OʻNINCHI SOʻZ
ESLATMA: Bu risolalarda tashbeh va misollarni hikoyalar suratida yozganimning sababi ham osonlashtirish, ham Islom haqiqatlarining naqadar ma'qul, mutanosib, muhkam, bir-birini quvvatlaydigan ekanini koʻrsatishdir. Hikoyalarning ma'nolari, oxirlaridagi haqiqatlarda. Kinoyalar navidan yolgʻiz ularga dalolat qiladilar. Demak, ular xayoliy hikoyalar emas, toʻgʻri haqiqatlardir.
Birodar, hashr va oxiratni oddiy va avom tilida va ochiq bir tarzda bayonini istasang, quyidagi misoliy hikoyachaga nafsim bilan barobar qara, tingla:
Bir kuni ikki odam Jannat kabi goʻzal bir mamlakatga (bu dunyoga ishoratdir) boradi. Qarasalar: Hamma uy, xona, doʻkon eshiklarini ochiq qoldirib, muhofazasiga diqqat qilmayapti. Mol va pul ochiq sohibsiz qolgan. Ikkisidan biri xohlagan narsasiga qoʻlini uzatib yo oʻgʻirladi, yo oʻzlashtirdi. Nafsining orzulariga tobe boʻlib xar qanday zulmni, xarom ishni qildi. Aholi esa unga koʻp gapirmadi. Narigi oʻrtogʻi unga dediki:
-Nima qilyapsan? Jazo olasan, meni ham baloga qoʻyasan. Bu mollar davlatga tegishli mol. Aholi bola-chaqasi bilan yo askar boʻlgan yoki xodim. Bu ishlarda fuqarolar kiyimida jalb qilinishyapti. Shuning uchun sen bilan ishi boʻlmayapti. Lekin intizom qattiq. Podshohning hamma joyda telefoni bor va xodimlari hozir. Tezda borib, omonlik tila, dedi. Lekin u tentak qaysarlik qilib dedi:
-Yoʻq, miriy moli emas, balki vaqf molidir, sohibsizdir. Hamma istagani kabi tasarruf qila oladi. Bu goʻzal narsalardan istifodani man qiladigan hech qanday sabab koʻrmayapman. Koʻzim bilan koʻrmasam ishonmayman, - dedi. Ham faylasuflarga oʻxshab koʻp safsata sotdi. Ikkisi orasida jiddiy bir munozara boshlandi. Avval u tentak dedi:
-Podshoh kimdir? Tanimayman.
Oʻrtogʻi unga javoban: Bir qishloq raissiz boʻlmaydi. Bir igna ustasiz boʻlmaydi, sohibsiz emas. Bir harf kotibsiz boʻlmaydi, bilasan. Qanday qilib, oʻta muntazam ushbu mamlakat hokimsiz boʻlsin? Bu qadar koʻp boylik, xar soatda bir poyezd {(Hoshiya) Yilga ishoratdir. Ha, bahor mahzani arzoq bir vagondir, gʻaybdan keladi.} gʻaybdan kelayotganday qiymatli, sanʻat bilan qilingan mollar bilan toʻla keladi. Bu yerga boʻshaladi, ketadi. Bular qanday qilib egasiz bolishi mumkin? Hamma joyda koʻrinayotgan e'lonnomalar, bayonnomalar va xar bir mol ustida koʻringan muxr va tamgʻalar, belgilar va xar burchagida hilpirayotgan bayroqlar qanday qilib moliksiz boʻlishi mumkin? Korinib turibdiki, sen bir oz farang fani oʻqigansan. Islom yozuvlarini oʻqiy olmayapsan. Boz ustiga, biladigan kishidan ham soʻramayapsan. Qani kel, eng buyuk farmonni senga oʻqib beraman.
Shunda tentak aytdiki:
-Xoʻp, mayli, podshoh bor. Lekin mening kichik foydalanishim unga qanday zarar beradi. Xazinasidan nima kamayadi? Bu yerda qamoq-mamoq ham yoʻq, jazo koʻrinmayapti.
Oʻrtogʻi unga javoban dedi:
-E, shu koʻrinib turgan mamlakat bir mashq maydonidir. Ham saltanatga oid antiqa sanʻatlarning koʻrgazmasidir. Yana vaqtinchalik sobit boʻlmagan musofirxonalaridir. Xar kuni bir karvon kelayotgani, biri ketayotgani, gʻoyib boʻlayotganini koʻrmayapsanmi?! Doimo toʻladi, boʻshaladi. Bir oz vaqtdan soʻng bu yurt almashtiriladi. Bu aholi boshqa va doimiy mamlakatga oʻtkaziladi. U yerda hamma xizmati evaziga yo jazo, yo mukofot oladi, dedi.
Xoin tentak yana oʻjarlik qilib:
-Ishonmayman. Bu mamlakatning xarob etilishi, boshqa mamlakatga koʻchishi hech mumkinmi, dedi. Bunga javoban amin oʻrtogʻi:
-Modomiki bu daraja qaysarlik va oʻjarlik qilayotgan ekansan kel, son-sanoqsiz dalillar ichida Oʻn Ikki Surat orqali: Bir mahkama-i kubro borligini, mukofot va ehson yurtini, bir jazo va zindon joyi borligini, bu mamlakat xar kuni bir daraja boʻshalgani kabi, bir kun kelib, batamom boʻshalib xarob qilinishini senga koʻrsataman, dedi.
BIRINCHI SURAT: Bir saltanat, xususan bunday muhtasham saltanat, yaxshi xizmat qilgan tobe'lariga mukofoti va isyon qilganlarga jazosi boʻlmasligi hech mumkinmi?! Bu yerda yoʻqdek. Demak, boshqa yerda bir mahkama-i kubro bor.
IKKINCHI SURAT: Bu jarayon, ijrootlarga qara! Eng faqir, eng zaifdan tortib hammaga mukammal, belgilangan rizq berilyapti. Hech kimi boʻlmagan xastalarga juda goʻzal qaralyapti. Oʻta qiymatli va shohona taomlar, idishlar, qiymatli toshlar bilan ziynatlangan nishonlar, ziynatlangan liboslar, muhtasham ziyofatlar bor. Qara, senga oʻxshagan tentaklardan boshqa hamma oʻz vazifasiga qattiq e'tibor berib bajaryapti. Hech kim haddidan zarracha tajovuz etmayapti. Eng buyuk shaxs eng buyuk bir itoat bilan kamtarona xavf va haybat ostida xizmat qilyapti. Demak, bu saltanat sohibining juda buyuk bir karami, juda keng bir marhamati bor. Yana gʻoyat buyuk izzati, gʻoyat jalolli bir sharafi, nomusi bordir. Karam esa, in'om qilishni istaydi. Marhamat, ehsonsiz boʻlmaydi. Izzat, gʻayrat istaydi. Sharaf va nomus esa, adabsizlarga adabini berishni taqozo qiladi. Lekin bu mamlakatda marhamat, nomusga loyiq mingdan biri qilinmayapti. Zolim izzatida, mazlum xorligida qolib bu yerdan koʻchib ketyapti. Demak, bir mahkama-i kubroga qoldirilyapti.
UCHINCHI SURAT: Qara, naqadar oliy bir hikmat, bir intizom bilan ishlar ketyapti. Yana qanchalar haqiqiy bir adolat, bir mezon bilan muomala qilinyapti. Xolbuki hikmati hukumat, saltanatning himoyasiga iltijo qilgan yolvoruvchilarga lutfni taqozo qiladi. Adolat esa, hukumatning e'tibori, saltanatning haybati saqlanishi uchun qoʻl ostidagilar huquqining muhofaza qilinishini istaydi.
Xolbuki, bu yerlarda oʻsha hikmatga, oʻsha adolatga loyiq mingdan bir ish ijro qilinmayapti. Sen kabi tentaklar, koʻpchiligi jazo olmasdan bu yerdan koʻchib ketyapti.
Demak, bir mahkama-i kubroga qoldirilyapti...
TOʻRTINCHI SURAT: Qara, shu koʻrgazmalarda son-sanoqsiz tengsiz javharlar, bu dasturxonlardagi mislsiz taomlar koʻrsatyaptiki: Bu yerlarning podshohining cheksiz saxovati, hisobsiz toʻla xazinalari bor. Xolbuki bunday bir saxovat va tuganmas xazinalar zavol va firoq bilan azoblanmasligi uchun u ziyofatdan lazzat olganlar u yerda bardavom boʻlishi uchun doimiy va kerakli hamma narsa ichida boʻlgan bir ziyofat diyori istaydi. Chunki azobning zavoli lazzat boʻlgani kabi, lazzatning zavoli ham alamdir.
Bu koʻrgazmalarga qara! Va shu e'lonlarga e'tibor ber! Va bu dallollarga quloq sol, moʻ'jizaviy bir podshohning antiqa san'atlarini tashkil qilyapti va tanitayapti. Kamolotini koʻrsatyapti. Tengsiz ma'naviy jamolini bayon etyapti. Maxfiy xusnining latifliklaridan bahs etyapti. Demak, uning juda hayrat beruvchi muhim kamoloti va ma'naviy jamoli bor. Yashirin, qusursiz kamol esa, taqdir etuvchi, sevuvchi, mashaalloh deb tamosho qiluvchilarga tanitishni taqozo qiladi. Maxfiy, nozirsiz jamol esa, koʻrinishni va koʻrishni istaydi. Ya'ni, oʻz jamolini ikki tomonlama koʻrish: Biri, turli tuman oynalarda shaxsan koʻrish. Boshqasi, ishtiyoqmand tomoshabin va hayratga tushgan maqtovchilarning koʻzi orqali koʻrinishni taqozo qiladi. Koʻrish, ham koʻrinish, ham doimiy koʻrish, ham abadiy guvoh boʻlishni iqtizo qiladi. Doimiy jamol ishtiyoqmand tomoshabin va sevuvchilarning bardavom vujudlarini istaydi. Chunki doimiy jamol zavol topuvchi ishtiyoqmandga rozi boʻlmaydi. Chunki, qaytib kelmaslik sharti bilan zavolga mahkum boʻlgan bir tomoshabin zavolni tasavvur qilish orqali muhabbati adovatga aylanadi, hayrat va hurmati tahqirga mayl etadi. Chunki inson - bilmagan va yetishmagan narsasiga dushmandir. Xolbuki, hamma bu musofirxonalardan tezda ketib gʻoyib boʻlyapti. Oʻsha kamol va jamolning bir nuriga, balki zaif bir soyasiga bir dam qarab, toʻymasdan ketyapti.
Demak, bir doimiy sayr joyiga ketilyapti...
BESHINCHI SURAT: Qara, bu ishlar ichida koʻrinyaptiki, mislsiz Zotning juda buyuk bir shafqati bor. Chunki xar bir jabrdiydaga yordam berdirilyapti. Xar bir orzu va istakka javob beryapti. Hatto, eng kichik bir ehtiyoj eng past bir odamdan kelsa ham, shafqat bilan taʻminlanyapti. Choʻponning bir qoʻyining oyogʻi ogʻrisa, yo malham, yo veterinary yuboryapti.
Kel, boraylik, shu orolda katta bir ijtimo' bor. Butun mamlakatning sharafli kishilari u yerda toʻplangan. Qara, juda buyuk bir nishonni tashigan bir yovari akram bir nutq oʻqiyapti. U shafqatli podshohidan bir narsalar istayapti. Butun aholi: «Ha, ha, biz ham istaymiz» deyishyapti. Uni tasdiqlashyapti va aniqlashtiryaptilar. Endi tingla, bu podshohning sevgilisi deyaptiki:
«Ey bizni ne'matlari bilan parvarish qilgan sultonimiz! Bizga koʻrsatgan namunalarning va soyalarning asllarini, manbalarini koʻrsat. Bizni saltanating markaizga ol. Bizni bu choʻllarda yoʻq qilma. Bizni huzuringga ol. Bizga marhamat qil. Bizga bu yerda tottirgan laziz ne'matlaringni u yerda yedir. Bizni zavol va uzoqlshtirib azoblama. Senga ishtiyoqmand va mutashakkir ushbu mute' raiyatingni bebosh qoldirib yoʻq qilma», deyapti va juda koʻp yolvoryapti. Buni sen ham eshityapsan.
Ajabo, bu qadar shafqatli va qudratli bir podshoh, eng oddiy odamning eng kichik istagini ahamiyat bilan amalga oshirishi, eng sevgili bir elchisining eng goʻzal istagini amalga oshirmasligi hech mumkinmi? Xolbuki, sevgilining istagi, barchaning ham istagidir. Ham podshohning roziligi, ham marhamat va adolatining iqtizosidir. Ham unga oson, ogʻir emas. Bu musofirxonalardagi vaqtincha tanaffus joyi qadar ogʻir emas. Modomiki namunalarini koʻrsatish uchun besh-olti kunlik sayr joylariga bu qadar xarajat qilayotgan, bu mamlakatni bunyod etgan ekan albatta, haqiqiy xazinalarini, kamolotini, hunarlarini saltanati markazida shunday bir tarzda koʻrsatadi, shunday sayrongohlar ochadiki, aqllarni hayratga soladi.
Demak, bu imtihon maydonida boʻlganlar bebosh emaslar, saodat saroylari va zindonlar ularni kutyapti...
OLTINCHI SURAT: Kel, koʻr, bu muhtasham poyezdlar, tayyoralar, jihozlar, omborxonalar, koʻrgazmalar, ijrootlar koʻrsatyaptilarki, parda orqasida juda muhtasham bir saltanat bor,
{(Hoshiya) Masalan: Bizda mashq maydonida harbiy usulda, "Qurol ol, nayza os!" amri bilan ulkan bir qoʻshin boshdan oxir tikanli changalzorga oʻxshagani kabi, xar bir bayram kuni namoyish qilish uchun "Formalaringizni kiyib, nishonlaringizni osinglar" amriga lashkar boshdan oyoq rang-barang gullar ochgan ziynatli bir bogʻni koʻrsatgani kabi roʻyi zamin maydonida Sultoni Azaliyning nihoyatsiz turdagi qoʻshinining farishta, jin, ins va hayvonlar kabi shuursiz nabotot toifasi ham hayotni saqlash jihodida كُنْ فَيَكُونُ amri bilan "Mudofaa uchun qurollaringizni va jihozotingizni osinglar!" Ilohiy buyruqni olgan vaqti, zamin boshdan-oyoq oʻzidagi butun tikanli daraxtlar va nabotlar nayzachalarini taqqan payt, aynan nayzalarini osgan muhtasham bir lashkargohga oʻxshaydi.
Bahorning xar bir kuni ham, xar bir haftasi bir-bir nabotot toifasining bayrami boʻlgani uchun, xar bir toifasi oʻz Sultonining oʻz toifasiga ehson qilgan goʻzal hadyalarni koʻrsatish uchun unga qoʻygan ziynatli nishonlarni namoyish qilib, Sultoni Azaliyning nazarida koʻrish va koʻrsatishga taqdim qilgani va shunday bir holatda boʻlgani uchun butun nabotot va daraxtlar goʻyo "Rabboniy sanʻatlar ziynatli narsalarini, gul va meva deb atalgan fitrati Ilohiyaning nishonlarini osinglar, gullar ochinglar!" degan Rabboniy amrni tinglayaptiki roʻyi zamin ham oʻta muhtasham bir bayram kuni, shohona namoyishda surma surgan va ziynatlangan nishonlari porlagan lashkargohni koʻrsatadi.
Xullas, bu daraja hikmatli va intizomli jihozlanish va ziynatlanish, albatta nihoyatsiz qodir bir sultonning, oʻta hakim bir hokimning amri bilan bor boʻlganini koʻr boʻlmaganlarga koʻrsatadi.}
hukm suryapti. Bunday bir saltanat oʻziga loyiq bir xalq istaydi. Xolbuki, butun xalq bu musofirxonada toʻplanganini koʻryapsan. Musofirxona esa xar kuni toʻladi, boʻshaladi. Butun xalq esa mashq uchun bu imtihon maydonida hozir. Maydon esa, xar soat almashtirilyapti. Butun xalq podshohning qiymatli ehsonlarining namunalarini va gʻaroyib san'atlarining antiqalarini koʻrgazmalarda tomosha qilish uchun bu namoyishgohda bir necha daqiqa toʻxtab tomosha qilyapti. Koʻrgazma esa xar daqiqa oʻzgaryapti. Ketgan kelmaydi, kelgan ketadi.
Bu musofirxona, shu maydon va koʻrgazmalarning orqasida doimiy saroylar, davomli maskanlar, bu namunalar va suratlarning xolis va yuksak asllariga toʻla bogʻ va xazinalar borligini, bu holat, shu vaziyat qat'iy koʻrsatyapti.
Demak, bu yerda harakat ular uchun. Bu yerda ishlatadi, u yerda haqini beradi. U yerda hammaning iste'dodiga koʻra bir saodati bor...
YETTINCHI SURAT: Kel, bir oz aylanaylik. Bu madaniy aholi ichida nima bor, nima yoʻqligini koʻraylik. Mana, qara! Hamma joyda, xar burchakda koʻp sonli fotoapparatlar oʻrnatilgan, suratga olayapti. Qara, xar joyda koʻp sonli kotiblar oʻtiribdi, bir narsalar yozyapti. Hamma narsani qayd etyapti. Eng ahamiyatsiz bir xizmatni, eng oddiy bir voqe'ani qayd etyapti. Anavi yuksak togʻda podshohga maxsus katta fotoapparat oʻrnatilgan.
{(Hoshiya) Bu surat ishorat qilgan ma'nolarning bir qismi Yettinchi Haqiqatda bayon qilingan. Lekin bu yerda podshohga maxsus katta fotoapparat ishorati va haqiqati "Lavhi Mahfuz" deganidir. Lavhi Mahfuzning borlik vujudi Yigirma Oltinchi Soʻzda shunday isbot qilinganki: Kichik-kichik juzdonlar katta bir qayd kitobining vujudini bildiradi. Kichik-kichik qogʻozlar bir katta daftarning borligidan darak beradi. Koʻp kichik sizintilar katta suv manbaini xabar beradi. Aynan shuning kabi: Kichik-kichik juzdonlar hukmida, kichik Lavhi Mahfuzlar ma'nosida, ham katta Lavhi Mahfuzni yozadigan qalamdan sizib chiqqan kichik-kichik nuqtalar suratidagi bani basharning hotiralari, daraxtlarning mevalari, mevalarning urugʻlari, danaklari albatta bir katta hotirani, katta daftarni, lavhi mahfuzi a'zamni his ettiradi, bildiradi va isbotlaydi. Balki keskin aqllarga koʻrsatadi.}
Bu yerlarda nima jarayon etayotganini, suratini olyapti. Demak, U Zot mulkida jarayon etayotgan butun muomala va ishlar qayd etilishini amr qilgan. Demak U muazzam Zot butun hodisalarni qayd ettiradi, suratini oladi. Bu diqqatli hifz va muhofaza, albatta bir hisob uchundir.
Endi, eng oddiy odamning eng oddiy muomalalarini ahamiyatsiz qoldirmagan Hokimi Hafiz, odamlarining eng kattalaridan eng katta amallarini muhofaza qilmasin, hisob olmasligi, mukofot va jazo bermasligi hech mumkinmi?! Xolbuki, oʻsha kattalardan u zotning izzatiga va gʻayratiga ogʻir keladigan va marhamatining sha'ni umuman qabul qilmaydigan muomalalar sodir boʻlyapti. Bu yerda jazolamayapti.
Demak, bir mahkama-i kubroga qoldirilyapti...
SAKKIZINCHI SURAT: Kel, undan kelgan bu farmonlarni senga oʻqib beraman. Qara, takror batakror: «Sizlarni u yerdan olib saltanatim markaziga keltiraman va boʻsunganlarni bahtiyor, osiylarni mahkum etaman. Vaqtinchalik yerni xarob qilib, abadiy saroylarni, zindonlarni ichiga olgan boshqa bir mamlakat barpo etaman.» deb va'da beryapti va shiddatli tahdid etyapti. Va'da bergan narsalari unga oʻta oson. Xalqi uchun oʻta muhim. Va'dasida xilof qilish, izzati iqtidoriga gʻoyat ziddir. Qara, ey tentak! Sen yolgʻonchi tasavvuringni, safsatachi aqlingni, aldovchi nafsingni tasdiqlayapsan. Va hech bir tomondan xulf va xilofga majburiyati boʻlmagan va hech bir jihatdan haysiyatiga xilof qilish yarashmagan va koʻringan butun ishlar sidqiga guvohlik qilgan bir zotni yolgʻonga chiqaryapsan. Albatta buyuk bir jazoga loyiq boʻlasan. Misoling shundayki, bir yoʻlovchi quyoshning ziyosidan koʻzini berkitib, xayoliga nazar soladi. Tasavvuri tilla qoʻngiz kabi, bosh chirogʻining yorugʻligi bilan dahshatli yoʻlini yoritishni istaganga oʻxshaydi.
Modomiki va'da bergan ekan, qiladi. Xolbuki, bajo keltirish unga juda yengil, bizga, hamma narsaga, Unga va saltanatiga juda ham lozim.
Demak, bir mahkama-i kubro, bir saodati uzmo bordir.
TOʻQQIZINCHI SURAT: Endi kel! Bu uylar va jamoatlarning ba'zi raislariga, {(Hoshiya1) Shu surat isbot qilgan ma'nolar Sakkizinchi Haqiqatda koʻrinadi. Masalan, doiralarning raislari bu misolda anbiyo va avliyolarga ishoratdir. Telefon esa, vahiy aksi va ilhomga sazovor boʻlgan qalbdan uzangan bir nisbati Rabboniya boʻlib, qalb telefonning boshi va qulogʻi hukmidadir.} xar birida shaxsan Podshoh bilan koʻrishadigan xususiy telefon bor. Ba'zilar uning huzuriga chiqishgan. Qara nima deyishyapti: Bular ittifoq bilan xabar berishyapti: "U zot mukofot va jazo uchun juda muhtasham va dahshatli bir yer tayyorlagan. Oʻta kuchli va'da beryapti va qattiq tahdid qilyapti. Uning izzat va oʻta buyukligi hech bir jihatdan va'dasiga xilof qilish darajasiga tushib, xorlikni qabul qilmaydi". Xolbuki xabarchilar ham tavotur darajasida koʻp, ham ijmo' quvvatida ittifoq bilan xabar beradilarki: Ba'zi belgilari koʻringan saltanati azimaning asosi va markazi bu yerdan uzoq bir boshqa mamlakatdadir. Bu imtihon maydonida binolar vaqtinchadir. Keyin doimiy saroylarga oʻzgartiriladi. Bu yerlar oʻzgaradi. Chunki belgilari bilan buyukligi tushunilgan ushbu muhtasham, zavolsiz saltanat, bu oʻtkinchi, davomsiz, beqaror, ahamiyatsiz, oʻzgaruvchan, baqosiz, noqis, oxiriga yetmagan ishlar ustiga qurilmaydi, turmaydi... Demak unga loyiq, doimiy, sobit, zavolsiz, davomiy, mukammal, muhtasham ishlar ustida turadi.
Demak, bir boshqa diyor bor, albatta u markazga ketiladi.
OʻNINCHI SURAT: Bugun sultoniy navroʻz.
{(Hoshiya) Bu suratning ramzini Toʻqqizinchi Haqiqatda koʻrasan. Masalan: Navroʻz kuni bahor mavsumiga ishorat. Gulli yashil sahro esa, bahor mavsumidagi roʻyi zamindir. Oʻzgarib turadigan pardalar, manzaralar esa, fasli bahorning ibtidosidan yozning intihosigacha Sone'-i Qodiri Zuljalolning, Fotiri Hakimi Zuljamolning kamoli intizom bilan oʻzgartirgan va kamoli rahmat bilan yangilagan va bir-biri orqasidan yuborgan mavjudoti bahoriya tabaqotiga va masnu'oti sayfiya toifalariga va arzoqi hayvoniya va insoniyaga sabab boʻlgan taomlarga ishoratdir.}
Oʻzgarishlar boʻladi, ajib ishlar chiqadi. Bu bahorning shu goʻzal kunida, goʻzal gulli ushbu yashil sahroga borib bir sayr qilamiz. Mana qara! Aholi ham bu tomonga kelyapti. Qara, bir sehr bor. Binolar birdan xarob boʻldi. Boshqa shaklga kirdi. Qara, bir moʻ'jiza bor. Xarob boʻlgan binolar birdan bu yerda qurildi. Xuddiki ushbu xoli choʻl madaniy shaharga aylandi. Kino pardalari kabi, xar soatda boshqa bir olam koʻrsatyapti, boshqa bir shakl olyapti. Shunga diqqat qilgin, bu qadar chalkash, tez, koʻp sonli, haqiqiy pardalar ichida naqadar mukammal bir intizom borki, hamma narsa joy-joyiga qoʻyilyapti. Xayoliy kino pardalari ham bu daraja muntazam boʻlmaydi. Millionlab mohir sehrgarlar bu san'atlarni qila olmaydi. Demak, bizga koʻrinmagan podshohning juda buyuk moʻ'jizalari bor.
Ey tentak! Sen: "Qanday qilib bu ulkan mamlakat buzilib, boshqa bir yerda quriladi?" deyapsan.
Koʻryapsanki: Xar soat, aqling qabul qilmagan u diyorning oʻzgarishi kabi koʻp inqiloblar, oʻzgarishlar boʻlyapti. Bu toʻplanish, tarqalish va shu hollardan anglashilyaptiki: Koʻringan tezlik bilan toʻplanishlar, tarqalishlar, tashkillar, buzilishlar ichida boshqa bir maqsad bor.
Bir soatlik toʻplanish uchun oʻn yillik xarajat qilinyapti. Demak, bu holatlarning oʻzi maqsad emas. Balki bir misol, taqliddir. Mashq maydoni imtihonining hamma narsasi qayd qilingani va yozganidek, U zot suratlari olinib tarkib qilinishi va natijalari saqlanib yozilishi uchun moʻ'jizaviy bilan qilyapti. Demak, muomala juda katta majlisda, bular ustida davom etib aylanadi. Bir yuksak koʻrgazmada doimiy koʻrsatiladi. Demak, bu oʻtkinchi, beqaror vaziyatlar, sobit suratlar, boqiy mevalar beryaptilar.
Demak, bu marosimlar bir buyuk saodat, bir katta mahkama, biz bilmagan ulugʻ gʻoyalar uchundir...
OʻN BIRINCHI SURAT: Kel, ey qaysar doʻstim! Bir tayyoraga, yo sharqqa yoki gʻarbga, ya'ni oʻtmish va kelajakka ketadigan bir poyezdga minaylik. Bu moʻ'jizakor zotning boshqa yerlarda qanday moʻ'jizalar koʻrsatganini koʻraylik. Mana qara, xar tomonda biz koʻrgan manzil, maydon va koʻrgazma kabi ajoyiblar mavjud. Ammo san'at jihatidan, surat jihatidan bir-biridan boshqacha. Shunga yaxshilab e'tibor bergin: Sabotsiz manzillarda, davomsiz maydonlarda, baqosiz koʻrgazmalarda naqadar yaqqol bir hikmatning intizomoti, qay daraja zohiriy inoyatning ishoratlari, qay martaba oliy bir adolatning belgilari, qay daraja keng marhamatning samaralari koʻrinyapti. Basiratsiz boʻlmagan xar kim yaqiynan anglaydiki: Uning hikmatidan yanada komilroq hikmat, inoyatidan yanada chiroyliroq inoyat, marhamatidan yanada keng marhamat, adolatidan yanada juda jalil adolat yoʻq va tasavvur qilinmaydi.
Agar farazan tasavvur qilganingdek, mamlakatida doimiy manzillar, oliy makonlar, sobit maqomlar, boqiy maskanlar, muqim aholi, bahtli xalqi boʻlmasa, bu hikmat, inoyat, marhamat, adolatning haqiqatlariga bu foniy yurt sazovor boʻlmasligi ma'lum. Ularga sazovor boʻladigan boshqa yerda ham boʻlmasa, kunning oʻrtasida quyoshning nurini koʻrib quyoshni inkor qilish darajasidagi ahmoqlik bilan, koʻzoʻngimizdagi hikmatni inkor qilish va guvoh boʻlgan inoyatimizni inkor qilish, koʻrgan marhamatimizni inkor qilish, juda quvvatli belgilari, ishoratlari koʻringan adolatni inkor qilish kerak boʻladi.
Yana koʻrgan ijrootlarimiz hakimona va karimona ishlar va rahimona ehsonlar sohibini (Hudo saqlasin, Alloh koʻrsatmasin!) ahmoq oʻyinchi, marhamatsiz zolim ekanini qabul qilish kerak boʻladi. Bu esa haqiqatlar yolgʻonga aylanishi hisoblanadi. Xolbuki, haqiqatlarning oʻzgarishi butun ahli aqlning ittifoqi bilan imkonsiz, mumkin emas. Faqat, hamma narsaning vujudini inkor qiluvchi Sofistaiy ablahlar xorij.
Demak, bu diyordan boshqa bir diyor bor. Unda ushbu marhamat, hikmat, inoyat va adolat toʻlaligicha koʻrinishi uchun bir mahkama-i kubro, ulugʻ adolat amalga oshgan joy, buyuk ikromlar qilingan joy bor...
OʻN IKKINCHI SURAT: Kel, endi qaytamiz. Shu jamoatlarning raislari bilan va zobitlari bilan koʻrishamiz va jihozlariga qaraymiz. Jihozlar faqat oʻsha maydondagi qisqa muddat ichida yashash uchun berilganmi? Yoki boshqa yerda uzun bir saodatli hayotni tahsil etish uchun berilganmi? Koʻraylik. Hammaga va xar bir jihozga qaray olmaymiz. Faqat namuna uchun ushbu zobitninig juzdon va daftariga qaraymiz. Bu juzdonda zobitning rutbasi, maoshi, vazifasi, talablari, harakat dasturi bor. Qara, bu rutba bir necha kunlik emas. Juda uzun vaqt uchun berilishi mumkin. "Maoshni xos xazinadan falon vaqtda olasan", deb yozilgan. Vaholanki, u tarix ancha vaqt oʻtib va bu maydon yopilgandan keyin keladi. Vazifa esa, shu muvaqqat maydonga koʻra emas, balki podshohga yaqin doimiy bir saodatni qozonish uchun berilgan. Talablar esa ushbu bir necha kunlik musofirxonada yashash uchun boʻlmaydi. Balki uzun va bahtiyor hayot uchun boʻlishi mumkin. Dastur esa, ochiqdan ochiq koʻrsatadiki, juzdon sohibi boshqa yerga nomzod, boshqa olam uchun ishlaydi.
Qara, bu daftarlarda, jihozlar tajhizotining surati iste'mol qilish va mas'uliyatlar bor. Xolbuki, agar faqat bu maydondan boshqa oliy, doimiy bir yer boʻlmasa bu mustahkam daftar, qat'iy juzdon batamom ma'nosini yoʻqotadi. Bu muhtaram zobit, mukarram qoʻmondon va muazzaz rais butun aholidan past, hammadan ham badbaxtroq, bechoraroq, xorroq, musibatliroq, faqirroq, zaifroq bir darajaga tushadi. Bunga qiyos qil. Nimaga e'tibor bersang, bu foniydan keyin bir boqiy borligiga guvohlik qiladi...
Oʻrtoq! Demak, bu vaqtinchalik yurt bir ekinzor hukmida. Bir ta'lim oladigan joy, bozordir. Albatta, orqasidan bir katta mahkama, buyuk saodati keladi. Agar buni inkor qilsang butun zobitlardagi juzdonlarni, daftarlarni, jihozlarni, dasturlarni, balki bu mamlakatdagi butun intizomlarni, hatto hukumatni inkor qilishga majbur boʻlasan va sodir boʻlgan barcha ijrootning vujudini yolgʻonga chiqarish kerak boʻladi. Unda senga inson va shuur egasi deyilmaydi. Sofistaiylardan aqlsizroq boʻlasan.
Also mamlakat dalillari bu «Oʻn Ikki Surat» ga maxsus deb oʻylama. Balki son-sanoqsiz alomatlar, dalillar borki: Bu beqaror, oʻzgaruvchan mamlakat zavolsiz, sobit mamlakatga almashtiriladi. Bu aholi shu muvaqqat musofirxonalardan olinadi, saltanatning maqarri doimiysiga yuborilishiga son-sanoqsiz belgilar mavjud.
Endi senga «Oʻn Ikki Surat» quvvatidan yanada kuchli burhon koʻrsataman.
Kel qara, uzoqda koʻringan ulkan jamoati ichida, avval orolda koʻrgan buyuk nishon sohibimiz Yovari Akram tabligʻot qilyapti. Boraylik, tinglaylik. Boq, porloq hurmatli elchi, balandda osilgan farmoni a'zamni aholiga bildiryapti va: «Tayyorlaninglar. Boshqa, doimiy mamlakatga ketasizlar. Shunday bir mamlakatki, bu mamlakat unga nisbatan zindon hukmida. Agar goʻzal ravishda bu farmonni tinglab itoat qilsangiz... Podshohimiz saltanatining markaziga borib, marhamatiga, ehsonlariga sazovor boʻlasizlar. Isyon qilib tinglamasangiz, mudhish zindonlarga tashlanasizlar», deb tabligʻot qilyapti.
Koʻryapsan, farmoni a'zamda shunday i'jozkor bir muxr borki, hech bir tomondan taqlid qilinishi mumkin emas. Sen kabi tentaklardan boshqa hamma farmon podshohning farmoni ekanini qat'iy biladi va u yuksak mukarram elchisida shunday nishonlar borki, sen kabi koʻrlardan boshqa hamma u zotni podshohning amr va buyruqlarining juda toʻgʻri tarjimoni ekanini aniq tushundi.
Ajabo, u yuksak rutbali xodim farmoni a'zam bilan birga butun quvvati bilan da'vo qilib tabligʻ etgan "mamlakat oʻzgarihsi masalasi" e'tiroz qabul qilishi mumkinmi hech? Yoʻq, mumkin emas! Magaram, butun bu koʻrganimiz hamma narsani inkor qilasan...
Endi, ey birodar!. Soʻz senga, gapir! Nima desang de!
-Men nima ham deyman, bunga qarshi biror narsa deyish mumkinmi? Kunning oʻrtasida quyoshga qarshi soʻz aytiladimi? Faqat aytishim mumkinki: Alhamdulilloh. Yuz ming marta shukr boʻlsinki, vahima va orzu-istaklar bosimidan, nafs va oʻtkinchi havaslar asoratidan qutulib, doimiy qamoq va zindondan xalos boʻldim va ishondimki: Bu aralash-quralash, beqaror musofirxonalardan boshqa va podshoxga yaqin yerda saodat diyori bor. Biz ham unga nomzodmiz...
Mana, hashr va oxiratga kinoya va taʻalluqli boʻlgan misoliy hikoya bu yerda tugadi. Endi tavfiqi Ilohiy bilan ulugʻ haqiqatga oʻtamiz. Oʻtgan «Oʻn Ikki Surat» ga muqobil «Bir-birini dasataklagan Oʻn Ikki Haqiqat» bilan bir «Muqaddima» bayon qilamiz.
MUQADDIMA
Bir necha ishorat bilan boshqa joylarda, ya'ni Yigirma Ikkinchi, Oʻn Toʻqqizinchi, Yigirma Oltinchi Soʻzlarda izoh qilingan bir nechta masalaga ishorat qilamiz.
BIRINCHI ISHORAT: Hikoyadagi tentak odamning ishonchli birodarining uch haqiqati bor.
Birinchisi: Nafsi ammoram bilan qalbimdir.
Ikkinchisi: Falsafa oquvchilari bilan Qur'oni Hakim talabalaridir.
Uchinchisi: Islom Ummati bilan kufr millatidir.
Falsafa oʻquvchilari, kufr millati va nafsi ammoraning eng mudhish zalolati, Janobi Haqni tanimaslikdadir. Hikoyada ishonchli odam: "Bir harf kotibsiz boʻlmaydi, bir qonun hokimsiz boʻlmaydi" aytganidek biz ham:
Bir kitob, xususan xar bir soʻzi ichida kichik qalam bilan bir kitob yozilgan, xar harfi ichida ingichka qalam bilan muntazam bir qasida yozilgan kitobning kotibsiz boʻlishi umuman imkonsiz. Xuddi shuning kabi, bu koinot naqqoshsiz boʻlishi nihoyatda qat-qat imkonsiz. Bu koinot shunday bir kitobki, xar sahifasi koʻp kitoblarni oʻz ichiga olgan. Hatto xar soʻzi ichida bir kitob bor. Xar bir harfi ichida bir qasida bor. Yer yuzi bir sahifadir, ichida qanchadan qancha kitob bor. Bir daraxt bir kalimadir, qanchadan qancha sahifasi bor. Bir meva bir harf, urugʻ bir nuqtadir. U nuqtada ulkan bir darxtning dasturi, mundarijasi bor. Bunday bir kitob vasflari jalol va jamolga, nihoyatsiz qudrat va hikmatga molik bir Zoti Zuljalolning qudrat qalami bilan qilingan naqsh boʻla oladi. Demak, olamni koʻrish bilan bu iymon kerak boʻladi. Agar, zalolatdan sarxush boʻlmagan boʻlsa...
Yana, uy ustasiz boʻlmaydi. Bohusus, gʻaroyib san'atlar bilan, ajib naqshlar bilan, gʻarib ziynatlar bilan ziynatlangan uy. Hatto xar bir toshida bir saroychalik san'at joylashtirilgan. Ustasiz boʻlishini hech bir aql qabul qilmaydi. Gʻoyat mohir bir san'atkor istaydi. Xususan saroy ichida kino pardalari kabi xar soatda haqiqiy manzillar tashkil qilinib, kamoli intizom bilan koʻylak almashtirgani kabi almashtirilayapti. Hatto xar bir haqiqiy parda ichida koʻp sonli kichik-kichik manzillar ijod qilinyapti.
Xuddi shuning kabi bu koinot oʻta hakim, alim, qodir bir Sanʻatkor istaydi. Chunki bu muhtasham koinot shunday bir saroyki: Oy, Quyosh uning chirogʻI, yulduzlar mumlari, zamon bir ip, tasma boʻlib, Sone'-i Zuljalol xar yili unga bir boshqa olamni taqib koʻrsatyapti. Taqqan olamning ichida uch yuz oltmish tarzda muntazam suratlarini yangilayapti. Kamoli intizom bilan va hikmat bilan almashtiryapti. Yer yuzini bir ne'mat dasturxoni qilganki, xar bahor uch yuz ming sanʻatlarining turlari bilan ziynatlayapti. Son-sanoqsiz turdagi ehsonlari bilan toʻldiryapti. Oʻta bir-birining ichida va aralashganiga qaramay, nozik tanlov va farq bilan bir-biridan ayrilyapti. Boshqa jihatlarni shunga qiyos qil... Qanday qilib shunday bir saroyning Sone'idan gʻaflatda qolish mumkin?
Bulutsiz, kunning oʻrtasida, Quyoshning dengiz ustida butun pufakchalarda va quruqlikda butun porloq narsalarda va qorning butun parchalarida jilvasi va aksini koʻrib Quyoshni inkor qilish, qay daraja ajib bir devonalik safsatadir. Chunki u payt bir Quyoshni inkor va qabul qilmaslik orqali tomchilar sanogʻicha, pufakchalar miqdoricha, parchalar adadicha haqiqiy va quyoshchalarni qabul qilish lozim boʻladi.
Xar zarracha (faqat bir zarra sigʻsada) ichida ulkan bir Quyoshning haqiqatini qabul qilish kerak boʻlgani kabi: Navbat navbat xar doim hikmat bilan oʻzgarib turgan va saranjom holda bardavom yangilangan ushbu muntazam koinotni koʻrib, Xoliqi Zuljalolni mukammal vasflari bilan tasdiqlamaslik, undan ham rasvo bir zalolat devonaligi, majnunlik safsatasi hisoblanadi. Chunki hamma narsada, hatto xar bir zarrada mutlaq uluhiyati qabul qilish kerak boʻladi. Masalan havoning xar bir zarrasi, xar bir gul bilan xar bir mevaga, xar bir yaproqqa kiradi va ishlay oladi. Agar bu zarra xodim boʻlmasa, ichida ishlay olishi uchun kira oladigan va ishlagan barcha narsalarinig tashkil boʻlishini, suratini va shakllarini bilishi kerak boʻladi. Demak, buni qilishi uchun bepoyon bir ilm va qudratga molik boʻlishi darkor.
Masalan, tuproqning xar bir zarrasi aralash danaklar va urugʻlarga asos va manba boʻla olishi kerak. Agar xodim boʻlmasa: Oʻtlar va daraxtlar sanogʻicha ma'naviy jihozlar va uskunalarga ega boʻlishi kerak boʻladi. Yoki ularning tashkil qilinishini biladigan, qiladigan, ularga kiydirilgan barcha suratlarni taniydigan, tika oladigan san'at va qudrat berish kerak boʻladi. Hamma narsada oshkora vahdoniyatning koʻp dalillari borligini anglashing uchun bunga boshqa mavjudotlarni ham qiyos qil.
Bir narsadan hamma narsani yaratish va hamma narsani bitta narsa qilish hamma narsaning xoliqiga xos ishdir. وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪ farmoni zishoniga diqqat qil. Demak, Vohidi Ahadni qabul qilmaslik orqali, mavjudot sanogʻicha ilohlarni qabul qilish kerak boʻladi.
IKKINCHI ISHORAT: Hikoyada qiymatli, yuksak rutbali xodimdan gap ochilgan va aytilgan: Koʻr boʻlmagan xar kim uning nishonlarini koʻrib tushunadiki: U zot podshohning amri bilan harakat qiladi va uning xos bandasidir. Demak u xodim, Rasuli Akramdir (Alayhissalotu Vassalam). Shunday muzayyan koinotning muqaddas bir Sone'iga bir Rasuli Akram, nurning quyoshga kerakligi darajasida shartdir. Chunki Quyosh ziyo bermasligi mumkin boʻlmaganidek, uluhiyat ham paygʻambarlarni yubormaslik bilan oʻzini koʻrsatmasligi mumkin emas.
Oʻta mukammal jamol, koʻrsatuvchi va ta'rif qiluvchi vosita bilan oʻzini koʻrsatishni istamasligi mumkinmi hech?
Oʻta jamolda bir kamoli san'at uning ustiga e'tiborni qaratgan dallol vositasida koʻrsatilish istamasligi mumkin boʻladimi?
Borliqning rububiyatining qamrovli saltanati koʻplik va parchalar tabaqalarida vahdoniyat va samadoniyatini, zuljanohayn vakil vositasida e'lon qilishni istamasligi mumkinmi! Ya'ni, u zot kulliy qullik jihati bilan koʻplik tabaqalarining dargohi Ilohiya elchisi boʻlgani kabi, yaqinlik va risolat jihatida dargohi Ilohiyning koʻplik tabaqalariga xodimdir.
Zotiy husn sohibi jamolining goʻzalliklarini va husnining latifalarini bir habib elchi vositasida oynalarda koʻrish va koʻrsatish istamasligi mumkinmi hech! Ya'ni, elchisi ham habib, ubudiyati bilan oʻzini unga sevdiradi, oynadorlik qiladi ham rasul boʻlib, uni maxluqotiga sevdiradi, jamolining asmosini koʻrsatadi.
Ajib moʻ'jizalar bilan, gʻarib va qiymatli narsalar bilan toʻla xazinalar sohibi, sarrof ta'riflovchi va tavsif qiladigan koʻrgazmachi vositasida xalq e'tiboriga taqdim qiladi va boshida izhor qilish orqali yashirin kamolotini bayon qilishni iroda qilmasligi va istamasligi mumkinmi?
Bu koinotni butun asmosining kamolotini ifodalagan sanʻatlar bilan ziynatlab sayr uchun gʻarib va nozik san'atlar bilan bezatilgan saroyga oʻxshatib, rahbar bir muallim tayinlamasligi mumkinmi?
Bu koinotning sohibi shu koinotning oʻzgarishidagi maqsad va gʻoya nima ekanini, qulflangan tilsimini, mavjudotning "Qayerdan? Qayerga? Kimsan?" uch mushkul savolining muammosini bir elchi vositasida ochtirmasligi mumkinmi!
Ushbu goʻzal sanʻatlar bilan oʻzini shuur sohiblariga tanitgan va qiymatli ne'matlar bilan oʻzini sevdirgan Sone'-i Zuljalol, uning evaziga shuur sohiblaridan rozi boʻlishi va istagini bir elchi vositasida bildirmasligi mumkinmi hech?
Inson sinfini shuur jihatidan koʻplikka mubtalo, iste'dod jihatidan umumiy qullikka muhayyo suratida yaratib, muallim rahbar vositasida ularni kasratdan vahdatga yuzlarini oʻgirishni istamasligi mumkin boʻladimi hech!
Yana bular kabi koʻp nubuvvat vazifalari borki, xar biri bir qatʻiy burhon boʻlib: Uluhiyat Risolatsiz boʻlolmaydi...
Ajabo, olamda Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamdan bayon qilingan vasflar va vazifalarga yanada ahil va oʻzida jamlagan kim chiqqan? Risolat rutbasiga va tabligʻ vazifasiga undan loyiqroq, muvofiqroq bor davr boʻlganmi? Yoʻq, aslo va qat'iyyan!. Balki U kishi butun rasullarning sayyididir, butun anbiyoning imomidir, butun asfiyoning sarvaridir, butun muqarrobiynning aqrobidir, butun maxluqotning akmalidir, butun murshidlarning sultonidir.
Haqiqatli ulamolar ittifoqi bilan, Shaqqi Qamar va barmoqlaridan suv oqishi kabi mingga yetgan moʻ'jizalaridan son-sanoqsiz nubuvvat dalillaridan boshqa, Qur'oni Azimushshon kabi haqiqatlar dengizi va qirq tomondan moʻ'jiza boʻlgan moʻ'jiza-i kubro, Quyosh kabi risolatini koʻrsatishga kifoya qiladi. Boshqa risolalarda va xususan Yigirma Beshinchi Soʻzda Qur'onning qirqqa yaqin i'joz tomonlarini aytib oʻtganimiz uchun bu yerda tugatamiz.
UCHINCHI ISHORAT:
Hayolga bu kichkina insonning nima ahamiyati bor, bu azim dunyo uning amallarining hisobi uchun yopilib boshqa bir doira ochiladimi degan savol kelmasin. Chunki bu kichkina inson, jamlovchi fitrati e'tibori bilan mavjudot ichida ishboshi, Ilohiy saltanat dalloli va kulliy ubudiyatga sazovor boʻlgani uchun, buyuk ahamiyati bor.
Yana hayolga qisqacha bir umrda qanday qilib abadiy bir azobga loyiq boʻladi, degan savol kelmasin. Chunki kufr, ushbu Samadoniy naktublar darajasida va qiymatidagi koinotni ma'nosiz, gʻoyasiz tubanlikka tushirgani uchun, butun koinotga qarshi tahqir hisoblanadi. Bu mavjudotda jilvalari, naqshlari koʻringan butun muqaddas asmo-i Ilohiyani inkor bilan rad qilgan odam, Janobi Haqning haqqoniyat va sidqini koʻrsatgan cheksiz dalillarini yolgʻonga chiqargani uchun nihoyatsiz bir jinoyat hisoblanadi. Nihoyatsiz jinoyat esa, nihoyatsiz azobni shart qiladi...
TOʻRTINCHI ISHORAT: Hikoyada oʻn ikki surat bilan koʻrdikki: Shunday bir podshohning vaqtinchalik musofirxona kabi yurti boʻlsayu, doimiy va hashamatiga sazovor va azim saltanatiga asos boʻlgan boshqa doimiy mamlakati boʻlmasligi hech bir jihatdan mumkin emas... Xuddi shuning kabi, bu foniy olamning boqiy Xoliqi buni ijod qilib, boqiy bir olamni ijod qilmasligi hech bir jihatdan mumkin emas. Shu oxshahshi yoʻq va oʻtkinchi koinotning doimiy Sone'i buni bunyod qilsin-da, boshqa bardavom va doimiy koinotni ijod qilmasligi mumkinmi? Bu koʻrgazma, imtihon maydoni va ekinzor hisoblangan dunyoning Hakim, Qodir va Rahim boʻlgan Fotiri uni yaratsin-u, uning butun gʻoyalariga sazovor boʻlgan oxirat diyorini bunyod qilmasligi mumkinmi? Bu haqiqatga "Oʻn ikki eshik"dan kiriladi. OʻN IKKI HAQIQAT bilan u eshiklar ochiladi. Eng qisqa va oddiydan boshlaymiz:
BIRINCHI HAQIQAT: Rububiyat va saltanat eshigi boʻlib, ismi Robning jilvasidir.
Rububiyat taqozosi va uluhiyat saltanati, xususan bunday bir koinotni kamolotini koʻrsatish uchun gʻoyat oliy gʻoyalar va yuksak maqsadlar bilan ijod qilsin, uning gʻoyot va maqosidiga qarshi iymon va ubudiyat bilan muqobala etgan moʻ'minlarga mukofoti boʻlmasligi mumkinmi hech?! Va u maqsadlarni rad qilgan va tahqir javobi bergan ahli zalolatga jazo bermasinmi?
IKKINCHI HAQIQAT: Karam va rahmat eshigi boʻlib, karim va rahim ismining jilvasidir.
Koʻrsatgan asarlari bilan nihoyatsiz karam, nihoyatsiz rahmat, nihoyatsiz izzat va nihoyatsiz gʻayrat sohibi boʻlgan shu olamning Robbi, karam va rahmatiga loyiq mukofot, izzat va gʻayratiga shoyista jazo bermasligi mumkinmi hech?! Ha, dunyo jarayonlariga qaralsa, eng ojiz, eng zaifdan {(Hoshiya) Halol rizqi iqtidor bilan olinmaganiga, balki faqirligiga binoan berilganiga qat'iy dalil shuki: Iqtidorsiz bolalarining yaxshi yashashi va iqtidorli yirtqichlarning tor tirikchiligi, zakovatsiz baliqlarning semizligi va zakovatli, ayyor tulki va maymunning tirikchilik dardi bilan vujud jihatidan zaifligi. Demak, rizq iqtidor va ixtiyorga teskari mutanosibdir. Qay daraja iqtidor va ixtiyoriga ishonsa, shu daraja tirikchilik dardiga mubtalo boʻladi.} to eng kuchli jonligacha loyiq bir rizqi berilyapti. Eng zaif, eng ojizga eng yaxshi rizq berilyapti. Xar dardliga kutmagan joyidan darmon yetkazilyapti. Shunday ulugʻ karam bilan ziyofatlar, ikromlar qilinyaptiki, nihoyatsiz bir karam qoʻli ichida ishlaganini ochiq-ravshan koʻrsatyapti.
Masalan,
bahorda jannat huriylari tarzida butun daraxtlarni ipak libos kabi kiyimlar kiydirib, gul va mevalarning ziynatlar bilan bezab xizmatkor qilib ularning latif qoʻllari boʻlgan shoxlari bilan turli-tuman eng shirin, eng sanʻatli mevalarni bizga taqdim qilish,
zaxarli arining qoʻli orqali eng shirin shifobaxsh asalni bizga yedirish,
eng goʻzal va yumshoq libosni qoʻlsiz qurtning qoʻli orqali bizga kiydirish,
rahmatning buyuk xazinasini kichik bir urugʻ ichida biz uchun saqlash,
naqadar goʻzal karam, naqadar latif rahmat belgisi ekani ochiq ravshan anglashiladi.
inson va ba'zi yirtqichlardan tashqari, Quyosh va Oy va Arzdan tortib, to eng kichik maxluqqacha hamma narsa kamoli diqqat bilan oʻz vazifasini qilishi, zarra qadar haddidan oshmasligi, bir azim haybat ostida umumiy bir itoat borligi buyuk bir jalol va izzat sohibining amri bilan harakat qilganlarini koʻrsatadi.
kerak boʻlsa nabotiy va kerak boʻlsa hayvoniy va kerak boʻlsa insoniy barcha volidalarning u marhamatli shafqatlari bilan
{(Hoshiya) Ha, och bir arslon zaif bolasini oʻz nafsidan ustun qoʻyib, qoʻlga kiritgan goʻshtni yemasdan bolasiga berishi, qoʻrqoq tovuq bolasini himoya qilish uchun itga, arslonga tashlanishi, anjir daraxti oʻzi loy yeb, bolasi boʻlgan mevalariga toza sut berishi, nihoyatsiz Rahim, Karim, Shafiq bir zotning hisobi bilan harakat qilganlarini koʻr boʻlmaganga ochiq ravshan koʻrsatyaptilar. Nabotot va hayvonot kabi shuursizlarning oʻta shuur va hikmat bilan ishlar qilinayotgani zarurat bilan koʻrsatadiki: Oʻta Alim va Hakim bir zot borki, ularni ishlatyapti. Ular uning nomi bilan ishlayapti.}
va sut kabi latif ozuqa orq ali ojiz va zaif bolalarni tarbiya qilish, naqadar keng bir rahmatning jilvasi ta'siri ochiq-oydin anglashiladi.
Modomiki bu olam mutasarrifining nihoyatsiz karami, nihoyatsiz rahmati, nihoyatsiz jalol va izzati bor ekan, nihoyatsiz jalol va izzat - adabsizlarga adabini berishni taqozo qiladi. Nihoyatsiz karam - nihoyatsiz ikromni iqtizo qiladi, nihoyatsiz rahmat - oʻziga loyiq ehsonni taqozo qiladi. Xolbuki bu foniy dunyoda va qisqa umrda, dengizdan bir tomchi kabi millionlab qismdan faqat bir qismi joylashadi va tajalliy etadi. Demak, karamga loyiq va u rahmatga shoyista bir saodat diyori boʻladi.
Aks holda kunduzni nuri bilan toʻldirgan Quyoshning vujudini inkor qilish kabi, bu koʻringan rahmatning vujudini inkor qilish lozim boʻladi. Chunki boshqa qaytib kelmaslik sharti bilan zavol toppish - shafqatni musibatga, muhabbatni ayriliq alamiga, ne'matni azobga, aqlni mash'um jihozga va lazzatni alamga aylantirib rahmat haqiqatining soʻnishi kerak boʻladi.
Jalol va izzatga loyiq jazo diyori boʻladi. Chunki: Koʻpincha zolim izzatida, mazlum xorligida qolib, bu yerdan koʻchib ketyaptilar. Demak, bir katta mahkamaga qoldirilyapti, kechiktirilyapti. Aks holda, qaralmayapti degani emas. Ba'zan dunyoda ham jazo beradi. Eski vaqtlarda sodir boʻlgan osiy va kufrida qaysarlik qilgan qavmlarga kelgan azoblar koʻrsatyaptiki: Inson bebosh emas, bir jalol va gʻayrat tarsakisiga xar doim uchraydi.
Inson umum mavjudot ichida ahamiyatli vazifasi, ahamiyatli iste'dodi boʻlib, insonning Robbi insonga bu qadar muntazam sanʻatlari bilan oʻzini tanitsa, evaziga inson iymon bilan uni tanimasa...
Bu qadar rahmatning bezalgan mevalari bilan oʻzini sevdirsa, evaziga inson ibodat bilan oʻzini unga sevdirmasa...
Bu qadar bu turli ne'matlari bilan muhabbat va rahmatini unga koʻrsatsa, evaziga inson shukr va hamd bilan uni hurmat qilmasa, jazosiz qoldirib, bebosh qoʻyib, izzat, gʻayrat sohibi boʻlgan Zoti Zuljalol jazo diyori tayyorlamasligi mumkinmi hech?!
U Rahmoni Rahimning oʻzini tanitishi evaziga iymon orqali tanib, sevdirishi evaziga ibodat bilan sevish, sevdirish orqali va rahmatiga evaziga shukr bilan hurmat qilish bilan javob bergan moʻ'minlarga mukofot diyorini, abadiy saodatini bermasligi mumkinmi hech?!
UCHINCHI HAQIQAT: Hikmat va adolat ehsigi boʻlib, Ismi Hakim va Odilning jilvasidir.
Zarralardan quyoshlargacha
{(Hoshiya1) "mumkinmi hech" jumlasi koʻp takror qilinyapti. Chunki quyidagi muhim bir sirni ifodalaydi: Koʻpincha kufr va zalolat, aqlga sigʻdira olmaslikdan kelib chiqadi. Ya'ni, aqldan uzoq va imkonsiz koʻrib, inkor qiladi. Hashr Soʻzida qat'iyan koʻrsatilganki: Haqiqiy aqga sigʻmaslik, haqiqiy imkonsizlik, aqldan uzoqlik va haqiqiy qiyinchilik, hatto imkonsizlik darajasida mushkul boʻlgan kufr yoʻlida va zalolat yoʻnalishidadir.. haqiqiy imkon va haqiqiy aqlga toʻgʻri kelish, hatto shart darajasida osonlik, iymon yoʻlida va Islomiyat koʻchasidadir. Natija, ahli falsafa aqlga sigʻdira olmasligi orqali inkorga ketadi. Oʻninchi Soʻz aqlga sigʻmaslik qaysi tarafda ekanini bu ta'bir bilan koʻrsatadi. Ularning ogʻziga tarsaki tushiradi.}
jarayon etgan hikmat va intizom, adolat va mezon bilan rububiyatining saltanatini koʻrsatgan Zoti Zuljalol rububiyatning himoya qanotiga iltijo qilgan, hikmat va adolatga iymon va ubudiyat bilan togʻri harakat qilgan moʻ'minlarga lutf qilmasligi mumkinmi hech?! Hikmat va adolatga kufr va tugʻyon bilan isyon qilgan adabsizlarga adabini bermasligi mumkinmi?! Xolbuki bu vaqtincha dunyoda hikmat va adolatning mingdan biri insonlar ichida ijro qilinmayapti, kechiktirilyapti. Zalolatdagilarning koʻpchiligi jazo olmasdan, ahli hidoyatning ham koʻpchiligi mukofot koʻrmasdan bu yerdan koʻchib ketyapti. Demak, bir mahkama-i kubroga, saodati uzmoga qoldirilyapti.
Bu olamda tasarruf qilgan Zot nihoyatsiz hikmat bilan ish yuritayotgani kuzatilyapti. Unga burhon istaysami? Hamma narsada tartib va foydalarga rioya qilishidir. Insonning butun a'zo, suyaklar va tomirlarida, hatto badanning hujayralarida, xar yerida, xar juzʻida foyda va hikmatlarning koʻzlanishi, hatto ba'zi a'zosi, bir daraxtning qancha mevalari boʻlsa, shu daraja hikmatlar va foydalar qoʻyilganini, nihoyatsiz hikmat qoʻli bilan ish qilinayotganini koʻrmayapsanmi?!
Hamma narsaning san'atida yuqori intizom borligi koʻrsatadiki, oʻta hikmat bilan ish qilinyapti. Goʻzal gulning nozik dasturini kichkinagina urugʻida joylashtirish, katta daraxtning amal sahifasini, hayot dasturini, jihozlari mundarijasini kichkinagina danakda ma'naviy taqdir qalami bilan yozish, nihoyatsiz hikmat qalami ishlaganini koʻrsatadi.
Hamma narsaning xilqatida eng yuqori darajada husni san'at borligi, oʻta hakim Sone'ning naqshi ekanini koʻrsatadi. Shu kichkinagina inson badani ichiga butun koinotning mundarijasini, rahmat xazinalarining barcha kalitlarini, butun asmolarining oynalarini joylashtirish, oʻta yuqori husni san'at ichida hikmatni koʻrsatadi.
Shunday rububiyat ijrootida hokim bir hikmat, rububiyatning qanotiga iltijo qilgan va iymon bilan itoat qilganlarga lutf qilishini istamasligi va abadiy lutf qilmasligi mumkinmi hech?!
Adolat va mezon bilan ish qilinganiga burhon istaysanmi? Hamma narsaga hassos mezonlar bilan, maxsus oʻlchovlar bilan vujud berish, surat kiydirish, joy joyiga qoʻyish, nihoyatsiz bir adolat va mezon bilan ish qilinganini koʻrsatadi.
Xar bir haq egasiga iste'dodi nisbatida haqqini berish, ya'ni vujudining butun kerakli narsalarini, davom etishi uchun butun jihozlarini eng munosib tarzda berish, nihoyatsiz adolat qoʻlini koʻrsatadi.
Iste'dod tili, fitriy ehtiyoj tili bilan, chorasizlik lisoni bilan soʻralgan va istalgan hamma narsaga doimiy javob berish, nihoyat darajada bir adolat va hikmatni koʻrsatadi.
Eng kichik maxluqning eng kichik ehtiyojini taʻminlagan adolat va hikmat, inson kabi eng buyuk maxluqning boqiylik kabi eng buyuk hojatini e'tiborsiz qoldirishi mumkinmi hech?! Eng katta yordam soʻrashini va eng katta istagini javobsiz qoldirishi mumkinmi?! Rububiyatning haybatini, qullarining huququni muhofaza qilish orqali saqlamasligi mumkinmi?! Xolbuki bu foniy dunyoda qisqa hayot kechirgan inson adolatning haqiqatiga sazovor boʻla olmaydi va boʻla olmayapti. Balki bir mahkama-i kubroga qoldirilyapti.
Haqiqiy adolat - shu kichkinagina inson kichikligi nisbatida emas, balki jinoyatining kattaligi, mohiyatining ahamiyati va vazifasining azamati nisbatida mukofot va jazo olishini taqozo qiladi.
Modomiki bu foniy, oʻtkinchi dunyo, abad uchun yaratilgan inson xususida unday bir adolat va hikmatga sazovor boʻlishdan juda uzoq. Albatta odil boʻlgan Zoti Jalili Zuljamolning va Hakim boʻlgan Zoti Jamili Zuljalolning doimiy Jahannami va abadiy Jannati boʻladi.
TOʻRTINCHI HAQIQAT: Jud va jamol eshigidir. Ismi Javvod va Jamilning jilvasidir.
Nihoyatsiz judu saxovat, tuganmas sarvat, bitmas xazinalar, mislsiz sarmadiy jamol, qusursiz abadiy kamol, bir saodat diyori va ziyofat joyi ichida doimiy mavjud boʻladigan muhtoj shokirlarni, ishtiyoqmand oynadorlarni, hayratdagi tomoshabinlarni taqozo qilmasligi mumkinmi hech?
Dunyo yuzini bu qadar muzayyan sanʻatlari bilan bezatish, Oy bilan Quyoshni chiroq qilish, yer yuzini ne'mat dasturxoni qilib taomlarning eng goʻzal hillari bilan toʻldirish, mevali daraxtlarni bir-bir idish qilish, xar mavsumda bir necha martalab yangilash, hadsiz judu saxovatni koʻrsatadi. Nihoyatsiz judu saxovat, tuganmas xazinalar va rahmat, ham doimiy ham orzu qilingan ichida hamma narsa muhayyo boʻlgan ziyofat diyori va saodat joyini taqozo qiladi.
Yana, ziyofatdan lazzat olganlarni zavol va firoq bilan azob chekmasligi uchun saodat yerida davom etishini, abadiy qolishini qatʻiyyan taqozo qialdi. Chunki, azobning zavoli lazzat boʻlganidek, lazzatning ketishi ham azobdir. U saxovat azob chektirishni istamaydi. Demak, abadiy bir Jannatni va uning ichida abadiy muhtojlarni taqozo qiladi. Chunki nihoyatsiz judu saxo nihoyatsiz ehsonni iqtizo qiladi, ne'matlantirishni istaydi. Nihoyatsiz ehson va ne'matlantirish esa nihoyatsiz minnatdorlikni, ne'matlanishni istaydi. Doimiy ne'matlanish orqali doimiy in'omga shukr va minnatdorligini koʻrsatishi uchun ehsonga sazovor boʻlgan shaxsning vujudining davomiyligini taqozo qiladi. Yoʻqsa zavol bilan achchiqlashgan kichik lazzatlanish qisqa vaqtda judu saxoning taqozosi bilan bir yerda toʻplanishlari mumkin emas.
Yana, Ilohiy san'at koʻrgazmasi boʻlgan olamning hamma tomonidagi koʻrgazmalariga qara. Yer yuzidagi nabotot va hayvonotning qoʻlidagi Rabboniy e'lonlarga e'tibor ber, {(Hoshiya) Suyak kabi bir quruq daraxtning uchidagi sim kabi ingichka bandida oʻta naqshinkor, ziynatli bir gul va oʻta sanʻatli va ziynatli meva, albatta oʻta san'atparvar moʻ'jizakor va hikmatdor bir Sone'ning san'atining goʻzalligini shuur sohiblariga oʻqitgan bir e'lonnomadir. Xullas, nabototga hayvonotni ham qiyos qil.} rububiyat chiroyining dallollari boʻlgan anbiyo va avliyoga quloq sol. Bir ovozdan Sone'i Zuljalolning kamchiliksiz kamolotini gʻaroyib san'atlarining koʻrgazmasi bilan koʻrsatyaptilar, bayon qilyaptilar, e'tiborni jalb qilyaptilar.
Demak, bu olamning Sone'ining juda muhim, hayratga soladigan va yashirin kamoloti bor. Bu gʻaroyib san'atlar bilan ularni koʻrsatishni istaydi. Chunki: Yashirin, kamchiliksiz kamolot, taqdir etuvchi, sevadigan, "Mashaalloh" deb kuzatuvchilarning boshida koʻrsatishni taqozo qiladi. Doimiy kamolot esa, doimiy koʻrinishni taqozo qiladi. U esa, maqtovchi va sevuvchilar vujudining bardavomligini keltirib chiqaradi. Boqiy boʻlmagan sevuvchilar nazarida kamolotning qiymati tubanlashadi.
{(Hoshiya1) Ha, zarbulmasaldandirki: Bir dunyo goʻzali bir zamon oʻziga maftun boʻlgan oddiy bir odamni huzuridan quvib yuboradi. U odam oʻziga tasalli berish uchun: "Tuf, naqadar xunukdir" deydi. U goʻzalning goʻzalligini inkor qiladi. Ham bir vaqt bir ayiq gʻoyat shirin bir uzum novdasi ostiga kiradi. Uzumlarni yeyishni istaydi. Uzishga qoʻli yetishmaydi. Novdaga ham chiqolmaydi. Oʻziga oʻzi tasalli berish uchun oʻz lisoni bilan: "Achchiqdir" deydi. Gursillab ketadi...}
Yana, koinotning yuzida yozilgan oʻta goʻzal, san'atli, porloq va bezalgan shu mavjudot, nur Quyoshni bildirgani kabi, mislsiz ma'naviy jamolning goʻzalliklarini bildiradi va nozirsiz, xofiy bir husnning goʻzalliklarini bildiradi.
{(Hoshiya2) Oyna-misol mavjudotning bir-biri orqasida zavol va fanolari bilan barobar, orqalaridan kelganlarning ustida va yuzlarida ayni husn va jamolning jilvasining boʻlishi koʻrsatadiki: Jamol ularniki emas; balki u jamollar bir husni munazzah va bir jamoli muqaddasning oyoti va amorotidir.}
U munazzah husn, muqaddas jamolning jilvasidan asmolarda, balki xar ismda koʻp yashirin dafinalar borligiga ishorat qiladi.
Bu darajada oliy, nazoratchisiz, yashirin jamol esa, oʻz goʻzalligini bir oynada koʻrish va husnining darajalarini, jamolining miqyoslarini shuuur egalari va ishtiyoqmand oynada koʻrishni taqozo qilgani kabi, boshqalarining nazari bilan ham sevgili jamoliga qarash uchun, koʻrinishni ham istaydi. Demak, ikki tomondan oʻz jamoliga qarash, xar biri boshqa-boshqa rangdagi oynalarda shaxsan koʻrish, boshqasi ishtiyoqi boʻlgan tomoshabin va hayratga tushgan sevadiganlarning koʻrishi bilan koʻrishni taqozo qiladi. Demak, husn va jamol koʻrish va koʻrinishni istaydi. Koʻrish, koʻrinish esa, ishtiyoqmand tomoshabin, hayratdagi sevuvchilarninig boʻlishini taqozo qiladi. Husn va jamol, abadiy bardavom boʻlgani uchun, mushtoqlarning davomiy kerak boʻladi. Chunki doimiy bir jamol oʻtkinchi ishtiyoqmandga rozi boʻlmaydi. Chunki qaytib kelmaslik sharti bilan zavolga mahkum boʻlgan tomoshabin zavolni tasavvur qilib muhabbati adovatga aylanadi, hayrati mensimaslikka, hurmati tahqirga mayl etadi. Chunki xudbin inson bilmagan narsasiga dushman boʻlgani kabi, yetishmagan narsasiga ham qarshidir.
Xolbuki nihoyatsiz bir muhabbat cheksiz shavq va sevish orqali javobga loyiq boʻlgan jamolga nisbatan yashirin adovat, kin va inkor bilan javob beradi. Xullas, kofir Allohning dushmani boʻlishining sirri bundan anglashiladi.
Modomiki nihoyatsiz saxovat, joʻmard, mislsiz jamol, husn, kamchiliksiz kamolot, abadiy mutashakkirlarni, mushtoqlarni, sevuvchilarni taqozo qiladi. Xolbuki bu dunyo musofirxonasida hamma tez ketib gʻoyib boʻlayotganini koʻrayapmiz. U saxovatning ehsonini faqat ozgina totadi. Ishtahasi ochiladi, faqat yemasdan ketadi. U jamol, u kamolning ham faqat biroz nuriga, balki zaif bir soyasiga bir onda qarab, toʻymasdan ketadi. Demak, bir sayrongohi doimiyga ketilyapti.
Alhosil: Qandayki shu olam butun mavjudoti bilan Sone'-i Zuljaloliga qat'iy dalolat qiladi, Sone'-i Zuljalolning ham sifot va asmo-i qudsiyasi dori oxiratga dalolat qiladi va koʻrsatadi va istaydi.
BESHINCHI HAQIQAT: Bobi shafqat va ubudiyati Muhammadiyadir (Alayhissalotu Vassalam). Ismi Mujib va Rahimning jilvasidir.
Hech mumkinmidirki: Eng adno bir hojatni eng adno bir maxluqidan koʻrib kamoli shafqat bilan kutmagan yeridan is'af etgan va eng yashirin bir ovozni eng yashirin bir maxluqidan eshitib imdod etgan, lisoni hol va qol bilan istanilgan hamma narsaga ijobat etgan nihoyatsiz bir shafqat va bir marhamat sohibi bir Rob, eng buyuk bir abdidan,
{(Hoshiya) Ha, bir ming uch yuz ellik yil saltanat surgan, saltanati hozir ham davom etayotgan, aksar vaqtlarda uch yuz ellik milliondan koʻproq xalqi boʻlgan, xar kun butun xalqi u zotga bay'atini yangilagan, u zotning kamolotiga shahodat qilgan va kamoli itoat bilan amrlariga boysungan, Yerning yarmi va bashariyatning beshdan biri u zotning boʻyogi bilan boyalsa, ya'ni ma'naviy rangi bilan ranglansa, u zot ularning qalblarinig mahbubi va ruhlarining murabbiyi boʻlsa, albatta u zot shu koinotda tasarruf etgan Robning eng buyuk quli boʻladi. Aksar koinot turlari u zotning moʻ'jizasi mevasi boʻlib, u zotning vazifasini va xodimligini olqishlasa, albatta u zot shu koinot Xoliqining eng sevgili maxluqi boʻladi. Butun insoniyat butun iste'dodi bilan boqiylikka ehtiyoji bor. U ehtiyoj, insonni asfali sofiliyndan a'loyi illiyinga chiqaradi. Albatta, u ehtiyoj eng buyuk bir ehtiyoj boʻlib uni eng buyuk quli barcha qullarining nomidan uni Qoziyul Hojatdan istaydi.}
eng sevgili bir maxluqidan eng buyuk hojatini koʻrib qondirmasin, is'af etmasin, eng yuksak duoni eshitib qabul qilmasin!.. Ha, masalan hayvonotning zaiflarining va bolalarining rizq va tarbiyalari xususida koʻringan lutf va suhulati koʻrsatyaptiki: Shu koinotning Moliki nihoyatsiz bir rahmat bilan rububiyat etadi. Rububiyatida bu daraja rahimona bir shafqat, hech mumkinmidirki maxluqotning eng afzalining eng goʻzal duosini qabul qilmasin!.. Bu haqiqatni Oʻn Toʻqqizinchi Soʻzda izoh qilganimdek, bu yerda ham mukarraran shunday bayon qilaylik:
Ey nafsim bilan barobar meni tinglagan birodar! Hikoya-i tamsiliyada aytgandik: Bir orolda bir ijtimo' bor... Bir yovari akram nutq oʻqiyapti. U ishorat qilgan haqiqat shundaydirki: Kel! Bu zamondan tajarrud etib, fikran Asri Saodatga va xayolan Jazirat-ul Arabga ketamiz. Toki, Rasuli Akramni (Alayhissalotu Vassalam) vazifa boshida va ubudiyat ichida koʻrib, ziyorat qilamiz. Qara! U zot qandayki risolati bilan, hidoyati bilan saodati abadiyaning sababi husuli va vasila-i vusulidir. Shuning kabi, ubudiyati bilan va duosi bilan u saodatning sababi vujudi va Jannatning vasila-i ijodidir.
Mana boq! U zot shunday bir saloti kubroda, bir ibodati ulyoda saodati abadiya uchun duo qilyaptiki, goʻyo bu jazira, balki butun Arz uning azamatli namozi bilan namoz oʻqiyapti, niyoz etyapti. Chunki ubudiyati esa, unga ittibo etgan ummatning ubudiyatini tazammun etgani kabi, mavafaqot sirri bilan butun anbiyoning sirri ubudiyatini tazammun etadi. Ham u saloti kubroni shunday bir jamoati uzmoda oʻqiyapti, niyoz etyaptiki, goʻyo bani Odamning Hazrati Odamdan asrimizga qadar, balki qiyomatga qadar butun nuroniy va komil insonlar unga tobe boʻlish bilan iqtido qilib duosiga omin deydilar.
{(Hoshiya1) Ha, munojoti Ahmadiya (S.A.V.) davridan hozirgacha butun ummatning butun salotlari va salovotlari u zotning duosiga doimiy omin va umumiy ishtirok hisoblanadi. Hatto unga keltirilgan xar bir salovot ham, u zotning duosiga bir omin boʻladi. Ummatining xar bir aʻzosi xar bir namozda u zotga salotu salom keltiradi. Qomatdan soʻng Shofe'iylarning u kishiga duo qilishi, u zotning abadiy saodat xususidagi duosiga oʻta quvvatli va umumiy omin boʻladi. Mana, butun bashar insonilik fitratining hol tili bilan, butun quvvati bilan istagan boqiylik va abadiy saodatni, bashariyat nomidan Zoti Ahmadiya (S.A.V.) istayapti va insonning nuroniy qismi u zotning orqasida omin deyapti. Ajabo, bu duoning qabulga yaqin boʻlmasligi mumkinmi hech?!}
Qara, ham shunday baqo kabi bir hojati omma uchun duo qilyaptiki, nafaqat ahli Arz, balki ahli samovot, balki butun mavjudot niyoziga ishtirok qilib lisoni hol bilan : "Oh, ha yo Robbana! Ber, duosini qabul qil. Biz ham istaymiz", deyaptilar. Ham boq!.. Shunday hazinona, shunday mahbubona, shunday mushtoqona, shunday tazarrukorona saodati boqiya istayaptiki, butun koinotni yigʻlattirib, duosiga ishtirok ettiryapti.
Yana, insonni va butun maxluqotni asfali sofiliyn boʻlgan fano-i mutlaqqa yiqilishdan, qiymatsizlikdan, foydasizlikdan, abasiyatdan a'loyi illiyin boʻlgan qiymatga, baqoga, ulugʻ vazifaga, Samadoniy maktublar darajasiga chiqarish maqsadi, gʻoyasi uchun saodat istab duo qilyapti.
Yana shunday yuksak bir madad va yordam uchun yolvorib istayapti va shirin rahmat tilagan duosi bilan yolvoryaptiki: Goʻyo butun mavjudotga, samovotga, arshga eshittirib oʻzidan kechtirib duosiga "Omin, Allohumma omin" dediryapti.
{(Hoshiya2) Ha, bu olamning mutasarrifi, butun tasarrufoti shuurli, olimona, hikmatli ekani kuzatiladi. Mutasarrif oʻz masnu'oti ichida eng mumtoz qulining harakatlariga shuuri va ittilo'i boʻlmasligi hech bir jihatdan mumkin emas. Mutasarrifi Alim u tanlangan qulining harakatlarini va da'avatini (duolariga) bilib unga nisbatan loqayd qolishi, ahamiyat bermasligi ham hech bir jihatdan mumkin emas. Mutasarrifi Qodiri Rahim uning duolariga loqayd qolmay, duolarni qabul qilmasligi hech bir jihat bilan mumkin emas. Ha, zoti Ahmadiyaning (S.A.V.) nuri bilan olamning shakli oʻzgardi. Inson va butun koinotning haqiqiy mohiyati u nur, ziyo bilan rivojlandi va koʻrindiki: Koinotdagi mavjudot, asmo-i Ilohiyani oʻqitgan Samadoniy maktublardir, xar biri vazifa yuklangan xodimdir. Boqiylikka sazovor qiymatli va ma'nodor mavjudotdir. Agar u Nur boʻlmasa edi, mavjudot mutlaq foniylikka mahkum, qiymatsiz, ma'nosiz, foydasiz, abas, chalkash, tasodif oʻyinchogʻi boʻlgan vahima zulmati ichida qolar edi. Bu sir sababli: Insonlar zoti Ahmadiyaning (S.A.V.) duosiga omin deganlari kabi, arshu zamin, yerdan surayyo yulduzigacha butun mavjudot uning nuri bilan iftixor etib, aloqadorlik koʻrsatadi. Zotan ubudiyati Ahmadiyaning (S.A.V.) ruhi duodir. Balki koinotning harakatlari va xizmatlari bir tur duodir. Masalan: Bir urugʻning harakatlari, Xoliqidan daraxt boʻlishiga bir navʻ duodir.}
Yana eng yashirin bir ziyhayotning eng yashirin istagini, eng yashirin niyozini koʻradigan, eshitadigan, qabul qiladigan, marhamat qiladigan Sami' va Karim bir Qodirdan, Basir va Rahim bir Alimdan saodat va baqoni istayapti. Hol tili bilan boʻlsa ham, ijobat qiladi. Shunday hakimona, basirona, rahimona suratda beradi va ijobat etadiki, tarbiya va tadbir shunday Sami' va Basirga maxsus, Karim va Rahimga xosligiga shubha qoldirmaydi.
Ajabo, butun bani odamni orqasiga olib, bu Yer ustida turib, arshi a'zamga qarata qoʻl koʻtarib, bashariyatning qullik xulosasini jamlagan ubudiyati Ahmadiya (S.A.V.) haqiqati ichida duo qilayotgan insoniyatning sharafi va butun borliqlarning eng qiymatlisi va barcha davrlarda yagona boʻlgan Faxri Koinot (S.A.V.) nima soʻrayotganini, tinglaylik. Qara, oʻziga va ummatiga abadiy saodat istayapti, baqo istayapti, Jannat istayapti. Mavjudot oynalarida jamollarini koʻrsatgan butun muqaddas Ilohiy asmo bilan birga istayapti. Asmodan shafoat talab qilyapti, koʻryapsan. Agar oxiratning keltirib chiqaradigan hisobsiz sabablar, borligining dalillari boʻlmaganida, faqat bu zotning bir duosi, bahorimizning ijodi qadar Xoliqi Rahimning qudratiga oson boʻlgan shu Jannatning binosiga sabab boʻlar edi...
{(Hoshiya1) Ha, oxiratga nisbatan oʻta tor sahifa boʻlgan roʻyi zaminda behisob gʻaroyib san'at namunalarini va hashr va qiyomatning misollarini koʻrsatish, uch yuz ming kitob boʻlgan muntazam sanʻat turlarini bitta sahifada kamoli intizom bilan yozib joylashtirish, albatta keng boʻlgan olami oxiratda latif va muntazam Jannatning binosidan va ijodidan ham mushkulroq. Jannat bahordan naqadar yuksak boʻlsa, shu daraja bahor bogʻlarini yaratish Jannatdan ham qiyinroq va hayratga soluvchi deb boʻladi.}
Ha, bahorimizda yer yuzini koʻrgazma qilgan, yuz ming hashr namunalarini ijod qilgan Qodiri Mutlaqqa Jannatning ijodi qanday ogʻir boʻlishi mumkin? Demak, u zotning risolati bu imtihon diyorining ochilishiga sabab boʻlib, لَوْلَاكَ لَوْلَاكَ لَمَا خَلَقْتُ الْاَفْلَاكَ sirriga sazovor boʻldi. Shuning kabi, ubudiyati ham narigi saodat diyorining ochilishiga asos boʻldi.
Ajabo, butun aqllarni hayratda qoldirgan bu olam intizomi va keng rahmat ichida qusursiz husni san'at, mislsiz rububiyat jamoli, u duoga ijobat etmaslik orqali bir xunuklikni, marhamatsizlikni, intizomsizlikni qabul qilishi mumkinmi hech? Ya'ni, eng juz'iy, eng ahamiyatsiz istaklarini, ovozlarni ahamiyat bilan eshitib bajo keltirsa, amalga oshirsa-yu, eng ahamiyatli, kerakli orzularni ahamiyatsiz koʻrib eshitmasligi, anglamasligi, qilmasligi mumkinmi? Aslo va qatʻiyyan, yuz ming marta yoʻq! Bunday jamol bunday xunuklikni qabul qilib xunuk boʻlolmaydi.
{(Hoshiya2) Ha, haqiqatlarning oʻzgarishi imkonsizligiga ittifoq qilingan. Haqiqatlarning oʻzgarishi ichida qat qat imkonsiz, bir zid oʻzining ziddiga oʻzgarishi va bu oʻzgarishlar ichida ochiq oydin ming daraja imkonsizlik shuki: Zid, oʻz mohiyatida qolishi bilan birga, yana ziddining aynisi boʻlishi kerak. Masalan: Nihoyatsiz jamol, haqiqiy jamol boʻlib, haqiqiy xunuklikka aylanadi. Bu misolimizda koʻrilgan va borligi qatʻiy boʻlgan bir rububiyat jamoli, oʻz mohiyatida turar ekan, xunuklikka aylanadi. Bu esa dunyoda imkonsiz va botil misollarning eng ajibi boʻladi.}
Demak, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam risolati orqali dunyoning eshigini ochgani kabi, qulligi bilan ham oxiratning eshigini ochadi...
OLTINCHI HAQIQAT: Hashamat va sarmadiyat eshigi boʻlib, Jalil va Boqiy ismining jilvasidir.
Butun mavjudotni Quyoshlardan, daraxtlardan zarralarga qadar amr ostidagi askar qilib boʻsundirgan va boshqargan Rububiyat hashamati, bu dunyo musofirxonasida vaqtincha hayot kechirgan abgor foniylar ustida turishi.. doimiy, boqiy hashamat diyori va abadiy, oliy rububiyat asosini ijod qilmasligi mumkinmi hech?!
Bu koinotda kuzatilgan mavsumlarning almashishi kabi hashamatli ijroot va sayyoralarning tayyora-misol harakatlari kabi azamatli harakatlari, yerni insonga beshik, quyoshni xalqqa chiroq qilish kabi dahshatli boʻysundirish, oʻlgan va qurigan Kura-i Arzni tiriltirish, bezash kabi keng almashish koʻrsatyaptiki: Parda orqasida muazzam bir rububiyat bor, muhtasham bir saltanat bilan hukm qilyapti. Bunday rububiyat saltanati, oʻziga loyiq xalqni taqozo qiladi va loyiq insonlarni iqtizo qiladi. Xolbuki: Mohiyat jihatidan eng jamlovchi va muhim xalqi va bandalari, bu dunyo musofirxonasida abgor suratda vaqtincha toʻplanganini koʻrayapsan. Musofirxona esa, xar kun toʻladi, boʻshaladi. Butun xalq esa, xizmat tajribasi uchun bu imtihon maydonida vaqtincha turibdi. Maydon esa xar soat oʻzgaradi. Butun xalq Sone'-i Zuljalolning qiymatli ehsonlarining namunalarini va gʻaroyib san'at antiqalarini olam bozori koʻrgazmalarida, tijorat uchun tomosha qilishga shu koʻrgazmada bir necha daqiqa toʻxtab tomosha qilyapti, soʻng gʻoyib boʻlyapti. Bu koʻrgazma, xar daqiqa oʻzgarayapti. Ketgan kelmaydi, kelgan ketadi.
Bu holat va shu vaziyat: Bu musofirxona, maydon va koʻrgaqzmalarning orqasida, doimiy saltanatga sabab va sazovor boʻladigan doimiy saroylar, sobit maskanlar, dunyoda koʻrgan namunalarimiz va suratlarning eng toza va eng yuksak asllariga toʻla bogʻ va xazinalari borligini qat'iy koʻrsatadi. Demak, bu yerdagi saʻy-harakat u tomon uchun. Bu yerda ishlatadi, u yerda haqqini beradi. Hammaning iste'dodiga koʻra (agar qoʻldan chiqarmasa) u yerda saodati bor. Ha, bunday sarmadiy bir saltanat, shu foniy va yoʻqoladigan zalillar ustida turishi imkonsiz...
Bu haqiqatga ushbu misol durbini bilan qara: Masalan sen yoʻlda ketyapsan, yoʻlda bir karvonsaroy koʻrding. Bir buyuk zot bu karvonsaroyni huzuriga keladigan musofirlari uchun qurgan. Musofirlarning bir kechalik dam olishi va ibratlari uchun, karvonsaroy ziynati uchun millionlab oltinlar sarflayapti. Musofirlar ziynatlarning oz qisminin qisqa vaqtda tomosha qilib, ne'matlardan juda oz vaqtda, oz narsa totib, toʻymasdan ketyapti. Lekin xar bir musofir oʻziga maxsus fotoapparati bilan u karvonsaroydagi narsalarning suratlarini olyapti. Buyuk zotning xizmatkorlari ham, musofirlarning muomalalari suratini oʻta diqqat bilan olyapti va qayd qilyapti. U zot xar kuni qiymatli ziynatlarning koʻpini buzayotganini koʻrayapsan. Yangi keladigan musofirlar uchun yangi ziynatlarni ijod qilyapti. Buni koʻrgandan soʻng: Bu yoʻlda bu karvonsaroyni qurgan zotning doimiy, gʻoyat oliy manzillari, ham tuganmas, oʻta qiymatli xazinalari, ham sobit, oʻta buyuk saxovati borligiga hech shubhang qoladimi?! Bu karvonsaroyda koʻrsatgan ikromi orqali, musofirlarini huzuridagi narsalarga ishtahalarini ochyapti va ularga tayyorlagan hadyalarga ragʻbatini uygʻotyapti. Aynan shuning kabi, bu dunyo musofirxonasidagi vaziyatga sarxush boʻlmasdan e'tibore bersang ushbu toʻqqiz asosni anglaysan:
Birinchi Asos: U karvonsaroy kabi bu dunyo ham oʻzi uchun emasligini bilasan. Oʻzidan oʻzi ham bu suratni olishi imkonsiz. Balki maxluqot karvonining kelib tushish va koʻchish uchun toʻlib boʻshalgan, hikmat bilan qurilgan bir musofirxonasidir.
Ikkinchi Asos: Bu karvonsaroyning ichida oʻtirganlar musofirlari, ularning Robbi Karimi ularni Dorus-Salomga chaqirishini bilasan.
Uchinchi Asos: Bu dunyodagi ziynat, faqat lazzatlanish yoki tanaffus uchun emas. Chunki bir muddat lazzat bersa, firogʻi bilan uzoq muddat azob beradi. Senga tottiradi, ishtahangni ochadi, faqat toʻydirmaydi. Chunki yo uning umri qisqa, yo sening umring qisqa. Toʻyish uchun kifoya emas. Demak, qiymati yuksak, ushbu muddati qisqa ziynatlanish ibrat uchun,
{(Hoshiya1) Ha, modomiki hamma narsaning qiymati va nozik sanʻati oʻta yuksak va goʻzal boʻlsada, muddati qisqa, umri oz. Demak, narsalar namunalar boʻlib, boshqa narsalarning suratlari hukmidadir. Modomiki mijozlarning e'tiborini asllariga qaratayotganiga oʻxshagan holat bor. Shunday ekan, albatta bu dunyodagi ziynatlanish, bir Rahmoni Rahimning rahmati bilan sevgan qullariga tayyorlangan Jannat ne'matlarining namunalaridir deyish mumkin, deyiladi va shundaydir. }
shukr uchun, doimiy usuliga tashviq qilish uchun. Boshqa oʻta ulugʻ gʻoyalar uchun ekanini bilasan.
Toʻrtinchi Asos: Bu dunyodagi ziynatli narsalar
{(Hoshiya2) Ha, hamma narsaning vujudining koʻp gʻoyalari va hayotining koʻplab natijalari bor. Abas va hikmatsizlik aralashmasligi uchun ahli zalolat tasavvur qilganidek dunyoga, nafslariga tegishli maqsadlar bilan cheklanib qolmagan. Balki hamma narsaning borligining gʻoyalari va hayot natijalari uch qism:
Birinchisi va eng ulugʻi, Sone'iga tegishli. Ahyoga qoʻygan san'at gʻaroyiboti ziynatini Shohidi Azaliyning e'tiboriga namoyish qilish tarzida taqdim qilish boʻlib, u e'tiborga bir kelib ketuvchi bir on yashash kifoya qiladi. Balki vujudga kelmasdan, niyat hukmida boʻlgan iste'dodi ham kifoya. Demak, tez oʻladigan latif maxluqlar va vujudga kelmagan, ya'ni unib chiqmagan gʻaroyib san'at hisoblangan urugʻlar, danaklar bu gʻoyani toʻliq mos. Foydasizlik va abasiyat ularga tegishli emas. Demak, hamma narsa hayoti bilan, vujudi bilan Sanʻatkorning moʻ'jizalarga toʻla qudratini va san'at asarlarini koʻrsatib, Sultoni Zuljalolning nazariga taqdim qilish birinchi gʻoyasidir.
Ikkinchi qism yaratilish maqsadi va hayot natijasi shuur egalariga tegishli. Ya'ni, hamma narsa Sone'-i Zuljalolning haqiqatlarini koʻrsatgan maktubi, latofatini koʻrsatgan qasidasi, hikmatli kalimasi boʻlib, farishtalar, jin, hayvon va insonning e'tiboriga taqdim qiladi, mutolaaga da'vat qiladi. Demak, unga qaraqan xar shuur sohibiga ibratnamo bir mutolaagohdir.
Uchunchi qism yaratilish maqsadi va hayot natijasi, narsaning oʻzoga tegishli boʻlib, lazzat va dam olish, boqiy va rohatda yashash kabi kichik natijalardir. Masalan: Azim sultoniy kemada bir xizmatkorning rulni boshqaruvchilik qilishdan maqsad, kema e'tibori bilan yuzdan biri oʻziga, yaʻni kichik maoshiga oid.. toʻqson toʻqqizi sultonga oid. Huddi shuning kabi hamma narsaning oʻziga va dunyoga oid gʻoyasi bir boʻlsa, Sone'iga oidi toʻqson toʻqqizdir. Bu gʻoyalarning koʻligi sababli, bir-biriga zid va teskari koʻringan hikmat va tejash, judu saxo, xususan nihoyatsiz saxovat bilan yordamining sirri shudirki: Koʻp gʻoyalar nuqta-i nazaridan judu saxo hukm qiladi, ismi Javvod tajalliy etadi. Mevalar, ulugʻlar; bir gʻoya nuqta-i nazarida hisobsiz. Nihoyatsiz boylikni koʻrsatadi. Lekin barcha gʻoyalar uchun, hikmat hukm qiladi, Hakim ismi tajalliy etadi. Bir daraxtning qancha mevalari boʻlsa, balki har mevaning shunchalik gʻoyalari borki, biz bayon qilgan uch qismga ajraladi. Barcha gʻoyalar nihoyatsiz hikmat va tejamkorlikni koʻrsatadi. Ters kabi koʻringan nihoyatsiz hikmat nihoyatsiz boylik bilan, saxovat bilan birlashadi. Masalan: Askar qoʻshinining bir gʻoyasi osoyishtalikni ta'minilashdan iborat. Bu gʻoyaga asosan qancha askar istasang bor, hatto ortigʻi bilan mavjud. Lekin hudud himoyasi va dushman bilan urushish kabi boshqa vazifalar uchun mavjud qoʻshin zoʻrga kifoya qiladi. Bu esa kamoli hikmat bilan muvozanadadir. Demak, hukumatning hikmati hashamat bilan birlashadi. Demak askarlikda ortiqchalik yoʻq deyish mumkin.} Jannatda ahli iymon uchun rahmati Rahmon bilan yigʻib qoʻyilgan ne'matlarning namunalari, suratlari hukmidadir.
Beshinchi Asos: Bu foniy sanʻatlar fano uchun emas, ozgina koʻrinib mahv boʻlish uchun yaratilmaganini bilasan. Balki vujudda qisqa vaqt toʻplanib, surati olinishi, rasmi tutilishi, ma'nosi bilinishi, natijalari zabt etilishi uchun kerakli holatda boʻladi... Masalan, abadiyat ahli uchun doimiy manzaralar yozilishi, boqiy olamda boshqa gʻoyalarga asos boʻlishi kerak.
Ashyo baqo uchun yaratilganini, fano uchun emasligini, balki suratan fano boʻlsa ham toʻliq vazifa va nafaqaga chiqish ekani quyida anglashiladi: Foniy narsa bir jihatda fanoga ketadi, lekin koʻp jihatlar bilan boqiy qoladi. Masalan, qudrat kalimalaridan boʻlgan bir gulga nazar sol. Qisqa vaqt tabassum qilib bizga qaraydi, keyin fano pardasiga yashirinadi. Lekin sening ogʻzingdan chiqqan soʻz kabi ketadi, lekin minglab misollarini quloqlarga joylashtiradi. Tinglagan aqllar adadicha ma'nolarini aqllarda qoʻyadi. Chunki maʻnoni ifodalash vazifasi tugagandan keyin ketadi, lekin uni koʻrgan hamma narsaning xotirasida zohiriy suratini va xar bir danagida ma'naviy mohiyatini qoldirib ketadi. Goʻyo xar bir xotira bilan xar danak, ziynatini saqlashga fotoapparat va davomi etishi uchun manzillardir. Eng oddiy hayot martabasidagi maxluq bunday boʻlsa, eng yuksak hayot tabaqasi va boqiya ruh sohibi boʻlgan inson, qanchalik baqo bilan aloqador ekani anglashiladi. Ulkan gulli va mevali nabototning xar birining bir oz ruhga oʻxshagan tashkil etilish qonuni, koʻrinish surati, zarrachalar kabi danaklarda kamoli intizom bilan, dagʻdagʻali inqiloblar ichida saqlanishi va muhofaza etilishi bilan gʻoyat qamrovli va yuksak mohiyatga ega, tashqi vujud kiydirilgan, shuurga ega nuroniy toʻgʻridan toʻgʻri amr qonuni boʻlgan bashar ruhi, qay daraja baqoga bogʻliq va aloqador ekani anglashiladi.
Oltinchi Asos: Inson ipi boʻyniga oʻralgan, istagan joyida oʻtlash uchun bebosh qoʻyilmagan, balki butun amallarining suratlari olinib yozilishi va butun harakatlarining natijalari hisob qilinishi uchun qayd qilinishini bilasan.
Yettinchi Asos: Kuz mavsumida yoz-bahor olamining goʻzal maxluqotining buzilishi yoʻqlik emas. Balki vazifasi tugagani uchun nafaqaga chiqishdir.
{(Hoshiya) Rahmatning ozuqa xazinanalaridan hisoblangan daraxtning uchida va shoxlarining boshidagi mevalar, gullar, yaproqlar keksayib, vazifasi tugagach orqasidan oqib kelganlarga eshik yopilmasligi uchun ketishi kerak. Aks holda, rahmatning kengligi va boshqa birodarlarining xizmatiga toʻsiq boʻladi. Yoshlik ketgani uchun ham xor, ham abgor boʻladi. Demak, bahor ham, koʻrgazma kabi mevador daraxtdir. Xar asrdagi inson olami, ibrat beradigan daraxtdir. Yer ham, ajoyib koʻrgazma boʻlgan qudrat daraxtidir. Hatto dunyo ham, mevalari oxirat bozoriga yuborilgan bir hayrat beradigan daraxtdir.} Keyingi bahorda keladigan maxluqlarga yer boʻshatish uchun boʻshalish va yangi vazifa bajaruvchilar kelib oʻrnashadigan va vazifali mavjudotning kelishiga yer tayyorlash va hozirlash hisoblanadi. Shuur egalariga vazifasini unuttirgan gʻaflatdan va shukrini unuttirgan sarxushlikdan iqozoti Subhoniy ekanini bilasan.
Sakkizinchi Asos: Bu foniy olamning doimiy Sone'i uchun boshqa va boqiy olami borligi, qullarini u yerga chorlaganini va unga tashviq qilganini bilasan.
Toʻqqizinchi Asos: Bunday Rahmon, bu olamda, xos qullariga shunday ikromlar qilishi, uni na koʻz koʻrgan na quloq eshitgan na bashar qalbiga xutur etganini bilasan. Amanna...
YETTINCHI HAQIQAT: Hifz va hofiziyat eshigi boʻlib, Hofiz va Roqib ismining jilvasidir.
Osmonda, yerda, quruqlikda, dengizda, hoʻl-quruq, kichik- katta, oddiy-oliy hamma narsani kamoli intizom va mezon ichida muhofaza qilib, natijalarini hisob kitob bilan elagan hofiziyat, inson kabi buyuk fitratda, xilofati kubro kabi rutbada, omonati kubro kabi buyuk vazifasi boʻlgan basharning xar bir borliqni rububiyatiga munosabati boʻlgan amallari va harakatlari muhofaza qilinmasligi, hisob-kitob elagidan oʻtkazilmasligi, adolat tarozisida tortilmasligi, loyiq jazo va mukofot olmasligi mumkinmi hech?! Yoʻq, aslo!..
Bu koinotni boshqargan zot hamma narsani nizom va mezon ichida muhofaza qiladi. Nizom va mezon esa, ilm bilan, hikmat va iroda bilan qudratning koʻrinishidir. Chunki, xar bir maxluq vujudida oʻta muntazam va oʻlchovli yaratilayotganini koʻryapmiz. Hayoti muddati davomida oʻzgartirgan suratlari ham, intizomli boʻlib, butuni ham intizom ostida ekanini koʻryapmiz. Hofizi Zuljalol vazifasi tugashi bilan umri tugatilyotgan va bu shahodat olamidan koʻchib ketgan hamma narsani bir qancha suratlarini saqlangan lavhalarga oʻxshagan {(Hoshiya1) Yettinchi Suratning hoshiyasiga qara.} xotiralarda va bir qancha misoliy oynalarda saqlab, aksar hayot yoʻlini urugʻida, natijasida naqsh qilib yozyapti. Zohir va botin oynalarga qoʻyayapti. Masalan: Inson xotirasi, daraxtning mevasi, mevaning danagi, gulning urugʻi hofiziyat qonuni qamrovining kattaligini koʻrsatyapti.
Ulkan bahorning barcha gulli, mevali mavjudoti va ularning oʻziga koʻra butun amal sahifalari, tashkil qilinishining qonunlari va suratlarining timsollari, chegaralangan bir miqdor danakchalar ichlarida yozilib, muhofaza qilinyapti. Ikkinchi bir bahorda ularga koʻra hisob-kitob ichida amal sahifasini nashr qilib, kamoli intizom va hikmat bilan boshqa ulkan bahor olamini yuzaga keltirib, hofiziyatning naqadar quvvatli ihota bilan jarayon etganini koʻrsatyapti. Ajabo, oʻtkinchi, oddiy, baqosiz, ahamiyatsiz narsalar shunchalik muhofaza qilinsa, gʻayb olami, oxirat olami, ruhlar olamida maxluqlar rububiyatida muhim samara bergan basharning amallari saqlanib nazorat qilinish koʻrinishida, ahamiyat bilan qayd qilinmasligi mumkinmi hech? Yoʻq va aslo!
Bu hofiziyatning bu suratda tajalliysidan anglashiladiki: Mavjudotning Moliki mulkida jarayon etgan hamma narsaning tinchlik va tartibiga qattiq e'tibor bergan. Hokimiyat vazifasida oʻta diqqat qiladi. Rububiyati saltanatida katta ahamiyat bergan. Eng kichik hodisani, eng kichik xizmatni yozadi, yozdiradi. Mulkida jarayon etgan hamma narsaning suratini koʻp narsalarda saqlaydi. Bu hofiziyat: Ahamiyatli amallar daftari hisob kitob daftari ochiladi, xususan mohiyat jihatidan eng buyuk, eng mukarram, eng musharraf bir maxluq boʻlgan insonning katta amallari, muhim boʻlgan harakatlari, muhim hisob va mezonga qoʻyilishiga, amallari sahifasi nashr qilinishiga ishorat qiladi.
Inson xilofat va omonat bilan mukarram qilinib, rububiyatning kulliyati ishlariga shohid boʻlib kasrat doiralarida, vahdoniyati Ilohoyaning dallolligini e'lon qilib, aksar mavjudotning tasbehot va ibodatlariga aralashib zobitlik va guvohlik darajasiga chiqib, soʻng qabrga kirib rohatda yotishi, uygʻotilmasligi mumkinmi ajabo?! Katta-kichik xar bir amalidan soʻroq qilinmaydimi?! Mahsharga borib mahkama-i kubroni koʻrmaslik imkoni bormi?! Yoʻq va aslo!..
Kelajakda
{(Hoshiya) Hozirdan olam yaratilishining ibtidosigacha oʻtgan moziyning tamomi sodir boʻlgan. Vujudga kelgan xar bir kuni, xar bir yili, xar bir asri, satrlar, sahifalar, kitoblar boʻlib, qadar qalami bilan chizilgan. Dasti qudratning moʻ'jizalari dalillarini ularda kamoli hikmat va intizom bilan yozgan.
Hozirdan qiyomatga, Jannatga, abadgacha boʻlgan kelajak zamonning butuni imkonot hisoblanadi. Ya'ni, moziy sodir boʻlgan, kelajak imkonotdir. Ikki zamonning ikki silsilasi bir-biriga qarshi solishtirilsa, kechagi kunni yaratgan va u kunga maxsus mavjudotni ijod qilgan Zot, ertangi kunni mavjudoti bilan xalq etishga qodir ekani hech bir tomondan shubha qoldirmaydi. Xuddi shuning kabi: Gʻaroyib maydon boʻlgan moziyning mavjudoti va gʻaroyib narsalari, bir Qodiri Zuljalolning moʻ'jizalaridir. Qodir zot butun istiqbolni, butun mumkinotni ijod qilishga, barcha ajoyib narsalarni chiqarishga qodir ekaniga shubha yoʻq.
Bir olmani yaratadigan zot, albatta dunyoda butun olmalarni yaratishga va ulkan bahorni ijod qilishga qodir boʻlishi kerak boʻladi. Kim bahorni ijod qila olmasa, bir olmani ham ijod qila olmaydi. Chunki olma oʻsha dastgohda toʻqiladi... Bir olmani ijod qilgan zot, bir bahorni ijod qilishi mumkin. Bir olma bir daraxtning, balki bir bogʻning, balki bir koinotning kichik misolidir. San'ati e'tibori bilan ulkan daraxtning butun hayot tarixiga ega olmaning urugʻi san'at gʻaroyibi boʻlib: Uni ijod qilgan, hech narsadan ojiz qolmaydi. Xuddi shuning kabi, bugunni yaratgan, qiyomat kunini yarata oladi va bahorni ijod qiladigan, hashrning ijodiga qodir bir zot boʻla oladi. Moziyning butun olamlarini davr tasmasiga kamoli hikmat va intizom bilan taqib koʻrsatgan zot, albatta istiqbol tasmasiga ham boshqa koinotni qoʻyib koʻrsata oladi va koʻrsatadi. Bir qancha Soʻzlarda, xususan Yigirma Ikkinchi Soʻzda: Hamma narsani qila olmagan zot, hech bir narsani qila olmasligini, bitta narsani yaratgan, hamma narsani qila olishini, ashyoning ijodi yagona zotdan deb bilish, butun ashyo bir narsa kabi oson boʻlishini, osonlik paydo qilishini, agar koʻp sabablardab deyilsa va koʻplikka isnod etilsa, birgina narsaning ijodi, butun ashyoning ijodi qadar qiyin boʻlishini va imkonsiz qiyinchilik paydo qilishini oʻta qat'iy isbot qilganmiz.}
imkoni doirasidagi narsalarga qodir ekaniga oʻtgan vaqtdagi qudrati moʻ'jizalari boʻlgan ishlari guvohlik qilgan, qiyomat va hashrga juda oʻxshagan qish bilan bahorni xar doim koʻz oʻngida ijod qilayotgan bir Qodiri Zuljaloldan inson qanday qilib yoʻqlikka ketib qocha oladi, tuproqqa kirib yashirina oladi. Modomiki bu dunyoda unga loyiq hisob kitob qilinib, hukm chiqarilmayapti. Albatta, bir mahkama-i kubro, bir saodati uzmoga ketadi.
SAKKIZINCHI HAQIQAT: Va'd va va'id eshigidir. Jamil va Jalil ismining jilvasidir.
Alimi Mutlaq va Qodiri Mutlaq boʻlgan shu masnu'otning Sone'i, butun anbiyolar tavotur bilan xabar bergan va butun siddiqiyn va avliyo ijmo' bilan guvohlik qilgan takror-batakror Ilohiy va'd va va'idini amalga oshirmasdan, (also) ojizligi va johilligini koʻrsatishi mumkinmi hech?! Xolbuki va'd va va'ididagi amrlar qudratiga hech ogʻir kelmaydi. Juda yengil va juda oson.. Oʻtgan bahorning behisob mavjudotini keyingi bahorda qisman aynan, {(Hoshiya1) Daraxt va oʻtlarning ildizlari kabi...} qisman mislan {(Hoshiya2) Yaproqlar, mevalar kabi...} qaytarilishi qadar osondir. Va'dani bajarish esa, ham bizga, ham hamma narsaga, ham oʻziga, ham saltanati rububiyatiga juda ham lozim. Va'dadan qaytish esa, ham iqtidori izzatiga zid, ham ilmiy qamroviga ziddir. Zero, Va'dadan qaytish yo johillikdan yoki ojizlikdan kelib chiqadi.
Ey munkir! Kufr va inkoring bilan naqadar ahmoqona jinoyat sodir qilayotganingni, oʻz yolgʻonchi tasavvuringni, safsatachi aqlingni, aldovchi nafsingni tasdiqlab, hech bir tomondan bilan xulf va xilofga majburiyati boʻlmagan, uning izzatiga, haysiyatiga hech qanday xilof yarashmagan, koʻringan barcha narsalar va ishlar sidqiga va haqqoniyatiga shahodat qilgan zotni yolgʻonga chiqarayotganingni bilasanmi?! Nihoyatsiz kichiklik ichida nihoyatsiz buyuk jinoyat qilyapsan! Albatta, abadiy buyuk jazoga haqdor boʻlasan. Ba'zi ahli Jahannamning bir tishi togʻ qadar boʻlishi, jinoyatining kattaligiga bir miqyos qilib xabar berilgan. Sen: Quyoshning ziyosidan koʻzini yumgan, boshi ichidagi xayoliga qarab, tasavvuri, bir tilla qoʻngʻiz kabi boshga kiyiladigan fonarning nuri bilan dahshatli yoʻlini yoritishni xohlagan yoʻlovchiga oʻxshaydi. Modomiki mavjudot, haq soʻzlagan sodiq soʻzi, koinot hodisalari toʻgʻri soʻzlagan notiq oyatlari boʻlgan Janobi Haq va'da bergan, demak albatta qiladi. Bir mahkama-i kubro ochadi, bir eng buyuk saodati beradi.
TOʻQQIZINCHI HAQIQAT: Tiriltirish va oʻldirish eshigi boʻlib, Hayyi Qayyum, Muhyiy va Mumiyt ismining jilvasidir.
Oʻlgan, qurigan ulkan Yerni tiriltirgan...
tiriltirish ichida xar biri bashar hashri kabi ajoyib uch yuz mingdan ortiq maxluqlari turlarini hashr va nashr qilib qudratini koʻrsatgan...
hashr va nashr ichida oʻta qorishiq va aralash boʻlsada aniq tanlab, ajratib ilmining qamrovini koʻrsatgan...
butun samoviy farmonlarida basharning hashrini va'da qilib butun bandalarining e'tiborini abadiy saodatga yoʻnaltirgan...
butun mavjudotni boshlarini qovushtirib, yelkama-yelka turgʻazib, qoʻlni qoʻlga tuttirib, amr va irodasi doirasida aylantirib, bir-biriga yordamchi va musaxxar qilib azamati rububiyatini koʻrsatgan...
insonni koinot daraxtining eng qamrovli, eng nozik va eng nozanin, eng nozdor, eng niyozdor bir mevasi qilib yaratib, Oʻziga tinglovchi qilib, hamma narsani unga boʻysundirib, insonga shunchalik ahamiyat berganini koʻrsatgan...
bir Qodiyri Rahim, bir Aliymi Hakim Qiyomatni keltirmasligi mumkinmi?!
Hashrni qilmasligi va qila olmasligi mumkinmi?! Insonni tiriltirmasligi yoki qila olmasligi mumkmini?! Mahkama-i Kubroni ochmasligi mumkinmi?! Jannat va Jahannamni yaratmasligi mumkinmi?! Qatʻiyyan va aslo!..
Darhaqiqat, bu olamning Mutasarrifi Ziyshoni xar asr, xar yil, xar kun bu tor, vaqtincha roʻyi zaminda katta hashr va qiyomat maydonining juda koʻp oʻxshashlarini, namunalarini va ishoralarini yaratmoqda. Jumladan:
Bahoriy hashrda, besh-olti kun ichida kichik va katta hayvonot va nabototning uch yuz mingdan ortiq turlarini hashr etib nashr qilayotganini koʻrayapmiz. Barcha daraxtlarning, oʻtlarning ildizlarini va bir qancha hayvonlarni aynan tiriltiryapti, avvalgi holiga qaytarmoqda. Boshqalarini ham ayniyat darajasida bir misliyat suratida ijod qilmoqda. Xolbuki, moddatan juda oz farqi boʻlgan urugʻchalar bir-biriga aralashib ketganiga qaramay, kamoli ajratish va alohidalik bilan, oʻta tez, keng qamrovli va osonlik bilan kamoli intizom va mezon bilan olti kun yoki olti hafta mobaynida tiriltirmoqda. Bu ishlarni qilgan Zotga biron narsa ogʻirlik qilishi, osmonlar va yerni olti kunda yarata olmasligi, insonni bir qichqiriq bilan hashr qila olmasligini hech qabul qilish mumkinmiki? Also!..
Ajabo, bir moʻ'jizaviy kotib boʻlsa, harflari yo buzilgan yoki oʻchib ketgan uch yuz ming kitobni bir sahifada chalkashtirmasdan, xatosiz, yanglishsiz, nuqsonsiz hammasini birga, oʻta goʻzal suratda bir soatda yozsa,.. bir kishi senga: "Bu kotib oʻzi yozgan, sening suvga tushgan kitobingni bir daqiqa ichida hofizasidan yangidan yoza oladi" desa, sen: "Qilolmaydi, ishonmayman", deya olasanmi?!
Va yoxud, bir moʻ'jizakor sulton oʻz iqtidorini koʻrsatish uchun yoki ibrat va tanaffus uchun bir ishora bilan togʻlarni qoʻporib, mamlakatlarni oʻzgartirib, dengizni quruqlikka aylantirib tashlayotganini koʻrib turgan boʻlsang, keyin daraga katta bir tosh dumalab tushib, U Zot ziyofatga chaqirgan mehmonlarining yoʻlini toʻsib qoʻygan, oʻtolmayotganini koʻrsang, birov senga: "U Zot bir ishora bilan shu toshni qanchalik katta boʻlmasin qoʻporib tashlaydi yoki parchalab yuboradi, mehmonlarini yoʻlda qoldirmaydi" desa, sen: "Qoʻporib tashlamaydi yoki qoʻpara olmaydi", desang...
Va yoxud, bir zot bir kunda yangidan katta bir lashkarni tashkil qilgan boʻlsada, bir kishi: "U zot surning ovozi bilan askarlari istirohat uchun tarqalib ketgan batal'onlarni toʻplaydi, boʻlinmalar darhol uning nizomi ostiga kiradi" desa, sen "Ishonmayman" desang, naqadar telbalarcha harakat qilganingni anglaysan...
Ushbu uchta misolni tushungan boʻlsang, qara: Naqqoshi Azaliy koʻz oʻngimizda qishning oppoq sahifasini oʻgirib, bahor va yozning yashil varagʻini ochib, roʻyi Arzning sahifasida uch yuz mingdan ortiq turlarni qudrat va qadar qalami bilan eng chiroyli suratda yozmoqda. Bir-biri ichida bir-biriga aralashmaydi, birga yozadi, bir-biriga mone boʻlmaydi. Tuzilishda, koʻrinishda bir-biridan boshqacha boʻlsada, hech chalkashtirmaydi, xato qilmaydi.
Darhaqiqat, eng katta bir daraxtning ruh dasturini bir nuqta kabi eng kichik danakka joylab muhofaza qilgan Zoti Hakimi Hafiyz, vafot etganlarning ruhlarini qanday muhofaza qiladi, deyiladimi?
Kurra-i Arzni bir kichik tosh kabi aylantirayotgan Zoti Qodir, oxiratga ketayotgan mehmonlarining yoʻlidagi bu yerni qanday qilib olib tashlaydi yoki parchalaydi, deyisahs mumkinmi?!
Yana, yoʻq joydan, yangitdan butun hayot egalarining lashkarlarini butun jasadlarining "batal'on"larida kamoli intizom bilan zarralarni كُنْ فَيَكُونُ amri bilan qayd etib joylashtirgan, lashkarlar tashkil qilgan Zoti Zuljalol, batal'on-misol jasadning nizomi ostiga kirib bir-biri bilan tanishgan asosiy zarralari va asosiy qismlarini bir qichqiriq bilan qanday toʻplay oladi, deb boʻladimi?!
Bahor hashriga oʻxshagan dunyoning xar davrida, xar asrida, hatto, kecha-kunduzning almashishida, hatto havoda bulutlarni ijod qilish va yoʻq qilishda, hashrga namuna, misol va belgi boʻladigan koʻp naqshlar qilganini koʻzing bilan koʻrmoqdasan. Hatto, agar xayolan oʻzingni ming yil oldingi davrda faraz qilsang, keyin zamonning ikki qanoti boʻlgan moziy bilan istiqbolni bir-biriga roʻbaroʻ qilsang, asrlar va kunlar sanogʻicha hashr va qiyomatning namunalarini koʻrasan. Soʻng, shuncha namuna va misollarni koʻrib ham, jismoniy hashrni aqldan mantiqdan uzoq koʻrib inkor qilsang, naqadar telbalik qilganingni oʻzing ham anglaysan...
Farmoni A'zam biz bahs yuritayotgan haqiqatga doir nima deganiga qara:
Natija: Hashrga mone' boʻladigan hech bir narsa yoʻq. Sabab esa, hamma narsadir. Darhaqiqat, ajoyib koʻrgazma boʻlgan bu ulkan Yerni oddiy hayvon kabi oʻldirib yana tiriltirayotgan, inson va hayvonga yoqimli bir beshik, goʻzal kema qilib bergan, Quyoshni ularga bu mehmonxonada yorituvchi va isituvchi bir chiroq qilib qoʻygan, sayyoralarni malaklariga tayyora qilib bergan Zotning oʻta muhtasham va doimiy rububiyati, oʻta muazzam va keng hokimiyati, albatta, faqat bu oʻtkinchi, davomsiz, beqaror, ahamiyatsiz, oʻzgaruvchan, baqosiz, nuqsonli, mukammal boʻlmagan dunyo ishlari ustiga bino qilinmaydi va turmaydi.
Demak, Unga munosib, boshqa doimiy, barqaror, bezavol va muhtasham bir diyor bor. Boshqa boqiy bir mamlakati bor. Bizni oʻsha yer uchun ishlatadi. U yerga da'vat qiladi va u yerga koʻchirishiga, zohirdan haqiqatga oʻtgan va huzuriga yaqinlikka musharraf boʻlgan barcha nuroniy ruhlar asxobi, butun qalbi munavvar aqtoblar, butun nuroniy aqllar arbobi guvohlik bermoqdalar, bir mukofot va jazo tayyorlab qoʻyganini ittifoqan xabar berishyapti. Va takror-batakror, juda kuchli va'da va oʻta shiddatli tahdid qilganini naql etmoqdalar.
Vaʻdaga xilof esa, ham xorlik, ham xorlanishdir. Hech bir jihatdan Uning jalol va qudsiyatiga yaqin kelmaydi. Vaʻda berib jazolamaslik esa, yo afvdan, yo ojizlikdan kelib chiqadi. Xolbuki, kufr mutlaq jinoyatdir.
{(Hoshiya) Darhaqiqat, kufr mavjudotning qiymatini yerga urgani va ma'nosizlik bilan tuhmat qilgani uchun butun koinotga qarshi haqorat hisoblanadi. Mavjudot oynalarida koʻringan Ismlarning jilvasini inkor qilish boʻlgani uchun butun asmo-i Ilohiyaga qarshi bir haqorat, mavjudotning vahdoniyatga boʻlgan shahodatlarini rad qilgani uchun butun maxluqotga nisbatan yolgʻonga chiqarish boʻladi. Shu sababli insoniy iste'dodni shunday buzadiki, ezgulik va xayrni qabul qilishga layoqati qolmaydi. Yana azim zulm boʻlib, umum maxluqot va butun asmo-i Ilohiyaning huquqiga bir tajovuzdir. Shu haqlarning muhofazasi va kofirning nafsi yaxshilikka qobiliyatsizligi kufrning kechirilmasligini taqozo qiladi. اِنَّ الشِّرْكَ لَظُلْمٌ عَظ۪يمٌ shu ma'noni ifodalaydi.}
Afvga loyiq emas. Qodiyri Mutlaq esa, ojizlikdan munazzah va muqaddasdir. Shohidlar, xabarchilar esa, yoʻllari, yoʻnalishlari, mazhablarida turli tuman boʻlsada, kamoli ittifoq bilan bu masalaning asosida yagona fikrda. Mukammal tavotur darajasidalar. Sifat e'tiboridan ijmo' quvvatidalar. Mavqe e'tibori bilan, xar biri bashariyatning bir yulduzi, bir toifaning koʻzi, bir millatning azizidirlar. Ahamiyati jihatidan, bu masalada ham mutaxassis, ham isbot qilganlar. Xolbuki, bir fanda yoki bir san'atda ikki mutaxassis boshqa minglab kishilardan ustun va xabarda ikki isbotlovchi minglab inkorchilardan ustun qoʻyiladi. Masalan, Ramazon hilolining chiqqanini xabar bergan ikki odam minglab inkor qiluvchilarning inkorlarini yoʻqqa chiqaradi.
Natija: Dunyoda bundan koʻra toʻgʻriroq xabar, mustahkamroq da'vo, zohirroq haqiqat boʻlishi mumkin emas. Demak, shubhasiz dunyo bir ekinzordir. Mahshar esa, bir samara joyi, xirmondir. Jannat, jahannam esa, ombordir.
OʻNINCHI HAQIQAT: Hikmat, inoyat, rahmat, adolat eshigidir. Hakim, Karim, Odil, Rahim Ismining jilvasidir.
Shu baqosiz dunyo musofirxonasida, bu davomsiz imtihon maydonida, shu sabotsiz yer koʻrgazmasida bu daraja ochiq bir hikmat, bu daraja zohir bir inoyat, bu daraja ustun adolat va bu daraja keng marhamatning dalillarini koʻrsatgan Malik-ul Mulki Zuljalolning mamlakat doiralari, mulk va malakut olamida doimiy maskanlar, abadiy yashovchilar, boqiy maqomlar, muqim maxluqlar boʻlmasdan, shu koʻringan hikmat, inoyat, adolat, marhamatning haqiqatlari yoʻqqa tushishi mumkinmi hech?!..
Zoti Hakim insonni butun maxluqot ichida oʻziga kulliy tinglovchi va jamlagan oyna qilib, butun rahmat hazinalarining turlarini unga tottirib, ham torttirib ham tanitib, oʻzini butun asmosi bilan unga bildirib, uni sevib, sevdirib... soʻng bechora insonni abadiy mamlakatiga yubormasligi mumkinmi hech?! Doimiy saodatgohga da'vat qilib bahtiyor qilmasligi mumkinmi?!
Hatto urugʻ qadar xar bir mavjudga bir daraxtdek vazifa yuki yuklashi, gullaricha hikmatlarni qoʻyishi, mevalari qadar foydalarni joylashtirib, butun vazifasi, hikmatlari, foydalarini dunyoga qaratib faqat bir urugʻ qadar gʻoya berishi qabul qilinadimi?! Bir hantal qadar ahamiyati boʻlmagan dunyoviy nasli davomini gʻoya qilishi yarashadimi?! Bularni ma'no olamiga urugʻ va oxirat olamiga bir ekinzor qilmasligi mumkinmi! Haqiqiy va loyiq natijani berishi, asl gʻoyalarini va loyiq mevalarini koʻrsatishi uchun bu qadar muhim muhim marosimlarni gʻoyasiz, behuda, abas qoldirishi, ularning yuzini ma'no olami, oxirat olamiga oʻgirmasligi mumkinmi?!
Bu narsalarni haqiqatga xilof qilish bilan oʻz haqiqiy Hakim, Karim, Odil, Rahim vafslariga ters (qatʻiyyan va aslo) vasfda koʻrsatib, hikmat va karamiga, adl va rahmatiga dalolat qilgan koinotning butun haqiqatlarini yolgʻonga chiqarishi, butun mavjudotning guvohliklarini rad etishi, butun maxluqlarning dalolatlarini bekor qilishi mumkinmi hech?!
Insonning boshiga va ichidaki hislariga sochlari adadicha vazifalar yuklab, faqat bir soch hukmida unga dunyoviy evaz berishi, haqiqiy adolatiga zid va haqiqiy hikmatiga teskari, ma'nosiz ish qilishi mumkinmi?!
Bir daraxtga bergan natijalari, mevalari miqdoricha xar bir hayot egasiga, balki til kabi xar bir a'zosiga, balki xar bir maxluqqa shu darajada hikmatlarni, foydalarni berib oʻzining Hakimi Mutlaq ekanini isbot qilib koʻrsatib, soʻng butun hikmatlarning eng buyugi, butun foydalarning eng muhimi, butun natijalarning shart boʻlgani, hikmatni hikmat, ne'matni ne'mat, rahmatni rahmat qilgan va butun hikmatlarning, ne'matlarning, rahmatlarning, foydalarning manbai va gʻoyasi boʻlgan baqo va liqoni, abadiy saodatni bermasdan tark qilib, butun ishlarini mutlaq abasiyat darajasiga tushirishi, oʻzini shunday odamga oʻxshatsinki, saroy qurib, xar bir toshida minglab naqshlar, xar tarafida minglab ziynatlar, xar bir manzilida minglab qiymatli jihozlar va uyga kerakli jihozlar tayyorlab, unga tom yasamasligi, hamma narsa chirishi, behuda buzilib ketishi mumkin hech?! Yoʻq qatʻiyan va aslo!
Xayri Mutlaqdan xayr keladi, Jamili Mutlaqdan goʻzallik keladi, Hakimi Mutlaqdan abas bir ish kelmaydi. Ha, xar kim fikran tarixga minib moziyga ketsa, hozirgi zamonda koʻrgan dunyo manzilimiz, imtihon maydoni, ashyolar koʻrgazmasi kabi, yillar adadicha vafot etgan manzillar, maydonlar, koʻrgazmalar, olamlarni koʻradi. Surat jihatidan, holat jihatidan bir-biridan boshqa boʻlsada, intizom jihatidan, ajoyiblik jihatidan, Sone'ning qudrat va hikmatini koʻrsatish jihatidan bir-biriga oʻxshaydi.
Yana sabotsiz manzillarda, davomsiz maydonlarda, baqosiz koʻrgazmalarda shu qadar ochiq hikmatning intizomlarini, shu darajada zohiriy inoyatning ishoratlarini, shu martaba ustun adolatning izlarini, shu darajada keng marhamatning samaralarini koʻradi. Basiratsiz boʻlmaslik sharti bilan: U hikmatdan yanada mukammalroq hikmat yoʻqligini, belgilari koʻringan inoyatdan ham chiroyliroq inoyat mumkin emasligini, izlari koʻringan adolatdan buyukroq adolat yoʻqligini, samaralari koʻringan marhamatdan ham keng bir marhamat tasavvur qilinmasligini aniq biladi.
Agar bu ishlarni boshqargan, bu musofirlarni va musofirxonalarni oʻzgartirgan Sultoni Sarmadiyning mamlakat doirasida doimiy manzillar, oliy makonlar, sobit maqomlar, boqiy maskanlar, muqim aholi, mas'ud qullari boʻlmasligi faraz qilinsa, ziyo, havo, suv, tuproq kabi kuchli va toʻrt keng maʻnaviy unsurlar boʻlgan hikmat, adolat, inoyat, marhamatning haqiqatlarini rad qilish va zohiriy unsurlar kabi, koʻringan vujudlarini inkor qilish kerak boʻladi. Chunki shu baqosiz dunyo va undagi narsalar, ularning toʻliq haqiqatlariga sazovor boʻla olmagani ma'lum. Agar boshqa joyda ham ularga toʻliq erishadigan makon boʻlmasa, kunduzni toʻldirgan ziyoni koʻrib ham Quyoshning borligini inkor qilish darajasidagi telbalik bilan, hamma narsadagi koʻz oʻngimizdagi hikmatni inkor qilish, oʻzimiz va aksariyat ashyolarda xar doim koʻrgan inoyatimizni inkor qilish va juda quvvatli belgilari koʻringan adolatni inkor qilish,
{(Hoshiya) Adolat ikki qismdir. Biri musbat, keyingisi manfiy. Musbati, haq egasiga haqqini berish. Bu qism adolat, bu dunyoda ochiq ravshan tarqalgan. Chunki "Uchinchi Haqiqat"da isbot qilingani kabi, hamma narsaning iste'dod tili, tabiiy ehtiyoj tili va chorasizlik lisoni bilan Fotiri Zuljaloldan istagan barcha istaklarini, vujud va hayotiga kerakli butun huquqini maxsus mezonlar bilan, muayyan oʻlchovlar bilan berayotganini kuzatish mumkin. Demak, adolatning bu qismi vujud va hayot darajasida qat'iy mavjud.
Ikkinchi qism manfiy boʻlib, haqsizlarni tarbiya qilishdir. Ya'ni, haqsizlarning haqqini azob va jazo orqali beradi. Bu qism garchi shu dunyoda toʻliq koʻrinmasada, bu haqiqatning vujudini his ettiradigan suratda sanoqsiz ishoratlar va dalillar bor. jumladan: Od va Samud qavmlaridan, to bu davrning qaysar qavmlarigacha kelgan tarbiya taʻziri, jazo va azob qamchisi oʻta oliy adolatning hukmronligini qat'iyyan koʻrsatadi.}
hamma joyda koʻrgan marhamatimizni inkor qilish kerak boʻlganidek, koinotda koʻrgan hikmatli ijroot, karamli harakatlar va rahmli ehsonlar sohibini (qatʻiyyan va also) yengiltak bir oʻyinchi, marhamatsiz zolim ekanini qabul qilish kerak boʻladi. Bu esa haqiqatlar oʻzgarishining nihoyatsiz imkonsizligi boʻladi. Hatto hamma narsaning borligini va oʻz nafsining vujudini inkor qilgan ahmoq Sofistaiylar ham buni tasavvur qilishga osonlikcha yaqinlasha olmaydi.
Natija: Koʻringan tasarruflar, dunyodagi keng hayotiy ahsyolarning birdamligi, tez oʻlim orqali ayriliqlar, hashamatli toʻplanishlar va tez tarqalishlar, azamatli marosimlar, buyuk tajalliylar bilan ularning bu olamga oid, bu foniy dunyoda qisqa vaqtda biz bilgan kichik samaralari, ahamiyatsiz va vaqtincha gʻoyalari oʻrtasida hech qanday munosabat boʻlmagani uchun, xuddi kichik bir toshga bir katta togʻ qadar hikmatlar, gʻoyalar qoʻyish, katta togʻga kichik tosh kabi vaqtincha kichik gʻoya berishga oʻxshaydi. Bu esa hech bir aql va hikmatga toʻgʻri kelmaydi.
Demak, shu mavjudot va tasarruflar bilan dunyoga oid gʻoyalari oʻrtasida bu daraja muvozanatsizlik qat'iyyan guvohlik qiladiki, bu mavjudot ma'no olamiga yuzlangan, munosib mevalarni oʻsha yerda beradi, koʻzlari muqaddas asmoga e'tibor berayapti, gʻoyalari u olamga qarayapti. Asllari dunyo tuprogʻi ostida, boshoqlari misol olamida yuzaga chiqadi. Inson iste'dodi nisbatida bu yerda ekadi va ekiladi, oxiratda hosil oladi.
Ashyolarning Ilohiy asmo va oxirat olamiga tegishli yuzlariga qarasang, qudrat moʻ'jizasi boʻlgan xar bir urugʻning daraxt qadar gʻoyasi borligini koʻrasan. Hikmat kalimasi boʻlgan xar bir gulning
{(Hoshiya1) Savol: Agar nima uchun eng koʻp misollarni guldan va urugʻdan va mevadan keltiryapsan deb soʻralsa, javob quyidagicha: Chunki ular moʻ'jizoti qudratning eng antiqalari, eng horiqolari, eng nozanidir. Tabiatparastlar, zalolatdagilar va faylasuflar ulardagi qadar va qudrat qalami yozgan nozik xatni oʻqiy olmaganlari uchun ularning haqiqatini yecha olmagan, tabiat botqoqligiga tushishgan.}
bir daraxt gullari qadar ma'nolari bor. Sanʻat gʻaroyibi va rahmat manzumasi boʻlgan xar bir mevaning, bir daraxtning mevalari qadar hikmatlari bor. Bizlarga rizq boʻlishi esa, minglab hikmatlaridan bitta hikmati boʻlib, vazifasi tugaydi, ma'nosini ifoda qiladi, vafot etadi, me'damizga dafn qilinadi. Modomiki bu foniy ashyo boshqa yerda boqiy mevalar berar ekan, doimiy suratlar qoldirar va boshqa jihatda abadiy ma'nolar ifoda qilar ekan, davomiy tasbehot aytar ekan, inson ularning shu jihatiga qaragan tomonlariga yuzlanish bilan inson boʻladi, foniyda boqiyga yoʻl topadi.
Demak, bu hayot va oʻlim ichida yumalayotgan, toʻplanib tarqalayotgan mavjudot ichida boshqa maqsad bor. Qiyosda kamchilik yoʻq: Bu holatlar, taqlid va misol uchun tashkil va tartib qilingan holatlarga oʻxshaydi. Surati olinishi, tarkib etilishi, kinoda davomli koʻrsatilishi uchun katta xarajat bilan kichik toʻplanishlar, tarqalishlar qilinganidek, bu dunyoda qisqa muddatda shaxsiy va ijtimoiy hayot kechirishning bir gʻoyasi shuki: Katta majlisda koʻrilishi, buyuk koʻrgazmada koʻrsatilishi va azim saodatiga iste'dodi koʻrsatilishi uchun suratlari olinib birlashtiriladi, amallarining natijasi olinib saqlanadi. Demak, hadisi sharifda «Dunyo oxirat ekinzoridir» deb bu haqiqatni ifoda qiladi.
Modomiki dunyo bor va dunyo ichida belgilari bilan hikmat, inoyat rahmat va adolat bor ekan, albatta dunyoning borligi kabi qat'iyyan oxirat ham bor. Modomiki dunyoda hamma narsa bir jihatdan u olamga yuzlangan ekan, demak, u yerga ketilyapti. Oxiratni inkor qilish, dunyo va uning ichidagi hamma narsani inkor qilish demakdir. Demak, ajal va qabr insonni kutgani kabi, Jannat va Jahannam ham insonni kutyapti va kuzatyapti.
OʻN BIRINCHI HAQIQAT: Bobi insoniyatdir. Ismi Haqning jilvasidir.
Janobi Haq va Ma'budi Bilhaq,
insonni koinot ichida mutlaq rububiyatiga va barcha olamlarga umumiy rububiyatiga nisbatan eng ahamiyatli quli,
Subhoniy xitoblarining eng mutafakkir tinglovchisi,
asmosiga sazovor eng koʻp qamrovli oynasi,
uni ismi a'zamning tajalliyiga va xar bir ismda boʻlgan ismi a'zamlik martabasining tajalliysiga sazovor boʻlgan ahsani taqvimda qudratining eng goʻzal moʻ'jizasi,
rahmat xazinalarini unidagi narsalari bilan tortish, tanish uchun eng koʻp mezon va jihozlarga ega tadqiqotchi, nihoyatsiz ne'matlariga eng muhtoj,
foniylikdan eng koʻp azob chekkan va boqiylikka juda mushtoq,
hayvonot ichida eng nozik, eng nozdor, eng faqir va eng muhtoj,
dunyoviy hayot jihatidan eng gʻam chekkan va eng badbaxt,
iste'dod jihatidan eng ulugʻ va eng yuksak suratda, mohiyatda yaratib, uni iste'dod va qobiliyatga ega,
uning ishtiyoqi va loyiq boʻlgan abadiy diyorga yubormasdan, inson haqiqatini bekor qilib oʻz haqqoniyatiga tamoman zid va haqiqat nazarida xunuk haqsizlik qilishi mumkinmi hech?!
Hokimi Bilhaq, Rahimi Mutlaq, insonga shunday bir iste'dod berib, yer bilan koʻklar va togʻlar koʻtarishdan qochgan «omonati kubro» ni olib, ya'ni kichkina juz'iy oʻlchovlari bilan, san'atchalari bilan Xoliqining bepoyon sifatlarini, kulliy tasarruflarini, nihoyatsiz tajalliyotini oʻlchab bilib, yerda eng nozik, nozanin, nozdor, ojiz, zaif yaratgan.
Xolbuki butun yerning nabotiy va hayvoniy maxluqotiga bir jihatda tartibot xodimi qilib, ularning tasbehot va ibodat tarziga mudoxala ettirib, koinotdagi Ilohiy ijrootga kichkina miqyosda bir misol koʻrsatib, Subhoniy rububiyatni amalda va tilida koinotda e'lon qildirish, malaklaridan ustun qoʻyib xilofat rutbasini berib, unga ushbu barcha vazifalarining gʻoyasi, natijasi va samarasi boʻlgan saodati abadiyani bermasligi mumkinmi hech?!
Uni butun maxluqotining eng badbaxt, eng bechora, eng musibatlisi, eng dardmandi, eng xor darajaga tushirib, eng muborak, nuroniy va xursand qiladigan hikmat hadyasi boʻlgan aqlni bechoraga eng mash'um va zulm qiladigan azob jihozi qilib, mutlaq hikmatiga butunlay zid va mutlaq marhamatiga killiyan teskari marhamatsizlik qilishining ehtimoli bormi?! Qatʻiyyan va aslo!
Natija: Misoliy hikoyada bir zobitning jildi va daftariga qarab koʻrgan edikki, rutbasi ham, vazifasi ham, maoshi ham, harakat dasturi ham, jihozlari ham bizga koʻrsatdiki, u zobit vaqtinchalik maydon uchun emas, balki doimiy mamlakatga borib, shunga koʻra ishlayapti. Aynan shuning kabi, insonning qalb juzdonidagi latifalari, aql daftaridagi tuygʻular, iste'dodidagi jihozlari, tamoman va bir ovozdan abadiy saodatiga tegishli, shunga koʻra berilgan va unga koʻra jihozlanganiga tahqiq va kashf ahli muttafiqdir. Jumladan:
Masalan, aqlning bir xizmatkori va tasvirchisi boʻlgan xayolga: "Senga bir million yil umr bilan saltanati dunyo beriladi, faqat oxirida mutlaqo yoʻq boʻlasan." deyilsa, vahimaning aldamasligi, nafsi aralashmasligi sharti bilan "Oh" oʻrniga "Eh" deydi va afsus qiladi. Demak, eng katta foniy insonning eng kichik aʻzosini va jihozlarini toʻydira olmaydi. Ushbu iste'dod sababli, insonning abadga uzangan orzulari, koinotni qamragan tushunchalari va abadiy saodatlarining turlarigacha yetgan orzulari koʻrsatadiki, bu inson abad uchun yaratilgan va abadga ketadi. Bu dunyo unga bir musofirxonadir va oxiratining kutish mehmonxonasidir.
OʻN IKKINCHI HAQIQAT: Risolat va Tanzil eshigidir. "Bismillahirrohmanirrohiym"ning jilvasidir.
Butun anbiyo moʻ'jizalariga tayanib soʻzini tasdiqlagan, butun avliyo kashf va karomatlari asosida da'vosini tasdiq etgan, butun asfiyo tahqiqotiga asoslanib haqqoniyatiga shahodat qilgan Rasuli Akram Sallallohu Alayhi Vasallamning sodir boʻlgan ming moʻ'jizalarining quvvatiga tayanib butun quvvati bilan, ham qirq tomondan moʻ'jiza boʻlgan Qur'oni Hakim minglab qat'iy oyatlariga asosan, butun qat'iyat bilan ochgan oxirat yoʻlini va kushod etgan Jannat eshigini, chivin qanoti qadar quvvati boʻlmagan ma'nosiz vahimalarning yopishiga nima haddi bor!..
Oʻtgan haqiqatlardan anglashildiki, hashr masalasi shunday quvvatli bir haqiqatki, Kura-i Arzni oʻrnidan koʻtarib, sindirib tashlaydigan kuch ham bu haqiqatni tebrata olmaydi. Chunki bu haqiqatni Janobi Haq butun asmo va sifatlarining iqtizosi bilan tasbit etyapti va Rasuli Akrami butun moʻ'jizalari va burhonlari bilan tasdiqlayapti va Qur'oni Hakim butun haqiqatlari, oyatlari bilan uni isbotlayapti, bu koinot butun qonunlari va hikmatli tasarruflari bilan guvohlik qilyapti. Ajabo, hashr masalasida Vojib-ul Vujud bilan butun mavjudot (kofirlar mustasno) ittifoq qilib, qilcha quvvati yoʻq shubhalar, shaytoniy vasvasalar togʻdek oliy, ochiq ravshan haqiqatni tebratishi, joyidan qoʻzgʻatishi mumkinmi hech?! Aslo va qatʻiyyan!..
Zinhor, hashr dalillari yuqoridagi oʻn ikki haqiqat bilan chegaralangan deb oʻylama. Balki faqat Qur'oni Hakim, oʻtgan oʻn ikki haqiqatlarni bizga dars bergani kabi, yana minglab tomonlarga ishorat qilib, xar bir tomon, Xoliqimiz bizni bu dori foniydan bir dori boqiyga oʻtkazishiga kuchli dalil boʻladi.
Zinhor, hashrni iqtizo qilgan asmo-i Ilohiya, aytib oʻtganimizdek faqat Hakim, Karim, Rahim, Odil, Hofiz ismlariga tegishli, deb oʻylama. Balki koinot tadbirida tajalliy etgan butun asmo-i Ilohiya oxiratni iqtizo etadi, balki shart qiladi.
Hashrga dalolat qilgan koinotning qonunlari, biz aytgan tomonlar bilan chegaralangan deb oʻylama. Balki aksar mavjudotda oʻngga-chapga ochiladigan pardalar kabi vajh va holatlari borki: Bir tomoni Sone'ga shahodat qilgani kabi, boshqa tomoni hashrga ishorat qiladi. Masalan: Insonning ahsani taqvimdagi yaratilishidagi goʻzallik Sone'ni koʻrsatgani kabi, ahsani taqvimdagi qamrovli qobiliyati bilan qisqa vaqtda zavol topishi, hashrni koʻrsatadi. Ba'zan bir tomonga ikki nazar bilan qaralsa, ham Sone'ni, ham hashrni koʻrsatadi. Masalan: Aksar ashyoda koʻringan hikmatning nizomi oʻrnatishi, inoyatning ziynatlashi, adolatning muvozanati va rahmatning lutfi, mohiyatlariga qaralganda bir Sone'-i Hakim, Karim, Odil, Rahimning qudrat qoʻlidan chiqqanini koʻrsatgani kabi, ularning quvvati va cheksizligi bilan birga, ularga sazovor boʻlgan foniy mavjudotning ahamiyatsiz va qisqa umriga qaralsa, oxirat koʻrinadi. Demakki, hamma narsa holat tili bilan اٰمَنْتُ بِاللّٰهِ وَ بِالْيَوْمِ الْاٰخِرِ oʻqiyapti va oʻqityapti.
XOTIMA
Oʻtgan oʻn ikki haqiqat bir-birini tasdiqlaydi, bir-birini mukammallashtiradi, bir-biriga quvvat beradi. Ularning barchasi birlashib natijani koʻrsatadi. Qaysi tasavvurning shu temir kabi, balki olmosdek oʻn ikki quvvatli devorlarni teshib oʻta olishga, hisni hasin, kuchli qalʻa boʻlgan hashrga iymonni buzishga haddi bor?!!
oyati karimasi ifoda qiladiki: Butun insonlarning yaratilishi va hashr etilishi, Qudrati Ilohiyaga birgina insonning yaratilishi va hashri kabi osondir. Ha, shunday. «Nuqta» nomli risolada Hashr bahsida shu oyat ifoda qilgan haqiqatni tafsilan yozganman. Bu yerda faqat bir qancha misollari bilan xulosasiga bir ishorat qilamiz. Agar istasang, "Nuqta"ga murojaat qil.
Masalan: وَ لِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى (misolda kamchilik yoʻq) «nuroniyat sirri» bilan Quyoshning jilvasi oʻz ixtiyori bilan boʻlsa ham, bir zarraga osonlik bilan bergan jilvani ayni osonlik bilan sanoqsiz shaffofliklarga ham beradi.
«Shaffofiyat sirri» bilan bir shaffof zarraning kichik koʻz qorachigʻi Quyoshning aksini olishida dengizning keng yuziga teng.
«Intizom sirri» orqali bola barmogʻi bilan kema suratidagi oʻyinchogʻini aylantirgani kabi, ulkan harbiy kemani ham aylantiradi.
«Imtisol sirri» bilan bir qoʻmondon bir askarni "Qadam bos!" buyrugʻi bilan harakatlantirgani kabi, ulkan qoʻshinni ham shu soʻz bilan harakatga keltiradi.
«Muvozana sirri» bilan osmonda bir tarozi, haqiqiy hassos va shu daraja katta faraz qilaylikki, ikki yongʻoq tarozining ikki pallasiga qoʻyilsa his qiladi, ikki quyoshni ham ichiga olib tortadi. Ikki pallasidagi ikki yongʻoqni birini samovotga, birini yerga tushiradigan ayni quvvat bilan, ikki quyosh boʻlsa, birini arshga, boshqasini yerga koʻtaradi, tushiradi.
Modomiki bu oddiy, noqis, foniy mumkinotda nuroniyat, shaffofiyat, intizom, imtisol va muvozana sirlari bilan, eng katta narsa eng kichik narsaga teng boʻlar ekan, hadsiz-hisobsiz narsalar bir narsaga teng ekan, albatta Qodiri Mutlaqning zotiy, nihoyatsiz va oʻta kamolda boʻlgan qudratining nuroniy tajalliyoti va ashy malakutiyatining shaffofligi, hikmat va qadarning intizomlari va ashyoning yaratilishga oid amrlarga soʻzsiz boʻsunishi, mumkinotning vujudi va yoʻqlikning tengligidan iborat boʻlgan imkonidagi muvozanasi sirri asosida, oz-koʻp, katta-kichik unga teng boʻlgani kabi, butun insonlarni bir inson kabi bir hayqiriq bilan hashrga keltira oladi.
Bir narsaning quvvat va zaiflik martabalari, u narsani ichiga ziddining aralashishi orqali yuzaga chiqadi. Masalan: Haroratning darajalari, sovuqning aralashishiga bogʻliq. Goʻzallikning martabalari, xunuklikning kirishidan bilinadi. Ziyoning tabaqalari, qorongʻulikning aralashuviga bogʻliq. Faqat bir narsa zotiy boʻlsa, boshqadan olingan boʻlmasa, uning ziddi unga mudohala qila olmaydi. Chunki zidlarning jamlanishi kerak boʻladi. Bu esa imkonsiz. Demak asl, zotiy boʻlgan narsada martabalar yoʻq. Modomiki Qodiri Mutlaqning qudrati zotiy, mumkinot kabi ariziy emas va mutlaq kamolda ekan, Uning ziddi boʻlgan ojizlikning aralashuvining imkoni yoʻq. Demak, bir bahorni yaratish Zoti Zuljaloliga bir gulchalik oson. Agar sabablarga tayanilsa, bir gul bir bahor qadar ogʻir boʻladi. Butun insonlarni ham yaratib hashr etish bir nafsni tiriltirish kabi oson.
Hashr masalasining boshidan bu yergacha boʻlgan misoliy suratlari va haqiqatlariga doir bayonotimiz Qur'oni Hakimning fayzidandir. Nafsni taslimga, qalbni qabul qilishga tayyorlashdan iboratdir. Asl soʻz esa Qur'onnikidir. Zero, soʻz udir va soʻz unikidir. Tinglaylik:
Yana bular kabi Qur'onning ochiq oydin oyatlarini tinglab, amanna va soddaqna deyaylik.
Ey bu risolani insof bilan mutolaa qilgan birodar! Nima uchun ushbu «Oʻninchi Soʻz» ni birdan toʻliq tushuna olmayapman dema va toʻliq anglamaganing uchun zerikma! Chunki Ibn Sino kabi bir hikmat dohiyi اَلْحَشْرُ لَيْسَ عَلٰى مَقَاي۪يسَ عَقْلِيَّةٍ degan. "Iymon keltiramiz, faqat aql bu yoʻlda ketolmaydi", deb hukm qilgan. Butun Islom ulamolari ham: "Hashr bir naqliy masala, dalili naqldir. Aql bilan unga borilmaydi.", deya ittifoq bilan hukm qilganlar. Albatta bu qadar chuqur va ma'nan juda yuksak yoʻl, birdaniga umumiy aqliy yoʻli oʻrniga oʻta olmaydi. Qur'oni Hakimning fayzi va Xoliqi Rahimning rahmati, bu taqlidi singan va taslimi buzilgan asrda chuqur va yuksak yoʻlni shu daraja ehson qilgani uchun ming shukr qilishimiz kerak. Chunki iymonimizni qutqarishga kifoya qiladi. Fahmlaganimiz miqdorga xursand boʻlib, takroran mutolaa qilib yanada koʻprogʻiga harakat qilishimiz kerak.
Hashrga aql bilan ketilmasligining bir sirri quyidagicha: Hashri A'zam Ismi A'zamning tajalliysi bilan boʻlgani uchun, Janobi Haqning Ismi A'zamining va xar bir ismning a'zamiy martabasidagi tajalliyi bilan yuzaga chiqqan azim ishlarni koʻrib va koʻrsatib buyuk hashr bahor kabi oson isbot qilinadi va qat'iy tushunib ishoniladi va tahqiqiy iymon etiladi.
Ushbu Oʻninchi Soʻzda Qur'onning fayzi bilan shunday koʻriladi va koʻrsatiladi. Yoʻqsa, aqlning tor va kichik dasturlari bilan bir oʻzi qolsa, ojiz qoladi, taqlidga majbur boʻladi.
Oʻninchi Soʻzning Muhim Bir Zayli va Ilovasining Birinchi Qismi
Iymonning bir qutbini koʻrsatgan bu samoviy buyuk oyatlarning va hashrni isbot qilgan muqaddas azim burhonlarning katta mavzui va ulugʻ hujjatini «Toʻqqizinchi Shua» da bayon qilinadi.
Latif bir inoyati rabboniyani bayon qilsam: Bundan oʻttiz yil avval Eski Said, yozgan tafsirining muqaddimasi «Muhakamot» nomli asarning oxirida, "Ikkinchi maqsad: Qur'onda hashrga ishorat etuvchi ikki oyat tafsir va bayon qilinadi. نَخُو بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ deb toʻxtagan. Boshqa yozolmagan. Xoliqi Rahimimga hashrning dalillari va belgilari sanogʻicha shukr va hamd boʻlsinki: Oʻttiz yil oʻtib tavfiq ehson ayladi. Bundan toʻqqiz-oʻn yil avval ikki oyatdan birinchi oyat:
farmoni Ilohiyning ikki porloq va juda quvvatli hujjatlari va tafsirlari boʻlgan Oʻninchi Soʻz bilan Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzni in'om qildi, inkorchilarning ovozini oʻchirdi. Hashrga iymonning ham hujum qilinmaydigan ikki metin qal'asidan, toʻqqiz va oʻn yil keyin ikkinchi oyat boʻlgan boshda mazkur buyuk oyatlarning tafsirini bu risola bilan ikrom etdi. Toʻqqizinchi Shua mazkur oyatlari bilan ishorat qilingan toʻqqiz oliy maqom va bir muhim muqaddimadan iborat.
(Hashr aqidasining juda koʻp ruhiy foydalaridan va hayotiy natijalaridan bir umuiy natijasini qisqacha bayon qilib, inson, xususan ijtimoiy hayotga qay darajada kerakli va zaruriy ekanini izhor qiladigan va hashrga iymon aqidasining juda koʻp hujjatlaridan bir umumiy hujjatini qisqa holda koʻrsatish va hashr aqidasi naqadar ochiq oydin va shubhasiz ekanini ifoda qilgan "Ikki Nuqtda".)
BIRINCHI NUQTA: Oxirat aqidasi, ijtimoiy va insonning shaxsiya hayotining asosining asosi, saodati va kamolotining asoslari ekaniga yuzlab dalillaridan bir miqyos boʻlib faqat toʻrttasiga ishorat qilamiz.
Birinchisi: Bashariyatning deyarli yarmini tashkil qilgan bolalar, dahshatli va yigʻlatuvchi koʻringan oʻlimlar va vafotlarga faqatgina Jannat fikri bilan dosh bera oladi, oʻta zaif va nozik vujudida ma'naviy quvvat topadi, hamma narsadan tez yigʻlaydigan oʻta chidamsiz mizojli ruhida Jannat orqali umid topib xursand boʻlib yashaydi.
Masalan, Jannat fikri bilan: «Mening ukam yoki oʻrtogʻim oʻldi, Jannatning bir qushi boʻldi. Jannatda kezadi, bizdan ham goʻzal yashaydi», deydi. Yoʻqsa atrofida oʻzi kabi bolalar va kattalarning bardavom oʻlimi zaif bechoralarning xavotirli e'tiboriga tushib, chidami va ma'naviy quvvatini chil-parchin qiladi. Koʻzi bilan birga ruh, qalb, aql kabi butun hislari ham shunday yigʻlatadiki, yo yoʻq boʻladi, yoki devona badbaxt hayvon boʻladi.
Ikkinchi dalil: Insoniyatning bir jihatdan yarmini tashkil qilgan keksalar, faqat uxroviy hayot bilan yaqinlashgan qabrga chiday oladilar. Juda aloqador boʻlgan hayotining yaqinda soʻnishiga va goʻzal dunyosining berkilishiga muqobil tasalli topadi va bolaga oʻxshagan taʻsirchan ruhi va mizojida oʻlim va zavoldan chiqqan aliym va dahshatli azobga faqat boqiy hayot umidi bilan javob beradi. Yoʻqsa shafqatga loyiq muhtaramlar, sukunat va qalb istirohatiga juda muhtoj xavotirli otalar va onalar, ruhi faryod qilar va qalbi siqilar ediki, bu dunyo ular uchun zulmatli zindon, hayot esa tashvishli azob boʻlar edi.
Uchinchi dalil: Insonlarning ijtimoiy hayoti eng kuchli asosi boʻlgan yoshlar, oʻspirinlarda faqat Jahannam fikrigina qattiq joʻshgan hissiyotlarini va haddan oshgan nafs va orzu-havaslarini tajovuzlar, zulmlar va buzgʻunchilikdan saqlaydi, ijtimoiy hayotning chiroyli jarayonini ta'minlaydi. Agar, Jahannam andishasi boʻlmasa «Al-hukmu lil-gʻolib» qoidasiga asosan sarxush oʻspirinlar havaslari deb bechora zaiflarga, ojizlarga dunyoni Jahannamga aylantirar va yuksak insoniyatni oʻta tuban hayvoniyatga aylantirar edi.
Toʻrtinchi dalil: Insoniyatning dunyoviy hayotida eng qamrovli markaz, eng asosli turtkining sababi va dunyoviy saodat uchun Jannat, bir sigʻinish joyi, bir madad yeri - oila hayoti va hammaning xonadoni oʻz kichik dunyosidir. Xonadon va oila hayotining hayoti va saodati esa, samimiy, jiddiy va vafodor hurmat, haqiqiy, shafqatli va fidokorona marhamat oʻrqali boʻlishi mumkin. Haqiqiy hurmat va samimiy marhamat esa, abadiy doʻstlik va doimiy yoʻldosh, bardavom barobarlik, cheksiz vaqt va hududsiz hayotda bir-biri bilan otalik, farzandlik, qardoshlik, doʻstlik munosabatlari fikri, aqidasi bilan boʻlishi mumkin.
Masalan: "Xotinim abadiy olamda, abadiy hayotda doimiy rafiqa-i hayotimdir. Hozircha keksa va xunuk boʻlgan boʻlsa ham, zarari yoʻq. Chunki abadiy goʻzalligi bor, keladi va doimiy doʻstlikning hurmati uchun xar qanday fidokorlikni va marhamatni qilaman", deb, keksa xotiniga goʻzal huriy kabi muhabbat bilan, shafqat bilan, marhamat bilan muomala qiladi. Agar, qisqacha bir-ikki soat oʻtkinchi oʻrtoqlikdan keyin abadiy ayriliq va ajralishga duchor boʻlgan doʻstlik, albatta gʻoyat shakli vaqtincha va asossiz, hayvon kabi bir achinish ma'nosida va majoziy marhamat va sun'iy hurmat beradi. Hayvonlarda boʻlgani kabi, boshqa manfaatlar va boshqa gʻolib hislar hurmat va marhamatni magʻlub qilib, dunyo jannatini jahannamga aylantiradi...
Demak, hashrga iymonning yuzlab natijasidan biri, insonning ijtimoiy hayotiga taalluqlidir. Bu yagona natijaning ham yuzlab jihatidan va foydalaridan mazkur toʻrt dalilga boshqalari qiyos qilinsa, anglashiladiki: Hashr haqiqatining amalga oshishi va sodir boʻlishi, insoniyatning ulugʻ haqiqati va umumiy ehtiyoji darajasida qat'iydir. Balki, insonning me'dasidagi ehtiyojning borligi, taomlarning vujudiga dalolat va shahodat qilganidan ham zohir va undan ham koʻproq amalga oshishini bildiradi. Agar hashr haqiqatining natijalari insoniyatdan chiqsa, juda ahamiyatli, yuksak va hayotdor insoniyat mohiyati, kir va mikrob uyasi boʻlgan oʻlimtik darajasiga tushishini isbotlaydi. Basharning boshqaruvi, axloqiy va ijtimoiy hayoti bilan oʻta aloqador boʻlgan sotsiolog, politolog va maʻnaviyatchilarning quloqlari jaranglasin! Kelib bu boʻshliqni nima bilan toʻldiradi va ushbu chuqur yaralarni nima bilan davolay olishadi?
IKKINCHI NUQTA: Hashr haqiqatining sanoqsiz burhonlaridan boshqa, iymon arkonidan kelgan shahodatlarning xulosasidan chiqqan bir burhonni oʻta muxtasar suratda bayon qiladi:
Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamning risolatiga dalolat qilgan butun moʻ'jizalari va butun daloili nubuvvati va haqqoniyatining butun burhonlari, birdan haqiqati hashrning amalga guvohlik berib isbot qiladi. Chunki u zotning butun hayotida barcha da'volari, vahdoniyatdan keyin hashrda markazlashadi. Barcha paygʻambarlarni tasdiq qilgan va qildirgan butun moʻ'jizalari, hujjatlari ayni haqiqatga shahodat qiladi.
وَ بِرُسُلِه۪ kalimasidan kelgan shahodatni ochiq oydin koʻrsatgan وَ كُتُبِه۪ shahodati ham ayni haqiqatga guvohlik qiladi:
Boshda Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning haqqoniyatini isbot qilgan butun moʻ'jizalar, hujjatlar va haqiqatlar haqiqati hashriyaning tahaqquqiga va vuqu'iga guvohlik berib isbotlaydi. Chunki Qur'onning deyarli uchdan biri hashrdir. Aksariyat qisqa suralarining boshidago oyatlar oʻta quvvatli hashriy oyatlar hisoblanadi. Minglab ochiq oydin va ishoratan oyatlari bilan ayni haqiqatni xabar beradi, isbotlaydi, koʻrsatadi. Masalan:
kabi oʻttiz-qirq suralarning boshlarida qat'iyat bilan hashr haqiqatini koinotning eng ahamiyatli va vojib haqiqati ekanini koʻrsatib, boshqa oyatlar ham u haqiqatning turli-tuman dalillarini bayon etib ishontiradi.
Ajabo, koʻz oʻngimizda bitta oyatning bir ishorati, Islomiy ilmlardan chiqqan ilmiy, koinotga oid haqiqatlarni samara bergan kitobning minglab guvohligi va da'volari bilan, Quyosh kabi zuhur etgan hashrga iymon, haqiqatsiz boʻlishi, Quyoshning inkori, balki koinotning yoʻqligi kabi hech jihatdan imkoni bormi va yuz daraja imkonsiz va botil boʻlmaydimi?!
Ajabo, bir sultonning birgina ishorati yolgʻon boʻlmasligi uchun ba'zan bir qoʻshin harakat qilib jang qiladi. Juda jiddiy va izzatli sultonning minglab soʻzlari, va'dalari va tahdidlarini yolgʻonga chiqarishning biror imkoni bormi va haqiqatsiz boʻlishi mumkinmi?
Ajabo, oʻn uch asrda oraliqsiz sanoqsiz ruhlarga, aqllarga, qalblarga, nafslarga haq va haqiqat doirasida hukm qilgan, tarbiya bergan, boshqargan ma'naviy Sultoni Zishonning bir ishorati bunday haqiqatni isbot qilishga kifoya qilar ekan, minglab ochiq oydin tushuntirishlar bilan hashr haqiqatini koʻrsatib isbotlagandan keyin, u haqiqatni tanimagan bir johil ahmoq uchun Jahannam azobi lozim boʻlmaydimi va ayni adolat boʻlmaydimi?!
Bir zamon va bir davrga hukm qilgan butun samoviy suhuflar va muqaddas kitoblar ham butun istiqbolga va umum zamonlarga hukmron boʻlgan Qur'onning tafsilot bilan, izohlar bilan, takror-batakror bayon va isbot qilgan hashr haqiqatini, asrlar va zamonlariga koʻra qat'iy qabul qilish bilan birga, tafsilotsiz, pardali va muxtasar bir suratda bayon qiladi. Lekin quvvatli tarzda idda'o va isbotlari, Qur'onning da'vosini minglab imzo bilan tasdiqlaydi.
Bu mavzu munosabati bilan Munojot Risolasining oxirida: ايِمَانٌ بِالْيَوْمِ الْاَخِرِ rukniga boshqa ruknlarning, xususan "Rasullar" va "Kitoblar"ning shahodatlarini, munojot suratida zikr qilingan juda quvvatli, xulosali va butun tasavvurlarini yoʻqotgan hashr hujjati bu yerga boridek kiritildi. Munojotda aytilgan:
Ey Robbi Rahimim! Rasuli Akramingning ta'limi va Qur'oni Hakimning darsi bilan angladimki: Boshda Qur'on va Rasuli Akraming, butun muqaddas kitoblar va paygʻambarlar bu dunyoda va xar tomonda namunalari koʻrilgan jalolli va jamolli ismlaringning tajalliylari yanada porloq bir suratda abad-ul abad davom etishiga va bu foniy olamda rahimona jilvalari, namunalari kuzatilgan ehsonlarining saodat diyorida yanada koʻz qamashtiradigan davom etishiga, baqosiga va bu qisqa hayoti dunyoviyada ularni zavq bilan koʻrgan va muhabbat bilan sheriklik qilgan ishtiyoqmandlarning abadda ham sherikligiga va birga boʻlishlariga ijmo' va ittifoq bilan guvohlik beradi, dalolat va ishorat qiladilar.
Yuzlab ochiq moʻ'jizalaringga va qatʻiy oyatlaringga tayanib, boshda Rasuli Akram, Qur'oni Hakiming va barcha nuroniy ruhlarning sohiblari boʻlgan paygʻambarlar, butun munavvar qalblarning qutblari boʻlgan valiylar, butun keskin va nurli aqllarning ma'danlari boʻlgan siddiqiynlar, butun samoviy sahifalarda va muqaddas kitoblarda sening koʻp takror bilan qilgan minglab va'dalaringga va tahdidlaringga tayanib, ham sening qudrating, rahmat, inoyat, hikmat, jalol va jamol kabi oxiratni iqtizo etgan muqaddas sifatlaringga, sha'nlaringga va sening izzati jalolingga va saltanati rububiyatingga ishonib, ham oxiratning izlarini va belgilarini bildirgan sanoqsiz kashflari, kuzatuvlariga, ilmalyaqiyn va aynalyaqiyn darajasidagi e'tiqodlari va iymonlariga binoan abadiy saodatni insonlarga xushxabar beryaptilar. Ahli zalolat uchun Jahannam va ahli hidoyat uchun Jannat borligini xabar berib e'lon qilyaptilar. Quvvatli iymon keltirib shahodat qilyaptilar.
Ey Qodiri Hakim! Ey Rahmoni Rahim! Ey Sodiqu-l Va'di-l Karim! Ey izzat, azamat va jalol sohibi Qahhori Zuljalol!..
Bu qadar sodiq doʻstlaringni, buncha va'dalaringni, bu qadar sifatlar va tasarruflaringni yolgʻonchiga chiqarish, kazzoblikda ayblash,
saltanati rububiyatingning qat'iy taqozo qilgan sabablarni yolgʻonga chiqarmaslik,
sen sevgan va ular ham seni tasdiqlab, itoat qilib oʻzlarini senga sevdirgan sanoqsiz maqbul qullaringning oxiratga yuzlangan hadsiz duolarini va da'volarini rad qilish, tinglamaslik,
kufr va isyon bilan, seni va'dangda takzib etish bilan, sening azamati kibriyongga ogʻir botgan, izzati jalolingga aralashgan,
uluhiyatingning e'tiborini tushirishga harakat qilgan, rububiyating shafqatini xafa qilgan ahli zalolatni va ahli kufrni hashrni inkor qilishini tasdiq qilishdan yuz minglab daraja muqaddassan va hadsiz daraja munazzah va oliysan.
Bunday nihoyatsiz zulmdan va nihoyatsiz xunuklikdan sening nihoyatsiz adolatingni, nihoyatsiz jamolingni va hadsiz rahmatingni hadsiz daraja taqdis etamiz. Va butun quvvatimiz bilan iymon keltiramizki: Yuz minglab sodiq elchilaring, saltanatingning sanoqsiz toʻgʻri dallollari boʻlgan anbiyo, asfiyo, avliyolar haqqalyaqiyn, aynalyaqiyn, ilmalyaqiyn suratida sening uxroviy rahmat xazinalaringga, boqiy olamdagi ehsonlaringning hazinalariga va saodat diyorida tamomila zuhur etgan goʻzal ismlaringning gʻaroyib goʻzal jilvalariga guvohlikgi haq va haqiqatdir. Ishoratlari toʻgʻri va uygʻun. Bashoratlari sodiq va sodir boʻlgandir. Ular butun haqiqatlarning manbai, quyoshi va homiysi boʻlgan "Haq" ismingning eng buyuk shuʻlasi, bu buyuk hashr haqiqati ekaniga iymon keltirib, Sening amring bilan Sening qullaringga haq doirasida dars beryapti. Ayni haqiqat sifatida ta'lim beryaptilar. Yo Rob! Ularning dars va ta'limlarining haqqi-hurmati uchun bizga va Risola-i Nur talabalariga iymoni akmal va husni xotima ber. Bizlarni ularning shafoatlariga sazovor ayla, omin...
Qur'onning, balki butun samoviy kitoblarning haqqoniyatini isbot qilgan umum dalillar va hujjatlar Habibullohning, balki butun anbiyolarning nubuvvatlarini isbotlagan umum moʻ'jizalar va burhonlar, bilvosita eng buyuk muddaolari boʻlgan oxiratning yuzaga kelishiga dalolat qiladi. Shuning kabi, Vojib-ul Vujudning vujudiga va vahdatiga shahodat qilgan aksariyat dalillar va hujjatlar, bilvosita rububiyat va uluhiyatning eng buyuk asosi va sazovor boʻlgan saodat diyori va olami baqoning vujudiga, ochilishiga shahodat qiladi. Chunki kelasi maqomlarda bayon qilinib va isbotlanadigani kabi, Zoti Vojib-ul Vujudning ham mavjudiyati ham umum sifatlari ham aksar ismlari ham rububiyat, uluhiyat, rahmat, inoyat, hikmat, adolat kabi vasflari, sha'nlari shart darajasida oxiratni iqtizo qiladi. Vojiblik darajasida boqiy olamni keltirib chiqaradi va zarurat darajasida mukofot va mujozot uchun hashr va nashrni istaydi. Modomiki azaliy, abadiy bir Alloh bor ekan albatta saltanati uluhiyatining bardavom asosi boʻlgan oxirat bordir. Modomiki bu koinot va hayot egalarida oʻta hashamatli, hikmatli va shafqatli mutlaq rububiyat bor va koʻrinayotgan ekan, albatta, rububiyatning hashamatini tubanlikdan, hikmatini abasiyatdan va shafqatini gʻadrdan qutqargan abadiy saodat diyori boʻladi va kiriladi.
Modomiki koʻz bilan koʻrilgan son-sanoqsiz in'omlar, ehsonlar, lutflar, karamlar, inoyatlar, rahmatlar, parda-i gʻayb orqasida bir Zoti Rahmoni Rahimning borligini soʻnmagan aqllarga, oʻlmagan qalblarga koʻrsatadi. Albatta, in'omni istehzodan, ehsonni aldashdan, inoyatni adovatdan, rahmatni azobdan, lutf va karamni xiyonatdan xalos qilgan, ehsonni ehson va ne'matni ne'mat qilgan bir boqiy olamda boqiy hayot bor. Va boʻladi.
Modomiki bahor faslida zaminning tor sahifasida yuz ming kitobni bir-biri ichida xatosiz yozgan bir qudrat qalami koʻz oʻngimizda tinmasdan ishlayapti. Va u qalam sohibi yuz ming marta ahd qilgan va va'da berganki : "Bu tor yerda va chalkash va bir-biri ichida yozilgan bahor kitobidan yanada oson boʻlib, keng joyda goʻzal va oʻlmas kitobni yozaman va sizga oʻqitaman", deb butun farmonlarda u kitobdan bahs yuritadi. Albatta va xar holda u kitobning asli yozilgan, hashr va nashr bilan xoshiyalari ham yoziladi. Umumning amal daftari unda qayd etiladi.
Modomiki yer koʻp sonli maxluqlar jihati va bardavom oʻzgargan yuz minglab turli-tuman hayot egalarinng turlari va ruh sohiblarinign maskani, manbai, fabrikasi, koʻrgazmasi, majlis joyi boʻlgani uchun koinotning qalbi, markazi, xulosasi, natijasi, sababi xilqati boʻlib oʻta buyuk ahamiyati borki: Kichikligi bilan birga ulkan samovotga teng tutilgan. Samoviy farmonlarda doim: رَبُّ السَّمٰوَاتِ وَ الْاَرْضِ deyiladi.
Modomiki bu mohiyatdagi yerning xar tomonida hukm qilgan,
aksar maxluqotini tasarruf qilgan,
aksar hayotdor mavjudotini boʻysundirib oʻz atrofiga toʻplagan,
aksar sanʻatlarini oʻz istagining muhandisligi va ehtiyojotining dasturlari bilan chiroyli ravishda tartibga solib, koʻrgazma qilib, ziynatlab, oʻta antiqa turlarini roʻyxat kabi yerlarda jamlab bezatadiki,
nafaqat ins va jin e'tiborini,
balki samovot ahli va koinotning diqqatini va taqdirlarini,
koinot sohibining sevgan nazari jalb qilgan oʻta buyuk ahamiyat va qiymat olgan,
va bu xususiyat bilan koinot yaratilishining hikmati, buyuk natijasi, qiymatli mevasi va Yerning xalifasi boʻlganini, fanlari bilan, san'atlari bilan koʻrsatgan...
dunyo jihatidan Olam Sone'ining moʻ'jizali san'atlarini oʻta goʻzal ravishda koʻrgazma qilib, nizomga solgani uchun, isyon va kufri bilan birga dunyoda qoldirilgan va azobi kechiktirilgan...
bu xizmati uchun muhlat berilib muvaffaqiyat qozonga Odam oʻgʻillari bor.
Modomiki bu mohiyatdagi insonlar, mizoj va xilqati oʻta zaif, ojizligi, gʻoyat ojizligi va faqirligi bilan birga hadsiz ehtiyojlari, azoblari boʻlsada, kuchi va ixtiyoridan batamom ustun ulkan yer kurrasini insoniyatga kerak boʻlgan xar turdagi ma'danlarga manba, xar navʻ taomlarga ombor, insoniyat manzur koʻradigan xar hil mollarga doʻkon holiga keltirgan oʻta quvvatli, hikmatli va shafqatli bir mutasarrif borki, insoniyatga qarayapti, parvarish qilyapti, istaganini beryapti.
Modomiki bu haqiqatdagi bir Rob, insonni ham sevadi, oʻzini insonga ham sevdiradi, ham boqiy, boqiy olamlari ham bor, ham adolat bilan ish qiladi va hamma narsani hikmat bilan bajarar ekan, ham bu qisqa dunyoviy hayotda va bu qisqagina bashar umrida, bu vaqtincha va foniy zaminda Azaliy Hokimning saltanatining hashamati va doimiy hokimiyati joylasha olmaydi. Inson turida sodir boʻlgan va koinotning intizomiga, adolat va muvozanatlariga, husni jamoliga zid va muxolif juda buyuk zulmlari, isyonlari va valine'matiga, uni shafqat bilan parvarish qilgan Zotga qarshi xiyonatlari, inkorlari, kufrlari bu dunyoda jazosiz qolib, berahm zolim rohatda va bechora mazlum esa mashaqqatlar ichida umrlarini kechiradi. Umum koinotda belgilari koʻringan ushbu mutlaq adolatning mohiyati esa, tirilmaslik surati bilan berahm zolimlarning va azobdagi mazlumlarning teng holda vafot etishiga batamom ziddir, koʻtarmaydi, ruhsat bermaydi!
Modomiki, koinot sohibi koinotdan zaminni va zamindan inson turini tanlab oʻta buyuk bir maqom, bir ahamiyat bergan ekan, insondan ham rububiyati maqsadlariga muvofiq, oʻzini iymon va taslim bilan unga sevdirgan haqiqiy insonlar hisoblangan anbiyo, avliyo va asfiyoni tanlab oʻziga doʻst va tinglivchi qilib, ularni moʻ'jizalar va tavfiqlar bilan ikrom qiladi, dushmanlarini samoviy ta'zirlar bilan azoblaydi.
Bu qiymatli, sevimli doʻstlaridan ham, ularning imomi va faxri Muhammad Alayhissalotu Vassalamni tanlab, uning nuri bilan ahamiyatli Kura-i Arzning yarmini va ahamiyatdagi insoniyatning beshdan birini uzun asrlarda nurlantiryapti. Xuddi bu koinot u kishi uchun yaratilgandek, butun gʻoyalari u zot bilan, dini bilan va Qur'oni bilan koʻrinyapti. Va juda ham qiymatli va millionlar yil yashaydigan qadar hadsiz xizmatlarining haqlarini cheksiz zamonda olishga haqdor va loyiq boʻlsada, oʻta mashaqqatlar va kyrashlar ichida oltmish uch yil kabi qisqacha umr berilgan. U zot butun nabiylar va doʻstlari bilan barobar tirilmasligi, hozir ham ruhan tirik va hayy boʻlmasligi, abadiy qatl orqali yoʻq boʻlishining hech bir jihatdan imkoni, ehtimoli, layoqati bormi ajabo?! Also, yuz ming marta qatʻiyyan va aslo!.. Butun koinot va olam haqiqati tirilishini da'vo qiladi va hayotini Sohibi Koinotdan talab qiladi.
Modomiki Yettinchi Shua «Oyat-ul Kubro» da xar biri bir togʻ quvvatidagi oʻttiz uch adad azim qarash birligi isbot qilganki: Bu koinot bir qoʻldan chiqqan va yagona zotning mulkidir. Ilohiy kamolotning asosi boʻlgan vahdatini va ahadiyatini ochiq oydin koʻrsatgan. Vahdat va ahadiyat bilan butun koinot Zoti Vohidning amrga tayyor askarlari va boʻysundirilgan xodimlari boʻlib, oxirat kelgach kamoloti tubanlikdan, mutlaq adolati istehzoli mutlaq zulmdan, ommaviy hikmati ahmoqona abasiyatdan, keng rahmati oʻynab azoblashdan, qudratining izzati xor ojizlikdan qutuladi, muqaddas boʻladi.
Albatta, albatta va xar holda, yerning mazkur ahamiyati, markaziyati va insonning ahamiyati va qiymati yuzaga chiqishi, yer va insonning Xoliqi va Robbi boʻlgan Mutasarrifi Hakimning mazkur adolati, hikmati, rahmati, saltanati qaror topishi, Boqiy Robning mazkur haqiqiy doʻstlari va ishtiyoqmandlari abadiy qatldan qutulishi, doʻstlarning eng buyugi va eng qiymatlisi - butun koinotni xursand va minnatdor qilgan muqaddas xizmatlarining mukofotini koʻrishi, Sultoni Sarmadiyning kamoloti nuqsondan va kamchilikdan, qudrati ojizlikdan, hikmati ahmoqlikdan, adolati zulmdan toza, pok va kamchilikdan holi bolishi uchun Allohga iymonning yuzlab nozik va chuqur maʻnosidan ushbu sakkiz "modomiki"lardagi haqiqatlar iqtizo qiladiki qiyomat kuni keladi, hashr va nashr boʻladi, jazo va mukofot diyori ochiladi...
Natija: Modomiki Alloh bor, albatta oxirat bordir...
Mazkur uch iymon arkoni isbot qilgan butun dalillari bilan hashrga shahodat va dalolat qilgani kabi
boʻlgan ikki iymon rukni ham hashrni lozim qilib olami baqoga kuchli suratda shahodat va dalolat qiladi:
Farishtalarning vujudini va qullik vazifasini isbotlagan butun dalillar va hadsiz kuzatuvlar, mukolamalar, bilvosita ruhlar va gʻayb olamining, baqo va oxirat olamining, kelajakda jin va ins bilan jonlantiradigan saodat diyorining, Jannat va Jahannamning borligiga dalolat qiladi. Chunki farishtalar bu olamlarni izni Ilohiy bilan koʻra oladi, kiradi. Hazrat Jabroil kabi, insonlar bilan koʻrishgan umum muqarrabin farishtalar mazkur olamlarning vujudlarini va ular ularda kezganlarini muttafiqan xabar beradilar. Biz koʻrmagan Amerika qit'asininig borligini undan kelganlarning xabari orqali ochiq-ravshan bilganimizdek, yuz tavotur quvvatida boʻlgan farishtalar xabarlari baqo olami va oxirat diyorining, Jannat va Jahannamning vujudlariga oʻsha qat'iyatda iymon keltirish kerak va shunday iymon keltiramiz.
Yigirma Oltinchi Soʻz boʻlgan "Qadar Risolasi"da "Taqdirga iymon" ruknini isbotlagan barcha dalillar, bilvosita hashrga, sahifalarni nashr qilinishiga va buyuk mezonidagi amallarning tortilishiga dalolat qiladi. Chunki hamma narsaning taqdir qilinganini koʻz oʻngimizda nizom va mezon lavhalarida qayd qilish, xar bir hayot egasining hayot yoʻllarini xotirasida, urugʻlarida va boshqa misoliy lavhalarda yozish, xar bir ruh sohibining, xususan insonlarning amal daftarlarini maʻnaviy lavhalarda qayd etish va oʻtkazish, albatta qamrovli qadar, hakimona taqdir, oʻta aniq qayd, hofizona kitobat mavjud. Lekim buyuk mahkamada umumiy sud qilish natijasida doimiy mukofot va jazo uchun amalaga oshiriladi. Yoʻqsa qamrovli va juda ham diqqatli qayd va muhofaza, batamom ma'nosiz, foydasiz qoladi. Hikmatga va haqiqatga zid boʻladi. Agar hashr amalga oshmasa, qadar qalami bilan yozilgan ushbu koinot kitobining barcha aniqlashgan ma'nolari buziladi. Buning esa hech bir jihati imkoni yoʻq va bunday ehtimol koinotning vujudini inkor qilishdek imkonsiz, balki bir safsata boʻladi.
Natija: Iymonning besh rukni barcha dalillari bilan hashr va nashrning sodir boʻlishiga, borligiga, dori oxiratning mavjudligiga va ochilishiga dalolat bilan lozim qiladi, shahodat qilib talab qiladi. Demak, hashr haqiqatining azamatiga tamoman muvofiq azamatli va tebranmas ustunlari va burhonlari boʻlgani uchun, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning qariyb uchdan bir qismi hashr va oxiratni tashkil qiladi, uni butun haqiqatlariga poydevor, asosining asosi va hamma narsani uning ustiga bino qiladi.
Zaylning Ikkinchi Boʻlimi
boʻlgan fikradagi farmoni hashrga doir bu yerda koʻrsatgan burhoni bahiri va hujjati qat'iyasi bayon va izoh qilinadi inshaalloh.
{(1-Hoshiya) U maqom hali yozilmagan.}
{(2-Hoshiya) Hayot masalasi hashrga munosabati uchun bu yerga kirgan. Faqat hayotning oxirida qadar rukniga ishorati juda nozik va terandir.}
Hayotning yigirma sakkizinchi xossasida bayon qilinganki, hayot iymonning olti arkoniga qarab isbotlaydi, ularning amalga oshishiga ishoratlar qiladi.
Darhaqiqat, modomiki bu koinotning eng muhim natijasi, asosi va hikmati - hayotning yaratilishi ekan, albatta bu oliy haqiqat ushbu foniy, qisqacha, nuqson, alamli dunyoviy hayotga xoslanib qolmaydi. Balki hayotning yigirma toʻqqiz xossasi bilan mohiyatining kattaligi tushunilgan hayot daraxtining gʻoyasi, natijasi va u daraxtning kattaligiga loyiq mevasi abadiy va uxroviy hayotdir. Toshi va daraxti bilan, tuprogʻi bilan hayotdor dori saodatdagi hayotdir.
Yoʻqsa hadsiz muhim jihozlar bilan jihozlangan hayot daraxti shuur sohiblari haqida, xususan inson haqida mevasiz, foydasiz, haqiqatsiz boʻlishi kerak boʻlar edi... sarmoya va jihozlari jihatidan masalan chumchuqdan yigirma daraja koʻproq, koinot va hayot egalarining eng muhim yuksak va ahamiyatli maxluqi boʻlgan inson hayot saodati jihatidan chumchuqdan yigirma daraja tubanlashib eng badbaxt, eng xor bir bechora boʻladi.
Eng qiymatli ne'mat boʻlgan aql ham, oʻtmishning qaygʻularini va kelajakning qoʻrquvlarini oʻylab inson qalbini bardavom ogʻritib, bir lazzat evaziga toʻqqiz azobni qoʻshgani uchun eng musibatli bir balo boʻladi. Bu esa yuz daraja botildir. Demak, bu dunyoviy hayot oxiratga iymon ruknini qat'iy isbot qiladi va xar bahorda hashrning uch yuz mingdan koʻproq namunalarini koʻzimizga koʻrsatadi.
Ajabo, sening jismingda, bogʻingda va vataningda hayotingga lozim va munosib barcha narsalari va jihozlarini hikmat, inoyat va rahmat bilan tayyorlagan va vaqtida yetishtirgan, hatto me'dangning baqiylik va yashash orzusi bilan qilgan xususiy va juz'iy rizq duosini bilgan, eshitgan va hadsiz shirin taomlar bilan u duoning qabulini koʻrsatgan, me'dani xursand qilgan Mutasarrifi Qodir seni bilmasligi, koʻrmasligi va inson sinfining eng buyuk gʻoyasi boʻlgan abadiy hayotga kerakli sabablarni tayyorlamasligi mumkinmi hech?! Inson turining eng buyuk, eng ahamiyatli, eng loyiq va umumiy boqiylikni istash duosini uxroviy hayotni insho qilib va Jannatni ijod qilib qabul qilmasligi, koinotning eng muhim maxluqi, balki zaminning sultoni va samarasi boʻlgan insonning arsh va yerni larzaga solgan umumiy va oʻta quvvatli duosini eshitmasdan, kichik me'dachalik ahamiyat bermasligi, xursand qilmasligi, kamoli hikmatini va soʻngsiz rahmatini inkor ettirishi mumkinmi?! Aslo... yuz ming marta yoʻq!..
Eng kichik hayot egasining juda yashirin ovozini eshitib, dardini tinglab, darmon berib, xar bir istagan narsasini qilishi, kamoli diqqat va e'tibor bilan parvarish qilishi, unga diqqat bilan xizmat qildirihsi, buyuk maxluqotini unga xizmatkor qilishi, keyin eng buyuk va qiymatli, boqiy va nozdor bir hayotning osmon sadosi kabi yuksak ovozini eshitmasligi, uning juda ahamiyatli baqiylikni istagan duosini, nozini va niyozini nazarga olmasligi mimkinmi hech?! Goʻyo bir askarning kamoli diqqat bilan jihozlab boshqarsa va mute' va muhtasham qoʻshinga hech qaramasligi... zarrani koʻrib Quyoshni koʻrmasligi... pashshaning ovozini eshitib, momaqaldiroqni eshitmasligi mumkinmi? Qatʻiyyan... yuz ming marta aslo!..
Cheksiz rahmatli, muhabbatli, oʻta shafqatli, oʻz san'atini juda ham sevadigan va oʻzini juda ham sevdiradigan, uni sevganlarni koʻproq sevadigan Zoti Qodiri Hakim eng koʻp oʻzini sevgan, sevimli, sevilgan va fitratan Sone'iga mahliyo boʻlgan hayotni, hayotning zoti va javhari boʻlgan ruhni abadiy oʻlim bilan qatl qilib, oʻzidan sevgili muhibbini va habibini abadiyyan achchiqlantirishini, arazlatishini, qattiq ranjida qilib rahmat sirrini va muhabbat nurini inkor etishini va ettirishini hech bir jihatdan aql qabul qiladimi? Yuz ming marta aslo va qatʻiyyan!..
Bu koinotni jilvasi bilan bezagan bir jamoli mutlaq va umum maxluqotni sevintirgan mutlaq rahmat hadsiz xunuklikdan, mutlaq qubhdan va mutlaq zulmdan, marhamatsizlikdan, albatta nihoyatsiz daraja munazzah va muqaddasdir.
NATIJA: Modomiki dunyoda hayot bor ekan, albatta insonlardan hayotning sirrini anglaganlar va hayotini suiste'mol qilmaganlar baqo diyori va boqiy Jannatda boqiy hayotga sazovor boʻladi. Amanna...
Yer yuzidagi porloq narsalar Quyoshning akslari bilan porlashi va dengizlarning yuzidagi pufakchalar ziyoning yogʻdulari bilan porlab soʻnishlari, orqalaridan kelgan pufakchalar yana xayoliy quyoshchalarga oynalik qilishlari ochiq oydin koʻrsatadiki, shu yogʻdular bitta yuksak Quyoshning in'ikosdir. Quyoshning borligini turli tillar bilan yod etadilar va nur barmoqlari bilan unga ishorat qiladilar. Aynan shuning kabi: Zoti Hayyi Qayyumning Muhyi ismining buyuk jilvasi bilan yer yuzida va dengizlarning ichida hayot egalarining Ilohiy qudrat bilan porlab, orqalaridan kelganlarga joy berish uchun «Yo Hayy!» deb gʻayb pardasida yashinishlari sarmadiy hayot sohibi boʻlgan Zoti Hayyi Qayyumning hayotiga va borligining shart ekaniga shahodatlar, ishoratlar qilgani kabi... umum mavjudotni nizomga solishda belgilari koʻringan Ilohiy ilmga guvohlik qilgan butun dalillar, koinotda tasarruf qilgan qudratni isbotlagan butun burhonlar, koinotning nizomi va boshqaruvida hukm qilgan iroda va xohishni isbotlagan barcha hujjatlar, Rabboniy kalom va Ilohiy vahiyning asosi boʻlgan risolatlarni isbotlagan butun alomatlar, moʻ'jizalar va hokazo yetti Ilohiy sifatga shahodat qilgan butun dalillar, ittifoq bilan Zoti Hayyi Qayyumning hayotiga dalolat, shahodat, ishorat qiladi.
Bir narsada koʻrish boʻlsa, hayoti bor, eshitish hayotning alomatidir, gapirish hayotning vujudiga ishorat qiladi, ixtiyor, iroda hayotni koʻrsatgani kabi, bu koinotda belgilari bilan borligi aniq va ochiq ravshan mutlaq qudrat, shomil iroda va bepoyon ilm kabi sifatlar butun dalillari bilan Zoti Hayyi Qayyumning hayotiga va vujubi vujudiga shahodat qiladi. Butun koinotni soyasi bilan nurlantirgan va bir jilvasi bilan oxirat diyorini zarralari bilan birga hayotlantirgan sarmadiy hayotiga shahodat qiladi.
Hayot "farishtalarga iymon" rukniga ham yuzlangan, ramzan isbot qiladi. Chunki koinotda eng muhim natija hayot ekan, eng ziyoda tarqalgan va qiymati uchun nusxalari koʻpaytirlgan va zamin mehmonxonasini kelib ketuvchi karvonlar bilan jonlantirgan hayot egalari ekan... modomiki yer kurrasi bu qadar hayot egalarining sinflari bilan toʻlgan, bardavom hayotdor navʻlarini yangilash va koʻpaytirish hikmati bilan xar doim toʻladi-boʻshaladi, eng qiymatsiz va chirigan moddalarida ham koʻp hayot egalari yaratilib kichik jonlilarning toʻplanish joyi boʻladi.. va modomiki hayotning sizilgan eng sof xulosasi shuur va aql, eng latif va sobit javhari boʻlgan ruh ushbu yer kurrasida oʻta koʻp sonda yaratilyapti. Goʻyo yer kurrasi hayot, aql, shuur va ruhlar bilan tirilib jonlantirilgan...
Albatta yer kurrasidan ham latifroq, nuroniyroq, buyukroq, ahamiyatliroq samoviy jismlar oʻlik, jonsiz, hayotsiz, shuursiz qolishi imkon xorijidadir. Demak osmonlarni, quyoshlarni, yulduzlarni jonlantirgan, hayotdor holatni bergan, yaratilish natijasi samovotni koʻrsatgan va Subhoniy xitoblarga sazovor boʻlgan shuur egasi, hayot sohibi va samovotga munosib yashovchilar, xar holda hayot sirri bilan mavjud, ular ham maloikalardir.
Hayotning sirri mohiyati ham "Paygʻambarlarga iymon" rukniga asosan ramzan isbot qiladi. Modomiki koinot hayot uchun yaratilgan va hayot ham Hayyi Qayyumi Azaliyning buyuk jilvasi, mukammal naqshi, eng chiroyli san'atidir. Modomiki bardavom hayot rasullarning yuborilishi va kitoblarning tushirilishi bilan oʻzini koʻrsatar ekan, agar kitoblar va paygʻambarlar boʻlmasa, azzaliy hayoti bilinmaydi. Bir odamning gapirishidan tirik va hayot ekani anglashiladi. Xuddi shuning kabi, bu koinotning pardasi ostida boʻlgan olami gʻaybning orqasida soʻzlagan, gapirgan, amr va manʻ qilib xitob qilgan bir zotning soʻzlarini, xitoblarini paygʻambarlar va qoʻllarida nozil boʻlgan kitoblar koʻrsatadi. Albatta koinotdagi hayot qat'iy bir suratda Hayyi Azaliyning borligining vojib darajasida qat'iy guhovlik qilgani kabi, azaliy hayotning shuʻlalari, jilvalari, munosabatlari boʻlgan «Rasullarni yuborish » va "Kitoblarni nozil qilish" ruknlariga qaraydi, ramzan isbot qiladi. Ayniqsa Risolati Muhammadiya (S.A.V.) va vahyi Qur'oniy hayotning ruhi va aqli boʻlgani uchun bu hayotning vujudi kabi, haqqoniyatlari qat'iydir.
Hayot bu koinotdan sizilgan bir xulosa... shuur, his hayotdan sizib chiqqan hayotning xulosasi... aql esa shuur va hisdan sizib chiqqan shuurning bir xulosasi... ruh esa hayotning xolis va sof javhari, sobit va mustaqil zoti ekan, moddiy va ma'naviy hayoti Muhammadiya (S.A.V.) ham hayot va ruhi koinotdan sizilgan xulosat-ul xulosadir. Risolati Muhammadiya (S.A.V.) esa koinotning his, shuur va aqlidan sizib chiqqan eng sof xulosasidir. Balki moddiy va ma'naviy hayoti Muhammadiya (S.A.V.) belgilarining guvohligi asosida koinot hayotining hayotidir. Risolati Muhammadiya (S.A.V.) koinot shuurining shuuri va nuridir. Qur'on vahiyi esa hayotdor haqiqatlarning shahodati asosida koinot hayotining ruhi va koinot shuurining aqlidir.
Ha, albatta, ha... Agar koinotdan risolati Muhammadiyaning (S.A.V.) nuri chiqsa, ketsa, koinot vafot etadi. Agar Qur'on ketsa, koinot telba boʻladi va yer kurrasi boshini, aqlini yoʻqotadi, balki shuursiz qolgan boshini bir sayyoraga uradi, bir qiyomatni keltiradi.
Hayot «qadarga iymon» rukniga qaraydi, ramzan isbot qiladi. Chunki hayot shahodat olamining ziyosi, istilo qilgan, vujudning natijasi va gʻoyasi, Koinot Xoliqining eng mujassam oynasi, Rabboniy faoliyatning eng mukammal oʻrnak va mundarijasidir. Misolda xato boʻlmasin, bir navʻ dasturi oʻrnidadir. Albatta gʻayb olami, ya'ni moziy, istiqbol ya'ni oʻtgan va kelasi maxluqotning ma'naviy hayoti boʻlgan intizom, nizom, ma'lumlik, guvohlik, yuzaga chiqish, yaratilishga oid ishlarga bajarishga muhayyo holatda boʻlishlarini hayot sirri iqtizo qiladi.
Bir daraxtning asosiy urugʻi, ildizi, muntahosida va mevalaridagi urugʻlari ham aynan daraxt kabi bir navʻ hayotga sazovordir. Balki daraxtning hayot qonunlaridan ham nozik hayot qonuniga ega. Hozirgi bahordan avval oʻtgan kuz qoldirgan danaklar va ildizlar bu bahor ketgandan keyin keladigan bahorlarga qoldiradigan urugʻlar, ildizlar bu bahor kabi hayot jilvasiga ega va hayot qonunlarga tobedir. Aynan shuning kabi, koinot daraxtining butun shox va butoqlari bilan xar birining bir moziyi va istiqboli bor. Oʻtmish va kelajak holatlari va vaziyatlaridan tashkil topgan silsilasi mavjud. Xar navʻ va xar boʻlakning Allohning ilmida turli holatlari bilan koʻp vujudlari ilmiy vujud silsilasini tashkil qiladi. Tashqi vujud kabi u ilmiy vujud ham umumiy hayotning ma'naviy bir jilvasiga sazovor boʻlib, taqdir qalami bilan yozilgan hayotiy dastur ma'nodor va jonli qadar lavhalaridan olinadi.
Darhaqiqat, gʻayb olamining bir turi boʻlgan ruhlar olami ayni hayot, hayot moddasi, hayotning javharlari va zotlari boʻlgan ruhlar bilan toʻla boʻlishi, albatta moziy va mustaqbal deyilgan gʻayb olamining bir boshqa turi ham, ikkinchi qismi ham hayot jilvasiga sazovorligini istaydi va shart qiladi. Xar bir narsaning ilmiy vujudidagi mukammal intizomi, ma'noli vaziyatlari va jonli mevalari, holatlari bir jihatdan ma'naviy hayotga sazovorligini koʻrsatadi.
Darhaqiqat, azaliy hayot quyoshining ziyosi boʻlgan bu hayot jilvasi, albatta yolgʻiz bu shahodat olamiga, hozirgi zamonga va bu xorijiy vujudga maxsus boʻla olmaydi, balki xar bir olam qobiliyatiga koʻra ziyoning jilvasiga sazovordir. Koinotning butun olamlari u jilva bilan jonli va ziylidir. Yoʻqsa zalolat dunyoqarashining koʻrgani kabi vaqtincha va zohiriy hayot ostida xar bir olam katta va mudhish janoza, bir-bir zim-ziyo vayrona olami boʻlar edi.
Xullas, «qadar va qazoga iymon» ruknining ham keng jihatda hayot sirri bilan tushuniladi va haqiqat ekani yuzaga chiqadi. Ya'ni, shahodat olami va hozir mavjud ashyolar intizomi va natijalari bilan tirikligi koʻrinadi. Xuddi shuning kabi, gʻayb olamidan hisoblangan oʻtgan va kelajak maxluqlarning ham ma'nan tirik ma'naviy vujudlari va ruhli ilmiy haqiqati borki, Qazo va Qadar Lavhi vositasi bilan ma'naviy hayotning belgisi taqdir qilingan ishlar nomi orqali koʻrinadi, yuzaga chiqadi.
Zaylning Uchinchi Parchasi
Hashr munosabati bilan bir savol: Qur'onda takror-takror: اِنْ كَانَتْ اِلَّا صَيْحَةً وَاحِدَةً va وَمَٓا اَمْرُ السَّاعَةِ اِلَّا كَلَمْحِ الْبَصَرِ farmonlari koʻrsatadiki: Buyuk hashr bir onda, zamonsiz vujudga keladi. Tor aql esa, bu cheksiz darajadagi gʻaroyib va ushbu mislsiz masalani shubhasiz va aniq qabul qilishiga asos boʻladigan koʻringan misol istaydi.
Javob: Uch masaladir.
Hashrda ruhlarning jasadlarga kelishi bor.
Jasadlarni tiriltirish bor.
Yana jasadlarning inshosi bor.
Birinchi masala: Ruhlarning jasadlariga kelishi. Oʻta muntazam bir qoʻshinning askarlari, istirohat uchun xar tarafga tarqalgan vaqti, yuksak ovozli bir karnay ovozi bilan toʻplanishlari misol boʻladi. Isrofilning karnayi boʻlgan Suri, qoʻshinning karnaychisidan kichik boʻlmagani kabi, abadlar tarafida va zarralar olamida, azal tomonidan kelgan اَلَسْتُ بِرَبِّكُمْ xitobini eshitgan va قَالُوا بَلٰى bilan javob bergan ruhlar, albatta qoʻshinning askarlaridan minglab daraja boʻysunganroq, intizomli va mute'dir. Oʻttizinchi Soʻz faqat ruhlar emas, balki butun zarralar ham Subhoniy qoʻshini va amrga boʻysunuvchan askarlar ekanini qat'iy burhonlar bilan isbot qilgan.
Ikkinchi masala: Jasadlarning tiriltirilishiga misoli: Juda katta shaharda, bayram kechasida, bir markazdan, yuz ming elektr chiroqlari, xuddi bir onda jonlanishlari va nurlanishlari kabi, butun yer yuzida bitta markazdan yuz million chiroqlarga nur berish mumkin. Modomiki Janobi Haqning elektr kabi maxluqi va musofirxonasida bir xizmatkori va nur bergan maxluqi, Xoliqidan olgan tarbiya va intizom darsi asosida bu holatga sazovor boʻlyapti. Albatta, elektr kabi minglab nuroniy xizmatkorlarining koʻrsatgan, hikmati Ilohiyaning muntazam qonunlari doirasida buyuk hashr koʻz ochib yumguncha vujudga keladi.
Uchinchi masala: Jasadlarning daf'atan insho qilinishining misoli quyidagicha: Bahorda bir necha kun mobaynida butun bashariyatdan ming matra koʻproq boʻlgan barcha daraxtlarning butun yaproqlari ayni avvalgi bahordagidek birdan, mukammal insho qilinishi, butun daraxtlarning barcha gullari, mevalari va yaproqlari, oʻtgan bahorning mahsuloti kabi, yashin tezligida ijod qilinishi, bahorning boshlangʻichi hisoblangan sanoqsiz danakchalar, urugʻlar, ildizlarning birdan barobar uygʻonishi, oʻsishi, tiriltirilishi, suyaklardan iborat, oyoqda turgan oʻlik kabi butun daraxtlarning mayyiti bir buyruq bilan daf'atan «Ba'su ba'dal mavt» ga sazovor boʻlishi va yoyilishi, kichik hayvon toifalarining sanoqsiz turlarining oʻta san'atli suratda tiriltirilishi, xususan chivin qabilalarining hashrlari, boxusus doimo yuzini, koʻzini, qanotini tozalab, bizga tahoratni va tozalikni eslatgan, yuzimizni silagan koʻz oʻngimizdagi qabilaning bir yilda nashr boʻlgan sanogʻi Odam farzandlarining Odam zamonidan beri kelgan umum sanogʻidan koʻp boʻlib, xar bahor boshqa qabilalar bilan birga bir necha kun mobaynida insho qilinishi, tiriltirilishi, toʻplanishi albatta Qiyomatda inson jasadlarining insho qilinishiga bir misol emas, balki minglab misoldir.
Ha, dunyo dorul-hikmat va oxirat dorul-qudrat boʻlgani uchun, dunyoda Hakim, Murattib, Mudabbir, Murabbiy kabi koʻp ismlarning iqtizosi bilan, dunyoda ashyolarni ijod qilish bir daraja tadrijiy va vaqt bilan boʻlishini Rabboniy hikmati taqozo qiladi. Oxiratda esa, hikmatdan koʻra qudrat va rahmat ijro qilgani uchun moddaga, muddatga, vaqtga va kutishga ehtiyoj qoldirmasdan ashyo birdan insho etiladi. Bu yerda bir kunda va bir yilda qilingan ishlar oxiratda bir onda, bir nazarda insho qilinishiga ishorat qilib Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon
deb farmon qiladi.
Agar hashrning kelishini, kelgusi bahorning kelishi kabi, qat'iy suratda anglashni istasang, hashrga doir Oʻninchi Soʻz bilan Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzni diqqat bilan oʻqi, koʻr. Agar bahorning kelishi kabi ishonmasang, kel, barmogʻingni koʻzimga suq.
TOʻRTINCHI MASALA boʻlgan dunyoning oʻlimi va qiyomat kunining kelishi quyidagicha: Bir onda bir sayyora yoki bir dumli yulduzning Rabboniy amr bilan yer kurramizga, musofirxonamizga urilishi uyimizni xarob qiladi. Oʻn yilda qurilgan saroyning bir daqiqada xarob boʻlishi kabi...
Zaylning Toʻrtinchi Qismi
Ya'ni, inson: «Chirib ketgan suyaklarni kim tiriltiradi?» deydi. Sen: «Kim ularni boshda insho qilib hayot bergan boʻlsa, oʻsha tiriltiradi», deb ayt.
Oʻninchi Soʻzning Toʻqqizinchi Haqiqatining uchinchi misolda tasvir qilinganidek, bir zot koʻz oʻngingda bir kunda qaytadan katta bir qoʻshinni tashkil qilganda, bir kishi: "Bu kishi, askarlari istirohat uchun tarqalgan harbiy qismni bir karnay bilan toʻplaydi, harbiy qism nizomi ostiga keltira oladi", deb aytsa, sen, ey inson: "Ishonmayman" desang, naqadar telbalarcha inkor ekanini bilasan. Xuddi shuning kabi, hechlikdan, qaytadan qoʻshin-misol butun hayvonot va boshqa hayot egalarining harbiy qism-misol jasadlarini kamoli intizom bilan va hikmat mezoni bilan badanlarning zarralarini va latifalarini كُنْ فَيَكُونُ amri bilan qayd qilib joylashtirgan, xar asrda, hatto xar bahorda roʻyi zaminda yuz minglab qoʻshin-misol jonlilarning sinflari va toifalarini ijod qilgan bir Zoti Qodiri Alim, harbiy qism-misol bir jasadning nizomga boʻysunishi orqali bir-biri bilan tanishgan asosiy zarralar va asliy qismlarni bir hayqiriq bilan Isrofil Surining karnayi bilan qanday toʻplay oladi? Deb aqlga sigʻmaydi deyiladimi? Aytilsa, ablahcha bir devonalik boʻladi.
Qur'on goho Janobi Haqning oxiratda gʻaroyib ishlarini qalbga qabul qildirish uchun, tayyorlash va zehnni tasdiqqa muhayyo qilish uchun, hozirlik suratida dunyodagi ajoyib ishlarini zikr qiladi. Va yoxud, istiqbolga oid va uxroviy ajoyib Ilohiy ishlarni shunday bir suratda zikr qiladiki, biz koʻrgan koʻp naziralari bilan ularga qanoat hosil qilamiz. Masalan:
to suraning oxiraga qadar...
Ushbu boʻlimda hashr masalasida Qur'oni Hakim hashrni isbotlash uchun yetti-sakkiz suratda, turli tarzlarda isbotlaydi.
Avvalo, insonning ilk yaratilishini e'tibor qaratadi: Nutfadan alaqaga, alaqadan mudgʻaga, mudgʻadan to xilqati insoniyagacha boʻlgan yaratilishingizni koʻryapsiz... Qanday qilib, keyingi yaratilishingizni inkor qilyapsiz?.. U uning misli, balki yanada osonroqdir. Ham Janobi Haq insonga qilgan azim ehsonlarini:
kalimasi bilan ishorat qilib: Qabrga kirib turmaydigan boʻlib yotaman deb oʻylamang. Sizga buncha ne'mat bergan zot sizni bebosh qoldirmaydi, deydi. Yana ramzan: Oʻlgan daraxtlarning tirilib yashillanishini koʻrib turibsiz. Oʻtin kabi suyaklarning hayot topishini qiyos qila olmasdan aqldan uzoq deyapsiz. Samovot va yerni yaratgan, osmonlar va yerning mevasi boʻlgan insonning hayot va oʻlimidan ojizmi? Ulkan daraxtni boshqargan Zot, daraxtning mevasiga ahamiyat bermasdan, boshqaning qoʻliga tutkizadimi?! Butun daraxtning natijasini tark qilib, butun qismlarini hikmat bilan yoʻgʻrilgan xilqat daraxtini abas va behuda qiladi deb oʻylaysizmi? deydi.
Hashrda sizni tiriltiradigan zot, shunday zotki, butun koinot uning amriga tobe' askar hukmidadir. كُنْ فَيَكُونَ amriga kamoli itoat bilan boʻysunadi. Bir bahorni yaratish unga bir gul qadar oson. Butun hayvonotni ijod qilish qudratiga bir chivinni ijod qilishdek oson zotdir. U zotga مَنْ يُحْيِى الْعِظَامَ deb qudrati ojiz koʻrib qarshi chiqilmaydi.
Soʻng
ta'biri bilan hamma narsaning tizgini qoʻlida, hamma narsaning kaliti yonida, kecha va kunduzni, qish va yozni kitob sahifalari kabi osonlikcha varaqlaydi. Dunyo va oxiratni ikki manzil kabi, birini berkitadigan, ikkinchisini ochadigan bir Qodiri Zuljaloldir. Modomiki shunday ekan, butun dalillarning natijasi sifatida: وَ اِلَيْهِ تُرْجَعُونَ ya'ni, qabrdan sizni tiriltirib, hashrga keltirib, huzuri kibriyosida hisob-kitobingizni qiladi.
Bu oyatlar zehnni hashrni qabul qilishga muhayyo qildi. Qalbni ham tayorladi. Chunki dunyoviy ishlar orqali oʻxshashlarini ham koʻrsatdi.
Goho: Uxroviy ishlarni shunday bir tarzda zikr qiladiki: Aqldan uzoq koʻrishga va inkorga imkoniyat qolmasligi uchun dunyoda oʻxshashlarini eslatadi. Masalan:
va
va
Bu suralarda qiyomat va hashrdagi azim inqiloblar va rububiyat tasarruflarini shunday bir tarzda zikr qiladiki, inson ularning oʻxshashlarini dunyoda, masalan kuzda, bahorda koʻrgani uchun, qalbga dahshat solib, aqlga sigʻmagan inqiloblarni oson qabul qiladi. Ushbu uch suraning qisqacha maʻnosiga ishorat ham juda uzun boʻladi. Shuning uchun bir kalimani namuna sifatida koʻrsatamiz. Masalan:
kalimasi bilan ifoda qiladiki: Hashrda hammaning butun amallari bir sahifa ichida yozilib, nashr qilinadi. Bu masala oʻz-oʻzidan juda ajib boʻlgani uchun aql unga yoʻl topa olmaydi. Lekin sura ishorat qilgani kabi, bahoriy hashrda boshqa nuqtalarning oʻxshashlari boʻlgani kabi, sahifalarni nashr qilish nazirasi juda zohirdir. Chunki xar bir mevali daraxt va gulli bir oʻtning ham amallari bor, ishlari bor, vazifalari bor. Asmo-i Ilohiyani qay shaklda koʻrsatib tasbehot qilgan qulligi bor. Uning butun amallari hayot yoʻllari bilan birga barcha urugʻlari, danakchalarida yozilib boshqa bahorda, boshqa zaminda chiqadi. Koʻrsatgan shakl va surat tili bilan oʻta ravon suratda onalari va asllarining amallarini eslagani kabi, shox, butoq, yaproq, gul va mevalari bilan amallari sahifasini nashr qiladi. Demak, koʻz oʻngimizda ushbu ishni hikmatli, hofizona, mudabbirona, murabbiyona, latifona qilgani uchun:
deydi.
Boshqa nuqtalarni bunga qiyos ayla. Kuching boʻlsa boshqa maʻnolarni ham chiqar. Senga yordam boʻlishi uchun shuni ham aytamiz: اِذَا الشَّمْسُ كُوِّرَتْ kalomi takvir lafzi bilan, ya'ni oʻrash va toʻplash ma'nosi bilan porloq bir misolga ishorat qilgani kabi, oʻxshashini ham imo qiladi.
Birinchi: Ha, Janobi Haq tarafidan hechlik, efir va samo pardalarini ochib, Quyosh kabi dunyoni nurlantirgan olmos-misol bir chiroqni rahmat xazinasidan chiqarib, dunyoga koʻrsatdi. Dunyo berkitilgandan keyin u olmosni pardalariga oʻrab olib tashlaydi.
Ikkinchi: Yoki ziyo matosini yoyish, zaminning boshiga ziyoni zulmat bilan navbatlashib oʻrash vazifasi yuklangan xodim boʻlganini, xar oqshom u xodimga matosini toʻplatib yashirtirgani kabi, gohida bir bulut pardasi bilan oldi-sotdisini ozytiradi. Gohida, Oy uning yuziga qarshi parda boʻladi, muomalasini bir daraja tortadi. Molini va muomalalar daftarlarini toʻplaganidek, albatta u xodim vaqti kelib vazifasidan chiqadi. Hatto boʻshashga hech qanday sababi boʻlmasa ham, hozircha kichik, faqat kattalashishni boshlagan yuzidagi ikki dogʻi kattalashib, Quyosh yerning boshiga izni Ilohiy bilan oʻragan ziyoni, amri Rabboniy bilan qaytarib olib, Quyoshning boshiga oʻrab, "Qani, yerda ishing qolmadi deydi, Jahannamga bor, senga ibodat qilib, sendek bir boʻysungan xodimni sadoqatsizlik bilan tahqir etganlarni yoq!" deydi. اِذَا الشَّمْسُ كُوِّرَتْ farmonini dogʻli qora yuzi bilan yuzida oʻqiydi.
Zaylning Beshinchi Qismi
Hadis matnida bashariyatning eng mumtoz shaxsiyatlari boʻlgan bir yuz yigirma toʻrt ming anbiyolar ijmo' va tavotur bilan, qisman kuzatuvga va qisman haqqal-yaqiynga tayanib, bir ovozdan oxiratning borligidan, insonlarning u yerga yuborilishidan va bu koinot Xoliqining qat'iy va'da bergan oxiratni keltirishidan xabar bergan. Ular bergan xabarni kashf va kuzatuv bilan ilmal-yaqiyn tasdiq qilgan bir yuz yigirma toʻrt million avliyolar oxiratning borligiga shahodatlari orqali va bu koinot Sone'-i Hakimining bu dunyoda butun asmosi koʻrsatgan jilvalari bilan bir boqiy olamni ochiq oydin taqozo qiladi. Yana oxiratning vujudiga dalolat qilib, xar yili bahorda roʻyi zaminda oyoqda turgan son-sanoqsiz oʻlgan daraxtlarning mayyitlariكُنْ فَيَكُونَ amri bilan tiriltirib, بَعْثُ بَعْدَ الْمَوْتِ ga sazovor etgan, hashr va nashrning yuz minglab namunasi boʻlgan nabotot toifalari va hayvonot millatidan uch yuz ming sinflarni hashr va nashr qilgan hadsiz azaliy qudrat, hisobsiz va isrofsiz abadiy hikmat, rizqqa muhtoj butun ruh sohiblarini kamoli shafqat bilan oʻta gʻaroyib tarzda oziqlantirilgan, xar bahorda qisqa vaqtda son-sanoqsiz ziynat va chiroyining turlarini koʻrsatgan boqiy rahmat, umumiy doimiy inoyat, ochiqdan ochiq oxiratning vujudini shart qiladi. Bu koinotning eng mukammal mevasi va koinot Xoliqining eng sevgan sanʻati va koinotning mavjudoti bilan eng koʻp aloqador boʻlgan insonda shiddatli, tebranmas, doimiy «boqiylik ishqi», "abadiyat istagi", "doimiy orzular" ochiqdan ochiq ishorati va dalolati bilan, bu foniy olamdan keyin bir boqiy olam, oxirat diyori va bir saodat yurti borligini shu daraja qat'iy bir suratda isbotlaydiki: Dunyoning vujudi qadar, oxiratning vujudini qabul qilishni ochiq ravshan shart qiladi.
{(Hoshiya) Ha, borligi aniq va haqiqiy boʻlgan ishni xabar berish oson boʻlgani, inkor va rad qilish oʻta mushkul ekani bu misoldan koʻrinadi. Bir kishi: Yer yuzida mevalari sut konservalari boʻlgan oʻta gʻaroyib bir bogʻ mavjud, desa. Boshqa birov: Yoʻq, desa. Isbot qilgan kishi faqat uning joyi va yoki ba'zi mevalarini koʻrsatsa da'vosini oson isbotlaydi. Inkor qilgan odam yoʻqligini isbot qilish uchun yer yuzini toʻliq koʻrishi va koʻrsatishi orqali da'vosini isbot qiladi.
Aynan shuning kabi, Jannatni xabar berganlar yuz minglab izlari, mevalari, asarlarini koʻrsatishganini e'tiborga olmasdan, ikki shohidi sodiqning borligiga shahodat qilsa kifoya qiladi. Lekin uni inkor qilgan kimsa cheksiz koinotni va hadsiz abadiy zamonni tomosha qilishi, koʻrishi va elagandan keyingina inkorini isbot qila oladi, yoʻqligini koʻrsata oladi. Qarang ey keksa qardoshlar, oxiratga iymonning naqadar quvvatli boʻlganini anglangiz.
Said Nursiy}
Modomiki Qur'oni Hakim bizga bergan eng muhim bir dars, oxirat iymon ekan, u iymon shu daraja quvvatli, u iymonda shunday bir umid va tasalli borki, yuz ming keksalik bir shaxsga kelsa, bu iymondan olgan tasalli muqobil keladi. Biz keksalar
deb keksaligimizga sevinishimiz lozim.