OLTINCHI SOʻZ
Nafsi va molini Janobi Haqqa sotish, Unga banda va askar boʻlish qanchalik foydali bir tijorat, qanchalik sharafli bir martaba ekanini anglashni istasang, ushbu mosoliy hikoyachani tingla:
Bir zamon bir podshoh raiyatidan ikki odamga, xar biriga omonat qilib bittadan xoʻjalik beradiki, ichida fabrika, uskuna, ot, qurol kabi hamma narsa bor. Ammo boʻronli bir urush zamoni boʻlgani uchun, hech narsa barqaror turmaydi. Yo yoʻq boʻladi yoki oʻzgaradi, ketadi. Podshoh u ikki askarga kamoli marhamatidan hurmatli elchicini yubordi. Gʻoyat marhamatli bir farmon bilan ularga aytdi: "Qoʻlingizdagi omonatimni menga sotinglar.
1. Siz uchun muhofaza qilay, behuda zoye boʻlmasin. Urush tugagandan soʻng sizga yanada goʻzal bir suratda qaytarib beraman.
2. Ham, u omonat goʻyo sizning molingiz. Sizga juda katta haq beraman.
3. Ham, u uskuna va fabrikadagi jihozlar mening nomim bilan va mening dastgohimda ishlatiladi.
4. Ham narxi, ham haqlari birdan mingga yuksaladi. Butun foydani sizga beraman.
5. Hamda siz ojiz va faqirsiz. U ulkan ishlarning xarajatlarini koʻtara olmaysiz. Barcha xarajat va kerakli narsalarni men zimmamga olaman. Barcha kirim va daromadni sizga beraman. Hamda nafaqa vaqtiga qadar qoʻlingizda qoldiraman. Mana, besh martaba foyda ustiga foyda...
Agar menga sotmasangiz, zotan koʻrib turibsizki,
1) hech kim oʻz qoʻlidagini muhofaza qila olmayapti. Xar kimnikidek, qoʻlingizdan chiqadi.
2) Ham behuda ketadi, ham u yuksak narxdan mahrum qolasiz.
3) Ham u nozik, qiymatli jihozlar, mezonlar iste'mol qilinadigan shohona ma'danlar va ishlar topmaganidan, batamom qiymatdan tushadi.
4) Ham idora va muhofaza zahmati va tashvishi oʻzingizga qoladi.
5) Ham omonatga xiyonat jazosini koʻrasiz.
Mana, besh daraja zarar ustiga zarar...
Menga sotish - menga askar boʻlib, mening nomim bilan tasarruf etish demakdir. Oddiy bir asir va tartibsizlik oʻrniga, oliy bir podshoning xos, erkin eng yaqin askari boʻlasiz".
Ular bu iltifotni va farmonni tinglagandan soʻng, ikki odamdan aqli joyida boʻlgani:
-Bosh ustiga, men iftixor bilan sotaman. Ham ming tashakkur aytaman, dedi.
Narigisi magʻrur, nafsi fir'avnlashgan, xudbin, sarxush, goʻyo abadiy u xoʻjalikda qoladiganday, dunyo zilzilalaridan, tashvishlaridan xabari yoʻqday:
-Yoʻq! Podshoh kim ekan? Men mulkimni sotmayman, tinchimni buzmayman..., dedi.
Bir oz vaqt oʻtib birinchi odam shunday bir martabaga chiqdiki, hamma holiga havas qilardi. Podshohning lutfiga sazovor boʻlgan, xos saroyida saodat bilan yashayapti. Ikkinchisi shunday bir holga giriftor boʻldiki: Ham hamma unga achindi, hamda "Shunga loyiq!" dedi. Chunki xatosining natijasi sifatida ham saodati va mol-mulki ketgan, ham jazolanyapti va azob chekyapti.
Mana ey serhavas nafs! Bu misolning durbini bilan haqiqatning yuziga qara. Podshoh - azal-abad Sultoni boʻlgan Rabbing, Xoliqingdir. Va u xoʻjaliklar, uskunalar, jihozlar, mezonlar esa, sening hayot doirang ichidagi ega boʻlgan narcalaring va u sohib boʻlganlaring ichidagi jism, ruh va qalbing va ular ichidagi koʻz va til, aql va xayol kabi zohiriy va botiniy tuygʻularingdir. Va u hurmatli elchi esa, Rasuli Karimdir. Farmoni ahkom esa, Qur'oni Hakim boʻlib, biz aytgan katta tijoratni shu oyat bilan e'lon qilyapti:
Tashvishli urush maydoni esa, shu boʻronli dunyo yuzi boʻlib, toʻxtamaydi, aylanadi, buziladi. Xar bir inson: "Modomiki hamma narsa qoʻlimizdan chiqib, foniy boʻlib yoʻqoladi. Ajabo, boqiyga almashtirib boqiylashtirish chorasi yoʻqmi?" deb oʻylar ekan, birdan samoviy Qur'on sadosi eshitiladi. "Ha, bor. Ham besh martaba foydali bir suratda goʻzal va rohat bir chorasi bor", deydi.
Savol: Chorasi nima ekan?
Javob: Omonatni haqiqiy sohibiga sotish... Sotishda besh daraja foyda ustiga foyda bor.
Birinchi foyda: Foniy mol boqiylashadi. Chunki Qayyumi Boqiy boʻlgan Zoti Zuljalolga berilgan va Uning yoʻlida sarf qilingan bu oʻtkinchi umr boqiyga aylanadi, boqiy mevalar beradi. Shunda umr daqiqalari xuddi danaklar, urugʻ boʻlib zoxiran yoʻqoladi, chiriydi. Ammo baqo olamida saodat gullari ochadilar va unib chiqadilar. Va barzoh olamida ziyodor, munis manzara boʻlishadi.
Ikkinchi foyda: Jannat kabi bir narx beriladi.
Uchinchi foyda: xar bir a'zo va tuygʻularning qiymati birdan mingga chiqadi. Masalan, aql bir jihozdir. Agar Janobi Haqqa sotmasdan, nafs hisobiga ishlatsang, shunday badbaxt va qiynovchi va zeriktiruvchi bir jihoz boʻladiki, oʻtgan zamonning mahzun azoblarini va kelajakning dahshatli qoʻrquvlarini bu bechora boshingga yuklaydi, baxtsiz va zararli jihoz darajasiga tushadi. Shuning uchun: Fosiq odam aqlning iztirob va azobidan qutulish uchun koʻpincha yo sarxushlikka yoki koʻngilxushlikka qochadi. Agar Moliki Haqiqiysiga sotib, uning hisobiga ishlatsang, aql shunday sirli bir kalit boʻladiki: Koinotdagi nihoyatsiz rahmat xazinalarini va hikmat boyliklarini ochadi. Bu bilan sohibini abadiy saodatga tayorlagan Murshidi Rabboniy darajasiga chiqadi.
Masalan: Koʻz bir tuygʻu boʻlib, ruh bu olamni u deraza orqali tomosha qiladi. Agar Janobi Haqqa sotmasdan, balki nafs hisobiga ishlatsang, oʻtkinchi, ba'zi oʻtkinchi goʻzalliklarni, manzaralarni koʻrib, shahvat va nafsoniy hoyu-havasga hayociz vocita darajasidagi xizmatkor boʻladi. Agar koʻzni koʻzning Sone'-i Basiriga sotsang va Uning hisobiga va ruxsati doirasida ishlatsang, u vaqt shu koʻz shu ulkan koinot kitobining mutolaachisi va bu olamdagi Moʻ'jizoti San'ati Rabboniyaning tomoshabini va Yer kurrasi bogʻidagi rahmat gullarining muborak arisi darajasiga chiqadi.
Tildagi ta'm sezish tuygʻusini Fotiri Hakimiga sotmay, nafs hisobiga, me'da nomiga ishlatsang, unda me'daning oxuriga va fabrikasiga darvozabon darajaciga tushadi, tubanlashadi. Agar Razzoqi Karimga sotsang, tildagi ta'm sezish tuygʻusi Rahmati Ilohiya xazinalarining mohir noziri va Qudrati Samadoniya oshxonalarining shukr qilgan taftishchisi martabasiga chiqadi.
Mana ey aql, diqqat qil! Badbaxt bir jihoz qayerda... Koinot kaliti qayerda... Ey koʻz, goʻzal qara! Oddiy bir hayociz qayerda... Kutubxona-i Ilohiyning oʻqimishli nazoratchici qayerda... Va ey til, yaxshilab tot! Bir oxur darvozaboni va fabrika ta'qiqchisi qayerda... Xazina-i xossa-i Rahmat noziri qayerda...
Va yana bular kabi boshqa jihozlarni va a'zolarni qiyos qilsang, anglaysanki: Haqiqatdan, moʻmin Jannatga loyiq va kofir Jahannamga muvofiq mohiyatga ega. Va ularning xar biri bu qiymatni olishlarining sababi: moʻmin iymoni bilan Xoliqining omonatini uning nomi bilan va izni doirasida iste'mol qilishidir. Va kofir xiyonat qilib, nafsi ammora hisobiga ishlatishidir.
Toʻrtinchi foyda: Inson zaifdir, balolari koʻp. Faqirdir, ehtiyoji juda ziyoda. Ojizdir, hayot yuki juda ogʻir. Agar Qodiri Zuljalolga tayanib, tavakkal qilmasa va cuyanib, taslim boʻlmasa, vijdoni doimo azob ichida boʻladi. Samarasiz mashaqqatlar, azoblar, nadomatlar uni boʻgʻadi. Yo mast yoki jonivor qiladi.
Beshinchi foyda: Barcha a'zo va jihozlarning ibodati va tasbehoti va yuksak haqlari eng muhtoj boʻlgan vaqtingda, Jannat mevalari suratida senga berilishiga ahli zavq va kashf va ahli ixtisos va mushohada ittifoq etganlar.
Ushbu besh daraja foydali tijoratni qilmasang, shu foydalardan mahrum boʻlishdan tashqari, besh daraja zarar ustiga zararga tushasan.
Birinchi zarar: Sevgan mol va avloding, va topingan nafs va hoyu-havasing, va maftun boʻlgan yoshlik va hayoting zoye boʻlib yoʻqoladi, qoʻlingdan chiqadi. Lekin gunohlarini, azoblarini senga qoldirib, boʻyningga yuklaydi.
Ikkinchi zarar: Omonatga xiyonat jazosini olasan. Chunki eng qiymatli jihozlarni eng qiymatsiz narsalarda sarf qilib, nafsingga zulm qilding.
Uchinchi zarar: Barcha qiymatli insoniy jihozlarni hayvonlikdan past bir darajaga tushirib, hikmati Ilohiyaga boʻhton va zulm qilding.
Toʻrtinchi zarar: Ojizliging va faqirliging bilan birga, juda ogʻir hayot yukini zaif belingga yuklab, zavol va firoq dakkisi ostida doimo faryodu figʻon qilasan.
Beshinchi zarar: Abadiy hayotning asoslarini va ohirat saodatning kerakli narsalarini qoʻlga kiritish uchun berilgan aql, qalb, koʻz va til kabi goʻzal Rahmoniy hadyalarni senga Jahannam eshiklarini ochadigan xunuk bir suratga aylantiracan.
Endi sotishga qaraymiz. Ajabo, shunchalik ogʻir narsamiki, koʻplar sotishdan qochishyapti. Yoʻq, qat'iyan va aslo! Hech ogʻirligi yoʻq. Zero, halol doirasi kengdir, lazzatlanishga kifoya qiladi. Xaromga kirishning umuman keragi yoʻq. Allohning farzlari esa yengildir, ozdir. Allohga banda va askar boʻlish shunday lazzatli bir sharaf boʻlib, ta'riflab boʻlmaydi. Vazifa esa: Faqat bir askar kabi Alloh nomi bilan ishlash, boshlash kerak. Va Alloh hisobiga berish va olish kerak. Va izni va qonuni doirasida harakat qilish kerak, xotirjamlik topishi kerak. Xato qilsa, istigʻfor aytishi kerak: "Ey Rabbim! Xatolarimizni afv et, bizni oʻzingga qul deb qabul et, omonatingni olish vaqtiga qadar bizni omonatda amin qil. Omin," deyish va Unga yolvorish kerak...