So'zlar
— 130 —

OʻN IKKINCHI SOʻZ

﴿ بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ ﴾
﴿ وَمَنْ يُؤْتَ الْحِكْمَةَ فَقَدْ اُوتِىَ خَيْرًا كَثِيرًا ﴾

Qur'oni Hakimning muqaddas hikmati bilan falsafa hikmatining qisqacha qiyosi. Qur'on hikmatining insonning shaxsiy va ijtimoiy hayotiga bergan tarbiya darsining oʻta qisqa natijasi. Qur'on Allohning boshqa soʻzlari va butun kalomlardan ustunligi jihatiga bir ishoradir. Xullas, bu soʻzda "Toʻrt Asos" bor.

Birinchi Asos: Qur'on hikmati bilan fan hikmatining farqlariga quyida misoliy hikoya durbini bilan qara:

Bir kuni ham dindor, ham oʻta san'atkor bir dongʻi chiqqan Hukmdor, Qur'oni Hakimning ma'nolaridagi muqaddasligiga va soʻzlaridagi moʻ'jizalikka loyiq bir yozuv bilan yozish, moʻ'jizaligiga gʻaroyib libos kiydirishni istadi. Naqqosh Zot Qur'onni juda ajib tarzda yozdi. Butun qiymatdor javharlarni yozuvida ishlatdi. Haqiqatlarining xilma-hilligiga ishora sifatida ba'zi harflarini olmos va zumrad bilan, bir qismini gavhar va aqiq bilan, bir toifasini billur va marjon bilan, bir navʻini oltin va kumush bilan yozdi. Shunday tarzda naqsh bilan bezadiki, oʻqishni bilgan va bilmagan hamma tomosha qilib hayron boʻlib tahsin etdi. Xususan haqiqat ahlining nazariga zohiriy goʻzallik ma'nosidagi oʻta porloq goʻzallikning va gʻoyat shirin ziynatlarning ishorasi boʻlgan, juda qiymatdor bir antiqa ekani boʻldi.

— 131 —

Soʻng u Hokim san'at bilan qilingan va ziynatlangan Qur'onni bir ajnabiy faylasufga va bir musulmon olimga koʻrsatdi. Ham tajriba, ham mukofot uchun: "Xar biringiz buni hikmatiga doir bir asar yozing", deb amr qildi. Avval faylasuf, soʻng olim unga doir bittadan kitob ta'lif etdilar. Faylasufning kitobi faqat harflarning naqshlari, munosabatlari, vaziyatlari, javharlarining xususiyatlaridan va ta'riflaridan iborat boʻldi. Ma'nosiga umuman qaramadi. Chunki ajnabiy odam arabiy xat savodi yoʻq edi. Hatto ziynatlangan Qur'onni, kitob ekani va ma'no ifoda qilgan yozuv ekanini bilmas edi. Balki unga naqshli antiqavor narsa nazari bilan qaradi. Arabcha bilmasa ham juda yaxshi bir muhandis, goʻzal tasvirchi, mohir kimyogar, sarrof javharchi edi. Xullas, u odam uishbu mahoratlariga koʻra asarini yozdi.

Musulmon olim esa kitoni koʻrib tushundiki: U Kitobi Mubindir, Qur'oni Hakimdir. Bu haqni ustun tutgan zot na zohiriy bezanishlariga ahamiyat berdi na harflarning naqshlari bilan mashgʻul boʻldi. Balki shunday bir narsa bilan mashgʻul boʻldiki, haligi odam mashgʻul boʻlgan masalalaridan million martaba oliyroq, qiymatliroq, latifroq, sharifroq, foydaliroq, yanada qamrovliroq... Chunki naqshlarning pardasi ostidagi muqaddas haqiqatlar va sirlarining nurini tushuntiradigan oʻta goʻzal tafsiri sharif yozdi.

Soʻng ikkisi asarlarini Hokimi Ziyshonga taqdim etdilar. Hokim avvalo faylasufning asarini oldi. Qaradi, koʻrdiki: U xudbin va tabiatparast kimsa koʻp ishlagan, lekin hech qanday haqiqiy hikmatini yozmagan. Hech bir ma'nosini tushunmagan, balki chalkashtirgan. Unga nisbatan hurmatsizlik, balki adabsizlik qilgan. Chunki haqiqatlar manbai boʻlgan Qur'onni ma'nosiz naqshlar deb oʻylab, ma'no jihatida qiymatsizlik bilan haqoratlagani uchun, Hokimi Hakiym uning asarini boshiga urdi, huzuridan haydadi.

Soʻng ikkinchi haqqa tarafdor, mudaqqiq olimning asariga qaradi: Oʻta goʻzal va foydali bir tafsir va gʻoyat hakimona, murshidona bir ta'lif ekanini koʻrdi. "Ofarin, barakalloh" dedi.

Xullas hikmat budir, olim va hakim deb buning sohibiga aytishadi. Haligi odam esa haddidan tajovuz etgan ustadir. Soʻng uning asariga mukofot sifatida xar bir harfi evaziga tuganmas xazinasidan "Oʻn oltin berilsin" deb farmon qildi.

Agar misolni tushungan boʻlsang qara, haqiqatning yuzini koʻr:

Ziynatlangan Qur'on - san'at bilan yaratilgan koinotdir. Hokim - Hakiymi Azaliydir. Ikki odam biri, ya'ni ajnabiy - falsafa ilmi va faylasuflardir. Keyingisi Qur'on va uning shogirdlaridir. Ha, Qur'oni Hakim ushbu Qur'oni Azimi Koinotning eng oliy mufassiridir va eng balogʻatli tarjimonidir. U Furqon boʻlib, koinot sahifalari va zamonlar yaproqlarida qudrat qalami bilan yozilgan koinotdagi Allohning borligi va birligiga oid dalillarni jin va insonlarga dars beradi. Xar biri bittadan ma'nodor harf boʻlgan mavjudotga "harfiy ma'no" nazari bilan, ya'ni ularga Sone' tomonidan qaraydi, "Naqadar goʻzal yaratilgan, naqadar goʻzal suratda Sone'ining jamoliga dalolat qilyapti" deydi. Bu orqali koinotning haqiqiy goʻzalligini koʻrsatadi. Ammo hikmat ilmi degan falsafa, mavjudot harflarining ziynatlari va munosabatiga shoʻngʻigan, ahmoqlashgan va haqiqatning yoʻlini yoʻqotgan. Bu buyuk kitobning harflariga "harfiy ma'no"si bilan, ya'ni Alloh hisobiga qarash lozim. Lekin u aksincha "ismiy ma'no"si orqali, ya'ni mavjudotga mavjudot hisobiga qaraydi, shu asosda harakatlanadi. "Qanday goʻzal qilingan"ga deyish oʻrniga, "Qanday ham goʻzal" deydi, xunuklashtiradi. Bu orqali koinotni haqoratlab, oʻziga shikoyatchi qiladi. Ha, dinsiz falsafa haqiqatsiz safsatadir va koinotni haqorat qilishdir...

— 132 —

Ikkinchi Asos: Qur'oni Hakim hikmatining shaxsiy hayotga bergan axloqiy tarbiya va falsafa hikmatining bergan darsning qiyosi:

Falsafaning xolis talabasi bir fir'avndir. Faqat manfaati uchun eng past narsaga ibodat qilgan tuban fir'avnidir. Xar manfaatli narsani oʻziga "Rob" deydi. U dinsiz shogird inkorchi va qaysardir. Lekin bir lazzat uchun tuban xorlikni qabul qilgan miskin inkorchidir. Qiymatsiz manfaat uchun shayton kabi shaxslarning oyogʻini oʻpib xorligini koʻrsatadigan tuban qaysardir. U dinsiz shogird zolim magʻrurdir. Qalbida tayanch nuqtasi topmagani uchun zotida oʻta ojizlik bilan zaif xudbin zolim. U manfaatparast xudbin boʻlib, harakatining maqsadi nafs, me'da va farjning havaslarini qondirish, shaxsiy manfaatini ba'zi jamoat manfaati ichida qidirgan hiylakor bir oʻzini oʻylaydigan kimsadir.

Qur'on hikmatining xolis shogirdi esa bir quldir. Yaratilganlarning eng buyugiga ham ibodat qilish darajasiga tushmaydi. Jannat kabi a'zamiy manfaatni ibodatning gʻoyasi sifatida qabul qilmaydigan aziz quldir. Haqiqiy kamtarin shogird, salim, halimdir. Fotiridan boshqasiga izni doirasidan tashqari ixtiyori bilan xorlanish darajasiga tushmaydi. Faqir va zaifdir, faqirligini va zaifligini biladi. Lekin Maliki Karimi unga saqlagan uxroviy boyligi orqali behojat va Sayyidining nihoyatsiz qudratiga tayangani uchun quvvatlidir. Faqat Alloh uchun, Allohning roziligi uchun, fazilat uchun amal qiladi, harakatlanadi... Xullas, ikki hikmatning bergan tarbiyasi ikki shogirdning qiyosi bilan yuzaga chiqadi.

Uchinchi Asos: Falsafa hikmati bilan Qur'on hikmatining bashariyatning ijtimoiy hayotini tarbiya qilishi:

Falsafa hikmati, ijtimoiy hayotda tayanch nuqtasini "kuch" deb qabul qialdi. Maqsadni "manfaat" deb bilar. Hayot dasturini "kurash" dunyoqarashida. Jamoatlarning aloqasini "irqchilik, manfiy millatchilik" qoʻllaydi. Samarasi "nafsning havaslarini qondirish va bashariyat hojatlarini koʻpaytirish"dan iborat.

Xolbuki kuchning ishi - tajovuz. Manfaatning ishi - xar istakka yetmagani uchun ustida kurashish. Kurash dasturining ishi toʻqnashish. Irqchilikning ishi boshqasini yutish orqali oziqlanish boʻlgani uchun tajovuzdan iborat... Bu hikmat sababli, bashar saodati mavh boʻlgan.

— 133 —

Ammo Qur'on hikmati boʻlsa, tayanch nuqtasi quvvatga oʻrniga "haq"ni qabul qiladi. Manfaat oʻrniga "fazilat va Allohning roziligi"ni qabul qiladi. Hayotda "kurash dasturi" oʻrniga "yordamlashish dasturi"ni asos tutadi. Jamoatlarning aloqalarida, irqchilik, millatchilik oʻrniga "diniy va sinfiy va vataniy aloqani" qabul qiladi. Maqsadi nafsoniy havaslarning tajovuzlariga toʻsiq tortib, ruhni yuksakliklarga tashviq qiladi, yuksak hissiyotlarini ta'minlaydi va insonni insonning kamolotiga chorlab inson qiladi.

Haqning ishi ittifoqdir.

Fazilatning ishi bir-biriga tayanishdir.

Yordamlashish dasturining ishi bir-birining madadiga yetishish.

Dinning ishi qardoshlik, doʻstlikdir.

Nafsni minib bogʻlash, ruhni kamolotga qamchilab, erkin qoʻymoqning ishi ikki dunyo saodatidir.

Toʻrtinchi Asos: Allohning butun kalimalari ichida Qur'onning yuksaklik jihatini va butun kalomlar ustida ustunlik tomonini bilishni istasang quyidagi ikki misolga qara:

Birinchi: Bir sultonning ikki xil gaplashishi, ikki tarzda xitobi bor. Biri oddiy bir xalq bilan kichik ish uchun, xususiy hojatga doir, xos telefon bilan gaplashish. Keyingisi buyuk saltanat unvoni, buyuk xalifalik nomi orqali va umumiy hokimiyat e'tibori bilan buyruqlarini atrofga yoyadi. bildirish maqsadida bir elchisi orqali yoki katta xodimi vositasida aytadi va hashamatini koʻrsatgan yuksak farmon bilan soʻzlashish.

Ikkinchi Misol: Bir odam qoʻlida bir oynani quyoshga qaratadi. Oʻsha oyna miqdoricha nur va yetti rangni jamlagan ziyo oladi. Bu nisbat orqali Quyoshga munosabati boʻladi, suhbat qiladi va nurli oynani qorongʻi xonasiga yoki tom ostidagi bogʻiga yoʻnaltirsa, quyoshning qiymati nisbatida emas, balki oynaning qobiliyati miqdoricha foydalanadi. Boshqa birov uyidan yoki bogʻ tomidan keng derazalar ochadi. Koʻkdagi quyoshga yoʻl quradi. Haqiqiy quyoshning doimiy ziyosi bilan suhbatlashadi, gapiradi va hol tili bilan minnatdorona suhbat qiladi. "Ey yer yuzini nuri orqali porlatgan va butun gullarning yuzini kuldirgan dunyo goʻzali va osmon nozdori boʻlgan nozanin quyosh! Ular kabi mening uychamni va bogʻchamni isitding, nurlantirding", deydi. Oyna sohibi esa bunday deyolmaydi. U qayd ostidagi quyoshning aksi, koʻrinishi chegaralangan. Qaydiga koʻra... Ushbu ikki misolning durbini orqali Qur'onga qara. Moʻ'jizaligini koʻr va muqaddasligini angla...

— 134 —

Qur'on: "Agar yerdagi daraxtlar qalam, dengizlar siyoh boʻlsa, Janobi Haqning soʻzlarini yozsa, bitira olmaydi", deydi. Ushbu nihoyatsiz soʻzlar ichida eng buyuk maqom Qur'onga berilishining sababi shuki: Qur'on ismi a'zamdan va xar ismning a'zamiylik martabasidan kelgan. Butun olamlarning Rabbi - Allohning kalomidir. Butun mavjudotning ilohi unvoni bilan Allohning farmonidir. Osmonlar va Yerning Xoliqining bir xitobdir. Mutlaq rububiyat jihatida soʻzlashmoqdir. Saltanati omma-i Subhoniya hisobidan azaliy bir xutbadir. Qamralgan keng rahmati nuqtasida Rahmon lutflarining bir daftaridir. Uluhiyat hashamatining azamati e'tibori bilan boshlarida ba'zan tilsim boʻlgan bir xabarlashish majmuasidir. Ismi a'zamning muhitidan nuzul bilan arshi a'zamning butun qamroviga yuzlangan, tekshirgan hikmat yoygan muqaddas bir kitobdir. Ushbu sir sababli, Kalomulloh unvoni mukammal loyiqligi bilan Qur'onga berilgan.

Boshqa Allohning kalimalari esa: Bir qismi xos bir e'tibor bilan, juz'iy unvon va xususiy bir ismning juz'iy koʻrinishi bilan, xos rububiyat bilan, maxsus saltanat va xususiy rahmat bilan zohir boʻlgan kalomdir. Xususiylik va umumiylik jihatidan darajalari farqli. Aksar ilhomlar bu qismga oid. Lekin darajalari juda farqli. Masalan eng juz'iysi va oddiysi hayvonlarning ilhomlaridir. Soʻng avom insonlarning ilhomlaridir. Keyin quyi darajadagi malaklarning ilhomlari. Soʻng avliyolar ilhomlari. Soʻng buyuk malaklar ilhomlaridir. Ushbu sir sababli: Qalbning telefoni bilan vositasiz munojot qilgan bir valiy:

حَدَّثَنىِ قَلْبىِ عَنْ رَبِّى

Ya'ni: "Qalbim mening Rabbimdan xabar bermoqda", deydi. "Rabbul Olamiyndan xabar bermoqda", demayapti. Yana: "Qalbim Rabbimning oynasidir, arshidir", deydi. "Rabbul Olamiynning arshidir", demayapti. Chunki qobiliyati miqdoricha va yetmish mingga yaqin hijoblarning koʻtarilish nisbati darajasida xitobga sazovor boʻlishi mumkin.

Bir podshohning azim saltanatidan chiqqan farmoni oddiy odam bilan kichik bir suhbatdan naqadar yuksak va oliy va osmondagi quyoshning fayzidan foydalanish oynadagi aksining jilvasidan foydalanishdan qay daraja koʻp va ustun boʻlsa, Qur'oni Azimushshon ham shu nisbatda butun kalomlarning va hamma kitoblarning ustidadir.

— 135 —

Qur'ondan soʻng ikkinchi darajada Muqaddas Kitoblar va Samoviy Sahifalar darajalari nisbatida ustunliklari bor. Shu ustunlik siridan hissadordir. Agar butun jin va insning Qur'on asosida chiqmagan butun goʻzal soʻzlari toʻplansa ham Qur'onning muqaddaslik martabasiga yetishib oʻxshata olmaydi. Agar Qur'onning ismi a'zamdan va har ismning a'zamiylik martabasidan kelganini bir parcha tushunishni istasang: Oyatul Kursiy va

﴿ وَعِنْدَهُ مَفَاتِحُ الْغَيْبِ ﴾

oyati,

﴿ قُلِ اللّهُمَّ مَالِكَ الْمُلْكِ ﴾

oyati,

﴿ يُغْشِى الَّيْلَ النَّهَارَ يَطْلُبُهُ حَثِيثًا وَالشَّمْسَ وَالْقَمَرَ وَالنُّجُومَ مُسَخَّرَاتٍ بِاَمْرِهِ ﴾

oyati,

﴿ يَا اَرْضُ ابْلَعِى مَاءَ كِ وَيَا سَمَاءُ اَقْلِعِى ﴾

oyati,

﴿ تُسَبِّحُ لَهُ السَّموَاتُ السَّبْعُ وَالْاَرْضُ وَمَنْ فِيهِنَّ ﴾

oyati,

﴿ مَا خَلْقُكُمْ وَلَا بَعْثُكُمْ اِلَّا كَنَفْسٍ وَاحِدَةٍ ﴾

oyati,

﴿ ِنَّا عَرَضْنَا الْاَمَانَةَ عَلَى السَّموَاتِ وَالْاَرْضِ وَالْجِبَالِ ﴾

oyati,

﴿ يَوْمَ نَطْوِى السَّمَاءَ كَطَىِّ السِّجِلِّ لِلْكُتُبِ ﴾

oyati,

﴿ وَمَا قَدَرُوا اللّهَ حَقَّ قَدْرِهِ وَالْاَرْضُ جَمِيعًا قَبْضَتُهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ ﴾

oyati,

﴿ لَوْ اَنْزَلْنَا هذَا الْقُرْآنَ عَلَى جَبَلٍ لَرَاَيْتَهُ ﴾

kabi oyatlarning kulliy, umumiy, yuksak ifodalariga qara...

Bu azim sirning shuasini koʻrish uchun boshlarida اَلْحَمْدُ لِلّهِ yoki سَبَّحَ va يُسَبِّحُ boʻlgan suralarning boshlariga diqqat qil. الم larning va الر larning va حم larning fotihalariga boq. Qur'on Janobi Haqning nazdidagi ahamiyatini bilasan.

— 136 —

Agar ushbu "Toʻrtinchi Asos"ning qiymatli sirini tushungan boʻlsang, Anbiyolarga aksar vahiy malak vositasida kelganini va aksari ilhom vositasiz kelganini tushunding. Eng buyuk bir valiy hech bir nabiyning darajasiga yetmasligining sirini anglading. Qur'onning azamatini va muqaddas izzatini va moʻ'jizaviy yuksakligining sirini bilding. Me'rojning lozimligining sirini, ya'ni osmonlarga Sidratu-l Muntahoga, Qobi Qavsaynga borib, اَقْرَبُ اِلَيْهِ مِنْ حَبْلِ الْوَرِيدِ boʻlgan Zoti Zuljalolga munojot qilib, koʻzni ochib yumguncha joyiga kelish sirini tushunding. Shaqqi Qamar risolat moʻ'jizasi boʻlgani, Nubuvvatini jinlar va insinlarga koʻrsatgani kabi, Me'roj ham qullik moʻ'jizasidir. Habibiyatini ruhlar va malaklarga koʻrsatdi...

اَللّهُمَّ صَلِّ وَسَلِّمْ عَلَيْهِ وَعَلَى آلِهِ كَمَا يَلِيقُ بِرَحْمَتِكَ وَبِحُرْمَتِهِ آمِينَ