Unsur-ul Aqida
Bu kalima-i oliya ussul asosi Islomiyat boʻlgani kabi, koinot ustida mavjlangan Islomiyatning eng nuroniy va eng ulviy bayrogʻidir.
Ha, miysoqi azaliya bilan paymon va qasamimiz boʻlgan iymon bu manshuri muqaddasda yozilgan.
Ha, obi hayot hisoblangan Islomiyat esa bu kalimaning aynul hayotidan qaynab chiqadi.
Ha, abadga nomzod boʻlgan navi bashar ichida saodat-saroyi abadiyaga ta'yin va tabshir etilganning qoʻllariga berilgan bir farmoni azaliydir.
Ha, qalb deyilgan avolimi gʻaybga qaragan derazasida qurilgan latifa-i Rabboniyaning fotojihozi bilan olingan timsoli nuroniy bilan Sultoni Azalni e'lon qilgan xarita-i nuroniyasidir va tarjimoni baligʻidir.
Ha, vijdonning asrorangiz nutqi baligʻonasini jamiyati koinotga qarshi vakolatan inshod etgan xatibi fasihi va koinotga Hokimi Azalni e'lon qilgan iymonning muballigʻi baligʻi boʻlgan lisonning qoʻlida bir manshuri loyazaliydir.
Bu kalima-i shahodatning ikki kalomi bir-biriga shohidi sodiqdir va bir-birini tazkiya etadi.
Ha, uluhiyat nubuvvatga burhoni limmiydir.
Muhammad Alayhissalom Sone'-i Zuljalolga zoti bilan va lisoni bilan burhoni inniydir.
Haqoiqi aqoidi Islomiya, butun tafarruoti bilan kutubi Islomiyada mufassalan mubarhana va musorrahadir, koʻrinishi mumkin. Va koʻrilgan narsani koʻrsatish, zohirning xofasiga yoki muxotobning gʻabovatiga ishorat va tajhil boʻlganidan, aqidaning yolgʻiz uch-toʻrt unsurini bayon qilaman. Boshqa haqoiqini fuhuli ulamoning kitoblariga havola qilaman. Zero menga hojat qoldirmaganlar.
Ahli diqqatning ma'lumidirki: Maqosidi Qur'oniyaning fazlakasi toʻrtdir: Sone'-i Vohidning isboti va nubuvvat va hashri jismoniy va adldir.
Birinchi Maqsad: Daloili Sone' bayonidadir.
Bir burhoni ham Muhammaddir (alayhissalom).
Sone'ning vujud va vahdati isbotga ehtiyojdan mustagʻniydir.
Lasiyyama Musulmonlarga qarshi nihoyat darajada porloq va juda zohirdir.
Shunga binoan, xitobimni ajonibga, xususan Yaponiyaga tavjih ayladim. Zero ular bir vaqt ba'zi savollar soʻragandilar, men ham javob bergandim. Hozir ixtisor bilan yolgʻiz bir-ikki savollariga mutaalliq u javobning bir qismini aytaman.
Ulardan bir savol:
Ya'ni: Vujudi Sone'ga dalili vazih nima?
Gʻayri mutanohiy boʻlgan ma'rifatulloh, bunday mahdud kalomga sigʻmaydi. Shunga binoan, kalomimdagi igʻloqning ma'zur tutilishi marjudir.
Barvajhi ati kalomdan maqsad, muhokama va muvozananing tariqini koʻrsatishdir. Toki majmuida haqiqat tajalliy etsin. Boʻlmasa zehnning juz'iyati sababi bilan, u majmu'ning har bir juzida natijaning tamomini taharriy etish, quvva-i vahimaning tasallut va taraddudi bilan haqiqatni avhom ichida satr etishdir.
Haqiqatning kashfiga mone boʻlgan orzuyi xilof va iltizomi muxolif va tarafdori nafs jihati bilan aslsiz avhomini bir aslga irjo' etish bilan oʻzini uzrli koʻrsatish va mushtariyning nazari kabi yolgʻiz ma'oyibni koʻrish va bola tabiati kabi bahona-mahona qilish kabi ishlardan nafsini tajrid bilan shartimga muro'at eta olsang, huzuri qalb bilan tingla!
Birinchi Maqsad
Jami' zarroti koinot, bitta-bittalab zot va sifot va boshqa vujuh bilan gʻayri mahduda boʻlgan imkonot mobaynida mutaraddid ekan, bir jihatni ta'qib, hayratbaxsho masolihni intoj etish bilan Sone'ning vujubi vujudiga shahodat bilan, avolimi gʻaybiyaning anmuzaji boʻlgan latifa-i Rabboniyadan e'loni Sone' qilgan e'tiqodning misbohini yoritadilar.
Ha, har bir zarra mustaqil ravishda Sone'ni e'lon qilgani kabi, tasoviri mutadohilaga oʻxshagan murakkaboti mutashabiqa-i mutaso'ida-i koinotning har bir maqom va har bir nisbatida har bir zarra muvozana-i jarayoni umumiyni muhofaza va har nisbatda boshqa-boshqa masolihni intoj etganlaridan, Sone'ning qasd va hikmatini izhor va qiroat etganlari uchun, Sone'ning daloili zarrotdan qat-qat ziyodadir.
Agar desang: Nima uchun hamma aqli bilan koʻrmaydi?
Aljavob: Kamoli zuhuridan... Ha, shiddati zuhurdan koʻrinmaydigan darajaga kelganlar bor. Jirmi shams kabi.
Ya'ni: Ab'odi vase'a-i olamning sahifasida Naqqoshi Azaliy yozgan silsila-i hodisotning satrlariga hikmat nazari bilan qara va fikri haqiqat bilan yopish. Toki mala-i a'lodan kelgan salosili rasoil seni a'loyi illiyini yaqiynga chiqarsin.
Qalbida nuqta-i istimdod, nuqta-i istinod bilan vijdoni bashar Sone'ni unutmaydi. Agar garchi aql ta'tili ashgʻal etsa ham, vijdon etolmas. Ikki vazifa-i muhimma bilan mashgʻuldir. Bular:
Vijdonga murojaat qilinsa, qalb badanning aqtoriga nashri hayot etgani kabi, qalb kabi qalbdagi uqda-i hayotiya boʻlgan ma'rifati Sone' ham; jasad kabi iste'dodoti gʻayri mahduda-i insoniya bilan mutanosib boʻlgan amol va muyuli mutashaibaga nashri hayot etadi; lazzatni ichiga otadi va qiymat beradi va bast va tamdid etadi. Mana nuqta-i istimdod...
Hamda shu bilan birga, janjal va muzohamatning maydoni boʻlgan dagʻdagʻa-i hayotga paydar-pay hujum koʻrsatgan olamning minglab musibat va mazohimlarga qarshi yagona nuqta-i istinod ma'rifati Sone'dir...
Ha, hamma narsani hikmat va intizom bilan qilgan Sone'-i Hakimga e'tiqod etmasa va a'lalamya tasodifga havola qilsa va u baliyyotga qarshi qoʻlidagi qudratning adami kifoyatini oʻylasa; tavahhush va dahshat va talosh va xavfdan hosil boʻlgan bir holati jahannam-numun va jigarshikafda qolganidan; ashraf va ahsani maxluq boʻlgan inson, hamma narsadan yanada bechora boʻlganidan, nizomi komili koinotning haqiqatiga muxolif boʻladi. Mana nuqta-i istinod... Ha, malja yolgʻiz ma'rifati Sone'dir.
Demak, shu ikki nuqta bilan bu daraja nizomi olamda hukmfarmolik, haqiqati nafs-ul amriyaning xossa-i munxasirasi boʻlgani uchun, har vijdonda ikki deraza boʻlgan shu ikki nuqtadan vujudi Sone' tajalliy etadi. Aql koʻrmasa ham, fitrat koʻradi... Vijdon nazzordir, qalb derazasidir.
Arshi kamolot boʻlgan ma'rifati Sone'ning me'rojlarining yoʻli toʻrtta:
Birinchisi: Tasfiya va ishroqqa muassas boʻlgan muhaqqiqiyni soʻfiyaning minhojidir.
Ikkinchisi: Imkon va hudusga mabni boʻlgan mutakallimiynning tariqidir.
Bu ikki yoʻl, filvoqe' Qur'ondan tasho'ub etganlar. Lekin fikri bashar boshqa suratga ifrogʻ etgani uchun, ta'vil-uz zayl va mushkullashgan.
Uchinchisi: Hukamoning maslagidir. Uchovi ham ta'arruzi avhomdan masun emasdirlar...
Toʻrtinchisiki, Balogʻati Qur'oniyaning uluvvi rutbasini e'lon qilgan va istiqomat jihati bilan eng qisqasi va vuzuh jihati bilan basharning umumiga eng ashmali boʻlgan me'roji Qur'oniydir. Xullas, biz ham shuni ixtiyor etdik. Bu ham ikki xil:
«Dalili inoyat» boʻlib, manofi'i ashyoni ta'dad etgan butun oyoti Qur'oniya bu dalilga imo va shu burhonni tanzim etishadi. Bu dalilning zubdasi, koinotning nizomi akmalida rioyati masolih va hikamdir. Bu esa Sone'ning qasd va hikmatini isbot va tasodif vahmini oʻrtadan olib tashlaydi.
Agar garchi har odam olamdagi rioyati masolih va intizomda istiqro-i tom etolmaydi va ihota etolmaydi. Faqat navi bashardagi talohuqi afkor soyasida, koinotning har bir naviga maxsus qavoidi kulliya-i muntazamadan iborat boʻlgan bir fan tashakkul etgan va etyapti.
Shu bilan birga, bir ishda intizom boʻlmasa, hukm kulliyati bilan jarayon etolmagani uchun, qoidaning kulliyati navning husni intizomiga dalildir. Demak, jami'-i fununi akvon qoidalarning kulliyatlariga binoan, istiqro-i tom bilan nizomi akmalni intoj etgan bittadan burhondirlar. Ha, fununi koinot bitamomiha mavjudotning silsilalaridagi halqalardan osilgan masolih va samaroti va inqiloboti ahvolning talofifida saqlangan hikam va favoidni koʻrsatish bilan, Sone'ning qasd va hikmatiga barmoq bilan shahodat va ishorat qilganlari kabi, shayotini avhomga qarshi bittadan najmi saqibdir.
Jahli murakkabni intoj etgan, nazari sathiyni tavlid etgan ulfatdan tajridi nazar etsang va aqlga qarshi saddi turuq etgan avhomning oshiyoni boʻlgan mumarasati ilzomiyatdan nafsingni taxliya etsang; xurdabini bir hayvonning surati ostida boʻlgan uskuna-i daqiqa-i badi'a-i Ilohiyaning shuursiz, majra va mahraklari tahdid qilinmagan va imkonotida avlaviyat boʻlmagan asbobi basita-i jomida-i tabiiyadan husul-pariz va u dastgohning masnu'i boʻlganini oʻz nafsini aldab mutmain va iqno' etolmaysan.
Magar har bir zarrada Aflotun qadar bir shuur va Galiley qadar bir hikmatni isbot qilgandan soʻng, zarroti saira bilan vositasiz muxobarani e'tiqod va tabiatdagi sabablarning ussul asosi hukmida boʻlgan juzi layatajazzadagi quvva-i joziba va quvva-i dafi'aning ijtimo'larining xartumi ustidagi maholiyatning tamgʻasini yoʻqota olsang...
Agar nafsing bu maholotga ehtimol bersa, seni insoniyat daftaridan oʻchirtiradi. Faqat joizdirki: Har bir narsaning asosi deb oʻylaganlari jazb va daf' va harakat, odatullohning qonunlariga bittadan ism boʻlsin. Faqat qonun, qoidalikdan tabiiylikka va zehniylikdan xorijiylikka va e'tibordan haqiqatga va olatiyatdan muassiriyatga kelmaslik sharti bilan qabul qilamiz.
Nazaringni olamga kezdir. Qaysi joyida nuqsoniyatni koʻra olasan? Kallo! Qarasa koʻrmaydi. Agar koʻr boʻlsa yoki qasri nazar xastaligi bilan mubtalo boʻlsa.
Istasang Qur'onga murojaat et. Dalili inoyatni vujuhi mumkinaning eng akmal vajhi bilan topasan. Zero Qur'on, koinotni tafakkurga amr bergani kabi, favoidni tazkor va ne'matlarni ta'dad etadi. Xullas, u oyot shu burhoni inoyatga mazohirdir. Ijmoli bu, ushla!
Tafsili esa: Agar mashiati Ilohiya taalluq etsa, oyoti ofoqiya va anfusiyani tafsir tariqida samo va bashar va arzning ilmlariga ma'qud boʻlgan kutubi salosada tafsir etiladi. U vaqt shu burhon tamomi surati bilan senga koʻrinadi.
«Dalili ixtiro'» dir. Buning xulosasi: Maxluqotning har naviga, har fardiga va u navga va u fardga murattab boʻlgan osori maxsusasini muntij va iste'dodi kamoliga munosib bir vujudning berilishidir. Zero hech bir navi mutasalsil azaliy emas.
"Imkon" qoldirmaydi.
Hamda bizzarura ba'zi narsalarning "hudus"i nazarning mushohadasi bilan va boshqalari ham aqlning hikmat nazari bilan koʻriladi.
Inqilobi haqiqat boʻlmaydi. Navi mutavassitning silsilasi davom etmaydi. Tahavvuli asnof, inqilobi haqoiqning gʻayrisidir.
Har bir navning bir odami va bir katta padari boʻlgani uchun, silsilalardagi tanosuldan nash'at etgan vahmi botil u odamlarda, u avvalgi padarlarida tavahhum etilmaydi.
Ha, hikmat fanni tabaqat-ul arz va ilmi hayvonot va nabotot lisoni bilan ikki yuz mingdan ortiq anvo'ning odamlari hukmida boʻlgan mabda-i avvallarining har birining mustaqillan hudusiga shahodat qilgani kabi; mavhum va e'tiboriy boʻlgan qavonin va shuursiz boʻlgan tabiatdagi sabablar esa, bu qadar hayrat-fazo silsilalar va bu silsilalarni tashkil etgan va afrod deyilgan dahshatangiz hadsiz uskuna-i ajiba-i Ilohiyaning tasni' va ijodiga adami qobiliyatlari jihatidan har bir fard va har bir nav, mustaqillan Sone'-i Hakimning yadi qudratidan chiqqanini e'lon va izhor etadi. Ha, Sone'-i Zuljalol hamma narsaning jabhasida hudus va imkon tamgʻasini qoʻygan.
Azaliyati modda va harakati zarrotdan tashakkuli anvo' kabi umuri botilaga ehtimol berish, faqat boshqa narsa bilan nafsini iqno' etish sadadida boʻlgani uchun, u ishlarning asosi fosidasini taba'i nazari bilan adami darkidan nash'at etadi. Ha, nafsini iqno' etish suratida mutavajjih boʻlsa, maholiyat va adami ma'quliyatiga hukm qiladi. Deylikki qabul qilsa ham, "tagʻofuli anis-Sone'ʻ" sababli hosil boʻlgan izdiror bilan qabul qilishi mumkin.
Mukarram boʻlgan inson, insoniyatning javhari e'tibori bilan, doimo haqni sotib olishni istaydi va doimo haqiqatni qidiradi va doimo maqsadi saodatdir. Faqat botil va zolal esa, haqni qidirarkan, xabari boʻlmasdan qoʻliga tushadi. Haqiqatning ma'danini qozarkan, ixtiyorsiz botil uning boshiga tushadi. Va yoxud haqiqatni topishdan muztar yoki tahsili haqdan xaib boʻlgan sari, asl fitrati va vijdoni va fikri; mahol va gʻayri ma'qul bilgan bir masalani, nazari sathiy va taba'i bilan qabuliga majbur boʻladi.
Xullas, bu haqiqatni peshi nazarga ol!
Koʻrasanki: Butun nizomi olamdan asari gʻaflat oʻlaroq tavahhum etishgan azaliyati modda va harakat va shu butun aqllarni hayratda qoldirgan naqsh va san'ati badi'ada taxayyul etishgan tasodifi amya va butun hikamning shahodotiga qaramasdan jonsiz sabablardan e'tiqod qilishgan ta'siri haqiqiy va nafslariga mugʻolata etib vahmning -istimrorga istinodan- adashtirishi bilan tajassum va taxayyul etilgan tabiati mavhumani marji' qilish bilan tasalli etganlari; albatta fitratlari rad qiladi.
Faqat yolgʻiz haqqa tavajjuh va haqiqatga qasd etganlari uchun shu avhomi botila da'vatsiz oʻlaroq yoʻlning yonidan ta'arruz etganlari uchun, albatta hadafi gʻaraziga nazarini tikkan odam u avhomga taba'i va sathiy bir nazar bilan qaraydi. Shuning uchun muzaxraf boʻlgan ichiga nufuz etolmaydi. Faqat qachon ragʻbat va qasd va sotib olish nazari bilan qarasa; olishga emas, balki iltifot etishga va qarashga tanazzul etmaydi!..
Ha, shu qadar xunuk bir narsani vijdon va aql mahol koʻradi. Qalb ham qabul etmaydi. Illo mushagʻoba bilan safsata sotib har bir zarraga hukamoning aqllarini va hukkamning siyosatlarini berib, toki har bir zarra axovati bilan ittifoq va intizom masalasida mushovara va muxobara etishsin.
Ha, bu suratdagi maslakni inson emas, hayvon ham qabul qilmaydi. Faqat na chora, maslakning lozimi bayyini maslakdandir. Shu maslak esa, bu suratdan boshqa bir narsa bilan tasvir qilinmaydi. Ha, botilning sha'ni shunday: Qachon taba'i bir nazar bilan qaralsa, sihatiga bir ehtimol beriladi. Faqat im'oni nazar qilinsa, ehtimoli sihat bartaraf boʻladi.
Modda degan narsalari esa; surati mutagʻayyira, hamda harakati zoila-i hodisadan tajarrud etmaydi. Demak hudusi muhaqqaqdir.
Fayo ajabo!
Sone'-i Vojib-ul vujudning lozima-i zaruriya-i bayyinasi boʻlgan azaliyatni zehnlariga sigʻdirolmagan qanday qilib har jihatdan azaliyatga munofiy boʻlgan moddaning azaliyatini zehnlariga sigʻdira oladilar? Haqiqatdan joyi taajjubdir...
Ha, inson oʻylagan sari, jami' sifoti kamoliya bilan muttasif boʻlgan Sone'dan istigʻrob va istinkor etganlari shu hayrat-afzo masnu'otni, tasodifi amyaya va harakati zarrotga isnod etganlari uchun, insonni insoniyatdan pushaymon qiladi.
Harakoti zarrotdan husuli da'vo qilingan quvvat va suratlar, a'roziyatlari jihati bilan anvo'dagi mubayanati javhariyani tashkil etolmaydi. A'roz javhar boʻlolmaydi. Demak, butun anvo'ning fasllari va umum a'rozning havassi mumayyizalari adami sirfdan muxtaro'dirlar. Tanosul, tasalsulda sharoiti odiya-i e'tiboriyadandir.
Mana dalili ixtiro'iyning ijmoli...
Agar ochiq tarzda mufassalan istasang, Qur'onning firdavsiga kir. Zero hech bir ratb va yabis yoʻqdirki; u tanazzuhgohda yo chechak yoki gʻuncha holida boʻlmasin. Agar ajal muso'id va mashiat taalluq va tavfiq rafiq boʻlsa, alfazi Qur'oniyaning asdafida shu burhonni tazyin etgan javharlari kelasi kutubda tafsil etiladi.
Agar soʻrasang: "Nedir shu tabiatki, doimo u bilan gʻungʻillashadi? Nedir shu qavonin va quvaki, doimo ular bilan mutadamdimdirlar?"
Javob beramiz: Olami shahodat deyilgan, jasadi xilqatning anosir va a'zosining af'ollarini intizom va rabt ostiga olgan shariati fitriya-i Ilohiya bor. Xullas, shu shariati fitriyadirki, "tabiat" yoki "matbaa-i Ilohiya" bilan musammodir.
Ha tabiat, xilqati koinotda joriy boʻlgan qavonini e'tiboriyasining majmu' va muhassalasidan iboratdir. Xullas, ular quva degan narsalari, har biri bu shariatning bittadan hukmidir. Va qavonin degan narsalari, har biri bu shariatning bittadan masalasidir.
Faqat u shariatdagi ahkomning istimroriga istinodan... Hamda xayolni haqiqat suratida koʻrgan va koʻrsatgan nufus iste'dodlari bir zamini shoʻra muhayyo etishi bilan vahm va xayol tasallut etib tazyiq qilib shu tabiati havoiya tavazzu' va tajassum etib majvudi xorijiy va xayoldan misol suratiga kirgan. Ha, bu kabi vahmning koʻp hiylalari bor.
Shu tabiat va quvayi umumiya tasmiya etganlari ishlar, qat'iyan aqlni iqno' etadigan va fikrga oʻzini sevdiradigan va nazari haqiqat unga unsiyat etadigan hech bir muloyamat va munosabat yoʻq ekan va shu koinotga illat va masdar boʻlishga qobiliyati mafqud ekan, mahza Sone'dan tagʻoful va intizomning iljoidan tavallud etgan yolgʻiz izdiror bilan, valah-rasoni uqul boʻlgan qudratning osorini shu matbaa-misol boʻlgan tabiatning san'atidan koʻrish, tabiatni mistar ekan masdar taxayyul etish; lozimi a'ammning vujudi bilan, malzumi axassning vujudini intojga harakat qilgan aqiym bir qiyosning natijasidir. Ha, shu qiyosi aqiym zalolat va hayrat vodiylariga koʻp yoʻllarni ochgan.
Af'oli ixtiyoriyaning nazzomi boʻlgan shariat va qonun shu qadar xarq va muxolafat bilan barobar, bir qancha juhhali vahshiya goʻyo shariatni bir hokimi ruhoniy va nizomni bir sultoni ma'naviy tavahhum etib, bir ta'sirni taxayyul etadi.
Ha, bir harbiy qismning yoki askarning muttarid boʻlgan harakotini va yaknasoq boʻlgan atvorlarini va bir-biri bilan rabt etilgan ahvollarini mushohada etgan vahshiy bir odam, shu afrodi a'didani va yoxud hay'ati askariyani ma'naviy bir ip bilan marbut deb oʻylasa, ajabo gʻarib koʻrinadimi?
Va yoxud bir badaviy yoki bir shairut-tab', nosni bir vaz'i hasanda ifrogʻ etgan va mobaynlarini ta'lif etgan nizomni bir mavjudi ma'naviy va shariatni bir xalifa-i ruhoniy tamassul etsa, koʻp koʻrinadimi? Shunday ekan, koinotning ahvoliga taalluq etgan va tabiat tasmiya etilgan va tasdiqi anbiyo yoki takrimi avliyodan boshqa xarq etilmagan va mustamirra boʻlgan shu shariati fitriya-i Ilohiya avhomda tajassum etsin, nima uchun taajjub etilsin?
Insonning zehni va lisoni va sam'i; juz'iy va ta'oqubiy boʻlganlari kabi, fikri va himmati ham juz'iydir. Va ta'oqub tariqi bilan yolgʻiz bir narsaga taalluq etadi va mashgʻul boʻlib qoladi.
Hamda insonning qiymat va mohiyati, himmati nisbatidadir. Himmatning darajasi esa, maqsad va ishtigʻol etgan narsasining nisbatidadir.
Hamda inson tavajjuh va qasd qilgan narsasida, goʻyo "fano fil-maqsad" boʻladi. Demak shu nuqtaga binoan, xasis bir ish yoki juda juz'iy bir narsa buyuk bir odamga isnod qilinmaydi. Chunki tanazzul etmaydi. Va himmatini u kichik narsaga sigʻdirolmaydi. Himmati ogʻir, u narsa gʻoyat xafif boʻlganidan, goʻyo muvozanat buziladi.
Hamda inson qaysi narsani tomosha qilsa, albatta maqoyisini va asoslarini oʻz nafsida qidiradi. Agar topmasa, atrofida va abno-i jinsida qidiradi. Hatto hech bir jihatdan mumkinotga oʻxshamagan Vojib-ul Vujudni tafakkur etsa; yana quvva-i vahimasi shu vahmi sayyini dastur va durbin qilishni istaydi.
Holbuki, Sone'-i Zuljalol bu nuqtai nazarda tomosha qilinmaydi. Qudratiga inhisor yoʻqdir. Ziyo-i shams kabi, qudrat va ilm va irodasi shomila va a'mmadir, munxasir boʻlmaydi, muvozana qilinmaydi. Eng katta narsaga taalluq etgani kabi, eng kichik va eng xasis narsaga ham taalluq etadi. Miqyosi azamati va mezoni kamoli majmu'i osoridir. Har bir juzi miqyos boʻlolmaydi.
Xullas, Vojib-ul Vujudni mumkinotga qiyos qilish, qiyosi ma'alfariqdir. Mazbur vahmi botil bilan muhokama etish, xatoyi mahzdir.
Xullas, shu xato-i beodobona va shu vahmi botilning natija-i sayyiasi boʻlib: Tabiiyyun, sabablarni muassiri haqiqiy ekanliklariga; va Moʻ'tazila, hayvonlarni af'oli ixtiyoriyalariga xoliq boʻlganlariga; va hukamo, juz'iyotda ilmi Ilohiyning yoʻqligiga; va Majusiylar, xalqi shar boshqasining asari boʻlganiga e'tiqod qilishdi. Goʻyo ularning fikricha Sone' shu qadar azamati bilan barobar, qanday qilib umuri xasisaga va juz'iyaga tanazzul etib ishtigʻol etsin. Suf ularning aqllarigaki, shunday bir vahmi botilning hukmiga asir boʻlishdi.
Ey birodar! Shu vahm e'tiqod tariqi bilan boʻlmasa ham, vasvasa bilan ba'zan moʻ'minlarga musallat boʻladi.
Agar desang: "Dalili ixtiro'iy i'to-i vujuddir. I'to-i vujud esa; i'domi mavjudning rafiqidir. Holbuki adami sirfdan vujudni va vujudi mahzdan adami sirfni aqlimiz tasavvur qilolmaydi."
Javoban deyman: Hoy!.. Sizning bu istis'obingiz va shu masalaning tasavvuridagi istigʻrobingiz, bir qiyosi xodi'ning natija-i vahimasidir. Zero ijod va ibdo'i Ilohiyni abdning san'at va kasbiga qiyos qilasiz. Holbuki abdning qoʻlidan bir zarrani imota va yoxud ijod etish kelmaydi. Balki yolgʻiz umuri e'tiboriya va tarkibiyada bir san'at va kasbi bor. Ha, bu qiyos aldatuvchidir, inson oʻzini undan qutqarolmaydi.
Inson koinotda mumkinotning unday bir quvvat va qudratini koʻrmaganki, ijodi sirf va i'domi mahz etsin. Holbuki hukmi aqliysi ham doimo ussul asosi, mushohadotdan nash'at etadi. Demak, osori Ilohiyaga mumkinot tarafidan qaraydi. Holbuki hayrat-afzo osori bilan musbat boʻlgan qudrati Sone'ning janibidan tomosha qilish kerak. Demak, ibodning va koinotning umuri e'tiboriyadan boshqa ta'siri boʻlmagan quvvat va qudratlarning jinsidan boʻlgan bir qudrati mavhuma ichida Sone'ni faraz qilib u nuqtadan shu masalani tomosha qiladi. Holbuki Vojib-ul Vujudning janibidan, qudrati tommasi nuqtai nazaridan bu masalani tomosha qilish kerak.
Birining osori muhokama qilinsa, uning xossasini nazarga olish lozimdir.
Xullas, shu masalada olinmagan. Zero bu masalaga ajzi abdning orqasida qudrati mumkinotning tarafida qiyosi tamsiliyning pardasi ostida tomosha qiladi. Holbuki takvini olamda bir qismini moddasiz ibdo' va bir qismni ham moddadan insho bilan shu qadar hayrat-fazo osori moʻ'jiza bilan qudrati komila-i Ilohiyani koʻrsatish bilan barobar undan sarfi nazar etish, gʻoibni shohid suratida koʻrish boʻlgan qiyosi xodi' bilan va abno-i jinsini muhokama qilgani kabi; bir qoida-i mahduda bilan Vojib-ul Vujudga nazar etadilar. Hatto koʻp masalani aqli salim ma'qul koʻrgani holda, ular gʻayri ma'qul tavahhum etadilar.
Muxtara'otni inobatga olmasak ham; masnu'otning eng zohir va munavvar va "ziyo" deganlari nuri ayni olamning qavonini ajibasi va uning samarasi va misoli musagʻgʻari boʻlgan nuri basarning navomisi badi'asi bilan munavvar va musavvar boʻlgan kamoli qudrati Ilohiyaning janibida muvozana nuqtai nazarida gʻayri ma'qul va uzoq tavahhum etilgan masoil tomosha qilinsa, ma'nus va ayni aqlning kipriklari oʻrtasida koʻriladi.
Qandayki zaruriyotdan nazariyot istintoj etiladi. Shunga oʻxshab, osori Sone'ning zaruriyoti maxfiyati san'atiga burhondir. Ikkisi barobar bu masalani isbot qiladi.
Ajabo, nizomi olamdagi san'atdan yanada daqiq, yanada ajib, yanada gʻarib, jinsi qudrati mumkinotdan yanada uzoq aql tasavvur qila oladimi? Albatta qilolmaydi. Zero funun koʻrsatgan favoid va hikamlari bilan bizzarura Sone'ning qasd va san'at va hikmatiga shahodat qilganlaridan, uqulni qabul etishga muztar etishgan. Boʻlmasa bu badihiyotdan eng kichik bir haqiqatni, aql oʻz-oʻziga qolsa edi, qabul etmasdi.
Ha, zamin va osmonni haml etgan va muallaqda tutgan va ajromi koinotni istihdom etgan va nizomida idxol bilan hech bir amriga isyon etilmagan Zoti Aqdasdan nima uchun istigʻrob etilsinki; undan darajot bilan asxal va axaff boʻlganni haml etsin. Ha, bir togʻni koʻtargan, bir siyohdonni koʻtara olishidan taraddud etish, faqat safsata etish xolos.
Alhosil: Qanday Qur'onning ba'zisi ba'zisiga mufassirdir; shuning kabi, koinot kitobi ham ba'zi suturi orqalaridagi san'at va hikmatni tafsir qiladi.
Ba'zi mutasavvifning kalomidan ittisol va ittihod va hulul zohir boʻladi. Va undan tavahhum etiladiki: Ba'zi moddiyunning maslagi boʻlgan vahdat-ul vujudga bir munosabat koʻrsatadi.
Mutashabeh hukmida boʻlgan muhaqqiqiyni soʻfiyaning shatohatiniki: Vujudi Aqdasga hasri nazar va istigʻroq va mumkinotdan tajarrud jihati bilan matmahi nazar etganlari dalil ichida natijani koʻrish, ya'ni olamdan Sone'ni mushohada etish tariqi bilan ta'qib etgan maslaklari boʻlgan jadovili akvonda jarayoni tajalliyoti va malakutiyati ashyoda sarayoni fuyuzoti va maroyayi mavjudotga tajalli-i asmo va sifoti esa; ziqul alfaz sababi bilan uluhiyati sariya va hayoti sariya ta'bir etishgan haqoiqni boshqalar anglamadilar... Sui tafahhum bilan oʻz iste'dodi shoʻralaridan zuhur etgan avhomi vahiyaga muhaqqiqiynning kalimot va shatohatini tatbiq etishdi.
Yuha ularning aqllariga! Surayyo darajasida boʻlgan muhaqqiqiynning afkori mujarradalari, saro darakasida boʻlgan muqallidini moddiyunning afkori safilasidan minglab daraja uzoqdir. Ha, shu ikki fikrni tatbiq qilishga urinish, shu zamoni taraqqiyda aqli basharning duchori sakta boʻlganini va varta-i mavtga tushganini izhor etish boʻlib; insoniyat mutaassifona nazar etib va iste'dodi tahqiq va taraqqiy lisoni bilan
deyishga majbur boʻladi.
Shular ahli vahdat-ush shuhuddirlar. Faqat vahdat-ul vujud bilan majozan ta'bir qilinishi mumkin. Faqat haqiqatdan vahdat-ul vujud ba'zi hukamo-i qadimaning maslaki botilasidir.
Shu mutasavvifning rais va kabiri deganki: Ittisolni yoki ittihodni yoki hululni da'vo qilgan, ma'rifati Ilohiyadan hech bir narsa istishmom etmagan. Ha, mumkin Vojib bilan qanday ittisol yoki ittihod etadi? Kallo! Ha, mumkinning qanday qiymati borki, Vojib unda hulul etsin, xosho! Na'am, mumkinda fuyuzoti Ilohiyadan bir fayz tajalliy etadi.
Xullas, bularning maslagi narigining maslagiga munosabatdor va aloqador boʻlolmaydi. Zero moddiyunning maslagi moddiyotga hasri nazar va istigʻroq etganlaridan, afkorlari fahmi uluhiyatdan tajarrud etib uzoqlashdilar. Shu daraja moddaga qiymat berishdiki; hamma narsani moddada koʻrish, hatto uluhiyatni unda mazj etish kabi bir maslaki muta'assifaga kirishgan. Faqat ahli vahdat-ush shuhud boʻlgan muhaqqiqiyni soʻfiya shu daraja Vojibga hasri nazar etishganki, mumkinotning hech bir qiymati qolmagan. "Bir bordir" deyishadi...
Al-insaf! Saro Surayyo qadar bir-biridan uzoqdir. Moddani jami' anvo' va ashkali bilan xalq etgan Xoliqi Zuljalolga qasam ichamanki: Dunyoda shu ikki maslakning munosabatini intoj etgan rayi ahmoqonadan yanada qobih va yanada xasis va yanada sohibining mizoji aqlining inhirofiga dalil boʻladigan bir ray yoʻqdir.
Kura-i arz kichik, parcha-parcha va rang-barang va mutaxolif shisha parchalaridan faraz qilinsa, har biri boshqa xilda lavniga va jirmiga va shakliga nisbat bilan shamsdan bir fayz oladi. Shu xayoliy fayz esa na quyoshning zoti va na ayni ziyosidir. Hamda ziyoning tamosili va alvoni sab'asining tasoviri va quyoshning tajalliysi boʻlgan shu gʻuna-gʻun va rang-barang chechaklaring alvoni deylikki lisonga kelsa, har biri "Quyosh men kabidir" va yoxud "Quyosh menman" deydilar.
Faqat ahli vahdat-ush shuhudning mashrabi mahv va sakrdir. Sof mashrab esa mashrabi ahli farq va sahvdir.
Mana vujudi Sone'ning daloili ijmoliysi... Tafsili esa kutubi salosada keladi.
Agar desang: "Daloili tavhidning bu yerda hech boʻlmasa ijmoliy bayonini istayman."
Deymanki: Daloili tavhid shu qadar mushtahira va koʻpki; bu kitobda zikrdan mustagʻniydirlar. Xullas
oyatining sadafida maknun boʻlgan burhonut tamonu' bu minhojga bir manori nayyirdir. Ha, istiqlol uluhiyatning xossa-i zotiyasidir va lozima-i zaruriyasidir.
Koinotdagi tashobuhi osor va atrofi bir-biri bilan mua'naqa va qoʻlni qoʻlga berib, bir-biriga arzi intizom va bir-birining savoliga qarshi javobi sovab va bir-birining nidoyi ehtiyojiga labbayk javobini berish va bir nuqta-i vohidani tomosha qilish va bir mihvari nizom ustida davaron etish jihati bilan Sone'ning tavhidiga talvih, balki Hokimi Azalning vahdoniyatiga tasrih etadi. Ha, bir uskunaning sone'i va muxtari'i bir boʻladi.
Kitobi olamning avroqidir ab'odi nomahdud
Suturi koinoti dahrdir osori noma'dud
Bosilmish dastgohi lavhi mahfuzi haqiqatda
Mujassam lafzi ma'nodordir olamda har mavjud.
Xoja Tahsinning noma'dud va nomahduddan murodi nisbiydir. Haqiqiy loyatanohiylik emas.
Sone'-i Zuljalol naqadar avsofi kamoliya boʻlsa, ular bilan muttasifdir. Zero muqarrardirki: Masnu'da boʻlgan fayzi kamol, Sone'ning kamolidan iqtibos etilgan bir zilli zalildir. Demak, koinotda naqadar husn va jamol va kamol boʻlsa, umumidan layuhad darajada yuksak tabaqada avsofi jamoliya va kamoliya bilan Sone' muttasifdir. Ha, ehson sarvatning, ijod vujudning, ijob vujubning, tahsin husnning far'iyi va dalilidir.
Hamda Sone'-i Zuljalol jami' naqoisdan munazzahdir. Moddiyotning mohiyotining iste'dodsizligidan nash'at etgan naqoisdan mubarrodir. Koinotning mohiyoti mumkinasidan nash'at etgan avsof va lavozimotidan muqaddasdir.
Ikkinchi Maqsad
Agar desang: Debochada deganding: Kalima-i shahodatningn ikkinchi kalomi birinchisiga shohid va mashhuddir.
Na'am, ha. Ma'rifatulloh deyilgan ka'ba-i kamolotga ketgan minhojlarning eng mustaqim va eng metini, Sohibi Madina-i Munavvara alayhissalom qurgan tariqi hadidi bayzosidirki; ruhi hidoyat hukmida boʻlgan Muhammad alayhissalom, avolimi gʻaybning mishkat va zujajasi hukmida boʻlgan qalbining ma'kas va tarjimoni maqomida boʻlgan lisoni sodiqi barohini Sone'ning eng sodiq bir dalili zihayot va bir hujjati notiqa va bir burhoni fasihidir.
Darhaqiqat ham zoti, ham lisoni bittadan burhoni nayyirdir. Na'am, xilqat tarafidan Zoti Muhammad, burhoni bahirdir. Haqiqat janibidan lisoni, shohidi sodiqdir. Ha, Muhammad alayhissalom ham Sone'ga, ham nubuvvatga, ham hashrga, ham haqqa, ham haqiqatga bir hujjati qat'iyadir. Tafsili keladi.
Davr lozim kelmaydi. Zero sidqining daloili Sone'ning daloiliga tavaqquf etmaydi.
Paygʻambarimiz (S.A.V.) Sone'ning bir burhonidir. Shunday ekan, shu burhonning isboti sidqini va intojini va suratan va moddatan sihatini isbot qilish kerak... Nahu:
Ey haqiqatning oshigʻi!.. Agar vijdonimni mutolaa qilib haqiqatlarni rasad etishni istasang, qalb deganlari latifa-i Rabboniyaning zangi va zangori hukmida boʻlgan orzuyi xilof va iltizomi tarafi muxolif va uzrli boʻlish uchun oʻz avhomiga bir haq berish va bir aslga irjo' etish va majmu'ining natijasini har bir farddan istashki, za'fiyati sababi bilan natijaning raddiga bir iste'dodi sayyia beriladi. Hamda bahonali bola tabiati, hamda mahonali dushman sajiyasi, hamda yolgʻiz aybni koʻrish shonida boʻlgan mushtariy nazari kabi ishlardan u mir'atni tasqil va tasfiya et, muvozana va muqobala ayla. Aksar amorotning imtizojidan tazohur etgan haqiqatning shu'la-i javvolasini qorina-i munavvara et, toki aqaldagi avhomi muzlimani tanvir va daf qila olgin... Hamda munsifona va mudaqqiqona tingla, kalom tugamasdan e'tiroz etma. Oxirigacha bir jumla, bir hukmdir. Tugagandan soʻng bir vahming qolsa, ayt...
Shu burhonning sugʻrosi, nubuvvati mutlaqadir. Kubrosi esa nubuvvati Muhammaddir (alayhissalotu vassalamdir). Xullas boshlaymiz:
Sone'ning hikmati va af'olidagi adami abasiyat va koinotdagi eng xasis va eng qolil narsada nizomning muro'ati va adami ihmoli va navi basharning murshidga boʻlgan ehtiyoji zaruriysi, navi basharda vujudi nubuvvatni qat'iyan istilzom etadilar...
Agar desang: Bu ijmoldagi ma'noni tushunmadim, tafsil et...
Aytaman: Xullas tingla, koʻryapsanki; moddiya va ma'naviya boʻlgan navi bashardagi nizomotning, hamda xosiyati aqlning quvvati bilan taxti tasarrufiga olingan koʻp anvo'ning ahvoliga berilgan intizomotning markazi va ma'dani hukmida boʻlgan nubuvvati mutlaqaning burhoni, insonning hayvoniyatdan uch nuqtada boʻlgan taraqqiysidir:
Birinchisi: "Fikrning avvali amalning oxiri, amalning avvali fikrning oxiri" boʻlgan qoidasidagi sirri ajibdir. Shunday:
Nuri nazar bilan ilali mutarattiba-i mutasalsilaning orasida boʻlgan tarattubni kashf etib umum kamoloti insoniyaning urugʻi hukmida boʻlgan murakkaboti, basaitga tahlil va irjo' etish bilan hosil boʻlgan qobiliyati ilm va tarkib deganlari qavonini joriyani iste'mol etib san'ati bilan tabiatni muhakat boʻlgan qobiliyati san'atdan nazarining qusurini va avhomning muzohamati va savqi insoniyatning adami kifoyati jihati bilan bir murshidi nabiyga ehtiyoj koʻrsatadi; toki olamdagi nizomi akmalning muvozanasi muhofaza qilinsin.
Ikkinchisi: Gʻayri mutanohiy boʻlgan basharning iste'dodi, gʻayri mahsur boʻlgan amol va muyuloti va gʻayri mazbut boʻlgan tasavvurot va afkori, gʻayri mahdud boʻlgan quvva-i shahaviya va gʻazabiyasidir...
Bir odamga millionlab yil umr bilan butun lazoizi dunyoviya va har jihatdan tasalluti tom berilgani holda.. iste'dodidagi loyatanohiylikning hukmicha bir "oh.. oh.. layta" aytadi. Goʻyo u adami rizo bilan ramz va ishorat etadiki: Inson abadga nomzoddir va saodati abadiya uchun xalq etilgandir. Toki gʻayri mutanohiy bir zamonda, gʻayri mahdud va keng bir olamda gʻayri mahsur boʻlgan iste'dodotini bilfe'lga chiqara olsin.
Adami abasiyat va haqoiqi ashyoning subutiyatlari imo etadiki: Bu tor va mahsur va har bir lazzatida koʻp a'rozning muzohamati bilan chalkashlik va tahassuddan xoli boʻlmagan shu dunyo-i daniya ichida kamoloti insoniya yerlashmaydi. Balki keng va muzohamatsiz bir olam lozimdir. Toki inson haqqi bilan sunbullansin va ahvol va kamolotiga nizom berish bilan, nizomi olamga hamdasti vifoq boʻla olsin.
Istidrodiy tarzda hashrga imo qilindi. Oldinda zotan burhoni qat'iy bilan isbot qilinadi. Faqat bu yerda istagan nuqtam: Insondagi iste'dod abadga nazirdir. Agar istasang, insoniyatning javharini va notiqiyatning qiymatini va iste'dodning muqtazosini taammul va tadqiq et. Soʻngra esa u javhari insoniyatning eng kichik va eng xasis xizmatkori boʻlgan xayolga qara, koʻr... Yoniga bor va ayt: "Ey xayol ogʻa! Bashorat senga! Dunyo va mafihaning saltanati millionlab yil umr bilan barobar senga beriladi, faqat oqibating fano va adam bilan qaytmaslikdir." Ajabo, xayol senga qanday muqobala etadi? Nahotki, istabshar va surur va yoxud talahhuf va tahassur bilan javob beradi?
Ajal, na'am, ha, javhari insoniyat a'moqi vijdonning tubida yigʻi-sizi qilib baqiradi: "Eyvoh, afsuslar boʻlsin, saodati abadiyaning fiqdaniga!" deydi. Xayolga zajr va ta'nif etib: "Hoy! Bu dunyo-i foniya bilan rozi boʻlma!"
Mana ey birodar, qachonki bu saltanati foniya, sultoni insoniyatning eng haqir xizmatkori va yoxud shoiri va yoxud san'atkor va tasvirchisini ishba' va rozi qilolmasa, qanday qilib u xayol kabi koʻp xizmatkorlarning sohibi boʻlgan sultoni insoniyatni ishba' eta oladi? Kallo!.. Na'am.. uni ishba' etadigan yolgʻiz hashri jismoniyning sadafida maknun boʻlgan saodati abadiyadir.
Uchinchisi: Insonning i'tidoli mizoji va latofati tab'i va ziynatga boʻlgan maylidir. Ya'ni: Insonning insoniyatga loyiq bir surati ta'ayyushga boʻlgan mayli fitriysidir.
Na'am, inson hayvon kabi yashamasligi kerak va yasholmas. Balki sharafi insoniyatga munosib bir kamol bilan yashashi kerak.
Shunga binoan, bashar maskan va malbas va makali, sanayi'i kasira bilan taltif etishiga muhtojdir. Bu san'atlarda yolgʻiz qudratining adami kifoyatiga binoan, abno-i jinsi bilan imtizoj etish, u ham ishtirok etish.. u ham taovun etish.. u ham sa'yning samarotini mubodala etishini iqtizo etish bilan barobar, quvayi insoniyadagi inhimak va tajovuz sababi bilan adolatga ehtiyoj.. u ham har aqlning adolatga adami kifoyatiga binoan uni muhofaza qiladigan qavonini kulliyaning vaz'lariga ehtiyoj.. u ham ta'sirini muhofaza etish uchun ijro qiladigan bir muqonninga.. u muqonnin ham zohiran va botinan hokimiyatini muhofaza etish uchun moddatan va ma'nan tafavvuqqa.. hamda Sone'-i Olam tarafidan ba'zi ishlar bilan muxassas boʻlishi bilan bir imtiyoz va quvvati nisbatga, hamda avomiriga boʻlgan itoatni ta'min va ta'sis etgan azamati Sone'ning tasavvurini zehnlarda idoma etadigan bir muzakkira-i mukarrara boʻlgan ibodatga muhtojdir. U ibodat ham Sone'ning janibiga afkorni tavjih etadi. U tavajjuh esa inqiyodni ta'sis, u inqiyod ham nizomi akmalga isol etadi. U nizomi akmal ham sirri hikmatdan tavallud etadi. Sirri hikmat ham adam-ul abasiyatni va Sone'ning hikmati masnu'dagi taannuqni oʻziga shohid koʻrsatadi.
Xullas, agar insonning hayvondan shu jihoti salosa bilan boʻlgan tamoyuzini anglab yeta olgan boʻsang, bizzarura natija beradiki: Nubuvvati mutlaqa, navi basharda qutb, balki markaz va bir mihvardirki; ahvoli bashar uning ustida davaron etadi. Chunonchi:
Jihati ulada diqqat qil! Qara qanday savqul-insoniyat va mayli tabiiyning adami kifoyati va nazarning qusuri va tariqi aqldagi avhomning ixtiloti, qanday navi basharni ashaddi ehtiyoj bilan bir murshid va muallimga muhtoj qiladi. U murshid paygʻambardir.
Ikkinchi jihatda tadabbur et. Shunday: Insondagi loyatanohiylik va tabiatidagi mayl-ut tajovuz va quva va amolidagi adami tahdid va olamdagi mayl-ul istikmolning shoxi hukmida boʻlgan insondagi mayl-ut taraqqiyning samarasi hukmida boʻlgan qomati namiya-i iste'dodi insoniysiga intiboq etmagan; balki jomid va muvaqqat boʻlgan qonuni basharki: Tadrijan tajorub bilan hosil boʻlgan natoiji afkorning talohuqi bilan vujudga kelgan u qavonini bashar, shu samara-i iste'dod urugʻlarining tarbiya va imdodiga adami kifoyatining sababi bilan; moddatan va ma'nan ikki olamda saodati basharni ta'min qiladigan, hamda qomati iste'dodining oʻsishi bilan tavassu' etadigan, zihayot va abadiya bir shariati Ilohiyaga ehtiyoj koʻrsatadi. Xullas, shariatni keltirgan paygʻambardir.
Agar desang: "Biz koʻryapmizki, dinsizlarning yoki sahih bir dini boʻlmaganlarning ahvollari mu'addala va munazzamadir."
Aljavob: U adolat va intizom, ahli dinning iqozot va irshodoti bilandir. Va u adolat va fazilatning asoslari, anbiyoning ta'sislari bilandir. Demak, anbiyo asos va moddani vaz' etishgan. Ular ham u asos va fazilatni tutib unda qilganlarini qildilar.
Bundan boshqa, nizom va saodatlari muvaqqatdir. Bir jihatdan qoima va mustaqima boʻlsa, koʻp jihotdan maila va munhaniyadir. Ya'ni, naqadar suratan va moddatan va lafzan va ma'ashan muntazamadir; faqat siyratan va ma'naviyatan va ma'nan fosida va muxtalladir.
Ey birodar!.. Mana navbat uchinchi jihatga keldi. Yaxshi tafakkur et!
Shunday: Axloqdagi ifrot va tafrit esa, iste'dodotni ifsod etadi. Va shu ifsod esa abasiyatni intoj etadi. Va shu abasiyat esa koinotning eng kichik va eng ahamiyatsiz narsalarida masolih va hikamning rioyati bilan, olamda hukmfarmoligi badihiy boʻlgan hikmati Ilohiyaga munaqizdir.
"Malaka-i ma'rifati huquq" deganlari, har yomonlikning moddatan zararini ihsos eta-eta va afkori umumiyani iqoz etish bilan hosil boʻlgan "malaka-i rioyati huquq" degan amrlarni shariati Ilohiya oʻrniga dinsizlarning tasavvuri va shariatdan istigʻnolari bir tavahhumi botildir.
Zero dunyo keksaydi. Bunday narsaning muqaddamoti ham zohir boʻlmadi. Aksincha mahosinning taraqqiysi bilan barobar masaviy ham taraqqiy etib, yanada dahshatli va aldaydigan shaklga kiryapti.
Ha, qandayki navomisi hikmat dasotiri hukumatdan mustagʻniy emas. Shunga oʻxshab, vijdonga hokim boʻlgan qavonini shariat va fazilatga ashaddi ehtiyoj bilan muhtojdir. Xullas, shunday mavhuma boʻlgan malaka-i ta'dili axloq, quva-i salosani hikmat va iffat va shijoatda muhofaza etishiga kifoya emasdir. Shunga binoan, inson bizzarura vijdon va tabiatlarga muassir va nafiz boʻlgan mezoni adolati Ilohiyani saqlaydigan bir nabiyga muhtojdir.
Minglarcha anbiyo navi basharda nubuvvatni da'vo qilib, minglarcha moʻ'jizoti bilan mudda'oni isbot qilganlar. Xullas, u anbiyoning jami' moʻ'jizotlari lisoni vohid bilan nubuvvati mutlaqani e'lon qiladi. Bizning shu sugʻromizga ham bir burhoni qat'iydir. Bunga tavoturi bil-ma'no yoki qanday ta'bir bilan aytsangiz ayting, metin bir dalildir.
Shu muhakamotning jihat-ul vahdati shudirki: Agar jami' funun qoʻlga olinsa va fununlarning qavoidining kulliyatlari bilan kashf etganlari ittisoq va intizom tomosha qilinsa, hamda masolihi juz'iya-i mutafarriqaning moyasi va uqda-i hayotiyasi hukmida boʻlgan bir lazzati yoki bir muhabbati yoki bir amri oxari ichiga otilish bilan -akl va nikohdagi kabi- parishon boʻlgan ishlar va fe'llar u moya bilan irtibot va ittisol etganlarini, inoyati Ilohiya nuqtai nazarida nazari diqqatga olinsa; hamda hikmatning shahodati bilan sobit boʻlgan adami abasiyat va adami ihmoli nazarga olinsa, istiqro-i tom bilan natija beradiki:
Masolihi kulliyaning qutb va mihvari va ma'dani hayoti hukmida boʻlgan nubuvvat, navi basharda zaruriydir... Deylikki boʻlmasa, parishon boʻlgan navi bashar, goʻyo muxtal bir olamdan shu muntazam olamga tushib jarayoni umumiyning ohangini ixlol etgani qabul qilinsa, biz insonlarning boshqa koinotga qarshi qanday yuzimiz qoladi?
Ey birodar! Agar burhoni Sone'ning sugʻrosi sening sahifa-i zehningda intiqosh etgan boʻlsa, tayyor boʻl! Kubrosi boʻlgan nubuvvati Muhammadning bahsiga oʻtamiz:
Kubro sodiqdir. Zero sahifa-i e'tibori olamda manqush boʻlgan osori anbiyoni mutolaa etsang va lisoni tarixda jarayon etgan ahvollarini tinglasang va haqiqatni, ya'ni jihat-ul vahdatni ta'siri zamon va makon bilan kirgan suratlaridan tajrid eta olsang, koʻrasanki:
Inoyati Ilohiyaning ziyosi boʻlgan mahosini mujarradaning shu'lasi boʻlgan huququlloh va huquqi ibodni; anbiyo dasturi harakat etganlarini va navi bashar tarafidan anbiyoga qarshi qabul qilish shakllari va umama qarshi surati muomalalari va tarki manafi'i shaxsiya va boshqa ishlarki, ularga nabiy dedirgan va nubuvvatga mador boʻlgan asoslar esa; avlodi basharning sinni takammul va kuhulatda boʻlgan ustozi va madrasa-i Jazirat-ul Arabda manba-i ulumi oliya va muallimi boʻlgan Zoti Muhammadda yanada akmal va yanada yaqqol mavjud.
Demak boʻladiki: Istiqro-i tom bilan, xususan navi vohidda, lasiyyama intizomi muttarid ustida muassas boʻlgan qiyosi xofiyning i'onasi bilan va qiyosi avlaviyning tayidi bilan nubuvvati Muhammadni natija berish bilan barobar, tanqih-ul manot deyilgan xususiyotdan tajrid nuqtai nazardan jami' anbiyo lisoni moʻ'jizotlari bilan vujudi Sone'ning bir burhoni bahirasi boʻlgan Muhammadning sidqiga shahodat qiladilar.
Qisqa jumlalar bilan aytolmayman, mugʻloqcha boʻladi. Zero shu haqoiq har tarafga chuqur ildizlarini otganlaridan, malasa choʻziladi. Surati masalani buzish va parcha-parcha etish va haqiqatni ranjitishni istamayman. Hamda haqiqatning atrofiga bir doirani chizishni istayman, toki haqiqat mahsur qolib qochmasin. Men tutmasam, boshqasi tutsin. Meni ma'zur koʻrsangiz, fabiha... Va illo hurriyat bor, tahakkum yoʻqdir. Xohishingizga...
Paygʻambarning dalili sidqi; har bir harakat, har bir holidir. Ha, har bir harakatida adami taraddud va moʻ'tarizlarga adami iltifot va muorizlarga adami mubolot va muxolif boʻlganlardan adami taxavvufi, sidqini va jiddiyatini koʻrsatadi. Hamda avomirida haqiqatning ruhiga boʻlgan isobati, haqqiyatini koʻrsatadi.
Taxavvuf va taraddud va talosh va mubolot kabi hiyla va adami vusuqni va itminonsizlikni imo etgan ishlardan mubarro ekan, bila-parvo va quvvati itminon bilan eng xatarli maqomlarda boʻlgan harakati va nihoyatda boʻlgan isobati va ikki olamda samara beradigan zihayot qoidalari harakoti bilan ta'sis etganiga binoan, har bir fe'l va har bir holining ikki tarafdan, ya'ni bidoyat va nihoyatdan jiddiyatni va sidqni nazari ahli diqqatga arzi diydor etadi. Boxusus majmu-i harakotining imtizojidan jiddiyat va haqqiyat shu'la-i javvola kabi va in'ikosotidan va muvazanotidan sidq va isobat, barqi lami' kabi tazohur va tajalliy etadi.
Zamoni moziy va zamoni hol, ya'ni Asri Saodat va zamoni istiqbol tazammun etishgan barohini nubuvvat lisoni vohid bilan ma'dani axloqi oliya boʻlgan Zoti Muhammadda (alayhissalotu vassalam) da'iyi sidqi va dalloli nubuvvati boʻlgan burhoni zotining nidosiga javob va hamdasti vifoq boʻlib, nubuvvatini i'lo va e'lon etganlarini koʻr boʻlmaganlarga koʻrsatdilar. Shu holda, kitobi olamdan boʻlgan fasli zamonning sahifa-i salosasini mutolaa qilamiz. Hamda u kitobdan masala-i uzmo va munavvara boʻlgan Zoti Muhammadni (S.A.V.) tomosha va ziyorat qilamiz. Mudda'omiz boʻlgan burhonning kubrosini u zot bilan isbot qilamiz.
Bu nuqtaga binoan, masoliki nubuvvat toʻrtta. Beshinchisi mashhur va masturdir.
BIRINCHI MASLAK
Ya'ni, masala-i oliya-i zotiyani tomosha qilishda toʻrt nuktani bilish lozim:
qoidasiga binoan, sun'iy va tasannu'iy narsa, naqadar mukammal boʻlsa ham, tabiiy oʻrnini tutmaganidan, hay'atining falatati, muzaxrafiyatni imo etadi.
Ikkinchisi: Axloqi oliyaning, haqiqatning zamini bilan boʻlgan robita-i ittisoli jiddiyatdir. Va davaroni dam kabi hayotlarini idoma etgan va imtizojlaridan tavallud etgan haysiyatga quvvat bergan, hay'ati majmuasiga intizom bergan yolgʻiz sidqdir. Ha, shu robita boʻlgan sidq va jiddiyat kesilgan onda, u axloqi oliya quriydi va behuda ketadi.
Uchinchisi: Umuri mutanosibada tamoyul va tajozub va mutazadda boʻlgan ashyolarda tanofur va tadofu' qoida-i mashhurasi, moddiyotda jarayon etgani kabi; ma'naviyat va axloqda ham jarayon etadi.
Hozir kelaylik maqsadga:
Mana osor va siyar va tarixi hayoti... Hatto a'daning shahodatlari bilan, Zoti Paygʻambarda vujudi muhaqqaq boʻlgan axloqi oliyaning kasrat va ihota va tajammu' va imtizojidan tavallud etgan izzat va haysiyatdan nash'at etgan sharaf va viqor va izzati nafs bilan farishtalar, devlarning ixtilot va istiroqlaridan tanazzuhlari kabi sirri tazodga binoan, u axloqi oliya ham hiyla va kizbdan taraffu' va tanazzuh va tabarri etadilar. Hamda hayot va moyalari maqomida boʻlgan sidq va haqqiyatni tazammun etganlaridan, shu'la-i javvola kabi nubuvvatni a'laniyatga chiqaradi.
Ey birodar! Koʻryapsanki: Bir odam yolgʻiz shijoat bilan mashhur boʻlsa, u shuxrat unga bergan haysiyatni ixlol etmaslik uchun osonlik bilan yolgʻonga tanazzul etmaydi. Qanday qilib, jami' axloqi oliya birdan tajammu' etganda...
Ha, majmu'da bir hukm boʻladi, fardda boʻlmaydi.
Koʻryapmiz: Bu zamonda sidq va kizbning oralari zoʻrgʻa bir barmoq qadar bordir. Bir bozorda ikkisi ham sotiladi. Faqat har bir zamonning bir hukmi bor. Hech bir zamonda asri saodat kabi sidq va kizb oʻrtasidagi masofa ochilmagan.
Shundayki: Sidq, oʻz husni haqiqiysini kamoli hashmat bilan izhor va u bilan tamassuk etgan Muhammadni (S.A.V.) a'loyi illiyini sharafga i'lo va olamda inqilobi azimni iqo' etganidan, sharqdan gʻarbga qadar kizbdan bu'd darajasini koʻrsatish bilan qiymati oliyasini i'lo etish jihati bilan bozorini va mato'ini gʻoyat nafiq va raij etgan.
Va kizb esa: Tashabbusoti azimani murdorlarning oʻlimtiklari kabi ruhsiz qoldirgani uchun, nihoyati qubhini izhor va u bilan tamassuk etgan Musaylima va unga oʻxshashlarni asfali sofiliyni xissatga tushirgan jihati bilan, mato'i zahr-oludni va bozorni gʻoyat mu'attal va kasod etgan.
Xullas, ahli izzat va tafoxur boʻlgan qavmi Arabning tabiatlaridagi mayl-ul raij saiqasi bilan musobaqa qilib u kasid kizbni tark qilib va raij sidq bilan tajammul etib adolatlarini olamga qabul ettirishgan. Xullas, sahobalarning aqlan boʻlgan adolatlari bu sirdan nash'at etadi.
Tarix va siyar va osor nuqtai nazaridan diqqat qilinsa; Muhammad alayhissalotu vassalam toʻrt yoshdan qirq yoshga qadar, lasiyyama sha'ni, axloqi va hiylani tashqariga otadigan harorati gʻariziyaning shiddati iltihobi zamonida, kamoli istiqomat bilan va kamoli matonat bilan va tamomi ittirodi ahvol bilan va musovot va muvozanati atvor bilan va nihoyati iffat bilan va hech bir holi masturiyatni muhofaza etmagan -lasiyyama shunday ahli inodga qarshi- bir hiylani imo qilmaslik bilan barobar yashagani nazarga olinsa, soʻngra istimrori axloqining zamoni boʻlgan qirq yoshdan soʻng u inqilobi azim nazarga olinsa; haqdan kelganini va haqiqat ekanini tasdiq etmasa, nafsini malomat etsin... Zero zehnida bir sofistaiy yashiringan boʻladi.
Hamda eng xatarli maqomlarda -gʻordagi kabi- tariqi xalosi mafqud ekan va xayt-ul amal bihasabil a'da uzilarkan, gʻoyat matonat va kamoli vusuq va nihoyati itminon bilan boʻlgan harakat va hol va vaziyati, nubuvvat va jiddiyatiga shohidi kofiydir va haq bilan tamassuk etganiga dalildir.
IKKINCHI MASLAK
Ya'ni: Sahifa-i ula, zamoni moziydir. Xullas, shu sahifada toʻrt nuktani nazari diqqatga olish lozimdir:
Birinchisi: Bir fanda va yoxud qisosda, bir odam asoslarini va ruh va uqdalarini axz etib mudda'osini unga bino qilsa, u fanda hazaqot va mahoratini koʻrsatadi.
Ikkinchisi: Ey birodar! Agar tabiati basharga orif boʻlsang; kichik bir haysiyat bilan, kichik bir da'voda, kichik bir qavmda, kichik bir xilofning bemalol irtikob boʻlmaganiga nazar solsang; gʻoyat buyuk bir haysiyat bilan, nihoyat jasim bir da'voda, behisob bir qavmda, hadsiz bir inodga qarshi, har jihatdan ummiyligi bilan barobar, hech bir jihat bilan aql mustaqil boʻlmagan masalalarda, tamoman erkinlik bilan bila-parvo va kamoli vusuq bilan a'la ruusil-ashhad zikr va naqldan quyosh kabi sidqning tulu' etishini koʻrasan.
Uchinchisi: Badaviylarga nisbat koʻp ulumi nazariya bordir; madaniylarga nisbatan lisoni odot va af'olning talqinoti bilan, ulumi muta'arifaning hukmlariga oʻtganlar. Bu nuktaga binoan, badaviylarning hollarini muhokama etish uchun oʻzini u badiyada faraz qilish kerak. Agar istasang, Ikkinchi Muqaddimaga murojaat et, zero shu nuktani izoh etgan.
Toʻrtinchisi: Bir ummiy ulamo orasida mutadovil bir fanda bayoni fikr etsa, ittifoq nuqtalarda muvofiq boʻlib va muxtalafun fiyha boʻlgan nuqtalarda muxolafat etib musahhihona boʻlgan aytishi, uning tafavvuqini va kasbiy boʻlmaganini isbot qiladi.
Shu nuktalarga binoan deymizki: Rasuli Akram alayhissalotu vassalam ma'lum boʻlgan ummiyati bilan barobar goʻyo gʻayri muqayyad boʻlgan ruhi javvola bilan tayyi zamon etib, moziyning a'moqi xofasiga kirib, hozir va mushohid kabi anbiyo-i salifaning ahvollarini va asrorlarini tashrih etishi bilan; butun anzori olamga qarshi shunday bir da'vo-i azimadaki, butun azkiyo-i olamning nazarlarini diqqatga jalb qiladi, bila-parvo va nihoyat vusuq bilan mudda'osiga muqaddima sifatida u asror va ahvolning u'qadi hayotiyalari hukmida boʻlgan asoslarini zikr qilish bilan barobar, kutubi salifaning ittifoq nuqtalarida musoddiq va ixtilof nuqtalarida musahhih boʻlib qisos va ahvoli anbiyoni bizga hikoya etishi, sidq va nubuvvatini intoj etadi.
Jami' anbiyoning daloili nubuvvatlari, sidqi Muhammadga (S.A.V.) dalildir va jami' moʻ'jizotlari, Muhammadning bir moʻ'jiza-i ma'naviyasidir (alayhimussalom). Bunga diqqat qilsang, tushunasan.
Ey birodar!.. Ba'zan qasam burhonning oʻrnini tutadi. Chunki, burhonni tazammun etadi. Shunday ekan:
Ha, na'am. Uning nuri nazariga xayol oʻzini haqiqat sifatida koʻrsatolmaydi va haq boʻlgan maslagi talbisdan mustagʻniydir.
UCHINCHI MASLAK
Ya'ni: Zamoni holning, ya'ni asri saodatning sahifasida toʻrt nukta, bir nuqtani nazari diqqatga olish kerak:
Birinchisi: Kichik bir odatni kichik bir qavmda yoki zaif bir axloqni qolil bir toifada buyuk bir hokim buyuk bir himmat bilan osonlik bilan olib tashlolmaganini nazarga olsang; ajabo gʻoyat koʻp, tamoman mustamirra, nihoyat darajada ma'luf va koʻp mutanavvi'a, tamoman rasixa boʻlgan odot va axloq, nihoyat kasir va ma'lufotiga gʻoyat mutaassib va shadidush-shakima boʻlgan bir qavmning a'moqi arvohidan oz fidokorlik bilan, qisqa bir zamonda qol'u raf' etganini va u odoti sayyianing oʻrniga boshqa odot va axloq koʻchatlarini oʻtkazishi va daf'atan nihoyat darajada takammul etganlarini nazarga olsang va diqqat qilsang, horiquloda ekanini tasdiq etmasang; seni sofistaiy daftarida yozaman.
Ikkinchisi: Shaxsi ma'naviy hukmida boʻlgan bir davlatning numuvvi tabiiysi hukmida boʻlgan tashakkuli esa, mutamahhildir. Va davlati a'tiqaga gʻalabasiki, unga inqiyod, tabiati soniya hukmiga kirgani uchun- tadrijiydir. Shunday ekan, moddatan va ma'nan hokim, hamda gʻoyat jasim bir davlatni qisqa bir zamonda tashkili, hamda duvali rasihaga daf'iy kabi gʻalaba qilishi; ma'naviyat va ahvolda joriy boʻlgan odotning bizzarura horiquloda ekanini koʻrmasang, koʻrlar daftarida yozilasan.
Uchinchisi: Tahakkumi zohiriy, qahr va jabr bilan mumkindir. Faqat afkorga gʻalaba qilish, hamda arvohga tahabbub va tabayi'ga tasallut, hamda hokimiyatini vijdonlar ustida doimo muhofaza qilish; haqiqatning xossa-i fariqasidir. Bu xossani bilmasang, haqiqatdan begonasan.
Toʻrtinchisi: Targʻib yoki tarhib hiylasi bilan faqat yolgʻiz bir ta'siri sathiy qilib va aqlga qarshi saddi turuq etadi. Shu holda a'moqi qulubga nufuz va arroqi hissiyotni tahyij va shukuf-misol boʻlgan iste'dodotni inkishof ettirish va kamina va naima boʻlgan sajiyalarni iqoz va tanbeh va javhari insoniyatni favaronga keltirish va qiymati notiqiyatni izhor etish, shua-i haqiqatning xossasidir.
Ha, qasovati mujassamaning misoli mushaxxasi boʻlgan "va'di banot" kabi ishlardan qalblarini tasqil etishi va riqqati latofatning lam'asi boʻlgan hayvonotga marhamat, hatto chumoliga shafqat kabi ishlar bilan tazyin etishi; shunday bir inqilobi azimdir -xususan shunday aqvomi badaviydaki- hech bir qonuni tabiiyaga muvofiq boʻlmaganidan, horiquloda ekani musoddaq-karda-i arbobi basiratdir. Basirating boʻlsa, tasdiq qilasan.
Hozir Nuqtani tingla: Xullas tarixi olam shahodat qiladiki: Eng buyuk dohiy ulkim; bir yoki ikki hisning va sajiyaning va iste'dodning inkishofiga va iqoziga va favaronga keltirishga muvaffaq boʻlsin. Zero shunday bir hissi naim iqoz etilmasa, sa'y behuda ketadi va muvaqqat boʻladi. Xullas, eng buyuk dohiy faqat bir yoki ikki hisning iqoziga muvaffaq boʻla olgan kishidir. Azjumla: Hissi hurriyat va hamiyat va muhabbat...
Bu nuqtaga binoan, Jazirat-ul Arab sahro-i vase'asida boʻlgan aqvomi badaviyda kamina va naima va mastura boʻlgan hissiyoti oliya-ki -minglarga yetishgan- birdan inkishof, birdan iqoz, birdan favaron va gʻalayonga keltirish; shamsi haqiqatning, ziyo-i shu'lafashonning xossasidir. Bu nuqtani aqliga tiqmaganning, biz Jazirat-ul Arabni koʻziga tiqamiz.
Mana Jazirat-ul Arab... Oʻn uch asr bashar taraqqiyotidan soʻng, eng mukammal faylasuflardan yuztasini yuborsin, yuz yil qadar ishlasin; ajabo bu zamonga nisbatan u zamonga nisbat qilganining yuzdan birini qila oladimi?
Kim tavfiq istasa, odatulloh va xilqat va fitrat bilan oshinolik etishi va doʻstlik qilishi kerak. Boʻlmasa fitrat tavfiqsizlik bilan bir javobi rad beradi. Jarayoni umumiy esa, muxolif harakatda boʻlganlarni adam-obod hecha-hechga otadi.
Xullas, bunga binoan tomosha qil.
Koʻrasanki: Xilqatda joriy boʻlgan qavonini a'miqa-i daqiqa-ki -xurdabini aql bilan koʻrilmaydi- haqoiqi shariat qay daraja muro'at va muorafat va munosabatda boʻlganlarki, u qavonini xilqatning muvozanasini muhofaza etgan.
Ha, shu a'sori tavilada shu musodamoti azima ichida haqoiqini muhofaza, balki yanada ziyoda inkishofga keltirganidan koʻrsatadiki; Rasuli Akram alayhissalomning maslagi, hech qachon mahv boʻlmagan haq ustida muassasdir.
Shu nukta va nuqtalarni bilgandan soʻng, keng va muhokamali va mudaqqiq bir zehn bilan tinglaki:
Muhammadi Hoshimiy alayhissalotu vassalam ummiyati va adami quvvati zohirasi va adami hokimiyati va adami mayli saltanat bilan barobar, gʻoyat xatarli mavoqe'da kamoli vusuq bilan tashabbus etib afkorga gʻalaba qilish bilan, arvohga tahabbub va tabayi'ga tasallut, gʻoyat kasira va mustamirra va rasixa va ma'lufa boʻlgan odot va axloqi vahshiyonani asosi bilan hadm etib, ularning oʻrniga axloqi oliyani gʻoyat metin bir asos bilan lahm va damlariga aralashgandek ta'sis etish bilan barobar, zaviya-i vahshatda xomid خامد boʻlgan bir qavmdagi qasovati vahshiyani ixmod va hissiyoti daqiqani tahyij... Ha, hissiyoti oliyani iqoz va javhari insoniyatlarini izhor etish bilan barobar avji madaniyatga bir zamoni qasirda is'od etib, sharq va gʻarbda joylashgan bir davlati jasimani bir zamoni qolilda tashkil etib otashi javvol kabi, balki nuri navvor kabi va yoxud asoyi Muso kabi boshqa davlatlarni bal' va imho darajasiga keltirganidan, basari basirati koʻr boʻlmaganlarga sidqini va nubuvvatini va haq bilan tamassukini koʻrsatgan. Xullas, agar sen koʻrmasang, seni insonlarning daftaridan oʻchirtiradi.
TOʻRTINCHI MASLAK
Sahifa-i mustaqbaldan, lasiyyama masala-i shariatdir. Xullas, toʻrt nuktani nazari diqqatdan dur etmasliging kerak.
Birinchisi: Bir shaxs toʻrt yoki besh fanda malaka sohibi va mutaxassis boʻlmaydi. Magar horiqo boʻlsa...
Ikkinchisi: Masala-i vohida ikki mutakallimdan sudur etadi. Birisi, mabda va muntahosi va siyoq va siboqqa muloyamatini va axovati bilan nisbatini va mavze'i munosibda iste'molini, ya'ni munbit bir zaminda sarfini nazarga olgani uchun, u fanda boʻlgan mahoratini va malakasini va ilmiga dalolat etgani holda; narigi mutakallim shu nuqtalarni ihmol etgani uchun, sathiyatiga va taqlidiyatiga dalolat qiladi. Holbuki kalom oʻsha-oʻsha kalomdir. Aqling buni farqlamasa ham, ruhing his qiladi.
Uchinchisi: Ikkinchi Muqaddimada oʻtgani kabi, bir-ikki asr avval horiqo deb sanalgan kashf bu zamongacha mastur qolsaydi, takammuli mabadiy jihati bilan bir bola ham kashf eta olishini nazarga ol. Oʻn uch asr orqaga ket, u zamonlarning ta'sirotidan oʻzingni tajrid et, dahshatangiz boʻlgan Jazirat-ul Arabda oʻtir, diqqat bilan tomosha qil, koʻrasanki:
Ummiy, tajribasiz, zamon va zamin yordam bermagan bitta odam; faqat zakovatga emas, balki gʻoyat kasir tajorubning maxsuli boʻlgan fununning qavonini bilan shunday bir nizom va adolatni ta'sis etadiki: Iste'dodi basharning qomati, natoiji afkori tasharrubidan takabbur etsa, u shariat ham tavassu' etib abadga tavajjuh etadi. Kalomi Azaliydan kelganini e'lon qilish bilan barobar, ikki olamning saodatini ta'min qiladi. Insof qilsang, bu esa yolgʻiz oʻsha zamonning insonlarining emas, balki navi basharning toqati xorijida koʻrasan. Magar avhomi sayyia, sening shu tarafga mutavajjih boʻlgan fitratingning tarfini chiritgan boʻlsa...
Toʻrtinchisi: Oʻninchi Muqaddimada oʻtgani kabi, hamda ikkinchi nuqta-i e'tirozning javobida ham kelishi kabi shudirki: Jumhurning iste'dodi afkori darajasida shariatning irshod etishidir. Shundayki:
Jumhurning omiligi uchun haqoiqi mujarradani; ma'luflari vosita boʻlmasdan adami talaqqiylari sababi bilan, mutashabehot va tashbehot va istiorot bilan tasvir etishidir. Hamda fununi akvonda jumhurning, hissi zohir sababi bilan xilofi voqe'ni zaruriy talaqqiy etish bilan barobar, mabodiy pogʻonalari adami in'iqod va takammulidan, magʻlatalarning vartalariga tushmaslik uchun shariat bunday masoilda ibhom etdi va mutlaq qoldirdi; lekin haqiqatni imodan xoli qoldirmadi.
Rasuli Akramning har bir fe'l va har bir holida sidq lama'an etadi. Faqat har fe'li va har holi horiqo boʻlishi lozim emas. Zero izhori horiqo, tasdiqi mudda'o uchundir. Hojat boʻlmagan yoki munosib boʻlmagan vaqtda jarayoni umumiyaga mutaba'at bilan, qavonini odatullohga dastadodi taslim boʻladi. Hamda shunday boʻlishi kerak.
Ey birodar!.. Shu Tanbeh, Birinchi Maslakning Muqaddimasining toifasidandir. Nisyonning xatosi bilan yoʻlini adashtirish bilan joyini yoʻqotib shu yerga kirgan. Yaxshilab shu nuktalarni tut. Xullas natijaga kiramiz:
Qara ey birodar!
Funun va ulumning zubda-i haqiqiyasi barohini aqliya ustida muassas boʻlgan diyonat va shariati Islomiya shunday fununlarni tazammun etgan.
Azjumla: Fanni tahzibi ruh va riyozat-ul qalb va tarbiyat-ul vijdon va tadbir-ul jasad va tadvir-ul manzil va siyosat-ul madaniya va nizomot-ul olam va fann-ul huquq va boshqalar... Kerakli koʻrilgan yerlarda tafsil va luzum boʻlmagan yoki azhonning yoki zamonning musta'id va muso'id boʻlmagan yerlarida bittadan fazlaka bilan qavoidi asosiyani vaz' etib tanmiya va tafri'ini uqulning mashvarat va istinbatotiga havola etgandirki; bu fununning majmu'iga emas, balki aqalliga oʻn uch asr taraqqiydan soʻng eng madaniy joylarda eng horiqo zakovat bilan mavsuf boʻlganlar, toqati basharning xorijida -xususan u zamonda- boʻlganini tasdiqdan vijdoni munsifona seni man qilolmaydi.
Xullas fazilat shudirki; a'da unga shahodat qilsin.
Yangi Dunyoning eng mashhur faylasufi boʻlgan Karlayl Olmoniyaning mashhur bir hakimidan va rijali siyosiyasidan naqlan deydiki:
"U tadqiqotidan soʻng oʻz-oʻziga savol berib degan: Islomiyat bunday boʻlsa, ajabo madaniyati hozira haqoiqi Islomiyat doirasida yashay oladimi?" Oʻzi oʻziga "Ha" bilan javob beradi. Hozirgi muhaqqiqlar u doira ichida yashayaptilar.
Avvalgi faylasuf ham deydiki: Haqoiqi Islomiyat chiqqanlari vaqt, otashi javvol kabi hatobning parchalariga oʻxshagan boshqa afkor va adyonni bal' etdi. Hamda haqqi bordir. Zero boshqalarning safsatiyotidan bir narsa chiqmaydi, ila oxirihi...
Ha, oʻn uch asrdan beri shu qadar dahshatli musodamotga qarshi haqoiqini muhofaza etgandir. Balki bu musodama, chalkashlik; haqiqati Islomiyatning yelkasi ustidan turobi xofani tarqiq va taxfif etadi. Na'am, vujud va holi olam bunga shohiddir. Maqola-i Uladagi muqaddimotni nazarga olish kerak.
Agar desang: Har bir fanda yolgʻiz bir fazlakani bilish bir odam uchun mumkindir.
Aljavob: Na'am, la! Zero unday bir fazlakaki: Husni isobat va mavqe'i munosibda va munbit bir zaminda iste'mol kabi, sobiqan mazkur boshqa nuqtalar bilan shisha kabi mavarosidan ittilo'i tom va malakani koʻrsatgan fazlakalar mumkin emas. Ha, kalomi vohid ikki mutakallimdan chiqsa; birining johilligiga va narigisining ilmiga ba'zi umuri marmuza-i gʻayri masmu'a bilan dalolat qiladi.
Ey men bilan shu kitobning avvali manozilidan xayoli bilan sayru safar etgan birodari vijdon! Keng bir nazar bilan nazar et va muvozana et. Oʻz xayolingda muhokama etish uchun bir majlisi oliyni tashkil et. Soʻngra esa "Muqaddimoti isna a'shar"dan muntaxobotini da'vat qil, hozir boʻlsinlar. Soʻngra esa shu qoidalar bilan mushovara et! Xullas:
Bir shaxs koʻp fununda mutaxassis va malaka sohibi boʻlmaydi.
Hamda bir kalom ikki mutakallimdan mutafovitdir, boshqalashadi.
Va hamda funun, mururi zamon bilan talohuqi afkorning natijasidir.
Hamda mustaqbaldagi badihiy bir narsa, moziyda nazariy boʻlishi mumkin.
Hamda madaniylarning ma'lumi, badaviylarga majhul boʻlishi mumkin.
Hamda moziyni mustaqbalga qiyos qilish, bir qiyosi xodi'i mushabbitdir.
Hamda ahli vabar va badiyaning basotati esa ahli madar va madaniyatning hiyla va dasoisiga mutahammil emas. Ha, na'am; hiyla madaniyatning pardasi ostida tasattur eta oladi.
Hamda juda koʻp ulum, odot va ahvol va vuqu'otning talqinoti bilan tashakkul eta oladi.
Hamda basharning nuri nazari mustaqbalga nufuz etolmaydi. Mustaqbalga maxsus boʻlgan narsalarni koʻrolmaydi.
Hamda basharning qonuni uchun bir umri tabiiy bordir. Nafsi bashar kabi u ham inqito' etadi.
Hamda atrof-muhit, zamon va makonning nufusning ahvolida buyuk bir ta'siri bordir.
Hamda eski vaqtda horiquloda boʻlgan narsalar, hozir oddiy qatoriga oʻta oladi. Zero mabodiy takammul etishgan.
Hamda zakovat agar garchi horiqo boʻlsa ham, bir fanning takmiliga kifoya emas. Qanday koʻp fanlarda kifoyat etadi?
Mana ey birodar! Shu zotlar bilan mushovara et. Soʻngra esa mufattishlik sifati bilan nafsingni tajrid et. Xayoloti muhitiya va avhomi zamoniyaning kiyimlarini yech, yalangʻoch boʻl. Bahri bikaroni zamoning boʻlgan shu asrning sohilidan ichiga kir. Toki asri saodat boʻlgan orolga chiq. Xullas, hamma narsadan avval sening nazaringga tushadigan va tajalliy etadigan shuki:
Vohid, yordamchisi yoʻq, saltanati mafqud, bitta shaxs; umum olamga qarshi muboraza etadi. Va kura-i zamindan yanada katta bir haqiqatni yelkasiga olgan va butun navi basharning saodatiga takafful etgan bir shariatiki: U shariat, fununi haqiqiya va ulumi Ilohiyaning zubdasi boʻlib, iste'dodi basharning numuvvi darajasida tavassu' etib ikki olamda samara berib ahvoli basharni goʻyo bir majlisi vohid, bir zamoni vohidning ahli kabi tanzim etgan shunday bir adolatni ta'sis etadi.
Agar u shariatning navomisidan soʻrasangki: Qayerdan kelyapsiz? Va qayerga ketasiz? Senga shunday javob beradilarki: Biz kalomi azaliydan kelganmiz. Navi basharning salomati uchun abadning yoʻlida rafoqat uchun abadga ketamiz. Bu dunyo-i foniyani bitirib, bizning suriy boʻlgan irtibotimiz uzilsa ham; doimo ma'naviyatimiz basharning rahbari va gʻido-i ruhoniysidir.
Shubahot va shukukning uch manbari bordir.
Shunday: Agar maqsudi Shari'dan va afkorning iste'dodlari nisbatida boʻlgan irshoddan tajohul etib, butun avhomi sayyianing uyasi hukmida boʻlgan shunday bir magʻlata bilan e'tiroz etsangki, shariatning boshi boʻlgan Qur'onda uch nuqta bordir:
Birinchisi: Qur'onning mabih-il imtiyozi va vuzuhi ifoda ustida muassas boʻlgan balogʻatga munofiydirki, vujudi mutashabehot va mushkulotdir.
Ikkinchisi: Shariatning maqsudi haqiqiysi boʻlgan irshod va ta'limga munofiydirki, fununi akvonda bir daraja ibhom va itloqotidir.
Uchinchisi: Tariqi Qur'on boʻlgan tahqiq va hidoyatga muxolifdir. Xullas, u ham ba'zi zavohirni dalili aqliyning xilofiga imola etib, xilofi voqe'ga ehtimolidir.
Ey birodar!.. Tavfiq Allohdandir. Men ham deymanki: Sababi nuqson koʻrsatganing shu uch nuqta tavahhum etganing kabi emas. Balki uchovi ham i'jozi Qur'onning eng sodiq shohidlaridir.
Xullas:
Birinchi nuqtaga javob: Zotan ikki dafa shu javobni zimnan koʻrgansan. Shundayki:
Insonlarning aksari jumhuri avomdir. Nazari Shari'da aqal aksarga tobedir. Zero avomga muvajjah boʻlgan xitobni xoslar fahm va istifoda etadilar. Aksincha boʻlsa, boʻlolmaydi. Xullas, jumhuri avom esa, ma'luf va mutaxayyolotidan tajarrud etib haqoiqi mujarrada va ma'quloti sirfani tomosha qilolmaydilar. Magar mutaxayyolotlarini durbin kabi tavsit etsalar... Faqat mutaxayyolotning suratlariga hasr va vaqfi nazar etish, jismiyat va jihat kabi mahol narsalarni istilzom etadi. Lekin nazar u suratlardan oʻtib haqoiqni koʻradi. Masalan, koinotdagi tasarrufi Ilohiyni sultonning sariri saltanatida boʻlgan tasarrufining suratida tomosha qila oladilar.
kabi...
Xullas, hissiyoti jumhur shu markazda boʻlishgani uchun, albatta irshod va balogʻat iqtizo etadiki: Ularning hissiyoti rioyat va ehtirom etilsin va afkorlari ham bir daraja mumashat va ehtirom etilsin. Xullas, rioyat va ehtirom; uquli basharga qarshi boʻlgan tanazzuloti Ilohiya bilan tasmiya qilinadi. Ha, u tanazzulot ta'nisi azhan uchundir. Oʻninchi Muqaddimaga murojaat et.
Xullas shuning uchundirki: Haqoiqi mujarradani tomosha qilish uchun hissiyot va xayol-olud jumhurning nazarlarini erkalagan suvari mutashabihadan bittadan durbin vaz' etilgan. Xullas shu javobni tayid etgan ma'oni-i a'miqa yoki mutafarriqani bir surati sahl va basitada tasavvur yoki tasvir etish uchun insonlarning kalomida istioroti kasirani irod etadilar. Demak, mutashabehot ham istiorotning eng agʻmaz boʻlgan qismidir. Zero eng xofiy haqoiqning suvari misoliyasidir. Demak, ishkal esa ma'noning diqqatidandir, lafzning igʻloqidan emas.
Ey moʻ'tariz! Insof bilan nazar sol, fikri basharning, xususan avomning fikrlaridan eng uzoq boʻlgan haqoiqni shunday bir tariq bilan taqrib etish, ajabo tariqi balogʻat boʻlgan muqtazo-i holning mutobaqatiga muvofiq va maqomning nisbatida kamoli vuzuh va ifodaga mutobiqdir; yoxud tavahhum etganing kabidir? Hakem sen boʻl...
Ikkinchi nuqtaga javob: Ikkinchi Muqaddimada mufassalan oʻtgan. Olamda mayl-ul istikmolning shoxi boʻlgan insondagi mayl-ut taraqqiyning samaroti va tajorubi kasira bilan va natoiji afkorning talohuqi bilan tashakkul etgan va mardivani taraqqiyning zinapoyalari hukmida boʻlgan funun esa; mutarattiba va muta'avina va mutasalsiladirlar. Ha, mutaaxxirning in'iqodi, mutaqaddimning tashakkuliga vobastadir. Demak, muqaddam boʻlgan fan ulumi muta'arifaning darajasiga keladi; soʻngra mutaaxxiringa muqaddima boʻlishi mumkin.
Bu sirga binoan: Shu zamonda tamaxxuzi tajorub bilan sahtga chiqib va tavallud etgan bir fanning deylikki oʻn asr avval bir odam tafhim va ta'limiga urinsa edi, magʻlata va safsataga tushirishdan boshqa bir narsa qilolmas edi.
Masalan, aytilsa: "Shamsning sukuni bilan arzning harakatini va bir qatra suvda bir million hayvonotning boʻlganliklarini tomosha qilingki, Sone'ning azamatini bilasiz."
Jumhuri avom esa; hissi zohir yoki gʻolati hisning sababi bilan xiloflarini zaruriy bilganlari uchun yo takzib yoki nafslariga mugʻolata yoki mahsus boʻlgan narsaga mukobara etishdan boshqa qoʻllaridan bir narsa kelmasdi. Chalkashtirish esa; xususan oʻninchi asrga qadar, minhoji irshodga buyuk bir vartadir. Azjumla: Sathiyati arz va davaroni shams ular tomonidan badihiyoti hissiyadan sanalar edi.
Shu kabi masalalar, mustaqbaldagi nazariyotga qiyos qilinmaydi. Zero mustaqbalga oid boʻlgan narsalarga hissi zohir taalluq etmagani uchun, ikki jihati ham muhtamaldir. E'tiqod qilinishi mumkin. Imkon darajasidadir. Itminon mumkindir. Uning haqqi sarihi tasrih etishdir. Lekin qachonki hisning gʻolati bizning "ma nahnu fih"imizni imkon darajasidan badohatga, ya'ni jahli murakkabga chiqardi. Uning nazari balogʻatda hech inkor qilinmaydigan haqqi esa; ibhom va itloqdir. Toki azhon mushavvash boʻlmasinlar. Faqat haqiqatga talvih va ramz va imo etish kerak. Afkor uchun eshiklarni ochish, duxulga da'vat etish lozimdir. Qandayki shariati gʻarra shunday qilgan.
Eshit ey birodar! Insofdanmi, taharri-i haqiqat bundaymiki: Sen irshodi mahz va ayni balogʻat va hidoyatning magʻzi boʻlgan narsani, irshodga munofiy va mubayin tavahhum qilsang? Va balogʻatcha ayni kamol boʻlgan narsani nuqson taxayyul etsang?
Ey ayyuhal-hoto! Ajabo, sening zehni saqimingda balogʻat shumi, azhonni tagʻlit va afkorni chalkashtirish va atrof-muhitning muso'adasizligi va zamonning adami i'dadidan azhon musta'id boʻlmaganlari uchun, uqulga tahmil etilmagan narsalarni taklif etishdir? Kallo!
bir dasturi hikmatdir. Istasang, muqaddamotga murojaat et... Xususan Birinchi Muqaddimani yaxshilab tafakkur qil!
Xullas, ba'zi zavohirni dalili aqliyning xilofiga koʻrsatish boʻlgan Uchinchi Nuqtaga javob:
Birinchi Muqaddimada tadabbur et, soʻng buni ham tinglaki; Shari'ning irshodi jumhurdan maqsudi asliysi: Isboti Sone'-i Vohid va nubuvvat va hashr va adolatda munxasirdir. Shunday ekan: Qur'ondagi zikri akvon, istidrodiy va istidlol uchundir. Jumhurning afhomiga koʻra san'atda zohir boʻlgan nizomi badi' bilan nazzomi haqiqiy boʻlgan Sone'-i Zuljalolga istidlol etish uchundir. Holbuki san'atning asari va nizomi hamma narsadan tazohur etadi. Tashakkul xususiyati qanday boʻlsa boʻlsin, maqsadi asliyga taalluq etmaydi.
Muqarrardirki, dalil mudda'odan avval ma'lum boʻlishi kerak. Shuning uchun ba'zi nususning zavohiri, ittizohi dalil va isti'nasi afkor uchun jumhurning mu'taqadoti hissiyalariga imola etilgandir. Faqat dalolat etish uchun emasdir. Zero Qur'on, oyotining talofifida shunday amorot va qaroinni nasb etgandirki; u sadaflardagi javohirni va u zavohirdagi haqiqatlarni ahli tahqiqqa barmoq bilan koʻrsatadi va ishorat qiladi.
Ha, "Kalimatulloh" boʻlgan Kitobi Mubinning ba'zi oyoti ba'zisiga mufassirdir. Ya'ni, ba'zi oyoti axovatining mafiz-zamirlarini izhor etadi. Unday boʻlsa, ba'zilari boshqa bir qismga qorina boʻlishi mumkinki; ma'no-i zohiriy murod emas.
Agar istidlolning maqomida deyilsa ediki: Elektrning ajoyibi va joziba-i umumiyaning gʻaroibi va kura-i arzning yavmiya va sanaviya boʻlgan harakati va yetmishdan ziyoda boʻlgan anosirning imtizoji kimyoviyalarini va shamsning istiqrori bilan barobar koʻrinishda boʻlgan harakatini nazarga oling, toki Sone'ni bilasiz! Mana oʻsha vaqt dalil boʻlgan san'at ma'rifati Sone' boʻlgan natijadan yanada xofiy va yanada gʻomiz va qoida-i istidlolga munofiy boʻlganidan, ba'zi zavohiri afkorga koʻra imola boʻlgandir. Bu esa yo mustatba'ut-tarokib qabilasidan yoki kinoiy navidan boʻlgani uchun, madori sidq va kizb boʻlmaydi. Masalan: قَالَ lafzidagi alif, alifdir. Asli vov boʻlsin, kof boʻlsin, nima boʻlsa boʻlsin, ta'sir qilmaydi.
Ey birodar! Insof qil... Ajabo shu uch nuqta-i e'tiroz jami' a'sorda jami' insonlarning irshodlari uchun inzol etilgan Qur'onning i'joziga eng zohir dalil emasmidir? Ha..
Na'am.. xayolning qanday haddi borki; nur-afshon boʻlgan nazariga qarshi oʻzini haqiqat koʻrsata olsin. Ha, maslagi nafsi haq va mazhabi ayni sidqdir. Haq esa tadlis va tagʻlit etishdan mustagʻniydir.
BESHINCHI MASLAK
Ma'rufa va mashhura boʻlgan havoriqi zohira va moʻ'jizoti maxsusadir. Siyar va tarixning kitoblari ular bilan mashhundir. Ulamoyi kirom (jazahumullohu hoyron) haqqi bilan tafsir va tadvin etishgan. Ma'lumning ta'limi lozim boʻlmagani uchun, biz tafsiliga kirmadik.
Shu havoriqi zohiraning har bir fardi garchi mutavotir emasdir, mutlaqo jinslari, balki koʻp anvo'i qat'iyan va yaqiynan mutavotiri bilma'nodir. U havoriq bir necha turdan iboratdir. Xullas:
Bir turi: Irhosoti mutanavvi'adir. Goʻyo u asr, Paygʻambardan (S.A.V.) istifoda va istifoza etib karomat sohibi boʻlganidan, qalbi hassosidan hissi qoblal vuqu'ga binoan irhosot bilan Faxri Olamning kelishini ixbor etgan.
Bir turi ham: Gʻaybdan boʻlgan ixboroti kasirasidir. Goʻyo tayyor boʻlgan ruhi mujarradi, zamon va makoni muayyanning qaydlarini sindirgan va hududi moziya va mustaqbalani buzib oʻtgan, har tarafini koʻrib bizga aytgan va koʻrsatgan.
Bir qismi ham: Tahaddi vaqtida izhor qilingan havoriqi hissiyadir. Mingga yaqin ta'dad etilgan. Demak, aytganimiz kabi, har bir fardi ahadiy ham boʻlsa, majmui mutavotiri bilma'nodir.
Birisi: Muborak boʻlgan barmoqlaridan suvning naba'onidir. Goʻyo ma'dani saxovat boʻlgan yadi muborakasidan moya-i hayot boʻlgan suvning naba'oni bilan, manba-i hidoyat boʻlgan lisonidan moya-i arvoh boʻlgan ziloli hidoyatning oqib ketishini hissan tasvir etadi.
Biri: Takallumi shajar va hajar va hayvondir. Goʻyo hidoyatidagi hayoti ma'naviya, jamodot va hayvonotga ham siroyat etib nutqqa keltirgandir.
Biri ham: Inshiqoqi qamardir. Goʻyo qalbi samo hukmida boʻlgan Qamar, muborak boʻlgan qalbi bilan inshiqoqda bir munosabat paydo qilish uchun siyna-i sof va barroqini muborak barmoqning ishorati bilan ishtiyoqan shaqqu chok etgandir.
Inshiqoqi qamar mutavotiri bilma'nodir.
boʻlgan oyati karima bilan sobitdir. Zero, hatto Qur'onni inkor qilgan ham bu oyatning ma'nosiga qarshi chiqmagandir. Hamda ehtimol berishga shoyon boʻlmagan bir ta'vili zaifdan boshqa ta'vil va tahvil etilmagandir.
Inshiqoq ham oniy, ham kechasi, ham vaqti gʻaflat, ham shu zamon kabi osmonga adami tarassud, ham vujudi sahab, ham ixtilofi matoli' jihati bilan butun olamning koʻrishlari lozim boʻlmaydi va lozim emasdir. Hamda ham-matla' boʻlganlarda sobitdirki, koʻrilgandir.
Birisi va eng birinchisi va eng kubrosi boʻlgan Qur'oni Mubindir. Xullas sobiqan bir parchasiga imo qilingan yetti jihat bilan i'jozi mubarnahdir. Ila oxirihi... Boshqa moʻ'jizotni kutubi moʻ'tabaraga havola qilaman.
Ey mening kalomimni mutolaa etgan zavot! Keng bir fikr bilan va mutayaqqiz bir nazar bilan va muvozanali bir basirat bilan majmu'i kalomimni, ya'ni masoliki hamsani hamma yerni qamragan bir doira yoki mustadir bir qal'a devori deb nazarga olinglar, Muhammad alayhissalotu vassalamning nubuvvatiga markaz kabi tomosha qilinglar. Va yoxud sultonning atrofiga halqa boʻlgan asokiri muta'avinaning nazari bilan qaranglar! Toki bir tarafdan hujum qilgan avhomni mutajaviba va muta'avina boʻlgan javonibi saira daf qila olsin.
Xullas shu holda Yaponlarning savoli boʻlgan
ga qarshi deyman: Mana Muhammad alayhissalotu vassalam...
Ne vaqt koinot tarafidan, hukumati xilqat janibidan mustantiq va sail sifati bilan yuborilgan fanni hikmat, istiqbolga tavajjuh etgan navi basharning tole'alariga uchragan; birdan fanni hikmat shunday bir qator savollarni irod etganki:
"Ey inson avlodlari! Qayerdan kelyapsiz? Kimning amri bilan? Nima qilasiz? Qayerga ketasiz? Mabdaingiz qayerdan? Va muntahongiz qayergadir?"
U vaqt navi basharning xatib va murshid va raisi boʻlgan Muhammad alayhissalotu vassalam oyoqqa turib, hukumati xilqat janibidan kelgan fanni hikmatga shunday javob bergandirki:
"Ey mustantiq afandi! Biz ma'ashiri mavjudot, Sultoni azalning amri bilan, qudrati Ilohiyaning doirasidan ma'muriyat sifati bilan kelganmiz. Shu hulla-i vujudni bizga kiydirib va shu sarmoya-i saodat boʻlgan iste'dodotni bergan, jami'-i avsofi kamoliya bilan muttasif va Vojib-ul vujud boʻlgan Hokimi Azaldir. Biz ma'ashiri bashar ham hozir saodati abadiyaning sabablarini tadorik etish bilan mashgʻulmiz. Soʻngra birdan abadga mutavajjihan shahristoni abad-ul obod boʻlgan hashri jismoniyga ketamiz.
Mana ey hikmat, valdirama va safsata sotma! Koʻrgan va eshitganing kabi ayt!"
Uchinchi Maqsad
Hashri jismoniydir. Ha, xilqat usiz boʻlmaydi va abasdir. Na'am, hashr haqdir va toʻgʻridir. Burhonning eng vazihi, Muhammad alayhissalotu vassalamdir.
Qur'oni Mubin hashri jismoniyni shu daraja izoh etganki, adno bir shubhani qoldirmagan. Xullas biz ham quvvatimizga koʻra uning barohinini bir daraja tafsir uchun bir necha maqosid va mavoqifiga ishorat qilamiz.
Ha, koinotdagi nizomi akmal, hamda xilqatdagi hikmati tomma, hamda olamdagi adami abasiyat, hamda fitratdagi adami isrof, hamda jami' funun bilan sobit boʻlgan istiqro-i tom, hamda yavm va yil kabi koʻp anvo'da boʻlgan bittadan navi qiyomati muqarrara, hamda iste'dodi basharning javhari, hamda insonning loyatanohiy boʻlgan amoli, hamda Sone'-i Hakimning rahmati, hamda Rasuli Sodiqning lisoni, hamda Qur'oni Moʻ'jizning bayoni; hashri jismoniyga sodiq shohidlar va haq va haqiqiy burhonlardir.
1- Ha, saodati abadiya boʻlmasa, nizom bir surati zaifa-i vahiyadan iborat qoladi. Jami' ma'naviyat va ravobit va nisab behuda ketadi. Demak nazzomi, saodati abadiyadir.
2- Ha, inoyati azaliyaning timsoli boʻlgan hikmati Ilohiya, koinotdagi rioyati masolih va hikam bilan mujahhaz boʻlganidan, saodati abadiyani e'lon qiladi. Zero saodati abadiya boʻlmasa, koinotda bilbedaho sobit boʻlgan hikam va favoidga qarshi mukobara etiladi.
3- Na'am, aql va hikmat va istiqroning shahodatlari bilan sobit boʻlgan xilqatdagi adami abasiyat; hashri jismoniydagi saodati abadiyaga ishorat, balki dalolat qiladi. Zero, adami sirf hamma narsani abas etadi.
4- Ha fitratda, azjumla olami sugʻro boʻlgan insonda, fanni manofi'-ul a'zoning shahodati bilan, sobit boʻlgan adami isrof koʻrsatadiki: Insonda boʻlgan iste'dodoti ma'naviya va amol va afkor va muyulotining adami isrofini isbot qiladi. U esa saodati abadiyaga nomzod boʻlganini e'lon qiladi.
5- Ha, shunday boʻlmasa, umuman quriydi, behuda ketadi. Fayo lil-ajab! Bir javhari jahonbahoning gʻilofiga nihoyat daraja diqqat va i'tino etilsa, hatto changning qoʻnishidan muhofaza qilinsa, qanday va qay suratda u javhari yagonani sindirib mahv etadi? Kallo! Unga i'tino, uning xotirasi uchundir.
6- Ha, sobiqan bayon qilingani kabi, jami' funun bilan hosil boʻlgan istiqro-i tom bilan sobit boʻlgan intizomi komil, u intizomni ixloldan xalos aylagan va takammul va umri abadiyga mazhar etgan hashri jismoniyning sadafida boʻlgan saodati abadiyani bizzarura iqtizo etadi.
7- Ha, soatning soniya va daqiqa va soat va kunlarni sanagan charxlariga oʻxshagan yavm va yil va umri bashar va davaroni dunyo; bir-biriga muqaddima boʻlib aylanadi, ishlaydi. Tundan soʻng nahorni, qishdan soʻng bahorni qilganlari kabi, mavtdan soʻng qiyomat ham u dastgohdan chiqishini xabar beradilar.
Ha, insonning har fardi bittadan nav kabidir. Zero nuri fikr uning amoliga shunday bir vus'at berganki; butun azmanni yutsa, toʻymaydi. Boshqa anvo'ning afrodlarining mohiyati, qiymati, nazari, kamoli, lazzati, alami esa juz'iy va shaxsiy va mahdud va mahsur va oniydir. Basharning esa ulviy, kulliy, sarmadiydir. Yavm va yilda boʻlgan koʻp navlarda boʻlgan bittadan nav qiyomati mukarrara-i naviya bilan insonda bir qiyomati shaxsiya-i umumiyaga ramz va ishorat, balki shahodat qiladi.
8- Na'am, basharning javharida gʻayri mahsur iste'dodotida mundamij boʻlgan gʻayri mahdud boʻlgan qobiliyotdan nash'at etgan muyulotdan hosil boʻlgan loyatanohiy amolidan tavallud etgan gʻayri mutanohiy afkor va tasavvuroti, mavaro-i hashri jismoniyda boʻlgan saodati abadiyaga qoʻlini uzatgan va maddi nazar etib u tarafga mutavajjih boʻlgandir.
9- Na'am, Sone'-i Hakim va Rahmon-ur Rahimning rahmati esa; jami' ni'omni ne'mat qilgan va niqmatlikdan xalos qilgan va koinotni firoqi abadiydan hosil boʻlgan dod-faryodlardan xalos qilgan saodati abadiyani navi basharga beradi. Zero shu har bir ne'matning raisi boʻlgan saodati abadiyani bermasa, jami' ne'matlar niqmatga tahavvul etib, bizzarura va bilbedaho va umum koinotning shahodati bilan sobit boʻlgan rahmatni inkor etish lozim boʻladi.
Mana ey birodar! Mutanavvi' boʻlgan ne'matlardan yolgʻiz muhabbat va ishq va shafqatga diqqat qil. Soʻngra esa firoqi abadiy va hijroni loyazaliyni nazarga ol. Qanday u muhabbat eng buyuk musibat boʻladi! Demak hijroni abadiy muhabbatga qarshi chiqolmaydi. Xullas, saodati abadiya u firoqi abadiyaga shunday bir tarsaki tushiradiki, adam-obod hecha-hechga otadi.
10- Na'am, sobiq boʻlgan besh maslagi bilan sidq va haqqoniyati mubarhan boʻlgan Paygʻambarimizning lisoni, hashri jismoniyning dafinasidagi saodati abadiyaning kalitidir.
11- Na'am, yetti jihat bilan oʻn uch asrda i'jozi musaddaq boʻlgan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon hashri jismoniyning kashshofidir va fattohidir va basmala-kashidir.
Qur'onda ishorat qilingan hashrga doir ikki dalilning bayonidadir. Xullas
Bu risolaning muallifi, Ustoz Badiuzzamon Hazratlari bu risolaning ta'lifidan oʻttiz yil soʻngra ta'lif qilgan Risola-i Nur Kulliyotidan "Toʻqqizinchi Shua"ning boshida deydiki:
Latif bir inoyati Rabboniyadirki: Bundan oʻttiz yil avval Eski Said, yozgan tafsiri muqaddimasi "Muhakamot" nomli asarning oxirida; "Ikkinchi maqsad: Qur'onda hashrga ishorat etuvchi ikki oyat tafsir va bayon qilinadi.
" deb toʻxtagan. Boshqa yozolmagan. Xoliqi Rahimimga daloil va amoroti hashriya adadicha shukr va hamd boʻlsinki: Oʻttiz yil oʻtib tavfiq ehson ayladi.