YIGIRMANCHI MAKTUB
(Bomdod va shom namozidan keyin takror qilinishida juda ham koʻp fazilat boʻlgan va bir rivoyati sahihada ismi a'zam martabasini tashigan bu jumla-i tavhidiyaning oʻn bir kalimasi bor. Har bir kalimasida ham bittadan xushxabar va bashorat, ham bittadan martaba-i tavhidi rububiyat, ham bir ismi a'zam nuqtasida bir kibriyo-i vahdat va bir kamoli vahdoniyat bordir. Bu buyuk va ulviy haqiqatlarning izohini boshqa Soʻzlarga havola qilib, bir va'daga binoan, hozircha mujmal bir xulosa suratida; "Ikki Maqom", bir "Muqaddima" bilan unga bir mundarija yasaymiz.
Muqaddima
Qat'iyan bilginki: Xilqatning eng yuksak gʻoyasi va fitratning eng ulkan natijasi iymoni Billohdir. Va insoniyatning eng oliy martabasi va bashariyatning eng buyuk maqomi, iymoni Billoh ichidagi ma'rifatullohdir. Jin va insning eng porloq saodati va eng totli ne'mati, ma'rifatulloh ichidagi muhabbatullohdir. Va ruhi bashar uchun eng xolis surur va qalbi inson uchun eng sof sevinch, muhabbatulloh ichidagi lazzati ruhoniyadir.
Ha, butun haqiqiy saodat va xolis surur va shirin ne'mat va sof lazzat, albatta ma'rifatulloh va muhabbatullohdadir. Ular usiz boʻlolmaydi. Janobi Haqni tanigan va sevgan nihoyatsiz saodatga, ne'matga, nurlarga, sirlarga yo bilquvva yoki bilfe'l mazhardir. Uni keragidek tanimagan, sevmagan nihoyatsiz shaqovatga, alamlarga va vahimalarga ma'nan va moddatan mubtalo boʻladi.
Ha, shu parishon dunyoda, ovora navi bashar ichida, samarasiz bir hayotda; sohibsiz, homiysiz bir suratda; ojiz, miskin bir inson butun dunyoning sultoni boʻlsa ham, necha pulga arziydi? Shu ovora navi bashar ichida, bu parishon foniy dunyoda; inson sohibini tanimasa, molikini topmasa, naqadar bechora sargardon boʻlishi hammaga maʻlum. Agar sohibini topsa, molikini tanisa, u vaqt rahmatiga iltijo qiladi, qudratiga istinod etadi. U vahshatgoh boʻlgan dunyo bir tanazzuhgohga aylanadi va bir tijoratgoh boʻladi.
BIRINCHI MAQOM
Shu kalomi tavhidiyning oʻn bir kalimasining har birida bittadan xushxabar bor. Va u xushxabarda bittadan shifo va u shifoda bittadan lazzati ma'naviya mavjud.
BIRINCHI KALIMA: لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ da shunday bir xushxabar borki: Hadsiz ehtiyojlarga mubtalo, nihoyatsiz dushmanlarning hujumiga nishon boʻlgan ruhi insoniy bu kalimada shunday bir nuqta-i istimdod topadiki, butun hojatlarini ta'minlaygan xazina-i rahmat eshigini unga ochadi va shunday nuqta-i istinodni topadiki, butun dushmanlarining sharridan amin qiladigan bir qudrati mutlaqaning sohibi boʻlgan oʻz Ma'budini va Xoliqini bildiradi va tanitadi, sohibini koʻrsatadi, Moliki kim ekanini namoyon qiladi. Va shu bilan qalbni vahshati mutlaqadan va ruhni huzni aliymdan qutqarib, abadiy farohni, doimiy sururni ta'min qiladi.
IKKINCHI KALIMA: وَحْدَهُ Shu kalimada shifoli, saodatli bir xushxabar bor. Shundayki: Koinotning aksar anvo'i bilan aloqador va u aloqadorlik tufayli parishon va chalkashlik ichida boʻgʻilish darajasiga kelgan ruhi bashar va qalbi inson وَحْدَهُ kalimasida bir malja, bir xaloskor topadiki, uni butun chalkashlikdan, parishoniyatdan qutqaradi. Ya'ni, وَحْدَهُ ma'nan deydi: "Alloh birdir". Boshqa narsalarga murojaat qilib oʻzingni charchatma, ularga tazallul etib minnat chekma, ularga tamalluq etib boʻyin egma, ularning orqasidan ergashib zahmat chekma, ulardan qoʻrqib titrama. Chunki Sultoni Koinot birdir, hamma narsaning kaliti uning yonida, hamma narsaning tizgini uning qoʻlidadir; hamma narsa uning amri bilan hal qilinadi. Uni topsang, har matlubingni topding; hadsiz minnatlardan, qoʻrquvlardan qutulding.
UCHINCHI KALIMA: لَا شَر۪يكَ لَهُ Ya'ni: Qandayki uluhiyatida va saltanatida sherigi yoʻqdir; "Alloh" birdir, mutaaddid boʻlolmaydi. Shuning kabi; Rububiyatida va ijrootida va ijodotida ham sherigi yoʻqdir. Ba'zan sulton bir boʻladi, saltanatida sherigi boʻlmaydi.. lekin ijrootida uning ma'murlari uning sherigi sanaladilar va uning huzuriga har kimning kirishiga mone boʻladilar. "Bizga ham murojaat qil", deydilar. Lekin Azal, Abad Sultoni boʻlgan Janobi Haq, saltanatida sherigi boʻlmagani kabi, ijrooti rububiyatida ham muinlarga, sheriklarga muhtoj emas. Amr va irodasi, havl va quvvati boʻlmasa, hech bir narsa hech bir narsaga mudohala qilolmaydi. Toʻgʻridan-toʻgʻri hamma unga murojaat qila oladi. Sherigi va muini boʻlmagani uchun, murojaatchi odamga "Mumkin emas, uning huzuriga kirolmaysan", deyilmaydi.
Bu kalima ruhi bashar uchun shunday xushxabar beradiki: Iymonni qoʻlga kiritgan ruhi bashar monesiz, mudohalasiz, hailsiz, ta'qiqsiz, har holida, har orzusida, har onda, har yerda u azal va abad va xazoini rahmat moliki va dafoini saodat sohibi boʻlgan Jamili Zuljalol, Qodiri Zulkamolning huzuriga kirib, hojotini arz qila oladi. Va rahmatini topib, qudratiga istinod etib, kamoli faroh va sururni qozona oladi.
TOʻRTINCHI KALIMA: لَهُ الْمُلْكُ Ya'ni: Mulk tamoman unikidir. Sen ham uning mulkisan, ham mamlukisan, ham mulkida ishlaysan. Bu kalima shunday shifoli xushxabar beradi va aytadiki: Ey inson! Sen oʻzingni oʻzingga molik deb hisoblama. Chunki sen oʻzingni idora qilolmaysan, u yuk ogʻirdir. Bir oʻzing muhofaza qilolmaysan, balolardan saqlanib, lavozimotini ta'min qilolmaysan. Shunday ekan, behuda iztirobga tushib azob chekma, mulk boshqasinikidir. U Molik ham Qodirdir, ham Rahimdir; qudratiga istinod et, rahmatini ittihom etma. Gʻam-gʻussani ot, davringni sur. Zahmatni ot, safoni top.
Ham deydiki: Sen ma'nan sevgan va aloqadar boʻlgan va parishoniyatidan mutaassir boʻlgan va isloh qilolmagan bu koinot bir Qodiri Rahimning mulkidir. Mulkni sohibiga taslim et, unga havola qil.. jafosini emas, safosini tot. U ham Hakimdir, ham Rahimdir. Mulkida istagani kabi tasarruf qiladi, aylantiradi. Dahshatga tushgan vaqting, Ibrohim Haqqi kabi: "Mavlo koʻraylik naylar, naylarsa goʻzal aylar" de, derazalardan tomosha qil, ichlariga kirma.
BESHINCHI KALIMA: وَ لَهُ الْحَمْدُ Ya'ni: Hamd va sano, madh va minnat unga maxsusdir, unga loyiqdir. Demak, ne'matlar unikidir va uning xazinasidan chiqadi. Xazina esa doimiydir. Demak, bu kalima shunday xushxabar berib aytadiki: Ey inson! Ne'matning zavolidan alam chekma. Chunki rahmat xazinasi tuganmas. Va lazzatning zavolini oʻylab, alamdan faryod qilma. Chunki ne'mat mevasi bir rahmati benihoyaning samarasidir. Daraxti boqiy boʻlsa, mevasi ketsa ham, oʻrniga keladigani bor. Ne'matning lazzati ichida oʻsha lazzatdan yuz daraja koʻproq lazzatli bir iltifoti rahmatni hamd bilan oʻylab, lazzatni birdan yuz darajaga chiqara olasan. Qandayki bir podshohi zishon senga hadya qilgan bir olma lazzati ichida yuz, balki ming olmaning lazzatidan ustun iltifoti shohona lazzatini senga ihsos va ehson etadi. Shunga oʻxshab, لَهُ الْحَمْدُ kalimasi bilan, ya'ni hamd va shukr bilan, ya'ni ne'matdan in'omni his qilish bilan, ya'ni Mun'imni tanish bilan va in'omini oʻylash bilan, ya'ni uning rahmatining iltifotini va shafqatining tavajjuhini va in'omining davomini oʻylash bilan; ne'matdan ming daraja lazizroq, ma'naviy lazzat eshigini senga ochadi.
OLTINCHI KALIMA: يُحْي۪ى Ya'ni: hayotni bergan udir. Va hayotni rizq bilan davom ettirgan ham udir. Va lavozimoti hayotni ham tayyorlagan yana udir. Va hayotning oliy gʻoyalari unga oiddir va muhim natijalari unga qaraydi, yuzdan toʻqson toʻqqiz mevasi unikidir. Bu kalima shunday foniy va ojiz basharga nido qiladi, xushxabar beradi va deydi: Ey inson! Hayotning ogʻir takliflarini yelkangga olib zahmat chekma. Hayotning fanosini oʻylab qaygʻuga tushma. Yolgʻiz dunyoviy ahamiyatsiz mevalarini koʻrib, dunyoga kelganingdan pushaymon boʻlma. Balki u vujud kemangdagi hayot uskunasi Hayyi Qayyumga oiddir. Masorif va lavozimotini u tadorik etadi. Va u hayotning juda kasratli gʻoyalari va natijalari bor va unga oiddir. Sen u kemada bir rul boshqaruvchi askarsan. Vazifangni goʻzal bajar, haqqingni ol, davringni sur. Hayot kemasi naqadar qiymatli ekanini va naqadar goʻzal foydalar berganini va u safina sohibi boʻlgan zotning naqadar Karim va Rahim ekanini oʻyla, masrur boʻl va shukr qil va anglaki: Vazifangni istiqomat bilan qilgan vaqting, u kema bergan butun natijalar bir jihatdan sening amallar daftaringga oʻtadi, senga bir boqiy hayotni ta'minlaydi, seni abadiy sahklda tiriltiradi.
YETTINCHI KALIMA: وَ يُم۪يتُ Ya'ni: Oʻlimni bergan udir. Ya'ni: Hayot vazifasidan tarhis etadi, foniy dunyodan joyingni tabdil etadi, xizmat qiyinchiligidan ozod qiladi. Ya'ni: Hayoti foniyadan seni hayoti boqiyaga oladi. Bu kalima shunday tarzda foniy jin va insga baqiradi, deydiki:
Sizlarga xushxabar! Oʻlim i'dom emas, hechlik emas, fano emas, inqiroz emas, soʻnish emas, firoqi abadiy emas, yoʻqlik emas, tasodif emas, foilsiz bir in'idom emas. Balki bir Foili Hakimi Rahim tarafidan bir tarhis, bir tabdili makondir. Saodati abadiya tarafiga, vatani asliylariga joʻnatilishdir. Yuzdan toʻqson toʻqqiz ahbobning toʻplanadigan yeri boʻlgan barzoh olamiga bir visol eshigidir.
SAKKIZINCHI KALIMA: وَ هُوَ حَىٌّ لَا يَمُوتُ Ya'ni: Butun koinotning mavjudotida koʻringan va vasila-i muhabbat boʻlgan kamol va husn va ehsonning hadsiz darajada ustida bir jamol va kamol va ehsonning sohibi va butun mahbublarga badal birgina jilva-i jamoli kifoya boʻlgan bir Ma'budi Lamyazal, bir Mahbubi Loyazalning azaliy va abadiy bir hayoti doimasi borki; shaiba-i zavol va fanodan munazzah va avorizi naqs va qusurdan mubarrodir. Demak, bu kalima jin va insga va butun zishuurga va ahli muhabbat va ishqqa e'lon qiladiki: Sizlarga xushxabar! Mahbublaringizdan nihoyatsiz firoqlarning yaralarini davolab malham surtadigan bir Mahbubi Boqiyingiz bor. Modomiki u bor va Boqiy ekan, boshqalar nima boʻlsa boʻlsin, qaygʻurma. Balki oʻsha mahbublarda sababi muhabbatingiz boʻlgan husn va ehson, fazl va kamol u Mahbubi Boqiyning jilva-i jamoli boqiysidan koʻp pardalardan oʻtgan, gʻoyat zaif bir soyaning soyasidir. Ularning zavollari sizlarni ranjitmasin. Chunki ular bir navi oynalardir. Oynalarning oʻzgarishi shashaa-i jamolning jilvasini yangilaydi, goʻzallashtiradi. Modomiki u bor ekan, hamma narsa bor.
TOʻQQIZINCHI KALIMA: بِيَدِهِ الْخَيْرُYa'ni: Har xayr uning qoʻlidadir. Har bir qilgan yaxshiligingiz uning daftariga yoziladi. Har qilgan amali solihangiz huzurida qayd qilinadi. Bu kalima jin va insga nido qilib xushxabar beradi. Deydiki: Ey bechoralar! Qabristonga koʻchgan vaqtingiz, "Ey voh! Molimiz xarob boʻldi, mehnatimiz behuda ketdi; bu goʻzal va keng dunyodan ketib, tor tuproqqa kirdik", demanglar, faryod qilib ma'yus boʻlmanglar... Chunki sizning hamma narsangiz muhofaza qilinyapti. Har bir amalingiz yozilgan. Har bir xizmatingiz qayd qilingan. Xizmatingizning mukofotini beradigan va barcha xayr qoʻlida va hamma xayrni qila oladigan bir Zoti Zuljalol sizni jalb qilib, yer ostida muvaqqatan saqlaydi. Soʻngra huzuriga oldiradi. Qanday baxtlisizki, xizmatingizni va vazifangizni bitirdingiz. Zahmatingiz tugadi, rohatga va rahmatga ketyapsiz. Xizmat, mashaqqat tugadi; ujrat olishga ketyapsiz.
Ha, oʻtgan bahorning daftari a'molining sahifalari va xizmatlarining sandiqchalari boʻlgan danaklarni, urugʻlarni muhofaza qilgan.. va ikkinchi bahorda gʻoyat dabdabali, balki yuz daraja aslidan yanada barakali bir tarzda muhofaza qilgan, nashr qilgan Qodiri Zuljalol, albatta sizning ham natoiji hayotingizni shunday muhofaza qilyapti va xizmatingizga juda kasratli bir suratda mukofot beradi.
Ya'ni: U Vohiddir, Ahaddir, hamma narsaga qodirdir. Hech narsa unga ogʻir kelmaydi. Bir bahorni yaratish bir gul qadar unga osondir. Jannatni yaratish bir bahor qadar unga yengildir. Har kuni, har yili, har asr yangidan-yangi ijod qilyotgan hadsiz masnu'oti nihoyatsiz qudratiga nihoyatsiz lisonlar bilan guvohlik qiladilar. Bu kalima shunday xushxabar beradi. Aytadiki: Ey inson! Qilgan xizmating, ado etgan ubudiyating behuda ketmaydi. Bir dori mukofot, bir mahalli saodat sen uchun ihzor etilgan. Sening bu foniy dunyoingga badal seni boqiy jannat kutadi. Ibodat qilganing va taniganing Xoliqi Zuljalolning va'dasiga iymon va e'timod et. Unga va'dasida xulf etish maholdir. Qudratida hech bir jihatdan nuqsoniyat yoʻq. Ishlariga ajz mudohala etolmaydi. Sening kichik bogʻingni yaratgani kabi, Jannatni ham sen uchun yarata oladi va yaratgan va senga va'da bergan. Va va'da bergani uchun, albatta seni uning ichiga oladi.
Modomiki bilmushohada koʻryapmiz: Har yili yer yuzida hayvonot va nabototning uch yuz mingdan ziyoda anvo'larini va millatlarini mukammal intizom va mezon bilan, mukammal tezlik va suhulat bilan hashr etib, nashr qiladi. Albatta bunday bir Qodiri Zuljalol va'dasini bajarishga muqtadirdir. Ham modomiki har yili shunday bir Qodiri Mutlaq hashrning va Jannatning namunalarini minglab tarzda ijod qiladi. Ham modomiki butun samoviy farmonlari bilan saodati abadiyani va'da qilib, Jannatni xushxabar beradi. Ham modomiki butun ijrooti va shuunoti haq va haqiqatdir va sidq va jiddiyatdir. Va modomiki asarlarining shahodati bilan butun kamolot uning nihoyatsiz kamoliga dalolat va guvohlik qiladi. Va hech bir jihatdan nuqson va qusur unda yoʻqdir. Ham modomiki xulf-ul va'd va xilof va kizb va aldash eng xunuk xislat va nuqson va qusur ekan albatta va albatta u Qodiri Zuljalol, u Hakimi Zulkamol, u Rahimi Zuljamol va'dasini bajaradi; saodati abadiya eshigini ochadi, Odam otangizning vatani asliysi boʻlgan Jannatga sizlarni, ey ahli iymon, kirgizadi.
OʻN BIRINCHI KALIMA: وَ اِلَيْهِ الْمَص۪يرُ Ya'ni: Tijorat va ma'muriyat uchun, muhim vazifalar bilan bu dori imtihon boʻlgan dunyoga yuborilgan insonlar tijoratlarini qilib, vazifalarini tugatib va xizmatlarini itmom etgandan keyin, yana ularni yuborgan Xoliqi Zuljaloliga qaytadilar va Mavloyi Karimlariga qovushadilar. Ya'ni, bu dori foniydan ketib dori boqiyda huzuri kibriyoga musharraf boʻladilar. Ya'ni, sabablar tashvishlaridan va vositalarning qorongʻi pardalaridan qutulib, Robbi Rahimlariga maqarri saltanati abadiysida pardasiz qovushadilar. Toʻgʻridan-toʻgʻri hamma oʻz Xoliqi va Ma'budi va Robbi va Sayyidi va Moliki kim ekanini biladi va topadi. Xullas, shu kalima butun xushxabarlar uzra shunday xushxabar beradi. Va deydiki:
Ey inson! Bilasanmi qayerga ketyapsan va qayerga yuborilyapsan? Oʻttiz Ikkinchi Soʻzning oxirida aytilgani kabi: Dunyoning ming yillik mas'udona hayoti bir soatlik hayotiga muqobil kelmagan Jannat hayotining va oʻsha Jannat hayotining ham ming yili bir soatlik ru'yati jamoliga muqobil kelmagan bir Jamili Zuljalolning doira-i rahmatiga va martaba-i huzuriga ketyapsan. Mubtalo va maftun va mushtoq boʻlganingiz majoziy mahbublarda va butun mavjudoti dunyoviyadagi husn va jamol uning jilva-i jamolining va husni asmosining bir nav soyasi va butun Jannat butun latoifi bilan bir jilva-i rahmati va butun ishtiyoqlar va muhabbatlar va injizoblar va jozibalar bir lam'a-i muhabbati boʻlgan bir Ma'budi Lamyazalning, bir Mahbubi Loyazalning doira-i huzuriga ketyapsiz va ziyofatgohi abadiysi boʻlgan Jannatga chaqirilyapsiz. Shunday ekan, qabr eshigiga yigʻlab emas, kulib kiringlar.
Ham bu kalima shunday xushxabar berib aytadiki: Ey inson! Fanoga, adamga, hechlikka, zulumotga, nisyonga, chirishga, parchalanishga va kasratda boʻgʻilishga ketganingizni tavahhum etib oʻylamang! Siz fanoga emas, baqoga ketyapsiz. Adamga emas, vujudi doimiyga yuborilyapsiz. Zulumotga emas, olami nurga ketyapsiz. Sohib va Moliki Haqiqiyning tarafiga ketyapsiz va Sultoni Azaliyning poytaxtiga qaytyapsiz. Kasratda boʻgʻilishga emas, vahdat doirasida tanaffus qilasiz. Firoqqa emas, visolga mutavajjihsiz.
IKKINCHI MAQOM
BIRINCHI KALIMA: لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ da tavhidi uluhiyat va ma'budiyat bor. Bu martabaning gʻoyat quvvatli bir burhoniga shunday ishorat qilamizki: Shu koinot yuzida, xususan zaminning sahifasida gʻoyat muntazam bir faoliyat koʻrinyapti. Va gʻoyat hikmatli bir xalloqiyat mushohada qilyapmiz. Va gʻoyat intizomli bir fattohiyat, ya'ni hamma narsaga loyiq bir shakl ochish va surat berishni aynalyaqiyn koʻryapmiz. Ham gʻoyat shafqatli, karamli, rahmatli bir vahhobiyat va ehsonot koʻryapmiz. Shunday ekan, bizzarura shu hol va shu vaziyat; Faol, Xalloq, Fattoh, Vahhob bir Zoti Zuljalolning vujubi vujudini va vahdatini isbot qiladi, balki ihsos etadi. Ha, mavjudotning mutamodiyan zavollari, yangilanishlari koʻrsatadiki, u mavjudot bir Sone'-i Qodirning qudsiy asmosining jilvalari va anvori asmoiyasining soyalari va af'olining asarlari va qalami qadar va qudratning naqshlari va sahifalari va jamoli kamolining oynalaridir. Bu haqiqati uzmoga va tavhidning martaba-i ulyosiga koinotning sohibi butun yuborgan muqaddas kitoblari va suhuflari bilan u tavhidni koʻrsatgani kabi; butun ahli haqiqat va komilini navi bashar tahqiqotlari bilan va kashfiyotlari bilan ayni martaba-i tavhidni koʻrsatadilar. Va koinot ham ojizligi va faqirligi bilan barobar, mazhar boʻlgan doimiy moʻ'jizoti san'atning va havoriqi iqtidor, xazoini sarvatning shahodati bilan ayni martaba-i tavhidga ishorat qiladi. Demak, Shohidi Azaliy butun kutub va suhufi bilan va ahli shuhud butun tahqiqot va kushufi bilan va olami shahodat butun muntazam ahvol va hakimona shuunoti bilan martaba-i tavhidda bil-ijmo' ittifoq qilishadi.
Xullas, u Vohidi Ahadni qabul qilmagan yo nihoyatsiz ilohlarni qabul qiladi va yoki ahmoq Sofistaiy kabi ham oʻzini, ham koinotning vujudini inkor qiladi.
IKKINCHI KALIMA: وَحْدَهُ Bu kalima ochiqdan-ochiq bir martaba-i tavhidni koʻrsatadi. Shu martabani ham a'zamiy suratda isbot qilgan gʻoyat quvvatli burhoniga shunday ishorat qilamizki:
Biz koʻzimizni ochib, koinot yuziga nazarimizni tashlaganimizda eng avval koʻzimizga tushgan narsa umumiy va mukammal bir nizomdir va qurshagan hassos mezon ekanini koʻramiz. Hamma narsa daqiq nizom bilan, hassos mezon va oʻlchov ichidadir. Yana biroz diqqati nazar qilgan sari, yangidan-yangi tanzim va tavziniyat koʻzimizga koʻrinadi. Ya'ni: Birisi intizom bilan bu nizomni almashtiradi va tarozi bilan u mezonni yangilaydi. Hamma narsa bir model boʻlib, juda kasratli muntazam va mavzun suratlar kiydiriladi. Yana ziyoda diqqat qilgan sari, u tanzim va tavzin ostida bir hikmat va adolat koʻrinadi. Har harakatda bir hikmat va maslahat koʻzlanadi, bir haq, bir foyda ta'qib qilinadi. Yanada koʻproq diqqat qilgan sari, gʻoyat hakimona bir faoliyat ichida bir qudratning tazohuroti va hamma narsaning har sha'nini qamragan gʻoyat keng bir ilmning jilvalari nazari shuurimizga tushadi. Demak, butun mavjudotdagi nizom va mezon barchaga umumiy bir tanzim va tavzinni va oʻsha tanzim va tavzin umumiy bir hikmat va adolatni va u hikmat va adolat bir qudrat va ilmni koʻzimizga koʻrsatadi. Demak, bir Qodiri Kulli Shay va bir Alimi Kulli Shay shu pardalar orqasida aqlga koʻrinadi. Ham hamma narsaning avvaliga va oxiriga qaraymiz, xususan zihayot navida koʻramizki: Boshlangʻichlari, asllari, ildizlari, ham mevalari va natijalari shunday tarzdadirki; goʻyo danaklari, asllari; bittadan ta'rifa, bittadan dastur shaklida butun u mavjudotning jihozotini tazammun etadi. Va natijasida va mevasida yana butun u zihayotning ma'nosi sizilib unda tajammu' etadi, tarixcha-i hayotini unga qoldiradi. Goʻyo uning asli boʻlgan urugʻi dasotiri ijodiyasining majmuasidir. Va mevasi va samarasi esa, avomiri ijodiyasining mundarijasi hukmida ekanini koʻramiz. Soʻngra zihayotning zohiriga va botiniga qaraymiz. Gʻoyat darajada hikmatli bir qudratning tasarrufoti va nafiz bir irodaning tasviroti va tanzimoti koʻrinadi. Ya'ni, bir quvvat va qudrat ijod qiladi; bir amr va iroda surat kiydiradi.
Xullas, butun mavjudot bunday avvaliga diqqat qilgan sari bir ilmning ta'rifnomasi va oxiriga diqqat qilgan sari bir Sone'ning rejasi va bayonnomasi va zohiriga qaragan sari bir Foili Muxtorning va Muridning gʻoyat san'atli va tanosubli bir hulla-i san'ati va botiniga qaragan sari bir Qodirning gʻoyat muntazam bir uskunasini mushohada qilamiz.
Mana shu hol va shu vaziyat, bizzarura va bilbedaho e'lon qiladiki; hech bir narsa, hech bir zamon, hech bir makon bitta Sone'-i Zuljalolning qabza-i tasarrufidan xorij boʻlolmaydi. Har bir narsa va butun ashyo butun shuunoti bilan bir Qodiri Muridning qabza-i tasarrufida tadbir etiladi. Va bir Rahmoni Rahimning tanzimi bilan va lutfi bilan goʻzallashtiriladi. Va bir Hannoni Mannonning tazyini bilan bezatiladi. Ha, boshida shuur va yuzida koʻzi boʻlganga bu koinot va shu mavjudotdagi nizom va mezon va tanzim va tavzin; birgina, yakto, Vohid, Ahad, Qodir, Murid, Alim, Hakim zotni vahdoniyat martabasida koʻrsatadi. Ha, hamma narsada bir birlik bor. Birlik esa birni koʻrsatadi. Masalan, dunyoning chirogʻi boʻlgan Quyosh birdir; shunday ekan dunyoning moliki ham birdir. Masalan, zamin yuzidagi zihayotlarning xizmatchilari boʻlgan havo, otash, suv birdir; shunday ekan ularni istihdom etgan va bizlarga musahhar etgan ham birdir.
UCHINCHI KALIMA: لَا شَر۪يكَ لَهُ Bu kalimani Oʻttiz Ikkinchi Soʻzning Birinchi Maqomi gʻoyat quvvatli va porloq bir suratda isbot qilgani uchun, unga havola qilamiz. Undan ustun bayon boʻlolmaydi, undan ortiqroq bayonga luzum yoʻq va izoh qilinmaydi.
TOʻRTINCHI KALIMA: لَهُ الْمُلْكُ Ya'ni: Farshdan Arshga, sarodan surayyoga, zarrotdan sayyorotga, azaldan abadga qadar har bir mavjud, samovot va arz, dunyo va oxirat, hamma narsa uning mulkidir. Molikiyat martaba-i uzmosi tavhidi a'zam suratida unikidir. Shu martaba-i uzmo-i molikiyat va maqomi a'zami tavhidning bir hujjati kubrosi latif bir zamonda va latif bir xotirada Arabcha iborada shu ojizning xotiriga ilqo etildi. U latif xotiraning xotiri uchun ayni ibora-i Arabiyani qayd qilib, soʻngra ma'nosini yozamiz.
Birinchi Fikra: ذَاكَ الْعَالَمَ الْكَب۪يرَ الخ Ya'ni: Shu koinot deyilgan olami akbar va inson deyilgan uning misoli musagʻgʻari boʻlgan olami asgʻar qudrat va qadar qalami bilan yozilgan ofoqiy va anfusiy vahdoniyat daloilini koʻrsatadilar. Ha, koinotdagi san'ati muntazamaning kichik miqyosda namunasi insonda bordir. U doira-i kubrodagi san'at Sone'-i Vohidga shahodat qilgani kabi, shu insondagi kichik miqyosda xurdabini san'at ham yana oʻsha Sone'ga ishorat qiladi, vahdatini koʻrsatadi. Ham qandayki shu inson gʻoyat ma'nodor bir maktubi Rabboniydir, muntazam bir qasida-i qadardir.. shuning kabi bu koinot ham ayni qalami qadar bilan, faqat katta miqyosda yozilgan muntazam bir qasida-i qadardir. Hech mumkinmiki; hadsiz alomati fariqa bilan butun insonlarga qaragan inson yuzidagi sikka-i vahdatga va butun mavjudotni yelkani yelkaga, qoʻlni qoʻlga, boshni boshga bergan koinot ustidagi xotami vahdoniyatga Vohidi Ahaddan boshqa narsaning mudohalasi boʻlsin?
Ikkinchi Fikra: اِبْدَاعُهُ لِذَاكَ الخ Ma'nosi shuki: Sone'-i Hakim olami akbarni shunday badi' bir suratda yaratib oyoti kibriyosini ustida naqsh etganki; koinotni bir masjidi kabir shakliga aylantirgan va insonni ham shunday bir tarzda ijod qilib, unga aql berib, u bilan u moʻ'jizoti san'atiga va u badi' qudratiga qarshi sajda-i hayrat ettirib, unga oyoti kibriyoni oʻqittirib, kamarbasta-i ubudiyat ettirib, u masjidi kabirda bir abdi sojid fitratida yaratgandir. Hech mumkinmidirki: Bu masjidi kabirning ichidagi sojidlarning, obidlarning ma'budi haqiqiylari u Sone'-i Vohidi Ahaddan boshqasi boʻla olsin?.
Uchinchi Fikra: اِنْشَائُهُ لِذَاكَ الخ Ma'nosi shuki: U Malik-ul Mulki Zuljalol olami akbarni, xususan Kura-i Arz yuzini shunday suratda insho etib yaratganki; bir-biri ichida hadsiz doiralar boʻlib, har bir doira bir ekinzor hukmida boʻlib, vaqt-bavaqt, mavsum-bamavsum, asr-baasr ekadi, bichadi, mahsulot oladi. Mutamodiyan mulkini ishlattiradi, tasarruf etadi. Eng buyuk doira boʻlgan zarrot olamini bir ekinzor qilib, har doim koinot qadar mahsulotni; qudrati bilan, hikmati bilan unda ekadi, bichadi, teradi. Olami shahodatdan olami gʻaybga, doira-i qudratdan doira-i ilmga yuboradi. Soʻngra mutavassit bir doira boʻlgan zamin yuzini aynan shunday bir ekinzor qilganki; mavsum-bamavsum olamlarni, anvo'larni ichida ekadi, bichadi, teradi. Ma'naviy mahsulotini ham gʻaybiy, uxroviy, misoliy va ma'naviy olamlariga yuboradi. Yanada kichik bir doira boʻlgan bir bogʻni yana yuz marta, ming marta qudrat bilan toʻldirib, hikmat bilan boʻshatadi. Yanada kichik bir doira boʻlgan bir zihayotni, masalan bir daraxtni, bir insonni yuz marta oʻshancha undan mahsulot oladi. Demak, u Malik-ul Mulki Zuljalol kichik-katta, juz'iy-kulliy hamma narsani bittadan model hukmida insho etib, yuzlab tarzda, yangi-yangi naqshlar bilan munaqqash mansujoti san'atini ularga kiydiradi; jilva-i asmosini, moʻ'jizoti qudratini izhor etadi. Oʻz mulkida har bir narsani bittadan sahifa hukmida insho etgan; har sahifada yuzlab tarzda ma'nodor maktubotini yozadi; hikmatining oyotini izhor etadi, zishuurlarga oʻqitadi. Shu olami akbarni mulk shaklida insho etish bilan birga, bu insonni ham shunday suratda yaratgan va unga shunday jihozlar va uskunalar va hislar va hissiyotlar va xususan nafs, istak va ehtiyoj va ishtaha va hirs va da'vo berganki; u keng mulkida butun mulkka muhtoj bir mamluk hukmiga keltirgan.
Demak hech mumkinmiki: Juda katta boʻlgan olami zarrotdan to bir chivinga qadar butunini mulk va ekinzor qilgan va kichik insonni u katta mulkka nozir va mufattish va dehqon va tijoratchi va dallol va obid va mamluk qildirgan va oʻziga muhtaram bir musofir va sevgili bir muxotob ittihoz etgan u Malik-ul Mulki Zuljaloldan boshqa u mulkka tasarruf etib, u mamlukka sayyid boʻla olsin?
Toʻrtinchi Fikra: صَنْعَتُهُ ف۪ى ذَاكَ الخ iborasidir. Ma'nosi shudirki: Sone'-i Zuljalolning olami akbardagi san'ati shu daraja ma'nodorki; u san'at bir kitob suratida tazohur etib, koinotni bir kitobi kabir hukmiga keltirganidan, aqli bashar haqiqiy fanni hikmat kutubxonasini undan oldi va unga koʻra yozdi. Va u kitobi hikmat shu daraja haqiqat bilan bogʻliq va haqiqatdan madad oladiki, buyuk Kitobi Mubinning bir nusxasi boʻlgan Qur'oni Hakim shaklida e'lon qilindi. Ham qandayki koinotdagi san'ati kamoli intizomidan kitob shakliga kirdi; insondagi sibgʻati va naqshi hikmati ham xitob gulini ochdi. Ya'ni, oʻsha san'at shu daraja ma'nodor va hassos va goʻzalki; u uskuna-i zihayotdagi jihozoti fonograf kabi nutqqa keldi, gapirtirdi. Va shunday bir ahsani taqvim ichida bir sibgʻa-i Rabboniya berganki; u moddiy, jismoniy, jomid boshda; ma'naviy, gʻaybiy, hayotdor boʻlgan bayon va xitob guli ochildi. Va u inson boshidagi qobiliyati nutq va bayonga shu daraja ulviy jihozot va iste'dod berdiki; Sultoni Azaliyga muxotob boʻladigan bir maqomda inkishof ettirdi, taraqqiy berdi. Ya'ni, fitrati insoniyadagi sibgʻati Rabboniya xitobi Ilohiy gulini ochdi. Hech mumkinmiki: Kitob darajasiga kelgan butun mavjudotdagi san'atga va xitob maqomiga kelgan insondagi oʻsha sibgʻatga Vohidi Ahaddan boshqasi qoʻshila olsin? Xosho!..
Beshinchi Fikra: قُدْرَتُهُ ف۪ى ذَاكَ الخ iborasidir. Ma'nosi shudirki: Qudrati Ilohiya olami akbarda hashmati rububiyatini koʻrsatadi. Rahmati Rabboniya esa olami asgʻar boʻlgan insonda ne'matlarni tanzim etadi. Ya'ni, Sone'ning qudrati kibriyo va jalol nuqtasida koinotni shunday muhtasham bir saroy shaklida ijod qiladiki; Quyoshni katta bir elektr chirogʻi, Qamarni qandil va yulduzlarni mumlar mevalari bilan porlatadi, elektrlaydi. Va zamin yuzini bir dasturxon, bir ekinzor, bir bogʻ, bir gilam va togʻlarni bittadan mahzan, bittadan tirgak, bittadan qal'a va hokazo butun ashyoni buyuk miqyosda oʻsha ulkan saroyning lavozimoti shakliga keltirib, dabdabali bir suratda hashmati rububiyatini koʻrsatgani kabi; jamol nuqtasida rahmati ham eng kichik zihayotga qadar har ziruhga anvo'i ne'matini beradi, u bilan tanzim etadi.. boshdan oyoq ne'matlar bilan bezab, lutf va karam bilan tazyin etadi va u hashmati jaloliyaga qarshi jamoli rahmatini u kichkina lisonlar bilan u katta lisonga qarshi chiqaradi. Ya'ni: Quyosh va Arsh kabi katta jussalar hashmat lisoni bilan "Yo Jalil, yo Kabir, yo Azim" deganlari vaqt; chivin va baliq kabi u kichkina zihayotlar ham rahmat lisoni bilan "Yo Jamil, yo Rahim, yo Karim" deb u musiqa-i kubroga latif ohanglarini qoʻshadilar, shirinlashtiradilar. Hech mumkinmiki: U Jalili Zuljamoldan va u Jamili Zuljaloldan boshqa bir narsa bir oʻzi shu olami akbar va asgʻarga ijod jihatidan mudohala eta olsin? Xosho!..
Oltinchi Fikra: حِشْمَتُهُ ف۪ى ذَاكَ الخ iborasidir. Ma'nosi shudirki: Ya'ni, koinotning hay'ati majmuasida tazohur etgan hashmati rububiyat vahdoniyati Ilohiyani isbot qilib koʻrsatgani kabi; zihayotlarning juz'iyotlariga muqannan arzoqlarini bergan ne'mati Rabboniya ham ahadiyati Ilohiyani isbot qilib koʻrsatadi. Vohidiyat esa, butun mavjudot biriniki va biriga qaraydi va birining ijodidir demakdir. Ahadiyat esa; har bir narsada Xoliqi Kulli Shayning aksar asmosi tajalliy etadi demakdir. Masalan, Quyoshning ziyosi butun zaminning yuzini qamrashi e'tibori bilan vohidiyat misolini koʻrsatadi. Va har bir shaffof juzda va suv qatralarida Quyoshning ziyosi va harorati va ziyosidagi yetti rangi va bir navi soyasi boʻlishi ahadiyat misolini koʻrsatadi. Va har bir narsada, xususan zihayotda va ayniqsa har bir insonda; u Sone'ning aksar asmosi unda tajalliy etish jihati bilan ahadiyatni koʻrsatadi.
Mana shu fikra ishorat qiladiki: Koinotda tasarruf qilgan hashmati rububiyat u ulkan Quyoshni shu zamin yuzidagi zihayotlarga bir xizmatkor, bir chiroq, bir oʻchoq; va ulkan Kura-i Zaminni ularga bir beshik, bir manzil, bir tijoratgoh; va otashni har yerda hozir bir oshpaz va doʻst; va bulutni suzgich va enaga; va togʻlarni mahzan va ombor; va havoni zihayotga anfas va nufusga yelpigʻich; va suvni yangidan hayotga kirganlarga sut emizadigan enaga va hayvonotga obi hayot bergan bir sharbatchi hukmiga keltirgan rububiyati Ilohiya gʻoyat ochiq bir suratda vahdoniyati Ilohiyani koʻrsatadi. Ha, Xoliqi Vohiddan boshqa kim Quyoshni Arzlilarga musahhar bir xizmatkor qiladi? Va u Vohidi Ahaddan boshqa kim havoni qoʻlida tutadi, juda koʻp vazifalar bilan tavzif etib, roʻyi zaminda epchil va chaqqon bir xizmatkor qiladi? Va u Vohidi Ahaddan boshqa kimning haddi borki, otashni oshpaz qilsin va gugurt boshichalik bir zarracha otashga minglab botmon ashyoni yuttirsin va hokazo... Har bir narsa, har bir unsur, har bir ajromi ulviya u hashmati rububiyat nuqtasidan Vohidi Zuljalolni koʻrsatadi.
Xullas, jalol va hashmat nuqtasidan vohidiyat koʻringani kabi, jamol va rahmat nuqtasidan ham ne'mat va ehson ahadiyati Ilohiyani e'lon qiladi. Chunki zihayotda va xususan insonda shu daraja san'ati jome'a ichida hadsiz anvo'i ne'matni anglaydigan, qabul qiladigan, istaydigan jihozlar va uskunalar boʻlib; butun koinotda tajalliy etgan butun asmosining jilvasiga mazhardir. Xuddi bir nuqta-i mihroqiya hukmida butun asmo-i husnani birdan mohiyatining oynasi bilan koʻrsatadi va u bilan ahadiyati Ilohiyani e'lon qiladi.
Ma'nosi shudirki: Sone'-i Zuljalol olami akbarning hay'ati majmuasida bir sikka-i kubrosi boʻlgani kabi, butun ajzosida va anvo'ida ham bittadan sikka-i vahdat qoʻygan. Olami asgʻar boʻlgan insonning jismida va yuzida bittadan xotami vahdoniyat bosgani kabi, har bir a'zosida bittadan muhri vahdati bor. Ha, u Qodiri Zuljalol hamma narsada, kulliyotda va juz'iyotda, yulduzlarda va zarralarda bittadan sikka-i vahdat qoʻyganki; unga shahodat qiladi. Va bittadan muhri vahdoniyat bosganki, unga dalolat qiladi. Shu haqiqati uzmo Yigirma Ikkinchi Soʻzda va Oʻttiz Ikkinchi Soʻzda va Oʻttiz Uchinchi Maktubning oʻttiz uch adad Derazasida gʻoyat porloq va qat'iy bir suratda izoh va isbot qilinganidan, ularga havola qilib, gapni toʻxtatib, bu yerda tugatamiz.
BESHINCHI KALIMA: لَهُ الْحَمْدُ Ya'ni: Butun mavjudotda sababi madh va sano boʻlgan kamolot unikidir. Shunday ekan, hamd ham unga oiddir. Azaldan abadga qadar har kimdan har kimga qarshi kelgan va keladigan madh va sano unga oiddir. Chunki sababi madh boʻlgan ne'mat va ehson va kamol va jamol va madori hamd boʻlgan hamma narsa unikidir, unga oiddir. Ha, oyoti Qur'oniyaning ishoroti bilan, butun mavjudotdan doimiy suratda dargohi Ilohiyaga ketgan bir ubudiyatdir, bir tasbehdir, bir sajdadir, bir duodir va bir hamd va sano boʻlib doimiy u dargohga ketadi. Shu haqiqati tavhidni isbot qilgan bir burhoni a'zamga shunday ishorat qilamizki:
Shu koinotga qaragan vaqtimiz, bogʻiston shaklida; shifti ulviy yulduzlar bilan porlatilgan, zamini ziynatli mavjudot bilan jonlangan suratda koʻrinadi. Xullas, shu bogʻistondagi muntazam nuroniy ajromi ulviya va hikmatli va ziynatli mavjudoti sufliya, umuman har biri lisoni maxsusi bilan deydilarki: Biz bir Qodiri Zuljalolning moʻ'jizoti qudratimiz. Bir Xoliqi Hakim va bir Sone'-i Qodirning vahdatiga shahodat qilamiz.
Va shu bogʻistoni olam ichidagi Kura-i Arzga qaraymiz, koʻramizki: Bir bogʻ shaklida rang-barang yuz minglab bezalgan gulli nabotot toifalari unda toʻshalgan va turli-tuman yuz minglab anvo'i hayvonot unda sochilgan.
Demak, shu zamin bogʻida butun bezalgan nabotot va ziynatli hayvonot muntazam suratlari bilan va mavzun shakllari bilan e'lon qiladilarki: Biz bitta Sone'-i Hakimning san'atidan bittadan moʻ'jizasi, bittadan horiqosimiz va vahdoniyatning bittadan dalloli, bittadan shohidimiz.
Ham u bogʻdagi daraxtlarning boshlariga qarab koʻramizki: Gʻoyat olimona, hakimona, karimona, latifona, jamilona darajada yaratilgan muxtalif suratlarda mevalarni, gullarni koʻramiz. Mana shular bil'umum bir lison bilan e'lon qiladilarki: Biz bir Rahmoni Zuljamolning va bir Rahimi Zulkamolning moʻ'jiznamo hadyalarimiz, hayratnamo ehsonlarimiz.
Bogʻistoni koinotdagi ajrom va mavjudot va Kura-i Arz bogʻidagi nabotot va hayvonot va ashjar va nabototning boshlaridagi azhar va samarot; nihoyat darajada yuksak bir sado bilan shahodat qiladilar, e'lon qiladilar, deydilarki: Bizning Xoliqimiz va Musavvirimiz va bizni hadya bergan Qodiri Zuljamol, Hakimi Bemisol, Karimi Purnavol hamma narsaga qodirdir. Hech narsa unga ogʻir kelmaydi. Hech narsa doira-i qudratidan xorij boʻlolmaydi. Qudratiga nisbatan zarralar, yulduzlar birdir. Kulliy juz'iy qadar osondir. Juz kull qadar qiymatlidir. Eng katta eng kichik qadar qudratiga nisbatan osondir. Kichik katta qadar san'atlidir.. balki san'at jihatidan ba'zi kichik kattadanda kattadir. Butun moziydagi ajoyibi qudrati boʻlgan vuqu'ot shahodat qiladilarki; u Qodiri Mutlaq butun istiqboldagi ajoyibi imkonotga muqtadirdir. Kechani keltirgan ertani keltirgani kabi; moziyni ijod qilgan oʻsha Zoti Qodir istiqbolni ham ijod qiladi. Dunyoni yaratgan u Sone'-i Hakim oxiratni ham yaratadi. Ha, Ma'budi Bilhaq yolgʻiz u Qodiri Zuljalol boʻlgani kabi, Mahmudi Bil-itloq yana yolgʻiz udir. Ibodat unga maxsus boʻlgani kabi, hamd va sano ham unga xosdir. Hech mumkinmiki: Samovot va Arzni yaratgan bir Sone'-i Hakim, Samovot va Arzning eng muhim natijasi va koinotning eng mukammal mevasi boʻlgan insonlarni oʻz holicha qoldirsin, sabablar va tasodifga havola qilsin, hikmati bahirasini abasiyatga aylantirsin? Xosho!.. Hech mumkinmiki: Hakim, Alim bir zot bir daraxtni gʻoyat ahamiyat bilan tadbir va tasvir etib va gʻoyat darajada hikmat bilan idora va tarbiya qilgani holda; u daraxtning gʻoyasi, foydasi boʻlgan mevalariga qaramasdan ahamiyat bermasin; oʻgʻri qoʻllarga, behuda yerlarga tarqalsin, zoye boʻlsin? Albatta qaramaslik, ahamiyat bermaslik boʻlolmaydi. Chunki daraxtga ahamiyat berish mevalari uchundir.
Bu koinotning zishuuri va eng mukammal mevasi va natijasi va gʻoyasi insondir. Shu koinotning Sone'-i Hakimi mumkinmiki, shu zishuur mevalarning mevalari boʻlgan hamd va ibodatni, shukr va muhabbatni boshqalarga berib hikmati bahirasini hechga tushirsin yoxud qudrati mutlaqasini ojizlikka aylantirsin yoxud bepoyon ilmini johillikka oʻgirsin? Yuz ming marta xosho!
Hech mumkinmiki: Bu koinot saroyining binosidagi maqosidi Rabboniyaning madori boʻlgan zishuur va zishuurning sarfarozi boʻlgan navi inson mazhar boʻlgan ne'matlariga muqobil izhor qilgan shukr va ibodatlari oʻsha saroyi koinotning Sone'idan boshqasiga ketsin. Va u Sone'-i Zuljalol u gʻoyat-ul gʻoya boʻlgan shukr va ibodatni boshqalarga ketishiga muso'ada etsin.
Ham hech mumkinmiki: Hadsiz anvo'i ne'mati bilan oʻzini zishuurlarga sevdirsin; va hadsiz moʻ'jizoti san'ati bilan oʻzini ularga tanittirsin; soʻngra ularning shukr va ibodatlarini, hamd va muhabbatlarini, ma'rifat va minnatdorliklarini sabablarga va tabiatga tark qilib ahamiyat bermasin; hikmati mutlaqasini inkor ettirsin; saltanati rububiyatini hechga tushirsin! Yuz ming marta xosho va kallo!..
Hech mumkinmidirki: Bir bahorni yaratolmagan va butun mevalarni ijod qilolmagan va yer yuzida sikkalari bir boʻlgan butun olmalarni insho etolmagan; ularning bir misoli musagʻgʻari boʻlgan bir olmani yaratib va u olmani ne'mat qilib birisiga yedirsin, shukrini qozonsin, Mahmudi Bil-itloqqa hamd nuqtasida ishtirok etsin? Xosho!.. Chunki bir olmani yaratgan kim boʻlsa, butun dunyoga kelgan olmalarni ijod qilgan yana oʻsha boʻlishi mumkin. Chunki sikka birdir. Ham olmalarni ijod qilgan kim boʻlsa, butun dunyoda madori rizq boʻlgan hububot va samarotni yaratgan yana udir. Demak, eng kichik juz'iy bir zihayotga eng juz'iy bir ne'matni bergan toʻgʻridan-toʻgʻri koinotning Xoliqidir va Razzoqi Zuljaloldir. Shunday ekan shukr va hamd toʻgʻridan toʻgʻri unga oiddir. Shunday ekan haqiqati koinot doimo haq lisoni bilan deydi:
OLTINCHI KALIMA: يُحْي۪ى Ya'ni: Hayot bergan yolgʻiz udir. Shunday ekan, hamma narsaning Xoliqi ham yolgʻiz udir. Chunki koinotning ruhi, nuri, magʻzi, asosi, natijasi, xulosasi hayotdir. Hayotni bergan kim boʻlsa, butun koinotning Xoliqi ham udir. Hayotni bergan albatta udir, Hayyi Qayyumdir.
Shu martaba-i tavhidning burhoni a'zamiga shunday ishorat qilamizki: -Boshqa bir Soʻzda izoh va isbot qilingani kabi- zamin yuzining sahrosida chodirlari qurilgan gʻoyat muhtasham zihayotlar qoʻshinini koʻramiz. Ha, Hayyi Qayyumning hadsiz qoʻshinlaridan har bahor mavsumida yangi qurol ostiga olingan, gʻaybdan kelgan yangi bir qoʻshin maydonga chiqishini koʻramiz. Shu qoʻshinga qaraymizki: Nabotot toifalaridan ikki yuz mingdan ziyoda va hayvonot millatlaridan yana yuz mingdan ortiq turli-tuman muxtalif qavmlar koʻramiz. Har bir millatning, har bir toifaning koʻylagi boshqa, arzoqi boshqa, ta'limoti boshqa, tarhisoti boshqa, qurollari boshqa, muddati askariyalari boshqa boʻlgani holda; bir qoʻmondoni a'zam hadsiz qudrat va hikmati bilan va nihoyatsiz ilm va irodasi bilan, bitmas rahmati bilan, tuganmas xazinasi bilan, hech birini unutmasdan, adashmasdan, chalkashtirmasdan, kechiktirmasdan.. boshqa-boshqa butun oʻsha uch yuz mingdan ziyoda millatlarni va toifalarni kamoli intizom bilan, tamomi mezon bilan, vaqti-vaqtida boshqa-boshqa arzoqlarini, boshqa-boshqa koʻylaklarini, boshqa-boshqa qurollarini berib, boshqa-boshqa ta'limot qildirib, boshqa-boshqa tarhisot etganini koʻzi boʻlgan bilmushohada koʻradi va qalbi boʻlgan biaynalyaqiyn tasdiq qiladi.
Xullas hech mumkinmiki: Shu ihyo va idoraga va shu tarbiya va ioshaga; qoʻshinni butun shuunoti bilan qamragan bepoyon ilmning va u qoʻshinni butun lavozimoti bilan idora qilgan bir qudrati mutlaqaning sohibidan boshqasi qoʻshila olsin, mudohala eta olsin, unda hissasi boʻlsin? Yuz minglab marta xosho!..
Ma'lumdirki: Bir harbiy qismda oʻn millat boʻlsa, boshqa-boshqa tajhiz etishi oʻn harbiy qism qadar qiyin boʻlganidan; ojiz insonlar, istar-istamas bir tarzda tajhizga majbur boʻlishgan. Holbuki Hayyi Qayyum shu muhtasham qoʻshini ichida uch yuz mingdan ziyoda millatlarga boshqa-boshqa tajhizoti hayotiyani beradi. Ham zahmatsiz, mushkulotsiz, oson bir tarzda, yengil bir shaklda, gʻoyat hakimona va intizom-parvarona beradi. Va ulkan qoʻshinga birgina lison bilan هُوَ الَّذ۪ى يُحْي۪ى ayttirib; koinot masjidida u jamoati uzmoga اَللّٰهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ الْحَىُّ الْقَيُّومُ لَا تَاْخُذُهُ سِنَةٌ وَ لَانَوْمٌ الخ oʻqitadi...
YETTINCHI KALIMA: وَ يُم۪يتُ Ya'ni: Mavtni bergan Udir. Ya'ni: Hayotni bergan u boʻlgani kabi; hayotni olgan, mavtni bergan ham yana udir. Ha, mavt yolgʻiz taxrib va soʻnish emaski, sabablarga berilsin, tabiatga havola qilinsin. Balki qanday qilib bir danak zohiran oʻlib chiriydi, faqat botinan bir sunbulning hayotiga va rivojlanishiga.. ya'ni juz'iy danaklik hayotidan kulliy nihol hayotiga oʻtadi. Shunga oʻxshab, mavt ham zohiran bir inhilol va bir intifo koʻringani holda, haqiqatda inson uchun hayoti boqiyaga unvon va muqaddima va mabda boʻladi. Shunday ekan, hayotni bergan va idora qilgan Qodiri Mutlaq, yana albatta mavtni ham u ijod qiladi. Shu kalimadagi martaba-i uzmo-i tavhidning bir burhoni a'zamiga shunday ishorat qilamizki: Oʻttiz Uchinchi Maktubning Yigirma Toʻrtinchi Derazasida bayon qilingani kabi: Shu mavjudot iroda-i Ilohiya bilan sayyoladir. Shu koinot amri Rabboniy bilan sayyoradir. Shu maxluqot, izni Ilohiy bilan, zamon daryosida mutamodiyan oqadi.. olami gʻaybdan yuboriladi, olami shahodatda vujudi zohiriy kiydiriladi, soʻngra olami gʻaybga muntazaman yogʻadi, tushadi. Va amri Rabboniy bilan, mutamodiyan istiqboldan kelib, holga duchor boʻlib tanaffus etadi, moziyga toʻkiladi.
Bu maxluqotning shu sayaloni gʻoyat hakimona rahmat va ehson doirasida; va shu sayaroni gʻoyat olimona hikmat va intizom doirasida; va shu jarayoni gʻoyat Rahimona shafqat va mezon doirasida boshdan oxiriga qadar hikmatlar bilan, foydalar bilan, natijalar bilan va gʻoyalar bilan qilinyapti. Demak, bir Qodiri Zuljalol, bir Hakimi Zulkamol mutamodiyan tavoifi mavjudotni va har toifa ichidagi juz'iyotni va oʻsha toifalardan tashkil topgan olamlarni qudrati bilan hayot berib tavzif etadi. Soʻngra hikmati bilan tarhis etib, mavtga mazhar etadi; olami gʻaybga yuboradi. Doira-i qudratdan doira-i ilmga oʻgiradi. Demak, hech mumkinmi: Shu koinotni hay'ati majmuasi bilan aylantirishga muqtadir boʻlmagan va butun zamonlarga hukmi oʻtmagan va olamlarni hayotga va mavtga bir fard kabi mazhar qilishga qudrati yetmagan va bahorlarni bir gul kabi hayot berib, yer yuziga taqib, soʻngra mavt bilan undan qoʻporib ololmagan bir zot; mavt va imotaga sohib chiqa olsin? Ha, eng juz'iy bir zihayotning mavti ham hayoti kabi butun haqoiqi hayot va anvo'i mavt qoʻlida boʻlgan bir Zoti Zuljalolning qonuni bilan, izni bilan, amri bilan, quvvati bilan, ilmi bilan boʻlmogʻi zaruriydir.
SAKKIZINCHI KALIMA: وَ هُوَ حَىٌّ لَا يَمُوتُ Ya'ni: Hayoti doimiydir, azaliy va abadiydir. Mavt va fano, adam va zavol unga ariz boʻlolmaydi. Chunki hayot unga zotiydir. Zotiy boʻlgan zoil boʻlolmaydi. Ha, azaliy boʻlgan albatta abadiydir. Qadim boʻlgan, albatta boqiydir. Vojib-ul Vujud boʻlgan, albatta sarmadiydir. Ha, bir hayotki, butun vujud butun anvori bilan uning soyasidir. Qanday qilib adam unga ariz boʻlishi mumkin? Ha, bir hayotki, vojib bir vujud uning lozimi va unvonidir; albatta adam va fano hech bir jihat bilan unga ariz boʻlolmaydi. Ha, bir hayotki; butun hayotlar mutamodiyan uning jilvasi bilan zuhurga keladi va butun haqoiqi sobita-i koinot unga istinod etadi, u bilan qoimdir; albatta hech bir jihat bilan fano va zavol unga ariz boʻlolmaydi. Ha, bir hayotki; uning bir lam'a-i jilvasi ma'ruzi fano va zavol boʻlgan ashyoyi kasiraga bir vahdat berib baqoga mazhar qiladi va tarqalishdan qutqaradi va vujudini muhofaza qiladi va bir navi baqoga mazhar qiladi. Ya'ni, hayot; kasratga bir vahdat beradi, ibqo etadi. Hayot ketsa; tarqaladi, fanoga ketadi. Albatta, unday hadsiz lamaati hayotiya bir jilvasi boʻlgan hayoti vojibaga zavol va fano yaqinlasholmaydi. Bu haqiqatga shohidi qat'iy, koinotning zavol va fanosidir. Ya'ni, mavjudot vujudlari bilan, hayotlari bilan qandayki u Hayyi Loyamutning hayotiga va u hayotning vujubi vujudiga dalolat va shahodat qiladilar;
{(Hoshiya) Hazrat Ibrohim Alayhissalomning Namrudga qarshi imota va ihyoda Quyoshning chiqish va botishiga intiqoli, juz'iy imota va ihyodan kulliy imota va ihyoga intiqoldir va bir taraqqiydir. U dalilning eng porloq va eng keng doirasini koʻrsatishdir. Boʻlmasa bir qism ahli tafsirning aytganlari kabi, xofiy dalilni tashlab, zohir dalilga chiqish emas.}
shunga oʻxshab: Mavtlari bilan, zavollari bilan u hayotning baqosiga, sarmadiyatiga dalolat va shahodat qiladilar. Chunki mavjudot zavolga ketgandan keyin, ularning orqasidan yana oʻzlari kabi hayotga mazhar boʻlib oʻrinlariga kelganlar koʻrsatadiki; doimiy bir zihayot borki, mutamodiyan jilva-i hayotni yangilaydi. Qandayki Quyoshga qarab oqqan bir daryoning yuzida pufakchalar porlab ketadi. Kelganlar ayni porlashni koʻrsatib, toifa-toifa orqama orqa porlab soʻnib ketadi. Bu soʻnish, porlash vaziyati bilan; yuksak, doimiy bir Quyoshning davomiga dalolat qiladilar. Shunga oʻxshab, shu mavjudoti sayyoradagi hayot va mavtning almashinishlari va munovabalari bir Hayyi Boqiyning baqo va davomiga shahodat qiladilar.
Ha, bu mavjudot oynalar hisoblanadi. Faqat zulmat nurga oyna boʻlgani kabi, ham qorongʻilik qay daraja shiddatli boʻlsa, shu daraja nurning porlashini koʻrsatgani kabi, koʻp jihatlardan ziddiyat nuqtasida oynadorlik qilishadi. Masalan: Qandayki mavjudot ojizligi bilan qudrati Sone'ga oynadorlik qiladi, faqirligi bilan gʻinosiga oynador boʻladi. Shunga oʻxshab, fanosi bilan baqosiga oynadorlik qiladi. Ha, zaminning yuzi va yuzidagi ashjarning qishdagi vaziyati faqironalari va bahorda nurli sarvat va gʻinolari gʻoyat qat'iy bir suratda bir Qodiri Mutlaq va Gʻaniyyi Alal-itloqning qudrat va rahmatiga oynadorlik qiladi. Ha, butun mavjudot goʻyo lisoni hol bilan, Vaysal Qaroniy kabi shunday munojot qiladilar, deydilarki:
"Ey Ilohimiz! Robbimiz sensan! Chunki biz abdmiz. Nafsimizning tarbiyasidan ojizmiz. Demak, bizni tarbiya qilgan sensan!..
Ham Xoliq sensan! Chunki biz maxluqmiz, yaratilyapmiz.
Ham Razzoq sensan! Chunki biz rizqqa muhtojmiz, qoʻlimiz yetishmaydi. Demak, bizni yaratgan va rizqimizni bergan sensan.
Ham Molik sensan! Chunki biz mamlukmiz. Bizdan boshqasi bizda tasarruf qilyapti. Demak, molikimiz sensan.
Ham sen Azizsan, izzat va azamat sohibisan! Biz zillatimizga qaraymiz, ustimizda bir izzat jilvalari bor. Demak, sening izzatingning oynasimiz.
Ham Gʻaniyyi Mutlaq sensan! Chunki biz faqirmiz. Faqirligimizning qoʻliga yetishmagan bir gʻino berilyapti. Demak, gʻaniy sensan, bergan sensan.
Ham sen Hayyi Boqiysan! Chunki biz oʻlyapmiz. Oʻlishimizda va tirilishimizda bir doimiy hayot beruvchi jilvasini koʻryapmiz.
Ham sen Boqiysan! Chunki biz fano va zavolimizda sening davom va baqongni koʻryapmiz. Ham javob bergan, atiyya bergan sensan! Chunki biz umum mavjudot, qoliy va holiy tillarimiz bilan doimiy baqirib istaymiz, niyoz etib yolvoramiz. Orzularimiz amalga oshyapti, maqsudlarimiz berilyapti. Demak, bizga javob bergan sensan. Va hokazo..."
Butun mavjudotning kulliy va juz'iy har birisi bittadan Vaysal Qaroniy kabi, munojoti ma'naviya suratida bir oynadorliklari bor. Ojizlik va faqirlik va qusurlari bilan qudrat va kamoli Ilohiyni e'lon qiladilar.
TOʻQQIZINCHI KALIMA: بِيَدِهِ الْخَيْرُ Ya'ni: Butun xayrot uning qoʻlida, butun hasanot uning daftarida, butun ehsonot uning xazinasidadir. Shunday ekan, xayr istagan undan istashi kerak, yaxshilik orzu qilgan unga yolvorishi kerak... Bu kalimaning haqiqatini qat'iy bir suratda koʻrsatish uchun ilmi Ilohiyning hadsiz dalillaridan bir keng dalilning alomatlariga va lam'alariga shunday ishorat qilamiz va deymizki:
Shu koinotda koʻringan af'ol bilan tasarruf qilib ijod qilgan Sone'ning bepoyon ilmi bor. Va u ilm uning zotining xossa-i lozima-i zaruriyasidir, infikoki maholdir. Qandayki Quyoshning zoti boʻlsayu ziyosi boʻlmasligi mumkin emas; shuning kabi minglab daraja undan ziyoda mumkin emasdirki, bu muntazam mavjudotni ijod qilgan zotning ilmi undan infikok etsin. Shu bepoyon ilm u zotga lozim boʻlgani kabi, taalluq jihatidan hamma narsaga ham lozim. Ya'ni, hech narsa undan yashirinishi mumkin emas. Pardasiz, Quyoshga qarshi zamin yuzidagi ashyo Quyoshni koʻrsatmasligi mumkin boʻlmagani kabi: u Alimi Zuljalolning nuri ilmiga qarshi ashyoning yashirinishi yana ming daraja mumkin emas, maholdir. Chunki huzur bor. Ya'ni, hamma narsa doira-i nazaridadir va muqobildir va doira-i shuhudidadir va hamma narsaga nufuzi bor. Shu jomid Quyosh, shu ojiz inson, shu shuursiz rentgen shuasi kabi zinurlar; hodis, noqis va ariziy boʻlganlari holda, ularning nurlari muqobilidagi hamma narsani koʻrib nufuz etsalar; albatta vojib va qamrovli va zotiy boʻlgan nuri ilmi azaliydan hech bir narsa yashirinolmaydi va xorijida qololmaydi. Shu haqiqatga ishorat qilgan koinotning son-sanoqsiz alomatlari, oyatlari bor. Jumladan:
Butun mavjudotda koʻringan butun hikmatlar oʻsha ilmga ishorat qiladi. Chunki hikmat bilan ish qilish ilm bilan boʻladi. Ham butun inoyatlar, tazyinotlar oʻsha ilmga ishorat qiladi. Inoyatkorona, lutfkorona ish qilgan; albatta biladi va bilib qiladi. Ham har biri bittadan mezon ichidagi butun intizomli mavjudot va har biri bittadan intizom ichidagi butun mezonli va oʻlchovli hay'at, yana u bepoyon ilmga ishorat qiladi. Chunki intizom bilan ish qilish ilm bilan boʻladi. Oʻlchov bilan, tarozi bilan san'atkorona qilgan; albatta quvvatli bir ilmga istinodan qiladi. Ham butun mavjudotda koʻringan muntazam miqdorlar, hikmat va foydalarga koʻra bichilgan shakllar, bir qazoning dasturi bilan va qadarning pargari bilan tanzim etilgan kabi mevador vaziyatlar va hay'atlar bir bepoyon ilmni koʻrsatadi.
Ha, ashyoga boshqa-boshqa muntazam suratlar berish, hamma narsaning masolihi hayotiyasiga va vujudiga loyiq maxsus bir shakl berish bir bepoyon ilm bilan boʻladi, boshqa suratda boʻlolmaydi.
Ham butun zihayotga, har birisiga loyiq bir tarzda, munosib vaqtda, kutmagan yerida rizqlarini berish bir bepoyon ilm bilan boʻladi. Chunki rizqni yuborgan; rizqqa muhtoj boʻlganlarni biladi, taniydi, vaqtini biladi, ehtiyojini idrok etadi, soʻngra rizqini loyiq tarzda bera oladi.
Ham umum zihayotning, ibhom unvoni ostida bir qonuni taayyunga bogʻliq ajallari, oʻlimlari bir bepoyon ilmni koʻrsatadi. Chunki har bir toifaning, garchi fardlarning zohiran muayyan bir vaqti ajallari koʻrinmaydi, faqat u toifaning ikki had oʻrtasida mahdud zamonda ajallari muayyandir. U ajal hangomida, u narsaning orqasida vazifasini idoma etadigan natijasining, mevasining, urugʻining muhofazasi va bir yangi hayotga inqilob ettirishi; yana u bepoyon ilmni koʻrsatadi.
Ham butun mavjudotni qurshagan, har bir mavjudga loyiq bir suratda rahmatning taltifoti; bir rahmati vase'a ichida bir bepoyon ilmni koʻrsatadi. Chunki masalan zihayotning atfollarini sut bilan iosha etgan va zaminning suvga muhtoj nabototiga yomgʻir bilan yordam bergan; albatta atfolni taniydi, ehtiyojlarini biladi va oʻsha nabototni koʻradi va yomgʻirning ularga kerakliligini anglaydi, soʻngra yuboradi va hokazo... Butun hikmatli, inoyatli rahmatining hadsiz jilvalari; bir bepoyon ilmni koʻrsatadi.
Ham butun ashyoning san'atidagi ihtimomot va san'atkorona tasvirot va mohirona tazyinot bir bepoyon ilmni koʻrsatadi. Chunki minglab vaziyati muhtamala ichida muntazam va muzayyan, san'atli va hikmatli bir vaziyatni intihob etish chuqur bir ilm bilan boʻladi. Butun ashyodagi shu tarzi intihobot bir bepoyon ilmni koʻrsatadi.
Ham ijod va ibdo-i ashyoda kamoli suhulat bir ilmi akmalga dalolat qiladi. Chunki bir ishda osonlik va bir vaziyatda suhulat, daraja-i ilm va mahorat bilan mutanosibdir. Naqadar ziyoda bilsa, shu daraja oson qiladi.
Shu sirga binoan, har biri bittadan moʻ'jiza-i san'at boʻlgan mavjudotga qaraymizki, hayratnamo bir darajada suhulat bilan, osonlik bilan, zahmatsiz, shovqinsiz, qisqa bir vaqtda, faqat moʻ'jiznamo bir suratda ijod qilinadi. Demak, hadsiz bir ilm borki, hadsiz suhulat bilan qilinadi va hokazo... Mazkur nishonlar kabi minglab alomati sodiqa borki, shu koinotda tasarruf qilgan zotning qamrovli bir ilmi bor. Va hamma narsani butun shuunoti bilan biladi, keyin qiladi. Modomiki bu koinot sohibining bunday bir ilmi bor, albatta insonlarni va insonlarning amallarini koʻradi va insonlar nimaga loyiq va haqdor boʻlganlarini biladi, hikmat va rahmatning muqtazosiga koʻra ular bilan muomala qiladi va qilajak.
Ey inson! Esingni yigʻ, diqqat qil! Qanday bir zot seni biladi va qaraydi, bil va oʻzingga kel!..
Agar deyilsa: Yolgʻiz ilm kifoya emas, iroda ham lozim. Iroda boʻlmasa, ilm kifoya qilmaydi?
Aljavob: Butun mavjudot qandayki bir bepoyon ilmga dalolat va shahodat qiladi. Shunga oʻxshab: U bepoyon ilm sohibining iroda-i kulliyasiga ham dalolat qiladi. Shundayki: Har bir narsaga, xususan har bir zihayotga juda koʻp mushavvash ehtimolot ichida muayyan bir ehtimol bilan va juda koʻp natijasiz yoʻllar ichida natijali bir yoʻl bilan va juda koʻp imkonot ichida mutaraddid ekan, gʻoyat muntazam bir tashaxxus berilishi; hadsiz jihatlar bilan bir iroda-i kulliyani koʻrsatadi. Chunki hamma narsaning vujudini qamragan hadsiz imkonot va ehtimolot ichida va samarasiz, natijasiz yoʻllarda va aralash va yaknasoq sel kabi mezonsiz oqqan jomid unsurlardan gʻoyat hassos bir oʻlchov bilan, nozik bir tarozi bilan va gʻoyat nozik bir intizom bilan, nozanin bir nizom bilan berilgan mavzun shakl va muntazam tashaxxus; bizzarura va bilbedaho, balki bilmushohada bir iroda-i kulliyaning asari ekanini koʻrsatadi. Chunki hadsiz vaziyatlar ichida bir vaziyatni intihob etish; bir taxsis, bir tarjih, bir qasd va bir iroda bilan boʻladi va a'md va orzu bilan taxsis etiladi. Albatta taxsis bir muxassisni iqtizo etadi. Tarjih bir murajjihni istaydi. Muxassis va murajjih esa irodadir. Masalan: Inson kabi yuzlab muxtalif jihozlar va asboblarning uskunasi hukmida boʻlgan bir vujudning bir qatra suvdan.. va yuzlab muxtalif a'zosi boʻlgan bir qushning oddiy bir tuxumdan.. va yuzlab muxtalif qismlarga ayrilgan bir daraxtning oddiy bir urugʻdan ijodlari; qudrat va ilmga shahodat qilganlari kabi, gʻoyat qat'iy va zaruriy tarzda ularning Sone'ida bir iroda-i kulliyaga dalolat qiladilarki, u iroda bilan u narsaning hamma narsasini taxsis etadi va u iroda bilan har juziga, har a'zosiga, har qismiga boshqa, xos bir shakl beradi, bir vaziyat kiydiradi.
Alhosil: Ashyoda, masalan hayvonotdagi ahamiyatli a'zoning, asosot va natoij e'tibori bilan bir-birlariga oʻxshashlari va tavofuqlari va bitta sikka-i vahdat izhor etishlari, qanday qat'iy boʻlib dalolat qiladiki; umum hayvonotning Sone'i birdir, Vohiddir, Ahaddir. Shuning kabi: U hayvonotning boshqa-boshqa tashaxxuslari va siymolaridagi boshqa-boshqa hikmatli taayyun va tamayyuzlari dalolat qiladiki; ularning Sone'-i Vohidi foili muxtordir va irodalidir; istaganini qiladi, istamaganini qilmaydi; qasd va iroda bilan ishlaydi. Modomiki ilmi Ilohiyga va iroda-i Rabboniyga mavjudot adadicha, balki mavjudotning shuunoti adadicha dalolat va shahodat bordir. Albatta bir qism faylasuflarning iroda-i Ilohiyani rad va bir qism ahli bid'atning qadarni inkor va bir qism ahli zalolatning juz'iyotda adami ittilo'ini da'vo qilishlari va tabiiyyunning bir qism mavjudotni tabiat va sabablarga isnod etishlari; mavjudot adadicha muzaaf bir yolgʻonchilikdir va mavjudotning shuunoti adadicha muzaaf bir zalolat devonaligidir. Chunki hadsiz shahodati sodiqani takzib etgan hadsiz bir yolgʻonchilik qilgan boʻladi.
Mashiati Ilohiya bilan vujudga kelgan ishlarda; "Inshaalloh, Inshaalloh" oʻrnida, bilib turib "tabiiy tabiiy" deyish naqadar xato va muxolifi haqiqat boʻlganini qiyos qil...
OʻNINCHI KALIMA:
Ya'ni: Hech bir narsa unga ogʻir kelolmaydi. Doira-i imkonda naqadar ashyo bor, u ashyoga gʻoyat oson vujud kiydira oladi. Va shu daraja unga oson va yengildirki: اِنَّمَٓا اَمْرُهُٓ اِذَٓا اَرَادَ شَيْئًا الخ sirri bilan, goʻyo yolgʻiz amr qiladi, qilinadi. Qandayki gʻoyat mohir bir san'atkor; juda ham oson shaklda, qoʻlini ishga tekkizar-tekkizmas, uskuna kabi ishlaydi. Va u tezlik va mahoratni ifoda uchun aytiladiki: U ish va san'at unga shu qadar musahharki; goʻyo amri bilan, tegilishi bilan ishlar boʻladi; san'atlar vujudga keladi. Shunga oʻxshab: Qodiri Zuljalolning qudratiga qarshi ashyoning nihoyat darajada musahhariyat va itoatiga va u qudratning nihoyat darajada zahmatsiz va suhulat bilan ish qilganiga ishoratan,
farmon qiladi. Shu haqiqati uzmoning hadsiz asroridan besh sirrini besh nuktada bayon qilamiz:
Birinchisi: Qudrati Ilohiyaga nisbatan eng katta narsa eng kichik narsa qadar osondir. Bir navning umum afrodi bilan ijodi bir fard qadar zahmatsiz va yengildir. Jannatni yaratish bir bahor qadar osondir. Bir bahorni ijod qilish bir gul qadar yengildir. Shu sirni izoh va isbot qilgan hashrga doir Oʻninchi Soʻzning oxirida, ham maloika va baqo-i ruh va hashrga doir Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzda hashr masalasida, Ikkinchi Asosning bayonida zikr qilingan "nuroniyat sirri", "shaffofiyat sirri", "muqobala sirri", "muvozana sirri", "intizom sirri", "itoat sirri"da olti tamsil bilan isbot qilinib koʻrsatilganki: Qudrati Ilohiyaga nisbatan yulduzlar zarralar kabi oson; hadsiz afrod bir fard qadar zahmatsiz va yengilgina ijod qilinadi. Modomiki u ikki Soʻzda bu olti sir isbot qilingan, ularga havola qilib bu yerda tugatamiz.
Ikkinchisi: Qudrati Ilohiyaga nisbatan hamma narsa teng boʻlganiga dalili qat'iy va burhoni sati' shuki: Hayvonot va nabototning ijodida, koʻzimiz bilan koʻryapmiz, hadsiz bir saxovat va kasrat ichida nihoyat darajada bir itqon, bir husni san'at mavjud. Ham nihoyat darajada chalkashlik va ixtilot ichida nihoyat darajada bir imtiyoz va tafriq koʻrinyapti. Ham nihoyat darajada mabzuliyat va vus'at ichida nihoyat darajada san'at jihatidan qiymatdorlik va xilqat jihatidan goʻzallik mavjud. Ham nihoyat darajada san'atkorona bir suratda koʻp jihozotga va koʻp zamonga muhtoj boʻlish bilan barobar; gʻoyat darajada suhulat bilan va tezlik bilan ijod qilinadi. Xuddi birdan va hechdan oʻsha moʻ'jizoti san'at vujudga keladi.
Xullas, bilmushohada har mavsumda roʻyi zaminda koʻrganimiz bu faoliyati qudrat qat'iyan dalolat qiladiki: Shu af'olning manbai boʻlgan qudratga nisbatan eng katta narsa eng kichik narsa qadar osondir va hadsiz afrodning ijodi va idoralari bir fard qadar yengilgina ijod va idora qilinadi.
Uchinchisi: Shu koinotda shu koʻringan tasarrufot va af'ol bilan hukm qilgan Sone'-i Qodirning qudratiga nisbatan eng katta kull eng kichik juz qadar osondir. Afrod jihatidan kasratli bir kulliyning ijodi birgina juz'iyning ijodi qadar yengildir. Va eng oddiy bir juz'iyda eng yuksak bir qiymati san'at koʻrsatilishi mumkin. Shu haqiqatning sirri hikmati uch manbadan chiqadi:
Avvalo: Imdodi vohidiyatdan.
Soniyan: Yusri vahdatdan.
Solisan: Tajalli-i ahadiyatdan.
Birinchi manba boʻlgan imdodi vohidiyat: Ya'ni, hamma narsa va butun ashyo birgina zotning mulki boʻlsa; u vaqt vohidiyat jihati bilan har bir narsaning orqasida butun ashyoning quvvatini yigʻa oladi. Va butun ashyo birgina narsa kabi osongina idora qilinadi. Bu sirni shunday bir tamsil bilan fahmga yaqinlashtirish uchun aytamiz. Masalan, qandayki bir mamlakatning birgina podshohi boʻlsa, u podshoh u vahdati saltanat qonuni jihati bilan, har bir askarning orqasida bir qoʻshin quvvati ma'naviyasini yigʻa oladi.. va yigʻa olgani uchun; u yagona askar bir shohni asir eta oladi va shohdan ustun podshohi nomiga hukm qila oladi. Ham u podshoh, vohidiyati saltanat sirri bilan, bir askarni va bir ma'murni istihdom va idora qilgani kabi, butun qoʻshinni va butun ma'murlarini idora qila oladi. Goʻyo vohidiyati saltanat sirri bilan harkasni, hamma narsani bir fardning imdodiga yubora oladi. Va har bir fardi butun afrod qadar bir quvvatga istinod eta oladi; ya'ni undan madad olib biladi. Agar u vohidiyati saltanat ipi yechilsa va tartibsizlikka aylansa; u vaqt har bir askar hadsiz bir quvvatni birdan yoʻqotib, yuksak bir maqomi nufuzdan sukut etadi, oddiy bir odam maqomiga keladi. Va ularning idora va istihdomlari afrod adadicha mushkulot paydo qiladi. Aynan shuning kabi وَلِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى bu koinotning Sone'i Vohid boʻlgani uchun; har bir narsaga qarshi butun ashyoga mutavajjih boʻlgan asmoni tahshid etadi. Va nihoyatsiz bir san'at bilan qiymatli bir suratda ijod qiladi. Kerak boʻlsa, butun ashyo bilan bitta narsaga qaraydi, qaratadi, madad beradi va quvvatli qiladi. Va butun ashyoni oʻsha vohidiyat sirri bilan bitta narsa kabi ijod qiladi, tasarruf qiladi, idora qiladi.
Bu imdodi vohidiyat sirri bilan; shu koinotda nihoyat darajada mabzuliyat va arzonlik ichida nihoyat darajada san'at jihatidan va qiymat jihatidan yuksak va oliy bir vaziyat koʻrinadi.
Ikkinchi manba boʻlgan yusri vahdat: Ya'ni, birlik usuli bilan bir markazda, bir qoʻldan, bir qonun bilan boʻlgan ishlar gʻoyat darajada oson boʻladi. Mutaaddid markazlarga, mutaaddid qonunga, mutaaddid qoʻllarga tarqalsa, mushkulot paydo qiladi. Masalan: Qandayki bir qoʻshinning butun askarlarining bir markazdan, bir qonun bilan, bir qoʻmondoni a'zam amri bilan asosoti tajhiziyalari qilinsa, birgina askar qadar oson boʻladi. Agar boshqa-boshqa fabrikalarda, boshqa-boshqa markazlarda tajhizotlari qilinsa; bir qoʻshinning tajhiziga lozim boʻlgan butun askariy fabrikalar bitta askarning tajhizoti uchun lozim boʻladi. Demak, agar vahdatga istinod etilsa, bir qoʻshin bir askar qadar oson boʻladi. Agar vahdat boʻlmasa, bir askar bir qoʻshin qadar tajhizning asosoti jihatidan mushkulot paydo qiladi. Ham bir daraxtning mevalariga -vahdat nuqtasidan- bir markazga, bir qonunga, bir ildizga istinodan modda-i hayotiya berilsa, minglab mevalar birgina meva kabi oson boʻladi. Agar har bir meva boshqa-boshqa markazga rabt etilsa va boshqa-boshqa yerdan mavaddi hayotiyalari yuborilsa, har bir meva butun daraxt qadar mushkulot paydo qiladi. Chunki butun daraxtga lozim boʻlgan mavaddi hayotiya har bir meva uchun lozimdir. Mana shu ikki tamsil kabi, وَلِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى shu koinotning Sone'i Vohidi Ahad boʻlgani uchun, vahdat bilan ish qiladi va vahdat bilan ish qilgani uchun butun ashyo birgina narsa qadar oson boʻladi. Ham birgina narsani san'at jihatidan butun ashyo qadar qiymatli qila oladi. Va hadsiz afrodni gʻoyat qiymatli suratda ijod qilib; shu koʻringan hadsiz mabzuliyat va nihoyatsiz arzonlik lisoni bilan judi mutlaqini koʻrsatadi va hadsiz saxovatini va nihoyatsiz xalloqiyatini izhor qiladi.
Uchinchi manba boʻlgan tajalli-i ahadiyat: Ya'ni, Sone'-i Zuljalol jism va jismoniy boʻlmagani uchun, zamon va makon uni qayd ostiga ololmaydi. Va kavnu makon uning shuhudiga va huzuriga mudohala etolmaydi. Va vasoit va ajrom uning fe'liga parda tortolmaydi. Tavajjuhida tajazzi va inqisom boʻlmaydi. Bir narsa bir narsaga mone boʻlmaydi. Hadsiz af'olni bir fe'l kabi qiladi. Shuning uchun; bir urugʻda ulkan bir daraxtni ma'nan joylashtirgani kabi, bir olamni birgina fardda joylashtira oladi. Butun olam birgina fard kabi dasti qudratida aylantiriladi. Bu sirni boshqa Soʻzlarda izoh qilganimiz kabi, aytamizki: Nuroniyat e'tibori bilan bir daraja qaydsiz boʻlgan Quyoshning timsoli har bir jiloli porloq narsada tamassul etadi. Minglab, millionlab oynalar nuriga muqobil kelsa, birgina oyna kabi inqisom etmasdan shaxsan har birida jilva-i misoliyasi boʻladi. Agar oynaning iste'dodi boʻlsa, Quyosh azamati bilan unda asarlarini koʻrsata oladi. Bir narsa bir narsaga mone boʻlolmaydi. Minglab bir kabi va minglab yerga bir yer kabi oson kiradi. Har bir yer minglab yer qadar u quyoshning jilvasiga mazhar boʻladi. Xullas وَلِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى shu koinot Sone'-i Zuljalolining nur boʻlgan butun sifoti bilan va nuroniy boʻlgan butun asmosi bilan, tavajjuhi ahadiyat sirri bilan shunday bir tajalliysi borki; hech bir yerda boʻlmagani holda, har yerda hozir va nozirdir. Tavajjuhida inqisom yoʻq. Ayni onda, har yerda, qiyinchiliksiz, muzohamasiz har ishni qiladi.
Bu imdodi vohidiyat va yusri vahdat va tajalli-i ahadiyat sirri bilanki; butun mavjudot bitta Sone'ga berilgan vaqt; u butun mavjudot birgina mavjud kabi oson va suhulatli boʻladi. Va har bir mavjud husni san'at jihatidan butun mavjudot qadar qiymatli boʻlishi mumkin. Qandayki mavjudotning hadsiz mabzuliyati ichida har bir fardda hadsiz daqoiqi san'atning boʻlishi bu haqiqatni koʻrsatadi. Agar u mavjudot toʻgʻridan-toʻgʻri birgina Sone'ga berilmasa; u payt har bir mavjud butun mavjudot qadar mushkulotli boʻladi va butun mavjudot birgina mavjud qiymatiga sukut etadi, tushadi. Bu vaziyatda hech narsa vujudga kelmaydi, kelsa ham qiymatsiz, yoʻqqa chiqadi.
Shu sirdan: Ahli falsafaning eng ziyoda oldin ketganlari boʻlgan Sofistaiylar tariqi haqdan yuzlarini oʻgirganliklari uchun, kufr va zalolat tariqiga qaraganlar, koʻrganlarki: Shirk yoʻli tariqi haqdan va tavhid yoʻlidan yuz ming marta yanada mushkulotlidir, nihoyat darajada gʻayri ma'quldir. Shuning uchun, bilmajburiya hamma narsaning vujudini inkor qilib, aqldan iste'fo etganlar.
Toʻrtinchisi: Shu koinotda shu koʻringan af'ol bilan tasarruf qilgan Zoti Qodirning qudratiga nisbatan Jannatning ijodi bir bahor qadar oson va bir bahorning ijodi bir gul qadar osondir. Va bir gulning mahosini san'ati va latoifi xilqati bir bahor qadar latofatli va qiymatli boʻlishi mumkin. Bu haqiqatning sirri uch narsadir:
Birinchisi: Sone'dagi vujub bilan tajarrud.
Ikkinchisi: Mohiyatining muboyanati bilan adami taqayyud.
Uchinchisi: Adami tahayyuz bilan adami tajazzidir.
Birinchi Sir: Vujub va tajarrudning hadsiz osonlikka va nihoyatsiz suhulatga sababiyat berishlari gʻoyat chuqur bir sirdir. Uni bir tamsil bilan fahmga yaqinlashtiramiz. Shundayki:
Vujud martabalari muxtalifdir. Va vujud olamlari boshqa-boshqadir. Boshqa-boshqa boʻlganlari uchun, vujudda rusuxi boʻlgan bir tabaqa-i vujudning bir zarrasi u tabaqadan yanada yengil bir tabaqa-i vujudning bir togʻi qadardir va u togʻni isti'ob etadi. Masalan: Olami shahodatdan boʻlgan boshdagi hantal qadar quvva-i hofiza olami ma'nodan bir kutubxona qadar vujudni ichiga oladi. Va olami xorijiydan boʻlgan tirnoq qadar bir oyna vujudning olami misol tabaqasidan ulkan bir shaharni ichiga oladi. Va olami xorijiydan boʻlgan oʻsha oyna va oʻsha hofizaning shuurlari va quvva-i ijodiyalari boʻlsaydi, zarrachalik vujudi xorijiylarining quvvati bilan vujudi ma'naviyda va misoliyda hadsiz tasarrufot va tahavvulot qila olardilar. Demak, vujud rusux paydo qilgan sari quvvat ziyodalashadi; oz bir narsa koʻp hukmiga oʻtadi. Xususan vujud rusuxi tom qozongandan soʻng, moddadan mujarrad boʻlsa, qayd ostiga kirmasa; u vaqt juz'iy bir jilvasi boshqa yengil tabaqoti vujudning koʻp olamlarini aylantira oladi.
وَلِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى Shu koinotning Sone'-i Zuljaloli Vojib-ul Vujuddir. Ya'ni: Uning vujudi zotiydir, azaliydir, abadiydir, adami mumtani'dir, zavoli maholdir va tabaqoti vujudning eng rasixi, eng asoslisi, eng quvvatlisi, eng mukammalidir. Boshqa tabaqoti vujud uning vujudiga nisbatan gʻoyat zaif bir soya hukmidadir. Va shu daraja Vujudi Vojib rasix va haqiqatli va vujudi mumkinot shu daraja yengil va zaifki; Muhyiddin Arabiy kabi koʻp ahli tahqiq boshqa tabaqoti vujudni avhom va xayol darajasiga tushirishgan; لَا مَوْجُودَ اِلَّا هُوَ deyishgan. Ya'ni: Vujudi Vojibga nisbatan boshqa narsalarga vujud deyilmasligi kerak; ular vujud unvoniga loyiq emas deb hukm qilishgan.
Vojib-ul Vujudning ham vojib, ham zotiy boʻlgan qudratiga qarshi mavjudotning ham hodis, ham ariziy vujudlari va mumkinotning ham qarorsiz, ham quvvatsiz subutlari; albatta nihoyat darajada oson va yengil boʻladi. Butun ruhlarni hashri a'zamda ihyo etib muhokama etish; bir bahorda, balki bir bogʻda, balki bir daraxtda hashr va nashr qilgan yaproq va gul va mevalar qadar osondir.
Ikkinchi Sir: Muboyanati mohiyat va adami taqayyudning osonlikka sababiyati esa shuki: Sone'-i Koinot albatta koinot jinsidan emasdir. Mohiyati hech bir mohiyatga oʻxshamaydi. Shunday ekan: Koinot doirasidagi monelar, chegaralar uning qarshisiga oʻtolmaydi; uning ijrootini chegaralay olmaydi. Butun koinotni birdan tasarruf etib aylantira oladi. Agar koinot yuzida koʻringan tasarrufot va af'ol koinotga havola qilinsa, shu qadar mushkulot va chalkashlikka sababiyat beradiki; hech bir intizom qolmagani kabi, hech narsa vujudda qolmaydi; balki vujudga kelolmaydi. Masalan: Qandayki gumbazlardagi ustalik san'ati oʻsha gumbazdagi toshlarga havola qilinsa va bir harbiy qismning zobitga oid idorasi askarlarga qoldirilsa; yo hech vujudga kelmaydi va yoki juda mushkulot va chalkashlik ichida intizomsiz bir vaziyat oladilar. Holbuki gumbazlardagi toshlarga vaziyat berish uchun tosh navidan boʻlmagan bir ustaga berilsa va harbiy qismdagi askarlarning idorasi martaba e'tibori bilan zobitlik mohiyatiga sohib boʻlgan bir zobitga havola qilinsa; ham san'at oson boʻladi, ham tadbir va idora suhulatli boʻladi. Chunki toshlar va askarlar bir-biriga mone boʻladilar; usta va zobit esa, monesiz har nuqtaga qaraydi, idora qiladi.
وَلِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى Vojib-ul Vujudning mohiyati qudsiyasi mohiyati mumkinot jinsidan emas. Balki butun haqoiqi koinot u mohiyatning asmo-i husnasidan boʻlgan Haq ismining shualaridir. Modomiki mohiyati muqaddasasi ham Vojib-ul Vujuddir, ham moddadan mujarraddir, ham butun mohiyatga muxolifdir; misli, misoli, masili yoʻqdir. Albatta u Zoti Zuljalolning u qudrati azaliyasiga nisbatan butun koinotning idorasi va tarbiyasi; bir bahor, balki bir daraxt qadar osondir. Hashri a'zam va dori oxirat, Jannat va Jahannamning ijodi; bir kuz mavsumida oʻlgan daraxtlarning yangidan bir bahorda ihyolari qadar osondir.
Uchinchi Sir: Adami tahayyuz va adami tajazzining nihoyat darajada boʻlgan osonlikka sababiyat berishlarining sirri esa shuki: Modomiki Sone'-i Qodir makondan munazzahdir, albatta qudrati bilan har makonda hozir sanaladi. Va modomiki tajazzi va inqisom yoʻq ekan albatta har narsaga butun asmosi bilan mutavajjih boʻlishi mumkin. Va modomiki hamma yerda hozir va har narsaga mutavajjih boʻladi.. Shunday ekan mavjudot va vasoit va ajrom uning af'oliga toʻsqinlik qilmaydi, ta'viq etmaydi, balki umuman luzum yoʻq. Farazan luzum boʻlsa, elektrning simlari kabi va daraxtning shoxlari kabi va insonning tomirlari kabi; ashyo vasila-i tasxilot va vosita-i vusuli hayot va sababi sur'ati af'ol hukmiga oʻtadi. Ta'viq, taqyid, man va mudohala shunday tursin; balki tasxil va tasri' va isolga vasila hukmiga oʻtadi. Demak, Qodiri Zuljalolning tasarrufoti qudratiga hamma narsa itoat va inqiyod jihatidan -ehtiyoj yoʻq- agar ehtiyoj boʻlsa, osonlikka vasila boʻladi.
Alhosil: Sone'-i Qodir qiyinchiliksiz, muolajasiz, tezlik bilan, suhulat bilan hamma narsani oʻziga loyiq suratda yaratadi. Kulliyotni juz'iyot qadar oson ijod qiladi. Juz'iyotni kulliyot qadar san'atli yaratadi. Ha, kulliyotni va samovotni va arzni yaratgan kim boʻlsa, samovot va arzda boʻlgan juz'iyotni va afrodi zihayotiyani yaratgan albatta yana udir va undan boshqasi boʻlolmaydi. Chunki u kichik juz'iyot; u kulliyotning mevalari, urugʻlari, misoli musagʻgʻarlaridir. Ham juz'iyotni ijod qilgan kim boʻlsa, juz'iyotni qamragan unsurlarni va samovot va arzni ham u yaratgan. Chunki koʻryapmizki; juz'iyot kulliyotga nisbatan bittadan urugʻ, bittadan kichik nusxa hukmidadir. Shunday ekan u juz'iylarni yaratgan zotning qoʻlida anosiri kulliya va samovot va arz boʻlishi kerak. Toki, hikmatining dasturlari bilan va ilmining mezonlari bilan u kulliy va barcha mavjudotning xulosalarini, ma'nolarini, namunalarini u kichkina misoli musagʻgʻarlar hukmida boʻlgan juz'iyotda joylashtira olsin. Ha, ajoyibi san'at va gʻaroyibi xilqat nuqtasida juz'iyot kulliyotdan orqada emas; gullar yulduzlardan past emas; urugʻlar daraxtlarning madunida emas; balki urugʻdagi naqshi qadar boʻlgan ma'naviy daraxt bogʻdagi najsi qudrat boʻlgan mujassam daraxtdan yanada ajibdir. Va xilqati insoniya xilqati olamdan yanada ajibdir. Qandayki bir javhari fard ustida efir zarroti bilan bir Qur'oni hikmat yozilsa, samovot yuzidagi yulduzlar bilan yozilgan bir Qur'oni azamatdan qiymat jihatidan yanada ahamiyatli boʻlishi mumkin. Shunga oʻxshab; juda kichik juz'iyotlar bor, moʻ'jizoti san'at jihatidan kulliyotdan ustundir.
Beshinchisi: Sobiq bayonotimizda, ijodi maxluqotda koʻringan hadsiz osonlik gʻoyat darajada tezlik, nihoyatsiz sur'ati af'ol, nihoyatsiz suhulat bilan ijodi ashyoning sirlarini, hikmatlarini bir daraja koʻrsatdik. Bu nihoyatsiz tezlik va hadsiz suhulat bilan vujudi ashyo ahli hidoyatga shunday qat'iy bir qanoat beradiki: Maxluqotni ijod qilgan zotning qudratiga nisbatan; Jannatlar bahorlar qadar, bahorlar bogʻlar qadar, bogʻlar gullar qadar oson boʻladi.
sirri bilan, navi basharning hashr va nashri, birgina nafsning imota va ihyosi kabi suhulatlidir.
tasrihi bilan, butun insonlarni hashrda ihyo etish; istirohat uchun tarqalgan qoʻshinni bir karnay ovozi bilan toʻplash qadar osondir.
Bu hadsiz tezlik va nihoyatsiz suhulat, bilbedaho qudrati Sone'ning kamoliga va hamma narsa unga nisbatan oson ekaniga dalili qat'iy va burhoni yaqiyniy boʻlgani holda; ahli zalolatning nazarida Sone'ning qudrati bilan ashyoning tashkili va ijodi vujub darajasida suhulatlidir. Ming daraja mahol boʻlgan -oʻzidan oʻzi tashakkul bilan iltibosga sabab boʻlgan. Ya'ni, ba'zi oddiy narsalarning vujudga kelishlarini juda oson koʻrganlari uchun, ularning tashkilini tashakkul tavahhum etadilar. Ya'ni, ijod qilinmaydilar, balki oʻzidan oʻzi vujud topadilar. Xullas kel, ahmoqlikning nihoyatsiz darajalariga qaraki; nihoyatsiz bir qudratning dalilini uning yoʻqligiga dalil qiladi; nihoyatsiz maholot eshigini ochadi. Chunki u holda Sone'-i Olamga lozim boʻlgan nihoyatsiz qudrat va bepoyon ilm kabi avsofi kamol har maxluqning har zarrasiga berilishi lozim boʻladi, toki oʻzidan oʻzi tashakkul eta olsin.
OʻN BIRINCHI KALIMA: وَ اِلَيْهِ الْمَص۪يرُ Ya'ni: Dori foniydan dori boqiyga qaytiladi va Qadimi Boqiyning maqarri saltanati abadiysiga ketiladi va sababning kasratidan Vohidi Zuljalolning doira-i qudratiga ketiladi, dunyodan oxiratga oʻtiladi. Marji'ingiz uning dargohidir, maljaingiz uning rahmatidir va hokazo...
Shu kalimaning bular kabi ifoda qilgan juda koʻp haqiqatlari bor. Shu haqiqatlarning ichida saodati abadiya bilan Jannatga qaytishingizni ifoda qilgan haqiqat esa: Oʻninchi Soʻzning oʻn ikki burhoni qat'iyi yaqiyniyi bilan va Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzning juda koʻp daloili qat'iyani tazammun etgan olti asosi bilan shu daraja qat'iy isbot qilinganki, boshqa bayonga hojat qoldirmaydi. Botgan quyoshning ertasi tong yangidan chiqishi qat'iyatida u ikki Soʻz isbot qilganlarki: Shu dunyoning ma'naviy quyoshi boʻlgan hayot ham, xarobi dunyo bilan botishidan soʻngra hashrning tongida boqiy bir suratda chiqadi. Va jin va insning bir qismi saodati abadiyaga va bir qismi ham shaqovati abadiyaga mazhar boʻladi. Modomiki Oʻninchi va Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzlar bu haqiqatni kamoli bilan isbot qilganlar, soʻzni ularga havola qilib faqat aytamizki: Sobiq bayonotda qat'iy isbot qilingani kabi: Nihoyatsiz bepoyon ilm va hadsiz bir iroda-i kulliya va nihoyatsiz bir qudrati mutlaqa sohibi boʻlgan shu koinotning Sone'-i Hakimi va shu insonlarning Xoliqi Rahimi butun samoviy kitoblari va farmonlari bilan Jannatni va saodati abadiyani navi basharning ahli imoniga va'da bergan. Modomiki va'da bergan, albatta qiladi. Chunki va'dasida xulf etish unga maholdir. Chunki va'dasini ifo etmaslik gʻoyat xunuk bir nuqson hisoblanadi. Komili Mutlaq nuqsondan munazzah va muqaddasdir. Va'da berganini qilmaslik, yo johilligidan yoki ojizligidan boʻladi. Holbuki Qodiri Mutlaq va Alimi Kulli Shay haqida johillik va ojizlik mahol boʻlganidan, xulfi va'd ham maholdir. Ham boshda Faxri Olam Alayhissalotu Vassalam boʻlib butun anbiyo va avliyo va asfiyo va ahli iymon mutamodiyan u Rahimi Karimdan va'da bergan saodati abadiyani umid qilib yolvoradilar va niyoz etib istaydilar. Ham butun asmo-i husna bilan birga istaydilar. Chunki boshda shafqati va rahmati, adolati va hikmati va Rahmon va Rahim, Odil va Hakim ismlari va rububiyati va saltanati va Rob va Alloh ismlari kabi aksar asmo-i husnasi doira-i oxiratni va saodati abadiyani iqtizo va istilzom etadilar va tahaqquqiga shahodat va dalolat qiladilar. Balki -Oʻninchi Soʻzda isbot qilingani kabi- butun mavjudot butun haqoiqi bilan dori oxiratga ishorat qiladilar. Ham farmoni a'zam boʻlgan Qur'oni Hakim minglab oyot va bayyinoti bilan va barohini sodiqa-i qat'iyasi bilan oʻsha haqiqatni koʻrsatadi va ta'lim beradi. Va navi basharning mabihil iftixori Habibi Akram minglab moʻ'jizoti bahiraga istinod etib butun hayotida, butun quvvati bilan oʻsha haqiqatni dars bergan, isbot qilgan, e'lon qilgan, koʻrgan va koʻrsatgan.
Yigirmanchi Maktubning Oʻninchi Kalimasiga Zayl
Savol: Sen koʻp yerlarda: "Vahdatda nihoyat darajada osonlik bor; kasratda va shirkda nihoyat mushkulot boʻladi. Vahdatda vujub darajasida bir suhulat bor; shirkda imtino' darajasida bir suubat bor", deysan. Holbuki koʻrsatganing mushkulot va maholot vahdat tarafida ham jarayon etadi. Masalan: "Agar zarralar ma'mur boʻlmasalar; har bir zarrada yo bir bepoyon ilm yoki bir qudrati mutlaqa yoki hadsiz ma'naviy uskunalar, matbaalar boʻlishi lozim boʻladi. Bu esa yuz daraja maholdir. Holbuki u zarralar ma'muri Ilohiy ham boʻlsalar, yana shunday bir mazhariyat lozim boʻladi.. toki hadsiz muntazam vazifalarini qila olsinlar. Buning yechimini istayman", deysan.
Aljavob: Koʻp Soʻzdarda izoh va isbot qilganmizki: Butun mavjudot birgina Sone'ga berilsa, birgina mavjud kabi oson va suhulatli boʻladi. Agar mutaaddid sabablarga va tabiatga isnod etilsa; birgina chivin samovot qadar; bir gul bir bahor qadar; bir meva bir bogʻ qadar mushkulotli va suubatli boʻladi. Modomiki shu masala boshqa Soʻzlarda izoh va isbot qilingan; ularga havola qilib, shu yerda yolgʻiz uch ishorat bilan u haqiqatga qarshi nafsning itminonini ta'min qiladigan uch tamsil bayon qilamiz:
Birinchi Tamsil: Masalan shaffof, porloq bir zarracha, shaxsan bir oʻzi qolsa, bir gugurt boshi qadar bir nur ichida yerlashmaydi va unga masdar boʻlolmaydi. Oʻz jussasi qadar va mohiyati miqdoricha bil-asila juz'iy zarra kabi bir nuri boʻlishi mumkin. Faqat u zarracha Quyoshga intisob etib, unga qarshi koʻzini ochib qarasa; u vaqt u ulkan Quyoshni ziyosi bilan, alvoni sab'asi bilan, harorati bilan, hatto masofasi bilan ichiga olib biladi va bir navi tajalli-i a'zamiga mazhar boʻladi. Demak, u zarra oʻz-oʻziga qolsa, bir zarra qadar faqat ish qila oladi. Agar Quyoshga ma'mur va mansub va mir'at sanalsa; Quyosh kabi Quyoshning ijrootidagi bir qism juz'iy namunalarini koʻrsata oladi.
وَلِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى Har bir mavjud, hatto har bir zarra, agar kasratga va shirkka va sabablarga va tabiatga va oʻz-oʻziga isnod etilsa; u vaqt har bir zarra, har bir mavjud yo bir bepoyon ilm va qudrati mutlaqa sohibi boʻlishi kerak va yoki hadsiz ma'naviy uskuna va matbaalar ichida tashakkul etishi kerak; toki unga tavdi' etilgan ajib vazifalarni qila olsin. Agar u zarralar Vohidi Ahadga isnod etilsa; har bir masnu', har bir zarra unga mansub boʻladi, uning ma'muri hukmiga oʻtadi. Shu intisob uni tajalliyga mazhar qiladi. Bu mazhariyat va intisob bilan nihoyatsiz bir ilm va qudratga istinod etadi. Xoliqining quvvati bilan millionlab marta quvvati zotiysidan ortiq ishlarni, vazifalarni oʻsha intisob va istinod sirri bilan qiladi.
Ikkinchi Tamsil: Masalan: Ikki qardosh bor. Biri jasur, oʻziga ishonadi. Boshqasi hamiyatli, milliyat-parvardir. Bir muhoraba zamonida oʻziga ishongan odam davlatga intisob etmaydi, bir oʻzi ish qilishni istaydi. Oʻz quvvatining manbalarini belida tashishga majbur boʻladi. Tajhizotini, oʻq-dorilarini oʻz quvvatiga koʻra tortishga muztardir. U shaxsiy va kichik quvvat miqdoricha, dushman qoʻshinining bir oʻn boshisi bilan faqat mujodala etadi; ortiq bir narsa qoʻlidan kelmaydi. Boshqa qardosh oʻziga ishonmaydi va oʻzini ojiz, quvvatsiz deb biladi.. podshohga intisob etdi, askarlikka qayd etildi. U intisob bilan ulkan bir qoʻshin unga nuqta-i istinod boʻldi. Va u istinod bilan orqasida podshohning himmati bilan bir qoʻshinning ma'naviy quvvatini tahshid eta oladigan bir quvva-i ma'naviya bilan urushga otildi. Nihoyat dushmanning magʻlub qoʻshini ichidagi shohning katta bir mushiriga uchradi; oʻz podshohi nomidan "Seni asir qilaman, kel!", deydi. Asir qiladi, keltiradi. Shu holning sirri va hikmati shuki:
Avvalgi bebosh oʻz manba-i quvvatini va tajhizotini oʻzi tashishga majbur boʻlgani uchun, gʻoyat juz'iy ish qila oldi. Shu ma'mur esa; oʻz quvvatining manbaini tashishga majbur emas, balki uni qoʻshin va podshoh tashiydi. Mavjud telegraf va telefon simiga uskunasini kichik bir sim bilan rabt etish kabi, shu odam bu intisob bilan oʻzini u hadsiz quvvatga rabt etadi.
Xullas, وَلِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى agar har maxluq, har zarra toʻgʻridan-toʻgʻriga Vohidi Ahadga isnod etilsa va ular unga intisob etsalar; u vaqt u intisob quvvati bilan va sayyidining havli bilan, amri bilan chumoli Fir'avnning saroyini boshiga yiqitadi, ostin-ustun qiladi.. chivin Namrudni oʻldirib Jahannamga otadi.. bir mikrob eng jabbor bir zolimni qabrga tiqadi.. bugʻdoy donasi qadar qaragʻay urugʻi bir togʻ kabi bir qaragʻay daraxtining dastgohi va uskunasi hukmiga oʻtadi.. havoning zarrasi butun gullarning, mevalarning boshqa-boshqa ishlarida, tashkil topishlarida muntazaman, goʻzal ravishda ishlay oladi. Butun bu osonlik, bilbedaho ma'muriyat va intisobdan kelib chiqadi. Agar ish beboshlikka aylansa, sabablarga va kasratga va oʻzlari-oʻzlariga qoldirilib shirk yoʻlida ketilsa, u vaqt hamma narsa jussasi qadar va shuuri miqdoricha ish qila oladi.
Uchinchi Tamsil: Masalan ikki oʻrtoq bor. Hech koʻrmagan bir mamlakatning ahvoliga doir statistikalik bir navi joʻgʻrofiya yozishni istaydilar.
Birisi oʻsha mamlakatning podshohiga intisob etib, telegraf va telefon doirasiga kiradi. Oʻn tangalik bir sim bilan oʻz telefon uskunasini davlatning simiga rabt etadi. Har yer bilan koʻrishadi, muxobara etadi, ma'lumot oladi. Gʻoyat muntazam va mukammal joʻgʻrofiya statistikasiga oid san'atkorona bir asar yaratadi.
Ikkinchi oʻrtoq esa, yo ellik yil mutamodiyan kezadi va mushkulot bilan har yerni koʻrib har hodisani eshitadi va yoki millionlab lirani sarf qilib, davlatning sim va telefon uzatmalari qadar va podshoh kabi telegraf sohibi boʻladi. Toki avvalgi oʻrtogʻi kabi u mukammal asarni yasasin. Shuning kabi: وَلِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰىagar hadsiz ashyo va maxluqot Vohidi Ahadga berilsa, u vaqt u irtibot bilan hamma narsa bittadan mazhar boʻladi. U Shamsi Azaliyning tajalliysiga mazhariyat bilan qavonini hikmatiga va dasotiri ilmiyasiga va navomisi qudratiga irtibot paydo qiladi. Oʻshanda havl va quvvati Ilohiya bilan hamma narsani koʻradigan bir koʻzi va har yerga qaraydigan bir yuzi va har ishga oʻtadigan bir soʻzi hukmida bir jilva-i Rabboniyaga mazhar boʻladi. Agar u intisob kesilsa; u narsa butun ashyodan ham inqito' etadi, jussasi qadar bir kichiklikka sigʻishadi. U holda bir uluhiyati mutlaqa sohibi boʻlishi kerakki, avvalgi vaziyatda qilgan ishlarini qila olsin.
Alhosil: Vahdat va iymon yoʻlida vujub darajasida bir suhulat va osonlik bor. Shirk va sabablarda imtino' darajasida mushkulot va suubat bor. Chunki bir vohid qiyinchiliksiz koʻp ashyoga bir vaziyat beradi va bir natijani istihsol etadi. Agar u vaziyatni olish va u natijani istihsol etish u koʻp sonli ashyoga havola qilinsa; u vaqt juda koʻp qiyinchilik bilan va juda koʻp harakatlar bilan zoʻrgʻa u vaziyat olinadi va u natija istihsol etiladi. Masalan, Uchinchi Maktubda aytilgani kabi: Samovot maydonida, Shams va Qamar qoʻmondonligi ostida yulduzlar qoʻshinini harakatga keltirish bilan, har kecha va har yil dabdabali tasbehkorona bir sayaron va jarayon berish maʻnosida boʻlgan jozibador, sevimli vaziyati samoviya va mavsumlarning almashinishi kabi katta foydalarning vujud topishi maʻnosida boʻlgan u ulviy, hikmatli natija-i Arziya, agar vahdatga berilsa; u Sultoni Azal osonlik bilan Kura-i Arz kabi bir askarni u vaziyat va u natija uchun ajromi ulviyaga qoʻmondon tayin qiladi. U vaqt Arz, amr olgandan soʻng, ma'muriyat nash'asidan mavlaviy kabi zikr etib aylanishni boshlaydi; oz bir masraf bilan u goʻzal vaziyat hosil boʻladi, u muhim natija vujud topadi. Agar Arzga "Sen toʻxta, qoʻshilma!" deyilsa; va oʻsha natija va vaziyatning istihsoli ham samovotga havola qilinsa; va vahdatdan kasratga va shirkka ketilsa; har kun va har yil minglab daraja Kura-i Arzdan katta boʻlgan millionlar adadicha yulduzlar harakat qilishi, milliardlab yil masofani yigirma toʻrt soatda va bir yilda bosib oʻtish lozim boʻladi.
Natija-i Marom: Qur'on va ahli iymon hadsiz masnu'otni bir Sone'-i Vohidga beradi. Toʻgʻridan-toʻgʻri har ishni unga isnod etadi. Vujub darajasida suhulatli bir yoʻlda ketadi, savq etadi. Va ahli shirk va tugʻyon bir masnu'i vohidni hadsiz sabablarga isnod etib, imtino' darajasida suubatli bir yoʻlda ketadi. Shu holda Qur'on yoʻlida butun masnu'ot bilan zalolat yoʻlida bir masnu'i vohid barobardirlar. Hatto balki butun ashyoning vohiddan suduri bir vohidning hadsiz ashyodan suduridan koʻp daraja asxal va osondir. Qandayki bir zobit ming askarning tadbirini bir askar kabi oson qiladi va bir askarning tadbiri ming zobitga havola qilinsa, ming askar qadar mushkulotli boʻladi, chalkashlikka sababiyat beradi.
Bu haqiqatni shu oyati azima ahli shirkning boshiga uradi, tarqatadi: