OʻN UCHINCHI SOʻZ
Qur'oni Hakim bilan falsafa ilmlarining hikmatlari mahsulini, ibrat darslarini, ilmiy darajasini qiyoslashni xohlasang quyidagi soʻzlarga diqqat et!
Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning butun koinotdagi odiy narsalar boʻlgan, gʻaroyib va xar biri qudrat moʻ'jizasi boʻlgan mavjudot ustidagi odat va koʻnikib qolish pardasini keskin izohlari orqali yirtib, ajoyib haqiqatlarni idroklilarga ochib, ibrat nazarini jalb qilib, aqlga tuganmas ilmlar xazinasini ochadi.
Falsafa hikmati esa barcha gʻaroyib qudrat moʻ'jizalarini odat pardasi ichida yashirib, johillik va loqaydlik bilan oʻtadi. Faqat gʻaroyiblikdan tushgan, yaratilish intizomidan chiqqan va mukammal yaratilishdan tubanlashgan oz sonli kimsalarning e'tiboriga taqdim qiladi, idroklilarga ularni ibratli hikmat deb taqdim qiladi. Masalan: Eng qamrovli bir qudrat moʻ'jizasi boʻlgan insonning yaratilishiga oddiy deb loqayd qaraydi. Lekin insonning mukammal yaratilishidan uzoq - uch oyoqli yoxud ikki boshli odamni koʻrganda gʻayritabiiy deb shovqin soladi, ibrat olishga chiqaradi. Eng latif va umumiy rahmat moʻ'jizasi boʻlgan butun chaqaloqlarning gʻayb xazinasidan muntazam oziqlanishlarini oddiy deb qabul qiladi, ustiga kufron pardasini tortadi. Lekin intizomdan istisno qolgan, qabilasidan judo boʻlgan, yolgʻiz qolib gʻurbatga tushgan, dengizning ostidagi bir qurtning yashil yaproq bilan oziqlanishini koʻradi, undan koʻringan lutf va karam orqali hozir baliqchilarni yigʻlatishni xohlaydi. {(Izoh) Amerikada aynan bu voqea boʻlgandir.} Qur'oni Karimning ilm, hikmat va Allohning ma'rifati jihatidagi sarvat va boyligi, falsafaning esa ilm, ibrat va Sone'ning ma'rifati jihatida faqir va qashshoqligini koʻr, ibrat ol!
Bu sir uchun: Qur'oni Hakimda nihoyatsiz porloq, yuksak haqiqatlar mujassam boʻlgani uchun, she'rning xayolotidan behojatdir. Ha, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning moʻ'jizalik darajasidagi mukammal nizomi, intizomi va koinot kitobidagi san'at intizomlarining muntazam uslublari bilan tafsir qilgan. Mezonli boʻlmaganining boshqa bir sababi quyidagicha:
Oyatlarining xar bir qismi aksar oyatlarga bir navʻ markaz boʻlgani, qardoshi boʻlgani, oralaridagi mavjud ma'naviy munosabatga robita boʻlgani uchun u qamragan doira ichidagi oyatlar bilan munosabat chizigʻi tashkil etgani uchun vazn qaydi ostiga kirmagan. Goʻyo xar bir alohida oyatning aksar oyatlarga qaragan koʻzlari, yoʻnalgan yuzlari bor. Qur'on ichida minglab Qur'on mavjudki, xar bir mashrab sohibiga birini beradi. Yigirma Beshinchi Soʻzda bayon etilgani kabi, Ixlos Surasi ichida oʻttiz olti Ixlos Surasi miqdoricha har biri koʻp xususiyatli boʻlgan olti jumlaning tarkiblaridan shakllangan tavhid ilmi xazinasi bor va ichiga olgan. Osmondagi intizomsiz yulduzlarning suratan intizomsizligi jihatida xar bir yulduz, qayd ostiga kirmasdan xar biri aksar yulduzlarga bir jihatda markaz boʻlib qamrov doirasidagi xar bir yulduzga mavjudot orasidagi yashirin nisbatga ishora sifatida munosabat chizigʻi tortadi. Goʻyo xar bir alohida yulduz oyat qismlari kabi umum yulduzlarga qaraydigan koʻzlari, yuzlangan yuzlari bor.
Intizomsizlik ichida mukammal intizomni koʻr, ibrat ol! وَمَا عَلَّمْنَاهُ الشِّعْرَ وَمَا يَنْبَغِى لَهُ ning bir sirini bil! Yana وَمَا يَنْبَغِى لَهُ oyatining sirini quyidagicha tushungin: She'rning ishi kichik va soʻniq haqiqatlarni buyuk va porloq xayollar bilan ziynatlab yoqtirishni istaydi. Xolbuki Qur'onning haqiqatlari shu qadar buyuk, oliy, porloq va ravnaqdorki, eng buyuk va porloq xayol u haqiqatlarga nisbat etilsa ularning oldida oʻta kichik va soʻniq boʻlib qolar. Masalan:
kabi sanoqsiz haqiqatlari bunga shohiddir.
Qur'onning har bir oyati qorongʻulikni teshib oʻtuvchi porloq yulduz kabi moʻ'jiza va hidoyat nurini tarqatib kufrning zulmatlarini qanday tarqatganini koʻrishni, lazzat olishni istasang, oʻzingni johiliyat asrida va badaviylik sahrosida faraz qil. Hamma narsa johillik va gʻaflat zulmatlari ostida jonsiz va tabiat pardasiga oʻralgan vaqti birdan Qur'onning yuksak tilidan
kabi oyatlarni eshit, qara! Olamda oʻlgan yoki yotgan mavjudotni يُسَبِّحُ sadosi bilan eshitgan kishilar zehnida tirilgani, xushyor boʻlgani, qiyomda zikr qilishgani, qorongʻi osmonda jonsiz otash parchalari boʻlgan yulduzlar va yerdagi abgor maxluqlar,
hayqirishi orqali eshitganlarga: osmon bir ogʻiz, butun yulduzlar hikmatni koʻrsatuvchi soʻz, alohida haqiqatlarni tilga keltirgan nur, yer bir bosh, quruqlik va dengizning xar biri bir til, butun hayvonot va nabotot koʻp-koʻp tasbeh aytuvchi soʻz suratida oʻzini koʻrsatadi.
Yoʻqsa hozirdan u zamonga qarash orqali mazkur zavqning nozik tomonlarini koʻra olmaysan. Ha, u zamondan beri nurini tarqatgan, davr oʻtishi orqali tanilgan ilmlar boʻlgan, boshqa Islomning nurli haqiqatlari bilan porlagan, Qur'onning quyoshi bilan kunduz rangini olgan holat orqali yoki yuzaki va oddiy odat pardasi bilan boqsang, albatta xar bir oyatning naqadar shirin moʻ'jizalik zamzamasi ichida qanchalab zulmatni tarqatganini loyigʻidek koʻra olmaysan va bir qancha moʻ'jizalik turlari ichida bu tur moʻ'jizadan lazzat ola olmaysan. Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning eng yuksak bir moʻ'jizalik darajasiga qarashni istasang, quyidagi misolni tingla, qara:
Oʻta yuksak, gʻarib va juda ham yoyilgan ajib daraxt faraz qilamiz. U daraxt gʻayb pardasi ostida, yopilgan tabaqada yashirin. Ma'lumki: Bir daraxtning, insonning a'zolari kabi shoxlari, mevalari, yaproqlari, gullari va butun a'zolari orasida munosabat, uygʻunlik, muvozanat lozim. Xar bir qismi daraxtning mohiyatiga koʻra bir shakl oladi, surat beriladi. Umumn koʻrinmagan (hali ham koʻrinmayotgan) daraxtga doir bir kishi chiqib, parda ustida uning xar bir a'zosiga teng rasm olsa, hudud chizsa, shoxidan mevaga, mevadan yaproqqa uygʻun surat chizsa va bir-biridan nihoyatsiz uzoq ibtido va intihosi oʻrtasida a'zolarining bir hil shakl va suratini koʻrsatadigan muvofiq chizmalar bilan toʻldirsa albatta shubha qolmaydiki, u rassom gʻaybiy daraxtning gʻaybni bilgan nazari bilan koʻradi, qamraydi, soʻng tasvirlaydi.
Aynan shuning kabi, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning ham mumkinot haqiqatiga doir (u haqiqat dunyoning ibtidosidan oxiratning intihosigacha uzangan, farshdan arshga, zarradan quyoshga qadar yoyilgan yaratilish daraxtiga doir) Furqonning bayonlari shu qadar uygʻunlikni muhofaza qilgan, xar bir a'zo va mevaga loyiq surat berganki, butun haqiqatli olimlar tadqiqoti nihoyasida Qur'onning tasviriga "Mashaolloh, Barakalloh" deb, "Koinot tilsimini va yaratilish tilsimini kashf va fath qilgan faqat sensan ey Qur'oni Hakim!" deyishgan.
وَ لِلّهِ الْمَثَلُ الْاَعْلَى misolda nuqson yoʻq, Allohning ism va sifatlarini, Rabboniy ish va ijrootlarni nurli tubo daraxti hukmida misol qilsak nurli daraxtning buyukligi doirasi azaldan abadgacha yoyilib ketadi. Ulugʻlik hududi nihoyatsiz fazoda yoyilib qamraydi. Ijrootining hududi,
hududidan
hududigacha choʻzilgan nurli haqiqatni butun shox-shabbalari bilan, gʻoya va mevalari ila shu qadar muvofiqlik va bir-biriga uygʻun, bir-biriga loyiq, bir-birini sindirmaydigan, bir-birining hukmini buzmaydigan, bir-birini qoʻrqitmaydigan bir suratda sifat va ismlarining haqiqati, ishlari va fe'llarini bayon qilganki, butun kashf va haqiqat ahli, malakut doirasida yurgan barcha ilm va hikmat sohiblari u Furqonning bayonlarini "Subhanalloh" deb, "Naqadar toʻgʻri, naqadar uygʻun, naqadar goʻzal, naqadar loyiq" deb tasdiqlaydi.
Masalan: Butun imkon doirasi va vujub doirasiga qaragan, u ikki azim daraxtning bitta shoxi hukmida boʻlgan iymonning olti asosi va u asoslarning butun shox-shabbalari, eng nozik meva va gullar oralarida shu qadar uygʻunlikni koʻzlab tasvirlaydi, shu daraja muvozanat suratida tariflaydi, shunday martabada uygʻunlik tarzida izhor etadiki, bashar aqli idrokidan ojiz va husniga hayron qoladi.
Iymon shoxining bir shodasi boʻlgan Islomiyatning besh asosi oralarida va u asoslarning eng nozik tafsilotlari, eng kichik odoblari, eng uzoq gʻoyalari, eng chuqur hikmatlari va eng juz'iy samaralariga borguncha uygʻunlikning goʻzalligi, mukammal munosabat va toʻliq bir muvozanat muhofaza etilganiga dalil shuki: Qamrovli Qur'onning nusus va vujuhidan, ishora va ramzlaridan chiqqan buyuk Islom shariatining mukammal intizomi va muvozanati, uygʻunligining goʻzalligi va sogʻlomligi inkor qilinmas adolatli shohid, shubha keltirmas qat'iy bir burhondir. Demak, Qur'onning bayonlari insonning juz'iy ilmiga, boxusus bir ummiyning ilmiga tayangan boʻla olmaydi. Balki bepoyon ilmga tayanadi va butun narsalarni birdan koʻra oladigan, azal va abad orasidagi butun haqiqatlarni bir onda mushohada qiladigan bir Zotning kalomidir.
bu haqiqatga ishora qiladi.
OʻN UCHINCHI SOʻZNING IKKINCHI MAQOMI
Bir guruh yoshlar hozirgi aldamchi va jozibador kayfu safo va havaslarning hujumlari qarshisida "Endi oxiratimizni qanday qutqaramiz?" deb, "Risola-i Nur"dan madad istadilar. Men "Risola-i Nur"ning ma'naviy shaxsi nomidan ularga shunday dedim: Qabr bor, hech kim inkor qilmaydi. Istasa-istamasa, xar kim u yerga kiradi. U joyga kirish uchun esa "uch yoʻl"dan boshqa yoʻl yoʻq.
Birinchi yoʻl: Iymon ahli uchun qabr bu dunyodan koʻra yanada goʻzal bir olamning eshigidir.
Ikkinchi yoʻl: Oxiratni tasdiq qilgan, lekin kayf-safo va zalolatda ketayotganlar uchun abadiy bir hibs va barcha doʻstlaridan judo qiladigan bir kishilik qamoq, yakka kishilik hibsxona eshigidir. Oxiratni bilgan, e'tiqod qilgan va ishongani, lekin unga zid harakat qilgani uchun shunday muomala koʻradi.
Uchinchi yoʻl: Oxiratga ishonmagan inkor va zalolat ahli uchun abadiy qatl eshigi, ya'ni, ham oʻzi, ham butun sevgan kishilarini qatl qiladigan bir dor yogʻochidir. Shunday deb bilgani uchun, jazosi sifatida, aynisini koʻradi. Ushbu ikki holat aniq-ravshan, dalil talab etilmaydi, koʻz bilan koʻrsa boʻladi.
Modomiki ajal yashirin va odamning boshiga xar doim oʻlim kela oladi, modomiki ajalga yoshu-qarining farqi yoʻq ekan, albatta doim koʻz oʻngidagi bunday buyuk dahshatli masala qarshisida chorasiz qolgan inson uchun abadiy qatl va tubsiz nihoyatsiz yakka kishilik qamoqdan qutulish chorasini izlash, qabr eshigini boqiy olamga, abadiy saodatga va nur olamiga ochilgan eshikka aylantirish masalasini yechish inson uchun dunyo kattaligidagi ulkan masala boʻladi.
Bu qat'iy haqiqat mazkur uch yoʻlda izlab topilishidan, bu uch yoʻlning ham, oʻz navbatida, mazkur uch haqiqat orqali yuzaga kelishini xabar bergan bir yuz yigirma toʻrt ming sodiq xabarchilar qoʻllarida tasdiq nishonasi hisoblangan moʻ'jizalari bor anbiyolar, u anbiyolar bergan ayni xabarlarni kashf, zavq va shuhud bilan tasdiqlagan va imzo bosgan bir yuz yigirma toʻrt million avliyolarning bu haqiqatga shahodat qilishi, haddu hisobi yoʻq haqiqatli olimlarning qat'iy dalillari orqali anbiyo va avliyolarning bergan ayni xabarlarni aqlan ilmalyaqiyn darajasida isbot etishgan. Va yuzda toʻqson toʻqqiz qat'iy ehtimol bilan "Qatl va abadiy zindondan qutulish, u yoʻlni abadiy saodatga aylantirish faqat iymon va itoat bilan boʻlishi mumkin", deb ittifoq bilan xabar bermoqdalar.
Ajabo, yuzda bir halokat ehtimoli boʻlgan tahlikali yoʻldan yurmaslik uchun birgina xabarchining soʻzi kifoya boʻlsa-yu, uning soʻzini kirmasdan, yana u yoʻldan ketsa, halokat xavotiridan keladigan ma'naviy azob uning yemoq ishtahasini qochirmaydimi? Chunki yuz minglab sodiq va tasdiqlangan xabarchilar, zalolat va safohatni koʻz oʻngidagi qabr dor yogʻochiga va abadiy yakka qamoqqa yuzda yuz ehtimol bilan qat'iy sabab boʻladi deyishgan. Iymon va qullik esa, yuzda yuz ehtimol bilan dor yogʻochni olib tashlab, yakka qamoqni yopib, koʻz oʻngidagi qabrni abadiy xazina va saodat saroyi sari ochilgan bir eshikka aylantiradi, degan xabarni berganlar. Ishoralari va belgilarini koʻrsatganlar.
Shunga qaramay, bu ajib, gʻarib, dahshatli va azamatli masala oldida turgan bechora insonga, xususan musulmon agar iymoni va qullik vazifasi boʻlmasa, butun dunyo saltanati va lazzati berilsa ham, koʻz oʻngidagi xar daqiqa chaqirilish navbatini kutayotgan oʻlim qoʻrquvidan azobli alamni daf qila oladimi ajabo?! Sizlardan soʻrayman!
Modomiki keksalik, xastalik, musibatlar va xar tarafda roʻy berib turgan oʻlimlar dahshatli azobni qoʻzgʻatayotgan va eslatayotgan ekan albatta, zalolat ahli va kayf-safoga mukkasidan ketganlar yuz ming lazzatni va zavqni olsa ham baribir qalbida ma'naviy bir jahannam yashaydi va u uni yoqadi. Lekin, oʻta qalin gʻaflat ahmoqligi vaqtinchalik buni unga his ettirmaydi.
Modomiki iymon va toat ahli koʻrib turgan qabrni oʻzi uchun abadiy xazinaga, zavol topmas saodatga ochilgan eshik boʻlishini istar ekan, modomiki azaliy taqdir lotoreyasidan milliardlab oltin va olmoslarni qozontiradigan chiptasi, iymon hujjati bilan unga chiqqan ekan xohlagan payti: "Kel, chiptangni ol!" deyilishini kutishdan oladigani teran, asosli, haqiqiy lazzat va ma'naviy zavq shunday bir lazzatdirki, agar jism holiga kirsa va urugʻ daraxtga aylansa, u odamning xususiy jannati boʻladi. Lekin zavq va azim lazzatni tark etib, yoshligi tufayli u chegarasiz alamlarga toʻla zaxarli asalga oʻxshagan xarom va havasli vaqtinchalik bir shariat manʻ qilgan lazzatni ixtiyor etgan kishi xayvondan ham yuz daraja tubanlashadi. Ajnabiy dinsizlar kabi ham boʻla olmaydi. Chunki ular Paygʻambarni inkor etsalar, boshqalarini tan oladi. Paygʻambarlarni bilmasalar ham Allohni tan oladilar. Allohni bilmasalar ham, kamolotlariga sabab boʻladigan ba'zi goʻzal xislatlari boʻlishi mumkin. Lekin bir musulmon ham anbiyolarni, ham Rabbini, ham butun kamolotni Muhammadi Arabiy Alayhissolatu Vassalam vositasida biladi. Uning tarbiyasini rad etgan va zanjiridan chiqqan kimsa qaytib hech bir paygʻambarni (A.S.) tan olmaydi, Allohni ham tanimaydi. Ruhida kamolotni muhofaza etadigan hech bir asos qolmaydi. Chunki paygʻambarlarning eng oxiri va eng buyugi, dini va da'vati umum bashariyatga tegishli boʻlgani, hamda moʻ'jizalar va dini jihatidan barchadan ustun va butun insoniyatga butun haqiqatlarda ustozlik qilgan, oʻn toʻrt asr avval porloq suratda isbotlagan, bashariyatning iftixor sababi boʻlgan bir zotning asos tarbiyalarini va dinning usulini tark etgan kimsa, albatta hech bir jihatda nur, kamol topmaydi. Mutlaq tubanlikka mahkumdir.
Xullas, ey dunyoviy hayot lazzatiga mubtalo va istiqbol xavotiri bilan kelajagi va hayotini ta'minlashga tirishgan bechoralar! Dunyoning lazzatini, zavqini, saodatini, rohatini istasangiz, shariat doiradagi lazzatlarni kifoya deb bilingiz. U lazzatingizga yetarlidir. Undan tashqaridagi va xarom doiradagi lazzatning ichida ming azob borligini sobiq bayonlardan albatta angladingiz. Moziy, ya'ni oʻtgan zamon hodisalarini kino orqali hozir koʻrsatilgani kabi, istiqboldagi ahvol ham (masalan, ellik yil keyingi hollari) kino qilib koʻrsatilganida edi, kayf safoga berilganlar bugungi kulishiga yuz minglarcha la'nat aytib, nafrat bilan yigʻlagan boʻlar edi. Dunyo va oxiratda abadiy va doimiy bahtni istagan inson iymon doirasidagi Hz. Muhammadning (S.A.V.) tarbiyasini oʻziga rahbar etmogʻi kerak.
Bir kuni yonimga bir nechta koʻzi yonib turgan yoshlar keldi. Hayot, yoshlik va havaslar tomonidan kelayotgan tahlikalardan saqlanish uchun ta'sirli nasihat olishni istagan bu yoshlarga men, eskidan "Risola-i Nur"dan madad istagan yoshlarga aytganimdek, dedim:
Sizdagi yoshlik qat'iyan ketadi. Agar siz shariat doirasida qolmasangiz, yoshlik zoye boʻlib, boshingizga dunyoda ham qabrda ham oxiratda ham lazzatidan koʻra koʻproq balolar va azoblar keltiradi. Agar Islomiy tarbiyasi bilan, yoshlik ne'matiga javoban shukr sifatida uni iffat bilan, nomus bilan toatda sarf etsangiz, u yoshlik ma'nan boqiy qoladi. Va abadiy bir yoshlik qozonishga sabab boʻladi.
Hayot esa, agar iymon boʻlmasa yoki isyon sababli u iymon ta'sir etmasa, hayot zoxiriy va qisqa bir zavq va lazzat bilan birga, minglab daraja zavq va lazzatdan koʻra azob, qaygʻu, gʻamlar keltiradi. Chunki insonda aql va fikr boʻlgani uchun, hayvonning aksiga, hozirgi payt bilan birga, oʻtgan va kelajak zamonlar bilan ham fitratan aloqadordir. U vaqtdan alam ham, lazzat ham olib biladi. Hayvon esa, fikri boʻlmaganligi uchun, hozirgi lazzatini oʻtmishdan keladigan qaygʻu yoki kelajakdan keladigan xavotir va qoʻrquvlar buzmaydi.
Inson agar zalolat va gʻaflatga tushgan boʻlsa, oʻtmishdan keladigan qaygʻular va kelajakdan keladigan xavotirlar uning hozirgi kichik lazzatini jiddiy ravishda achchiqlashtiradi, buzadi. Ayniqsa, lazzatlari shariat manʻ qilgan boʻlsa tamoman zaharli asalga aylanadi. Demak, inson hayot lazzati nuqtasida hayvondan yuz daraja pastdadir. Zalolatd va gʻaflatdagilarning hayoti balki borlgʻi, balki koinoti mavjud boʻlgan kuni hisoblanadi. Jami oʻtgan davr va koinotlar uning zalolati nuqtasida yoʻq boʻlgan, oʻlgan. Aql aloqadorligi orqali unga zulmatlar, qorongʻiliklar beradi. Kelajak esa, e'tiqodsizligi uchun yana yoʻq hisobi. Yoʻq boʻlishlardan hosil boʻlgan abadiy firoqlar, oʻylagani sari hayotini doimiy zulmatga aylantiradi. Agar iymon - hayotga hayot boʻlsa, oʻtgan va kelajak zamon iymon nuri bilan yorishadi, vujud topadi. Hozirgi payt kabi, ruh va qalbiga iymon nuqtasida yuksak va ma'naviy lazzat va vujud nurlarini beradi. "Keksalar risolasi"dagi "Yettinchi umid"da bu haqiqatning izohi bor. Uni oʻqib olishingiz kerak.
Demak, hayot shunday ekan, uning lazzatini va zavqini istasangiz, hayotingizni iymon bilan hayotlantiring, farzlar orqali ziynatlang va gunohlardan uzoq turib muhofaza qiling. Xar kuni, xar joyda va xar doim roʻy berib turgan oʻlimlar, dahshatli oʻlim haqiqatini koʻrsatadaki, buni sizlarga, boshqa yoshlarga aytganimdek, bir misol orqali bayon qilaman:
Masalan, bu yerda koʻz oʻngingizda bir dor oʻrnatilgan. Uning yonida (oʻrtaga juda katta yutuq tikilgan) bir lotoreya oʻyini tashkil etilgan. Biz bu yerdagi oʻn kishi aniq, istasak istamasak, boshqa chora yoʻq, u yerga chaqirilamiz, bizni chaqiradilar. Chaqirish vaqti aniq boʻlmagani uchun xar daqiqa: "Kel, qatl chiptangni ol, dorga chiq" va yoki "Kel, senga millionlab tilla yutuqlik hadya chiptasi chiqdi kel, ol", deyishlarini kutamiz. Shu mahalda eshikka ikki odam keladi. Biri yarim yalangʻoch, goʻzal va aldovchi ayol, qoʻlida zohiran oʻta shirin, ammo aslida zaharli holva. Uni bizga yedirmoqchi boʻladi. Keyingi odam esa, aldamaydigan va aldanmaydigan jiddiy bir odam. Ayolning orqasidan u kirdi va:
"Sizlarga bir tilsim, dars keltirdim. Uni oʻqisangiz va anavi holvani yemasangiz, bu dordan qutulasizlar. Bu tilsim yordamida tenggi yoʻq yutuq chiptasini olasiz. Dorda esa zotan koʻzingiz bilan koʻrib turibsizki, zaxarli asalni yeganlar u yerga kiryapti. Lekin kirgungacha ham holvaning zaharidan dahshatli qorin sanchigʻini chekyapti. Buyuk yutuqli biletni olganlar garchi ular orasida koʻrinmayotgan, zohiran ular ham u dorga chiqayotganday koʻrinayotgan boʻlsada, lekin ular osilmaganiga balki u yerdan yutuqli doiraga oʻtish uchun dordan qulay zinapoya sifatida foydalanayotganlariga millionlab shohidlar bor, xabar berayotirlar. Mana, derazalardan qarang. Eng katta xodimlar va bu ishga aloqador buyuk zotlar baland ovoz bilan e'lon qilib, xabar berayotirlar: "Dorga ketayotganlarni aynalyaqiyn koʻrib turganingizdek, ushbu yutuqli biletni tilsimchilar olganlarini hech shak shubhasiz kundek qat'iy bilingiz", dedi.
Ushbu misol kabi, zaxarli asal hukmidagi gʻayri mashru' doirada yoshlikning xarom lazzatlari, abadiy xazinaning va doimiy saodatning bileti va hujjati boʻlgan iymonni yoʻqotgani uchun, dor hukmidagi oʻlim va abadiy zulmatning eshigi boʻlmish qabr musibatiga aynan, zohiran koʻringani kabi, tushadi. Ajal maxfiy boʻlganligi uchun yosh-keksani ajratmay boshini kesish uchun uning jallodi xar doim kelib qolishi mumkin. Agar zaharli asal hukmidagi xarom havaslarni tark qilib, Qur'oniy tilsim boʻlgan iymon va farzlarni qoʻlda tutsa, ushbu inson taqdiri lotereyasidan favqulotda chiquvchi abadiy saodat xazinasining biletini olishini bir yuz yigirma toʻrt ming paygʻambarlar alayhimussalom hamda haddu hisobi yoʻq valiylar va haqiqat ahli birlikda xabar bermoqdalar. Va belgilarini koʻrsatmoqdalar.
Natija: Yoshlik ketadi. Agar u kayfu safoda oʻtsa, ham dunyoda ham oxiratda minglarcha balo va azob keltirishini, yoshlarning aksariyati suiiste'moldan va isroflar natijasidagi vahimali xastalik bilan kasalxonalarga, haddan oshishi sabab hibsxonalarga va yoki ishratxonalarga, ma'naviy azoblar sababli muammolar bilan mayxonalarga tushishlarini anglashni istasangiz, kasalxonalardan, hibsxonalardan va qabristonlardan soʻrang. Albatta, xastaxonalar sizlarga koʻpincha holat tili orqali yoshlikning isroflari va suiiste'moli sababli xastalikning pushaymonlarini, eyvohlarini aytib beradi. Shuningdek, hibsxonalardan ham, koʻpincha yoshlikning haddan oshishi tufayli shariat manʻ qilgan ishlarining ta'zirini yegan badbaxt yoshlarning afsuslarini eshitasiz. Qabristonda esa, u yerga davomli ravishda kirayotganlar uchun eshiklari ochilib-yopilib turgan barzoh olamida, kashfu-l qubur ahlining mushohadalari orqali va butun haqiqat ahlining tasdigʻi va shahodati bilan, aksar azoblar yoshlik suiiste'molotining natijasi ekanin bilasiz. Insoniyatning aksariyatini tashkil qilgan keksalar va xastalardan soʻrang. Albatta, mutlaq koʻpchiligi afsus va hasratlar bilan: "Eyvoh!.. Yoshligimizni bodi-havo qildik, balki zararli zoye etdik. Zinhor biz kabi qilmanglar", deydilar. Chunki besh-oʻn yillik yoshlikning shariat manʻ qilgan zavqi uchun dunyoda koʻp yillar gʻam qaygʻu, barzohda azob va zarar, oxiratda esa jahannam va saqar balosini chekadigan odam eng achinarli ahvolda boʻlganiga qaramay اَلرَّاضِى بِالضَّرَرِ لَا يُنْظَرُ لَهُ ning siri ila, achinishga aslo loyiq boʻlmaydi. Chunki zararga oʻz roziligi bilan kirgan kimsaga marhamat qilinmayadi. Va loyiq ham emas. Janobi Haq bizni va sizlarni bu zamonning jozibador fitnasidan qutqarsin va muhofaza aylasin, omin.
Risola-i Nurdagi haqiqiy tasalliga mahbuslar koʻp muhtojdirlar. Xususan, yoshlik zarbasini yeb, yangi va shirin umrini qamoqda kechirayotganlarning "Nur"larga non qadar ehtiyoji bor. Ha, yoshlik aqldan koʻra hissiyotni tinglaydi. His va havas esa koʻrdir, oqibatni koʻrmaydi. Bir dirham hozirgi lazzatni kelgusidagi bir botmon lazzatdan ustun qoʻyadi. Bir daqiqalik qasos lazzati uchun odam oʻldiradi, natijada sakson ming soatlik qamoq azobini chekadi. Bir soat safohat kayfi uchun nomus masalasida minglar kun ham qamoqning, ham dushmanning xavotiridan azob bilan umrining saodati yoʻqoladi.
Bularga qiyos qilinsa, bechora yoshlarning koʻp xatarlari borki: eng shirin hayotini eng achchiq va achinarli hayotga aylantirishyapti. Xususan shimolda katta davlat, yoshlik havaslariga ergashib, bu asrni boʻronlari orqali larzaga solyapti. Chunki oqibatni koʻrmaydigan koʻr hissiyot bilan harakat qilgan yoshlarga nomusli insonlarning goʻzal qizlari va ayollariga tajovuz qilishni halol qiladi. Balki hammomga ayol-erkak birga yalangʻoch holda kirishlari izn berib bu buzuqliklarni tashviq qilishyapti. Daydi va faqirlarga boylarning mollariga oʻgʻrilashni halol qiladi. Butun odamzot bu musibat qarshisida titramoqda.
Bu asrda Islom va Turk yoshlari oʻzini qahramonona tutib, ikki tomonlama hujum qilayotgan bu tahlikaga qarshi Risola-i Nurning "Meva" va "Yoshlarga Rahnamo" kabi oʻtkir qilichlari bilan kurashishlari lozim. Yoʻqsa, bechora yosh ham dunyoviy kelajagi ham bahtli hayotini ham oxiratdagi saodatini yoʻqotadi. Boqiy hayotini esa azoblarga, alamlarga aylantirib yoʻqotadi. Suiiste'mol va kayf safo orqali kasalxonalarga, hayotning toshqinliklari oqibatida qamoqxonalarga tushishadi. Eyvohlar, afsuslar bilan keksayganda koʻp yigʻlaydi.
Agar Qur'on tarbiyasi va "Nur"ning haqiqatlari bilan oʻzini muhofaza qilsa, toʻliq bir qahramon, mukammal inson, saodatli musulmon va boshqa jonzotlarga, hayvonlarga bir jihatda sulton boʻladi.
Bir yigit qamoqda yigirma toʻrt soatlik xar kungi umridan birgina soatini besh mahal farz namozga sarflasa, qamoq aksar gunohlarga moneʻ boʻlgani kabi, musibatga sabab boʻlgan xatodan tavba qilib, boshqa zararli, azobli gunohlardan uzoqlashsa, ham hayotiga ham kelajagiga ham vataniga ham millatiga ham yaqinlariga katta foydasi tegadi. Oʻn-oʻn besh yillik foniy yoshlik bilan abadiy porloq bir yoshlik qozonishini boshda Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon soʻng barcha Kitoblar va Samoviy Sahifalar qat'iyyan xushxabar bermoqda.
Ha, shirin, goʻzal yoshlik ne'mati uchun istiqomat bilan, toat bilan shukr qilsa, ham ziyodalashadi, ham boqiylashadi, ham lazzatli boʻladi. Yoʻqsa, ham baloli ham alamli, gʻamli, qoʻrqinchli boʻladi. Yaqinlariga, vataniga, millatiga zararli daydi odamga aylanishiga sabab boʻladi.
Agar mahbus zulman mahkum etilgan boʻlsa, farz namozini oʻqish sharti bilan, xar bir soati bir kunlik ibodatga aylanadi. Shuningdek qamoq u uchun uzlat chillaxonasiga aylanib, eski zamonlarda gʻorlarga kirib ibodat qilgan munzaviy solihlardan hisoblanishi mumkin.
Agar mahbus faqir, keksa, xasta va iymon haqiqatlariga ishtiyoqmand boʻlsa, farzini ado etish va tavba qilish sharti bilan, xar bir soati yigirma soatlik ibodatga aylanib, qamoq unga istirohat uyi, uni marhamat bilan parvarishlayotgan doʻstlari uchun bir suhbat yeri, tarbiyaxona, darsxonaga aylanadi. Oʻzi qamoqda ekaniga qaramay tashqaridagi chalkash, xar tarafga yoyilgan gunohlarning hujumidan qutulgani uchun yanada koʻproq xush koʻradi. Qamoqdan toʻliq tarbiya oladi. Ozod boʻlganida esa qotil, qasoskor boʻlib emas balki tavba qilgan, tajribali, tarbiyali, millatga manfaatli odam boʻlib chiqadi. Hatto Dengizli qamogʻidagi kishilarning qisqa vaqtda "Nur"lardan favqulotda goʻzal axloq darsini olganlarini koʻrgan ba'zi tegishli kishilar: "Tarbiya uchun oʻn besh yil qamoqqa tashlashdan koʻra, oʻn besh hafta "Risola-i Nur" darsini olsalar, ularni yanada koʻproq isloh qiladi", deyishgan.
Modomiki oʻlim oʻlmaydi va ajal yashirin ekan - har doim kelib qolishi mumkin,
modomiki qabr yopilmayapti, toʻda-toʻda navbat bilan kelayotganlar u yerga kirib yoʻq boʻlayotgan ekan,
modomiki oʻlim iymon ahli uchun abadiy qatldan erkinlik ruxsatnomasiga aylanishi Qur'on haqiqati orqali koʻrsatilgan ekan, zalolat va safohat ahli uchun esa, koʻrilayotganidek, abadiy qatl, butun mahbublaridan va borliqlardan bitmas bir firoq ekan,
albatta va albatta, hech shubha qolmaydiki, sabr ichida shukr qilgan, qamoq muddatidan toʻliq foydalanib, "Nurlar"ning darsini olib, istiqomat doirasida iymoniga va Qur'onga xizmat qilgan odam eng baxtiyor odamdir.
Ey zavq va lazzatga mubtalo inson! Men yetmish besh yoshimda, minglarcha tajribalar, hujjatlar va hodisalar orqali aynalyaqiyn bildimki: Haqiqiy zavq, alamsiz lazzat, qaygʻusiz sevinch, hayotdagi saodat faqat iymondadir va iymon haqiqatlari doirasida mavjuddir. Aksincha, dunyoviy bir lazzatda koʻp alamlar bor. Bir dona uzum yediradi, oʻnta shapaloq uradi, hayotning lazzatini qochiradi.
Ey qamoq musibatiga duchor boʻlgan bechoralar! Modomiki dunyongiz yigʻlayotgan va hayotingiz achchiqlashgan ekan, oxiratingiz yigʻlamasligi, boqiy hayotingiz kulishi, shirinlashishi uchun harakat qiling. Qamoqdan foydalaningiz. Ba'zan, ogʻir sharoitda dushman qarshisida bir soat soqchilik qilish bir yillik ibodat hukmiga oʻtishi mumkin. Xuddi shuningdek, sizning ushbu ogʻir sharoitda qilgan xar bir soat ibodatingiz zahmati koʻp soatlarga aylanib, zahmatlarni rahmatlarga aylantiradi.
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Qamoq musibatiga duchor boʻlganlar va ularga marhamat bilan, sadoqat bilan tashqaridan kelgan ozuqalariga nazorat va yordam berib turganlarga kuchli bir tasallini "Uch Nuqta"da bayon etaman.
Birinchi Nuqta: Qamoqda oʻtgan umr kunlarining xar biri oʻn kunlik ibodat qozontirishi va foniy soatlarni, mevalari jihatidan, ma'nan boqiy soatlarga aylantirishi va besh-oʻn yillik jazo orqali millonlab yillik abadiy qamoqdan qutulishga vosita boʻlishi mumkin. Demak, iymon ahli uchun bu oʻta buyuk va juda qiymatdor daromadning sharti - farz namozini ado etish va qamoqqa sabab boʻlgan gunohlardan tavba qilish, sabr ichida shukr qilishdir. Zotan, qamoq koʻp gunohlarga moneʻdir, yoʻl bermaydi.
Ikkinchi Nuqta: Lazzatning ketishi alam boʻlgani kabi, alamning ketishi ham lazzatdir. Ha, xar kim oʻtgan lazzatli, safoli kunlarini oʻylaganda ma'naviy afsus va ayriliq azobini his qilib, "Ey voh!" deydi. Oʻtgan musibatli, alamli kunlarini xotirlaganda esa, ketganidan ma'naviy lazzat his qiladi, "Alhamdulillah shukr, balo savobini qoldirib oʻzi ketdi", deydi. Sevinch bilan nafas oladi. Demak, bir soatlik vaqtinchalik azob ruhda ma'naviy lazzat qoldiradi.
Lazzatli soat, bil'aks, azob qoldirar. Modomiki bu haqiqat va modomiki oʻtgan musibat soatlari alamlari bilan birga oʻlgan va yoʻq boʻlgan ekan, keladigan balo kunlari esa hozir hech va yoʻq ekan, yoʻqdan alam yoʻq, hechdan esa alam kelmas ekan, masalan bir necha kundan keyin och va suvsiz qolish ehtimoli uchun bugun tinmasdan non esa va suv ichsa, qay daraja devonalik boʻlsa, oʻtgan va keladigan azobli soatlarni (hech, oʻlgan va yoʻq boʻlgan) hozirdan oʻylab sabrsizlik qilish va nuqsonli nafsini qoʻyib, Allohdan shikoyat qilgandek "Uf!.. Uf!.." tortish devonalikdir. Agar sabr quvvatini oʻng va chapga, ya'ni oʻtmish va kelajakka sovurmasa, hozirgi soat va kunga ishlatsa, toʻliq kifoya qiladi. Azob oʻndan birga tushadi. Hatto, shikoyat boʻlmasin, men ushbu uchinchi Yusufiy Madrasada, bir necha kun davomida umrimda umuman koʻrmagan moddiy-ma'naviy mashaqqatli, xastalikli musibatim chogʻi, xususan "Nur" xizmatidan maxrumlik sababli umidsizlik, qalbiy va ruhiy azoblar ezib turgan paytda Allohning inoyati bu mazkur haqiqatni koʻrsatdi. Men azob beruvchi xastaligimdan va qamogʻidan rozi boʻldim. Chunki "Qabr eshigida turgan mendayin bir bechoraga gʻaflat bilan kechishi mumkin boʻlgan bir soatini oʻnta ibodat soatlariga aylantirish ulkan foydadir", deb shukr qildim.
Uchinchi Nuqta: Mahbuslarga shafqat bilan xizmat orqali yordam qilish, muhtoj boʻlgan rizqlarini qoʻllariga berish, ma'naviy yaralariga tasalli berib malham surishda oz bir amal bilan katta daromad bor. Tashqaridan kelgan ozuqalarini ularga yetkazish, qamoqxona nazoratchisi va u bilan birga ichkarida va tashqarida harakat qilganlarining xizmatlari oʻsha ozuqa qadar sadaqa hukmida hasanot daftarlariga yoziladi. Xususan, jabrdiyda keksa, xasta, faqir yoki gʻarib boʻlsa, ma'naviy sadaqaning savobi yanada ziyodalashadi.
Xizmati Alloh uchun boʻlishiga bu qiymatli damomadning sharti farz namozini ado etishdir. Yana bir sharti ularga sadoqat va shafqat va sevinch bilan minnat qilmasdan yordam berishdir.
Ey qamoqdosh doʻstlarim va din qardoshlarim!
Sizlarga ham dunyo azobidan, ham oxirat azobidan qutqaradigan quyidagi haqiqatni bayon qilish qalbimga eslatildi:
Masalan, bir kishi birovning akasi, ukasini yoki bir qarindoshini oʻldirgan. Bir daqiqa intiqom lazzati uchun qatl etsa, millionlab daqiqa ham qalbiy azob, ham qamoq azobini tottiradi. Oʻldirilgan kishining qarindoshlari oladigan qasos xavotiri bilan qarshisida dushmanini oʻylash, hayotining lazzatini va umrining zavqini qochiradi. Ham qoʻrquv, ham gʻazab azobini chekadi. Buning yagona chorasi bor. U Qur'on amr qilgan haq, haqiqat, foyda, insoniyat va Islomiyat taqozo va tashviq qilgan yarashish va kelishishdir.
Ha, sulh haqiqat va foydadir. Chunki ajal bir, oʻzgarmaydi. Oʻldirilgan kimsa, xar holda ajal kelgani uchun boshqa qolmas edi. Qotil esa, Allohning qazosiga vosita boʻlgan. Agar yarashish boʻlmasa, ikki taraf ham doim qoʻrquv va qasd azobini chekadi. Shuning uchun, Islomiyat "Bir moʻmin ikkinchi moʻmin bilan uch kundan ortiq arazlashmasin", deb amr qiladi. Agar qatl adovat yoki kinli gʻaraz tufayli roʻy bermagan boʻlsa va bir munofiq u fitnaga sabab boʻlgan boʻlsa, tez yarashish lozim. Aks holda, kichik musibat kattalashib davom etadi. Agar yarashsa, qotil tavba qilsa va oʻldirilgan haqiga xar doim duo qilsa, unda xar ikki tomon ham koʻp narsa qozonadi, oʻzaro qardoshga aylanadilar. Ketgan bir qardosh oʻrniga bir necha dindor qardoshlarni topadi. Allohning qazo va qadariga taslim boʻlib, dushmanini afv etadi. Xususan, modomiki "Risola-i Nur"dan dars olgan boʻlsalar albatta, oʻrtalarida kechgan butun xafagarchiliklarni tashlashni ham foyda va shaxsiy va umumiy tinchlik, ham "Nur" doirasidagi qardoshlik taqozo qiladi.
Dengizli qamogʻida butun bir-biriga dushman mahkumlar "Nurlar" darsi orqali bir-biriga qardosh boʻldi. Bizning oqlanishimizga bir sabab boʻlib, hatto dinsizlarga, daydilarga ham mahkumlarga "Mashaolloh, barakalloh" dedirdi va mahkumlar toʻliq rohat topishdi.
Men bu yerda koʻrdimki: Bir odamning orqasidan yuz odam qiynalib birgalikda nafas olishga chiqmayotirlar. Ularga zulm boʻladi. Mard va vijdonli moʻmin, kichik va juz'iy xato yoki manfaat uchun iymon ahliga yuzlab zarari tegmaydi. Agar xato qilsa, bersa, tezda tavba qilish lozim.
Aziz yangi qardoshlarim va eski mahkumlar!
Men qat'iy qanoat hosil qilganmanki, bu yerga kirishimizning, Allohning inoyati jihatidan, bir ahamiyatli sababi - sizlarsiz. Ya'ni, "Nurlar" orqali va iymonning haqiqatlari bilan sizlarni qamoq musibatining qaygʻularidan, koʻp dunyoviy zararlardan, bekordan-bekorga, gʻam va qaygʻuda oʻtayotgan hayotingizni befoydalikdan, boʻsh zoye boʻlishidan va dunyoingiz kabi, oxiratingizni ham yigʻlashidan qutqarib, sizga toʻliq tasalli berishdir.
Modomiki bu haqiqat ekan, albatta, siz ham, Dengizli mahbuslari va "Nur" talabalari kabi bir-birlaringizga qardosh boʻlishlaringiz lozim. Koʻrib turibsizki: Qoʻlingizga pichoq tushib qolmasligi va bir-birlaringizga tajovuz qilmasligingiz uchun tashqaridan kelayotgan butun narsalaringizni va ovqatlaringizni, nonu-shoʻrvalaringizni tekshirib oʻtkazishyapti. Sizga sadoqat bilan xizmat qilayotgan nazoratchilar koʻp zahmat chekayotir. Sizlar birga tanaffusga ham chiqishmayapti. Goʻyo yirtqich va vahshiy kabi bir-birlaringizga tashlanib qolasizlar.
Hozir fitriy qahramonlik qoni joʻsh urgan sizdek yangi doʻstlar bu davrda buyuk ma'naviy qahramonlik bilan hay'atga qarata ayting: "Qoʻlimizga nafaqat pichoq, balki mauzer va toʻpponcha berilgan taqdirda, ustiga buyruq berilsa ham biz baribir bu bechora va oʻzimiz kabi musibatzada doʻstlarimizga tegmaymiz. Eski vaqtlar yuz hil dushmanlik va adovatimiz boʻlgan boʻlsa ham, foydamiz uchun Qur'onning, iymonning, Islom qardoshligining amri va irshodi bilan haqlarini halol etib, ozor bermaslikka harakat qilishga, qaror qildik", deb bu hibsxonani muborak darsxonaga aylantiringiz.
Laylatul Qadrda eslatilgan muhim bir masala
Laylatul Qadrda qalbga kelgan gʻoyat keng va uzun haqiqatga oʻta qisqa ishora qilamiz:
Bashariyat soʻnggi Jahon urushida ashaddiy zulmi, ashaddiy istibdodi, marhamatsiz buzgʻunchiliklari,
birgina dushmanni deb yuzlab begunohni abgor qilishi,
magʻlublarning daxshatli gʻam qaugʻuga botishi,
gʻoliblarning qattiq tashvishlanishi, hokimiyatlarini muhofaza qila olmagani, katta buzgʻunchiliklarini ta'mirlay olmagani sababli daxshatli vijdon azobi bilan,
dunyo hayotining foniy va vaqtinchalik ekani, madaniyat orzularining aldamchi va uxlatuvchi ekani hammaga maʻlum boʻlishi bilan,
bashariyat fitratidagi yuksak iste'dodlar va inson mohiyatining umumiy suratda daxshatli yaralanishi bilan,
gʻaflat va zalolatning, jonsiz va garang tabiatning Qur'onning olmos qilichi ostida maydalanishi bilan,
gʻaflat va zalolatning eng boʻgʻuvchi, aldovchi va eng keng pardasi boʻlgan roʻyi zamin siyosatining oʻta xunuk va haqiqiy oʻta makkor surati koʻrinishi orqali albatta va albatta hech shubha yoʻqki:
Shimolda, gʻarbda, Amerikada alomatlari koʻringaniga koʻra navi basharning majoziy ma'shuqi boʻlmish dunyoviy hayot, xunuk va oʻtkinchi boʻlgani uchun bashar fitrati haqiqiy sevgan, izlagan boqiy hayotni bor kuchi bilan qidiradi va albatta hech shubha yoʻqki:
Bir ming uch yuz oltmish yilda, xar asrda uch yuz ellik million shogirdi boʻlgan,
xar bir hukmi va da'vosini millionlab haqiqat ahli tasdiqlab imzo bosgan,
xar daqiqada millionlab hofizlarning qalbidan muqaddaslik bilan joy olib tillari bilan basharga dars bergan,
hech bir kitobda oʻxshashi topilmagan bir tarzda, inson uchun boqiy hayotni va abadiy saodatni xushxabar bergan,
butun basharning yaralarini davolagan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning shiddatli, quvvatli va minglab takrorlangan oyati bilan,
balki oʻn minglab marta ochiq va ishoratan da'vo qilib xabar bergan va tebranmas qat'iy dalillar bilan,
shubha keltirmaydigan sanoqsiz hujjatlari bilan boqiy hayotni qat'iyayan xushxabar va abadiy saodatni dars berishi,
albatta insoniyat butkul aqlini yoʻqotmasa,
boshiga moddiy va ma'naviy qiyomat qoʻpmasa,
Shvetsiya, Norvegiya, Finlandiya va Angliyaning Qur'onni qabul qilishga harakat qilgan mashhur xatiblari va Amerikaning haq dinni izlagan ahamiyatli jamiyati kabi roʻyi zaminning keng qit'alari va buyuk hukumatlari Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonni izlashadi va haqiqatlarini anglagandan soʻng butun ruhu jonlari bilan tutishadi. Chunki bu haqiqat nuqtasida Qur'onning misli qat'iyan yoʻq va boʻla olmaydi. Va hech narsa ushbu eng buyuk moʻ'jizaning oʻrnini bosa olmaydi.
Ikkinchidan: Modomiki Risola-i Nur bu eng buyuk moʻ'jizaning qoʻlida olmos qilich boʻlib xizmatini oʻtamoqda va qaysar dushmanlarini ham taslimga majbur qilgan ekan, ham qalbni, ham ruhni, ham tuygʻularni tamoman nurlantiradigan va dorilarini beradigan bir tarzda Qur'on xazinasiga dallolligini qilgan, undan boshqa manbai va olish joyi boʻlmagan, uning ma'naviy moʻ'jizasi boʻlgan Risola-i Nur u vazifani tamoman ado etyapti. Unga qarshi dahshatli targʻibotlar va oʻta qaysar dinsizlar ustidan toʻliq gʻalaba qildi. Zalolatning eng qattiq kuchli qal'asi boʻlgan tabiatni "Tabiat Risolasi" orqali parcha-parcha qildi, Gʻaflatning eng qalin, boʻgʻuvchi keng tashqi dunyosida va fanning eng keng pardalarida "Aso-i Muso"dagi "Meva"ning Oltinchi masalasi - birinchi, ikkinchi, uchinchi, sakkizinchi hujjatlari orqali oʻta porloq tarzda gʻaflatni tarqatib, tavhid nurini koʻrsatdi.
Risola-i Nurning koʻp yerlarida izohi va juda koʻp qatiy xujjatlari boʻlgan Alloxga iymon asosining minglab kulliy dalillaridan birgina dalilga qisqacha bir ishoratdan iborat.
Qastamoʻnida litsey talabalaridan bir qismi yonimga kelishdi. "Bizga Xoliqimizni taniting, muallimlarimiz Allohni tushuntirmayapti", deyishdi. Javoban aytdim: Sizlar oʻqiyotgan fanlarning xar biri oʻz maxsus tili bilan doim Allohni tushuntirib, Holiqni tanitadi. Muallimlarni emas, ularni tinglanglar.
Masalan: Xar bir idishida moʻjizali va xassos mezonlar bilan tortilgan hayotdor malxamlar va dorilar boʻlgan mukammal bir dorixona boʻlsa. Bu shubhasiz oʻta mahoratli, kimyogar va hakim bir dori tayorlovchini koʻrsatadi. Shunga oʻxshab, yer yuzi dorixonasidagi toʻrt yuz ming hil nabotot va hayvonot idishlaridagi hayotdor malxamlar va dorilar bu bozordagi dorixonadan qay daraja mukammalroq va katta boʻlsa, oʻsha nisbatida, siz oʻqigan tib fani miqyosi asosida katta yer yuzi dorixonasining dori tayyorlovchisi boʻlgan Hakimi Zuljalolni hatto koʻr koʻzlarga ham koʻrsatadi, tanitadi.
Yana masalan: Oddiy bir moddadan minglab turli hildagi matolarni toʻqiydigan moʻjizaviy fabrika, shaksiz bir fabrikachini va mahoratli bir mashinistni tanitadi. Shunga oʻxshab, yer yuzi deyilgan yuz minglab boshli va xar boshida yuz minglab mukammal fabrika boʻlgan ushbu sayyor Rabboniy ukuna qay darajada inson fabrikasidan katta, mukammal boʻlsa, siz oʻqigan muxandislik fani miqyosi bilan shu daraja yer yuzining ustasini va sohibini bildiradi, tanitadi.
Yana bir misol, ming bir hildagi oʻta mukammal rizq atrofidan jalb qilingan, ichida muntazam ravishda joylashtirilgan, tayyorlangan xirmon, ozuqa ombori, doʻkon, favqulotda ozuqa va rizq egasini, sohibini va xodimini shaksiz bildiradi.
Shuning kabi, bir yilda yigirma toʻrt ming yillik doirada muntazam ravishda sayohat qilgan, yuz minglab turdagi rizq istagan toifalarni ichiga olgan, sayohati bilan mavsumlarga uchragan, bahorni ulkan vagon kabi minglab hildagi taomlar bilan toʻldirib, qishda yemishi tugagan bechora hayot egalariga keltirgan, yer yuzi deyilgan bu Rahmoniy ozuqa ombori va bu Subhoniy sayyora, ming bir hil johozlarni, mollarni va konserva qutilarini tashigan bu omborxona,
Rabboniy doʻkon qay daraja mazkur fabrikadan katta va mukammal boʻlsa, siz oʻqigan yoki endi oʻqiydigan ozuqa fani qiyosi bilan, oʻsha qatʻiyatda va oʻsha darajada yer yuzi omborxonasining egasini, tasarruf qiluvchisini, tadbirchisini bildiradi, tanitadi, sevdiradi.
Yana toʻrt yuz ming millat ichida va xar bir millat istagan rizqi boshqa, ishlatgan quroli ayri, kiygan kiyimi farqli va koʻrsatmasi boshqa, ishdan boʻshashi turli lashkarning moʻjizakor bir qoʻmondoni bir oʻzi butun sinflarning turli tuman rizqlari va farqli qurollari va kiyimlarini, jihozotlarining hech birini unutmasdan va adashtirmasdan bergan ajib lashkar va lashkargoh, shubhasiz ochiq darajada moʻjizaviy qoʻmondonni koʻrsatadi, taqdir bilan sevdiradi. Aynan shuning kabi, zamin yuzining lashkargohida va xar bahorda yangidan xizmatga olingan yangi Subhoniy lashkargohda, nabotot va hayvonot sinflaridan toʻrt yuz ming navning xilma-xil kiyim, rizq, aslaha, talim, vazifadan boʻshashlari gʻoyat mukammal va muntazam holda, hech birini unutmasdan, adashmasdan birgina buyuk qoʻmondon tarafidan berilgan zaminning bahor lashkargohi qay darajada inson lashkari va lashkargohidan katta va mukammal boʻlsa, siz oʻqiydigan askarlik fani qiyosi bilan diqqatli va aqli joyida boʻlganlarga shu daraja yer yuzining Hakimini, Robbini, Tadbirkorini va muqaddas Qoʻmondonini hayrat va taqdislar bilan bildiradi, tahmid va tasbeh bilan sevdiradi.
Yana bir misol: Bir moʻjizali shaharda millionlab elektr chiroqlari harakatlanib hamma joyni aylanadigan, yonish moddalari tugamaydigan tarzdagi elektr chiroqlari va fabrikasi, shaksiz, koʻrinib turgandek elektrni idora qilgan va sayyor chiroqlarni ijod qilgan, fabrikani qurgan va yonish moddalarini keltirgan moʻjizakor ustani va favqulodda qudratli elektrikchini hayratlar va tabriklar bilan tanitadi, ofarinlar bilan sevdiradi. Aynan shuning kabi, bu olam shahrida dunyo saroyining tomidagi yulduz chiroqlari, bir qismi astronomiyaning aytganiga qaralsa, yer yuzidan ming marta katta va zambarak oʻqidan yetmish marta tez harakat qilsada, intizomini buzmaydi, bir-biriga urilmaydi, soʻnmaydi, yonish moddalari tugamaydi. Siz oʻqigan astronomiyga asosan, yer yuzidan bir million martadan ziyod katta va bir million yildan koʻproq yashagan, Rahmoniy mexmonxonada chiroq va oʻchoq boʻlgan quyoshimizning yonishining davom etishi, oʻchmasligi uchun xar kun yer yuzining dengizlari qadar kerosin va togʻlaricha koʻmir yoki mingta yer kattaligida oʻtin yigʻinlari kerak. Uni va u kabi katta yulduzlarni kerosinsiz, oʻtinsiz, koʻmirsiz yondirgan, soʻndirmagan, birgalikda va tez aylantirhgan, bir-biriga urdirmagan nixoyatsiz qudrat va saltanatni, nurli barmoqlari bilan koʻrsatgan bu muhtasham koinot shahridagi dunyo saroyining elektr chiroqlari va idoralari keltirilgan misoldan qay darajada katta, mukammal boʻlsa, siz oʻqigan yoki endi oʻqiydigan elektr fanni qiyosi bilan bu koinot buyuk koʻrgazmasinig Sultonini, Munavvarini, Yaratuvchisini shu darajada nuroniy yulduzlarni guvoh koʻrsatib tanitadi, tasbehot bilan, taqdisot bilan sevdiradi, qullik qildiradi.
Bir kitobni tasavvur qilaylik: Bir satirda ingichka qilib bir kitob yozilgan va xar bir kalimasida ingichka qalam bilan bir Quron surasi bor. U oʻta manoli va butun masalalari bir-birini quvvatlagan va kotibini va muallifini favqulodda mahoratli va iqtidorli koʻrsatgan ajib bir majmua - shaksiz, kotibini va muxarririni kamoloti bilan, hunarlari bilan kundek bildiradi, tanitadi. Mashaalloh, Barakalloh jumlalari bilan taqdirlaydi. Aynan shuning kabi, bir qalam:
Bu koinot buyuk kitobining, birgina sahifasi boʻlgan zamin yuzida va birgina shakli boʻlgan bahorda uch yuz ming turdagi kitoblar hisoblangan uch yuz ming nabotiy va hayvoniy toifalarni birgalikda, bir-biri ichida yanglishsiz, xatosiz, chalkashmasdan, adashmasdan mukammal, muntazam bitgan, baʻzan daraxt kabi bir soʻzda bir qasidani va danak kabi bir nuqtada bir kitobning butun mundarijasini yozganini koʻz bilan koʻrgan ushbu nihoyatsiz manodor, xar soʻzida koʻp hikmatlar boʻlgan ushbu koinot majmuasi va bu olamning eng buyuk jismoniy kitobi Quron mazkur misoldagi kitobdan qay darajada katta va mukammal va manodor boʻlsa, siz oʻqigan tabiatshunoslik fani va maktabda amaliyot qiladigan oʻqish va yozish fani keng miqyosi bilan, durbin koʻzlari bilan koinot kitobining naqqoshini, kotibini cheksiz kamoloti bilan shu daraja tanitadi. "Allohu Akbar" jumlasi bilan bildiradi, "Subxanalloh" taqdisi bilan tarif qiladi, "Alhamdulillah" sanolari bilan sevdiradi.
Bu fanlarga qiyosan, yuzlab fanlardan xar bir fan keng miqyosi, xususiy oynasi, durbinli koʻzi va ibratli nazari bilan bu koinotning Xoliqi Zuljalolini ismlari bilan bildiradi. Sifatini, kamolotini tanitadi.
Allohning yagonaligining bu muhtasham va porloq dalili boʻlgan mazkur hujjatni dars berish uchun, Bayoni moʻjizaviy Quron koʻp takror bilan eng ziyoda
va
oyatlari bilan Xoliqimizni bizga tanitadi deb maktab yoshlariga tushuntirdim. Ular toʻliq qabul qilib, tasdiqlab: Rabbimizga benixoya shukr boʻlsin, toʻliq muqaddas va ayni haqiqat bir dars oldik. Alloh sizdan rozi boʻlsin, deyishdi! Men javoban aytdim:
Inson minglab xil azoblar bilan azob chekadigan, minglab turdagi lazzatlar bilan lazzatlanadigan bir jonli uskunadir. U oʻta ojizligi bilan birga cheksiz moddiy-manaviy dushmanlari va nixoyatsiz faqirligi bilan birga cheksiz, koʻrinmagan ehtiyojlari boʻlgan, toixtamay zavol topish va ayrilish tazirlirini yegan bir bechora maxluqdir. Lekin iymon va qullik bilan shunday bir Podshohi Zuljalolga bogʻlanib butun dushmanlariga qarshi bir tayanch nuqtasi va butun hojatlariga madad boʻladigan yordam nuqtasi topib, hamma mansub boʻlgan xoʻjayinining sharafi, maqomi bilan iftihor qiladi. Agar u shunday benixoya Qodir va Raxim bir podshohga iymon bilan bogʻlansa, qullik bilan xizmatiga kirsa va ajalning qatl elonini oʻzi uchun nafaqa ruxsatnomasiga aylantirsa, naqadar xursand, minnatdor va qanchalik shukr bilan iftixor qilishi mumkinligini qiyos qilinglar.
Maktab yoshlariga aytganim kabi, musibatdagi maxbuslarga ham takror batakror aytaman:
Uni tanigan va itoat qilgan zindonda boʻlsa ham, baxtiyordir. Uni unutgan saroylarda boʻlsa ham zindondadir, badbaxtdir. Hatto bir baxtyor mazlum qatl qilinayotib, badbaxt zolimlarga: Men qatl qilinmayapman. Balki vazifadan nafaqaga chiqib saodatga ketyapman. Men sizni abadiy qatl qilinishga mahkum deb koʻrganimdan, sizdan toʻliq qasosimni olyapman. لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ deb xursand boʻlib jonini taslim qiladi.
Huva Nuqtasi
Juda aziz va siddiq qardoshlarim!
Qardoshlarim, لَا اِلهَ اِلَّا هُوَ va قُلْ هُوَ اللّهُ dagi هُوَ lafzida faqat moddiy jihatdan fikriy va xayoliy sayohatda havo sahifasining mutola qilgan paytim oniy bir suratda koʻringan zarif-nozik tavhid maʻnosida iymoniy yoʻlning benihoyat daraja oson va shart darajasida yengil ekanini, shirk va zalolatning yoʻli esa cheksiz darajada qiyin, imkonsiz va minglab ogʻirligini koʻrdim. Oʻta qisqa bir ishora bilan keng va uzun maʻnoni bayon qilaman.
Ha, qandayki bir hovuch tuproq yuzlab gullarga navbat bilan gultuvaklik qilgan idishi agar tabiat, sabablardan deb bilinsa: yo u idishda kichik miqyosda yuzlab, balki gullar sanogʻicha ma'naviy uskunalar, fabrikalar boʻlishi va yoxud bir hovuch tuproqdagi xar bir zarra turli hildagi barcha gullarni xar hil xususiyatlari va hayotdor jihozlari bilan yasashni bilishi, xuddi bir iloh kabi hadsiz ilmi va nihoyatsiz iqtidori boʻlishi lozim boʻladi. Xuddi shuningdek: Amr va irodaning bir arshi boʻlgan havoning, shamolning xar bir qismi, bir nafas va tirnoqchalik هُوَ lafzidagi havoda, kichik miqyosda, butun dunyodagi mavjud telefonlarning, telegraflarning, radiolarning, sanoqsiz va xar hil soʻzlashuvlarning markazlari, stantsiyalari, qabul qiluvchilari va uzatgichlari boʻlishi, sanoqsiz ishlarni barobar va bir onda qila olishi va yoki هُوَ dagi havoning, balki havo moddasining har bir qismining xar bir zarrasi barcha telefonchilar va turli hildagi barcha telegrafchilar va radio orqali soʻzlayotganlar sanogʻicha ma'naviy shaxsiyati, qobiliyatlari boʻlishi va barchasining tilini bilishi va ayni paytda boshqa zarralarga ham bildirishi, yoyishi kerak boʻladi. Chunki u vaziyat amalda qisman koʻrinyapti va havoning butun qismlarida u qobiliyat bor.
Demak, kufr ahli, tabiatparast va moddaparastlarning yoʻlida bir imkosizlik emas, balki zarralar sanogʻicha ilojsizlik, imkonsizlik va mushkulliklar ochiq-oydin koʻrinmoqda. Agar Sone'i Zuljaloldan deb qanbul qilinsa havo barcha zarralari bilan uning buyrugʻiga boʻysunuvchi askari boʻladi. Bir zarraning birgina intizomli vazifasichalik osonlik bilan hadsiz umumiy vazifalarini Xoliqining izni va quvvati bilan, Xoliqqa bogʻlanish va tayanish bilan, Sone'ining qudrati jilvasi bilan bir onda yashin tezligida va هُوَ talaffuzi va havoning tebranishi osonligida bajariladi. Ya'ni, qudrat qalamining hadsiz, gʻaroyib va muntazam yozuvlariga bir sahifa boʻladi. Zarralari qalamning uchi va zarralarning vazifasi esa qadar qalamining nuqtalari boʻladi. Bir zarraning harakati darajasida oson ishlaydi.
Demak, men لَا اِلهَ اِلَّا هُوَ va قُلْ هُوَ اللّهُ dagi fikriy sayohatimda havo olamini tomosha qildim. Unsurlarning sahifasini mutolaa qilar ekanman, ushbu qisqa haqiqatni tamoman yaqqol va batafsil aynalyaqiyn koʻrdim. هُوَ lafzida, havosida porloq burhon va bir vohidiyat yogʻdusi boʻlgani kabi, ma'nosida va ishorasida ham oʻta nuroniy bir ahadiyat jilvasi, juda quvvatli bir tavhid hujjati borligi angladim. U hujjatda هُوَ olmoshining mutlaq va mubham ishorasi qaysi zotga ishora qilishini aniqlash ishorati borligi uchun, ham Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon, ham zikr ahli - tavhid maqomida bu muqaddas kalimani koʻp takrorlashini ilmalyaqiyn orqali bildim.
Ha, masalan oq qogʻozga ikki-uch nuqta qoʻyilsa aralashishi, va bir odam xar hil ishlarni birdagina bajarsa chalkashishi, kichik jonzotga koʻp yuklar yuklansa ezilishi, bir til va bir quloq bir paytda koʻp soʻzlar birga kirib-chiqishi intizomini buzib alarashishini, aynalyaqiyn koʻrdimki: هُوَ ning kaliti va kompasi bilan fikran sayohat qilgan havo unsurimda xar bir boʻlagi, hatto xar bir zarrasi ichiga ming turdagi xar hil nuqtalar, harflar, kalimalar qoʻyilganda yoki qoʻyilsa, aralashmaganini va intizomini buzmaganini, juda koʻp turli-tuman vazifalar bajarsada, umuman chalkashtirmasdan bajarilgani va u boʻlak va zarraga juda koʻp ogʻir yuklar yuklansada hech zaiflik qilmasdan, orqada qolmasdan intizom bilan tashiganini, minglab turdagi soʻlar, boshqa-boshqa tarzda, ma'noda kichginagina quloq va tillarga mukammal intizom bilan kelib-chiqib, hech aralashmasdan, buzilmasdan kichkinagina quloqlarga kirib, oʻta nozik tillardan chiqadi.
Xar zarra va xar boʻlak bu hayratli vazifalarini bajarishda mukammal erkinlik bilan jozbador holat tili bilan va mazkur haqiqatning shahodati va tili bilan لَا اِلهَ اِلَّا هُوَ va قُلْ هُوَ اللّهُ اَحَدٌ deb aylanishini, toʻfon, yashin, chaqmoq va momaqaldiroq kabi havoni toʻqnashtiruvchi toʻlqinlar ichida intizomini va vazifasini hech buzmayapti va chalkashtirmayotganini, bir ish ikkinchi ishga mone boʻlmayotganini... aynalyaqiyn koʻrdim.
Demak, bu ishlarni bajarishga yo xar bir zarra va xar bir boʻlak havoda nihoyatsiz hikmati va nihoyatsiz ilmi, irodasi va nihoyatsiz quvvati, qudrati va butun zarralarga mutlaq hokim xossalari boʻlishi kerak. Bu esa zarralar adadicha imkonsiz va botildir. Hech bir shayton buni xayoliga keltirmaydi. Shunday ekan havo sahifasining haqqalyaqiyn, aynalyaqiyn, ilmalyaqiyn darajasida Zoti Zuljalolning cheksiz ilmi va hikmati bilan ishlatayotgan qudrat va qadar qalamining almashuvchi sahifasi va bir lavhi mahfuzning almashishlar olamida va oʻzgaruvchan ishlarida lavhi mahv va isbot nomli yozib buzadigan taxtasi hukmida ekani yaqqol.
Demak, havo unsurining birgina ovozlarning uzatilishi vazifasida mazkur vahdoniyatning jilvasi va mazkur ajoyibni koʻrsatgani hamda zalolatning cheksiz imkonsizligini namoyon etgani kabi, havo unsurining boshqa ahamiyatli vazifalaridan biri: elektr, tortish kuchi, itarish kuchi, ziyo kabi boshqa latifalarning uzatishda chalkashtirmay muntazaman ovozlarni tahsishdagi vazifani qilgan payti, butun nabotot va hayvonotga nafas olish va urchitish kabi hayotga zarur narsalarni mukammal intizom bilan yetishtirmoqda. Ilohiy amr va irodaning bir arshi ekanini qat'iy bir suratda isbotlayapti.
Daydi tasodif, koʻr quvvat, kar tabiat va aralash, maqsadsiz sabablar va ojiz, jonsiz, johil moddalar havo sahifasining kitobatiga va vazifalariga aralashishining umuman ehtimol va imkoni yoʻqligini aynalyaqiyn darajasida isbotlaganiga qat'iy qanoat hosil qildim. Xar bir zarra va xar bir boʻlak havo holat tili bilan لَا اِلهَ اِلَّا هُوَ va قُلْ هُوَ اللّهُ اَحَدٌ deyishini bildim. هُوَ kaliti bilan havoning moddiy jihatidagi bu hayratga soluvchi ekanini koʻrganimdek, havo unsuri ham bir هُوَ sifatida misol olami va ma'no olamiga bir kalit boʻldi.
Misol olami son-sanoqsiz suratga oluvchi asboblar va xar bir asbob chegarasiz dunyoviy hodisalarni bir paytda umuan aralashitirmasdan olayotganini koʻrdim. Minglab dunyo qadar katta va keng uxroviy va foniy kinoning foniy va davomsiz hollari va vaziyatlarini, oʻtkinchi hayotlarining mevalarini abadiy tomoshagohlarda va Jannatda abadiy saodat sohiblariga dunyo mojarolarini va eski xotiralarini lavhalari bilan koʻziga koʻrsatish uchun juda katta suratgir uskunasi ekanini bildim. {(Izoh) Ammo zohir haqiqatlar kabi kuchli burhonlar va hujjatlar bilan isbotlashga vaqt va zamin, holat va vaziyat izn bermagani uchun tugatildi.}
Lavhi Mahfuzning ham misol olamining ham ikki hujjati va ikki kichik namunasi va ikki nuqtasi - inson boshidagi xotira hissi va xayol hissi moshdek kichik boʻlsada, umuman aralashtirmasdan, mukammal intizom bilan ichida katta kutubxonachalik ma'lumot yozilishi qat'iy isbotlaydiki, ikki hisning buyuk va katta namunalari misol olami bilan Lavhi Mahfuzdir. Havo va suv unsurlariga, xossatan nutfalarning suvi va havo unsuri tuproq unsuridan ancha ustun, anchayin hikmat va iroda bilan, qadar va qudrat qalami bilan yozilishiga, tasodif va koʻr quvvatning, kar tabiatning, jonsiz va nishonsiz sabablarning aralashishi yuz daraja imkonsiz va hech bir jihatda mumkin emasligini, Hakimi Zuljalolning qadar qalami va hikmatining sahifasi ekanligi ilmalyaqiyn orqali qat'iy bilindi.
(Davomi hozircha yozdirilmadi. Barchaga minglab salom.)