OʻN BIRINCHI SOʻZ
Ey qardosh! Agar olam hikmatining tilsimini, inson yaratilishining muammosini va namoz haqiqatining ramzlarini birmuncha tushunib olishni istasang, nafsim bilan birga ushbu misoliy hikoyachaga qara:
Bir zamonlar bir podshoh oʻtgan edi. Boylik jihatidan uning juda koʻp xazinalari boʻlib, ularda xar turdagi javohir, olmos va zumradlar mavjud edi. Ham oʻta yashirin ajoyib hazinalari bor edi. Kamolot jihatidan esa gʻaroyib hunarlarga juda mahoratli edi. Yana behisob nodir fanlarni bilar va egallagan, benazir ilmlarda bilimi chegarasiz va ma'lumoti bor edi.
Jamol va kamol sohibida oʻzining jamolini va kamolini koʻrish va boshqalarga ham koʻrsatish istagi boʻladiki, shu istakning siriga binoan, bir kuni u shonli podshoh ham ma'naviy jamoli va kamolini ikki tomondan: Bir tomondan, bevosita oʻzining nozik nazari bilan koʻrish uchun tomosha etish, ikkinchi tomondan, boshqa birovning nazari bilan koʻrish uchun saltanatining hashamatini, boyligining porloqligini, hunarlarining hayratlanarli namunalarini va ma'rifatining ajoyibotlarini insonlarga koʻrsatish uchun bir namoyishgoh ochishni, unga koʻrgazmalarini qoʻyishni istadi:
Shu hikmatga koʻra, buyuk, keng va muhtasham bir qasr bunyod qilishni boshladi. Shohona suratda, uylar va manzillarga ajratib, xazinalaridagi turli-tuman duru javohirlar bilan jilo berdi, oʻz san'atining eng latif, eng goʻzal asarlari bilan ziynatladi, hikmat fanlarining eng nozik tomonlari bilan tartiblab, ilmlarining moʻ'jizakorona asarlari bilan bezatib, kamolga yetkazdi. Soʻng saroyda taom va ne'matlarning barcha xillaridan eng shirinlarini jamlagan dasturxonlarni yoydi. Ham xar toifaga munosib dasturxon xosladi. Shunday saxovatkor, san'atli bir umumiy ziyofat hozirladiki, goʻyo xar bir dasturxon, yuzlab latif san'atlarning asarlari bilan tashkil topganday qiymatli hadsiz ne'matlarni terib chiqdi. Keyin mamlakatining chor atrofidagi aholini va xalqini sayrga, koʻngil ochishga va ziyofatga taklif etdi.
Bir yuksak rutbali xodimiga saroyning hikmatlarini va ichidagi narsalarining ma'nolarini tushuntirib, saroyining Sone'ini ichidagi narsalari bilan birga aholiga ta'riflashi uchun uni ustoz va ta'rif etuvchi qilib tayinladi. Saroy naqshlarining ramziy ma'nolarini tushuntirib, ichidagi san'atlarining ishoralarini oʻrgatib, ichidagi nizomli ziynatlar va oʻlchovli naqshlar nima? Saroyga kirganlarga qanday jihatlari bilan saroy sohibining kamolotiga va hunarlariga dalolat etganini ta'riflashi, kirish odobini va sayr marosimini bildirib, koʻrinmagan sultonning roziligi doirasida tashrif marosimini ta'riflab berishni yukladi.
Tanituvchi ustozning xar bir uyda bittadan yordamchilari bor. Oʻzi eng katta doirada shogirdlari orasida turgan, butun tomoshabinlarga quyidagicha bir tabligʻ qilyapti:
"Ey aholi! Bu qasrning sohibi boʻlmish sayyidimiz bu narsalarni izhor qilish va bu saroyni bunyod qilish orqali oʻzini sizlarga tanitishni istayapti. Siz uni taninglar va chiroyli tanishga harakat qiling. Ushbu ziynatlar bilan oʻzini sizga sevdirmoq istayapti. Siz uning san'atlarini taqdir qilish va ishlarini yaxshi koʻrib oʻzingizni unga sevdiring. Koʻrib turgan ehsonlaringiz bilan sizga muhabbatini koʻrsatyapti. Siz itoat bilan uni hurmat qilinglar. Bu mukammal asarlari bilan ma'naviy jamolini sizga koʻrsatishni istayapti. Siz uni koʻrishni va e'tiborini qozonishga ishtiyoqingizni bildiring. Siz koʻrgan barcha san'atli asarlar va ziynatlar ustida maxsus muhr, xususiy tamgʻa, taqlid etilmas imzo qoʻyib hamma narsa oʻziga xosligini, oʻz qoʻlining mahsuli ekanini va oʻzi bir va yakto, mustaqil va yagonalik sohibi ekanini sizlarga koʻrsatishni istaydi. Siz uni bir, yakto, misli yoʻq, oʻxshashi yoʻq, tengsiz deb taning va qabul qilinglar". Yana bular kabi, unga va u maqomga munosib soʻzlarni tomoshabinlarga aytdi.
Shunda kirgan aholi ikki guruhga ayrildi:
Birinchi guruh: Oʻzini bilgan, aqli joyida va qalbi sogʻlom boʻlgani uchun, saroy ichidagi ajoyibotlarni koʻrgan zahoti: "Bunda katta bir ish bor", dedi. Bularning behuda, oddiy oʻyinchoq emasligini tushundi. Shu bois: "Ajabo, buning tilsimi nima boʻlsa? Ichida nima bor ekan?" deb qiziqib oʻylab turgan vaqtida tanituvchi ustoz bayon qilgan nutqini eshitishdi. Butun sirlarning kaliti unda ekanini anglashdi. U tomon yoʻnalib: "Assalomu Alayka Ya Ayyuhal Ustoz! Haqiqatan, shunday bir muhtasham saroyning sizdek sodiq va mudaqqiq bir tanituvchi lozim. Sayyidimiz sizga nimani bildirgan boʻlsa, iltimos bizlarga bildiring", deyishdi. Ustoz esa yuqorida zikr etilgan nutqlarini ularga dedi. Ular chiroyli ravishda tinglab, goʻzal tarzda qabul qilib toʻliq foydalandilar. Podshohning rizosi doirasida amal qildilar. Ularning odobli muomala va holatlari podshohga xush kelganidan ularni xos, yuksak va ta'rifga sigʻmaydigan boshqa bir saroyga da'vat etdi, ehson qildi. Javvodi Malikka loyiq va itoatkor aholiga muvofiq, odobli musofirlarga munosib va yuksak qasrga arzigulik ikrom qildi, ularni doimiy bahtiyor qildi.
Ikkinchi guruh: Aqli aynigan, qalbi soʻnib qolgani uchun, saroyga kirgan payti nafsiga magʻlub boʻlib, lazzatli taomlardan boshqa hech narsaga qaramadilar. Butun goʻzalliklardan koʻzini yumishdi va ustozning irshodlari va shogirdlarining tanbehlaridan quloqlarini berkitishdi. Hayvon kabi yeb-ichib uyquga toldilar. Ichilmaydigan, faqat ba'zi ishlar uchun tayyorlangan iksirlardan ichdilar. Sarxush boʻlib baqirib, toʻpolon koʻtardilarki, tomoshabin mehmonlarni behuzur etdilar. Sone'i Ziyshonning dasturlariga nisbatan adabsizlik qildilar. Saroy sohibining askarlari ham ularni tutib, unday adabsizlarga loyiq hibsxonaga tashladi.
Ey men bilan birga bu hikoyani tinglagan birodar! Hokimi Zishon bu qasrni mazkur maqsadlar uchun bunyod etgani, bu maqsadlarning roʻyobga chiqishi esa ikki narsaga bogʻliq ekanini albatta anglading:
Birinchisi: Biz koʻrib turgan va nutqini tinglagan ustozimizning borligidir. Chunki u zot boʻlmasa, butun maqsadlar behuda boʻladi. Chunki tushunilishi qiyin bir kitob muallimsiz boʻlsa, ma'nosiz bir qogʻozdan farqi qolmaydi.
Ikkinchisi: Aholi ustozning soʻzini qabul etib tinglash. Demak, ustozning borligi qasrning borligiga bois va aholining tinglashi qasrning bardavomligiga sababdir. Bas, shunday ekan: Ustoz boʻlmaganida, Maliki Ziyshon bu qasrni bunyod etmasdi deyish mumkin. Yana: Oʻsha ustozning ta'limotini aholi tinglamagan vaqti, albatta qasr almashtiriladi va oʻzgartiriladi deyish mumkin. Birodar! Hikoya shu yerda tugadi. Agar bu misolning sirini anglagan boʻlsang qara, haqiqatning yuzini ham koʻr.
Demak, oʻsha saroy bu olam boʻlkib, shifti tabassum qilgan yulduzlar bilan yoritilgan osmondir. Poyi esa sharqdan gʻarbga qadar rango-rang chechaklar bilan bezatilgan yer yuzidir. Podshoh esa azal-abad sulton boʻlgan Zoti Muqaddas boʻlib, yetti qavat osmonu yer hamda ichidagi hamma narsa oʻziga xos til bilan U zotni poklab tasbeh aytadi.
Yana shunday bir Maliki Qodiyrki, osmonlar va yerni olti kunda yaratib, rububiyat arshida turib, kecha va kunduzni qora va oq ikki chiziq kabi bir-birining orqasidan navbat bilan aylantirib, koinot sahifasida oyatlarini yozgan. Quyosh, Oy, yulduzlar Uning amriga tobe boʻlgan hashamat va qudrat sohibidir. Saroy manzillari esa oʻn sakkiz ming olam boʻlib, xar biri oʻziga loyiq bir tarzda ziynatlangan va tartiblangan. Xullas, u saroyda sen koʻrgan gʻaroyib san'atlar esa bu olamda koʻringan Alloh qudratining moʻ'jizalaridir. Saroyda koʻrgan taomlaring bu olamda, masalan yoz mavsumida, misol Barla bogʻlarida Ilohiy Rahmatining gʻaroyib mevalariga ishoradir. U yerdagi oʻchoq va oshxona esa bu yerda bagʻrida olov boʻlgan Yer va uning ustidir. U yerda sen misolda koʻrgan maxfiy xazinalarning javharlari esa haqiqatda Muqaddas Ilohiy Ismlarning jilvalariga misoldir. Misolda koʻrgan naqshlarimiz va ularning ramzlari, shu dunyoni bezagan intizomli san'atli asarlar va oʻlchovli qudrat qalamining naqshlari boʻlib, Qodiyri Zuljalolning ismlariga dalolat qiladi. Ustoz esa Sayyidimiz Muhammad Alayhissalotu Vassalamdir. Yordamchilari Paygʻambarlar Alayhimussalomdir, shogirdlari esa avliyo va asfiyodir. Saroydagi hokimning xizmatkorlari, bu olamda Malaklar Alayhimussalomga ishoradir. Misolda sayr va ziyofatga taklif etilgan musofirlar esa dunyo musofirxonasida jin, ins va insonning xizmatkorlari boʻlgan hayvonlarga ishoradir. U ikki guruh bu yerda - biri iymon ahli boʻlib, koinot kitobi oyatlarining mufassiri boʻlgan Qur'oni Hakimning shogirdlaridir. Ikkinchi guruh esa kufr va tugʻyon ahli boʻlib, nafs va shaytonga tobe boʻlib faqatgina dunyoviy hayotni bilgan hayvon kabi, balki yanada pastroq kar, soqov, zalolat guruhidir.
Birinchi saodatmand guruh va yaxshilar esa zuljanohayn boʻlgan ustozni tingladilar. U ustoz ham qul, qullik tomonidan Rabbini vasf va ta'rif etadi, Janobi Haqning dargohida ummatining elchisi hukmidadir ham elchi, elchilik nuqtasida Rabbining hukmlarini Qur'on vositasida jin va insga yetkazadi.
Mazkur baxtiyor jamoat elchini tinglab Qur'onga quloq soldi. Oʻzlarini butun ibodatlarning mundarijasi boʻlgan "namoz" bilan bir qancha oliy maqomlar ichida oʻta latif vazifalarni libos sifatida kiyishgan edi. Ha, namozning xilma-hil zikr va harakatlar orqali ishora qilgan vazifalarni, maqomlarni batafsil koʻrdilar:
Birinchidan: Belgilariga qarab, oʻzlarini gʻoyibona muomala shaklida rububiyat saltanatining goʻzalliklariga tomoshabin maqomida koʻrishgani, takbir va tasbeh vazifasini ado etib "Allohu Akbar" dedilar.
Ikkinchidan: Muqaddas Ilohiy Ismlarning jilvalari boʻlgan mislsiz goʻzalliklariga va porloq asarlariga dallollik maqomida koʻrinib "Subhanallah, Valhamdulillah" deb taqdis va tahmid vazifasini ado etdilar.
Uchinchidan: Ilohiy Rahmatning xazinalarida toʻplangan ne'matlarni zohiriy va botiniy tuygʻular bilan tatib, anglab shukr va sano vazifasini ado etishni boshladilar.
Toʻrtinchidan: Ilohiy Ismlarning xazinalaridagi javharlarni ma'naviy jihozlar mezonlari bilan tortib bilish maqomida tanzih va madh vazifasiga kirishdilar.
Beshinchidan: Qadar dasturiga asosan qudrat qalami bilan yozilgan Rabboniy maktublarni mutolaa qilib tafakkur va tahsin vazifasini boshladilar.
Oltinchidan: Narsalarning yaratilishda va asarlarning san'atidagi latif noziklik va nozanin goʻzalliklarni tomosho qilib, tanzih maqomida Fotiri Zuljalol, Sone'i Zuljamollariga muhabbat va ishtiyoq vazifasiga kirishdilar.
Demak, koinotga va asarlariga nazar solib, gʻoyibona qullik orqali mazkur maqomlarda mazkur vazifalarni ado etgach, Sone'i Hakiymning ham muomala va ishlariga qarash darajasiga chiqdilar. Avvalo toʻgridan toʻgri muomala sifatida Xoliqi Zuljalolning oʻz san'atlarining moʻ'jizalari bilan oʻzini idroki borlarga tanittirishiga javoban hayrat ichida ma'rifat bilan javob berib سُبْحَانَكَ مَا عَرَفْنَاكَ حَقَّ مَعْرِفَتِكَ dedilar. "Sening ta'rif etguvchilaring butun san'atli asarlaringdagi moʻ'jizlaringdir."
Soʻng Rahmonning oʻz rahmatining goʻzal mevalari bilan oʻzini sevdirishiga muhabbat va ishq bilan javob berib اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَاِيَّاكَ نَسْتَعِينُ dedilar. Soʻng Mun'imi Haqiqiyning shirin ne'matlari bilan marhamat va shafqatini koʻrsatishiga shukr va hamd bilan javob berdilar.
سُبْحَانَكَ وَبِحَمْدِكَ "Sening haq shukringni qanday ado eta olamiz? Sen shunday shukrga loyiq bir mashkursanki, butun koinotga sochilgan butun ne'matlar e'lonoti bilan hamd va madhingizni bildirmoqda. Rahmat va ne'matning nizomli mevalari va oʻlchovli yemishlari sening sahovat va karamingga guvohlik qilib sening shukringni maxluqotning koʻzi oʻnglarida ado etmoqdalar", dedilar.
Soʻng koinotning yuzida almashib turuvchi mavjudot oynalarida jamol, jalol, kamol va kibriyosining izhoriga, اَللّهُ اَكْبَرُ deb ta'zim ichra ojizlik bilan rukuga borib kamtarinlik ichra muhabbat va hayrat bilan sajda etib javob berdilar. Keyin Gʻaniyi Mutlaqning boyligi moʻlligini va rahmatining kengligini koʻrsatishiga javoban faqirlik va ehtiyojlarini izhor etib, duo qilib istamoq bilan javob berib وَاِيَّاكَ نَسْتَعِينُ dedilar.
Soʻng Sone'i Zuljalolning latif san'atini, gʻaroyib ishlarini, antiqa sanʻatlarini koʻrgazmalar orqali maxluqot namoyishgohida yoyganiga javoban مَاشَاءَ اللّهُ deb taqdir etib, "Qanday goʻzal yaratilgan!" deya tahsin etib, بَارَكَ اللّهُ deb kuzatishdi, آمَنَّا deb shahodat keltirdi. Hayrat ichra "Kelinglar, qaranglar!" حَىَّ عَلَى الْفَلَاحِ deb hammani guvoh qilib javob berdilar.
Koinotning Azal va Abad Sultonining oʻzining rububiyat saltanatini chor atrofida e'lon qilgan va vahdoniyatining izhoriga tavhid va tasdiq bilan سَمِعْنَا وَ اَطَعْنَا deb itoat va boʻyin egish bilan qarshiladilar.
Soʻng Rabbul Olamiynning uluhiyatini izhor qilganiga zaiflik ichida ojizliklarini, ehtiyoj ichra faqirliklarini e'londan iborat boʻlgan ubudiyat bilan va ubudiyatning xulosasi boʻlgan "namoz" bilan javob berdilar. Yana bular kabi rango-rang qullik vazifalari bilan shu dunyo uyi deb atalgan buyuk masjidida umr farzlarini va hayot vazifalarini ado etib ahsani taqvim suratini oldilar.
Butun maxluqot uzra shunday bir martabaga chiqdilarki, iymon quvvati va amnu omonat bilan jihozlangan amin bir yerning xalifasi boʻldilar. Shu tajriba maydoni va bu imtihon dastgohidan soʻng ularning Rabbi Kariymlari ularni iymonlariga mukofot sifatida abadiy saodatga va Islomiyatlariga haq sifatida dorus-salomga da'vat etib shunday bir ikrom etdi va etadiki, koʻz koʻrmagan va quloq eshitmagan va bashar qalbi xotiriga kelmagan darajada porloq bir tarzda rahmatiga noil ayladi va ularga abadiyat va boqiylik berdi. Chunki abadiy va sarmadiy boʻlgan bir jamolning ishtiyoqmand tomoshabini va oynador oshigʻi, albatta boqiy qolib abad sari ketadi. Qur'on shogirdlarining oqibatlari shundaydir. Janobi Haq bizlarni ulardan aylasin, omin!
Ammo boshqa gunohkor va buzgʻunchi guruh esa: Balogʻat yoshiga yetib, bu olam saroyiga kirgan vaqti butun vahdoniyatning dalillariga qarshi kufr bilan javob berib, butun ne'matlarga javoban kufron bilan qarshilashdi. Butun mavjudotni qiymatsizlik bilan kofirona tuhmat bilan haqorat qildilar. Butun Ilohiy ismlarning tajalliyotiga javoban rad va inkor bilan javob berganlari uchun, oz vaqtda nihoyatsiz jinoyat qilishdi va nihoyatsiz azobga loyiq boʻldilar. Ha, insonga umr sarmoyasi va insoniy jihozlar mazkur vazifalar uchun berilgan.
Ey ahmoq nafsim va ey purhavas birodarim! Hayot vazifangiz faqat madaniy tarbiya bilan nafsni chiroyli muhofaza qilish, ayb boʻlmasin, qorin va farjning xizmatiga oid deb oʻylayapsizmi?! Yoki hayotingizning uskunasida oʻyib bitilgan nozik tuygʻular va ma'naviyat, sezgir a'zo va asboblar, muntazam vujud a'zolari va jihozlar hamda qiziquvchan havas va hissiyotning yagona gʻoyasi bu foniy hayotda tuban nafsning, past havaslarning qondirilishi uchun iste'mol qilishga maxsus deb oʻylayapsizmi?! Qatʻiyyan va aslo! Balki vujudingizda ularning yaratilishi va fitratingizga qoʻyilishining gʻoyasi ikki asosdan iborat:
Biri: Janobi Mun'imi Haqiqiyning butun ne'matlarining xar turini sizga his ettirib shukr qilishdan iboratdir. Siz ham his qilib, shukr va ibodatini ado qilmogʻingiz lozim.
Ikkinchisi: Olamda namoyon boʻlgan muqaddas Ilohiy ismlarning butun koʻrinishlarining qismlarini bitta-bittalab, sizga bu jihozlar vositasida bildirib tattirishdir. Siz tatib, tanib iymon keltirishingiz kerak boʻladi. Bu ikki asos ustida inson kamoloti taraqqiy etadi. Bu orqali inson - inson boʻladi.
Insonning jihozlari hayvon kabi dunyoviy hayotni qozonish uchun berilmaganiga quyidagi misol siri orqali qara: Masalan, bir kishi xizmatkoriga maxsus gazmoldan oʻziga bir libos olishi uchun yigirma oltin berdi. U xizmatkor borib, gazmolning eng a'losidan mukammal bir libos oldi, kiydi. Soʻng qarasa: U kishi boshqa bir xizmatkoriga ming oltin berib, choʻntagiga birnimalar yozilgan qogʻozni soldi va tijoratga yubordi. Xar bir aqli joyida boʻlgan inson bu sarmoya faqat libos olish uchun emasligini tushunadi. Chunki avvalgi xizmatkor yigirma oltinga eng a'lo gazmoldan bitta libos olgani uchun, albatta ming oltin faqat libos uchun sarf qilinmaydi. Agar ikkinchi xizmatkor choʻntagiga solib qoʻyilgan qogʻozni oʻqimasdan, avvalgi xizmatchiga qarab, hamma pulni bir doʻkondorga bitta libos uchun berib, libosning eng chiriganidan va birodarining libosidan ellik daraja past libos olsa, albatta u xodim bagʻoyat ahmoqlik qilgani uchun shiddatli azob beriladi va gʻazab bilan adabi beriladi.
Ey nafsim va ey birodarim! Aqlingizni yigʻing. Umr sarmoyangiz va hayotingiz iste'dodini hayvonday, balki hayvondan ham past darajada, bu foniy hayotga va moddiy lazzatlarga sarflamang. Chunki sarmoya jihatidan eng oliy, hayvondan ellik darajada yuksak boʻlib, eng pastidan ellik daraja tubanlashasiz.
Ey gʻofil nafsim! Hayotingning gʻoyasi va mohiyatini, suratini, haqiqatining sirini, hayot saodatining kamolini bir darajada tushunishni istasang, qara. Hayotingning gʻoyalarining xulosasi toʻqqizga boʻlinadi:
Birinchisi: Vujudingda qoʻyilgan tuygʻular tarozilari bilan Ilohiy rahmatning xazinalarida saqlangan ne'matlarni tortish va kulliy shukr qilish.
Ikkinchisi: Sening fitratingda qoʻyilgan jihozlarning kalitlari bilan Ilohiy muqaddas ismlarning yashirin xazinalarini ochish, Zoti Aqdasni u ismlar bilan tanish.
Uchichisi: Bu dunyo koʻrgazmasida, maxluqot e'tiborida, Ilohiy ismlarning senga yuklagan ajib san'atlar va latif jilvalarini bilib hayoting orqali koʻrsatish va izhor qilish.
Toʻrtinchisi: Holating va tiling bilan Holiqingning rububiyati dargohiga qulligingni e'lon qilish.
Beshinchisi: Bir askar podshohidan olgan turli-tuman nishonlarini rasmiy vaqtlarda taqib podshohning nazariga koʻrinib uning iltifotining koʻrinishlarini koʻrsatgani kabi, sen ham Ilohiy ismlar jilvalarining senga bergan insoniy latifalar ziynatlarini ongli tarzda bezanib Shohidi Azaliyning koʻring va koʻrsatish nazariga tushish.
Oltinchisi: Tirik mavjudotlarning hayotga oid belgisi boʻlgan Holiqiga tahiyyotlarini, hayot ramzlari boʻlgan Sone'lariga tasbehotlarini, samaralar va hayot gʻoyalari boʻlgan Vohibi Hayotga qulligini taqdim qilishni bilib kuzatishni tafakkur bilan koʻrib shohidlik bilan koʻrsatish.
Yettinchisi: Sening hayotingga berilgan juz'iy ilm, qudrat va iroda singari sifat va hollaringdan kichik namunalarini qiyosiy miqyos qabul qilib Xoliqi Zuljalolning mutlaq sifatini va muqaddas qobiliyatlarini bu oʻlchovlar bilan bilishdir. Masalan, sen kichik iqtidoring, oz ilming va juz'iy irodang bilan bu uyni tartibga solganing kabi shu olam qasrining sening uyingdan kattaligi miqyosida olamning ustasini Qodiyr, Aliym, Hakiym, Mudabbir bilmoq lozim.
Sakkizinchi: Bu olamdagi mavjudotning xar biri oʻziga xos til bilan Xoliqining vahdoniyatiga va Sone'ning rububiyatiga doir ma'naviy soʻzlarini tushunish.
Toʻqqizinchisi: Ojizlik va zaiflikning, faqirlik va ehtiyojning oʻlchovi bilan Ilohiy qudratning va Rabboniy boylikning koʻrinish darajalarini anglamoqdir. Ochlikning darajalari nisbatida va ehtiyojning turlari miqdoricha taomning lazzati, darajalari va hillari anglashiladi. Xuddi shuningdek, sen ham nihoyatsiz ojizliging va faqirliging bilan nihoyatsiz qudrat va Ilohiy boylikning darajalarini tushunishing lozim. Demak, hayotingning gʻoyalari - qisqacha bular kabi ishlardir.
Endi oʻz hayotingning mohiyatiga bir nazar sol. Uning mohiyatining ma'nolari quyidagicha:
Ilohiy ismlarga oid gʻaroyib narsalarning mundarijasi,
Ilohiy ishlar va sifatlarning bir miqyosi,
koinotdagi olamlarning bir mezoni,
bu buyuk olamning bir roʻyxati,
shu koinotning bir xaritasi,
shu buyuk kitobning bir xulosasi,
qudratning yashirin xazinalarini ochadigan bir kalit kulchasi,
mavjudotga sochilgan va vaqtlarga yuklangan kamolotining bir ahsani taqvimidir.
Xullas, hayoting mohiyati bular kabi ishlardir.
Hayotingning surati va shakli quyidagicha:
Hayoting bir yozilgan soʻzdir. Qudrat qalami bilan bitilgan hikmatli bir soʻzdir. Koʻrinib va eshitilib eng goʻzal ismlarga dalolat qiladi. Hayotingning surati shu kabi ishlardir.
Hayotingning haqiqatining siri quyidagicha:
Ahadiyat tajalliyiga, Samadiyat jilvasiga oynalik qilish. Ya'ni, butun olamda koʻringan ismlarning toʻplangan nuqtasi boʻlgan qamrov bilan Zoti Ahadi Samadga oynalik qilish.
Hayotingning saodat ichida komilligi:
Sening hayotingning oynasida aks etgan Shamsi Azaliyning nurlarini his etib sevish. Idrokli holda unga shavq koʻrsatish. Uning muhabbati bilan oʻzingdan kechmoqdir. Qalbning koʻz qorachigʻida nurning aksini joylashtirishdir. Bu sirga binoan, seni a'loyi illiyinga chiqargan bir hadisi qudsiyning sharafli ma'nosi:
deyilgan.
Ey nafsim! Hayotingning bunday oliy gʻoyalarga yuzlangani va bunday qiymatli xazinalarni oʻzida jamlagan boʻlsada, qiymatsizlik ichra qiymatsiz, vaqtinchalik nafsoniy istaklar, oʻtkinchi dunyoviy lazzatlarga sarf etib, zoye qilishing biror aql va insofga toʻgʻri keladimi?! Agar zoye qilishni istamasang, oʻtgan misol va haqiqatga ishorat qilgan
surasidagi qasam va u qasamning javobini oʻylab amal qil.