TOʻQQIZINCHI SOʻZ
Ey birodar! Mendan namozning muayyan besh vaqtga tayinlanganining hikmatini soʻrayapsan. Juda koʻp hikmatlaridan faqat bittasiga ishorat qilamiz.
Ha, xar bir namozning vaqti, muhim bir inqilobning boshi hisoblanadi. Shu bilan birga, azim bir Ilohiy tasarrufning oynasi va u tasarruf ichida butun Ilohiy ehsonlar aks etgan yeri boʻlgani uchun, Qodiri Zuljalolga shu vaqtlarda yanada koʻp tasbeh va ta'zim va sanoqsiz ne'matlarining ikki vaqt oʻrtasida toʻplangan yakuniga shukr va hamd ma'nosidagi namozga amr qilingan. Bu nozik va chuqur ma'noni bir oz tushunish uchun "Besh Nukta"ni nafsim bilan birga tinglash lozim...
Namozning ma'nosi, Janobi Haqni tasbeh, ta'zim va shukr qilishdir. Ya'ni, jaloliga qarata soʻz va amal bilan "Subhanalloh" deb poklash. Kamoliga lafz va amal bilan "Allohu Akbar" deb ta'zim qilish. Jamoliga qalb, til va badan bilan "Alhamdulilloh" deb shukr qilishdir. Demak, tasbeh, takbir va hamd namozning urugʻlari hukmidadir. Shuning uchun, namozning harakat va zikrlarida bu uch narsa hamma erida mavjuddir. Shuning uchun, namozdan soʻng namozning ma'nosini ta'kidlash va quvvatlash uchun bu muborak kalimalar oʻttiz uch martadan takror qilinadi. Namozning ma'nosi bu qisqa xulosalar bilan ta'kid qilinadi.
Ibodatning ma'nosi shuki - dargohi Ilohiyda banda oʻz kamchiligi, ojizligi va faqirligini koʻrib, kamoli Rububiyatning, qudrati Samadoniyaning va rahmati Ilohiyaning qarshisida hayrat va muhabbat bilan sajda qilishdir. Ya'ni, rububiyatning saltanati qullikni va itoatni istaganidek, rububiyatning muqaddasligi, pokligi ham, banda oʻz kamchiligini koʻrib, istigʻfor bilan va Rabbini butun nuqsonlardan pok, mubarro va ahli zalolatning botil fikrlaridan munazzah va oliy, koinotning butun nuqsonlaridan muqaddas va pok ekanini tasbeh bilan, "Subhanalloh" bilan e'lon qilishini taqozo qiladi.
Hamda rububiyatning kamoli qudrati, banda oʻz zaifligini va maxluqotning ojizligini koʻrib, qudrati Samadoniya asarlarining azamatiga nisbatan tahsin va hayrat ichida "Allohu Akbar" deb xuzu' bilan ruku'ga borib, unga iltijo va tavakkal qilishini taqozo qiladi. Rububiyatning nihoyatsiz rahmatining xazinasi, banda oʻz ehtiyojini va barcha maxluqotning faqirlik va ehtiyojlarini soʻrashni, duo tili bilan izhor qilish va Robbining ehson va in'omlarini shukr va sanosini "Alhamdulilloh" bilan e'lon qilishini taqozo qiladi. Demak, namozning harakat va soʻzlari bu ma'nolarni ichiga oladi. Shu sabab Alloh tomonidan qoʻyilgan.
Inson bu katta olamning bir kichraytirilgan misoli va Fotiha-i Sharifa Qur'oni Azimushshonning nurli timsoli boʻlgani kabi, namoz ham barcha ibodatlarning turlarini ichiga olgan nuroniy mundarija va barcha maxluqot sinflarining ibodat turlarilariga ishorat qilgan muqaddas xaritadir.
Haftalik bir soatning soniya, daqiqa, soat va kunlarini sanaydigan millari bir-birlariga qaraganlari, bir-birining misoli va bir-birining oʻrnida boʻlgani kabi, Janobi Haqning juda ulkan soati boʻlgan bu dunyo olamining soniyasi hukmida boʻlgan kecha-kunduzning aylanishi, daqiqalarni sanagan yillar va soatlarni sanagan inson umrining bosqichlari, kunlarni sanagan olam umri davrlari bir-biriga yuzlangan, bir-birining misoli va bir-birining oʻrnida boʻlgani kabi, bir-birini xotirlatadi. Masalan:
Sahar vaqti, quyosh chiqqunga qadar, bahorning boshlanishiga, ham insonning ona qorniga tushgan onlariga, ham samovot va yerning olti kunda yaratilishining birinchi kuniga oʻxshaydi, xotirlatadi va ulardagi Ilohiy maqsadlarni eslatadi.
Peshin vaqti, yoz mavsumining oʻrtasiga, ham yoshlikning kamoliga, ham dunyo umridagi insonning yaratilish davriga oʻxshaydi, ishorat qiladi va ulardagi rahmatning aksini va ne'matning fayzlarini xotirlatadi.
Asr vaqti, kuz mavsumiga, ham keksalik davriga, ham oxirzamon Paygʻambarining (alayhissalotu vassalom) saodat asriga oʻxshaydi va ulardagi Ilohiy maqsadlarni va in'omoti rahmoniyani xotirlatadi.
Shom vaqti, kuz mavsumining oxirida juda koʻp maxluqotning botishini, insonning vafotini, ham dunyoning qiyomat ibtidosidagi xarob boʻlishini eslatish bilan, jaloliy akslarni bildiradi va inconni gʻaflat uyqusidan uygʻotadi, ogohlantiradi.
Xufton vaqti, zulmat olami kunduz olamining butun belgilarini qora kafani bilan berkitishini, ham qishning oq kafani bilan oʻlgan yerning yuzini yopishini, ham vafot etgan insonning qolgan ishlari ham vafot etib, unutilish pardasi ostiga kirishini, ham bu imtihon yeri boʻlgan dunyoning batamom yopilishini eslatish bilan Qahhori Zuljalolning jalolli tasarruflarini e'lon qiladi.
Tun vaqti, ham qishni, ham qabrni, ham barzoh olamini tushuntirish bilan, ruhi rahmati Rahmonga qay daraja muhtoj ekanini insonga xotirlatadi. Va tundagi tahajjud esa, qabr kechasida va barzoh qorongʻuligida qanchalik kerakli nur ekanini bildiradi, ogohlantiradi va butun bu inqiloblar ichida Janobi Mun'imi Haqiqiyning nihoyatsiz ne'matlarini eslatib, qay daraja hamd va sanoga haqdor ekanini e'lon qiladi.
Ikkinchi tong esa, hashr tongini eslatadi. Ha, kechaning nahori va qishning bahori naqadar aqlga toʻgʻri kelishi, kerak va qat'iy boʻlsa, hashrning tongi ham, barzohning bahori ham oʻsha qat'iyatdadir.
Demak, bu besh vaqtning xar biri muhim bir inqilob boshida boʻlgani va buyuk inqiloblarni eslatgani kabi, Qudrati Samadoniyaning kundalik azim tasarruflarining ishorati bilan, ham yillik, ham asriy, ham zamondagi qudratning moʻ'jizalarini va rahmatning hadyalarini xotirlatadi. Demak, asl fitrat vazifasi va qullik asosi va qat'iy qarz boʻlgan farz namoz ushbu vaqtlarda loyiqdir va juda munosibdir.
Inson fitratan gʻoyat zaifdir. Xolbuki hamma narsa unga tegadi, uni ranjitadi va xafa qiladi. Ham gʻoyat ojizdir. Xolbuki balolari va dushmanlari juda koʻp. Gʻoyat faqirdir. Holbuki ehtiyojlari juda koʻp. Tanbal va iqtidorsiz. Xolbuki hayotning javobgarliklari gʻoyat ogʻirdir. Ham insoniyat uni koinot bilan aloqador qilgan. Xolbuki sevgan, yaqinlik qilgan narsalarining zavol va firogʻi uni doim ranjitadi. Ham aql unga yuksak maqsadlar va boqiy mevalar koʻrsatadi. Xolbuki qoʻli qisqa, umri qisqa, iqtidori qisqa, sabri qisqadir.
Demak, bu vaziyatdagi odam sahar vaqti bir Qodiri Zuljalolning, Rahimi Zuljamolning dargohiga niyoz bilan, namoz bilan murojaat qilib, holini bildirish, tavfiq va madad istash qanchalik lozim va oldidagi kunduz olamida boshiga keladigan, uctiga yuklanadigan ishlarga, vazifalarga bardosh qilish uchun qanchalik kerakli bir tayanch nuqtasi ekani ochiqchasiga anglashiladi.
Peshin vaqtida, kunduzning kamol topib, zavolga qarab ketishi va kundalik ishlarning kamol topish onlari va mashgʻuliyatlarning tazyiqidan vaqtinchalik istirohat payti va foniy dunyoning oʻtkinchi va ogʻir ishlar sababli gʻaflat va karaxtlikdan ruhning tanaffusga ehtiyoj vaqti va Ilohiy in'omlar namoyon boʻlgan ondir. Inson ruhi oʻsha tazyiqdan qutulib, gʻaflatdan ayrilib, ma'nosiz va oʻtkinchi narsalardan chiqib, Qayyumi Boqiy boʻlgan Mun'imi Haqiqiyning dargohiga borib, qoʻl bogʻlab, yakuniy ne'matlariga shukr va hamd aytib, yordam soʻrash hamda jalol va azamati qarshisida ruku' bilan ojizligini izhor etish va zavolsiz kamoliga va bemisol jamoliga qarata sajda qilib, hayrat va muhabbat va ojizligini e'lon qilish ma'nosidagi peshin namozini oʻqish, qanchalik goʻzal, qanchalik xush, qanchalik lozim va munosib ekanini anglamagan inson, inson emas...
Asr vaqtida, kuzning gʻamgin mavsumini va keksalikning mahzun holatini va oxirzamonning azoblar toʻla mavsumini eslatadi va xotirlatadi. Ham kundalik ishlarning natijalanish vaqti, ham u kunda sazovor boʻlgan sihat, tinchlik va xayrli xizmat kabi Allohning ne'matlarining buyuk yakun topgan payti, ham u ulkan Quyoshning botishga mayl ishorati, inson bir musofir xodim va hamma narsa oʻtkinchi, beqaror ekanini e'lon qilish vaqtidir.
Abadiyatni istagan va abad uchun yaratilgan va ehsonga topingan, firoqdan ranjigan inson ruhi turib, tahorat olib, asr vaqti namozini oʻqish uchun Qadimi Boqiy va Qayyumi Sarmadiyning dargohi Samadoniyasiga duo arz qilib, tuganmas va chekciz rahmatining iltifotiga iltijo qilib, sanoqsiz ne'matlariga shukr qilib va hamd aytib, izzati Rububiyatiga qarata xor tarzda rukuga borib, Sarmadiyati Uluhiyatiga kamtarinlik bilan sajda qilib, haqiqiy qalb tasallisi, ruh rohatini topib, huzuri kibriyosida kamarbasta-i ubudiyat bilan asr namozini oʻqish qanchalik yuksak bir vazifa, qanchalik munosib bir xizmat, fitrat qarzini qanchalik oʻrnida ado etish, balki gʻoyat xush bir saodatni qoʻlga kiritishligini inson boʻlgan kishi anglaydi.
Shom vaqtida, qishning boshlanishidan yoz va kuz olamining nozanin va goʻzal maxluqotining gʻamgin vidolashishi ichida botish vaqtini eslatadi. Ham insonning vafoti bilan barcha sevganlaridan azobli firoq ichida ayrilib, qabrga kirish paytini xotirlatadi. Ham dunyoning oʻlim onidagi zilzilasi ichida vafoti bilan, barcha yashovchilari boshqa olamlarga koʻchishi va bu imtihon joyi chirogʻining soʻndirilish vaqtini eslatadi, xotirlatadi va zavolda - botgan mahbublarga topingan kimsalarni qattiq ogohlantiradigan paytdir.
Demak, shom namozi uchun bu vaqtda, fitratan bir Jamoli Boqiyga mushtoq oyna boʻlgan inson ruhi bu azim ishlarni qilgan va bu buyuk olamlarni aylantirgan, oʻzgartirgan Qadimi Lamyazal va Boqiyi Loyazalning arshi azamatiga yuzini qaratib, bu foniylarning ustida اَللّٰهُ اَكْبَرُ deb, ulardan qoʻlini koʻtarib, xizmati Mavlo uchun qoʻl bogʻlab, Doimi Boqiyning huzurida qiyom etib, اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ deb, kamchilikciz kamoliga, mislsiz jamoliga, nihoyatsiz rahmatiga hamdu-sano aytib
deyish bilan, muovinsiz Rububiyatiga, sheriksiz Uluhiyatiga, vazirsiz Saltanatiga qullikni arz qilish va yordam soʻrash... shuningdek nihoyatsiz kibriyosiga, hadsiz qudratiga va ojiz boʻlmagan izzatiga qarata ruku'ga borib, butun koinot bilan birga zaiflik va ojizligini, faqirlik va xorligini izhor qilib, سُبْحَانَ رَبِّىَ الْعَظ۪يمِ deb Rabbi Azimini tasbeh aytib, zavolsiz Jamoli Zotiga, oʻzgarmas Sifati Qudsiyasiga, almashmas Kamoli Sarmadiyatiga sajda qilib, hayrat va kamtarinlik ichida yaratilganlarni tark qilib, muhabbat va qullikini e'lon qilib, butun foniylar evaziga bir Jamili Boqiy, bir Rahimi Sarmadiy topib, سُبْحَانَ رَبِّىَ الْاَعْلٰى deb, zavoldan munazzah, nuqsondan mubarro Rabbi A'losini taqdis etish...
Soʻng tashahhudda oʻtirib, butun maxluqotning tahiyoti muborakalarini va salovoti toyyibalarini oʻz nomidan Jamili Lamyazal va Jalili Loyazalga hadya qilib, Rasuli Akramiga salom berib, bay'atini yangilash va amrlariga itoatini izhor qilib, iymonini yangilab nurlantirish uchun koinot qasrining hakimona intizomini mushohada qilib, Sone'i Zuljalolning vahdoniyatiga guvohlik qilish... Yana saltanati rububiyatning dalloli va tabligʻchisiga rozilik va koinot kitobi oyatlarining tarjimoni - Muhammadi Arabiy alayhissalotu vassalomning risolatiga guvohlik ma'nosida shom namozini oʻqish naqadar latif, pok vazifa, naqadar aziz, laziz bir xizmat, naqadar xush va goʻzal qullik, naqadar jiddiy bir haqiqat va bu foniy musofirxonada boqiyona suhbat va doimiy bir saodat ekanini anglamagan odam qanday qilib odam boʻlishi mumkin!
Xufton vaqtida, kunduzning ufqda qolgan asarlari yoʻqolib, tun olami koinotni qoplaydi. مُقَلِّبُ الَّيْلِ وَ النَّهَارِ boʻlgan Qodiri Zuljalolning oq sahifani qora sahifaga aylantirishidagi rabboniy tasarruflari bilan yozning bezalgan yashil sahifasini qishning sovuq, oq sahifasiga aylantirishidagi مُسَخِّرُ الشَّمْسِ وَ الْقَمَرِ boʻlgan Hakimi Zulkamolning ijrooti Ilohiyasini xotirlatadi.
Davr oʻtishi bilan qabr ahlining qolgan asarlari ham dunyodan uzilib, batamom boshqa olamga koʻchishidagi oʻlim va hayot Xoliqining Ilohiy maqsadlarni eslatadi.
Tor va foniy va xor dunyoning tamoman xarob boʻlib, azim oʻlim talvasasi bilan vafot etib, keng, boqiy va azamatli oxirat olamining yuzaga chiqishida Xoliqi Arz va Samovotning jaloliy tasarrufotini va jamoliy tajalliyotini eslatadigan, xotirlatadigan vaqtdir. Ham koinotning Molik va Mutasarrifi Haqiqiysi, Ma'bud va Mahbubi Haqiqiysi, kecha-kunduzni, qish va yozni, dunyo va oxiratni kitobning sahifalari kabi osonlik bilan aylantiradigan, yozib, oʻchirib, almashtiradigan zot boʻla oladi! Bularning barchaciga hukm qiladigan bir Qodiri Mutlaq ekanini isbot qilgan vaziyatdir.
Demak, nihoyatsiz ojiz, zaif, ham nihoyatsiz faqir, muhtoj, ham nihoyatsiz bir kelajak zulmatlariga choʻmayotgan, nihoyatsiz hodisalar ichida chayqalanayotgan inson ruhi xufton namozini oʻqish uchun bu ma'nodagi xuftonda Ibrohimvoriy لَٓا اُحِبُّ الْاٰفِل۪ينَ deb Ma'budi Lamyazal, Mahbubi Loyazalning dargohiga namoz bilan iltijo qilib va shu foniy olamda va foniy umrda va qorongʻu dunyoda va qorongʻu istiqbolda bir Boqiyi Sarmadiyga munojot qilib, kichik boqiy suhbat, bir necha daqiqagina boqiy umr ichida dunyosiga nur sochadigan, kelajagini nurlantiradigan, mavjudotning va doʻstlarining firoq va zavolidan hosil boʻlgan yaralariga malham surtadigan Rahmoni Rahimning iltifoti rahmatini va nuri hidoyatini koʻrib istash... vaqtinchalik uni unutgan va yashiringan dunyoni u ham unutib, dardlarini qalbning yigʻisi bilan dargohi rahmatga toʻkib, xar ehtimolga qarshi, oʻlimga oʻxshagan uyquga kirmasdan avval, soʻnggi qullik vazifasini qilib, kundalik amallar daftarini goʻzal xotima bilan yozish uchun namozga turish, ya'ni butun foniy sevgan narsalari evaziga bir Ma'bud va Mahbubi Boqiyning va tilanchilik qilgan barcha ojizlar oʻrniga bir Qodiri Karimning va butun titragan zararli narsalarning yomonligidan xalos boʻlish uchun bir Hofizi Rahimning huzuriga chiqish...
Fotiha bilan boshlash, ya'ni hech narsaga yaramagan va oʻrnida boʻlmagan noqis, faqir maxluqlarni madh qilish va minnatdor boʻlish oʻrniga, bir Komili Mutlaq va Gʻaniyyi Mutlaq va Rahimi Karim boʻlgan Rabbul Olaminni madhu-sano etish...
اِيَّاكَ نَعْبُدُ xitobiga taraqqiy etish, ya'ni kichikligi, hechligi, kimsasizligi bilan birga, azal va abad sultoni boʻlgan Maliki Yavmiddinga bogʻlanishi bilan koinotda nozli bir musofir va ahamiyatli vazifador maqomiga kirib, اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَ اِيَّاكَ نَسْتَع۪ينُ deb, butun maxluqot nomidan koinotning katta jamoati va buyuk jamiyatidagi ibodat va yordam soʻrashlarni Unga taqdim etish... اِهْدِنَا الصِّرَاطَ الْمُسْتَق۪يمَ deb, kelajak qorongʻuligi ichida abadiy saodatga ketgan, nuroniy yoʻl boʻlgan siroti mustaqimga hidoyat istash... hozir yotgan nabotot, hayvonot kabi yashiringan quyoshlar, hushyor yulduzlar bittadan askar singari amriga boʻysundirilgan va bu olam musofirxonasida yordamchici va xizmatkori boʻlgan Zoti Zuljalolning kibriyosini oʻylab, اَللّٰهُ اَكْبَرُ deb rukuga borish, ham butun maxluqotning sajda-i kubrosini oʻylab, ya'ni bu kecha yotgan maxluqot kabi xar yil, xar asrdagi mavjudot turlari, hatto Yer, hatto dunyo bir-bir muntazam qoʻshin, balki itoatkor askar kabi dunyoviy qullik vazifasidan كُنْ فَيَكُونُ amri bilan boʻshatilgan davr, ya'ni gʻayb olamiga yuborilgan vaqt, mukammal intizom bilan zavolda botish joynamoziga اَللّٰهُ اَكْبَرُ deb sajda etgani... كُنْ فَيَكُونُ amridan kelgan tiriltirish va ogohlantirish hayqirigʻi bilan yana bahorda qisman aynan, qisman mislan hashr boʻlib, qiyom etib, kamarbasta-i xizmati Mavlo boʻlganlari kabi, bu insoncha ularga iqtido qilib, u Rahmoni Zulkamolning, u Rahimi Zuljamolning dargohi huzurida hayrat beradigan muhabbat, baqo sirridan hissa olgan kamtarinlik, izzat bilan aralash zillat ichida اَللّٰهُ اَكْبَرُ deb sajdaga borish, ya'ni bir jihatdan me'rojga chiqish ma'nosidagi xufton namozini oʻqish qanchalik xush, qanchalik goʻzal, qanchalik shirin, qanchalik yuksak, qanchalik aziz va laziz, qanchalik ma'qul va munosib bir vazifa, bir xizmat, bir qullik, jiddiy haqiqat ekanini albatta anglading.
Demak, besh vaqtning xar biri azim inqilobning ishoralari va ijrooti jasima-i Rabboniyaning nishonlari va Allohning umumiy inʻomlarining alomatlari boʻlganlari uchun, qarz va burch boʻlgan farz namozining bu vaqtlarga tayinlangani bagʻoyat hikmatlidir...