So'zlar
— 653 —

OʻTTIZ UCHINCHI SOʻZ

Oʻttiz Uch Derazadan iborat
Bir jihatdan Oʻttiz Uchinchi Maktub va bir jihatdan Oʻttiz Uchinchi Soʻz
﴿ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ﴾
﴿ سَنُر۪يهِمْ اٰيَاتِنَا فِى الْاٰفَاقِ وَف۪ٓى اَنْفُسِهِمْ حَتّٰى يَتَبَيَّنَ لَهُمْ اَنَّهُ الْحَقُّ اَوَلَمْ يَكْفِ بِرَبِّكَ اَنَّهُ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ شَه۪يدٌ ﴾

Savol: Bu ikki qamrovli oyat ifodalagan Alloning birligi va borligining zaruriyligi, Rabboniy vasf va xususiyatlarga eng kichik va eng katta olam boʻlgan inson va koinotning dalil boʻlgan tomonlarini bayon qilishingizni jamlangan va qisqa suratda istaymiz. Chunki inkor qiluvchilar juda haddan oshdi. Qachongacha وَ هُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ deb, qoʻlimizni koʻtaramiz?" deyishyapti.

Javob: Yozilgan butun oʻttiz uch adad Soʻzlar oʻsha oyat dengizidan va fayz olingan haqiqat dengizidan oʻttiz uch tomchidan iborat. Ularga qarasangiz, javobingizni olishingiz mumkin. Hozircha u dengizdan faqat bir qatraning sizib chiqqan zarralariga ishorat qilamiz:

Masalan: Bir moʻ'jizaviy kishi katta bir saroy qurishni istasa: Avvalo poydevorlarini, asoslarini muntazam hikmat bilan joylashtiradi, kelajakdagi natijalariga va maqsadlarga muvofiq tarzda tartibga soladi. Soʻng manzillarga, boʻlaklarga mahorat bilan ajratadi va qismlarga boʻladi. Soʻng u manzillarni toʻgrilab va tartibga soladi. Soʻng naqshlar bilan ziynatlaydi. Soʻng elektr chiroqlari bilan nurlantiradi. Soʻng muhtasham va ziynatli saroyda mahoratini, ehsonlarini yangilash uchun xar bir tabaqada yangi-yangi ijodlar, oʻzgartirishlar, aylantirishlar qiladi. Soʻng xar bir manzilda oʻz maqomiga bogʻlangan telefon bogʻlab alohida derazalar ochadi. Xar biridan uning maqomi koʻrinadi.

— 654 —

Aynan shuning kabi: وَ لِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى Sone'i Zuljalol, Hokimi Hakim, Adli Hakem kabi ming bir muqaddas Asmosi bilan nomlangan Fotiri Bemisol ushbu buyuk olami boʻlgan koinot saroyining va yaratilish daraxtini ijod qilishni iroda qildi. Olti kunda saroyning, shajaraning asoslarini hikmat dasturlari va azaliy ilmi qonunlari bilan joylashtirdi. Soʻng yuksak va past tabaqalarga va shoxlarga ayirib, qazo va qadar dasturlari bilan boʻlimlarga ayirdi va tasvirladi. Soʻng xar maxluqlarning xar toifasini va xar tabaqasini sanʻat vca tartib dasturi bilan toʻgʻriladi. Soʻng hamma narsani, xar bir olamni unga loyiq tarzda, masalan samoni yulduzlar bilan, zaminni gullar bilan ziynatlaganidek, bezab ziynatladi. Soʻng qamrovli qonunlar va umumiy dasturlar maydonida Asmolarini tajalliy ettirib nurlantirdi. Soʻng bu umumiy qonunning tazyiqidan faryod qilganlarga Rahmoni Rahim Ismlarini xususiy suratda yordam berdirdi.

Demak, qamrovli va umumiy dasturlar ichida xususiy ehsonlari, xususiy yordamlari, xususiy jilvalari borki: Hamma narsa, xar doim, xar bir hojati uchun undan yordam oladi, unga qaray oladi. Soʻng xar manzildan, xar tabaqadan, xar olamdan, xar toifadan, xar bir kishidan, hamma narsadan oʻzini koʻrsatadigan, ya'ni vujudini va birligini bildiradigan derazalar ochgan. Xar bir qalb ichida alohida telefon qoʻygan.

Endi bu sanoqsiz derazalardan, albatta haddimizdan oshib bahsga kirishmaymiz. Ularni Allohning keng ilmiga havola qilib, faqat Qur'on oyatining yogʻdulari boʻlgan oʻttiz uch derazani Oʻttiz Uchinchi Soʻzning Oʻttiz Uchinchi Maktubining namozdan keyingi tasbehotning muborakiga oʻttiz uch adadiga muvofiq boʻlishi uchun oʻttiz uch derazaga qisqacha va muxtasar suratda ishorat qilib, izohini boshqa Soʻzlarga havola qilamiz.

— 655 —

Birinchi Deraza

Butun ashyolar, xususan hayot egalarining juda koʻp turdagi ehtiyojlaari va juda koʻp hilda orzulari borligini koʻz bilan koʻryapmiz. Ularga Istaklari, hojatlari kutmagan, bilmagan va qoʻli yetmagan joydan munosib va loyiq vaqtda berilyapti, yordamga keltirilyapti. Xolbuki muhtojlarning kuchi sanoqsiz istaklarining eng kichigiga ham yetmaydi, qoʻli ulashmaydi. Sen oʻzingga nazar sol: Zohiriy va botiniy tuygʻularing, ularga kerakli narsalar kabi qoʻling yetmagan ko'plab ashyolarga muhtojsan. Butun jonzotlarni oʻzingga qiyos qil. Ularning barchasi alohida-alohida Vujudi Vojibga guvohlik va yakkaligiga ishorat qilgani kabi, umumiy sinfi bilan, quyoshning ziyosi quyoshni koʻrsatgani kabi, u hol va bu vaziyat, gʻayb pardasi orqasida aqlga oʻta Karim, Rahim, Murabbiy, Mudabbir unvonlari ichida bir Vojibul Vujudni, Vohidi Ahadni koʻrsatadi.

Endi ey bilimsiz inkorchi va ey gʻofil gunohkor! Ushbu Shafqat va marhamat bilan, koʻrib, bilib qilingan hikmatli ishlarni nima bilan izohlay olasan? Kar tabiat bilanmi, koʻr kuch bilanmi, tentak tasodif bilanmi, ojiz jonsiz sabablar bilan izoh qilasanmi?

Ikkinchi Deraza

Ashyolarning borligi va xosliklari cheksiz imkon yoʻllari ichida qarorsiz, soshib qolgan, shaklsiz suratda turgan vaqti, birdaniga oʻta intizomli, hikmatli aniqlanish shakli beriladi. Masalan xar bir insonning yuzida butun inson sinfining xar biriga nisbatan ajratib turadigan belgisi borligi, tashqi va ichki tuygʻulari bilan mukammal hikmat bilan jihozlanadi. Bu esa yuzning oʻta porloq ahadiyat-yakalik tamgʻasi ekanini isbotlaydi. Xar bir yuz yuzlab jihatdan bir Sone'i Hakimning borligiga guvohlik va vahdati-yagonaligiga ishorat qilganidek, barcha yuzlar izhor qilgan tamgʻaning, aql koʻziga butun ashyolarning Xoliqiga maxsus muxr ekanini koʻrsatadi.

Ey inkorchi! Hech bir jihatdan taqlid qilib boʻlmaydi. Bu tamgʻalarni va umumidagi porloq Samadiyat tamgʻasini qaysi dastgoh qildi deysan?

— 656 —

Uchinchi Deraza

Zamin yuzida toʻrt yuz ming turdagi toifadan {(Hoshiya) Hatto u toifalarning bir qismi borki, bir yildagi sanogʻi Odam a.s. davridan qiyomatgacha vujudga keladigan butun inson sanogʻidan koʻp.} iborat butun hayvonot va nabotot sinflari qoʻshini, turli tuman ozuqasi, surati, quroli, libosi, taʻlimi, ishdan boʻshashi mukammal mezon va intizom bilan, hech narsa unutilmasdan, hech birini adashtirmaydigan bir suratda boshqarish va tarbiya qilish shunday tamgʻaki, hech qanday shubha qabul qilmaydigan, quyosh kabi porloq Vohidi Ahadning tamgʻasidir.

Cheksiz qudrat, bepoyon ilm va nihoyatsiz hikmat Sohibidan boshqa ushbu cheksiz darajada gʻaroyib boshqaruvga qoʻshilishga kimning haddi sigʻadi. Chunki kim bir-biri ichida aralashgan sinflar, millatlarning barchasini birdan boshqara va tarbiyalay olmasa, ulardan biriga qoʻshilsa, albatta chalkashtiradi. Xolbuki, فَارْجِعِ الْبَصَرَ هَلْ تَرٰى مِنْ فُطُورٍ ning sirriga asosan, hech qanday chalkashlik belgisi yoʻq. Demak, hech kimning qoʻli aralasha olmaydi.

Toʻrtinchi Deraza

Iste'dod tili bilan butun urugʻlar tomonidan, tabiiy ehtiyoj tili bilan butun hayvonlar tarafidan va chorasizlik va majburlik tili bilan butun chorasiz qolganlar tomonidan qilingan duolarning qabul qilinishidir.

Ushbu cheksiz duolarning qabul boʻlgani va ijobatini kuzatiladi. Ularning xar biri Allohning borligining vojibligi va vahdat-birligiga shahodat va ishorat qilgani kabi, barchasi katta miqyosda bir Xoliqi Rahim, Karim va Mujibga ochiq oydin dalolat qiladi va qaratadi.

Beshinchi Deraza

Ashyolar, xususan hayot egalari birdan, oniy vaqtda vujudga keladi. Oddiy moddadan birdan va oniy suratda chiqqan narsalar oʻta oddiy, shaklsiz, san'atsiz boʻlishi kerak. Lekin koʻp mahoratga muhtoj goʻzal san'atda, uzoq vaqt kerak boʻladigan ahamiyatli naqshlar bilan bezalgan, koʻp jihozlarga muhtoj ajib san'atlar bilan ziynatlangan, koʻp moddalarga muhtoj suratda yaratilyapti.

Birdan va oniy ushbu gʻaroyib san'at va goʻzal hay'at har biri bir Sone'i Hakimning borligining vojibligiga guvohlik qiladi. Allohning rububiyatidagi birligiga ishorat qiladi. Ularning barchasi oʻta porloq bir tarzda nihoyatsiz Qodir, nihoyatsiz Hakim boʻlgan Vojibul Vujudni koʻrsatadi.

— 657 —

Endi ey tentak inkorchi! Qani buni nima bilan izohlaysan! Oʻzing kabi tentak, ojiz, johil tabiat bilanmi? Yoki cheksiz daraja xato qilib, Muqaddas Sone'ga "Tabiat" nomini berib, uning qudratinign moʻ'jizalarini shu nom bahonasida tabiat yaratdi deb, ming daraja imkonsiz narsani birdan qilishni istaysanmi?

Oltinchi Deraza

﴿ اِنَّ ف۪ى خَلْقِ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَاخْتِلَافِ الَّيْلِ وَالنَّهَارِ وَالْفُلْكِ الَّت۪ى تَجْر۪ى فِى الْبَحْرِ بِمَا يَنْفَعُ النَّاسَ وَمَٓا اَنْزَلَ اللّٰهُ مِنَ السَّمَٓاءِ مِنْ مَٓاءٍ فَاَحْيَا بِهِ الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا وَبَثَّ ف۪يهَا مِنْ كُلِّ دَٓابَّةٍ وَتَصْر۪يفِ الرِّيَاحِ وَالسَّحَابِ الْمُسَخَّرِ بَيْنَ السَّمَٓاءِ وَالْاَرْضِ لَاٰيَاتٍ لِقَوْمٍ يَعْقِلُونَ ﴾

Bu oyat Alllohning borligining vojibligi va Vahdat-yakkaligini koʻrsatgani kabi, bir Ismi A'zamni koʻrsatgan oʻta ulkan derazadir.

Oyatning xulosasining xulosasi shuki: Koinotning yuksak va past tabaqalaridagi butun olamlar turli til bilan yagona natijani, ya'ni yagona Sone'i Hakimning rububiyatini koʻrsatadi.

Osmonda (hatto astronomiyaga asosan) oʻta buyuk natijalar uchun oʻta intizomli harakatlar bir Qodiri Zuljalolning borligini, vahdati-yakkaligini va mukammal rububiyatini koʻrsatadi. Xuddi shuning kabi, zaminda (joʻgʻrofiyaning guvohligi va iqrori asosida) juda katta foydalar uchun, mavsumlardagi kabi oʻta intizomli oʻzgarishlar ham, xuddi oʻsha Qodiri Zuljalolning borligining vojibligini, vahdati-yakkalligini va mukammal rububiyatini koʻrsatadi.

Quruqlik va suvda mukammal rahmat bilan rizqlari berilgan, kamoli hikmat bilan turli hil shakllar kiydirilgan va mukammal rububiyat bilan, turli-tuman tuygʻular bilan jihozlangan butun hayvonlar alohida-alohida Qodiri Zuljalolning borligiga yana guvohlik qilish, yakkaligi-vahdatiga ishorat qilish bilan birga, umumiy sinfi bilan oʻta keng miqyosda Uluhiyatining azamati va mukammal rububiyatini koʻrsatadi.

Shunga oʻxshab: Bogʻlardagi intizomli nabotot, nabotot koʻrsatgan ziynatli gullar, gullar koʻrsatgan oʻlchovli mevalar, mevalar koʻrsatgan ziynatli naqshlar, alohida-alohida yana Sone'i Hakimning borligiga guvohlik qiladi va vahdati-birligiga ishorat qilib, barchasi gʻoyat koʻz qamashtiradigan suratda Jamoli rahmatini va Kamoli rububiyatini koʻrsatadi.

— 658 —

Osmondagi bulutlardan muhim hikmatlar, maqsadlar, kerakli foydalar va samaralar uchun vazifa yuklangan va yuborilgan tomchilar, tomchilar sanogʻicha yana Sone'i Hakimning borligining vojibligini, irligi-vahdatini va mukammal rububiyatini koʻrsatadi.

Shuning kabi, zamindagi butun togʻlarning va ularning ichidagi ma'danlarning turli tuman xususiyatlari bilan birga boshqa-boshqa manfaatlar uchun tayyorlangan va yigʻish, togʻ matonatidagi kuch bilan yana Sone'i Hakimning borligining vojibligini, birligi-vahdatini va mukammal rububiyatini koʻrsatadi.

Sahro va togʻlardagi kichik-kichik tepaliklarning turli-tuman intizomli gullar bilan bezanishlari, xar biri bir Sone'i Hakimning borligining vojibligiga guvohlik va birligi-vahdatiga ishorat qilish bilan birga, barchasi saltanatining hashamatini va mukammal rububiyatini koʻrsatadi.

Shuning kabi, oʻt-oʻlan va daraxtlardagi butun yaproqlarning turli-tuman oʻlchovli shakllari, turli tuman holatlari va tortuvchi tartibli harakatlari yaproqlar sanogʻicha yana Sone'i Hakimning borligining vojibligini, birligi-vahdatini va mukammal rububiyatini koʻrsatadi.

Yana butun oʻsadigan jiamlarning oʻsish vaqti intizomli harakatlari, turli-tuman jihozlar bilan bezatilishi, rango rang mevalarga ongi bordek yoʻnalishi, xar biri alohida alohida yana Sone'i Hakimning borligining vojibligiga guvohlik va birligi-vahdatiga ishorat qiladi. Sinfi bilan bilan oʻta katta miqyosda qamrovli qudratini, hikmatining qurshovini, san'atining goʻzalligini va mukammal rububiyatini koʻrsatadi.

Shunga oʻxshab, barcha hayvoniy jasadlarda mukammal hikmat bilan nafslarini, ruhlarini joylashtirish, turli-tuman jihozlarni kamoli intizom bilan qurollantirish, farqli xizmatlarga mukammal hikmat bilan yuborish - hayvonot adadicha, balki jihozlari sanogʻicha yana Sone'i Hakimning borligining vojibligiga va birligi-vahdatiga guvohlik va ishorat qilganlari kabi, sinfi bilan oʻta porloq suratdagi rahmatining chiroyi va mukammal rububiyatini koʻrsatadi.

Barcha qalblarga, inson boʻlsa xar turdagi ulum va haqiqatlarni bildirgan, hayvon boʻlsa xar hil ehtiyojini qoʻlga kiritishni oʻrgatgan butun gʻaybiy ilhomlar bir Robbi Rahimning borligini his ettiradi va rububiyatiga ishorat qiladi. Shunga oʻxshab, koʻzga koinot boʻstonidagi ma'naviy gullarni toʻplagan koʻz nuri kabi barcha zohiriy va botiniy tuygʻularning ayri ayri olamlarga xar birining alohida kalit boʻlishi yana Sone'i Hakim, Fotiri Alim, Xoliqi Rahim, Razzoqi Karimning borligining vojibligini, birligi-vahdati, ahadiyati-yagonaligini va mukammal rububiyatini quyosh kabi koʻrsatadi.

Yuqorida oʻtgan oʻn ikki turdagi farqli derazalardan oʻn ikki jihatdan bitta katta deraza ochiladi. Oʻn ikki rangli haqiqat ziyosi bilan Janobi Haqning yakkaligi-ahadiyatini, yagonaligi-vahdoniyatini va mukammal rububiyatini koʻrsatadi.

— 659 —

Mana ey badbaxt inkorchi! Ushbu yer doirasichalik, balki yillik doirasi qadar keng boʻlgan bu derazani nima bilan berkita olasan? Quyoshdek porloq nur ma'danini nima bilan soʻndira olasan va qaysi gʻaflat pardasida yashira olasan?

Yettinchi Deraza

Koinotda sochilgan borliqlarning benuqson intizomi, mukammal oʻlchovi, toʻkis ziynatlari, ijod qilinishining osonligi, bir-biriga oʻxshashlari, yagona tabiat izhor etishlari bir Sone'-i Hakimning borligining vojibligini, mukammal qudratini va birligi-vahdatini oʻta keng miqyosda koʻrsatadi.

Shunga oʻxshab,

jonsiz va oddiy unsurlardan sanoqsiz, turli tuman, intizom bilan tarkib topgan narsalarning ijod qilinishi ularning adadicha yana Sone'i Hakimning borligining vojibligiga guvohlik va birligi-vahdatiga ishorat qilish bilan birga,

butun sinfi bilan oʻta porloq tarzda kamoli qudratini va vahdatini koʻrsatadi,

shuning kabi mavjudotning tarkib topishi deb ta'bir etilgan va ajralish vaqtidagi yangilanishida qorishiq va aralashish boʻlib yuksak tanlanish va ajratilish bilan,

masalan, tuproqdagi urugʻlar va ildizlarning juda chalkash boʻlsada umuman adashmasdan, bir suratda unib chiqishlarini, ularni ajratish, ayirish,

daraxtlarga kirgan aralash moddalarni barg, gul va mevalarga ajratish,

badan hujayralariga aralashgan ozuqa moddalarni mukammal hikmat va kamoli mezon bilan ayirish yana Hakimi Mutlaq, Alimi Mutlaq va Qodiri Mutlaqning borligining vojibligini, mukammal qudratini va vahdatini koʻrsatgani kabi,

zarralar olamini cheksiz va keng dala qilib, xar daqiqada kamoli hikmat bilan ekib-bichib, yangi-yangi koinotlar mahsulotini olish,

jonsiz, ojiz, johil boʻlgan zarralarga oʻta shuur bilan, yuksak hikmat bilan, toʻliq juch va iqtidor bilan sanoqsiz intizomli vazifalarni bajartirish yana Qodiri Zuljalolning va Sone'i Zulkamolning borligining vojibligini, mukammal qudratini, rububiyatining buyukligini, vahdatini va kamoli rububiyatini koʻrsatadi.

Bu toʻrt yoʻl orqali ma'rifatullohga ulkan deraza ochiladi. Sone'i Hakimni ulkan miqyosda aqlga koʻrsatadi.

Endi ey badbaxt gʻofil! Shunda ham Uni koʻrishni va tanishni istamasang, aqlingni chiqarib ot, hayvon boʻl, qutul!

— 660 —

Sakkizinchi Deraza

Bashariyatdagi butun nuroniy ruh sohiblari boʻlgan Anbiyolar alayhimussalom ochiq va oshkor moʻ'jizalariga tayanib, butun nurli qalb qutblari boʻlgan avliyolar kashf va karomatlariga tayanib, hamma bilimli aql sohiblari boʻlgan asfiyolar izlanishlariga tayanib yakka Vohidi Ahad, Vojib-ul Vujud, Xoliqi Kulli Shayning borligining vojibligiga, birligi-vahdatiga va mukammal rububiyatiga guvohlik qilishlari juda buyuk va nuroniy derazadir. Bardavom oʻsha rububiyat maqomini koʻrsatmoqda ham.

Ey bechora inkorchi! Kimga ishonib, bularni tinglamayapsan? Yoki kunduzi koʻzingni yumib dunyoni tun boʻldi deb oʻylayapsanmi?

Toʻqqizinchi Deraza

Koinotdagi barcha borliqlarning qilgan ibodatlari bir Ma'budi Mutlaqni ochiq oydin koʻrsatadi. Ha,

ruhlar olami va maʻno olamiga ketgan, ruhoniy borliqlar va farishtalar bilan koʻrishgan zotlarning shahodatlari bilan isbotlangan barcha ruhoniy borliqlar va farishtalarning mukammal shakldagi qulliklari,

butun hayot egalarining kamoli intizom bilan qullik qilib vazifalar bajarishi,

unsurlar kabi butun jonsiz narsalarning mukammal itoat bilan qullik xizmatlari bir Ma'budi Bilhaqning borligining vojibligi va birligi-vahdatini koʻrsatgani kabi,

xar bir toifasi ijmo' va tavotur kuchiga ega barcha oriflarning haqiqiy ma'rifatlari,

butun shukr qiluvchilar toifasining samarador shukrlari,

butun zikr qiluvchilarning fayzli zikrlari,

butun hamd aytuvchilarning ne'matni orttirgan hamdlari,

Allohning birligiga ishonganlarning barchasining burhonli tavhidlari va tavsiflari,

barcha Allohni sevganlarning haqiqiy muhabbat va ishqlari,

butun muridlarning sodiq iroda va ragʻbatlari,

butun tavba qilganlarning jiddiy talab va tavbalari yana Ma'ruf, Mazkur, Mashkur, Mahmud, Vohid, Mahbub, Margʻub, Maqsud boʻlgan Ma'budi Azaliyning borligining vojibligini, mukammal rububiyatini va vahdatini koʻrsatgani kabi,

komil insonlarnining barcha maqbul ibodatlarning va oʻsha maqbul ibodatlarning natijasidan hosil boʻlgan fayzlar va munojatlar, kuzatuvlar va kashflar yana Mavjudi Lamyazal va Ma'budi Loyazalning borligining vojibligini, birligi-vahdatini va mukammal rububiyatini koʻrsatadi.

Vahdoniyatga bu uch jihatdan ulkan ziyoli deraza ochiladi.

— 661 —

Oʻninchi Deraza

﴿ وَاَنْزَلَ مِنَ السَّمَٓاءِ مَٓاءً فَاَخْرَجَ بِه۪ مِنَ الثَّمَرَاتِ رِزْقًا لَكُمْ وَسَخَّرَ لَكُمُ الْفُلْكَ لِتَجْرِىَ فِى الْبَحْرِ بِاَمْرِه۪ وَسَخَّرَ لَكُمُ الْاَنْهَارَ وَسَخَّرَ لَكُمُ الشَّمْسَ وَالْقَمَرَ دَٓائِبَيْنِ وَسَخَّرَ لَكُمُ الَّيْلَ وَالنَّهَارَ وَاٰتٰيكُمْ مِنْ كُلِّ مَا سَاَلْتُمُوهُ وَاِنْ تَعُدُّوا نِعْمَتَ اللّٰهِ لَا تُحْصُوهَا ﴾

Koinotdagi mavjudotning bir-biriga yordamlashishi, ehtiyojlariga javob berishi, birdamligi koʻrsatadiki, barcha maxluqot bitta Murabbiyning tarbiyasidadir. Yagona Mudabbirning boshqaruvidadir. Yakka Mutasarrifning amri ostidadir. Bir Sayyidning xizmatkoridir.

Chunki zamindagi hayot egalariga hayot uchun kerakli narsalarni Rabboniy buyruq bilan pishirgan Quyoshdan, taqvimchilik qilgan oydan to ziyo, havo, suv, ozuqaning hayot egalalriga yordam berishiga, nabototning hayvonotga yordam berishiga, hayvonot esa insonlarga yordam berishiga hatto badandagi aʻzolarning bir-biriga yordam berishiga, hatto ozuqa zarralarining badan hujayralariga yordam beishigacha joriy boʻlgan yordamlashish dasturi bilan jonsiz va shuursiz mavjudoti turlari karam qonuni, Shafqat qoidasi, rahmat dasturi ostida oʻta hikmat bilan, karam bilan bir-biriga yordam berish, bir-birining hojati sadosiga javob berish, bir-birini quvvatlash, albatta ochiq oydin bitta, yakto Vohidi Ahad, Fardi Samad, Qodiri Mutlaq, Alimi Mutlaq, Rahimi Mutlaq, Karimi Mutlaq bir Zoti Vojibul Vujudning xizmatkorlari va xodimlari va sanʻat asarlari ekanini koʻrsatadi.

Mana ey bechora xonavayron falsafiy! Bu muazzam derazaga nima deysan? Sening tasodifing bunga aralasha oladimi?

Oʻn Birinchi Deraza

﴿ اَلَا بِذِكْرِ اللّٰهِ تَطْمَئِنُّ الْقُلُوبُ ﴾
— 662 —

Butun ruhlar va qalblarning zalolatdan kelib chiqqan muammolar, chalkashlik va iztiroblardan kelib chiqqan ma'naviy azobdan qutulishlari, bitta Xoliqni tanish orqali boʻladi. Butun mavjudotni birgina Sone'dan deb bilish orqali najot topadilar. Birgina Allohning zikri bilan hotirjam boʻladilar.

Chunki sanoqsiz mavjudot bitta zotdan deb bilinmasa (Yigirma Ikkinchi Soʻzda qat'iy isbot qilingani kabi), xar bir narsani cheksiz sabablardan deb bilish kerak boʻladi. Keyin bir narsaning borligi umum mavjudot qadar qiyin boʻladi. Chunki Allohdan deb bilsa, cheksiz ashyolarni bir zotga beradi. Undan deb bilmasa, xar bir narsani cheksiz sabablardan deb bilish kerak boʻladi. U vaqt bir meva, koinotchalik qiyinchilik paydo qiladi, balki yanada qiyinroq boʻladi. Chunki, bir askar yuzta odamning boshqaruviga berilsa, yuz qiyinchilik boʻladi. Yuzta askar bir zobitning boshqaruviga berilsa, bir askar hisobida oson boʻladi. Shunga oʻxshab, koʻp turdagi sabablarning bir narsani ijod qilishda birlashishi yuz daraja qiyin boʻladi. Juda koʻp ashyolarning yaratilishi bir zotga berilsa, yuz daraja oson boʻladi.

Demak, inson mohiyatidagi qiziquvchanlik va haqiqatni qidirish sababli cheksiz iztirobdan qutqaradigan narsa faqat Xoliq tavhidi va Allohning ma'rifatidir. Modomiki kufrda va shirkda cheksiz qiyinchilik va iztiroblar bor. Albatta u yoʻl imkonsiz, haqiqati yoʻq. Modomiki tavhidda mavjudotning yaratilishidagi osonlikka, koʻplikka va goʻzal san'atga muvofiq boʻlib cheksiz qulaylik va osonlik bor. Albatta bu yoʻl vojibdir, haqiqatdir.

Mana ey badbaxt zalolat ahli! Qara, zalolat yoʻli naqadar zim-ziyo va azobli! Seni u yoʻlda yurishga nima majbur qilyapti? Iymon va tavhid yoʻli naqadar oson va safoli. U yerga kir, qutul!

Oʻn Ikkinchi Deraza

﴿ سَبِّحِ اسْمَ رَبِّكَ الْاَعْلٰى ٭ اَلَّذ۪ى خَلَقَ فَسَوّٰى ٭ وَالَّذ۪ى قَدَّرَ فَهَدٰى ﴾

oyatining sirriga koʻra butun ashyolarda, xususan hayotga ega sanʻat asarlarida hikmatli qolipdan chiqqandek, hamma narsaga surat, oʻlchangan miqdorda hikmat bilan berilgani, bu surat va u miqdorda maqsadlar va foydalar uchun egri-bugri chegaralar boʻlishi, hayot muddatida oʻzgartirgan libos suratlari va miqdorlari, yana hikmatlarga, manfaatlarga muvofiq tarzda hayot dasturidan tarkib topgan ma'naviy va intizomli surati, miqdor boʻlishi, ochiqdan ochiq koʻrsatadiki: Bir Qodiri Zuljalolning va Hakimi Zulkamolning qadar doirasida suratlari va shakllari tartiblangan, qudratning dastgohida vujudlari berilgan hadsiz sanʻat asarlari, U zotning borligining vojibligiga dalolat qiladi, birligi-vahdatiga va mukammal qudratiga cheksiz tillar bilan shahodat qiladi.

Sen oʻz jismingga, a'zolaringga va ulardagi egri-bugri joylarning mevalariga va foydalariga qara! Mukammal hikmat ichida kamoli qudratni koʻr.

— 663 —

Oʻn Uchinchi Deraza

وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪ oyatining sirriga koʻra, hamma narsa maxsusi tili bilan Xoliqini yod etadi, poklaydi. Ha, mavjudotning holat va gapirish tili bilan qilgan tasbehlari bitta Zoti Muqaddasning borligini koʻrsatadi. Fitratning guvohligi rad qilinmaydi. Holatining dalolati esa, xususan koʻp jihatlar bilan kelsa, shubha keltirmaydi. Qara, cheksiz fitriy shahodatni ichiga olgan, nihoyatsiz tarzlarda holat tili bilan dalolat qilgan, ich-ichida joylashgan doiralar kabi bitta markazga qaragan mavjudotning tartibli suratlarining xar biri bittadan tildir.

Oʻlchovli shakllarining xar biri alohida guvohlik tilidir. Mukammal hayotlarining xar biri alohida tasbeh tili boʻlib, Yigirma Toʻrtinchi Soʻzda qat'iy isbot qilingani kabi, butun tillar bilan zohiriy suratda tasbehlari, tahiyyotlari va yagona muqaddas Zotga shahodat qilishlari, ziyo quyoshni koʻrsatgani kabi, bir Zoti Vojibul Vujudni koʻrsatadi. Va kamoli uluhiyatiga dalolat qiladi.

Oʻn Toʻrtinchi Deraza

﴿ قُلْ مَنْ بِيَدِه۪ مَلَكُوتُ كُلِّ شَىْءٍ ٭ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا عِنْدَنَا خَزَٓائِنُهُ ٭ مَا مِنْ دَٓابَّةٍ اِلَّا هُوَ اٰخِذٌ بِنَاصِيَتِهَا ٭ اِنَّ رَبّ۪ى عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ حَف۪يظٌ ﴾

oyatlarining siriga koʻra, hamma narsa xar bir narsasida va xar ishida yagona Xoliqi Zuljalolga muhtoj. Ha, koinotdagi mavjudotga qaraganda koʻramizki: Mtlaq zaifligi ichida mutlaq quvvati koʻrinadi. Mutlaq ojizligi ichida mutlaq qudratning belgilari koʻrinyapti. Masalan, osimliklar urugʻlari va ildizlaridagi hayot tugunining uygʻonishi payti koʻrsatgan gʻaroyib holatlari kabi. Yana mutlaq faqirlik va quruqlik ichida mutlaq boylik yuzaga chiqadi, qishdagi tuproq va daraxtlarning faqir holatlari, bahorda koʻz qamashtiradigan boylik va sarvati kabi. Mutlaq jonsizlik ichida mutlaq hayotning alomatlari koʻrinyapti, jonsiz unsurlarning jonli moddalarga aylanishi kabi.

Mutlaq bilimsizlik ichida qamrovli shuurning belgilari koʻrinyapti. Zarralardan yulduzlargacha hamma narsaning harakatlarida olamga nizomiga, hayotga oid foydalar va hikmat maqsadlariga muvofiq tarzda harakat qilishlari va shuurli vaziyatlari kabi.

— 664 —

Bu ojizlik ichidagi qudrat, zaiflik ichidagi quvvat, faqirlik ichidagi sarvat va boylik, jonsizlik va johillik ichidagi hayot va shuur ochiq va zarurliy shaklda bir Qodiri Mutlaqni, Qaviyi Mutlaq va Gʻaniyyi Mutlaqni, Alimi Mutlaq va Hayyi Qayyum boʻlgan zotning borligining vojibligiga va birligi-vahdatiga qarata hamma tarafdan derazalar ochadi. Butun sinfi bilan buyuk miqyosda nuroniy yoʻlni koʻrsatadi.

Mana ey tabiat botqoqligiga tushgan gʻofil! Agar tabiatni tashlab qudrati Ilohiyani tanimasang, hamma narsada xar bir narsaga, hatto xar bir zarraga cheksiz quvvat va qudrat, nihoyatsiz hikmat va mahorat, balki aksar ashyolarni koʻradigan, biladigan, boshqaradigan iqtidor borligini qabul qilishing kerak boʻladi.

Oʻn Beshinchi Deraza

﴿ اَلَّذ۪ٓى اَحْسَنَ كُلَّ شَىْءٍ خَلَقَهُ ﴾

oyatining sirriga koʻra, hamma narsaning qobiliyatining mohiyatiga koʻra mukammal mezon va intizom bilan bichilib, goʻzal san'at bilan tartiblanib, eng qisqa yoʻlda, eng goʻzal suratda, eng yengil tarzda, qoʻllash jihatidan eng oson shaklda (masalan qushlarning koʻylaklariga va xar doim patlarini osonlik bilan oʻynatishlariga va ishlatishiga qara) isrofsiz, hikmatli tarzda vujud berish, surat kiydirish ashyolar sanogʻicha tillar bilan bir Sone'i Hakimning borligining vojibligiga shahodat qiladi va Qodiri Alimi Mutlaqqa ishorat qiladi.

Oʻn Oltinchi Deraza

Roʻyi zaminda mavsum-bamavsum yangilangan maxluqotning ijod qilinishi va boshqaruvidagi tartib va intizom, ochiq oydin umumiy hikmatni koʻrsatadi. Sifat vasf qilingan narsasiz boʻlmaganidek, albatta umumiy hikmat, zarurat darajasida bir Hikmatli zotni koʻrsatadi. Hikmat pardasi ichida gʻaroyib bezalish, ochiq oydin toʻliq inoyatni koʻrsatadi. Toʻliq inoyat zarurat darajasida inoyatkor bir Xoliqi Karimni koʻrsatadi. Barcha foyda, hikmat va manfaatlar manbaʻi boʻlgan inoyat pardasida barchani qamragan bir lutf va ehsonlar ochiq ravshan keng rahmatni koʻrsatadi. Keng rahmat esa, zarurat darajasida bir Rahmoni Rahimni koʻrsatadi. Rahmat pardasi ustida butun rizqqa muhtoj jonzotlarning loyiq va mukammal bir tarzda ozuqa va rizqlari, ochiq oydin tarbiya qiladigan Razzoqiyat va shafqatli rububiyatni koʻrsatadi. Tarbiya va boshqaruv zarurat darajasida bir Razzoqi Karimni koʻrsatadi.

— 665 —

Zaminning yuzida mukammal hikmat bilan tarbiya qilingan, kamoli inoyat bilan ziynatlangan va toʻliq rahmat bilan lutf qilingan, kamoli shafqat bilan oziqlantirilgan butun maxluqot alohida-alohida bir Sone'i Hakim, Karim, Rahim, Razzoqning borligining vojibligiga guvohlik va birligi-vahdatiga ishorat qiladi. Butun yer yuzida boʻlgan, umumida koʻrilgan, ochiq ravshan maqsad va irodani koʻrsatgan umumiy hikmat, hikmatni oʻz ichiga olgan butun mavjudotni qamragan umumiy toʻliq inoyat, inoyat va hikmatni ichiga olgan va butun yer yuzi mavjudotini qamragan keng rahmat, rahmat, hikmat va inoyatni ham ichiga olgan barcha jonzotlarni qamragan va oʻta karamli rizq va umumiy oziqlantirishga birdan nazarga sol, koʻr.

Yeti ziyoni tashkil etadi. Yer yuzini nurlantirgan ziyo, shubhasiz quyoshni koʻrsatadi. Shunga oʻxshab, hikmat ichidagi inoyat, inoyat ichidagi rahmat, rahmat ichidagi rizq bilan oziqlanish yuksak darjada Hakim, Karim, Rahim, Razzoq boʻlgan Vojibul Vujudning birligi-vahdatini va mukamma rububiyatini ulkan miqyosda, yuksak darajada, porloq suratda koʻrsatadi.

Mana ey tentak gʻofil inkorchi! Koʻz oʻngingdagi ushbu hikmatli, karamli, mehribon, rizq berib tarbiyani va bu ajib, gʻaroyib va moʻ'jizaviy holatni nima bilan izohlay olasan? Sen kabi bebosh tasodif bilanmi? Qalbing kabi koʻr kuch bilanmi? Boshing kabi garang tabiat bilanmi? Sendek ojiz, jonsiz, johil sabablar bilanmi? Yoʻqsa cheksiz darajada muqaddas, pok va yuksak, yuksak va benihoyat Qodir, Alim, Sami', Basir boʻlgan Zoti Zuljalolni nihoyatsiz darajada ojiz, johil, kar, koʻr, mumkin, miskin boʻlgan "tabiat" deb nomlab cheksiz xato qilishni istaysanmi? Ushbu quyoshdek porloq haqiqatni qaysi kuch bilan soʻndira olasan? Qaysi gʻaflat pardasi ostida yashira olasan?

Oʻn Yettinchi Deraza

﴿ اِنَّ فِى السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ لَاٰيَاتٍ لِلْمُؤْمِن۪ينَ ﴾

Zamin yuzini yozda tomosha qilib, koʻryapmizki, ashyolarni ijod qilishda qorishiqlikni taqozo qiladigan va intizomning buzilishiga sabab boʻladigan cheksiz saxovat va bir mutlaq boylik, yuksak darajada tartib va intizom ichida koʻrinmoqda. Ana, zamin yuzini ziynatlab turgan butun nabototni koʻr!

Oʻllchovni buzadigan va qoʻpollikni taqozo qiladigan ahyolarni ijod qilishda mutlaq tezlik ham mukammal oʻlchov va muvozanat ichida ekani kuzatilmoqda. Ana, zamin yuzini bezab turgan butun mevalarga qara!

Yana, ahamiyatsiz qolish, balki xunuklikni taqozo qiladigan mutlaq koʻplik ham mukammal husni san'at ichida koʻrinmoqda. Yer yuzini bezab turgan barcha gullarga qara!

Yana, san'atsizlik, oddiylikni taqozo qiladigan ashyolarni ijod qilishda mutlaq qulaylik ham yuksak darajada san'atkorlik, mahorat va e'tibor bilan ishlangani koʻrinmoqda. Yer yuzidagi daraxt va nabotot jihozotining sandiqchalari, dasturlari va hayot yoʻllarining qutichalari hisoblangan barcha danaklarga, urugʻlarga diqqat bilan qara!

Yana, ixtilof va ayriliqni taqozo qiladigan uzoqlik va mutlaq olislik mutlaq birlashgani koʻrinmoqda. Yer yuzining toʻrt tomoniga ekilgan xar hil urugʻlarga qara!

— 666 —

Yana, qorishiqlikni va chalkashlikni taqozo qiladigan oʻta aralash quralash boʻlishi kerak. Lekin aksincha mukammal tanlov va ajratilish kuzatilmoqda. Yer ostiga aralash holda tashlangan va modda jihatida bir-biriga oʻxshagan urugʻlarning unib chiqayotganda mukammal tanlanishlari, daraxtlarga kirayotgan turli hil moddalarning barg, gul va mevalarga mukammal tanlov bilan ajratilishi, oshqozonga kirayotgan aralash-quralash ovqatlarning turli hil a'zo va hujayralarga mukammal tanlov bilan ajralishlariga qara! Mukammal hikmat ichida kamoli qudratni koʻr!

Yana, ahamiyatsiz va qiymatsiz qolishni taqozo qiladigan oʻta qorishiqlik va yuksak darajada arzonlik, yer yuzida mavjudot jihatidan, san'at jihatidan oʻta qiymatli va qimmat holatda koʻrinmoqda. Ana, oʻsha hadsiz ajoyib san'atlar ichida yer yuzining Rahmoniy dasturxonida faqatgina qudratning shakarporalari boʻlgan tutlarning tirlariga qara! Kamoli san'at ichida mukammal rahmatni koʻr!

Butun roʻyi zaminda oʻta qiymatdorlik bilan birga cheksiz arzonlik,

cheksiz arzonlik ichida hadsiz aralash va qorishiqlik bilan birga cheksiz tanlanish va ajratish,

cheksiz tanlanish va ajratish ichida oʻta uzoqlik bilan birga eng yuksak darajada muvofiqlik va oʻxshashlik,

eng yuksak darajada oʻxshashlik ichida juda osonlik va qulaylik bilan birga yuksak darajada e'tibor bilan bajarilish,

yuksak darajada chiroyli bajarilish ichida mutlaq tezlik va tezlik bilan birga yuksak darajada oʻlchovli, mezonli va isrofsizlik,

yuksak darajada isrofsizlik ichida oʻta koʻplik va koʻplik bilan birga yuksak darajada husni san'at,

yuksak darajada husni san'at ichida oʻta saxovat bilan birga mutlaq intizom - albatta kunduz yorugʻlikni, yorugʻlik quyoshni koʻrsatgani kabi bir Qodiyri Zuljalolning, Hakimi Zulkamolning, Rahimi Zuljamolning borligining vojibligiga, mukammal qudratiga, jamoli rububiyatiga va yagonaligi-vahdoniyatiga va yakkaligi-ahadiyatiga shahodat qilishadi. لَهُ الْاَسْمَٓاءُ الْحُسْنٰى haqiqatini koʻrsatadilar.

Endi, ey bechora johil, gʻofil, qaysar, inkorchi! Ushbu azim haqiqatni qanday tafsir qila olasan? Yuksak darajada moʻ'jiza va gʻaroyib xususiyatni qanday izoh qila olasan? Hadsiz darajada ajoyib san'atlarni nimaga nisbat bera olasan? Ushbu yer yuzi miqyosida keng derazaga qaysi gʻaflat pardasini tashlab, berkita olasan?

— 667 —

Sening tasodifing qayerda, tabiat degan va ishongan shuursiz yoʻldoshing, zalolatda tayangan joying va hamrohing qayerda? Bu ishlarga tasodifning aralashishi yuz daraja imkonsiz emasmi? Va shu gʻaroyib ishlarning mingdan birini tabiatga havola qilinishi ming daraja imkonsiz boʻlmaydimi? Yoki boʻlmasa, jonsiz, ojiz tabiatning, xar bir narsaning ichida, oʻsha narsadan qilingan narsalar sanogʻicha ma'naviy uskuna va matbaalari bormi?

Oʻn Sakkizinchi Deraza

﴿ اَوَلَمْ يَنْظُرُوا ف۪ى مَلَكُوتِ السَّمٰوَاتِ وَ الْاَرْضِ ﴾

Yigirma Ikkinchi Soʻzda izohlangan ushbu misolga qara: Mukammal, intizomli, san'atli saroy kabi asar, ochiq oydin intizomli ishga dalolat qiladi. Ya'ni, bino duradgorlikka dalolat qiladi. Mukammal, intizomli ish, zarurat darajasida mukammal qiluvchiga va mohir ustaga, duradgorga dalolat qiladi. Mukammal usta va duradgor unvonlari, ochiq oydin mukammal sifatga, ya'ni san'at malakasiga dalolat qiladi. Mukammal sifat va mukammal sanʻat malakasi, ochiq ravshan mukammal iste'dodning vujudiga dalolat qiladi. Mukammal iste'dod esa, oliy ruh va ulugʻ zotning borligiga dalolat qiladi.

Shuning kabi, zamin yuzini, balki koinotni toʻldirgan yangilanayotgan asarlar, ochiq ravshan oʻta mukammal darajadagi ishni koʻrsatadi. Yuksak darajadagi intizom va hikmat doirasidagi ish, ochiq ravshan unvonlari va ismlari mukammal boʻlgan bir bajaruvchini koʻrsatadi. Chunki intizomli, hikmatli ishlar bajaruvchisiz boʻlmasligi qat'iyan ma'lum. Yuksak daraja mukammal unvonlar oʻsha bajaruvchining oʻta mukammal sifatlariga dalolat qiladi. Chunki sarf faniga asosan ismi foil (bajaruvchi) infinitiv-masdardan yasaladi. Shunga oʻxshab, unvonlarning va ismlarning masdarlari va manba'lari sifatlardir. Oʻta mukammal darajadagi sifatlar, shubhasiz oʻta mukammal zotiy xususiyatlarga dalolat qiladi. Zotidagi qobiliyat deb biz ta'bir qila olmagan mukammal zotiy xususiyatlar, tajriba orqali olingan aniqlikda cheksiz mukammal darajada boʻlgan bir zotga dalolat qiladi.

Butun olamdagi san'at asarlari va butun maxluqotlar, xar biri alohida mukammal asar boʻlgani sabab, xar biri bir ishga, ish esa ismga, ism esa vasfga, vasf esa xususiyatga, xususiyat esa zotga shahodat qilgani uchun, mavjudot sanogʻicha birgina Sone'i Zuljalolning borligining vojibligiga shahodat qiladi, yakkaligi-ahadiyatiga ishorat qilgani kabi, butun sinfi bilan, maxluqot silsilasi qadar kuchli tarzda ma'rifat me'roji hisoblanadi. Hech bir jihatda ichiga shubha kirmagan silsila holidagi haqiqat burhonidir.

— 668 —

Endi ey bechora gʻofil inkorchi! Koinot silsilasi qadar ushbu kuchli burhonni nima bilan sindira olasan? Mavjudot sanogʻicha haqiqatlarning shuʻlasini koʻrsatgan cheksiz tuynukli va panjarali derazani nima bilan berkita olasan? Qaysi gʻaflat pardasini ustiga torta olasan?

Oʻn Toʻqqizinchi Deraza

﴿ تُسَبِّحُ لَهُ السَّمٰوَاتُ السَّبْعُ وَالْاَرْضُ وَمَنْ ف۪يهِنَّ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪ ﴾

oyatining sirriga koʻra, Sone'i Zuljalol osmon jismlari shu qadar hikmatlar, ma'nolar taqqanki, goʻyo jalol va jamolini ifoda qilish uchun samovotni, quyoshlar, oylar, yulduzlar soʻzlari bilan bezagani kabi, osmondagi mavjudotga shunday hikmatlar, ma'nolar va maqsadlar taqqanki, goʻyo osmonni yashin, chaqmoq, momaqaldiroq, tomchilar soʻzlari bilan gapirtiradi. Mukammal hikmat va goʻzal rahmatini dars beradi. Zamin boshini hayvonot va nabotot deyilgan ma'noli kalimalari bilan gapirtirib, koinotga mukammal san'atini koʻrsatadi.

Shuning kabi, soʻzlari hisoblangan nabotlarni va daraxtlarni yaproqlar, gullar, mevalar kalimalari bilan gapirtirib, yana mukammal san'atini va rahmati jamolini e'lon qiladi. Xar biri bir soʻz boʻlgan gullar va mevalarni urugʻchalar kalimalari bilan gapirtirib, nozik san'atini va mukammal rububiyatini shuur sohiblariga ta'lim beradi. Ushbu sanoqsiz tasbeh kalimalari ichida faqat birgina boshoq va bitta gulning ifoda tarziga quloq solib tinglaymiz. Shahodat qilayotganini, bilamiz.

Ha, xar bir oʻsimlik, xar bir daraxt juda koʻp tillar bilan Sone'larini shunday koʻrsatadilarki, diqqat qilganlarni hayratlarda qoldiradi va qaraganlarga "Subhanalloh! Naqadar goʻzal guvohlik qilyapti!" dediradi.

Ha, xar bir oʻsimlikning gul ochgan payti va boshoq chiqarishi onida tabassum qilgan ma'naviy gapirishi hangomidagi tasbehlari oʻzlari kabi goʻzal va ochiq ravshan. Chunki xar bir gulning chiroyli ogʻzi bilan va intizomli boshoqning tili bilan, oʻlchovli danaklarning va intizomli urugʻlarning soʻzlari bilan hikmatni koʻrsatgan nizom, ilmni koʻrsatgan mezon ichida ekani kuzatilyapti. Mezon esa, mahoratli san'atini koʻrsatgan bir san'at naqshi ichida. Naqshinkor san'at lutf va karamni koʻrsatgan ziynat ichidadir. Ziynat esa rahmat va ehsonni koʻrsatgan latif hidlar ichidadir. Bir-biri ichidagi ma'noli holatlar shunday shahodat tiliki, ham Sone'i Zuljamolini Asmosi bilan ta'riflaydi, vasflari bilan tavsif etadi, Asmosining jilvasini tafsir qiladi, oʻzini sevdirish va tanitishini, ya'ni sevdirilishini va tanitilishini ifoda qiladi.

— 669 —

Mana, birgina guldan bunday guvohlikni eshitsang, ajabo, zamin yuzidagi Rabboniy bogʻlarda barcha gillarni tinglay olsang, qay daraja yuksak kuch bilan Sone'i Zuljalolning borligining vojibligini va birligi-vahdatini e'lon qilganlarini eshitsang, biror shubhang, vasvasang va gʻaflating qolishi mumkinmi? Agar qolsa, seni inson va shuur sohibi deyish mumkinmi?

Kel, endi bir daraxtga diqqat bilan qara! Bahorda barglarning intizom bilan chiqishi, gullarning oʻlchov bilan ochilishi, mevalarning hikmat va rahmat bilan oʻsishi va shoxlarning qoʻllarida, ma'sum bolalar kabi, shabada esganda oʻynashi ichidagi latif ogʻzini koʻr. Bir karam qoʻli bilan koʻkargan yaproqlarning tili bilan, bir lutfu karam sevinchi bilan tabassum qilgan gullarning tili bilan, rahmat jilvasi bilan kulgan mevalarning soʻzlari bilan ifodalagan hikmatli nizom ichidagi adolatli mezon, adolatni koʻrsatgan mezon ichidagi diqqatli san'atlar, naqshlar, mahoratli naqshlar va ziynatlar ichida rahmat va ehsonni koʻrsatgan turli tuman shirin taʻmlar, turli hil xushboʻy hidlar va mazali taʻmlar ichida alohida moʻ'jizaviy qudrat boʻlgan urugʻlar va danaklar, oʻta ochiq suratda bir Sone'i Hakim, Karim, Rahim, Muhsin, Mun'im, Mujammil, Mufazzilning borligining vojibligini, birligi-vahdatini, rahmatining goʻzalligini va mukammal rububiyatini koʻrsatadi.

Agar butun roʻyi zamindagi daraxtlarning holat tilini birdan tinglay olsang,

﴿ يُسَبِّحُ لِلّٰهِ مَا فِى السَّمٰوَاتِ وَمَا فِى الْاَرْضِ ﴾

xazinasida naqadar goʻzal javohirlar borligini koʻrasan, anglaysan.

Mana ey nonkoʻrlik ichida oʻzini bebosh deb oʻylagan badbaxt gʻofil! Bu daraja cheksizz tillar bilan oʻzini senga tanitayotgan, bildirayotgan va sevdirayotgan bir Karimi Zuljamol, tanilishni istamasa, bu tillarni gapirtirmaslik kerak boʻladi. Modomiki mot qilinmas ekan, tinglash kerak boʻladi. Gʻaflat bilan qulogʻingni yopsang qutula olmaysan. Chunki sen qulogʻingni yopsang ham koinot sukut saqlamaydi, mavjudot jim turmaydi, vahdoniyat guvohlari jim boʻlmaydi. Albatta seni mahkum qiladi.

— 670 —

Yigirmanchi Deraza

{(Hoshiya) Ushbu Yigirmanchi Derazaning haqiqati bir kuni Arabiy suratda quyidagicah qalbga kelgan edi:

تَلَئلْاُ الضِّيَاءِ مِنْ تَنْو۪يرِكَ تَشْه۪يرِكَ ٭ تَمَوُّجُ الْاِعْصَارِ مِنْ تَصْر۪يفِكَ تَوْظ۪يفِكَ ٭ سُبْحَانَكَ مَا اَعْظَمَ سُلْطَانَكَ
تَفَجُّرُ الْاَنْهَارِ مِنْ تَدْخ۪يرِكَ تَسْخ۪يرِكَ٭ تَزَيُّنُ الْاَحْجَارِ مِنْ تَدْب۪يرِكَ تَصْو۪يرِكَ ٭ سُبْحَانَكَ مَا اَبْدَعَ حِكْمَتَكَ
تَبَسُّمُ الْاَزْهَارِ مِنْ تَزْي۪ينِكَ تَحْس۪ينِكَ ٭ تَبَرُّجُ الْاَثْمَارِ مِنْ اِنْعَامِكَ اِكْرَامِكَ ٭ سُبْحَانَكَ مَا اَحْسَنَ صَنْعَتَكَ
تَسَجُّعُ الْاَطْيَارِ مِنْ اِنْطَاقِكَ اِرْفَاقِكَ ٭ تَهَزُّجُ الْاَمْطَارِ مِنْ اِنْزَالِكَ اِفْضَالِكَ ٭ سُبْحَانَكَ مَا اَوْسَعَ رَحْمَتَكَ
تَحَرُّكُ الْاَقْمَارِ مِنْ تَقْد۪يرِكَ تَدْب۪يرِكَ تَدْو۪يرِكَ تَنْو۪يرِكَ ٭ سُبْحَانَكَ مَا اَنْوَرَ بُرْهَانَكَ مَا اَبْهَرَ سُلْطَانَكَ

}

﴿ فَسُبْحَانَ الَّذ۪ى بِيَدِه۪ مَلَكُوتُ كُلِّ شَىْءٍ ٭ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا عِنْدَنَا خَزَٓائِنُهُ وَمَا نُنَزِّلُهُٓ اِلَّا بِقَدَرٍ مَعْلُومٍ ٭ وَ اَرْسَلْنَا الرِّيَاحَ لَوَاقِحَ فَاَنْزَلْنَا مِنَ السَّمَٓاءِ مَٓاءً فَاَسْقَيْنَاكُمُوهُ وَ مَٓا اَنْتُمْ لَهُ بِخَازِن۪ينَ ٭ ﴾

Qismlar, natijalar va tafsilotda mukammal hikmat va goʻzal san'at koʻrinyapti. Shuning kabi, tasodifiy va chalkash deb oʻylangan umumkiy unsurlarning, ulkan maxluqotning zohiran chalkash holatlari ham hikmat va san'at bilan turishadi. Ziyoning porlashi, boshqa hikmatli xizmatlar koʻrsatadiki, yer yuzida Ilohiyani sanʻat asarlari Rabboniy izn bilan koʻrgazma va e'lon qilishdir.

— 671 —

Demak, bir Sone'i Hakim tomonidan ziyo ishlatilyapti. Olam bozori koʻrgazmalaridagi antiqa san'atlarini u orqali koʻrsatyapti. Endi shamollarga qara: Boshqa hikmatli, karamli foydalar va vazifalar shahodatiga koʻra, oʻta muhim va koʻp vazifalar bajarishyapti. Demak, esish bir Sone'i Hakim tomonidan vazifa yuklanish, xohlaganidek ishlatish va boshqarish, qoʻllanishdir. Esishi esa Rabboniy amrning tez bajarilishi uchun tezlik bilan ishlash hisoblanadi.

Chashmalarga, soylarga, irmoqlarga qara. Yerdan, togʻlardan qaynab chiqishi tasodifiy emas. Chunki ularga kerakli rahmat belgilari boʻlgan foydalar va samaralarning shahodati bilan, togʻlarda ehtiyoj oʻlchovi bilan yigʻilishining tili bilan, hikmat mezoni bilan yuborilishlari koʻrsatilyaptiki, bir Robbi Hakimning boʻysundirishi va yigʻishi bilan amalga oshyapti. Qaynab toshishi esa, uning amriga hayajon bilan buyruqqa boʻsunishidir.

Yerdagi barcha toshlar, javohirlar va ma'danlarning turlariga qara. Ularni bezash va manfaatli xususiyati bir Sone'i Hakimning bezashi, tartibi, tadbiri, tasviri bilan amalga oshayotganini, ularga tegishli hikmatli foydalari va hayotiy foydali narsalar, insonlar uchun kerakli narsalar va hayvonlarga oid ehtiyojlar muvofiq bir tarzda tayyorlanishi koʻrsatyapti.

Endi gullarga, mevalarga qara! Ularning kulimsirashi, ta'mlari, goʻzalliklari, naqshlari va hid taratishlari bir Sone'i Karimning, Mun'imi Rahimning dasturxonida alohida tartib, bittadan taklifnoma hisoblanib, turli rang, hid va ta'mlar bilan xar turga alohida tartib va taklifnoma sifatida berilgan.

Endi qushlarga qara! Ularning soʻzlashishi va chugʻurlashlari, hayrat beradigan tarzda bir-biriga ovozlar orqali hissiyotlarning ikki tarafli almashishi va maqsadini ifodalashi bir Sone'i Hakimning gapirtirishi va soʻzlatganiga qat'iy dalildir.

Endi bulutlarga qara! Yomgʻirning shivirlashi ma'nosiz ovoz emasligiga, chaqmoq bilan momaqaldiroq foydasiz shovqin solmaganiga qat'iy dalil shuki, xoli boʻshliqda ajoyib ishni ijod qilish, ulardan obi hayot hisoblangan tomchilarni sogʻish, zamin yuzidagi muhtoj va ishtiyoqli jonzotlarga emizishi shivirlash va shovqin oʻta ma'noli va hikmatli boʻlib, yomgʻir bir Robbi Karimning amri bilan ishtiyoqlilarga baqiradiki: "Sizlarga xushxabar, biz kelyapmiz!" degan ma'noni ifodalaydilar.

Endi osmonga qara! Osmonda cheksiz jismlardan faqat oyga e'tibor ber! U bir Qodiri Hakimning amri bilan harakatlanishi, unga tegishli yer yuziga oid muhim hikmatlari boʻlib, boshqa joyda bayon qilganimiz uchun xotima qilamiz.

— 672 —

Ziyodan oygacha biz sanab oʻtgan umumiy unsurlar oʻta keng tarzda va ulkan miqyosda bir deraza ochadi. Bir Vojibul Vujudning vahdatini, mukammal kamoli qudratini va saltanatining buyukligini koʻrsatadi, e'lon qiladi.

Mana ey gʻofil! Agar ushbu momaqaldiroqdek bu sadoni jim qila olsang va quyoshning nuri kabi porloq ziyoni soʻndira olsang, Allohni unut. Yoʻqsa esingni yigʻ!

﴿ سُبْحَانَ مَنْ تُسَبِّحُ لَهُ السَّمٰوَاتُ السَّبْعُ وَالْاَرْضُ وَمَنْ ف۪يهِنَّ ﴾

degin.

Yigirma Birinchi Deraza

﴿ وَ الشَّمْسُ تَجْر۪ى لِمُسْتَقَرٍّ لَهَا ذٰلِكَ تَقْد۪يرُ الْعَز۪يزِ الْعَل۪يمِ ﴾

Koinotning chirogʻi boʻlgan quyosh, koinot Sone'ining borligiga va vahdoniyatiga quyoshdek porloq va nuroniy derazadir. Ha, quyosh tizimi deyilgan yerimiz bilan birga oʻn ikki sayyora, jussasi kattalik-kichiklik e'tibori bilan juda ham turlicha, joylashishi uzoqlik-yaqinlik nuqtasida juda ham farqli va tezkor harakatlari xar hil boʻlsada, mukammal intizom va hikmat bilan, kamoli mezon bilan va bir soniya ham adashmasdan harakatlanaishi, aylanishi va quyosh bilan tortishish qonuni deyilgan Ilohiy qonuni bilan bogʻlanishi, ya'ni imomlariga iqtidolari katta miqyosda Allohning azamatli qudratini va Rabboniy birlik-vahdoniyatini koʻrsatadi. Chunki jonsiz jussalarni, shuursiz ulkan toʻdalarni oʻta intizom va hikmat mezoni ichida turli shakllarda, farqli masofalarda, ayri harakatlarda aylantirish, ishlatish qay darajada qudrat va bir hikmatni isbotlaganini qiyos qil.

Bu ulkan va ogʻir ishga zarra miqdor tasodif qoʻshilsa, shunday portlash sodir boʻladiki, koinotni yoʻqotib yuboradi. Chunki bittasiga bir daqiqa tasodif toʻxtatsa, oʻz oʻqidan chiqishiga sabab boʻladi, boshqasi bilan toʻqnashishga yoʻl ochadi. Yer kurrasidan ming marta katta jismlar bilan toʻqnashish qay daraja dahshatli boʻlishini qiyoslashing mumkin.

— 673 —

Quyosh tizimining, ya'ni quyoshning xodimlari va mevalari boʻlgan oʻn ikki sayyoraning ajoyib narsalarini Allohning bepoyon ilmiga havola qilib, faqat koʻz oʻngimizdagi sayyoramiz boʻlgan yerga qaraymiz, koʻramizki: Sayyoramiz bir buyuk va hashamatli boshqaruv va tarbiyachilikni, Allohning saltanatining hashmatini, mukammal rahmatni va hikmatni koʻrsatadigan suratda Quyosh atrofida, Rabboniy amri bilan, (Uchinchi Maktubda bayon qilingani kabi) juda ulkan xizmat uchun unga uzun sayru-sayohat qildirilyapti. Bir Rabboniy kema boʻlib Allohning hayratga slogan sanʻat asarlari bilan toʻldirilgan va shuur sohibi boʻlgan Allohning qullariga sayr joyi kabi bir sayyor maskan vaziyati berilgan. Vaqt va hisobni bildiruvchi soat mili kabi oyga, nozik hisob bilan, azim hikmatlar bilan taqilgan va boshqa manzillarda boshqa sayru-sayohat berilgan.

Bu muborak sayyoramizning bu holatlari yer kurrasi quvvatidagi shahodat bilan bir Qodiri Mutlaqning borligining vojibligini va vahdsati-birligini isbotlaydi. Modomiki sayyoramiz bunday ekan. Quyosh tizimini unga qiyoslashing mumkin. Quyoshga ham, oʻz oʻqi atrofid tortishish deyilgan ma'naviy iplarni kalavaga oʻrash uchun charxpalak va chigʻiriq hisoblangan quyoshni, bir Qodiri Zuljalolning amri bilan aylantirib, sayyoralarni ma'naviy iplar bilan bogʻlab tartibga solish, quyoshni butun sayyoralari bilan soniyada besh soatlik masofani bosib oʻtadigan tezlikda, bir taxminga koʻra "Harqul burji" tarafiga yoki Somonyoʻli tizimi markazidagi qora tuynuk tomon albatta azal va abad sultoni boʻlgan Zoti Zuljalolning qudrati bilan va amri bilan yoʻllaydi. Goʻyo rububiyatining hashamatini koʻrsatish uchun bu amrga tayyor askarlari hisoblangan quyosh tizimi qoʻshini bilan bir harakat qildiradi.

Ey astronom janob! Qaysi tasodif bu ishlarga aralasha oladi? Qaysi sabablarning qoʻli bunga yetisha oladi? Qaysi kuch bunga yaqinlasha oladi? Qani, sen ayt! Bunday Sultoni Zuljalol ojizligini koʻrsatib mulkiga boshqasini aralashtiradimi hech?! Xususan koinotning mevasi, natijasi, gʻoyasi, xulosasi boʻlgan hayot egalarini boshqa qoʻllarga beradimi? Boshqani mudohala ettiradimi? Xususan mevalarning eng jamlagani, natijalarning eng mukammali, zaminning xalifasi va Sultonga oyna musofiri boʻlgan insonlarni bebosh qoldiradimi? Ularni tabiatga va tasodifga havola qilib, saltanatining hashamatini yoʻqqa chiqaradimi, kamoli hikmatini sukut ettiradimi?

Yigirma Ikkinchi Deraza

﴿ اَلَمْ نَجْعَلِ الْاَرْضَ مِهَادًا ٭ وَ الْجِبَالَ اَوْتَادًا ٭ وَخَلَقْنَاكُمْ اَزْوَاجًا ٭ ﴾
﴿ فَانْظُرْ اِلٰٓى اٰثَارِ رَحْمَتِ اللّٰهِ كَيْفَ يُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا ﴾
— 674 —

Yer kurrasi bir bosh boʻlib, yuz ming ogʻzi bor. Xar bir ogʻzida yuz ming tili bor. Xar tilida yuz ming burhoni borki. Xar biri koʻp jihatdan Vojibul Vujud, Vohidi Ahad, hamma narsaga qodir, hamma narsani biladigan Zoti Zuljalolning borligining vojibligiga, birligi-vahdatiga, muqaddas vasflariga va Asmo-i Husnasiga shahodat qiladilar. Ha, yerning yaratilishining boshlangʻichiga qaraymiz: Suyuq holga kelgan oquvchi moddadan tosh, toshdan tuproq yaratilgan. Suyuq qolsa edi, ustida turib boʻlmasdi. U suyuqlik tosh boʻlgandan soʻng temir kabi qattiq boʻlsa edi, foydalaniladigan boʻlmasdi. Albatta bunga bu vaziyatni bergan, yerning sakanalarining hojatlarini koʻrgan bir Sone'i Hakimning hikmatidir. Soʻng tuproq tabaqasi ustiga, ostidagi ichki oʻzgarishlar natijasidagi zilzilalar togʻlar orqali nafas olib, zaminni harakati va vazifasidan chalgʻitmasligi va dengizning istilosidan tuproqni qutqarishi uchun, Hayot egalarining hayotiga kerakli narsalarga alohida xazina boʻlishi, havoni tarashi, nafas olishi uchun zararli gazlardan tozalashi, suvlarni yigʻib toʻplashi, jonzotlarga lozim boʻlgan boshqa ma'danlarga manba' va asos boʻlishi uchun togʻlar qozigʻi qoqilgan.

Bu holat bir Qodiri Mutlaq va Hakimi Rahimning borligining vojibligi va birligi-vahdatiga oʻta qat'iy va kuchli guvohlik qiladi.

Ey joʻgʻrofiyachi janob! Buni nima bilan izohlaysan? Qaysi tasodif ushbu hayratga slogan sanʻat asarlariga toʻla Rabboniy kemani ajoyib koʻrgazma qilib, yuzida tizilgan ashyolardan hech birini tushirmasdan bir yilda yigirma toʻrt ming yillik masofada tezlik bilan aylantiradi.

Zamin yuzidagi ajib san'atlarga qara! Unsurlarga qay daraja hikmat bilan vazifa yuklangan. Bir Qodiri Hakimning amri bilan zamin yuzidagi Rahmon musofirlariga qanday goʻzal qarayapti, xizmatlarini qilyapti.

Ajib va gʻaroyib san'atlar ichida rang-barang ajib, hikmatli zamin yuzi siymosidagi bu naqshinkor chiziqlarga qara! Yashovchilarga anhor va soylarni, dengiz va irmoqlarni, togʻu tepaliklarni turli maxluqlariga va qullariga loyiq alohida maskan va tashish vositasi qilgan. Soʻng yuz minglab nabotot turlari va hayvonot sinflari bilan, mukammal hikmat va intizom bilan toʻldirib hayot berib jonlantirish, vaqt-vaqti bilan tartibli holda oʻlim orqali vazifadan ozod qilish, yana intizomli shaklda بَعْثُ بَعْدَ الْمَوْتِ suratida toʻldirish bir Qodiri Zuljalolning va Hakimi Zulkamolning borligining vojibligiga va birligi-vahdatiga yuz minglab til bilan shahodat qiladi.

Natja: Yuzi ajoyibi san'atlarga koʻrgazma, gʻaroyib maxluqotga toʻplanish joyi, mavjudot guruhiga oʻtish joyi, qullarining saflariga masjid va markaz boʻlgan zamin, butun koinotning qalbi hisobida boʻlgani uchun Vahdoniyat-birlik nurini koinot qadar koʻrsatadi.

— 675 —

Mana ey joʻgʻrofiyachi janob! Zamin boshi yuz ming ogʻiz bilan, xar birida yuz ming til bilan Allohni tanitsa-yu, sen Uni tanimasang, boshingni tabiat botqoqligiga suqsang, aybing darajasini oʻyla. Seni qay daraja dahshatli jazoga loyiq qilishini bil, uygʻon va boshingni botqoqlikdan chiqar.

اٰمَنْتُ بِاللّٰهِ الَّذ۪ى بِيَدِه۪ مَلَكُوتُ كُلِّ شَىْءٍ

degin.

Yigirma Uchinchi Deraza

﴿ اَلَّذ۪ى خَلَقَ الْمَوْتَ وَالْحَيٰوةَ ﴾

Hayot Rabboniy qudrat moʻ'jizalarining eng nuroniysi va eng goʻzalidir. Vahdoniyat burhonlarining eng kuchlisi va eng porlogʻidir. Samadoniy oynalar tajalliylarining eng jamlangani va eng ochigʻidir.

Hayotning faqat oʻzi, bir Hayyi Qayyumni butun Asmo va Sifatlari bilan bildiradi. Chunki hayot juda koʻp Sifatlarning aralashgan ma'jun-pastasi boʻlgan ziyo va darmondir. Ziyoda yeti rang va darmonda turli davolar mavjud boʻlgani kabi, hayot ham juda koʻp Sifatlardan yasalgan haqiqatdir. Bu haqiqatdagi sifatlardan bir qismi tuygʻular vositasida yoyilib, rivojlanib ayriladi. Aksariyati hissiyot suratida yuzaga chiqadi. Hayotdan qaynab chiqish suratida oʻzini bildiradi.

Hayot koinotning tadbir va boshqarishda hukm surgan rizq, rahmat, inoyat va hikmatni oʻz ichiga oladi. Goʻyo hayot ularni orqasiga taqib, kirgan yeriga tortadi. Masalan, hayot bir jismga, badanga kirgan vaqt, Hakim Ismi ham tajalliy etadi, hikmat bilan uyasini goʻzal qilib tartibga keltiradi. Ayni vaziyatda Karim Ismi ham tajalliy etib, maskanini ehtiyojlariga koʻra tuzadi va bezaydi. Yana ayni holda Rahim Ismining jilvasi koʻrinadi. U hayotning davom etishi va kamolga yetishi uchun turli-tuman ehsonlarni lutf etadi. Yana bu yerda Razzoq ismining jilvasi koʻrinadi. U hayotning davom etishi va rivojlanishiga kerakli moddiy, ma'naviy ozuqalarni yetishtiradi. Qisman badanida toʻplaydi.

Demak, hayot bir markaziy nuqta boʻlib, bir-biri ichiga turli sifatlar kiradi, balki bir-birining aynisi boʻladi. Goʻyo hayot toʻligʻicha ham ilmdir, ayni holda qudratdir, ayni holda ham hikmat va rahmatdir va hokazo. Mana, hayot jamlovchi mohiyati orqali Allohning zotiy sifatlariga oynadorlik qilgan Samadiyat oynasidir. Bu sirga asosan, Hayyi Qayyum boʻlgan Zoti Vojibul Vujud, hayotni juda ham koʻp va moʻllik bilan yaratib, yoyadi va koʻrsatadi. Hamma narsani hayotning atrofida toʻplab, unga xizmatkor qiladi. Chunki hayotning vazifasi buyuk. Samadiyatning oynasi boʻlish oson narsa emas, oddiy bir vazifa emas.

— 676 —

Koʻz oʻngimizda biz xar doim koʻrayotgan son-sanoqsiz yangi-yangi hayotlar, hayotlarning asllari va zotlari boʻlgan ruhlar, birdan va hechdan vujudga kelishi va yuborilishi bir Zoti Vojibul Vujud va Hayyi Qayyumning borligining vojibligini, muqaddas Sifatlarini va Asmoi Husnasini, yogʻdular quyoshni koʻrsatgani kabi koʻrsatadi. Quyoshni tanimagan va qabul qilmagan odam, kunduzni toʻldirgan ziyoni inkor qilishga qilib majbur boʻlgani kabi, Hayyi Qayyum, Muhyi va Mumit boʻlgan Shamsi Ahadiyatni tanimagan odam zamin yuzini, balki oʻtmish va kelajakni toʻldirgan jonzotlarning vujudini inkor qilishi kerak va yuz daraja hayvondan ham tubanlashishi kerak. Hayot martabasidan tushib, jonsiz qat-qat johil boʻlishi kerak.

Yigirma Toʻrtinchi Deraza

﴿ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ لَهُ الْحُكْمُ وَ اِلَيْهِ تُرْجَعُونَ ﴾

Oʻlim hayot qadar rububiyat burhonidir. Oʻta kuchli vahdoniyat hujjatidir. اَلَّذ۪ى خَلَقَ الْمَوْتَ وَالْحَيٰوةَ oyatining dalolatiga koʻra, oʻlim, yoʻqlik, qatl, fano, hechlik, majhul inqiroz emas, balki bir Foili Hakim tomonidan xizmatdan ozod etish, makon almashtirish, badan oʻzgartirish, vazifadan boʻshash, badan qamogʻidan ozod qilish va intizomli hikmat alomati ekani Birinchi Maktubda koʻrsatilgan.

Zamin yuzidagi sanʻat asarlari, jonzotlar va tirik zamin yuzi bir Sone'i Hakimning borligining vojibligiga va birligi-vahdoniyatiga shahodat qiladi. Shunga oʻxshab, jonzotlar oʻlimi orqali bir Hayyi Boqiyning sarmadiyati-bardavomligiga va birligi-vohidiyatiga shahodat qiladi. Yigirma Ikkinchi Soʻzda oʻlim oʻta kuchli vahdat burhoni va sarmadiyat-bardavom boʻlish hujjati ekani isbotlangan va izoh etilgani uchun bu mavzuni oʻsha Soʻzga havola qilib, quyida faqat muhim bir hikmatini bayon qilamiz:

— 677 —

Jonzotlar borligi bilan bir Vojibul Vujudning borligiga dalolat qiladi. Shunga oʻxshab, jonzotlar oʻlimlari orqali bir Hayyi Boqiyning sarmadiyati-bardavomligiga, birligi-vohidiyatiga guvohlik qiladi. Masalan, birgina jonzot boʻlgan zamin yuzi tartibi bilan, holatlari bilan Sone'ni koʻrsatgani kabi, oʻlgan vaqti, ya'ni qish oq kafani bilan oʻlgan zamin yuzini yopishi orqali inson e'tiborini undan qaytaradi. Yoki e'tibor, ketgan bahor mayyiti orqasidan oʻtmishga boradi, kengroq manzarani koʻrsatadi. Ya'ni, xar biri alohida qudrat moʻ'jizasi boʻlgan zaminni toʻldirib tashlagan butun oʻtgan bahorlar kabi, yangi keladigan alohida qudratining gʻaroyib ishlari va jonli zamin boʻlgan, bahorni toʻldirgan jonli yer mavjudotining kelishini bildirib, borligiga guvohlik qilgani uchun, keng miqyosda, porloq suratda, kuchli darajada bir Sone'i Zuljalolning, Qodiri Zulkamolning, Qayyumi Boqiyning, Shamsi Sarmadiyning borligining vojibligiga, birligi-vahdatiga, boqiyligi va sarmadiyati-bardavomligiga guvohlik qiladi va shunday porloq dalillarni koʻrsatadiki, istar-istamas ochiq oydin اٰمَنْتُ بِاللّٰهِ الْوَاحِدِ الْاَحَدِ dediradi.

Natija: وَ يُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا sirriga koʻra, ushbu jonli zamin bir bahorda Sone'ga guvohlik qilgani kabi, oʻlganida, e'tiborni davrning ikki oʻtmish va kelajak qanotiga tizilgan Allohninig qudrati moʻ'jizalariga qaratadi. Bir bahor oʻrniga minglab bahorni koʻrsatadi. Bir moʻ'jiza oʻrniga minglab qudrati moʻjizalariga ishorat qiladi. Ulardan xar bahor hozirgi bahordan ham qat'iyroq guvohlik qiladi. Chunki moziy tomon oʻtganlar, zohiriy sabablari bilan birga ketgan, orqasida oʻrniga yana oʻzlari kabi boshqalar kelgan. Demak, zohiriy sabablar hechdir. Faqat bir Qodiri Zuljalol ularni yaratib, hikmati bilan sabablarga bogʻlab yuborganini koʻrsatadi. Kelajakda tizilgan jonli zamin yuzi esa yanada porloq guvohlik qiladi. Chunki yangidan, yoʻqdan, hechdan yaratilib yuboriladi, yerga qoʻyilib, vazifa bajartirib, soʻngra yuboriladi.

Ey tabiatga botgan va botqoqlikda boʻgʻilish darajasiga kelgan gʻofil! Butun oʻtmish va kelajakka yetadigan hikmatli va qudratli ma'naviy qoʻl sohibi boʻlmagan narsa qanday qilib zaminning hayotiga aralasha oladi? Sen kabi qavat qavat yoʻqlik ichidagi tasodif va tabiat bunga aralasha oladimi? Qutulishni istasang, "Tabiat, nari borsa, Allohning qudratining daftaridir. Tasodif esa johilligimizni berkitgan yashirin Ilohiy hikmatning pardasidir", deb haqiqatga yaqinlash.

— 678 —

Yigirma Beshinchi Deraza

Urilgan narsa albatta urgan kishiga dalolat qiladi. San'atli asar san'atkorni taqozo qiladi. Bola otani iqtizo qiladi. Pastdagi, yuqoridagini kerakli qiladi va hokazo.

Bir birini keltirib chiqaradigan barcha narsalar biri birisiz boʻlmaydigan nisbiy sifatlardir. Shuning kabi, koinotning kichik narsalari va umumiy sinfidagi imkon ham Allohning borligining vojibligigni koʻrsatadi. Ulardagi barcha taʻsirlasnish bir taʻsirni koʻrsatadi. Barchasidagi yaratilish yaratuvchilikni koʻrsatadi. Hammasidagi koʻplik va birlashtirilish Vahdat-birlikni shart qiladi.

Allohning borligining vojibligi, ish, yaratish va birlik-vahdat, ochiq ravshan va zarurat darajasida, borligi va yoʻqligi imkon ichida boʻlib Allohning bor qilishiga bogʻliq boʻlgan narsalar, taʻsirlanadigan, koʻp, koʻp narsalardan tashkil topgan, maxluq boʻlmagan, vojib va ish qiluvchi, yagona-vohid va yaratuvchi sifatlarni taqozo qiladi. Shunday ekan, butun koinotdagi barcha mavjudot, butun taʻsirlanishlar, butun yaratilishlar, butun koʻplik va birlashishlar ochiq oydin bir Zoti Vojibul Vujud, Fa'olun Lima Yurid, Xoliqi Kulli Shayga, Vohidi Ahadga guvohlik qiladi.

Natija: Imkon ichdagi narsalarda Alloh borligining vojibligi koʻrinadi. Taʻsirlanishdan ish, koʻplikdan birlik, bularning borligig ularning mavvjudligiga qat'iyan dalolat qiladi. Shunga oʻxshab, mavjudot ustida koʻringan yaratilish va rizqlantirish kabi sifatlar sanʻat bilan yaratish, rizq berish kabi sifatlarning borligiga qat'iy dalolat qiladi. Ushbu sifatlarning borligi esa zarurat darajasida va ochiq oydin bir Xalloq va Razzoq Sone'i Rahimning msvjudligiga dalolat qiladi. Demak, xar bir mavjuddagi yuzlab hil sifatlar tili bilan Vojibul Vujud Zotining yuzlab Asmoi Husnasiga shahodat qiladi. Bu guvohliklar qabul qilinmasa, mavjudotning bu turdagi barcha sifatlarini inkor qilish lozim boʻladi.

Yigirma Oltinchi Deraza

{(Hoshiya) Bu deraza hammaga emas, qalb va muhabbat ahliga xos.}

Koinot mavjudoti ustida yangilanib turgan, kelib ketgan goʻzallik va husnlar, bir Jamoli Sarmadiy jilvalarining bir navʻ soyalari ekanini koʻrsatadi. Ha, irmoq yuzidagi pufakchalarning yaltiraydi. Orqadan kelgan davomining ketganlari kabi yaltirashi doimiy quyoshning shualarining oynalari ekanini koʻrsatgani kabi, sayr qiluvchi vaqt irmogʻida, sayyor mavjudotning ustida porlagan goʻzallik yogʻdulari ham bir sarmadiy-bardavom goʻzallikka ishorat qiladi va uning bir tur alomatlaridir.

— 679 —

Koinot qalbidagi jiddiy ishq bir Ma'shuqi Loyazaliyni koʻrsatadi. Daraxtning mohiyatida boʻlmagan narsa asosli bir suratda mevasida boʻlmaydi. Bu esa koinot daraxtining hassos mevasi boʻlgan inson sinfidagi jiddiy Allohni sevish va ishq koʻrsatadiki, butun koinotda, turli shakllarda, haqiqiy ishq va muhabbat mavjud. Shunday ekan, koinot qalbidagi bu haqiqiy muhabbat va ishq bir Mahbubi Azaliyni koʻrsatadi.

Koinot bagʻrida koʻp suratlarda koʻringan tortishish, jazba-oʻzidan kechish, jozibalar, azaliy bir tortuvchi haqiqatning tortishi orali boʻlayotganini hushyor qalblarga koʻrsatadi. Maxluqotning eng hassos va nuroniy toifasi boʻlgan ahli kashf va valiylarning bir ovozdan xulosasi asosida, zavq va shuhud-koʻrishga tayanib: Bir Jamili Zuljalolning jilvasiga, tajalliysiga sazovor boʻlgan narsalarni va Jalili Zuljamolning (oʻzini) tanitishiga va sevdirishiga zavq bilan bilganini bir ovozdan xabar berishlari, yana bir Zoti Vojibul Vujudning, Jamili Zuljalolning borligiga va insonlarga oʻzini tanitishiga qat'iyan guvohlik qiladi.

Koinot yuzida va mavjudot uzra ishlayotgan goʻzallashtirish va bezash qalami, qalam sohibi boʻlgan Zotning Asmosining goʻzalligini ochiq ravshan koʻrsatadi. Mana, koinotdagi goʻzallik, qalbidagi ishq, bagʻridagi tortishish, koʻzlaridagi kashf, koʻrish, sinfidagi husn va ziynat - juda latif, nuroniy bir deraza ochadi. U orqali butun goʻzal Asmosi bir Jamili Zuljalolni, Mahbubi Loyazaliyni va Ma'budi Lamyazalni hushyor aql va qalblarga koʻrsatadi.

Ey moddiy narsalar qorongʻiligida, faraz zulmatida, boʻgʻuvchi shunhalar ichida tipirchilayotgan gʻofil! Oʻzingga kel! Insonga loyiq suratda yuksal. Ushbu toʻrt tuynuk orqali qara, birlik-vahdat goʻzalligini koʻr, mukammal iymonga erish, haqiqiy inson boʻl!

Yigirma Yettinchi Deraza

﴿ اَللّٰهُ خَالِقُ كُلِّ شَىْءٍ وَهُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ وَك۪يلٌ ﴾

Koinotda sabablar va natijalar sifatida koʻrinayotgan narsalarga qaraganda koʻramizki: Eng a'lo bir sababning eng oddiy natijaga ham kuchi yetmaydi. Demak, sabablar pardadir. Natijalarni yaratgan Zot boshqa. Masalan, cheksiz mavjudotdan faqat kichik misol sifatida, inson boshidagi bir hantal kichikligida joylashtirilgan xotiraga qaraymiz. Koʻramizki, shunday bir mujassam kitob, balki kutubxona hisoblanadiki, unga insonning butun hayot yoʻlini chalkashtirilmasdan yoziladi.

— 680 —

Ajabo, bu qudrat moʻ'jizasiga qaysi sabab koʻrsatilishi mumkin? Miyadagi qatlanishlarmi? Oddiy, shuursiz hujayra zarralarimi? Tasodif shamollarimi? Bu sanʻat moʻ'jizasi shunday bir Zotning san'ati boʻlishi mumkinki, insonni hashrda nashr qilinadigan ulkan amal daftarini, hisob-kitob vaqtida esga keltiriladigan, qilgan barcha ishlari yozilganini bildirish uchun kichik hujjat nusxasini chiqarib, yozib, aqlining qoʻliga beradigan bir Sone'i Hakimning san'ati boʻlishi mumkin.

Mana, insonnig xotirasig misol sifatida barcha tuxumlar, urugʻlar, danaklarni qiyos qil va bu kichkinagina moddiy moʻ'jizalarga boshqa natijalarni ham qiyos qil. Chunki qaysi natija va sanʻat asariga qarasang, shu daraja gʻaroyib san'at borki, nafaqat uning oddiy, sodda sababi, balki butun sabablar toʻplansa ham, uni yaratishga ojizligini izhor qiladi.

Masalan, katta sabab deb hisoblangan quyoshni, ixtiyori bor, shuurli deb faraz qilib unga: "Bir chivinning vujudini yarata olasanmi?" deb soʻralsa, albatta: "Xoliqimning ehsoni bilan doʻkonimda ziyo, ranglar, harorat koʻp. Lekin chivinning vujudida koʻz, quloq, hayot kabi shunday narsalar borki, na mening doʻkonimda bor na iqtidorim yetadi", deb javob beradi.

Natijalardagi gʻaroyib san'at va bezak, sabablarni chetga surib, Musabbibul Asbob boʻlgan Vojibul Vujudga ishorat qiladi. وَ اِلَيْهِ يُرْجَعُ الْاَمْرُ كُلُّهُ oytining sirriga koʻra: Unga ishlarni taslim qiladi. Shunga oʻxshab, sabablar orqali yuzaga kelgan narsalarga oʻrnatilgan natijalar, gʻoyalar, foydalar ochiq ravshan sabablar pardasi orqasida bir Robbi Karimning, bir Hakimi Rahimning ishlari ekani koʻrsatadi. Chunki shuursiz sabablar, albatta bir maqsadni oʻylab ishlamaydi. Lekin vujudga kelgan xar maxluq bir maqsad emas, balki koʻp maqsadlar, foydalarni, hikmatlar asosida vujudga kelyapti. Demak, bir Robbi Hakim va Karim ularni yaratib, yuboryapti. Foydalarni ularga borlik maqsadi qilyapti.

Masalan, yomgʻir yogʻyapti. Yomgʻirni zohiran keltirib chiqargan sabablar, hayvonotni oʻylab, ularga achinib, marhamat qilishdan qanchalik uzoqligi ma'lum. Demak, hayvonotni yaratgan va rizqlarini kafolatlagan bir Xoliqi Rahimning hikmati bilan yordamga yuborilyapti. Hatto yomgʻirga "rahmat" deyiladi. Chunki koʻp rahmat alomatlari va foydalarni oʻz ichiga olgani uchun, goʻyo yomgʻir shaklida rahmat moddiy shaklda, tomchilarga aylangan, bitta-bitta boʻlib keladi.

— 681 —

Butun maxluqot yuziga tabassum qilgan barcha ziynatli nabotot va hayvonotdagi bezash va koʻrkamliklar, ochiq ravshan gʻayb pardasi orqasida bezalgan va goʻzal san'atlar bilan oʻzini tanitishni, sevdirishni va bildirishni istagan bir Zoti Zuljalolning borligining vojibligiga va birligi-vahdatiga dalolat qiladi. Demak, ashyolarning bezalishi, koʻrkam koʻrinishi tanitish va sevdirish sifatlariga qat'iyan dalolat qiladi. Sevdirish va tanittirish sifatlari esa, oshiq oydin Vadud, Ma'ruf boʻlgan Sone'i Qodirning borligining vojibligiga va birligi-vahdatiga guvohlik qiladi.

Natija: Sabab juda oddiy, ojiz va undan deb bilingan natijalar esa juda san'atli va qiymatli boʻlgani uchun, sababni chetga suradi. Natijalarning maqsadi, foydasi esa johil va jonsiz sabablarni oʻrtadan olib tashlab, bir Sone'-i Hakimning qoʻliga taslim qiladi. Natijalar yuzidagi ziynat va mahoratlar oʻz qudratini shuur sohiblariga bildirishni istagan va oʻzini sevdirishni xohlagan bir Sone'i Hakimga ishorat qiladi.

Ey sababparast bechora! Bu uch muhim haqiqatni nima bilan izohlay olasan? Sen oʻzingni qanday ishontira olasan? Aqling boʻlsa, sabablar pardasini yirt. وَحْدَهُ لَا شَر۪يكَ لَهُ de, hadsiz zalolatdan qutul!

Yigirma Sakkizinchi Deraza

﴿ وَمِنْ اٰيَاتِه۪ خَلْقُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَاخْتِلَافُ اَلْسِنَتِكُمْ وَ اَلْوَانِكُمْ اِنَّ ف۪ى ذٰلِكَ لَاٰيَاتٍ لِلْعَالِم۪ينَ ﴾

Shu koinotga qaraganda, koʻramizki: Badan hujayralaridan butun olamni qurshagan hikmat va intizom bor. Badan hujayralariga qaraymiz, koʻramizki: Badanga kerakli ishlarni bilgan va joy-joyida hal qilgan bir Zotning amri bilan, qonuni bilan kichkina hujayralarda ahamiyatli boshqaruv bor. Me'dada bir qism rizq, ichki yogʻlar suratida yigʻilib, ehtiyoj vaqti sarf qilinadi. Aynan shu kichkina hujayralarda ham oʻsha tasarruf va yigʻish mavjud. Nabototga qaraganimizda, oʻta himatli tarbiya va boshqaruv kuzatiladi. Hayvonotga qaraymiz, oʻta karimona tarbiya va rizq berilayotganini koʻramiz. Koinotning katta va muhim asoslariga qaraymiz, ahamiyatli maqsadlar uchun hashamatli boshqaruv va nurlantirish bor. Majmui olamga qaraymiz, intizomli bir mamlakat, shahar va saroy hisobidagi oliy hikmatlar, qiymatli maqsadlar uchun mukammal tartibni koʻramiz. Oʻttiz Ikkinchi Soʻzning Birinchi Boʻlimida izoh va isbot qilingani kabi zarradan yulduzlargacha zarra miqdor shirkka yer qoldirmagan. Ular bir-biriga ma'nan munosabatda boʻlib, kim barcha yulduzlarni boʻysundira olmasa va qoʻlida tutmasa, rububiyatini zarraga tinglata olmaydi. Bir zarraga haqiqiy Rab boʻlish uchun butun yulduzlarga sohib boʻlish lozim boʻladi. Oʻttiz Ikkinchi Soʻzning Ikkinchi Boʻlimida izoh va isbot qilingani kabi, kim osmonlarning yaratish va tartibga solishga qodir boʻlmasa, insonning siymosidagi belgilarni ham qila olmaydi. Demak, kim butun samovotning Robbi boʻlmasa, bitta inson siymosidagi ajratib turuvchi belgi boʻlgan siymo naqshini ham qila olmaydi.

— 682 —

Bu koinot qadar ulkan deraza boʻllib, u orqali qaralganda

﴿ اَللّٰهُ خَالِقُ كُلِّ شَىْءٍ وَهُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ وَك۪يلٌ لَهُ مَقَال۪يدُ السَّمٰوَاتِ وَ الْاَرْضِ ﴾

oyatlari koinot sahifalarida ulkan harflar bilan yozilganini aql koʻzi bilan ham koʻrish mumkin. Shunday ekan, koʻrmaganning yo aqli yoʻq, yo qalbi yoʻq. Yoki inson suratidagi hayvondir!

Yigirma Toʻqqizinchi Deraza

﴿ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪ ﴾

Bahorda gʻarib holda, tafakur qilish uchun sayohatga chiqqan edim. Bir tepalikchaning etagidan oʻtar ekanman, koʻzimgza yaltiroq sariq gul tashlandi. Avvallari vatanimda va boshqa joylarda koʻrgan bu sinfdagi sariq gullarni xotirlatdi. Qalbga shunday ma'no keldiki: Bu gul kimning belgisi boʻlsa, kimning tamgʻasi boʻlsa, kimning muhri boʻlsa va kimning naqshi boʻlsa, albatta zamin yuzida bu turdagi gullar uning muhrlari, tamgʻalaridir.

Ushbu muxrni oʻylagandan soʻng shunday tasavvur keldi. Muhrlangan bir maktubdagi muhr maktubning sohibini koʻrsatadi. Shunga oʻxshab, gul ham Rahmoniy muxrdir. Naqsh turlari va ma'noli nabotot satrlari bilan yozilgan bu tepalikdagi bu gul ham Sone'ining maktubidir. Tepalikcha ham bir muhrdir. Sahro va dasht Rahmoniy maktubi suratini oldi. Bu tasavvurdan zehnga quyidagi haqiqat keldi: Xar bir narsa bir Rabboniy muhri hisobanib butun ashyoni oʻz Xoliqiga tayantiradi. Oʻz kotibining maktubi ekanini isbotlaydi.

Xar bir narsa shunday bir tavhid derazasi boʻlib, butun ashyolarni bir Vohidi Ahadga bogʻlaydi. Demak, xar bir narsada, xususan jonzotlarda shunday gʻaroyib bir naqsh, shunday moʻ'jizaviy san'at borki: Uni yaratgan va ma'noli naqsh qilgan Zot butun ashyolarni yarata oladi, butun ashyolarni yaratgan, albatta U boʻladi. Demak, kim barcha ashyolarni yarata olmasa, bir narsani ham ijod qila olmaydi.

— 683 —

Mana ey gʻofil! Koinotning yuziga qara: Bir-biri ichida cheksiz Samadoniy maktublar hisoblangan mavjudot sahifalari va xar bir maktub ustida cheksiz tavhid muxrlari bilan muxrlangan. Barcha muhrlarning guvohligini kim yolgʻonga chiqara oladi? Qaysi kuch ularni jim qila oladi? Qalb qulogʻi bilan qay birini tinglasang, اَشْهَدُ اَنْ لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ deyayotganini eshitasan.

Oʻttizinchi Deraza

﴿ لَوْ كَانَ ف۪يهِمَٓا اٰلِهَةٌ اِلَّا اللّٰهُ لَفَسَدَتَا ٭ كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ لَهُ الْحُكْمُ وَ اِلَيْهِ تُرْجَعُونَ ﴾

Bu deraza imkon va hudusga asoslangan barcha mutakallim ulamolarning derazasidir. Vojibul Vujudni isbotlash yoʻllaridir. Buning tafsilotini "Sharhul Mavoqif" va "Sharhul Maqosid" kabi haqiqatli ulamolarning buyuk kitoblariga havola qilib, quyida faqat Qur'onning fayzidan va bu derazadan ruhga kelgan bir-ikki shuʻlani koʻrsatamiz:

Boshqaruv va hokimiyat raqib qabul qilmaslikni taqozo qiladi, ishtirokni rad qiladi, boshqa qoʻl aralashishini olib tashlaydi. Shuning uchun, kichik bir qishloqda ikkita rais boʻlsa, qishloqning tinchligi va tartibi buzadi. Bir nohiyada ikki mudir, bir viloyatda ikki hokim boʻlsa, ostin-ustin qiladi. Bir mamlakatda ikki podshoh boʻlsa, gʻavgʻoli tartibsizlikka sabab boʻladi. Modomiki hokimiyat va boshqaruv soyasining zaif soyasi va kichik namunasi yordamga muhtoj ojiz insonlarda raqibni, zidni va oʻziga oʻxshashining aralashuvini qabul qilmas ekan, ajabo mutlaq saltanat suratidagi hokimiyat va rububiyat darajasidagi boshqaruv bir Qodiri Mutlaqda qay daraja aralashuvni rad qilish qonuni qay daraja asosli suratda hukmini ijro qilishini qiyosla. Demak, Uluhiyat va Rububiyatga eng qat'iy va doimiy kerak narsa, birlik-vahdat va yagonalikdir. Bunga ochiq bir burhoni va qat'iy shohidi shuki, koinotdagi mukammal intizom va goʻzal tartibdir. Chivin qanotidan samovot qandillariga qadar shunday nizom borki, aql uning oldida hayratidan va sevganidan "Subhanalloh, Mashaalloh, Barakalloh" deydi, sajda qiladi. Agar zarra miqdor sherikka yer boʻlganida, aralashish boʻlsa edi,

— 684 —
﴿ لَوْ كَانَ ف۪يهِمَٓا اٰلِهَةٌ اِلَّا اللّٰهُ لَفَسَدَتَا ﴾

oyati karimasining dalolati bilan: Nizom buzilar, surat oʻzgarar, fasodning alomatlari koʻrinar edi. Xolbuki:

﴿ فَارْجِعِ الْبَصَرَ هَلْ تَرٰى مِنْ فُطُورٍ ٭ ثُمَّ ارْجِعِ الْبَصَرَ كَرَّتَيْنِ يَنْقَلِبْ اِلَيْكَ الْبَصَرُ خَاسِئًا وَ هُوَ حَس۪يرٌ ﴾

oyatining dalolati va bu ifoda bilan inson nazari kamchilik qidirish uchun qanchalik urinmasin, hech qayerda topa olmasdan, horgʻin holda manzili boʻlgan koʻzga kelib, uni yuborgan tanqidchi aqlga: "Behuda charchadim, kamchilik yoʻq", deydi. Bu esa, nizom va intizom oʻta mukammal ekanini koʻrsatadi. Demak, koinot intizomi vahdoniyatning qat'iy guvohidir.

Endi "hudus"ga kelsak. Mutakallim ulamolar: "Olam oʻzgaruvchidir. Xar bir oʻzgaruvchi hodis-keyindan bor boʻlgan. Xar bir hodisning bir muhdisi-bor qiluvchisi, ya'ni ijod qiluvchisi bor. Shunday ekan, bu koinotning qadim bir Mujidi-ijod qiluvchisi bor." deyishgan.

Biz, ha koinot hodisdir, deymiz. Chunki xar asrda, balki xar yil, balki xar mavsumda bir koinot, bir olam ketadi, keyingisi kelayotganini koʻryapmiz. Demak, bir Qodiri Zuljalol borki, bu koinotni hechdan ijod qilib, xar yil, balki xar mavsum, balki xar kun birini ijod qiladi, shuuri borlarga koʻrsatadi soʻng uni oladi, boshqasini keltiradi. Bir-birining orqasiga taqib, bogʻlab vaqt tasmasiga qoʻyadi.

Albatta, ular bu olam kabi alohida bardavom yangilangan xar bahorda koʻz oʻngimizda hechdan kelgan va ketayotgan koinotlarni ijod qilgan bir Zoti Qodirning moʻ'jizoti qudratidir. Albatta, olam ichida xar doim olamlarni yaratib oʻzgartirgan zot, mutlaqo bu olamni ham U yaratgan. Bu olamni va roʻyi zaminni buyuk musofirlarga mehmonxona qilgan.

— 685 —

Kelaylik "imkon" mavzusiga. Mutakallim ulamolar: "Imkon, borlik va yoʻqlik masalasida teng holatda", deyganlar. Ya'ni: Yoqʻlik va borlik, ikkisi ham teng boʻlsa, bir ajratuvchi, tanlovchi, bir ijod qiluvchi lozim. Chunki, borliqlar bir-birini ijod qilib davom eta olmaydi. Yoki u uni, u esa nargini ijod qilib aylana holatida ham boʻla olmaydi. Shunday ekan, bir Vojibul Vujud borki, ularni ijod qilyapti. Doira va silsilani oʻn ikki burhon, ya'ni "arshiy va sullamiy" (doira va silsilani inkor qilish uchun yuqoriga qarab chiqqanda toraygan va yakka yaratuvchining borligiga tayangan mantiqiy dalil) kabi nomlar bilan nomlagan mashhur oʻn ikki qat'iy dalil bilan doirani bekor qilishgan va silsilani imkonsiz ekanini koʻrsatganlar. Sabablar silsilasini uzib, Vojibul Vujudning borligini isbotlaganlar.

Biz, sabablar tasalsulning burhonlari bilan olamning oxirida uzilishidan koʻra, hamma narsada Xoliqi Kulli Shayga xos tamgʻani koʻrsatish qat'iyroq, osonroq deymiz. Qur'onning fayzi bilan butun Derazalar va barcha Soʻzlar bu asos uzra ketgan. Shu bilan birga imkon nuqtasi cheksiz keng. Sanoqsiz jihatlar bilan Vojibul Vujudning borligini koʻrsatadi. Faqat, mutakallim ulamolarning silsilaning uzilishi yoʻliga (haqiqatan keng va katta yoʻlga) maxsus emas. Balki son-sanoqsiz yoʻllar bilan Vojibul Vujudning ma'rifatiga yoʻl ochadi:

Xar bir narsa vujudida, sifatlarida, hayoti davomida cheksiz imkonlar, ya'ni gʻoyat koʻp yoʻllar va jihatlar ichida qarorsiz ekan, cheksiz jihatlar ichida vujud jihatida tartibli yoʻldan yuradi. Xar bir sifatni unga maxsus tarzda beradi. Hayoti davomida oʻzgartirgan barcha sifat va holatlar ham shunday bir ajratib beriladi. Demak, bir ajratuvchining irodasi bilan, bir tanlovchining tanlashi bilan, bir hikmatli ijod qiluvchining ijodi bilan boʻladi. Cheksiz yoʻllar ichida uni hikmatli yoʻlga chaqiradi, unga intizomli sifatlarini va holatlarini kiydiradi. Soʻng yakkalanishdan chiqarib, tarkibli jismga boʻlak qiladi, imkonlar koʻpayadi. Chunki bu jismda minglab holda boʻlishi mumkin. Lekin unga natijasiz vaziyatlar ichida natijali, maxsus vaziyat beriladi. U jismda muhim natijalar, foydalar olinadi va vazifalar bajartiriladi. Soʻngra u jism boshqa jismga boʻlak qildiriladi. Imkonlar yana ham koʻpayadi. Chunki unda minglab tarzda boʻlishi mumkin. Minglab tarz ichida bitta holat beriladi. U holat orqali muhim vazifalar bajartiriladi va hokazo... Borgan sari bir Hakimi Mudabbirning borligining vojibligini yanada qat'iyroq koʻrsatadi. Bir Amiri Alimning amri bilan chaqirilganini bildiradi. Jism ichida jism bir-biri ichida boʻlak boʻlib ketgan butun tarkiblarda, bir askar otryadida, rotasida, batal'onida, polkida, diviziyasida, qoʻshinida ich-ichidagi u yigʻinlarning xar biriga maxsus vazifasi, hikmatli aloqasi, intizomli xizmati mavjud.

— 686 —

Koʻz qorachigʻingdan bir hujayra, koʻzingda bir aloqasi va vazifasi bor. Boshning butuni nisbatiga ham hikmatli vazifasi va xizmati mavjud. Zarra miqdor adashsa, sihat va badan boshqaruvi buziladi. Qon tomirlariga, his va harakat asablariga, hatto butun badanda alohida maxsus vazifasi, hikmatli vaziyati bor. Minglab imkonlar ichida bir Sone'i Hakimning hikmati bilan muayyan holat berilgan. Shuning kabi, bu koinotdagi mavjudotning xar biri oʻzi, sifatlari bilan koʻp imkon yoʻllari ichida xos vujudi va hikmatli surati va foydali sifatlari bir Vojibul Vujudga guvohlik qilganidek, tarkib topgan narsalarga kirgan vaqti, xar bir tarkib topgan narsada yana boshqa til bilan yana Sone'ini e'lon qiladi. Bora-bora eng ulkan tarkib topgan narsagacha aloqasi, vazifasi, xizmati bilan Sone'i Hakimning borligining vojibligiga, ixtiyoriga va irodasiga guvohlik qiladi. Chunki bir narsani butun tarkib topgan narsalar bilan hikmatli munosabatlarni muhofaza qiladigan suratda joylashtirgan, u narsalarning Xoliqi boʻlishi mumkin. Demak, birgina narsa minglab tillar bilan Unga guvohlik qiladi. Koinotning mavjudotichalik emas, balki mavjudotning sifatlari va tarkib topgan narsalari sanogʻicha imkonlar nuqtasidan ham Vojibul Vujudning borligiga guvohlik qiladi.

Mana ey gʻofil! Koinotni toʻldirgan bu guvohliklarni, bu sadolarni eshitmaslik uchun qay daraja kar va aqlsiz boʻlish kerak? Qani sen ayt!

Oʻttiz Birinchi Deraza

﴿ لَقَدْ خَلَقْنَا الْاِنْسَانَ ف۪ٓى اَحْسَنِ تَقْو۪يمٍ ٭ وَ فِى الْاَرْضِ اٰيَاتٌ لِلْمُوقِن۪ينَ ٭ وَ ف۪ٓى اَنْفُسِكُمْ اَفَلَا تُبْصِرُونَ ﴾

Bu deraza inson derazasidir va anfusiy-botiniy dunyomizga oid. Botiniy jihatidan bu derazaning tafsilotini minglab haqiqatli avliyolarning mufassal kitoblariga havola qilib, quyida faqat Qur'on fayzidan olgan bir nechta asosimizga ishorat qilamiz:

Oʻn Birinchi Soʻzda bayon qilingani kabi: "Inson shunday bir qamrovli nusxaki, Janobi Haq butun Asmosini insonning oʻzi orqali bildiradi". Tafsilotini boshqa Soʻzlarga havola qilib, faqat uch nuqtani koʻrsatamiz.

BIRINCHI NUQTA: Inson uch jihatda Allohning Asmosiga oyna boʻladi.

— 687 —

Birinchi jihat: Tunda zulmat nurni koʻrsatganidek, inson zaifligi va ojizligi bilan, faqirligi va ehtiyojlari bilan, nuqsonli ekani va kamchiligi bilan bir Qodiri Zuljalolning qudratini, quvvatini, boyligini, rahmatini bildiradi va hokazo juda koʻp Allohning vasflariga oynalik qiladi. Hatto cheksiz ojizligida va benihoyat zaifligida hadsiz dushmaniga qarshi tayanch istinod qidirish orqali vijdon doim Vojibul Vujudga qaraydi. Cheksiz faqirligi, nihoyatsiz ehtiyojlari ichida sanoqsiz maqsadlarga yordan joyi qidirishga majbur boʻlgani uchun, vijdon doimo bir Gʻaniyyi Rahimning dargohiga tayanadi, duo bilan qoʻl ochadi.

Demak, xar bir vijdonda tayanch nuqtasi va yordam joyi jihatidan ikki kichik deraza Qodiri Rahimning barigohi rahmatiga ochiladi, xar doim u orqali qaraydi.

Ikkinchi jihatdagi oynalik esa: Insonga berilgan namunalar ichida oz ilm, qudrat, koʻrish, eshitish, sohiblik, hokimiyat kabi kichik narsalar orqali koinot Molikining ilmiga, qudratiga, koʻrishiga, eshitishiga, rububiyatininig hokimiyatiga oynalik qiladi. Ularni anglaydi, bildiradi. Masalan, "Men bu uyni qurdim, qurishini bilaman, koʻryapman, uning egasiman va boshqaryapman. Shuning kabi, bu ulkan koinot saroyining ham bir ustasi bor. U usta uni biladi, koʻradi, quradi, boshqaradi va hokazo."

Uchinchi jihatda oynalik esa: Inson ustida naqshlari koʻringan Allohning Asmosiga oynalik qiladi. Oʻttiz Ikkinchi Soʻzning Uchinchi Boʻlimining boshida bir nabza izoh qilingan, insonning qamrovli mohiyatida naqshlari koʻringan yetmishdan koʻproq Asmo bor. Masalan, yaratilishida Sone' va Xoliq Ismi, eng goʻzal shakli orqali Rahmon va Rahim Ismlari, husni tarbiyasida Karim va Latif Ismlari bor va hokazo. Butun a'zo va vositalari bilan, jihozlar va organlari bilan, latifalari va ma'naviyati bilan, his va tuygʻulari bilan turli Asmoning farqli naqshlarini koʻrsatadi. Demak, Asmoda bir Ismi a'zam boʻlgani kabi u Asmoning naqshlarida ham bir buyuk naqsh borki, u insondir.

Ey oʻzini inson deb bilgan odam! Oʻzingni oʻqi. Yoʻqsa hayvon va jonsiz inson boʻlish ehtimoling bor!

IKKINCHI NUQTA: Muhim ahadiyat-yakkalik siriga ishorat qiladi:

Inson ruhi butun jasadiga shunday munosabati borki: Butun a'zosini va qismlarini bir-biriga yordam berdiradi. Ya'ni, Allohning irodasining jilvasi boʻlgan yaratilishga oid ishlar va bu ishlardan borliq olami vujudi kiydirilgan Allohning toʻgʻridan toʻgʻri joriy qonuni va Rabboniy latifa-his boʻlgan ruh ularni boshqarishda, ma'naviy ovozlarini his qilishda, ehtiyojlarini qondirishda bir-biriga mone' boʻlmaydi, ruhni adashtirmaydi. Ruhga nisbatan uzoq-yaqin tengdir. Bir-biriga parda boʻlmaydi. Istasa, koʻpini bir aʻzoga yordamga yuboradi. Istasa, badanning xar aʻzosi bilan bila oladi, his qila oladi, boshqara oladi. Hatto koʻp nuroniyat qozongan boʻlsa, xar bir boʻlagi bilan koʻra oladi va eshita oladi. Shunga oʻxshab:

— 688 —

وَ لِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى Janobi Haqning toʻgʻridan toʻgʻri ijro qiladigan qonuni boʻlgan ruh, kichik olam boʻlgan inson jismi va a'zolarida bu holatda boʻlar ekan, albatta katta olam boʻlgan koinotda Zoti Vojibul Vujudning kulliy irodasiga va mutlaq qudratiga cheksiz amallar, sadolar, duolar, ishlar hech bir jihatda Unga ogʻir emas. Bir-biriga mone' boʻlmaydi. Xoliqi Zuljalolni mashgʻul qilmaydi, chalgʻitmaydi, umumini birdan koʻradi, butun ovozlarni birdan eshitadi. Yaqin-uzoq tengdir. Istasa, barchasini bittasiga yordamga joʻnatadi. Hamma narsa bilan hamma narsani koʻra oladi, ovozlarini eshita oladi va hamma narsa bilan hamma narsani biladi va hokazo.

UCHINCHI NUQTA: Hayotning juda muhim bir mohiyati va ahamiyatli vazifasi bor. Lekin bu mavzu Hayot Derazasida va Yigirmanchi Maktubning Sakkizinchi Kalimasida tafsiloti aytib oʻtilgani uchun, unga havola qilib faqat buni eslatamiz:

Hayotda hissiyot suratida qaynagan aralash naqshlar juda koʻp Asmo va zotiy sifatlariga ishorat qiladi. Oʻta porloq suratda Hayyi Qayyumning zotiy sifatlariga oynalik qiladi. Bu sirning izohini, Allohni tanimaganlarga va hali toʻliq tasdiq qilmaganlarga oʻrni kelmagani uchun eshikni yopamiz.

Oʻttiz Ikkinchi Deraza

﴿ هُوَ الَّذ۪ٓى اَرْسَلَ رَسُولَهُ بِالْهُدٰى وَد۪ينِ الْحَقِّ لِيُظْهِرَهُ عَلَى الدّ۪ينِ كُلِّه۪ وَ كَفٰى بِاللّٰهِ شَه۪يدًا ٭ ﴾
﴿ قُلْ يَٓا اَيُّهَا النَّاسُ اِنّ۪ى رَسُولُ اللّٰهِ اِلَيْكُمْ جَم۪يعًا الَّذ۪ى لَهُ مُلْكُ السَّمٰوَاتِ وَ الْاَرْضِ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ يُحْي۪ى وَ يُم۪يتُ ﴾

Bu deraza risolat samosining quyoshi, balki quyoshlar quyoshi boʻlgan Hazrati Muhammad Alayhissalotu Vassalamning derazasidir. Ushbu oʻta porloq, juda ulkan va oʻta nuroniy deraza Oʻttiz Birinchi Soʻz boʻlgan Me'roj Risolasida, Oʻn Toʻqqizinchi Soʻz boʻlgan Nubuvvati Ahmadiya (Alayhissalotu Vassalam) Risolasida va oʻn toʻqqiz ishoratli Oʻn Toʻqqizinchi Maktubda qay daraja nuroniy va koʻringani isbot qilingani uchun, bu ikki Soʻzni va u Maktubni va u Maktubning Oʻn Toʻqqizinchi Ishoratini bu maqomda oʻylab, soʻzni ularga havola qilib, faqat aytamizki:

— 689 —

Tavhidning gapiradigan burhoni boʻlgan Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalam risolat va valiylik qanotlari bilan, ya'ni oʻzidan avval barcha anbiyolarning mutavotir ijmo'larini, oʻzidan keyingi butun avliyolar va asfiyolarning bir ovozdan rivoyatlarini oʻz ichiga olgan kuch bilan butun hayotida bor quvvati bilan vahdoniyatni koʻrsatib e'lon qilgan.

Ma'rifatullohga Islomiyat Olami kabi keng, porloq, nuroniy derazani ochgan. Imom Gʻazzoliy, Imom Rabboniy, Muhyiddin Arabiy, Abdulqodir Jiyloniy kabi millionlab haqiqatli asfiyo va siddiqiyn u derazadan qarayapti, boshqalarga ham koʻrsatyaptilar. Ajabo, bunday derazani berkitadigan parda bormi? Uni ayblab, bu derazadan qaramagan odamning aqli bormi? Qani, sen ayt!

Oʻttiz Uchinchi Deraza

﴿ اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ الَّذ۪ٓى اَنْزَلَ عَلٰى عَبْدِهِ الْكِتَابَ وَلَمْ يَجْعَلْ لَهُ عِوَجًا قَيِّمًا ٭ الٓرٰ كِتَابٌ اَنْزَلْنَاهُ اِلَيْكَ لِتُخْرِجَ النَّاسَ مِنَ الظُّلُمَاتِ اِلَى النُّورِ ﴾

Aytilgan barcha derazalar Qur'on dengizidan ba'zi tomchilar boʻlganini oʻyla. Soʻng Qur'onda naqadar obi hayot boʻlgan tavhid nurlari borligini qiyos qilishing mumkin. Faqat butun derazalarning manbaʻiva ma'dani va asli boʻlgan Qur'onga oʻta qisqa suratda, juda oddiy tarzda qaralsa ham, oʻta porloq, nuroniy keng deraza ekani koʻrinadi. U deraza naqadar qat'iy, porloq va nuroniy ekanini Yigirma Beshinchi Soʻz - I'jozi Qur'on Risolasi va Oʻn Toʻqqizinchi Maktubning Oʻn Sakkizinchi Ishoratiga havola qilamiz. Qur'onni bizga yuborgan Zoti Zuljalolning Arshi Rahmoniysiga niyoz qilib aytamiz:

﴿ رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَٓا اِنْ نَس۪ينَٓا اَوْ اَخْطَاْنَا ٭ رَبَّنَا لَا تُزِغْ قُلُوبَنَا بَعْدَ اِذْ هَدَيْتَنَا ٭ رَبَّنَا تَقَبَّلْ مِنَّا اِنَّكَ اَنْتَ السَّم۪يعُ الْعَل۪يمُ ٭ وَ تُبْ عَلَيْنَا اِنَّكَ اَنْتَ التَّوَّابُ الرَّح۪يمُ ﴾
— 690 —
ESLATMA

Ushbu Oʻttiz Uch Derazali Oʻttiz Uchinchi Maktub, iymoni boʻlmaganni inshaalloh iymonga keltiradi. Iymoni zaif boʻlgan kishining iymonini quvvatlaydi. Iymoni kuchli va taqlidiy boʻlgan odamning iymonini tahqiqiy qiladi. Iymoni tahqiqiy boʻlganning iymonini kengaytiradi. Iymoni keng boʻlganga butun haqiqiy kamolotning manbaʻi va asosi boʻlgan ma'rifatullohda taraqqiy ettiradi, yanada nuroniy, yanada porloq manzaralarni ochadi.

Shuning uchun, "Bir deraza menga kifoya qildi, yetadi" deya olmaysan. Chunki sening aqlingga qanoat kelgan, hissasini olgan boʻlsa, qalbing ham hissasini istaydi, ruhing ham hissasini istaydi. Hatto xayol ham u nurdan hissasini istaydi. Shu sabab, xar bir derazaning turli foydalari bor.

Me'roj Risolasida asl tinglovchi moʻ'min edi, inkorchi ikkinchi darajada, eshitish maqomida edi. Bu risolada esa tinglovchi inkor qiluvchidir, eshitish maqomida esa moʻ'mindir. Buni hisobga olib qarash kerak.

Lekin afsuski, muhim sababga binoan bu maktub juda tez yozilgani va hatto qoralama holida qolgani uchun, albatta menga oid ifoda tarzida tarqoqlik va kamchiliklar boʻladi. Qardoshlarimdan kechirimli koʻz bilan qarashni, qoʻldan kelsa toʻgrilashni va menga magʻfirat soʻrab duo qilishlarini soʻrayman.

﴿ وَالسَّلَامُ عَلٰى مَنِ اتَّبَعَ الْهُدٰى وَالْمَلَامُ عَلٰى مَنِ اتَّبَعَ الْهَوٰى ﴾
﴿ سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ ﴾
اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى مَنْ اَرْسَلْتَهُ رَحْمَةً لِلْعَالَم۪ينَ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ وَ سَلِّمْ اٰم۪ينَ