So'zlar
— 5 —

BIRINCHI SOʻZ

"Bismilloh" xar bir xayrning boshidir. Biz ham avvalo shundan boshlaymiz. Bil ey nafsim! Shu muborak coʻz Islom nishoni boʻlgani kabi, butun mavjudotning hol tillaridagi doimiy zikridir. "Bismilloh" qanchalik buyuk, tuganmas quvvat, naqadar koʻp, bitmas baraka ekanini anglashni istasang, ushbu mosoliy hikoyachaga boq, tingla:

— 6 —

Badaviy arab choʻllarida sayohat qiladigan odam uchun, qaroqchilarning yomonligidan qutulib, hojatlarini ta'minlashi uchun bir qabila raisining ismini olib, himoyasiga kirishi kerak. Aks holda, bir oʻzi con-canoqciz dushman va ehtiyojlaridan abgor boʻladi. Shunday bir sayohat uchun ikki odam sahroga chiqishadi. Ulardan biri kamtarin edi, ikkinchisi magʻrur... Kamtarini bir raisning ismini oldi. Magʻrur eca olmadi... Olgani hamma yerda sogʻ-salomat kezdi. Yoʻltoʻsarga duch kelsa: "Men falon raisning ismi bilan yuribman" derdi, qaroqchi daf boʻlar, teginolmasdi. Bir chodirga kirsa, oʻsha nom tufayli hurmat koʻrdi. Narigi magʻrur esa, butun sayohatida shunday balolar chekdiki, ta'riflab boʻlmaydi. Doimo titrar, doimo tilanchilik qilardi. Ham xor, ham sharmanda boʻldi.

Ey magʻrur nafsim! Sen oʻsha sayyohsan. Bu dunyo esa, bir choʻldir. Ojizliging va faqirligingning chegaraci yoʻq. Dushmaning, hojatlaring nihoyasizdir. Modomiki shunday ekan, bu sahroning Abadiy Egasi va Azaliy Hokimining ismini olda, butun koinotga tilanchilik qilishdan va xar duch kelgan xar bir hodisadan titrashdan xalos boʻl.

Darhaqiqat, bu coʻz shunday muborak xazina boʻlib, nihoyasiz ojizliging va faqirliging seni cheksiz qudratga, rahmatga bogʻlab, Qodiri Rahimning dargohida ojizlikni, faqirlikni eng maqbul bir shafoatchi qiladi. Ha, bu coʻz bilan harakat qiladigan kishi shunday odamga oʻxshaydiki: Askarlikka qayd etiladi, davlat nomidan ish yuritadi. Hech kimga parvo qilmaydi. "Qonun nomidan, davlat nomidan" gapiradi, hamma ishni bajaradi, xar narsaga qarshi tura oladi.

Boshda: "Butun mavjudot hol tili bilan 'Bismilloh' deydi" degan edik. Shundaymi?

Albatta! Bir odam kelib, butun shahar aholisini majburan bir joyga olib borib, majburlab ishlatganini koʻrcang. Aniq bilasanki, u odam oʻz nomidan, oʻz quvvati bilan ish yuritmayapti. Aksincha, u bir askardir. Davlat nomidan ish yuritadi. Bir podshoning quvvatiga suyanadi. Shunga oʻxshab, hamma narsa Janobi Haq nomidan harakat qiladi - zarradek urugʻlar va danaklar, uctida ulkan daraxtlarni, togʻdek yuklarni koʻtarib turadi. Demak, xar bir daraxt "Bismilloh" deydi. Rahmat xazinasining mevalaridan qoʻllarini toʻldiradi, bizlarga uzatadi. xar bir bogʻ "Bismilloh" deydi: Qudrat oshxonasidan bir qozon boʻladi, ichida turli-tuman juda koʻp, bir-biridan farqli, lazzatli taomlarni birga pishiradi. xar bir sigir, tuya, qoʻy, echki kabi muborak hayvonlar "Bismilloh" deydi. Rahmat fayzidan bir sut chashmasi boʻladi. Bizlarga Razzoq nomidan eng latif, eng nazif, obi hayot boʻlgan ozuqani taqdim qiladi. xar bir oʻcimlik, daraxt va oʻtlarning ipak kabi yumshoq ildiz va tomirlari "Bismilloh" deydi. Qattiq tosh va tuproqni yorib oʻtadi. "Alloh nomidan, Rahmon nomidan" gapirgani uchun, hamma narsa unga boʻysundiriladi.

— 7 —

Ha, havoda daraxt shoxlarining yoyilishi va meva berishiga oʻxshab, qattiq tosh va tuproqdagi ildizlarning oʻta osonlik bilan yoyilishi va yer ostida hosil berishi,.. hamda shiddatli harorat ostida oylar davomida nozik, yashil yaproqlarning namli qolishi tabiatparactlarning ogʻziga shiddat bilan tarsaki tushiradi, koʻr boʻlgur koʻziga barmogʻini suqadi va aytadiki: "Sen eng ishongan qattiqlik va harorat ham amr ostida harakat qiladilar, ipak kabi yumshoq tomirlarning xar biri bir aso-i Muso (as) kabi فَقُلْنَا اضْرِبْ بِعَصَاكَ الْحَجَرَ amriga boʻysunib, toshlarni yoradi. Va papiros qogʻozi kabi yupqagina nozanin yaproqlar xar biri bir a'zo-i Ibrohim (as) kabi, otash sochgan haroratga qarshi يَا نَارُ كُون۪ى بَرْدًا وَ سَلَامًا oyatini oʻqiydilar".

Modomiki, hamma narsa "Bismilloh" der ekan, Alloh nomidan Allohning ne'matlarini keltirib bizlarga berayotgan ekanlar. Biz ham "Bismilloh" deyishimiz kerak. Alloh nomidan berishimiz, Alloh nomidan olishimiz kerak. Shunday ekan, Alloh nomidan bermagan gʻofil insonlardan olmasligimiz kerak.

Savol: Vositachi dallol hukmida boʻlgan insonlarga qandaydir bir haq toʻlaymiz. Ajabo, asl mol sohibi boʻlgan Alloh qanday haq istaydi?

Javob: Darhaqiqat, Mun'imi Haqiqiy qiymatli ne'matlariga, mollari evaziga bizdan istagan haqqi, uch narsadir: Biri zikr, biri shukr, biri fikrdir. Boshida: "Bismilloh" - zikrdir. Oxirida: "Alhamdulilloh" - shukrdir. Oʻrtada: bu qiymatli san'at ajoyiboti boʻlgan ne'matlar Ahadi Samad qudratining moʻjizasi va rahmatining hadyasi ekanini fikrlab, idrok etish - fikrdir. Bir podshohning qiymatli hadyasini senga olib kelgan miskin odamning oyogʻini oʻpib, hadya sohibini tanimaslik qay daraja ablahlik boʻlsa, zohiriy mun'imlarni madh etib, sevib, Mun'imi Haqiqiyni unutish, undan ming daraja undan ortiq ablahlikdir.

Ey nafs! Bunday ablah boʻlib qolishni istamasang, Alloh nomi bilan ber, Alloh nomi bilan ol, Alloh nomi bilan boshla, Alloh nomi bilan ishla! Vassalom!..