Oʻn Toʻrtinchi Soʻz
Qur'oni Hakimning va Qur'onning haqiqiy mufassiri boʻlgan hadisning bir qancha yuksak va buyuk haqiqatlariga chiqish uchun taslim va itoati nuqsonli qalblarga yordam beradigan zinapoyalar hukmida u haqiqatlarning bir qancha oʻrnaklariga ishora qilamiz. Xotimasida ibrat darsi va inoyat siri bayon etiladi. U haqiqatlardan Hashr va Qiyomatning oʻrnaklari Oʻninchi Soʻzda, bilxossa Toʻqqizinchi Haqiqatida zikr etilgani uchun takrorlashga ehtiyoj yoʻq. Faqat boshqa haqiqatlardan namuna sifatida "Besh masala"ni aytib oʻtamiz.
Birinchisi: Masalan: خَلَقَ السَّموَاتِ وَالْاَرْضَ فِى سِتَّةِ اَيَّام
"Olti kunda osmonlar va yerni yaratdik" deyish orqali balki ming va ellik ming yil kabi uzun zamondan iborat boʻlgan Qur'on kunlari bilan inson dunyosi va hayvonot olami olti kun yashashiga ishora qilgan yuksak haqiqatiga qanoat hosil qilish uchun, bir kun hukmida boʻlgan xar bir asrda, xar bir yil, xar bir kunda Fotiri Zuljalolning yaratgan oquvchi olamlarni, kezuvchi koinotlarni, oʻtkinchi dunyolarni guvohlar e'tiboriga koʻrsatamiz. Goʻyo insonlar kabi dunyolar xar biri musofirdir. Xar mavsumda Zoti Zuljalolning amri bilan olam toʻladi, boʻshaladi.
Ikkinchisi: Masalan:
kabi oyatlarning ifoda qiladiki: "Butun ashyolar, butun holatlari bilan vujudga kelmasdan va kelgandan soʻng, ketgandan soʻng yozilgan, yoziladi va yozilmoqda." deb oliy haqiqatiga qanoat hosil qilish uchun Naqqoshi Zuljalol roʻyi zamin sahifasida, xar mavsumda, boxusus bahorda almashtirgan nihoyatsiz intizomli maxluqotning vujudining mundarijasini, hayot yoʻlini, harakati dasturini urugʻida, danagida, ildizida ma'naviy suratda qoʻygan va muhofaza etganini, yoʻq boʻlgandan soʻng mevasida aynan qadar qalami bilan, oddiy urugʻchalariga maʻnan yozganini, hatto xar oʻtkinchi bahorda, hoʻl-quruq nima boʻlsa, oz sonli zarracha va suyak boʻlgan urugʻda, oʻlgan oʻtinda mukammal intizom bilan muhofaza qilganini guvohlar e'tiboriga koʻrsatmoqdamiz. Goʻyo xar bahor bir gul kabi, oʻta intizomli va oʻlchovli tarzda zamin yuziga bir Jamiyl va Jaliylning qoʻli bilan taqilib uziladi, qoʻyilib olinadi. Demak bu haqiqat ekan: Qadar qalamining sahifasi boʻlgan Lavhi Mahfuzning faqat bir aksining jilvasi, Rabboniy san'at mundarijasi, gʻaflatdagilarning tilida "tabiat" deyilgan fitriy kitobatni, san'at naqshini, taʻsirga boʻysungan hikmat jadvalini "yaratuvchi tabiat" deb manbaʻ va yaratuvchi qabul etishi, insonning eng ajib zalolati hisoblanadi. اَيْنَ الثَّرَا مِنَ الثُّرَيَّا Haqiqat qayerda? Gʻaflat ahlining qabul qilgan narsasi qayerda?
Uchinchisi: Masalan, hamala-i arsh va yer va osmonlarning vazifa yuklangan farishtalari va boshqa bir qism malaklar haqida Sodiq Muxbir tasvir qilgan, masalan qirq ming boshli, xar bir boshida qirq ming tili boʻlgan, xar bir tilida qirq ming tasbehot qililishini, intizom, kulliyat va qulligining kengligini ifodalagan haqiqatga chiqish uchun shunga diqqat qilgin: Zoti Zuljalol
kabi oyatlar bilan ochiqchasiga aytyaptiki: Mavjudotning eng buyugi va kulliyi, oʻz kulliyatiga koʻra va azamatiga munosib tarzda tasbeh qilganini koʻrsatadi va shunday koʻrinadi. Bir tasbeh aytuvchi dengiz boʻlgan shu osmonlarning tasbeh kalimalari quyoshlar, oylar, yulduzlar boʻlgani kabi, hamd va tasbeh aytuvchi qush boʻlgan bu zaminning tahmid lafzlari hayvonlar, oʻsimliklar va daraxtlardir.
Demak xar bir daraxtning, xar bir yulduzning kichik tasbehlari boʻlgani kabi, zaminning ham, xar bir qit'asining ham, xar bir togʻ va daryoning ham, quruqlik va dengizining ham, osmonlardagi xar bir falakining ham, xar bir burjining ham kulliy tasbehlari bor. Ushbu minglab boshi boʻlgan zaminning xar bir boshida yuz minglab til hisoblangan va xar bir tilda yuz ming tarzda tasbehot gullarini, tahmidot mevalarini misol olamida tarjimonlik qilib koʻrsatadigan va ruhlar olamida misol sifatida e'lon qiladigan, unga koʻra albatta bir vazifador farishtasi bor.
Ha, koʻp sonli ashyolar bir jamoat shakliga kirsa, bir ma'naviy shaxs boʻladi. Agar jamiyat uyushib birdamlik shaklini olsa, uni misol qiladigan ma'naviy shaxs bir jihatda ma'naviy ruhi va tasbehga aloqador vazifasini qiladigan buyruq olgan farishta boʻladi. Demak qara. Misol sifatida ushbu Barla qishlogʻining, shu togʻ tilining muazzam soʻzi boʻlgan uyimizning yonidagi chinor daraxtiga qara, koʻr: Daraxtning uch boshining xar boshida necha yuz shox tillari bor va xar tilda qara, necha yuz oʻlchovli muntazam meva soʻzlari bor va xar mevaga e'tibor ber, necha yuz qanotli oʻlchovli urugʻcha harflari, كُنْ فَيَكُونُ amriga sohib Sone'i Zuljaloliga naqadar balogʻatli madh va tushunarli tasbeh aytganini eshitganing, koʻrganing kabi, unga vazifador farishta ham, unga koʻra ma'no olamida koʻp tillari bilan tasbehotini misol qiladi va hikmatan shunday boʻlishi kerak.
Toʻrtinchisi: Masalan:
kabi oyatlarning ifoda etgan yuksak haqiqatlarga, Qodiyri Mutlaq shu daraja oson va tezlik bilan, ishga kirishmasdan va tegilmasdan narsalarni xalq etadiki, faqat bir amr bilan ijod qilishi koʻrinmoqda, tushunilmoqda.
Yana Sone'i Qodiyr bagʻoyat san'atli asarlarga yaqindir, lekin san'atli asarlar Undan oʻta uzoqdir. Nihoyatsiz kibriyosi bilan birga, oʻta juz'iy va kichik ishlarni ham, ahamiyat bilan tartiblaydi va san'at goʻzalligidan xorij qoldirmaydi.
Qur'onning bu haqiqatiga, mavjudotda koʻringan mutlaq osonlik ichida eng mukammal intizom guvohlik qilgani kabi, quyidagi misol ham uning hikmatining sirini koʻrsatadi.
Sone'i Zuljalolning eng goʻzal ismlaridan Nur ismining xira bir oynasi boʻlgan Quyoshning Rabboniy amr va Ilohiy boʻysundirish bilan sazovor boʻlgan vazifalari shu haqiqatni inson fahmiga quyidagicha yaqinlashtiradi:
Quyosh yuksakligi bilan barobar butun shaffof va porloq narsalarga bagʻoyat yaqin, balki ularga oʻzlaridan ham yaqin ekani, jilvasi, timsoli va tasarrufga oʻxshash koʻp jihatlar bilan ularni ta'sir ostiga olgan. Shaffof narsalar esa Undan minglab yil uzoqdir. Uni hech bir jihatda ta'sir ostiga ololmaydi, yaqinlik da'vo qila olmaydilar.
Quyosh xar bir shaffof zarraga, hatto ziyosi qayerga yetgan boʻlsa u yerda hozir va nozir boʻlganidek, u zarraning qobiliyat va rangiga koʻra Quyoshning aksi va bir turdagi timsoli koʻrinishi bilan tushuniladi.
Quyoshning nuroniyligining buyukligi darajasida qamrovi, taʻsiri koʻpayadi. Nuroniyatining buyukligidan, eng kichik narsalar undan yashirinib qocha olmaydi. Demak, kibriyosining azamati juz'iy va kichik narsalarni nuroniyat siri orqali tashqarida qoldirish emas, aksincha qamrovi doirasiga oladi.
Quyoshni, sazovor boʻlgan jilvalarida va vazifalarida farazan oʻz xohishiga koʻra taʻsir qilishini faraz qilsak, shu daraja osonlik, tezlik va kenglik ichida zarradan, qatradan, dengiz yuzidan sayyoralargacha Ilohiy izn bilan shunday ishlayaptiki, buyuk tasarruflarni yolgʻiz bir amrning oʻzi bilan bajaradi deb xayolga keltirish mumkin. Zarra bilan sayyora Uning amri qarshisida tengdir. Dengiz yuziga bergan fayzni zarraga ham qobiliyatiga koʻra mukammal intizom bilan beradi. Osmon dengizining yuzida ziyodor bir pufakcha va Qodiyri Mutlaqning Nur ismining jilvasiga xira bir oynacha boʻlgan shu quyoshning, shu haqiqatning uch asosining namunalariga shubhasiz sazovor boʻlganini koʻryapmiz.
Albatta quyoshning nur va harorati - ilm va qudratiga nisbatan tuproq kabi xira hisoblangan, "Nuru-n Nur, Munavviru-n Nur, Muqaddiru-n Nur" boʻlgan Zoti Zuljalol hamma narsaga ilm va qudrati bilan nihoyatsiz yaqin, hozir va nozirdir. Ashyolar esa Undan oʻta uzoq ekaniga va qiyinchiliksiz, ishga kirishmasdan, osonlik bilan ishlarni shu darajada qiladiki, yolgʻiz amr qilishning tezlik va osonligi bilan ijod qiladi. Buni tushunilganiga, ham hech narsa, juz'iy-kulliy, kichik-katta qudrati doirasidan tashqariga chiqmaganiga va kibriyosi ihota etganiga shuhud darajasida iymoniy yaqiyn bilan iymon etamiz va iymon keltirish kerak.
oyatidan to
ga qadar...
oyatidan to
gacha...
oyatidan
oyatiga qadar...
oyatidan
oyatiga qadar rububiyati azamatining hududlari va uluhiyatining kibriyosi tutib turgan Azal va Abad Sultoni, shu ojiz va nihoyatsiz zaif va nihoyatsiz faqir va nihoyatsiz muhtoj va yolgʻiz bir juz'iy ixtiyor bilan yaratishga qobiliyati boʻlmagan zaif kasb bilan jihozlangan Bani Odamga Qur'onning shiddatli shikoyatlari, azim tahdidlari va mudhish qoʻrqitishlari qanday hikmatga binoan va qaysi jihatdan muvofiq keladi, qanday suratda munosib boʻladi, degan savollarga chuqur va yuksak haqiqatga qanoat hosil qilish uchun quyida keladigan ikki misolga qara:
Birinchi Misol: Masalan shohona bir bogʻ boʻlsa. Unda sanoqsiz mevali va guldor san'atli asarlar bor. Uni nazorat qilish uchun juda koʻp xizmatchilar ta'yin etilgan. Bir xizmatkorga bogʻga tarqaladigan va ichiladigan suvning yoʻlidagi teshikning qopqogʻini ochish vazifasi yuklangan. Lekin u tanballik qilib, teshikning qopqogʻini ochmadi. Bogʻning yetilishiga xalal keldi va yoki quridi. Shunda Xoliqning Rabboniy san'atidan, Sultonning shohona nazoratidan, ziyo, havo va tuproqning qullik xizmatidan boshqa butun xizmatchilarning u betayindan shikoyat qilishga haqqi boʻladi. Chunki xizmatlarini natijasiz qoldirdi yoki zarar keltirdi.
Ikkinchi Misol: Katta bir Sultonning kemasida oddiy odam kichik vazifani tark etishi orqali butun kemadagi xodimlar xizmatining natijasiga halal keltirgani uchun va ba'zan mavh etgani uchun, barcha xodimlar nomidan kema sohibi undan qattiq shikoyat qiladi. Zarar keltirgan odam: "Men oddiy odamman, kichik e'tiborsizligim sababli bunday gʻazabga loyiq emas edim", deya olmaydi. Chunki bitta yoʻqlik hadsiz yoʻqliklarni keltirib chiqaradi. Lekin vujud oʻziga koʻra samara berar. Chunki bir narsaning borligi butun sharoit va sabablarning borligiga bogʻliq. Uning yoʻqligi, yoʻq boʻlishi bir shartning yoʻq boʻlishi va bir qismning yoʻqligi bilan natijasi e'tibori bilan yoʻqlikka ketgan boʻladi. Shuning uchun: "Buzish ta'mirdan juda koʻp marta oson ekani" hammaga ma'lum bir dasturga aylangan.
Modomiki kufr va zalolat, tugʻyon va ma'siyatning asoslari inkor va rad etish, tark qilish va qabul qilmaslik ekan, zohiran naqadar musbat va vujudli koʻrinsada, haqiqatda yoʻqlik, adamdir. Shunday ekan u yuqumli jinoyat hisoblanadi. Boshqa mavjudotning amallari natijasiga halal bergani kabi Ilohiy ismlarning jamollari jilvasiga ham parda tortadi.
Demak, hadsiz shikoyatga haqqi boʻlgan mavjudot nomidan, mavjudotning sultoni osiy insondan azim shikoyat qiladi. Bu ayni hikmat va u osiy shiddatli tahdidlarga albatta haqdor va dahshatli jazo bilan qoʻrqitishga, shubhasiz loyiqdir.
XOTIMA
Ey, gʻaflatga shoʻngʻib, bu hayotni shirin koʻrib, oxiratni unutib, dunyoga talbgor boʻlgan badbaxt nafsim! Bilasanmi, nimaga oʻxshaysan? Tuyaqushga... U ovchini koʻradi lekin ucha olmaydi, ovchi uni koʻrmasin deb boshini qumga suqadi. Kattakon gavdasi esa tashqarida. Ovchi uni koʻradi. Lekin u koʻzini qumda yumgan, koʻrmaydi.
Ey nafs! Bu misolga qara, butun diqqatni dunyoga qaratish - aziz lazzatning qanday qilib qiynaydigan azobga aylantirishini koʻr.
Masalan, bu qishloqda (ya'ni Barlada) ikki odam bor. Birining yuzdan toʻqson toʻqqiz doʻstlari Istanbulga ketgan. Chiroyli hayot kechirishyapti. Lekin u bir oʻzi bu yerda qolgan. U ham u yerga ketadi. Shuning uchun bu odam Istanbulga mushtoq, u yerni oʻylaydi. Doʻstlarga qovushishni istaydi. Qachonki unga: "U yerga bor!", deyilsa, sevinib, kulib ketadi. Ikkinchi odam esa, yuzdan toʻqson toʻqqiz doʻstlari bu yerdan ketgan. Bir qanchasi yoʻq boʻlgan. Bir qismi na koʻradigan, na koʻrinadigan yerlarga ketgan. Abgor boʻlib ketishgan, deb oʻylaydi. Bu bechora ulrning barchasining oʻrniga faqat bir musofir bilan ovunib tasalli topishni istaydi. Bu orqali qiynovchi firoq azobini yopishni istaydi.
Ey nafs! Boshda Habibulloh (s.a.v.), barcha doʻstlaring qabrning narigi tarafidalar. Bu yerda qolgan bir-ikkitasi esa, ular ham ketishyapti. Oʻlimdan choʻchib, qabrdan qoʻrqib, boshingni oʻgirma. Qabrga mardona qara, tingla, nimani talab qilyapti. Erkakchasiga oʻlimning yuziga kul. Qara, nimani istayapti. Zinhor gʻofil boʻlib, ikkinchi odamga oʻxshama.
Ey nafsim! "Davr oʻzgargan, asr boshqalashgan, hamma dunyoga shoʻngʻigan, hayotga topinyapti. Tirikchilik dardi bilan sarxush", dema. Chunki oʻlim oʻzgarmayapti. Firoq boqiy emas. Bashariy ojizlik, insoniy faqirlik oʻzgarmayapti, koʻpayyapti. Inson yoʻlovchiligi tugamayapti, tezlashyapti.
Yana "Men ham hamma kabiman", dema. Chunki, boshqalar senga qabr eshigigacha sheriklik qiladi. Musibatda hamma bilan birga boʻlish, degan tasalli esa qabrning narigi tarafida umuman asossiz. Oʻzingni egasiz ham hisoblama. Chunki bu dunyo musofirxonasiga hikmat nazari bilan qarasang, hech bir narsani nizomsiz, gʻoyasiz koʻrmaysan. Qanday qilib sen nizomsiz, gʻoyasiz qolishing mumkin?! Zilzila kabi voqealar olamdagi hodisalar tasodif oʻyinchogʻi emasligini koʻrsatadi. Masalan, zaminga nabotot va hayvonot turlaridan kiydirilgan bir-biri ustida, bir-biri ichida gʻoyat muntazam va gʻoyat naqshinkor koʻylaklar - boshdan oyoq gʻoyalar bilan, hikmatlar bilan bezalgan, jihozlanganlarini koʻrib, oʻta oliy gʻoyalar ichida mukammal intizom bilan majzub Mavlaviydek doira aylantirishini inson biladi. Lekin bani Odamdan, xususan ahli iymonning bir qism gʻaflatli xunuk xatti-harakatlarning ma'naviy ogʻirligidan yer kurrasi yelka silkitishiga oʻxshagan zilzila, {(Hoshiya) Izmirning zilzilasi munosabati bilan yozilgan.} oʻlim kabi hayotiy hodisalarini, bir dinsiz kimsa gʻoyasiz, tasodifiy deb oʻylab, barcha jabrdiydalarning ayanchli yoʻqotishlarini evazsiz, foydasiz ketgan deb nashr orqali koʻrsatib, mudhish bir umidsizlikka tushiradi.
Ham ulkan xato, ham ulkan zulm qiladi. Aslida bunday hodisalar bir Hakimi Rahimning amri bilan ahli iymonning foniy molini sadaqaga aylantirib boqiylashtirish va ne'matga nonkoʻrlik qilgani uchun gunohlarga kafforatdir.
Bir kun keladi, shu itoatli zamin yuzining ziynati boʻlgan insonlarning hatti harakatlarini shirk aralash, shukrsiz, xunuk deb topib, Xoliqning amri bilan ulkan zilzila orqali butun yuzini sidiradi, tozalaydi. Allohning amri bilan ahli shirkni jahannamga toʻkadi. Ahli shukrga: "Qani, jannatga marhamat qiling", deydi.
OʻN TOʻRTINCHI SOʻZNING ILOVASI
Bu sura, Yer Kurrasi harakat va zilzilasida vahiy va ilhomga binoan amr ostida tebranishini qat'iyan ifoda qiladi. Ba'zan esa titraydi.
Ma'naviy va ahamiyatli bir tarafdan, hozirgi zilzila munosabati bilan berilgan olti-yetti kichik savolga, qalbga yana ma'naviy eslatma yordamida berilgan javoblar keldi. Batafsil yozishni necha bor niyat qilsamda, izn berilmadi. Faqat qisqacha va xulosa tarzida yoziladi.
Birinchi Savol: Bu buyuk zilzilaning moddiy musibatidan ham alamli, zilzila davomidagi ma'naviy musibat hisoblangan qoʻrquv va gʻam qaygʻu butun mamlakatda aksariyat xalqning tungi istirohatini buzib, dahshatli azob berishining sababi nima?
Yana ma'naviy javob: Ramazoni Sharifning tarovih vaqtida, radio orqali kamoli sevinch va surur bilan, sarxushlarcha, oʻta havas bilan qoʻshiqlar kuylanishi va ba'zan qizlarning tovushlari bilan bu muborak Islom markazining xar burchagida jozibali eshittirilishi natijasida bu qoʻrquv azobini berdi deyildi.
Ikkinchi Savol: Nima uchun bu samoviy toʻqmoq kofirlarning mamlakatida ularning boshlariga kelmayapti? Bechora musulmonlarga kelmoqda?
Javob: Buyuk xatolar va jinoyatlar kechiktirilib katta markazlarda, kichik jinoyatlar esa tezlashtirilib kichik markazlarda berilgani kabi, muhim bir hikmatga binoan, kufr ahlining jinoyatlarining asosiy qismi Mahshargohdagi Buyuk Mahkamaga qoldirilyapti, iymon ahlining xatolarining jazosi esa qisman bu dunyoda beriladi.
{(Izoh) Rus kabi millatlar (bu taʻbir SSSR davri Rusiyasiga tegishli), hukmi tugagan va oʻzgartirib yuborilgan bir dinni tark etib, haq, abadiy va hukmi tugamagan dinga xiyonat qilish darajasida Allohni gʻazablantirmagani uchun, hozircha zamin ularni qoʻyib bularga shiddatlanyapti.}
Uchinchi Savol: Ba'zi shaxslarning xatosi tufayli kelgan bu musibat mamlakatda bir daraja umumiy shakl olganining sababi nima?
Javob: Umumiy musibat aksariyatning xatolari tufayli yuzaga keladi. Bunga binoan, zolim shaxslarning harakatlariga aksariyat insonlar oʻz xatti-harakatlari bilan, yoki ularni ma'qullash orqali yoki ularga yon bosish bilan tarafdor boʻlgani sababli ma'nan ishtirok etadilar, ommaviy musibatga sababchi boʻladilar.
Toʻrtinchi Savol: Modomiki bu zilzila musibati xatolarning natijasi va gunohlarning kafforati ekan, ma'sumlarning va begunohlarning u musibat ichida yonishining sababi nima? Allohning adolati bunga qanday yoʻl qoʻyadi?
Yana ma'naviy tarafdan javob: Bu masala taqdir masalasiga taalluqli boʻlgani uchun, Qadar Risolasiga havola qilib, bu yerda shuning oʻzi aytildi:
Ya'ni: "Shunday bir balo va musibatdan saqlaningizki, u kelgan vaqt faqatgina zolimlarga xos boʻlib qolmay, ma'sumlarni ham yoqadi".
Bu oyatning siri quyidagicha: Bu dunyo tajriba va imtihon maydonidir, taklif va mujohada diyoridir. Imtihon va taklif, musobaqa va mujohada bilan Abu Bakrlar a'loyi illiyinga chiqishi, Abu Jahllar esa asfali sofiliynga tushishi uchun haqiqatlarning yashirin qolishini taqozo qiladi. Agar ma'sumlar bunday musibatlarda sogʻlom qolsaydi, Abu Jahllar aynan Abu Bakrlar (R.A.) kabi taslim boʻlib, mujohada va ma'naviy taraqqiyot eshigi yopilar va taklif siri buzilar edi.
Modomiki, mazlumning zolim bilan birga musibatga tushishi Ilohiy hikmatga binoan kerak ekan, bechora mazlumning rahmat va adolatdan qanday hissasi bor?
Bu savolga javoban aytildiki: Musibatdagi gʻazab va shiddat ichida ularga bir rahmat jilvasi bor. Chunki ma'sumlarning foniy mollari ular nomidan sadaqa boʻlib, boqiy bir mol hukmiga oʻtadi. Foniy hayotlari esa boqiy hayot qozontiradigan darajada bir navʻ shahidlik boʻladi. Nisbatan oz va vaqtinchalik mashaqqat va azobdan buyuk va doimiy yutuqni qozontirgan bu zilzila ular uchun gʻazab ichida rahmatdir.
Beshinchi Savol: Odil va Rahiym, Qodiyr va Hakiym boʻlgan Zot nima uchun xususiy xatolarga xususiy jazo bermay, ulkan bir unsurni, ya'ni yerni hujum qildiradi. Bu hol rahmatining jamoliga va qudratining qamroviga qanday qilib muvofiq keladi?
Javob: Qodiyri Zuljalol xar bir unsurga koʻp vazifalar bergan va xar bir vazifa koʻp natijalar beradi. Bir unsurning birgina vazifasida, birgina natijasi xunuk, yomon va musibat boʻlsada, boshqa xayrli natijalari bu natijani ham xayrga aylantiradi.
Agar ushbu bitta xunuk natija vujudga kelmasligi uchun, insonga gʻazab qilgan unsur u vazifadan manʻ etilsa, u natijalar sanogʻicha xayrlar tark etiladi va kerakli xayrni qilmaslik yomonlik boʻlgani sababli, xayrlar sanogʻicha yomonliklar qilingan hisoblanadi. Bitta yomonlik kelmasin deb bunday qilish oʻta xunuk hamda hikmat va haqiqatga xilof, nuqsondir. Qudrat, hikmat va haqiqat nuqsondan pokdir.
Modomiki bir qism xatolar unsurlarni va yerni gʻazabga keltiradigan darajada ulkan isyon va koʻp maxluqlarning huquqiga haqoratli tajovuz hisoblanar ekan, albatta jinoyatning haddan tashqari xunukligini koʻrsatish uchun, ulkan unsurga, umum vazifalari ichida: "Ularni tarbiyalab qoʻy", deb amr berilishi ayni hikmat, adolat va mazlumlarga ayni rahmatdir.
Oltinchi Savol: Gʻaflatdagilar zilzilaning Yer Kurrasi ichidagi ma'danlar inqilobining natijasi ekanini jar soladi. Xuddi tasodifiy, tabiiy va maqsadsiz hodisa sifatida qaraydi. Bu hodisaning ma'naviy sabablarini va natijalarini koʻrmaydiki, koʻzlari ochilsa. Ular suyangan moddiy jihatning biror haqiqati bormi?
Javob: Zalolatdan boshqa hech qanday haqiqati yoʻq. Chunki xar yili ellik milliondan koʻproq naqshli, intizom bilan liboslarni kiygan va yangilab turgan Yer Kurrasining ustidagi minglab turlardan bittasi: masalan, pashsha sinfining sanoqsiz vakillaridan bir vakilining yuzlab a'zolaridan bitta a'zosi boʻlgan qanotining maqsad, iroda, xohish va hikmat jilvasiga sazovorligi, unga nisbatan loqayd qolmagani va oʻz-oʻziga tashlab qoʻymagani hadsiz jonzotlarning beshigi, onasi, panogohi va homiyi boʻlgan ulkan Yer kurrasining ahamiyatli faoliyat va holatlarigina emas, balki hech bir narsasi, kichik boʻlsin, katta boʻlsin, Ilohiy iroda, ixtiyor va maqsaddan tashqarida emasligini koʻrsatadi. Biroq Qodiyri Mutlaq, hikmatining taqozosi bilan, zohiriy sabablarni oʻz tasarrufiga parda qiladi. Zilzilani iroda qilgan vaqti ba'zi ma'danlarni harakatlanishga buyurib, olovlantiradi.
Boringki, ma'danlarning inqiloblari boʻlsa ham, baribir Ilohiy amr va hikmat bilan yuzaga chiqadi, boshqa tarzda boʻlmaydi. Masalan, bir kishi miltiq bilan birovni otdi. Otgan odamga umuman e'tibor bermay, butun diqqat e'tiborni faqat miltiqning ichidagi poroxning oʻt olish nuqtasigagina qaratilsa, bechora oʻldirilgan odamning huquqini butunlay toptaladi. Bu holat naqadar ablahlik va devonalik boʻlsa, shuning kabi Qodiyri Zuljalolning itoatli bir xizmatkori, balki kemasi, tayyorasi boʻlgan Yer kurrasining ichida sodir boʻlgan, hikmat va iroda bilan yigʻilgan bir bombani, "gʻaflat va tugʻyondagilarning koʻzini ochish uchun oʻt och" deb buyurilgan Rabboniy amrni unutish va tabiatga yoyish ahmoqlikning eng jirkanchidir.
Oltinchi savolning davomi va izohi: Zalolatdagilar va dinsizlar tutgan yoʻlini muhofaza qilish va iymon ahlining uygʻonishiga toʻsiq boʻlish uchun shunday gʻarib qaysarlik va ajib ahmoqlik qiladiki, insonni inson boʻlganiga pushaymon qiladi.
Masalan: Soʻnggi vaqtlarda insonlarning bir daraja ommaviy shakl olgan zulmli, zulmatli isyonidan koinot va barcha unsurlar qizishgani, hamda yer va osmonlar Xoliqi xususiy Rububiyati bilan emas, balki butun koinotning, butun olamlarning Rabbi va Hokimi boʻlgan jihati bilan umumiy va keng koʻlamda oʻzini bildirib, butun koinotda va rububiyatning umumiy doirasida insoniyatni uygʻotish, dahshatli tugʻyonidan voz kechirish va ular tanishni istamagan koinot Sultonini tanitish uchun oʻxshashi yoʻq, toʻxtatib boʻlmaydigan suv, havo va elektrdan zilzilani, toʻfonni va ommaviy urushlar kabi umumiy va dahshatli ofatlarni chiqarib, ular bilan insoniyatning yuziga urdi. Bu orqali Hikmatini, Qudratini, Adolatini, Qayyumiyatini, Irodasini va Hokimiyatini oʻta zohiriy suratda koʻrsatdi. Inson suratidagi bir qancha ahmoq shaytonlar umumiy Rabboniy ishoralar va Ilohiy tarbiyaga nisbatan ablahcha inkor orqali qarshi chiqib: "Tabiat ishi, moddaning portlashi, tasodifiy. Quyoshning harorati bilan elektrning toʻqnashuvi. Butun mashinalarni Amerikada besh soat toʻxtatib qoʻygan va Qastamoʻnu viloyatining osmonida va havosida samoni qizartirib, yongʻinga aylandi" deb, ma'nosiz safsata sotishyapti. Zalolatdan kelgan cheksiz jaholat va dinsizlikdan kelib chiqqan xunuk qaysarlik tufayli, sabablar faqat bahona, bir parda ekanini bilishmaydi. Togʻdek archa daraxtining jihozlarini toʻqish va yetishtirish uchun bir qishloq kattaligida yuz fabrika va dastgoh zarurligiga qaramasdan, kichik danakni koʻrsatib: "Bu daraxt shundan chiqqan" deb, Sone'ning archada koʻrsatgan minglab moʻ'jizasini inkor qilgani singari, ba'zi zohiriy sabablarni koʻrsatadi. Xoliqning ixtiyor va hikmat bilan yuritayotgan juda buyuk rububiyat faoliyatini yoʻqqa chiqaradi. Ba'zan juda chuqur va bilib boʻlmaydigan, juda ahamiyatli, ming jihatda hikmatli bir haqiqatga fanda bir nom beradi. Goʻyo u nom orqali mohiyati anglashilib, oddiylashib, hikmatiz, ma'nosiz boʻlib qolgandek.
Xullas kel! Ablahlik va ahmoqlikning nihoyatsiz darajalarini koʻr. Ular yuz sahifa bilan ta'riflansa va hikmatlari bayon etilsa ham, tamoman bilinishi qiyin boʻlgan chuqur va keng noma'lum haqiqatga nom beradi, ma'lum narsadek "Bu falon narsa," deydi. Masalan, quyoshning bir moddasi bilan elektrning toʻqnashuvidir.
Umumiy iroda, ixtiyor va butun turlarga hokimlikning unvonlari boʻlgan va "Odatulloh" nomi bilan bilingan fitriy qonunlarning birini, xususiy va qasdiy rububiyat hodisasi sifatida koʻrsatib, uni umumiy qonunlardan ajratib qoʻyadi. Bu ajratish orqali uning munosabatini ixtiyoriy irodadan kesadi. Soʻng tutib tasodifga, tabiatga havola qiladi. Abu Jahldan ham koʻproq nodonlik qiladi. Bamisoli bir askarning yoki bir qoʻshinning jangda qozongan zafarini, faqat askarlik nizomi va qonuniga bogʻlab, qoʻmondonidan, podshohidan, hukumatidan va maqsadli harakatlardan aloqasini uzgan odam singari osiy devonaga aylanadi.
Hamda bir danakdan mevali daraxt yaratilgani kabi oʻta moʻ'jizali bir usta tirnoqdek oʻtin boʻlagidan yuz kilolik turli taomlarni, yuz arshin xilma hil gazmollarni chiqarsa, bir odam u oʻtin boʻlagini koʻrsatib "Ular bundan tabiiy va tasodifiy tarzda chiqqan" deb, ustaning ajib san'atlarini, hunarlarini yoʻqqa chiqarishi qay daraja ahmoqlik boʻlsa, aynan shuningdek...
Yettinchi savol: Yer bilan bogʻliq bu hodisa, bu mamlakatning Islomiy aholisiga tegishli ekanini va ularni nishonga olganini qanday anglash mumkin va nima uchun Erzinjon va Izmir taraflariga qattiqroq hujum qilmoqda?
Javob: Bu hodisa ham shiddatli qishda, ham qorongʻi kechada, ham dahshatli sovuqda, ham Ramazonning hurmatini joyiga qoʻymagan bu yurtga maxsus kelgani hamda talofatlaridan keyin ham oʻziga kelmagan gʻofillarni yengil uygʻotish uchun zilzilaning davom etishi koʻp belgilarining dalolati orqali bu hodisa iymon ahlini nishonga olib, ularga qarab, namozga va niyozga uygʻotish uchun silkinyapti va oʻzi ham titramoqda.
Bechora Erzinjon kabi yerlarda koʻproq silkinishining ikki jihati bor:
Biri: Xatolari oz boʻlgani tufayli poklash uchun tezlatildi.
Ikkinchisi: U yerlarda quvvatli va haqiqiy iymon qoʻriqchilari, Islomiyat homiylari oz yoki tamoman magʻlub boʻlgan paytda, dinsizlar u yerda kuchli faoliyat markazini ta'sis qilgani tufayli eng avval u yerlarni kaltaklaganining ehtimoli bor.