MUHOKAMOT
Jumla tahiyyot, ul Hokimi Azal va Hakimi Azaliy va Rahmoni Lamyazaliyga alyoqdirki: Bizni Islomiyat bilan sarfaroz va shariati gʻarra bilan siroti mustaqimga hidoyat etibdi.
Shunday bir shariatki: Aql va naql, dast ba-dast ittifoq qilib bu shariatning haqoiqining haqqoniyatini tasdiq etishgan.
Shunday haqoiqki: Ildizlari haqiqat zaminida rusux bilan barobar, shox va shodalari kamolotning koʻklariga yuksalib intishor etib...
Shunday furuotki: Mevalari saodati dorayndir. Va bizni Qur'oni Moʻ'jiz bilan irshod aylamish.
Shunday kitobki: Qoidalari bilan xilqati olamning kitobidan dasti qadar va qalami hikmat bilan maktub va joriy boʻlgan qavonini a'miqa-i daqiqa-i Ilohiyani izhor etgani uchun, ahkomi odilonasi bilan navi basharning nizom va muvozanat va taraqqiysiga kafili mutlaq va ustozi kull boʻlgandir.
Salavoti beniyoha ul Sarvari Koinot va Faxri Olamga hadya boʻlsinki: Olam anvo' va ajnosi bilan uning risolatiga shahodat va moʻ'jizalariga dalolat va xazina-i gʻaybdan keltirgan mato'i oliyga dallollik qilyapti.
Goʻyo olamga tashrif etganidan har bir nav oʻz lisoni maxsusi bilan olqishlagani kabi; Sultoni Azal, zamin va osmonning avtorini intoq etib har bir tor boshqa lison bilan moʻ'jizotining nagʻamotini inshod etish bilan, u sadoyi shirin bu qubba-i minoda ilalabad tanin-andoz etgan.
Goʻyo osmon, oʻz me'roj va malak va qamarning alsina-i samoviyasi bilan risolatini tabrik va zamin oʻz hajar va shajar va hayvonning tillari bilan moʻ'jizalariga sanoxon va javvi fazo oʻz jin va bulutlarining ishoroti bilan nubuvvatiga bashorat va soyabon va zamoni moziy anbiyo va kutub va kohinlarning rumuz va talvihoti bilan u shamsi haqiqatning fajri sodiqini koʻrsatib xushxabarchi va zamoni hol, ya'ni asri saodat lisoni holi bilan tabiati Arabdagi inqilobi azimning va badaviyati sirfdan madaniyati mahzaning daf'atan tavalludini shohid koʻrsatib nubuvvatini isbot va zamoni mustaqbal oʻz vuqu'ot va fununining atvori mudaqqiqonasi bilan uning mavkibi iqbolini istiqbol va lisoni hakimona bilan irshodotiga tashakkur; navi bashar oʻz muhaqqiqlari bilan, baxusus xatibi baligʻiki, shams kabi oʻziga oʻzi burhon boʻlgan Muhammadning (S.A.V.) lisoni fasihonasi bilan haqdan kelganini e'lon va Zoti Zuljalol oʻz Qur'onining lisoni baligʻonasi bilan u Nabiyyi Ummiyning farmoni risolatini qiroat etishyapti va risolatiga shohidlar boʻlyaptilar.
Bayt:
Ammo ba'd: Shu faqir, gʻarib Nursiyki, "Bid'atuz zamon" laqabi bilan musammo boʻlishga loyiq ekan, xabari boʻlmasdan "Badiuzzamon" bilan mashhur boʻlgan bechora; tadanniyi millatdan yuragi ezilgandek faryodu figʻon etib voh, voh, voh, afsuslar boʻlsin deydiki: Islomiyatning magʻiz va lubbini tark etib poʻchogʻiga va zohiriga vaqfi nazar etdik va aldandik. Va sui fahm va sui adab bilan Islomiyatning haqqini va mustahaq boʻlgan hurmatni ifo etolmadik. Nihoyat u ham bizdan nafrat etib avhom va xayolotning bulutlari bilan oʻralib tasattur ayladi.
Hamda haqqi bor. Zero biz Isroiliyotni Islom usuliga va hikoyotni aqoidiga va majozotni haqoiqiga aralashtirib qiymatini qadrlay olmadik. U ham jazo sifatida bizni dunyoda ta'dib uchun zillat va safolat ichida qoldirdi. Bizni qutqaradigan narsa yana uning marhamatidir.
Shunday ekan ey ixvoni muslimiyn! Kelinglar, unga tarziya beramiz. Qoʻlni qoʻlga berib dasti sadoqatni uzatamiz, bay'at etamiz. Uning habl-ul matiniga yopishamiz.
Hamda bila-parvo e'lon qilaman: Meni oʻtgan asrlarning afkoriga qarshi muborazaga joʻshish va shijoatga keltirgan va yuzlab yillardan beri savq-ul jaysh bilan quvvat topgan xayolot va avhomning mudofaasiga gʻayratga keltirgan e'tiqodim va yaqiynimdirki:
Haq nashvu namo topadi, agar chandon tuproqqa koʻmilsa... Va tarafdor va multazimlari muzaffar boʻladilar, agar chandon zamon va zaminning marhamatsizligidan oz va zaif boʻlsalar...
Hamda shunga e'tiqod qilamanki: Istiqbolga hukm suradigan va har qit'ada hokimi mutlaq boʻladigan faqat haqiqati Islomiyatdir. Ha, saodat-saroyi istiqbolda taxt-nishin haqoiq va ma'orif yolgʻiz Islomiyat boʻladi. Uni fath etadigan yolgʻiz udir, alomatlar koʻrinyapti...
Zero moziy qit'asida, vahshat-obod sahrolarida xamya-nishin taassub va taqlid va yoxud jahliston oʻlkasida manzil-nishin muzaxrafot va istibdod boʻlganlarga, shariati gʻarraning gʻalaba-i mutlaq va istilo-i tommiga toʻsiq va mone boʻlgan sakkiz amr uch haqiqat bilan chil-parchin boʻlgan va boʻlishyapti.
U mone'lar esa: Ajnabiylarda taqlid va jaholat va taassub va qissislarning rayosati.
Va bizdagi mone esa istibdodi mutanavvi' va axloqsizlik va mushavvashiyati ahvol va a'tolatni intoj etgan ya'sdirki, shamsi Islomiyatning kusufga yuz tutishiga sabab boʻlganlar.
Sakkizinchi va eng birinchi mone' va balo budir: Biz bilan ajnabiylar, ba'zi zavohiri Islomiyat va ba'zi masoili funun oʻrtasida xayoli botil (!) bilan tavahhum aylaganimiz musodamot va munoqozotdir.
Ofarin ma'orifning himmati fayyozonasiga va fununning himmati mardonasigaki; mayli taharriyi haqiqat va muhabbati insoniyat va mayli insof boʻlgan haqoiqni tajhiz etib u monelarga yuborib chil-parchin qilgan va qilyapti.
Ha, eng katta sabab: Bizni dunyo rohatidan va ajnabiylarni oxirat saodatidan mahrum qilgan, shamsi Islomiyatni munkasif ettirgan, sui tafahhum bilan tavahhumi musodamat va muxolafatdir.
Fayo lil-ajab! Qul xoʻjayiniga va xizmatkor raisiga va valad padariga qanday dushman va muoriz boʻlishi mumkin? Holbuki Islomiyat fununning sayyidi va murshidi va ulumi haqiqiyaning rais va padaridir.
Faqat, vo asafo, bu sui tafahhum va shu tavahhumi botil hozirga qadar hukmini ijro qilib vasvasasi bilan ya'sni ilqo etib, bobi madaniyat va ma'orifni Kurdlar va oʻxshashlariga yoptirdi. Chunki ba'zi zavohiri diniyani fununning ba'zi masoiliga muoriz taxayyul etib qoʻrqdilar. Azjumla: Kuraviyati arzki, fununning eng birinchi darajasi boʻlgan joʻgʻrofiyaning eng birinchi pogʻonasidir. Oldinda keladigan olti masalaga munofiy oʻylaganlaridan, bu badihiy masalada mukobara etishdan chekinmadilar.
Ey mening shu kitobimga im'oni nazar bilan nazar etgan zot! Ma'luming boʻlsin, bu kitob bilan men shu xizmatni xohlayman:
Islomiyatda boʻlgan tariqi mustaqimni koʻrsatish bilan ahli tafrit boʻlgan a'dayi dinning tashkikotini rad va yuzlariga urish bilan birga; tariqi mustaqimning narigi tomonini va sodiqi ahmoq unvoniga loyiq boʻlgan ahli ifrot va zohirparastlarning tavahhumlarini tard va aslsizligini koʻrsatish va asl rahbari haqiqat va olami Islomiyatning iqbol va istiqboliga yoʻl ochgan va siroti mustaqimda kamoli umidi zafar bilan harakat qilgan muhaqqiqiyni Islom va oqil siddiqlarga yordam berish va quvvat berishdir.
Alhosil: Maqsadim, u olmos qilichga sayqal berishdir.
Agar soʻrasang: Sening bu xavotiring va ulumi muta'arifa hukmidagi narsalarga burhon keltirishning nima keragi bor? Zero talohuqi afkor va tajorubning kashfiyoti bilan maydoni badohatga kelgan masoilga burhon keltirish, ma'lumni i'lam deganidir.
Javoban deyman: Ma'ataassuf men bilan shu zamonning qit'asida ishtirok etgan jumlasi; agar chandon suratan oʻn uchinchi asrning avlodlaridir, lekin fikr va taraqqiy etish jihati bilan quruni vustoning yodigorlaridirlar. Goʻyo muasirlarimiz, uchinchi asrning nihoyatidan oʻn uchinchi asrga qadar oʻtgan asrlarning mundarijasi yoki anmuzaji va yoxud malaz bir qavmdirlar. Hatto bu zamonning koʻp badihiyoti ular tomonidan mavhumot sanaladi.
Bu kitob uch maqola bilan uch kitob ustiga murattabdir.
Birinchi Maqola, unsuri haqiqatning yoki ba'zi muqaddimot va masoil bilan Islomiyatga sayqal berishning bayonidadir.
Ikkinchi Maqola, unsuri balogʻatni kashf qiladi.
Uchinchisi, unsuri aqida bilan ajviba-i Yaponiya bayonidadir.
Kitoblar esa Qur'onda ishorat qilingan ilm-us samo va ilm-ul arz va ilm-ul basharni tahqiq qilgan bir navi tafsirdir.
BIRINCHI MAQOLA
Maqsadga uruj etish uchun muqaddimalardan istimdod etish, ahli tahqiqning dasturlaridandir. Shunday ekan, biz ham oʻn ikki pogʻonali bir zinapoya qilamiz.
Birinchi Muqaddima
Taqarrur etgan usuldandir: Aql va naql ta'aruz etgan vaqtda, aql asl e'tibor va naql ta'vil qilinadi. Faqat u aql aql boʻlishi kerak.
Hamda tahaqquq etgan: Qur'onning har bir tarafida intishor etgan maqosidi asosiya va anosiri asliya toʻrtdir. Ular ham: Isboti Sone'-i Vohid va nubuvvat va hashri jismoniy va adolatdir.
Ya'ni, hikmat tarafidan koinotga irod etilgan savollarga shunday: "Ey koinot!. Qayerdan va kimning amri bilan kelyapsiz? Sultoningiz kim? Dalil va xatibingiz kim? Nima qilasiz? Va qayerga ketasiz?" qat'iy javob beradigan yolgʻiz Qur'ondir. Shunday ekan, Qur'onda maqosiddan boshqa boʻlgan koinot bahsi istitrodiydir. Toki san'atning intizomi bilan Sone'-i Zuljalolga istidlol yoʻli koʻrsatilsin.
Ha, intizom koʻrinadi va kamoli vuzuh bilan oʻzini koʻrsatadi. Sone'ning vujud va qasd va irodasiga qat'iyan shahodat qilgan intizomi san'at, koinotning har jihatida boshini koʻtarib har tarafidan lama'an etgan husni xilqatni nazari hikmatga koʻrsatadi. Goʻyo har bir masnu' bittadan lison boʻlib, Sone'ning hikmatini tasbeh etadi. Va har bir nav barmogʻini koʻratib shahodat va ishorat qiladi.
Modomiki maqsad shu ekan va modomiki koinotning kitobidan intizomga boʻlgan rumuz va ishorotini ta'allum etamiz. Va modomiki natija bir chiqar ekan; tashakkuloti koinot nafs-ul amrda qanday boʻlsa boʻlsin, bizga bizzot taalluq etmaydi.
Faqat u majlisi oliyi Qur'oniyga kirgan koinotning har fardi toʻrt vazifa bilan muvazzafdir:
Birinchisi: Intizom va ittifoq bilan Sultoni azalning saltanatini e'lon...
Ikkinchisi: Har biri bittadan fanni haqiqiyning mavzu va muntahobi boʻlganlaridan, Islomiyat fununi haqiqiyaning zubdasi boʻlganini izhor...
Uchinchisi: Har biri bittadan navning namunasi boʻlganlaridan, xilqatda joriy boʻlgan qavonin va navomisi Ilohiyaga Islomiyatni tatbiq va mutobiq boʻlganini isbot.. toki u navomisi fitriyaning yordami bilan Islomiyat nashvu namo topsin. Ha, bu xosiyat bilan dini mubini Islom; boshqa havo va havas ichida muallaq va madadsiz, ba'zan yorugʻlik va ba'zan zulmat bergan va tez tagʻayyurga yuz tutgan dinlardan mumtoz va sarfarozdir.
Toʻrtinchisi: Har biri bittadan haqiqatning namunasi boʻlganlaridan, afkorni haqoiq jihatiga tavjih va tashviq va tanbeh etishdir. Azjumla: Qur'onda qasam bilan tamayyuz etgan ajromi ulviya va sufliyani tafakkurdan gʻaflat etganlarni doimo iqoz etadilar. Ha, qasamoti Qur'oniya navmi gʻaflatda shoʻngʻiganlarga qor-ul a'sodir.
Hozir tahaqquq etgan shudir. Shunday ekan, shak va shubha qilmaslik lozimki, moʻ'jiz va eng yuksak daraja-i balogʻatda boʻlgan Qur'oni Murshid, asolibi Arabga eng muvofigʻi va tariqi istidlolning eng mustaqim va eng vazihi va eng qisqasini ixtiyor etadi. Demak, hissiyoti ommani tafhim va irshod uchun bir daraja ehtirom etadi. Demak, dalil boʻlgan intizomi koinotni shunday bir vajh bilan zikr qiladiki, ular tomonidan ma'ruf va aqllariga ma'nus boʻlsin... Boʻlmasa dalil mudda'odan yanada xofiy boʻladi. Bu esa tariqi irshodga va maslagi balogʻatga va mazhabi i'jozga muxolifdir.
Masalan, agar Qur'on desaydi: Yo ayyuhan-nas!.. Fazoda uchgan majzub va musofir va mutaharrik boʻlgan kura-i zaminga va oqishi bilan barobar mustaqarrida istiqror etgan shamsga va ajromi ulviyani bir-biri bilan bogʻlagan joziba-i umumiyaga va fazo-i gʻayri mutanohiyda shox va shodalari muntashir boʻlgan shajara-i xilqatdan, anosiri kasiradan boʻlgan munosaboti kimyoviyaga nazar va tadabbur qilinglar, toki Sone'-i olamning azamatini tasavvur qilasiz.
Va yoxud shu qadar kichikligi bilan barobar, bir olami hayvonoti xurdabiniyani isti'ob etgan bir qatra suvni, aqlning xurdabini bilan tomosha qiling, toki Sone'-i koinot hamma narsaga qodir ekanini tasdiq qilasiz.
Ajabo, shu holda dalil mudda'odan yanada xofiy va yanada muhtoji izoh boʻlmasmidi? Hamda ularning fikricha muzlim narsa bilan haqiqatni tanvir etish va yoxud ularning badohati hislariga qarshi mugʻolata-i nafs kabi bir amri gʻayri ma'qula taklif boʻlmasmidi? Holbuki i'jozi Qur'on juda yuksak va juda munazzah boʻlib, uning sof va porloq etagiga ixloli ifhom boʻlgan gʻubor qoʻna olsin.
Shu bilan birga, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon oyoti bayyinotning talofifida maqsadi haqiqiyga talvih va ishorat qilgani kabi, ba'zi zavohiri oyotni -kinoyada boʻlgani kabi- maqsadga manor etgan.
Hamda usuli muqarraradan: Sidq va kizb yoxud tasdiq va takzib; kinoyot va oʻxshashlarida, fanni bayonda "ma'ani-i ula" deb ta'bir qilingan surati ma'noga roji' emas. Faqat "ma'ni-i sanaviy" bilan ta'bir qilingan maqsad va gʻoyaga tavajjuh etadilar. Masalan: "Falonchaning qilichining bandi uzun" deyilsa; qilichi boʻlmasa ham, faqat boʻyi uzun boʻlsa, hukm toʻgʻri, yolgʻon boʻlmaydi.
Hamda kalomda bir kalima istioraga qorina-i majoz ekan, xuddi shuning kabi, kalima-i vohid hukmida boʻlgan Kalomullohning bir qism oyoti boshqa ixvonining haqiqat va javharlariga qorina va rahnamo va qoʻshnilarining qalblaridagi sirlarga dalil va tarjimon boʻladilar.
Alhosil: Bu haqiqatni peshi nazarga keltirolmagan va oyatlarni muvozana va toʻgʻri muhokama qilolmagan, mashhur Bektoshi kabi, namozning tarkida ta'allul yoʻlida: "Qur'on deydi:
Davomiga ham hofiz emasman", degan. Nazari haqiqatga qarshi masxara boʻladi.
Ikkinchi Muqaddima
Moziyda nazariy boʻlgan bir narsa mustaqbalda badihiy boʻlishi mumkin.
Shunday tahaqquq etgandir: Olamda mayl-ul istikmol bor.
Bizning bir Kurd aytgan:
Har zarrada tamoyul ayondir takomulga
Har naslda fuyuzi huvaydonamo bilan
Bir nuqta-i kamolga shitob uzra koinot,
Ul nuqtaga tavajjuh bilan yuksalar hayot.
Kahriyyot
U bilan xilqati olam qonuni takomulga tobedir. Inson esa olamning samarot va ajzosidan boʻlgani uchun, unda ham mayl-ul istikmoldan bir mayl-ut taraqqiy mavjud. Bu mayl esa talohuqi afkordan istimdod bilan nashvu namo topadi. Talohuqi afkor esa takammuli mabadiy bilan inbisot etadi. Takammuli mabadiy esa fununi akvonning tuxumlarini sulbi xilqatdan zamonning tarbiyagardasi bir zaminga ilqo bilan talqih etadi. U tuxumlar esa tadrijiy tajribalar bilan oʻsadi va nashvu namo topadi.
Shunga binoan: Bu zamonda badihiya va ulumi odiya qatoriga kirgan juda koʻp masoil bor, zamoni moziyda gʻoyat nazariy va xofiy va burhonga muhtoj edilar.
Zero koʻryapmiz: Hozir joʻgʻrofiya va astronomiya va kimyo va tatbiqoti handasiyadan koʻp masoil boʻlib, mabadiy va vasoitning takammuli bilan va talohuqi afkorning kashfiyoti bilan, bu zamonning bolalariga ham majhul qolishmagan. Balki oʻyinchoq kabi ular bilan oʻynaydilar. Holbuki Ibn Sino va unga oʻxshaganlar uchun nazariy va xofiy qolishgan.
Holbuki hikmatning bir padari hukmida boʻlgan Ibn Sino, shiddati zako va quvvati fikr va kamoli hikmat va vus'ati qoriha nuqtasida bu zamonning yuzlab hukamosi bilan muvozana qilinsa, tarajjuh etib ogʻir keladi. Nuqsoniyat Ibn Sinoda emas, chunki u ibni zamondir. Uni noqis qoldirgan, zamonning nuqsoniyati edi.
Ajabo, badihiy emasmi, Kolumbi Zifununning sababi ishtihori boʻlgan Yangi Dunyoning kashfi, farazan bu zamonga qadar qolgan boʻlsa edi; kapitanlar orasida qiymati boʻlmagan bir qayiq sohibi ham Yangi Dunyoni eski dunyoga qoʻshni qilishga muqtadir boʻlardi. Avvalgi kashshofning tabohhuri fikriga va maholiki iqtihomiga badal, bir kichik safina bilan bir kompas kifoya qilardi.
Faqat, shu bilan barobar, hozir keladigan bir haqiqatni nazari diqqatga olish lozim. Shundayki: Masoil ikki qismdir:
Birida talohuqi afkor ta'sir qiladi. Balki unga mutavaqqifdir. Qandayki, moddiyotda katta bir toshni koʻtarish uchun taovun lozim.
Qismi digarida asos e'tibori bilan talohuq va taovun ta'sirsizdir. Ming ham, bir ham birdir. Qandayki tashqarida bir jarlik ustidan hatlash va yoxud bir tor yerdan oʻtishda kull va kulli vohid birdir. Taovun foyda bermaydi.
Bu qiyosga binoan, fununning bir qismi, katta toshning koʻtarilishi kabi taovunga muhtojdir. Bularning aksari ulumi moddiyadandir.
Boshqa bir qismi ikkinchi misolga oʻxshaydi. Takammuli daf'iy yoxud daf'iy kabi boʻladi. Bu esa koʻpchiligi ma'naviyat yoki ulumi Ilohiyadandir. Lekin agar chandon talohuqi afkor bu qismi soniyning mohiyatini tagʻyir va takmil va tazyid etolmasa ham, burhonlarning maslaklariga vuzuh va zuhur va quvvat beradi.
Hamda nazari diqqatga olish lozimki: Kim bir narsada koʻp tavagʻgʻul etsa, koʻpincha boshqasida gʻobiylashishiga sababiyat beradi. Bu sirga binoan: Moddiyotda tavagʻgʻul etgan, ma'naviyatda gʻobiylashadi va sathiy boʻladi. Bu nuqtaga nazaran, moddiyotda mahorati boʻlganning ma'naviyatda hukmi hujjat boʻlishiga sabab boʻlmagani kabi, koʻpincha soʻzi ham shoyoni istimo' emas.
Ha, bir xasta; tibni handasaga qiyos qilib, tabibning oʻrniga muhandisga murojaat qilib koʻrsatgan dorini iste'mol qilsa; aqrabosiga ta'ziya bildirishga da'vat va oʻzi uchun qabristoni fanoning kasalxonasiga naqli makon etish uchun bir hujjatni istash deganidir.
Shuning kabi, haqoiqi mahza va mujarradoti sirfadan boʻlgan ma'naviyatda moddiyunning hukmlariga murojaat va fikrlari bilan istishora etish, xuddi latifa-i Rabboniya deyilgan qalbning toʻxtab qolishini va javhari nuroniy boʻlgan aqlning sakarotini e'lon etish deganidir.
Ha, hamma narsani moddiyotda qidirganlarning aqllari koʻzlaridadir. Koʻz esa ma'naviyatni koʻrolmaydi...
Uchinchi Muqaddima
Isroiliyotning bir toifasi va hikmati Yunoniyaning bir qismi doira-i Islomiyatga duxul etishlari bilan, din bezagida koʻrinib, afkorni ixtilolga berdilar. Shundayki:
U aslzoda qavmi Arab, zamoni johiliyatda bir ummati ummiya edi. Qachonki ichlaridan haq tajalliy etib iste'dodi hissiyotlari uygʻonib maydonda yoʻl ochgan dini mubinni koʻrganlaridan, umum ragʻabot va mayllarni yolgʻiz dinning ma'rifatiga inhisor ayladilar. Faqat koinotga boʻlgan nazarlari tashrihoti hikamiya nazari bilan emas, balki istitrodan yolgʻiz istidlol uchun edi. Ularning u hassos zavqi tabiiylariga ilhom etgan, yolgʻiz ularning fitratlariga munosib boʻlgan keng va ulviy muhitlarni; va sof va musta'id boʻlgan fitrati asliyalarni ta'lim va tarbiya etgan yolgʻiz Qur'on edi.
Soʻngra qavmi Arab boshqa aqvomni bal' etgani kabi, milali sairaning ma'lumotlari ham musulmon boʻlishni boshlaganidan, muharrafa boʻlgan Isroiliyot esa Vahb, Ka'b kabi ulamo-i ahli kitobning Islomiyatlari jihati bilan Arablarning xazoini xayolotiga bir majra va manfaz topib, u afkori sofiyaga qoʻshildilar. Keyin ehtirom ham koʻrdilar. Zero ulamo-i ahli kitobdan Islomiyatga kelganlar, Islomiyat sharafi bilan gʻoyat jalolat va takammul etganlaridan, ma'lumoti muzaxrafa-i sobiqalari maqbula va musallama kabi boʻldilar, rad qilinmadi. Chunki Islomiyatning usuliga musodim boʻlmaganidan, hikoyot kabi rivoyat qilinar ekan, ahamiyatsizligi uchun tanqidsiz tinglanar edilar. Faqat hayfa! Soʻngra haq oʻlaroq qabul qilindilar, koʻp shubah va shukukotga sababiyat berdilar.
Hamda qachonki shu Isroiliyot, Kitob va Sunnatning ba'zi imootlariga marji' va ba'zi mafohimlariga bir munosabat bilan ma'haz boʻlishlari mumkin edi. Faqat oyot va hadisning ma'nolari emas. Balki farazan toʻgʻri boʻlsalar edi, masadaq va afrodidan boʻlishlari mumkin boʻlganidan; sui ixtiyorlari bilan boshqa bir ma'hazni topmagan yoki atfi nazar etmagan zohirparastlar, ba'zi oyot va ahodisni u hikoyoti Isroiliyaga tatbiq etib tafsir qilishdi.
Holbuki Qur'onni tafsir qiladigan, yana Qur'on va hadisi sahihdir. Boʻlmasa ahkomi mansux boʻlgani kabi, qissalari ham muharrafa boʻlgan Injil va Tavrot emas. Ha, masadaq bilan ma'no boshqadir. Holbuki masadaq boʻlishga mumkin boʻlgan narsa ma'no oʻrniga iqoma etildi. Ham koʻp imkonot vuqu'otga aralashtirildi.
Hamda qachon hikmati Yunoniyani musulmon qilish uchun Ma'munning asrida tarjima qilindi. Faqat juda koʻp asotir va xurofotning manbaidan chiqqan u hikmat, bir daraja mutaaffina boʻlganidan, sofiya boʻlgan afkori Arabning ichlariga tadohul etganidan, bir daraja afkorlarni chalkashtirgani kabi, tahqiqdan taqlidga bir yoʻl ochdi.
Hamda obi hayot boʻlgan Islomiyatdan qoriha-i fitriyalari bilan istinbot etishga iste'dodli ekan, u hikmatning talammuziga tanazzul etdilar. Ha, qandayki ixtiloti a'jam bilan kalomi Mudoriyning malakasi fasodga yuz tutish bilan, muhaqqiqiyni ulamo u malakani muhofaza qilish uchun ulumi Arabiyaning qavoidini tadvin etdilar. Xuddi shuning kabi, shu hikmat va Isroiliyot ham doira-i Islomiyatga duxullari bilan barobar, ba'zi naqqodi muhaqqiqiyni Islom tamyiz va tasfiyalariga tashabbus etdilar. Faqat hayfa!. tamomi bilan muvaffaq boʻlolmadilar.
Ish shu holatda ham qolmadi. Chunki tafsiri Qur'onga sarfi himmat etilgan vaqt, ba'zi ahli zohir Qur'onning naqliyotini ba'zi Isroiliyotga tatbiq va bir qism aqliyotini ham hikmati mazburaga tavfiq etdilar. Chunki koʻrdilarki, Qur'on ma'qul va manqulga mushtamildir. Hadis ham shunday... Soʻngra Kitob va Sunnnatning ba'zi naqliyoti sodiqalari bilan va ba'zi muharraf Isroiliyotning oʻrtasida bir mutobaqat va munosabat istinbot etdilar.
Hamda haqiqiy aqliyotlari bilan mavhum va mumavvah boʻlgan shu hikmat orasida bir mushobahat va muvofaqat tavahhum qilganlaridan, shu mutobaqat va mushobahatni Kitob va Sunnatning ma'nolariga tafsir va maqsadlariga bayon deb hukm qildilar.
Kallo.. summa kallo!. Zero Kitobi Moʻ'jiz-ul Bayonning misdaqi i'jozidir. Mufassiri ajzosidir. Ma'nosi ichidadir. Sadafida durrdir, madar emasdir. Farazan bu mutobaqatni izhor etishdan maqsad, u shohidi sodiqning tazkiyasi uchun boʻlsa ham, yana abasdir. Zero Qur'oni Mubin unga maqolidi inqiyodni taslim etgan aql va naqlning tazkiyalaridan juda yuksak va gʻaniydir. Chunki u ularni tazkiya etmasa; shahodatlari masmu' boʻlolmaydi.
Ha, Surayyoni saroda emas, samoda qidirish kerak. Qur'onning ma'onisini ham asdafida qidir. Boʻlmasa, aralash-quralash boʻlgan choʻntagingda qidirma, topolmaysan. Topsang ham, sikka-i balogʻat boʻlmaganidan, Qur'on qabul qilmaydi.
Zero muqarrardir: Asl ma'no shuki: Alfaz uni simaxda boʻshatgani kabi, zehnga nufuz etib vijdon ham tasharrub etish bilan, azahiri afkorni fayzyob etgan narsadir. Boʻlmasa boshqa narsaning kasrati tavagʻgʻulidan sening xayolingga tadoxul etgan ba'zi ehtimolot.. va yoxud hikmatning abotilidan va hikoyotning asotiridan sirqat etib choʻntakda toʻldirib soʻngra oyot va ahodisning talofifida yashirish, chiqarish, qoʻlda tutish, chaqirishki: "Budir ma'no, keling, oling", degan vaqting oladigan javobing shudir: Hoy! Xullas, sening ma'nong yoʻq. Sikkasi taqliddir, naqqodi haqiqat rad qiladi. Sultoni i'joz ham uni zarb etganni tard etadi. Sen oyat va hadisning nizomlariga ta'arruz etganingdan, oyat shikoyat etib hokimi balogʻat sening xulyangni sening xayolingda hibs etadi. Va mushtari-i haqiqat ham sening bu matoingni olmaydi. Zero: "Oyatning ma'nosi durrdir. Bu esa madardir. Hadisning mafhumi muhaj, bu hamajdir", deydi.
Kurdlarning amsoli adabiyasidandir: Bir odamning ismi Alo ekan. Asal oʻgʻrilardi. Unga deyildi: "Oʻgʻriliging ma'lum boʻladi." U ham aldash uchun bir boʻsh asalari uyasida begona arilarni toʻldirib asalni boshqa yerdan oʻgʻirlar, arixonada saqlar edi. Birov soʻrasa: "Bu asal muhandisi boʻlgan arilarimning san'atidir", der edi.
Soʻngra arilari bilan gapirgan vaqti mushtarak bir lison bilan
derdi. Ya'ni "Tanin sizdan, asal mendan..."
Ey tashahhiy va havas bilan ta'vil etuvchi janob! Bu tashbeh bilan tasalli etma. Zero bu tashbeh tamsildir. Sening ma'nong asal emas, zahardir. U alfaz arilar emas, balki qalb va vijdonga arvohi haqoiqni vahiy etgan u kitobi komilning kalimoti maloika kabidirlar. Hadis, ma'dani hayot va mulhimi haqiqatdir.
Ifrot kabi tafrit ham muzirdir, balki yanada ziyoda. Faqat ifrot tafritga sabab boʻlganidan koʻproq qabohatlidir. Ha, ifrot bilan musomahaning eshigi ochildi. Chirigan narsalar u haqoiqi oliyaga qoʻshilganidan; ahli tafrit bilan insofsiz boʻlgan ahli tanqid, gʻoyat haqsizlik boʻlib shu chirigan narsalarning yuzlab mislicha boʻlgan haqoiqi oliya ichida koʻrganlaridan qoʻrqdilar, nafrat etdilar. Xosho.. bulgʻangan va qiymatsiz deb oʻyladilar. Ajabo, dafinaga xorijdan kirgan eskirgan pul boʻlsa va yoxud bir boʻstonda boshqa yerdan tushgan chirigan va achchiq bir olma koʻrinsa, haq va insofmiki; umum dafinani soxta va umum olmalarni achchiq deb oʻylab voz kechish bilan qoralansin?
Bu muqaddimadan maqsadim, afkori umumiya bir tafsiri Qur'on istaydi. Ha, har zamonning bir hukmi bor. Zamon ham bir mufassirdir. Ahvol va vuqu'ot esa bir kashshofdir. Afkori ommaga ustozlik qiladigan yana afkori omma-i ilmiyadir. Bu sirga binoan va istinodan xohlaymanki: Mufassiri azim boʻlgan zamonning taxti rayosatida, har biri bir fanda mutaxassis muhaqqiqiyni ulamodan muntahob bir majlisi mab'usani ilmiya tashkili bilan mashvarat bilan bir tafsirni ta'lif qilish bilan, boshqa tafosirdagi munqasim boʻlgan mahosin va kamolotni muhazzaba va muzahhaba oʻlaroq jam qilishlari kerak. Ha, mashrutiyatdir, hamma narsada mashvarat hukmfarmodir. Afkori umumiya ham diydabondir. Ijmo'-i ummatning hujjiyati bunga hujjatdir.
Toʻrtinchi Muqaddima
Shuxrat, insonning moli boʻlmagan narsani ham insonga mol qiladi.
Shundayki: Basharning sajiyalaridandir, gʻarib yoki qiymatli bir narsani aslzoda koʻrsatish uchun u qiymatli narsalarning jinsi bilan mushtahir boʻlgan zotga nisbat va isnod etishdir. Ya'ni, soʻzlari rivoj topish yoki takzib etilmaslik va yoxud boshqa agʻraz uchun zolimona va istibdodkorona, bir millatning natoiji afkorini yoki mahosini atvorini bir shaxsda koʻrib undan biladilar. Holbuki u odamning shonidandir, u hadya-i mustabidonani rad qilsin...
Zero goʻzal bir sifat yoki ulviy bir san'at bilan mashhur boʻlgan bir odam, husni suriyning movarosini koʻrish shonida boʻlgan nazari san'atparvaronasiga haqsiz boʻlib unga isnod qilingan ish arz etilib koʻrsatiladigan boʻlsa, "Sening dasti xattingdir" deyiladigan boʻlsa; u ish san'atning tanosub va muvozanasidan nashiy boʻlgan goʻzalligini ixlol etgani uchun, rad qilinib i'roz va tabarri etadi. "Xosho va kallo!" deydi.
Bu sajiyaga bino bilan mashhur qoidaga -"Bir narsa sobit boʻlsa, lavozimi bilan sobit boʻladi."- istinodan, insonlar u shaxsi mashhurda taxayyulotlariga bir nizom berdirish uchun muztardirlarki, koʻp quvvat va azamat va zakovat kabi lavozimi horiqulodani isnod etsinlar, toki u shaxsning jumla mansubotiga marji'iyati mumkin boʻla olsin. U holda u odam bir u'juba oʻlaroq zehnlarida tajassum etadi.
Agar istasang, xayoloti Ajamona ichida yetishtirilgan Rustami Zalning timsoli ma'naviysiga boq, koʻr, ne u'jubadir! Zero shijoat bilan mushtahir boʻlganidan va hech Eronliklar tazyiqotidan qutulolmagan istibdod sirri bilan va shuxrat quvvati bilan Eronliklarning mafoxirini gʻasb va gʻorat etib kattalashtirildi. Xayollarda kattalashib shishdi. Yolgʻon yolgʻonga muqaddima boʻlgani uchun, shu horiquloda shijoat horiquloda bir umr va dahshatli bir qomat va ularning lavozim va tavabi'lari boʻlgan koʻp ishlarni toʻplab ichida u xayoli hail na'ra urib "Men nav'un munxasirun fish-shaxsman" deydi. Gʻulyoboniy kabi xurofotni orqasiga taqib tillarda doston boʻladi. Oʻxshashiga ham sabab boʻladi.
Ey haqiqatni ochiq-oydin koʻrishni istagan zot! Bu muqaddimaga diqqat qil, zero xurofotning eshigi bu yerdan ochiladi. Va bobi tahqiq ham shu bilan toʻsiladi. Hamda qissadan hissa va mayl-ut taraqqiy bilan mutaqaddimiynning asoslari ustiga bino va salaflarning mavrusotida tasarruf va ziyodaga jasorat bu shoʻristonda mahv boʻladi. Agar istasang, mashhur Mullo Nasriddin Afandiga: "Bu gʻarib soʻzlar hammasi senikimi?" deb soʻrasang, albatta senga deydi: "Bu soʻzlar jildlab kitob boʻladi. Anchagina umr istaydi. Zero butun soʻzlarim navodirdan emas. Men muallimman, ularning zakotini bersalar ham, roziman va kofiydir. Ortigʻini istamayman. Zero zarofatimni tabiiylikdan chiqarib tasannuga aylantiradi." Qara, bu ildizdan xurofot va mavzu'ot oʻsadi va tanabbut etadi va toʻgʻri narsaning quvvatini tugatadi.
Ehsoni Ilohiydan ortiq ehson, ehson emasdir. Bir dona-i haqiqat bir xirmon xayolotga murajjahdir. Ehsoni Ilohiy bilan tavsifda qanoat etish farzdir. Jamiyatga dohil boʻlgan, jamiyatning nizomini ixlol etmasligi kerak. Bir narsaning sharafi naslida emas, zotidadir. Bir narsaning aslini koʻrsatgan narsa, samarasidir. Birovning moliga boshqa mol, hatto qiymatli boʻlsa ham, qoʻshilsa molini qiymatsiz qilgani kabi, hajz etishiga ham sabab boʻladi.
Hozir bu nuqtalarga istinodan deymanki: Targʻib yoki tarhib uchun avomparastona tarvij va tashviq bilan ba'zi ahodisi mavzu'ani Ibn Abbos kabi zotlarga isnod etish buyuk bir jaholatdir. Ha, haq mustagʻniydir. Haqiqat esa boydir. Tanviri qulubga ziyolari kifoyadir. Mufassiri Qur'on boʻlgan ahodisi sahiha bizga kifoya qiladi. Va mantiqning mezoni bilan tortilgan tavorihi sahihaga qanoat qilamiz.
Beshinchi Muqaddima
Majoz ilmning qoʻlidan jaholatning qoʻliga oʻtsa, haqiqatga inqilob etadi, xurofotga eshik ochadi.
Shundayki:
Majozot va tashbehot ne vaqt jaholatning yasari muzlimonasi ilmning yamini nuroniysidan qochirib gʻasb etsa va yoxud majoz bilan tashbeh bir uzun umr sursalar, haqiqatga inqilob etib tarovat va zulolidan xoli boʻlib, sharob ekan sarob va nozanin va hasna ekan, a'juza-i shamta va kampir boʻladi.
Ha, majoz shaffofiyati bilan shu'la-i haqiqat undan talammu' etadi. Faqat haqiqatga inqilobi bilan kasif boʻlib, haqiqati asliyani munkasif etadi. Lekin bu tahavvul bir qonuni fitriydir. Bunga shohid istasang, lugʻatning tajaddud va tagʻayyurotining va ishtirok va tarodufning sirlariga murojaat qil.
Yaxshi quloq solsang, eshitasanki: Salafning yoqtirib qolgan koʻp kalimoti yoki hikoyoti yoki xayoloti yoki ma'ani, keksa va ziynatsiz boʻlganlaridan, xalafning havasi shabobanalariga tavofuq etmaganlaridan, mayli tajaddudga va fikri ijodga va jur'ati tagʻyirga sabab boʻlganlar. Bu qoida lugʻatda boʻlgani kabi, xayolot va ma'ani va hikoyotda ham jarayon etadi. Shunday ekan, hamma narsaga zohirga koʻra hukm qilmaslik kerak.
Muhaqqiqning sha'ni; gʻavvos boʻlish, zamonning ta'sirotidan tajarrud etish, moziyning a'moqiga kirish, mantiqning tarozisi bilan tortish, hamma narsaning manbaini topishdir.
Bu haqiqatga meni muttali' etgan, bir vaqt sabovatimda oy tutildi. Volidamdan soʻradim. Dediki: "Ilon Oyni yutgan." Dedim: "Nima uchun hali ham koʻrinyapti?" Dediki: "Osmonning iloni nim-shaffofdir."
Xullas qara: Qanday tashbeh haqiqat boʻlib xayluliyati bilan haqiqati holni munxasif etgan. Zero maili qamar, mintiqot-ul buruj bilan ra's va zanabda taqotu' etganlaridan, u ikki doira-i mavhumadan ikki qavsni, ilonning murodifi boʻlgan "tinnin" bilan ahli hay'at bir tashbehga binoan tasmiya ayladilar. Zotan oy ra's yoki zanabga va quyosh ham narigisiga kelsa, arzning xayluliyati bilan inxisof sodir boʻladi.
Ey mening shu mushavvash soʻzlarimdan zerikmagan zot! Bu muqaddimaga ham diqqat qil. Bir xurdabin bilan qara. Zero bu asl ustida juda koʻp xurofot va xilofot tavallud etadilar. Mantiqni va balogʻatni rahbar etish kerak.
Ma'no-i haqiqiyning bir sikkasi boʻlishi kerak. U sikkani tashhis etgan, maqosidi shariatning muvozanasidan hosil boʻlgan husni mujarraddir. Majozning javozi esa, balogʻatning sharoiti taxtida boʻlishi kerak. Boʻlmasa majozni haqiqat va haqiqatni majoz surati bilan koʻrish, koʻrsatish; jaholatning istibdodiga quvvat berishdir. Ha, hamma narsani zohirga haml ettira-ettira nihoyat Zohiriyyun maslaki muta'assifasini tavlid etish shonida boʻlgan mayl-ut tafrit qay darajada muzir boʻlsa; xuddi shuning kabi hamma narsaga majoz nazari bilan qarata-qarata oxiri Botiniyyunning mazhabi botilasini intoj etish sha'nida boʻlgan hubbu ifrot ham koʻp daraja yanada muzirdir.
Haddi avsatni koʻrsatadigan, ifrot va tafritni sindiradigan yolgʻiz falsafa-i shariat bilan balogʻat va mantiq bilan hikmatdir. Ha, hikmat deyman, chunki xayri kasirdir. Sharri bordir; faqat juz'iydir. Usuli musallamadandirki: Sharri juz'iy uchun xayri kasirni tazammun etgan amrni tark etish, sharri kasirni qilish deganidir. Ahvan-ush sharni ixtiyor alzamdir. Ha, eski hikmatning xayri oz, xurofoti koʻp, azhan iste'dodsiz, afkor taqlid bilan muqayyad, jaholat avomda hukmfarmo boʻlganlaridan, salaf bir daraja hikmatdan nahiy etdilar. Faqat hozirgi hikmat unga nisbatan moddiy jihatida xayri koʻp, yolgʻoni oz; afkor ham hur, ma'rifat hukmfarmodir. Zotan har zamonning bir hukmi boʻlishi kerak.
Oltinchi Muqaddima
Masalan, tafsirda mazkur boʻlgan har bir mavzu, tafsirdan boʻlishi shart emas. Ilm ilmga quvvat beradi. Tahakkum etmaslik shartdir.
Shunday musallamotdandirki: Handasa kabi bir san'atda mohir boʻlgan zot, tib kabi boshqa san'atda omi va tufayliy va daxil boʻlishi mumkin.
Va qavoidi usuliyadandirki: Faqih boʻlmagan, hatto usul-ul fiqhda mujtahid boʻlsa, ijmo'-i fuqahoda moʻ'tabar emas. Zero u ularga nisbatan omidir.
Hamda haqoiqi tarixiyadanki: Bir shaxs koʻp fanlarda malaka sohibi va mutaxassis boʻlolmaydi. Faqat farid bir odam toʻrt yoki besh fanlarda mutaxassis boʻlishi mumkin. Hammasiga qoʻl otish, hammasini tark etish deganidir. Bir fanda malaka, u fanning surati haqiqiyasidir. U bilan tamassul etish kerak. Zero bir fanda mutaxassis va ma'lumoti sairasini mutammima va madad beruvchi qilmasa ma'lumoti parishonidan bir surati ajiba tamassul etadi.
Tanvir uchun bir latifa-i faraziyadir:
Qandayki boshqa olamdan bu kuraga kelgan tasvirchi bir naqqosh faraz qilinsa; holbuki na insonni va na insondan boshqasining toʻliq suratini koʻrmagan. Balki har birisidan ba'zi a'zosini koʻrish bilan insonning tasviri yoki koʻrgan ashyosining umumidan bir suratni tasvir etishni istasa; masalan, insondan koʻrgan bir qoʻl, bir oyoq, bir koʻz, bir quloq, yarim yuz va burun va a'moma kabi narsalarning tarkibi bilan bir insonning timsoli; yoxud nazariga uchragan otning dumi, tuyaning boʻynini, insonning yuzini arslonning boshi bir hayvonning suratini qilsa; qandayki imtizojsizlik bilan qobili hayot boʻlmagani uchun, sharoiti hayot bunday u'jubalarga muso'id emas deydilar va naqqoshni muttaham etadilar.
Hozir bu qoida fanlarda aynan jarayon etadi. Chorasi shu: Bir fanni asos tutib boshqa ma'lumotini avzan va zanav kabi qilishdir.
Hamda odoti mustamirradandirki; kitobi vohidda ulumi kasira tazohum etadi. Zero ulum bir-birini intoj va bir-birining qoʻlini tutish bilan taonuk va tajovub etganlaridan, shu darajada ishtibok hosil boʻladiki; bir fanda ta'lif qilingan bir kitobda u fanning masoili u kitobning muhtaviyotiga nisbati faqat zakoti chiqishi mumkin.
Bu sirdan gʻaflat sababli; bir shariat yoki bir tafsir kitobida istitrodan darj etilgan bir masalani koʻrgan bir zohirparast yoki mugʻolatachi bir odam aytadiki: "Shariat va tafsir shunday" deydi. Agar doʻst boʻlsa, aytadi: "Buni qabul qilmagan musulmon emas." Agar dushman boʻlsa, u bahona bilan aytadi: "Shariat yoki tafsir (xosho) xato."
Ey ifrot va tafrit sohiblari! Tafsir va shariat boshqadir, tafsir va shariatda ta'lif qilingan kitob yana boshqadir. Zero kitob yanada kengdir. U doʻkonda javhardan boshqa qiymatsiz narsalar ham boʻladi. Agar buni tushungan boʻlsang, haysa baysadan qutulasan.
Diqqat qil, qandayki bir uyning lavozimi mutanavvi'asi yolgʻiz bir san'atkordan olinmaydi, balki har bir hojatda u san'atda mutaxassis boʻlganga murojaat qilish kerak. Xuddi shuning kabi, saodat-saroyi kamolotda u qonunga tatbiqi harakat etish kerakdir. Ajabo, koʻrilmayaptimiki, birining soati sinsa, tikuvchiga "soatimni tik" desa, yuhadan boshqa javob bormi?
Bu muqaddimaning ussul asosi shuki: Sone'-i Zuljalolning xilqati olamda joriy va taqsim-ul a'mol qoidasidan oqqan qonuni takammul va taraqqiyda mundamij boʻlgan rizo va ishoratining imtisoli farz ekan, itoat tugatilmagandir.
Shunday: Qoida-i taqsim-ul a'molni muqtaziy boʻlgan hikmati Ilohiyaning dasti inoyati bilan basharning mohiyatida ekkan iste'dodot va muyulot bilan shariati xilqatning farz-ul kifoyasi hukmida boʻlgan funun va sanoyi'ning adosiga bir amri ma'naviy bergan ekan, suiste'molimiz bilan u iste'doddan tavallud etgan maylga quvvat va madad beruvchi boʻlgan shavqni bu hirsi kozib va shu ra'si riyo boʻlgan mayl-ut tafavvuq bilan zoye etib soʻndirdik.
Albatta isyon etgan, jahannamga mustahaq boʻladi. Biz ham bu xilqat deyilgan shariati fitriyaning avomiriga imtisol etolmaganimizdan, jahannami jahl bilan muazzab boʻldik. Bu azobdan bizni qitqaradigan, taqsim-ul a'mol qonuni bilan amal qilishdir. Zero salaflarimiz taqsim-ul a'molning amali bilan jinoni ulumga dohil boʻlganlar.
Bir gʻayri muslim yolgʻiz masjidga kirish bilan musulmon boʻlishiga kifoya boʻlmagani kabi; tafsirning yoki shariatning kitoblariga hikmat yoki joʻgʻrofiya yoki tarix kabi bir fanning masalasi kirishi bilan tafsir yoki shariat boʻlolmaydi. Hamda bir mufassir yoki faqih mutaxassis boʻlish sharti bilan, hukmi yolgʻiz nafsi shariat va tafsirda hujjatdir. Boʻlmasa tufayliy boʻlib iznsiz tafsir, shariat kitoblariga kirgan amrlarda hujjat emasdir. Zero ularda tufayliy boʻlishi mumkin. Naqilga i'tob yoʻqdir.
Ha, bir fanda soʻzi hujjat boʻlganning boshqa fanlarda naql yoki da'vo jihati bilan hukmini hujjat tutish, taqsim-ul mahosin va tafriq-ul maso'iy boʻlgan qonuni Ilohiysiga vajhi rizo koʻrsatmaslik deganidir.
Hamda mantiqcha musallamdirki: Hukm, mavzu' bilan mahmulning yolgʻiz vajhun-ma bilan tasavvurlarini iqtizo etadi. Va ularning tashrihoti sairasi esa u fandan emasdir. Boshqa fanning masoilidan boʻlishi kerak.
Hamda muqarrardirki; a'mm xosga dalolati salosaning hech biri bilan dalolat etmaydi. Masalan, Tafsiri Bayzaviyda بَيْنَ الصَّدَفَيْنِ boʻlgan oyatida Armaniston va Ozarbayjon Togʻlarining mobaynida boʻlgan ta'viliga nazari qat'iy bilan qarash, eng katta mantiqsizlikdir. Chunki asos naqldir. Hamda ta'yini Qur'onning madluli emas. Tafsirdan sanalmaydi. Zero u ta'vil, oyatning bir qaydining boshqa fanga istinodan bir tashrihidir. Shunga binoan, u mufassiri jalilning tafsirdagi malaka-i rasixasiga bunday zaif nuqtalarni bahona qilish, shubhalarni iros etish, insofsizlikdir. Xullas, asl haqoiqi tafsir va shariat maydondadir. Yulduzlar kabi porlayapti. U haqoiqdagi vuzuh va quvvatdir, men kabi bir ojizga jasorat beryapti.
Men ham da'vo qilaman: Tafsirning va shariatning naqadar haqoiqi asosiyasi boʻlsa, bitta-bittalab nazari tadqiqga keltirilsa, koʻriladiki haqiqatdan chiqib, hikmat bilan tortilib haq oʻlaroq haqqa munsarifdir. Naqadar shubhali nuqtalar boʻlsa, hammasi jarbazali zehnlardan chiqib soʻngra esa ularga qoʻshilgan. Kimning asli haqiqatlariga bir shubhasi boʻlsa; mana maydon, oʻzini izhor etsin!
Yettinchi Muqaddima
Mubolagʻa ixtilolchidir. Shundayki:
Basharning sajiyalaridandir, talazzuz etgan narsasida mayl-ut tazayyud va vasf etgan narsasida mayl-ul mujozafa va hikoya etgan narsasida mayl-ul mubolagʻa bilan xayolni haqiqatga aralashtirishdir. Bu sajiya-i sayyia bilan yaxshilik qilish, yomonlik qilish deganidir. Bilmagani holda tazyididan nuqson, islohidan fasod, madhidan zamm, tahsinidan qubh tavallud etadi. Zero muvozanat va tanosubdan nashiy boʻlgan husnni مِنْ حَيْثُ لَا يَشْعُرُ ixlol etadi.
Qandayki bir dorini istehson etib izdiyod etish, davoni da'ga inqilob etishdir. Xuddi shuning kabi, hech bir vaqt haq unga muhtoj boʻlmagan mubolagʻali targʻib va tarhib bilan gʻiybatni qatlga musoviy yoki oyoqda bavl etishni zino darajasida koʻrsatish yoki bir dirhamni tasadduq etishni hajga muqobil tutish kabi muvozanasiz soʻzlar, qatl va zinoni taxfif va hajning qiymatini tanzil etadilar.
Bu sirga binoan, voiz ham hakim, ham muhokamali boʻlishi kerak. Ha, muvozanasiz voizlar koʻp haqoiqi nayyira-i diniyaning xusufiga sabab boʻlganlar.
Masalan: Inshiqoqi qamar boʻlgan moʻ'jiza-i mutavotira-i bahiriya, mayl-ul mujozafa bilan arzga nuzul bilan paygʻambarning choʻntagiga kirib chiqqan ilova, u quyosh-misol moʻ'jizani Suha yulduzi kabi maxfiy va qamar-misol boʻlgan burhoni nubuvvatni munxasif etgani kabi, munkirlarining bahonalariga eshiklar ochdi.
Hosili kalom: Har muhibbi dinga va oshiqi haqiqatga lozimdir: Hamma narsaning qiymatiga qanoat etish va mujozafa va tajovuz etmaslikdir. Zero mujozafa qudratga iftirodir va "Doira-i imkonda yanada ahsan yoʻqdir" soʻzini Imom Gʻazzoliyga ayttirgan, xilqatdagi kamol va husnga adami qanoat va istixfof deganidir.
Ey muxotob afandi! Ba'zan burhonning xizmatini tamsil ham bajaradi. Shunday ekan qara, qandayki olmos, oltin, kumush, qoʻrgʻoshin, temir va hokazo... har birining bittadan qiymat va xosiyati maxsusasi bor va mutaxolifdir. Xuddi shuningdek, dinning maqosidi, qiymat va adillacha mutafovitdir. Birining yeri xayol boʻlsa, boshqasiniki vijdondir. Beriki, sirning sirridandir.
Ha, tijoratda bir fals yoki oʻn tanga oʻrnida bir olmos yoki bir oltinni bersa qanday safohatiga hukm va tasarrufdan hajz etiladi. Aksi qoziya bilan boʻlsa, juda oʻrnida yuha eshitadi. Va tujjor boʻlishga badal, hayyol bir masxara boʻlgani kabi.
Shuningdek, haqoiqi diniyani tamyiz etmagan va har biriga mustahaq boʻlgan haq va e'tiborni bermagan va har hukmda shariatning sikkasini tanimagan, hatto u fabrika-i muazzamadagi ajzolar, har biri oʻqi ustida harakatiga sakta bergan gʻayri mumayyizlar, har biri bir ajamiy odamga oʻxshaydiki, gʻoyat muntazam va ulkan bir uskuna ichida kichik va latif bir charxni koʻradiki, harakat va vaziyatda katta charxlarga nazari sathiysicha munosib koʻrinmaganidan, uskuna fanida bahrasizligi bilan barobar gʻururi nafs, nazari sathiysini igʻfol bilan aldab, isloh niyati bilan vaz'i muntazamadan tagʻyirga tashabbus etib bilmagani holda fabrikani harju-marj etadi, boshini yeydi...
Alhosil: Shariatning har bir hukmida Shari'ning bir sikka-i e'tibori bor. U sikkani oʻqish lozim. Sikkaning qiymatidan boshqa u hukm hamma narsadan mustagʻniydir. Hamda lafz-pardozona va mubolagʻa-joʻyona va ifrot-parvaronalarning tazyin va tasarruflaridan ming daraja mustagʻniydir.
Diqqat qilinsinki, bunday mujoziflar nasihat qilgan vaqtlari nazari haqiqatda qay daraja xunuk boʻladilar. Azjumla: Bulardan biri bir majma'-i azimda muskirotdan tanfir yoʻlida zajri shar'iy bilan qanoat qilmasdan shunday bir gap aytganki, yozishdan men uyaldim. Yozgandan keyin oʻchirdim. Ey pastkash! Bu soʻzlaring bilan shariatga adovat etyapsan. Farazan sodiq boʻlsang, sodiqi ahmoq boʻlasan. Sen aduvvud dindanda zararaliroqsan.
Ey xorijdan va uzoqdan Islomiyatni tanqid qilishga uringan insofsizlar! Aldanmanglar, muhokama qiling, nazari sathiy bilan kifoyalanmanglar. Zero shu sizning bahonalaringizga sabab boʻlganlar, lisoni shariatda ulamo-i su bilan musammodirlar. Ularning muvozanasizlik, zohirparastliklaridan nash'at etgan hijobning movarosiga qarang. Koʻrasizki, har bir haqiqati Islomiya, najmi munir kabi burhoni nayyirdir. Naqshi azal va abad ustida koʻrinadi. Ha, kalomi azaliydan kelgan, abadga ketadi.
Faqat asafo! Hubbu nafs va tarafdori nafs va ajz va anoniyatdan nash'at etgan tabarri-i nafs bilan oʻz qabohatini boshqasiga tashlaydi. Shunday xatoga muhtamal boʻlgan soʻzini yoki xato boʻlishi mumkin boʻlgan fe'lini, bir buyuk zotga va yoxud moʻ'tabar bir kitobga, hatto ba'zan dinga, koʻp dafa hadisga, eng nihoyat qadarga isnod etish bilan, oʻzini tabarri etishni istaydi. Xosho summa xosho... Nurdan zulmat kelmaydi. Oʻz oynasida koʻringan yulduzlarni satr etsa ham, samodagi yulduzlarni satr etolmaydi. Faqat oʻzi koʻrolmaydi.
Ey moʻ'tariz ogʻa! Yigʻlashni istagan bola kabi yoki intiqom istagan kinador dushman kabi bahona-mahona qidirish bilan xilofi shariat bilan vujudga kelgan ahvolni va sui tafahhumdan nash'at etgan shubahotni sanad tutish, Islomiyatga dogʻ keltirish juda buyuk insofsizlikdir. Zero bir muslimning har bir sifati Islomiyatdan nash'at etishi lozim kelmaydi.
Sakkizinchi Muqaddima
Shu kelgan uzun muqaddimadan zerikma. Zero nihoyati nihoyat darajada muhimdir. Hamda bu muqaddima, har kamolni mahv etgan ya'sni oʻldiradi. Va har bir saodatning moyasi boʻlgan umidni hayotlantiradi. Va moziy boshqalarga va istiqbol bizga boʻlishiga bashorat beradi. Taqsimga rozimiz.
Mana mavzusi: Abno-i moziy bilan abnoyi mustaqbalni muvozana etishdir. Hamda makotibi oliyada alif va be oʻqilmaydi. Mohiyati ilm bir boʻlsa ham, surati tadrisi boshqadir. Ha, moziy deyilgan maktabi hissiyot bilan istiqbol deyilgan madrasa-i afkor bir tarzda emasdir.
Avvalo: Abno-i moziydan murodim, musulmonlardan boshqa oʻninchi asrdan avval boʻlgan quruni vusto va uladir. Ammo millati Islom, uch yuz yilga qadar mumtoz va sarfaroz va besh yuz yilga qadar filjumla mazhari kamoldir. Beshinchi asrdan oʻn ikkinchi asrga qadar men moziy bilan ta'bir etaman, undan keyin mustaqbal deyman.
Bundan soʻngra ma'lumki: Insonda mudabbiri gʻolib yo aql, yoki basardir. Boshqa ta'bir bilan yo afkor, yoki hissiyotdir. Va yoxud yo haqdir, yoki quvvatdir. Va yoxud yo hikmat, yoki hukumatdir. Va yoxud yo muyuloti qalbiyadir, yoki tamayuloti aqliyadir. Va yoxud yo havo, yoki hudadir.
Bunga binoan koʻyapmizki: Abno-i moziyning bir daraja sof boʻlgan axloq va xolis boʻlgan hissiyotlari gʻalaba qozonib gʻayri munavvar boʻlgan afkorlarini istihdom etib shaxsiyat va ixtilofot yoyildi. Faqat abno-i mustaqbalning bir daraja munavvar boʻlgan afkorlari havas va shahvat bilan muzlim boʻlgan hissiyotlariga gʻalaba qilib amriga musahhar qilganidan, huquqi umumiyaning hukmfarmo boʻlishi muhaqqaq boʻldi. Insoniyat bir daraja tajalliy etdi.
Bashorat beradiki: Asl insoniyati kubro boʻlgan Islomiyat samo-i mustaqbalda va Osiyoning jinoni ustida bulutsiz quyosh kabi partav-afshon boʻladi.
Qachonki moziy daralarida hukmfarmo boʻlgan gʻaraz va xusumat va mayl-ut tafavvuqni tavlid etgan hissiyot va muyulot va quvvat edi. U zamonning ahlini irshod uchun iqnoiyoti xitobiya kofiy edi. Zero hissiyotni erkalagan va muyulotga ta'sir ettirgan, mudda'oni muzayyana va sha'sha'alantirmoq va yoxud haila yoki quvva-i balogʻat bilan xayolga ma'nus qilish burhonning oʻrnini tutar edi. Faqat bizni ularga qiyos etish, harakati rij'iyya bilan u zamonning burchaklariga tiqish deganidir. Har bir zamonning bir hukmi bor. Biz dalil istaymiz, tasviri mudda'o bilan aldanmaymiz.
Qachonki hol sahrosida istiqbol togʻlariga doimo yomgʻir bergan haqoiqi hikmatning ma'dani tabaxxuroti afkor va aql va haq va hikmat boʻlganlaridan va yangi tavalludni boshlagan mayli taharri-i haqiqat va ishqi haq va manfaati umumiyani manfaati shaxsiyaga tarjih va mayli insoniyatkoronani intoj etgan barohini qat'iyadan boshqa isboti mudda'o bir narsa bilan boʻlmaydi... Biz ahli holmiz, nomzodi istiqbolmiz. Tasvir va tazyini mudda'o zehnimizni ishba' etmaydi. Burhon istaymiz.
Endi biroz ikki sulton hukmida boʻlgan moziy va istiqbolning hasanot va sayyiotlarini zikr qilaylik.
Moziy oʻlkasida koʻpincha hukmfarmo, quvvat va havo va tabiat va muyulot va hissiyot boʻlganidan sayyiotidan biri, har bir masalada -garchi filjumla boʻlsin- istibdod va tahakkum bor edi.
Hamda maslaki gʻayrga xusumatga, oʻz maslagiga iltizom va muhabbatdan yanada ziyoda ihtimom boʻlar edi.
Hamda bir shaxsga xusumatning, boshqasining muhabbati suratida tazohuri edi.
Hamda kashfi haqiqatga mone boʻlgan iltizom va taassub va tarafdorlikning mudohalalari edi.
Hosili kalom: Muyulot muxtalifa boʻlganlaridan, tarafdorlik hissi hamma narsaga qoʻl urish bilan, ixtilofot bilan ixtilol chiqarilganidan, haqiqat esa qochib yashirinar edi.
Hamda istibdodi hissiyotning sayyialaridanki: Masolik va mazohibni iqoma etadigan, koʻpincha taassub yoki tadlili gʻayr yoki safsata edi. Holbuki uchovi ham nazari shariatda mazmum va uxuvvati Islomiyaga va nisbati hamjinsiyaga va taovuni fitriyga munofiydir. Hatto shu daraja boʻladiki, bulardan biri taassub va safsatasini tark qilib nosning ijmo' va tavoturini tasdiq etgani kabi, birdan mazhab va maslagini tabdil etishga muztar qoladi. Holbuki taassub oʻrnida haq va safsata oʻrnida burhon va tadlili gʻayr oʻrnida tavfiq va tatbiq va istishora etsa, dunyo birlashsa, haq boʻlgan mazhab va maslagini bir oz tabdil etolmaydi. Qandayki zamoni saodatda va salafi solihin zamonlarida hukmfarmo haq va burhon va aql va mashvarat boʻlganlaridan, shukuk va shubahotning hukmlari boʻlmas edi.
Shuning kabi koʻryapmizki: Fanning himmati bilan zamoni holda filjumla, inshaalloh istiqbolda bitamomihi hukmfarmo quvvatga badal haq va safsataga badal burhon va tab'ga badal aql va havoga badal huda va taassubga badal matonat va gʻarazga badal hamiyat va muyuloti nafsoniyaga badal tamoyuloti uqul va hissiyotga badal afkor boʻladi. Qorni avval va soniy va solisdagi kabi va beshinchi qornga qadar filjumla boʻlgani kabi. Beshinchi asrdan hozirga qadar quvvat haqni magʻlub qilgan edi.
Saltanati afkorning ijroyi hasanasidandirki: Haqoiqi Islomiyatning quyoshi avhom va xayolot bulutlaridan qutulgan, har yerni tanvirni boshlagan. Hatto dinsizlik botqoqligida taaffun etgan odamlar ham u ziyo bilan istifodani boshlashgan.
Hamda mashvarati afkorning mahosinidanki: Maqosid va masolik burhoni qat'iy ustiga taassus va har kamolga mumidd boʻlgan haqqi sobit bilan haqoiqni rabt etishidir. Buning natijasi; botil haq suratini kiyish bilan afkorni aldamaydi.
Ey ixvoni muslimiyn!.. Hol lisoni hol bilan bizga bashorat beradiki: Sirri
boʻynini koʻratgan, qoʻl bilan istiqbolga ishorat qilib yuksak ovoz bilan e'lon qiladiki: Dahrga va tabayi'i basharga domoni qiyomatga qadar hokim boʻladigan, yolgʻiz olami kavnda adolati azaliyaning tajalliy va timsoli boʻlgan haqiqati Islomiyatki, asl insoniyati kubro deyilgan narsa udir.
Insoniyati sugʻro deyilgan mahosini madaniyat uning muqaddimasidir. Koʻrilmayaptimiki: Talohuqdan nash'at etgan tanavvuri afkor bilan tuproqqa oʻxshagan avhom va xayoloti haqoiqi Islomiyaning yelkasi ustidan yengillashtirgandir. Bu hol koʻrsatadiki: Nujumi samoyi hidoyat boʻlgan u haqoiq tamoman inkishof va tala'lu va lam'a-nisar boʻladi.
Agar istasang istiqbol ichiga kir, qara! Haqiqatlarning maydonida hikmatning taxti nazorat va muroqabasida taslis ichida tavhidni qidirganlar, safsata etib asl tavhidi mahz va e'tiqodi komil va aqli salim qabul etgan aqida-i haq bilan mujahhaz va sayfi burhon bilan mutaqallid boʻlganlar bilan muboraza va muhoraba etsa; qanday qilib birdan magʻlub va munhazim boʻladi.
Qur'onning uslubi hakimonasiga qasam ichamanki: Nasoroni va ularga oʻxshaganlarni havolantirib zalolat daralariga otgan, yolgʻiz aqlni aٌۙva burhonni tard va ruhbonni taqlid etishdir. Hamda Islomiyatni doimo tajalliy va inbisoti afkor nisbatida haqoiqni inkishof ettirgan, yolgʻiz Islomiyatning haqiqat ustida taassus va burhon bilan taqalludi va aql bilan mashvarati va taxti haqiqat ustida boʻlishi va azaldan abadga mutasalsil hikmatining dasotiriga mutobaqat va muhakatidir. Ajabo, koʻrilmaydi: Oyotning aksar favotih va xavotimida navi basharni vijdonga havola va aqlning istishorasiga haml ettiradi. Deydi: اَفَلَا يَنْظُرُونَ va فَانْظُرُوا va اَفَلَا يَتَدَبَّرُونَ va اَفَلَا تَتَذَكَّرُونَ va تَفَكَّرُوا va مَا يَشْعُرُونَ va يَعْقِلُونَ va مَا يَعْقِلُونَ va يَعْلَمُونَ va فَاعْتَبِرُوا يَا اُولِى الْاَلْبَابِ
Men ham deyman:
Zohirdan u'bur eting! Haqiqat sizni kutyapti. Faqat koʻrgan vaqtingiz ranjitmang. Asahh va lozim...
Toʻqqizinchi Muqaddima
Uquli salima yonida muhaqqaqdirki: Xilqatda xayr asl, shar esa taba'idir. Xayr kulliy, shar juz'iydir. Shunday koʻrinadiki:
Olamning har bir turiga doir bir fan tashakkul etgan va etyapti. Fan esa qavoidi kulliyadan iboratdir. Kulliyati qoida esa u turda boʻlgan husni intizomiga kashshofdir. Demak, jami' funun, husni intizomga bittadan shohidi sodiqdir. Ha, kulliyat intizomga dalildir. Zero bir narsada intizom boʻlmasa, hukm kulliyati bilan jarayon etolmaydi. Koʻp istisnooti bilan parishon boʻladi.
Bu shohidlarni tazkiya etgan, nazari hikmat bilan istiqro-i tomdir. Faqat ba'zan intizom koʻrilmaydi. Chunki doirasi ufqi nazardan yanada keng, tamoman tasavvur va ihota qilinmagani uchun, nizomning tasviri bemisoli oʻzini koʻrsatolmaydi.
Shunga binoan, umum fununning shahodatlari bilan va nazari hikmatdan nash'at etgan istiqro-i tomning tasdiqi bilan sobitdirki: Xilqati olamda maqsudi bizzot va gʻolibi mutlaq, yolgʻiz husn va xayr va haq va kamoldir. Ammo shar va qubh va botil esa taba'iya va magʻluba va magʻmuradirlar. Agar garchi savlat etsalar ham, muvaqqatdir.
Hamda sobitdirki: Akrami xalq, bani Odamdir. Iste'dodi va san'ati bunga shohiddir. Hamda bani Odamning eng ashrafi, ahli haq va haqiqat boʻlgan haqiqiy Musulmonlardir. Haqoiqi Islomiyat bunga shahodat qilgani kabi, istiqbolning vuqu'oti ham tasdiq qiladi.
Hamda sobitdirki: Akmali kull, Muhammaddir (alayhissalotu vassalam). Moʻ'jizoti va axloqi komilasi shahodat qilgani kabi, muhaqqiqiyni navi bashar ham tasdiq etadilar. Hatto a'dasi ham tan oladi va olishga majburdirlar.
Qachonki bu bunday, shu shunday va u undaydir. Ajabo, navi bashar shaqovati bilan u fununlarning shahodatini jarh va istiqro-i tomni naqz va ibtol va mashiati Ilohiyasining qarshisida tamarrud, taannudga muqtadir boʻladimi? Kallo, muqtadir boʻlmaydi va boʻlolmaydi. Odil va Hakimi Mutlaqning Rahmon va Rahim ismi bilan qasam ichaman: Navi bashar, shar va qubh va botilni zahmatsiz, ya'ni bisalamatil amr bilan hazm qilolmaydi. Hamda hikmati Ilohiya muso'ada etmaydi.
Ha, huquqi umumiya-i koinotga jinoyat qilgan avf etilmaydi, rohi adam berilmaydi. Ha, minglab yil sharning gʻalabasi yolgʻiz bu dunyoda eng aqal ming yil magʻlubiyati mutlaqa bilan natija beradi. Olami uxroda xayr sharni i'domi abadiy bilan mahkum etadi.
Boʻlmasa olamning muntazama va mukallama va avomiri Ilohiyaga mute'a boʻlgan boshqa anvo' va ajnos; bu parishon va shaqovatchi boʻlgan navi basharni oʻzlari ichida qabul qilmasdan, huquqi vujuddan isqot va zulmatxona-i adamga nafiy va vazifa-i xilqatdan tard etib, iqtizo va arzi hol etadilar.
Bu esa butun iste'dodoti bashariyani va olamda saltanat surish va oxiratda saodati abadiyaga mazhar boʻlish uchun mujahhaz etilgan qobiliyati va muyuloti abas va behuda boʻlishni istilzom etadi. Abas esa istiqro-i tomga munaqiz boʻlgani kabi, Sone'-i Hakimning hikmatiga ham muoriz va Nabiyyi Sodiqning hukmiga ham muxolifdir.
Ha, istiqbol bu da'volarning bir qismini tasfiya etadi. Faqat toʻlib tasfiyasi esa oxiratda koʻriladi.
Shunday: Shaxslarni inobatga olmasak, nav'iy va umumiy husn va haqning maydoni gʻalabasi istiqboldir. Biz oʻlsak, millatimiz boqiydir. Qirq yil bilan rozi emasmiz. Eng aqal ming yil gʻalabani istaymiz. Lekin ham shaxsiy, ham umumiy, ham juz'iy, ham kulliy boʻlgan husn, haq va xayr va kamolning maydoni gʻalabasi va mahkama-i kubrosi; va basharni, boshqa ixvoni boʻlgan koinoti muntazama kabi tanzim va iste'dodi bilan mutanosib tajziya va mukofot bergan, yolgʻiz dori oxiratdir. Zero unda haq va adolati mahza tajalliy etadi. Ha, bu tor dunyo basharning javharida mundamij boʻlgan iste'dodoti gʻayri mahduda va abad uchun maxluq boʻlgan muyulot va orzularining unib chiqishiga muso'id emas. Parvarish qilish va tarbiya uchun boshqa olamga yuboriladi.
Insonning javhari buyukdir, mohiyati oliyadir, jinoyati ham azimdir. Intizomi ham muhimdir, boshqa koinotga oʻxshamaydi; intizomsiz boʻlolmaydi. Ha, abadga nomzod boʻlgan buyukdir; muhmal qololmaydi, abas boʻlolmaydi. Fano-i mutlaq bilan mahkum boʻlolmaydi. Adami sirfga qocholmaydi. Jahannam ogʻzini, jannat ham ogʻushi nozandoronasini ochib kutyaptilar.
Islomning va Osiyoning istiqboli uzoqdan gʻoyat porloq koʻrinadi. Chunki Osiyoning hokimi avval va oxiri boʻlgan Islomiyatning gʻalabasi uchun toʻrt-besh muqovamatsuz quvvatlar ittifoq va ittihod etyaptilar.
Birinchi Quvvat: Maorif va madaniyat bilan mujahhaz boʻlgan Islomiyatning quvvati haqiqiyasidir.
Ikkinchisi: Takammuli mabadiy va vasoit bilan mujahhaz boʻlgan ehtiyoji shadiddir.
Uchinchisi: Osiyoni gʻoyat safolatda, boshqa yerlarni nihoyat rafohatda koʻrishdan nash'at etgan tanabbuhi tom va tayaqquzi komil bilan mujahhaz boʻlgan hasad va raqobat va kini muzmardir.
Toʻrtinchisi: Ahli tavhidning dasturi boʻlgan tavhidi kalima va zaminning xususiyati boʻlgan i'tidol va ta'dili mizoj va zamonning ziyosi boʻlgan tanavvuri azhan va madaniyatning qonuni boʻlgan talohuqi afkor va badaviyatning lozimi boʻlgan salomati fitrat va zaruratning samarasi boʻlgan yengillik va jur'ati tashabbus bilan mujahhaz boʻlgan iste'dodi fitriydir.
Beshinchisi: Bu zamonda moddatan taraqqiyga mutavaqqif boʻlgan i'loyi kalimatulloh, Islomiyatning amri bilan va zamonning iljooti bilan va faqri shadidning ijbori bilan va orzularni oʻldirgan ya'sning oʻlishi bilan hayot topgan umid bilan mujahhaz boʻlgan orzuyi madaniyat va mayli tajadduddir.
Va bu quvvatlarga yordam berish uchun ajonib ichiga ixtilol bergan va madaniyatlarni keksaytirgan, masavi-i madaniyatning mahosiniga gʻalabasidir va sa'yning safohatga adami kifoyatidir.
Buning ikki sababi bordir:
Birinchisi: Din va fazilatni dasturi madaniyat qilmaslikdan nash'at etgan muso'ada-i safohat va muvofaqati shahvati nafsdir.
Ikkinchisi: Hubbush shahavot va diyonatsizlikning natijasi boʻlgan marhamatsizlikdan nash'at etgan maishatdagi mudhish musovotsizlikdir.
Ha, shu diyonatsizlik Ovrupa madaniyatining asl mohiyatini shunday chalkashtirganki, natijada firoqi fasodiya va ixtiloliyani tavlid etgan. Farazan hablul matini Islomiya va saddi Zulqarnayn kabi shariati gʻarraning haqiqatiga iltijo va tahassun etilmasa, bu firoqi fasodiya ularning olami madaniyatlarini chil-parchin qiladi. Qandayki hozirdan tahdid etyapti.
Ajabo, haqiqati Islomiyaning minglab masoilidan yolgʻiz zakot masalasi dasturi madaniyat va muovanat boʻlsa, bu baloga va ilonning uyasi boʻlgan maishatdagi mudhish musovotsizlikka davo-i shofiy boʻlmaydimi? Ha, eng mukammal va buzilmas bir davo boʻladi.
Agar deyilsa: Hozirga qadar Ovrupani gʻolib ettirgan sabab, bundan soʻngra nima uchun gʻolib qilmasin?
Javob: Bu kitobning muqaddimasini mutolaa et. Soʻngra shunga ham diqqat et. Sababi taraqqiysi, hamma narsani kech olish va kech qoʻyib yuborish va matonat sha'nida boʻlgan burudati mamlakat va makon va maskanning torligi va yashovchilarning kasratidan nash'at etgan fikri ma'rifat va orzuyi san'at va dengiz va ma'dan va boshqa vasoitning muso'adasi bilan hosil boʻlgan taovun va talohuq edi. Faqat hozir takammuli vasoiti naqliya bilan olam bir shahri vohid hukmiga oʻtgani kabi, matbuot va telegraf kabi vasoiti muxobara va mudovala bilan ahli dunyo bir majlisning ahli hukmidadir.
Valhosil: Ularning yuklari ogʻir, bizniki yengil boʻlganidan, yetishib oʻtamiz. Agar tavfiq rafiq boʻlsa...
Osiyoning baxtini, Islomiyatning toleini ochadigan yolgʻiz mashrutiyat va hurriyatdir. Faqat shariati gʻarraning tarbiyasida qolish sharti bilan...
Mahosini madaniyat deyilgan ishlar, shariatning boshqa shaklga oʻgirilgan bittadan masalasidir.
Oʻninchi Muqaddima
Bir kalomda, har fahmga kelgan narsalarda mutakallim muoxaza etilmaydi. Zero masuqi lahul kalomdan boshqa mafhumlar iroda bilan daruhda etadi. Iroda etmasa, i'tob etilmaydi. Faqat gʻoya va maqsadga mutlaqo zamindir.
Fanni bayonda muqarrardir: Sidq va kizb mutakallimning qasd va gʻoyasining orqasida ketadilar. Demak, maqsud va misoqi kalomda boʻlgan muoxaza va tanqid mutakallimga oiddir. Faqat kalomning mustatba'oti ta'bir qilingan talvihot va talmihotida va suvari ma'oniy va tarzi ifoda va ma'oniyi ula ta'bir qilingan vasoil va uslub gʻoyasida boʻlgan gunoh va muoxaza, mutakallimning zimmatida emas, balki urf va odatga va qabuli umumiyga oiddir. Zero tafhim uchun qabuli umumiy va urf ehtirom qilinadi.
Hamda agar hikoya boʻlsa, xalal va xato maxkiyyun anhga oiddir.
Ha, mutakallim suvar va mustatba'otda muoxaza etilmaydi. Zero ularga qoʻl urish, samarotini olish uchun emas. Balki yanada yuqori maqosidning shoxlariga chiqish uchundir.
Agar istasang, kinoiy narsalarga diqqat qil. Masalan "Falonchaning qilichining bandi uzun" va "Kuli koʻp" deyilgan vaqt, u odam uzun va saxiydir... Kul va qilichi umuman boʻlmasa ham, kalom sodiqdir.
Agar istasang, misol va musuli faraziyaga diqqat qil. Koʻrasan: Ishtihordan nash'at etgan qiymat va quvvat bilan mudovala-i afkor va aqllar orasida saforatga musta'id boʻladilar. Hatto Masnaviy sohibi va Sa'di-i Sheroziy kabi eng toʻgʻri muallif va eng muhaqqiq hakim, u musuli faraziyani istihdom va iste'mol etganlaridan, mushahhat koʻrmaganlar.
Agar bu sir senga koʻringan va yorishgan boʻlsa: Shamingni undan yondir, qissot va hikoyotning burchaklariga ket. Zero juzda joriy boʻlgan, ba'zan kullda ham joriy boʻlishi mumkin.
Uchinchi Maqolada mushkulot va mutashabehoti Qur'oniyaga doir bir qoida keladi. Iqtizoyi maqom bilan hozircha bir nabzasini zikr qilamiz.
Shunday: Qachonki Kitobi Hakimdan maqsudi ahamm, aksariyatni tashkil qilgan jumhurning irshodi edi. Chunki xoslar avomning maslagidan istifoda eta oladi. Faqat avom esa xoslarga xitob qilingan kalomni haqqi bilan fahm etolmaydilar. Holbuki koʻpchilik esa, aksari avom va avom esa ma'lufot va mutaxayyolotidan tajarrud etib haqiqati mahza va mujarradoti sirfani yalangʻoch holda koʻrolmaydilar. Faqat koʻrishlarni ta'min qiladigan yolgʻiz zehnlarining ta'nisi uchun ma'luf boʻlgan ziyy va libos bilan mujarradot arzi adnom etishdir. Toki mujarradotni suvari xayoliya orqasida tomosha qilish bilan koʻrib tanisin. Shunday ekan, haqiqati mahza ma'luflarini kiyadi. Faqat suratga hasri nazar etmaslik kerak.
Bu sirga binoan: Asolibi Arabda uquli basharga boʻlgan tanazzuloti Ilohiya ta'bir qilingan muro'ati afhom va mumashati azhon Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonda jarayon etdi.
Azjumla:
va
va
va amsoli... Hamda
va ashbahi... Hamda
va nazoiri bu uslubga bittadan majradir.
Sa'b boʻlgan bir kalomning igʻloq va ishkali, yo lafz va uslubning parishonligidan nash'at etadi -bu qism Qur'oni Vazih-ul Bayonga yaqinlashmagandir- yoki ma'noning daqiq, chuqur yoki qiymatdor yoki gʻayri ma'luf, gʻayri mabzulligidan goʻyo fahmga qarshi nozlanish va shavqni orttirish uchun oʻzini koʻrsatmaslikni va qiymat va ahamiyat berishni istaydi; mushkuloti Qur'oniya bu qismdandir.
Hadisi sharifda vorid boʻlgani kabi, har oyatning bittadan zohir va botin va har zohir va botinning bittadan hadd va muttala'i va har hadd va muttala'ning koʻp shujun va gʻusuni bor.
Ulumi Islomiya bunga shohiddir.
Bu marotibning har birining bittadan darajasi, bittadan qiymati, bittadan maqomi bor; tamyiz lozim.
Ammo tazohum yoʻq. Faqat ishtibok ishtibohni intoj etadi. Qandayki sabablar doirasi aqoid doirasiga aralashtirilsa; yo tavakkal nomi bilan bir batolat yoki muro'ati asbob nomi bilan bir I'tizolni intoj etadi. Xuddi shuning kabi, davoir va marotib tafriq qilinmasa, shunday natijalarni beradi.
Oʻn Birinchi Muqaddima
Kalomi vohidda ahkomi mutaaddida boʻlishi mumkin. Bir sadaf koʻp javohirni tazammun etishi mumkin.
Zavil-albob tomonidan muqarrardir: Qoziya-i vohida mutaaddid qozoyoni tazammun etadi. U qoziyalarning har biri boshqa bittadan ma'dandan chiqqani kabi, boshqa-boshqa samara ham beradi. Birini boshqasidan farqlamagan, haqdan begona qoladi.
Masalan, hadisda deyilgan:
Ya'ni: Men va qiyomat bu ikki barmoq kabimiz. Mobaynimizda tavassut etadigan paygʻambar yoʻq. Yoki hadisning murodi nima boʻlsa, haqdir. Hozir bu hadis uch qoziyani oʻz ichiga olgan:
Birinchisi: Bu kalom paygʻambarning kalomidir. Bu qoziya esa tavoturning -agar boʻlsa- natijasidir.
Ikkinchisi: Kalomning ma'noyi murodi haq va sodiqdir. Bu qoziya esa moʻ'jizalardan tavallud etgan burhonning natijasidir.
Bu ikkisida ittifoq etish kerak. Faqat birinchisini inkor qilgan; mukabir, kozib boʻladi. Ikkinchisini inkor qilgan odam zalolatga ketadi, zulmatga tushadi.
Uchinchi qoziya: Bu kalomda murod budir. Va bu sadafda boʻlgan javhar budir, men koʻrsatyapman. Bu qoziya esa tashahhiy bilan emas, ijtihodning natijasidir. Zotan mujtahid boʻlgan boshqa mujtahidning taqlidiga mukallaf emas. Bu uchinchi qoziyada ixtilofot favaron etadi. Qiylu qol bunga shohiddir. Buni inkor etgan odam agar ijtihod bilan boʻlsa, na mukabirdir va na kufrga ketadi. Zero a'mm bir xosning intifosi bilan muntafiy emas.
Shunga binoan, har uyga oʻz eshigi bilan kirish lozim. Zero har uyning bir eshigi bor. Va har qulfning bir kaliti bor...
Bu uch qoziya hadisda jarayoni kabi oyatda ham jarayon etadi. Zero umumiydir. Faqat qoziya-i ulada bir farqi daqiq bor. Va bundan boshqa, bir kalomda koʻp ahkomi zimniya boʻladi. Faqat xususiydir. Har biri boshqa bir asos, boshqa bir samarasi boʻlishi mumkin.
Iltizomi xilof va taassubi barid va mayl-ut tafavvuq va hissi tarafdorlik va vahmini bir asosga irjo' bilan oʻziga uzrli koʻrsatish, orzusiga muvofiq boʻlgan zaif narsalarni qoviy koʻrish va gʻayrning tanqisi bilan oʻz kamolini koʻrsatish va gʻayrni takzib yoki tazlil etish bilan oʻzining sidq va istiqomatini e'lon qilish kabi safil va sufliy ishlarning mansha'i boʻlgan hubbu nafs bilan bunday maqomlarda mugʻolata etib koʻp bahonalar topishi mumkin.
Oʻn Ikkinchi Muqaddima
Magʻzni topmagan, poʻchoq bilan mashgʻul boʻladi. Haqiqatni tanimagan, xayolotga tushadi. Siroti mustaqimni koʻrolmagan, ifrot va tafritga tushadi. Muvozanasiz va mezonsiz boʻlgan koʻp aldanadi, aldaydi.
Zohirparastlarni aldagan sabab: Qissaning hissa bilan munosabati va muqaddimaning maqsud bilan zehnda muqoranati, vujudi xorijiyda boʻlgan muqoranat bilan iltibos etilishidir. Bu nuqtaga diqqat et, keyin muhtoj boʻlasan.
Hamda ixtilolotni tavlid etgan, ixtilofotni iqo' etgan, xurofotni ijod etgan, mubolagʻotni intoj etgan sabablarning biri va balki eng birinchisi, xilqatda boʻlgan husn va azamat va ulviyatga adami qanoatdir. Xosho zavqi fosidasi bilan istixfofi nizom etishdir.
Holbuki aql va hikmat nazarlarida har biri qudratning eng bahir moʻ'jizalaridan boʻlgan haqoiqi olamda boʻlgan husni intizom va kamol va ulviyat shu daraja dasti hikmat bilan naqsh boʻlganki: Butun xayolparastlarning va mubolagʻachilarning xayollaridan oʻtgan horiquloda husn va kamolga nisbat qilinsa, u horiquloda xayollar gʻoyat oddiy va u odatulloh gʻoyat horiquloda bir husn va hashmat koʻrsatadi.
Faqat jahli murakkabning singlisi va nazari sathiyning onasi boʻlgan ulfat, mubolagʻachilarning koʻzlarini yopgan. Bunday koʻzlarni ochish uchundir: Ma'luf boʻlgan ofoq va anfusda diqqati nazarga Kitobi Hakim amr qiladi.
Ha, koʻzlarni ochgan yolgʻiz nujumi Qur'oniyadir. Shunday nujumi saqibadirlarki: Johillikning zulmini va nazari sathiyning zulumotini daf etganlari kabi; oyoti bayyinot yadi bayzo bilan ulfat va sathiyatning hijoblarini va zohirparastlikning pardasini parcha-parcha qilib, uqulni ofoq va anfusning haqoiqiga tavjih etib irshod etganlar.
Hamda mayl-ul mubolagʻani tavlid etgan, basharning oʻz maylini quvvadan fe'lga chiqarishiga mayaloni fitriyasidir. Zero mayllardan birisi, hayrat beradigan ajib narsalarni koʻrishga va koʻrsatishga va tajaddudga va ijodga boʻlgan maylidir.
Bunga binoan, qachon bashar nazari sathiy bilan koinot idishlarida ulfat qopqogʻi ostida boʻlgan gʻido-i ruhoniyni zavq etolmaganidan, idishni va qopqoqni yalash bilan zerikish va qanoatsizlik va horiqulodaga mayl va xayolotga ishtihadan boshqa natija bermaganidan, mayli horiquloda bilan yo tajaddud yoki tarvij uchun mayl-ul mubolagʻa tavallud etadi.
U mubolagʻa esa togʻ teppasida bir qor toʻpi kabi dumalab xayolning yuksak choʻqqisidan lisonga qadar yumalasa, soʻngra lisondan lisonga dumalab borarkan, oʻz haqiqatining koʻp parchalarini tarqatish bilan barobar, har lisondan mayl-ul mubolagʻa bilan koʻp xayolotni oʻziga toʻplaydi, koʻchki kabi kattalashadi. Hatto qalbda emas, balki quloqda, balki xayolda ham joylasholmaydi.
Soʻngra bir nazari haq keladi, uni tajrid etish bilan yalangʻoch qilib tobelarni tarqatib asliga irjo' etadi. "Haq keladi, botil oʻladi" sirri ham zohir boʻladi.
Shu kunlarda bir hikoya bunga misol boʻlishi mumkin: Faxr boʻlmasin, zamoni sabovatimdan beri ussul asosi maslagim; ifrot va tafrit bilan haqoiqi Islomiyatga surtilgan dogʻlarni tozalamoq va u olmos kabi haqiqatlariga sayqal berish edi. Bu maslagimga tarixi hayotim juda koʻp vuqu'oti bilan shahodat qiladi. Shu bilan birga, shu kunlarda kuraviyati arz kabi badihiy bir masalani zikr qildim. U masalaga munosabatdor boʻlgan masoili diniyani tatbiq va tavfiq etib dushmanlarning e'tirozotini va muhibbi dinning vasvasalarini daf qildim. Qandayki masoilda mufassalan keladi.
Soʻngra gʻulyoboniy kabi xayolotga oʻrgangan zohirparastlarning miyalari qabul etmaydigandek koʻrindilar. Faqat asl sabab boshqa gʻoya boʻlishi kerak. Goʻyo koʻz yumish bilan kunni tun yoki puflash bilan quyoshni soʻndirishga ehtimol berish kabi bir harakati majnunonada edilar. Goʻyo ularning fikricha kuraviyati arzga hukm qilgan, dinda koʻp masoilga muxolafat etadi. Uni bahona qilib ulkan bir iftiro qildilar.
Oʻsha darajada qolmadi. Vasvasali zehnlari, iftironing kattalashishiga muso'id bir zamin topganlaridan, iftironi shu daraja kattalashtirishdiki, ahli diyonatning haqiqatdan jigarlarini dogʻdor va ahli hamiyatni gardi taraqqiyotidan ma'yus etdilar.
Lekin bu hol ulkan bir darsdir. Meni iqoz etdiki: Johil doʻst dushman qadar zarar berishi mumkin. Shunday ekan, hozirgacha yolgʻiz dushmanning tarafiga qarab qoʻldagi olmos qilich bilan ularning tafritlarini sindirardim; lekin hozir majburman: Unday doʻstlarning tarbiyalari uchun ularning avomparastona va ifrotkorona xayolotlariga u qilichni bir daraja tekkizaman.
Agar garchi bunday shaxsiy narsalarning bunday mabohisotda zikrlari lozim emas. Lekin shaxsiyatda qolmadi. Madrasalarning hayotlariga taalluq etadigan bir masala-i umumiy hukmiga oʻtdi. U zohirparastlar amin boʻlsinlarki, sa'ylari behudadir. Hozirga qadar bunday avomparastona safsatalar bilan bizni johil qoldirdilar. Bundan keyin bizni johil qoldirish bilan jaholatimizdan istifoda etishni isyatdilar. Mumkin emas va boʻlolmaydi, madrasalar tiriladi vassalom...
Hamda zohiriyyunning afkorini chalkashtirgan va xayolotini intizomdan chiqargan, sidqi anbiyoning daloili yolgʻiz horiqulodalarda munxasir boʻlganlarini e'tiqod etishlaridir. Hamda Paygʻambarimizning hamma holi yoki aksariyati horiqo boʻlishiga e'tibor qilishlaridir. Bu esa vujud muso'ada etmagani uchun mutaxayyolotlari intizom topolmaydi. Holbuki bunday e'tiqod; sirri hikmati Ilohiyadan va xilqati olamda joriy boʻlgan qavonini Ilohiyaga paygʻambarlarning taslim va ittibolaridan gʻaflat, juda ulkan bir gʻaflatning natijasidir.
Ha, Paygʻambarimizning har bir hol va harakati, sidqiga dalolat va haqqa tamassukiga shahodat qilish bilan barobar, Paygaʻmbar ham odatullohga ittibo va inqiyod etadi... Maqola-i Solisada bu sirga tanbeh etiladi.
Hamda horiqulodaning izhori, tasdiqi nubuvvat uchundir. Tasdiq esa, zohir boʻlgan moʻ'jizoti bilan, akmali vajh bilan hosil boʻlishi mumkin. Agar ehtiyojdan ortiq horiqo boʻlsa, yo abasdir yoki sirri taklifga munofiydir. Zero taklif, nazariy boʻlgan narsada bir imtihondir. Badihiyot yoki badohatga yaqin boʻlgan narsalarda adno a'lo bilan musoviy boʻlishi mumkin. Va yoxud jarayoni hikmatning sirriga taslim va itoatga muxolifdir. Holbuki paygʻambarlar harkasdan ziyoda ubudiyat va taslimga mukallafdirlar.
Ey shu parishon soʻzlarimga nazar etgan tolibi haq!.. Sening mohiyatingda ekilgan muyulot shu Oʻn Ikki Muqaddimada sukuni bilan barobar jarayon etgan shamsi haqiqatning ziyosi bilan nashvu namo topib gullar ochadi...
Sayyid boʻlmagan "sayyidman" va sayyid boʻlgan "sayyid emasman" degan, ikkisi ham gunohkor va duxul bilan xuruj harom boʻlganlari kabi.. hadis va Qur'onda ham ziyoda yoki nuqson etish mamnu'dir. Faqat ziyoda etish, nizomni buzgani va vahmga eshik ochgani uchun zararliroqdir. Nuqsonga johillik bir daraja uzrli boʻladi. Faqat ziyoda etish, ilm bilan boʻladi. Olim boʻlgan ma'ruz emasdir. Shuning kabi, dindan bir narsani fasl yoki boʻlmaganni vasl etish, ikkisi ham joiz emasdir. Balki hikoyotning mislari va Isroiliyotning muzaxrafoti va tashbehotning mumavvahati olmosi aqidaga, javhari shariatga, durari ahkomga idxol etish; qiymatini yanada ziyoda tanzil va mutaharri-i haqiqat boʻlgan mushtariyini yanada ziyoda tanfir va pushaymon qiladi.
Bir odam musta'id va qobil boʻlgan narsasini tark va ahil boʻlmagan narsaga tashabbus etishi, shariati xilqatga buyuk bir itoatsizlikdir. Zero shoni shuki; iste'dodi san'atda intishor va tadoxul va san'atning maqoyisiga ehtirom va muhabbat va navomisiga tamassul va imtisol.. alhosil, fano fis-san'at boʻlishdir.
Vazifa-i xilqat bu ekan, bu qonunga rioya qilmaslik bilan san'atning surati loyiqasini tagʻyir etadi va navomisini ranjitadi. Va asl musta'id boʻlgan san'atga boʻlgan mayli bilan, tashabbus etgan gʻayri tabiiy san'atning suratini xunuk qiladi. Zero bilquvva boʻlgan mayl va bilfe'l boʻlgan san'atning imtizojsizligi uchun bir chalkashlik boʻladi.
Bu sirga binoan juda koʻp odam mayl-ul ogʻalik va mayl-ul amiriyat va mayl-ut tafavvuq bilan mutahakkim yashashni istaganidan, ilmning shonida boʻlgan tashviq va irshod va nasihat va lutfni tark etib, oʻz istibdod va tafavvuqiga vasila-i jabr va ta'nif etadi. Ilmga xizmatga badal, ilmni istihdom etadi. Bunga binoan, vazoif ahil boʻlmaganning qoʻllariga oʻtdi. Xususan madoris bu bilan indirosga yuz tutdi.
Bunga chora-i yagona: Doira-i vohidaning hukmida boʻlgan mudarrislarni, dor-ul funun kabi koʻp davoirga tabdil va tartib etishdir. Toki harkas savqi insoniysi bilan haqqiga ketish bilan, hikmati azaliyaning amri ma'naviysini mayli fitriysi bilan imtisol etib qoida-i taqsim-ul a'molga tatbiq etilsin.
Ulumi madorisning tadanniysiga va majrayi tabiiydan yuz burishiga bir sababi muhim shu: Ulumi aliya اٰلِيَه maqsudi bizzot qatoriga oʻtganidan, ulumi oliya عَالِيَه muhmal qolgani kabi, libosi ma'no hukmida boʻlgan ibora-i Arabiyaning tugatilishi azhonni zabt etib, asl maqsud boʻlgan ilm esa taba'i qolish bilan barobar, iboralari bir daraja mabzul boʻlgan va silsila-i tahsilga rasman oʻtgan kitoblar; avqot, afkorni oʻziga hasr etib, xorijga chiqishiga yoʻl bermasliklaridir.
Ey birodari vijdon! Oʻylayman: Hozir shu muqaddimot ustiga tarattub etadigan kutubi salosani, qanday mohiyatda boʻlganlarini koʻrishni istaysan, faqat biroz sabr qil. Hozircha senga bir mavzu aytamanki: U kutubning bir zamini ijmoliyini, ta'biri digar bilan kichik bir fotosuratini yoki ijmoliy bir xaritasini tashkil etadi. Hamda u kutubda sakkiz-toʻqqiz masalani shoshilib senga taqdim etaman. Uchinchi Maqoladan soʻng, agar mashiati Ilohiya taalluq etsa, va tavfiqi Rabboniy rafiq boʻlsa, tafsilotini zikr qilish fikridaman. Xullas, mavzu va zamin shu:
Qur'on koʻrsatgan vasoili bilan, toʻgʻri hikmatning quvvati bilan, bir sayri ruhoniy oʻlaroq samovotning ulumlariga chiqaman. Toki u yerdan tomosha qilib koʻramizki: Kura-i arz shar yoki toʻp yoki pildiroq yoki sopqon toshi kabi Sone'-i Hakim dasti qudrat bilan aylantirib otyapti. Toki parcha-parcha qilib yanada yaxshisiga tabdil etishini nazari hikmat bilan koʻramiz.
Soʻngra esa samovotdan osilib javvdan oʻtamiz. Tadrijan, beshigimiz boʻlgan va basharning yotib, istirohat qilishi uchun Xoliqi Rahmon, sathini toʻshab muhayyo va mumahhad etgan kura-i arzga tushamiz.
Soʻngra esa bashar, bolaligidan chiqqani kabi, beshigini tashlab xarob qilish bilan basharni saodat-saroyi abadiyaga yuborilishini nazari diqqat bilan tomosha qilamiz.
Buni toʻliq tomosha etganimizdan soʻng, zamon va makon bilan muqayyad boʻlmagan sayri ruhoniy bilan zamoni moziy qit'asiga kirib abno-i jinsimiz boʻlgan abno-i moziy bilan sayyola-i barqiya-i tarixiya bilan muxobara etamiz. U magʻribi ixtifoning burchagida sodir boʻlgan hodisotni oʻrganib, undan fikr uchun bir poyezd qilamiz.
Soʻngra qaytib kelish sharti bilan abno-i jinsimizni ziyorat va istiqbol uchun saodatning fajri sodiqini uzoqdan koʻrish va koʻrsatish bilan mashriqi istiqbolga mutavajjih boʻlib taraqqiy poyezdiga va tavfiq deyilgan safina-i sa'yga minib, qoʻllarimizdagi burhonning misbohi bilan u bidoyati qorongʻi koʻringan, lekin orqasi gʻoyat porloq boʻlgan zamonga dohil boʻlamiz. Toki abno-i mustaqbal bilan musofaha etib saodatlarini tabriklaymiz...
Xullas, bu kichik fotosuratda shunday bir chiroyli rasm mundamijdirki, kelajakda tahrir bilan senga koʻrinadi. Hozir bu zaminda kutubi mazburaning shajaralari tanabbut va maqoloti salosaning jadovili bilan sugʻoriladi.
Ey birodar! Sening qoʻlingni tutib xazina-i haqoiqqa etishdan avval, va'da berganim bir necha masala bilan shoshib basari basiratingizga gʻishavat va parda boʻlgan xayolotni daf qilaman. Unday xayolot, gʻulyoboniy kabi qoʻllari bilan sening koʻzingni yulib oladi, koʻksingga uradi, seni taxvif etadi. Aytaylik, koʻrsatsa ham nurni nor, durrni madarr qilib koʻrsatadi. U xayolotdan saqlan! Sening vasvasalaringning eng katta mansha'i, kuraviyatga taalluq etgan bir necha masaladir. Azjumla: Savr va Hut va Qof Togʻi va Saddi Zulqarnayn va jibalning avtadiyatlari
va yer ostida jahannamning yerini tayin etish va دَحٰيهَا va سُطِحَتْ va اَلشَّمْسُ تَجْر۪ى لِمُسْتَقَرٍّ va
kabi masoildir. Haqiqatlarini bayon qilaman; toki din dushmanlarining koʻzlari yumilsin va doʻstlarining koʻzlari ham ochilsin. Xullas boshlayman:
Birinchi Masala
Sening munsif boʻlgan zehningga ma'lumki: Kuraviyati arz va yerning dumaloqligiga; muhaqqiqiyni Islom -ittifoqi sukutiy bilan boʻlsa ham- ittifoq etganlar.
Agar shubhang boʻlsa "Maqosid" va "Mavoqif"ga bor, maqsadga vuquf va ittilo' paydo qilasan va koʻrasan: Sa'd va Sayyid toʻp kabi kurani qoʻllarida ushlashgan, har tarafini tomosha qilyaptilar.
Agar u eshik senga ochilmagan boʻlsa; "Mafotih-ul Gʻayb" boʻlgan Imom Roziyning keng tafsiriga kir va seriri tadrisda u dohiy imomning halqa-i darsida oʻtir, darsini tingla.
Agar u bilan mutmain boʻlmagan boʻlsang; arzni kuraviyat idishiga sigʻdira olmagan boʻlsang; Ibrohim Haqqining orqasidan ket, Hujjat-ul Islom boʻlgan Imom Gʻazzoliyning yoniga bor, fatvo ista... Deki: "Kuraviyatda mushahhat bormi?" Albatta deydi: "Qabul qilmasang, mushahhat bor." Zero oʻz zamonidan shunday bir fatvo bergan: "Kim kuraviyati arz kabi burhoni qat'iy bilan sobit boʻlgan bir masalani, dinni himoya bahonasi bilan inkor va rad etsa; dinga jinoyati azim qilgan boʻladi. Zero bu, sadoqat emas, xiyonatdir."
Agar ummiy boʻlib, fatvoni oʻqiy olmasang, bizning hamasrimiz va fikran birodarimiz boʻlgan Husayn Jisriyning soʻzini tingla!.. Zero baland ovoz bilan munkiri kuraviyatni tahdid etgani kabi, haqiqat quvvati bilan parvosiz boʻlib deydi: "Kim dinga istinod bilan himoya yoʻlida mudavvariyati arzni inkor qiladigan boʻlsa, sodiqi ahmoqdir, aduvvi shadiddan ham koʻproq zarar bergan boʻladi."
Agar bu baland ovoz bilan sening uxlab qolgan fikri haqiqating uyqudan turmagan boʻlsa va koʻzing ham ochilmagan boʻlsa, Ibn Humam va Faxr-ul Islom kabi zotlarning qoʻllarini tut, Imom Shofe'iyga bor, istifta et, deki:
"Shariatda bor: Bir vaqtda besh vaqtning namozi oʻqiladi. Hamda bir qavm bor, xufton namozlarining vaqti ba'zi vaqtda yoʻq. Hamda bir qavm bor, quyosh kunlab gʻurub va tunlab tulu' etmaydi, u yerdagilar qanday roʻza tutadilar?"
Hamda istifsor etki: "Shartning ta'rifi shar'iysi boʻlgan boshqa arkonga muqorin boʻlgan narsadir. Qanday qilib namozda shart boʻlgan istiqboli qiblaga inqilob etadi. Holbuki yolgʻiz qiyom va yarim qu'udda muqoranat bor?"
Amin boʻl, Imom Shofe'iy masala-i ulani sharqdan va gʻarbdan oʻtgan doiraning mudavvariyati bilan tasvir etadi. Ikkinchi va uchinchi masalani ham janubdan shimolga mumtad boʻlgan doiraning muqavvasiyati bilan tatbiq etadi. Burhoni aqliy kabi javob beradi.
Hamda qibla masalasida deydi: "Qibla va Ka'ba shunday bir amudi nuroniydirki; samovotni arshga qadar taqqan va nazm etib kura-i arzning tabaqotini farshga qadar teshib koinotning muntazam bir amudi nuroniysi boʻlgandir. Agar gʻito va parda kashf qilinsa, xatti shokuli bilan sening koʻzingning shuasi, namozning har bir harakatida ayni qibla bilan yuzlanadi va musofaha etadi."
Ey birodar! Agar sen men oʻylagan odamlardan boʻlsang, ajib xulyalarning olami xayoldan boshqa bir yer topolmaganidan, qiymati yoʻq, toki qalbga kira olsin. Sen ham ishonmayapsan, nafsingni ishontirolmayapsan, lekin adashgansan. Agar u xayolotga ochiq va haqiqatga yopiq boʻlgan qalbingizda juda koʻp marta mutaxayyilangizdan da kichik boʻlgan kura-i arz joylashmasa, tavsi'i zehn uchun nazarning ufqini kengaytir. Bir majlis hukmida kun koʻrgan arzning yashovchilarini koʻr, soʻra. Zero uy sohibi uyini biladi. Ularning hammasi mushohada va tavotur bilan bir lison bilan senga aytishadi: "Hoy! Bizning beshigimiz va fazo-i olamda poyezdimiz boʻlgan kuramiz unchalik devona emas. Ajromi ulviyada joriy boʻlgan qoida va qonuni Ilohiydan shuzuz va sarkashlik etmaydi." Hamda daloili mujassama-i musattaha oʻlaroq xaritalarni ibroz etadi.
Nizomi xilqati olam deyilgan shariati fitriya-i Ilohiya; mavlaviy kabi jazbaga tushib majzub va musofir boʻlgan kura-i arzga, quyoshga iqtido etgan safbasta yulduzlarning safida turib itoat etishini farz va vojib qilgandir. Zero, zamin samo bilan barobar اَتَيْنَا طَٓائِع۪ينَ deganlar. Toat esa jamoat bilan yanada afzal va yanada ahsandir.
Sone'-i olam arzni istagani kabi va hikmati iqtizo etgani kabi yaratgandir. Sizning -ey ahli xayol!- tashahhiy bilan istaganingiz kabi yaratmagan, aqllaringizni koinotga muhandis qilmagan.
Za'fi aqidaga va yoxud sofistaiy mazhabida boʻlgan maylga; va yoxud hali olmagan, yangi mushtariy boʻlishiga ishorat qilgan ishlarning biri ham "Bu haqiqat dinga munofiydir" boʻlgan kalima-i hamqodir. Zero burhoni qat'iy bilan sobit boʻlgan bir narsani haq va haqiqat boʻlgan dinga muxolif boʻlganiga ehtimol bergan va munafatidan xavf etgan odam xoli emas; yo aqlida bir sofistaiy yashiringan, chalkashtiryapti va yoxud qalbini teshib bir muvasvis saqlangan, ixtilol etyapti va yoxud qaytadan dinga mushtariy boʻlgan, tanqid bilan olishni istayapti.
Ikkinchi Masala
Pushida boʻlmasin, Savr va Hutning qissa-i mashhurasi Islomiyatning daxil va tufayliysidir. Roviysi bilan barobar musulmon boʻlgan. Istasang Muqaddima-i Solisaga ket, koʻrasan; qaysi eshikdan doira-i Islomiyatga dohil boʻlgan. Ammo Ibn Abbosga boʻlgan nisbatning ittisoli esa, Toʻrtinchi Muqaddimaning oynasiga qara, u ilhoqning sirrini koʻrasan. Bundan soʻngra marvidir: "Arz savr va hut ustidadir." Hadis sifatida rivoyat qilinadi.
Avvalo: Taslim etmaymizki, hadisdir. Zero Isroiliyotning nishoni bor.
Soniyan: Hadis boʻlsa ham, za'fi ittisol uchun yolgʻiz taxminni ifoda qilgan ahaddandir. Aqidaga dohil boʻlmaydi, zero yaqiyn shartdir.
Solisan: Mutavotir va qat'iyyul-matin boʻlsa ham, qat'iyyud-dalolat emasdir. Agar istasang, Beshinchi Muqaddimaga murojaat bilan, Oʻn Birinchi Muqaddima bilan mushovara et! Xayolot zohirparastlarni qanday havolantirganini koʻrasan.
Bu hadisni mahamili sahihadan oʻgirishgan. Xullas, vujuhi sahiha uchdir:
Qandayki Savr va Nasir va Inson va boshqasi bilan musammo boʻlgan hamala-i arsh, maloikadir. Bu Savr va Hut ham shunday ikki maloikadir. Boʻlmasa arshi a'zamni maloikaga; kurani, kura kabi himmatga muhtoj boʻlgan bir hoʻkizga tahmil etish, nizomi olamga munofiydir.
Hamda lisoni shariatda eshitiladi: Har bir turga maxsus va u turga munosib bir malaki muakkal bor. Bu munosabatga binoan, u malak u turning ismi bilan musammo, balki olami maloikada uning surati bilan mutamassil boʻladi. Hadis oʻlaroq eshitiladi: "Har oqshom quyosh arshga boradi, sajda qiladi. Ruxsat oladi, soʻngra keladi." Ha, shamsga muakkal boʻlgan malak; ismi Shams, misoli ham shamsdir. Oʻsha ketadi, keladi.
Hamda hukamo-i Ilohiyyun nazdida har bir tur uchun hayy va notiq va afrodga imdod beruvchi va mustamiddi bir mohiyati mujarrada bor. Lisoni shariatda malak-ul jibal va malak-ul bihar va malak-ul amtar kabi ismlar bilan ta'bir qilinadi. Faqat ta'siri haqiqiylari yoʻqdir. Muassiri haqiqiy yolgʻiz Zoti Aqdasdir.
Zohiriy sabablarning qoʻyilishidagi hikmat esa: Izhori izzat va saltanat ta'bir qilingan, dasti qudrat pardasiz sabablar doirasiga mun'atif boʻlgan nazarga qarshi, zohiran qiymatsiz ishlar bilan mubosharat va mulobasati koʻrilmayapti. Faqat doira-i aqida deyilgan haq va malakutiyatda hamma narsa ulviydir. Dasti qudratning pardasiz mubosharati izzatga munosibdir.
Savr, obodonchilik va ziroati arzning eng katta vositasi boʻlgan hoʻkizdir. Hut esa, ahli savohilning, balki juda koʻp navi basharning madori maishati boʻlgan baliqdir.
Qandayki biri soʻrasa: "Davlat nima ustidadir?" Javob beriladi: "Qilich bilan qalam ustidadir." Va yoxud "Madaniyat nima bilan qoim?" "Ma'rifat va san'at va tijorat bilan" deb javob beriladi. Va yoxud "Navi bashar nima ustida baqo topadi?" Javob esa: "Ilm va amal ustida baqo topadi." Shuning kabi, vallohu a'lam Faxri koinot bunga binoan javob bergan.
Shunday soʻragan zot -Ikkinchi Muqaddimaning sirri bilan- bunday haqoiqqa zehni iste'dod kasb etmaganidan, vazifasi boʻlmagan bir narsadan soʻragani kabi, Paygʻambarimiz ham asl lozim boʻlgan shunday javob berdilarki: "Yer savr ustidadir."
Zero yerning obodonligi navi bashar bilandir. Navi bashardan boʻlgan ahli quroning manba-i hayotlari ziroat bilandir. Ziroat esa hoʻkizning yelkasi ustida va zimmatidadir. Qismi digari boʻlgan ahli savohilning a'zami maishatlari, balki ahli madaniyatning katta bir ma'dani tijoratlari baliqning javfida va hutning ustidadir.
masalasiga masadaqdir. Bu latif bir javobdir. Mizah ham boʻlsa haqdir. Zero mizah etsa ham yolgʻiz haqni aytadi.
Deylikki, sail xilqat xususiyatidan soʻrasa; fanni bayonda boʻlgan
qoidasining uslubi hakimonasi bilan lozim va istagan javobini beradi. Boʻlmasa xasta boʻlgan sail, ishtaha-i kozibi bilan istagan javobini bermaydi.
Va
bu haqiqatga bir baro'at-ul istihloldir.
Savr va Hut, arzning mahraki sanaviysida muqaddar boʻlgan ikki burjdir. U burjlar agar garchi faraziy va mavhumadirlar. Asl ajromni nazm va rabt bilan yuklangan olamda joriy va lafzan va istilohan joziba-i umumiya bilan musammo boʻlgan odatullohning qonuni u burjlarda tamarkuz va tahassul etganidan, "Arz burjlar ustidadir" boʻlgan ta'biri hakimona joizdir. Bu mahmil hikmati jadida nuqtai nazaridandir. Zero hikmati a'tiqa burjlarni samoda, hikmati jadida esa madori arzda ekanini faraz qilganlar. Bu ta'vil yangi hikmatning nazarida buyuk bir qiymatni tazammun etadi.
Hamda marvidir: Savol taaddud etgan. Bir marta "Hut ustida." Demak bir oydan soʻngra "Savr ustida" deyilgan. Ya'ni fazo-i gʻayri mahdudaning har tarafida muntashir boʻlgan mazbur qonunning xuyut va eshi'alarining nuqta-i mihroqiyasi boʻlgan Hut Burjida tamarkuz etganidan, kura-i arz Dalv Burjidan yugurib Hutdagi tadalli etgan qonunni tutib shajara-i xilqatning bir shoxi bilan samara kabi osildi va yoxud qush kabi qoʻndi. Soʻngra tayyor boʻlgan yer, uyasini Burji Savr ustida qilgan deganidir.
Buni bilgandan keyin insof bilan diqqat qil! Beshinchi Muqaddimaning sirri bilan ahli xayolning ixtiro-kardasi boʻlgan qissa-i ajiba-i mashhurada ajabo hikmati azaliyaga isnodi abasiyat va san'ati Ilohiyada isboti isrof va burhoni Sone' boʻlgan nizomi badi'ni ixlol etishdan boshqa nima bilan ta'vil qilinadi? Nafrin, hazaron nafrin, jaholatning yuziga...
Uchinchi Masala
Qof Togʻidir.
Ma'lumdir, bir narsaning mohiyatining xususiyatini bilish boshqadir, u narsaning vujudini tasdiq etish batamom boshqadir. Bu ikki nuqtani tamyiz etish lozim. Zero koʻp narsalarning asl vujudi yaqiyn ekan, vahm unda tasarruf etib imkondan imtino' darajasigacha chiqaradi. Istasang Yettinchi Muqaddimadan soʻra, senga "na'am" javobini beradi. Hamda koʻp narsalarning matnlari qat'iy ekan, dalolatlarida zunun tazohum etgan. Balki "Murod nima?" degan savolining javobida afhom mutahayyir boʻlishgan. Istasang Oʻn Birinchi Muqaddimaning sadafini och. Bu javharni topasan.
Qachonki bu bundaydir. "Qof"ga ishorat qilgan qat'iyyul-matinlardan yolgʻiz
dir. Holbuki joizdir; "Qof" "Sod" kabi boʻlsin. Dunyoning sharqida emas, balki ogʻizning gʻarbidadir. Shu ehtimol bilan dalil yaqiyniyatdan tushadi. Hamda qat'iyyud-dalolat bundan boshqa boʻlmaganining bir dalili; Shariating mujtahidlaridan boʻlgan Karrafining لَا اَصْلَ لَهُ deyishidir. Lekin Ibn Abbosga isnod etilgan mashhur xususiyati, Toʻrtinchi Muqaddimaga qara. Vajhi nisbati senga tamassul etadi. Holbuki Ibn Abbosning har aytgan soʻzi, hadis boʻlishi lozim kelmagani kabi, har naql qilgan narsasi ham uning maqbuli boʻlishi lozim kelmaydi. Zero Ibn Abbos yoshligida Isroiliyotga, ba'zi haqoiqning tazohuri uchun hikoyat tariqi bilan bir daraja atfi nazar qilgan.
Agar: "Muhaqqiqiyni soʻfiya "Qof"ga doir juda koʻp tasvirotda boʻlganlar", desang.
Bunga javoban deyman: "Mashhur boʻlgan olami misol ularning javalongohidir. Biz koʻylagimizni yechganimiz kabi, ular ham jasadlarini chiqarib sayri ruhoniy bilan ma'razgohi ajoyibni tomosha qiladilar. "Qof" esa u olamda ular ta'rif qilganlari kabi mutamassildir. Bir parcha oynada, samovot va nujum tamassul etganlari kabi, bu olami shahodatda garchi kichik narsalar ham boʻlsa -urugʻ kabi- olami misolda tajassumi ma'oniyning ta'siri bilan bir katta daraxt boʻladi. Bu ikki olamning ahkomlari bir-biri bilan chalkashtirilmaydi. Muhyiddin Arabiyning magʻzi kalomiga muttali' boʻlgan buni tasdiq etadi.
Ammo avomning yoxud avom kabi odamlarning mobaynlarida mushtahir boʻlgan xususiyati: "Qof" yerni qamragandir va mutaaddiddir.. har ikkisining oʻrtasida besh yuz yil bor.. va choʻqqisi samoning yelkasiga tegadi.. ila oxirihi xayolotihim... Buni, qanday qiymatda boʻlganini bilishni istasang, bor Uchinchi Muqaddimadan fonaringni yoq; soʻngra kel, bu zulumotga kir. Balki obi hayot boʻlgan balogʻatini koʻrasan.
Agar bizning bu masalada boʻlgan e'tiqodimizni anglashni istasang; bilki men "Qof"ning vujudiga jazm etaman; faqat xususiyatni esa havola qilaman. Agar bir hadisi sahih va mutavotir xususiyatning bayonida sobit boʻlsa, iymon keltiramanki, murodi Nabiy sodiq va toʻgʻri va haqdir. Faqat murodi Nabaviy ustida... Boʻlmasa nosning mutaxayyollari ustida emas. Zero ba'zan fahm qilingan narsa, murodning gʻayrisidir. Bu masalada ma'lumimiz budir:
Qof Togʻi, aksar sharqni ihota etgan va eski zamonda badaviy va madaniylarning oralarida fasil boʻlgan va a'zami jibali dunyo boʻlgan Chamularning onasi boʻlgan Himolay silsilasidir. Bu silsilaning irqidan jibali dunyoning aksarisi tasho'ub etgani aytiladi. Bu hol shunday koʻrsatadiki: "Qof"ning dunyoga mashhur boʻlgan ihotaning fikr va xayoli asli tasho'ubdan nash'at etgan boʻlishi kerak.
Va soniyan: Olami shahodatga surati bilan va olami gʻaybga ma'nosi bilan mushabih va ikkalasining mobaynida bir barzoh boʻlgan olami misol u muammoni hal qiladi. Kim istasa, kashfi sodiq derazasi bilan yoki roʻyoyi sodiq tuynugi bilan yoki shaffof narsalar durbini bilan va hech boʻlmasa xayolning varo-i pardasi bilan u olamga bir daraja tomoshabin boʻlishi mumkin. Bu olami misolning vujudiga va unda ma'onining tajassum etishlariga juda koʻp daloil bor. Shunga binoan, bu kurada boʻlgan "Qof" u olamda zul-ajoyib boʻlgan "Qof"ning urugʻi boʻlishi mumkin.
Hamda Sone'ning mulki kengdir. Bu safil kuraga munxasir emas. Fazo esa gʻoyat vase', Allohning dunyosi gʻoyat azim boʻlganidan zul-ajoyib boʻlgan "Qof"ni isti'ob etishi mumkin. Faqat ayyomi Ilohiya bilan besh yuz yil bizning kuradan uzoq boʻlish bilan barobar mavji makfuf boʻlgan samoga bogʻlanish, imkoni aqliydan xorij emas. Zero "Qof" samo kabi shaffof va gʻayri mar'iy boʻlishi joizdir.
Va robian: Nima uchun joiz boʻlmasinki "Qof" doira-i ufqdan tajalliy etgan silsila-i a'zamdan iborat... Qanday ufqning ismi ham "Qof"ga ma'haz boʻlishi mumkin. Zero davoiri mutadohila kabi qayerga qaralsa, silsilalardan bir doira koʻriladi. Bora-bora nazar qoladi, xayolga taslim etadi. Nihoyat xayol salosili jibaldan bir doira-i muhitni taxayyul etadiki, samoning atrofigacha yetib boradi. Kuraviyat sirri bilan, besh yuz yil uzoq boʻlsa ham, yana muttasil koʻrinadi.
Toʻrtinchi Masala
Saddi Zulqarnayndir.
Qanday bildingki: Bir narsaning vujudini bilish, u narsaning xususiyat va mohiyatini bilishdan farq qiladi. Hamda bir qoziya koʻp ahkomni tazammun etadi. U ahkomning ba'zisi zaruriy va ba'zisi esa nazariy va "muxtalafun fiyha"dir.
Hamda ma'lumki: Muta'annid va muqallid bir sail, imtihon jihati bilan, bir kitobda koʻrgan bir masalasini, bir daraja muharraf boʻlsa ham, bir odamdan soʻrasa.. toki gʻaybda boʻlgan ma'lumiga javob bersa, u javob ikki jihat bilan toʻgʻri boʻladi: Yo toʻgʻridan-toʻgʻri javob bersa va yoxud saili muta'annidning ma'lumiga yo bizzot yoki ta'vil bilan javobi muvofiq beradi. Ikkisi ham toʻgʻri.
Demak, bir javob ham voqe'ni rozi qiladi, zero haqdir. Ham sailni iqno' etadi; zero murod boʻlmasa ham, ma'lumiga tatbiq etadi. Ham maqomning hurmatini ham ranjitmaydi; zero javobda uqda-i hayotiyani yerlashtiradiki: Maqosidi kalom undan istimdodi hayot etadi.
Xullas, javobi Qur'on ham shundaydir. Bundan soʻngra zaruriy va gʻayri zaruriyni tafriq etamiz. Xullas, javobi Qur'oniyda mafhum boʻlgan zaruriy hukmlarki; inkorni qabul qilmaydi:
Zulqarnayn "muayyad min indilloh" bir shaxsdir. Uning irshod va tartibi bilan ikki togʻ orasida bir sad bino etilgan, zolimlarning va badaviylarning daf'i fasodlari uchun... Va Ya'juj Ma'juj ikki mufsid qabilalardir. Amri Ilohiy kelgan vaqt, sad xarob boʻladi. Ila oxirihi. Bu qiyos bilan unga Qur'on dalolat qilgan hukmlar, Qur'onning zaruriyotidandir. Hatto bir harfning inkori mumkin emas.
Faqat u mavzu'ot va mahmulotning xususiyatlarining tashrihotlari va mohiyatlarining hududi esa; Qur'on ularga qat'iyyud-dalolat emas. Balki "A'mm xosga dalolati salosadan hech qaysisi bilan dalolat etmaydi" qoidasi bilan va mantiqda bayon qilingani kabi, "Bir hukm, mavzu' va mahmulning vajhun-ma bilan tasavvur etish, kifoya boʻlgani"ning dasturi bilan sobitki, Qur'on ularga dalolat qilmaydi, faqat qabul qilishi mumkin.
Demak, u tashrihot ahkomi nazariyadandir. Boshqa daloilga muhavvaldir. Ijtihodning mazannasidir. Unda ta'vil uchun majol bor. Muhaqqiqiynning ixtilofoti nazariyligiga dalildir.
Lekin afsuslar boʻlsin! Javobning savolga, har jihat bilan luzumi mutabaqotning taxayyuli bilan, savoldagi xalalga ahamiyat bermasdan, javobning zaruriy va nazariy boʻlgan hukmlarini birdan ma'hazi saildan va manbiti savoldan xushachin boʻlib, olib mufassir boʻldilar. Yoʻq, balki muavvil, yoʻq balki masadaqni ma'no oʻrniga ma'no koʻrsatdilar. Yoʻq, balki masadaqi boʻlish joiz va bir daraja mumkin boʻlgan narsani madlul va mafhum oʻlaroq ta'vil etdilar.
Holbuki Uchinchi Muqaddimaning sirri bilan, zohirparastlar qabul qilib va muhaqqiqiyn ham hikoyot kabi ahamiyatsiz boʻlganidan tanqidsiz shu ta'vilni tingladilar. U tashrihotni, muharraf boʻlgan Tavrot va Injilda boʻlgani kabi qabul qilsa, aqida-i Ahli Sunnat va Jamoatda boʻlgan ma'sumiyati anbiyoga muxolafat boʻladi. Qissa-i Lut va Dovud alayhimussalom bunga ikki shohiddir.
Qachonki xususiyat jihatidan ijtihod va ta'vilning majoli boʻlsa.
Men ham bitavfiqilloh deyman: E'tiqodi jazm Xudo va Paygʻambarimizning murodlariga qat'iyan vojibdir; zero zaruriyoti diniyadandir. Faqat murod qaysi biri, muxtalafun fiyhdir:
Zulqarnayn, Iskandar demayman; zero ism qoldirmaydi. Ba'zi mufassir malik "lomning kasrali boʻlishi bilan", ba'zilar malak "lomning fathali boʻlishi bilan", ba'zilar nabiy, ba'zilar valiy, ila oxir aytishgan. Har holda Zulqarnayn "muayyad min indilloh" va sadning qurilishida murshid bir shaxsdir.
Ammo sad esa: Ba'zi mufassir saddi Chin va ba'zi mufassir boshqa yerda togʻlashgan va ba'zi mufassir saddi maxfiydir, inqilob va ahvoli olam satr qilgan. Va ba'zilar va ba'zilar.. aytishgan, aytishgan... Har holda mufsidlarning daf'i sharlari uchun bir radmi azim va jasim bir devordir.
Ammo Ya'juj Ma'juj, ba'zi mufassir "Valadi Yofasdan ikki qabila" va ba'zi boshqalar "Moʻgʻil va Manchur" va ba'zilar "aqvomi sharqiya-i shimoliy" va ba'zilar "Bani Odamdan bir jamiyati azima, dunyo va madaniyatni ostin-ustun qilgan bir toifa" va ba'zilar ham "Maxluqi Ilohiydan yerning zahrida va yoxud botnida odamiy yoki gʻayri odamiy bir maxluq boʻlib qiyomatga, bunday navi basharning ostin-ustun boʻlishiga sabab boʻladi." Ba'zilar va ba'zilar va ba'zilar deganlarini dedilar...
Nuqta-i qat'iya va jihati ittifoqi budir: Ya'juj va Ma'juj, ahli gʻorat va fasod va ahli xadorat va madaniyatga ajali qazo hukmida ikki toifa-i maxluqullohdir.
Ammo xarobiyati sad; ba'zilar "qiyomatda" va ba'zilar "qiyomatga yaqin" va ba'zilar "alomati boʻlish sharti bilan uzoqdir" va ba'zilar "xarob boʻlgan, faqat dakk boʻlmagan", deyishgan. "Qiyla"lar koʻp.
Har holda nuqta-i ittifoq; sadning inhidomi, yerning soqoliga bir oq tushish va oʻgʻli boʻlgan navi bashar ham keksayishiga bir alomatdir.
Agar bu muzokarotni muvozana va muhokama etgan boʻlsang, joizdir, tajviz etasan: Saddi Qur'on, saddi Chindirki: Koʻp farsohlar bilan uzun va ajoyibi sab'a-i mashhuradan bir "muayyad min indilloh"ning irshodi bilan bino qilingan, u zamonning ahli madaniyatini ahli badaviyatning sharlaridan qoʻriqlagan. Ha, u vahshiylardan Xun qabilasi Ovrupani ostin-ustun qilgani kabi, ulardan Moʻgʻil toifasi ham Osiyoni chil-parchin qilgan.
Soʻngra sadning xarobiyati qiyomatga alomat boʻladi. Xususan dakk, undan boshqadir. Paygʻambar: "Ashroti soatdanman. Men va qiyomat bu ikki barmoq kabimiz", desa, nima uchun istigʻrob boʻlsinki, xarobiyati sad zamoni saodatdan soʻngra alomati qiyomat boʻlsin... Hamda sadning inhidomi umri arzga nisbatan yer yuzida keksalikdan bir burushishlikdir. Balki tamomi nahorga nisbatan vaqti isfiror kabidir. Minglab yil fasil boʻlsa ham...
Shuning kabi, Ya'juj va Ma'jujning ixtilollari, navi basharning shayxuxatidan kelgan bir humma va sitmasi hukmidadir.
Bundan soʻngra Oʻn Ikkinchi Muqaddimaning fotihasida bir ta'vili oxar senga fathi bob etadi. Shunday: Qur'on hisasi uchun qissalarni zikr qilgani kabi, u'qadi hayotiya hukmida va maqosidi Qur'oniyadan bir maqsadiga munosib nuqtalarni intihob va robti maqsadga ittisol ettiradi. Xorijda va husulda bir-birining nori yoki nuri bir-biri bilan koʻrinmagan boʻlsa ham, zehnida va uslubda taonuk va musohabat eta oladilar.
Qachonki qissa hissa uchun boʻlganda, senga nima kerak tashrihoti.. qanday boʻlsa boʻlsin senga taalluq etolmaydi. Oʻz hissangni ol, ket. Hamda Oʻninchi Muqaddimadan iztizhor et. Koʻrasan: Majoz majozga eshik ochadi ..
zohirparastlarni tashqariga quvadi.
Ma'lum boʻlsinki: Asolibi Arabda tajalliy etgan hujjatullohning miftahi, yolgʻiz istiora va majoz ustiga muassas va asli i'joz boʻlgan balogʻatdir. Boʻlmasa shuxrat sababi bilan yolgʻonchi hads bilan laqita boʻlgan va rizolari boʻlmagani holda asdafi oyotda saqlangan munchoqlar emas. Istasang, Oʻninchi Muqaddimaning Xotimasini istishmom bilan zavq et. Zero xitomi miskdir va ichida asaldir.
Hamda joizdirki: Majhulul-kayfiyat boʻlgan sad boshqa yerda oʻzga alomoti qiyomat kabi mastur va qiyomatga qadar boqiy va ba'zi inqiloboti bilan majhul qolib, qiyomatda xarob boʻladi.
Ma'lumdir: Maskan yashovchilaridan koʻproq yashaydi. Qal'a, ahli tahassundanda umri uzundir. Sukun va tahassun, vujudining illatidir, baqo va davomi uchun emasdir. Baqo va davomi uchun boʻlsa ham, istimror va adami huluvni iqtizo etmaydi. Bir narsadagi asosiy gʻoyaning davomi, balki tarattubi u narsaning davomining zaruriyotidan emas. Juda koʻp binolar sukna yoki tahassun uchun qilingan ekan, havi va xoli boʻlib, oʻrtada muallaq qoladi. Bu sirning adami tafahhumidan, tavahhumlarga yoʻl ochgan.
Shu tafsildan maqsad; tafsirni ta'vildan, qat'iyni zonniydan, vujudni xususiyatdan, hukmni atrofning tashrihotlaridan, ma'noni masadaqdan, vuqu'ni imkondan tamyiz va tafriq bilan bir yoʻl ochishdir.
Beshinchi Masala
Mashhurki: "Jahannam yer ostidadir". Faqat biz Ahli Sunnat va Jamoat qat'an va yaqiynan oʻrnini tayin etolmaymiz. Lekin zohir boʻlgan tahtiyatdir va yer ostida boʻlishidir. Bunga binoan deyman:
Shajara-i Tubo kabi boʻlgan xilqati olamning boshqa nujumlari kabi bizning kuramiz ham bir samarasidir. Samaraning osti u daraxtning umum agʻsani ostiga shomil boʻladi. Bunga binoan Jahamman yer ostida u shoxlar ichidadir. Qayerda boʻlsa, yeri bordir. Tahtiyatning masofasi uzun va ittisolni iqtizo etmaydi. Hikmati jadidaning nuqtai nazarida, otash aksar koinotga mustavliydir. Bu hol orqa tarafida koʻrsatadiki: Bu otashning asl va asosi va navi bashar bilan barobar abadga ketgan va yoʻlda rafoq ۙetgan Jahannam bir kun pardani yirtadi, hozir boʻling deydi, oʻrtaga chiqadi. Bu nuqtada diqqat istayman...
Soniyan: Kuraning tahti va osti markazi va dohiliysidir. Bu nuqtaga binoan, kura-i arz shajara-i zaqqumi Jahannamning urugʻiga homiladir. Bir kuni tugʻadi. Balki fazoda tayaron etgan arz shunday bir narsaga homilador boʻladiki, u homilada Jahannam tamomi bilan boʻlmasa.. boshi yoki boshqa bir a'zosi matviy oʻlaroq tazammun etganki; yavmi qiyomatda darakot va a'zoyi sairasi bilan birlashadi, devi ajibi jahannam ahli isyonga hujum qiladi.
Hoy!. Oʻzing Jahannamga ketmasang, hisob va handasa seni u yerga qadar etishi mumkin. Har oʻttiz uch metrda taqriban bir daraja-i harorat tazoyud qilganidan, markazga qadar ikki yuz ming darajaga yaqin haqoqat mavjud boʻladi. Bu nori markaziyaning bizning koʻpincha ming darajaga yetgan otashimiz bilan nisbati ikki yuz marta boʻlgani kabi, mashhur hadisdagi: "Jahannam otashi otashimizdan ikki yuz daf'a koʻproq shadiddir" boʻlgan nisbatning aynini isbot qiladi.
Hamda Jahannamning bir qismi zamharirdir. Zamharir esa burudati bilan yondiradi. Hikmati Tabiiyada sobitdirki: Otash bir darajaga keladiki, suvni muz qiladi. Haroratni daf'atan bal' etgani uchun, burudat bilan ihroq etadi. Demak, umum marotibni ixtivo etgan otashning bir qismi ham zamharirdir.
Ma'lum boʻlsinki: Abadga nomzod boʻlgan olami uxroviy fano bilan mahkum boʻlgan bu olamning maqoyisi bilan masaha va muomala qilinmaydi. Muntazir boʻl, Uchinchi Maqolaning oxirida oxirat bir daraja senga arzi diydor etadi.
Umum funun koʻrsatgan intizomning shahodati bilan va hikmatning istiqro-i tommining irshodi bilan va javhari insoniyatning ramzi bilan va bashar orzularining tanohiysizligining imosi bilan, yavm va yil kabi koʻp anvo'da boʻlgan bittadan navi qiyomati muqarraraning talmihi bilan va adami abasiyatning dalolati bilan va hikmati azaliyaning talvihi bilan va rahmati bepoyoni Ilohiyaning ishorati bilan va Nabiyyi Sodiqning lisoni tasrihi bilan va Qur'oni Moʻ'jizning hidoyati bilan, Jannat-abad boʻlgan saodati uxroviyadan nazari aqlning tomoshasi uchun sakkiz eshik, ikki deraza ochiladi.
Oltinchi Masala
Muhaqqaqdirki: Tanzilning xossa-i jozibadori, i'jozdir. I'joz esa balogʻatning yuksak tabaqasidan tavallud etadi. Balogʻat esa xasois va mazoya, xususan istiora va majoz ustiga qurilgan. Kim istiora va majoz durbini bilan tomosha qilmasa, mazoyasini koʻrolmaydi. Zero azhoni nosning ta'nisi uchun asolibi Arabda yanabi'i ulumni isola etgan Tanzilning ichida tanazzuloti Ilohiya ta'bir qilingan muro'ati afhom va ehtiromi hissiyot va mumashati azhon bordir.
Qachonki bu bundaydir, ahli tafsirga lozimdir: Qur'onning haqqini baxsh etsin va qiymatini nuqson etmasin. Va balogʻatning tasdiq va sikkasi boʻlmagan bir narsa bilan Qur'onni ta'vil etmasinlar. Zero har haqiqatdan yanada zohir va yanada vazih tahaqquq etganki; Qur'onning ma'nolari haq boʻlganlari kabi, tarzi ifoda va surati ma'nosi ham baligʻona va ulviydir. Juz'iyotni u ma'danga irjo' va tafarruotni u manbaga ilhoq etmagan, Qur'onning haqni ado qilishida mutaffifindan boʻladi. Bir-ikki misol koʻrsatamiz. Zero nazarni jalb qiladi.
(Allohu a'lamu bimurodihi) Joizdir, ishorat qilingan majoz bunday bir tasavvurni imo etadiki: Safina kabi boʻlgan kura bahri muhiti havoiyning ichida taxt-al bahr bir kemasi va ummon kabi fazoda qoziq yoki temir kabi togʻlari bilan irsa va ta'mid etib havo bilan ishtibok etganidan, muvozanati muhofaza qilingan. Demak, togʻlar u kemaning temiq va qoziqlari hukmidadirlar.
Soniyan: Inqiloboti dohiliyadan ihtizozot u togʻlar bilan iskat qilinadilar. Zero togʻlar yerning masamoti hukmidadir. Dohiliy bir hayajon boʻlgan vaqt, arz togʻlar bilan tanaffus etganidan, gʻazabi va hiddati sukunat topadi. Demak, arzning sukun va sukunati togʻlar bilandir.
Solisan: Imorati arzning ustuni, bashardir. Hayoti basharning ustuni ham, manobi'i hayot boʻlgan ma va turob va havoning istifodaga loyiq surati bilan muhofazalaridir. Holbuki shu uch sharoiti hayotning kafili ham, togʻlardir. Zero togʻ va jibal maxozini ma boʻlgani kabi, jazbi rutubat xususiyati bilan havoga mashshata boʻladi. Harorat va burudatni ta'dil etgani kabi, havoga maxlut boʻlgan muzir gazlarning tarassubiga va havoning tasfiyasiga sabab boʻlgani kabi, tuproqqa ham tarahhum etadi. Balchiq va botqoqlik va dengizning tasallutidan muhofaza qiladi.
Robian: Balogʻat jihatidan vajhi munosabat va mushobahat budir: Deylikki, bir odam xayol shari bilan kuradan yuksak yerga uchsa, togʻlarning silsilalariga qarasa, ajabo tabaqa-i turobiyani ustunlar ustiga sochib tashlangan badaviy xaymalar kabi taxayyul qilsa va munfarid togʻlari ham bir ustun ustida qurilgan bir chodirga oʻxshatilsa, ajabo tabiati xayolga muxolafat boʻladimi?
Deylikki, sen u silsilalarni mustaqil togʻlar bilan barobar sathi arzga vaziyatning xususiyatini bir badaviy Arabning qarshisida tasvir tarzida taxayyul va taxyil etsang: Bu silsilalar A'rabi Badaviyaning xaymalari kabi arz sahrosida qurilgan va taraf-taraf chodirlar taxallul etgan desang... Arablarning xayoliy uslublaridan uzoq boʻlmaydi...
Hamda agar vahm bilan bu qasri mushayyadi olamdan tajarrud etib uzoqdan hikmat durbini bilan mahdi bashar boʻlgan yerni va saqfi marfu' boʻlgan samoni tomosha etsang.. soʻngra silsila-i jibalda tamassul va atrofi samoga tekkan doira-i ufq bilan mahdud boʻlgan samoni, bir fustat kabi yerning ustiga vaz' va jibal avtadi bilan rabt etilgan bir chodir qubbasini taxayyul va tavahhum etsang, seni muttaham etisholmaydi. Sakkizinchi Masalaning Tanbehida bir-ikki misol yana keladi.
Yettinchi Masala
Qur'onda zikr qilingan: دَحٰيهَا va سُطِحَتْ va فُرِّشَتْ va
va shularga oʻxshash ba'zi ahli zohir tagʻliti azhan uchun ular bilan tamassuk etishadi. Lekin mudofaaga biz muhtoj emasmiz.
Zero mufassiriyni i'zom oyotning zamairidagi saroirlarni izhor etishgan. Bizga hojat qoldirishmagan, faqat bir darsi ibrat berishgan va sarmashq yozishgan.
Ma'lumki: Ma'lum narsani i'lam, xususan mushahad boʻlsa, abasdir. Demak, ichida bir nuqta-i gʻarobat lozim, toki uni abasiyatdan chiqarsin.
Agar deyilsa: Qarang qanday qilib arz kuraviyati bilan birga musattaha va sizga mahd boʻlgan, dengizning tasallutidan qutulgan. Va yoxud qanday shams, istiqror bilan barobar tanzimi maishatingiz uchun jarayon etadi. Va yoxud qanday minglab yillik uzoqlikdagi shams, ayni hamiada gʻurub etadi. Ma'oni-i oyot kinoyatdan sarohatga chiqqan boʻladi...
Ha, shu gʻarobat nuqtalari, balogʻat nuktalaridir.
Sakkizinchi Masala
Ahli zohirni haysa baysa vartalariga otgan narsalardan biri, balki eng birinchisi: Imkonotni vuqu'otga aralashtirish va iltibos etishdir. Masalan: "Shunday ekan, Qudrati Ilohiyada mumkindir. Ham uqulimizcha azamatiga yanada ziyoda dalolat qiladi. Shunday ekan, bu voqe' boʻlishi kerak", desang. Hayhot!
Ey miskinlar! Qayerda aqlingiz koinotga muhandis boʻlishga layoqat koʻrsatgan? Bu juz'iy aqlingiz bilan husni kulliyni ihota etolmaysizlar. Ha, bir ziro' qadar bir burun oltindan boʻlsa, yolgʻiz unga diqqat qilinsa, goʻzal koʻrgan boʻladi.
Hamda ularni hayratda qoldirgan tavahhumlaridirki: Imkoni zotiy, yaqiyni ilmiyga munofiydir. U holda yaqiyniya boʻlgan ulumi odiyada taraddud etganlarid ha "la adri"larga yaqinlashadilar. Hatto uyalishmaydi; maslaklari taqozo qiladi; Van Dengizi, Subhon Togʻi kabi badihiy narsalarda taraddud etilsin. Zero ularning maslagida mumkin: Van Dengizi dushab va Subhon Togʻi ham shakar bilan oʻralgan asalga inqilob etsin. Va yoxud u ikkisi ba'zi doʻstlarimiz kabi kuraviyatdan rozi boʻlmasdan safarga ketganlaridan, oyoqlari qoqinib ummoni adamga ketishlari muhtamaldir. Shunday ekan, dengiz va Subhon, eski hollari bilan boqiyliklarini tasdiq etmasligi kerak.
Ala! Ey mantiqsiz miskin! Qayerdasiz? Qarang. Mantiqda muqarrardir, mahsusotdagi vahmiyot, badihiyotdandir. Agar bu badohatni inkor qilsangiz, sizga nasihatga badal ta'ziya bildiraman. Zero ulumi odiya sizcha oʻlgan va safsata ham hayot topgan darajadadir.
Toʻrtinchi balo-ki, ahli zohirni chalkashtiradi. Imkoni vahmiyni imkoni aqliy bilan iltibos etishganidir. Holbuki imkoni vahmiy, asossiz boʻlgan irqi taqliddan tavallud bilan safsatani tavlid etganidan, dalilsiz oʻlaroq har biri badihiyotda bir «balki», bir «ehtimol», bir «shak» ga yoʻl ochadi.
Bu imkoni vahmiy, koʻpincha muhokamasizlikdan, qalbning za'afi asabidan va aqlning asab xastaligidan va mavzu' va mahmulning adami tasavvuridan kelib chiqadi.
Holbuki imkoni aqliy esa: Vojib va mumtani' boʻlmagan bir moddada, vujud va adamga bir dalili qat'iyya dast-ras boʻlmagan bir amrda taraddud etishdir. Agar dalildan nash'at etgan boʻlsa, maqbuldir. Boʻlmasa, moʻ'tabar emas.
Bu imkoni vahmiyning ahkomidanki: Ba'zi vahhomlar deyishadi: Muhtamaldir, burhonning koʻrsatgani kabi boʻlmasin. Zero, aql har bir narsani dark etolmaydi. Aqlimiz ham bunga ehtimol beradi". Ha, yoʻq balki ehtimol bergan vahmingizdir. Aqlning sha'ni burhonga asoslanishdir. Ha, aql har bir narsani tortolmaydi, lekin bunday moddiyotni va eng kichik xodimi boʻlgan basarning qabzasidan qutulmagan bir amrni tortadi. Agar tortmasa, biz ham u masalada bola kabi mukallaf emasmiz.
Men zohirparast va nazari sathiy sohibi ta'biri bilan aytgan va tavbix va ta'nif bilan tashhir etganim muxotobi zehniyam; agʻlabi holda ahli tafrit boʻlgan va jamoli Islomni koʻrmagan va nazari sathiy bilan uzoqdan Islomiyatga qaragan xasmi dindir. Faqat, ba'zan ahli ifrot, yaxshilik deb yomonlik qiluvchilar, dinning johil doʻstlaridir.
Beshinchi Balo: Ahli tafrit va ifrot boʻlgan bechoralarning qoʻllarini tutib zulumotga otgan birisi ham; har majozning har yerida taharri-i haqiqat etishidir. Ha, majozda bir dona-i haqiqat boʻlishi lozimki, majoz undan nashvu namo topib unib chiqsin. Va yoxud haqiqat, yorugʻlik bergan pilikdir; majoz esa ziyosini tazyid etgan shishasidir. Ha, muhabbat qalbda va aql miyadadir; qoʻlda va oyoqda qidirish abasdir.
Oltinchi Balo: Nazarni tams etgan va balogʻatni satr etgan, zohirga boʻlgan qasri nazardir. Demak, naqadar aqlda haqiqat mumkin boʻlsa, majozga tajovuz etmaslar. Majozga ketilsa ham, maoli tutiladi. Bu sirga binoan: Oyat va hadisning tafsir yoki tarjimasi, ulardagi husn va balogʻatni koʻrsatolmaydi. Goʻyo ularning fikricha qorina-i majoz, aqlan haqiqatning imtino'idir. Holbuki qorina-i mone'a aqliy boʻlgani kabi, hissiy va oddiy va maqomiy.. yana boshqa koʻp narsalar bilan ham boʻlishi mumkin. Agar istasang, Jannat-ul Firdavs kabi Daloil-ul I'jozning ikki yuz yigirma birinchi eshigidan kir. Koʻrasan: Buyuk Abdulqohir gʻoyat hiddatli boʻlib bunday muta'assiflarni yoniga tortgan, tavbix va takdir etyapti.
Yettinchi Balo: Muarrafni munakkar etgan odam: Haraka kabi bir a'razni, zotiya va ayniyaga hasr etganidan, "gʻayri man huva lah" boʻlgan vasfi joriyni inkor qilish lozim kelganidan, shamsi haqiqat tarzi jarayonidan chiqarilgandir. Ajabo, bundaylar Arablarning uslublariga hech qaramaganlaridan, deyishadi: Togʻlar bizga uchradi. Soʻngra bizdan ayrildi. Boshqa bir togʻ boshini chiqardi. Soʻngra bordi, bizdan mufaroqat ayladi. Dengiz ham quyoshni yutdi.. va hokazo...
"Miftahi Sakkokiy"da bayon qilingani kabi; juda koʻp yerlarda san'ati bayoniyadan boʻlgan qalbi xayolni asrori bayoniya uchun iste'mol qilyaptilar. Bu esa davaron sirri bilan magʻlata-i vahmiya ustiga muassas bir latofati bayoniyadir. Hozir sarmashq holda ikki misoli muhimmani bayon qilaman. Toki u minval ustida ishlagin. Shunday:
Shu ikki oyat gʻoyat shoyoni diqqatdir. Zero zohirga jumud, balogʻatning haqqini juhud deganidir. Zero birinchi oyatda boʻlgan istiora-i badi'a shu daraja haroratliki; muz kabi jumudni eritadi. Va bulut kabi zohir pardasini chaqmoq kabi yirtadi. Ikkinchi oyatda balogʻat shu qadar mustaqar va muhkam va porloqki, sayri uchun quyoshni toʻxtatadi.
Avvalgi oyat
nazirasidir. U ham uning kabi bir istiora-i badi'ani tazammun etgan. Shundayki:
Jannatning idishlari shisha boʻlmagani kabi, kumush ham emas. Balki shishaning kumushga boʻlgan muboyanati bir istiora-i badi'aning qorinasidir. Demak, shisha shaffofiyati bilan, fidda ham oz va porloqlik e'tibori bilan, goʻyo jannatning qadahlarini tasvir etish uchun ikki namunadirlarki, Sone'-i Rahmon bu olamga yuborgan. Toki nafs va mollari bilan Jannatga mushtariy boʻlganlarning ragʻbatlarini tahyij va ishtihalarini ochsin.
Aynan shuning kabi,
bir istiora-i badi'a undan taqarrur etadi. U istioraning zamini esa, zamin va osmon mobaynida hukmi xayol bilan tasavvur qilingan musabaqot va raqobatning taxayyuli ustiga muassasdir. Mazraasi shundayki; zamin qor va barad bilan tazammul yoki ta'ammum etgan togʻlari bilan va rang-barang basotini bilan bezalgani kabi, goʻyo unga raqobatan va inodan osmon ham jibal va basotinni eslatgan rang-baranglik bilan tashakkul etgan va togʻlarga naziralar qilish uchun parcha-parcha tarqalgan bulutlari bilan oʻralib jilvagar boʻladi. U togʻ kabi parcha-parcha bulutlar; safinalar va yoxud togʻlar va yoxud tuyalar va yoxud boʻston va daralar deyilsa, tashbehda xato boʻlmaydi. U javvdagi sayyoralarning choʻponi momaqaldiroqdir. Qamchi kabi, chaqmogʻini boshlari ustida qimirlatib kezdiradi. U musahhar sabihalar esa, u bahri muhiti havoiyda sayru jarayon etish bilan, mahsharga tasodif etgan togʻlarni eslatadilar. Goʻyo samo, suv bugʻlarining zarrotini momaqaldiroq bilan qurol boshiga da'vat qilgani kabi.. "Bezovtalanmang!" amri bilan hamma yerga boradi, yashirinadi.
Ha, koʻp marta bulut togʻning libosini kiygani kabi, haykali bilan tashakkul etish bilan barobar barad va qorning oq rangi bilan talavvun va rutubat va burudati bilan takayyuf etadi. Shunday ekan, bulut va togʻ qoʻshni, doʻstdirlar. Bir-biriga lavozimotini a'riya berishga majburdirlar. Bu uxuvvat va mubodalatni Qur'onning koʻp yerlari koʻrsatadi. Zero ba'zan uni, uning libosida va narigini bunisining suratida bizga koʻrsatadi. Hamda Tanzilning juda koʻp manozilida togʻ va bulut bir-birining qoʻlini tutib musofaha etishgan. Kitobi olamning bir sahifasi boʻlgan zaminda mua'naqa va musofahalari shohiddir. Zero ummoni havoda iskala hukmida boʻlgan togʻ teppasida langar-andoz ekanlarini koʻramiz.
Ha تَجْر۪ى bir uslubga ishorat qilgani kabi, لِمُسْتَقَرٍّ ham bir haqiqatni talvih etadi. Demak joizdirki تَجْر۪ى lafzi bilan shunday bir uslubga ishorat boʻlsin.
Shunday: Shams, temiri oltindan qilingan muhazzab, muzahhab, zirhli bir safina kabi, efirdan boʻlgan va mavji makfuf ta'bir qilingan ummoni samoda sayohat qilib suzadi. Agar garchi mustaqarrida langar-andozdir. Lekin u bahri samoda u "zahabi zaib" jarayon etadi. Faqat u jarayon a'roziy va taba'i va tafhim uchun muro'at va ehtirom qilingan nazari hissiyladir. Faqat haqiqiy ikki jarayoni bor. Boʻlmasa ham boʻladi. Zero maqsad, bayoni intizomdir. Asolibi Arabda boʻlgani kabi, taba'i boʻlsa yoki zotiy boʻlsa, nizomning nuqtai nazarida birdir.
Soniyan: Shams mustaqarrida, oʻqi ustida mutaharrik boʻlganidan, u erigan oltin kabi ajzolari ham jarayon etadi. Bu haraka-i haqiqiya avvalgi haraka-i majoziyaning donasidir, balki zambaragidir.
Solisan: Shamsning mustaqarri deyilgan taxti ravoni bilan va sayyorot deyilgan asokiri sayyorasi bilan koʻchib sahroyi olamda sayru safari, muqtazo-i hikmat koʻrinadi. Zero qudrati Ilohiya hamma narsani hayy va mutaharrik qilgan va sukuni mutlaq bilan hech bir narsani mahkum etmagan. Mavtning birodari va adamning amakivachchasi boʻlgan atolati mutlaq bilan, rahmat tashlab qoʻymaganki, qayd qilinsin. Shunday ekan, Shams ham hurdir. Qonuni Ilohiyga itoat etish sharti bilan, erkindir, keza oladi. Faqat boshqasining hurriyatini buzmasligi kerak va shartdir. Ha, shams, amri Ilohiyga tamassul etgan va har bir harakatini mashiati Ilohiyaga tatbiq etgan bir choʻl poshshosidir. Ha, jarayon haqiqiy va zotiy boʻlgani kabi, a'roziy va hissiy ham boʻlishi mumkin. Qandayki haqiqiydir, shuning kabi majoziydir. Bu majozning manori تَجْر۪ى dir. Uslubning uqda-i hayotiyasiga talvih etgan lafz لِمُسْتَقَرٍّ dir.
Maqsadi Ilohiysi nizom va itizomni koʻrsatishdir. Nizom esa shams kabi porlayapti.
qoidasiga binoan, nizomni intoj etgan harakati shams va yoxud davaroni arz, qaysisi boʻlsa boʻlsin, aql maqsadni ixlol etmagani uchun, sababi asliyning taxarrisiga majbur emasmiz. Masalan قَالَ ning alifi bilan xiffat hosil boʻladi. Asli nima boʻlsa boʻlsin, vovga badal qof ham boʻlsa, farq qilmaydi. Yana alif, alif va xafifdir.
Bu tasvirot bilan barobar hissi zohirga istinodan; zohir, mutaassibona bir jumudi baridni koʻrsatish, qandayki balogʻatning harorat va latofatiga munofiydir. Xuddi shuningdek: Dalili Sone' boʻlgan nizomi olamning asosi boʻlgan hikmatullohning shohidi boʻlgan istehsoni aqliya jarih va muxolifdir.
Masalan: Subhon Togʻiga koʻp farsoh bilan uzoq bir masofadan mutavajjih boʻlsang va istasangki: Subhon sening jihoti arba'angga muqobil kelsa va yoxud har jihatga muqobil boʻlib koʻrgansan, bu tabdil va tabaddulga lozim boʻlgan rohat bir sababi boʻlgan necha harakati vaz'iya bilan bir necha qadam otish kabi eng qisqa yoʻlni tark va Subhon Togʻi kabi dahshatli bir jirmi azimni seni hayratda qoldiradigan bir doira-i azimani bosib oʻtishini taxayyul yoki taklif etish kabi bir gʻoyat uzun yoʻlni va isrof va abasiyatga ajib bir misolni nizomi olamga asos tutish, menimcha nizomga jinoyat qilishdir.
Hozir insof bilan nazari haqiqat bilan bu taassubi baridaga qara: Qanday istiqro-i tomning shahodati bilan sobit boʻlgan bir haqiqati bahiraga muoraza etyapti. U haqiqat esa shu: Xilqatda isrof va abas yoʻq. Va hikmati azaliya qisqa va mustaqim yoʻlni tark qilmaydi. Uzun va muta'assif yoʻlni ixtiyor etmaydi. Shunday ekan; ajabo istiqro-i tomning majozga qorina boʻlishidan qanday mone tasavvur qilinadi va nima uchun joiz boʻlmasin?
Agar istasang, Muqaddimotga kir. Birinchi Muqaddimani sugʻro va Uchinchi Muqaddimani kubro qil. Senga natija beradi: Ahli zohirning zehnlarini chalkashtirgan, falsafa-i Yunoniyaga injizoblaridir. Hatto u falsafaga fahmi oyatda bir asosi musallama nazari bilan qaraydilar.
Hatto oʻgli oʻlgan bir kampirni kuldiradigan darajada bir misol shuki: Ba'zilar unday bir zotning kalomidagi fulusi falsafani, javhari haqiqatdan tamyiz etmaydigan darajadan juda koʻp darajada oliy boʻlgan u zoti naqqod Kurdcha deganki:
Holbuki: Bu soʻz bilan hukamoning mazhabi boʻlgan: "Maloika-i Kirom moddadan mujarraddirlar" rad yoʻlida tasrih etadiki: "Maloika-i Kirom anosirdan maxluq ajsomi nuroniyadirlar". Ular fahm etganlarki: Anosir toʻrt boʻlganlari, Islomiyatdandir.
Ajabo! Toʻrtligi va unsuriyati va basotati, hukamo istilohotidan va muzaxraf boʻlgan ulumi tabiiyaning asoslaridandir. Usuli Islomiyaga hech taalluqli joylari yoʻqdir, balki zohir mushahadot bilan hukm qilingan bir qoziyadir.
Ha, dinga aloqasi boʻlgan hamma narsa, dindan boʻlishi shart emas. Va Islomiyat bilan imtizoj etgan har bir modda, Islomiyatning anosiridan ekanini qabul qilish, unsuri Islomiyatning xosiyatini bilmaslik deganidir. Zero Kitob va Sunnat va ijmo' va qiyos boʻlgan anosiri arbaa-i Islomiya bunday moddalarni tarkib va tavlid etmaydi.
Unsuriyat va basotat va arba'iyat, falsafaning botqoqligidandir, shariatning ma'dani sofiysidan emas. Lekin falsafaning xatosi, salaflarimizning lisonlariga kirganidan, bir mahmili sahih topgan. Zero salaf, "toʻrt" deyishlaridan murod, zohiran toʻrtdir. Va yoxud haqiqatdan ajsomi uzviyani tashkil qilgan muvallidul ma va muvallidul humuza va azot va uglerod yana toʻrtta.
Agar hur-fikir boʻlsang, bu falsafaning sharriga qara: Qanday azhonni asorat bilan safolatga otgan. Ofarin hurriyatparvar hikmati jadidaning himmatigaki, u mustabid hikmati Yunoniyani toʻrt devor bilan chil-parchin qilgan. Demak muhaqqaq boʻldiki:
Oyotning daloili i'jozining miftahi va asrori balogʻatning kashshofi, yolgʻiz balogʻati Arabiyaning ma'danidandir. Boʻlmasa falsafa-i Yunoniyaning dastgohidan emas.
Ey birodar! Qachonki kashfi asror qiziqishi bizni shu maqomga qadar keltirdi. Biz ham seni barobar tortdik. Seni ta'jiz etdik. Ham sening juda charchaganingni ham bilamiz. Hozir Unsur-ul Balogʻat va i'jozning miftahi boʻlgan Ikkinchi Maqolaning ichida seni kezdirishni istayman. Aslo u maqolaning igʻloqi uslubi va ichida jilvagar boʻlgan masoilning koʻylaklarining parishoniyati seni tomoshasidan mutanaffir etmasin. Zero igʻloq etgan, ma'nosidagi diqqat va qiymatdir. Va parishon etgan va ziynati zohiriyadan mustagʻniy etgan, ma'nosidagi jamoli zotiyasidir.
Ha, nozlangan va istigʻno koʻrsatgan nozaninlarning mahrlari diqqatdir. Va manzillari ham qalbning suvaydosidir. Ularga kiydirgan koʻylagim zamonning uslubiga muxolifdir. Zero Kurd maktabi deyilgan yuksak togʻlarda oʻsganimdan, alaturka tikuvchiligiga oʻrganolmadim. Hamda shaxsning uslubi bayoni, shaxsning timsoli shaxsiyatidir. Men esa koʻrganingiz yoki eshitganingiz kabi hal qilinishi mushkul bir muammoman...
Unsur-ul Balogʻat
Birinchi Masala
Tarix lisoni taassuf bilan bizga dars beradiki: Saltanati Arabning jozibasi bilan, ajam Arablarga muxtalit boʻlganlaridan; Kalomi Mudoriyning malakasi deyilgan balogʻati Qur'oniyaning ma'danini mushavvash etganlari kabi, shuningdek ajamlarning va ajamiylarning balogʻati Arabiyaning san'atiga kirganlaridan, fikrning majrayi tabiiysi boʻlgan nazmi ma'oniydan zavqi balogʻatni nazmi lafzga oʻgirishgan:
Afkor va hissiyotning majrayi tabiiysi, nazmi ma'oniydir. Nazmi ma'oniy esa, mantiq bilan mushayyaddir. Mantiqning uslubi esa, mutasalsil boʻlgan haqoiqqa mutavajjihdir. Haqoiqqa kirgan fikrlar esa, qarshisida boʻlgan daqoiqi mohiyotda nafizdirlar. Daqoiqi mohiyot esa, olamning nizomi akmaliga mumidd va mustamiddirlar. Nizomi akmalda har bir husnning manbai boʻlgan husni mujarrad mundamijdir. Husni mujarrad esa mazoya va latoif deyilgan balogʻat chechaklarining boʻstonidir. Chechaklarning boʻstoni, jinoni xilqatda jilvagar boʻlgan azharga parastish etgan va shoir deyilgan bulbullarning nagʻamotidir. Bulbullarning nagʻamotiga ohangi ruhoniy bergan esa, nazmi ma'oniydir.
Hol shunday ekan, Arabdan boʻlmagan daxil va tufayliy va ajamiylar, balogʻati Arabiyada udabo qatoriga oʻtishga uringanlaridan, ish izidan chiqdi. Zero bir millatning mizoji, u millatning hissiyotining mansha'i boʻlgani kabi, lisoni milliysi ham hissiyotining ma'kasidir. Millatning amzijalari muxtalif boʻlgani kabi, lisonlaridagi iste'dodi balogʻat ham mutafovitdir. Lasiyyama Arabiy lisoni kabi nahviy bir lison boʻlsa...
Bu sirga binoan jarayoni afkorga majra va balogʻat chechaklariga chamangoh boʻlishga koʻp daraja noqis va qisqa va quruq va qir'av boʻlgan nazmi lafz; majrayi tabiiysi boʻlgan nazmi ma'noga muqobala etib balogʻatni mushavvash etgandir.
Zero ajamiylar sui ixtiyor yoki savqi ehtiyoj bilan lafzning tartib va tahsiniga va ma'oni-i lugʻaviyaning tahsiliga yanada ziyoda muhtoj boʻlganlaridan va alfaz majra boʻlish jihati bilan yanada oson va yanada zohir va nazari sathiyga yanada munis va havom kabi avomning nazarlarini yanada jozibador va avomparastona namoyishlarga yanada musta'id bir zamin boʻlganidan, alfazga yanada ziyoda sarfi himmat etganlar. Ya'ni, naqadar bir masofa bosib oʻtsa, qarshilariga juda musha'sha' sahrolar oʻzlarini koʻrsatish shonida boʻlgan tartibi ma'oniyda boʻlgan tagʻalgʻuldan zehnlarini oʻgirib alfaz orqasidan yugurib yuradilar.
Ma'oniyning tasavvurlaridan keyin alfazning orqasiga ketish bilan fikrlarni chalkashtirgandir. Bora-bora alfaz ma'noga gʻalaba qilish bilan istihdom etib; lafz ma'noga xizmat qilish boʻlgan qoziya-i tabiiya aksiga oʻgirilganidan, tabiati balogʻatdan bunday lafzparast mutasalliflarning san'atiga qadar; yoʻq balki tasannulariga uzun bir masofa kirgan.
Agar istasang, Haririy kabi bir dohiya-i adabning Maqomotiga kir, koʻr! U dohiya-i adab qanday hubbi lafzga magʻlub boʻlib, lafzparastlik havasi u qiymatdor adabiga dogʻ tushirgani kabi, lafzparastlarga ham basti uzr etgan va namuna-i imtisol boʻlgan. Shuning uchun u ulkan Abdulqohir bu xastalikni tadoviy etish uchun "Daloili I'joz" va "Asror-ul Balogʻat"ning bir sulusini uning dorilaridan toʻldirgan. Ha, lafzparastlik bir xastalikdir, faqat bilinmaski, xastalikdir...
Lafzparastlik qanday bir xastalik boʻlsa... xuddi shuningdek; suratparastlik va uslubparastlik va tashbehparastlik va xayolparastlik va qofiyaparastlik hozir filjumla, kelajakda ifrot bilan tom bir xastalik va ma'noni oʻziga fiqo qiladigan darajada bir maraz boʻladi. Hatto bir nukta-i zarofat uchun yoki qofiyaning xotiri uchun koʻp adiblar adabda adabsizlik qilishni hozirdan boshlaganlar.
Ha, lafzga ziynat berilishi kerak, faqat tabiati ma'no istash sharti bilan va surati ma'noga hashmat berish kerak, faqat maolning ruxsatini olish sharti bilan va uslubga ravshanlik berilishi kerak, faqat maqsudning iste'dodi muso'id boʻlish sharti bilan va tashbehga ravnaq berish kerak, faqat matlubning munosabatini hisobga olish va rizosini tahsil etish sharti bilan va xayolga javalon va dabdaba berish kerak, faqat haqiqatni ranjitmaslik va ogʻir kelmaslik va haqiqatga misol boʻlish va haqiqatdan istimdod etish sharti bilan kerakdir.
Ikkinchi Masala
Kalomning hayotlanishi va nashvu namosi; ma'nolarning tajassumi bilan va jamodotga nafhi ruh etish bilan bir mukolama va mubohasani ichlariga otishdir:
Davaron bilan ta'bir qilingan, vujudda va adamda ikki narsaning muqoranati bilan biri narigisiga illat va ma'haz va mansha' deb oʻylangan e'tiqodi urfiy ustiga muassas boʻlgan magʻlata-i vahmiya ustiga mabni boʻlgan quvva-i xayoldan nash'at etgan sehri bayoni bilan sehrboz kabi jamodotni hayotlantiradi, bir-biri bilan gaplashtiradi. Ichlariga yo adovatni yoki muhabbatni otadi. Hamda ma'nolarni tajassum ettiradi, hayot beradi, ichida harorati gʻariziyani darj etadi.
Agar istasang, shovqinli manzil itloqiga shoyista boʻlgan bu baytga kir:
Ya'ni "Mumatola-i haq pardasi ostida xulf-ul va'd men bilan gaplashadi. Deydi: Aldanma!.. Shuning uchun koʻksimda umidlarim ya's bilan urushishni boshladilar, u mutazalzil xona boʻlgan sadrimni xarob qiladilar."
Koʻrasan qanday shoiri sahir orzu va ya'sni tajsim etish bilan hayotlantirib nammom boʻlgan ixlafning fitnasi bilan bir muhoraba va muxosamani tamsil ayladi. Goʻyo sinematograf kabi bu bayt sening aqlingga tushdek koʻrinadi. Ha, bu sehri bayonni bir navi tanvim etadi.
Va yoxud yerning yomgʻir bilan mu'ashaqa va shikoyatini tingla! Xullas:
Ya'ni, yomgʻirning kech kelishini unga tashakki etadi. Mahbubning ogʻiz suvi kabi suvini emadi.
Ajabo, yerni Majnun, sahabni Layli holatlarida bu she'r senga taxyil etmaydimi?
Bu she'rni goʻzal koʻrsatgan, ichidagi xayolning haqiqatga bir daraja mushobahatidir. Zero yomgʻir kechiksa, soʻngra kelsa tuproq viz-viz kabi ovoz chiqarib suvini tortadi. Bu holni koʻrgan, kechligiga va shiddati ehtiyojiga intiqol etganidan, mashhur davaronning sirri bilan va tavahhumning tasarrufoti bilan bir mu'ashaqa va mukolama suratiga ifrogʻ etadi.
Har bir xayolda bu chiznoʻk kabi bir dona-i haqiqat boʻlishi shart.
Uchinchi Masala
Kalomning albisa-i faxirasi va yoxud jamoli va surati, uslub bilandir. Ya'ni, qolibi kalom bilandir:
Yo diqqati nazar yoki tavagʻgʻul yoki mubosharat yoki san'atning talaqquhi bilan xayolda tavallud etgan tamoyulotning xususiyatidan tashakkul etgan suratlardan tarakkub etgan istiora-i tamsiliyaning parchalari talohuq etganlaridan tanavvur va tasharrub va tashakkul etgan uslub, kalomning qolibi boʻlgani kabi, jamolning ma'dani va hulali faxiraning dastgohidir.
Goʻyo aqlning karnaychisi deyilishga shoyon boʻlgan iroda ovoz chiqarish bilan, qalbning qorongʻi burchaklarida yotgan ma'nolar yalangʻoch, yalang oyoq, boshi ochiq boʻlib chiqqanlaridan mahalli suvar boʻlgan xayolga kiradilar. U xazinat-ul xayolda topgan suratlarini kiyadilar. Kamida bir roʻmolni oʻraydi yoki bir kovushni kiyadi, loaqal bir nishon bilan chiqadi. Hech boʻlmasa bir tugun bilan yoki bir kalima bilan oʻzining qayerda tarbiya koʻrganini koʻrsatadi.
Agar bir kalomning -faqat tabiatdan chiqqan bir kalomning- uslubida im'oni nazar etsang, oʻz san'ati ichida ishlagan mutakallimni u oyna-misol uslubning ichida koʻrasan. Hatto nafsini nafasidan va ovozidan, mohiyatini nafsidan puflashidan tavahhum va mizoj va san'atini kalomi bilan mumtazij taxayyul etsang, Xayolliyun mazhabida mu'atab boʻlmaysan.
Agar taraddud bilan sening xayoling xastaligi boʻlsa, Qasida-i Bur'iyyadan boʻlgan
boʻlgan ruhiy hastaliklar shifohonasiga ket, koʻr! Shunda Hakimi Busayri, istifrogʻ bilan va nadomatning parhezi bilan senga resept yozadi.
Agar ishtahangning ochilishi bilan uslub deyilgan haqiqatning shishasidagi zuloli ma'no qanday oʻziga muvofiq va qanday imtizoj etshini tomosha qilish va u zulolni ichishga ishtahang boʻlsa, mayxonaga ket va ayt: "Ey mayxonachi, kalomi baligʻ nedir?"
Albatta uning san'ati uni shunday gapirtiradi: Kalomi baligʻ, ilm deyilgan xumchalarda pishirilgan va hikmat deyilgan ulkan koʻzalarda turgan va fahm deyilgan suzgich bilan sizilgan obi hayot kabi bir ma'noni, zurafo deyilgan saqiylar aylantirib afkor ichadi; asrorda tamashshi etish bilan hissiyotni ihtizozga keltirgan kalomdir.
Agar bunday sarxushlarning soʻzlarini yoqtirmasang, suvning muhandisi bat gan Hudhudi Sulaymonning Saba'dan keltirgan naba' va xabarni tingla! Qanday inzoli Qur'on va ibdo'i samovot va arz etgan Zuljalolning tavsifini qilgan. Hudhud deydi: "Bir qavmga uchradim. Zamin va osmondan maxfiyatni chiqargan Allohga sajda qilmaydilar." Qara, avsofi kamoliya ichida, Hudhudning handasasiga talvih etgan vasfi mazburni yolgʻiz ixtiyor ayladi.
Uslubdan murodim, kalomning qolibidir va suratidir. Boshqalar boshqacha aytishadi. Va balogʻat jihatidan foydasi, qissotning tafariqini va parishon boʻlgan parchalarini iltihom va birlashtirishdir. Toki "Bir narsa sobit boʻlsa lavozimi bilan sobitdir" qoidasining sirri bilan, bir juzni tahrik etish bilan qissotning kulli ihtizozga keltiriladi. Goʻyo mutakallim uslubning bir burchagini muxotobga koʻrsatsa, muxotob oʻz-oʻziga garchi bir daraja qorongʻi boʻlsa ham, tamomini koʻra oladi.
Qara, qayerda boʻlsa boʻlsin, "muboraza" lafzi deraza kabi maydoni harbni, ichida harb boʻlib senga koʻrsatadi. Ha, koʻp bunday kalimalar bor. Xayolning sinematografi deyilsa boʻladi.
Uslub marotibi juda mutafovitdir. Ba'zan shu qadar latif va raqiqdirki, nasimi sahardanda ohista esadi. Ba'zan shu qadar yashirin boʻladiki, bu zamonning harbining diplomatlarining dasoisi harbiyalaridan koʻproq masturdir. Bir diplomatning quvva-i shammasi lozim, toki istishmom eta olsin.
Azjumla: يٰسٓ surasida مَنْ يُحْيِى الْعِظَامَ وَ هِىَ رَم۪يمٌ sheva-i ifodadan Zamaxshariy مَنْ يَبْرُزُ اِلَى الْمَيْدَانِ uslubini istishmom etgan. Ha, inson isyon bilan Xoliqning amriga qarshi ma'nan mudofaa va muboraza etadi.
Toʻrtinchi Masala
Kalomning quvvat va qudrati esa, kalomning quyudoti bir-biriga javob berish va kafiyati bir-biriga muovanat etish bilan butunlay chumoli qadaricha asl gʻoyaga ishorat va har biri barmogʻini maqsad ustiga qoldirish bilan
dasturiga timsol boʻlishdir. Demak, quyudot zanav kabi va yoxud soylar kabi.. maqsad esa oʻrtalaridan istimdod etuvchi bir hovuz kabi boʻlishi kerak.
Zehnning toʻri ustida tarsim etilgan va nazari aql bilan olingan gʻoyaning surati, mushavvash boʻlmasligi uchun tajovub va taovun va istimdod lozimdir.
Bu nuqtadan intizom nash'at etishi bilan tanosub tavallud etib husn va jamol porlaydi.
Agar istasang, Robbi Izzatning kalomiga taammul et.
Azjumla: Zarrasi ulkan bir tosh qadar katta boʻlgan azobdan taxvif va insonni, qolaq va tahammulsiz ekanini koʻrsatish uchun savq etilgan
boʻlgan oyatga qara. Qandayki "narsani ziddidan in'ikos ettirish" boʻlgan qoida-i bayoniyaga binoan, tehvil va taxvif uchun azobning bir parchasining daraja-i ta'sirini koʻrsatishni istaganidan, qillat boʻlgan asosi maqsadga, kalomning har tarafi qoʻlini u yerga uzatib quvvat beradi.
Shunday: اِنْ lafzidagi tashkik bilan taxfif va مَسَّتْ dagi yolgʻiz tegilish va نَفْحَةٌ moddasida va siygʻasida va tankiridagi taqlil va tahqir..
va مِنْ dagi tab'iz va nakalga badal عَذَابِ zikridagi tahvin va رَبِّكَ dagi imo-i rahmat, hammasi taqlilni koʻrsatish bilan azobni nihoyat darajada ta'zim va tehvil etadi.
Zero ozi bunday boʻlsa, koʻpidan Alloh saqlasin.
Bu senga sarmashqdir. Yoza olsang, mashq qil. Zero butun oyoti Qur'oniya bu intizom va tanosub va husnga mazhardirlar. Faqat maqosid ba'zan mutadohilan mutasalsildir. Har birining tavobi'i narigisi bilan muqorin boʻladi, faqat muxtalit boʻlmaydi. Diqqat qilish kerak. Zero nazari sathiy bunday yerlarda koʻp xalt etadi.
Beshinchi Masala
Kalomning sarvat va vus'ati esa -qanday qilib surati tarkib nafsi maqsadni koʻrsatadi, shunga oʻxshab- mustatba'otining talmihoti bilan va asolibning ishoroti bilan gʻoyaning lavozim va tavobi'ini koʻrsatish va ihtizozga keltirishdir.
Zero talmih va ishorat sokin boʻlgan xayolotni ihtizozga va sokit boʻlgan javonibini gapirtirish bilan qalblarning eng uzoq burchaklaridagi istehsonni va olqishlashni tahyij etishga buyuk bir asosdir. Ha, talmih va ishorat esa yoʻlning atrofini tomosha bilan tanazzuh etish uchun. Qasd va talab va tasarruf uchun emas. Demak, mutakallim unda mas'ul boʻlmaydi. Agar istasang, bu baytlarning ichlariga kir, bir daraja koʻrishga shoyon nuqtalar bor:
Xullas, chal boʻlgan otiga mingan, nozanin qarshisida yosharishni istagan keksa otaning soqolining ichiga qara, balogʻatning koʻp kalitlarini topasan. Ol, eshiklarni och, xullas:
Ya'ni U: "Keksayding", dedi.: "Unday emas, balki masoibi dahrning shovqinidan oyoqlar ostidan chiqib soqolimga qoʻngan bir oq gʻubor", dedim.
Hamda:
Ya'ni: Soqolimning oqarib porlashi seni qoʻrqitmasin. Zero nuri mutajassim kabi miyadan erigan, soqoldan majra topib oʻzini koʻrsatgan fikr va adabning tabassumidir.
Hamda:
Ya'ni: Tun kabi yoshlikda koʻzning navmi gʻaflatga choʻmganidan, subh-misol boʻlgan soqolning oqi bilan uygʻona oldi.
Hamda:
Ya'ni: Jiritni istab tong, otimning yuziga yadi bayzosi bilan bir tarsaki tushirdi. Otim ham qasdini olish uchun tayyor boʻlgan tongga erishdi, yerga urdi, ichida toʻrt oyogʻi bilan kezdi. Demak, otim chaldir.
Hamda:
Ya'ni: Qalbim ma'shuqimning kamari kabi harakat va hishhish etmoqda; uning qalbi esa uning bilaguzugi kabi sukun va sukutda. Demak, beli mayin, bilagi qalin boʻlgani kabi; qalbim mushtoq, uning qalbi mustagʻniydir. Demak, husn va ishqni va istigʻnoni va ishtiyoqni bir tosh bilan urgan.
Hamda:
Ya'ni: Tojiri Yamaniy kabi yomgʻirdan kelgan sel; yuklarini, asqollarini Gʻobit sahrosiga otdi. Qandayki bir tujjor oqshom vaqti bir qishloqqa kelsa, tunda qishloqliklar rang-barang ashyolarini sotib olsalar, tongda hamma bir rang bilan bezangan holida uyidan chiqadi. Hatto qishloqning choʻponi ham qizil bir roʻmolni bogʻlaydi. Xuddi shuningdek, sel sahroga yukini otgani kabi, tijorati xofiyaga oʻxshagan imtizojoti kimyoviya bilan chechaklarning nozaninlariga goʻyo rang-barang koʻylak olinadi, tikiladi. Hatto chechaklarning choʻponi itloqiga shoyon boʻlgan kafna boshini qizartiradi.
Hamda:
Ya'ni: "Vafo gʻovri in'idomga chekildi.. toʻfoni gʻadr favaronni boshladi. Qovl va amal oʻrtasida uzun bir masofa ochildi..."
Uzoqqa ketishni istamasang, bu maqolaning bir parcha maqobliga nazar et, bu masalaga namuna boʻlish uchun koʻp parchalarni topasan. Azjumla: "Oyotning daloili i'jozining miftahi va asrori balogʻatining kashshofi yolgʻiz balogʻati Arabiyadir. Falsafa-i Yunoniya emas."
Va yoxud maqola-i ulada boʻlgan masala-i ulaning xotimasidagi ishoratga qara. "Xilqat deyilgan shariati fitriya, majzub va musofir boʻlgan kura-i arzga farz etgan: Shamsga iqtido etgan yulduzlarning safida turish, shuzuz etmaslik... Zero zamin zavji bilan barobar اَتَيْنَا طَٓائِع۪ينَ degan. Toat esa jamoat bilan yanada ahsandir."
Hozir taammul et! Bu misollar qarshi va orqalaridan shunday maqomotni koʻrsatadiki, ketidan boshqa maqomot xayol-mayol kabi boshini chiqaradi.
Oltinchi Masala
Kalomning samaroti esa; tabaqoti muxtalifada, suvari mutaaddidada tashakkul etgan ma'oniydir.
Shunday: Kimyoga oshino boʻlganlarga ma'lum. Bir moddani, masalan oltin kabi bir unsurni istihsol etilgan vaqt, uskuna yoki fabrika bilan mutaaddid quvurlar bilan muxtalif tarassuboti bilan, mutanavvi' tashakkulot bilan tabaqoti mutafovitada oʻtadi. Eng soʻnggida undan bir qism tahassul etadi. Kalom deyilgan ma'oni-i mutafovitaning fotosurati bilan olingan muxtasar bir xaritaning isti'ob etgani kabi.
Mafohimi mutafovitaning surati tashakkuli shudirki, ta'siroti xorijiyadan qalbning bir qism ihtisosoti ihtizozga kelish bilan muyulot tavallud etadi. Undan havoiy ma'nolar bir daraja aqlning nazariga tegib, aqlni oʻziga mutavajjih etadi. Soʻngra u buhor holidagi ma'no bir qismi takosuf etish bilan tamoyulot va tasavvurotning bir qismi muallaq qolib, bir qism ham taqattur etganidan, aql unga ragʻbat koʻrsatadi. Soʻngra mayi' holidagi qismdan bir qism tasallub va tahassul etganidan, aql uni kalom ichiga oladi. Soʻngra u mutasallibdan bir rasmi maxsus bilan tamassul va tajalliy etganidan, aql uning qomatiga koʻra bir kalomi maxsus bilan uni koʻrsatadi.
Demak, mutashaxxis boʻlgani, kalomning surati maxsusasi ichiga oladi. Va tasallub etmaganni fahvaning qoʻliga beradi. Va tahassul etmaganni ishorat va kalomning xususiyatiga yuklaydi. Va taqattur etmaganni kalomning mustatba'otiga havola etadi. Va tabaxxur etmaganni uslubning ihtizozotiga va kalom bilan rafoqat etgan mutakallimning atvori bilan rabt etadi.
Xullas, bu silsilaning quvurlaridan ismning musammosi va fe'lning ma'nosi va harfning madluli va nazmning mazrufi va hay'atning mafhumi va kayfiyatning marmuzi va mustatba'otning musharunilayhlari va xitobni tashyi' etgan atvorning muharriklari, hamda "dallun bil-ibora"ning maqsudi va "dallun bil-ishorat"ning madluli va "dallun bil-fahva"ning mafhumi qiyosiysi va "dallun bil-iqtizo"ning ma'no-i zaruriysi va yana boshqa mafohim umuman bu silsilaning bittadan tabaqasidan in'iqod etadi va shu ma'dandan chiqadi.
Agar tomosha qilishni istasang, oʻz vijdoningga qara, shu marotibni koʻrasan.
Shunday: Sening mahbubing ne zamon koʻzingizning derazasidan shua va barqi husnini vijdoningizga ilqo etsa, u ishq deyilgan nori muqoda birdan yondirishni boshlaganidan, hissiyot iltihobni boshlash bilan, amol va muyulot ham hayajonga kelib birdan u amollar ust qavatdagi xayolning tovonini teshadi. Imdod istaganlaridan, u xazinat-ul xayolda safbasta-i harakat va mahbubning mahosinini qoʻllarida tutgan va yoxud uning mahosinini xotirga keltirish bilan tasvir etgan, boshqasining mahosini bilan ishba' etilgan xayolot esa u amolning yordamiga yuguradilar; barobar hujum qilib xayoldan lisonga qadar tushish bilan barobar ziloli visolga boʻlgan mayli orqalarida va firoqdan boʻlgan taallumni oʻngda va ta'zim va ta'dib va ishtiyoqni chapga va tarahhum va lutfni iqtizo qilgan mahbubning mahosinini qarshilariga va hadya oʻlaroq madihaning gardanini va sanoning durrlarini qoʻllariga olish bilan barobar u
itloqiga shoyon u otashni soʻndirish uchun ziloli visolni jalb qilgan tavsifi bil-fazoil bilan arzi hojat etadilar.
Xullas qara, necha tabaqotda bilgan ma'nongdan boshqa naqadar ma'oniy boshlarini chiqarib koʻrinyapti. Agar qoʻrqmasang Ibn Faridning yoki Abu Toyyibning koʻzlaridan mudhish boʻlgan vijdonlariga qara. Va vijdonning tarjimoni boʻlgan
Hamda
Hamda
Hamda
koʻr va tingla, garchi koʻzlari Jannatda tanazzuh etadi, faqat vijdonlaridagi Jahannam ta'zib etadi. Xuddi shuningdek, mahosiniga ishorat va istigʻnosiga ramz va taallumi firoqqa imo va shavqqa tasrih va talabi visolga talvih va tarahhumini jalb qilgan husniga tansis etish bilan barobar, hissiyotini tahrik etgan hay'ati atvori bilan koʻp xayoloti raqiqani koʻrsatishgan.
Qandayki bir hukumatning intizomida, har ma'murga iste'dodi nisbatida, vazifa darajasida, xizmat miqdoricha ujrat berish lozim. Xuddi shuningdek, bunday marotibi mutafovitadan ixtilot etgan ma'nolar esa gʻarazi kulliy boʻlgan "masuqi lahul kalom"ning markaziga qurbiyat nisbatida va maqsudga xizmat darajasida har biriga inoyat va ihtimomda hissa va nasiblarini taqsimi odil bilan tafriq etish kerak. Toki u mu'odalat bilan intizom va u intizomdan tanosub va u tanosubdan husni vifoq va husni vifoqdan husni muosharat va u husni muosharatdan kalomning kamoliga bir mezon-ut ta'dil chiqa olsin.
Boʻlmasa vazifasi xizmatkorlik va tabiati bolalarcha boʻlganlar katta rutbaga kirish bilan takabbur etadi. Takabbur etish bilan tanosubini buzib muosharatni chalkashtiradi. Demak quyudoti kalomning iste'dodlarini nazarga olish kerak. Ha, hamma narsani iste'dodi nisbatida tarfi' etish lozim. Zero koʻrinyaptiki koʻz, burun kabi bir a'zo naqadar chiroyli boʻlsa, hatto oltindan boʻlsa, haddidan katta boʻlgani holda, suratni xunuklashtiradi.
Qandayki ba'zan eng kichik bir nafar bir xizmatga, masalan, dushman qoʻshiniga kashfi razga ketadi, mushir ketolmaydi va yoxud bir kichik talaba qilgan ishni buyuk bir olim qilolmaydi. Chunki buyuk odam hamma narsada buyuk boʻlishi lozim kelmaydi. Hamma oʻz san'atida buyukdir. Shuning kabi, u ma'oni-i matazohima ichida ba'zan bir kichik ma'no rayosat etadi. U qiymatdor boʻladi. Zero uning vazifasi hozir keladigan bir vosita bilan ahamiyatlidir. Bunga ishorat qilgan va qiymatiga manor boʻlgan sarih hukm va lozimi qoribining adami salohiyatidirki, uning hurmati uchun irsoli lafz va savqi xitob etilsin va kalom ham xat tashuvchilik etsin.
Zero yo badihiy va ma'lumdir, koʻrinyapti va yoxud xafif va zaifdir, asl gʻoyada ahamiyati yoʻq. Va yoxud uni husni talaqqiy va qabul qiladigan va unga quloq soladigan muxotob yoʻq. Va yoxud mutakallimning holiga muvofaqat va takallumga da'i boʻlgan orzuga xizmat qilolmaydi. Va yoxud muxotobning sha'n va haysiyatiga imtizoj, istimzoj etolmaydi. Va yoxud kalomning maqomida va mustatba'otning tavobi'ida ajnabiy koʻrinadi. Va yoxud gʻarazning muhofazasiga va lavozimning tadorikiga musta'id emasdir. Demak, har bir maqomda bu sabablardan yolgʻiz birining soʻzi tinglanadi. Faqat hammalari ittihod etsalar, kalomni eng yuksak tabaqaga chiqaradilar.
Ba'zi ma'oni-i muallaqa bordirki, bir shakli muayyanasi va bir vatani xususiyasi yoʻq. Mufattish kabi har bir doiraga kiradi. Ba'zi oʻziga xususiy bir lafz taqadi. Bu muallaqotning bir qismi esa harfiya va havoiya kabidir. Boshqa kalima uni deruniga tortadi. Ba'zan bir jumlaga, balki bir qissaga nufuz etadi. Qachonki u jumlani ezdirsang, ruh kabi u ma'no taqattur etadi. Masalan, hasrat va ishtiyoq va tamadduh va taassuf ila oxir... kabi ma'nolardir...
Yettinchi Masala
Balogʻatning uqda-i hayotiyasi, ta'biri digar bilan, bayonning falsafasi va yoxud she'rning hikmati esa, xorijiyotning navomisi va maqoyisini tamassul etishdir.
Shunday: Haqoiqi xorijiyadagi qonunlarni qiyosi tamsiliy jihati bilan va davaron tariqi bilan va vahmning tasarrufi bilan shoirona boʻlgan ma'naviyat va ahvolda joylashtirishdir. Demak, oyna kabi xorijdan in'ikos etgan haqiqatning shualarini tamassul etadi. Goʻyo oʻz san'ati xayoliyasi bilan va naqshi kalomiysi bilan xilqat va tabiatni taqlid va muhakat etadi.
Ha, kalomda haqiqat boʻlmasa ham, eng aqal shabih va nizomidan istimdod etish va uning donasi ustida unib chiqishi kerak. Faqat har donaning maxsus bir boshogʻi bordir. Bir bugʻdoy bir daraxt qadar unib chiqmaydi. Falsafa-i bayon nazarga olinmasa; balogʻat xurofot kabi, xayol gʻul kabi sami'ga hayratdan boshqa bir foyda bermaydi.
Falsafa-i bayoniyaga mushabih, Nahvning ham bir falsafasi bordir. U falsafa esa vazi'ning hikmatini bayon qiladi. Kutubi Nahvda mazkur boʻlgan munosaboti mashhura ustiga muassasdir. Masalan, bir ma'mulga ikki a'mil dohil boʻlmaydi. Va "hal" lafzi fe'lni koʻrgani kabi sabr qilmaydi, visol istaydi. Ham foil quvvatlidir, qoviy boʻlgan zammani oʻziga gʻasb etadi. "Masalan" xorij va koinotda joriy boʻlgan qonunlarning bittadan aksi misoliysidir.
Bu munosaboti Nahviya va Sarfiya boʻlgan hikmati vazi' esa falsafa-i bayon darajasida boʻlmasa ham, juda buyuk bir qiymati bor.
Azjumla: Istiqro bilan sobit boʻlgan ulumi naqliyani ulumi aqliyaning suratlariga oʻgiradi.
Sakkizinchi Masala
Ma'oni-i bayoniyaning emlashi va talqihi va ma'nolarning bajoyish va inqiloblari; kalimaning ma'no-i haqiqiysi, yo gʻaraz va yoxud ma'no-i muallaqadan birisini tasharrub va ichiga jazb etishdir. Zero ichiga kirgan vaqt sohib-ul bayt boʻlgan haqiqatga va asosga aylanadi. Va asl lafzning sohibi boʻlgan ma'no esa bir surati hayotiyaga aylanadi. Unga madad beradi. Va mustatba'otdan istimdod etadi. Shu sirdan kalima-i vohidaning ma'oni-i mutaaddidasi boʻladi. Va bajoyish va talqihot bundan chiqadi. Bu nuqtadan gʻaflat qilgan, buyuk bir balogʻatni yoʻqotadi.
Bir narsa markab va minilgan boʻlsa, عَلٰى lafziga mustahaq boʻlgani kabi, zarf kabi ichiga olganidan, ف۪ى lafzini istaydi. تَجْر۪ى فِى الْبَحْرِ kabi. Hamda bir narsa vosita boʻlganidan, بَاء lafzini istaydi. سَعَدْتُ السَّطْحَ بِالسُّلَّمِ kabi. Va makon va markab boʻlganidan, ف۪ى va عَلٰى lafzlarini ham istaydi. Hamda gʻoya boʻlganidan, اِلٰى va حَتّٰى lafzlarini istaydi. Illat va zarf boʻlganidan, لَامْ va ف۪ى lafzlarini ham istaydi.
kabi. Mana sarmashq; sen ham qiyos qila olsang, qil!
Bu mutadohil ma'nolarning qaysisi yanada ziyoda sening gʻarazingga teginadi va maqsadga sila-i rahm bor, ilgari sur va izhor et. Qolganlarini unga tashyi' etuvchi qildir. Boʻlmasa sening tarzi ifodang hashmat va ziynati bayoniyadan yalangʻoch boʻladi.
Toʻqqizinchi Masala
Iroda-i juz'iyani va tasavvuri basitni ojiz qoldirgan kalomning yuksak tabaqasi shuki: Mutadohilan mutasalsil boʻlgan maqosidning taaddudi va mutanosilan murtabit boʻlgan matolibning tasalsuli va natija-i vohidani tavlid etgan asoslarning ijtimoi va har biri boshqa-boshqa samara bergan furu'-i kasiraning istinbotiga iste'dod yoki tazammuni bilandir. Shundayki:
Maqsad-ul maqosid boʻlgan eng uzoq va yuksak hadafi gʻarazdan ayrilib kelayotgan maqsadlar bir-biriga murtabit va bir-birining nuqsoniyatini takmil va qoʻshnilik haqqini ado etish bilan, kalomga vus'at va azamat beradi. Goʻyo birini oʻrnatish bilan narigi va digari va boshqasini va yana boshqasini oʻrnatadi. Va oʻng va chapda va har jihatning nisbatini inobatga olish bilan birdan u maqosidni, kalomning qasri mushayyadasiga quradi. Goʻyo koʻp aqllarni oʻz aqliga muovanat etish uchun a'riyat istagan, istihdom etadi. Xuddi u majmu'i maqosidda har bir maqsad, tasoviri mutadohiladan mushtarak-un fih bir juzdir. Qanday qilib mutadohil tasvirlarda qora bir nuqtani bir rassom qoʻysa; u nuqta birining koʻzi, narigisining yuzining xoli, bunisining burnining teshigi, boshqasining ogʻzi boʻlgani kabi, kalomi oliyda ham shunday nuqtalar bordir.
Qiyosi murakkab va mutasha'ab sirri bilan, matolib tanosul etib tasalsul etishdir. Goʻyo mutakallim u matolibning baqo va tanosulining bir tarixi tabiiysiga ishorat etadi.
Masalan, olam goʻzaldir. Demak, sone'i hakimdir. Abas yaratmaydi, isrof etmaydi, iste'dodotni muhmal qoldirmaydi. Demak, intizomni doimo takmil etadi. Jigarshikaf va tahammulsiz va orzuni oʻldiruvchi, butun kamolotni chil-parchin qilgan hijroni abadiy boʻlgan adamni insonga musallat etmaydi. Demak, saodati abadiya boʻladi.
Uchinchi Maqolaning ikkinchi shahodatining muqaddimasida nubuvvati mutlaqaning mabhasida insonning hayvondan uchinchi jihati farqi, bunga yaxshi bir misoldir.
Natija-i vohidani tanatuj etgan usuli mutaaddidani jam' va zikr qilishdir. Zero har bir aslning yuksak natija bilan qasddan va bizzot irtiboti boʻlmasa, hech boʻlmasa bir daraja ihtizozga va inkishofga keltiradi. Goʻyo usul deyilgan mazohir va oynalarning ixtilofi bilan va natija va mutajalliyning vahdati bilan maqsadning tajarrudiga va ulviyatiga va hayoti olam deyilgan davaroni umumiy tasmiya etilgan hayoti kulliya bilan yod etilgan haqiqati bilan kalomning quvva-i hayotiyasining ittisoliga ishoratdir. Uchinchi Maqolaning oxiridagi Uchinchi Maqsadda boʻlgan Birinchi Maqsad bunga bir daraja misoldir. Hamda Uchinchi Maqolada Toʻrtinchi Masala va Maslakdan boʻlgan ishorat va irshod va tanbeh va muhokama bunga misoldir.
Ha, Robbi Izzatning kalomiga diqqat qilinsa, buدِ٭qiqat har yerda nur kabi porlaydi. Ha, nur kabi burchaklarida va maqoti'larida ijtimo etib zuloli balogʻat joʻsh uradi. Nafrin u zohirparastlarga boʻlsinki, bu haqiqatdan gʻaflat etib, takrorga haml etadilar.
Kalomni shunday ifrogʻ etish va iste'dod berishdirki: Juda koʻp furu'larning tuxumlarini mutazammin va juda koʻp ahkomga ma'haz va juda koʻp ma'oniyga va vujuhi muxtalifaga dalolat etishdir. Goʻyo bu iste'dodni tazammun bilan kalomning quvva-i namiyasining quvvatiga talvih etadi va hosilotining kasratini koʻrsatadi. Xuddi u furu' va vujuhlarning mahshari boʻlgan masalada jamlaydi, toki mazoya va mahosinini muvozanat etib har bir far'ni bir gʻarazga savq va har bir vajhni bir vazifaga ta'yin etadi.
Ha, qissa-i Muso mashhur zarbulmasaldagi tafariq-ul a'sodan koʻproq nafi'dir. Qandayki u hassa qanchalik boʻlinsa ham, yana bir ishga yaraydi. Qissa-i Muso ham shundaydir. Bu xususiyatidan, Qur'on yadi bayzo-i moʻ'jiz-ul bayoni bilan u qissani oldi. Va suvari mutaaddidada koʻrsatdi. Har bir jihatni husni iste'mol etdi. Fanni bayonning saharosi balogʻatiga sajda bar zamini hayrat va muhabat etdilar.
Ey birodar! Bu masalada boʻlgan xayol-mayol balogʻat bu asolib bilan senga shunday bir shajarani tarsim etadiki; ulkan u'ruqi mutashabika, uzun boʻgʻimlari mutanasiqa va mutashabeh shoxlari muta'oniqa, meva va samaroti mutanavvi'a boʻlgan bir shajara-i haqiqat senga tasvir qiladi. Agar istasang, Oltinchi Masalani tomosha qil. Zero garchi mushavvash boʻlsa, bir daraja bu masalaning bir parchasiga misol boʻlishi mumkin.
Ey birodar! Bilamanki shu maqola senga gʻoyat mugʻlaq koʻrinyapti. Lekin nachora, muqaddimaning sha'ni ijmol va ijozdir. Kutubi solisada senga tajalliy etadi.
Oʻninchi Masala
Kalomning salosati esa bir daraja hissiyotdan tafraliq va ishtibok etmaslik va tabiatni taqlid va xorijga tamassul va masili gʻarazda sadad va maqsad va mustaqarning tamayyuzidir.
Shundayki: Kalomda hissiyotda tugamasdan tepish, boshqasi bilan mazj etish, salosatini tagʻyir etadi. Va nizomsiz ishtibokdan tavaqqiy va ma'oni-i mutasalsiladan tadarruj lozimdir.
Hamda san'ati xayoliyasi bilan tabiatga shogirdlik qilish kerak. Toki tabiatning qavonini uning san'atida in'ikos eta olsin.
Hamda tasavvurotini shunday xorijiyotga muhakiy va mushakil etish lozim. Deylikki, tasavvuroti miyadan qochib xorijda tajassum etsalar, xorij ularni istilhaq va nasablarini inkor etmasin va desin: "Ular meniki" va yoxud "Kaannahu" va yoxud "Mening valadimdir".
Hamda gʻarazning masiylida va qasdning majrasida tafarruq etmaslik uchun sadad etish, chalachapa tamoyul etmaslikdir. Toki janiblar gʻarazning quvvatini tasharrub etish bilan ahamiyatsiz qilmasin. Balki burchaklar, tazammun etganlari tarovat va latofati bilan zanav kabi gʻarazga imdod va quvvat berishi kerak.
Hamda qasdning mustaqarri tamayyuz va agʻrazning multaqosi taayyun etish, salosatning salomatiga lozimdir.
Oʻn Birinchi Masala
Bayonning salomat va sihati esa; hukmni lavozim va mabadiysi bilan va mudofaa vositalari bilan isbot etishdir:
Bir hukmning lavozimini ixlol etmaslik, tinchligini buzmaslik va nazarga olish va mabadiysidan istimdodi hayot etish uchun murojaat etish va hujum etgan avhomning e'tirozotiga muqobala etadigan savoli muqaddarga javob boʻlgan quyudoti bilan taqallud etish kerak.
Demak, kalom mevador bir daraxtdir. Jinoyat va ijtinodan himoya qilish uchun tikanlari va nayzalari tizilishgan.
Goʻyo u kalom bir qancha munozorotning natijasi va juda koʻp muhakamotning zubdasi boʻlganidan, gʻoyat ulviy boʻlib avhomning shayotini istiroqi sam' qilolmaydilar; egri nazar bilan qarolmaydilar. Goʻyo mutakallim olti jihatini nazarga olib atrofiga bir sur tortgan. Ya'ni, mavzu' va yoxud mahmulni taqyid bilan.. va yoxud tavsif bilan.. va yoxud boshqa jihat bilan vahmning hujumiga muso'id nuqtalarda bittadan mudafi' muhayyo etib, boshdan oxirigacha muqaddar savollarga javob hukmida boʻlgan quyudoti bilan mujahhaz etishdir.
Agar bunga misol istasang, shu kitob bitamomihi bunga uzun bir misoldir. Lasiyyama Maqola-i Solisa eng porloq bir misoldir.
Oʻn Ikkinchi Masala
Kalomning salomat va randalanishi va i'tidoli mizoji esa, har qaydning istihqoq va iste'dodiga koʻra inoyatni taqsim va xil'ati uslubni tavzi' va kiydirishdir. Hamda hikoyatda boʻlsa, mutakallim oʻzini mahkiyyun anh oʻrnida faraz qilishi kerak:
Agar boshqasining hissiyot va afkorining tasvirida boʻlsa, mahkiyyun anhga hulul etish va uning qalbida musofir boʻlish va lisoni bilan takallum etishi kerak.
Agar oʻz molida tasarruf etsa, alomati qiymat boʻlgan e'tibor va ihtimomning taqsimida har qaydning istihqoq va iste'dod va rutbasini nazarga olish bilan taqsimida adolat va uslublarda iste'dodning qomatiga koʻra kesishdir. Toki har bir maqsad uning munosibida boʻlgan uslubdan jilvagar boʻla olsin. Zero uslubning asoslari uchdir:
Birinchisi: Uslubi mujarraddir. Sayyid Sharifning va Nosiruddini Tusiyning sodda boʻlgan ma'rezi kalomlari kabi...
Ikkinchisi: Uslubi muzayyandir. Abdulqohirning "Daloil-ul I'joz" va "Asror-ul Balogʻat"idagi musha'sha' va porloq kalomi kabi...
Uchinchisi: Uslubi oliydir. Sakkokiy va Zamaxshariy va Ibn Sinoning ba'zi muhtasham kalomlari kabi...
Va yoxud shu kitobning maolidagi Arabiyy-ul ibora, lasiyyama Maqola-i Solisadagi mushavvash, faqat muhkam parchalari kabi. Zero mavzu'ning ulviyati shu kitobni uslubi oliyga ifrogʻ etgandir. Boʻlmasa san'atimning ta'siri juz'iydir.
Agar Ilohiyot va usulning bahs va tasvirida boʻlsang, shiddat va quvvat va haybatni tazammun etgan uslubi oliydan ayrilmaslik kerak.
Agar xitobiyot va iqno'iyotda esang, ziynat va porloqlik va targʻib va tarhibni tazammun etgan uslubi muzayyanni uddalay olsang, qoʻldan chiqarma. Faqat xoʻjakoʻrsinlik va tasannu va avomparastona namoyish etmaslik kerak.
Agar muomalot va muhovarot va olat ilmlarida boʻlsang; vafo va ixtisor va salomat va salosat va tabiiylikni takafful etgan va soddaligi bilan jamoli zotiyani koʻrsatgan uslubi mujarradga iqtisor et.
Kalomning qanoat va istigʻnosi va asabiyati esa, maqomning tashqarisida uslubni qidirmaslikdir.
Shundayki: Ma'noning qomatiga koʻra bir uslubni kesishni istagan vaqting, dohili maqomda boʻlgan manbadan va mavzuning fabrikasidan hech boʻlmasa kalom tazammun etgan mavzuning yoki qissotning yoki san'atning lavozimining parcha-parchasidan va tavobi'ining boʻlak-boʻlagidan bir uslubni tikish, zarurat boʻlmasdan xorijga maddi nazar etmaslik, ta'bir xato boʻlmasa, xorijga boykot etish bilan albatta kalomning quvvati tazoyud etgani kabi, sarvatning tarqalmasligiga eng katta asosdir.
Demak, ma'no va maqom va san'at esa, kalomning dalolati vaz'iyasiga yordam bera oladi. Kalom, dalolati vaz'iya bilan ma'noni koʻrsatgani kabi, bu uslub oʻz tabiati bilan ma'noga ishorat qiladi. Agar bir namuna istasang, Toʻqqizinchi Masaladagi Arabiy parchalariga qara. Xullas:
Agar istasang, ulumi aliyaning اٰلِيَه kitoblarining debochalariga qara. Agar garchi u debochalarda shu san'ati balogʻat juda daqiq va latif boʻlmasa ham; faqat undagi baro'at-ul istihlol bu haqiqatga bir baro'at-ul istihloldir. Hamda shu kitobning debochasida moʻ'jizotga ishorat yoʻlida Paygʻambarimizning zotlari nubuvvatlariga moʻ'jiza koʻrsatilgan. Hamda Uchinchi Maqolaning debochasida kalima-i shahodatning ikki jumlasi bir-biriga shohid koʻrsatilgan. Hamda Yettinchi Muqaddimada, inshiqoqi Qamarga yerga tushishni ilova qilganlarga aytilgan: Moʻ'jizaning qamarini munxasif va shams kabi burhoni nubuvvatni Suha kabi maxfiy qolishiga sabab boʻldingiz.
Bunga qiyosan, shu haqiqatga shu kitobda bir qancha namuna topa olasan. Zero bu kitobning maslagi, men kabi xorijga boykotdir. Hatto zarurat boʻlmasa, afkor va masoilda va misollarda va asolibda xorijga boykot qilishdir. Faqat tavofuqi xotir boʻlishi mumkin. Zero haqiqat bir. Qaysi eshik bilan kirsang, aynini koʻrasan.
Aytilganga qara, aytganga qarama; aytilgandir... Faqat men deyman: Kim aytgan? Kimga aytgan? Qaysi maqomda aytgan? Nima uchun aytgan? Aytgan soʻzi kabi diqqat qilish, balogʻat nuqtai nazaridan lozim, balki alzamdir.
Ma'lum boʻlsinki; fanni ma'oniy va bayonning mazoyasining balogʻat jihatidan muhim bir sharti, qasddan va a'mdan gʻarazning jihatiga amorot bilan ishorat va alomotning nasbi bilan qasd va a'mdini koʻrsatishdir. Zero unda tasodifning qiymati yoʻq.
Fanni badi'ning va tazyinoti lafziyaning sharti esa, tasodif va adami qasddir. Va yoxud tasodifiy kabi tabiati ma'noga yaqin boʻlishdir.
Pushida boʻlmasinki, tabiatga va haqiqati xorijiyaga dalolat etgan va hukmi zihniyni qonuni xorijiy bilan rabt etgan; ta'bir joiz boʻlsa, pardani teshib ostidagi haqni koʻrsatgan vositalarning eng saqqobi اِنَّ -i tahqiqiyadir. Ha, shu اِنَّ ning shu xosiyatiga binoan, Qur'onda kasrat bilan iste'mol qilingan.
Ey birodar! Bu maqoladagi qavonini latifa shu parishon asolibdan tabarri va nafrat etishi seni tagʻlit etmasin. Masalan: Agar bu qonunlar yaxshi boʻlsaydilar, ularni joriy qilganga yaxshi bir darsi balogʻatni berar edilar. Hamda goʻzal bir uslubni kiyar edilar. Holbuki ularni joriy qilgan ummiydir. Uslublari ham parishon, kabi bir vahmga zahib boʻlma.
Hoy! Bu vahmga ahamiyat berma. Zero bir fanda har bir ilm sohibi unda san'atkor boʻlishi lozim emas. Hamda ilal-markaziya boʻlgan quvva-i joziba, a'nil-markaziya boʻlgan quvva-i dafi'aga gʻolibdir. Chunki quloqning miyaga qarobati va aql bilan sila-i rahmi bor. Holbuki ma'dani kalom boʻlgan qalb esa lisondan uzoq va ajnabiydir. Va hamda koʻp dafa lison qalbning tilini tamoman anglamaydi. Lasiyyama qalb ba'zan masalaning chuqur yerlaridan -quduq tubida kabi- bir gʻungʻillasa, lison eshitolmaydi, qanday tarjimonlik qiladi?
Fahm ifhomdan koʻproq asxaldir vassalom!..
Ey shu tor va nozik va qorongʻi boʻlgan yoʻlda menga doʻstlik qilgan sabrli va matonatli zot! Oʻylaymanki bu Ikkinchi Maqolada yolgʻiz hayrat bilan tomoshabin boʻlding, mustami' boʻlmading. Chunki anglamading. Haqqingiz bor. Zero masoil gʻoyat chuqur va tomirlari uzun va ibora esa gʻoyat muxtasar va mugʻlaq va Turkcham ham ancha nuqson va mushavvash va vaqtim ham tor.. men ham shoshqaloq.. sihatim muxtal.. boshim shamollagan. Shu chalkash zaminda faqat shunday bir varaqpora chiqishi mumkin.
Ey birodar! "Unsuri Haqiqat"ni kubro kabi va "Unsuri Balogʻat"ni sugʻro kabi mazj et. Elektr shuasi kabi boʻlgan hadsi sodiqni oʻtkaz. Toki gʻoyat haroratli va porloq ziyoli boʻlgan "Unsuri Aqida"ni natija berish uchun sening zehningga iste'dodot bera olsin.
Xullas "Unsuri Aqida"ni Uchinchi Maqolada qidiramiz.
Mana boshlayapman: "Nahu"...
Unsur-ul Aqida
Bu kalima-i oliya ussul asosi Islomiyat boʻlgani kabi, koinot ustida mavjlangan Islomiyatning eng nuroniy va eng ulviy bayrogʻidir.
Ha, miysoqi azaliya bilan paymon va qasamimiz boʻlgan iymon bu manshuri muqaddasda yozilgan.
Ha, obi hayot hisoblangan Islomiyat esa bu kalimaning aynul hayotidan qaynab chiqadi.
Ha, abadga nomzod boʻlgan navi bashar ichida saodat-saroyi abadiyaga ta'yin va tabshir etilganning qoʻllariga berilgan bir farmoni azaliydir.
Ha, qalb deyilgan avolimi gʻaybga qaragan derazasida qurilgan latifa-i Rabboniyaning fotojihozi bilan olingan timsoli nuroniy bilan Sultoni Azalni e'lon qilgan xarita-i nuroniyasidir va tarjimoni baligʻidir.
Ha, vijdonning asrorangiz nutqi baligʻonasini jamiyati koinotga qarshi vakolatan inshod etgan xatibi fasihi va koinotga Hokimi Azalni e'lon qilgan iymonning muballigʻi baligʻi boʻlgan lisonning qoʻlida bir manshuri loyazaliydir.
Bu kalima-i shahodatning ikki kalomi bir-biriga shohidi sodiqdir va bir-birini tazkiya etadi.
Ha, uluhiyat nubuvvatga burhoni limmiydir.
Muhammad Alayhissalom Sone'-i Zuljalolga zoti bilan va lisoni bilan burhoni inniydir.
Haqoiqi aqoidi Islomiya, butun tafarruoti bilan kutubi Islomiyada mufassalan mubarhana va musorrahadir, koʻrinishi mumkin. Va koʻrilgan narsani koʻrsatish, zohirning xofasiga yoki muxotobning gʻabovatiga ishorat va tajhil boʻlganidan, aqidaning yolgʻiz uch-toʻrt unsurini bayon qilaman. Boshqa haqoiqini fuhuli ulamoning kitoblariga havola qilaman. Zero menga hojat qoldirmaganlar.
Ahli diqqatning ma'lumidirki: Maqosidi Qur'oniyaning fazlakasi toʻrtdir: Sone'-i Vohidning isboti va nubuvvat va hashri jismoniy va adldir.
Birinchi Maqsad: Daloili Sone' bayonidadir.
Bir burhoni ham Muhammaddir (alayhissalom).
Sone'ning vujud va vahdati isbotga ehtiyojdan mustagʻniydir.
Lasiyyama Musulmonlarga qarshi nihoyat darajada porloq va juda zohirdir.
Shunga binoan, xitobimni ajonibga, xususan Yaponiyaga tavjih ayladim. Zero ular bir vaqt ba'zi savollar soʻragandilar, men ham javob bergandim. Hozir ixtisor bilan yolgʻiz bir-ikki savollariga mutaalliq u javobning bir qismini aytaman.
Ulardan bir savol:
Ya'ni: Vujudi Sone'ga dalili vazih nima?
Gʻayri mutanohiy boʻlgan ma'rifatulloh, bunday mahdud kalomga sigʻmaydi. Shunga binoan, kalomimdagi igʻloqning ma'zur tutilishi marjudir.
Barvajhi ati kalomdan maqsad, muhokama va muvozananing tariqini koʻrsatishdir. Toki majmuida haqiqat tajalliy etsin. Boʻlmasa zehnning juz'iyati sababi bilan, u majmu'ning har bir juzida natijaning tamomini taharriy etish, quvva-i vahimaning tasallut va taraddudi bilan haqiqatni avhom ichida satr etishdir.
Haqiqatning kashfiga mone boʻlgan orzuyi xilof va iltizomi muxolif va tarafdori nafs jihati bilan aslsiz avhomini bir aslga irjo' etish bilan oʻzini uzrli koʻrsatish va mushtariyning nazari kabi yolgʻiz ma'oyibni koʻrish va bola tabiati kabi bahona-mahona qilish kabi ishlardan nafsini tajrid bilan shartimga muro'at eta olsang, huzuri qalb bilan tingla!
Birinchi Maqsad
Jami' zarroti koinot, bitta-bittalab zot va sifot va boshqa vujuh bilan gʻayri mahduda boʻlgan imkonot mobaynida mutaraddid ekan, bir jihatni ta'qib, hayratbaxsho masolihni intoj etish bilan Sone'ning vujubi vujudiga shahodat bilan, avolimi gʻaybiyaning anmuzaji boʻlgan latifa-i Rabboniyadan e'loni Sone' qilgan e'tiqodning misbohini yoritadilar.
Ha, har bir zarra mustaqil ravishda Sone'ni e'lon qilgani kabi, tasoviri mutadohilaga oʻxshagan murakkaboti mutashabiqa-i mutaso'ida-i koinotning har bir maqom va har bir nisbatida har bir zarra muvozana-i jarayoni umumiyni muhofaza va har nisbatda boshqa-boshqa masolihni intoj etganlaridan, Sone'ning qasd va hikmatini izhor va qiroat etganlari uchun, Sone'ning daloili zarrotdan qat-qat ziyodadir.
Agar desang: Nima uchun hamma aqli bilan koʻrmaydi?
Aljavob: Kamoli zuhuridan... Ha, shiddati zuhurdan koʻrinmaydigan darajaga kelganlar bor. Jirmi shams kabi.
Ya'ni: Ab'odi vase'a-i olamning sahifasida Naqqoshi Azaliy yozgan silsila-i hodisotning satrlariga hikmat nazari bilan qara va fikri haqiqat bilan yopish. Toki mala-i a'lodan kelgan salosili rasoil seni a'loyi illiyini yaqiynga chiqarsin.
Qalbida nuqta-i istimdod, nuqta-i istinod bilan vijdoni bashar Sone'ni unutmaydi. Agar garchi aql ta'tili ashgʻal etsa ham, vijdon etolmas. Ikki vazifa-i muhimma bilan mashgʻuldir. Bular:
Vijdonga murojaat qilinsa, qalb badanning aqtoriga nashri hayot etgani kabi, qalb kabi qalbdagi uqda-i hayotiya boʻlgan ma'rifati Sone' ham; jasad kabi iste'dodoti gʻayri mahduda-i insoniya bilan mutanosib boʻlgan amol va muyuli mutashaibaga nashri hayot etadi; lazzatni ichiga otadi va qiymat beradi va bast va tamdid etadi. Mana nuqta-i istimdod...
Hamda shu bilan birga, janjal va muzohamatning maydoni boʻlgan dagʻdagʻa-i hayotga paydar-pay hujum koʻrsatgan olamning minglab musibat va mazohimlarga qarshi yagona nuqta-i istinod ma'rifati Sone'dir...
Ha, hamma narsani hikmat va intizom bilan qilgan Sone'-i Hakimga e'tiqod etmasa va a'lalamya tasodifga havola qilsa va u baliyyotga qarshi qoʻlidagi qudratning adami kifoyatini oʻylasa; tavahhush va dahshat va talosh va xavfdan hosil boʻlgan bir holati jahannam-numun va jigarshikafda qolganidan; ashraf va ahsani maxluq boʻlgan inson, hamma narsadan yanada bechora boʻlganidan, nizomi komili koinotning haqiqatiga muxolif boʻladi. Mana nuqta-i istinod... Ha, malja yolgʻiz ma'rifati Sone'dir.
Demak, shu ikki nuqta bilan bu daraja nizomi olamda hukmfarmolik, haqiqati nafs-ul amriyaning xossa-i munxasirasi boʻlgani uchun, har vijdonda ikki deraza boʻlgan shu ikki nuqtadan vujudi Sone' tajalliy etadi. Aql koʻrmasa ham, fitrat koʻradi... Vijdon nazzordir, qalb derazasidir.
Arshi kamolot boʻlgan ma'rifati Sone'ning me'rojlarining yoʻli toʻrtta:
Birinchisi: Tasfiya va ishroqqa muassas boʻlgan muhaqqiqiyni soʻfiyaning minhojidir.
Ikkinchisi: Imkon va hudusga mabni boʻlgan mutakallimiynning tariqidir.
Bu ikki yoʻl, filvoqe' Qur'ondan tasho'ub etganlar. Lekin fikri bashar boshqa suratga ifrogʻ etgani uchun, ta'vil-uz zayl va mushkullashgan.
Uchinchisi: Hukamoning maslagidir. Uchovi ham ta'arruzi avhomdan masun emasdirlar...
Toʻrtinchisiki, Balogʻati Qur'oniyaning uluvvi rutbasini e'lon qilgan va istiqomat jihati bilan eng qisqasi va vuzuh jihati bilan basharning umumiga eng ashmali boʻlgan me'roji Qur'oniydir. Xullas, biz ham shuni ixtiyor etdik. Bu ham ikki xil:
«Dalili inoyat» boʻlib, manofi'i ashyoni ta'dad etgan butun oyoti Qur'oniya bu dalilga imo va shu burhonni tanzim etishadi. Bu dalilning zubdasi, koinotning nizomi akmalida rioyati masolih va hikamdir. Bu esa Sone'ning qasd va hikmatini isbot va tasodif vahmini oʻrtadan olib tashlaydi.
Agar garchi har odam olamdagi rioyati masolih va intizomda istiqro-i tom etolmaydi va ihota etolmaydi. Faqat navi bashardagi talohuqi afkor soyasida, koinotning har bir naviga maxsus qavoidi kulliya-i muntazamadan iborat boʻlgan bir fan tashakkul etgan va etyapti.
Shu bilan birga, bir ishda intizom boʻlmasa, hukm kulliyati bilan jarayon etolmagani uchun, qoidaning kulliyati navning husni intizomiga dalildir. Demak, jami'-i fununi akvon qoidalarning kulliyatlariga binoan, istiqro-i tom bilan nizomi akmalni intoj etgan bittadan burhondirlar. Ha, fununi koinot bitamomiha mavjudotning silsilalaridagi halqalardan osilgan masolih va samaroti va inqiloboti ahvolning talofifida saqlangan hikam va favoidni koʻrsatish bilan, Sone'ning qasd va hikmatiga barmoq bilan shahodat va ishorat qilganlari kabi, shayotini avhomga qarshi bittadan najmi saqibdir.
Jahli murakkabni intoj etgan, nazari sathiyni tavlid etgan ulfatdan tajridi nazar etsang va aqlga qarshi saddi turuq etgan avhomning oshiyoni boʻlgan mumarasati ilzomiyatdan nafsingni taxliya etsang; xurdabini bir hayvonning surati ostida boʻlgan uskuna-i daqiqa-i badi'a-i Ilohiyaning shuursiz, majra va mahraklari tahdid qilinmagan va imkonotida avlaviyat boʻlmagan asbobi basita-i jomida-i tabiiyadan husul-pariz va u dastgohning masnu'i boʻlganini oʻz nafsini aldab mutmain va iqno' etolmaysan.
Magar har bir zarrada Aflotun qadar bir shuur va Galiley qadar bir hikmatni isbot qilgandan soʻng, zarroti saira bilan vositasiz muxobarani e'tiqod va tabiatdagi sabablarning ussul asosi hukmida boʻlgan juzi layatajazzadagi quvva-i joziba va quvva-i dafi'aning ijtimo'larining xartumi ustidagi maholiyatning tamgʻasini yoʻqota olsang...
Agar nafsing bu maholotga ehtimol bersa, seni insoniyat daftaridan oʻchirtiradi. Faqat joizdirki: Har bir narsaning asosi deb oʻylaganlari jazb va daf' va harakat, odatullohning qonunlariga bittadan ism boʻlsin. Faqat qonun, qoidalikdan tabiiylikka va zehniylikdan xorijiylikka va e'tibordan haqiqatga va olatiyatdan muassiriyatga kelmaslik sharti bilan qabul qilamiz.
Nazaringni olamga kezdir. Qaysi joyida nuqsoniyatni koʻra olasan? Kallo! Qarasa koʻrmaydi. Agar koʻr boʻlsa yoki qasri nazar xastaligi bilan mubtalo boʻlsa.
Istasang Qur'onga murojaat et. Dalili inoyatni vujuhi mumkinaning eng akmal vajhi bilan topasan. Zero Qur'on, koinotni tafakkurga amr bergani kabi, favoidni tazkor va ne'matlarni ta'dad etadi. Xullas, u oyot shu burhoni inoyatga mazohirdir. Ijmoli bu, ushla!
Tafsili esa: Agar mashiati Ilohiya taalluq etsa, oyoti ofoqiya va anfusiyani tafsir tariqida samo va bashar va arzning ilmlariga ma'qud boʻlgan kutubi salosada tafsir etiladi. U vaqt shu burhon tamomi surati bilan senga koʻrinadi.
«Dalili ixtiro'» dir. Buning xulosasi: Maxluqotning har naviga, har fardiga va u navga va u fardga murattab boʻlgan osori maxsusasini muntij va iste'dodi kamoliga munosib bir vujudning berilishidir. Zero hech bir navi mutasalsil azaliy emas.
"Imkon" qoldirmaydi.
Hamda bizzarura ba'zi narsalarning "hudus"i nazarning mushohadasi bilan va boshqalari ham aqlning hikmat nazari bilan koʻriladi.
Inqilobi haqiqat boʻlmaydi. Navi mutavassitning silsilasi davom etmaydi. Tahavvuli asnof, inqilobi haqoiqning gʻayrisidir.
Har bir navning bir odami va bir katta padari boʻlgani uchun, silsilalardagi tanosuldan nash'at etgan vahmi botil u odamlarda, u avvalgi padarlarida tavahhum etilmaydi.
Ha, hikmat fanni tabaqat-ul arz va ilmi hayvonot va nabotot lisoni bilan ikki yuz mingdan ortiq anvo'ning odamlari hukmida boʻlgan mabda-i avvallarining har birining mustaqillan hudusiga shahodat qilgani kabi; mavhum va e'tiboriy boʻlgan qavonin va shuursiz boʻlgan tabiatdagi sabablar esa, bu qadar hayrat-fazo silsilalar va bu silsilalarni tashkil etgan va afrod deyilgan dahshatangiz hadsiz uskuna-i ajiba-i Ilohiyaning tasni' va ijodiga adami qobiliyatlari jihatidan har bir fard va har bir nav, mustaqillan Sone'-i Hakimning yadi qudratidan chiqqanini e'lon va izhor etadi. Ha, Sone'-i Zuljalol hamma narsaning jabhasida hudus va imkon tamgʻasini qoʻygan.
Azaliyati modda va harakati zarrotdan tashakkuli anvo' kabi umuri botilaga ehtimol berish, faqat boshqa narsa bilan nafsini iqno' etish sadadida boʻlgani uchun, u ishlarning asosi fosidasini taba'i nazari bilan adami darkidan nash'at etadi. Ha, nafsini iqno' etish suratida mutavajjih boʻlsa, maholiyat va adami ma'quliyatiga hukm qiladi. Deylikki qabul qilsa ham, "tagʻofuli anis-Sone'ʻ" sababli hosil boʻlgan izdiror bilan qabul qilishi mumkin.
Mukarram boʻlgan inson, insoniyatning javhari e'tibori bilan, doimo haqni sotib olishni istaydi va doimo haqiqatni qidiradi va doimo maqsadi saodatdir. Faqat botil va zolal esa, haqni qidirarkan, xabari boʻlmasdan qoʻliga tushadi. Haqiqatning ma'danini qozarkan, ixtiyorsiz botil uning boshiga tushadi. Va yoxud haqiqatni topishdan muztar yoki tahsili haqdan xaib boʻlgan sari, asl fitrati va vijdoni va fikri; mahol va gʻayri ma'qul bilgan bir masalani, nazari sathiy va taba'i bilan qabuliga majbur boʻladi.
Xullas, bu haqiqatni peshi nazarga ol!
Koʻrasanki: Butun nizomi olamdan asari gʻaflat oʻlaroq tavahhum etishgan azaliyati modda va harakat va shu butun aqllarni hayratda qoldirgan naqsh va san'ati badi'ada taxayyul etishgan tasodifi amya va butun hikamning shahodotiga qaramasdan jonsiz sabablardan e'tiqod qilishgan ta'siri haqiqiy va nafslariga mugʻolata etib vahmning -istimrorga istinodan- adashtirishi bilan tajassum va taxayyul etilgan tabiati mavhumani marji' qilish bilan tasalli etganlari; albatta fitratlari rad qiladi.
Faqat yolgʻiz haqqa tavajjuh va haqiqatga qasd etganlari uchun shu avhomi botila da'vatsiz oʻlaroq yoʻlning yonidan ta'arruz etganlari uchun, albatta hadafi gʻaraziga nazarini tikkan odam u avhomga taba'i va sathiy bir nazar bilan qaraydi. Shuning uchun muzaxraf boʻlgan ichiga nufuz etolmaydi. Faqat qachon ragʻbat va qasd va sotib olish nazari bilan qarasa; olishga emas, balki iltifot etishga va qarashga tanazzul etmaydi!..
Ha, shu qadar xunuk bir narsani vijdon va aql mahol koʻradi. Qalb ham qabul etmaydi. Illo mushagʻoba bilan safsata sotib har bir zarraga hukamoning aqllarini va hukkamning siyosatlarini berib, toki har bir zarra axovati bilan ittifoq va intizom masalasida mushovara va muxobara etishsin.
Ha, bu suratdagi maslakni inson emas, hayvon ham qabul qilmaydi. Faqat na chora, maslakning lozimi bayyini maslakdandir. Shu maslak esa, bu suratdan boshqa bir narsa bilan tasvir qilinmaydi. Ha, botilning sha'ni shunday: Qachon taba'i bir nazar bilan qaralsa, sihatiga bir ehtimol beriladi. Faqat im'oni nazar qilinsa, ehtimoli sihat bartaraf boʻladi.
Modda degan narsalari esa; surati mutagʻayyira, hamda harakati zoila-i hodisadan tajarrud etmaydi. Demak hudusi muhaqqaqdir.
Fayo ajabo!
Sone'-i Vojib-ul vujudning lozima-i zaruriya-i bayyinasi boʻlgan azaliyatni zehnlariga sigʻdirolmagan qanday qilib har jihatdan azaliyatga munofiy boʻlgan moddaning azaliyatini zehnlariga sigʻdira oladilar? Haqiqatdan joyi taajjubdir...
Ha, inson oʻylagan sari, jami' sifoti kamoliya bilan muttasif boʻlgan Sone'dan istigʻrob va istinkor etganlari shu hayrat-afzo masnu'otni, tasodifi amyaya va harakati zarrotga isnod etganlari uchun, insonni insoniyatdan pushaymon qiladi.
Harakoti zarrotdan husuli da'vo qilingan quvvat va suratlar, a'roziyatlari jihati bilan anvo'dagi mubayanati javhariyani tashkil etolmaydi. A'roz javhar boʻlolmaydi. Demak, butun anvo'ning fasllari va umum a'rozning havassi mumayyizalari adami sirfdan muxtaro'dirlar. Tanosul, tasalsulda sharoiti odiya-i e'tiboriyadandir.
Mana dalili ixtiro'iyning ijmoli...
Agar ochiq tarzda mufassalan istasang, Qur'onning firdavsiga kir. Zero hech bir ratb va yabis yoʻqdirki; u tanazzuhgohda yo chechak yoki gʻuncha holida boʻlmasin. Agar ajal muso'id va mashiat taalluq va tavfiq rafiq boʻlsa, alfazi Qur'oniyaning asdafida shu burhonni tazyin etgan javharlari kelasi kutubda tafsil etiladi.
Agar soʻrasang: "Nedir shu tabiatki, doimo u bilan gʻungʻillashadi? Nedir shu qavonin va quvaki, doimo ular bilan mutadamdimdirlar?"
Javob beramiz: Olami shahodat deyilgan, jasadi xilqatning anosir va a'zosining af'ollarini intizom va rabt ostiga olgan shariati fitriya-i Ilohiya bor. Xullas, shu shariati fitriyadirki, "tabiat" yoki "matbaa-i Ilohiya" bilan musammodir.
Ha tabiat, xilqati koinotda joriy boʻlgan qavonini e'tiboriyasining majmu' va muhassalasidan iboratdir. Xullas, ular quva degan narsalari, har biri bu shariatning bittadan hukmidir. Va qavonin degan narsalari, har biri bu shariatning bittadan masalasidir.
Faqat u shariatdagi ahkomning istimroriga istinodan... Hamda xayolni haqiqat suratida koʻrgan va koʻrsatgan nufus iste'dodlari bir zamini shoʻra muhayyo etishi bilan vahm va xayol tasallut etib tazyiq qilib shu tabiati havoiya tavazzu' va tajassum etib majvudi xorijiy va xayoldan misol suratiga kirgan. Ha, bu kabi vahmning koʻp hiylalari bor.
Shu tabiat va quvayi umumiya tasmiya etganlari ishlar, qat'iyan aqlni iqno' etadigan va fikrga oʻzini sevdiradigan va nazari haqiqat unga unsiyat etadigan hech bir muloyamat va munosabat yoʻq ekan va shu koinotga illat va masdar boʻlishga qobiliyati mafqud ekan, mahza Sone'dan tagʻoful va intizomning iljoidan tavallud etgan yolgʻiz izdiror bilan, valah-rasoni uqul boʻlgan qudratning osorini shu matbaa-misol boʻlgan tabiatning san'atidan koʻrish, tabiatni mistar ekan masdar taxayyul etish; lozimi a'ammning vujudi bilan, malzumi axassning vujudini intojga harakat qilgan aqiym bir qiyosning natijasidir. Ha, shu qiyosi aqiym zalolat va hayrat vodiylariga koʻp yoʻllarni ochgan.
Af'oli ixtiyoriyaning nazzomi boʻlgan shariat va qonun shu qadar xarq va muxolafat bilan barobar, bir qancha juhhali vahshiya goʻyo shariatni bir hokimi ruhoniy va nizomni bir sultoni ma'naviy tavahhum etib, bir ta'sirni taxayyul etadi.
Ha, bir harbiy qismning yoki askarning muttarid boʻlgan harakotini va yaknasoq boʻlgan atvorlarini va bir-biri bilan rabt etilgan ahvollarini mushohada etgan vahshiy bir odam, shu afrodi a'didani va yoxud hay'ati askariyani ma'naviy bir ip bilan marbut deb oʻylasa, ajabo gʻarib koʻrinadimi?
Va yoxud bir badaviy yoki bir shairut-tab', nosni bir vaz'i hasanda ifrogʻ etgan va mobaynlarini ta'lif etgan nizomni bir mavjudi ma'naviy va shariatni bir xalifa-i ruhoniy tamassul etsa, koʻp koʻrinadimi? Shunday ekan, koinotning ahvoliga taalluq etgan va tabiat tasmiya etilgan va tasdiqi anbiyo yoki takrimi avliyodan boshqa xarq etilmagan va mustamirra boʻlgan shu shariati fitriya-i Ilohiya avhomda tajassum etsin, nima uchun taajjub etilsin?
Insonning zehni va lisoni va sam'i; juz'iy va ta'oqubiy boʻlganlari kabi, fikri va himmati ham juz'iydir. Va ta'oqub tariqi bilan yolgʻiz bir narsaga taalluq etadi va mashgʻul boʻlib qoladi.
Hamda insonning qiymat va mohiyati, himmati nisbatidadir. Himmatning darajasi esa, maqsad va ishtigʻol etgan narsasining nisbatidadir.
Hamda inson tavajjuh va qasd qilgan narsasida, goʻyo "fano fil-maqsad" boʻladi. Demak shu nuqtaga binoan, xasis bir ish yoki juda juz'iy bir narsa buyuk bir odamga isnod qilinmaydi. Chunki tanazzul etmaydi. Va himmatini u kichik narsaga sigʻdirolmaydi. Himmati ogʻir, u narsa gʻoyat xafif boʻlganidan, goʻyo muvozanat buziladi.
Hamda inson qaysi narsani tomosha qilsa, albatta maqoyisini va asoslarini oʻz nafsida qidiradi. Agar topmasa, atrofida va abno-i jinsida qidiradi. Hatto hech bir jihatdan mumkinotga oʻxshamagan Vojib-ul Vujudni tafakkur etsa; yana quvva-i vahimasi shu vahmi sayyini dastur va durbin qilishni istaydi.
Holbuki, Sone'-i Zuljalol bu nuqtai nazarda tomosha qilinmaydi. Qudratiga inhisor yoʻqdir. Ziyo-i shams kabi, qudrat va ilm va irodasi shomila va a'mmadir, munxasir boʻlmaydi, muvozana qilinmaydi. Eng katta narsaga taalluq etgani kabi, eng kichik va eng xasis narsaga ham taalluq etadi. Miqyosi azamati va mezoni kamoli majmu'i osoridir. Har bir juzi miqyos boʻlolmaydi.
Xullas, Vojib-ul Vujudni mumkinotga qiyos qilish, qiyosi ma'alfariqdir. Mazbur vahmi botil bilan muhokamazl ish, xatoyi mahzdir.
Xullas, shu xato-i beodobona va shu vahmi botilning natija-i sayyiasi boʻlib: Tabiiyyun, sabablarni muassiri haqiqiy ekanliklariga; va Moʻ'tazila, hayvonlarni af'oli ixtiyoriyalariga xoliq boʻlganlariga; va hukamo, juz'iyotda ilmi Ilohiyning yoʻqligiga; va Majusiylar, xalqi shar boshqasining asari boʻlganiga e'tiqod qilishdi. Goʻyo ularning fikricha Sone' shu qadar azamati bilan barobar, qanday qilib umuri xasisaga va juz'iyaga tanazzul etib ishtigʻol etsin. Suf ularning aqllarigaki, shunday bir vahmi botilning hukmiga asir boʻlishdi.
Ey birodar! Shu vahm e'tiqod tariqi bilan boʻlmasa ham, vasvasa bilan ba'zan moʻ'minlarga musallat boʻladi.
Agar desang: "Dalili ixtiro'iy i'to-i vujuddir. I'to-i vujud esa; i'domi mavjudning rafiqidir. Holbuki adami sirfdan vujudni va vujudi mahzdan adami sirfni aqlimiz tasavvur qilolmaydi."
Javoban deyman: Hoy!.. Sizning bu istis'obingiz va shu masalaning tasavvuridagi istigʻrobingiz, bir qiyosi xodi'ning natija-i vahimasidir. Zero ijod va ibdo'i Ilohiyni abdning san'at va kasbiga qiyos qilasiz. Holbuki abdning qoʻlidan bir zarrani imota va yoxud ijod etish kelmaydi. Balki yolgʻiz umuri e'tiboriya va tarkibiyada bir san'at va kasbi bor. Ha, bu qiyos aldatuvchidir, inson oʻzini undan qutqarolmaydi.
Inson koinotda mumkinotning unday bir quvvat va qudratini koʻrmaganki, ijodi sirf va i'domi mahz etsin. Holbuki hukmi aqliysi ham doimo ussul asosi, mushohadotdan nash'at etadi. Demak, osori Ilohiyaga mumkinot tarafidan qaraydi. Holbuki hayrat-afzo osori bilan musbat boʻlgan qudrati Sone'ning janibidan tomosha qilish kerak. Demak, ibodning va koinotning umuri e'tiboriyadan boshqa ta'siri boʻlmagan quvvat va qudratlarning jinsidan boʻlgan bir qudrati mavhuma ichida Sone'ni faraz qilib u nuqtadan shu masalani tomosha qiladi. Holbuki Vojib-ul Vujudning janibidan, qudrati tommasi nuqtai nazaridan bu masalani tomosha qilish kerak.
Birining osori muhokama qilinsa, uning xossasini nazarga olish lozimdir.
Xullas, shu masalada olinmagan. Zero bu masalaga ajzi abdning orqasida qudrati mumkinotning tarafida qiyosi tamsiliyning pardasi ostida tomosha qiladi. Holbuki takvini olamda bir qismini moddasiz ibdo' va bir qismni ham moddadan insho bilan shu qadar hayrat-fazo osori moʻ'jiza bilan qudrati komila-i Ilohiyani koʻrsatish bilan barobar undan sarfi nazar etish, gʻoibni shohid suratida koʻrish boʻlgan qiyosi xodi' bilan va abno-i jinsini muhokama qilgani kabi; bir qoida-i mahduda bilan Vojib-ul Vujudga nazar etadilar. Hatto koʻp masalani aqli salim ma'qul koʻrgani holda, ular gʻayri ma'qul tavahhum etadilar.
Muxtara'otni inobatga olmasak ham; masnu'otning eng zohir va munavvar va "ziyo" deganlari nuri ayni olamning qavonini ajibasi va uning samarasi va misoli musagʻgʻari boʻlgan nuri basarning navomisi badi'asi bilan munavvar va musavvar boʻlgan kamoli qudrati Ilohiyaning janibida muvozana nuqtai nazarida gʻayri ma'qul va uzoq tavahhum etilgan masoil tomosha qilinsa, ma'nus va ayni aqlning kipriklari oʻrtasida koʻriladi.
Qandayki zaruriyotdan nazariyot istintoj etiladi. Shunga oʻxshab, osori Sone'ning zaruriyoti maxfiyati san'atiga burhondir. Ikkisi barobar bu masalani isbot qiladi.
Ajabo, nizomi olamdagi san'atdan yanada daqiq, yanada ajib, yanada gʻarib, jinsi qudrati mumkinotdan yanada uzoq aql tasavvur qila oladimi? Albatta qilolmaydi. Zero funun koʻrsatgan favoid va hikamlari bilan bizzarura Sone'ning qasd va san'at va hikmatiga shahodat qilganlaridan, uqulni qabul etishga muztar etishgan. Boʻlmasa bu badihiyotdan eng kichik bir haqiqatni, aql oʻz-oʻziga qolsa edi, qabul etmasdi.
Ha, zamin va osmonni haml etgan va muallaqda tutgan va ajromi koinotni istihdom etgan va nizomida idxol bilan hech bir amriga isyon etilmagan Zoti Aqdasdan nima uchun istigʻrob etilsinki; undan darajot bilan asxal va axaff boʻlganni haml etsin. Ha, bir togʻni koʻtargan, bir siyohdonni koʻtara olishidan taraddud etish, faqat safsata etish xolos.
Alhosil: Qanday Qur'onning ba'zisi ba'zisiga mufassirdir; shuning kabi, koinot kitobi ham ba'zi suturi orqalaridagi san'at va hikmatni tafsir qiladi.
Ba'zi mutasavvifning kalomidan ittisol va ittihod va hulul zohir boʻladi. Va undan tavahhum etiladiki: Ba'zi moddiyunning maslagi boʻlgan vahdat-ul vujudga bir munosabat koʻrsatadi.
Mutashabeh hukmida boʻlgan muhaqqiqiyni soʻfiyaning shatohatiniki: Vujudi Aqdasga hasri nazar va istigʻroq va mumkinotdan tajarrud jihati bilan matmahi nazar etganlari dalil ichida natijani koʻrish, ya'ni olamdan Sone'ni mushohada etish tariqi bilan ta'qib etgan maslaklari boʻlgan jadovili akvonda jarayoni tajalliyoti va malakutiyati ashyoda sarayoni fuyuzoti va maroyayi mavjudotga tajalli-i asmo va sifoti esa; ziqul alfaz sababi bilan uluhiyati sariya va hayoti sariya ta'bir etishgan haqoiqni boshqalar anglamadilar... Sui tafahhum bilan oʻz iste'dodi shoʻralaridan zuhur etgan avhomi vahiyaga muhaqqiqiynning kalimot va shatohatini tatbiq etishdi.
Yuha ularning aqllariga! Surayyo darajasida boʻlgan muhaqqiqiynning afkori mujarradalari, saro darakasida boʻlgan muqallidini moddiyunning afkori safilasidan minglab daraja uzoqdir. Ha, shu ikki fikrni tatbiq qilishga urinish, shu zamoni taraqqiyda aqli basharning duchori sakta boʻlganini va varta-i mavtga tushganini izhor etish boʻlib; insoniyat mutaassifona nazar etib va iste'dodi tahqiq va taraqqiy lisoni bilan
deyishga majbur boʻladi.
Shular ahli vahdat-ush shuhuddirlar. Faqat vahdat-ul vujud bilan majozan ta'bir qilinishi mumkin. Faqat haqiqatdan vahdat-ul vujud ba'zi hukamo-i qadimaning maslaki botilasidir.
Shu mutasavvifning rais va kabiri deganki: Ittisolni yoki ittihodni yoki hululni da'vo qilgan, ma'rifati Ilohiyadan hech bir narsa istishmom etmagan. Ha, mumkin Vojib bilan qanday ittisol yoki ittihod etadi? Kallo! Ha, mumkinning qanday qiymati borki, Vojib unda hulul etsin, xosho! Na'am, mumkinda fuyuzoti Ilohiyadan bir fayz tajalliy etadi.
Xullas, bularning maslagi narigining maslagiga munosabatdor va aloqador boʻlolmaydi. Zero moddiyunning maslagi moddiyotga hasri nazar va istigʻroq etganlaridan, afkorlari fahmi uluhiyatdan tajarrud etib uzoqlashdilar. Shu daraja moddaga qiymat berishdiki; hamma narsani moddada koʻrish, hatto uluhiyatni unda mazj etish kabi bir maslaki muta'assifaga kirishgan. Faqat ahli vahdat-ush shuhud boʻlgan muhaqqiqiyni soʻfiya shu daraja Vojibga hasri nazar etishganki, mumkinotning hech bir qiymati qolmagan. "Bir bordir" deyishadi...
Al-insaf! Saro Surayyo qadar bir-biridan uzoqdir. Moddani jami' anvo' va ashkali bilan xalq etgan Xoliqi Zuljalolga qasam ichamanki: Dunyoda shu ikki maslakning munosabatini intoj etgan rayi ahmoqonadan yanada qobih va yanada xasis va yanada sohibining mizoji aqlining inhirofiga dalil boʻladigan bir ray yoʻqdir.
Kura-i arz kichik, parcha-parcha va rang-barang va mutaxolif shisha parchalaridan faraz qilinsa, har biri boshqa xilda lavniga va jirmiga va shakliga nisbat bilan shamsdan bir fayz oladi. Shu xayoliy fayz esa na quyoshning zoti va na ayni ziyosidir. Hamda ziyoning tamosili va alvoni sab'asining tasoviri va quyoshning tajalliysi boʻlgan shu gʻuna-gʻun va rang-barang chechaklaring alvoni deylikki lisonga kelsa, har biri "Quyosh men kabidir" va yoxud "Quyosh menman" deydilar.
Faqat ahli vahdat-ush shuhudning mashrabi mahv va sakrdir. Sof mashrab esa mashrabi ahli farq va sahvdir.
Mana vujudi Sone'ning daloili ijmoliysi... Tafsili esa kutubi salosada keladi.
Agar desang: "Daloili tavhidning bu yerda hech boʻlmasa ijmoliy bayonini istayman."
Deymanki: Daloili tavhid shu qadar mushtahira va koʻpki; bu kitobda zikrdan mustagʻniydirlar. Xullas
oyatining sadafida maknun boʻlgan burhonut tamonu' bu minhojga bir manori nayyirdir. Ha, istiqlol uluhiyatning xossa-i zotiyasidir va lozima-i zaruriyasidir.
Koinotdagi tashobuhi osor va atrofi bir-biri bilan mua'naqa va qoʻlni qoʻlga berib, bir-biriga arzi intizom va bir-birining savoliga qarshi javobi sovab va bir-birining nidoyi ehtiyojiga labbayk javobini berish va bir nuqta-i vohidani tomosha qilish va bir mihvari nizom ustida davaron etish jihati bilan Sone'ning tavhidiga talvih, balki Hokimi Azalning vahdoniyatiga tasrih etadi. Ha, bir uskunaning sone'i va muxtari'i bir boʻladi.
Kitobi olamning avroqidir ab'odi nomahdud
Suturi koinoti dahrdir osori noma'dud
Bosilmish dastgohi lavhi mahfuzi haqiqatda
Mujassam lafzi ma'nodordir olamda har mavjud.
Xoja Tahsinning noma'dud va nomahduddan murodi nisbiydir. Haqiqiy loyatanohiylik emas.
Sone'-i Zuljalol naqadar avsofi kamoliya boʻlsa, ular bilan muttasifdir. Zero muqarrardirki: Masnu'da boʻlgan fayzi kamol, Sone'ning kamolidan iqtibos etilgan bir zilli zalildir. Demak, koinotda naqadar husn va jamol va kamol boʻlsa, umumidan layuhad darajada yuksak tabaqada avsofi jamoliya va kamoliya bilan Sone' muttasifdir. Ha, ehson sarvatning, ijod vujudning, ijob vujubning, tahsin husnning far'iyi va dalilidir.
Hamda Sone'-i Zuljalol jami' naqoisdan munazzahdir. Moddiyotning mohiyotining iste'dodsizligidan nash'at etgan naqoisdan mubarrodir. Koinotning mohiyoti mumkinasidan nash'at etgan avsof va lavozimotidan muqaddasdir.
Ikkinchi Maqsad
Agar desang: Debochada deganding: Kalima-i shahodatningn ikkinchi kalomi birinchisiga shohid va mashhuddir.
Na'am, ha. Ma'rifatulloh deyilgan ka'ba-i kamolotga ketgan minhojlarning eng mustaqim va eng metini, Sohibi Madina-i Munavvara alayhissalom qurgan tariqi hadidi bayzosidirki; ruhi hidoyat hukmida boʻlgan Muhammad alayhissalom, avolimi gʻaybning mishkat va zujajasi hukmida boʻlgan qalbining ma'kas va tarjimoni maqomida boʻlgan lisoni sodiqi barohini Sone'ning eng sodiq bir dalili zihayot va bir hujjati notiqa va bir burhoni fasihidir.
Darhaqiqat ham zoti, ham lisoni bittadan burhoni nayyirdir. Na'am, xilqat tarafidan Zoti Muhammad, burhoni bahirdir. Haqiqat janibidan lisoni, shohidi sodiqdir. Ha, Muhammad alayhissalom ham Sone'ga, ham nubuvvatga, ham hashrga, ham haqqa, ham haqiqatga bir hujjati qat'iyadir. Tafsili keladi.
Davr lozim kelmaydi. Zero sidqining daloili Sone'ning daloiliga tavaqquf etmaydi.
Paygʻambarimiz (S.A.V.) Sone'ning bir burhonidir. Shunday ekan, shu burhonning isboti sidqini va intojini va suratan va moddatan sihatini isbot qilish kerak... Nahu:
Ey haqiqatning oshigʻi!.. Agar vijdonimni mutolaa qilib haqiqatlarni rasad etishni istasang, qalb deganlari latifa-i Rabboniyaning zangi va zangori hukmida boʻlgan orzuyi xilof va iltizomi tarafi muxolif va uzrli boʻlish uchun oʻz avhomiga bir haq berish va bir aslga irjo' etish va majmu'ining natijasini har bir farddan istashki, za'fiyati sababi bilan natijaning raddiga bir iste'dodi sayyia beriladi. Hamda bahonali bola tabiati, hamda mahonali dushman sajiyasi, hamda yolgʻiz aybni koʻrish shonida boʻlgan mushtariy nazari kabi ishlardan u mir'atni tasqil va tasfiya et, muvozana va muqobala ayla. Aksar amorotning imtizojidan tazohur etgan haqiqatning shu'la-i javvolasini qorina-i munavvara et, toki aqaldagi avhomi muzlimani tanvir va daf qila olgin... Hamda munsifona va mudaqqiqona tingla, kalom tugamasdan e'tiroz etma. Oxirigacha bir jumla, bir hukmdir. Tugagandan soʻng bir vahming qolsa, ayt...
Shu burhonning sugʻrosi, nubuvvati mutlaqadir. Kubrosi esa nubuvvati Muhammaddir (alayhissalotu vassalamdir). Xullas boshlaymiz:
Sone'ning hikmati va af'olidagi adami abasiyat va koinotdagi eng xasis va eng qolil narsada nizomning muro'ati va adami ihmoli va navi basharning murshidga boʻlgan ehtiyoji zaruriysi, navi basharda vujudi nubuvvatni qat'iyan istilzom etadilar...
Agar desang: Bu ijmoldagi ma'noni tushunmadim, tafsil et...
Aytaman: Xullas tingla, koʻryapsanki; moddiya va ma'naviya boʻlgan navi bashardagi nizomotning, hamda xosiyati aqlning quvvati bilan taxti tasarrufiga olingan koʻp anvo'ning ahvoliga berilgan intizomotning markazi va ma'dani hukmida boʻlgan nubuvvati mutlaqaning burhoni, insonning hayvoniyatdan uch nuqtada boʻlgan taraqqiysidir:
Birinchisi: "Fikrning avvali amalning oxiri, amalning avvali fikrning oxiri" boʻlgan qoidasidagi sirri ajibdir. Shunday:
Nuri nazar bilan ilali mutarattiba-i mutasalsilaning orasida boʻlgan tarattubni kashf etib umum kamoloti insoniyaning urugʻi hukmida boʻlgan murakkaboti, basaitga tahlil va irjo' etish bilan hosil boʻlgan qobiliyati ilm va tarkib deganlari qavonini joriyani iste'mol etib san'ati bilan tabiatni muhakat boʻlgan qobiliyati san'atdan nazarining qusurini va avhomning muzohamati va savqi insoniyatning adami kifoyati jihati bilan bir murshidi nabiyga ehtiyoj koʻrsatadi; toki olamdagi nizomi akmalning muvozanasi muhofaza qilinsin.
Ikkinchisi: Gʻayri mutanohiy boʻlgan basharning iste'dodi, gʻayri mahsur boʻlgan amol va muyuloti va gʻayri mazbut boʻlgan tasavvurot va afkori, gʻayri mahdud boʻlgan quvva-i shahaviya va gʻazabiyasidir...
Bir odamga millionlab yil umr bilan butun lazoizi dunyoviya va har jihatdan tasalluti tom berilgani holda.. iste'dodidagi loyatanohiylikning hukmicha bir "oh.. oh.. layta" aytadi. Goʻyo u adami rizo bilan ramz va ishorat etadiki: Inson abadga nomzoddir va saodati abadiya uchun xalq etilgandir. Toki gʻayri mutanohiy bir zamonda, gʻayri mahdud va keng bir olamda gʻayri mahsur boʻlgan iste'dodotini bilfe'lga chiqara olsin.
Adami abasiyat va haqoiqi ashyoning subutiyatlari imo etadiki: Bu tor va mahsur va har bir lazzatida koʻp a'rozning muzohamati bilan chalkashlik va tahassuddan xoli boʻlmagan shu dunyo-i daniya ichida kamoloti insoniya yerlashmaydi. Balki keng va muzohamatsiz bir olam lozimdir. Toki inson haqqi bilan sunbullansin va ahvol va kamolotiga nizom berish bilan, nizomi olamga hamdasti vifoq boʻla olsin.
Istidrodiy tarzda hashrga imo qilindi. Oldinda zotan burhoni qat'iy bilan isbot qilinadi. Faqat bu yerda istagan nuqtam: Insondagi iste'dod abadga nazirdir. Agar istasang, insoniyatning javharini va notiqiyatning qiymatini va iste'dodning muqtazosini taammul va tadqiq et. Soʻngra esa u javhari insoniyatning eng kichik va eng xasis xizmatkori boʻlgan xayolga qara, koʻr... Yoniga bor va ayt: "Ey xayol ogʻa! Bashorat senga! Dunyo va mafihaning saltanati millionlab yil umr bilan barobar senga beriladi, faqat oqibating fano va adam bilan qaytmaslikdir." Ajabo, xayol senga qanday muqobala etadi? Nahotki, istabshar va surur va yoxud talahhuf va tahassur bilan javob beradi?
Ajal, na'am, ha, javhari insoniyat a'moqi vijdonning tubida yigʻi-sizi qilib baqiradi: "Eyvoh, afsuslar boʻlsin, saodati abadiyaning fiqdaniga!" deydi. Xayolga zajr va ta'nif etib: "Hoy! Bu dunyo-i foniya bilan rozi boʻlma!"
Mana ey birodar, qachonki bu saltanati foniya, sultoni insoniyatning eng haqir xizmatkori va yoxud shoiri va yoxud san'atkor va tasvirchisini ishba' va rozi qilolmasa, qanday qilib u xayol kabi koʻp xizmatkorlarning sohibi boʻlgan sultoni insoniyatni ishba' eta oladi? Kallo!.. Na'am.. uni ishba' etadigan yolgʻiz hashri jismoniyning sadafida maknun boʻlgan saodati abadiyadir.
Uchinchisi: Insonning i'tidoli mizoji va latofati tab'i va ziynatga boʻlgan maylidir. Ya'ni: Insonning insoniyatga loyiq bir surati ta'ayyushga boʻlgan mayli fitriysidir.
Na'am, inson hayvon kabi yashamasligi kerak va yasholmas. Balki sharafi insoniyatga munosib bir kamol bilan yashashi kerak.
Shunga binoan, bashar maskan va malbas va makali, sanayi'i kasira bilan taltif etishiga muhtojdir. Bu san'atlarda yolgʻiz qudratining adami kifoyatiga binoan, abno-i jinsi bilan imtizoj etish, u ham ishtirok etish.. u ham taovun etish.. u ham sa'yning samarotini mubodala etishini iqtizo etish bilan barobar, quvayi insoniyadagi inhimak va tajovuz sababi bilan adolatga ehtiyoj.. u ham har aqlning adolatga adami kifoyatiga binoan uni muhofaza qiladigan qavonini kulliyaning vaz'lariga ehtiyoj.. u ham ta'sirini muhofaza etish uchun ijro qiladigan bir muqonninga.. u muqonnin ham zohiran va botinan hokimiyatini muhofaza etish uchun moddatan va ma'nan tafavvuqqa.. hamda Sone'-i Olam tarafidan ba'zi ishlar bilan muxassas boʻlishi bilan bir imtiyoz va quvvati nisbatga, hamda avomiriga boʻlgan itoatni ta'min va ta'sis etgan azamati Sone'ning tasavvurini zehnlarda idoma etadigan bir muzakkira-i mukarrara boʻlgan ibodatga muhtojdir. U ibodat ham Sone'ning janibiga afkorni tavjih etadi. U tavajjuh esa inqiyodni ta'sis, u inqiyod ham nizomi akmalga isol etadi. U nizomi akmal ham sirri hikmatdan tavallud etadi. Sirri hikmat ham adam-ul abasiyatni va Sone'ning hikmati masnu'dagi taannuqni oʻziga shohid koʻrsatadi.
Xullas, agar insonning hayvondan shu jihoti salosa bilan boʻlgan tamoyuzini anglab yeta olgan boʻsang, bizzarura natija beradiki: Nubuvvati mutlaqa, navi basharda qutb, balki markaz va bir mihvardirki; ahvoli bashar uning ustida davaron etadi. Chunonchi:
Jihati ulada diqqat qil! Qara qanday savqul-insoniyat va mayli tabiiyning adami kifoyati va nazarning qusuri va tariqi aqldagi avhomning ixtiloti, qanday navi basharni ashaddi ehtiyoj bilan bir murshid va muallimga muhtoj qiladi. U murshid paygʻambardir.
Ikkinchi jihatda tadabbur et. Shunday: Insondagi loyatanohiylik va tabiatidagi mayl-ut tajovuz va quva va amolidagi adami tahdid va olamdagi mayl-ul istikmolning shoxi hukmida boʻlgan insondagi mayl-ut taraqqiyning samarasi hukmida boʻlgan qomati namiya-i iste'dodi insoniysiga intiboq etmagan; balki jomid va muvaqqat boʻlgan qonuni basharki: Tadrijan tajorub bilan hosil boʻlgan natoiji afkorning talohuqi bilan vujudga kelgan u qavonini bashar, shu samara-i iste'dod urugʻlarining tarbiya va imdodiga adami kifoyatining sababi bilan; moddatan va ma'nan ikki olamda saodati basharni ta'min qiladigan, hamda qomati iste'dodining oʻsishi bilan tavassu' etadigan, zihayot va abadiya bir shariati Ilohiyaga ehtiyoj koʻrsatadi. Xullas, shariatni keltirgan paygʻambardir.
Agar desang: "Biz koʻryapmizki, dinsizlarning yoki sahih bir dini boʻlmaganlarning ahvollari mu'addala va munazzamadir."
Aljavob: U adolat va intizom, ahli dinning iqozot va irshodoti bilandir. Va u adolat va fazilatning asoslari, anbiyoning ta'sislari bilandir. Demak, anbiyo asos va moddani vaz' etishgan. Ular ham u asos va fazilatni tutib unda qilganlarini qildilar.
Bundan boshqa, nizom va saodatlari muvaqqatdir. Bir jihatdan qoima va mustaqima boʻlsa, koʻp jihotdan maila va munhaniyadir. Ya'ni, naqadar suratan va moddatan va lafzan va ma'ashan muntazamadir; faqat siyratan va ma'naviyatan va ma'nan fosida va muxtalladir.
Ey birodar!.. Mana navbat uchinchi jihatga keldi. Yaxshi tafakkur et!
Shunday: Axloqdagi ifrot va tafrit esa, iste'dodotni ifsod etadi. Va shu ifsod esa abasiyatni intoj etadi. Va shu abasiyat esa koinotning eng kichik va eng ahamiyatsiz narsalarida masolih va hikamning rioyati b٦ٌ٭n, olamda hukmfarmoligi badihiy boʻlgan hikmati Ilohiyaga munaqizdir.
"Malaka-i ma'rifati huquq" deganlari, har yomonlikning moddatan zararini ihsos eta-eta va afkori umumiyani iqoz etish bilan hosil boʻlgan "malaka-i rioyati huquq" degan amrlarni shariati Ilohiya oʻrniga dinsizlarning tasavvuri va shariatdan istigʻnolari bir tavahhumi botildir.
Zero dunyo keksaydi. Bunday narsaning muqaddamoti ham zohir boʻlmadi. Aksincha mahosinning taraqqiysi bilan barobar masaviy ham taraqqiy etib, yanada dahshatli va aldaydigan shaklga kiryapti.
Ha, qandayki navomisi hikmat dasotiri hukumatdan mustagʻniy emas. Shunga oʻxshab, vijdonga hokim boʻlgan qavonini shariat va fazilatga ashaddi ehtiyoj bilan muhtojdir. Xullas, shunday mavhuma boʻlgan malaka-i ta'dili axloq, quva-i salosani hikmat va iffat va shijoatda muhofaza etishiga kifoya emasdir. Shunga binoan, inson bizzarura vijdon va tabiatlarga muassir va nafiz boʻlgan mezoni adolati Ilohiyani saqlaydigan bir nabiyga muhtojdir.
Minglarcha anbiyo navi basharda nubuvvatni da'vo qilib, minglarcha moʻ'jizoti bilan mudda'oni isbot qilganlar. Xullas, u anbiyoning jami' moʻ'jizotlari lisoni vohid bilan nubuvvati mutlaqani e'lon qiladi. Bizning shu sugʻromizga ham bir burhoni qat'iydir. Bunga tavoturi bil-ma'no yoki qanday ta'bir bilan aytsangiz ayting, metin bir dalildir.
Shu muhakamotning jihat-ul vahdati shudirki: Agar jami' funun qoʻlga olinsa va fununlarning qavoidining kulliyatlari bilan kashf etganlari ittisoq va intizom tomosha qilinsa, hamda masolihi juz'iya-i mutafarriqaning moyasi va uqda-i hayotiyasi hukmida boʻlgan bir lazzati yoki bir muhabbati yoki bir amri oxari ichiga otilish bilan -akl va nikohdagi kabi- parishon boʻlgan ishlar va fe'llar u moya bilan irtibot va ittisol etganlarini, inoyati Ilohiya nuqtai nazarida nazari diqqatga olinsa; hamda hikmatning shahodati bilan sobit boʻlgan adami abasiyat va adami ihmoli nazarga olinsa, istiqro-i tom bilan natija beradiki:
Masolihi kulliyaning qutb va mihvari va ma'dani hayoti hukmida boʻlgan nubuvvat, navi basharda zaruriydir... Deylikki boʻlmasa, parishon boʻlgan navi bashar, goʻyo muxtal bir olamdan shu muntazam olamga tushib jarayoni umumiyning ohangini ixlol etgani qabul qilinsa, biz insonlarning boshqa koinotga qarshi qanday yuzimiz qoladi?
Ey birodar! Agar burhoni Sone'ning sugʻrosi sening sahifa-i zehningda intiqosh etgan boʻlsa, tayyor boʻl! Kubrosi boʻlgan nubuvvati Muhammadning bahsiga oʻtamiz:
Kubro sodiqdir. Zero sahifa-i e'tibori olamda manqush boʻlgan osori anbiyoni mutolaa etsang va lisoni tarixda jarayon etgan ahvollarini tinglasang va haqiqatni, ya'ni jihat-ul vahdatni ta'siri zamon va makon bilan kirgan suratlaridan tajrid eta olsang, koʻrasanki:
Inoyati Ilohiyaning ziyosi boʻlgan mahosini mujarradaning shu'lasi boʻlgan huququlloh va huquqi ibodni; anbiyo dasturi harakat etganlarini va navi bashar tarafidan anbiyoga qarshi qabul qilish shakllari va umama qarshi surati muomalalari va tarki manafi'i shaxsiya va boshqa ishlarki, ularga nabiy dedirgan va nubuvvatga mador boʻlgan asoslar esa; avlodi basharning sinni takammul va kuhulatda boʻlgan ustozi va madrasa-i Jazirat-ul Arabda manba-i ulumi oliya va muallimi boʻlgan Zoti Muhammadda yanada akmal va yanada yaqqol mavjud.
Demak boʻladiki: Istiqro-i tom bilan, xususan navi vohidda, lasiyyama intizomi muttarid ustida muassas boʻlgan qiyosi xofiyning i'onasi bilan va qiyosi avlaviyning tayidi bilan nubuvvati Muhammadni natija berish bilan barobar, tanqih-ul manot deyilgan xususiyotdan tajrid nuqtai nazardan jami' anbiyo lisoni moʻ'jizotlari bilan vujudi Sone'ning bir burhoni bahirasi boʻlgan Muhammadning sidqiga shahodat qiladilar.
Qisqa jumlalar bilan aytolmayman, mugʻloqcha boʻladi. Zero shu haqoiq har tarafga chuqur ildizlarini otganlaridan, malasa choʻziladi. Surati masalani buzish va parcha-parcha etish va haqiqatni ranjitishni istamayman. Hamda haqiqatning atrofiga bir doirani chizishni istayman, toki haqiqat mahsur qolib qochmasin. Men tutmasam, boshqasi tutsin. Meni ma'zur koʻrsangiz, fabiha... Va illo hurriyat bor, tahakkum yoʻqdir. Xohishingizga...
Paygʻambarning dalili sidqi; har bir harakat, har bir holidir. Ha, har bir harakatida adami taraddud va moʻ'tarizlarga adami iltifot va muorizlarga adami mubolot va muxolif boʻlganlardan adami taxavvufi, sidqini va jiddiyatini koʻrsatadi. Hamda avomirida haqiqatning ruhiga boʻlgan isobati, haqqiyatini koʻrsatadi.
Taxavvuf va taraddud va talosh va mubolot kabi hiyla va adami vusuqni va itminonsizlikni imo etgan ishlardan mubarro ekan, bila-parvo va quvvati itminon bilan eng xatarli maqomlarda boʻlgan harakati va nihoyatda boʻlgan isobati va ikki olamda samara beradigan zihayot qoidalari harakoti bilan ta'sis etganiga binoan, har bir fe'l va har bir holining ikki tarafdan, ya'ni bidoyat va nihoyatdan jiddiyatni va sidqni nazari ahli diqqatga arzi diydor etadi. Boxusus majmu-i harakotining imtizojidan jiddiyat va haqqiyat shu'la-i javvola kabi va in'ikosotidan va muvazanotidan sidq va isobat, barqi lami' kabi tazohur va tajalliy etadi.
Zamoni moziy va zamoni hol, ya'ni Asri Saodat va zamoni istiqbol tazammun etishgan barohini nubuvvat lisoni vohid bilan ma'dani axloqi oliya boʻlgan Zoti Muhammadda (alayhissalotu vassalam) da'iyi sidqi va dalloli nubuvvati boʻlgan burhoni zotining nidosiga javob va hamdasti vifoq boʻlib, nubuvvatini i'lo va e'lon etganlarini koʻr boʻlmaganlarga koʻrsatdilar. Shu holda, kitobi olamdan boʻlgan fasli zamonning sahifa-i salosasini mutolaa qilamiz. Hamda u kitobdan masala-i uzmo va munavvara boʻlgan Zoti Muhammadni (S.A.V.) tomosha va ziyorat qilamiz. Mudda'omiz boʻlgan burhonning kubrosini u zot bilan isbot qilamiz.
Bu nuqtaga binoan, masoliki nubuvvat toʻrtta. Beshinchisi mashhur va masturdir.
BIRINCHI MASLAK
Ya'ni, masala-i oliya-i zotiyani tomosha qilishda toʻrt nuktani bilish lozim:
qoidasiga binoan, sun'iy va tasannu'iy narsa, naqadar mukammal boʻlsa ham, tabiiy oʻrnini tutmaganidan, hay'atining falatati, muzaxrafiyatni imo etadi.
Ikkinchisi: Axloqi oliyaning, haqiqatning zamini bilan boʻlgan robita-i ittisoli jiddiyatdir. Va davaroni dam kabi hayotlarini idoma etgan va imtizojlaridan tavallud etgan haysiyatga quvvat bergan, hay'ati majmuasiga intizom bergan yolgʻiz sidqdir. Ha, shu robita boʻlgan sidq va jiddiyat kesilgan onda, u axloqi oliya quriydi va behuda ketadi.
Uchinchisi: Umuri mutanosibada tamoyul va tajozub va mutazadda boʻlgan ashyolarda tanofur va tadofu' qoida-i mashhurasi, moddiyotda jarayon etgani kabi; ma'naviyat va axloqda ham jarayon etadi.
Hozir kelaylik maqsadga:
Mana osor va siyar va tarixi hayoti... Hatto a'daning shahodatlari bilan, Zoti Paygʻambarda vujudi muhaqqaq boʻlgan axloqi oliyaning kasrat va ihota va tajammu' va imtizojidan tavallud etgan izzat va haysiyatdan nash'at etgan sharaf va viqor va izzati nafs bilan farishtalar, devlarning ixtilot va istiroqlaridan tanazzuhlari kabi sirri tazodga binoan, u axloqi oliya ham hiyla va kizbdan taraffu' va tanazzuh va tabarri etadilar. Hamda hayot va moyalari maqomida boʻlgan sidq va haqqiyatni tazammun etganlaridan, shu'la-i javvola kabi nubuvvatni a'laniyatga chiqaradi.
Ey birodar! Koʻryapsanki: Bir odam yolgʻiz shijoat bilan mashhur boʻlsa, u shuxrat unga bergan haysiyatni ixlol etmaslik uchun osonlik bilan yolgʻonga tanazzul etmaydi. Qanday qilib, jami' axloqi oliya birdan tajammu' etganda...
Ha, majmu'da bir hukm boʻladi, fardda boʻlmaydi.
Koʻryapmiz: Bu zamonda sidq va kizbning oralari zoʻrgʻa bir barmoq qadar bordir. Bir bozorda ikkisi ham sotiladi. Faqat har bir zamonning bir hukmi bor. Hech bir zamonda asri saodat kabi sidq va kizb oʻrtasidagi masofa ochilmagan.
Shundayki: Sidq, oʻz husni haqiqiysini kamoli hashmat bilan izhor va u bilan tamassuk etgan Muhammadni (S.A.V.) a'loyi illiyini sharafga i'lo va olamda inqilobi azimni iqo' etganidan, sharqdan gʻarbga qadar kizbdan bu'd darajasini koʻrsatish bilan qiymati oliyasini i'lo etish jihati bilan bozorini va mato'ini gʻoyat nafiq va raij etgan.
Va kizb esa: Tashabbusoti azimani murdorlarning oʻlimtiklari kabi ruhsiz qoldirgani uchun, nihoyati qubhini izhor va u bilan tamassuk etgan Musaylima va unga oʻxshashlarni asfali sofiliyni xissatga tushirgan jihati bilan, mato'i zahr-oludni va bozorni gʻoyat mu'attal va kasod etgan.
Xullas, ahli izzat va tafoxur boʻlgan qavmi Arabning tabiatlaridagi mayl-ul raij saiqasi bilan musobaqa qilib u kasid kizbni tark qilib va raij sidq bilan tajammul etib adolatlarini olamga qabul ettirishgan. Xullas, sahobalarning aqlan boʻlgan adolatlari bu sirdan nash'at etadi.
Tarix va siyar va osor nuqtai nazaridan diqqat qilinsa; Muhammad alayhissalotu vassalam toʻrt yoshdan qirq yoshga qadar, lasiyyama sha'ni, axloqi va hiylani tashqariga otadigan harorati gʻariziyaning shiddati iltihobi zamonida, kamoli istiqomat bilan va kamoli matonat bilan va tamomi ittirodi ahvol bilan va musovot va muvozanati atvor bilan va nihoyati iffat bilan va hech bir holi masturiyatni muhofaza etmagan -lasiyyama shunday ahli inodga qarshi- bir hiylani imo qilmaslik bilan barobar yashagani nazarga olinsa, soʻngra istimrori axloqining zamoni boʻlgan qirq yoshdan soʻng u inqilobi azim nazarga olinsa; haqdan kelganini va haqiqat ekanini tasdiq etmasa, nafsini malomat etsin... Zero zehnida bir sofistaiy yashiringan boʻladi.
Hamda eng xatarli maqomlarda -gʻordagi kabi- tariqi xalosi mafqud ekan va xayt-ul amal bihasabil a'da uzilarkan, gʻoyat matonat va kamoli vusuq va nihoyati itminon bilan boʻlgan harakat va hol va vaziyati, nubuvvat va jiddiyatiga shohidi kofiydir va haq bilan tamassuk etganiga dalildir.
IKKINCHI MASLAK
Ya'ni: Sahifa-i ula, zamoni moziydir. Xullas, shu sahifada toʻrt nuktani nazari diqqatga olish lozimdir:
Birinchisi: Bir fanda va yoxud qisosda, bir odam asoslarini va ruh va uqdalarini axz etib mudda'osini unga bino qilsa, u fanda hazaqot va mahoratini koʻrsatadi.
Ikkinchisi: Ey birodar! Agar tabiati basharga orif boʻlsang; kichik bir haysiyat bilan, kichik bir da'voda, kichik bir qavmda, kichik bir xilofning bemalol irtikob boʻlmaganiga nazar solsang; gʻoyat buyuk bir haysiyat bilan, nihoyat jasim bir da'voda, behisob bir qavmda, hadsiz bir inodga qarshi, har jihatdan ummiyligi bilan barobar, hech bir jihat bilan aql mustaqil boʻlmagan masalalarda, tamoman erkinlik bilan bila-parvo va kamoli vusuq bilan a'la ruusil-ashhad zikr va naqldan quyosh kabi sidqning tulu' etishini koʻrasan.
Uchinchisi: Badaviylarga nisbat koʻp ulumi nazariya bordir; madaniylarga nisbatan lisoni odot va af'olning talqinoti bilan, ulumi muta'arifaning hukmlariga oʻtganlar. Bu nuktaga binoan, badaviylarning hollarini muhokama etish uchun oʻzini u badiyada faraz qilish kerak. Agar istasang, Ikkinchi Muqaddimaga murojaat et, zero shu nuktani izoh etgan.
Toʻrtinchisi: Bir ummiy ulamo orasida mutadovil bir fanda bayoni fikr etsa, ittifoq nuqtalarda muvofiq boʻlib va muxtalafun fiyha boʻlgan nuqtalarda muxolafat etib musahhihona boʻlgan aytishi, uning tafavvuqini va kasbiy boʻlmaganini isbot qiladi.
Shu nuktalarga binoan deymizki: Rasuli Akram alayhissalotu vassalam ma'lum boʻlgan ummiyati bilan barobar goʻyo gʻayri muqayyad boʻlgan ruhi javvola bilan tayyi zamon etib, moziyning a'moqi xofasiga kirib, hozir va mushohid kabi anbiyo-i salifaning ahvollarini va asrorlarini tashrih etishi bilan; butun anzori olamga qarshi shunday bir da'vo-i azimadaki, butun azkiyo-i olamning nazarlarini diqqatga jalb qiladi, bila-parvo va nihoyat vusuq bilan mudda'osiga muqaddima sifatida u asror va ahvolning u'qadi hayotiyalari hukmida boʻlgan asoslarini zikr qilish bilan barobar, kutubi salifaning ittifoq nuqtalarida musoddiq va ixtilof nuqtalarida musahhih boʻlib qisos va ahvoli anbiyoni bizga hikoya etishi, sidq va nubuvvatini intoj etadi.
Jami' anbiyoning daloili nubuvvatlari, sidqi Muhammadga (S.A.V.) dalildir va jami' moʻ'jizotlari, Muhammadning bir moʻ'jiza-i ma'naviyasidir (alayhimussalom). Bunga diqqat qilsang, tushunasan.
Ey birodar!.. Ba'zan qasam burhonning oʻrnini tutadi. Chunki, burhonni tazammun etadi. Shunday ekan:
Ha, na'am. Uning nuri nazariga xayol oʻzini haqiqat sifatida koʻrsatolmaydi va haq boʻlgan maslagi talbisdan mustagʻniydir.
UCHINCHI MASLAK
Ya'ni: Zamoni holning, ya'ni asri saodatning sahifasida toʻrt nukta, bir nuqtani nazari diqqatga olish kerak:
Birinchisi: Kichik bir odatni kichik bir qavmda yoki zaif bir axloqni qolil bir toifada buyuk bir hokim buyuk bir himmat bilan osonlik bilan olib tashlolmaganini nazarga olsang; ajabo gʻoyat koʻp, tamoman mustamirra, nihoyat darajada ma'luf va koʻp mutanavvi'a, tamoman rasixa boʻlgan odot va axloq, nihoyat kasir va ma'lufotiga gʻoyat mutaassib va shadidush-shakima boʻlgan bir qavmning a'moqi arvohidan oz fidokorlik bilan, qisqa bir zamonda qol'u raf' etganini va u odoti sayyianing oʻrniga boshqa odot va axloq koʻchatlarini oʻtkazishi va daf'atan nihoyat darajada takammul etganlarini nazarga olsang va diqqat qilsang, horiquloda ekanini tasdiq etmasang; seni sofistaiy daftarida yozaman.
Ikkinchisi: Shaxsi ma'naviy hukmida boʻlgan bir davlatning numuvvi tabiiysi hukmida boʻlgan tashakkuli esa, mutamahhildir. Va davlati a'tiqaga gʻalabasiki, unga inqiyod, tabiati soniya hukmiga kirgani uchun- tadrijiydir. Shunday ekan, moddatan va ma'nan hokim, hamda gʻoyat jasim bir davlatni qisqa bir zamonda tashkili, hamda duvali rasihaga daf'iy kabi gʻalaba qilishi; ma'naviyat va ahvolda joriy boʻlgan odotning bizzarura horiquloda ekanini koʻrmasang, koʻrlar daftarida yozilasan.
Uchinchisi: Tahakkumi zohiriy, qahr va jabr bilan mumkindir. Faqat afkorga gʻalaba qilish, hamda arvohga tahabbub va tabayi'ga tasallut, hamda hokimiyatini vijdonlar ustida doimo muhofaza qilish; haqiqatning xossa-i fariqasidir. Bu xossani bilmasang, haqiqatdan begonasan.
Toʻrtinchisi: Targʻib yoki tarhib hiylasi bilan faqat yolgʻiz bir ta'siri sathiy qilib va aqlga qarshi saddi turuq etadi. Shu holda a'moqi qulubga nufuz va arroqi hissiyotni tahyij va shukuf-misol boʻlgan iste'dodotni inkishof ettirish va kamina va naima boʻlgan sajiyalarni iqoz va tanbeh va javhari insoniyatni favaronga keltirish va qiymati notiqiyatni izhor etish, shua-i haqiqatning xossasidir.
Ha, qasovati mujassamaning misoli mushaxxasi boʻlgan "va'di banot" kabi ishlardan qalblarini tasqil etishi va riqqati latofatning lam'asi boʻlgan hayvonotga marhamat, hatto chumoliga shafqat kabi ishlar bilan tazyin etishi; shunday bir inqilobi azimdir -xususan shunday aqvomi badaviydaki- hech bir qonuni tabiiyaga muvofiq boʻlmaganidan, horiquloda ekani musoddaq-karda-i arbobi basiratdir. Basirating boʻlsa, tasdiq qilasan.
Hozir Nuqtani tingla: Xullas tarixi olam shahodat qiladiki: Eng buyuk dohiy ulkim; bir yoki ikki hisning va sajiyaning va iste'dodning inkishofiga va iqoziga va favaronga keltirishga muvaffaq boʻlsin. Zero shunday bir hissi naim iqoz etilmasa, sa'y behuda ketadi va muvaqqat boʻladi. Xullas, eng buyuk dohiy faqat bir yoki ikki hisning iqoziga muvaffaq boʻla olgan kishidir. Azjumla: Hissi hurriyat va hamiyat va muhabbat...
Bu nuqtaga binoan, Jazirat-ul Arab sahro-i vase'asida boʻlgan aqvomi badaviyda kamina va naima va mastura boʻlgan hissiyoti oliya-ki -minglarga yetishgan- birdan inkishof, birdan iqoz, birdan favaron va gʻalayonga keltirish; shamsi haqiqatning, ziyo-i shu'lafashonning xossasidir. Bu nuqtani aqliga tiqmaganning, biz Jazirat-ul Arabni koʻziga tiqamiz.
Mana Jazirat-ul Arab... Oʻn uch asr bashar taraqqiyotidan soʻng, eng mukammal faylasuflardan yuztasini yuborsin, yuz yil qadar ishlasin; ajabo bu zamonga nisbatan u zamonga nisbat qilganining yuzdan birini qila oladimi?
Kim tavfiq istasa, odatulloh va xilqat va fitrat bilan oshinolik etishi va doʻstlik qilishi kerak. Boʻlmasa fitrat tavfiqsizlik bilan bir javobi rad beradi. Jarayoni umumiy esa, muxolif harakatda boʻlganlarni adam-obod hecha-hechga otadi.
Xullas, bunga binoan tomosha qil.
Koʻrasanki: Xilqatda joriy boʻlgan qavonini a'miqa-i daqiqa-ki -xurdabini aql bilan koʻrilmaydi- haqoiqi shariat qay daraja muro'at va muorafat va munosabatda boʻlganlarki, u qavonini xilqatning muvozanasini muhofaza etgan.
Ha, shu a'sori tavilada shu musodamoti azima ichida haqoiqini muhofaza, balki yanada ziyoda inkishofga keltirganidan koʻrsatadiki; Rasuli Akram alayhissalomning maslagi, hech qachon mahv boʻlmagan haq ustida muassasdir.
Shu nukta va nuqtalarni bilgandan soʻng, keng va muhokamali va mudaqqiq bir zehn bilan tinglaki:
Muhammadi Hoshimiy alayhissalotu vassalam ummiyati va adami quvvati zohirasi va adami hokimiyati va adami mayli saltanat bilan barobar, gʻoyat xatarli mavoqe'da kamoli vusuq bilan tashabbus etib afkorga gʻalaba qilish bilan, arvohga tahabbub va tabayi'ga tasallut, gʻoyat kasira va mustamirra va rasixa va ma'lufa boʻlgan odot va axloqi vahshiyonani asosi bilan hadm etib, ularning oʻrniga axloqi oliyani gʻoyat metin bir asos bilan lahm va damlariga aralashgandek ta'sis etish bilan barobar, zaviya-i vahshatda xomid خامد boʻlgan bir qavmdagi qasovati vahshiyani ixmod va hissiyoti daqiqani tahyij... Ha, hissiyoti oliyani iqoz va javhari insoniyatlarini izhor etish bilan barobar avji madaniyatga bir zamoni qasirda is'od etib, sharq va gʻarbda joylashgan bir davlati jasimani bir zamoni qolilda tashkil etib otashi javvol kabi, balki nuri navvor kabi va yoxud asoyi Muso kabi boshqa davlatlarni bal' va imho darajasiga keltirganidan, basari basirati koʻr boʻlmaganlarga sidqini va nubuvvatini va haq bilan tamassukini koʻrsatgan. Xullas, agar sen koʻrmasang, seni insonlarning daftaridan oʻchirtiradi.
TOʻRTINCHI MASLAK
Sahifa-i mustaqbaldan, lasiyyama masala-i shariatdir. Xullas, toʻrt nuktani nazari diqqatdan dur etmasliging kerak.
Birinchisi: Bir shaxs toʻrt yoki besh fanda malaka sohibi va mutaxassis boʻlmaydi. Magar horiqo boʻlsa...
Ikkinchisi: Masala-i vohida ikki mutakallimdan sudur etadi. Birisi, mabda va muntahosi va siyoq va siboqqa muloyamatini va axovati bilan nisbatini va mavze'i munosibda iste'molini, ya'ni munbit bir zaminda sarfini nazarga olgani uchun, u fanda boʻlgan mahoratini va malakasini va ilmiga dalolat etgani holda; narigi mutakallim shu nuqtalarni ihmol etgani uchun, sathiyatiga va taqlidiyatiga dalolat qiladi. Holbuki kalom oʻsha-oʻsha kalomdir. Aqling buni farqlamasa ham, ruhing his qiladi.
Uchinchisi: Ikkinchi Muqaddimada oʻtgani kabi, bir-ikki asr avval horiqo deb sanalgan kashf bu zamongacha mastur qolsaydi, takammuli mabadiy jihati bilan bir bola ham kashf eta olishini nazarga ol. Oʻn uch asr orqaga ket, u zamonlarning ta'sirotidan oʻzingni tajrid et, dahshatangiz boʻlgan Jazirat-ul Arabda oʻtir, diqqat bilan tomosha qil, koʻrasanki:
Ummiy, tajribasiz, zamon va zamin yordam bermagan bitta odam; faqat zakovatga emas, balki gʻoyat kasir tajorubning maxsuli boʻlgan fununning qavonini bilan shunday bir nizom va adolatni ta'sis etadiki: Iste'dodi basharning qomati, natoiji afkori tasharrubidan takabbur etsa, u shariat ham tavassu' etib abadga tavajjuh etadi. Kalomi Azaliydan kelganini e'lon qilish bilan barobar, ikki olamning saodatini ta'min qiladi. Insof qilsang, bu esa yolgʻiz oʻsha zamonning insonlarining emas, balki navi basharning toqati xorijida koʻrasan. Magar avhomi sayyia, sening shu tarafga mutavajjih boʻlgan fitratingning tarfini chiritgan boʻlsa...
Toʻrtinchisi: Oʻninchi Muqaddimada oʻtgani kabi, hamda ikkinchi nuqta-i e'tirozning javobida ham kelishi kabi shudirki: Jumhurning iste'dodi afkori darajasida shariatning irshod etishidir. Shundayki:
Jumhurning omiligi uchun haqoiqi mujarradani; ma'luflari vosita boʻlmasdan adami talaqqiylari sababi bilan, mutashabehot va tashbehot va istiorot bilan tasvir etishidir. Hamda fununi akvonda jumhurning, hissi zohir sababi bilan xilofi voqe'ni zaruriy talaqqiy etish bilan barobar, mabodiy pogʻonalari adami in'iqod va takammulidan, magʻlatalarning vartalariga tushmaslik uchun shariat bunday masoilda ibhom etdi va mutlaq qoldirdi; lekin haqiqatni imodan xoli qoldirmadi.
Rasuli Akramning har bir fe'l va har bir holida sidq lama'an etadi. Faqat har fe'li va har holi horiqo boʻlishi lozim emas. Zero izhori horiqo, tasdiqi mudda'o uchundir. Hojat boʻlmagan yoki munosib boʻlmagan vaqtda jarayoni umumiyaga mutaba'at bilan, qavonini odatullohga dastadodi taslim boʻladi. Hamda shunday boʻlishi kerak.
Ey birodar!.. Shu Tanbeh, Birinchi Maslakning Muqaddimasining toifasidandir. Nisyonning xatosi bilan yoʻlini adashtirish bilan joyini yoʻqotib shu yerga kirgan. Yaxshilab shu nuktalarni tut. Xullas natijaga kiramiz:
Qara ey birodar!
Funun va ulumning zubda-i haqiqiyasi barohini aqliya ustida muassas boʻlgan diyonat va shariati Islomiya shunday fununlarni tazammun etgan.
Azjumla: Fanni tahzibi ruh va riyozat-ul qalb va tarbiyat-ul vijdon va tadbir-ul jasad va tadvir-ul manzil va siyosat-ul madaniya va nizomot-ul olam va fann-ul huquq va boshqalar... Kerakli koʻrilgan yerlarda tafsil va luzum boʻlmagan yoki azhonning yoki zamonning musta'id va muso'id boʻlmagan yerlarida bittadan fazlaka bilan qavoidi asosiyani vaz' etib tanmiya va tafri'ini uqulning mashvarat va istinbatotiga havola etgandirki; bu fununning majmu'iga emas, balki aqalliga oʻn uch asr taraqqiydan soʻng eng madaniy joylarda eng horiqo zakovat bilan mavsuf boʻlganlar, toqati basharning xorijida -xususan u zamonda- boʻlganini tasdiqdan vijdoni munsifona seni man qilolmaydi.
Xullas fazilat shudirki; a'da unga shahodat qilsin.
Yangi Dunyoning eng mashhur faylasufi boʻlgan Karlayl Olmoniyaning mashhur bir hakimidan va rijali siyosiyasidan naqlan deydiki:
"U tadqiqotidan soʻng oʻz-oʻziga savol berib degan: Islomiyat bunday boʻlsa, ajabo madaniyati hozira haqoiqi Islomiyat doirasida yashay oladimi?" Oʻzi oʻziga "Ha" bilan javob beradi. Hozirgi muhaqqiqlar u doira ichida yashayaptilar.
Avvalgi faylasuf ham deydiki: Haqoiqi Islomiyat chiqqanlari vaqt, otashi javvol kabi hatobning parchalariga oʻxshagan boshqa afkor va adyonni bal' etdi. Hamda haqqi bordir. Zero boshqalarning safsatiyotidan bir narsa chiqmaydi, ila oxirihi...
Ha, oʻn uch asrdan beri shu qadar dahshatli musodamotga qarshi haqoiqini muhofaza etgandir. Balki bu musodama, chalkashlik; haqiqati Islomiyatning yelkasi ustidan turobi xofani tarqiq va taxfif etadi. Na'am, vujud va holi olam bunga shohiddir. Maqola-i Uladagi muqaddimotni nazarga olish kerak.
Agar desang: Har bir fanda yolgʻiz bir fazlakani bilish bir odam uchun mumkindir.
Aljavob: Na'am, la! Zero unday bir fazlakaki: Husni isobat va mavqe'i munosibda va munbit bir zaminda iste'mol kabi, sobiqan mazkur boshqa nuqtalar bilan shisha kabi mavarosidan ittilo'i tom va malakani koʻrsatgan fazlakalar mumkin emas. Ha, kalomi vohid ikki mutakallimdan chiqsa; birining johilligiga va narigisining ilmiga ba'zi umuri marmuza-i gʻayri masmu'a bilan dalolat qiladi.
Ey men bilan shu kitobning avvali manozilidan xayoli bilan sayru safar etgan birodari vijdon! Keng bir nazar bilan nazar et va muvozana et. Oʻz xayolingda muhokama etish uchun bir majlisi oliyni tashkil et. Soʻngra esa "Muqaddimoti isna a'shar"dan muntaxobotini da'vat qil, hozir boʻlsinlar. Soʻngra esa shu qoidalar bilan mushovara et! Xullas:
Bir shaxs koʻp fununda mutaxassis va malaka sohibi boʻlmaydi.
Hamda bir kalom ikki mutakallimdan mutafovitdir, boshqalashadi.
Va hamda funun, mururi zamon bilan talohuqi afkorning natijasidir.
Hamda mustaqbaldagi badihiy bir narsa, moziyda nazariy boʻlishi mumkin.
Hamda madaniylarning ma'lumi, badaviylarga majhul boʻlishi mumkin.
Hamda moziyni mustaqbalga qiyos qilish, bir qiyosi xodi'i mushabbitdir.
Hamda ahli vabar va badiyaning basotati esa ahli madar va madaniyatning hiyla va dasoisiga mutahammil emas. Ha, na'am; hiyla madaniyatning pardasi ostida tasattur eta oladi.
Hamda juda koʻp ulum, odot va ahvol va vuqu'otning talqinoti bilan tashakkul eta oladi.
Hamda basharning nuri nazari mustaqbalga nufuz etolmaydi. Mustaqbalga maxsus boʻlgan narsalarni koʻrolmaydi.
Hamda basharning qonuni uchun bir umri tabiiy bordir. Nafsi bashar kabi u ham inqito' etadi.
Hamda atrof-muhit, zamon va makonning nufusning ahvolida buyuk bir ta'siri bordir.
Hamda eski vaqtda horiquloda boʻlgan narsalar, hozir oddiy qatoriga oʻta oladi. Zero mabodiy takammul etishgan.
Hamda zakovat agar garchi horiqo boʻlsa ham, bir fanning takmiliga kifoya emas. Qanday koʻp fanlarda kifoyat etadi?
Mana ey birodar! Shu zotlar bilan mushovara et. Soʻngra esa mufattishlik sifati bilan nafsingni tajrid et. Xayoloti muhitiya va avhomi zamoniyaning kiyimlarini yech, yalangʻoch boʻl. Bahri bikaroni zamoning boʻlgan shu asrning sohilidan ichiga kir. Toki asri saodat boʻlgan orolga chiq. Xullas, hamma narsadan avval sening nazaringga tushadigan va tajalliy etadigan shuki:
Vohid, yordamchisi yoʻq, saltanati mafqud, bitta shaxs; umum olamga qarshi muboraza etadi. Va kura-i zamindan yanada katta bir haqiqatni yelkasiga olgan va butun navi basharning saodatiga takafful etgan bir shariatiki: U shariat, fununi haqiqiya va ulumi Ilohiyaning zubdasi boʻlib, iste'dodi basharning numuvvi darajasida tavassu' etib ikki olamda samara berib ahvoli basharni goʻyo bir majlisi vohid, bir zamoni vohidning ahli kabi tanzim etgan shunday bir adolatni ta'sis etadi.
Agar u shariatning navomisidan soʻrasangki: Qayerdan kelyapsiz? Va qayerga ketasiz? Senga shunday javob beradilarki: Biz kalomi azaliydan kelganmiz. Navi basharning salomati uchun abadning yoʻlida rafoqat uchun abadga ketamiz. Bu dunyo-i foniyani bitirib, bizning suriy boʻlgan irtibotimiz uzilsa ham; doimo ma'naviyatimiz basharning rahbari va gʻido-i ruhoniysidir.
Shubahot va shukukning uch manbari bordir.
Shunday: Agar maqsudi Shari'dan va afkorning iste'dodlari nisbatida boʻlgan irshoddan tajohul etib, butun avhomi sayyianing uyasi hukmida boʻlgan shunday bir magʻlata bilan e'tiroz etsangki, shariatning boshi boʻlgan Qur'onda uch nuqta bordir:
Birinchisi: Qur'onning mabih-il imtiyozi va vuzuhi ifoda ustida muassas boʻlgan balogʻatga munofiydirki, vujudi mutashabehot va mushkulotdir.
Ikkinchisi: Shariatning maqsudi haqiqiysi boʻlgan irshod va ta'limga munofiydirki, fununi akvonda bir daraja ibhom va itloqotidir.
Uchinchisi: Tariqi Qur'on boʻlgan tahqiq va hidoyatga muxolifdir. Xullas, u ham ba'zi zavohirni dalili aqliyning xilofiga imola etib, xilofi voqe'ga ehtimolidir.
Ey birodar!.. Tavfiq Allohdandir. Men ham deymanki: Sababi nuqson koʻrsatganing shu uch nuqta tavahhum etganing kabi emas. Balki uchovi ham i'jozi Qur'onning eng sodiq shohidlaridir.
Xullas:
Birinchi nuqtaga javob: Zotan ikki dafa shu javobni zimnan koʻrgansan. Shundayki:
Insonlarning aksari jumhuri avomdir. Nazari Shari'da aqal aksarga tobedir. Zero avomga muvajjah boʻlgan xitobni xoslar fahm va istifoda etadilar. Aksincha boʻlsa, boʻlolmaydi. Xullas, jumhuri avom esa, ma'luf va mutaxayyolotidan tajarrud etib haqoiqi mujarrada va ma'quloti sirfani tomosha qilolmaydilar. Magar mutaxayyolotlarini durbin kabi tavsit etsalar... Faqat mutaxayyolotning suratlariga hasr va vaqfi nazar etish, jismiyat va jihat kabi mahol narsalarni istilzom etadi. Lekin nazar u suratlardan oʻtib haqoiqni koʻradi. Masalan, koinotdagi tasarrufi Ilohiyni sultonning sariri saltanatida boʻlgan tasarrufining suratida tomosha qila oladilar.
kabi...
Xullas, hissiyoti jumhur shu markazda boʻlishgani uchun, albatta irshod va balogʻat iqtizo etadiki: Ularning hissiyoti rioyat va ehtirom etilsin va afkorlari ham bir daraja mumashat va ehtirom etilsin. Xullas, rioyat va ehtirom; uquli basharga qarshi boʻlgan tanazzuloti Ilohiya bilan tasmiya qilinadi. Ha, u tanazzulot ta'nisi azhan uchundir. Oʻninchi Muqaddimaga murojaat et.
Xullas shuning uchundirki: Haqoiqi mujarradani tomosha qilish uchun hissiyot va xayol-olud jumhurning nazarlarini erkalagan suvari mutashabihadan bittadan durbin vaz' etilgan. Xullas shu javobni tayid etgan ma'oni-i a'miqa yoki mutafarriqani bir surati sahl va basitada tasavvur yoki tasvir etish uchun insonlarning kalomida istioroti kasirani irod etadilar. Demak, mutashabehot ham istiorotning eng agʻmaz boʻlgan qismidir. Zero eng xofiy haqoiqning suvari misoliyasidir. Demak, ishkal esa ma'noning diqqatidandir, lafzning igʻloqidan emas.
Ey moʻ'tariz! Insof bilan nazar sol, fikri basharning, xususan avomning fikrlaridan eng uzoq boʻlgan haqoiqni shunday bir tariq bilan taqrib etish, ajabo tariqi balogʻat boʻlgan muqtazo-i holning mutobaqatiga muvofiq va maqomning nisbatida kamoli vuzuh va ifodaga mutobiqdir; yoxud tavahhum etganing kabidir? Hakem sen boʻl...
Ikkinchi nuqtaga javob: Ikkinchi Muqaddimada mufassalan oʻtgan. Olamda mayl-ul istikmolning shoxi boʻlgan insondagi mayl-ut taraqqiyning samaroti va tajorubi kasira bilan va natoiji afkorning talohuqi bilan tashakkul etgan va mardivani taraqqiyning zinapoyalari hukmida boʻlgan funun esa; mutarattiba va muta'avina va mutasalsiladirlar. Ha, mutaaxxirning in'iqodi, mutaqaddimning tashakkuliga vobastadir. Demak, muqaddam boʻlgan fan ulumi muta'arifaning darajasiga keladi; soʻngra mutaaxxiringa muqaddima boʻlishi mumkin.
Bu sirga binoan: Shu zamonda tamaxxuzi tajorub bilan sahtga chiqib va tavallud etgan bir fanning deylikki oʻn asr avval bir odam tafhim va ta'limiga urinsa edi, magʻlata va safsataga tushirishdan boshqa bir narsa qilolmas edi.
Masalan, aytilsa: "Shamsning sukuni bilan arzning harakatini va bir qatra suvda bir million hayvonotning boʻlganliklarini tomosha qilingki, Sone'ning azamatini bilasiz."
Jumhuri avom esa; hissi zohir yoki gʻolati hisning sababi bilan xiloflarini zaruriy bilganlari uchun yo takzib yoki nafslariga mugʻolata yoki mahsus boʻlgan narsaga mukobara etishdan boshqa qoʻllaridan bir narsa kelmasdi. Chalkashtirish esa; xususan oʻninchi asrga qadar, minhoji irshodga buyuk bir vartadir. Azjumla: Sathiyati arz va davaroni shams ular tomonidan badihiyoti hissiyadan sanalar edi.
Shu kabi masalalar, mustaqbaldagi nazariyotga qiyos qilinmaydi. Zero mustaqbalga oid boʻlgan narsalarga hissi zohir taalluq etmagani uchun, ikki jihati ham muhtamaldir. E'tiqod qilinishi mumkin. Imkon darajasidadir. Itminon mumkindir. Uning haqqi sarihi tasrih etishdir. Lekin qachonki hisning gʻolati bizning "ma nahnu fih"imizni imkon darajasidan badohatga, ya'ni jahli murakkabga chiqardi. Uning nazari balogʻatda hech inkor qilinmaydigan haqqi esa; ibhom va itloqdir. Toki azhon mushavvash boʻlmasinlar. Faqat haqiqatga talvih va ramz va imo etish kerak. Afkor uchun eshiklarni ochish, duxulga da'vat etish lozimdir. Qandayki shariati gʻarra shunday qilgan.
Eshit ey birodar! Insofdanmi, taharri-i haqiqat bundaymiki: Sen irshodi mahz va ayni balogʻat va hidoyatning magʻzi boʻlgan narsani, irshodga munofiy va mubayin tavahhum qilsang? Va balogʻatcha ayni kamol boʻlgan narsani nuqson taxayyul etsang?
Ey ayyuhal-hoto! Ajabo, sening zehni saqimingda balogʻat shumi, azhonni tagʻlit va afkorni chalkashtirish va atrof-muhitning muso'adasizligi va zamonning adami i'dadidan azhon musta'id boʻlmaganlari uchun, uqulga tahmil etilmagan narsalarni taklif etishdir? Kallo!
bir dasturi hikmatdir. Istasang, muqaddamotga murojaat et... Xususan Birinchi Muqaddimani yaxshilab tafakkur qil!
Xullas, ba'zi zavohirni dalili aqliyning xilofiga koʻrsatish boʻlgan Uchinchi Nuqtaga javob:
Birinchi Muqaddimada tadabbur et, soʻng buni ham tinglaki; Shari'ning irshodi jumhurdan maqsudi asliysi: Isboti Sone'-i Vohid va nubuvvat va hashr va adolatda munxasirdir. Shunday ekan: Qur'ondagi zikri akvon, istidrodiy va istidlol uchundir. Jumhurning afhomiga koʻra san'atda zohir boʻlgan nizomi badi' bilan nazzomi haqiqiy boʻlgan Sone'-i Zuljalolga istidlol etish uchundir. Holbuki san'atning asari va nizomi hamma narsadan tazohur etadi. Tashakkul xususiyati qanday boʻlsa boʻlsin, maqsadi asliyga taalluq etmaydi.
Muqarrardirki, dalil mudda'odan avval ma'lum boʻlishi kerak. Shuning uchun ba'zi nususning zavohiri, ittizohi dalil va isti'nasi afkor uchun jumhurning mu'taqadoti hissiyalariga imola etilgandir. Faqat dalolat etish uchun emasdir. Zero Qur'on, oyotining talofifida shunday amorot va qaroinni nasb etgandirki; u sadaflardagi javohirni va u zavohirdagi haqiqatlarni ahli tahqiqqa barmoq bilan koʻrsatadi va ishorat qiladi.
Ha, "Kalimatulloh" boʻlgan Kitobi Mubinning ba'zi oyoti ba'zisiga mufassirdir. Ya'ni, ba'zi oyoti axovatining mafiz-zamirlarini izhor etadi. Unday boʻlsa, ba'zilari boshqa bir qismga qorina boʻlishi mumkinki; ma'no-i zohiriy murod emas.
Agar istidlolning maqomida deyilsa ediki: Elektrning ajoyibi va joziba-i umumiyaning gʻaroibi va kura-i arzning yavmiya va sanaviya boʻlgan harakati va yetmishdan ziyoda boʻlgan anosirning imtizoji kimyoviyalarini va shamsning istiqrori bilan barobar koʻrinishda boʻlgan harakatini nazarga oling, toki Sone'ni bilasiz! Mana oʻsha vaqt dalil boʻlgan san'at ma'rifati Sone' boʻlgan natijadan yanada xofiy va yanada gʻomiz va qoida-i istidlolga munofiy boʻlganidan, ba'zi zavohiri afkorga koʻra imola boʻlgandir. Bu esa yo mustatba'ut-tarokib qabilasidan yoki kinoiy navidan boʻlgani uchun, madori sidq va kizb boʻlmaydi. Masalan: قَالَ lafzidagi alif, alifdir. Asli vov boʻlsin, kof boʻlsin, nima boʻlsa boʻlsin, ta'sir qilmaydi.
Ey birodar! Insof qil... Ajabo shu uch nuqta-i e'tiroz jami' a'sorda jami' insonlarning irshodlari uchun inzol etilgan Qur'onning i'joziga eng zohir dalil emasmidir? Ha..
Na'am.. xayolning qanday haddi borki; nur-afshon boʻlgan nazariga qarshi oʻzini haqiqat koʻrsata olsin. Ha, maslagi nafsi haq va mazhabi ayni sidqdir. Haq esa tadlis va tagʻlit etishdan mustagʻniydir.
BESHINCHI MASLAK
Ma'rufa va mashhura boʻlgan havoriqi zohira va moʻ'jizoti maxsusadir. Siyar va tarixning kitoblari ular bilan mashhundir. Ulamoyi kirom (jazahumullohu hoyron) haqqi bilan tafsir va tadvin etishgan. Ma'lumning ta'limi lozim boʻlmagani uchun, biz tafsiliga kirmadik.
Shu havoriqi zohiraning har bir fardi garchi mutavotir emasdir, mutlaqo jinslari, balki koʻp anvo'i qat'iyan va yaqiynan mutavotiri bilma'nodir. U havoriq bir necha turdan iboratdir. Xullas:
Bir turi: Irhosoti mutanavvi'adir. Goʻyo u asr, Paygʻambardan (S.A.V.) istifoda va istifoza etib karomat sohibi boʻlganidan, qalbi hassosidan hissi qoblal vuqu'ga binoan irhosot bilan Faxri Olamning kelishini ixbor etgan.
Bir turi ham: Gʻaybdan boʻlgan ixboroti kasirasidir. Goʻyo tayyor boʻlgan ruhi mujarradi, zamon va makoni muayyanning qaydlarini sindirgan va hududi moziya va mustaqbalani buzib oʻtgan, har tarafini koʻrib bizga aytgan va koʻrsatgan.
Bir qismi ham: Tahaddi vaqtida izhor qilingan havoriqi hissiyadir. Mingga yaqin ta'dad etilgan. Demak, aytganimiz kabi, har bir fardi ahadiy ham boʻlsa, majmui mutavotiri bilma'nodir.
Birisi: Muborak boʻlgan barmoqlaridan suvning naba'onidir. Goʻyo ma'dani saxovat boʻlgan yadi muborakasidan moya-i hayot boʻlgan suvning naba'oni bilan, manba-i hidoyat boʻlgan lisonidan moya-i arvoh boʻlgan ziloli hidoyatning oqib ketishini hissan tasvir etadi.
Biri: Takallumi shajar va hajar va hayvondir. Goʻyo hidoyatidagi hayoti ma'naviya, jamodot va hayvonotga ham siroyat etib nutqqa keltirgandir.
Biri ham: Inshiqoqi qamardir. Goʻyo qalbi samo hukmida boʻlgan Qamar, muborak boʻlgan qalbi bilan inshiqoqda bir munosabat paydo qilish uchun siyna-i sof va barroqini muborak barmoqning ishorati bilan ishtiyoqan shaqqu chok etgandir.
Inshiqoqi qamar mutavotiri bilma'nodir.
boʻlgan oyati karima bilan sobitdir. Zero, hatto Qur'onni inkor qilgan ham bu oyatning ma'nosiga qarshi chiqmagandir. Hamda ehtimol berishga shoyon boʻlmagan bir ta'vili zaifdan boshqa ta'vil va tahvil etilmagandir.
Inshiqoq ham oniy, ham kechasi, ham vaqti gʻaflat, ham shu zamon kabi osmonga adami tarassud, ham vujudi sahab, ham ixtilofi matoli' jihati bilan butun olamning koʻrishlari lozim boʻlmaydi va lozim emasdir. Hamda ham-matla' boʻlganlarda sobitdirki, koʻrilgandir.
Birisi va eng birinchisi va eng kubrosi boʻlgan Qur'oni Mubindir. Xullas sobiqan bir parchasiga imo qilingan yetti jihat bilan i'jozi mubarnahdir. Ila oxirihi... Boshqa moʻ'jizotni kutubi moʻ'tabaraga havola qilaman.
Ey mening kalomimni mutolaa etgan zavot! Keng bir fikr bilan va mutayaqqiz bir nazar bilan va muvozanali bir basirat bilan majmu'i kalomimni, ya'ni masoliki hamsani hamma yerni qamragan bir doira yoki mustadir bir qal'a devori deb nazarga olinglar, Muhammad alayhissalotu vassalamning nubuvvatiga markaz kabi tomosha qilinglar. Va yoxud sultonning atrofiga halqa boʻlgan asokiri muta'avinaning nazari bilan qaranglar! Toki bir tarafdan hujum qilgan avhomni mutajaviba va muta'avina boʻlgan javonibi saira daf qila olsin.
Xullas shu holda Yaponlarning savoli boʻlgan
ga qarshi deyman: Mana Muhammad alayhissalotu vassalam...
Ne vaqt koinot tarafidan, hukumati xilqat janibidan mustantiq va sail sifati bilan yuborilgan fanni hikmat, istiqbolga tavajjuh etgan navi basharning tole'alariga uchragan; birdan fanni hikmat shunday bir qator savollarni irod etganki:
"Ey inson avlodlari! Qayerdan kelyapsiz? Kimning amri bilan? Nima qilasiz? Qayerga ketasiz? Mabdaingiz qayerdan? Va muntahongiz qayergadir?"
U vaqt navi basharning xatib va murshid va raisi boʻlgan Muhammad alayhissalotu vassalam oyoqqa turib, hukumati xilqat janibidan kelgan fanni hikmatga shunday javob bergandirki:
"Ey mustantiq afandi! Biz ma'ashiri mavjudot, Sultoni azalning amri bilan, qudrati Ilohiyaning doirasidan ma'muriyat sifati bilan kelganmiz. Shu hulla-i vujudni bizga kiydirib va shu sarmoya-i saodat boʻlgan iste'dodotni bergan, jami'-i avsofi kamoliya bilan muttasif va Vojib-ul vujud boʻlgan Hokimi Azaldir. Biz ma'ashiri bashar ham hozir saodati abadiyaning sabablarini tadorik etish bilan mashgʻulmiz. Soʻngra birdan abadga mutavajjihan shahristoni abad-ul obod boʻlgan hashri jismoniyga ketamiz.
Mana ey hikmat, valdirama va safsata sotma! Koʻrgan va eshitganing kabi ayt!"
Uchinchi Maqsad
Hashri jismoniydir. Ha, xilqat usiz boʻlmaydi va abasdir. Na'am, hashr haqdir va toʻgʻridir. Burhonning eng vazihi, Muhammad alayhissalotu vassalamdir.
Qur'oni Mubin hashri jismoniyni shu daraja izoh etganki, adno bir shubhani qoldirmagan. Xullas biz ham quvvatimizga koʻra uning barohinini bir daraja tafsir uchun bir necha maqosid va mavoqifiga ishorat qilamiz.
Ha, koinotdagi nizomi akmal, hamda xilqatdagi hikmati tomma, hamda olamdagi adami abasiyat, hamda fitratdagi adami isrof, hamda jami' funun bilan sobit boʻlgan istiqro-i tom, hamda yavm va yil kabi koʻp anvo'da boʻlgan bittadan navi qiyomati muqarrara, hamda iste'dodi basharning javhari, hamda insonning loyatanohiy boʻlgan amoli, hamda Sone'-i Hakimning rahmati, hamda Rasuli Sodiqning lisoni, hamda Qur'oni Moʻ'jizning bayoni; hashri jismoniyga sodiq shohidlar va haq va haqiqiy burhonlardir.
1- Ha, saodati abadiya boʻlmasa, nizom bir surati zaifa-i vahiyadan iborat qoladi. Jami' ma'naviyat va ravobit va nisab behuda ketadi. Demak nazzomi, saodati abadiyadir.
2- Ha, inoyati azaliyaning timsoli boʻlgan hikmati Ilohiya, koinotdagi rioyati masolih va hikam bilan mujahhaz boʻlganidan, saodati abadiyani e'lon qiladi. Zero saodati abadiya boʻlmasa, koinotda bilbedaho sobit boʻlgan hikam va favoidga qarshi mukobara etiladi.
3- Na'am, aql va hikmat va istiqroning shahodatlari bilan sobit boʻlgan xilqatdagi adami abasiyat; hashri jismoniydagi saodati abadiyaga ishorat, balki dalolat qiladi. Zero, adami sirf hamma narsani abas etadi.
4- Ha fitratda, azjumla olami sugʻro boʻlgan insonda, fanni manofi'-ul a'zoning shahodati bilan, sobit boʻlgan adami isrof koʻrsatadiki: Insonda boʻlgan iste'dodoti ma'naviya va amol va afkor va muyulotining adami isrofini isbot qiladi. U esa saodati abadiyaga nomzod boʻlganini e'lon qiladi.
5- Ha, shunday boʻlmasa, umuman quriydi, behuda ketadi. Fayo lil-ajab! Bir javhari jahonbahoning gʻilofiga nihoyat daraja diqqat va i'tino etilsa, hatto changning qoʻnishidan muhofaza qilinsa, qanday va qay suratda u javhari yagonani sindirib mahv etadi? Kallo! Unga i'tino, uning xotirasi uchundir.
6- Ha, sobiqan bayon qilingani kabi, jami' funun bilan hosil boʻlgan istiqro-i tom bilan sobit boʻlgan intizomi komil, u intizomni ixloldan xalos aylagan va takammul va umri abadiyga mazhar etgan hashri jismoniyning sadafida boʻlgan saodati abadiyani bizzarura iqtizo etadi.
7- Ha, soatning soniya va daqiqa va soat va kunlarni sanagan charxlariga oʻxshagan yavm va yil va umri bashar va davaroni dunyo; bir-biriga muqaddima boʻlib aylanadi, ishlaydi. Tundan soʻng nahorni, qishdan soʻng bahorni qilganlari kabi, mavtdan soʻng qiyomat ham u dastgohdan chiqishini xabar beradilar.
Ha, insonning har fardi bittadan nav kabidir. Zero nuri fikr uning amoliga shunday bir vus'at berganki; butun azmanni yutsa, toʻymaydi. Boshqa anvo'ning afrodlarining mohiyati, qiymati, nazari, kamoli, lazzati, alami esa juz'iy va shaxsiy va mahdud va mahsur va oniydir. Basharning esa ulviy, kulliy, sarmadiydir. Yavm va yilda boʻlgan koʻp navlarda boʻlgan bittadan nav qiyomati mukarrara-i naviya bilan insonda bir qiyomati shaxsiya-i umumiyaga ramz va ishorat, balki shahodat qiladi.
8- Na'am, basharning javharida gʻayri mahsur iste'dodotida mundamij boʻlgan gʻayri mahdud boʻlgan qobiliyotdan nash'at etgan muyulotdan hosil boʻlgan loyatanohiy amolidan tavallud etgan gʻayri mutanohiy afkor va tasavvuroti, mavaro-i hashri jismoniyda boʻlgan saodati abadiyaga qoʻlini uzatgan va maddi nazar etib u tarafga mutavajjih boʻlgandir.
9- Na'am, Sone'-i Hakim va Rahmon-ur Rahimning rahmati esa; jami' ni'omni ne'mat qilgan va niqmatlikdan xalos qilgan va koinotni firoqi abadiydan hosil boʻlgan dod-faryodlardan xalos qilgan saodati abadiyani navi basharga beradi. Zero shu har bir ne'matning raisi boʻlgan saodati abadiyani bermasa, jami' ne'matlar niqmatga tahavvul etib, bizzarura va bilbedaho va umum koinotning shahodati bilan sobit boʻlgan rahmatni inkor etish lozim boʻilai.
Mana ey birodar! Mutanavvi' boʻlgan ne'matlardan yolgʻiz muhabbat va ishq va shafqatga diqqat qil. Soʻngra esa firoqi abadiy va hijroni loyazaliyni nazarga ol. Qanday u muhabbat eng buyuk musibat boʻladi! Demak hijroni abadiy muhabbatga qarshi chiqolmaydi. Xullas, saodati abadiya u firoqi abadiyaga shunday bir tarsaki tushiradiki, adam-obod hecha-hechga otadi.
10- Na'am, sobiq boʻlgan besh maslagi bilan sidq va haqqoniyati mubarhan boʻlgan Paygʻambarimizning lisoni, hashri jismoniyning dafinasidagi saodati abadiyaning kalitidir.
11- Na'am, yetti jihat bilan oʻn uch asrda i'jozi musaddaq boʻlgan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon hashri jismoniyning kashshofidir va fattohidir va basmala-kashidir.
Qur'onda ishorat qilingan hashrga doir ikki dalilning bayonidadir. Xullas
Bu risolaning muallifi, Ustoz Badiuzzamon Hazratlari bu risolaning ta'lifidan oʻttiz yil soʻngra ta'lif qilgan Risola-i Nur Kulliyotidan "Toʻqqizinchi Shua"ning boshida deydiki:
Latif bir inoyati Rabboniyadirki: Bundan oʻttiz yil avval Eski Said, yozgan tafsiri muqaddimasi "Muhakamot" nomli asarning oxirida; "Ikkinchi maqsad: Qur'onda hashrga ishorat etuvchi ikki oyat tafsir va bayon qilinadi.
" deb toʻxtagan. Boshqa yozolmagan. Xoliqi Rahimimga daloil va amoroti hashriya adadicha shukr va hamd boʻlsinki: Oʻttiz yil oʻtib tavfiq ehson ayladi.
Ukam Abdulmajidning Taqrizidir
Yaqiynning koshifi, muftahi balogʻatdir
Haqiqatga, manori ihtido udir
Haqning kashshofi, balogʻatcha misolsizdir
Balogʻat aroriga bir misbahi vajjahdir
Masoildan nima mushkul boʻlsa, unda zohirdir
Butun asdafi alfazda asrori balogʻatdir
Haqning javhari oliysi bilan olmosi haqiqatdan
Shukukka qarshi qilingan bir sayfi qoti'dir
Muzahhab pogʻonali shu samovoti kamolotga
Uruj etish uchun haqqi bilan bir nuroniy mirqatdir.
MUNDARIJA
Muqaddima
BIRINCHI MAQOLA (Unsuri haqiqatning va yoxud ba'zi muqaddimot va masoil bilan Islomiyatga sayqal berishning bayonidadir.)
Birinchi Muqaddima (Aql va naqlning ta'arruzi, Qur'onning maqosidi asosiyasi.)
Ikkinchi Muqaddima (Olamda mayl-ul istikmol, masoilning ikki qism boʻlishi, moddiyot-ma'naviyat farqi.)
Uchinchi Muqaddima (Isroiliyotning va hikmati Yunoniyaning afkori Islomiyatga qoʻshilishi.)
Toʻrtinchi Muqaddima (Shuxrat insonning moli boʻlmagan narsani ham insonga mol etadi.)
Beshinchi Muqaddima (Majoz ilmning qoʻlidan jaholat qoʻliga tushsa, haqiqatga inqilob etadi.)
Oltinchi Muqaddima (Tafsirda mazkur boʻlgan har bir mavzu tafsirdan boʻlishi lozim boʻlmaydi.)
Yettinchi Muqaddima (Mubolagʻa ixtilolchidir.)
Sakkizinchi Muqaddima (Abno-i moziy bilan abno-i mustaqbalni muvozana.)
Toʻqqizinchi Muqaddima (Xilqati olamda maqsudi bizzot va gʻolibi mutlaq, yolgʻiz husn va xayr va haq va kamoldir.)
Oʻninchi Muqaddima (Bir kalomda, har fahmga kelgan narsalarda mutakallim muoxaza qilinmaydi.)
Oʻn Birinchi Muqaddima (Kalomi vohidda ahkomi mutaaddida boʻlishi mumkin.)
Oʻn Ikkinchi Muqaddima (Magʻzni topmagan poʻchoq bilan mashgʻul boʻladi.)
Birinchi Masala (Arzning dumaloq boʻlishi.)
Ikkinchi Masala (Arzning hoʻkiz va baliq ustida boʻlishi)
Uchinchi Masala (Qof Togʻi)
Toʻrtinchi Masala (Saddi Zulqarnayn, Ya'juj Ma'juj)
Beshinchi Masala (Jahannam yer ostidadir.)
Oltinchi Masala (Qur'onning balogʻati, xasois va mazoya, xususan istiora va majoz ustida muassasadir.)
Yettinchi Masala (Qur'onda zikr qilingan, faqat haqiqatga zid koʻringan ba'zi ifodalarda buyuk bir nukta-i balogʻat bor ekani haqida.)
Sakkizinchi Masala (Imkonotni vuqu'otga aralashtirmaslik, imkoni zotiy yaqiyni ilmiyga munofiy boʻlmagani, imkoni vahmiyni imkoni aqliy bilan iltibos etmaslik, majozning har yerida taharri-i haqiqat etmaslik kabi xususlar.)
IKKINCHI MAQOLA (Balogʻatning ruhiga taalluq etgan bir necha masalaning bayonidadir.)
Birinchi Masala (A'jam, Arablarga muxtalit boʻlganlaridan; balogʻati Qur'oniyaning ma'danini mushavvash etganlari.)
Ikkinchi Masala (Kalomning hayotlanishi va nashvu namosi; ma'nolarning tajassumi bilan va jamodotga nafhi ruh etish bilan bir mukolama va mubohasani ichlariga otishdir.)
Uchinchi Masala (Kalomning albisa-i faxirasi va yoxud jamoli va surati, uslub bilandir.)
Toʻrtinchi Masala (Kalomning quvvat va qudratining manbai.)
Beshinchi Masala (Kalomning sarvat va vus'atining manbai.)
Oltinchi Masala (Kalomning samaroti; tabaqoti muxtalifada, suvari mutaaddidada tashakkul etgan ma'oniydir.)
Yettinchi Masala (Balogʻatning uqda-i hayotiyasi, xorijiyotning navomisi va maqoyisini tamassul etishdir.)
Sakkizinchi Masala (Ma'oni-i bayoniyaning emlashi va talqihi va ma'nolarning bajoyish va inqiloblari.)
Toʻqqizinchi Masala (Iroda-i juz'iyani va tasavvuri basitni ojiz qoldirgan kalomning yuksak tabaqasi.)
Oʻninchi Masala (Kalomning salosati.)
Oʻn Birinchi Masala (Bayonning salomat va sihati.)
Oʻn Ikkinchi Masala (Kalomning salomat va randalanishi va i'tidoli mizoji.)
UCHINCHI MAQOLA (Unsuri Aqida bilan ajviba-i Yaponiya bayonidadir.)
Birinchi Maqsad (Daloili Sone' bayonidadir.)
Ikkinchi Maqsad (Paygʻambarimiz (S.A.V.) ham Sone'ga, ham nubuvvatga, ham hashrga, ham haqqa, ham haqiqatga bir hujjati qat'iyadir.)
Uchinchi Maqsad (Hashri jismoniydir.)
Ukalari Abdulmajidning Taqrizi