So'zlar
— 775 —

Mundarija

Qur'on oyatlarining bir navʻ tafsiri boʻlgan Risola-i Nur boʻlimlaridan "Soʻzlar Majmuasi"ning qisqacha mundarijasi.
BIRINCHI SOʻZ:

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ ning koʻp muhim sirlaridan bir sirini goʻzal misol orqali tafsir qiladi. "Bismilloh"ning naqadar qiymatli Islom shiori ekanini koʻrsatadi.

OʻN TOʻRTINCHI YOGʻDUNING IKKINCHI MAQOMI:

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ ning eng muhim besh-olti sirlarini tafsir qiladi. Va

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ Qur'onning xulosasi, mundarijasi va kaliti ekanini koʻrsatgani kabi, arshdan yergacha uzangan bir nuroniy muqaddas tarmoq boʻlishi bilan birga abadiy saodat eshigini ochgan kalit, xar bir muborak narsaga fayz va barakot bergan nur manbaʻi ekanini bayon qiladi. Ushbu Ikkinchi Maqom eng birinchi risola boʻlgan Birinchi Soʻzga qaraydi. Xuddi Risola-i Nur boʻlimlari doira hisoblanib, tugashi boshlangʻichiga muborak بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ tarmogʻi bilan birlashadi. Bu maqomda olti sir oʻrniga oʻttizta yozilishi kerak edi. Hozircha oltita qoldi. Qisqa, lekin oʻta buyuk haqiqatlarni ichiga oladi. Buni diqqat ila oʻqigan kishi

— 776 —

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ ning naqadar qiymatli muqaddas xazina ekanini anglaydi.

IKKINCHI SOʻZ:

اَلَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِالْغَيْبِ ma'nosida va iymon haqidagi oyatlarning muhim sirini aql qabul qiladigan misol orqali tafsir qiladi.

UCHINCHI SOʻZ:

يَآ اَيُّهَا النَّاسُ اعْیبُدُوا oyatining ma'nosida va iymon haqidagi oyatlarning muhim bir haqiqatini mantiqiy misol bilan tafsir qiladi.

TOʻRTINCHI SOʻZ:
﴿ اِنَّ الصّلَوةَ كَانَتْ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ كِتَابًا مَوْقُوتًا ﴾

oyatining ma'nosida va namoz haqidagi oyatlarning muhim sirini aql qabul qiladigan va mantiqiy misol orqali tafsir qiladi. Zarra miqdor insofi boʻlgan kishini taslim boʻlishga majbur qiladi.

BESHINCHI SOʻZ:
﴿ اِنَّ اللهَ مَعَ الَّذِينَ اتَّقَوْا وَالَّذِينَ هُمْ مُحْسِنُونَ ﴾

oyatining ma'nosida, taqvo va qullik haqidagi oyatlarning, qullik vazifasi va taqvoning muhim sirini oʻta goʻzal misol bilan tafsir qiladi. Bu tafsir xar kimga yoqadi.

OLTINCHI SOʻZ:
— 777 —
﴿ اِنَّ اللّهَ اشْتَرَى مِنَ الْمُؤْمِنِينَ اَنْفُسَهُمْ وَاَمْوَالَهُمْ بِاَنَّ لَهُمُ الْجَنَّةَ ﴾

oyatining ma'nosida, nafs va molini Janobi Haqqa sotish haqidagi oyatlarning oʻta muhim bir sirini tafsir qilish bilan birga, nafs va molini Janobi Haqqa sotganlarning besh daraja foyda ichida foyda olishi, sotmaganlarning besh daraja zarar ustiga zarar koʻrishini oʻta qoniqtiradigan misol orqali tafsir qiladi. Haqiqatga qarshi muhim eshik ochadi.

YETTINCHI SOʻZ:
﴿ يُؤْمِنُونَ بِاللّهِ وَ الْيَوْمِ الْآخِرِ ٭ اِنَّ وَعْدَ اللّهِ حَقٌّ فَلَا تَغُرَّنَّكُمُ الْحَيَوةُ الدُّنْيَا وَلَا يَغُرَّنَّكُمْ بِاللّهِ الْغَرُورُ ﴾

oyatining ma'nosida "Allohga va oxirat kuniga iymon" va dunyoviy hayot haqidagi oyatlarning muhim sirini aql qabul qiladigan misol orqali tafsir qilib, gʻaflatdagilar haqida dunyoning naqadar daxshatli, oʻlim va ajal qanchalik mudxishligi, ojizlik va faqirlik qanchalik azobli boʻlganini va hidoyat ahli haqida dunyo hayotining asl mohiyati naqadar chiroyli, qabr, ajal, ojizlik va faqirlik qanday saodat vositasi boʻlganini oʻta qat'iy tarzda isbotlaydi. Ikki dunyo saodatiga olib brogan yoʻlni koʻrsatadi.

SAKKIZINCHI SOʻZ:
﴿ اَللهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ الْحَىُّ الْقَيُّومُ ﴾

va

﴿ اِنَّ الدِّينَ عِنْدَ اللهِ الْاِسْلَام ﴾

oyatlarining ma'nosida (Suhufi Ibrohimda asli boʻlgan) dunyoning mohiyati, dunyoda inson mohiyati, insonda din mohiyati haqidagi oyatlarning muhim sirini goʻzal va porloq misol bilan tafsir qilib, dunyoning mohiyatini, dunyodagi inson ruhi va insondagi dinning qiymatini koʻrsatish bilan birga, dinsiz inson eng badbaxt maxluq ekanini isbotlab, olamning tilsimini ochgan, bashar ruhini zulmatdan qutqarish choralarini koʻrsatib, oʻta latif va goʻzal qiyos bilan, fosiq badbaxt odamning daxshatli holatini, solih baxtiyor odamning saodatli holatini koʻrsatadi.

— 778 —
TOʻQQIZINCHI SOʻZ:
﴿ فَسُبْحَانَ اللّهِ حِينَ تُمْسُونَ وَحِينَ تُصْبِحُونَ وَلَهُ الْحَمْدُ فِى السَّموَاتِ وَالْاَرْضِ وَعَشِيًّا وَحِينَ تُظْهِرُونَ ﴾

oyatining ma'nosida besh vaqt namoz haqidagi oyatning oʻta muhim sirini "Besh Hikmat" orqali tafsir qilib, ma'lum boʻlgan besh vaqt namozning oʻz vaqtlariga xos qilishning hikmatini shu qadar chiroyli va shirin bir tarzda bayon etadiki: Zarra miqdor idroki boʻlgan inson bu jozibador hikmat va porloq haqiqatga qarshi taslimga majbur boʻladi. Va inson jasadi havoga, suvga, ozuqaga muhtoj boʻlgani kabi, inson ruhi ham namozga muhtoj ekanini oʻta qat'iy suratda bayon qiladi.

OʻNINCHI SOʻZ:
﴿ فَانْظُرْ اِلَى آثَارِ رَحْمَتِ اللّهِ كَيْفَ يُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا اِنَّ ذلِكَ لَمُحْيِى الْمَوْتَى وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ ﴾

oyatining ma'nosida, Hashr va Oxirat haqidagi oyatlarning muhim bir haqiqatini oʻn ikki mantiqiy va aql qabul qiladigan misol surati orqali, oʻn ikki qat'iy ochiq haqiqatlar bilan tafsir qilib, oxiratga iymonni shu qadar kuchli isbotlaydiki: Qalbi batamom oʻlmagan va aqli toʻliq soʻnmagan inson u isbotga qarshi taslim boʻladi. Allohning izni bialn iymonga keladi. Iymonga kelmasa ham inkordan voz kechishga majbur boʻladi.

OʻN BIRINCHI SOʻZ:
﴿ وَالشَّمْسِ وَضُحَيهَا ٭ وَالْقَمَرِ اِذَا تَلَيهَا ٭ وَالنَّهَارِ اِذَا جَلَّيهَا ٭ وَ الَّيْلِ اِذَا يَغْشَيهَا ٭ وَ السَّمَاءِ وَمَا بَنَيهَا ٭ وَ الْاَرْضِ وَمَا طَحَيهَا ٭ وَ نَفْسٍ وَمَا سَوَّيهَا ٭ فَاَلْهَمَهَا فُجُورَهَا وَ تَقْوَيهَا ٭ قَدْ اَفْلَحَ مَنْ زَكَّيهَا ٭ وَ قَدْ خَابَ مَنْ دَسَّيهَا وَمَا خَلَقْتُ الْجِنَّ وَالْاِنْسَ اِلَّا لِيَعْبُدُونِ ﴾
— 779 —

oyatlarining yuksak va keng bir haqiqatini Shams Surasining moʻ'jizaviy ishora qilgani, koinotni intizomli saroy suratida koʻrsatganini yuksak va keng misol orqali tafsir qilib, inson mohiyatidagi qullik vazifalari, insoniy jihozlar va Ilohiy rububiyatning tajalliy turlariga inson qulligi bilan javob berishini shu qadar chiroylisuratda isbotlaydiki: Vashshams Surasining moʻ'jizali ishorasini gʻaroyib suratda va eng katta doirada buyuk rububiyatni mukammal qullik bilan solishtiradi.

OʻN IKKINCHI SOʻZ:
﴿ وَمَنْ يُؤْتَ الْحِكْمَةَ فَقَدْ اُوتِىَ خَيْرًا كَثِيرًا ٭ وَ بِالْحَقِّ اَنْزَلْنَاهُ وَ بِالْحَقِّ نَزَلَ ﴾

oyatlarining ma'nosida va Qur'on hikmatining fazilati haqida yuzlab oyatlarning muhim haqiqatini falsafa hikmati orqali Qur'on hikmatining qiyosi suratida oʻta porloq misol orqali tafsir qilib, Qur'onning bir moʻ'jizasi va i'jozini, uning oldida falsafa hikmatining ojizligini va sukutini gʻaroyib suratda isbotlaydi, koʻrlarga ham koʻrsatadi. Bu soʻz Oʻn Birinchi Soʻz kabi juda muhim. Barcha ularga muhtojdir.

OʻN UCHINCHI SOʻZ:

«Ikki Maqom» dir.

BIRINCHI MAQOM:
﴿ وَنُنَزِّلُ مِنَ الْقُرْاٰنِ مَا هُوَ شِفَآءٌ وَرَحْمَةٌ لِلْمُؤْمِنِينَ ﴾

oyati bilan,

﴿ ومَا عَلَّمْنَاهُ الشِّعْرَ وَمَا يَنْبَغِى لَهُ ﴾
— 780 —

oyatining ma'nosida va Qur'on hikmatining muqaddasligi, kengligi va she'rdan pokligi haqidagi oyatlarning muhim sirini tafsir qilib, Qur'oni Moʻ'jizul Bayonning yuksak moʻ'jizali hikmatini falsafaning past va tor hikmati bilan qiyoslaydi. Qur'on hikmatidagi koʻplik, kenglik, falsafaning esa faqirligi va qashshoqligini muxtasar bayon qilib, Qur'onning she'rdan pokligi va u darajaga tushmasligining sababi Qur'on haqiqatlarining yuksakligi va porloq ekanini koʻrsatadi. Va muhim misol orqali bir navʻ Qur'onning i'jozini bayon qiladi.

IKKINCHI MAQOM:

Yoshlarni zalolat va kayf-safo jarligiga tushishdan qutqargan va iymonda bu dunyoda ham haqiqiy jannat lazzati, zalolatda esa jahannamiy bir azob va qaygʻu borligini misollar bilan izoh va isbot qilgan bir darsdir.

IKKINCHI MAQOMNING IZOHI:

Mahbuslarga tasalli haqida toʻrt maktubdir.

IKKINCHI MAQOMNING ILOVASI:

Laylatul Qadrda eslatilgan muhim masala.

MEVA RISOLASIDAN OLTINCHI MASALA:
HUVA HIKMATI:
OʻN TOʻRTINCHI SOʻZ:

Tor aqllarga sigʻmagan yuksak va keng bir qancha Qur'on haqiqatlarini koʻzga koʻringan oʻxshatish va naziralari bilan tushunishga yaqinlashtiradi. Masalan:

﴿ خَلَقَ السَّموَاتِ وَالْاَرْضَ فِى سِتَّةِ اَيَّامٍ ٭ وَلَا رَطْبٍ وَلَا يَابِسٍ اِلَّا فِى كِتَابٍ مُبِينٍٍ ٭ وَ السَّموَاتُ مَطْوِيَّاتٌ بِيَمِينِهِ ٭ اِنَّمَا اَمْرُهُ اِذَا اَرَادَ شَيْئًا اَنْ يَقُولَ لَهُ كُنْ فَيَكُونُ ٭ وَمَا اَمْرُ السَّاعَةِ اِلَّا كَلَمْحِ الْبَصَرِ ﴾
— 781 —

oyatlarining oʻta yuksak va gʻoyat keng haqiqatlarini misol va oʻxshatish bilan aqlga qabul qildiradi va qalbni qondiradigan bir tarzda bayon etadi.

OʻN TOʻRTINCHI SOʻZNING XOTIMASI:

Gʻofil kallaga toʻqmoq va bir ibrat darsidir.

Oxirida nafsi ammoraga ta'sirli bir tanbeh ta'ziri bor. Nafsga asir boʻlgan kimsa uni oʻqisa va qabul qilsa, asirlikdan qutuladi.

OʻN TOʻRTINCHI SOʻZNING ILOVASI:

Zilzila haqida olti ahamiyatli savolga javob.

OʻN BESHINCHI SOʻZ:
﴿ وَلَقَدْ زَيَّنَّا السَّمَآءَ الدُّنْياَ بِمَصَابِيحَ وَجَعَلْناَهَا رُجوُماً لِلشَّياَطِينِ ﴾

oyatining ma'nosida va malaklar bilan shaytonlarning kurashi haqidagi oyatlarning astronomlarning tor aqllariga sigʻmagan muhim sirini "Yetti Zinapoya" nomi bilan yetti quvvatli hujjat va metin muqaddima orqali tafsir qiladi. Bu oyatning samosidan shaytoniy vahimalarni rajm qilib quvadi.

OʻN BESHINCHI SOʻZNING ILOVASI:

Qur'onning Kalomulloh va Hazrati Muhammad (S.A.V.) Allohning Rasuli ekanini ishontiruvchi dalillar orqali isbotlagan, munozara tarzida yozilgan balogʻatli bir risoladir.

OʻN OLTINCHI SOʻZ:
﴿ اِنَّمَا اَمْرُهُ اِذَا اَرَادَ شَيْئًا اَنْ يَقُولَ لَهُ كُنْ فَيَكُونُ ٭ فَسُبْحَانَ الَّذِى بِيَدِهِ مَلَكُوتُ كُلِّ شَيْءٍ وَاِلَيْهِ تُرْجَعُونَ ﴾

oyatlarining ma'nosidagi koʻp oyatlar ifodalagan: "Ahadiyati zotiyasi bilan faoliyatining umumiyligi, zotiy vahdati bilan yordamchisiz umumiy rububiyati va fardoniyati bilan sheriksiz qamrovli tasarruflari, makondan munazzahligi bilan hamma joyda hozir boʻlishi, nihoyatsiz yuksakligi bilan hamma narsaga yaqinligi, birgina zoti ahad boʻlishi bilan xar narsani shaxsan qoʻlida tutishi" haqidagi Qur'on oliy haqiqatlarini "Toʻrt Shuʻla" nomi bilan oʻta muhim sirini tafsir qiladi. Va u haqiqatlarni mustaqim aqllarga va salim qalblarga taslim ettiradi.

— 782 —
OʻN YETTINCHI SOʻZ:
﴿ اِنَّا جَعَلْنَا مَا عَلَى الْاَرْضِ زِينَةً لَهَا لنَبْلُوَهُمْ اَيُّهُمْ اَحْسَنُ عَمَلًا ٭ وَاِنَّا لَجَاعِلُونَ مَا عَلَيْهَا صَعِيدًا جُرُزًا ٭ وَمَا الْحَيَوةُ الدُّنْيَا اِلَّا لَعِبٌ وَلَهْوٌ ﴾

oyatlarining ma'nolarida: Hayot lazzati ichida oʻlim azobi, surur va visol ichida zavol alami haqidagi oyatlarning muhim sirini va Qahhor ismiga Rahmon ismining jilvasini oʻta goʻzal suratda koʻrsatib tafsir qiladi. Iymon ahli uchun dunyoning mohiyatini, sayyor bir tijorat joyi, vaqtinchalik musofirxona, bir necha kunlik bir namoyon boʻladigan joy, qisqa muddat ishlaydigan dastgoh, savdo uchun yoʻl ustida qurilgan bozor ekanini koʻrsatib, insonning dunyodan barzoh va oxirat tomon sayohatini sevdiradi va daxshatini ketkazadi. Bu soʻzning oxirida ba'zi nushalarda "Qora Tutning Mevasi" nomi bilan qiymatli, jozibali va she'r qiyofasida bir qancha haqiqat bor.

Qalbga Fors tilida kelgan munojot:
GʻAFLAT AHLI DUNYOSINING HAQIQATINI TASVIRLAGAN BIRINCHI LAVHA:
HIDOYAT VA HUZUR AHLINING DUNYOVIY HAQIQATLARIGA ISHORA QILGAN IKKINCHI LAVHA:
BARLA YAYLOVI, ARCHA, QATRON, ARDICH, QORAQOVOQNING BIR MEVASI:
YULDUZLARNI GAPIRTIRGAN YULDUZNOMA:
OʻN SAKKIZINCHI SOʻZ:
— 783 —

Bu soʻz, "Ikki Maqom"dan iborat.

Ikkinchi Maqomi Yozilmagan. Birinchi Maqomi Uch nuqtadan iborat.

Birinchisi:
﴿ لَا تَحْسَبَنَّ الَّذِينَ يَفْرَحوُنَ بِمَآ اَتَوْا وَيُحِبُّونَ اَنْ يُحْمَدُوا بِمَا لَمْ يَفْعَلُوا ﴾

oyatining faxrga maftun, shuxratga mubtalo, madhga tushkun, xudbin nafsi ammoraning boshiga tarbiya ta'zirini urgan bir sirini,

Ikkinchisi: اَحْسَنَ كُلَّ شَىْءٍ خَلَقَهُ ning xunu va odobga mavzuiga xilof koʻringan narsalarning goʻzal jihatlarini koʻrsatgan sirini,

Uchinchisi:
﴿ اِنْ كُنْتُمْ تُحِبُّونَ اللهَ فَاتَّبِعُونِى يُحْبِبْكُمُ اللهُ ﴾

oyatining risolati Ahmadiyaga (S.A.V.) doir nozik lekin kuchli bir dalilini koʻrsatgan sirini tafsir qiladi.

OʻN TOʻQQIZINCHI SOʻZ:
﴿ يس وَالْقُرْآنِ الْحَكِيمِ اِنَّكَ لَمِنَ الْمُرْسَلِينَ ﴾

oyatining ma'nosidagi yuzlab oyatlarning eng muhim haqiqatlari boʻlgan risolati Ahmadiyani (S.A.V.) "Oʻn Toʻrt Tomchi" nomi bilan oʻn toʻrt qat'iy, porloq va kuchli burhonlar orqlai tafsir va isbot qiladi. Va eng qaysar dushmanni ham mot qialdi. Quyosh kabi risolati Ahmadiyani (S.A.V.) koʻrsatadi.

YIGIRMANCHI SOʻZ:

«Ikki Maqom» dir.

Birinchi Maqomi: Baqara Surasining boshida: Hazrati Odamga farishtalarning sajda qilishi, sigirning soʻyilishi, toshlardan suv chiqishi haqidagi uch muhim oyatlarga qarshi shaytonning oʻta daxshatli uch shubhasini shunday bir tarzda rad qilib yoʻq etadiki: Shaytonni va shayton kabi insonlarni bunday vasvasalardan abgor qilib voz kechiradi. Chunki ular tanqid va e'tirozlari orqali i'joz yogʻdularining eshigini ochiradi. U uch oyatdan uch i'joz yogʻdusi koʻrindi.

— 784 —

Ikkinchi Maqomi: Moʻ'jizoti Anbiyo (Alayhimussalom) yuzida porlagan bir Qur'on moʻ'jizasini koʻrsatib, moʻ'jizoti Anbiyoga doir Qur'on oyatlarining naqadar ma'noli va hikmatli ekanini koʻrsatadi. Va Qur'onda yopiq qolgan koʻp xazinalar borligini eslatadi.

YIGIRMA BIRINCHI SOʻZ:

Ikki Maqomdir.

Birinchi Maqomi: Namozning qiymatini va foydasini shu qadar chiroyli bir tarzda koʻrsatadiki, eng dangasa va eng fosiq odamga ham namozga bir ishtiyoq uygʻotadi va gʻayratga keltiradi.

Ikkinchi Maqomi: Shaytonning koʻp iste'mol qilgan muhim vasvasalarini yoʻq qiladi. Va vasvasasi bilan moʻ'minlarning qalbida ochgan yaralarning beshtasiga goʻzal malhamlar tarif etadi.

YIGIRMA IKKINCHI SOʻZ:
﴿ فَاعْلَمْ اَنَّهُ لَا اِلهَ اِلَّا اللّهُ ٭ اَللّهُ خَالِقُ كُلِّ شَيْءٍ ﴾

ma'nosida va haqiqiy tavhid haqidagi yuzlab oyatlarning muhim haqiqatini "Ikki Maqom" orqali tafsir qiladi.

Birinchi Maqom: Oʻta chiroyli, porloq va kuchli misoliy hikoya orqali oʻn ikki zinapoya hukmida "Oʻn Ikki Burhon" bilan Allohning vahdoniyatini shu qadar qat'iy suratda isbotlaydikki: Eng qaysar mushriklarni ham tavhidga majbur etadi. Oson lekin kuchli va sodda faqat porloq suratda Vojibul Vujudning borligini, vahdatini va ahadiyatini butun Sifat va Ismlari bilan isbotlaydi.

Ikkinchi Maqom esa: Tavhid haqiqatini va haqiqiy tavhidni "Oʻn Ikki Yogʻdu" nomi bilan misoliy hikoyaning pardasi ostida oʻn ikki ochiq burhon bilan Allohning vahdoniyatini isbotlaydi. Jaloliy, jamoliy va kamoliy vasflarini vahdoniyat ichida isbotlaydi. Yogʻdulardagi dalillar shu qadar qat'iyki, hech qanday shubhaga joy qolmaydi. Shu qadar umumiyki, ma'rifatullohga mavjudot adadicha, balki zarralar sanogʻicha derazalar ochadi. Shu bilan Vojibul Vujudning vujudini barcha Sifat va Ismlari bilan eng qaysar kimsalarga ham isbotlaydi.

— 785 —
YIGIRMA UCHINCHI SOʻZ:
﴿ لَقَدْ خَلَقْنَا الْاِنْسَانَ فِى اَحْسَنِ تَقْوِيمٍ ثُمَّ رَدَدْنَاهُ اَسْفَلَ سَافِلِينَ اِلَّا الَّذِينَ آمَنُوا وَ عَمِلُوا الصَّالِحَاتِ ﴾

oyatlarining ma'nosidagi koʻp oyatlarning iymonga doir va insonning taraqqiyot va tubanlashishiga sabab boʻlgan haqiqatlarini "Besh Nuqta" bilan, "Besh Nukta" ichida barchaga taalluqli, xar kim unga muhtoj boʻlgan oʻn qism bilan katta sirni tafsir qialdi. Insoniy iste'dodlar bilan insoniy vazifalarni aql qabul qiladigan va maqbul suratda bayon qiladi.

Bu soʻz hozirgacha minglab insonni gʻaflat uyqusidan qutqargani kabi, koʻplarni ham iymonga keltirgan. Oʻta qiymatli va yuksak boʻlishi bilan birga, misollar orqali tushunishni osonlashtirilgani uchun hamma uning tilini anglaydi.

YIGIRMA TOʻRTINCHI SOʻZ:
﴿ اَللهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ لَهُ الْاَسْمَآءُ الْحُسْنٰى ﴾

oyatining ma'nosida va Asmoi Husnaning jilvalari haqidagi koʻp oyatlarning muazzam haqiqatini besh shox nomi bilan katta mavzular bilan tafsir qiladi. Birinchi va Ikkinchi Shoxlari muhim sirlarning muxtasar xazinasidir. Uchinchi Shox, hadislarga qilingan shubhalarni oʻn ikki qoida bilan rad qiladi. Vahimalarning asoslarini kesadi. Toʻrtinchi Shox koinot saroyida xizmat qildirilgan nabotot, hayvonot, inson va farishtalar toifasining xizmat qildirilish sirini, goʻzal qullik vazifasi, tasbehlarini va Alloh rububiyatining hashamatini jozibali tarzda bayon etadi. Beshinchi Shox

﴿ اَللهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ لَهُ الْاَسْمَآءُ الْحُسْنٰى ﴾

oyatining nuroniy daraxtining hadsiz mevalaridan besh mevasini oʻta porloq va goʻzal suratda koʻrsatadi. Bu besh meva va Oʻttiz Birinchi Soʻzning oxiridagi besh meva juda shirin. Shirin ilm istaganlar ularni olsin, oʻqisin.

— 786 —
YIGIRMA BESHINCHI SOʻZ:
﴿ قُلْ لَئِنِ اجْتَمَعَتِ الْاِنْسُ وَالْجِنُّ عَلَى اَنْ يَاْتُوا بِمِثْلِ هذَا اْلقُرْآنِ لَا يَاْتُونَ بِمِثْلِهِ وَلَوْ كَانَ بَعْضُهُمْ لِبَعْضٍ ظَهِيرًا ﴾

oyatining haqiqatini quvvatlagan yuzlab oyatlarning eng muhim haqiqati boʻlgan Qur'on i'jozini tafsir qiladi. Uch Shuʻla ichida qirq i'joz jihatlarini bayon va tafsir qiladi. Qur'on kalomulloh ekanini, kunduz ziyo quyoshning borligini koʻrsatgani kabi koʻrsatadi va isbotlaydi. Avvalgi yarmi garchi tez yoilgan boʻlsada, qalb istirohati bilan yozilgani uchun izohli. Ikkinchi yarmi ba'zi muhim sabablarga binoan muxtasar va qisqa qolgan. Lekin shu bilan birga xar toifaga koʻra (nima fikrda boʻlsa ham) bu muborak Soʻz Qur'on i'jozini unga koʻrsatadi va isbotlaydi. Bu soʻz hozirgacha Qur'on i'joziga qarshi koʻp qaysarlarni bosh egdirib sajdaga keltirgan.

YIGIRMA OLTINCHI SOʻZ:
﴿ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلَّا عِنْدَنَا خَزَائِنُهُ وَمَا نُنَزِّلُهُ اِلَّا بِقَدَرٍ مَعْلُومٍ ٭ وَ كُلَّ شَيْءٍ اَحْصَيْنَاهُ فِى اِمَامٍ مُبِينٍ ﴾

ma'nosidagi oyatlarning qadar siriga oid, "Qadarga iymon", "Xoyrihi va sharrihi minallohi ta'ala"ning isbotiga asos boʻlgan muhim haqiqatini toʻrt boʻlim orqali shunday bir suratda tafsir qiladiki: Xoslarning fikri yetmagan qadar sirlarini sodda avomlarning saviyasiga yaqinlashtirib tushuntiradi. Xotimasida eng qisqa, eng ishonchli va eng mustaqim yoʻlning asosini "Toʻrt Qadam" nomi orqali nafsni poklashning va ruh komillashishiga sabab boʻlgan toʻrt muhim dars beradi. Xotimaning xotimasida turli masalalardan olti masala borki, biri Fath Surasining oxiridagi oyatning bir i'joz sirini ochadi.

— 787 —
YIGIRMA YETTINCHI SOʻZ:
﴿ وَلَوْ رَدُّوهُ اِلَى الرَّسُولِ وَ اِلَى اُولِى الْاَمْرِ مِنْهُمْ لَعَلِمَهُ الَّذِينَ يَسْتَنْبِطُونَهُ مِنْهُمْ وَ لَوْلَا فَضْلُ اللّهِ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَتُهُ لَاتَّبَعْتُمُ الشَّيْطَانَ اِلَّا قَلِيلًا ﴾

oyatining ma'nosidagi oyatlarning ijtihodga doir muhim bir haqiqatini tafsir qiladi. Bu davrda haddidan oshib ijtihoddan dam urganlarning haddini bildirib, mazhablar farqliligining sirini goʻzal shaklda bayon qiladi. "Bu davrda eski zamon kabi ijtihod qila olamiz", deganlarning naqadar yanglish xato qilganini isbotlaydi. Bu soʻzning ilovasida tanlangan Sahobalarning avliyolardan yuksak boʻlgan martabalarini oʻta porloq suratda va qat'iy tarzda isbotlab, Sahobalarning bashariyat ichida Anbiyolardan soʻng eng mumtoz shaxsiyatlar ekanini va ularga yetishilmasligini qat'iy suratda isbotlaydi.

YIGIRMA SAKKIZINCHI SOʻZ:
﴿ وَبَشِّرِ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ اَنَّ لَهُمْ جَنَّاتٍ تَجْرِى مِنْ تَحْتِهَا الْاَنْهَارُ كُلَّمَا رُزِقُوا مِنْهَا مِنْ ثَمَرَةٍ رِزْقًا قَالُوا هذَا الَّذِى رُزِقْنَا مِنْ قَبْلُ وَاُتُوا بِهِ مُتَشَابِهًا وَلَهُمْ فِيهَا اَزْوَاجٌ مُطَهَّرَةٌ وَهُمْ فِيهَا خَالِدُونَ ﴾

oyatining Jannatga va abadiy saodatga doir haqiqatini quvvatlgan yuzlab oyatlarning muhim haqiqatini ikki maqom bilan tafsir qiladi. Birinchi Maqom: "Besh Savol va Javob" nomi bilan Jannatning jismoniy lazzatlariga va huriylar haqida tanqidga sabab boʻlgan masalalarni shunday goʻzal suratda bayon qiladiki, barchani qondiradi. Ikkinchi Maqom: Arab tilida boʻlib oʻn ikki "lasiyyama" kalimasi bilan boshlaydi, hashrga doir oʻta kuchli, qat'iy va hech bir jihatda tebranmas, Jannat va Jahannamning haqqoniyatiga sabab boʻlgan minglab burhonlarni ichiga olgan yaqqol burhon boʻlib, u Oʻninchi Soʻzning manbaʻi, asosi va xulosasidir.

— 788 —
YIGIRMA TOʻQQIZINCHI SOʻZ:
﴿ قُلِ الرُّوحُ مِنْ اَمْرِ رَبِّى ٭ وَ الْمُؤْمِنُونَ يُؤْمِنُونَ بِاللّهِ وَ مَلئِكَتِهِ ٭ وَ مَا اَمْرُ السَّاعَةِ اِلَّا كَلَمْحِ الْبَصَرِ اَوْ هُوَ اَقْرَبُ ٭ مَا خَلْقُكُمْ وَلَا بَعْثُكُمْ اِلَّا كَنَفْسٍ وَاحِدَةٍ ﴾

oyatlarining ma'nosidagi yuzlab oyatlarning hashr, ruhning boqiyligi va farishtalarga doir uch muhim haqiqatini tafsir qiladi. Ruhning boqiyligini shu qadar chiroyli isbotlaydiki: Jasadning vujudi kabi ruhning boqiyligini koʻrsatadi. Farishtalarning borligini Amerikada odamlarning borligi kabi isbotlaydi. Hashr va Qiyomatning borligi va amalga oshishini shu qadar mantiqiy va aqliy bir suratda isbotlaydiki: Hech qanday faylasuf, hech bir inkorchi e'tirozga kuch topa olmaydi. Taslim boʻlmasa ham mot boʻladi. Xususan oxiridagi "Ramzli Nuktaning Siri" nomli buyuk Hashrni keltirib chiqargan sabablarini va hikmatlarini shunday tarzda bayon qiladiki, koinot tilsimining uch muammosidan birini oʻta porloq suratda hal qiladi.

{(Izoh) Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzning koʻz bilan koʻringan karomati bor. Jumladan, oʻn olti sahifasida ixtiyorsiz, sunʻiy harakatlarsiz xar sahifaning satrlari boshlarida oʻn olti alif kelishi. Bu uygʻunlikni koʻrishni istaganlar eski harfli nusxasiga murojaat qilsinlar.}

OʻTTIZINCHI SOʻZ:
﴿ قَدْ اَفْلَحَ مَنْ زَكَّيهَا وَ قَدْ خَابَ مَنْ دَسَّيهَا ٭ عَالِمِ الْغَيْبِ لَا يَعْزُبُ عَنْهُ مِثْقَالُ ذَرَّةٍ فِى السَّموَاتِ وَلَا فِى الْاَرْضِ وَلَا اَصْغَرُ مِنْ ذلِكَ وَلَا اَكْبَرُ اِلَّا فِى كِتَابٍ مُبِينٍ ﴾
— 789 —

oyatlarining inson anoniyati-menligi va zarralarning almashishi haqidagi haqiqatga doir oyatlarning ikki muhim sirini ikki maqsad orqali bayon qiladi. Birinchi Maqsad inson menligining ajib muammosini hal qilib diyonat silsilasi bilan falsafa silsilasining manbaʻlarini juda porloq tarzda koʻrsatadi. Ikkinchi Maqsad zarralar almashishining tilsimini kashf qiladi. Zarralarning harakatini shu daraja hikmatli va muntazam koʻrsatadiki: Barcha zarralar Sultoni Azaliyning muhtasham va muazzam qoʻshini, mute' va boʻysungan xodimlari ekanini qat'iy dalillar bilan isbotlaydi. Yigirma Toʻqqizinchi Soʻz koinot tilsimining uch muammosidan birisini kashf qilgani kabi, ushbu Oʻttizinchi Soʻz ham aqllarni hayratda qoldirgan va faylasuflarni telba qilgan tilsimning uch muammosidan ikkinchi muammosini hal qiladi. Xususan xotimasida: Yetti hikmat va yetti azim qonun bilan bir Ismi A'zamning tajalliyini koʻrsatish orqali zarralar almashishining hikmatini oʻta qat'iy va porloq suratda koʻrsatadi. Jonlli jismlarini zarralarning sayru-safariga musofirxona, qarorgoh va maktab hisobida koʻrsatadi, isbotlaydi.

OʻTTIZ BIRINCHI SOʻZ:
﴿ سُبْحَانَ الَّذِى اَسْرَى بِعَبْدِهِ لَيْلًا مِنَ الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ اِلَى الْمَسْجِدِ الْاَقْصَى الَّذِى ٭ وَ النَّجْمِ اِذَا هَوَى ﴾

oyatlarining haqiqatini quvvatlagan oyatlarning eng muhim haqiqati - Me'roji Ahmadiyani (S.A.V.), me'roj ichida kamoloti Muhammadiyani (S.A.V.), kamolot ichida risolati Ahmadiyani (S.A.V.), risolat ichida koʻp rububiyat sirlarini tafsir qiladi. Va qat'iy dalillar bilan isbot qiladigan risoladir. Turli tabaqa insonlardan bu risolani kim oʻqigan boʻlsa, oldida mahliyo boʻlib, aqldan uzoq me'roj masalasini eng zoxiriy, vojib va lozim tarzda koʻrsatganini qabul qiladi. Xususan me'roj nurli daraxtining oxirida besh yuz mevadan "Besh Meva"sini shu qadar goʻzal tasvirlaydiki, zarra miqdor zavqi, idroki boʻlgan kishi ularga maftun boʻladi.

— 790 —

Ilova: Oyning boʻlinidhi moʻ'jizasiga zamonaviy faylasuflar bildirgan e'tirozlarini "Besh Nuqta" orqali oʻta qat'iy suratda rad qilib, oyning boʻlinganiga hech qanday mone boʻlmaganini koʻrsatadi. Oxirida esa "besh ijmo'" bilan oy boʻlinishi sodir boʻlganini oʻta muxtasar suratda isbotlaydi. Oyning boʻlinishi moʻ'jiza-i Ahmadiyasini quyosh kabi koʻrsatadi.

OʻTTIZ IKKINCHI SOʻZ:

Uch Qismdir.

Birinchi Qism:
﴿ لَوْ كَانَ فِيهِمَا آلِهَةٌ اِلَّا اللّهُ لَفَسَدَتَا ﴾

oyatining ma'nosidagi yuzlab oyatlarning vahdoniyatga doir eng muhim haqiqatini shunday suratda isbotlaydiki, shirk va kufr yoʻlini ilojsiz va imkonsizligini koʻrsatadi. Koinotning atrofidan kufr va shirkni quvadi. Zarralar adadicha vahdoniyatning dalillari borligini bayon qiladi. Gʻoyat latif, yuksak va mantiqiy misollar bilan tushuntirib, hadsiz keng masalalarni misol ichida joylashtirib koʻsatadi. Ilovasida bir qancha oʻta latif masala borki, haqiqat va she'rning eng porloq, keng hayolidan ham porloq, kengroqdir.

Ikkinchi Qism:
﴿ قُلْ هُوَ اللّهُ اَحَدٌ اَللّهُ الصَّمَدُ ﴾

ning haqiqatiga doir ahadiyat va vahdat siriga kelgan shubhalar va vahimalarni yoʻqotadi. Zalolat ahlining tavhid ahliga bildirgan e'tirozlarni qat'iy suratda rad qiladi. Birinchi Qismdan quvvatliroq, Qur'oniy oyatlarning vahdoniyatga doir moʻ'jizona isbotlarini koʻrsatadi. Ahadiyati Zotiya bilan butun ashyoni birdan bir onda boshqarish va tarbiya qilishdek muazzam Qur'oniy haqiqatlarni oʻta chiroyli va ochiq misol orqali isbotlaydi. Aqlni ishonishga va qalbni taslimga majbur qiladi.

— 791 —

Xususan Ikikinchi Qismning xotimasidan avval ikkinchi misolning xulosasida Zoti Aqdasi Ilohiyadan hech narsa chetda qolmagani, hech narsa undan yashirinmaganini, hech kim undan uzoq emasligini, hech bir shaxs muqaddas kulliyat kasb etmasdan unga yaqinlasha olmasligini, rububiyati va tasarrufida bir ish ikkinchi ishga mone' emasligini va hech qayer uning huzuridan xoli qolmaganini, hamma narsaga qaraydigan, eshitadigan quloq va koʻzning jilvasi borligini, ashyolar silsilasi amrlarining tez jarayonlariga sim, tomirlar hisoblanishini, sabablar va vositalar faqat zohiriy parda ekanini, hech qayerda boʻlmasada hamma joyda ilmi va qudrati bilan borligini, hech joy va makonga muhtoj emasligini, uzoqlik, qiyinchilik va borlik tabaqalarining pardalari uning yaqinligiga, tasarrufiga va koʻrishiga mone' boʻlmaganini, moddiy narsalarning, mumkinlarning, nursizlarning, koʻpliklarning, chegaralanganlarning xususiyatlari Uning izzat etagiga yaqinlashmasligini, oʻzgarish, almashish, joylashish va boʻlinish kabi jarayonlardan uzoq, pok, toza va muqaddas ekanini oʻta goʻzal suratda isbotlaydi. Ikkinchi Qismning xotimasida Ahadiyat siriga doir arabcha boʻlim oʻta muhim boʻlimi tarjimasi bilan birga oʻta porloq suratda koʻp muhim masalalarni ifodalaydi. Xususan insonning amallarining hisob-kitobi uchun hashr va nashrni amalga oshirish, katta koinotni oʻzgartirish, almashtirish, buzish va ta'mirlash sirini bayon etadi.

Uchinchi Qism:
﴿ وَمَا الْحَيَوةُ الدُّنْيَا اِلَّا مَتَاعُ الْغُرُورِ ٭ وَ اِنَّ الدَّارَ الْآخِرَةَ لَهِىَ الْحَيَوَانُ ﴾

oyatlarning ma'nosidagi yuzlab oyatlarning muhim haqiqatini oʻta muhim qiyos bilan bayon qiladi. Zalolatdagilar haqida dunyoviy hayot naqadar mudxish natijalar keltirishi, hidoyat ahliga qanchalik goʻzal natijalar va maqsadlar berganini koʻsatadi. Xususan, muhabbat haqidagi dunyoviy va uxroviy samaralar zalolatdagilar uchun naqadar alamli, hidoyat ahli uchun qanchalik xush ekanini koʻrsatadi. Uchinchi Qism haqida ba'zi izlanuvchan qardoshlarimiz, "Boshqa risolalar yulduz boʻlsa, bu quyosh", deyishgan. Boshqa talaba unga: "Xar bir risola oʻz olamida va oʻziga maxsus haqiqat osmonida alohida quyoshdir. Uzoq boʻlganlarga yulduz, yaqin boʻlganlarga quyoshdir", deb javob bergan.

— 792 —
OʻTTIZ UCHINCHI SOʻZ:
﴿ سَنُرِيهِمْ آيَاتِنَا فِى الْآفَاقِ وَفِى اَنْفُسِهِمْ حَتَّى يَتَبَيَّنَ لَهُمْ اَنَّهُ الْحَقُّ اَوَلَمْ يَكْفِ بِرَبِّكَ اَنَّهُ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ شَهِيدٌ ﴾

Oʻttiz uch oyatning alohida haqiqatlarini tafsir qilgan oʻttiz uch derazadan iborat. Oʻttiz uch risola boʻlishga loyiq boʻlib, oʻta shoshilinch vaqtda yozilgani uchun bir yoki yarim sahifalik derazalari alohida risola quvvatida va bir risolani ichiga olgan mohiyatda ekanini koʻrsatadi. Lekin afsuski boshdagi derazalar juda qisqa va muxtasar qolgan, lekin tobora kengayib ikkinchi yarmidagi derazalar ochiq ravshan chiqqan.

LAMAʻAT:

Risola-i Nur shogirdlariga kichik bir masnaviy va iymoniy devondir.

Anglikan Cherkoviga Javob:
KONFERENTSIYA:
MUNDARIJA: