Oʻn Toʻrtinchi Yogʻdu
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ning minglab sirlaridan olti siriga doirdir.
Eslatma: "Basmala"ning rahmat nuqtasida porloq bir nuri soʻniq aqlimga uzoqdan koʻrindi. Uni oʻz nafsim uchun qayd suratida yozib qoʻyishni istadim. Va yigirma-oʻttiztacha sirlar bilan oʻsha nurning atrofida bir doira aylantirib ovlash va tutishni xohladim. Lekin, afsuski, hozircha orzuimga toʻliq muvaffaq boʻla olmadim. Yigirma-oʻttiztadan besh-oltitaga tushdi.
"Ey inson!" deganimda oʻz nafsimni nazarda tutaman. Bu dars oʻz nafsimga xos boʻlgani holda, ruhan men bilan munosabatdor va nafsi nafsimdan koʻra hushyorroq boʻlgan zotlarga balki foydalanishga vosita boʻlish niyatida, "Oʻn toʻrtinchi Yogʻdu"ning Ikkinchi maqomi sifatida mudaqqiq qardoshlarimning istaklariga havola qilaman. Bu dars aqldan koʻra koʻproq qalbga, dalildan ziyoda zavqqa ta'alluqlidir.
Shu maqomda bir nechta sir zikr qilinadi.
BIRINCHI SIR: " Bismillahir Rohmanir Rohiym"ning bir jilvasini shunday koʻrdimki: Koinot siymosida, Yer siymosida va inson siymosida bir-biri ichida bir-birining namunasini koʻrsatadigan uch sikka-i rububiyat bor: Biri: Umum koinotdagi oʻzaro ryordam, birdamlik, oʻzaro quchoqlashish, oʻzaro javob berishish namoyon boʻlgan Allohning borligining buyuk tamgʻasi boʻlib "Bismilloh" unga yuzlangan.
Ikkinchisi: Yer kurrasi siymosida nabotot va hayvonotning tadbiri, tarbiyasi va idorasidagi oʻxshashlik, uygʻunlik, intizom, saranjomlik, lutf va marhamatdan namoyon boʻlgan Allohning Rahmoniyatining buyuk tamgʻasi boʻlib, "Bismillahir Rohman" unga yuzlangan.
Soʻng insonning qamrovli mohiyati siymosidagi Ra'fat latifalari va Ilohiy shafqat va marhamatining daqiq shu'lalaridan namoyon boʻlgan rahimiyatning ulugʻ tamgʻasi boʻlib, "Bismillahir Rohmanir Rohiym"dagi "ar-Rohiym" unga yuzlangan.
Demak, "Bismillahir Rohmanir Rohiym" olam sahifasida nuroniy satr tashkil qilgan uch ahadiyat tamgʻasining muqaddas unvoni va pishiq arqoni va porloq yozuvidir. Ya'ni, "Bismillahir Rohmanir Rohiym" - uchi yuqoridan tushgan, koinotning mevasi va olamning kichraytirilgan nusxasi boʻlgan insonga kelib taqaladi. Yerni Arshga bogʻlaydi. Insoniy Arshga chiqishga bir yoʻl boʻladi.
IKKINCHI SIR: Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon cheksiz yaratilgan koʻp sonli maxluqotda namoyon boʻlgan vohidiyat ichida aqllarni chalgʻitmaslik uchun, doim vohidiyat ichida ahadiyat jilvasini koʻrsatadi. Ya'ni, masalan: Quyosh ziyosi bilan cheksiz narsalarni qamraydi. Quyosh zotini butun ziyosi bilan mulohaza qilish uchun gʻoyat keng bir tasavvur va keng qamrovli bir nazar kerak boʻlgani uchun, unuttirmaslik uchun, xar bir porloq narsa Quyoshning zotini aks ettirishi orqali koʻrsatadi. Oʻz qobiliyatiga koʻra Quyoshning zotiy jilvasi bilan birga ziyosi, harorati kabi xossalarini koʻrsatadi. Xar bir porloq narsa Quyoshni butun sifatlari bilan oʻz qobiliyatiga koʻra koʻrsatgani kabi, Quyoshning ziyo va harorat va ziyodagi yetti rang kabi sifatlarining xar biri, oldidagi barcha narsalarni qamraydi. Shuning kabi: وَ لِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى (misolda xato boʻlmasin) ahadiyat va samadiyati Ilohiya xar bir narsada, xususan jonzotlarda, xususan insonning mohiyat oynasida barcha Ismlari bilan bir jilvasi boʻlgani kabi.. vahdat va vohidiyat jihati bilan ham mavjudot bilan aloqador xar bir ismi butun mavjudotni qamraydi. Xullas, vohidiyat ichida aqlni chorasiz qoldirmaslik va qalblar Zoti Aqdasni unutmasligi uchun doimo vohidiyatdagi ahadiyat tamgʻasiga diqqatni qaratadi. Oʻsha tamgʻaning uch muhim tugunini esa "Bismillahir Rohmanir Rohiym" koʻrsatadi.
Shu cheksiz koinotni quvontirgan, rahmat ekanini koʻryapmiz.
Rahmat - bu qorongʻu mavjudotni nurlantirgani ochiq ravshan.
Bu hadsiz ehtiyojlar ichida oʻralashayotgan maxluqotni tarbiya qilgan, yana rahmat ekani maʻlum.
Daraxtning barcha qismlari mevasiga yuzlangani kabi, butun koinotni insonga qaratgan va hamma tomonda unga qaratgan va yordamiga oshiqtirgan, rahmat ekani oshkor.
Bu cheksiz fazoni, boʻsh va holi olamni toʻldirgan, nurlantirgan, quvontirgan narsa - rahmat ekani koʻrib turibmiz.
Va bu foniy insonni abadiyatga nomzod qilgan, azaliy va abadiy bir zotga suhbatdosh va doʻst qilgan narsa, rahmat ekani ravshandir.
Ey inson! Modomiki rahmat kuchli, jozibador, sevimli va madadkor sevimli haqiqat ekan. "Bismillahir Rohmanir Rohiym" de! Bu haqiqatni mahkam tut, mutlaq qoʻrquvdan va cheksiz ehtiyojlarning alamlaridan qutul. Va Azal va Abad Sultonining taxtiga yaqinlash, oʻsha rahmatning shafqati, shafoati va shu'lalari bilan Sultonga suhbatdosh, xalil va doʻst boʻl. Darhaqiqat, koinotdagi borliqlarning sinflarini hikmat doirasida insonning atrofida toʻplab, barcha hojatlariga mukammal intizom va inoyat bilan oshiqtirish, ikki holatdan biri ekani aniq:
Yo koinotning xar bir turi oʻz oʻzidan insonni taniydi, unga itoat qiladi, yordamiga oshiqadi. (Bu esa yuz daraja aqldan uzoq boʻlgani kabi, koʻp imkonsiz ishlarni keltirib chiqaradi.) Inson kabi mutlaq ojizda eng quvvatli bir Sultoni Mutlaqning qudrati boʻlishi lozim boʻladi.
Yoki bu koinotning pardasi orqasida bir Qodiyri Mutlaqning ilmi bilan yordamlashish jarayonda. Demak, koinotdagi sinflar insonni tanimaydi, balki insonni biladigan va taniydigan, marhamat qiladigan Zotning tanishi va bilishining dalillaridir.
Ey inson! Esingni yigʻ! Butun yaratilgan borliqlarning turlarini senga yoʻnaltirib yordam qoʻllarini uzattirgan, sening ehtiyojlaringga "Labbay" dedirgan Zoti Zuljalol seni bilmasligi, tanimasligi mumkinmi? Modomiki seni bilar ekan, rahmati orqali bilganini bildirayotgan ekan, sen ham Uni bil, hurmat bilan bilganingni bildir. Sendek mutlaq zaif, mutlaq ojiz, mutlaq faqir, foniy, kichik bir maxluqqa ulkan koinotni boʻysundirish va uning yordamiga yuborish, albatta hikmat, inoyat, ilm va qudratni oʻz ichiga olgan rahmat haqiqati ekanini qat'iyan anglab yet!
Albatta, bunday bir rahmat - sendan umumiy va xolis bir shukr, jiddiy va sof bir hurmat istaydi. Oʻsha xolis shukrning va sof hurmatning tarjimoni va unvoni boʻlgan "Bismillahir Rohmanir Rohiym"ni soʻzla. Oʻsha rahmatga yetishishga vosita va Rahmonning dargohida shafoatchi qil.
Ha, rahmatning mavjudligi va amalga oshishi Quyoshdek yaqqoldir. Chunki, markaziy bir naqsh xar tarafdan kelgan arqon va iplarning intizomidan va vaziyatlaridan hosil boʻlganidek, bu koinotning eng katta doirasida Allohning ming bir ismining jilvasidan uzangan nuroniy arqonlar koinot siymosida shunday sikka-i rahmat ichida rahimiyat muxrini va naqshi shafqatni toʻqimoqda. Shunday bir inoyat muxrini oʻryaptiki, Quyoshdan ham porloq oʻzini aqllarga koʻrsatmoqda. Darhaqiqat,
Quyosh va Oyni, unsurlar va ma'danlarni,
nabotot va hayvonotni ulkan bir naqshning arqon iplari kabi ming bir ismlarning shu'lalari bilan tartiblagan va hayotga xodim qilgan,
nabotiy va hayvoniy barcha volidalarning gʻoyat shirin va fidokorona shafqatlari orqali Oʻz shafqatini koʻrsatgan,
tirik mavjudotni insoniyat hayotiga boʻysundirgan,
shu orqali rububiyati Ilohiyaning oʻta goʻzal va shirin ulkan bir naqshini va insonning ahamiyatini koʻrsatgan,
va eng porloq rahmatini izhor qilgan Rahmoni Zuljamol,
albatta Oʻzining mutlaq behojatligiga mutlaq ehtiyoj ichidagi jonli mavjudotga va insonga rahmatini maqbul bir shafoatchi qilgan.
Ey inson! Agar inson boʻlsang, "Bismillahir Rohmanir Rohiym" de. Oʻsha shafoatchini top.
Yer yuzida toʻrt yuz ming turdagi bir-biridan farqli nabotot va hayvonot toifalarini, hech birini unutmasdan, chalkashtirmasdan, oʻz vaqtida mukammal intizom bilan, hikmat va inoyat bilan tarbiya va idora qilayotgan va Yer kurrasining siymosida xotami ahadiyatni qoʻygan narsa - yaqqol, balki ochiq oydin rahmatdir. Oʻsha rahmatning mavjudligi bu Yer kurrasining siymosidagi shu borliqlarning mavjudligi qadar qat'iy boʻlgani kabi, borligiga mavjudot miqdoricha dalillari bor.
Darhaqiqat, zamin yuzida shunday bir rahmat muxri va ahadiyat tamgʻasi boʻlgani kabi, insonning ma'naviy mohiyatining siymosida ham shunday bir rahmat tamgʻasi borki, Yer kurrasi siymosidagi marhamat tamgʻasi va koinot siymosidagi azim rahmat tamgʻasidan kam emas. Goʻyo ming bir ismlar jilvasining birlashgan nuqtasi hukmida bir qamrovliligi bor.
Ey inson! Senga bu siymoni bergan va bu siymoda shunday bir rahmat tamgʻasini va ahadiyat muxrini qoʻygan Zot seni oʻz holingga tashlab qoʻyishi, senga ahamiyat bermasligi, sening harakatlaringga diqqat qilmasligi, senga yuzlangan butun koinotni behuda ketkazishi, yaratilish daraxtini mevasi chirik, aynigan, ahamiyatsiz bir daraxt qilishi heh mumkinmi?! Yana, hech bir jihatdan shubha qabul qilmaydigan va hech bir jihatdan kamchiligi boʻlmagan, Quyosh kabi yaqqol rahmatini va ziyo kabi koʻringan hikmatini inkor qildirishi mumkinmi? Aslo...
Ey inson! Bilginki, rahmatning arshiga yetishish uchun bir me'roj bor. U me'roj "Bismillahir Rohmanir Rohiym"dir. Bu me'roj qanchalar ahamiyatli ekanini anglashni istasang Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning bir yuz oʻn toʻrt surasining boshiga, butun muborak kitoblarning ibtidolariga va umum muborak ishlarning boshlanishlariga qara. Basmalaning qadri buyukligiga eng qat'iy bir hujjat shuki, Imom Shofe'iy (RA) kabi koʻplab buyuk mujtahidlar: "Basmala birgina oyat boʻlsada, Qur'onda bir yuz oʻn toʻrt marta nozil boʻlgan." deyishgan.
TOʻRTINCHI SIR: Cheksiz koʻplik ichida vohidiyatning koʻrinishi, اِيَّاكَ نَعْبُدُ xitobini aytish hammaga kifoya qilmaydi. Fikr tarqaladi. Umumidagi vahdat orqasida Zoti Ahadiyatni mulohaza qilib اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَ اِيَّاكَ نَسْتَع۪ينُ deyish uchun Yer kurrasi kengligida bir qalb boʻlishi lozim. Bu sirga binoan, parchalarda yaqqol suratda ahadiyat tamgʻasini koʻrsatgani kabi, xar bir navʻda ahadiyat tamgʻasini koʻrsatish va Zoti Ahadni mulohaza qildirish uchun, xar kim xar martabada qiyinchiliksiz اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَ اِيَّاكَ نَسْتَع۪ينُ deb, toʻgʻridan-toʻgʻri Zoti Aqdasga xitob qilib yuzlanishi uchun rahmoniyat muxri ichida ahadiyat tamgʻasini koʻrsatadi.
Qur'oni Hakim bu buyuk sirni ifodalash uchun, koinotning eng ulkan doirasida, masalan, samovot va Yerning yaratilishidan bahs qilgan vaqtida, yaqqol bir suratda xotami ahadiyatni koʻrsatish uchun birdaniga eng kichik doiradan va eng nozik parchadan soʻz ochadi. Masalan: samovot va Yerning yaratilishi mavzusi ichida diqqat qochmasin, qalb boʻgʻilmasin, ruh Ma'budini toʻgʻridan-toʻgʻri topishi uchun insonning yaratilishidan, insonning ovozidan va siymosidagi ne'mat va hikmatning nozik tomonlaridan bahs ochadi. Masalan:
oyati mazkur haqiqatni moʻ'jizali suratda koʻrsatadi.
Darhaqiqat, cheksiz yaratilgan borliqlarda va nihoyasiz koʻplikda vahdat sikkalari, ichma-ich doiralar kabi eng kattasidan eng kichik tamgʻasi qadar turlari va martabalari bor. Lekin oʻsha vahdat qancha boʻlsa ham, baribir koʻplik ichida vahdatdir. Haqiqiy xitobni toʻliq ta'min qila olmaydi. Shuning uchun, toʻgʻridan-toʻgʻri Zoti Aqdasga qarata qalbga yoʻl ochishi, koʻplikni xayolga keltirmasligi uchun vahdat orqasida ahadiyat sikkasi boʻlishi lozim. Yana, sikka-i ahadiyatga nazarlarni qaratish va qalblarni jalb qilish uchun oʻsha sikka-i ahadiyat ustida oʻta jozibador bir naqsh va gʻoyat porloq bir nur, gʻoyat shirin bir halovat va gʻoyat sevimli bir jamol, gʻoyat quvvatli bir haqiqat boʻlgan rahmat tamgʻasini va rahimiyat muxrini qoʻygan. Oʻsha rahmatning quvvati ongli mavjudotning nazarlarini jalb qiladi, oʻziga tortadi va ahadiyat tamgʻasiga qovushtiradi. Zoti Ahadiyani mulohaza qildiradi va shu yoʻl bilan اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَ اِيَّاكَ نَسْتَع۪ينُ dagi haqiqiy xitobga sazovor qiladi.
Xullas, "Bismillahir Rohmanir Rohiym" Fotihaning mundarijasi va Qur'onning qisqa bir xulosasi jihatidan, mazkur buyuk sirning unvoni va tarjimoni boʻlgan. Bu unvonni qoʻliga olgan kimsa rahmatning tabaqalarida keza oladi. Va bu tarjimonni gapirtirgan rahmatning sirlarini oʻrganadi, rahimiyat va shafqat nurlarini koʻradi.
BESHINCHI SIR: Bir hadisi sharifda kelganki:
Bu hadisni bir qism ahli tariqat iymon aqoidiga munosib boʻlmagan gʻalati tarzda tafsir qilishgan. Hatto, ulardan bir qism ahli ishq insonning ma'naviy siymosiga surati Rahmon nazari bilan qaraganlar. Ahli tariqatning aksar qismida sakr va ahli ishqning koʻpida istigʻroq va iltibos boʻlgani uchun, haqiqatga zid tushunchalarida balki uzrli hisoblanishadi. Lekin aqli joyida boʻlganlar fikran ularning aqida asoslariga zid boʻlgan ma'nolarini qabul qilmaydi. Qilsa, xato qilgan boʻladi. Darhaqiqat, butun koinotni bir saroy, uy kabi muntazam idora qilayotgan va yulduzlarni zarralar kabi hikmatli va oson aylantirayotgan, kezdirayotgan va zarralarni intizomli xodimlar kabi ishlatayotgan Zoti Aqdasi Ilohiyning sherigi, oʻxshashi, ziddi, tengi boʻlmagani kabi,
ning sirri bilan, surati, misli, misoli, monandi ham boʻlishi mumkin emas. Lekin,
sirri bilan, namuna va misol keltirish bilan shuunotiga, sifat va ismlariga qaraladi.
Demak, namuna va misol keltirish shuunot jixatidan mumkin. Mazkur hadisi sharifning juda koʻp maqsadlaridan biri shuki, inson ismi Rahmonni toʻligʻicha koʻrsatadigan suratdadir. Yuqorida bayon qilganimizdek, koinotning siymosida ming bir ismning shu'lalaridan namoyon boʻlgan Rahmon ismi koʻringani kabi, zamin yuzining siymosida Allohning mutlaq rububiyati cheksiz jilvalari bilan namoyon boʻlgan Rahmon ismi koʻrsatilgani kabi, insonning qamrovli suratida kichik miqyosda zaminning siymosi va koinotning siymosi kabi yana Rahmon ismining toʻliq jilvasini koʻrsatadi", deganidir. Hamda: Zoti Rohmanir Rohiymning dalillari va oynalari boʻlgan jonli mavjudot va inson kabi sazovor boʻlganlarning Zoti Vojib-ul Vujudga dalolatlari shu darajada qat'iy, ochiq va yaqqolki, Quyoshning timsolini va aksini koʻrsatgan yorugʻ oynaning porloqligiga va dalolatining yaqqolligiga ishora qilib "Oʻsha oyna Quyoshdir" deyilganidek, yaqqol dalolat va mukammal munosabatiga ishora qilib "Insonda surati Rahmon bor" deyilgan va aytiladi. Ahli Vahdat-ul Vujudning moʻ'tadil qismi oʻsha sirga binoan, ushbu dalolatning yaqqolligiga va bu munosabatning kamoliga unvon sifatida "La Mavjuda illo Hu" deyishgan.
OLTINCHI SIR: Ey cheksiz ojizlik va nihoyasiz muhtojlik ichida oʻralashayotgan bechora inson! Rahmat qanchalik qiymatdor vosita va qanchalik maqbul shafoatchi ekanini angla: Oʻsha rahmat shunday bir Sultoni Zuljalolga vosita boʻlib, yulduzlar va zarralar birgalikda mukammal intizom va itoat bilan Uning qoʻshinida xizmat qilmoqda. Va Zoti Zuljalolning, Sultoni Azal va Abad zotiy behojatlik va mutlaq ehtiyojsizlik ichidadir. Hech bir jihatdan koinotga va mavjudotga ehtiyoji boʻlmagan bir Gʻaniyyi 'Alal-itloqdir. Butun koinot amr va idorasi ostida, haybat va azamati ostida nixoyatda itoatda, jaloli qarshisida xorlikdadir. Bas, ey inson rahmat seni Oʻsha Mustagʻniyi 'Alal-itloqning va Sultoni Sarmadiyning huzuriga chiqaradi, Unga doʻst qiladi va Unga suhbatdosh qiladi va sevgili bir banda vaziyatini beradi. Lekin, Quyoshga yetisholmaganing kabi, undan juda uzoqsan, hech bir jihatdan yaqinlasholmaysan. Lekin, Quyoshning ziyosi Quyoshning aksini, jilvasini sening oynang vositasida qoʻlingga beradi. Xuddi shuning kabi, Zoti Aqdasga va Shamsi Azal va Abaddan biz benihoya uzoq boʻlsakda, yaqinlasha olmasakda Uning ziyo-i rahmati Uni bizga yaqinlashtiradi.
Bas, ey inson! Bu rahmatni topgan kimsa abadiy tuganmas bir nur xazinasini topadi. U xazinani topishning chorasi, rahmatning eng porloq bir misoli va namoyandasi, rahmatning eng balogʻatli tili va dalloli va Qur'onda "Rahmatan lil-olamiyn" deb nomlangan Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning sunnati va Unga ergashishdadir. Rahmatan lil-olamiyn boʻlmish jismlashgan rahmatga yaqinlashish vositasi - salavotdir! Darhaqiqat, salavotning ma'nosi rahmatdir. Va jonli jismlashgan rahmatga rahmat duosi boʻlgan salavot esa, rahmatan lil-olamiynga yetishishga vositadir.
Shunday ekan, sen salavotni oʻzing uchun rahmatan lil-olamiynga ulash uchun yaqinlashish vositasi qil va u Zotni rahmati Rahmonga yaqinlashish vositasi deb qabul qil. Umum ummatning rahmatan lil-olamiyn boʻlgan alayhissalotu vassalom haqlariga nihoyasiz rahmat ma'nosidagi salavot aytishlari, rahmatning qanchalik qiymatdor bir Ilohiy hadya va qanchalik keng bir doirasi ekanligini porloq bir suratda isbot qiladi.
Bir soʻz bilan, rahmat xazinasining eng qiymatli olmosi va darvozaboni Zoti Ahmadiya alayhissalotu vassalom boʻlgani kabi, eng birinchi kaliti "Bismillahir Rohmanir Rohiym"dir. Va eng oson kaliti salavotdir!
* * *