YETTINCHI SOʻZ
Shu koinotning tushunilishi qiyin boʻlgan sirini ochgan اٰمَنْتُ بِاللّٰهِ وَ بِالْيَوْمِ الْاٰخِرِ bashar ruhi uchun saodat eshigini ochgan, qiymatli ikki mushkulini ochgan sir ekanini, sabr bilan Xoliqiga tavakkal va iltijo qilish hamda shukr bilan Razzoqidan soʻrash va duo, qanchalik manfaatli va shifobaxsh ikki malham ekanini va Qur'onni tinglash, hukmiga itoat etish, namoz oʻqish, gunohi kabiralarni tark etish abad-ul obod yoʻlovchiligida qanchalik muhim, qimmat, ravnaqli bir chipta, oxirat ozigʻi, qabr nuri ekanini anglashni istasang, ushbu mosoliy hikoyachaga boq, tingla.
Bir kuni bir askar urush va imtihon maydonida, foyda va zarar ichida juda daxshatli vaziyatga tushadi: Oʻng va chap tarafidan dahshatli chuqur ikki yara bilan yaralangan va orqasida katta bir arslon unga hujum qilish uchun kutayotganday turibdi. Va koʻz oʻngida bir dor oʻrnatilgan, barcha sevganlarini osib oʻldiryapti, uni ham kutyapti. Ham shu holida uzun bir yoʻlovchiligi bor, surgun qilinyapti. U bechora bu dahshat ichida ma'yus boʻlib oʻylarkan, oʻng tarafida Hizr kabi yaxshiliksevar, nuroniy zot paydo boʻladi. Unga: "Xafa boʻlma. Senga ikki sir berib oʻrgataman. Chiroyli shaklda iste'mol qilsang, arslon senga itoatkor ot boʻladi. Ham u dor senga yoqimli va dam olish uchun yoqimli bir argʻimchoqqa aylanadi. Ham senga ikkita malham beraman. Chiroyli tarzda iste'mol qilsang, ikki badboʻy yaralaring ikki goʻzal hidli Guli Muhammadiy (alayhissalotu vassalom) deb atalgan latif gulga aylanadilar. Ham senga bir chipta beraman. U bilan bir yillik yoʻlni oʻta tez - bir kunda bosib oʻtasan. Agar ishonmayotgan boʻlsang, bir oz tajriba qilib koʻr. Toki toʻgʻri ekanini anglab yetasan", dedi. Haqiqatdan bir oz tajriba qildi. Toʻgʻriligini tasdiqladi. Ha, men, ya'ni shu bechora Said ham buni tasdiqlayman. Chunki bir oz tajriba qildim, juda toʻgʻri ekanini koʻrdim. Shundan soʻng birdan koʻrdiki, chap tarafidan shayton kabi makkor, sarxush, aldovchi odam koʻp ziynatlar, bezakli suratlar, fantaziyalar, mast qiluvchi ichimliklar bilan uning yoniga keldi. Qarshisida turdi. Unga aytdiki:
-Hoy birodar! Kel, kel, birga aysh-ishrat qilib, kayf qilaylik. Shu goʻzal qiz suratlariga qaraylik. Shu xush qoʻshiqlarni tinglaylik. Shu lazzatli taomlarni yeylik.
Savol: E, ha, nimalarni yashirib oʻqiyapsan?
Javob: Bir sir.
-Qoʻy shu tushunarsiz ishni. Kayfimizni buzmaylik.
Savol: E, shu qoʻlingdagi nima?
Javob: Malxam.
-Tashla uni. Sogʻlomsan. Nima muammoing bor? Xozir bayram payti.
Savol: Besh nishonli qogʻoz nima?
Javob: Chipta. Oziq-ovqat oladigan hujjat.
-Yirt bularni. Shu goʻzal bahor mavsumida yoʻlovchilikning bizga nima keragi bor!", dedi. xar qanday makr bilan uni ishontirishga harakat qiladi. Hatto u bechora unga biroz moyillik koʻrsatadi. Ha, inson aldanadi. Men ham shunday bir makkorga aldandim.
Birdan oʻng tomondan momaqaldiroqdek bir sado keladi. Deydi: "Zinhor aldanma. U makkorga ayt: Agar ortimdagi arslonni oʻldirib, qarshimdagi dorni olib tashlab, oʻng va chap tomonimdagi yaralarni daf qilib, oldimdagi yoʻlovchilikni yoʻqotadigan chora boʻlsa, topsang, qani qil, koʻrsat, koʻraylik. Soʻng: Kel, koʻngilxushlik qilaylik, deb ayt. Boʻlmasa, ovozingni oʻchir, tentak! Toki Hizr kabi bu samoviy zot coʻzini aytsin.
Mana ey yoshligida kulgan, hozir kulgani uchun yigʻlayotgan nafsim! Bilgin: U bechora askar, sensan va insondir. U arslon esa, ajaldir. U dor esa, oʻlim, zavol va firoq boʻlib, kecha-kunduzning aylanishida doʻstlar vidolashadi, yoʻqoladi. Ikki yara esa, biri qiynovchi va chegarasiz insoniy ojizlik, keyingisi azobli, nihoyatsiz insoniy faqirlikdir. U surgun va yoʻlovchilik esa, ruhlar olamidan, ona qornidan, bolalikdan, keksalikdan, dunyodan, qabrdan, barzohdan, hashrdan, sirotdan oʻtadigan bir uzun imtihon safaridir. U ikki sir esa, Janobi Haqqa iymon va oxiratga iymondir.
Ha, shu muqaddas sir orqali oʻlim moʻmin insonni zindoni dunyodan jannat bogʻlariga, huzuri Rahmonga olib boruvchi boʻysundirilgan ot va buroq suratini oladi. Shuning uchun, oʻlimning haqiqatini koʻrgan komil insonlar oʻlimni sevishgan. Hali oʻlim kelmasdan oʻlishni istaganlar. Ham zavol va firoq, oʻlim va vafot, dor boʻlgan zamonning oʻtishi, iymon siri orqali Sone'-i Zuljalolning yangidan-yangi, rangba-rang, hilma-hil naqshining moʻjizalarini, qudratining ajoyibotini, rahmatining tajalliylarini mukammal lazzat bilan sayr va tomoshaga vosita suratini oladi. Ha, Quyoshning nuridagi ranglarni koʻrsatgan oynalarning oʻzgarib yangilanishi va kino pardalarining oʻzgarishi yanada xush, yanada goʻzal manzaralar tashkil qiladi. Ikki malham esa, biri sabr bilan tavakkaldir. Xoliqining qudratiga tayanish, hikmatiga ishonishdir.
Shundaymi? Ha, كُنْ فَيَكُونُ amriga molik Sultoni Jahonga ojizlik hujjati bilan tayangan bir odamning nimadan parvosi boʻlishi mumkin? Zero, eng mudhish bir musibat qarshisida اِنَّا لِلّٰهِ وَاِنَّٓا اِلَيْهِ رَاجِعُونَ deb qalb ishonchi bilan Rabbi Rahimiga ishonadi. Ha, orifi billoh ojizlikdan, Allohdan qoʻrqishdan lazzat oladi. Ha, xavfda lazzat bor. Agar bir yashar bir bolaning aqli boʻlsa va undan: "Eng laziz va eng totli holating qaysi?" deb soʻralsa. Balki: "Ojizligimni, zaifligimni anglab, onamning totli shapalogʻidan qoʻrqib, yana volidamning shafqatli siynasiga sigʻingan holatimdir", deb aytadi. Holbuki, barcha onalarning shafqatlari faqat rahmat tajallicining bir nuridir. Shuning uchun, komil insonlar ojizlikda va Allohdan qoʻrqishda shunday lazzat topganlarki, oʻz kuch va quvvatlaridan shiddat bilan voz kechib, Allohga ojizlik bilan sigʻinishgan. Ojizlikni va qoʻrquvni oʻzlariga shafoatchi qilganlar.
Ikkinchi dori esa, shukr va qanoat bilan talab va duo qilish, Razzoqi Rahimning rahmatiga ishonishdir. Shundaymi? Ha, butun yer yuzini bir ne'mat dasturxoni va bahor mavsumini bir guldastasi qilgan va u dasturxonning yoniga va ustiga qoʻygan Javvodi Karimning musofiriga faqirlik va ehtiyoj qanday qilib ayanchli va ogʻir boʻlishi mumkin? Balki faqirligi va ehtiyoji xush bir ishtaha suratini oladi. Ishtaha kabi faqirlikning ziyodalashishi uchun intiladi. Shuning uchun, komil insonlar faqirlik bilan faxrlanganlar. Zinhor xato tushunma! Bu Allohga nisbatan faqirligini his qilib yolvorish deganidir. Akcincha faqirligini odamlarga koʻrsatib, tilanchilik vaziyatini olish degani emas.
Chipta, hujjat esa, boshda namoz, farzlarni ado qilish va gunohi kabiralarni tark qilishdir. Shundaymi? Ha, barcha mutahassis va tajriba qilganlar, barcha ahli zavq va kashfning ittifoqi bilan, uzun va qorongʻu abad-ul abod yoʻlida yoʻl ozuqasi, nur va buroq faqat Qur'onning amrlariga boʻysunish va qaytarganlaridan tiyilish bilan qoʻlga kiritilishi mumkin. Yoʻqsa, fan va falsafa, san'at va hikmat u yoʻlda bir tiyinga ham arzimaydi. Ularning nurlari qabrning eshigiga qadardir.
Mana ey tanbal nafsim! Besh vaqt namozni oʻqish, yetti gunohi kabirani tark etish naqadar oz, rohatli va yengildir. Natijasi, mevasi, foydasi naqadar koʻp, muhim va katta ekanini, aqling boʻlib, buzilmagan boʻlsa, anglaysan. Fisq va kayf-safoga seni tashviq qilgan shaytonga va u odamga aytasan: Agar oʻlimni oʻldirib, zavolni dunyodan ketkazish hamda ojizlikni va faqirlikni insondan olib tashlab, qabr eshigini berkitish chorasi boʻlsa, aytgin, tinglaylik. Boʻlmasa ovozingni oʻchir! Koinotning ulkan masjidida Qur'on koinotni oʻqimoqda! Uni tinglaylik. U nur bilan nurlanaylik. Hidoyati bilan amal qilaylik va uni virdi zabon qilaylik. Ha, soʻz udir va unga derlar. Haq boʻlib, Haqdan kelib, Haq gapirgan, haqiqatni koʻrsatgan va nuroniy hikmatni nashr etgan udir.