So'zlar
— 34 —

SAKKIZINCHI SOʻZ

﴿ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ﴾
﴿ اَللّٰهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ الْحَىُّ الْقَيُّومُ ٭ اِنَّ الدّ۪ينَ عِنْدَ اللّٰهِ الْاِسْلَامُ ﴾

Bu dunyo va dunyo ichidagi inson ruhi va insonda dinning mohiyat va qiymatlarini, va agar haq din boʻlmasa, dunyo bir zindon boʻlishi, va dinsiz inson eng badbaxt maxluq ekanini va bu olamning sirrini ochgan, bashar ruhini zulmatlardan qutqargan يَا اَللّٰهُ va لَٓا اِلهَ اِلَّا اللّٰهُ ekanini anglashni istasang, shu misoliy hikoyachaga boq, tingla!

Bir kuni ikki birodar uzun bir sayohatga chiqdi. Bora-bora yoʻl ikkiga ayrildi. Ikki yoʻlning boshida jiddiy bir odamni koʻrishdi. Undan: "Qaysi yoʻl yaxshi?", deb soʻradilar. U aytdiki: "Oʻngdagi yoʻlda qonun va nizomga itoat majburiyati bor. Ammo u mashaqqat ichida bir ishonch va saodat bor. Chapdagi yoʻlda esa, erkinlik va hurriyat bor. Ammo u erkinlik ichida bir tahlika va azob-uqubat bor. Tanlash ixtiyori sizda".

Buni tinglagandan soʻng, goʻzal axloqli birodar oʻngdagi yoʻlni تَوَكَّلْتُ عَلَى اللّٰهِ deb tanladi va nizom va intizomga itoat qilishni qabul qildi. Axloqsiz va sayoq boʻlgani eca faqat erkinlik uchun chap yoʻlni tanladi. Zohiran yengil, ma'nan ogʻir vaziyatda ketgan bu odamni xayolan kuzatamiz.

— 35 —

Bu kishi uzoq yoʻl bosib, borib-borib oxiri boʻsh bir sahroga tushdi. Birdan qoʻrqinchli sado eshitdi. Qarasa, dahshatli bir arslon changalzordan chiqib, unga hujum qilyapti. Shunda qochdi. Oxiri oltmish arshin chuqurlikdagi suvsiz bir quduqqa uchradi. Qoʻrquvidan oʻzini uning ichiga otdi. Yarmigacha tushib, qoʻllari bir daraxtga ilindi, yopishib oldi. Quduqning devoridan oʻsib chiqqan daraxtning ikki ildizi bor edi. Ikkita sichqon, biri oq, biri qora ikki ildizni kemirayotgan edi. Yuqoriga qaradi, koʻrdiki, arslon soqchi kabi quduqning ogʻzida turibti. Pastga qaradi, koʻrdiki, ichida dahshatli bir ajdarho bor. Boshini koʻtargan, oʻttiz arshin yuqoridagi oyogʻiga yaqinlashgan. Ogʻzi quduqning ogʻzi kabi keng. Quduqning devoriga qaradi, koʻrdiki, chaqadigan zararli hasharotlar atrofini oʻrab olgan. Daraxtning boshiga qaradi, koʻrdiki, bir anjir daraxti. Ammo, koʻp hilma-hil daraxtlarning mevalari, yongʻoqdan anorgacha mevalar bor. U odam kaltafahmligi uchun, aqlsizligidan anglamadiki, bu oddiy ish emas. Bu ishlar tasodifiy boʻla olmaydi. Bu ajib ishlar ichida gʻarib sirlar bor. Va juda buyuk bir ishlayotgan zot borligini anglay olmadi. Uning qalbi va ruh va aqli shu azobli vaziyatdan yashirin dodu faryod qilganlari holda, nafsi ammorasi, goʻyo hech narsa boʻlmaganday johillik qilib, ruh va qalbning yigʻiciga qulogʻini berkitib, oʻzini oʻzi aldab, bir bogʻda yurganday, daraxtning mevalarini yeyishni boshladi. Xolbuki, u mevalarning bir qismi zaharli va zararli edi. Bir qudsiy hadisda Janobi Haq:

اَنَا عِنْدَ ظَنِّ عَبْد۪ى ب۪ى Ya'ni: "Qulim meni qanday tanisa, u bilan oʻshanday muomala qilaman", degan.

Bu badbaxt badbinlik va aqlsizligi bilan, koʻrganini oddiy va haqiqatning oʻzi deb oʻyladi va oʻshanday muomala koʻrdi, koʻryapti va koʻradi! Na oʻldi, qutuldi na yashayapti. Azob chekyapti. Biz esa bu badbaxtni shu azobda qoldirib qaytamiz. Ikkinchi birodarning holini koʻraylik.

Bu muborak aqlli zot ketyapti. Ammo birodari kabi aziyat chekmayapti. Chunki goʻzal axloqli boʻlgani uchun, goʻzal narsalarni oʻylaydi, xayollariga goʻzal narsalar keladi. Oʻziga-oʻzi tasalli beradi. Birodari kabi zahmat va mashaqqat chekmaydi. Chunki nizomni biladi, itoat qiladi, osonlik bilan yuradi. Osoyishtalik va ishonch ichida erkin ketadi.

Bir boqqa duch keldi. Ichida ham goʻzal gul va mevalar bor. Ham qaralmagani uchun oʻlgan narsalar ham mavjud. Birodari ham shunday bir yerga kirgan edi. Ammo murdor narsalarga diqqat qilib mashgʻul boʻlgan, koʻnglini aynitgan. Hech istirohat etmay chiqib ketgan edi. Bu zot esa, "Hamma narsaning yaxshisiga qara", qoidasiga amal qilib, oʻlik narsalarga umuman qaramadi. Yaxshi narsalardan yaxshi foydalandi. Yaxshigina dam olib, chiqib ketadi. Soʻng bora-bora bu ham avvalgi birodari kabi ulkan bir sahroga kirdi. Birdan hujum qilgan bir arslonning ovozini eshitdi. Qoʻrqdi, ammo birodarichalik qoʻrqmadi. Chunki yaxshi oʻyi va goʻzal fikri bilan: "Bu sahroning bir hokimi bor. Bu arslon u hokimning amri ostida bir xizmatkor boʻlish ehtimoli bor", deb tasalli topdi. Ammo yana qochdi.

Oxiri oltmish arshin chuqurlikdagi suvsiz quduqqa uchradi, oʻzini uning ichiga otdi. Birodari kabi oʻrtasida bir daraxtga qoʻli ilindi, havoda osilib qoldi. Qarasa, ikki hayvon daraxtning ikki ildizini kemiryapti. Yuqoriga qaradi, arslon turibdi. Pastga qaradi, bir ajdarhoni koʻrdi. Xuddi birodari kabi bir ajib vaziyat koʻrdi. Bu ham dahshatga tushdi. Lekin birodarining dahshatidan ming daraja yengil. Chunki goʻzal axloqi unga goʻzal fikr bergan va goʻzal fikr esa unga hamma narsaning goʻzal jihatini koʻrsatadi. Shu sabab: "Bu ajib ishlar bir-biri bilan aloqadordir. Ham bir amr bilan harakat qilayotganday koʻrinyapti. Shunday ekan, bu ishlarda bir sir bor. Ha, bular bir yashirin hokimning amri bilan boʻladi. Shunday ekan, men yolgʻiz emasman. U yashirin hokim menga qarayapti, meni cinayapti, bir maqsad uchun meni bir yerga jalb qilib, da'vat qilyapti", deb oʻyladi.

— 36 —

Bu totli qoʻrquv va goʻzal fikrdan bir qiziqish hosil boʻldi: "Ajabo, meni sinab oʻzini menga tanitishni istagan va bu ajib yoʻl bilan bir maqsadga jalb qilgan kim?" Soʻng tanish qiziqishidan sir sohibining muhabbati hosil boʻldi. Va shu muhabbatdan sirni ochish orzusi hosil boʻldi. Va u orzudan tilsim sohibini rozi qiladigan va unga yoqadigan bir goʻzal vaziyat olish ictagi hosil boʻldi. Soʻng daraxtning tepasiga qaradi, koʻrdiki, anjir daraxti. Ammo tepasida minglab daraxtlarning mevalari bor. Shunda qoʻrquvi batamom ketdi. Chunki, qat'iyan angladiki, anjir daraxti bir roʻyxat, bir mundarija, bir koʻrgazma! Maxfiy hokim bogʻ va boʻstonidagi mevalarning namunalarini, bir sir va bir moʻjiza bilan bu daraxtga osgan va oʻz musofirlari uchun tayyorlagan taomlarga bittadan ishorat suratida u daraxtni bezagan boʻlishi kerak. Boʻlmasa, bir daraxt minglab daraxtlarning mevalarini bermaydi. Soʻng yolvorishga tushdi.

Nihoyat sir kaliti unga ilhom boʻldi va: "Ey bu yerlarning hokimi! Senga yolvoraman, menga yordam ber. Senga sigʻinaman va senga xizmatkorman. Va sening roziligingni istayman. Va seni izlayman", dedi. Bu niyozdan soʻng, birdan quduqning devori yorilib, shohona, toza va goʻzal bir bogʻga bir eshik ochildi. Balki ajdarho ogʻzi oʻsha eshikka aylandi. Arslon va ajdarho ikki xizmatkor suratiga kirishdi. Uni ichkariga da'vat qiladilar. Hatto u arslon unga boʻysundirilgan bir ot shakliga kirdi.

Mana ey tanbal nafsim! Va ey xayoliy doʻstim! Keling, bu ikki birodarning holatlarini solishtirib koʻraylik. Toki, yaxshilik qanday yaxshilik keltirishi va yomonlik qanday yomonlik keltirishini, koʻraylik, bilaylik.

— 37 —

Chap yoʻlning badbaxt yoʻlovchisi xar doim ajdarhoning ogʻziga kirishga muntazir, titraydi. Baxtiyor esa, mevador va ravnaqli bir boqqa da'vat qilinadi. Badbaxt azobli dahshatda va qattiq qoʻrquv ichida qalbi parchalanadi va bu bahtiyor esa shirin bir ibrat, totli qoʻrquv, sevimli ma'rifat ichida gʻarib narsalarni kuzatib, tomosha qiladi. Badbaxt esa vahshat va ma'yusiyat va kimsasizlik ichida azob chekadi. Bu baxtiyor esa, yaqinlik, umid va ishtiyoq ichida lazzatlanadi. Badbaxt esa oʻzini vahshiy jonivorlarning hujumiga uchragan mahbus sifatida koʻradi. Baxtiyor esa, aziz musofir boʻlib, musofiri boʻlgan Mehmondori Karimning ajib xizmatkorlari bilan doʻst boʻlib xursandchilik qiladi. Badbaxt eca zohiran laziz, ma'nan zaharli mevalarni yeb azobini tezlashtiradi. Chunki u mevalar namunalardir. Totishga izn bor, toki asllariga talabgor boʻlib xaridor boʻlsin. Akcincha, hayvondek eyishga ruxsat yoʻq. Baxtiyor esa totib koʻradi, ishni tushunadi. Yeyishni keyinga qoldiradi va intizorlik bilan lazzatlanadi. Badbaxt eca oʻziga-oʻzi zulm qilgan. Kunduz kabi goʻzal haqiqatni va porloq vaziyatni basiratsizligi bilan oʻzi uchun qorongʻu va zulmatli vahima va jahannam shakliga keltirgan. Na shafqatga loyiq, na biron kishidan shikoyat qilishga haqqi bor.

Masalan, bir kishi goʻzal bogʻda, doʻstlar oʻrtasida, yoz mavsumida, xush bir ziyofatdagi lazzatga qanoat qilmasdan, iflos, mast qiluvchi ichimliklar bilan sarxush boʻlib, oʻzini qish oʻrtasida, jonivorlar ichida och, yalongʻoch deb xayol qilib, baqir chaqirni va yigʻlashni boshlasa, shafqatga loyiq emas balki oʻziga-oʻzi zulm qiladi. Doʻstlarini jonvor deb koʻrib, tahqirlaydi. Bu badbaxt ham shunday. Bu baxtiyor esa haqiqatni koʻradi. Haqiqat esa goʻzaldir. Haqiqatning husnini idrok etish bilan, haqiqat sohibining kamoliga hurmat koʻrsatadi. Rahmatiga loyiq boʻladi. Mana "Yomonlikni oʻzingdan, yaxshilikni Allohdan bil," degan Qur'oniy hukmning sirri yuzaga chiqadi.

Bular kabi boshqa farqlarni qiyoclacang, anglaysanki: Avvalgisining nafsi ammorasi unga ma'naviy bir jahannam tayyorlagan. Keyingisining goʻzal niyati, goʻzal tasavvuri, goʻzal hislati, goʻzal fikri uni buyuk bir ehson va saodatga, porloq fazilatga va fayzga sazovor qilgan.

Ey nafsim va ey nafsim bilan birga bu hikoyani tinglagan odam!

Agar badbaxt birodar boʻlishni istamasang va baxtiyor boʻlishni istasang, Qur'onni tingla va hukmiga itoatkor boʻl va uni mahkam tut va hukmlari bilan amal qil.

Bu misoliy hikoyada boʻlgan haqiqatlarni agar tushungan boʻlsang, din va dunyo, inson va iymonning haqiqatini unga qiyoclashing mumkin. Muhimlarini men aytaman. Boshqalarini sen oʻzing chiqarib ol.

— 38 —

Xullas qara! U ikki qardosh, biri moʻminning ruhi va solihning qalbidir. Narigisi kofirning ruhi va fosiqning qalbidir. Ikki yoʻlning oʻngi - Qur'on va iymon yoʻlidir. Chapi esa, isyon va nonkoʻrlik yoʻlidir. Yoʻldagi bogʻ, bashariyat jamiyati va insoniyat madaniyati ichidagi vaqtinchalik ijtimoiy hayot boʻlib, yaxshilik va yomonlik, yaxshi va yomon, toza va xunuk narsalar birgalikda mavjud.

خُذْ مَا صَفَا دَعْ مَا كَدَرْ

qoidasi bilan amal qilgan odam, qalb salomatligi bilan ketadi. Sahro - shu zamin va dunyodir. Arslon - oʻlim va ajaldir. Quduq - inson badani va hayot vaqtidir. Oltmish arshin chuqurlik - oʻrtacha umr va aksar umr boʻlgan oltmish yilga ishoratdir. Daraxt - umr muddati va hayot moddasidir. Qora va oq ikki hayvon - kecha va kunduzdir. Ajdarho - ogʻzi qabr boʻlgan barzoh yoʻli va oxiratning boshlanishidir. Lekin u ogʻiz moʻmin uchun zindondan bir boqqa ochilgan eshikdir. Zararli hasharotlar - dunyoviy musibatlardir. Ammo moʻmin uchun gʻaflat uyqusiga shoʻngʻimaslik uchun totli Ilohiy eclatma va Rahmoniy iltifotlardir. Daraxtdagi mevalar - dunyoviy ne'matlar boʻlib, Janobi Karimi Mutlaq ularni oxirat ne'matlariga bir roʻyxat, ham xotirlatuvchi, ham oʻxshashlari, ham Jannat mevalariga xaridorlarni da'vat qilgan namunalar suratida yaratgan. Daraxtning bittaligi bilan birga, xilma-xil mevalar berishi esa, qudrati Samadoniyaning tamgʻaciga va Rububiyati Ilohiyaning muxriga va Saltanati Uluhiyatning imzosiga ishoratdir.

Chunki, "bir narsadan hamma narsani yaratish" ya'ni, bir tuproqdan barcha nabotot va mevalarni yaratish, bir suvdan barcha hayvonotni bunyod etish, oddiy taomdan barcha hayvonlarning jihozlarini ijod etish, shuning bilan birga "hamma narsadan bitta narsa yaratish", ya'ni jonzotlar yegan gʻoyat farqli jinsdagi taomlardan ularga maxsus goʻsht yaratish, oddiy teri toʻqish kabi san'atlar Zoti Ahadi Samad boʻlgan Sultoni Azal va Abadning xos tamgʻasidir, maxsus muxridir, taqlid qilinmaydigan imzosidir!

Ha, bir narsadan hamma narsa va hamma narsadan bir narsa yaratish, hamma narsaning Xoliqiga xos va Qodiri Kulli shayga maxsus bir nishon, bir oyatdir. Sir - iymon sirri bilan ochilgan yaratilish hikmatining sirridir. Kalit

﴿ اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ اَللّٰهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ الْحَىُّ الْقَيُّومُ ﴾

dir. Va u ajdarho ogʻzining bogʻ eshigiga aylanishi eslatma boʻlib: Qabr - zalolatdagilar va tugʻyonga ketganlar uchun vahshat va unutilish ichida zindon kabi mashaqqatli va bir ajdarho qorni kabi tor mozorga ochilgan bir eshik boʻlib, ahli Qur'on va iymon uchun zindoni dunyodan boʻstoni baqoga va maydoni imtihondan Jannat bogʻlariga va hayot zahmatidan Rahmon rahmatiga ochilgan eshikdir. Vahshiy arslonning munis bir xizmatkorga aylanishi va boʻysundirilgan ot boʻlishi esa, ishorat boʻlib, oʻlim ahli zalolat uchun barcha mahbublaridan azobli bir firoqi abadiydir. Oʻz dunyoviy yolgʻonchi jannatidan chiqish, qoʻrqinch va yolgʻizlik ichida mozor zindoniga kirish va qamoq boʻlib, ahli hidoyat va ahli Qur'on uchun narigi olamga ketgan eski doʻst va doʻstlariga qovushishga sababdir. Ham haqiqiy vatanlariga va abadiy saodat maqomlariga kirishga vositadir. Ham zindoni dunyodan boʻstoni Jinonga bir da'vatdir. Ham Rahmoni Rahimning fazlidan oʻz xizmati evaziga ajr olishga navbatdir. Ham hayot vazifasi zahmatidan bir nafaqaga chiqarilish. Qullik va imtihonning ta'limi va buyruqlaridan bir tanaffusdir.

— 39 —

Xullas kalom: Kimki foniy hayotni asos maqsad qilsa, zohiran jannat ichida boʻlsa ham, ma'nan jahannamdadir. Kimki boqiy hayotga jiddiy yuzlangan boʻlsa, ikki dunyo saodatiga sazovor boʻladi. Dunyosi qanchalik yomon va mashaqqatli boʻlsa ham, jannatning kutish honasi sifatida koʻrgani uchun yoqtiradi, bardosh beradi, sabr ichida shukr qiladi...

اَللّٰهُمَّ اجْعَلْنَا مِنْ اَهْلِ السَّعَادَةِ وَ السَّلَامَةِ وَ الْقُرْاٰنِ وَ الْا۪يمَانِ اٰم۪ينْ
اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ بِعَدَدِ جَم۪يعِ الْحُرُوفَاتِ الْمُتَشَكِّلَةِ ف۪ى جَم۪يعِ الْكَلِمَاتِ الْمُتَمَثِّلَةِ بِاِذْنِ الرَّحْمٰنِ ف۪ى مَرَايَا تَمَوُّجَاتِ الْهَوَاءِ عِنْدَ قِرَائَةِ كُلِّ كَلِمَةٍ مِنَ الْقُرْاٰنِ مِنْ كُلِّ قَارِءٍ مِنْ اَوَّلِ النُّزُولِ اِلٰى اٰخِرِ الزَّمَانِ وَ ارْحَمْنَا وَ وَالِدَيْنَا وَارْحَمِ الْمُؤْمِن۪ينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ بِعَدَدِهَا بِرَحْمَتِكَ يَا اَرْحَمَ الرَّاحِم۪ينَ اٰم۪ينَ وَالْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ