KONFERENTSIYA
1950 yil noyabrda Anqara Universitetida professor, deputatlarimiz, Pokistonlik musofirlarimiz va turli fakultet talabalari huzurida fakultet Masjidida yarim tungacha davom etgan majlisda oʻtkazilgan, katta e'tibor va ahamiyat bilan tinglangan konferentsiya.
Iymon va Islomiyat obi hayotiga chanqagan qiymatli qardoshlarim!
Avvalo e'tirof etayki, bu konferentsiya nutq kursisida boʻlsam ham sizlardan farqim yoʻq. Sizning bir qardoshingizman. Bu konferentsiya oʻzim juda muhtoj boʻlgan oʻta foydali darsimdir. Tinglovchi oʻzimman. Darsimni muzokara sifatida siz muborak qardoshlarimga topshiraman. Kamchiliklar mendan. Mukammallik va goʻzalliklar men foydalangan Risola-i Nur asarlariga oid. Boshimizga biror mone' kelmasa, haftada bir marta davom ettirmoqchi boʻlgan diniy konferentsiyalardan bugun ilki iymonga doirdir. Chunki Badiuzzamon Said Nursiyning Birinchi Millat Majlisida aytganidek, «Koinotda eng yuksak haqiqat iymondir, iymondan soʻng namozdir». Shuning uchun biz ham konferentsiyamizning Qur'on, Iymon, Paygʻambarimiz Rasuli Akram (Alayhissalotu Vassalam) Sarvarimiz haqida boʻlishini munosib koʻrdik. Ikkinchisi esa inshaalloh namoz va ibodatga oid boʻladi.
Bu mavzularni bizga dars beradigan bir asar izladik. Oxiri bu hayotiy va abadiy ehtiyojimizni asrimiz dunyoqarashiga mos va qoniqtiruvchi tarzda dars bergan va yarim asrga yaqin, katta bir ichonch va tayanchga sazovor boʻlib, eng moʻ'tabar diniy bir asar hisoblangan «Risola-i Nur» ni tanladik. Ilk konferentsiyamizning nima uchun iymon mavzusida boʻlganini izohlab, quyida bu asar va uning muallifi haqida juda qisqa ma'lumot beramiz:
Bu asrda din va Islomiyat dushmanlari, dasturlarining birinchi moddasiga avvalo iymon asoslarini kuchdan qoldirish va yiqitish rejasini qoʻyishgan. Xususan soʻnggi yigirma besh yil ichida tarixda koʻrilmagan munofiqona va turli niqoblar ostida iymon ruknlariga qilingan juda dahshatli suiqasdlar qilishdi, koʻp buzgʻunchi ishlar tashkil qilindi.
Xolbuki, iymonning ruknlaridan birida hosil boʻladigan shubha yoki inkor dinning tafsilotlarida qilingan loqaydlikdan ancha falokatli va zararliroq. Shuning uchun hozir eng muhim ish taqlidiy iymonni tahqiqiy iymonga aylantirib iymonni quvvatlash, iymonni kuchga toʻldirish, iymonni qutqarishdan iborat. Hamma narsadan koʻra koʻproq iymonning asoslari bilan mashgʻul boʻlish qat'iy zarurat va kerakli ehtiyoj, hatto majburiyat holiga kelgan. Turkiyada boʻlgani kabi, umum Islom dunyosida ham shunday.
Poydevorlari zaiflagan binoning xonalarini ta'mirlash va bezashga harakat qilish binoning yiqilmasligiga qay daraja foyda beradi? Ildizlari chiritilishiga harakat qilingan bir daraxtning qurimasligi uchun shox va yaproqlarini dorilab tadbir olishga harakat qilish daraxtning hayotiga foyda bera oladimi?!
Inson saroy kabi binodir, poydevorlari iymon asoslaridir. Inson daraxtdir, ildizi iymon asoslaridir. Iymon ruknlaridan eng muhimi Iymoni Billoh - Allohga iymondir. Soʻng Nubuvvat va Hashrdir. Shuning uchun bir insonning avvalo qoʻlga kiritishi kerak ilm, ilmi iymon ilmidir. Ilmlarning asosi, ilmlarning shohi va podshohi iymon ilmidir.
Iymon faqat qisqa tasdiqdan iborat emas. Iymonning koʻp martabalari bor. Taqlidiy iymon, bu davrdagi zalolat, axloqsizlik boʻronlari qarshisida tez soʻnadi. Tahqiqiy iymon esa tebranmas, soʻnmas quvvatdir. Tahqiqiy iymonni qoʻlga kiritgan insonning iymon va Islomiyati daxshatli dinsizlik boʻronlariga uchrasa ham, bu iymon quvvati qarshisida ta'sirsiz qolishga mahkum. Tahqiqiy iymonni qozongan insnonni eng dinsiz faylasuflar ham vasvasa yoki shubhaga tushira olmaydi.
Bu haqiqatlarga binoan, biz ham tahqiqiy iymoniy dars berib, iymonni quvvatlab, insonni abadiy saodat va salomatga olib chiqdigan Qur'on va iymon haqiqatlarini jamlagan asarni, sabot, bardavom va diqqat bilan oʻqishni qat'iyat bilan lozim va shart deb bildik. Aks holda, bu davrda dunyoviy va uxroviy daxshatli musibatlar ichiga tushish shubhasiz haqiqat. Shuning uchun yagona qutulish choramiz Qur'oni Hakimning iymoniy oyatlarini va bu asrga yuzlangan oyati karimalarini tafsir qilgan yuksak Qur'on tafsirini mahkam tutishdan iborat.
Hozir "Bunday asar bu asrda bormi?" degan savolning ichingizda hosil boʻlgani nuroniy bir hayajonni ifodalagan siymolaringizdan anglashilmoqda.
Ha, bu tur ehtiyojimizni toʻliq qondiradigan asarni topish uchun koʻp diqqat va sinchkovlik bilan qidirdik. Oxiri, ham turk yoshlariga ham barcha Musulmonlarga va bashariyatga Qur'oniy rahbar va komil murshid boʻladigan asarning - Badiuzzamon Said Nursiyning Risola-i Nur asarlari ekanini xulosa qildik. Biz bilan birga bu haqiqatga Risola-i Nur orqali iymonini qutqargan yuz minglab insonlar shohid.
Ha, yigirmanchi asrda qamrovli va umumiy bir rahbarlik vazifasini bajaradigan Qur'oniy asar muallifining shu xususiyatlarga ega boʻlishini asos oldik. Bu xususiyatlar toʻliq Risola-i Nurda va muallifi Badiuzzamon Said Nursiyda mavjud ekanini koʻrdik:
Birinchisi: Muallifning faqat Qur'oni Hakimni oʻziga ustoz deb qabul qilishi...
Ikkinchisi: Qur'oni Hakim haqiqiy ilmlarni ichiga olgan muqaddas kitobdir. Barcha asrlarda insonlarning umum tabaqalariga xitob qilgan azaliy xutbadir. Shuning uchun Qur'onni tafsir qilganda, haqiqatning sof ifodalanishi, bu shaklda haqiqiy tafsir boʻlishi uchun mufassirning oʻz xususiy yoʻl va yoʻnalishininig ta'siri ostida qolmasligi va hislari qoʻshilmasligi lozim. Hamda Qur'onning ma'nolarini kashf bilan koʻringan Qur'on haqiqatlarining aniqlash uchun shart boʻlgan sifat: Mufassir xar bir fanda ixtisoslashgan kengfikrga, nozik nazarga va tom ixlosga sohib alloma, oʻta oliy daho, nufuzli, chuqur ijtihod va iymon va Qurʻon haqiqiatlarini nozik va chuqur farosat va mahorat bilan tushuntirish kuchiga sohib boʻlishi...
Uchinchisi: Qur'on tafsirining toʻliq ixlos bilan ta'lif etilgan boʻlishi: Muallifning Janobi Haqning roziligidan boshqa hech qanday moddiy, ma'naviy manfaatni maqsad qilmasligi va bu yuksak holat muallifning hayotidagi hodisalarda kuzatilishi...
Toʻrtinchisi: Qur'onning eng buyuk moʻ'jizalaridan biri, yoshlik va yangiligini muhofaza qilishi. Hozir asrda nozil qilingandek, xar asrning ehtiyojini qondiradigan tomoni boʻlishidir.
Bu asrda maydonga keltirilgan tafsirda Qur'oni Hakimning asrimizga yuzlangan tomonining kashf etilib, avomdan eng xoslargacha xar bir tabaqa foydalana oladigan uslubda izoh va isbot qilingan boʻlishi...
Beshinchisi: Mufassirning Qur'on va iymon haqiqatlarini inkor etilmas dalil va hujjatlar bilan isbotlab dars berishi. Ya'ni, pozivitizm (isbotchilik)ni bir asos qabul qilishi...
Oltinchisi: Dars bergan Qur'oniy haqiqatlarning ham aqlni ham qalbni ham ruh va vijdonni nurlantirishi, qondirishi, nafsni boysundirishi va shaytonni mot qiladigan darajada quvvatli va oʻta balogʻatli, nufuzli va ta'sirli boʻlishi...
Yettinchisi: Haqiqatlarni anglashga mone boʻlgan xudbinlik, gʻurur, kibr va "anoniyat"-menlik kabi yomon xislatlardan qutqarib, tavozu' va kamtarlik kabi yuksak va goʻzal axloqlarga sohib qilishi...
Sakkizinchisi: Qur'oni Karimni tafsir qilgan allomaning Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning sunnatiga tobe' boʻlishi, Ahli sunnat va jamoat mazhabida ilmi bilan boamal boʻlishi, eng yuksak zuhd va taqvo, a'zamiy-eng buyuk ixlos va dinga xizmatida eng yuqori sabot, eng ulugʻ toʻgʻrilik, sadoqat va fidokorlikka, juda yuqori tejamkorlik va qanoatga sohib boʻlishi shart.
Xulosa sifatida mufassirning Qur'oniy risolalari orqali risolati Ahmadiyaning (S.A.V) eng yuqori taqvosi, eng yuksak qulligi, chuqur ijtihod va iymon va Qurʻon haqiqiatlarini nozik va chuqur farosat va mahorat bilan tushuntirish kuchiga egaligi bilan ham valoyati Ahmadiyaning yogʻdulariga sazovor boʻlgan Qur'on xodimi boʻlishi...
Toʻqqizinchisi: Mufassirning Qur'oniy va Shar'iy masalalarni bayon qilganda, maʻlum tazyiq va qiynoqni e'tiborga olmasligi, xar qanday ta'sir ostida fatvo bermasligi, oʻlimni xor koʻrib, dunyoga bas keladigan iymon quvvati bilan haqiqatni beparvo aytgan Islomiy shijoat va jasoratga sohib boʻlgan mufassir boʻlishi kerak.
Qatl qilish rejalari tatbiq etilgan va birorta diniy risola nashr qilinmagan daxshatli davrda, xususan yoʻq etilishi va soʻndirilishi moʻljalga olingan Qur'onni, Shar'iy asoslarni ta'lif va nashr qilgan maydonda boʻlgan bir murshidi komil va Islomning bu asrda haqiqiy, komil rahbari va Qur'onning moʻ'tabar buyuk mufassiri boʻlishi lozim.
Bu davrda yuqorida aytilgan toʻqqiz shart va xususiyatlarning muallif Said Nursiyda va asarlari Nur Risolalarida aynan mavjudligini haqiqiy va chuqur ilmli Islom olimlarining ijmo'si, tavoturi va ittifoqi bilan aniqlagan. Uygʻonishni boshlagan bu Islom millati, Ovrupa va Amerikada ma'lum va tasdiqlangan. Mana doʻstlar! Biz shunday Qur'on tafsiri qidirayotgan va bunday mufassir istayotgan edik.
Qiymatli qardoshlarim! Bunday daxshatli asrda insonning eng buyuk masalasi - iymonni qutqarish yoki yoʻqotish da'vosidir. Jahon urushlari insoniyatni uygʻotdi, dunyo hayotining foniyligini eslatdi. Boqiy bir olamda, abadiy bahtiyor yashash hissini uygʻotdi. Albatta bunday muazzam da'voni, chalkash va aldamchi davrda qozonish uchun, bir advokat topishda {(Izoh) Bu davrda bunday advokat Risola-i Nur ekaniga, Risola-i Nur orqali iymoini qutqargan millionlab insonlar guvoh.} juda e'tiborli boʻlishimiz lozim. Shuning uchun tadqiqotimizni yana bir oz kengaytiramiz:
Asrimizdan avvalgi Islomiyatning Kalom Ilmi dohiylari, dinimizning gʻaroyib imomlari va Qur'oni Hakimning dohiy mufassirlari vujudga keltirgan asarlari qiymati, taqdirlash mumkin boʻlmaydigan darajada bebahodir. U zotlar Islomiyatning bir bir quyoshlaridir. Lekin bu davr u buyuk zotlar yashagan davr kabi emas.
Eski davrda zalolat bilimsizlikdan kelar edi. Buni yoʻq qilinishi oson. Hozirgi davrda esa zalolat (Qur'onga, Islomiyatga va iymonga hujum) fan, falsafa va bilimdan kelyapti. Buni yoʻqotish mushkul. Eski davrda ikkinchi qismi mingdan bir boʻlar edi, ulardan faqat mingdan biri irshod bilann toʻgʻri yoʻlga kelar edi. Chunki undaylar ham bilmaydilar ham oʻzlarini bilaman deb oʻylaydi.
Bundan avvalgi asrlarda tabiiy fanlar yigirmanchi asrdagi qadar taraqqiy etmaganini bilasiz. Demak bu asrda dunyoga yoyilgan dinsizlik va moddaparastlikni ildizini kesiz, haq va haqiqat yoʻlini koʻrsatib, insoniyatni siroti mustaqimga yetkazish, iymonni qutqarish uchun faqat va faqat Qur'oni Hakimning bu asrga yuzlangan tomonini kashf qilib, barcha foydalana oladigan bir shaklda tafsir qilinishi, albatta bu asrda mumkin.
Badiuzzamon Said Nursiy Qur'oni Karimdagi bu asr muhtoj boʻlgan haqiqatlarni kashf etib, Nur Risolalarida hammaning qobiliyati nisbatida foydalana oladigan tarzda tafsir va izoh qilish muvaffaqiyatiga erishgan. Shuning uchun Risola-i Nur oʻxshashi koʻrilmagan shox asar degan xulosaga kelingan.
Risola-i Nurdagi bu imtiyoz sababl, bu muborak Islom millatidan millionlab bahtiyor kishilar ustun tutib, katta ehtiyoj sezib, buyuk ishtiyoq va sevgi bilan yillab davom etgan tazyiqlar ichida Risola-i Nurni oʻqishgan.
Risola-i Nur ehtiyoj vaqtida ta'lif etilgani bois Turkiya va Islom Dunyosi miqyosida kengaygan va dunyoni aloqador qilgan imtiyozga sazovor boʻlganini koʻzga koʻrsatgan...
Qiymatli qardoshlarim! Said Nursiy qirq yil avval Istanbuldalik vaqti, "Kim nima xohlasa soʻrasin" deb, gʻaroyib e'lonot qilmishtir. Oʻsha vaqtda davrning mashhur olim va allomalari Badiuzzamonning hujrasiga toʻda-toʻda boʻlib borib, xar sinf ilmlarga va turli mavzularga doir soʻragan eng mushkul, eng yopiq savol berilgan ondayoq Badiuzzamon toʻgʻri javob bergan.
Bunday haddu hududi yoʻq, ya'ni "shu yoki bu ilmda, falon mavzuda kim nima istasa soʻrasin" degan chegara qoʻymasdan e'lon berish, natijada toʻliq muvaffaq boʻlish insoniyat tarixida koʻrilmagan. Bunday qamrovli va yuksak ilmga sohib Islom dohiysi hozirgacha chiqmagan. (Asri Saodat mustasno.)
Hatto oʻsha davrda, Misr Jome'ul Azhar Universiteti raislaridan mashhur Shayx Bahid Afandi, Istanbulga sayohat uchun kelganida, Qurdistonning tik, chiqib boʻlmaydigan qoyalari orasidan chiqib, Istanbulga kelgan Badiuzzamon Said Nursiyni mot qiila olmagan Islom ulamolari Shayx Bahiddan bu yosh domlani (Badiuzzamonni) mot qilishni soʻraydilar. Shayx Bahid bu taklifni qabul qilib munozara zamini qidiradi. Bir namoz vaqti Ayasofiya Masjididan chiqilib "choyxona"da oʻtirishgan payt, buni fursat deb bilgan Shayx Bahid Afandi, Badiuzzamon Said Nursiyga xitoban:
مَاتَقُولُ فِى حَقِّ الْاَوْرُبَائِيَّةِ وَالْعُثْمَانِيَّةِ Ya'ni: "Ovrupa va Usmonli Davlati haqida nima deysiz? Fikringiz qanday?" deb soʻraydi. Shayx Bahid hazratlarining bu savoldan maqsadi Badiuzzamon Said Nursiyning shaksiz bahri ummon kabi ilmini va tez va keskin zakovatini sinash emas edi. Maqsadi kelajakka oid qamrash kuchining shiddatini va dunyoning boshqaruvidagi siyosatini anglash edi.
Bunga javoban, Badiuzzamonnig bergan javobi shu boʻldi:
Ya'ni: Ovrupa bir Islom Davlatiga, Usmonli Davlati ham bir Ovrupa Davlatiga homiladir. Bir kun kelib tugʻajaklardir.
Bu javobga qarshi Shayx Bahid Hazratlari: "Bu yosh ila munozara etilmas, men ham ayni qanoatda edim. Faqat bu qadar vajiz va baligʻona bir tarzda ifoda etmoq faqat Badiuzzamonga xosdir",- demishtir. Haqiqatdan Badiuzzamonning degani kabi, xabarlarning ikki qutbi ham sodir boʻlmish. Bir-ikki sana soʻngra Konstitutsion boshqarilish davrida, Islomiylik alomatlariga muxolif koʻp ajnabiy odatlarini olmoq va borgancha Turkiyada yerlashtirmoq ila va hozir Ovrupada Qur'onga va Islomiyatga qarshi koʻrsatilgan goʻzal aloqa, xususan baxtiyor Olmon millatida toʻda-toʻda Islomiyatni qabul qilish kabi hodisalar bu xabarni toʻliq tasdiqlagan.
Buyuk Islom olimlari va sharafli shayxlar koʻp tajriba va imtihonlar orqali shunday xulosaga kelishganki: Badiuzzamon nima desa, haqiqat. Badiuzzamonning asarlari qalbiy sunuhot-maʻnolar boʻlib, olimlar jamoatining tasdiq va taqdiriga sazovor.
Ilm ahli, tasavvuf ahli, fan va maktab ziyolilari Badiuzzamonning asarlaridan faqatgina fayz va foyda oladi. Ha,
uch oylik tahsilga ega,
qirq yilan beri Qur'oni Karimdan boshqa kitob bilan mashgʻul boʻlmagan,
bir yuz oʻttizta turkcha, oʻn besh Arab tilidagi asarlarini ta'lif qilayotib hech qanday kitobga murojaat etmaganini hanuz hayot boʻlgan kotiblari tomonidan shahodat etilgan,
asosan kutubxonasi yoʻq,
yarim ummiy zot shunday mislsiz bir e'lon orqali, yangi ilmlar doxil, turli ilmlarda, yuksak olimlar va buyuk murshidlar bilan, yoshligida qilgan munozaralarning hammasida yutib chiqqani maʻlum,
ittifoqli masalalarni tasdiqlagan va ixtilofli boʻlganlarni toʻgʻrilagan,
oʻzi uchun "Badiuzzamon javob berolmaydigan savol yoʻq" deb, allomalar tarafidan tasdiqlangan,
Ovrupaning bir qism idroksiz va gʻarazli faylasuflarining, mutashobih oyati karima va hadisi shariflarga qilgan hujumlarini, ayni oyat va hadislarning bir bir moʻ'jiza ekanini asarlari orqali isbotllab e'tirozlarini ildizidan qopargan,
bu orqali vahimalarga tushirilgan ba'zi ilm ahlini ham qutqarib, Islomiyatga boʻlgan hujumlarni natijasiz qoldirgan Said Nursiy kabi bir muallifning,
albatta dohiy bir Qur'on mufassiri,
ilmining Alloh begani va kengligiga,
asarlari Nur Risolalarining bir umr oʻqishga loyiq gʻaroyib shohasar ekaniga shubha yoʻq.
Uygʻongan qardoshlarim! Ham bizning ham Islom dunyosining abadiy hayotining natijalarini, qutulishini ta'minlaydigan, bizni maʻrifatli va irshod qilib zalolatdan saqlaydigan asar tanlashda shunchalik juda diqqatli boʻlishimiz kerak. Chunki bu davrda, turli-tuman aldovlar bilan parda orqasida Islom yoshlarini yoʻldan chiqarishga urinishyapti.
Bir asar oʻqilishi yoki bir soʻz tinglanganda, avvalo
ya'ni: Kim aytdi? Kimga aytdi? Nima uchun aytdi? Qaysi darajada turib aytdi? asosiga oid qoidani e'tiborga olish kerak. Ha, gap tabaqalarining yuksakligi, goʻzalligi va quvvatining manbai ushbu toʻrt narsadan iborat: Soʻzlovchi, tinglovchi, maqsad va daraja. Xar bir qoʻlga tushgan kitob oʻqilmasligi kerak, xar aytilgan gapga quloq solmaslik kerak. Masalan: Bir qoʻmondonning bir qoʻshinga bergan "Qadam bos" buyrugʻi bilan bir askarning "Qadam bos" degan gapi orasida qanchalik farq bor? Birinchisi katta qoʻshinni harakatga keltiradi. Oʻsha soʻz boʻlgan ikkinchisi, balki bir askarni ham harakatlantira olmaydi.
Xullas, bu toʻrt asos sababli va Said Nursiyga qarshi qalblarida buyuk sevgisi boʻlgan yuz minglab kishilar muhabbat bilan ustozlarining eng kichik holatiga ham katta ahamiyat berib, ularni oʻrganib tobe' boʻlish, ergashish istagi boʻlgani uchun, bu yerdagi bir qancha qardoshlarimiz ustozimizning hayoti, asarlari, yoʻl va yoʻnalishi haqida ma'lumot berilishini qattiq soʻradilar.
Lekin Badiuzzamon kabi zotning hayoti, asarlari va axloqini toʻliq ifoda qila olmaymiz. Bu haqiqat basiratli ilm ahli boʻlgan adiblar ham e'tirof qilingani uchun bu xizmat bizning haddimizdan juda uzoq. Badiuzzamon haqida ma'lumot olishni istagan qardoshlarimizga, buning faqat va faqat Risola-i Nur Kulliyotini diqqat va bardavom oʻqib, mumkinligini aytamiz.
Aziz qardoshlarim! Bu muborak vatan, millat va olami Islomning abadiy saodatini va qutulishini, natijada yer yuzida umumiy tinchlik va farovonlikni ta'minlaydigan inoyat va qudratga sohib boʻlgan Risola-i Nurning ma'naviy shaxsida oʻta sogʻlom quvvatlar toʻplangan va qoʻshilgan:
1- Yuksak kuch va butun kamolotning ustozi boʻlgan Islomiy haqiqat.
2- Iymoniy jasorat. Ya'ni xorlanmaslik, chorasiz qolganlarga bosim oʻtakmaslik va takabbur qilmaslik.
3- Musulmonlikning insonga bergan izzat va sharafi, taraqqiyot va yuksalishning eng muhim omili boʻlgan Islom izzati.
Doʻstlar! "Haqiqiy olimlar zolim hukmdorlarga qarshi haq va haqiqatni beparvo aytgan olimlardir", ma'nosida hadisi sharif bor. Biz, faqat shunday va taqvodor allomaning soʻz va asarlariga ishona olamiz.
Asrimizda esa, hayotidagi voqealar va asarlari bilan bu hadisi sharifga mos kelgan Risola-i Nur maydonda. Muallif Badiuzzamon diniy kurashida, Qur'onga xizmatida va qulligida Rasuli Akram (Alayhissalotu Vassalam)ning sunnati saniyasiga toʻliq tobe' boʻlgan mujohiddir. Rasuli Akram (Alayhissalotu Vassalam) Sarvarimiz dunyoning eng muazzam siyosiy hodisasi boʻlgan Badr Jangida sahobai kiromga navbatma-navbat jamoat bilan namoz oʻqitganlar. Ya'ni vojib boʻlmagan, xususan urush vaqtida tark qilinishi mumkin boʻlgan "jamoat bilan namoz oʻqish" kabi bir xayrni dunyoning eng katta siyosiy voqe'asidan afzal koʻrilgan, ustun tutgan. Kichik savobni, urush frontining daxshatlari ichida ham tark etmagan.
Badiuzzamon koʻngillilar boʻlinmasi qoʻmondoni sifatida qoʻshilgan rus jangida, urush frontida, dushman nishoni oʻqlari oldida Qur'onning bir qismining tafsiri boʻlgan mashhur Arabiy Ishoratul I'joz Tafsirini ta'lif qilgan. Bu asari azim Islom Olamida eng buyuk olimlarning maqtov va tahsiniga sazovor boʻlgan. Toʻliq tushunishdan ojiz qolishganini, bunday tafsir koʻrishmaganini e'tirof qilishgan. Qur'oni Karimning eng nozik hikmatini, eng chuqur masalalarini, tenggi yoʻq i'jozi, favqulotda yuksak balogʻat va fasohatini izhor va isbot qilgan. Hatto bir harfning himatini izhor qilib, nishon oʻqlari oldida, dushman oʻqlari zehnini undan qaytara olmagan, urushning toʻpolon va daxshatlari mone' boʻlmagan.
Azoni Muhammadiy (S.A.V.) manʻ qilingan, bid'atlarning xalqqa majbur qildirilgan zulmatli va dahshatli davrda Nur Talabalari uydirma azonni oʻqimagan. Bunday bid'atlarga qarshi oʻzlarini qahramoncha muhofaza qilib, bid'atlarga qoʻshilmagan.
Iymon va Islomiyatning yoʻqotilishiga urinilgan va bir olimning yashirindan yashirin bitta ham diniy asar nashr qila olmagan falokatli davrda, Badiuzzamon surgun qilingan joylarida, zolim mustabidlarning nazorat va tazyiqlari ichida yashirindan yashirin bir yuz oʻttiz adad iymoniy asar ta'lif va nashr qilgan. Shu bilan barobar kechalari juda oz uyqudan soʻng, asirlikda ingragan Islom Millatlarining najot va tuzalishi uchun duolar qilgan, dargohi Ilohiyga iltijo qilib yolvorgan.
Hazrati Ustoz Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Sarvarimizning Sunnati Saniyasiga toʻliq iqtido qilgan.
Badiuzzamonning bu holati butun Islom mujohidlariga va barcha Musulmonlarga oʻrnakdir. Ya'ni, jihod bilan qullik va taqvoni barobar qiladi. Birini qilib, boshqasini ahamiyatsiz qoldirmaydi. Jabr qildigan va zolim din dushmanlarining rejasi bilan qamoqxonalarga tashlanib, yakka kameralarda, oʻta sovuq xonada qoldirilishi, shiddatli sovuqlar va xastaliklarning iztiroblari, titrashlari va keksalikning kuchsizliklari ichida boʻlishi ham asar ta'lif qilishiga mone'lik qilmagan.
Siddiqi Akbar (Raziyallohu Anh): "Jahannamda vujudim shunchalik kattalashsinki, iymon ahliga joy qolmasin", deganlar. Badiuzzamon bu oʻta yuksak fazilatning bir zarrachasiga sazovor boʻlish uchun, "Bir nechta odamning iymonini qutqarish uchun Jahannamga kirishga tayyorman" deb, fidokorlikning choʻqqisiga yuksalgan. Qur'on va Islomiyatning fidoiy va xolis xodimi ekani, sakson yillik hayoti guvohligi bilan aniqlangan.
Qur'on va iymon xizmati uchun Badiuzzamonning e'tiborini, sharafini, ruhini, nafsini, hayotini fido qilgani, uchragan shiddatli zulm va qiynoqlarga, giriftor etilgan koʻp musibat va balolarga qarshi koʻrsatgan yuksak sabr, bardosh va xotirjamlik bir bir ishonchli guvoh hisoblanadi.
Badiuzzamon Qur'on, iymon, Islomiyat xizmati uchun dunyoviy rohatliklarini fido etmish, dunyoviy shaxsiy savratlar yigʻmamish, zuhd va taqvo va riyozat, iqtisod va qanoat ila umr oʻtqazib, dunyo ila aloqasini kesmishtir.
Shu jumladan, Musulmonlarning tinchligi va saodati uchun butun umr diqqatlarini faqat iymon xizmatiga vaqf qilish, bagʻishlash va ixlosga toʻliq muvaffaq boʻlish uchun oʻzini dunyodan uzoqlashtirib boʻydoq oʻtgan. Ha, Badiuzzamon iymon va Islomiyat xizmati uchun hamma narsadan shu daraja fidokorlik qilgan, lekin bular bilan birga qullik, zuhd va taqvoda ham istisno boʻlgan tarixiy Islom fidoiysi va Qur'oni Hakimning ixlosli xodimi darajasiga yuksalgan.
Badiuzzamonning Risola-i Nur da'vosida shunday ishonchi, sidq va sadoqati, sabot va matonati, ixlosi borki: Din dushmanlarining shu qadar shiddatli zulm va istibdodlari, hujum va tazyiqlari, bular bilan birga moddiy yoʻqliklar ichida boʻlishi da'vosidan voz kechira olmagan va kichik ikkilanish ham sodir boʻlmagan.
Said Nursiy Eski Said deb ta'bir qillgani yoshligida falsafada juda ilgarilagan. Gʻarbning Suqroti, Aflotuni, Aristoteli kabi haqiqatli faylasuflarni va sharqning Ibn Sino, Ibn Rushd, Farobiy kabi dohiy hakimlaridan falsafa va hikmatda Qur'oni Hakimning fayzi bilan juda ilgarilab ketgan. Qur'ondan boshqa xaloskor va haqiqiy rahbar yoʻqligini da'vo qilgan va Risola-i Nur asarlarida isbotlagan. Bu haqiqatlarda shubhasi boʻlganlar boʻlsa, Ustoz oxiratga tashrif etmasdan shaxsan shubhasini ketkazishi mumkin.
Said Nursiy Qur'on va iymonga xizmat yoʻlini ixtiyor etib, hech qanday moddiy va ma'naviy manfaat, solihlik va valiylik kabi ma'naviy maqomlarni maqsad va gʻoya qilmagan. Faqat Janobi Haqning roziligi uchun xizmat qilgan. Basiratli ilm ahli tomonidan butun Musulmonlarda "Chiqishi kutilgan siyosiy va diniy xaloskor" kabi shaxsiga berilgan yuksak martabani Badiuzzamon jahl bilan rad qilgan, oʻzining faqat Qur'onning bir xizmatkori, Risola-i Nur Talabalarining bir dars oʻrtogʻi boʻlganiga ishongan va bayon qilgan.
Mudofaa Vazirligi yigirma besh yil xizmat qilgan muhtaram olim zotning, hozir oramizdagi bir qancha doʻstlarimiz bilan, avvalgi kun ziyoratiga borganimizda, Badiuzzamon Hazratlari haqida: "Badiuzzamonning qanday zot ekanini tushunish uchun Risola-i Nur Kulliyotini diqqat bilan, sabot bilan oʻqish yetarli. Sizga bir misol sifatida, faqat dunyoviy iqtidori jihatidan aytaman: Badiuzzamonga Risola-i Nurning ma'naviy shaxsi bilan faqat bir davlatni emas, dunyodagi millatlarni boshqarish berilsa, ularni tinchlik va saodat ichida boshqaradigan iqtidor va inoyatga sohib", degan edik.
Ha, Badiuzzamon nodir sahxsiyat. Lekin yigirma besh yildan beri ham oʻzini, ham talabalarini siyosatdan manʻ qilgan, dunyoviy ishlar bilan mashgʻul emas.
Badiuzzamon Risola-i Nurni ta'lif qilgan vaqtlar va Qur'on xizmatini bajargan onlari, ziyrakligi, zehnining oʻtkirligi, aqli, mantigʻi, zehni, hayoli, xotirasi, mulohazasi, farosati, sezish va idrok qilishi, oʻtkir anglashi va ruhiy, qalbiy, vijdoniy hissiyotlari, tuygʻulari va ma'naviy latifalarining tengsizligi xizmat ettirilganiga oshkora dalil boʻlib, oʻz ixtiyori bilan, istagi bilan emas, inoyati Ilohiya bilan Qur'onga xizmatkorlik darajadasida ekanini basiratli ilm ahli va qalb ahli tasdiqlaydi va tahsin qilingan.
Misrda fozil ulamolardan marhum Abdulaziz Chavish, Badiuzzamonning asrning dohiyi ekani va haddan tashqari aql zakovatiga sohib ekani mavzusida Misr matbaasida maqola nashr qilgan.
Buyuk va jiddiy olim Shayxulislom marxum Mustafo Sabri Afandi, Misrda Risola-i Nurni qoʻllab, Jome'ul Azhar Universitetida eng yuksak mavqe'ga qoʻygan.
Risola-i Nur Islomiyatning oʻta keskin va olmos qilichidir. Bu haqiqatlarga Badiuzzamonning zolim hukmdorlarga va qoʻmondonlarga oʻlimni pisand qilmasdan haqiqatni beparvo yetkazishi va dunyoni qamragan dinsizlik kuchiga javoban Qur'on va iymon haqiqatlarini, oʻzini fido qilib, istibdodning eng qorongʻu davrida nashr qilishi va bu muqaddas haqiqatga jonini fido qilib xizmat qilishi dalildir.
Bir prokuror ayblov xulosasida: "Badiuzzamon, keksaygani sari ortgan kuchi bilan diniy faoliyatini davom ettirmoqda", degan. Dengizli mahkamasi, ekspertlar hay'ati bayonnomasida: "Ha, Said Nursiyda kuch bor, lekin bu quvvatini tariqat yoki bir jamiyat qurishga sarflamagan. Qur'on haqiqatlarini bayon qilish va dinga xizmat qilishga ishlatgan, degan xulosaga borilgan", deyilmoqda.
Dinga qarshi eski hukumatlarning vakillaridan biri antidemokratik qonunlarning Millat Majlisida muzokarasi asnosida: "Badiuzzamon Said Nursiyning diniy faoliyatiga yigirma besh yildan beri mone' boʻla olmayapmiz", degan.
Javoban aytamiz: Ha, Said Nursiy Hazratlari oʻxshashi koʻrilmagan energiya va sergʻayrat zotdir. Badiuzzamonning gʻaroyib insonligini din dushmanlari qarshi chiqqanlar ham qalban tasdiqlagan va maqtamoqda.
Said Nursiy ba'zan bir talabasiga Risola-i Nurdan oʻqib berish ne'matini lutf qilgan vaqti: "Bu mening darsim. Men oʻzim uchun oʻqiyman. Bu risolani hozirgacha balki yuz marta oʻqigandirman. Lekin, hozir endi koʻrayotganday takroran oʻqishga ehtiyoj va ishtiyoqim bor", deydi.
Yana: "Men boshqalar uchun kitob yozmaganman. Oʻzim uchun yozganman. Qur'ondan topgan bu da'volarimni istaganlar oʻqishi mumkin", deydi. Ha, Badiuzzamon e'tiqod qilib, "Men darsga, tarbiyaga va nafsimni isloh qilishga muhtojman", deydi. Badiuzzamon kabi zot bunday desa, bizning bu asarlarga naqadar muhtoj ekanimiz qiyos qilinsin.
Badiuzzamon Said Nursiy butun hayotida shon-shuxratdan, hurmatdan qochgan va insonlardan behojatligini aytgan. Arabcha asarida shuxrat haqida: "Shuhrat riyoning oʻzi va qalbni oʻldirgan zaxarli asaldir. Insonni insonlarga qul va asir qiladi. Ya'ni, nom va shuxrat istagan odam oʻzini odamlarga yoqtirish, sevdirish uchun insonlarga riyokorlik, tilyogʻlamachilik qiladi. Sunʻiy holatlarga kiradi. U balo va musibatga tushsang اِنَّا للهِ وَاِنَّآ اِلَيْهِ رَاجِعُونَ degin", deydi.
Ustoz shuxratdan amalda va holati bu qadar qochishiga qaramasdan, xar qanday sabab boʻlsa ham, insonlar xuddi bir Ilohiy chorlov bordek, madad istab unga borishgan va unga oqim boʻlib kirmoqda. Uning ayni haqiqat boʻlgan muqaddas xislati Risola-i Nur kabi jahonshumul asarga xodim boʻlgan.
Badiuzzamon yoshligidan beri odamlarning evazsiz hadyalaridan behojat boʻlgan. Hadya qabul qilmaslikni yoʻl deb qabul qilgan. Zindondan zindonga, yurtdan yurtga surgun qilingan vaqtlarda keksalik yuklagan zaruratlar ichida ham sakson yillik behojatlik dasturini buzmagan. Eng xos talabasi bir luqma hadya qilsa, evazini berar, bermasa dard chekar edi.
Nima uchun hadya qabul qilmaganining sabablaridan biri sifatida: "Bu davr eski vaqt kabi emas. Eski davrda iymonni qutqargan oʻn qoʻl boʻlgan boʻlsa, hozir birga tushgan. Iymonsizlikka yoʻllagan sabablar avval oʻn boʻlgan boʻlsa, hozir yuzga chiqqan. Bunday davrda iymonga xizmat qilishga dunyoga qoʻl uzatmadim, dunyoni tark etdim. Iymonga oid xizmatimni hech narsaga vosita qilmayman", deydi. Hazrati Ustoz oʻz shaxsi uchun birov zahmat tortsa, bir xizmatini qilsa, evaziga haq, hadya beradi. Aks holda ruhiga ogʻir keladi, xush koʻrmaydi.
Badiuzzamon Said Nursiy Qur'on, Iymon va Dinga qilgan xizmatida yillardan beri bardavom nazorat va josuslik, ta'qib va tekshiruv ostida saqlangan. Faqat va faqat Allohning roziligi uchun, yolgʻiz va yolgʻiz haqiqat uchun Islomiyatga xizmat qilgan. Qur'on xizmatini hech narsaga vosita qilmagani, koʻp mahkamalarda ham aniqlangan.
Agar mazkur haqiqatlar va asarlaridagi haq va haqiqatni koʻrgan haq tarafdorlarining Badiuzzamon va asarlarida koʻrgan, nashr qilgan oliy xususiyat va yuksak haqiqatga zid, eng kichik belgi boʻlsa edi, eng katta qoʻshimchalar bilan, dabdaba va shovqinlar bilan yigirma besh yil davomida din dushmanlari tomonidan dunyoga e'lon qilinar edi.
Shuning kabi batamomo tuhmat va ayblovlar ila zoʻravon, mustabid din dushmanlarining igʻvolari bilan mahkamalarga yuborilgan vaqtda, gazetalarning birinchi sahifalarida, birga yuz qoʻshimchalar bilan chiqarilishi, tekshiruv va sud qilinish natijasida hech qanday aybi yoʻqligi aniqlanib, aybsiz ekani yuzaga chiqaan vaqti sukut saqlashi bu haqiqatning koʻp oshkor dalillaridan bir donasidir.
Badiuzzamon din qardoshlariga juda shafqatli. Ularning azoblari bilan azob tortgani, Islom dunyosida hur va ozodligi uchun jon bergan fidoiy Islom mujohidlarining azoblari bilan iztirob chekkani, Qur'on va Islomiyatga qilingan zarbalar oni koʻp iztirob chekkan, achchiq azoblarning ta'sirida, zotan juda oz yegan bir oz shoʻrvasini ham yeya olmagani koʻp marta koʻrilgan va kuzatilmoqda.
Aksariyat kunlar xastaliklar va azobda oʻtmoqda. Bir Nur talabasining yozganidek, "Ey Islom Millatining abadiy tinchlik va saodati uchun dunyoda farogʻat koʻrmagan mushfiq ustozim! Sizning davom etgan xastaliklaringiz jismoniy emas. Dinimizga qilingan istibdod va zulm tugamaguncha, Islom olami xalos boʻlmaguncha iztirobingiz tinmaydir". Ha biz ham bu fikrdamiz.
Lekin u azobli qaygʻular Badiuzzamonni aslo umidsizlikka tushira olmagan, bil'aks buyuk va qamrovli umumiy diniy jihodga, duo va qullikka chorlab, "Qutulishning yagona chorasi Qur'onni mahkam tutish" degan va tuttirgan.
Qur'ondan topgan davo va darmonlarni qalamga olib, bu davrda Islom xaloskori va bashariyat saodatiga sabab boʻlgan Risola-i Nur asarlarini yuzaga keltirgan.
Xunxoʻr din dushmanlarining dunyoviy kuch va shavkatlari, Badiuzzamonni qat'iyan tanballikka tushirmagan. "Vazifam Qur'onga xizmatdir. Gʻolib qilish, magʻlub etish Janobi Haqqa oid" deb iymon keltirib, bir on ham faoliyatdan qolmagan. Ha, Hazrati Ustoz shunday azim himmatga sohib boʻlib, unga qilingan mudxish zulmlar bu himmat evaziga ta'sirsiz qolishga mahkum boʻlgan.
Badiuzzamon yer va osmonlardagi mavjudotni hayrat va sevib tomosha qiladi. Qirlar va togʻlarda xususan bahorda koʻp aylanadi. U sayr joylari zehnan mashgʻuliyat, nozik tafakkur va doimiy huzur holida. Daraxt va nabotot va gullarni
"Qanday goʻzal yaratilganlar" deb, ibrat nazari bilan ularni tomosha qiladi, koinot kitobini oʻqiydi. Xar bir a'zo va hislari kabi koʻzini ham doimo Janobi Haq hisobiga va izni doirasida ishlatadi. Koʻzi katta koinot kitobining bir mutolaa qiluvchisi, olamdagi Rabboniy san'at moʻ'jizalarining bir tomoshabinidir. Yer yuzi bogʻchasidagi rahmat gullarining muborak arisi darajasidadir.
Ustoz xususiy hayotida kamtar, vazifa boshida viqorli. Tavozu' va kamtarlikda namuna boʻladigan martabada. Bu mavzuda: "Bir askar navbatchilik qilganda, bosh qoʻmondon kelsa ham, qurolini tashlamaydi. Men Qur'onning xizmatkori va bir askariman. Vazifa boshida ekanman, oldimga kim chiqsa chiqsin, "Bu haq" deyman, boshimni egmayman", deydi.
Xulosa sifatida aytamiz: Badiuzzamon toʻliq ixlosga sohib, gʻayritabiiy, haqiqiy Qur'on mufassiridir. Toʻliq ixlosga erishgan, qahramon va yakto Qur'on xodimidir. Risola-i Nurning muallifi boʻlgani uchun ham ulugʻ mutakallimdir, ilmda oʻta yuqori darajada chuqur va e'tiborli, haqiqatli va tadqiqotchi allomadir, ham Mantiq ilmining yuksak, tengsiz ustozidir.
"Ta'liqot" nomli asari mantiqda shoh asardir. Mumtoz, haqni ustun tutgan va haqiqatni koʻrgan dohiydir. Qur'on bilan kelushgan toʻgʻri yoʻldagi falsafaning haqiqatparvar faylasufidir. Tengsiz jamiyatshunos (ijtimoiyotchi), psixolog (ruhshunos) va pedagog (tarbiyachi)dir. Doim haqiqatni tarannum qilgan va etgan, yuksak, oʻxshovsiz va dohiy muallif va adibdir.
Said Nursiy yillardan beri qattiq istibdod va cheklovlar ostida saqlanib tanitilmagani, oʻzi shaxsiy kamolotini yopgani, yashirgani uchun mazkur sifatlarning xar birini bila olmagan boʻlishi mumkin. Bular va Risola-i Nurning xususiyatlari haqidagi bayonlarimiz haqiqat oshigʻi va fazilat sevar davrda bir qancha haqiqiy olimlarning va Alloh doʻstlari ittifoq qilgan va ijmo' quvvatidagi xulosasidir. Hamda bizning qat'iy fikrimizdir.
Badiuzzamonning bu ilm va sifatlarga ega boʻlganiga eng moʻ'tabar, eng birinchi va eng haqiqiy dalilimiz Badiuzzamon Said Nursiydir. Kimning shubhasi boʻlsa, Risola-i Nurni oʻqisin. Ha, biz zikr qilgan va qiladigan eng buyuk haqiqatlarni butun Islom dunyosiga va umum bashariyat olamiga eshittiramiz va e'lon qilamiz. Ha, ming yildan beri Islomiyat va insoniyat olami Risola-i Nur kabi bir asarga intizor edi.
Badiuzzamon Said Nursiy koʻp ilmlarda mustasno asarlar yoza olar edi. Lekin "Davr iymonni qutqarish davri" deb, bor himmatini, ishlarini va hayotini iymoniy ilmlarni ta'lif va nashr qilishga vaqf qilgan.
Ha, Hazrati Ustoz iymoniy ilmlarni nashr qilish orqali Islom va insoniyat olamini jonlantirgan va nurlantirgan. Janobi Haq u buyuk ustozdan abadiyan rozi boʻlsin, uzun umrlar bersin. Omin, omin, omin...
Risola-i Nur Qur'oni Moʻ'jizul Bayonning bu asrdagi ma'naviy moʻ'jizasi boʻlgan yuksak va porloq tafsiridir. Ha, Risola-i Nur qalblarning fotihi va mahbubi, ruhlarning sultoni, aqllarning muallimi, nafslarning murabbiy va isloh qiluvchisidir. Risola-i Nurning bir xususiyati, Maktubotning birinchi jildining 129-chi sahifasidagi shu mavzudir: "Ba'zi Soʻzlarda, Kalom ilmi olimlarining yoʻli bilan, Qur'ondan olingan haqiqiy yoʻlning farqlari haqida misol aytganmiz, masalan: Bir suv olib kelish uchun ba'zilar suv quvuri orqali uzoq joydan, togʻlar ostida qazib, suv olib keladi. Boshqa qismi esa hamma joyda quduq qazadi, suv chiqaradi. Birinchi qism juda qiyin. Tiqiladi, uziladi. Lekin hamma joyda quduq qazib suv chiqarishga usta boʻlganlar qiyinchiliksiz, xar bir yerda suv topishgani kabi... Aynan shuning kabi: Kalom ilmi olimlari sabablarni olamning oxirida Silsila va davrning imkonsizligi bilan kesib, soʻng Vojibul Vujudning borligi u bilan isbot qiladi. Uzun yoʻlda yuriladi. Ammo Qur'oni Hakimning haqiqiy yoʻli suvni hamma joyda topadi, chiqaradi. Xar bir oyatni, alohida Asoyi Muso kabi, qayerga ursa obi hayot tohsiradi.
dasturini hamma narsaga oʻqitadi.
"Iymon faqat ilm bilan emas, iymonda koʻp latif tuygʻularning hissalari bor. Bir ovqat me'daga kirganda, turli asablarga farqli suratda boʻlinib tarqatiladi. Ilm bilan kelgan iymoniy masalalar ham aql me'dasiga kirgandan soʻng, darajalarga koʻra ruh, qalb, sir, nafs va hokazo, latifalar, oʻziga koʻra alohida hissa oladi, shimadi. Agar ularning hissasi boʻlmasa, kamchilik boʻladi". Risola-i Nur suvni hamma joyda topadi, chiqaradi. Avvalroq ketilgan uzun yoʻlni qisqartiradi, mustaqim va salomatli qiladi.
Eski faylasuflar shar'iy hukmlardan va iymon asoslaridan ba'zilari uchun: "Bu naql, iymon keltiramiz, aql bunga yetmaydi", deyishgan. Xolbuki bu asrda aql hukm qilyapti. Badiuzzamon Said Nursiy, "Butun shar'iy hukmlar va iymoniy haqiqatlar aqliy. Aqliy ekanini isbotlashga tayyorman", degan va Risola-i Nurda isbotlagan.
Risola-i Nurda mustasno adabiyot, balogʻat va ijoz, tenggi yoʻq, joziba, asl uslub bor. Ha, Badiuzzamon shaxsiga maxsus uslubga ega. Uning uslubi boshqa uslublar bilan taqqos va qiyos qilinmaydi. Asarlarning ba'zi joylarida, adabiyot qoidasiga yoki boshqa uslublarga nisbatan juda munosib tushmagan deb oʻylangan nuqtaga duch kelinsa, u yerda oʻta nozik mazmun, imo yoki nozik ma'no yoki hikmat bor. U kishining bayon tarzi u yerga toʻliq muvofiq. Lekin u nozik tomonni olimlar ham birdan tushunmaganini e'tirof qilganlar. Shuning uchun Badiuzzamonning asarlaridagi xususiyat va nozik tomonlarni Risola-i Nur bilan mashgʻul boʻlmaganlar birdan anglay olmaydi.
Buyuk shoirimiz, adabiyotimizning iftixori marhum Mahmud Akif bir adiblar majlisida: "Viktor Hugolar, Shekspirlar, Dekardlar adabiyotda va falsafada Badiuzzamonning bir talabasi boʻla oladi", degan.
Adib va shoirlar zavol va firoqdan yigʻlaydi, oʻlimdan dod-faryod qiladi. Kuz mavsumini xuzn bilan tasvir qiladi. Hatto mashhur arab adiblari "Agar firoq boʻlmasa edi, oʻlim ruhlarimizni olishga yoʻl topib kela olmas edi" ma'nosida
deyishgan.
Badiuzzamon esa, "Koinotdagi zavol, firoq va yoʻqlik zohiriydir. Haqiqatda esa firoq yoʻq, visol bor. Zavol va yoʻq boʻlish yoʻq, yangilanish bor. Koinotda hamma narsa bir navʻ baqoga sazovor. Oʻlim bu foniy olamdan boqiy olamga ketishdir. Oʻlim hidoyat va Qur'on ahli uchun boshqa olamga ketgan eski doʻst va ahboblariga qovushishga sabab. Yana haqiqiy vatanlariga kirishga vositadir. Dunyo zindonidan jannatlar boʻstoniga bir taklifdir. Rahmoni Rahiymning fazlidan oʻz xizmati evaziga haq olish navbatidir. Hayot vazifasi qiyinchiligidan bir nafaqaga chiqish. Qullik va imtihonning ta'lim va buyruqlaridan erkinlikdir. Azroil Alayhissalom bugun kelsa, xush kelding, safo kelding deb kulib kutib olaman", deydi.
Badiuzzamon insonni Risola-i Nur orqali safohat-kayf safoga mukkadan ketishdan va zalolatdan qutqarib, qoʻrquv va daxshatga tushirish uslubini qoʻllamaydi. Xarom lazzat ichida yuz azobni koʻrsatib, hisni magʻlub qiladi. Qalb va ruhni hissiyotga magʻlub boʻlishdan muhofaza qiladi. Risola-i Nurda taqqsolashlar orqali kufr va zalolatda, Jahannam zaqqumi urugʻi borligini, dunyoda ham Jahannam azoblari urugʻi borligini, iymonda, Islomiyat va ibodatda Jannat urugʻi borligi, shirin lazzat, zavq va Jannat mevalari borligini, dunyoda ham bir navʻ mukofotga noil qilishini isbotlaydi.
Risola-i Nur nifoq va boʻlinish, ayrilish, fitna va fasodni ketkazib, qardoshlikni, diniy birodarlikni, birdamlik va oʻzaro yordamlashishni oʻrnatadi. Risola-i Nur yoʻlininig bir asosi shudir. Risola-i Nur gʻurur, kibr, xudbinlik va xorlik kabi xunuk axloqdan qutqarib, tavozu', kamtarlik, izzat va viqor kabi goʻzal axloqlarga sohib qiladi.
Risola-i Nur inson odamgarchilikdan chiqmagan insonga ojizlik va faqirligini tushuntiradi. Badiuzzamon: "Inson ojizlik va faqirligini tuhsunish orqali toʻliq Musulmon va qul boʻladi", deydi.
Dinsizlarni magʻlub qilish uchun, yangi taʻlimni ham olaylik deganlar yoki olganlar, Nur risolalarini bardavom va sabot bilan mutolaʻa qilib, maqsadiga yetishgan. Yagona chora ham bu. Shunday qilib, maktab ma'lumotlari ham Ilohiy ilmlarga aylanadi.
Ey, ming yilda beri Islomiyatning bayroqdorligini qilgan millatning avlodlari, jangavor ruhli qardoshlarim! Bu davr va kelajak asrlarning Musulmonlari va bizlar:
tahqiqiy iymon darslari orqali iymon martabalarida taraqqiy ettiradigan va yuksaltiradigan,
qoʻrqoq emas, bil'aks Risola-i Nur talabalari kabi jasur, qahramon, faol va solih amal sohibi, dindor, taqvodor,
shu bilan birga, shaxsiy tinchligi va manfaatlarini iymon va Islomiyatning qutulishi yoʻlida fido qilgan,
fidoiy va mujohid Musulmonlar yetishtiradigan, "menga nima" degan zaxardan qutqaradigan,
bosimlar, iskanjalar va oʻlim ehtimollari oldida tahqiqiy iymon quvvatidan kelgan jasorat bilan Qur'on va Islomiyat jabhasidan aslo chekilmagan,
"Oʻlsam shahidman, qolsam Qur'onning xizmatkoriman" degan,
qoʻrqoqlik holiga tushmagan sodiq va ixlosli,
faqat Alloh roziligi uchun xizmat qilgan Nur talabalari kabi Islomiyat xodimlari yetishtiradigan,
shunday muhtaram Musulmonlar yuzaga keltiradigan Qur'oni Azimushshonning tafsiri boʻlgan shunday rahbarga muhtojmiz.
Bu asrga:
Risola-i Nur kabi aql, fikr va mantiqni ishlatadigan,
ruh va qalb va vijdonni nurlantiradigan,
Musulmonlarni, insoniyatni uygʻotadigan, ogohlantiradigan, gʻaflatdan qutqaradigan,
Siroti Mustaqim boʻlgan Qur'on yoʻlini koʻrsatadigan,
Sunnati Saniyaga va Islom shiorlariga muxolif ishlar va qilingan narsalarni farq ettirib,
Paygʻambarimiz sunnatlariga ittiboni dars beradigan va tiriltirish gʻayratini uygʻotadigan shunday Qur'on tafsiri lozim va shart.
Risola-i Nurning shunday xususiyatlarni ichiga olgan Qur'on tafsiri ekanini - oʻttiz yildan beri borligi va haqiqat ahlining tasdigʻi bilan aniqlangan. Shafqatsiz din dushmanlarining rejalari bilan mahkamalarga chiqarilgan Risola-i Nur talabalarining mudofaalari va ularning Islomiyatga xizmatlari asnosida yashirin Islomiyat dushmani, insofsiz, jabbor zolimlarning hiylalari bilan uchragan qiynoqlardan qoʻrqmaslik, oʻzini oʻylamasdan, ya'ni shaxsiy tinchligini Islomning rohati va saodati uchun fido qilib, siddiqiyat bilan metin turishlari va ashaddiy zulmga tayanishlari oshkora dalil tashkil etmoqda.
Ha, yigirma besh yildan beri Risola-i Nur orqali iymon xizmatiga butun borligʻini vaqf qilgan va hozirgacha "ayyor din dushmanlarining" koʻp marta tajovuz, hujum va tintuvlarga uchrasada, yigirma besh yildan beri yakkalantirilib Risola-i Nurning noshirligini qilgan Nur qahramonlari akalarimiz bizlarga alohida alohida ergashish namunasi boʻlgan iymon va Islomiyat fidoiylaridir.
Biz Musulmonlar shunday Qur'on tafsiri qidirayotgan, shunday bir hidoyatchini kutayotgan edik. U ixlosli Nur talabalari, "Janobi Haq Hofizdir. Men uning inoyati va himoyasi ostidaman. Boshimga nima kelsa ham xayr-yaxshilikdir", deb iymon keltirib, amal qiladi. Iymon xizmatini bajarishadi. Din dushmanlariga ushlanmaslik va jonlaridan qiymatli ekaniga ishongan Nur Risolalarini ularga oldirmaslik uchun ehtiyot qiladilar. Shaxslariga keladigan zararlarni e'tiborga olmasdan xizmat qilishda davom etadilar. Hibsga, zindonga tashlanib, qiynoqqa solingan vaqtda, ustozlari Badiuzzamon bilan aloqadorlar. Agar yashirin imkon topishsa, yana Risola-i Nur bilan mashgʻul boʻladilar. Hatto "Balki qamoqqa tashlanarman, Nur Risolalarimni bermaydilar, dars qilishdan mahrum qolaman" deb, ba'zi Nurlarni yod olgan talabalar ham kuzatilgan.
Muxlis Nur talabasi qamoqxonadan chiqarilgan vaqt, goʻyo xipchinli, qiynoqli, turli qiynoqli qamoqxona unga kuch, energiya manbaʻi boʻlgan, sadoqat va hushyorlik bilan Nur xizmatida yuritish uchun xipchin ta'siri qilgandek, ustoziga yanada ziyoda yaqinlashar va Nurlar bilan avvalgidan ham koʻproq mashgʻul boʻlar, tarqatishar edi.
Afyon hodisasida, Badiuzzamon qamoqdalik vaqti, muallim bir Nur talabasi, prokuraturada Risola-i Nur va Ustozi haqida qahramonlarcha javob bergani uchun prokuror gʻazablangan. "Hozir seni qamoqqa tiqaman", deb qoʻrqitgan. U Islom fidoiysi muallim javoban "Men tayyorman, darhol qamoqqa joʻnating", degan.
Yana Afyon mahkamasida bir Nur talabasi haqida sirtdan qamoqqa olish hukmi beriladi, lekin adliya uni topa olmaydi. U talaba bundan xabardor boʻladi. Boshqa Nur qardoshlari kabi, "Ustozim va qardoshlarim qamoqda ekan, tashqarida nima qilaman" deb, prokuraturaga taslim boʻladi, qamoqqa kiradi.
Ayni qamoqxonada bir Nur talabasini yanglishib ozod qilishadi. U esa "Ustozim va qardoshlarim hanuz qamoqda. Koʻchirishni tugatadigan yangi ta'lif etilgan Nur Risolalari bor" deb oʻylab qamoqxona mudiriga: "Men qirq kundan soʻng ozod qilinishim kerak. Jazo muddatim hali tugamadi", deydi. Hisoblab koʻrishsa haqiqatdan shunday chiqadi, takroran qamoqqa olishadi.
Diniy muhofaza fazilatiga loyiq, tushunadigan doʻstlarim!
Said Nursiy oʻz haqida berilgan bunday bir ma'lumotni koʻrsa, "Nima uchun bunday qilishyapti? Shaxsimning ahamiyati yoʻq. Qiymat, Qur'ondan chiqqan va Qur'oni Hakimga tegishli Risola-i Nurdadir. Men bir hechman", deydi.
Ustozning shaxsi Qur'oniy haqiqatlarga sazovor va oyna boʻlgan. Nurlar e'tibori bilan va tarqatgan iymon va Islomiyat darslari bilan, tom ixlos bilan, umumiy va kulliy tarzda Qur'onga va dinga xizmat qilishi orqali, u zot haqidagi taqdir va tahsinlar, harfiy ma'no bilan shaxsiga qabul qilmaydilar. Ular Qur'on va Islomiyatga tegishli. Allohning nomi va hisobigadir. Din dushmanlari tomonidan unga qilingan dushmanlik va hujumlar maqsad Badiuzzamon xodimligini qilgan Qur'on va Islomiyatning yoʻqotilishiga maxsus edi. Chunki Qur'on va iymon haqiqatlarini jamlagan jahonshumul Risola-i Nur asarlari unga ehson etilgan.
Bu yaqqol haqiqatni bilgan niqobli, yashirin va munofiq iymon va Islomiyatga qarshi chiqqanlar va dushmanlari yarim asrga yaqin Badiuzzamonning oʻbroʻsizlantira olmagan shaxsini yolgʻon va shovqinlar bialn hanuz hurmatdaan tushirishga urinmoqda. Maqsad Risola-i Nur ragʻbat koʻrib va rivoj topib tarqalmasin, iymon va Islomiyat taraqqiy etmasin. Xolbuki Said Nursiyga tekkan sayin Risola-i Nur porlamoqda. Tarqalish doirasi kengaymoqda. Alohida namuna boʻlgan yigirma besh yil ichidagi hodisalar maʻlum.
Islomiyat dushmanlari bir tarafdan batamom yolgʻon targʻibot va hujum qilishda davom etarkan, boshqa tomondan Nur talabalarining ustozlari va Risola-i Nur haqida iste'dodi nisbatida, foyda va fayz olishadi. Bundan tugʻilgan tashakkur va shukronlarini ifodalagan maqtovli maktub va soʻzlardan tarkib topgan mudofaalarini pardalar orqasidan manʻ qilishga urinishyapti. Buning uchun sofdil doʻstlarning doʻstlariga yoki doʻstlarga samimiy koʻrinib, "Haddan oshyapsiz" degan narsalar ayttirishadi. Bunday yashirin, ayyor, hiylali tuhmatlar bilan bizni qoʻrqitishga, choʻchitishga va jim qilishga urinmoqda.
Ajabo, din dushmanlari tuhmat va yolgʻonlardan iborat shovqinlar solib, biz haqiqatni aytib mudofaa qilishda jim turishimiz aql ishimi?! Ajabo, Islomiyat dushmanligi orqali Ustoz Badiuzzamon haqida zolimona va jabborona haqsizliklarni qilgan insofsiz targʻibotchilar yolgʻonlarini yoyarkan, biz Ustoz va Risola-i Nurning haqqoniyatini e'lon qilib, u ajib yolgʻonlarini natijasiz qoldirishga urinmasligimiz mumkinmi hech?! Ajabo, Qur'on va iymonning qon toʻkuvchi va mustabid zolim dushmanlari Qur'onni, Islomiyatni va dinni Risola-i Nur orqali mutlaq kufrga qarshi mudofaa va muhofaza xizmatini qilgan Badiuzzamonga qarshi doim uydirmalar bilan ovozini yuksaltirishi mumkinu, biz haq va haqiqatni bayon va e'lon etishda sukut saqlashimiz, jim boʻlishimiz yoki "Biroz jim boʻling" degan niqoblar bilan, pardalar orqasida faoliyat yuritayotgan yashirin dushmanlarga bir turdagi yordam yoki dastak berish, axmoqlik va soddalik boʻlmaydimi?! Aslo va hech qachon, qat'iyan va aslo jim boʻlmaymiz va jim qila olmaydilar ham. Toʻxtamaymiz va toʻxtata olmaydilar ham. Bu jon, bu qafasdan chiqqungacha, bu ruh bu jasaddan ayrilgunga qadar, bu nafas bu badandan ketgunga qadar Risola-i Nurni oʻqiymiz, nashr qilamiz. Risola-i Nurning haq haqiqat va ayni haq ekanini, Badiuzzamon Said Nursiyning qilingan ayblardan batamom pok va uzoq ekanini tuhmatchi va hiylachi, qonxoʻr din dushmanlariga javoban izhor va e'lon qilamiz.
Qiymatli Qardoshlarim! Islom tarixida oltin sahifalarda mavqe' tutgan buyuk va benazir zotlar yuzaga chiqqan. U mislsiz zotlarning tafsirlari va asarlari hech bir Ovrupalik faylasufning asari bilan taqqoslab boʻlmaydigan darajada tengsiz. Buyuk Islom mualliflari va Islom dohiylari xar qanday hukumatning yillarb ogʻir bir asirlik va qorongʻi istibdodi ostida kirmasdan, Qur'on va Islomiyatga loyigʻidek va xolis xizmat qilishgan. Tarixda oʻxshashi kuzatilmagan mutlaq istibdod va ashaddiy zulm ostida, daxshatli bir asirlikda tutilgan, oʻzini va asarlarini yoʻq qilishga uringan din dushmanlariga javoban, ma'naviy shaxs boʻlgan Badiuzzamon Said Nursiy, Rasuli Akram (Alayhissalotu Vassalam) Sarvarimizning sunnatiga toʻliq ittibo etib qilgan diniy buyuk jihodida bashariyat tarixida tenggi koʻrilmagan tarzda muvaffaq va muzaffar boʻlgan.
Badiuzzamon kabi,
bir yuz oʻttiz boʻlim iymoniy asarlarini shiddatli istibdod, tazyiqot va cheklovlar ostida yashirindan yashirin ta'lif qila olish,
quvvatli taqvo va qullikkka sohib boʻlish,
bular bilan birga, urush frontida fidoiy boʻlib koʻngillilari bilan jang qilish,
urush jabhasida, nishon oʻqlari qarshisida ham fursat topganda Qur'onning eng nozik hikmatlarini va gʻaroyib i'jozini bayon qilgan Qur'on tafsirini ta'lif qilish,
ayni paytda nafs mujodalasida ham gʻolib chiqib, nafsini dinga xizmatkor qilish,
hurriyati olib qoʻyilib, uzoq qishloqqa surgun qilinib, mutlaq yakkalanib, kuzatuv va xar turli azoblar ichiga qoʻyilgan,
Iknvizitsiya zulmlarini ham ancha ortda qoldirgan hukmron kuch tazyiqlari ostida qotil jonivorlarning oʻta vahshiy qiynoqlari ichida, (Sirran tanavvarot) siri bilan parda ostida Risola-i Nur asarlari kabi asarlar nashr qilish,
jahonning moddiy ma'naviy "Fotih"i boʻlgan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalmning sunnati saniyasining bir xizmatkori boʻlib,
bugun millionlarga yetgan jamoatni, Allohning yordami bilan, Qur'oni Hakimning katta yoʻlida sogʻ-salomat olib borish,
moʻ'minlar va bashariyatning faqat dunyolarini emas, abadiy saodatlarini ta'minlashga Risola-i Nur kabi asar orqali vosita boʻlish,
mazkur xususiyatlarning ma'naviy shaxsida toʻplanishi, Risola-i Nur muallifi Badiuzzamon Said Nursiy kabi tarixda qaysi bir zotga yana nasib boʻlgan, ajabo?!
Ha doʻstlarim! Risola-i Nur shunday bir haqiqat ziyosi, haqning burhoni va haqiqatning chirogʻini tarqatyapti va ikki jahonning saodatini ta'minlaydigan Qur'on va iymon haqiqatlarini dars beradi. U Allohning shunday lutfiki: Yigirma besh yildan beri bola-chaqa, yosh-qari, xotin-erkak, muallimi, faylasufi, talabasi, olimi, mutasavvifi kabi xar bir inson tabaqasi Nurning oshigʻi, Nurning parvonasi, Nurning koʻkragiga oʻzini otgan, Nurdan madad istashgan. Millionlab baxtiyor kishilardan tashkil topgan muazzam jamoat nur bilan nurlanib, nur orqali xalos boʻlgan.
Ha, doʻstlarim! Moʻ'jizalar xazinasi va eng buyuk moʻ'jiza boʻlgan Qur'oni Azimushshonning haqiqiy tafsiri boʻlgan Risola-i Nur shu qadar qiziq, shu qadar jozibador, shu qadar daxshatli va muazzam haqiqatlarni dars beradi va masalalarni isbotlaydiki, iymon va Islomiyatning qit'alar kengligida kengayishi va futuhotiga sabab boʻlmoqda va boʻladi.
Ha, Risola-i Nur qalblarga shu daraja ziyo va muhabbat, ruhlarga shu qadar joʻshinlik va hayajon bergan, aql va mantiqlarni shunday tarzda qondirgan va qalb ishonchi hosil qilganki, millionlab Nur talabalariga oʻzini koʻp martalab oʻqitgan, yozdirgan va bir umr boʻyi mutolaa ettirgan va yillardan beri xuddi oʻz-oʻzini nashr qilgan.
Aziz qardoshlarim! Ajnabiy qoʻli bilan idora qilingan dinsizlik komitetlari, Islomiyatni yoʻq qilish uchun, Islom yurtida, xususan Turkiyada shunday hiylalar bilan fitnalar, xoinlarcha nayranglar qilishgan, qonxoʻr va vahshiy zulmlar qilishgan, shaytoniy va nafratlanuvchi rejalar tatbiq qilishgan va aldovlar ishlatishgan, iblisona, yashirin dasturlar qoʻllab akani uka bilan urishtirgan, shunday yolgʻon va targʻibot va shovqinlar qilishgan, fitna-fasod va firqalanish urugʻlari sochishganki Islomning binosida chuqur yaralar ochgan va katta buzgʻunchiliklar qilgan.
Lekin bu musibatlar, Janobi Haqning yordami bilan, harakat va xizmat ettirilgan Badiuzzamon Said Nursiy kabi toʻliq ixlosni qozongan zot vositasida, Allohning rahmati bilan madad qilgan, shifo bergan, aytganini dunyoga qaul qildirgan va jahonshumul mohiyatga ega Risola-i Nur asarlarining yuzaga kelishiga sabab boʻlgan. Ayni paytda Musulmonlarni uygʻotgan. Ularni xalos, qutulish choralarini qidirishga chorlagan. Abadiy oxirat hayotlarini qutqarish uchun haqiqiy iymon darslarini olish, Allohga iltijo va amrlariga itoat qilish ehtiyojini qattiq his ettirgan. Bu xusudagi gʻaflat va nuqsonlarni musibatlar eslatmasini idrok ettirgan. Zotan insonlarning, moʻ'minlarning boshiga kelgan balo va musibatlarning hikmati bu.
Ha, u ajnabiylarning jonivorlar kabi qilgan muomala va zulmlari Islom dunyosida, hurriyat, istiqlol va Islom birligi jarayonini ham tezlashtirdi. Nihoyat, mustaqil Islom davlatlarining tashkil topishini keltirib chiqardi. Inshaallohu Taolo, Islom Birlashgan Davlatlari ham yuzaga keladi va Islomiyat dunyoga hokim va hukmron boʻladi. Allohning rahmatidan qattiq umid va niyoz qilamiz.
Xullas, Risola-i Nur muallifi Badiuzzamon Said Nursiy shunday Islom mujohidi, Risola-i Nur asarlari shunday xushyor totrttiruvchi, xaloskor, favqulotda, jahongir bir asarki: Dinga qarshi butun komitetlarning belini sindirgan, mazkur zararli va fasodchi faoliyatlarini samarasiz qoldirgan. Dinsizlik asoslarining poydevorlarini parcha-parcha qilgan. Ildizidan kesgan, parda ostida Islomiy va iymoniy futuhotni, qalbdan qalbga oʻtkazgan va Qur'oni Azimushshonning mutlaq hokimiyatiga zamin tayyorlagan.
Ha, Risola-i Nur buzgʻunchilikni Qur'onning olmos haqiqatlari va Qur'oni Karimdagi eng qisqa va eng mustaqim yoʻl bilan ta'mirlagan. Yaralarni Qur'oni Hakimning eng buyuk dorixonasidagi darmonlar bilan davolayapti va davolaydi.
Ma'sum musulmonlarning qonini ichgan va boyligini, qotgan millat qoni hisoblangan, parazit, yuvindixoʻr va och koʻz jonvor va varvar imperiyalistlar, mustamlakachilar va ularning ichimizdagi, faqat shaxsiy manfaat tutquni, zolim, qonxoʻr, xirsli va mustabid xizmatkorlarini haq bilan yakson qilib yoʻq qiladigan, mutlaq choʻktirib magʻlub qilgan va qiladigan yagona chora - Qur'oni Moʻ'jizul Bayonning bu asrda ma'naviy moʻ'jizasi boʻlgan Risola-i Nur asarlari ekaniga, basiratli Islom mujohidlari va olimlari, ijroot va mushohadotga tayanib, tajriba orqali bir ovozdan qat'iy xulosa qilishgan.
Insoniyat tarixi Risola-i Nur kabi bir asar koʻrsata olmaydi. Demak, Risola-i Nur Qur'onning tengsiz bir tafsiri ekani anglashilyapti.
Badiuzzamon Said Nursiyga faqat Islom olami emas, Nasroniy dunyosi ham qarzdor va minnatdor. Dinsizlikka qarshi umumiy jihodida erishgan muvaffaqiyat va gʻolibligi sababli Rim Popi ham u kishiga rasman tabrik va tashakkurnoma yozgan.
Hozir Risola-i Nur Kulliyotidan iymon, Qur'on va Hazrati Paygʻambar (Alayhissalotu Vassalam) Sarvarimiz haqidagi asarlardan ba'zi qismlarni aynan oʻqiyman. Siz bu asarlarni qoʻlga kiritib toʻliq oʻqishingiz mumkin. Oʻqir ekan, balki izoh qilishini istagan qardoshlarimiz topilar. Bu xususda arz etaylikki, ustozimiz Badiuzzamon bir Nur talabasiga Risola-i Nurdan ba'zan oʻqib berish lutfini baxsh etarkan izoh etmaydi, aytadiki: "Risola-i Nur iymoniy masalalarni kerakli darajada izohlaydi. Risola-i Nurning domlasi Risola-i Nurdir. Risola-i Nur boshqalardan dars olishga ehtiyoj qoldirmaydi. Xar kim iste'dodi nisbatida foydalanadi. Aqlingiz xar bir masalani toʻliq anglamasa ham, ruh, qalb va vijdoningiz hissasini oladi. Naqadar foyda olsangiz, shunchalik katta daromad oladi".
Oʻqilgan Turkcha yoki Arabcha risolaning izohi boshqa risolada boʻlsa, uni keltirib oʻqiydi. Risola-i Nurdagi oʻta nozik nuktalarni tushungan basiratli olimlar aytishadiki: Bir olimning yuksak ilmi boʻlishi mumkin, lekin Risola-i Nurni jamoatga oʻqiganda tafsilotga kirishib eski ma'lumotlari bilan tushuntirsa, bu izohlar Risola-i Nurning bayon qilgan asrimiz dunyoqarashiga mos va ehtiyojiga toʻliq javob beradigan haqiqatlar tushunilishida, ta'sir qilishida va Risola-i Nurning mohiyatining anglashilishiga parda boʻlishi mumkin. Shuning uchun ba'zi lugʻatlarning ma'nolarini aytib aynan oʻqish ta'sirliroq va afzalroq boʻladi.
Istanbul Universitetidagi qardoshlarimiz ham shunday oʻqiydilar. Biz ham xulosa qilib aytamiz: Risola-i Nur gʻoyat fasohatli va qisqa. Soʻzning qiymati ijozida, qisqaligida. Bir iymon va Qur'on masalasi boshqalarga dars berilganda, qisqa ravishda dars berilsa yanada koʻproq fayz va foyda olinadi.
Ey Ustoz Hazratimiz! Butun qadr biladigan insonlar Risola-i Nurni va sizni abadiyan hurmat va ehtirom etadi. Tahqiqiy iymon darslari orqali iymonimizni qutqargan jahon bahosida va jahon qiymatida boʻlgan Risola-i Nurni butun ruhu jonimiz bilan, butun borligimiz bilan sevamiz va hurmat qilamiz. Bu ishq va bu muhabbat, ta'zim va hurmat nasldan naslga, asrdan asrga, davrdan davrga ulashadi.
Risola-i Nurdagi Qur'on haqiqatlari shunday kuchki, bu qudrat oldida mutlaq kufr va dinsizlikning asoslari tor-mor boʻladi, choʻkish chuqurlariga dumalab halok boʻladi. Ortda qolganlar iymon va Qur'on nuri bilan qutuladi va najot topadi.
Ha, togʻlarni, toshlarni paxta kabi tarqatadigan, temir va granitlarni yogʻdek eritadigan Qur'on quvvati dunyoni nur va saodatga gʻarq qiladi. Qur'on Nuri iymonlarning qutulishida dunyoga hokim va hukmron boʻladi.
Ismi A'zamning haqqi, Qur'oni Moʻ'jizul Bayonning hurmati uchun va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning sharafiga bu majmuani bostirganlarni va muborak yordamchilarini Jannatul Firdavsda abadiy saodatga sazovor ayla, Omin. Iymon va Qur'on xizmatida doim muvaffaq ayla, Omin. Hasanot daftarlariga Soʻzlar Majmuasining xar bir harfi evaziga ming hasana yozdir, Omin. Nurlarni tarqatishda sabot, bardavomlik va ixlos ehson ayla, Omin.
Yo Arhamurrohimiyn! Barcha Risola-i Nur Shogirdlarini ikki jahonda mas'ud ayla, Omin. Insoniy va jin shaytonlarning yomonliklaridan muhofaza ayla, Omin. Bu ojiz va bechora Saidning kamchiliklarini afv ayla, Omin...