: Ma'lumki, Balogʻat fanida lafzning, kalomning haqiqiy maʻnosi boshqa koʻzlangan ma'noni fikrlashga turtki boʻlsa, unga " kinoiy lafz" deyiladi. "Kinoyali" deb ta'bir qilingan kalomning asl ma'nosi toʻgʻrilik va yolgʻonga zamin tayorlaydigan narsa emas. Balki kinoyali ma'nosi toʻgʻrilik va yolgʻonga zamin tayorlaydigan narsa boʻladi. Agar kinoyali ma'no toʻgʻri boʻlsa, u kalom toʻgʻri. Asl maʻnosi yolgʻon boʻlsa ham, toʻgʻrilikni buzmaydi. Agar kinoiy maʻno toʻgʻri boʻlmasa, lekin asl ma'nosi toʻgʻri boʻlsa, u kalom yolgʻon. Masalan: Kinoyali misollaridan: فِلَانٌ طَو۪يلُ النَّجَادْ deyiladi. Ya'ni: "Falonchining qilichining bogʻi, bandi uzun". Bu kalom oʻsha odamning boʻyining uzunligiga kinoya. Agar odam uzun boʻlsa, qilichi, bogʻi va bandi boʻlmasa ham, bu kalom sodiq, toʻgʻridir. Agar boʻyi uzun boʻlmasa, qilichi, bogʻi va bandi uzun boʻlsa ham, bu kalom yolgʻon. Chunki asl maʻnosi koʻzlanmaydi.

Oʻninchi Soʻz va Yigirma Ikkinchi Soʻzning hikoyalari kabi, boshqa Soʻzlarning hikoyalari kinoya turiga kirib, bagʻoyat toʻgʻri, juda sodiq va haqiqatga mos. Hikoyalarning kinoiy manolari hikoyalarning oxirlaridagi haqiqatlar hisoblanadi. Asl maʻnosi bir misoliy durbindir. Qanday boʻlsa boʻlsin, toʻgʻrilik va haqqoniyatiga zarar qilmaydi. Hikoyalar misollar boʻlib, hammaning tushunishi uchun holat tili, gapirish tili suratida, ma'naviy shaxsi esa moddiy shaxs shaklida koʻrsatilgan.

UCHINCHI MAQSAD

Barcha zalolatning vakili Ikkinchi Savoliga {(Hoshiya) Ikkinchi maqsadning boshidagi savol deganidir. Boʻlmasa, xotimaning oxiridagi bu kichkina savol emas.} qarshi qat'iy, ishontiradigan va mot qiluvchi javobni olgandan keyin uchinchi savolga oʻtdi:

Qur'onda: اَحْسَنُ الْخَالِق۪ينَ، اَرْحَمُ الرَّاحِم۪ينَ kabi soʻzlar boshqa xoliqlar, rahimlar borligiga ishorat qiladi. "Olam xoliqining cheksiz kamoloti bor. Butun kamolot turlarining eng yuqori martabalarini jamlagan". Holbuki ashyolarning mukammaligi ularning ziddi bilan bilinadi. Azob boʻlmasa, lazzat toʻliq boʻlmaydi. Zulmat boʻlmasa, ziyo yuzaga chiqmaydi. Firoq boʻlmasa, visol lazzat bermaydi va hokazo?

— 617 —

Javob: Birinchi qismga "besh ishorat" bilan javob beramiz:

BIRINCHI ISHORAT: Qur'on boshdan oxirigacha tavhidni isbotlashi va koʻrsatishi qat'iy dalilidir. Qur'oni Hakimning u turdagi kalimalari siz oʻylaganingizdek emas. Balki اَحْسَنُ الْخَالِق۪ينَ deyishi "Xoliqiyat martabalarining eng ahsan-goʻzalida" boʻlib, boshqa Xoliqning borligiga hech qanday dalolati yoʻq. Balki Xoliqiyatning boshqa sifatlar kabi koʻp martabalari bor. اَحْسَنُ الْخَالِق۪ينَ deyish "Yaratish-xoliqiyatning eng goʻzal, eng soʻnggi martabasidagi Xoliqi Zuljaloldir" deganidir.

IKKINCHI ISHORAT: اَحْسَنُ الْخَالِق۪ينَ kabi ta'birlar, yaratuvchilarning koʻpligiga emas, balki maxluqlarning turlariga qaraydi. Ya'ni "hamma narsani hamma narsaga loyiq tarzda, eng goʻzal martabada yaratadigan bir Xoliqdir". Bu ma'noni اَحْسَنَ كُلَّ شَىْءٍ خَلَقَهُ kabi oyatlar ifoda etadi.

UCHINCHI ISHORAT:
اَحْسَنُ الْخَالِق۪ينَ، اَللّٰهُ اَكْبَرُ، خَيْرُ الْفَاصِل۪ينَ، خَيْرُ الْمُحْسِن۪ينَ

kabi soʻzlardagi taqqoslash Janobi Haqning haqiqatdagi sifat va ishlari, boshqa u sifat va ishlarining namunalariga sohib boʻlganlar bilan solishtirish va ustun qoʻyish emas. Chunki butun koinotda jin, inson va farishtalardagi kamolot uning kamoliga nisbatan zaif bir soyadir, qanday taqqoslashga kela oladi? Balki solishtirish insonlarning va ayniqsa gʻaflatdagilarning nazariga koʻra oʻlchanadi.

Masalan, askar serjantiga toʻliq itoat q iladi, hurmat qiladi, butun yaxshiliklarni undan koʻradi, podshohni esa oz oʻylaydi. Uni oʻylasa ham yana tashakkurlarini serjantiga aytadi. Bunday askarga: "Podshoh sening serjantingdan buyukroq. Faqat unga tashakkur qil", deyiladi. Bu soʻz haqiqatdagi podshohning muhtasham haqiqiy qoʻmondonligi bilan serjantning kichik, koʻrinishdagi qoʻmondonligini taqqoslash maqsadida aytilmaydi. Chunki taqqoslash va ustunlik ma'nosiz. Balki askarning nazari ahamiyat va boʻglanishiga asoslanib, serjantini tanlaydi, tashakkurlarini unga aytadi, faqat uni sevadi.

— 618 —

Shuning kabi, Xoliq va Mun'im deb tasavvur qilingan zohiriy sabablar gʻaflatdagilar nazarida Mun'imi Haqiqiyga parda boʻladi. Gʻaflatdagilar ularni tutadi, ne'mat va ehsonni ulardan biladi. Madh va sanolarini ularga aytadi. Qur'on, "Janobi Haq buyukroqdir, goʻzalroq Xoliqdir, yaxshiroq Muhsindir. Unga qaranglar, unga tashakkur qilinglar", deydi.

TOʻRTINCHI ISHORAT: Taqqoslash va ustun qoiyish maxluqlar ichida boʻlgani kabi, imkoniy, hatto faraziy ashyolar ichida ham boʻladi. Aksariyat mohiyatlarda koʻp martabalar boʻladi. Shuning kabi: Allohning Asmosi va muqaddas sifatlarining mohiyatida ham aql bilan cheksiz martabalar boʻlishi mumkin. Xolbuki, Janobi Haq Sifatlar va Asmoning mumkin va tasavvur qilingan butun martabalarning eng mukammali, eng goʻzalidadir. Butun koinot mukammalligi bilan bu haqiqatga shohiddir. لَهُ الْاَسْمَٓاءُ الْحُسْنٰى‌ butun Asmosini goʻzallik bilan vasf qiladi, bu ma'noni ifodalaydi.

BESHINCHI ISHORAT: Bu taqqoslash va ustun qoʻyish Janobi Haqning boshqa narsalarga teng emas, balki ikki hil tajalliy va sifatlari bor.

Biri: Vohidiyat sirri bilan, vositalar va sabablar pardasi ostida, umumiy qonuni suratidagi boshqaruvi.

Ikkinchisi: Ahadiyat sirri bilan, pardasiz, toʻgʻridan-toʻgʻri, xususiy tavajjuh bilan tasarrufdir. Ahadiyat sirri bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ehsoni, ijodi va kibriyosi esa, vositalar va sabablarning ta'siri bilan koʻringan ehsonining begilaridan, ijod va kibriyosidan ham buyukroq, yanada goʻzalroq, yuksakroq, demakdir. Masalan, podshohning (valiy bir podshohning) barcha xodimlari va qoʻmondonlari faqat parda boʻlib, butun hukm va ijroot uning qoʻlida deb faraz qilamiz. Podshohning boshqaruv va ijrooti ikki hildir.

Birinchisi: Umumiy qonun bilan, zohiriy xodimlar va qoʻmondonlar suratida, maqomlarning qobiliyatiga koʻra bergan amrlari va qilgan ijrootlari.

Ikkinchisi: Umumiy qonun bilan emas va zohiriy ma'murlarni parda qilmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri shohona ehsonlari va ijrootini undan ham goʻzalroq, yuksakroq deyish mumkin.

Shuning kabi: Azal va Abad Sultoni boʻlgan Koinot Yaratuvchisi vositalar va sabablarni ijrootiga parda qilgan, rububiyatining hashamatini koʻrsatgan boʻlsada, qullarining qalbida xususiy telefon qoldirgan. U orqali sabablarni orqada qoldirib, toʻgʻridan-toʻgʻri Unga yuzlanish uchun xususiy qullik bilan mukallaf qilib اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَاِيَّاكَ نَسْتَع۪ينُ denglar deb, yuzlarini koinotdan Oʻziga qaratadi.

— 619 —

Demak

﴿ اَحْسَنُ الْخَالِق۪ينَ، اَرْحَمُ الرَّاحِم۪ينَ، اَللّٰهُ اَكْبَرُ ﴾

ma'onisi bu ma'noga ham tegishli.

Vakilning ikkinchi qism savoliga "Besh Ramz" bilan javob beriladi:

BIRINCHI RAMZ: Savolda: "Bir narsaning ziddi boʻlmasa, u qanday qilib kamoli topishi mumkin?

JAVOB: Bu savol egasi haqiqiy kamolni bilmaydi. Faqat nisbiy kamol bor deb oʻylaydi. Xolbuki boshqaga qaragan va unga nisbatan hosil boʻlgan yuksak xususiyatlar, fazilatlar, ustun tomonlar haqiqiy emas, nisbiy, zaifdir. Agar narigi narsa nazardan tushsa, ular ham yiqiladi. Masalan: Issiqlikning nisbiy lazzati va fazilati sovuqning ta'siri bilan mavjud. Ovqatning nisbiy lazzati ochlik azobining ta'siri bilan boʻladi. Ular ketsa, bular ham kamayadi. Xolbuki haqiqiy lazzat, muhabbat, kamol va fazilat shuki, bohqaning tasavvuriga bino qilinmasin, oʻzida boʻlsin va shaxsan sobit haqiqat boʻlsin.

"Borliqdagi lazzat, hayotdagi lazzati, muhabbatdagi lazzat, ilm-ma'rifatdagi lazzat, iymondagi lazzat, bardavomlikdagi lazzat, marhamatdagi lazzat, shafqatdagi lazzat, nurdagi goʻzallik, koʻrishdagi goʻzallik, soʻzdagi goʻzallik, ikrom qilishdagi goʻzallik, axloqdagi goʻzallik, suratdagi goʻzallik, Zotidagi mukammallik, sifatlaridagi mukammallik, ishlaridagi mukammallik" kabi shaxsiy ustun xususiyatlar, boshqasi boʻlsin-boʻlmasin, oʻzgarmaydi.

Sone'i Zuljalol, Fotiri Zuljamol va Xoliqi Zulkamolning butun kamoloti haqiqiydir, zotiydir, boshqalar va maxluqlar unga ta'sir qilmaydi. Faqat oyna boʻla oladilar.

IKKINCHI RAMZ: Sayyid Sharif Jurjoniy "Sharhul Mavoqif"da: "Muhabbatga sabab yo lazzat yoki manfaat, yo mushokalat (ya'ni jinsiy mayl), yoki kamoldir. Chunki kamolning oʻzi seviladi", degan. Ya'ni, nimani sevsang yo lazzat uchun sevasan, yo manfaat uchun, yo avlodga mayl kabi bir jinsiy mayl uchun, yo mukammalligi uchun sevasan. Agar mukammal boʻlsa, boshqa sabab, maqsad kerak emas. U shaxsan seviladi. Masalan, eski paytlarda kamolot sohibi bolʻgan insonlarni barcha sevgan, ularga hech qanday aloqa boʻlmasa ham, goʻzal bilib muhabbat etilgan.

Janobi Haqning butun kamoloti va Asmoi Husnasining butun martabalari va fazilatlari haqiqiy mukammal boʻlganu uchun, shaxsan seviladi. "Mahbubatun lizotihi"dirlar. Mahbubi Bilhaq va Habibi Haqiqiy boʻlgan Zoti Zuljalol haqiqiy kamolotini, Sifatlari va Asmosining goʻzalliklarini oʻziga loyiq tarzda sevadi, muhabbat etadi. Kamolotiga sazovor boʻlgan, oynalari boʻlgan san'atini, borliqlarini va maxluqotining goʻzalliklarini sevadi, muhabbat etadi.

— 620 —

Anbiyosini va avliyosini, xususan Sayyidul Mursaliyn va Sultonul Avliyo boʻlgan Habibi Akramini sevadi. Ya'ni, oʻz Jamolini sevishi orqali jamolning oynasi boʻlgan Habibini sevadi. Oʻz Asmosini sevishi orqali Asmosi qamrovli koʻringan va shuur sohibi boʻlgan Habibini va ixvonini sevadi.

San'atini sevishi orqali san'atning dallol va yoyuvchisi boʻlgan Habibini va unga oʻxshaganlarni amsolini sevadi. Sanʻat asarlarini sevishi orqali sanʻatini "Mashaalloh, Barakalloh, naqadar goʻzal yaratilgan" degan, maqtagan va goʻzal koʻrgan Habibini va u zotning orqasidan yurganlarni sevadi. Maxluqotining goʻzalliklarini sevishi orqali goʻzal axloqning barchasini jamlagan Habibi Akramini va u kishiga tobe' boʻlganlar va qardoshlarini sevadi, muhabbat etadi.

UCHINCHI RAMZ: Butun koinotdagi barcha kamolot bir Zoti Zuljalolning kamolining dalillaridir va jamolining ishoratlaridir. Balki haqiqiy kamoliga nisbatan butun koinotdagi husn, kamol va jamol zaif soya hisoblanadi. Bu haqiqatning besh hujjatiga qisqacha ishorat qilamiz.

Birinchi Hujjat: Mukammal, muhtasham, naqshinkor, bezalgan saroy ochiq oydin mukammal mahorat, duradgorlikka dalolat qiladi. Mukammal duradgorlik, naqqoshchilik, mukammal bir qiluvchi, usta, muhandisga va "naqqosh va musavvir" kabi unvon va ismlari bilan barobar dalolat qilishi zaruriy. Va mukammal u Ismlar ham, shubhasiz ustaning mukammal, san'atkorlik sifatiga dalolat qiladi. Mukammal san'at va sifat, ochiq oydin ustaning mukammal iste'dodiga va qobiliyatiga dalolat qiladi. Mukammal iste'dod va qobiliyat, ustaning mukammal shaxsiga va ulugʻ mohiyatiga dalolat qilishi zaruriy boʻladi.

Aynan shuning kabi, ushbu olam saroyi, shu mukammal, ziynatli asar, ochiq oydin oʻta mukammal ishga dalolat qiladi. Chunki asardagi mukammallik ishning kamolotidan kelib chiqadi va uni koʻrsatadi. Mukammal ish esa, mukammalga qiluvchiga va uning Asmosining mukammalligiga, ya'ni asarlarga nisbatan mudabbir, musavvir, hakim, rahim, ziynatlovchi kabi ismlarning mukammalligiga zarurat darajasida dalolat qiladi. Ismlarning va unvonlarning mukammalligi esa, shak-shubhasiz u foil-qilganning mukammal vasflariga dalolat qiladi. Chunki sifat mukammal boʻlmasa, sifatdan kelib chiqqan ismlar, unvonlar ham mukammal boʻlmaydi. Vasflarning kamoli, ochiq oydin zotiy xususiyatlarining mukammalligiga dalolat qiladi. Chunki sifatlarning chiqqan joyi Allohning zotiy xususiyatdir. Allohning zotiy xususiyatining mukammaligi esa, ilmiy aniqlikda Zoti Zishuunning mukammalligiga va loyiq kamoliga dalolat qiladiki, u kamolning ziyosi Allohning ulugʻ sifatlaridagi muqaddas xususiyatlar, sifatlar, Asmo, ishlar va asarlar pardalaridan oʻtib, koinotda yana bu qadar husnni, jamolni va kamolni koʻrsatgan.

— 621 —

Bu daraja haqiqiy zotiy mukammallik qat'iy burhon bilan borligi aniqlangandan soʻng, boshqaga qaragan, oʻxshashi va zidlardan ustunlik jihatidan nisbiy mukammalligining nima ahamiyati boʻlishi, qay daraja soʻniq qolishini tushunasan.

Ikkinchi Hujjat: Koinotga ibrat nazari bilan qaralgan vaqt, vijdon va qalb bir toʻgʻri sezgi orqali his qiladiki: Koinotni bu daraja goʻzallashtirgan, bezagan va gozallik turlari bilan ziynatlagan kishining uksak darajada jamol va kamoloti borki, bu tarzda yaratgan.

Uchinchi Hujjat: Ma'lumki, oʻlchovli, intizomli, mukammal va goʻzal san'atlar oʻta goʻzal dasturga asoslangan boʻladi. Mukammal va goʻzal dastur esa, mukammal va goʻzal ilmga, goʻzal zehnga, goʻzal ruhiy qobiliyatga dalolat qiladi. Demak, ruhning ma'naviy goʻzalligi - ilm vositasida san'atida yuzaga chiqadi.

Bu koinot cheksiz moddiy goʻzalliklari bilan ma'naviy va ilmiy goʻzalliklarning sizintilaridir. Ilmiy va ma'naviy goʻzalliklar va kamolot, albatta cheksiz bardavom husn, jamol va kamolning jilvalaridir.

Toʻrtinchi Hujjat: Ma'lumki, nurni berganning ziyoli boʻlishi lozim, yoritganning nuroniy boʻlishi kerak, ehson boylikdan keladi, lutf latifdan yuzaga chiqadi. Modomiki shunday ekan, koinotga bu qadar husn va jamol berish, mavjudotga turli kamolot berish, ziyo Quyoshni koʻrsatganidek, sarmadiy-bardavom jamolni koʻrsatadi.

Modomiki mavjudot zamin yuzida katta daryodek kamolotning yogʻdulari bilan porlar, oʻtar ekan. Daryo Quyoshning jilvalari bilan porlaganidek, mavjudot sayri ham husn, jamol va kamolning yogʻdulari bilan vaqtincha porlaydi, ketadi. Orqasidan kelganlar oʻsha porlashni, ayni yogʻdularni koʻrsatgani uchun tushuniladiki: Oqqan suvning pufakchalaridagi jilvalar, goʻzalliklar oʻzlaridan emas, balki Quyosh ziyosining goʻzalliklari, jilvalari boʻlgani kabi, koinot sayridagi vaqtincha porlagan goʻzallik va kamolot bir Shamsi Sarmadiyning Asmosi jamolining yogʻdularidir.

نَعَمْ تَفَانِى الْمِرْاٰتِ زَوَالُ الْمَوْجُودَاتِ مَعَ تَجَلِّى الدَّائِمِ مَعَ الْفَيْضِ الْمُلَازِمِ مِنْ اَظْهَرِ الظَّوَاهِرِ اَنَّ الْجَمَالَ الظَّاهِرَ لَيْسَ مُلْكَ الْمَظَاهِرِ مِنْ اَفْصَحِ تِبْيَانٍ مِنْ اَوْضَحِ بُرْهَانٍ لِلْجَمَالِ الْمُجَرَّدِ لِلْاِحْسَانِ الْمُجَدَّدِ لِلْوَاجِبِ الْوُجُودِ لِلْبَاقِى الْوَدُودِ
— 622 —

Beshinchi Hujjat: Ma'lumki, uch-toʻrt yoʻldan kelganlar bir hil hodisani aytsa, aniqlikni ifodalagan kishi tavotur darajasida hodisaning qat'iy sodir boʻlishiga dalolat qiladi.

Yoʻl, yoʻnalish, iste'dod va asr jihatidan oʻta muxtalif, turli tuman barcha haqiqatli ulamolarning turli tabaqalaridan, avliyolarning farqli yoʻllaridan, asfiyolarning turli yoʻnalishlaridan, haqiqiy hakimlarning turli tuman mazhablaridan boʻlgan butun kashf, zavq, shuhud va mushohada ahli kashf, zavq va shuhud bilan: Koinot aks yerlari va mavjudot oynalaridagi goʻzallik va kamolot yakka Zoti Vojibul Vujudning kamolining tajalliyoti va Asmosi jamolining jilvasi ekaniga ittifoq qilganlar.

Ularning ijmo'si oʻzgarmas bir qat'iy hujjatdir.

Taxmin qilamanki, bu ramzda zalolatdagilarning vakili eshitmaslik uchun qulogʻini yopib qochishga majbur. Zotan zulmatli boshlari, koʻr shapalak kabi, bu nurlarni koʻrishga chiday olmaydi. Shunday ekan, bundan keyin ularni koʻp ham nazarga olmaymiz.

TOʻRTINCHI RAMZ: Bir narsaning lazzati, husni, jamoli oʻxshashlari va zidlariga qarashdan koʻra sazovor boʻlgan narsalarga yuzlangan. Masalan: Karam goʻzal va xush sifatdir. Karim zot ikrom qilgan odamlarning lazzatlanishi, xursandchiligi orqali boshqa sahiylardan ustunligi jihati bilan olgan nisbiy lazzatidan ming marta yoqimliroq xush lazzat oladi.

Shafqat va marhamatli kishi shafqat qilgan maxluqlarining rohat olishi darajasida haqiqiy lazzat oladi. Masalan, bir ona avlodining bahtidan va rohatidan shafqat vositasida olgan lazzati shu daraja kuchliki, ularning rohat olishi uchun jonini fido qilish darajasiga keltiradi. Hatto shafqatning lazzati tovuqni joʻjalarini himoya qilish uchun arslonga hujum qildiradi.

Modomiki oliy vasflardagi haqiqiy lazzat, husn, saodat va kamol teng boʻlganlar va zidlarga qaramaydi. Balki aks etish joylari va yaqinlarga qaraydi. Albatta, Hayyi Qayyum, Hannoni Mannon, Rahim va Rahmon boʻlgan Zoti Zuljamol va Kamolning rahmatidagi jamol rahmatga yetganlarga qaraydi. Marhamatiga sazovor boʻlganlarning, xususan boqiy jannatida cheksiz rahmat va shafqat turlariga sazovor boʻlganlarning saodat darajalariga, ne'mat olishlari va rohatlanishlariga koʻra Zoti Rahmonir Rahim Oʻziga loyiq tarzda muhabbat, sevish kabi, Unga loyiq muqaddas xususiyatlar bilan nomlangan ulugʻ, muqaddas, goʻzal, pok ma'nolari bor. "Muqaddas lazzar, muqaddas ishq, toza sevinch, muqaddas baht", deb ta'bir etilgan, shar'iy ruhsat boʻlmagani uchun biz ayta olmagan Allohning gʻoyat pok, muqaddas xususiyatlari borki, xar biri biz koinotda koʻrgan, mavjudot orasida his qilgan ishq, rohat va xursandchilikdan cheksiz darajalarda yuksakroq, ulugʻroq, muqaddasroq, tozaroq ekanini koʻp joylarda isbotlaganmiz. U ma'nolarning yogʻdulariga qarashni istasang, quyidagi misollarning durbini bilan qara:

— 623 —

Masalan, saxovatli, oliyjanob, mushfiq kishi sayohat qilgan goʻzal bir kemasida oʻta faqir, och va muhtoj kishilarga goʻzal ziyofat berish uchun tayyorlaydi. Oʻzi ham ustida tomosha qiladi. faqirlarning minnatdor ne'mat olishlari, ochlarning tashakkur bilan lazzat olishi va muhtojlarning sano bilan xursandchiligi, karamli zotni qay daraja xursand qilishini, rohat berishini, unga qanchalik yoqqanini, anglaysan.

Demak, kichkina dasturxonning haqiqiy sohibi boʻlmagan va tarqatish xodimi hisoblangan insonning xursandchiligi shunday boʻlsa, jin, inson va hayvonotni olam fazosi dengizida sayru sayohat ettirgan va Rabboniy kema boʻlgan ulkan zaminning ustiga mindirib, yuzida sanoqsiz taom turlarini jamlagan dasturxonni yozib, butun jonli mavjudotni kichik nonushta turi boʻlgan ziyofatga chaqirish orqali, oʻta mukammal va butun lazzat turlarini jamlagan, bardavom, abadiy boqiy diyorda jannatlarni, xar birini ne'mat dasturxonlari yozib cheksiz lazzatlari va yaxshiliklarni jamlab, cheksiz vaqtda, benihoyat muhtoj, chegarasiz ishtiyoqmand, sanoqsiz qullariga haqiqiy yeyish uchun ziyofat ochgan bir Rahmoni Rahimga oid va biz ta'bir qilishda ojiz boʻlgan muhabbatga tegishli muqaddas ma'nolarni va rahmatning natijalarini qiyos qilishing mumkin.

Yana, masalan, mohir san'atsevar, mahoratini koʻrsatishni sevadigan usta, goʻzal, plastinkasiz gapiradigan fonograf kabi san'atni ijod qilgandan soʻng, uni yasab tajriba qiladi, koʻrsatadi. San'atkorning oʻylagan va istagan natijalarini eng mukammal tarzda koʻrsatsa, uni yasagan usta naqadar iftixor etadi, naqadar xursand boʻladi, qay daraja oʻziga yoqadi. Oʻziga oʻzi "Barakalloh" deydi.

Demak, kichkina bir inson ijodsiz, faqat koʻrinishdagi san'atchasi bilan, fonografning goʻzal ishlashi orqali xursand boʻlsa, ajabo Sone'i Zuljalol ulkan koinotni, musiqa, fonograf qilib ijod qilgani kabi, zaminni va zamin ichidagi butun jonzotlarni va ayniqsa hayot egalari ichida insonning boshini shunday Rabboniy fonografi va Ilohiy musiqa tarzida yaratganki, bashar hikmati u san'at oldida hayratidan barmogʻini tishlaydi.

— 624 —

Butun u masnu'ot barchasidan koʻzlangan natijalarni oliy darajada va oʻta goʻzal suratda koʻrsatgani uchun, maxsus ibodatlari, xususiy tasbehlari va muayyan tahiyyoti bilan ta'bir qilingan yaratilishga oid qonunlarga nisbatan itoat qilishlari va ulardan koʻzlangan Rabboniy maqsadlar amalga oshishidan hosil boʻlgan iftixor, xursandchilik va rohat bilan biz ta'bir qila olmagan muqaddas maʻnolar va munazzah xususiyatlar shu daraja oliy va muqaddaski, butun insoniyat aqli toʻplanib yakka aql boʻlsa ham ularning asliga yeta olmaydi va qamray olmaydi.

Yana masalan, adolat parvar kishi, haqni egasi olib berishni sevadigan va undan lazzat oladigan sudʻya mazlumlarning haqlarini olib berishdan va ularning tashakkurlaridan, zolimlarni jazolab mazlumlarning intiqomlarini olishdan qay daraja xursand boʻladi, lazzat oladi. Demak, Hakimi Mutlaq, Odili Bilhaq va Qahhori Zuljalol faqat jin va insonlarda emas, balki butun mavjudotda haqni egasiga berishdan, ya'ni hamma narsaga borlik haqqi, hayot haqqini berishdan, borlik va hayotini tajovuz qiluvchilardan muhofaza qilishdan, daxshatli borliqlarni tajovuz qilishdan toʻsish va toʻxtatishdan, xususan maxsharda va oxirat diyorida jin va insonlarni sud qilishdan boshqa, butun jonzotlarga adolat va hikmatning buyuk tajalliyidan kelgan muqaddas maʻnolarni qiyos qil.

Bu uch misol kabi, ming bir Asmo-i Ilohiyaning xar birida juda koʻp husn, jamol, fazl va kamol tabaqalari boʻlgani kabi, juda koʻp muhabbat, iftixor, izzat va kibriyo martabalari bor. Shuning uchun "Vadud" ismiga szovor boʻlgan haqiqatni izlangan va dalillari bilan bilgan avliyolar, "Butun koinotning asosi muhabbatdir. Butun mavjudotning harakatlari muhabbat asosiga qurilgan. Butun mavjudotdagi tortish, jazba (jazava) va joziba (tortishish) qonunlari muhabbat sababli", deganlar. Ulardan birisi:

فَلَكْ مَسْتْ مَلَكْ مَسْتْ نُجُومْ مَسْتْ سَمٰوَاتْ مَسْتْ شَمْسْ مَسْتْ قَمَرْ مَسْتْ زَم۪ينْ مَسْتْ عَنَاصِرْ مَسْتْ
نَبَاتْ مَسْتْ شَجَرْ مَسْتْ بَشَرْ مَسْتْ سَرَاسَرْ ذ۪ى حَيَاتْ مَسْتْ هَمَه ذَرَّاتِ مَوْجُودَاتْ بَرَابَرْ مَسْتْ دَرْمَسْتَسْتْ
— 625 —

Ya'ni: Ilohiy muhabbartning tajalliysida va muhabbat sharobidan xar kim iste'dodiga koʻra mast. Ma'lumki: Xar bir qalb oʻziga ehson qilgan narsani sevadi, haqiqiy kamol sevadi va ulugʻ jamolga maftun boʻladi. Oʻzi bilan birga sevgan va shafqat qilgan kishilarga ham ehson qilgan narsani yanada koʻproq sevadi. Yuqorida bayon qilganimiz, xar bir Ismida minglab ehson hazinalari boʻlgan, butun sevganlarimizni ehsonlari bilan bahtli qilgan, minglab kamolotning manbai boʻlgan va minglab jamolining tabaqalarining asosi boʻlgan ming bir Asmosi boʻlgan Jamili Zuljalol, Mahbubi Zulkamol qay daraja ishq va muhabbatga loyiq ekani, butun koinot Uning muhabbati bilan mast va sargardon boʻlishga loyiq ekani anglashilmaydimi, ajabo?!

Bu sir asosida "Vadud" ismiga sazovor bir qism avliyolar, "Jannatni istamaymiz. Allohning muhabbatinign bir yogʻdusi bizga abadiy yetarli", deganlar.

Hadisda, "Jannatda Allohning bir daqiqa jamolini koʻrish butun Jannat lazzatlaridan ustun", deyilgan.

Demak cheksiz muhabbat kamoloti Vohidiyat va Ahadiyat doirasida Zoti Zuljalolning oʻz Asmosi va maxluqoti bilan hosil boʻladi. Demak, bu doiradan tashqari tasavvur qilingan kamolot, kamolot emas.

BESHINCHI RAMZ: Besh nuqtadan iborat:

Birinchi Nuqta: Ahli zalolatning vakili: "Hadislaringizda dunyo laʻnatlangan, "oʻlimtik" deb nomlangan. Butun valiylar va haqiqat ahli dunyoni pastga uradi. "Yomon, iflos", deydilar. Xolbuki siz uni Allohning butun kamolotiga asos va hujjat qilib koʻrsatyapsiz va unga oshiqdek gapiryapsiz?

Javob: Dunyoning uch tomoni bor:

Birinchi tomoni: Janobi Haqning Asmosiga qaraydi. Ularning naqshlarini koʻrsatadi. Harfiy ma'nosi bilan ularga oyna boʻladi. Dunyoning bu tomoni cheksiz Samadoniy maktublardir. Bu tomoni juda goʻzal. Nafratga emas, ishqqa loyiq.

— 626 —

Ikkinchi tonomi: Oxiratga qaraydi. Oxiratning dalasi, Jannatning ekinzori, rahmatning chamanzoridir. Bu tomoni ham avvalgi tomoni kabi goʻzal. Tahqirga emas, muhabbatga loyiq.

Uchinchi tomoni: Insonning hoyu-havaslariga qaragan, gʻaflat pardasi boʻlgan va dunyoparastlarning hoyu havaslarining oʻyin joyi boʻlgan tomoni. Bu tomoni xunuk. Chunki foniy, oʻtkinchi, azobli, aldaydi. Hadisda vorid boʻlgan tahqir va haqiqat ahli bu tomoniga nafrat qilgan.

Qur'oni Hakimning koinotdan va mavjudotdan ahamiyat bilan, sevib gapirishi avvalgi ikki tomonga qaraydi. Sahobalar va boshqa Ahlullohning ragʻbat qilgan dunyosi avvalgi ikki tomondadir.

Dunyoni tahqir qilganlar toʻrt sinfdan iborat:

Birinchisi: Ma'rifat ahli, Janobi Haqning ma'rifatiga, muhabbatiga va ibodatiga toʻsiq boʻlgani uchun tahqirlaydi.

Ikkinchisi: Oxirat ahli, yo dunyoning zaruriy ishlari ularni uxraviy ishlardan manʻ qilgani uchun yoki koʻrish darajasidagi iymon bilan Jannatning kamolot va goʻzalliklariga nisbatan dunyoni xunuk koʻradi. Ha, Hazrat Yusuf Alayhissalomga goʻzal bir odam nisbat qilinsa, xunuk koʻringani kabi, dunyoning naqadar qiymatli goʻzalliklari boʻlmasin, Jannatning goʻzalliklariga nisbat qilinsa, yoʻq hisobida boʻladi.

Uchinchisi: Dunyoni tahqirlaydi. Chunki yeta olmaydi. Bu tahqir dunyodan nafratlanishdan kelmaydi, muhabbatidan kelib chiqadi.

Toʻrtinchisi: Dunyoni tahqirlaydi. Chunki dunyoga erishgan, lekin turmaydi, ketadi. U esa gʻazablanadi. Tasalli topish uchun tahqirlaydi. "Iflos", deydi. Bu tahqir ham dunyoga muhabbatdan kelib chiqadi. Maqbul tahqir shuki, oxiratni sevishdan va ma'rifatullohning muhabbatidan kelib chiqqan tahqirdir.

Demak, maqbul tahqir avvalgi ikki qismdir. Janobi Haq bizni ulardan qilsin. Omin, bi hurmati Sayyid-il Mursaliyn.

— 627 —

UCHINCHI BOʻLIM

﴿ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ﴾
﴿ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪ ﴾
Ushbu uchinchi boʻlim ikki nuqtadan iborat. U ikki mavzudan iborat.

BIRINCHI MAVZU

﴿ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪ ﴾

sirriga asosan: Hamma narsadan Janobi Haq tomon derazalar hisobida koʻp tomonlar bor. Butun mavjudotning haqiqatlari, butun koinotning Allohning Asmosi haqiqatiga tayanadi. Xar bir narsaning haqiqati bir Ismga yoki koʻp Asmoga tayanadi. Ashyodagi sifatlar, san'atlar ham xar biri bittadan Ismga tayanadi. Hatto haqiqiy hikmat fani "Hakim" ismiga, haqiqiy tib fani "Shofiy" ismiga, muhandislik fani "Muqaddir" Ismiga va hokazo xar bir fan bir Ismga tayangani va unda choʻqqiga chiqqani kabi, butun fanlar, insoniyat kamoloti va mukammal inson guruhlarining haqiqatlari Asmoi Ilohiyaga tayanadi. Hatto olim avliyolarning bir qismi: "Ashyolarning mohiyatining haqiqati Allohning Asmosidan iborat. Ashyolar mohiyati esa uning soyalaridir", deyishgan.

Hatto bir jonli narsada faqat zohiran yigirmatacha Asmoi Ilohiyaning jilvasi naqshi koʻrinadi. Bu nozik, daqiq, juda buyuk va keng haqiqatni bir misol orqali aqlga yaqinlashtirishga harakat qilamiz. Ikki-uch turdagi elak bilan elash suratida tahlil qilamiz. Qanchalik uzun bayon qilsak ham, qisqa boʻladi. Zerikmaslik kerak:

— 628 —

Oʻta mohir tasvirchi va haykaltarosh juda goʻzal gul bilan va inson jinsi latifidan oʻta goʻzal sohibjamolning surat va haykalini yasashni istasa, avvalo ikki narsaning umumiy shakllarini ba'zi xatlar bilan belgilab oladi. Belgilashi bir tartib asosida, oʻlchov bilan qiladi. Geometriyaga tayanib chegarasini qoʻyad. Tartib va oʻlchov hikmat va ilm bilan qilingani koʻrsatadiki, tartiblash va oʻlchash ilm va hikmat chizgichi bilan aylanadi. Shunday ekan, tartib va oʻlchov orqasida ilm va hikmat ma'nolari hukm suradi. Bu orqali ilm va hikmat chizgichi oʻzini koʻrsatadi.

Demak, oʻzini koʻrsatdiki, chegara ichida koʻz, quloq, burun, yaproq va mayin popukchalar kabi narsalarning tasvirini boshladi. Ichidagi chizgichning haraklari orqali belgilangan a'zolar san'at va ahamiyat bilan chiqyapti. Shunday ekan, ilm va hikmat chizgichini aylantirgan, orqada sanʻat va inoyat ma'nolari bor, ular hukm qilyapti va oʻzini koʻrsatyapti.

Shuning uchun, bir husn va ziynatga qobiliyati koʻrinadi. Shunday ekan, sanʻat va ahamiyatni goʻzallashtirish istagi va bezash maqsadi ishlatadi. Shunday ekan, ziynatlash, porlatishni boshladi, tabassum qildi va jonli surat berdi deb xulosa qilishadi.

Albatta bu goʻzallashtirish va nurlantirish ma'nosini lutf va karam ma'nosi ishlatadi. Ikki ma'no unda shu daraja hukm qiladiki, xuddi u gul bir jismoniy lutf, haykal esa moddiy karamdir.

Bu karam va lutf ma'nosini ishlatgan va harakatga keltirgan narsa "oʻzini sevdirish va tanitish" ma'nolaridir. Ya'ni: Orqada oʻz hunari bilan tanitish va oʻzini odamlarga sevdirish ma'nolari hukm qiladi. Bu tanitish va sevdirish, albatta marhamat istagi va ne'mat berish irodasidan keladi.

Modomiki orqada rahmat va ne'mat berish irodasi hukm qilar ekan haykalni ne'matning turlari bilan toʻldiradigan, ziynatlaydigan kishi, gulning suratini ham bir hadyaga taqadi.

Haykalning qoʻllarini, quchogʻini va choʻntaklarini qiymatli ne'matlar bilan toʻldirdi va gulning suratini bir javharlarga taqdi. Demak, marhamat va shafqat ushbu rahmat va ne'mat berish irodasini ishlatadi. Ya'ni "achinish va shafqat qilish" ma'nosi rahmat va ne'matni harakatga keltiradi. Behojat va hech kimga ehtiyoji boʻlmagan zotdagi marhamat va shfqat ma'nosini harakatga keltirgan va izhor qilishga yoʻnaltirgan, albatta u zotdagi ma'naviy jamol va kamol boʻlib, koʻrinishni istaydi. Jamolning eng shirin qismi boʻlgan muhabbat va eng shirin qismi boʻlgan rahmat, san'at oynasi orqali koʻrinish va ishtiyoqmandlarning koʻzi bilan oʻzlarini koʻrishni istaydi. Ya'ni, jamol va kamol, (chunki ularning oʻzi seviladi) hamma narsadan koʻra koʻproq oʻzini sevadilar. Ham husndir, ham ishqdirlar. Bu sababdan husn va ishq birlashadi. Modomiki Jamol oʻzini sevar, oʻzini oynalarda koʻrish istar ekan, haykalga qoʻyilgan va suratga taqilgan sevimli ne'matlar, goʻzal mevalar ma'naviy goʻzallikning oʻz qobiliyatlariga koʻra yogʻdusini tashiydi. U yogʻdularni ham jamol sohibiga, ham boshqasiga koʻrsatadi.

Aynan shuning kabi, Sone'i Hakim Jannatni va dunyoni, samovotni va zaminni, nabotot va hayvonotni, jin va insonlarni, farishta va ruhoniy borliqlarni, butun va boʻlak barcha ashyolarni Asmosining jilvasi bilan shakllariga chegara qoʻyadi, tartiblaydi, muayyan miqdor beradi. U orqali bularga "Muqaddir, Munazzim, Musavvir" Ismlarini oʻqitadi.

— 629 —

Shu bir tarzda umumiy shaklining hududini belgilaydi. "Alim, Hakim" ismini koʻrsatadi. Soʻng ilm va hikmat jadvali bilan chegara ichida narsaning tasvirini boshlaydi. Sanʻat va ahamiyat ma'nolarini va "Sone' va Karim" ismlarini bu tarzda koʻrsatadi.

Soʻng san'atning marhamatli qoʻli bilan, ahamiyat panjasi bilan suratning (agar bir inson va gul boʻlsa) koʻz, quloq, yaproq, popuk kabi a'zolariga husn, ziynat ranglari beradi. Agar zamin boʻlsa, maʻdanlar, nabotot va hayvonotiga husn va ziynat ranglari beradi. Agar Jannat boʻlsa, bogʻlariga, qasrlariga, huriylariga husn va ziynat ranglari beradi va hokazo. Boshqalarini sen qiyos qil.

Shunday bir tarzda ziynatlaydi va porlatadiki, unda Lutf va Karam ma'nolari shu daraja hukm qiladiki, xuddi ziynatlangan borliq, porlagan sanʻan asari bir jismoniy lutf, moddiy karam hisobiga oʻtadi. "Latif va Karim" Ismini zikr qiladi.

Lutf va karamni bu jilvaga albatta oʻzini sevdirish va tanitish yoʻllaydi. Ya'ni oʻzini jonzotlarga sevdirish va shuur sohiblariga bildirish xususiyatlari, "Latif, Karim" Ismlarining orqasida, "Vadud va Ma'ruf" Ismlarini oʻqitadi va mavjudotning holati tilidan eshitiladi.

Soʻng ziynatlangan borliqni, u goʻzal maxluqni shirin mevalar, sevimli natijalar bilan bezab, ziynatdan ne'matga, lutfdan rahmatga qaratadi. "Mun'im va Rahim" Ismini oʻqitadi va zohiriy pardalar orqasida bu ikki Ismning jilvasini koʻrsatadi.

Soʻng bu Rahim va Karimni Mustagʻniyi Alal itloq boʻlgan Zotda bu jilvaga albatta bir marhamat, shafqat xususiyatlari yoʻllaydi, "Hannon va Rahmon" Ismini oʻqitadi va koʻrsatadi. Marhamat va shafqat ma'nolarini jilvaga albatta shaxsiy jamol va kamoli yoʻllab, yuzaga chiqishni taqozo qiladi. "Jamil" ismini va Jamil ismida joylashtirilgan "Vadud va Rahim" ismlarini oʻqitadi. Chunki jamol shaxsan seviladi. Jamol egasi va jamol oʻzini-oʻzi sevadi. Ham husn, ham muhabbat. Kamol ham shaxsan seviladi, sababsiz seviladi. Ham seevgan, ham sevilgan. Modomiki cheksiz mukammal darajada jamol va benihoya goʻzal darajadagi kamol cheksiz darajada sevilar, muhabbatga va ishqqa loyiq ekan, albatta oynalarda va oynalarning qobiliyatlariga koʻra yogʻdularini, jilvalarini koʻrish va koʻrsatish orqali yuzaga chiqishni istaydi.

Demak, Sone'i Zuljalolning, Hakimi Zuljamolning va Qodiri Zulkamolning zotidagi jamoli zotiy va zotidagi kamoloti marhamat va shafqatni taqozo qiladi. "Rahmon va Hannon" Ismlarini tajalliyga yoʻllaydi. Marhamat va shafqatni esa rahmat va ne'matni koʻrsatish orqali "Rahim va Mun'im" Ismlarini jilvaga yoʻllaydi.

— 630 —

Rahmat va ne'mat esa, marhamat va shafqat xususiyatlarini iqtizo qilib "Vadud va Ma'ruf" Ismlarini tajalliyga yoʻllaydi. Sanʻat asarining bir pardasida ularni koʻrsatadi. Marhamat va shafqat esa lutf va karam ma'nolarini harakatga keltiradi. "Latif va Karim" ismlarini mavjudotning ba'zi pardalarida oʻqitadi. Lutf va karam xususiyatlari esa, ziynatlash va porlatish ishlarini harakatga keltiradi. "Muzayyin va Munavvir" Ismlarini borliqlarning husn va nuroniyati tili bilan oʻqitadi.

Ziynatlash va goallashtirish esa, sanʻat va ahamiyat ma'nolarini iqtizo qiladi. "Sone' va Muhsin" Ismlarini bu sanʻat asarining goʻzal siymosi bilan oʻqitadi. Bu sanʻat va inoyat esa, ilm va hikmatni iqtizo qiladi. "Alim va Hakim" Ismini sanʻat asarining intizomli, hikmatli a'zosi bilan oʻqitadi. Ilm va hikmat esa, tartibga solish, tasvir qilish, tashkil etish ishlarini taqozo qiladi. Butun sanʻat asari bilan, shakli bilan "Musavvir va Muqoddir" Ismlarini oʻqitadi, koʻrsatadi.

Sone'i Zuljalol butun sanʻat asarlarini shunday bir tarzda yaratganki, aksariyati, xususan jonzotlar qismi koʻp Asmoi Ilohiyani oʻqitadi. Goʻyo xar bir maxluqqa turli tuman, bir-biri ustida yigirmata koʻylak kiydirgan, yigirmata pardaga oʻragandek. Xar koʻylakda, xar pardada boshqa-boshqa Asmosini yozgan. Masalan: Misolda koʻrsatilgani kabi, bitta goʻzal gul bilan insonning ayol qismidan bir sohibjamolning faqat zohiriy yaratilishida koʻp sahifalar bor. Boshqa katta va umumiy sanʻat asarlarini, aytib oʻtilgan ikki kichik misolga qiyosla.

Birinchi sahifa: Umumiy shakl va miqdorini koʻrsatgan hay'at boʻlib, "Yo Musavvir, yo Muqaddir, yo Munazzim" ismlarini yod etadi.

Ikkinchi sahifa: Suratlarida turli a'zolarning rivojlanishi orqali hosil boʻlgan gul va insonning oddiy hay'ati boʻlib, u sahifada "Alim, Hakim" Ismlari kabi koʻp Ismlar yoziladi.

Uchinchi sahifa: Ikki maxluqning turli a'zolariga farqli husn va ziynat berish orqali unda "Sone' va Bari" Ismlari kabi koʻp Ismlar yoziladi.

Toʻrtinchi sahifa: Shunday ziynat va husn, ikki maxluqqa beriladiki, goʻyo lutf va karam jismlaashib, ularga aylangandek. U sahifa "Yo Latif, Yo Karim" kabi koʻp ismlarni yod etadi, oʻqiydi.

Beshinchi sahifa: Gulga shirin mevalar, sohibjamolga sevimli avlodlar, goʻzal axloqlar taqib, u sahifa "Yo Vadud, yo Rahim, yo Mun'im" kabi Ismlarni oʻqitadi.

Oltinchi sahifa: In'om va ehson sahifasida, "Yo Rahmon, yo Hannon" kabi ismlar oʻqiladi.

Yettinchi sahifa: Ne'matlarda, natijalarda shunday husn va jamol yogʻdulari koʻrinadiki, haqiqiy shavq va shafqat bilan qorilgan xolis shukr va sof muhabbatga loyiq boʻladi. U sahifada yozilgan "Yo Jamili Zulkamol, yo Komili Zuljamol" Ismlari oʻqiladi.

— 631 —

Demak, faqat goʻzal gul, sohibjamolning faqat moddiy va zohiriy suratida bu qadar Asmoni koʻrsatsa, ajabo, barcha gullar, butun jonzotlar, katta va umumiy mavjudot qay daraja ululgʻ va umumiy Asmoni oʻqitishini, qiyos qilishing mumkin.

Inson ruh, qalb, aql jihatidan, hayot va hislari sahifalari bilan "Hayy, Qayyum va Muhyi" kabi muqaddas nuroniy Asmoni oʻqiishi va oʻqitishini, qiyos qilishing mumkin.

Demak, Jannat bir guldir. Huriy toifasi ham guldir. Roʻyi zamin ham guldir. Bahor ham guldir. Samo ham guldir. Yulduzlar uning zarrin naqshlaridir. Quyosh ham guldir. Ziyosidagi yetti rangi uning naqshli boʻyoqlaridir.

Olam goʻzal va katta insondir. Inson kichik bir olamdir. Huriylar sinfi, ruhoniy borliqlar jamoati, farishta jinsi, jin toifasi, inson navʻi alohida goʻzal shaxs hukmida tasvirlangan, tartibga solingan va ijod qilingan. Xar biri kulliyati bilan, har bir alohida aʻzosi Sone'i Zuljamolining Asmosini koʻrsatgani kabi, Uning Jamoliga, Kamoliga, Rahmatiga va Muhabbatiga alohida alohida oynalardir. Nihoyatsiz jamol va kamoliga, rahmat va muhabbatiga bittadan ishonchli guvohlardir. Jamol va kamolning, rahmat va muhabbatning alohida dalillari, belgilaridir.

Bu benihoyat kamolot turlari vohidiyat va ahadiyat doirasida hosil boʻladi. Demak, u doira xorijida tasavvur qilingan kamolot kamolot emas.

Mana, ashyolar haqiqatining Asmoi Ilohiyaga tayangani va suyanganini, balki haqiqiy haqiqatlar Asmoning jilvalari ekanini va hamma narsaning koʻp jihatlar bilan, koʻp tillar bilan Sone'ini zikr va tasbeh qilishini angla.

﴿ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪ ﴾

oyatining bir ma'nosini bil va

سُبْحَانَ مَنِ اخْتَفٰى بِشِدَّةِ ظُهُورِه۪

degin. Oyatlarning oxirlaridagi

﴿ وَ هُوَ الْعَز۪يزُ الْحَك۪يمُ ٭ وَ هُوَ الْغَفُورُ الرَّح۪يمُ ٭ وَ هُوَ الْعَل۪يمُ الْقَد۪يرُ ﴾

kabi zikr va takrorlanishlaridagi bir sirni tushun.

Agar bir gulda Asmoni oʻqiy olmasang va yaqqol koʻra olmasang, Jannatga qara, bahorga diqqat qil, zamin yuzini tomosha qil. Rahmatning ulkan gullari boʻlgan Jannat, bahor va zaminda yozilgan Asmoni ochiqcha oʻqiy olasan, jilvalarini va naqshlarini tushunasan, koʻrasan.

— 632 —

IKKINCHI NUQTANING IKKINCHI MAVZUI

Ahli zalolatning vakili tutinadigan va zalolatini unga bino qiladigan hech bir narsa topa olmagan va mot qolgan payti: "Men dunyo saodatini, hayot lazzatini, madaniyat taraqqiyotini va san'at mukammalligini, oʻzimcha, oxiratni oʻylamaslikda, Allohni tanimaslikda, dunyoni sevishda, hurriyatda va oʻziga ishonishda deb bilganim uchun, shaytonning turtkisi bilan aksariyat insonlarni bu yoʻlga yoʻlladim va yoʻllayapman", dedi.

Javob: Biz ham Qur'on nomidan aytamiz: Ey bechora inson! Esingni yigʻ! Ahli zalolatning vakiliga quloq solma! Agar unga quloq solsang, yoʻqotishing shu qadar katta boʻladiki, uni tasavvur qilishdan ruh, aql va qalb titraydi. Oldingda ikki yoʻl bor:

Biri: Zalolatdagilarning vakili koʻrsatgan badbaxtlar yoʻli.

Keyingisi: Qur'oni Hakim ta'riflagan saodatli yoʻl. Bu ikki yoʻlning juda koʻp qiyoslarini koʻp Soʻzlarda, xususan Kichik Soʻzlarda koʻrding va tushunding. Endi joyi kelgani uchun quyida mingdan bir qiyosini yana koʻr, tushun:

Shirk va zalolatning, gunoh va xarom kayf safolarning yoʻli insonni oʻta tubanlashtiradi. Cheksiz azoblar ichida zaif va ojiz yelkasiga nihoyatsiz ogʻir yukni yuklaydi. Chunki inson Janobi Haqni tanimasa va Unga tavakkal qilmasa, oʻta ojiz va zaif, benihoyat muhtoj, faqir, cheksiz musibatlarga uchraydigan, azobli, qaygʻuli foniy hayvon hisoblanadi, butun sevgan va aloqa paydo qilgan narsalaridan bardavom ayriliq azobini cheka-cheka, oxiri qolgan butun doʻstlarini azobli firoqi ichida qoldirib, qabrning zulmatiga yolgʻiz kiradi. Hayoti davomida ham oʻta kichik ixtiyor, oz iqtidor, qisqacha hayot, oz umr va soʻniq fikr orqali cheksiz alamlar va orzular bilan foydasiz toʻqnashadi. Cheksiz orzu va maqsadlariga yetishga samarasiz, bekordan-bekor harakat qiladi. Oʻz vujudini koʻtara olmaganiga qaramay, bechora yelkasi va boshiga ulkan dunyo yukini yuklaydi. Hali Jahannamga bormasdan, Jahannam azobini chekadi.

— 633 —

Bu alamli azobni va daxshatli ma'naviy azobni his qilmaslik uchun zalolatdagilar hislarni muzlatish uchun gʻaflat sarxushligi bilan vaqtincha his qilmaydi. Lekin his qiladigan payti, ya'ni qabrga yaqin boʻlgan vaqti birdan his qiladi. Chunki Janobi Haqqa haqiqiy qul boʻlmasa, oʻzini oʻziga sohib deb oʻylaydi. Holbuki, kichik ixtiyor va oz iqtidori bilan bu toʻfonli dunyoda vujudini boshqara olmaydi. Hayotiga zararli mikrobdan zilzilagacha minglab toifa dushmanlarni oʻziga hujum qilayotga vaziyatida koʻradi. Azobli qoʻrquv dahshati ichida xar doim daxshatli koʻringan qabr eshigiga qaraydi. Bu vaziyatdaligida, inson boʻlgani uchun inson sinfi va dunyo bilan aloqasi boʻlib, dunyoni va insonni Hakim, Alim, Qodir, Rahim, Karim bir zotning tasarrufida deb tasavvur qilmagani uchun, ularni tasodif va tabiat boshqarayapti deb tasavvur qilgani uchun dunyoning va insonning ahvoli uni doimo bezovta qiladi. Oʻz azobi bilan birga insonlarning azobini ham chekadi. Dunyoning zilzilasi, vabosi, toʻfoni, qurgʻoqchilikgi, ocharchiligi, qahatchiligi, foniyligi va oʻtkinchi ekani uni qattiq bezovta va qorongʻu musibat suratida azoblaydi.

Shu holdagi inson marhamat va shafqatga loyiq emas. Chunki bu daxshatli holatga oʻzi tushdi. Sakkizinchi Soʻzda quduqqa tushgan ikki odamning holatini taqqoslashda aytilgani kabi, bir kishi goʻzal bogʻda, chiroyli ziyofatda, xush doʻstlar ichida pok, shirin, nomusli, yoqimli, halol lazzat va xursandchilikka qanoat qilmasdan, xarom va iflos lazzat uchun xunuk va najas sharobni ichsa, mast boʻlib oʻzini qish oʻrtasida, isqirt joyda hatto yirtqichlar ichida hayol etsa, titrab, baqirib chaqirsa, marhamatga qanday qilib loyiq boʻlsin. Chunki nomusli kishilar va muborak doʻstlarini yirtqich deb tasavvur qiladi, ularni haqorat qiladi. Ziyofatdagi shirin taomlar va toza idishlarni kir, isqirt toshlar deb tasavvur qiladi, sindirishni boshlaydi. Majlisda oʻqilgan muhtaram kitoblarni va ma'noli maktublarni ma'nosiz va oddiy naqshlar deb tasavvur qiladi, yirtib oyoq ostiga otadi va hokazo...

Bunday shaxs hech qanday marhamatga loyiq emas, balki ta'zirga loyiqdir. Shunga oʻxshab:

Sui ixtiyoridan kelib chiqqan kufr sarxushligi va zalolat telbaligi bilan Sone'i Hakimning bu dunyo musofirxonasini tasodif va tabiat oʻyinchogʻi deb tasavvur qilgani uchun,

Alloh Asmosining jilvalarini yangilagan sanʻat asarlarining, vaqt oʻtishi bilan vazifasi tugagani uchun gʻayb olamiga oʻtishlarini yoʻqlik va qatl deb tasavvur qilgani uchun,

tasbehot sadolarini abadiy zavol va firoq faryodi deb hayol qilgani uchun,

Samadoniy maktublar boʻlgan mavjudot sahifalarini ma'nosiz, tartibsiz tasavvur qilgani uchun,

rahmat olamiga yoʻl ochgan qabr eshigini yoʻqlik zulmatining ogʻzi deb tasavvur qilgani uchun,

ajalni, haqiqiy dostlarga visol chqirigʻi ekaniga qaramay, butun doʻstlardan firoq navbati deb tasavvur qilgani uchun,

oʻzini daxshatli alamli azobga qoʻyib, ham mavjudotni, ham Janobi Haqning Asmosini, ham maktublarini inkor qilgani, obroʻsizlantirgani va tahqir qilgani uchun,

marhamatga va shafqatga loyiq boʻlmagani kabi, shiddatli azobga ham loyiq boʻladi.

Hech bir jihatda marhamatga loyiq boʻlmaydi.

— 634 —

Mana ey badbaxt ahli zalolat va kayf savoga kummasidan ketganlar! Bu daxshatli tubanlikka va ezuvchi gʻam tashvishga javoban qaysi rivojlanishingiz, qaysi faningiz, qaysi kamolingiz, qaysi madaniyatingiz, qaysi taraqqiyotingiz qarshi kela oladi? Inson ruhi qattiq muhtoj boʻlgan haqiqiy tasallini qayerda topa olasiz? Siz ishongan, bel bogʻlagan, Allohning asarlari va Rabboniya ehsonlarni ulardan deb bilgan qaysi tabiatingiz, qaysi sabablaringiz, qaysi sherigingiz, qaysi kashfiyotingiz, qaysi millatingiz, qaysi botil ma'budingiz sizni tasavvuringizdagi abadiy qatl boʻlgan oʻlimning zulmatidan qutqarib, qabr chegarasidan, barzoh hududidan, mahshar maydonidan, sirot koʻprigidan hukmi bilan oʻtkaza oladi, abadiy saodati sazovor eta oladi? Xolbuki qabr eshigini berkitmaganingiz uchun siz qat'iyan bu yoʻlning yoʻlovchisisiz. Bunday yoʻlovchi shunday zotga tayanishi kerakki, ushbu azim doira va bu keng hududlar Uning amri ostida va boshqaruvida boʻlishi kerak.

Yana, ey badbaxt ahli zalolat va gʻaflat! "Xarom muhabbatning natijasi marhamatsiz azob chekish" qoidasi asosida, siz fitratingizdagi Janobi Haqning zoti, sifatlari va Asmosiga sarf qilinadigan muhabbat va ma'rifat iste'dodini, shukr va ibodat jihozlarini xarom suratda nafsingizga, dunyoga sarf qilganingiz uchun, jazosini chekishga loyiqsiz. Chunki Janobi Haqqa oid muhabbatni nafsingizga berdingiz. Sevgili nafsingizning cheksiz balosini chekyapsiz. Chunki haqiqiy bir rohatni sevgilingizga sarflamayapsiz. Uni haqiqiy sevgili boʻlgan Qodiri Mutlaqqa tavakkal bilan taslim qilmayapsiz, doimo azob chekyapsiz.

Janobi Haqning Asmo va Sifatlariga oid muhabbatni dunyoga qaratdingiz va san'at asarlarini olam sabablariga taqsimladingiz, balosini chekyapsiz. Chunki u cheksiz sevgililaringizning bir qismi sizga sogʻ boʻling demasdan, sizga orqasini oʻgirib, tashlab ketyapti. Bir qanchasi sizni umuman tanimaydi.Tanisa ham, sizni sevmaydi. Sevsa ham, sizga foyda bermaydi. Doim cheksiz firoqlardan va umidsiz qaytmaydigan zavol topadigan narsalardan azob chekyapsiz.

Ahli zalolatning hayotiy saodati, insoniy rivojlanish, madaniyat yaxshiliklari va ozodlik lazzati degan narsalarining asli va mohiyati shunday. Kayf safoga mukkadan ketish va sarxushlik pardadir, vaqtincha his ettirmaydi. "Tuf ularning aqliga!" degin.

— 635 —

Ammo Qur'onning nuroniy yoʻli, butun zalolatdagilar chekayotgan yaralarni iymoniy haqiqatlar bilan davolaydi. Avvalgi barcha yoʻllardagi zulmatni tarqatadi. Barcha zalolat va halokat eshiklarini yopadi:

Insonning zaif va ojizligini, faqir va ehtiyojini bir Qodiri Rahimga tavakkal orqali davolaydi. Hayot va vujudning yukini Uning qudratiga, rahmatiga berib, yelkasaiga yuklamasdan, balki oʻzi hayoti va nafsiga mingandek tinch joy topadi. Oʻzining "gapiradigan hayvon" emas, balki haqiqiy inson va maqbul Rahmonning musofiri ekanini bildiradi. Dunyoni Rahmonning musofirxona ekanini koʻrsatib, dunyodagi mavjudot esa Alloh Asmosining oynalari boʻlganini, sanʻat asarlarini esa xar doim yangilangan Samadoniy maktublar boʻlganini bildirish orqali insonning foniy dunyodan, ashyolarning zavol topishidan va foniy narsalarni sevishdan kelgan yaralarini goʻzal shaklda davolaydi va uydirmalar zulmatlaridan qutqaradi. Oʻlim va ajalni barzoh olamiga ketgan va boqiy olamdagi doʻstlar visoli va qovushish muqaddimasi sifatida koʻrsatadi. Zalolatdagilarning nazarida butun doʻstlaridan abadiy ayriliq deb oʻylagan oʻlim yaralarini shu tariqa davolaydi. Firoq ayni visol ekanini isbotlaydi. Qabrning rahmat olamiga, saodat diyoriga, Jannat bogʻlari va Rahmonning nurli yurtiga ochilgan eshik ekanini isbotlab, insonnnign eng daxshatli qoʻrquvini yoʻqotib, eng azobli, qaygʻuli va aziyatli barzoh sayohatini eng shirin, doʻst, sevinchli sayohat ekanini koʻrsatadi. Qabr bilan ajdarho ogʻzini yopadi, goʻzal bogʻga eshik ochadi. Ya'ni, qabr ajdarho ogʻzi emasligi, balki rahmat bogʻiga ochilgan eshik ekanini koʻrsatadi.

Moʻ'minga: "Ixtiyoring juz'iy boʻlsa, ishingni oʻz Molikingning hamma narsani qamragan irodasiga qoʻy. Iqtidoring kichik boʻlsa, Qodiri Mutlaqning qudratiga ishon. Hayoting oz boʻlsa, boqiy hayotni oʻyla. Umring qisqa boʻlsa, abadiy umring bor, xavotirlanma. Fikring soʻniq boʻlsa, Qur'onning quyoshi ostiga kir, iymonning nuri bilan qara. Tilla qoʻngʻiz boʻlgan fikring oʻrniga xar bir Qur'on oyatlari senga yulduz kabi nur sochadi. Sanoqsiz orzularing, azoblaring boʻlsa, seni nihoyatsiz savob va hadsiz rahmat kutyapti. Cheksiz orzularing, maqsadlaring boʻlsa, ularni oʻylab iztirob chekma. Ular bu dunyoga sigʻmaydi. Ularning joyi boshqa diyordir va ularni boshqa Zot bergan", deydi.

— 636 —

Yana: "Ey inson! Sen oʻzingga molik emassan. Sen qudrati nihoyatsiz bir Qodir, rahmati cheksiz Rahimi Zoti Zuljalolning mulkisan. Shunday ekan, sen oʻz hayotingni oʻzingga yuklab qiynalma. Chunki hayotni bergan U, boshqargan ham U.

Dunyo sohibsiz emaski, sen boshingga dunyo yukini yuklab ahvolini oʻylab xavotirlanma. Chunki uning sohibi Hakimdir, Alimdir. Sen esa mehmonsan. Ortiqcha aralashma, chalkashtirma. Insonlar, hayvonlar kabi mavjudot sohibsiz emas, balki vazifa yuklangan xodimlardir. Hakimi Rahimning nazaridadir. Ularning azob va qiyinchiligini oʻylab, joningga azob chektirma. Ularning Xoliqi Rahimining rahmati oldida shafqatingni koʻrsatma. Senga dushmanlik qilayotgan mikrobdan, vabo, toʻfon, qahatchilik va zilzilagacha barcha narsalarning tizginlari Rahimi Hakimning qoʻlidadir. U Hakimdir, abas ish qilmaydi. Rahimdir, rahimiyati koʻp. Qilayotgan xar bir ishida bir tur lutfi bor", deydi.

Yana: "Bu olam foniy boʻlsada, faqat abadiy olamga kerakli narsalarni yetishtiradi. Zavol topsada, oʻtkinchi boʻlsada, boqiy mevalar beradi, boqiy Zotning boqiy Asmosining jilvalarini koʻrsatadi. Lazzatlari oz, azoblari koʻp boʻlsada, Rahmoni Rahimning iltifotlari yoʻq boʻlmas haqiqiy lazzatlardir.

Azoblar esa savob jihatida ma'naviy lazzat yetishtiradi. Modomiki shariat doirasi ruh, qalb va nafsning butun lazzatlariga, safolariga, koʻngilxushliklariga kifoya qilar ekan, xarom doiraga kirma. Chunki u doiradagi lazzatning ba'zan ming azobi bor. Haqiqiy va doimiy lazzat boʻlgan Rahmoniy iltifotlarni yoʻqotishga sabab boʻladi", deydi.

Zalolat yoʻlida, yuqorida bayon qilingani kabi, insonni asfali sofiliynga qulatadiki, hech bir madaniyat, hech bir falsafa unga chora topa olmaydi. Chuqur zulmatlar qudugʻidan hech bir inson taraqqiyoti, hech qanday bilimning rivoji insonni chiqara olmaydi. Lekin Qur'oni Hakim iymon va amali solih bilan asfali sofiliynga qulashdan insonni a'loyi illiyinga chiqaradi, qat'iy dalillar bilan chiqarishini isbotlaydi. Chuqur quduqni ma'naviy taraqqiyotning zinapoyalari va ruhiy rivojlanishning jihozlari bilan toʻldiradi.

Insonning abad tomon uzun, gʻavgʻoli va tashvishli yoʻlovchiligini juda yengillatadi va osonlashtiradi. Ming, balki ellik ming yillik masofani bir kunda bosib oʻttiradigan vositalarni koʻrsatadi.

— 637 —

Azal va Abad Sultoni boʻlgan Zoti Zuljalolni tanitish orqali insonni Unga xodim qul va vazifa yuklangan musofir vaziyatini beradi. Dunyo musofirxonasida, barzohiy va uxraviy manzillarda kamoli farogʻat bilan sayohat qilishini ta'minlaydi. Bir podshohning toʻgʻri yoʻldagi xodimi, uning mamlakati doirasida, xar bir viloyatning hududlaridan osonlik bilan tayyora, kema, poyezd kabi tezyurar sayohat vositasida aylanadi, oʻtadi. Shuning kabi, Azaliy Sultonga iymon bilan bogʻlangan, solih amali bilan itoat qilgan inson bu dunyo musofirxonasi manzillaridan, barzoh olami, mahshar olami doiralaridan va hokazo qabrdan keyingi barcha olamlarning keng hududlaridan yashin va Buroq tezligida oʻtadi. Nihoyat abadiy saodatni topadi. Bu haqiqatni qat'iy isbotlaydi, asfiyo va avliyoga koʻrsatadi.

Qur'onning haqiqati aytadi: "Ey moʻ'min! Sendagi benihoyat muhabbat qobiliyatini iflos, nuqson, yomon va senga zararli nafsi ammorangga ishlatma. Uni mahbub va Uning istaklarini oʻzingga ma'bud deb qabul qilma.

Balki sendagi nihoyatsiz muhabbat qobiliyatini cheksiz muhabbatga loyiq, senga benihoyat ehson qila oladigan, kelajakda seni cheksiz bahtiyor qilgan, yana sen aloqador boʻlgan va ularning saodatlari bilan sen bahtli boʻlgan barcha kishilarni ehsonlari bilan mas'ud etgan, nihoyatsiz kamoloti boʻlgan, nihoyatsiz darajada muqaddas, ulugʻ, munazzah-pok, kamchiliksiz, nuqsonsiz, zavol topmas jamol sohibi boʻlgan, butun Asmosi oʻta goʻzal boʻlgan, xar Ismida juda koʻp husn va jamol nurlari boʻlgan, Jannat butun goʻzalliklari va ne'matlari bilan Uning jamoli rahmatini va rahmati jamolini koʻrsatgan, butun koinotdagi sevimli va sevilgan barcha husn, jamol, goʻzallik va kamolot Uning jamoliga va kamoliga ishorat qilgan, dalolat qilgan va alomat boʻlgan Zotni sevgili va ma'bud deb qabul qil!" deydi.

Yana: "Ey inson! Uning Asmo va Sifatlariga oid muhabbat iste'dodingni boshqa oʻtkinchi mavjudotga sarflama, befoyda maxluqotga tarqatma. Chunki asarlar va maxluqot foniydir. Lekin asarlar va u mavjudotda naqshlari, jilvalari koʻringan Asmoi Husna boqiydir, doimiydir. Asmo va sifotining xar birida minglab ehson va jamol martabalari va minglab kamol va muhabbat tabaqalari bor. Sen faqat Rahmon ismiga qara: Jannat uning bir jilvasi, abadiy saodat uning bir yogʻdusi, dunyodagi barcha rizq va ne'mat uning bir tomchisidir", deydi.

Bu taqqoslash zalolatdagilar bilan iymon ahlining hayot va vazifa jihatidagi mohiyatlariga ishorat qilgan

﴿ لَقَدْ خَلَقْنَا الْاِنْسَانَ ف۪ٓى اَحْسَنِ تَقْو۪يمٍ ٭ ثُمَّ رَدَدْنَاهُ اَسْفَلَ سَافِل۪ينَ ٭ اِلَّا الَّذ۪ينَ اٰمَنُوا وَ عَمِلُوا الصَّالِحَاتِ ﴾

va natija va oqibatlariga ishorat qilgan

﴿ فَمَا بَكَتْ عَلَيْهِمُ السَّمَٓاءُ وَ الْاَرْضُ ﴾
— 638 —

oyatlariga e'tibor ber. Naqadar ulugʻ, moʻ'jizali bayon qilgan qiyoslashimizni ifoda qiladi. Birinchi oyat, Oʻn Birinchi Soʻzda u oyatning i'jozli-moʻjizali va ijozli-qisqa soʻzda koʻp maʻnolarni batafsil ifodalagan haqiqat bayon qilingani. Buni u yerga havola qilamiz. Ikkinchi oyat esa, faqat kichik ishorat bilan koʻrsatamiz. Naqadar ulugʻ haqiqatni ifoda qiladi:

Bu oyat togʻridan anglashilgan maʻno bilan shunday farmon qiladi: "Samovot va zamin zalolatdagilar oʻlganda ustida yigʻlamaydi". Ters maʻnosi bilan: "Samovot va zamin ahli iymon dunyodan ketganda ustida yigʻlaydi", deb dalolat qiladi. Ya'ni, ahli zalolat, samovot va yerning vazifalarini inkor qiladi. Ma'nolarini bilmaydi. Ularni qiymatdan tushiradi. Sone'larini tanimaydi. Ularni haqorat, adovat qilgani uchun, albatta samovot va zamin ularga yigʻlash emas, balki ulardan nafratlanadi, oʻlganda xursand boʻladi.

Ters maʻnosi bilan: "Ahli iymon oʻlganda samovot va arz yigʻlaydi", deydi. Chunki, ahli iymon samovot va arzning vazifalarini biladi. Asl haqiqatlarini tasdiqlaydi. Ular ifodalagan ma'nolarni iymon bilan tushunadi. "Naqadar goʻzal yaratilgan, qanchalik goʻzal xizmat qilyapti", deydi. Ularga loyiq qiymat beradi va ehtirom koʻrsatadi. Janobi Haq hisobiga ularga va ular oyna boʻlgan Asmoga muhabbat etadi. Ushbu sir uchun, samovot va zamin ahli iymonning oʻtihiga yigʻlayotgandek mahzun boʻladi.

MUHIM BIR SAVOL: " Muhabbat ixtiyoriy emas. Tabiiy ehtiyojga binoan, shirin taomlar va mevalarni sevaman. Ota-ona, farzandlarimni sevaman. Rafiqamni sevaman. Doʻst va yaqinlarimni sevaman. Anbiyo va avliyoni sevaman. Hayotimni, yoshligimni sevaman. Bahorni, goʻzal narsalarni va dunyoni sevaman. Qanday qilib bularni sevmayin? Qanday qilib bu muhabbatlarning hammasini Janobi Haqning Zoti, Sifatlari va Asmosiga yoʻnaltiraman? Bu nima degani?" deyapsiz.

Javob: "Toʻrt Hikmat"ni tingla.

BIRINCHI HIKMAT: Muhabbat ixtiyoriy emas. Lekin ixtiyor bilan muhabbatni bir sevgilidan boshqasiga qaratish mumkin. Masalan, bir sevgilining xunukligini koʻrsatish orqali yoki muhabbatga asl loyiq boʻlgan boshqa sevgiliga parda yoki oyna ekanini koʻrsatish orqali muhabbat majoziy mahbubdan haqiqiy sevgiliga qaratilishi mumkin.

IKKINCHI HIKMAT: Sanab oʻtgan sevgililaringni sevma demaymiz. Balki ularni Janobi Haqning hisobiga va uning muhabbati nomidan sev deymiz. Masalan: Laziz taomlarni, goʻzal mevalarni Janobi Haqning ehsoni va Rahmoni Rahimning in'omi sifatida sevish "Rahmon" va "Mun'im" Ismlarini sevishdir, ham ma'naviy shukrdir. Bu muhabbat faqat nafs hisobiga boʻlmaganini va Rahmon uchun boʻlganini koʻrsatgan, halol doirada qanoat qilib ishlab topish, tafakkur bilan, tashakkur bilan yeyish boʻladi.

— 639 —

Ota-onaga shafqat bilan jihozlagan, seni ularning marhamatli qoʻllari bilan tarbiya qildirgan Hikmat va Rahmat hisobiga ularga hurmat va muhabbat koʻrsatish Janobi Haqning muhabbatiga oiddir. Bu muhabbat, hurmat va shafqat Alloh uchun boʻlganining alomati shuki: Ular keksaygan, senga hech qanday foydalari tegmaydigan, seni qiyinchilik va mashaqqatga qoʻygan vaqti yanada koʻproq muhabbat, marhamat va shafqat qilishdir.

﴿ اِمَّا يَبْلُغَنَّ عِنْدَكَ الْكِبَرَ اَحَدُهُمَٓا اَوْ كِلَاهُمَا فَلَا تَقُلْ لَهُمَٓا اُفٍّ ﴾

oyati farzandni besh martaba hurmat va shafqatga chaqirishi, Qur'on nazarida ota-onaning huquqlari naqadar ahamiyatli, itoat va hurmat qilmaslik qay daraja xunuk boʻlishini koʻrsatadi.

Modomiki ota, hech kimni emas, faqat farzandining oʻzidan ham yaxshiroq boʻlishini istaydi. Unga javoban farzand ham otaga haq da'vo qila olmaydi. Demak ota-ona va farzand oʻrtasida tabiatan tortishishga sabab yoʻq. Chunki tortishish yo havas va hasaddan kelib chiqadi. Otada oʻgʻliga nisbatan u yoʻq. Tortishish yoki haqsizlikdan keladi. Farzandning otasiga haq da'vo qilishga haqqi yoʻq. Otasini haqsiz koʻrsa ham, unga isyon qila olmaydi. Demak, otasiga isyon qilgan va uni ranjitgan kimsa insoniylikdan chiqqan jonivor boʻladi.

Farzandlarini Zoti Rahimi Karimning hadyalari boʻlgani uchun mukammal shafqat va marhamat bilan sevish va muhofaza qilish yana Haqqa oiddir. Bu muhabbat, Janobi Haq hisobiga boʻlganini koʻrsatgan belgi shuki: Vafot etsa sabr bilan shukr qilish, qaygʻurib faryod qilmaslik. "Xoliqimning mening nazoratimga bergan sevimli maxluqi, mulki edi. Endi hikmati iqtizo qildi, mendan oldi, yanada yaxshiroq joyga olib ketdi. Mening mulkimda birgina zohiriy hissam boʻlsa, ming haqiqiy hissa uning Xoliqiga oiddir. اَلْحُكْمُ لِلّٰهِ deb taslim boʻlishdan iborat.

Doʻst va yaqiqnlar esa: Agar ular iymon va amali solih sababli Janobi Haqning doʻstlari boʻlsalar, اَلْحُبُّ فِى اللّٰهِ sirriga koʻra, u muhabbat ham Haqqa oid boʻladi.

— 640 —

Rafiqangni rahmati Ilohiyaning jonga yaqin, goʻzal hadyasi boʻlgan jihati bilan sev va muhabbat koʻrsat. Lekin muhabbatingni tez buziladigan husni suratiga bogʻlama. Balki ayolning eng jozibador, eng shirin goʻzalligi ayollikka maxsus latofat va nazokat ichidagi siyrat goʻzalligidir. Eng qiymatli va eng shirin jamoli esa ulugʻ, jiddiy, samimiy, nuroniy shafqatidir. Bu shafqat jamoli va husni siyrati oxir hayotgacha davom etadi, koʻpayadi. Zaifa, latifa maxluqning hurmat huquqi oʻsha muhabbat bilan muhofaza qilinadi. Yoʻqsa, husni suratning ketganda u bechora eng muhtoj boʻlgan vaqtda haqqini yoʻqotadi.

Janobi Haqning maqbul qullari boʻlgani uchun, Janobi Haq uchun va Uning hisobiga anbiyo va avliylarni sevish kerak. Bu nuqtai nazardan Unga oiddir.

Hayotni Janobi Haqning insonga va senga bergan eng qiymatli va hayoti boqiyani qozontiradigan bir sarmoya va bir dafina va boqiy kamolotning jihozotini jamlagan bir xazina jihati bilan uni sevish, muhofaza qilish, Janobi Haqning xizmatida ishlatish, yana oʻsha muhabbat bir jihatdan Ma'budga oiddir.

Yoshlikning latofatini, goʻzalligini, Janobi Haqning latif, shirin, goʻzal ne'mati nuqtai nazaridan xush koʻrish, sevish, chiroyli qoʻllash shukr bilan bir tur halol muhabbat hisoblanadi.

Bahorni - Janobi Haqning nuroniy Asmolarining eng latif, goʻzal naqshlarining sahifasi va Sone'i Hakimning antiqa san'atining eng ziynatli va koʻz qamashtiradigan san'ati koʻrgazmasi boʻlgani jihati bilan tafakkur bilan sevish Janobi Haqning Asmosini sevish boʻladi.

Dunyoni - oxirat ekinzori, Asmoi Ilohiyaning oynasi, Janobi Haqning maktuboti va vaqtinchalik mehmonxonasi jihatidan sevish, nafsi ammora qoʻshilmaslik sharti bilan, Janobi Haqqa oid boʻladi.

Natija: Dunyoni va undagi maxluqotni harfiy ma'nosi bilan sev. Ismiy ma'nosi bilan sevma. "Naqadar goʻzal yaratilgan!" degin. "Naqadar goʻzal!" dema. Qalbing botiniga boshqa muhabbatlarning kirishiga yoʻl qoʻyma. Chunki, qalbning ichi, Samad oynasi va Unga maxsusdir.

اَللّٰهُمَّ ارْزُقْنَا حُبَّكَ وَ حُبَّ مَا يُقَرِّبُنَا اِلَيْكَ

degin.

Demak, sanab oʻtgan barcha muhabbatlarimiz agar bu suratda boʻlsa, ham azobsiz lazzat beradi, ham bir jihatdan tuganmsa visol boʻladi. Allohning muhabbatini ziyodalashtiradi. Ham halol muhabbatdir. Ham ayni lazzat boʻlgan shukrdir. Ham muhabbatning oʻzi boʻlgan fikrdir.

— 641 —

Masalan, bir oliy podshoh {(Hoshiya) Bir kuni ikki qabila raisi bir podshohning huzuriga kirib, yozilgan ayni holat boʻlgani kuzatilgan.} senga bir olmani ehson qilsa, u olmaga ikki xil muhabbat va unda ikki xil lazzat bor.

Birinchisi, olma olma boʻlgani uchun seviladi. Olmaga maxsus va olmachalik lazzat bor. Bu muhabbat podshohga oid emas. Huzurida olmani ogʻziga solib yegan odam podshohni emas, olmani sevadi va nafsiga muhabbat etadi. Ba'zan, podshoh nafsoniy muhabbatni yoqtirmaydi, undan nafratlanadi. Olmaning lazzati esa oz. Zavol ham topadi, olmani yegandan soʻng lazzat ham ketadi, bir afsus qoladi.

Ikkinchi muhabbat esa, olma ichidagi olma orqali koʻrsatilgan shohona iltifotdir. Goʻyo u olma shohona iltifotning namunasi va jismga kirgan holi, deb boshiga qoʻygan odam podshohni sevganini izhor qiladi. Iltifotning gʻilofi boʻlgan u mevada shunday lazzat borki, ming olma lazzatidan ham ustun. Bu lazzat ayni shukrondir. Bu muhabbat podshohga nisbatan hurmatli bir muhabbatdir.

Xuddi shuning kabi, butun ne'matlarga va mevalarni oʻzi uchun muhabbat etilsa, faqat moddiy lazzatlari bilan gʻofilona lazzat olinsa, u muhabbat nafsoniy boʻladi. Lazzatlar esa oʻtkinchi va azoblidir. Agar Janobi Haqning rahmatining iltifoti va ehsonlarining mevalari boʻlgani uchun sevsa, u ehson va iltifotlarning lutf darajalarini maqtab kamoli ishtaha bilan lazzat olsa, ham ma'naviy shukr, ham alamsiz lazzat boʻladi.

UCHINCHI HIKMAT: Janobi Haqning Asmosiga nisbatan muhabbatning tabaqalari bor: Yuqorida bayon qilganimiz kabi, inson ba'zan asarlarga muhabbat suratida Asmoni sevadi. Ba'zan Asmoni Allohning kamolotining unvonlari boʻlgani uchun sevadi. Ba'zan inson mohiyatining qamrovli ekani jihati bilan sanoqsiz ehtiyojlari uchun Asmoga muhtoj va ishtiyoqmand boʻladi. Ehtiyoj bilan sevadi. Masalan: Sen shafqat qilgan barcha qarindosh, faqir, zaif va muhtoj maxluqlarga ojizona yordam ehtiyojini his qilgan payting, birov chiqsa, sen istagandek ularga yaxshilik qilsa, u kishining in'om qiluvchi unvoni va karamli ismi senga qanchalik yoqadi, u zotni oʻsha unvon bilan naqadar sevasan.

Shuning kabi: Faqat Janobi Haqning Rahmon va Rahim Ismlarini oʻyla. Sen dunyoda sevgan va shafqat qilgan barcha moʻ'min otalaring, ajdodingni, qarindosh va doʻstlaringni ne'mat turlari bilan, Jannatda lazzat nevʻlari bilan, abadiy saodatda ularni senga koʻrsatib, Oʻzini ham ularga koʻrsatishi orqali bahtiyor qilgan "Rahmon" ismi va "Rahim" unvoni naqadar sevilishga loyiq, inson ruhi bu ikki Ismga qay daraja muhtoj boʻlganini qiyos qilishing mumkin. Yana

— 642 —
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ عَلٰى رَحْمَانِيَّتِه۪ وَ عَلٰى رَح۪يمِيَّتِه۪

naqadar oʻrinli ekanini anglaysan.

Sen aloqador boʻlgan va abgorliklaridan xafa boʻlgan bir navʻ uying va undagi mavjudot uyingning jonga yaqin narsalari va sevimli bezaklari hisoblangan dunyoni va undagi ichidagi maxluqotni kamoli hikmat bilan nizomga solgan, boshqargan va tarbiya qilgan zotning "Hakim" Ismiga va "Murabbiy" unvoniga ruhing naqadar muhtoj, naqadar ishtiyoqmand ekanini e'tibor bersang, tushunasan.

Sen aloqador boʻlgan va ketganida azob chekkan insonlaringni oʻlimi hangomida yoʻqlik zulmatidan qutqarib, bu dunyodan ham goʻzalroq joyga joylashtirgan zotning "Voris, Bois" ismlariga "Boqiy, Karim, Muhyi va Muhsin" unvonlariga naqadar ruhing muhtoj ekanini diqqat qilsang, anglaysan.

Demak, insonning mohiyati ulugʻ, tabiati qamrovli boʻlgani uchun, minglab turdai ehtiyojlari bilan Allohning ming bir Asmosiga, xar bir Ismning koʻp martabalariga fitratan muhtojdir. Qat qat ehtiyoj ishtiyoqdir. Qat qat ishtiyoq muhabbatdir. Qat qat muhabbat esa ishqdir. Ruhning komillikka yetishiga koʻra muhabbat martabalari Asmoning martabalariga koʻra rivojlanadi.

Asmo Zoti Zuljalolning unvonlari va jilvalari boʻlgani uchun, butun Asmoga muhabbat, Allohning ulugʻ zotiga muhabbatga aylanadi. Quyida faqat namuna sifatida ming bir Asmodan yolgʻiz "Adl" va "Hakem", "Haq" va "Rahim" Ismlarining ming bir martabalaridan bir martabani bayon qilamiz:

— 643 —

Hikmat va adolat ichidagi "Rahmonir Rahim" va "Haq" Ismini eng katta doirada koʻrishni istasang, ushbu misolga qara: Bir qoʻshinda toʻrt yuz turli toifalar boʻlganini faraz qilamiz. Xar bir toifa xush koʻrgan liboslari boshqa, yoqtirgan ozuqasi farqli, qiynalmay foydalanadigan qurollari auri va mizojiga davo boʻladigan dorilari alohida boʻlib, toʻrt yuz toifa turli tuman vzvod, boʻlinma ajratmasdan, bir-biriga aralashgan. Ularni mukammal shafqat va marhamatidan, gʻaroyib iqtidoridan, moʻ'jizaviy ilm va qamrovidan, favqulotda adolat va hikmatidan, temggi yoʻq bir podshoh ularning hech birini chalkashtirmasdan, hech qaysisini unutmasdan ularga loyiq libos, arzoq, dori va qurollarning barchasini yordamchisiz shaxsan oʻzi bersa, u zot, naqadar qodir, mushfiq, adolatli, karamli podshoh boʻlganini tushunasan. Chunki bir harbiy qismda oʻn millatga oid askarlar boʻlsa, ularni turlicha kiydirish va jihozlash oʻta qiyin boʻlgani uchun, majburan qanday boʻlsa ham, bir hilda jihozlanadi.

Buning kabi, Janobi Haqning adolar va hikmat ichidagi "Haq" va "Rahmonir Rahim" Ismi jilvasini koʻrishni istasang, bahor mavsumida zamin yuzida toʻrt yuz ming chodirlari tikilgan muhtasham millatdan hosil boʻlgan nabotot va hayvonot qoʻshiniga qara. Barcha millatlar, toifalar bir-biri ichida boʻlsada, xar birining libosi boshqa, ozuqasi farqli, quroli boshqa, tarzi hayoti ayri, buyrugʻi alohida, nafaqaga chiqishi boshqa. Bu ehtiyojlarni ta'minlaydigan iqtidori va kerakli narsalarini istaydigan tillari yoʻq. Hikmat va adolat doirasi ichida mezon va intizom bilan "Haq", "Rahmon", "Razzoq", "Rahim" va "Karim" unvonlarini tomosha qil, koʻr. Hech birini chalkashtirmasdan, unutmasdan, aralashtirmasdan tarbiya va tadbir qilishi, boshqarishiga qara!

Demak, hayratga soladigan qamrovli intizom va mezon bilan qilingan bir ishga boshqalarning qoʻli aralasha oladimi? Vohidi Ahad, Hakimi Mutlaq, Qodiri kulli shaydan boshqa bu san'atga, bu tadbirga, bu rububiyatga, bu aylantirishga qaysi narsa qoʻlini uzata oladi? Qaysi sabab aralasha oladi?

TOʻRTINCHI HIKMAT: "Mening taomlarga, nafsimga, rafiqamga, ota-onam, farzandlarim, doʻstlarim, avliyolar, anbiyolarga, goʻzal narsalarga, bahorga, dunyoga bogʻliq turli tuman muhabbatlarimning (Qur'on amr qilgan tarzda boʻlsa) natijalari, foydalari nima?" deyapsan.

Javob: Butun natijalarni bayon qilish uchun katta kitob yozish lozim. Hozircha faqat qisqacha bir-ikki natijaga ishorat qilinadi. Avvalo, dunyodagi hozir natijalari bayon qilinadi. Soʻng oxiratda yuzaga chiqadigan natijalari aytiladi:

Yuqorida bayon qilingani kabi, ahli gʻaflat va ahli dunyo tarzida, nafsga muhabbatlarning dunyoda balolari, azoblari, mashaqqatlari koʻp. Kayf-safosi, lazzatlari, rohatlari oz. Masalan, shafqat ojizlik tufayli azob beruvchi musibat boʻladi. Muhabbat firoq tufayli baloli ayriliq boʻladi. Lazzat zavol tufayli zaharli sharbatga aylanadi. Oxiratda esa, Janobi Haq uchun boʻlmaganlari uchun, yo foydasiz yoki azob boʻladi. (Agar haromga kirgan boʻlsa.)

Savol: Anbiyo va avliyolarga muhabbat qanday qilib foydasiz ketadi?

— 644 —

Javob: Hristianlarning Iso Alayhissalomga va Rofiziylarning Hazrat Ali Raziyallohu Anhga muhabbatlari foydasiz ketgani kabi. Agar u muhabbatlar Qur'on irshod qilgan tarzda va Janobi Haq uchun va Rahmon muhabbati nomiga boʻlsa, ham dunyoda, ham oxiratda goʻzal natijalari bor. Ammo dunyoda shirin taomlarga, goʻzal mevalarga muhabbating azobsiz ne'mat va ayni shukr lazzat hisoblanadi.

Nafsingga muhabbat esa: Unga achinish, tarbiya qilish, zararli havaslardan manʻ qilishdir. Oʻshanda nafs senga minmaydi, seni havosiga asir qilmaydi. Balki sen nafsingga minasan. Uni havoga emas, hidoyatga yoʻllaysan.

Rafiqangga muhabbating siyrati goʻzalligi, shafqat ma'dani va rahmat hadyasi ustiga bino qilingan bolib, uni samimiy sevsang va marhamat qilsang, u ham seni jiddiy hurmat qiladi va sevadi. Ikkingiz keksaygan sari bu hol koʻpayadi, hayotingni bahtiyor oʻtkazasan. Yoʻqsa husni suratga muhabbat nafsoniy boʻlsa, muhabbat tez buziladi, goʻzal hayotni ham buzadi.

Ota-onaga muhabbating Janobi Haq hisobiga boʻlgani uchun ham ibodat boʻladi, hamda ular keksaygan sari hurmat va muhabbatni ziyodalashtirasan. Eng oliy his bilan, eng mardona himmat bilan ularning uzoq umrini jiddiy orzu qilib, birga davom etishni duo qilish, ular tufayli yanada koʻproq savob qozonay deb, samimiy hurmat bilan ularning qoʻlini oʻpish, ulugʻ ruhoniy lazzati olish boʻladi. Aksincha nafsoniy, dunyo e'tibori bilan boʻlsa, ular keksaygan va senga yuk boʻladigan holatda boʻlgan vaqtlari, eng past, eng tuban his bilan borliklaridan xushlanmasdan, hayotingga sabab boʻlgan muhtaram zotlarning oʻlimini istasang, vahshiy, qaygʻuli, ruhiy azob boʻladi.

Farzandingga muhabbat esa: Janobi Haqning sening nazoratingga va tarbiyangga omonat qilib bergan sevimli, doʻst maxluqlarga muhabbat esa, saodatli muhabbat va ne'matdir. Na musibatlari bilan ortiqcha alam chekasan, na oʻlimlari bilan qaygʻuli faryod qilasan. Yuqorida aytilgani kabi, ularning Xoliqlari ham Hakim, ham Rahim boʻlganidan, ularning oʻlimi bir saodatdir, deysan. Oʻzing haqqingda esa, ularni senga bergan zotning rahmatini oʻylaysan. Firoq azobidan qutulasan.

Doʻstlaringga muhabbating esa: Modomiki Alloh uchun ekan, doʻstlardan ayriliq, hatto oʻlimlari suhbatingizga va qardoshligingizga mone' boʻlmagani uchun, ma'naviy muhabbat va ruhoniy aloqadan foyda olasan. Muloqot lazzati doimiy boʻladi. Alloh uchun boʻlmasa, bir kunlik muloqot lazzati yuz kunlik ayriliq azobini keltirib chiqaradi.

{(Hoshiya) Alloh uchun bir soniya muloqot bir yildir. Dunyo uchun boʻlsa, bir yil bir soniyadir.}

— 645 —

Anbiyo va avliyolarga muhabbating esa: Ahli gʻaflatga zim-ziyo qoʻrqituvchi joy boʻlib koʻringan barzoh olami, senga nuroniy zotlarning borligi bilan nurli manzil suratida koʻringani uchun, u olamga borishga qoʻrqish, daxshatga tushish emas, balki aksincha mayl va ishtiyoq hissini beradi, dunyoviy hayotning lazzatini qochirmaydi. Yoʻqsa, ularning muhabbati madaniylarning mashxur insonlarga muhabbati turiga kirsa, komil insonlarning foniy va oʻtkinchiligi moziy deb atalgan katta mozorda chirishlarini oʻylash bilan, azobli hayotingga yana bir qaygʻu qoʻshadi. Ya'ni, "Komil insonlarni chiritgan mozorga men ham kiraman", deya oʻylaydi. Qabristonga xavotir bilan qaraydi. "Oh!" chekadi. Avvalgi nazarda esa: Jism libosini oʻtmishda tashlab, oʻzlari kelajak mehmonxonasi boʻlgan barzoh olamida kamoli rohat-farogʻatda oʻtirishlarini oʻylaydi, qabristonga doʻstona qaraydi.

Goʻzal narsalarga muhabbating, modomiki Sone'lari hisobiga ekan, "Qanday goʻzal yaratilgan!" tarzidadir. Muhabbating shirin tafakkur boʻlib, husnparast, jamolparast lazzatingning nazarini yanada yuksak, yanada muqaddas va minglab marta goʻzalroq jamol martabalarining hazinalariga yoʻl ochadi, qaratadi. Chunki goʻzal asarlardan Allohnign ishlarining goʻzalligiga olib oʻtadi. Undan Asmoning goʻzalligiga, undan Sifatlarining goʻzalligiga, undan Zoti Zuljalolning jamoli bemisoliga qalbga yoʻl ochadi. Xullas, bu muhabbat bu suratda boʻlsa, ham lazzatdir, ham ibodatdir va ham tafakkurdir.

Yoshlikka muhabbating esa: Modomiki Janobi Haqning goʻzal ne'mati jihatidan sevgan ekansan, albatta, uni ibodatga sarf qilasan, kayf-safoda boʻgʻib oʻldirmaysan. Shunday ekan, yoshlikda qozongan ibodatlaring, foniy yoshlikning boqiy mevalaridir. Keksayganing sari yoshlikning yaxshiliklari boʻlgan boqiy mevalarini qoʻlga kiritib, yoshlikning zararlaridan, qiziqqonliklaridan qutulasan. Keksalikda ibodatga yanada koʻproq muvaffaqiyat va marhamati Ilohiyaga yanada koʻproq layoqat qozonganingni oʻylaysan. Ahli gʻaflat kabi besh-oʻn yillik yoshlik lazzatiga javoban, ellik yoshda "Ey voh, yoshligim ketdi!" deb afsuslanib, yoshlik uchun yigʻlamaysan. Shundaylardan biri:

لَيْتَ الشَّبَابَ يَعُودُ يَوْمًا فَاُخْبِرَهُ بِمَا فَعَلَ الْمَش۪يبُ

degan. Ya'ni, "Koshki yoshligim bir kunga qaytsa edi, keksalik mening boshimga nimalar keltirganini shikoyat qilib xabar berar edim".

— 646 —

Bahor kabi ziynatli mashharlarga muhabbat esa: Modomiki Allohning san'atini sayr qilar ekansan, bahor oʻtganda ham, tomosha lazzati yoʻq boʻlmaydi. Chunki bahor zarrin maktub kabi bergan ma'nolarini xar doim tomosha qila olasan. Hayoling va zamon ikkisi ham kino tasmalari kabi tomosha lazzatini davom ettirish bilan birga bahorning ma'nolarini, goʻzalliklarini yangilab turadi. Bu muhabbating pushaymonlik, azobli, vaqtincha boʻlmaydi. Lazzatli, farohli boʻladi.

Dunyoga muhabbating esa: Modomiki Janobi Haq nomiga ekan, dunyoning daxshatli mavjudoti senga yaqin doʻst hisobiga oʻtadi. Oxirat dalasi jihatidan sevganing uchun hamma narsasida oxiratga foyda beradigan sarmoya, meva olishing mumkin. Na musibatlari senga daxshat beradi, na oʻtishi va foniyligi aziyat beradi. Kamoli farogʻat bilan musofirxonada yashash muddatingni oʻtkazasan. Agar gʻaflatdagilar kabi sevsang, senga yuz marta takrorlaymiz: Aziyatli, ezuvchi, boʻgʻuvchi, foniylikka mahkum, natijasiz muhabbat ichida boʻgʻilib ketasan.

Ba'zi sevgililarning, agar Qur'on koʻrsatgan suratda boʻlsa, xar birining faqat yuzdan bir goʻzalligini koʻrsatdik. Qur'on koʻrsatgan yoʻlda boʻlmasa, yuzdan bir zararlariga ishorat qildik. Endi sevgililarning boqiy diyorda, oxirat olamida, Qur'oni Hakimning ochiq ravshan oyatlari bilan ishorat qilgan natijalarini eshitishni va tushunishni istasang, turli halol muhabbatlarning oxirat diyoridagi natijalarini bir "Bir Muqaddima" va "Toʻqqiz Ishorat" bilan yuzdan bir foydasini qisqacha koʻrsatamiz.

MUQADDIMA: Janobi Haq jalil-hashamatli uluhiyati bilan, jamil rahmati bilan, kabir rububiyati bilan, karim marhamati bilan, azim qudrati bilan, latif hikmati bilan shu kichkina insonning vujudini buncha tuygʻular va hislar bilan, shu daraja organlar va jihozlar bilan, turli a'zo va asboblar bilan, koʻp turdagi tuygʻular va ma'naviyat bilan jihozlab, ziynatlganki, koʻp navʻ va juda koʻp asboblar bilan hadsiz ne'mat turlarini, ehson qismlarini, rahmatini tabaqalarini insonga xoslagan, bildirgan, tattirgan, tanitgan, sevdirgan.

Insondagi juda koʻp asboblar va jihozlarning xar birisining turli xizmati, qulligi boʻlgani kabi, boshqa-boshqa lazzati, alami, vazifasi va mukofoti bor. Masalan, koʻz suratlardagi goʻzalliklarini va koʻringan borliqlar olamda qudratinig goʻzal moʻ'jizalari sinflarini tomosha qiladi. Ibrat bilan qarab Sone'iga shuk qilish uning vazifasidir. Nazarga maxsus lazzat va alam ma'lum, ta'rifga hojat yoʻq.

Quloq sadolarning turlarini, latif nagʻmalarini va eshitilganlar olamida Janobi Haqning rahmat goʻzalliklarini his qiladi. Boshqacha qullik, alohida lazzat, farqli mukofoti ham bor.

Hid bilish hissi, hidlar toifasidagi rahmat goʻzalliklarini his qiladi. Oʻziga maxsus shukr vazifasi, lazzati bor. Albatta, mukofoti ham bordir.

— 647 —

Tildagi taʻm bilish hissi butun yeyiladigan narsalarning lazzatini anglab, oʻta koʻp turda ma'naviy shukri bilan vazifa bajaradi va hokazo... Butun inson jihozlarining, qalb, aql va ruh kabi buyuk va muhim latifalarning turli tuman vazifalari, lazzatlari va azoblari bor.

Janobi Haq va Hakimi Mutlaq insonda qoʻllangan bu jihozlarning, albatta, xar biriga loyiq haqlarini beradi. U koʻp turdagi muhabbat navʻlarining yuqorida bayon qilingan dunyodagi hozir natijalarini hamma vijdoni bilan his qiladi va toʻgʻri sezgi bilan isbotlanadi. Oxiratdagi natijalari esa, qat'iyan borligi va yuzaga chiqishini qisqacha Oʻninchi Soʻzning oʻn ikki porliq va aniq haqiqati orqali va Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzning olti oshkor asosi bilan isbot qilingan. Tafsiloti

اَصْدَقُ الْكَلَامِ وَاَبْلَغُ النِّظَامِ كَلَامُ اللّٰهِ الْمَلِكِ الْعَز۪يزِ الْعَلَّامِ

Qur'oni Hakimning ochiq ravshan oyatlari bilan ochiq oydin, nozik ishorat shaklida tushuntirish, ramz va ishoratlari bilan qat'iyan aytilgan. Boshqa uzoq burhonlarni keltirishning keragi yoʻq. Zotan boshqa Soʻzlarda va Jannatga doir Yigirma Sakkizinchi Soʻzning ikkinchi arabiy maqomida va Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzda koʻp burhonlar oʻtgan.

BIRINCHI ISHORAT: Shirin taomlarga, xush mevalarga shukr bilan halol muhabbatning uxraviy natijasini Qur'onning matni aytgan. Jannatga loyiq bir tarzda shirin taomlar, goʻzal mevalardan iborat. Taomlar va u mevalarni ishtahali shakldagi muhabbatdir. Hatto dunyoda yegan meva ustida aytgan "Alhamdulilloh" kalimasi Jannat mevasi sifatida jism holiga kelib senga taqdim qilinadi. Bu yerda meva yeysan, u yerda "Alhamdulilloh" yeysan. Ne'mat va taom ichida Ilohiy in'omni va Rahmoniy iltifotni koʻrganing uchun lazzatli ma'naviy shukr Jannatda oʻta shirin taom suratida senga berilishi hadisning matni bilan, Qur'onning ishoratlati bilan, hikmat va rahmatning iqtizosi bilan sobit.

IKKINCHI ISHORAT: Dunyoda halol suratda nafsingga muhabbat, ya'ni goʻzal narsalarga bino qilingan muhabbat emas, balki kamchiliklarini koʻrib, mukammallashtirishga bino qilingan shafqat bilan uni tarbiya qilish va xayrga yoʻllashning natijasi sifatida Jannatda nafsga loyiq mahbublarni beriladi. Modomiki nafs dunyoda hoyu-havasini Janobi Haq yoʻlida husni iste'mol qilgan ekan, jihozlarini, tuygʻularini chiroyli suratda qoʻllangan eekan, Karimi Mutlaq unga dunyodagi halol va qullik orqali qilingan muhabbatning natijasi Jannatning yetmish turdagi ziynat navʻlari va latofat-goʻzalligining namunalari boʻlgan yetmish hildagi ziynatli libosni kiydirib, nafsdagi butun tuygʻularni xursand qiladigan, unga yoqadigan yetmish husn turlari bilan vujudini bezab, xar biri ruhli kichik Jannatlar boʻlgan huriylarni boqiy diyorda berishini juda koʻp oyatlar ochiq oydin aytgan va isbot qilingan.

— 648 —

Dunyoda yoshlikka muhabbat, ya'ni yoshlik kuchini ibodatda sarf qilishning natijasi: Dori saodatda abadiy yoshlik boʻladi.

UCHINCHI ISHORAT: Rafiqangni halol doirada, ya'ni xush shafqatiga, goʻzal axloqiga, husni siyratiga binoan samimiy muhabbat bilan sevishning, itiatsizlikdan, boshqa gunohlardan muhofaza qilishning uxraviy natijasi - Rahimi Mutlaq rafiqangni huriylardan hham goʻzal suratda, ziynatliroq tarzda, jozibadorroq koʻrinishda unga saodat diyorida abadiy rafiqani va dunyodagi eski mojarolarini bir-biriga lazzat bilan aytish va eski xotiralarni bir-biriga eslatadigan doʻst, xush, abadiy yoʻldosh, sevgan va sevilgan holda berilishini va'da bergan. Albatta, U zot va'da qilgan narsasini qat'iy beradi.

TOʻRTINCHI ISHORAT: Ota-ona va farzandlarga halol muhabbatning natijasi: Qur'on matni orqali Janobi Arhamur Rohimin ularning maqomlari boshqa-boshqa boʻlsa ham, yana shu bahtiyor oilaga sof tarzda suhbat lazzatini Jannatga loyiq goʻzal aloqa suratida, boqiy diyorda, abadiy muloqot shaklida ehson qiladi. Oʻn besh yoshga kirmasdan, ya'ni balogʻat yoshiga yetmay vafot qilgan bolalar وِلْدَانٌ مُخَلَّدُونَ deb ta'bir qilingan Jannat bolalari shaklida, Jannatga loyiq tarzda, gʻoyat bezalgan, sevimli suratda Jannatda ham ota-onalarining quchoqlariga beriladi. Bolani sevish va voyaga yetkazish hislarini xursand qiladi. Ota-onaga bu abadiy zavq va lazzatni beradi. Chunki bolalar masʻuliyat yoshiga kirmagani uchun, abadiy, sevimli, shirin bola boʻlib qoladilar.

Dunyoda xar bir lazzatli narsaning eng a'losi Jannatda boʻladi. Lekin juda shirin boʻlgan bola oʻstirish, ya'ni bolalarini sevib erkalash zavqi, Jannat koʻpayish joyi boʻlmagani uchun, Jannatda yoʻq deb oʻylanar edi. Bu suratda u ham bor. Ham eng lazzatli va shirin tarzda mavjud. Bu balogʻatga yetmasdan farzandi vafot qilganlarga xushxabar!

BESHINCHI ISHORAT: Dunyoda اَلْحُبُّ فِى اللّٰهِ hukmiga binoan solih doʻstlarga muhabbatning natijasi: Jannatda عَلٰى سُرُرٍ مُتَقَابِل۪ينَ oyatida aytilgan, bir-biriga qarata oʻrnatilgan Jannat oʻrindiqlarida oʻtirib xush, shirin, goʻzal, shirin suratda boʻladi. Dunyo mojarolarini va eskim xotiralarini bir-biriga naql qilib vaqtlarini chogʻ qilish suratida, ayriliqsiz, sof muhabbat va suhbat suratida doʻstlar bilan koʻrishtirishini Qur'onning matni aytgan.

— 649 —

OLTINCHI ISHORAT: Anbiyo va avliyolarga Qur'on ta'rif qilgan tarzda muhabbatning natijasi: Anbiyo va avliyolarning shafoatlaridan barzohda, hashrda foydalanish bilan birga, oʻta ulugʻ va ularga loyiq maqom va fayzlardan muhabbat vositasida fayz olinadi. Ha, اَلْمَرْءُ مَعَ مَنْ اَحَبَّ sirriga koʻra, oddiy bir odam, oʻzi sevgan oliy maqom zotga tobe boʻlish orqali eng yuksak maqomga yeta oladi.

YETTINCHI ISHORAT: Goʻzal narsalarga va bahorga halol muhabbatning, ya'ni "Qanday goʻzal yaratilgan" nazari bilan qarash, asarlarning orqasidagi ishlarning goʻzalligini, intizomini va intizomi orqasida ishlarni goʻzal Asmoning jilvalari deb, goʻzal Asmoning orqasida Sifatlarining tajalliylarini va hokazo sevishning natijasi: Boqiy diyorda goʻzal koʻrgan sanʻat asarlaridan ming marta goʻzalroq tarzda Asmoning jilvasini va Asmo ichidagi jamol va sifatlarini Jannatda koʻrish boiladi. Hatto Imom Rabboniy (R.A.): "Jannat goʻzalliklari Alloh Asmosi jilvasining koʻrinishlaridir", deganlar. Chuqur va diqqat bilan oʻyla!

SAKKIZINCHI ISHORAT: Dunyoda, dunyoning oxirat ekinzori va Allohning Asmosi oynasi boʻlgan ikki goʻzal yuzini tafakkur bilan muhabbat qilishning uxraviy natijasi shuki: Dunyo qadar, lekin foniy dunyo kabi oʻtkinchi emas, boqiy Jannat beriladi. Dunyoda faqat zaif soyalari koʻrsatilgan Asmo Jannat oynalarida eng dabdabali suratda koʻrsatiladi.

Dunyoni oxirat ekinzori sifatida sevishning natijasi: Dunyoni koʻchatzor, ya'ni uning faqat koʻchatlarni bir daraja yetishtirgan kichik ekinzori boʻladigan shunday Jannatni beradiki, dunyoda insoniy his tuygʻular kichik koʻchatlar boʻlib, Jannatda eng mukammal tarzda oʻsib, dunyoda urugʻchalar hisoblangan iste'dodlarni lazzat va kamolot turlari bilan unib chiqqan holda berilishini Rahmati va Hikmati taqozo qiladi. Bu Hadis matni va Qur'onning ishoratlari bilan sobitdir.

Dunyoning, xar xatoning boshi boʻlgan ayblangan muhabbatni emas, balki Asmoga va oxiratga qaragan ikki yuzini Asmo va oxirat uchun sevgan, yuzlarni fikriy ibodat bilan bezagan, goʻyo butun dunyosi bilan ibodat qilgan kishiga albatta, dunyo qadar mukofot olishini rahmat va hikmati taqozo qiladi. Modomiki oxirat muhabbati bilan uning ekinzorini sevgan va Janobi Haqning muhabbati bilan Asmosining oynasini sevgan ekan, albatta bu dunyo kabi sevgili istaydi. U esa dunyo qadar Jannatdir.

— 650 —

Savol: Bu qadar katta va xoli Jannat nimaga yaraydi?

Javob: Agar mumkin boʻlsa edi, hayol tezligida zaminning toʻrt tomonini va yulduzlarning aksarini aylansang, "Butun olam meniki" deya olasan. Farishta, insonlar va hayvonlarning borligi sening xulosangga halal bermaydi. Shunga oʻxshab, Jannat toʻla boʻlsa ham, "Jannat meniki", deya olasan. Hadisda ba'zi ahli jannatga berilgan besh yuz yillik Jannat sirri Yigirma Sakkizinchi Soʻzda va Ixlos Yogʻdusida bayon qilingan.

TOʻQQIZINCHI ISHORAT: Iymon va Allohga muhabbatning natijasi: Kashf va tahqiq ahli bir ovozdan, dunyoning ming yil bahtli hayoti, bir soatiga arzimagan Jannat hayoti, Jannat hayotining ming yili esa soat koʻrishga arzimagan muqaddas, pok Jamol va Kamol sohibi boʻlgan Zoti Zuljalolni koʻrish-ru'yati boʻlib, {(Hoshiya) Hadisda: "Ruʻyat-Koʻrish butun Jannat lazzatlaridan shu daraja yuksakdirki, ularni unuttiradi. Ruʻyat-Koʻrgandan soʻng ularning husni jamoli shu daraja koʻpayadiki, qaytgan vaqti saroylaridagi oilalari juda diqqat bilan zoʻrgʻa taniy oladilar", deb vorid boʻlgandir.} qat'iy hadisi va Qur'onning matni orqali bayon qilingan.

Hazrat Sulaymon Alayhissalom kabi muhtasham kamol bilan mashhur boʻlgan zotning koʻrishga ishtiyoqli qiziqishni, Hazrat Yusuf Alayhissalom kabi mumtoz darajada chiroyli zotga qarashga qiziqqan ishtiyoqni hamma vijdonan his qiladi. Ajabo, dunyoning butun goʻzalliklari va kamolotidan ham minglab daraja yuksak, Jannatning barcha chiroy va kamoloti - Jamoli va Kamolining bir jilvasi boʻlgan Zotni koʻrish qanchalik sevilgan, qiziqtiradigan, koʻrish qay daraja istalgan va ishtiyoq beruvchi ekanini qiyos qila olsang qil.

اَللّٰهُمَّ ارْزُقْنَا فِى الدُّنْيَا حُبَّكَ وَ حُبَّ مَا يُقَرِّبُنَا اِلَيْكَ وَ الْاِسْتِقَامَةَ كَمَا اَمَرْتَ وَ فِى الْاٰخِرَةِ رَحْمَتَكَ وَ رُؤْيَتَكَ
﴿ سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ ﴾
— 651 —
اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى مَنْ اَرْسَلْتَهُ رَحْمَةً لِلْعَالَم۪ينَ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ اٰم۪ينَ
TANBEH

Bu soʻzning oxiridagi uzun tafsilotni uzun deb koʻrma, ahamiyatiga nisabatan qisqa boʻlib, yanada uzun boʻlishi kerak.

Barcha Soʻzlarda gapirgan men emasman. Balki Qur'on ishoratlar nomidan haqiqat gapirgan. Haqiqat esa haq soʻylaydi, toʻgʻri gapiradi. Agar biror xato koʻrsangiz, muhaqqaq bilingki: Mening xabarim boʻlmasdan fikrim qoʻshilgan, chalkashtirgan, xato qilgan.

— 652 —

MUNOJOT

Ey Robbim! Ulkan saroyning eshigini qoqqan odam, ochilmagan vaqti, unga ochilishi uchun saroyning eshigini boshqa qabul qilinadigan zotning saroyda koʻnikilgan ovozi bilan qoqadi. Shunga oʻxshab, men bechora ham sening dargohi Rahmatingni sevgan quling boʻlgan Uvays al Qaroniyning nidosi va munojoti bilan qoqaman. Dargohingni u kishiga ochganing kabi, Rahmating bilan menga ham och.

اَقُولُ كَمَا قَالَ:
اِلٰه۪ى اَنْتَ رَبّ۪ى وَ اَنَا الْعَبْدُ ٭ وَ اَنْتَ الْخَالِقُ وَ اَنَا الْمَخْلُوقُ ٭
وَ اَنْتَ الرَّزَّاقُ وَ اَنَا الْمَرْزُوقُ ٭ وَ اَنْتَ الْمَالِكُ وَ اَنَا الْمَمْلُوكُ ٭
وَ اَنْتَ الْعَز۪يزُ وَ اَنَا الذَّل۪يلُ ٭ وَ اَنْتَ الْغَنِىُّ وَ اَنَا الْفَق۪يرُ ٭
وَ اَنْتَ الْحَىُّ وَ اَنَا الْمَيِّتُ ٭ وَ اَنْتَ الْبَاق۪ى وَ اَنَا الْفَان۪ى ٭
وَ اَنْتَ الْكَر۪يمُ وَ اَنَا اللَّئ۪يمُ ٭ وَ اَنْتَ الْمُحْسِنُ وَ اَنَا الْمُسِىءُ ٭
وَ اَنْتَ الْغَفُورُ وَ اَنَا الْمُذْنِبُ ٭ وَ اَنْتَ الْعَظ۪يمُ وَ اَنَا الْحَق۪يرُ ٭
وَ اَنْتَ الْقَوِىُّ وَ اَنَا الضَّع۪يفُ ٭
وَ اَنْتَ الْمُعْط۪ى وَ اَنَا السَّائِلُ ٭
وَ اَنْتَ الْاَم۪ينُ وَ اَنَا الْخَائِفُ ٭ وَ اَنْتَ الْجَوَّادُ وَ اَنَا الْمِسْك۪ينُ ٭
وَ اَنْتَ الْمُج۪يبُ وَ اَنَا الدَّاع۪ى ٭ وَ اَنْتَ الشَّاف۪ى وَ اَنَا الْمَر۪يضُ ٭
فَاغْفِرْل۪ى ذُنُوب۪ى وَ تَجَاوَزْ عَنّ۪ى وَ اشْفِ اَمْرَاض۪ى يَا اَللّٰهُ يَا كَاف۪ى ٭
يَا رَبُّ يَا وَاف۪ى ٭ يَا رَح۪يمُ يَا شَاف۪ى ٭ يَا كَر۪يمُ يَا مُعَاف۪ى ٭
فَاعْفُ عَنّ۪ى مِنْ كُلِّ ذَنْبٍ وَ عَافِن۪ى مِنْ كُلِّ دَاءٍ وَارْضَ عَنّ۪ى اَبَدًا بِرَحْمَتِكَ يَا اَرْحَمَ الرَّاحِم۪ينَ
﴿ ٭ وَ اٰخِرُ دَعْوٰيهُمْ اَنِ الْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ ﴾