OʻN TOʻQQIZINCHI MAKTUB
Bu risola uch yuzdan ortiq moʻ'jizotni bayon qiladi. Risolati Ahmadiyaning (S.A.V.) moʻ'jizasini bayon qilgani kabi, oʻzi ham u moʻ'jizaning bir karomatidir. Uch-toʻrt nav bilan horiqo boʻlgan:
Birinchisi: Naql va rivoyat boʻlish bilan barobar, yuz sahifadan ortiq boʻlgani holda, kitoblarga murojaat etilmasdan, yoddan, togʻ, bogʻ chetlarida, uch-toʻrt kun mobaynida, har kuni ikki-uch soat ishlash sharti bilan, jami oʻn ikki soatda ta'lif etilishi, horiqo bir voqeadir.
Ikkinchisi: Bu risola, uzunligi bilan barobar na yozilishi zeriktiradi va na oʻqilishi shirinligini yoʻqotadi. Tanbal ahli qalamni shunday bir shavq va gʻayratga keltirdiki; bu mashaqqatli va zerikarli zamonda, bu atrofda bir yil mobaynida yetmish adadga yaqin nusxalar yozilgani, u moʻ'jiza-i Risolatning bir karomati boʻlganini, muttali' boʻlganlarga qanoat berdi.
Uchinchisi: Ajamiy va tavofuqdan xabari yoʻq va bizga ham hali tavofuq tazohur etmasdan avval uning va boshqa sakkiz mustansixning bir-birini koʻrmasdan yozgan nusxalarida; Lafzi Rasuli Akram (Alayhissalotu Vassalam) kalimasi butun risolada va Lafzi Qur'on beshinchi parchasida shunday bir tarzda tavofuq etishlari koʻrindiki, zarra miqdor insofi bor odam tasodif demaydi. Kim koʻrgan boʻlsa, qat'iy hukm qiladiki; bu bir sirri gʻaybiydir, moʻ'jiza-i Ahmadiyaning (S.A.V.) bir karomatidir.
Shu risolaning boshidagi asoslar juda muhimdir. Ham shu risoladagi ahodis, deyarli barchasi aimma-i hadis nazdida maqbul va sahih boʻlish bilan barobar, eng qat'iy hodisoti risolatni bayon qiladilar. U risolaning maziyatlarini aytish lozim boʻlsa; u risola qadar bir asar yozish lozim kelganidan, mushtoq boʻlganlarni uni bir karra oʻqishiga havola qilamiz...
IXTOR: Shu risolada koʻp ahodisi sharifa naql etganman. Yonimda kutubi hadisiya mavjud emas. Yozgan hadislarimning lafzida xato boʻlsa; yo tasxix etilsin, yoxud "hadisi bilma'no"dir deyilsin. Chunki qovli rojih shuki: "Naqli hadisi bilma'no joizdir". Ya'ni: Hadisning faqat ma'nosini olib, lafzini oʻzi zikr etadi. Modomiki shundaydir; lafzida xato boʻlsa, hadisi bilma'no nazari bilan qaralsin.
(Risolati Ahmadiyaga (S.A.V.) doir Oʻn Toʻqqizinchi Soʻz bilan Oʻttiz Birinchi Soʻz nubuvvati Muhammadiyani (S.A.V.) daloili qat'iya bilan isbot etganlaridan, isbot jihatini ularga havola qilib, yolgʻiz ularga bir tatimma sifatida oʻn toʻqqiz nuktali ishoratlar bilan u buyuk haqiqatning ba'zi lam'alarini koʻrsatamiz:)
BIRINCHI NUKTALI ISHORAT: Shu koinotning sohib va mutasarrifi albatta bilib qiladi va hikmat bilan tasarruf etadi va har tarafni koʻrib turib tadvir etadi va hamma narsani bilgan, koʻrgan holda tarbiya qiladi va hamma narsada koʻringan hikmatlarni, gʻoyalarni, foydalarni iroda qilib tadvir etadi. Modomiki qilgan biladi; albatta bilgan gapiradi. Modomiki gaplashar ekan, albatta zishuur va zifikr va gapirishni biladiganlar bilan gaplashadi. Modomiki zifikr bilan gaplashar ekan, albatta zishuur ichida eng jam'iyatli va shuuri kulliy boʻlgan inson navi bilan gaplashadi. Modomiki inson navi bilan gaplashar ekan, albatta insonlar ichida qobili xitob va mukammal inson boʻlganlar bilan gaplashadi. Modomiki eng mukammal va iste'dodi eng yuksak va axloqi ulviy va navi basharga muqtado boʻladiganlar bilan gaplashar ekan; albatta doʻst va dushmanning ittifogʻi bilan, eng yuksak iste'dodda va eng oliy axloqda va navi basharning xumsi unga iqtido qilgan va nisfi Arz uning hukmi ma'naviysi ostiga kirgan va istiqbol u keltirgan nurning ziyosi bilan bir ming uch yuz yil yorishgan va basharning nuroniy qismi va ahli iymoni, mutamodiyan kunda besh marta u bilan tajdidi bay'at etib, unga duo-i rahmat va saodat etib, unga madh va muhabbat etgan Muhammad Alayhissalotu Vassalam bilan gaplashadi va gaplashgan va Rasul qiladi va qilgan va boshqa navi basharga rahbar qiladi va qilgandir.
IKKINCHI NUKTALI ISHORAT: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam iddi'oyi nubuvvat etgan. Qur'oni Azimushshon kabi bir farmonni koʻrsatgan va ahli tahqiqning yonida mingga yaqin moʻ'jizoti bahirani koʻrsatgan. U moʻ'jizot, hay'ati majmuasi bilan, da'vo-i nubuvvatning vuqu'i qadar vujudlari qat'iydir. Qur'oni Hakimning koʻp yerlarida eng muannid kofirlardan naql etilgan sehr isnod etishlari koʻrsatadiki; u muannid kofirlar ham moʻ'jizotning vujudlarini va vuqu'larini inkor qilolmaydilar. Yolgʻiz oʻzlarini aldash yoki atba'larini ishontirish uchun, -xosho- sehr deyishgan.
Darhaqiqat, moʻ'jizoti Ahmadiyaning (SA.V.) yuz tavotur quvvatida bir qat'iyati bor. Moʻ'jiza esa; Xoliqi Koinot tarafidan uning da'vosiga bir tasdiqdir, "Sodaqta" hukmiga oʻtadi. Qandayki sen bir podshohning majlisida va doira-i nazarida: "Podshoh meni falon ishga ma'mur etgan" desang, sendan u da'voga bir dalil istanilsa; podshoh "Ha" desa, seni tasdiq qilgan boʻladi. Shunga oʻxshab, odatini va vaziyatini sening iltimosing bilan almashtirsa; "Ha" soʻzidan yanada qat'iy, yanada quvvatli sening da'vongni tasdiq qilgan boʻladi. Shunga oʻxshab, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam da'vo qilganki: "Men shu koinot Xoliqining mab'usiman. Dalilim shuki: Mustamir odatini mening duo va iltimosim bilan almashtiradi. Mana barmoqlarimga qaranglar, besh joʻmrakli bir chashma kabi oqittiryapti. Qamarga qaranglar, bir barmogʻimning ishorati bilan ikki parcha qilyapti. Shu daraxtga qaranglar; meni tasdiqlash uchun yonimga kelyapti, shahodat keltiryapti. Shu bir parcha taomga qaranglar; ikki-uch odamga zoʻrgʻa kifoya qilgani holda, mana ikki yuz-uch yuz odamni toʻydiryapti". Va hokazo.. yuzlab moʻ'jizotni shu shaklda koʻrsatgan.
Hozir, shu zotning daloili sidqi va barohini nubuvvati yolgʻiz moʻ'jizotiga munxasir emas. Balki ahli diqqat uchun, deyarli umum harakoti va af'oli, ahvol va aqvoli, axloq va atvori, siyrat va surati sidqini va jiddiyatini isbot etadi. Hatto mashhur ulamo-i Bani Isroiliyadan Abdulloh Ibn Salom kabi juda koʻp zotlar yolgʻiz u Zoti Akram Alayhissalotu Vassalamning siymosini koʻrish bilan: "Bu siymoda yolgʻon yoʻq, shu yuzda hiyla boʻlmaydi!" deb iymonga kelishgan.
Garchi muhaqqiqiyni ulamo daloili nubuvvatni va moʻ'jizotni mingga yaqin deganlar; lekin minglab, balki yuz minglab daloili nubuvvat bor. Va yuz minglab yoʻl bilan yuz minglab muxtalif fikrli odamlar u zotning nubuvvatini tasdiq etishgan. Yolgʻiz Qur'oni Hakimda qirq vajhi i'jozdan boshqa, nubuvvati Ahmadiyaning (S.A.V.) ming burhonini koʻrsatadi.
Ham modomiki navi basharda nubuvvat bor. Va yuz minglab zot nubuvvat da'vo qilib moʻ'jiza koʻrsatganlar, kelib oʻtganlar. Albatta umumdan yuksak bir qat'iyat bilan, nubuvvati Ahmadiya (S.A.V.) sobitdir. Chunki Iso Alayhissalom va Muso Alayhissalom kabi umum rasullarga nabiy dedirgan va risolatiga mador boʻlgan daloil va avsof va vaziyatlar va ummatlariga qarshi muomalalar; Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamda yanada akmal, yanada jome' bir suratda mavjuddir. Modomiki hukmi nubuvvatning illati va sababi, Zoti Ahmadiyda (S.AV.) yanada mukammal mavjuddir. Albatta hukmi nubuvvat umum anbiyodan yanada vazih bir qat'iyat bilan u kishida sobitdir.
UCHINCHI NUKTALI ISHORAT: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning moʻ'jizoti juda mutanavvi'dir. Risolati umumiy boʻlgani uchun, deyarli aksar anvo'i koinotdan bittadan moʻ'jizaga mazhardir. Goʻyo qandayki bir podshohi zishonning bir yovari akrami mutanavvi' hadyalar bilan muxtalif aqvomning majma'i boʻlgan bir shaharga kelgan vaqti, har toifa uning istiqboliga bir mumassil yuboradi; oʻz toifasi lisoni bilan unga "xush omadi" etadi, uni olqishlaydi. Shunga oʻxshab: Sultoni Azal va Abadning eng buyuk yovari boʻlgan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam olamga tashrif qilib, kura-i arzning aholisi boʻlgan navi basharga mab'us boʻlib kelgani va umum koinotning Xoliqi tarafidan umum koinotning haqoiqiga aloqador boʻlgan anvori haqiqat va hadoyayi ma'naviya keltirgan payti; toshdan, suvdan, daraxtdan, hayvondan, insondan to Oydan, Quyoshdan, yulduzlarga qadar har bir toifa, oʻz lisoni maxsusi bilan va qoʻllarida bittadan moʻ'jizasini koʻtarish bilan u kishining nubuvvatini olqishlashgan va xush omadi deyishgan.
Hozir u moʻ'jizotning umumini bahs etish uchun, jildlar bilan yozuv yozish lozim boʻladi. Muhaqqiqiyni asfiyo daloili nubuvvatning tafsilotiga doir koʻp jild kitoblar yozishgan. Biz yolgʻiz ijmoliy ishoratlar navidan u moʻ'jizotning qat'iy va ma'naviy mutavotir hisoblangan kulliy anvo'iga ishorat qilamiz.
Xullas, nubuvvati Ahmadiyaning (S.A.V.) daloili, avvalo ikki qismdir:
Birisi: "Irhosot" deyilgan nubuvvatdan avval va valodati vaqtida zuhur etgan horiquloda hollardir.
Ikkinchi qism: Boshqa daloili nubuvvatdir. Ikkinchi qism ham ikki qismdir. Biri: Nubuvvatdan soʻngra, nubuvvatini tasdiqlab sodir boʻlgan horiqolardir. Ikkinchisi: Asri Saodatida mazhar boʻlgan horiqolaridir. Shu ikkinchi qism ham ikki qismdir: Biri: Zotida, siyratida, suratida, axloqida, kamolida zohir boʻlgan daloili nubuvvatdir. Ikkinchisi ofoqiy, xorijiy narsalarda mazhar boʻlgan moʻ'jizotidir. Shu ikkinchi qism ham ikki qismdir: Biri: Ma'naviy va Qur'oniydir. Boshqasi: Moddiy va akvoniydir. Shu ikkinchi qism ham ikki qismdir. Biri: Da'vo-i nubuvvat vaqtida, ahli kufrning inodini sindirish yoxud ahli iymonning quvvati iymonini ziyodalashtirish uchun zuhurga kelgan horiquloda moʻ'jizotdir. Shaqqi Qamar va barmoqlaridan suvning oqishi va oz taom bilan koʻplarni toʻydirishi va hayvon va daraxt va toshning gapirishi kabi yigirma nav va har bir navi ma'naviy tavotur darajasida va har bir navning esa koʻp mukarrar afrodi bor. Ikkinchi qism: Istiqboldan xabar bergan hodisalar boʻlib; Janobi Haqning ta'limi bilan u kishi ham xabar berganlar, xabar berganlari kabi toʻgʻri chiqqan. Xullas, biz ham shu oxirgi qismdan boshlab ijmoliy bir mundarija koʻrsatamiz.
{(Hoshiya) Ma'ataassuf niyat qilganimdek yozolmadim. Ixtiyorsiz qalbga qanday kelgan boʻlsa; shunday yozildi. Shu taqsimotdagi tartibga tamomi bilan muro'at etolmadim.}
TOʻRTINCHI NUKTALI ISHORAT: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning Allam-ul Gʻuyubning ta'limi bilan xabar bergan gʻaybiy ishlarning haddi hisobi yoq. I'jozi Qur'onga doir Yigirma Beshinchi Soʻzda anvo'iga ishorat va bir daraja izoh va isbot etganimizdan, oʻtgan zamonga doir va anbiyo-i sobiqaga doir va haqoiqi Ilohiyaga va haqoiqi kavniyaga va haqoiqi uxroviyaga doir ixboroti gʻaybiyalarini Yigirma Beshinchi Soʻzga havola etib, hozircha bahs etmaymiz. Yolgʻiz, oʻzlaridan soʻng Sahoba va Oli Baytning boshiga kelgan va ummatning kelajakda mazhar boʻladigan hodisotga doir juda koʻp ixboroti sodiqa-i gʻaybiyasi qismidan juz'iy bir nechta misoliga ishorat qilamiz. Va shu haqiqat tamomi bilan tushunilishi uchun, olti asosni muqaddima sifatida bayon qilamiz:
Birinchi Asos: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning garchi har holi va har vaziyati sidqiga va nubuvvatiga shohid boʻlishi mumkin; lekin har holi, har vaziyati horiquloda boʻlishi shart emas. Chunki Janobi Haq u kishini bashar suratida yuborgan, toki insonlarning ahvoli ijtimoiyalarida va dunyoviy, uxroviy saodatlarini qozontiradigan a'mol va harakotlarida rahbar boʻlsin va imom boʻlsin va har biri bittadan moʻ'jizoti qudrati Ilohiya boʻlgan odiyot ichidagi horiquloda san'ati Rabboniyani va tasarrufi qudrati Ilohiyani koʻrsatsin. Agar af'olida bashariyatdan chiqib horiquloda boʻlsaydi, bizzot imom boʻlolmasdi; af'oli bilan, ahvoli bilan, atvori bilan dars berolmasdi. Faqat yolgʻiz nubuvvatini muannidlarga qarshi isbot qilish uchun horiquloda ishlarga mazhar boʻlar va ehtiyoj vaqtida ora-sira moʻ'jizotni koʻrsatardi. Lekin sirri taklif boʻlgan imtihon va tajriba muqtazosi bilan, albatta badohat darajasida va istar-istamas tasdiqqa majbur qoladigan darajada moʻ'jiza boʻlmasdi. Chunki sirri imtihon va hikmati taklif iqtizo etadiki, aqlga eshik ochilsin va aqlning ixtiyori qoʻlidan olinmasin. Agar gʻoyat badihiy bir suratda boʻlsa, u vaqt aqlning ixtiyori qolmasdi. Abu Jahl ham, Abu Bakr kabi tasdiq qilardi. Imtihon va taklifning foydasi qolmasdi. Koʻmir bilan olmos bir saviyada qolardi.
Joyi hayratdirki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning mubolagʻasiz minglab vajhda minglab xil insonlar birgina moʻ'jizasi bilan yoki bir dalili nubuvvat bilan yoki bir kalomi bilan yoki yuzini koʻrishi bilan va hokazo bittadan alomati bilan iymon keltirganlari holda, butun bu minglab boshqa-boshqa insonlarni va mudaqqiq mutafakkirlarni iymonga keltirgan butun u minglab daloili nubuvvati, naqli sahih bilan va osori qat'iyya bilan hozirgi badbaxt bir qism insonlarga kifoya qilmayotgandek, zalolatga kiryaptilar.
Ikkinchi Asos: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam ham bashardir, bashariyat e'tibori bilan bashar kabi muomala qiladilar; ham rasuldir, risolat e'tibori bilan Janobi Haqning tarjimoni, elchisidir. Risolati vahiyga istinod etadi. Vahiy ikki qismdir:
Biri: "Vahyi sarihiy" boʻlib, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam unda yolgʻiz bir tarjimon, muballigʻdir, mudohalasi yoʻq. Qur'on va ba'zi ahodisi qudsiya kabi...
Ikkinchi Qism: "Vahyi zimniy"dir. Shu qismning mujmal va xulosasi vahiyga va ilhomga istinod etadi, tafsiloti va tasviroti Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga oid. U vahiydan kelgan mujmal hodisani tafsil va tasvirda Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalam ba'zan yana ilhomga, yo vahiyga istinod etib bayon etadilar yoxud oʻz farosatlari bilan bayon etadilar. Va oʻz ijtihodi bilan qilgan tafsilot va tasvirotni yo vazifa-i risolat nuqtasida ulviy quvva-i qudsiya bilan bayon qiladilar yoxud urf va odat va afkori omma saviyasiga koʻra, bashariyati nuqtasida bayon etadilar.
Har hadisda butun tafsilotiga vahyi mahz nuqtasi bilan qaralmaydi. Bashariyatning muqtazosi boʻlgan afkor va muomalotida risolatning ulviy osori qidirilmaydi. Modomiki ba'zi hodisalar mujmal shaklda mutlaq bir suratda u kishiga vahiy boʻlib keladi, u kishi ham oʻz farosatlari bilan va taorufi umumiy jihati bilan tasvir qiladilar. Shu tasvirdagi mutashabehotga va mushkulotga ba'zan tafsir lozim boʻladi, hatto ta'bir lozim boʻladi. Chunki ba'zi haqiqatlar borki, tamsil bilan fahmga taqrib etiladi. Misol, bir vaqt huzuri Nabaviyda baland bir shovqin eshitildi. Aytdilarki: "Shu shovqin yetmish yil dumalab, Jahannamning tubiga hozir tushgan bir toshning shovqinidir". Bir soat soʻngra xabar keldi: "Yetmish yoshga kirgan mashhur bir munofiq oʻlib, Jahannamga ketdi". Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalam baligʻ bir tamsil bilan bayon etgan hodisaning ta'vilini koʻrsatdi.
Uchinchi Asos: Naql qilingan xabarlar agar tavotur suratida boʻlsa, qat'iydir. Tavotur ikki qismdir. {(Hoshiya) Shu risolada "tavotur" lafzi Turkcha "shayi'a" ma'nosidagi tavotur emas, balki yaqiynni ifoda qilgan, yolgʻon ehtimoli boʻlmagan quvvatli ixbordir.} Biri "sarih tavotur", biri "ma'naviy tavotur"dir. Ma'naviy tavotur ham ikki qismdir: Biri sukutiydir. Ya'ni, sukut bilan qabul koʻrsatilgan. Masalan: Bir jamoat ichida bir odam u jamoatning nazari ostida bir hodisani xabar bersa, jamoat uni takzib etmasa, sukut bilan muqobala etsa, qabul qilgan kabi boʻladi. Xususan xabar bergan hodisasida jamoat u bilan aloqador boʻlsa, ham tanqidga muhayyo va xatoni qabul qilmaydigan va yolgʻonni juda yomon koʻradigan jamoat boʻlsa, albatta uning sukuti, u hodisaning vuqu'iga quvvatli dalolat qiladi. Ikkinchi qism tavoturi ma'naviy shuki: Bir hodisaning vuqu'iga, masalan "Bir qiyya taom ikki yuz odamni toʻydirgan" deyilsa; faqat uni xabar berganlar boshqa-boshqa suratda xabar beradi. Biri bir tarzda, biri boshqa bir suratda, boshqasi boshqa bir shaklda bayon qiladi.. lekin umum, ayni hodisaning vuqu'iga muttafiqdirlar. Xullas, mutlaq hodisaning vuqu'i; mutavotiri bil-ma'nodir, qat'iydir. Ixtilofi surat esa, zarar bermaydi. Ham ba'zan; xabari vohid ba'zi sharoit dohilida tavotur kabi qat'iyatni ifoda qiladi. Ham ba'zan; xabari vohid xorijiy alomatlar bilan qat'iyatni ifoda qiladi. Xullas, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdan bizga naql qilingan moʻ'jizoti va daloili nubuvvati, qismi a'zami tavotur bilan kelgan; yo sarihiy, yo ma'naviy, yo sukutiy. Va bir qismi garchi xabari vohid bilan kelgan. Lekin shunday sharoit dohilida, naqqodi muhaddisning nazarida qabulga shoyon boʻlgandan soʻng, tavotur kabi qat'iyatni ifoda etish lozim boʻladi. Ha, muhaddisiynning muhaqqiqiynidan "Al-Hofiz" deb ta'bir etilgan zotlar, loaqal yuz ming hadisni hifziga olgan minglab muhaqqiq muhaddislar, ham ellik yil bomdod namozini xufton tahorati bilan oʻqigan muttaqi muhaddislar va boshda Buxoriy va Muslim boʻlib Kutubi Sitta-i Hadisiya sohiblari boʻlgan ilmi hadis dohiylari, allomalari tasxix va qabul qilishgan xabari vohid, tavotur qat'iyatidan orqada qolmaydi. Ha, fanni hadisning muhaqqiqlari, naqqodlari shu daraja hadis bilan xususiyat paydo qilganlarki, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning tarzi ifodalariga va uslubi oliylariga va surati ifodalariga unsiyat bilan malaka kasb etishganki; yuz hadis ichida bir mavzu'ni koʻrsa, "Mavzu'dir" deydi. "Bu hadis boʻlmaydi va Paygʻambarning soʻzi emasdir" deydi, rad qiladi. Sarrof kabi hadisning gavharini taniydi, boshqa soʻzni unga iltibos etolmaydi. Faqat Ibn Javziy kabi ba'zi muhaqqiqlar tanqidda ifrot etib, ba'zi ahodisi sahihaga ham mavzu' deganlar. Faqat har mavzu' narsaning ma'nosi xato degani emas; balki "Bu soʻz hadis emas" deganidir.
Savol: An'anali {[1] Bu yerda an'ana ma'nosida emas: Bir xabarning yoki bir hadisi sharifning "an filon, an filon" deb roviylarni bildirish shaklida kelgan naql. (tarjimon izohi)} sanadning foydasi nimaki; luzumsiz yerda, ma'lum bir voqeada "an filon, an filon, an filon" deydilar?
Aljavob: Foydasi koʻp. Azjumla, bir foydasi shuki: An'ana bilan koʻrsatiladiki, an'anada dohil boʻlgan mavsuq va hujjatli va sodiq ahli hadisning bir navi ijmo'ini iroa etadi va u sanadda dohil boʻlgan ahli tahqiqning bir navi ittifoqini koʻrsatadi. Goʻyo u sanadda, u an'anada dohil boʻlgan har bir imom, har bir alloma; hadisning hukmini imzo etadi, toʻgʻriligiga doir muhrini bosadi.
Savol: Nima uchun hodisoti i'joziya boshqa zaruriy ahkomi shar'iya kabi tavotur suratida, juda koʻp tariqlar bilan, juda ahamiyatli naql etilmagan?
Aljavob: Chunki aksar ahkomi shar'iyaga aksar insonlar, aksar vaqtlarda muhtojdir. Farzi ayn kabi, u ahkomning har shaxsga aloqasi bor. Ammo moʻ'jizot esa; harkasning har bir moʻ'jizaga ehtiyoji yoʻq. Agar ehtiyoj boʻlsa ham, bir marta eshitish kifoya qiladi. Xuddi farzi kifoya kabi, bir qism insonlar ularni bilsa, yetadi.
Xullas shuning uchundirki; ba'zan boʻlar, bir moʻ'jizaning vujudi va tahaqquqi bir hukmning vujudidan oʻn daraja yanada qat'iy boʻlgani holda, uning roviysi bir-ikkita boʻladi; hukmning roviysi oʻn-yigirmata boʻladi.
Toʻrtinchi Asos: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning istiqboldan xabar bergan ba'zi hodisalari juz'iy bittadan hodisa emas; balki takarrur etgan bittadan hodisa-i kulliyani juz'iy bir suratda xabar beradi. Holbuki u hodisaning mutaaddid vajhlari bor. Har safar bir vajhini bayon qiladilar. Soʻngra roviyi hadis u vajhlarni birlashtiradi, xilofi voqe' kabi koʻrinadi. Masalan: Hazrat Mahdiyga doir muxtalif rivoyatlar bor. Tafsilot va tasvirot boshqa-boshqadir. Holbuki Yigirma Toʻrtinchi Soʻzning bir shoxida isbot qilingani kabi; Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, vahiyga istinodan, har bir asrda quvva-i ma'naviya-i ahli iymonni muhofaza etish uchun, ham dahshatli hodisalarda umidsizlikka tushmaslik uchun, ham olami Islomiyatning bir silsila-i nuroniyasi boʻlgan Oli Baytiga ahli iymonni ma'naviy rabt etish uchun, Mahdiyni xabar berganlar. Oxirzamonda kelgan Mahdiy kabi, har bir asrda Oli Baytdan bir navi Mahdiy, balki Mahdiylar boʻlgan. Hatto Oli Baytdan ma'dud boʻlgan Abbosiya Xulafosidan Buyuk Mahdiyning koʻp avsofini jome' bir Mahdiy chiqqan.
Xullas, Buyuk Mahdiydan avval kelgan oʻxshashlari, namunalari boʻlgan Xulafo-i Mahdiyyin va Aqtobi Mahdiyyinning avsoflari asl Mahdiyning avsofiga qoʻshilgan va undan rivoyatlar ixtilofga tushgan.
Beshinchi Asos: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, لَا يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلَّا اللّٰهُ sirriga koʻra, oʻzidan-oʻzi gʻaybni bilmasdilar; balki Janobi Haq u kishiga bildirardi, va u kishi bildirardilar. Janobi Haq ham Hakimdir, ham Rahimdir. Hikmat va rahmati esa, umuri gʻaybiyadan koʻpining satrini iqtizo etadi, mubham qolishini istaydi. Chunki shu dunyoda inson yoqtirmagan narsalar koʻproq. Vuqu'idan avval ularni bilishi aliymdir.
Shu sir uchun: Oʻlim va ajal mubham qoldirilgan va insonning boshiga keladigan musibatlar ham, parda-i gʻaybda qolgan. Xullas, hikmati Rabboniya va rahmati Ilohiya bunday iqtizo etgani uchun, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ummatlariga juda hassos marhamatlarini ranjida etmaslik va ol va asxoblariga shadid shafqatlarini ortiqcha ogʻritmaslik uchun, vafoti Nabaviydan soʻngra, ol va asxoblarining va ummatlarining boshlariga kelgan mudhish hodisotni umumiy va tafsiloti bilan koʻrsatmaslik
{(Hoshiya) Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalamga, Oysha-i Siddiqaga qarshi qattiq muhabbat va shafqatlarini ranjida etmaslik uchun, Voqea-i Jamal hodisasida u boʻlishi qat'iy koʻrsatilmanligiga dalil esa, Azvoji Tohirotga "Qaysingiz u voqeada boʻlishingizni koshki bilsaydim?" deganlar, soʻngra yengil bir suratda, Hazrati Aliga (R.A.): "Sen bilan Oysha orangizda bir hodisa boʻlsa: فَارْفَقْ وَ بَلِّغْهَا مَاْمَنَهَا deganlar.}
muqtazo-i hikmat va rahmatdir. Faqat yana ba'zi hikmatlar uchun muhim hodisotni, -faqat dahshatli bir suratda emas- u kishiga ta'lim bergan. U zot ham ixbor etganlar. Ham goʻzal hodisalarni qisman mujmal, qisman tafsil bilan bildirgan. U kishi ham xabar berganlar. U kishining xabarlarini ham eng yuksak bir daraja-i taqvoda va adlda va sidqda gʻayrat qilgan va
hadisidagi taxdiddan shiddat bilan qoʻrqqan va
oyatidagi shiddatli tahdiddan shiddat bilan qochgan muhaddisiyni komiliyn bizga sahih bir suratda u xabarlarni naql etishgan.
Oltinchi Asos: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ahvol va avsofi Siyar va Tarix surati bilan bayon etilgan. Faqat u avsof va ahvoli gʻolibi bashariyatiga qaraydi. Holbuki u Zoti Muborakning shaxsi ma'naviyi va mohiyati qudsiyasi shu daraja yuksak va nuroniydirki; Siyar va Tarixda bayon qilingan avsof u bolo qomatga uygʻun kelmaydi, u yuksak qiymatga muvofiq tushmaydi. Chunki اَلسَّبَبُ كَالْفَاعِلِ sirriga koʻra: Har kun, hatto hozir ham, butun ummatining ibodatlari qadar bir azim ibodat sahifa-i kamolotiga ilova boʻlyapti. Nihoyatsiz rahmati Ilohiyaga, nihoyatsiz bir suratda, nihoyatsiz bir iste'dod bilan mazhar boʻlgani kabi, har kun hadsiz ummatining hadsiz duosiga mazhar boʻladilar. Va shu koinotning natijasi va eng mukammal mevasi va Xoliqi Koinotning tarjimoni va sevgilisi boʻlgan u Zoti Muborakning tamomi mohiyati va haqiqati kamoloti, Siyar va Tarixga oʻtgan bashariy ahvol va atvorga sigʻmaydi. Masalan: Hazrat Jabroil va Mikoil, ikki muhofiz yovar hukmida Gʻazva-i Badrda yonlarida boʻlgan bir Zoti Muborak; bozor ichida, badaviy bir arab bilan ot mubaya'asida munaza'a etish, birgina shohid boʻlgan Huzayfani shohid koʻrsatish bilan koʻringan atvori ichida sigʻmaydi.
Xullas, xato ketmaslik uchun; har vaqt mohiyati bashariyati e'tibori bilan eshitilgan avsofi odiya ichida boshini koʻtarib, haqiqiy mohiyatiga va martaba-i risolatda turgan nuroniy shaxsiyati ma'naviysiga qarash lozim. Boʻlmasa, yo hurmatsizlik qiladi yoki shubhaga tushadi. Bu sirning izohi uchun shu tamsilni tingla:
Masalan bir xurmo urugʻi bor. U xurmo urugʻi tuproq ostiga qoʻyilib, unib ulkan mevador bir daraxt boʻldi. Ham tobora kengayadi, oʻsadi. Yoki tovus qushining bir tuxumi bor edi. U tuxumga harorat berildi, bir tovus joʻjasi chiqdi. Soʻngra toʻliq mukammal, har tarafi qudratdan yozilgan va zarrin bir tovus qushi boʻldi. Ham bora-bora oʻsadi va goʻzallashadi. Endi u urugʻ va u tuxumga oid sifatlar, hollar bor. Ichida nozik moddalar bor. Ham undan hosil boʻlgan daraxt va qushning ham, u urugʻ va tuxumning oddiy kichik holat va vaziyatlariga nisbatan buyuk oliy sifatlari va holatlari bor. Endi u urugʻ va u tuxumning avsofini daraxt va qushning avsofi bilan rabt etib bahs etishda lozim boʻladiki; har doim aqli bashar boshini urugʻdan daraxtga koʻtarib qarasin va tuxumdan qushga koʻzini tavjih etib diqqat qilsin. Toki eshitgan avsofni uning aqli qabul qila olsin. Agar "Bir dirham urugʻdan ming botmon xurmo oldim" va "Shu tuxum javvi osmonda qushlarning sultonidir" desa, takzib va inkorga kiradi.
Xullas shuning kabi, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning bashariyati; oʻsha urugʻga, tuxumga oʻxshaydi. Va vazifa-i risolat bilan porlagan mohiyati esa, Shajara-i Tubo kabi va Jannatning tayri xumoyuni kabidir. Ham doimo takammuldadir. Shuning uchun bozor ichida bir badaviy bilan nizo qilgan zotni oʻylagan payti; Rafrafga minib, Jabroilni orqada qoldirib, Qobi Qavsaynga yugurib ketgan Zoti Nuroniysiga xayol koʻzini koʻtarib qarash lozim boʻladi. Boʻlmasa yo hurmatsizlik qiladi yoki nafsi ammorasi ishonmaydi.
BESHINCHI NUKTALI ISHORAT: Umuri gʻaybiyaga doir hadislarning bir qancha misolini zikr etamiz:
Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, naqli sahih bilan va mutavotir bir darajada bizga vosil boʻlganki; minbar ustida, jamoati Sahoba ichida farmon etganlarki:
Xullas qirq yil soʻngra Islomning eng buyuk ikki qoʻshini qarshi-qarshiga kelgan payti, Hazrat Hasan Roziyallohu Anh Hazrat Muoviya (R.A.) bilan musolaha etib, jaddi amjadining moʻ'jiza-i gʻaybiyasini tasdiq etgan.
Ikkinchisi: Naqli sahih bilan Hazrat Aliga deganlar:
Ham Voqea-i Jamal, Voqea-i Siffin, Voqea-i Xavorij hodisalarini xabar berganlar.
Ham Hazrat Ali (R.A.) Hazrat Zubayr bilan quchoqlashgan bir paytda: "Bu senga qarshi muhoraba etadi, faqat haqsizdir", dedilar.
Ham Azvoji Tohirotlariga aytganlar: "Ichingizda birisi muhim bir fitnaning boshiga oʻtadi va atrofida koʻplar qatl etiladi". وَتَنْبَحُ عَلَيْهَا كِلَابُ الْحَوْئَبِ
Demak, bu sahih, qat'iy hadislar; oʻttiz yildan soʻng Hazrat Alining Hazrat Oysha va Zubayr va Talhaga qarshi Voqea-i Jamalda.. va Muoviyaga qarshi Siffinda.. va Xavorijga qarshi Haravrada va Nahruvanda muhorabasi, u ixbori gʻaybiyning bir tasdigʻi fe'liysidir.
Ham Hazrat Aliga: "Soqolingni boshingning qoniga botiradigan bir odam"ni ixbor etganlar. Hazrat Ali u odamni tanigan; u Abdurraxmon Ibn Muljam-ul Xorijiydir.
Ham Xorijiylarning ichida Zussadya deyilgan bir odamni, gʻarib bir nishon bilan alomat tarzida xabar berganlarki; Xavorijlarning maqtullari ichida u odam boʻlgan; Hazrat Ali uni haqqoniyatiga hujjat koʻrsatgan. Ham moʻ'jiza-i Nabaviyani e'lon qilgan.
Ham Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam; Ummu Salamaning, yana boshqalarning rivoyati sahihi bilan xabar berganlarki: Hazrat Husan Taff, ya'ni Karbaloda qatl qilinadi. Ellik yildan soʻng ayni voqea-i jigarsoʻz sodir boʻlib, u ixbori gʻaybiyni tasdiq etgan.
Ham mukarraran ixbor etganlarki: "Mening Oli Baytim mendan keyin يَلْقَوْنَ قَتْلًا وَ تَشْر۪يدًا ya'ni; qatlga va baloga va surgunga ma'ruz qoladilar". Va bir daraja izoh etganlar, ayni aytganlaridek chiqqan.
Shu maqomda bir muhim savol bor; aytiladiki: "Hazrati Ali shu daraja xilofatga layoqati boʻlgani va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga qarobati va horiquloda jasorat va ilmi bilan barobar, nima uchun xilofatda taqaddum ettirilmadi va nima uchun uning xilofati zamonida Islom koʻp chalkashlikka mazhar boʻldi?.."
Aljavob: Oli Baytdan bir qutbi a'zam aytganki: "Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Hazrat Alining (R.A.) xilofatini orzu qilganlar, lekin gʻaybdan u kishiga bildirilgan: Murodi Ilohiy boshqadir. U kishi ham orzularini tashlab, murodi Ilohiyga tobe boʻlganlar". Murodi Ilohiyning hikmatlaridan biri shu boʻlishi kerak:
Vafoti Nabaviydan soʻng eng ziyoda ittifoq va ittihod etishga muhtoj boʻlgan Sahobalar; agar Hazrati Ali boshqaruvga oʻtsaydi, Hazrat Alining xilofati zamonida zuhurga kelgan hodisotning shahodati bilan va Hazrat Alining mumashatsiz, parvosiz, zohidona, qahramonona, mustagʻniyona holati va shuxratgiri olam shijoati e'tibori bilan, koʻp zotlarda va qabilalarda raqobat tomirini harakatga keltirib, tafriqqa sabab boʻlishning kuchli ehtimoli bor edi. Ham Hazrat Ali xilofatining taaxxur etishining bir sirri ham shuki: Gʻoyat muxtalif aqvomning bir-biriga qoʻshilishi bilan, Paygʻambar Alayhissalotu Vassalamning xabar berganlaridek, soʻngra inkishof etgan yetmish uch firqa afkorining asoslarini tashigan u aqvom ichida, fitna-angiz hodisotning zuhuri zamonida, Hazrat Ali kabi horiquloda bir jasorat va farosat sohibi, Hoshimiy va Oli Bayt kabi quvvatli, hurmatli bir quvvat lozim ediki, tayana olsin. Ha, tayandi... Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning xabar berganlari kabi: " Men Qur'onning tanzili uchun harb etdim, sen ham ta'vili uchun harb etasan!" Agar Hazrat Ali boʻlmasaydi, dunyo saltanati muluki Umaviyani butun-butun yoʻldan chiqarishi muhtamal edi. Holbuki qarshilarida Hazrat Ali va Oli Baytni koʻrganlari uchun, ularga qarshi muvozanaga kelish va ahli Islom nazarida mavqelarini muhofaza qilish uchun istar-istamas Umaviya Davlati raislarining umumi, oʻzlari boʻlmasa ham, har holda tashviq va tasviblari bilan atba'lari va tarafdorlari butun quvvatlari bilan haqoiqi Islomiyani va haqoiqi iymoniyani va ahkomi Qur'oniyani muhofazaga va nashrga harakat qildilar. Yuz minglab mujtahidiyni muhaqqiqiyn va muhaddisiyni komiliyn va avliyolar va asfiyolar yetishtirdilar. Agar qarshilarida Oli Baytning gʻoyat quvvatli valoyat va diyonat va kamoloti boʻlmasaydi, Abbosiylarning va Umaviylarning oxirlaridagi kabi, tamomila yoʻldan chiqishlari qoviyyan muhtamal edi.
Agar: Nima uchun xilofati Islomiya Oli Bayti Nabaviyda taqarrur etmadi? Holbuki eng ziyoda loyiq va mustahaq ular edi?", deyilsa.
Aljavob: Saltanati dunyoviya aldatuvchidir. Oli Bayt esa, haqoiqi Islomiyani va ahkomi Qur'oniyani muhofazaga ma'mur edilar. Xilofat va saltanatga oʻtgan, yo Nabiy kabi ma'sum boʻlishi kerak, yoxud Xulafo-i Roshidin va Umar Ibn Abdulazizi Umaviy va Mahdiyi Abbosiy kabi horiquloda bir zuhdi qalbi boʻlishi kerakki, aldanmasin. Holbuki Misrda Oli Bayt nomiga tashkil topgan Davlati Fotimiya Xilofati va Afrikada Muvahhidiyn Hukumati va Eronda Safaviylar Davlati koʻrsatadiki; saltanati dunyoviya Oli Baytga yaramaydi, vazifa-i asliyasi boʻlgan hifzi dinni va xizmati Islomiyatni ularga unuttiradi. Holbuki saltanatni tark etganlari zamon, porloq va yuksak bir suratda Islomiyatga va Qur'onga xizmat qilganlar.
Qara! Hazrat Hasanning naslidan kelgan aqtoblar, xususan Aqtobi Arbaa va xususan Gʻavsi A'zam boʻlgan Shayx Abdulqodir Jiyloniy va Hazrat Husanning naslidan kelgan imomlar, xususan Zaynalobidin va Ja'fari Sodiqlar, har biri bittadan ma'naviy mahdiy hukmiga oʻtgan, ma'naviy zulmni va zulumotni tarqatib, anvori Qur'oniyani va haqoiqi iymoniyani nashr etganlar. Jaddi amjadlarining bittadan vorisi boʻlganliklarini koʻrsatganlar.
Agar deyilsa: Muborak Islomiyat va nuroniy Asri Saodatning boshiga kelgan u dahshatli qonli fitnaning hikmati va vajhi rahmati nima? Chunki ular qahrga loyiq emas edilar?
Aljavob: Qandayki bahorda dahshatli yomgʻirli bir boʻron har toifa-i nabototning, danaklarning, daraxtlarning iste'dodlarini tahrik etadi, inkishof ettiradi; har biri oʻziga maxsus gul ochadi; fitriy bittadan vazifa boshiga oʻtadi. Shunga oʻxshab: Sahoba va Tobe'iynning boshiga kelgan fitna ham, urugʻlar hukmidagi muxtalif boshqa-boshqa iste'dodlarni tahrik etib qamchiladi; "Islomiyat tahlikadadir, yongʻin bor!" deya har toifani qoʻrqitdi, Islomiyatning hifziga yugurtirdi. Har biri oʻz iste'dodiga koʻra jami'a-i Islomiyatning kasratli va muxtalif vazifalaridan bir vazifani yelkasiga oldi, kamoli jiddiyat bilan xizmat qildi. Bir qismi hadislarning muhofazasiga, bir qismi shariatning muhofazasiga, bir qismi haqoiqi iymoniyaning muhofazasiga, bir qismi Qur'onning muhofazasiga harakat qildi va hokazo.. Har bir toifa bir xizmatga kirdi. Vazoifi Islomiyatda qizgʻin bir suratda sa'y etishdi. Muxtalif ranglarda koʻp gullar ochildi. Juda keng boʻlgan olami Islomiyatning aqtoriga, u boʻron bilan urugʻlar otildi, yarim yerni gulistonga oʻgirdi. Faqat ma'ataassuf u gullar va guliston ichida ahli bid'at firqalarining tikanlari ham chiqdi.
Goʻyo dasti qudrat jalol bilan u asrni silkitdi, shiddat bilan tahrik etib aylantirdi, ahli himmatni gʻayratga keltirib elektrlantirdi. U harakatdan kelgan bir quvva-i anilmarkaziya bilan juda koʻp munavvar mujtahidlarni va nuroniy muhaddislarni, qudsiy hofizlarni, asfiyolarni, aqtoblarni olami Islomning atrofiga uchirdi, hijrat ettirdi. Sharqdan gʻarbga qadar ahli Islomni hayajonga keltirib, Qur'onning xazinalaridan istifoda uchun koʻzlarini ochirdi... Endi mavzuga kelamiz.
Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning umuri gʻaybiyadan xabar bergani kabi toʻgʻri sodir boʻlgan ishlar minglab, juda koʻpdir. Biz yolgʻiz juz'iy bir nechta misoliga ishorat qilamiz:
Xullas boshda Buxoriy va Muslim, sahihligi bilan mashhur Kutubi Sitta-i Hadisiya sohiblari biz bayon qiladigan xabarlarning koʻpida muttafiq va u xabarlarning koʻpi ma'nan mutavotir va bir qismi ham, ahli tahqiq ularning toʻgʻriligiga ittifoq etishi bilan, mutavotir kabi qat'iy deyish mumkin.
Xullas -naqli sahihi qat'iy bilan- asxobiga: "Siz umum dushmanlaringiz ustidan gʻalaba qilasiz; ham Fathi Makka, ham Fathi Haybar, ham Fathi Shom, ham Fathi Iroq, ham Fathi Eron, ham Fathi Bayt-ul Maqdisga muvaffaq boʻlasiz. Ham oʻsha zamonning eng buyuk davlatlari boʻlgan Eron va Rum podshohlarining xazinalarini oʻrtangizda taqsim qilasiz!..", deganlar. Xabar berganlar, "Taxminim shunday yoki oʻylayman" demaganlar. Balki koʻrayotgandek qat'iy ixbor etganlar, xabar berganlari kabi chiqqan. Holbuki xabar bergan vaqt, hijratga majbur boʻlganlar. Sahobalari oz, Madina atrofi va butun dunyo dushman edi.
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan- koʻp marta farmon etganlar:
deb, Abu Bakr va Umar u zotdan keyinga qoladilar, ham xalifa boʻladilar, ham mukammal bir suratda va rizo-i Ilohiy va marzi-i Nabaviy doirasida harakat qiladilar. Ham Abu Bakr oz qoladi, Umar koʻp qoladi va juda koʻp futuhot qiladi.
Ham:
"Sharqdan gʻarbga qadar mening ummatimning qoʻliga oʻtadi. Hech bir ummat uncha mulk zabt etmagan", deganlar. Xabar berganlari kabi chiqqan.
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan- Gʻazo-i Badrdan avval:
deb, mushrik Quraysh raislarining har biri qayerda qatl etilishini koʻrsatganlar va : "Men oʻz qoʻlim bilan Ubay Ibn Xalafni oʻldiraman", deganlar. Xabar berganlari kabi chiqqan.
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan- bir oy uzoq masofada Shom atrofida, Mut'a nomli mavqedagi gʻazva-i mashhurada muhoraba etgan sahobalarini koʻrayotganday:
deb, bitta-bitta hodisotni asxobiga xabar berganlar. Ikki-uch hafta soʻngra Ya'la Ibn Munabbih maydoni harbdan kelib; hali gapirmasdan Muxbiri Sodiq (S.A.V.) harbning tafsilotini bayon etdilar. Ya'la qasam ichdi: "Aytganingiz kabi aynan shunday boʻldi".
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan-:
deb, Hazrat Hasanning olti oy xilofati bilan; Chihori Yori Guzinning (Xulafo-i Roshidinning) zamoni xilofatlarini va ulardan soʻngra saltanat shakliga kirishini, soʻngra u saltanatdan jabarut va fasodi ummat boʻlishini xabar berganlar. Xabar berganlari kabi chiqqan.
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan-:
deb, Hazrat Usmon xalifa boʻlishini va xal'i istanilishini va mazlum boʻlib Qur'on oʻqirkan qatl etilishini xabar berganlar. Xabar berganlari kabi chiqqan.
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan- hajamat etib muborak qonlarini Abdulloh Ibn Zubayr tabarrukan sharbat kabi ichgan payti:
deb, horiqo bir shijoat bilan ummatning boshiga oʻtishini va mudhish hujumlarga ma'ruz qolishlarini va insonlar u tufayli dahshatli hodisalarga giriftor boʻlishlarini xabar berganlar. Xabar berganlari kabi chiqqan. Abdulloh Ibn Zubayr, Umaviylar zamonida xilofatni Makkada e'lon qilib qahramonona koʻp musodama etgan; nihoyat Hajjoji Zolim katta bir qoʻshin bilan ustiga hujum qilib, shiddatli musodamadan soʻng u qahramoni oliyshon shahid etilgan.
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan- Umaviylar Davlatining zuhurini va ularning podshohlarining koʻpchiligi zolim boʻlishini va ichlarida Yazid va Valid boʻlishini va Hazrat Muoviya ummatning boshiga oʻtishini, وَاِذَا مَلَكْتَ فَاَسْجِحْ farmoni bilan, rifq va adolatni tavsiya etganlar. Va Umaviylardan soʻngra
deb, Davlati Abbosiyaning zuhurini va uzun muddat davom etishini xabar berganlar. Xabar berganlari kabi chiqqan.
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan-: وَيْلٌ لِلْعَرَبِ مِنْ شَرٍّ قَدِ اقْتَرَبَ deb, Chingiz va Xulaguning dahshatli fitnalarini va Arab Davlati Abbosiyasini mahv etishlarini xabar berganlar. Xabar berganlari kabi chiqqan.
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan- Sa'd Ibn Abu Vaqqos gʻoyat ogʻir xasta ekan, unga:
deb, kelajakda buyuk bir qoʻmondon boʻlishini, koʻp futuhot qilishini, koʻp millatlar va qavmlar undan manfaat koʻrib, ya'ni musulmon boʻlib va koʻplar zarar koʻrishini, ya'ni davlatlari uning qoʻli bilan xarob boʻlishini xabar berganlar. Xabar berganlari kabi chiqqan. Hazrati Sa'd qoʻshini Islom boshqaruviga oʻtdi, Davlati Eroniyani chil-parchin etdi; koʻp qavmlarning doira-i Islomga va hidoyatga kirishlariga sabab boʻldi.
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan- iymonga kelgan Habash Moliki Najoshiy, Hijratning yettinchi yilida vafot etgan kuni asxobiga xabar berganlar, hatto janoza namozini oʻqiganlar. Bir hafta soʻngra xabar keldiki, ayni kunda vafot etgan ekan.
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan- Chihori Yori Guzin bilan barobar Uhud yoki Hiro Togʻining boshida ekanlar, togʻ titradi, qimirladi. Togʻga farmon etdilarki:
deb, Hazrati Umar va Usmon va Alining shahid boʻlishlarini xabar berganlar. Xabar berganlari kabi chiqqan.
Endi ey badbaxt, qalbsiz, bechora odam! Muhammadi Arabiy aqlli bir odam edi deya u Shamsi Haqiqatga qarshi koʻzini yumgan bechora inson! Oʻn besh anvo'i kulliya-i moʻ'jizotidan birgina nav boʻlgan umuri gʻaybiyadan oʻn besh va balki yuz qismidan bir qismini eshitding. Ma'naviy tavotur darajasida qat'iy bir qismini eshitding. Shu ixbori gʻayb qismining yuzdan birisini aql koʻzi bilan koʻrgan bir zotga "dohiyi a'zam" deyiladiki, farosati bilan istiqbolni kashf etadi. Shunga binoan, sen kabi mayli dohiy desak; yuz dohiyi a'zam darajasida bir daho-i qudsiyani oʻzida jamlagan odam xato koʻradimi? Xato xabar berishga tanazzul etadimi? Bunday yuz daraja daho-i a'zam sohibining saodati doraynga doir soʻzlarini tinglamaslik, albatta yuz daraja devonalikning alomatidir.
OLTINCHI NUKTALI ISHORAT: -Naqli sahihi qat'iy bilan- Hazrat Fotimaga (R.A.) farmon etganlarki:
deb, "Oli Baytimdan harkasdan avval vafot etib, menga iltihoq etasan" deb aytganlar. Olti oy soʻngra xabar berganlari kabi aynan zuhur etgan.
Ham Abu Zarga:
deb, Madinadan surgun qilinib, yolgʻiz hayot oʻtkazib, yolgʻiz bir sahroda vafot etishini xabar berganlar. Yigirma yildan soʻng xabar berganlari kabi chiqqan.
Ham Anas Ibn Molikning ammasi boʻlgan Ummu Haramning xonasida uyqudan turganlar, tabassum etib:
deganlar. Ummu Haram: "Duo qiling, men ham ular bilan barobar boʻlay", deb iltimos qilgan. Javoban: "Barobar boʻlasan", deganlar. Qirq yil oʻtib, zavji boʻlgan Uboda Ibn Somit hamrohligida Qibrisning fathiga borgan; Qibrisda vafot etib, qabri ziyoratgoh boʻlgan. Xabar berganlari kabi aynan zuhur etgan.
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan- farmon etganlarki: يَخْرُجُ مِنْ ثَق۪يفَ كَذَّابٌ وَ مُب۪يرٌ ya'ni: "Saqif Qabilasidan biri da'vo-i nubuvvat etadi; va biri, xunxoʻr zolim chiqadi." deb, nubuvvat da'vo etgan mashhur Muxtorni va yuz ming odamni oʻldirgan Hajjoji Zolimni xabar berganlar.
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan-
deb, Istanbulning Musulmonlar qoʻli bilan fath qilinishini va Hazrat Sulton Mahmud Fotihning yuksak martaba sohibi boʻlgani xabarini berganlar. Xabar berganlari kabi zuhur etgan.
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan-:
deb, boshda Abu Hanifa, Eronning mislsiz bir suratda yetishtirgan ulamo va avliyosiga ishorat qiladilar, xabar beradilar.
Ham: عَالِمُ قُرَيْشٍ يَمْلَءُ طِبَاقَ الْاَرْضِ عِلْمًا deb, Imom Shofe'iyga ishorat etib xabar beradilar.
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan-:
deb, ummatlari yetmish uch firqaga inqisom etishini va ichida firqa-i nojiya-i komila Ahli Sunnat va Jamoat ekanini xabar beradilar.
Ham: اَلْقَدَرِيَّةُ مَجُوسُ هٰذِهِ الْاُمَّةِ deb, koʻp shoʻ'balarga inqisom etgan va qadarni inkor etgan Qadariya toifasini xabar berganlar. Yana koʻp shoʻ'balarga inqisom etgan Rofiziylarni ham xabar berganlar.
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan- Imom Aliga (R.A.) aytganlar: Sendan Hazrati Iso (A.S.) kabi ikki qism inson halokatga ketadi. Birisi ifroti muhabbat; boshqasi ifroti adovat bilan. Hazrat Isoga Nasroniy muhabbatidan haddi mashru'dan tajovuz qilib xosho "Ibnulloh" dedilar. Yahudiy adovatidan tajovuz etdilar, nubuvvatini va kamolini inkor etdilar. Sen haqqingda ham bir qism, haddi mashru'dan tajovuz etadi, muhabbatidan halokatga ketadi. لَهُمْ نَبْزٌ يُقَالُ لَهُمُ الرَّافِضِيَّةُ deganlar. Bir qismi, senga adovatda koʻp oldin ketadilar, ular ham Xavorijdir va Umaviylarning mufrit bir qism tarafdorlari boʻlib, ularga Nasiba deyiladi.
Agar: "Oli Baytga muhabbatni Qur'on amr qiladi. Hazrat Paygʻambar Alayhissalotu Vassalam koʻp tashviq etganlar. Oʻsha muhabbat Shialar uchun balki bir uzr tashkil qilar. Chunki ahli muhabbat bir daraja ahli sakrdir. Nima uchun Shialar, xususan Rofiziylar u muhabbatdan istifoda etmaydilar; balki ishorati Nabaviya bilan u farti muhabbatga mahkum?", desang.
Aljavob: Muhabbat ikki qismdir. Biri: Ma'no-i harfiy ila; ya'ni: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam hisobiga, Janobi Haq nomiga Hazrat Ali bilan Hasan va Husan va Oli Baytni sevishdir. Bu muhabbat Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning muhabbatini ziyodalashtiradi. Janobi Haqning muhabbatiga vasila boʻladi. Bu muhabbat mashru'dir, ifroti zarar bermaydi, tajovuz etmaydi, boshqalarning zammini va adovatini iqtizo etmaydi.
Ikkinchisi: Ma'no-i ismiy ila muhabbat. Ya'ni bizzot ularni sevadi. Hazrat Paygʻambar Alayhissalotu Vassalamni oʻylamasdan Hazrat Alining qahramonliklarini va kamolini va Hazrat Hasan va Husanning yuksak fazilatlarini oʻylab sevadi. Hatto Allohni bilmasa ham, Paygʻambarni tanimasa ham, yana ularni sevadi. Bu sevish, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning muhabbatiga va Janobi Haqning muhabbatiga sababiyat bermaydi; ham ifrot boʻlsa, boshqalarning zammini va adovatini iqtizo etadi.
Xullas, ishorati Nabaviya bilan, Hazrat Ali haqida ziyoda muhabbatlaridan, Hazrat Abu Bakr Siddiq bilan Hazrat Umardan tabarri etganlaridan, xasoratga tushganlar. Va u manfiy muhabbat, sababi xasoratdir.
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan-:
deb, "Qachon sizga Fors va Rum qizlari xizmat qilsa, u vaqt balongiz, fitnangiz ichingizga kiradi, harbingiz dohiliy boʻladi; sharirlaringiz boshqaruvga oʻtib, xayrlilar va yaxshilaringizga hujum qiladilar!" deb xabar berganlar. Oʻttiz yil soʻngra ayni xabar berganlari kabi boʻlgan.
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan-: وَتُفْتَحُ خَيْبَرُ عَلٰى يَدَىْ عَلِىٍّ deb, "Haybar Qal'asining fathi Alining qoʻli bilan boʻladi". Kutilgandan ortiq ikkinchi kun bir moʻ'jiza-i Nabaviya boʻlib Haybar Qal'asining eshigini Hazrat Ali sugʻurib qalqon kabi iste'mol etib, fathga muvaffaq boʻlgandan soʻng eshikni yerga otgan; sakkizta kuchli odam u eshikni yerdan koʻtarolmagan; bir rivoyatda qirqta odam koʻtarolmagan.
Ham:
deya, Siffinda Hazrat Ali bilan Muoviyaning harbini xabar berganlar.
Ham: اِنَّ عَمَّارًا تَقْتُلُهُ الْفِئَةُ الْبَاغِيَةُ deya, "Bogʻiy bir toifa Ammorni qatl qiladi". Soʻngra Siffin Harbida qatl etildi. Hazrat Ali uni Muoviyaning tarafdorlari bogʻiy boʻlganliklariga hujjat qilib koʻrsatdi. Faqat Muoviya ta'vil etdi. Amr Ibn-al Os dedi: "Bogʻiy yolgʻiz uning qotillaridir, umumimiz emasmiz".
Ham: اِنَّ الْفِتَنَ لَا تَظْهَرُ مَا دَامَ عُمَرُ حَيًّا deya, "Hazrat Umar sogʻ ekan, ichingizda fitnalar zuhur etmaydi!" xabar berganlar, shunday ham boʻlgan.
Ham Sahl Ibn Amr hali iymonga kelmasdan asir boʻlgan. Hazrat Umar Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga deganki: "Ruxsat bering, men buning tishlarini sugʻurib olaman. Chunki u fasohati bilan kuffori Qurayshni biz bilan urushishga tashviq etar edi". Rasuli Akram Alayhissolatu Vassalam: وَعَسٰى اَنْ يَقُومَ مَقَامًا يَسُرُّكَ يَا عُمَرُdeya, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning vafotlari hangomida boʻlgan dahshat-angiz va sabrsoʻz hodisada, Hazrat Abu Bakr-is Siddiq qandayki Madina-i Munavvarada kamoli matonat bilan hammaga tasalli berib muhim bir xutba bilan sahobalarni taskin etgan.. aynan shuning kabi: Sahl oʻsha hangomda, Makka-i Mukarramada ayni Abu Bakr-is Siddiq kabi sahobaga taskin va tasalli berib, ma'lum fasohati bilan Abu Bakr-is Siddiqning ayni xutbasining maolida bir nutq soʻzlagan. Hatto ikki xutbaning kalimalari bir biriga oʻxshaydi.
Ham Suroqaga:
deya, "Kisroning ikki bilaguzugini kiyasan! Hazrat Umar zamonida Kisro mahv etildi, ziynatlari va shohona bilaguzuklari keldi; Hazrat Umar Suraqoga kiydirdi. Dedi:
ixbori Nabaviyni tasdiq ettirdi.
Ham:
deya, "Kisro-i Fors ketgandan soʻng, ortiq kisro chiqmaydi!" xabar berganlar, ham shunday boʻlgan.
Ham Kisro elchisiga: "Hozir Kisroning oʻgʻli Shirvayx Parviz Kisroni oʻldirdi", deganlar. U elchi tahqiq etgan, ayni vaqtda shunday boʻlgan; u ham musulmon boʻlgan. Ba'zi ahodisda u elchining oti Firuzdir.
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan- Hatib Ibn Balta'o yashirin Qurayshga yuborgan maktubini xabar berganlar. Hazrat Ali bilan Miqdodni yuborganlar. "Falon mavqeda bir shaxsda shunday bir maktub bor. Olinglar, keltiringlar!" Bordilar, ayni yerdan ayni maktubni keltirdilar. Hatibni chaqirishdi. "Nima uchun qilding?" deganda; u uzr soʻragan, uzrini qabul qilganlar.
Ham -naqli sahih bilan- Utba Ibn Abu Lahab haqida farmon etganlarki: يَاْكُلُهُ كَلْبُ اللّٰهِ deya, Utbaning oqibati fojiasini xabar berganlar. Soʻngra Yaman tarafiga borarkan, bir arslon kelib uni yeb tashlagan. Paygʻambar Alayhissalotu Vassalamning ham badduolarini, ham xabarlarini tasdiq etgan.
Ham -naqli sahih bilan- Fathi Makka vaqtida, Hazrat Biloli Habashiy Ka'ba tomiga chiqib azon oʻqiganlar. Ruaso-i Qurayshdan Abu Sufyon, Attob Ibn Asid va Horis Ibn Hishom oʻtirib gaplashishgan. Attob: "Padarim Asid baxtiyor ediki, bu kunni koʻrmadi", dedi. Horis dediki: "Muhammad bu qora qargʻadan boshqa odam topmadimiki, muazzin qilsin?" Hazrat Biloli Habashiyni tazyif etdi. Abu Sufyon dedi: "Men qoʻrqaman, hech narsa demayman; hech kim boʻlmasa ham, shu Bathaning toshlari unga xabar beradi, va u biladi". Haqiqatdan bir oz oʻtib Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam ularga uchradilar, soʻzma-soʻz gapirganlarini aytib berdilar. U vaqt Attob bilan Horis shahodat keltirdilar, musulmon boʻldilar.
Xullas, ey bechora mulhid! Paygʻambar Alayhissalotu Vassalamni tanimagan qalbsiz odam! Qara, Qurayshning ikki muannid kattalari birgina ixbori gʻaybiy bilan iymonga keldilar. Qalbing naqadar buzilganki, ma'naviy tavotur bilan bu ixbori gʻaybiy kabi minglab moʻ'jizotni eshityapsan, yana qanoati tommang kelmayapti!.. Nima boʻlganda ham, mavzuga qaytamiz.
Ham -naqli sahih bilan- Gʻazva-i Badrda, Hazrat Abbos sahobalarning qoʻliga asir tushgan vaqtda, fidya-i najot istanilgan. U ham degan: "Pulim yoʻq". Hazrat Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam farmon etganlar: "Zavjaning Ummu Fazl yonida bu qadar pulni falon joyga qoʻygansan". Hazrat Abbos tasdiq etib, "Ikkimizdan boshqa hech kim bilmagan bir sir edi". U vaqt kamoli iymonni qozonib musulmon boʻlgan.
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan- muzir bir sehrgar boʻlgan Labidi Yahudiy Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni ranjitish uchun ajib va muassir bir sehr qilgan. Bir taroqqa sochlarni oʻragan, ustida sehr qilgan, bir quduqqa otgan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Hazrat Aliga va sahobalarga farmon etganlar: "Boringlar, falon quduqda bu tur sehr alomatlarini topib keltiringlar!" Borganlar, aynan shunday topib keltirganlar. Har bir ipi ochilishi bilan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam ham xastaligidan yengillik topishgan.
Ham -naqli sahih bilan- Abu Hurayra va Huzayfa kabi muhim zotlar boʻlgan bir hay'atda, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam:
deya, bir kishining irtidodi bilan mudhish oqibatini xabar berishgan. Abu Hurayra: "U hay'atdan men bir odam bilan ikkimiz qoldik; men qoʻrqdim. Soʻngra oʻsha odam Yamoma Harbida Musaylima tarafida boʻlib, murtad oʻlaroq qatl etildi", degan. Ixbori Nabaviyning haqiqati chiqqan.
Ham -naqli sahih bilan- Umayr va Safvon musulmon boʻlmasdan avval, muhim bir molga muqobil Paygʻambarning (S.A.V.) qatliga qaror berib; Umayr Paygʻambarning (S.A.V.) qatlini niyat qilib Madinaga kelgan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Umayrni koʻrib, yonlariga chaqib: "Savfon bilan kelishuvingiz shunday!" dedilar. Qoʻllarini Umayrning koʻksiga qoʻydilar, Umayr "Ha" dedi, musulmon boʻldi.
Yana bular kabi juda koʻp sahih ixboroti gʻaybiya vuqu' topgan. Mashhur Kutubi Sitta-i Sahiha-i Hadisiyada zikr qilingan va sanadlari bilan bayon qilingan. Bu risolada bayon qilingan voqealarning aksari tavoturi ma'naviy hukmida qat'iy, yaqiyniydirlar. Boshda Buxoriy va Muslim, Qur'ondan soʻng eng sahih kitob boʻlganini ahli tahqiq qabul etgan. Va boshqa Sahihi Termiziy, Nasaiy va Abu Dovud va Musnadi Hakim va Musnadi Ahmad Ibn Hanbal va Daloili Bayhaqiy kabi kitoblarda an'anasi bilan bayon etilgan.
Endi ey mulhidi behush! "Muhammadi Arabiy (S.A.V.) aqlli bir odam edi" deb oʻtma. Chunki shu umuri gʻaybiyaga doir ixboroti sodiqa-i Ahmadiya (S.A.V.) ikki qismdan xoli emas; yo deysanki: U Zoti Qudsiyda shunday keskin bir nazar va keng bir daho borki, moziy va mustaqbalni va umum dunyoni koʻradi, biladi va atrofi olamni va sharq va gʻarbni tomosha qiladigan bir koʻzi va oʻtmish va kelajak butun zamonlarni kashf etadigan bir dahosi bor. Bu hol esa basharda boʻlolmaydi; agar boʻlsa, Xoliqi Olam tarafidan berilgan bir horiqo, bir mavhiba boʻladi. Bu esa, bir oʻzi bir moʻ'jiza-i a'zamdir. Yoxud ishonishing kerakki: U Zoti Muborak shunday bir Zotning ma'muri va shogirdidirki, hamma narsa uning nazarida va tasarrufidadir va butun anvo'i koinot va butun zamonlar uning taxti amridadir. Daftari Kabirida hamma narsa yozilgan boʻlib; istagan payti talabasiga bildiradi va koʻrsatadi. Demak Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalam Ustozi Azaliysidan dars oladi, shunday dars beradi...
Ham -naqli sahih bilan- Hazrat Xolidni, harb uchun Dumatul Jandal Raisi boʻlgan Ukaydirga yuborgan vaqt:اِنَّكَ تَجِدُهُ يَص۪يدُ الْبَقَرَ deya, baqari vahshiy ovida boʻlishini, urushsiz asir etilishini xabar berganlar. Hazrat Xolid borib, aynan shunday koʻrgan, asir qilib keltirgan.
Ham -naqli sahih bilan- Quraysh Bani Hoshimiyga qarshi yozgan va Ka'baning shiftiga osgan sahifalari haqida: "Qurtlar yozuvlaringizni yedi, yolgʻiz sahifadagi Asmo-i Ilohiyaga tegilmagan!" deb xabar berganlar. Soʻngra borib sahifaga qaraganda, aynan shunday boʻlganini koʻrishgan.
Ham -naqli sahih bilan- "Bayt-ul Maqdisning fathida buyuk bir vabo chiqadi" farmon etgan edilar. Hazrat Umar zamonida Bayt-ul Maqsid fath qilindi. Va shunday bir vabo chiqdiki, uch kunda yetmish ming vafiyot boʻldi.
Ham -naqli sahih bilan- u zamonda vujudi boʻlmagan Basra va Bogʻdodning vujudga kelishlarini va Bogʻdodga dunyo xazinalarining kirishini va Turklar va Bahri Hazar atrofidagi millatlar bilan Arablar muhoraba qilishlarini va soʻngra ularning aksariyati Islomiyatga kirishini; Arablarga Arablar ichida hokim boʻlishlarini xabar berganlar:
Aytganlarki:
Ham: هَلَاكُ اُمَّت۪ى عَلٰى يَدِ اُغَيْلِمَةٍ مِنْ قُرَيْشٍ deya, Umaviylarning Yazid va Valid kabi sharir raislarining fasodini xabar berganlar.
Ham Yamoma kabi bir qism yerlarda irtidod sodir boʻlishini xabar berganlar.
Ham Gʻazva-i Mashhura-i Handakda:
deya, "Bundan keyin ular menga emas, balki men ularga hujum qilaman!" deb xabar berganlar, aytganlaridek chiqqan.
Ham -naqli sahih bilan- vafotlaridan bir-ikki oy avval:
deya vafotlarini xabar berganlar.
Ham Zayd Ibn Suvahan haqida: يَسْبِقُ عُضْوٌ مِنْهُ اِلَى الْجَنَّةِ Zayddan avval bir a'zosi shahid etilishini xabar berganlar. Bir zamon oʻtib, Nihavand Harbida bir qoʻli kesilgan. Demak eng avval u qoʻl shahid boʻlib, ma'nan Jannatga ketgan.
Xullas, butun bahs etganimiz umuri gʻaybiya oʻn qism anvo'i moʻ'jizotidan birgina navdir. U navning oʻn qismidan bir qismini aytmadik. Hozir bu qism bilan barobar i'jozi Qur'onga doir Yigirma Beshinchi Soʻzda, gʻoyat keng ixbori gʻayb navining toʻrt navini ijmolan bayon etganmiz. Xullas, bu yerdagi nav bilan barobar, Qur'onning lisoni bilan gʻaybdan xabar berilgan u toʻrt katta navni barobar oʻyla. Koʻrki: Naqadar qat'iy, shubhasiz, porloq, quvvatli, qoviy bir burhoni risolat boʻlib; butun-butun qalbi, aqli buzilmagan odam albatta iymon keltiradiki: Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalam Xoliqi Kulli Shay va Allam-ul Gʻuyub boʻlgan bir Zoti Zuljalolning rasulidir va undan xabar oladi.
YETTINCHI NUKTALI ISHORAT: Moʻ'jizoti Nabaviyaning barakati taom xususida boʻlgan qismidan bir qancha qat'iy va ma'nan mutavotir misoliga ishorat qilamiz. Bahsdan avval bir muqaddimaning zikri munosib boʻladi.
Muqaddima: Keladigan barakali moʻ'jizot misollari, har biri mutaaddid tariq bilan, hatto ba'zilari oʻn olti tariq bilan sahih bir suratda naql etilgan. Aksari, bir jamoati kasira huzurida sodir boʻlgan; u jamoat ichida moʻ'tabar va sodiq insonlar ulardan bahs etib naql etishgan. Masalan: "Sa' deyilgan toʻrt hovuch taomdan yetmish odam yegan, toʻygan"i naql qilinmoqda. U yetmish odam uning soʻzini eshitib, takzib etmagan. Demak, sukut bilan tasdiq etishgan. Holbuki u asri sidq va haqiqatda va u haqparast va jiddiy va toʻgʻri boʻlgan sahobalar, zarra miqdor yolgʻonni koʻrsa, rad va takzib etishgan. Holbuki bahs etadiganimiz voqealarni koʻplar rivoyat qilgan va boshqalar ham sukut bilan tasdiq etishgan. Demak, har bir hodisa ma'nan mutavotir kabi qat'iydir. Ham sahobalar, Qur'onning va oyatlarning hifzidan soʻng eng ziyoda, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning af'ol va aqvolining muhofazasiga, xususan ahkomga va moʻ'jizotga doir ahvoliga butun kuchlari bilan harakat qilganlarini va toʻgʻriliklariga juda ham diqqat qilganlarini Tarix va Siyar shahodat etadi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga oid eng kichik bir harakatni, bir siyratni, bir holni ihmol etmaganlar. Va etmaganlariga va qayd etganliklariga kutubi ahodisiya shahodat etadi. Ham Asri Saodatda, moʻ'jizotni va madori ahkom ahodisni kitobat bilan koʻplar qayd qilib yozishgan. Xususan Abadila-i Sab'a kitobat bilan qayd qilishgan. Xususan Tarjimon-ul Qur'on boʻlgan Abdulloh Ibn Abbos va Abdulloh Ibn Amr Ibn-al Os, xususan oʻttiz-qirq yil soʻng, Tobe'iynning minglab muhaqqiqlari ahodisni va moʻ'jizotni yozuv bilan qayd etishdi. Yana undan soʻng, boshda toʻrt imomi mujtahid va minglab muhaqqiq muhaddislar naql etdilar; yozuv bilan muhofaza etdilar. Yana Hijratdan ikki yuz yil soʻng boshda Buxoriy, Muslim, Kutubi Sitta-i Maqbula vazifa-i hifzni boʻyinlariga oldilar. Ibn Javziy kabi minglab shiddatli munaqqidlar chiqib; ba'zi mulhidlarning yoki fikrsiz yoki hifzsiz yoki nodonlar chalkashtirgan mavzu' ahodisni tafriq etdilar, koʻrsatdilar. Soʻngra ahli kashfning tasdigʻi bilan; yetmish marta Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam tamassul etib, yaqazo holida u Zotning suhbati bilan musharraf boʻlgan Jaloliddin Suyutiy kabi allomalar va muhaqqiqlar, ahodisi sahihaning olmoslarini boshqa soʻzlardan va mavzu'otdan tafriq etishgan. Xullas, bahs etilgan hodisalar, moʻ'jizalar qoʻldan qoʻlga -quvvatli, amin, mutaaddid va koʻp, balki hadsiz qoʻllardan- sogʻlom holda bizga kelgan. اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
Shunga binoan; "Bu vaqtgacha uzun masofadan kelgan bu zamondan to u zamonga qadar bu hodisalarni chalkashmagani va sofligini qanday bilamiz", degan xayol kelmasligi kerak.
Barakaga doir moʻ'jizoti qat'iyaning birinchi misoli: Boshda Buxoriy va Muslim, Kutubi Sitta-i Sahiha muttafiqan xabar beradilarki; Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning Hazrat Zaynab bilan tazavvujlari valiymasida, Hazrat Anasning volidasi Ummu Sulaym bir-ikki hovuch xurmoni yogʻ bilan qovurib, bir idishga qoʻyib Hazrat Anas bilan Paygʻambar Alayhissalotu Vassalamga yubordi. Anasga: "Falon, falonni chaqir. Yana kimni uchratsang, da'vat et", deganlar. Anas kimni uchratgan boʻlsa, chaqirdi. Uch yuztacha sahoba kelib, Suffa va Hujra-i Saodatni toʻldirdilar. تَحَلَّقُوا عَشَرَةً عَشَرَةً Ya'ni: "Oʻnta-oʻnta halqa boʻling!" , dedilar. Soʻngra muborak qoʻllarini u oz taom ustiga qoʻydilar, duo qildilar, marhamat qiling dedilar. Uch yuz odam yedi, toʻyib turishdi. Anasga: "Koʻtar!" deb buyurganlarida Anas: "Bilmadim, taom idishini qoʻygan vaqtim koʻp edimi, yoʻqsa olgan vaqtimmi, farqlay olmadim", degan.
Ikkinchi Misol: Mehmondori Nabaviy Abu Ayyub-al Ansoriy xonasiga tashrifi Nabaviy hangomida Abu Ayyub deydiki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam va Abu Bakr Siddiqqa kifoya qiladigan ikki kishilik ovqat qildim. Unga: اُدْعُ ثَلَاث۪ينَ مِنْ اَشْرَافِ الْاَنْصَارِ, dedilar. Oʻttiz odam keldilar, yedilar. Soʻngra: اُدْعُ سِتّ۪ينَ , dedilar. Oltmishta yana da'vat etdim; keldilar, yedilar. Soʻngra: اُدْعُ سَبْع۪ينَ , dedilar. Yetmishta yana da'vat etdim; keldilar, yedilar. Idishlarda ovqat yana qoldi. Butun kelganlar u moʻ'jiza qarshisida Islomiyatga kirib, bay'at etdilar. U ikki kishilik taomdan bir yuz saksonta odam yedilar.
Uchinchi Misol: Hazrat Umar Ibn-al Xattob va Abu Hurayra va Salama Ibn-al Akva' va Abu Amrat-al Ansoriy kabi, mutaaddid tariqlar bilan deydilarki: Bir gʻazvada qoʻshin och qoldi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga murojaat etdilar. U zot: "Xurjunlaringizda qolgan boqiyya-i arzoqni toʻplanglar!" dedilar. Hamma kam-kam biroz xurmo keltirdi. Eng koʻp keltirgan toʻrt hovuch keltira oldi. Bir sholchaga qoʻydilar. Salama deydiki: "Yigʻilgan narsalarni taxmin qildim, zoʻrgʻa oʻtirgan bir echki qadar chiqar edi". Soʻngra Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam baraka uchun duo qilib: "Harkas idishini keltirsin!" dedilar. Yugurib kelishdi. U qoʻshin ichida hech bir idish qolmadi, hammasini toʻldirdilar. Ham ortib qoldi. Sahobadan bir roviy: "U barakaning davomidan angladim; agar ahli Arz kelsaydi, ularga ham kifoya qilardi", degan.
Toʻrtinchi Misol: Boshda Buxoriy va Muslim, Kutubi Sahiha bayon etadilarki: Abdurrahmon Ibn Abu Bakr Siddiq deydi: Biz bir yuz oʻttiz sahoba, bir safarda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bilan barobar edik. Toʻrt hovuch miqdori boʻlgan bir sa' non uchun xamir qorildi. Bir echki ham kesildi, pishirildi; yolgʻiz jigar va buyraklari kabob qilindi. Qasam ichaman, u kabobdan bir yuz oʻttiz sahobadan har biriga bir boʻlakdan kesib berdilar. Soʻngra Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam pishgan goʻshtni ikkita kosaga qoʻydilar. Biz umumimiz toʻygunga qadar yedik, ortib qoldi. Men ortganini tuyaga yukladim.
Beshinchi Misol: Kutubi Sahiha qat'iyat bilan bayon etishadiki: Gʻazva-i Gʻarra-i Ahzobda, mashhur Yavm-ul Handaqda, Hazrat Jobir-al Ansoriy qasam bilan e'lon qiladi: Oʻsha kuni toʻrt hovuch boʻlgan bir sa' arpa nonidan, bir yillik bir echki ulogʻidan mingta odam yedi va oʻshanday qoldi. Hazrat Jobir deydiki: "Oʻsha kuni ovqat uyimda pishirildi; mingta odamning hammasi sa'dan, uloqdan yedilar, ketdilar. Ammo hali qozonimiz toʻla qaynayotgan, hali xamirimizdan non pishirilayotgandi. Xamirga, qozonga muborak ogʻizlarining suvini qoʻyib, baraka uchun duo qilgan edilar.
Xullas, shu moʻ'jiza-i barakani mingta zotning huzurida, ularni unga aloqador koʻrsatib Hazrat Jobir qasam bilan e'lon qilyapti. Demak shu hodisani, mingta odam rivoyat qilgan kabi qat'iy deyish mumkin.
Oltinchi Misol: -Naqli sahih bilan- xodimi Nabaviy Hazrat Anasning amakisi mashhur Abu Talha deydiki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam; yetmish-sakson odamni, Anas qoʻltigʻi ostida keltirgan oz arpa nonidan toʻq boʻlishga qadar yedirdilar. "U oz nonlarni boʻlak-boʻlak qilinglar!" amr etdilar va baraka uchun duo qildilar. Manzil tor boʻlganidan, oʻnta-oʻnta kelib yedilar, toʻyib chiqib ketdilar.
Yettinchi Misol: -Naqli sahihi qat'iy bilan- Shifo-i Sharif va Muslim kabi kutubi sahiha bayon qiladilarki: Hazrat Jobir-al Ansoriy deydi: Bir zot Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdan bola-chaqasi uchun taom istadi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam yarim qop arpa berdilar. Uzoq vaqt u odam bola-chaqasi bilan va musofirlari bilan oʻsha arpadan yedilar. Qaraydilar, tugamayapdi. Qancha qolganini anglash uchun oʻlchadilar. Soʻngra barakasi ham koʻtarildi, kamayishni boshladi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga keldi, voqeani bayon etdi. Unga javoban:
Ya'ni: "Agar kilo bilan tekshirmasaydingiz, hayotingiz davomida sizga yetardi", dedilar.
Sakkizinchi Misol: Termiziy va Nasaiy va Bayhaqiy va Shifo-i Sharif kabi kutubi sahiha bayon etadilarki: Hazrat Samurata-bni Jundub aytadi: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga bir kosa goʻsht keldi. Tongdan oqshomga qadar toʻda-toʻda odamlar keldilar, yedilar.
Xullas, muqaddimada bayon qilgan sirimizga binoan; shu voqea-i baraka, yolgʻiz Samuraning rivoyati emas, balki Samura u ovqatni yegan jamoatlarning mumassili kabi, ular nomidan va tasdiqlariga binoan e'lon qiladi.
Toʻqqizinchi Misol: Shifo-i Sharif sohibi va mashhur Ibn Abiy Shayba va Tabaroniy kabi mavsuq va sahih muhaqqiqlar rivoyati bilan, Hazrat Abu Hurayra deydi: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam menga amr qildilar: "Masjidi Sharifning suffasini maskan qilib olgan yuzdan ziyoda fuqaro-i muhojiriynni da'vat qil!" Men ularni qidirdim, toʻpladim. Umumimizga bir likop taom qoʻyildi. Biz istaganimiz qadar yedik, turdik. U kosa qoʻyilgan vaqti qanday boʻlsa, yana toʻlaligicha qoldi; yolgʻiz barmoqlarning izi taomda koʻrinyotgan edi.
Hazrat Abu Hurayra, umum komiliyni Ahli Suffa tasdigʻiga istinodan, ular nomidan xabar beradi. Demak, ma'nan umum Ahli Suffa rivoyat qilgan kabi qat'iy. Ham hech mumkinmiki, u xabar haq va toʻgʻri boʻlmasa, sodiq va komil zotlar sukut etib, takzib etmasinlar.
Oʻninchi Misol: -Naqli sahihi qat'iy bilan- Hazrat Imom Ali deydi: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Bani Abdulmuttalibni jamladilar. Ular qirq odam edilar. Ulardan ba'zilari bir tuya bolasini yerdi va toʻrt qiyya sut ichardi. Holbuki hammalariga bir hovuch ovqat qildilar; hammalari yeb toʻydilar. Ovqat avvalgidek qoldi. Soʻngra uch-toʻrt odamga zoʻrgʻa kifoya qiladigan yogʻoch idish ichida sut keltirdilar. Hammalari ichdilar, toʻydilar. Ichilmagan kabi avvalgidek qoldi.
Mana, Hazrat Alining shijoati va sadoqati qat'iyatida bir moʻ'jiza-i baraka!..
Oʻn Birinchi Misol: -Naqli sahih bilan- Hazrat Ali va Fotima-uz Zahro valiymasida Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Biloli Habashiyga amr etdilar: "Toʻrt-besh hovuch un non qilinsin va bir tuya bolasi kesilsin". Hazrat Bilol deydi: Men taomni keltirdim, muborak qoʻllarini ustiga tekkizdilar; soʻngra toʻda-toʻda sahobalar keldilar, yedilar, ketdilar. U ovqatdan ortib qolgan miqdorga yana baraka uchun duo qildilar, butun Azvoji Tohirotga har biriga bir kosadan yuborildi. "Ham yesinlar, ham yonlariga kelganlarga yedirsinlar", dedilar.
Ha, bunday muborak bir izdivojda, albatta shunday bir baraka lozim va vuqu'i qat'iydir!..
Oʻn Ikkinchi Misol: Hazrat Imom Jafari Sodiq, padarlari Imom Muhammad-ul Bakirdan, u padari Imom Zaynalobidindan, u Imom Alidan naql etadiki: Fotima-uz Zahro yolgʻiz ikkoviga kifoya qiladigan bir ovqat pishirdi. Soʻngra Hz.Alini yubordi; toki Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam kelsinlar, barobar yesinlar. Tashrif etdilar va buyurdilar: Oʻsha ovqatdan har bir azvojlariga bir kosadan yuborildi. Soʻngra oʻzlariga, Aliga, Fotima va avlodlariga bir kosadan ayrilgandan soʻng, Hazrat Fotima aytadilar: "Qozonimizni ochdik, toʻlib toshayotgan edi. Mashiati Ilohiya bilan, ancha payt u ovqatdan yedik".
Ajabo, nima uchun bu nuroniy, yuksak silsila-i rivoyatdan kelgan shu moʻ'jiza-i barakaga koʻzing bilan koʻrganday ishonmaysan? Bunga qarshi shayton ham bahona topolmaydi.
Oʻn Uchinchi Misol: Abu Dovud va Ahmad Ibn Hanbal va Imom Bayhaqiy kabi saduq imomlar, Dukayn-ul Ahmasiy Ibn Said-ul Muzaniydan, ham olti qardosh bilan barobar suhbatga musharraf va sahobalardan boʻlgan Noʻ'mon Ibn Muqorrin-ul Ahmasiyy-ul Munaziydan, Jarirdan naql qilib, mutaaddid tariqlar bilan Hazrat Umar Ibn-al Xattobdan naql qiladilarki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Hazrat Umarga amr etdilar: "Ahmasiy Qabilasidan kelgan toʻrt yuz otliqqa yoʻlchilik uchun zodu zaxira ber!" Hazrat Umar dedi: "Yo Rasululloh! Mavjud zaxira bir necha sa'dir. Jami narsalar bir tuya bolasi qadardir". "Bor, ber!" dedilar. U borib, yarim qop xurmodan toʻrt yuz suvoriyga yetadigan darajada zodu zaxira berdi. Va dedi: "Hech kamaymagandek eski holida qoldi".
Xullas, shu moʻ'jiza-i baraka toʻrt yuz odam bilan va xususan Hazrat Umar bilan munosabatdor bir suratda sodir boʻlgan. Rivoyatlarning orqasida ular bor. Ularning sukuti, tasdiqdir. Ikki-uch xabari vohid deb ahamiyatsiz deb qarama! Bunday hodisalar xabari vohid boʻlsa ham, tavoturi ma'naviy hukmida qanoat beradi.
Oʻn Toʻrtinchi Misol: Boshda Buxoriy va Muslim, kutubi sahiha xabar beradilarki: Hazrat Jobirning otasi vafot etdi; qarzi koʻp, ziyoda madyun. Qarz sohiblari esa, Yahudiylar. Jobir otasining asl molini gʻuromaga berdi, qabul qilmadilar. Holbuki bogʻidagi mevalari bir necha yilda ham qarziga kifoya qilmasdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam: "Bogʻning mevalarini uzinglar, xirmon qilinglar!" dedilar. Shunday qilishdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam xirmon ichida aylanib, duo qildilar. Soʻngra Jobir xirmondan otasining butun gʻuromasi qarzlarini bergandan soʻng, xirmonda yana bir yilllik bogʻdan kelgan mahsulot qadar qoldi. Bir rivoyatda, butun gʻuromaga berganichalik qoldi. U hodisadan qarz sohiblari boʻlgan Yahudiylar juda ham taajjublanib hayratda qoldilar.
Xullas, shu moʻ'jiza-i bahira-i baraka, yolgʻiz Hazrat Jobir kabi bir qancha roviylarning xabari emas, balki ma'naviy tavotur hukmida, u hodisa bilan munosabatdor, haddi tavotur darajasida koʻp odamlarni tamsil etib rivoyat qilishgan.
Oʻn Beshinchi Misol: Boshda Termiziy va Imom Bayhaqiy kabi muhaqqiqlar Hazrat Abu Hurayradan naqli sahih bilan xabar beradilarki: Abu Hurayra aytadi: Bir gʻazvada -boshqa bir rivoyatda Gʻazva-i Tabukda- qoʻshin och qoldi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam: هَلْ مِن شَيْءٍ؟ "Biron narsa bormi?" deb amr qildilar. Men: "Xurjunda bir oz xurmo bor." dedim. (Bir rivoyatda, oʻn besh dona boʻlgan.) "Keltir!" dedilar. Keltirdim. Muborak qoʻllarini tiqdilar, bir hovuch chiqardilar, bir idishga soldilar, baraka uchun duo qildilar. Soʻngra oʻnta oʻntadan askarlarni chaqirdilar, hammalari yeyishdi. Soʻngra:
dedilar. Men oldim, qoʻlimni u xurjunga tiqdim. Boshda keltirganimchalik qoʻlimda qoldi. Soʻngra Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam hayotliklarida, Abu Bakr va Umar va Usmonlarning hayotliklarida oʻsha xurmolardan yedim. Boshqa bir tariqda rivoyat etilganki: Oʻsha xurmolardan necha yuk fisabililloh sarf etdim. Soʻngra Hazrat Usmonning qatlida oʻsha xurmo idishi bilan nahb va goʻrat etildi, ketdi.
Mana, Xoja-i Koinot boʻlgan Faxri Olam Alayhissalotu Vassalamning qudsiy madrasasi va takyasi boʻlgan Suffaning koʻp yillik muhim bir talabasi va muridi va quvva-i hofizasining oshishi uchun duo-i Nabaviyaga mazhar boʻlgan Hazrat Abu Hurayra, Gʻazva-i Tabuk kabi bir majma'-i nosda vuqu'ini xabar bergan shu moʻ'jiza-i baraka; ma'nan bir qoʻshin soʻzi qadar qat'iy va quvvatli boʻlishi kerak.
Oʻn Oltinchi Misol: Boshda Buxoriy, kutubi sahiha -naqli qat'iy bilan- bayon etadilarki: Hazrat Abu Hurayra och qolib, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning orqalaridan ketib, manzili saodatga bordi. Qarasalar bir qadah sut, u yerga hadya sifatida keltirilgan ekan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam amr etdilarki: "Ahli Suffani chaqir!" Men qalbimdan dedimki: "Bu sutning hammasini men icha olaman. Men yanada ziyoda muhtojman". Faqat amri Nabaviy uchun ularni toʻpladim, keltirdim. Yuzdan ortiq edilar. "Ularga ichir!" dedilar. Men ham u qadahdagi sutni birma-bir berdim. Har biri toʻygunga qadar ichdi, boshqasiga berdim. Bu shaklda birma-bir ichirib, butun Ahli Suffa u sof sutdan ichdilar. Soʻngra:
dedilar. Men ichdim. "Ichgancha, ich!" derdilar; oxiri: "Sizni haq bilan irsol etgan Zoti Zuljalolga qasam ichaman, yer qolmadiki, ichsam", dedim. Soʻngra oʻzlari oldilar. Bismilloh deb hamd etib qolganini ichdilar. Yuz ming ofiyat boʻlsin.
Xullas, shu sof, xolis, sut kabi latif, shubhasiz moʻ'jiza-i bahira-i baraka besh yuz ming hadisni hifziga olgan Hazrat Buxoriy boshda boʻlib, Kutubi Sitta-i Sahiha bilan naqllari, koʻz bilan koʻrish qadar qat'iy boʻlish bilan barobar, Madrasa-i Qudsiya-i Ahmadiya (S.A.V.) boʻlgan Suffaning nomdor, sodiq, hofiz bir shogirdi boʻlgan Abu Hurayraning, umum Ahli Suffani ma'nan ishhod etib, xuddi umumini tamsil etib shu ixborni tavotur darajasida qat'iy deb qabul qilmaganning yo qalbi buzuq yoki aqli yoʻq. Ajabo, Hazrat Abu Hurayra kabi sodiq va butun hayotini hadisga va dinga vaqf etgan,
hadisini eshitgan va naql etgan odam; hech mumkinmiki, hifzidagi ahodisi Nabaviyaning qiymatini va toʻgʻriligini shubhaga tushirib, Ahli Suffaning takzibiga nishon qiladigan muxolif bir soʻz va aslsiz bir hodisa soʻylasin? Xosho...
Ey Robbim! Shu Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning barakasi hurmati, oʻzing bizga ehson etgan moddiy va ma'naviy rizqimizga baraka ehson et!..
Bir Nukta-i Muhimma: Ma'lumki; zaif narsalar ijtimo' etgan sari quvvatlashadi. Mayin iplar oʻralsa, quvvatli arqon boʻladi. Quvvatli arqonlar oʻralsa, hech kim uzolmaydi. Oʻn besh anvo'i moʻ'jizotdan yolgʻiz baraka qismidagi moʻ'jizotni va u qismning oʻn besh qismidan faqat bir qismini, oʻn besh misol bilan koʻrsatdik. Har bir misol, bir oʻzi nubuvvatni isbot etadigan darajada quvvatli edi. Farzi mahol boʻlib, bularning bir qismini quvvatsiz deb hisoblasak ham, quvvatsiz deyolmaymiz. Chunki qoviy bilan ittifoq etgan qoviylashadi.
Ham shu oʻn besh misolning ijmo'i; qat'iy shubhasiz bir tavoturi ma'naviy bilan, quvvatli bir moʻ'jiza-i kubroni koʻrsatadi. Hozir shu majmu'dagi moʻ'jiza-i kubro, baraka moʻ'jizalaridan zikr etilmagan oʻn toʻrt qismi oxarga mazj etilsa; quvvatli arqonlarni oʻrab, uzilishi mumkin boʻlmagan bir moʻ'jiza-i akbar ichida koʻrinadi. Soʻngra shu moʻ'jiza-i akbarni boshqa oʻn toʻrt nav moʻ'jizotning majmuiga ilova et, qara: Qay daraja quvvatli, tebranmas, qat'iy bir burhoni nubuvvati Ahmadiyani (S.A.V.) koʻrsatadi. Xullas, nubuvvati Ahmadiyaning (S.A.V.) ustuni shu majmu'dan tashkil topgan togʻ kabi quvvatli bir ustundir. Endi juz'iyotda va misollarda, sui fahmdan kelgan shubhalar bilan oʻsha metin saqfi mualloni sabotsiz va qobili sukut koʻrish qay daraja aqlsizlik ekanini anglading. Ha, barakaga doir moʻ'jizalar koʻrsatadiki: Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalam umumga rizq bergan va rizqlarni xalq etgan bir Zoti Rahim va Karimning sevgili ma'muridir, juda hurmatli bir abdi boʻlib; rizqning anvo'ida, xilofi odat boʻlib, u kishiga hechdan va butunlay gʻaybdan ziyofatlar yuboradi. Ma'lumki: Jazirat-ul Arab suvi va ziroati oz bir yerdir. Shuning uchun aholisi, xususan bidoyati Islomdagi sahobalar ziyqi maishatga ma'ruz edilar. Ham suvsizlikka koʻp marta giriftor boʻlardilar. Xullas, shu hikmatga binoan, moʻ'jizoti bahira-i Ahmadiya Alayhissalotu Vassalamning muhimlari taom va suv xususida tazohur etgan. Bu horiqolar da'vo-i nubuvvatga dalil va moʻ'jiza boʻlishdan ziyoda, ehtiyojga binoan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga bir ikromi Ilohiy, bir ehsoni Rabboniy, bir ziyofati Rahmoniya hukmidadir. Chunki u moʻ'jizotni koʻrganlar nubuvvatni tasdiq etgan. Lekin moʻ'jiza zuhur etgan sari, iymon ziyodalashadi, "nurun ala nur" boʻladi.
SAKKIZINCHI ISHORAT: Suv xususida tazohur etgan bir qism moʻ'jizotni bayon qiladi.
Muqaddima: Ma'lumki, jamoatlar ichida sodir boʻlgan hodisalar ahadiy bir suratda naql etilsa, takzib etilmagan vaqt, toʻgʻriligini koʻrsatadi. Chunki insonning fitratida yolgʻonga yolgʻon deyishga jibilliy bir mayl bor. Xususan har qavmdan ziyoda yolgʻonga qarshi sukut etmaydigan sahobalar boʻlsa.. xususan hodisalar Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga taalluq etsa va ayniqsa naql etgan mashohiri sahobadan boʻlsa; albatta u xabari vohid sohibi oʻsha hodisani koʻrgan jamoatni tamsil etayotgandek rivoyat qiladi. Holbuki hozir biz bahs etadigan moʻ'jizoti maiyani, har bir misolni koʻp tariqlar bilan, koʻp sahobalarning qoʻllaridan, minglab Tobe'iynning muhaqqiqlari qoʻl uzatib olganlar; sogʻlom holda ikkinchi asr mujtahidlarining qoʻllariga berganlar. Ular ham, kamoli jiddiyat va hurmat bilan qoʻl uzatib, qabul qilib, orqalaridagi asrning muhaqqiqlarining qoʻllariga berganlar. Har tabaqa, minglab quvvatli qoʻllardan oʻtib, kelib-kelib asrimizgacha kelgan. Ham Asri Saodatda yozilgan Kutubi Ahadisiya sogʻlom ravishda oʻtkazilib, Buxoriy va Muslim kabi ilmi hadisning dohiy imomlarining qoʻliga oʻtgan. Ular ham kamoli tahqiq bilan marotibini tafriq etib, toʻgʻriligi shubha tugʻdirmaganlarini jamlab bizga dars berishgan, taqdim etishgan. جَزَاهُمُ اللّٰهُ خَيْرًا كَث۪يرًا
Xullas, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning muborak barmoqlaridan suvning oqishi va juda koʻp odamga ichirishi mutavotirdir. Shunday bir jamoat naql etganki, yolgʻonga ittifoqlari maholdir. Shu moʻ'jiza gʻoyat qat'iydir. Ham uch marta, uch majma'-i azimda takarrur etgan. Boshda Buxoriy, Muslim, Imom Molik, Imom Shuayb, Imom Qatoda kabi juda koʻp ahli sahih bir jamoat, sahobalardan, boshda xodimi Nabaviy Hazrat Anas, Hazrat Jobir, Hazrat Ibn Mas'ud kabi mashohiri sahobaning bir jamoatidan, barmoqlaridan suvning kasrat bilan oqishi va qoʻshinga ichirishi naqli sahihi qat'iy bilan bayon etilgan. Bu navi moʻ'jiza-i maiyaning, juda koʻp misollaridan toʻqqizta misolni bayon qilamiz.
Birinchi Misol: Boshda Buxoriy, Muslim, kutubi sahiha Hazrat Anasdan naqli sahih bilan xabar beradilarki: Hazrat Anas aytadi: Zavra nomli joyda uch yuz kishi Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bilan birga edik. Asr namozi uchun tahorat olishni amr etdilar. Suv topilmadi. Bir oz boʻlsada suv soʻradilar, keltirdik. Muborak qoʻllarini ichiga botirdilar. Koʻrdikki, barmoqlaridan chashma kabi suv oqyapti. Soʻngra butun ma'iyatlaridagi uch yuz odam keldilar, umumi tahorat olib ichdilar. Bu misolni Hazrat Anas, uch yuz kishini tamsil etib xabar beryapti. Mumkinmiki, u uch yuz kishi shu xabarga ma'nan ishtirok etmasinlar; ham ishtirok etmaganlari holda, takzib etmasinlar.
Ikkinchi Misol: Boshda Buxoriy, Muslim, kutubi sahiha xabar beradilarki: Hazrat Jobir Ibn Abdulloh-al Ansoriy bayon qiladi: Biz bir ming besh yuz kishi Gʻazva-i Hudaybiyada chanqadik. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam qirba deyilgan teridan bir idish suvdan tahorat oldilar, soʻngra qoʻllarini ichiga tiqdilar. Koʻrdimki, barmoqlaridan chashma kabi suv oqyapti. Bir ming besh yuz kishi ichib, idishlarini oʻsha qirbadan toʻldirishdi. Salim Ibn Abul Ja'd Jobirdan: "Necha kishi edingiz?", deb soʻraganda Jobir aytadiki: "Yuz ming kishi ham boʻlsaydi, yana kifoya qilardi. Lekin biz oʻn besh yuz (ya'ni bir ming besh yuz) edik". Shu moʻ'jiza-i bahiraning roviylari ma'nan bir ming besh yuz qadardir. Chunki fitrati bashariyada yolgʻonga yolgʻon deyish bir mayli orzusi bor. Sahobalar esa sidq va toʻgʻrilik uchun, jon va mol va padar va volidalarini va qavm va qabilalarini fido etib, sidq va haq uchun fidoiy boʻlganlari holda; "Mendan bilib turib yolgʻon bir narsa xabar bergan Jahannam otashidan oʻrnini hozirlasin!" ma'nosidagi hadisi sharifning tahdidiga qarshi, yolgʻonga muqobil sukut etishlari mumkin emas. Modomiki sukut etgan ekanlar; u xabarni qabul etganlar, ma'nan ishtirok etib tasdiq etadilar deganidir.
Uchinchi Misol: Gʻazva-i Buvatda, yana Buxoriy, Muslim boshda, kutubi sahiha bayon qiladilarki: Hazrat Jobir dediki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam: نَادِ بِالْوُضُوءِ "Tahorat olish uchun nido qil" dedilar. "Suv yoʻq" deyildi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam dedilar: "Bir oz suv toping". Juda oz suv keltirdik. Soʻngra oʻsha oz suv ustiga qoʻllarini qoʻyib bir narsalar oʻqidilar. Bilmadim nima edi. Soʻngra: رِدْنَا بِجَفْنَةِ الرَّكْبِ Ya'ni, karvonning katta suv idishini (togʻora) keltir, dedilar. Menga keltirildi, men ham Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning qarshilariga qoʻydim. U kishi qoʻllarini ichiga qoʻydilar, barmoqlarini ochdilar. Men ham u oz suvni muborak qoʻllari ustiga toʻkar edim. Koʻrdimki, muborak barmoqlaridan juda koʻp suv oqdi; soʻngra suv idishi toʻldi. Suvga muhtoj boʻlganlarni chaqirdim; hammalari keldilar, oʻsha suvdan tahorat olib ichdilar. Men dedim: "Boshqa hech kim qolmadi". Qoʻllarini koʻtardilar, u jafna (ya'ni togʻora) lim-lim toʻla qoldi.
Xullas, shu moʻ'jiza-i bahira-i Ahmadiya (S.A.V.) ma'nan mutavotirdir. Chunki Hazrat Jobir oʻsha ishda boshda boʻlgani uchun, birinchi soʻz uning haqqidir. U umumning nomiga e'lon qilyapti. Chunki u vaqt xizmat qilgan u zot edi; e'lon boshda uning haqqidir. Ibn Mas'ud ham aynan rivoyatida deydiki: Men koʻrdimki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning barmoqlaridan chashma kabi suv oqyapti. Ajabo, mashohiri siddiqiyni sahobadan boʻlgan Anas, Jobir, Ibn Mas'ud kabi bir jamoat desaki: "Men koʻrdim". Koʻrmasligi mumkinmi? Hozir shu uch misolni birlashtir, naqadar quvvatli bir moʻ'jiza-i bahira boʻlganini koʻr va shu uch tariq birlashsa, haqiqiy tavotur hukmida barmoqlaridan suv oqishini qat'iy isbot qiladi. Hazrat Muso Alayhissalomning toshdan oʻn ikki yerda chashma kabi suv oqitishlari, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning oʻn barmoqlaridan oʻn joʻmrak suvning oqishining darajasiga chiqolmaydi. Chunki toshdan suv oqishi mumkin, odiyot ichida oʻxshashi topiladi. Faqat goʻsht va suyakdan obi kavsar kabi suvning toʻlib oqishining naziri odiyot ichida yoʻq.
Toʻrtinchi Misol: Boshda Imom Molik Muvatto' kitobi moʻ'tabarida Muoz Ibn Jabal kabi mashohiri sahobadan xabar beradi: Hazrat Muoz Ibn Jabal aytdi: Gʻazva-i Tabukda bir chashmaga duch keldik, mayin ip qalinligida zoʻrgʻa oqayotgan edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam amr qildilarki: "Bir oz suv toʻplanglar". Kaftlarida bir oz toʻpladilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam u bilan qoʻllarini, yuzlarini yuvdilar; suvni chashmaga quydik. Birdan chashmaning teshigi ochilib, juda koʻp oqdi; butun qoʻshinga kifoya qildi. Hatto roviy Imom Ibn Isxoq aytadi: Momaqaldiroq kabi, tuproq ostida oʻsha chashmaning suvi shovqin chiqarib oqdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Hazrat Muozga:
Ya'ni: Bu asari moʻ'jiza boʻlgan muborak suv davom etib, bu yerlarni bogʻga aylantiradi; umring boʻlsa koʻrasan, dedilar. Va shunday boʻldi.
Beshinchi Misol: Boshda Buxoriy Hazrat Barodan va Muslim Hazrat Salamata-bni Akva'dan va boshqa kutubi sahiha boshqa roviylardan muttafiqan xabar beradilarki: Gʻazva-i Hudaybiyada bir quduqqa duch keldik. Biz toʻrt yuz kishi edik. U quduqning suvi ellik kishiga zoʻrgʻa yetardi. Biz suvni tortdik, ichida hech narsa qoldirmadik. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam keldilar, quduqning boshiga oʻtirib, bir paqir suv soʻradilar; keltirdik. Paqirning ichiga muborak ogʻizlarining suvini soldilar va duo qildilar, soʻngra u paqirni quduqqa toʻkdilar. Birdan quduq joʻshdi va qaynadi; ogʻziga qadar toʻldi. Butun qoʻshin, oʻzlari va hayvonoti toʻygungacha ichishdi, idishlarini ham toʻldirishdi.
Oltinchi Misol: Yana Muslim va Ibn Jariri Tabariy kabi hadisning dohiy imomlari boshda, kutubi sahiha naqli sahih bilan mashhur Abu Qatodadan xabar beradilarki: Abu Qatoda aytadi: Mut'a gʻazva-i mashhurasida, raislari shahid boʻlgani uchun yordamga ketayotgan edik. Menda bir qirba bor edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam menga:
Ya'ni: "Qirbangni saqla, uning katta ishi bor", dedilar. Soʻngra suvsizlik boshlandi. Yetmish ikki kishi edik, -Tabariyning naqliga koʻra, uch yuz edik- suvsiz qoldik. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam: "Qirbangni keltir", dedilar. Men keltirdim. U kishi oldilar va ogʻzini ogʻizlariga keltirib, ichiga nafas etdilar yo etmadilar bilmayman; soʻngra yetmish ikki kishi keldi, ichishdi, idishlarini toʻldirishdi. Soʻngra men oldim, berganimdek qolgan edi.
Xullas, shu moʻ'jiza-i bahira-i Ahmadiyani (S.A.V.) koʻr,
de.
Yettinchi Misol: Boshda Buxoriy va Muslim boʻlib kutubi sahiha, Hazrat Imron Ibn Husandan xabar beradilarki: Imron aytadi: Bir safarda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bilan barobar suvsiz qoldik. Menga va Aliga aytdilarki: "Falon mavqeda bir ayol ikki qirba suvni markabga yuklab ketyapti; olib bu yerga keltiring". Men va Ali birga bordik, ayni yerda ayolni suv yuki bilan topdik, keltirdik. Soʻngra amr etdilar: "Bir idishga bir oz suv boʻshatinglar". Boʻshatdik. Baraka uchun duo qildilar. Soʻngra yana suvni oʻsha markabdagi qirbaga quydik. "Hamma kelsin, idishini toʻldirsin", dedilar. Butun karvon keldi, idishlarini toʻldirdilar, ichdilar. Soʻngra: "Ayolga bir narsalar toʻplanglar", dedilar. Ayolning etagini toʻldirdilar. Imron deydiki: Men taxayyul etdimki, tobora ikki qirba toʻlyapti, yanada ziyodalashyapti. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam u ayolga:
Ya'ni: Sening suvingdan olmadik, balki Janobi Haq bizga xazinasidan suv ichirdi, dedilar.
Sakkizinchi Misol: Boshda mashhur Ibn Hazm Sahihida, roviylar Hazrat Umardan naql qiladilarki: Gʻazva-i Tabukda suvsiz qoldik. Hatto ba'zilar tuyasini kesar, suvsizlikdan ichini siqar, ichar edi. Abu Bakr Siddiq Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga duo qilish uchun iltimos qildi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam qoʻllarini koʻtardilar; hali qoʻllarini tushurmasdan bulut toʻplandi; yomgʻir shunday yogʻdiki, idishlarimizni toʻldirdik. Soʻngra suv chekindi, qoʻshinimizga maxsus hududimizdan tashqarida chiqmadi. Demak, bu tasodif ichiga qoʻshilmagan, faqatgina bir moʻ'jiza-i Ahmadiyadir (S.A.V.).
Toʻqqizinchi Misol: Mashhur Abdulloh Ibn Amr Ibn al Osning nevarasi va toʻrt imomning unga e'timod qilib va undan taxriji hadis etganlari Amr Ibn Shuaybdan naqli sahih bilan xabar beradilar: Nubuvvatdan avval Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam amakilari Abu Tolib bilan tuyaga minib Arafa atrofida Zulmajoz nomli joyga kelganlarida Abu Tolib: "Men chanqadim", degan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam tushib yerga oyoqlarini urganlar, suv chiqqan. Abu Tolib ichgan. Muhaqqiqiyndan birisi aytganki: Bu hodisa nubuvvatdan avval boʻlgani uchun, irhosot navidan boʻlish bilan barobar, ming yil oʻtib ayni yerda Arafot chashmasi chiqishi, oʻsha hodisaga binoan bir karomati Ahmadiya (S.A.V.) deyilishi mumkin.
Xullas, shu toʻqqiz misollar kabi, toʻqson misol boʻlmasa ham, balki toʻqson suratda rivoyatlar; moʻ'jizoti maiyani xabar bergan. Boshdagi yetti misol ma'naviy tavotur kabi qat'iy va quvvatlidir. Oxirdagi ikki misol, garchi u daraja tariqlari quvvatli va mutaaddid ham, roviylari koʻp ham emas. Lekin sakkizinchi misolda Hazrat Umardan rivoyat qilingan moʻ'jiza-i sahabiyani tayid va taqviya etgan ikkinchi bir moʻ'jiza-i sahabiya; boshda Imom Bayhaqiy va Hokim, kutubi sahiha, Hazrat Umardan xabar beradiki: Hazrat Umar Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdan yomgʻir duosini iltimos qildi. Chunki qoʻshin suvga muhtoj edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam qoʻllarini koʻtardilar, birdan bulut toʻplandi, yomgʻir keldi. Qoʻshinning ehtiyoji qadar suv berdi, ketdi. Xuddi yolgʻiz qoʻshinga suv berish uchun ma'mur edi. Keldi, ehtiyojga koʻra berdi, ketdi. Shu hodisa, qandayki sakkizinchi misolni tayid va qat'iy isbot qiladi; shuning kabi: Shu hodisada, mashhur allomalardan va tasxixda juda mushkulpisand, hatto koʻp sahihlarga mavzu' deb qabul qilmagan Ibn Javziy kabi bir muhaqqiq deydiki: Shu hodisa Gʻazva-i Mashhura-i Badrda sodir boʻlgan.
oyati karimasi u hodisani bayon etib, ifoda qiladi. Modomiki oyat u hodisani koʻrsatar ekan; uning qat'iyatida shubha qolmaydi. Ham duo-i Nabaviy bilan, birdan va sur'at bilan va hali qoʻllarini tushirmasdan yomgʻirning kelishi koʻp takarrur etganining oʻzi, moʻ'jiza-i mutavotiradir. Ba'zan masjidda, minbar ustida qoʻllarini koʻtarganlar, hali tushirmasdan yoqqani; tavotur bilan naql etilgan.
TOʻQQIZINCHI ISHORAT: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning anvo'i moʻ'jizotidan birisi, daraxtlarning insonlar kabi amrlarini tinglashlari va oʻrnidan turib yonlariga kelganki; shu moʻ'jiza-i shajariya, muborak barmoqlaridan suvning oqishi kabi, ma'nan mutavotirdir. Mutaaddid suratlari bor va koʻp tariqlar bilan kelgan. Ha, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning amri uchun; daraxt oʻrnidan chiqib yonlariga kelishi, sarihan mutavotir deb boʻladi. Chunki mashohiri siddiqiyni sahobadan Hazrat Ali, Hazrat Ibn Abbos, Hazrat Ibn Mas'ud, Hazrat Ibn Umar, Hazrat Ya'la Ibn Murra, Hazrat Jobir, Hazrat Anas Ibn Molik, Hazrat Burayda, Hazrat Usoma Bin Zayd va Hazrat Gaylan Ibn Salama kabi sahobalar; har biri qat'iyat bilan, ayni moʻ'jiza-i shajariyani xabar bergan. Tobe'iynning yuzlab imomlari, mazkur sahobalardan har bir sahobadan boshqa bir tariq bilan u moʻ'jiza-i shajariyani naql etishgan. Goʻyo muzaaf tavotur suratida bizga naql etganlar. Xullas, shu moʻ'jiza-i shajara hech bir shubha qabul etmaydigan bir tavoturi ma'naviyi qat'iy hukmidadir.
Hozir u moʻ'jiza-i kubroning, takarrur etgani holda, bir necha sahih suratlarini bir necha misol bilan bayon qilamiz:
Birinchi Misol: Boshda Imom Mojja va Dorimiy va Imom Bayhaqiy naqli sahih bilan Hazrat Anas Ibn Molikdan va Hazrat Alidan va Bazzoz va Imom Bayhaqiy Hazrat Umardan xabar beradilarki: Uch sahoba aytishganki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam kufforning takzibidan mutaassir boʻlib mahzun edilar.
dedilar. Anasning rivoyatida, Hazrat Jabroil hozir edi. Vodiy chetida bir daraxt bor edi. Hazrat Jabroilning i'lami bilan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam u daraxtni chaqirdilar; yonlarigacha keldi. Soʻngra ket dedilar. Takror ketdi, oʻrnida joylashdi.
Ikkinchi Misol: Alloma-i Magʻrib Qozi Iyoz Shifo-i Sharifda ulviy bir sanad bilan, toʻgʻri va sogʻlom bir an'ana bilan, Hazrat Abdulloh Ibn Umardan xabar beradi: Bir safarda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlariga bir badaviy keldi. اَيْنَ تُر۪يدُ؟ Qayerga ketyapsan?" dedilar. Badaviy: "Ahlimga". هَلْ لَكَ اِلٰى خَيْرٍ مِنْ ذٰلِكَ؟ "Undan yanada yaxshi bir xayr istamaysanmi?" dedilar. Badaviy: "Nima?"
dedilar. Badaviy: "Bu shahodatga shohid nima?" هٰذِهِ الشَّجَرَةُ السَّمُرَةُ yaʻni "Vodiy chetidagi daraxt shohid boʻladi", dedilar. Ibn Umar aytadi: U daraxt oʻrnidan silkinib chiqdi, yerni yordi; Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonigacha keldi. Uch marta Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam u daraxtni istishhod etdilar. Daraxt ham sidqlariga shahodat etdi. Amr etdilar, yana oʻrniga borib joylashdi.
Hazrat Burayda Ibn Hasib-ul Aslamiy tariqida, naqli sahih bilan Burayda dediki: Biz Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlarida ekan, bir safarda bir a'robiy keldi. Bir oyat, ya'ni bir moʻ'jiza istadi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam: قُلْ لِتِلْكَ الشَّجَرَةِ رَسُولُ اللّٰهِ يَدْعُوكِ dedilar. Bir daraxtga ishorat qildilar; daraxt oʻngga va chapga mayl etib ildizlarini yerdan chiqarib, huzuri Nabaviyga keldi. اَلسَّلَامُ عَلَيْكَ يَا رَسُولَ اللّٰهِ dedi. Soʻngra a'robiy: "Yana joyiga borsin", dedi. Amr qildilar, oʻrniga bordi. A'robiy dedi: "Izn bering, sizga sajda qilay". "Hech kimga izn yoʻq", dedilar. "Unday boʻlsa, sizing qoʻlizni oyogʻizni oʻpaman", dedi. Izn berdilar.
Uchinchi Misol: Boshda Sahihi Muslim, kutubi sahiha xabar beradilarki, Hz.Jobir: Biz bir safarda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bilan birga edik. Qazo-i hojat uchun bir yer qidirdilar. Yopiq bir yer yoʻq edi. Soʻngra ikki daraxt yoniga bordilar. Bir daraxtning shoxini tutib tortdilar. Daraxt itoat qilib birga bordi, boshqa daraxtning yoniga keltirdilar. Itoatkor tuyaning egarini ushlab tortganda kelgani kabi, ikki daraxtni oʻsha tarzda yon-yonga keltirdilar. Soʻngra dedilar: اِلْتَئِمَا عَلَىَّ بِاِذْنِ اللّٰهِ Ya'ni: "Ustimga birlashinglar" dedilar. Ikkovi birlashib sattora boʻldilar. Orqalarida qazo-i hojat qilgandan soʻng ularga amr qildilar, joylariga bordilar. Ikkinchi bir rivoyatda, yana Hazrat Jobir deydiki: Menga amr qildiki:
Ya'ni: "U daraxtlarga ayt: Rasulullohning hojati uchun birlashinglar". Men shunday dedim, ular birlashdilar. Soʻngra men kutar ekanman, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam keldilar. Boshlari bilan oʻngga chapga ishorat qildilar, u ikki daraxt joylariga bordilar.
Toʻrtinchi Misol: Naqli sahih bilan, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning jasur qoʻmondonlaridan va xizmatkorlaridan boʻlgan Usoma Bin Zayd deydiki: Bir safarda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bilan birga edik. Qazo-i hojat uchun xoli, sattorali bir yer yoʻq edi. Farmon etdilarki: هَلْ تَرٰى مِنْ نَخْلٍ اَوْ حِجَارَةٍ "Ha, bor" dedim. Amr etdilar va:
Ya'ni daraxtlarga aytginki: "Rasulullohning hojati uchun birlashinglar" va toshlarga ham ayt: "Devor kabi toʻplaninglar". Men bordim, aytdim. Qasam ichamanki, daraxtlar birlashdi va toshlar devor boʻldi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam hojatidan soʻng yana amr etdilar: قُلْ لَهُنَّ يَفْتَرِقْنَ Mening nafsim qabza-i qudratida boʻlgan Zoti Zuljalolga qasam ichaman, daraxtlar va toshlar ayrilib joylariga bordilar. Hazrat Jobir va Usoma bayon qilgan bu ikki hodisani, aynan Ya'lo Ibn Murra va Gaylan Ibn Salamat-as Saqafiy va Hazrat Ibn Mas'ud, Gʻazva-i Hunaynda aynan xabar beradilar.
Beshinchi Misol: Imom Ibn Furaq, kamoli ijtihod va fazlidan kinoya sifatida Shofe'iyi Soniy unvonini olgan alloma-i asr qat'iy xabar beradiki: Gʻazva-i Toifda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam kechasi ot ustida ketarkan uyqulari kelayotgan edi. Oʻsha holda, bir sidra daraxtiga toʻgʻri kelib qoldilar. Daraxt u kishiga yoʻl berib, otlariga urilmaslik uchun, ikkiga yorildi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam markab bilan ichidan oʻtdilar. Bizning davrimizgacha u daraxt, ikki oyoq ustida, oʻsha muhtaram vaziyatda qoldi.
Oltinchi Misol: Hazrat Ya'lo tariqida -naqli sahih bilan- xabar beradiki: Bir safarda Talha yoki Samura deyilgan bir daraxt keldi, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning atrofida tavof qilayotgandek aylandi. Soʻngra yana oʻrniga bordi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam: اِنَّهَا اِسْتَاْذَنَتْ اَنْ تُسَلِّمَ عَلَىَّ Ya'ni: U daraxt Janobi Haqdan istadiki, menga salom bersin, dedilar.
Yettinchi Misol: Muhaddislar naqli sahih bilan Ibn Mas'uddan bayon etadilarki: Ibn Mas'ud: Batni Naxl deyilgan nomli mavqeda, Nusaybin ajinnilari ihtido uchun Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga kelgan vaqtlari, bir daraxt u ajinnilarning kelganlarini xabar berdi. Ham Imom Mujohid u hadisda Ibn Mas'uddan naql qiladiki: U jinlar bir dalil istadilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bir daraxtga amr qildilar; joyidan chiqib keldi, soʻngra yana joyiga bordi. Xullas jin toifasiga birgina moʻ'jiza kifoya qildi. Ajabo, bu moʻ'jiza kabi ming moʻ'jizot eshitgan bir inson iymon keltirmasa, jinlarning يَقُولُ سَف۪يهُنَا عَلَى اللّٰهِ شَطَطًا ta'bir etganlari shaytonlardan yanada shayton boʻlmaydimi?
Sakkizinchi Misol: Sahihi Termiziy naqli sahih bilan Hazrat Ibn Abbosdan xabar beradilarki: Ibn Abbos: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bir a'robiyga farmon etdilar:
"Men bu daraxtning shu shoxini chaqirsam, yonimga kelsa, iymon keltirasanmi?" U "Ha" dedi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam chaqirdilar. U urjun daraxtining boshidan uzilib, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlariga hatladi, keldi. Soʻngra amr qildilar, yana joyiga bordi.
Xullas, bu sakkiz misol kabi koʻp misollar bor; koʻp tariqlar bilan naql etilgan. Ma'lumki; yetti- sakkiz ip toʻplansa, quvvatli bir arqon boʻladi. Shunga binoan shu eng mashhur siddiqiyni sahobadan bunday mutaaddid tariqlar bilan ixbor etilgan shu moʻ'jiza-i shajariya, albatta tavoturi ma'naviy quvvatidadir; balki tavoturi haqiqiydir. Zotan Sahobadan soʻngra Tobe'iynning qoʻliga oʻtgan vaqt, tavotur suratini oladi. Xususan Buxoriy, Muslim, Ibn Hibbon, Termiziy kabi kutubi sahiha zamoni sahobaga qadar oʻsha yoʻlni shu qadar sogʻlom qilganlar va tutganlarki, masalan Buxoriyda koʻrish, ayni sahobadan eshitish kabidir.
Ajabo, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga daraxtlar, -misollarda koʻringani kabi- u kishini tanib, risolatlarini tasdiq etib, u kishiga salom berib ziyorat qilib, amrlarini tinglab itoat qilgani holda, oʻzini inson degan bir qism jomid, aqlsiz maxluqlar; u zotni tanimasa, iymon keltirmasa, quruq daraxtdanda adno, oʻtin parchasi kabi ahamiyatsiz, qiymatsiz boʻlib olovga loyiq boʻlmaydimi?
OʻNINCHI ISHORAT: Shu moʻ'jiza-i shajariyani ziyoda taqviya etgan mutavotir bir suratda naql etilgan, hanin-ul jiz' moʻ'jizasidir. Ha, Masjidi Sharifi Nabaviyda quruq xodaning katta bir jamoat ichida, muvaqqatan firoqi Ahmadiydan (S.A.V.) yigʻlashi; biz bayon etgan moʻ'jiza-i shajariyaning misollarini ham tayid etadi, ham quvvat beradi. Chunki u ham daraxtdir, jinsi bir. Faqat shuning shaxsi mutavotirdir, boshqa qismlar har birining navi mutavotirdir. Juz'iyotlari, misollari koʻpi sarih tavotur darajasiga chiqmaydi. Ha, Masjidi Sharifda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam xutba oʻqiyotganlarida xurmo daraxtidan boʻlgan quruq xodaga tayanar edilar. Soʻngra minbari sharif qilingan vaqt, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam minbarga chiqib xutbani boshladilar. Oʻqirkan, xoda tuya kabi nola qilib yigʻladi; butun jamoat eshitdi. Oxiri Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam uning yoniga kelib qoʻllarini ustiga qoʻydilar. U bilan gaplashib, tasalli berdilar; shunda u yigʻidan toʻxtadi. Shu moʻ'jiza-i Ahmadiya Alayhissalotu Vassalam juda koʻp tariqlar bilan, tavotur darajasida naql etilgan.
Ha, hanin-ul jiz' moʻ'jizasi juda muntashir va mashhur va haqiqiy mutavotirdir. Sahobalarning bir jamoati oliysidan, oʻn besh tariq bilan kelib, Tobe'iynning yuzlab imomlari u moʻ'jizani, tariqlar bilan orqadagi asrlarga xabar berganlar. Sahobalarning u jamoatidan ulamo-i sahoba nomdorlari va rivoyati hadisning raislaridan Hazrat Anas Ibn Molik (xodimi Nabaviy), Hazrat Jobir Ibn Abdulloh-al Ansoriy (xodimi Nabaviy), Hazrat Abdulloh Ibn Umar, Hazrati Abdulloh Ibn Abbos, Hazrati Sahl Ibn Sa'd, Hazrat Abu Said-al Xudriy, Hazrat Ubayy Ibn-al Ka'b, Hazrat Burayda, Hazrat Umm-ul Moʻ'miniyn Ummu Salama kabi mashohiri ulamo-i sahoba va rivoyati hadisning ruasolari kabi, har biri bir tariqning boshida, ayni moʻ'jizani ummatga xabar berganlar. Boshda Buxoriy, Muslim, kutubi sahiha; keyingi asrlarga u mutavotir moʻ'jiza-i kubroni tariqlari bilan xabar berishgan.
Xullas, Hazrat Jobir tariqida deydiki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam xutba oʻqirkan, Masjidi Sharifda جِذْعُ النَّخْلِdeyilgan quruq xodaga tayanib oʻqirdilar. Minbari sharif yasalgandan soʻng, minbarga oʻtgan vaqtlari; xoda chiday olmasdan, homila tuya kabi ovoz berib ingrab yigʻladi. Hazrat Anas tariqida deydiki: Qoʻtos kabi yigʻladi, masjidni larzaga keltirdi. Sahl Ibn Sa'd tariqida deydi: Ham uning yigʻlashi ustiga odamlar yigʻlashni boshladi. Hazrat Ubayy Ibn-al Ka'b tariqida deydi: Shunday yigʻladiki, yorilib ketdi. Boshqa bir tariqda, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam: اِنَّ هٰذَا بَكٰى لِمَا فَقَدَ مِنَ الذِّكْرِ Ya'ni: " Yigʻlashi uning joyida oʻqilgan zikr va xutbadagi zikri Ilohiyning iftiroqidandir", dedilar. Boshqa bir tariqda:
Ya'ni: "Men uni quchoqlab tasalli bermasaydim, Rasulullohning iftiroqidan qiyomatga qadar shunday yigʻlashi davom etardi", dedilar. Hazrat Burayda tariqida deydiki: Jiz' yigʻlagandan soʻng Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam qoʻllarini ustiga qoʻyib farmon etdilar:
Soʻngra u jiz'ni tinglashdi, jiz' aytdi, orqadagi odamlar ham eshitdi:
Ya'ni: "Meni jannatda ekginki; mevalarimdan Janobi Haqning sevgili qullari yesin. Ham bir makonki, u yerda baqo topib, chirish yoʻq". Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam: قَدْ فَعَلْتُ dedilar. Soʻngra: اِخْتَارَ دَارَ الْبَقَاءِ عَلٰى دَارِ الْفَنَاءِ dedilar.
Ilmi Kalomning buyuk imomlaridan mashhur Abu Isxoq Isfaroniy naql etadi: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam xodaning yoniga bormadilar; balki xoda u kishining amri bilan yonlariga keldi. Soʻngra amr etdilar, oʻrniga qaytdi. Hazrat Ubayy Ibn Ka'b aytadi: Shu hodisa-i horiqodan soʻngra Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam: "Xoda minbarning ostiga qoʻyilsin", deb amr etdilar. Masjidi sharifning ta'miri uchun hadm etilgunga qadar minbarning ostiga qoʻyildi. Oʻsha vaqt Hazrat Ubayy Ibn Ka'b yoniga oldi, chirigunga qadar muhofaza etildi.
Mashhur Hasan Basriy shu hodisa-i moʻ'jizani shogirdlariga dars bergan vaqt yigʻlardi va derdiki: "Daraxt Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga mayl va ishtiyoq koʻrsatyapti.. sizlar yanada koʻproq ishtiyoqqa, maylga mustahaqsiz". Biz ham aytamizki: Ha, ham u kishiga ishtiyoq va mayl va muhabbat, u kishining Sunnati Saniyalariga va Shariati Gʻarrolariga ittibo bilan boʻladi.
Bir Nukta-i Muhimma: Agar: Nima uchun Gʻazva-i Handaqda toʻrt hovuch taom bilan mingta odamni toʻydirish boʻlgan moʻ'jiza-i taomiya va muborak barmoqlaridan oqqan suv bilan bir ming besh yuz kishiga suvni toʻydirgunga qadar ichirgan moʻ'jiza-i maiya, nima uchun shu hanini jiz' moʻ'jizasi kabi dabdaba bilan koʻp kasratli tariqlar bilan naql etilmagan? Holbuki u ikkisi bundan yanada ziyoda bir jamoatda sodir boʻlgan..., deyilsa.
Aljavob: Zuhur etgan moʻ'jizalar ikki qism. Bir qismi nubuvvatni tasdiq ettirish uchun, Hazrat Paygʻambar Alayhissalotu Vassalam qoʻllarida izhor etiladi. Hanini jiz' shu navdandirki, yolgʻiz nubuvvatning tasdigʻi uchun bir hujjat sifatida sodir boʻlib; moʻ'minlarning iymonini ziyodalashtirish va munofiqlarni ixlosga va iymonga chorlash va kufforni iymonga keltirish uchun zohir boʻlgan. Shuning uchun avom va xoslar harkas uni koʻrdi, uning nashriga koʻp ihtimom etildi. Shu moʻ'jiza-i taomiya va moʻ'jiza-i maiya esa, moʻ'jizadan ziyoda bir karomatdir, balki karomatdan ziyoda bir ikromdir, balki ikromdan ziyoda ehtiyojga binoan bir ziyofati Rahmoniyadir. Shuning uchun garchi da'vo-i nubuvvatga dalil va moʻ'jizadir; lekin asl maqsad: Qoʻshin och qolgan; bir danakdan ming botmon xurmoni xalq etgani kabi, Janobi Haq xazina-i gʻaybdan bir sa' taomdan ming odamga ziyofat beradi. Ham suvsiz qolgan mujohid bir qoʻshinga qoʻmondoni a'zamning barmoqlaridan obi kavsar kabi suv oqittirib ichiradi. Xullas, shu sir uchun, moʻ'jiza-i taomiya va moʻ'jiza-i maiyaning har bir misoli hanini jiz' darajasiga chiqmaydi. Faqat u ikki moʻ'jizaning jinslari va navlari kulliyat e'tibori bilan, hanini jiz' kabi mutavotir va kasratlidir. Ham taomning barakasini va barmoqlaridan suvning oqishini harkim koʻrolmaydi, faqat belgilarini koʻradi. Xodaning yigʻlashini esa hamma eshitgan. Shuning uchun juda koʻp tarqaldi.
Agar: "Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning har hol va harakatlarini kamoli ihtimom bilan sahobalar muhofaza qilib naql etganlar. Bunday moʻ'jizoti azima nima uchun oʻn-yigirma tariq bilan keladi? Yuz tariq bilan kelishi kerak edi. Ham nima uchun Hazrat Anas, Jobir, Abu Hurayradan koʻp keladi; Hazrat Abu Bakr va Umar oz rivoyat qiladi?", deyilsa.
Aljavob: Birinchi shiqning javobi: Toʻrtinchi Ishoratning Uchinchi Asosida oʻtgan. Ikkinchi shiqning javobi esa: Qandayki inson bir doriga muhtoj boʻlsa, bir tabibga boradi; loyiha uchun muhandisga boradi, muhandisdan naql etadi; masala-i shar'iya muftiydan soʻraladi va hk... Shunga oʻxshab, sahobalar ichida ahodisi Nabaviyani kelasi asrlarga dars berish uchun ulamo-i sahobadan bir qismlari bu ishga ma'nan muvazzaf edilar. Butun quvvatlari bilan unda gʻayrat koʻrsatar edilar. Ha, Hazrat Abu Hurayra butun hayotini hadisning hifziga bagʻishlagan; Hazrat Umar siyosat olami bilan va xilofati kubro bilan mashgʻul boʻlgan. Shuning uchun, ahodisni ummatga dars berish uchun, Abu Hurayra va Anas va Jobir kabi zotlarga e'timod etib; shu sababli rivoyatni kam qilgan. Ham modomiki siddiq, saduq, sodiq va musaddaq bir sahobaning mashhur bir nomdori, bir tariq bilan bir hodisani xabar bersa; yetar deyiladi, boshqasining naqliga ehtiyoj ham qolmaydi. Shuning uchun ba'zi muhim hodisalar ikki-uch tariq bilan keladi.
OʻN BIRINCHI ISHORAT: Oʻninchi Ishorat - shajar toifasidagi moʻ'jiza-i Nabaviyani koʻrsatdi. Oʻn Birinchi Ishorat ham, jamodotda tosh va togʻ toifasining moʻ'jiza-i Nabaviyani koʻrsatganiga ishorat qiladi. Biz ham oʻsha kasratli misollaridan yetti-sakkizta misolni zikr qilamiz:
Birinchi Misol: Alloma-i Magʻrib Hazrat Qozi Iyoz Shifo-i Sharifida ulviy bir sanad bilan va Buxoriy sohibi kabi muhim imomlardan naqli sahih bilan xabar beradilarki: Xodimi Nabaviy Hazrat Ibn Mas'ud aytadiki: "Biz Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlarida taom yerkan, taomning tasbehlarini eshitar edik".
Ikkinchi Misol: Naqli sahih bilan, Anas va Abu Zarrdan kutubi sahiha xabar beradilarki: Hazrat Anas (xodimi Nabaviy) aytganki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlarida edik. Kaftlariga kichik toshlarni oldilar, ular muborak qoʻllarida tasbeh aytishni boshladilar. Soʻngra Abu Bakr Siddiqning qoʻliga qoʻydilar, yana tasbeh aytishdi. Abu Zarri Gifforiy tariqida aytadiki: Soʻngra Hazrat Umarning qoʻliga qoʻydilar, yana tasbeh aytishdi. Soʻngra olib yerga qoʻydilar, jim boʻlishdi. Soʻngra yana oldilar, Hazrat Usmonning qoʻliga qoʻydilar, yana tasbehni boshlashdi. Soʻngra Hazrat Anas va Abu Zarr deydilarki: "Qoʻllarimizga qoʻydilar, jim boʻlishdi".
Uchinchi Misol: Hazrat Ali va Hazrat Jobir va Hazrat Oysha-i Siddiqadan naqli sahih bilan sobitki: Togʻ, tosh Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga "Assalamu alayka yo Rasululloh" derdilar. Hazrat Alining tariqida deydiki: Bidoyati nubuvvatda navahi-i Makkada, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bilan birga yurganimizda, daraxt va toshga uchragan vaqtimiz, "Assalamu alayka yo Rasululloh" derdilar. Hazrat Jobir tariqida aytadiki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam tosh va daraxtga yaqin kelgan vaqtlarida, u kishiga sajda qilardilar; ya'ni inqiyod etib, "Assalamu alayka yo Rasululloh" derdilar. Jobirning bir rivoyatida, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam: اِنّ۪ى لَاَعْرِفُ حَجَرًا كَانَ يُسَلِّمُ عَلَىَّ , dedilar. Ba'zilari aytishganki: U Hajar-ul Asvadga ishoratdir. Hazrat Oyshaning tariqida aytilganki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam farmon etdilar:
Toʻrtinchi Misol: Naqli sahih bilan Hazrat Abbosdan xabar beradilar: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Abbosni va toʻrt oʻgʻlini (Abdulloh, Ubaydulloh, Fazl, Qusam) birga, muloat deyilgan bir parda ostiga olib, ustlariga yopdilar.
deb duo qildilar. Birdan uyning tomi va eshigi va devorlari "Omin, Omin" deb duoga ishtirok etishdi.
Beshinchi Misol: Boshda Buxoriy, Ibn Hibbon, Dovud, Termiziy kabi kutubi sahiha muttafiqan Hazrat Anasdan, Abu Hurayradan, Usmoni Zinnuroyndan, Ashara-i Mubashsharadan Said Ibn Zayddan xabar beradilar: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Abu Bakr Siddiq, Umar-ul Faruq va Usmoni Zinnurayn bilan Uhud Togʻining boshiga chiqishdi. Jabali Uhud yo ularning mahobatlaridan yoki oʻz surur va sevinchidan larzaga keldi, qimirladi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam:
dedilar.
Bu hadis Hazrat Umar va Usmonlarning shahid boʻlishlariga ixbori gʻaybiydir. Shu misolning tatimmasi sifatida naql etilganki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Makkadan hijrat etib, kufforlar ta'qibga chiqqan vaqtlari, Sabir nomli toqqa chiqdilar. Sabir dedi: "Yo Rasululloh, mendan tushing! Qoʻrqaman, mening ustimda sizni oʻldrishsa, Alloh meni ta'zib etadi. Shuning uchun qoʻrqaman". Jabali Hiro chaqirdi: يَا رَسُولَ اللّٰهِ اِلَىَّ "Menga keling!" Mana shu sir uchun, ahli qalb Sabir togʻida xavf va Hiro gʻorida amniyatni his qiladilar. Bu misoldan tushuniladiki: Ulkan togʻlar bittadan mustaqil abddir, musabbihdir va vazifadordirlar. Paygʻambar Alayhissalotu Vassalamni taniydilar va sevadilar; sohibsiz emaslar.
Oltinchi Misol: Naqli sahih bilan Abdulloh Ibn Umardan xabar beradilarki, degan: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam minbarda xutba oʻqirkan
oyatini oʻqidilar. Va:
degan vaqtlari, minbar shunday tebrandi va shunday larzaga keldi va titradiki, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni yiqitadigan darajada silkinganiga qoʻrqdik.
Yettinchi Misol: Naqli sahih bilan, Habr-ul Umma va Tarjimon-ul Qur'on boʻlgan Hazrat Ibn Abbos va xodimi Nabaviy va ulamo-i azima-i sahobadan boʻlgan Ibn Mas'uddan xabar beradilar: Fathi Makka kunida, Ka'ba va atrofida, toshda qoʻrgʻoshin bilan mixlangan uch yuz oltmishta sanam bor edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam qoʻllarida yoyga oʻxshash bir tayoq bilan sanamlarga bir-bir ishorat qilib
deb, qaysisiga ishorat qilsalar, yerga tushdi. Sanamning yuziga ishorat qilgan boʻlsalar, orqasiga tushar; orqasiga ishorat qilgan boʻlsalar, yuzi bilan tushar va hokazo.. sanamlar yerga dumaladilar.
Sakkizinchi Misol: Mashhur Buhayro-i Rohibning mashhur qissasi: Nubuvvatdan avval Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam amakisi Abu Tolib va bir qism Qurayshiy bilan birga Shom tarafiga tijoratga ketadilar. Buhayro-i Rohibning Cherkovi yoniga kelgan vaqtlari oʻtirdilar. Insonlar bilan ixtilot etmagan munzaviy Buhayro-i Rohib birdan chiqib keldi. Qofila ichida Muhammad-ul Aminni (S.A.V) koʻrdi. Qofilaga: "Shu Sayyid-ul Olamindir va paygʻambar boʻladi", dedi. Qurayshiylar dedilar: "Qayerdan bilasan?" Muborak rohib dediki: Siz kelayotganingizda koʻrdimki, havoda ustingizda bir parcha bulut bor edi. Siz oʻtirganingizda, shu Muhammad-ul Amin (S.A.V.) tarafiga bulut mayl etdi, soya qildi. Ham koʻrdimki: Tosh, daraxt unga sajda qilgan kabi bir vaziyat koʻrdim. Bu esa, nabiylarga qilinadi.
Bu sakkiz misol kabi, balki sakson misol bor. Bu sakkiz misol birlashtirilsa, shunday uzilmas bir zanjir boʻladiki, hech bir shubha uni uzolmaydi va qimirlatolmaydi. Bu turdagi moʻ'jiza umumiyati e'tibori bilan, ya'ni jamodotning da'vo-i nubuvvatga dalil sifatida gapirishlari, ma'naviy tavotur hukmida yaqiynni va qat'iyatni ifoda qiladi. Har bir misol majmu'ning quvvatidan oʻz quvvatidan ham ortiq bir quvvat oladi. Ha, zaif bir ustun quvvatli ustunlar bilan yonma-yon kelgan vaqti mustahkamlashadi. Zaif, quvvatsiz bir odam askar boʻlib qoʻshinga kirsa; shunday quvvat topadiki, ming kishiga qarshi chiqadi.
OʻN IKKINCHI ISHORAT: Oʻn birinchi Ishorat bilan aloqador boʻlgan uch misol, faqat gʻoyat muhim misollardir.
nassi qat'iysi bilan va ahli tahqiq umum mufassirlarning tahqiqi bilan va umum ahli hadisning ixbori bilan, Gʻazva-i Badrda, shu oyat xabar beradiki; Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bir hovuch tuproq bilan kichik toshlarni oldilar, kuffor qoʻshinining yuziga otdilar, شَاهَتِ الْوُجُوهُ dedilar. شَاهَتِ الْوُجُوهُ kalimasi bir kalom ekan, ularning har birining qulogʻiga kirishi kabi; u bir hovuch tuproq ham har bir kofirning koʻziga kirdi. Har biri oʻz koʻzi bilan mashgʻul boʻlib, hujumda ekan birdan qochishdi.
Ham Gʻazva-i Hunaynda, boshda Imom Muslim boʻlib ahli hadis xabar beradilarki: Gʻazva-i Hunaynda -Badr kabi- kuffor shiddat bilan hujum qilarkan, yana bir hovuch tuproq otib, شَاهَتِ الْوُجُوهُ deb, har birining qulogʻiga bir شَاهَتِ الْوُجُوهُ kalimasi kirgani kabi; biiznilloh, har birining yuziga bir hovuch tuproq sepildi. Koʻzlari bilan mashgʻul boʻlib qochishdi. Xullas, Badr va Hunayndagi horiqo boʻlgan shu hodisa oddiy sabablar va bashar qudrati dohilida boʻlmaganidan, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon
farmon etadi. Ya'ni "U hodisa qudrati bashar xorijidadir. Quvva-i bashariya bilan emas; balki favquloda bir suratda, qudrati Ilohiya bilan boʻlgan".
Ikkinchi Misol: Boshda Buxoriy, Muslim, kutubi sahiha xabar beradilarki: Gʻazva-i Haybarda bir Yahudiy xotin bir echkini biryon qilib pishirgan, gʻoyat ta'sirli zahar bilan zaharlab, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga yuborgan. Sahobalar yeyishni boshlaganida, birdan farmon etdilar:
Ya'ni, pishirilgan echki menga deydiki: "Men zaharliman" deya xabar beryapti. Hamma qoʻlini tortdi. Lekin shiddatli zaharning ta'siridan Bishr Ibn-al Barro, olgan birgina luqmasidan vafot etdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam u Zaynab ismli xotinni chaqirdilar. "Nima uchun bunday qilding?" dedilar. U manhusa: "Agar paygʻambar boʻlsang, senga zarar bermaydi; agar podshoh boʻlsang, insonlarni sendan qutqarish uchun qildim", dedi. Ba'zi rivoyatda uni oʻldirtirmaganlar, ba'zi tariqda oʻldirtirganlar. Ahli tahqiq aytganki: Oʻzlari oʻldirtirmaganlar; faqat Bishrning varosasiga berilgan, ular oʻldirganlar. Bu voqea-i ajibadagi vajhi i'jozni koʻrsatadigan ikki-uch nuqtani tingla:
Birinchisi: Bir rivoyatda borki, u echkining qoʻli xabar bergan vaqti, ba'zi sahobalar ham eshitishgan.
Ikkinchisi: Ham bir rivoyatda, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam xabar bergandan soʻng: "Bismilloh denglar, undan soʻngra yenglar. Zahar ortiq ta'sir qilmaydi", dedilar. Shu rivoyatni garchi Ibn Hajar Asqaloniy qabul qilmagan boʻlsada, boshqalar qabul qilishgan.
Uchinchisi: Ham dassos Yahudiylar Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga va muqarrabiyni Sahobaga birdan zarba urish istaganlari holda, birdan gʻoyibdan xabar berilgan kabi, hodisaning inkishofi va dasisalarining natijasiz qolishi va u ixbor ifoda etgan voqea toʻgʻri chiqishi va hech bir vaqt sahobalari nazarida mutaxolif bir xabari koʻrilmagan Zoti Ahmadiyaning "Echkining qoʻli menga aytyapti" deyishlari; hammaning qulogʻi bilan u echkidan u soʻzni eshitadigan darajada qanoati qat'iyalari boʻlgan.
Uchinchi Misol: Hazrat Muso Alayhissalomning "yadi bayzo" va "hasso" moʻ'jizasiga nazira sifatida, uch hodisada moʻ'jiza-i Ahmadiya:
Birinchisi: Hazrat Imom Ahmad Ibn Hanbal Abu Said-al Xudriydan taxrij va tasxix etadilar: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Qatoda Ibn Noʻ'monga qorongʻi, yomgʻirli bir kechada bir tayoq beradilar va farmon etadilar: "Senga chiroq kabi oʻnlab arshin har tarafda yorugʻlik beradi. Uyingga borganingda, bir qora shaxs soya koʻrasan. U shaytondir. Uni xonangdan chiqar, hayda". Qatoda tayoqni olib ketdi. Oʻsha tayoq Yadi bayzo kabi yorugʻlik berdi. Uyiga boradi; u qora shaxsni koʻradi, haydaydi.
Ikkinchisi: Bir manba-i gʻaroyib Gʻazva-i Kubro-i Badrda, Ukkosha Ibn-al Mihsan-al Asadiyning mushriklar bilan urusharkan qilichi sindi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vasslam unga qilichiga muqobil qalin bir tayoq berib, "Bu bilan harb et", dedilar. Birdan tayoq, biiznilloh uzun, oq bir qilich boʻldi. U bilan harb etdi. Hayoti davomida, to Yamoma Harbida shahid boʻlgungacha boʻynida tashidi. Shu hodisa qat'iydir. Chunki Ukkosha butun hayotida u bilan iftixor etgan va u qilich "Al-A'vn" nomi bilan mashhur boʻlgan. Xullas, Hazrat Ukkoshaning iftixori va qilichning A'vn nomi bilan qilichlardan ustun boʻlib ishtihori, shu hodisaning ikki hujjatidir.
Uchinchisi: Ibn Abd-al Barr kabi bir alloma-i asr va ahli tahqiqning buyuklaridan naql va tasxix etadilarki: Gʻazva-i Uhudda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ammavachchasi boʻlgan Abdulloh Ibn Jahsh harb etarkan qilichi sindi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam unga bir tayoq berdilar. U tayoq uning qoʻlida bir qilich boʻldi. U bilan harb etdi. U asari moʻ'jiza boʻlgan qilich boqiy qoldi. Mashhur Ibn Sayyid-an Nas siyarida xabar beradiki: Bir vaqt oʻtib, Abdulloh u qilichni Bugʻoyi Turkiy ismli bir odamga ikki yuz liraga sotdi. Xullas, bu ikki qilich asoyi Muso kabi bittadan moʻ'jizadir. Faqat asoyi Musoning vafoti Musodan soʻngra vajhi i'jozi qolmadi. Faqat shular boqiy qoldilar.
OʻN UCHINCHI ISHORAT: Moʻ'jizoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalamning ham mutavotir, ham misollari juda koʻp bir navi ham; xastalar va yaralilar nafasi muboragi bilan shifo topishlaridir. Shu nav moʻ'jiza-i Ahmadiya (Alayhissalotu Vassalam) navi e'tibori bilan ma'naviy mutavotirdir. Juz'iyotlari, bir qismi ham ma'naviy mutavotir hukmidadir. Boshqa qismi ahadiy boʻlsa ham, ilmi hadisning mudaqqiq imomlari tasxix va taxrij etganlari uchun, qanoati ilmiya beradi. Biz ham juda koʻp misollaridan bir nechta misolini zikr qilamiz:
Birinchi Misol: Alloma-i Magʻrib Qozi-i Iyoz Shifo-i Sharifida, ulviy bir an'ana bilan va mutaaddid tariqlar bilan, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning xodimi va bir qoʻmondoni va Hazrat Umar zamonida qoʻshini Islomning bosh qoʻmondoni va Eronning fotihi va Ashara-i Mubashsharadan boʻlgan Hazrat Sa'd Ibn Abu Vaqqos aytadi:
Gʻazva-i Uhudda men Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlarida edim. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam oʻsha kuni kamonlari singunicha kufforga oʻq otdilar. Soʻngra menga oʻqlarni berar, "Ot!" der edilar. Naslsiz, ya'ni oʻqning uchishiga yordam beradigan qanotlari boʻlmagan oʻqlarni berardilar. Va menga "Ot!" deb amr qilardilar. Men ham otardim. Qanotli oʻqlar kabi uchardi, kufforning jasadida yerlashardi. U holda ekan, Qatoda Ibn Noʻ'monning koʻziga bir oʻq tegib, koʻzini chiqarib, koʻzining hadaqasi yuzining ustiga tushdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam muborak, shifoli qoʻllari bilan uning koʻzini olib, eski uyasiga joylashtirib, ikki koʻzidan eng goʻzali boʻlib, hech bir narsa boʻlmagandek shifo topdi. Shu voqea juda ishtihor etgan. Hatto Qatodaning bir nevarasi Umar Ibn Abdulazizning yoniga kelgan vaqti, oʻzini shunday ta'rif etgan: "Men shunday bir zotning nevarasimanki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam uning chiqqan koʻzini joyiga qoʻyib, birdan shifo topgan. Eng goʻzal koʻz u boʻlgan" deya, nazm suratida
{(Hoshiya)
}
Hazrat Umarga aytgan, u bilan oʻzini tanittirgan. Ham naqli sahih bilan xabar berilganki: Mashhur Abu Qatodaning, Yavmi Ziqorod deyilgan gʻazvada bir oʻq muborak yuziga isobat etgan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam muborak qoʻllari bilan masx etganlar. Abu Qatoda aytadiki: "Qat'iyan va aslo ogʻrigʻini ham, jarohatini ham koʻrmadim".
Ikkinchi Misol: Buxoriy va Muslim, kutubi sahiha xabar beradilar: Gʻazva-i Haybarda, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Aliyi Haydariyni bayroqdor qilib tayin etganlari holda, Hz.Alining koʻzlari xastalikdan juda ogʻriyotgan edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam tiryoq kabi tupuklarini koʻziga surtgan daqiqada, shifo topib hech bir ogʻriq qolmadi. Ertalab Haybar Qal'asining juda ogʻir temir eshigini sugʻurib, qoʻlida qalqon kabi tutib, Qal'a-i Haybarni fath etdi. Oʻsha voqeada, Salama Ibn Akva'ning oyogʻiga qilich urilib, yorilgan edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam unga dam solganlarida, birdan oyogʻi shifo topdi.
Uchinchi Misol: Boshda Nasaiy, arbobi Siyar, Usmon Ibn Xunayfdan xabar beradilar: Hz.Usmon aytadiki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlariga bir koʻr kelib, "Mening koʻzlarimning ochilishi uchun duo qiling", dedi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam unga farmon etdilar:
U borib shunday qilib keldi. Koʻzi ochilgan va yaxshi koʻrayotganini koʻrdik.
Toʻrtinchi Misol: Buyuk bir imom Ibn Vahb xabar beradi: Gʻazva-i Badrning oʻn toʻrt shahididan biri Mu'avviz Ibn Afra' Abu Jahl bilan urusharkan, Abu Jahli La'yin u qahramonning bir qoʻlini kesadi. U narigi qoʻli bilan qoʻlini olib, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlariga keldi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam uning qoʻlini yana joyiga yopishtirib, tupuklarini unga surtdilar; birdan shifo topdi. Yana harb etdi, shahid boʻlgunga qadar harb etdi. Imom Jalil Ibn Vahb ham xabar beradiki: U gʻazvada Hudayb Ibn Yasafning yelkasiga bir qilich urilganida, bir qismi ayrilgan kabi dahshatli bir yara ochilgan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam uning qoʻlini yelkasiga qoʻllari bilan yopishtirganlar, dam solganlarida, shifo topdi. Xullas, shu ikki voqea, garchi ahadiydir va xabari vohiddir; faqat Ibn Vahb kabi bir imom tasxix etsa, Gʻazva-i Badr kabi bir manba-i moʻ'jizot boʻlgan bir gʻazvada boʻlsa, ham bu ikki voqeani eslatadigan koʻp misollar boʻlsa; albatta shu ikki voqea qat'iy va voqe'dir deb boʻladi.
Xullas, ahodisi sahiha bilan subut topgan balki ming misol borki, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning muborak qoʻllari unga shifo boʻlgan.
Ha, sobiqan bahsi oʻtgan: Kaftlarida kichik toshlarning zikr va tasbeh aytishi; وَمَا رَمَيْتَ اِذْ رَمَيْتَ sirri ila ayni kaftlarida kichkina tosh va tuproq dushmanga toʻp va oʻq hukmida ularni inhizomga chorlashi; وَ انْشَقَّ الْقَمَرُ nassi bilan ayni kaftlarining barmogʻi bilan Qamarni ikki parcha qilishi; va ayni qoʻl, chashma kabi oʻn barmogʻidan suvning oqishi va bir qoʻshinga ichirishi; va ayni qoʻl xastalarga va yaralilarga shifo boʻlishi, albatta u muborak qoʻl naqadar horiqo bir moʻ'jiza-i qudrati Ilohiya ekanini koʻrsatadi. Goʻyo ahbob ichida u qoʻlning kafti kichik bir zikrxona-i Subhoniy boʻlib, kichkina toshlar ham ichiga kirsa, zikr va tasbeh qiladilar. Va a'daga qarshi kichkina bir aslahaxona-i Rabboniydirki, ichiga tosh va tuproq kirsa, oʻq va bomba boʻladi. Va yaralilar va xastalarga qarshi bir ajzoxona-i Rahmoniy boʻlib, qaysi dardga tegsa darmon boʻladi. Va jalol bilan turgan vaqti, Qamarni parchalab Qobi Qavsayn shaklini oladi; va jamol bilan qaytgan vaqti, obi kavsar oqitgan oʻn joʻmrakli bir chashma-i rahmat hukmiga kiradi. Ajabo, bunday bir zotning bitta qoʻllari bunday ajib moʻ'jizotga mazhar va mador boʻlsa; u zot Xoliqi Koinot nazdida naqadar maqbul ekanlari va da'vosida naqadar sodiq boʻlganlari va u qoʻl bilan bay'at etganlar naqadar baxtiyor ekanlari badohat darajasida anglashilmasmi?..
Savol: Deyiladiki: Sen koʻp narsalarga mutavotir deysan, holbuki biz ularning koʻpini endi eshityapmiz. Mutavotir bir narsa bunday yashirin qolmaydi?
Aljavob: Ulamo-i Shariat yonida koʻp mutavotir va badihiy narsalar borki, ulardan boʻlmaganga koʻra majhuldir. Ahli hadis yonida ham koʻp mutavotir bor, boshqalarning yonida ahadiy ham boʻlmaydi va hokazo... Har fanning ahli ixtisosi, u fanga koʻra badihiyoti, nazariyoti bayon etiladi. Umum xalq esa, u fanning ahli ixtisosiga e'timod etadi, taslim boʻladi yoki ichiga kiradi, koʻradi. Hozir xabar berganimiz haqiqiy mutavotir yoki ma'naviy mutavotir yoki tavotur hukmida qat'iyatni ifoda etgan voqealar, ham ahli hadis, ham ahli shariat, ham ahli Usul-ud din, ham aksar tabaqoti ulamodan hukmini shunday koʻrsatgan. Gʻaflatda boʻlgan avom yoki koʻzini yumgan nodonlar bilmasalar, qabohat ularga oiddir.
Beshinchi Misol: Imom Bagʻaviy taxriji va tasxixi bilan xabar beradiki: Ali ibn-al Hakamning Gʻazva-i Handakda kufforning zarbasi bilan oyogʻi sindi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam masx etdilar. Oʻsha on shunday shifo topdiki, otidan tushmadi.
Oltinchi Misol: Boshda Imom Bayhaqiy, ahli hadis xabar beradilarki: Imom Ali gʻoyat xasta edi. Ogʻriqdan oʻziga oʻzi duo qilib ingrayotgan edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam kelib, اَللّٰهُمَّ اشْفِه۪ dedilar. Va oyoqlari bilan Hazrat Aliga tegib, "Tur!" dedilar. Birdan shifo topdi. Imom Ali aytadiki: "Oʻshandan soʻngra u xastalikni hech koʻrmadim".
Yettinchi Misol: Shurahbil-al Juhfiyning mashhur qissasi: Kaftida goʻshtdan bir oʻsma bor edi, qilichni va otning tizginini tutolmas edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam kaftidagi oʻsmani masx etdilar va muborak qoʻllari bilan siqdilar. U oʻsmadan hech bir asar qolmadi.
Sakkizinchi Misol: Olti bolaning har biri boshqa-boshqa bittadan moʻ'jizoti Ahmadiyaga mazhar boʻldi.
Birinchisi: Ibn Abu Shayba (muhaqqiqi komil va muhaddisi mashhur) xabar beradiki: Bir xotin bir bolani Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yoniga keltirdi. U bolada bir balo bor edi, gapirmas edi, esi past edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bir suv bilan gʻargʻara qildilar, qoʻllarini yuvdilar. U suvni xotinga berdi, bolaga ichirsin farmon etdilar. Bola u suvni ichgandan soʻng, xastaligidan va balosidan hech bir asar qolmadi. Shunday bir aql va kamol sohibi boʻldiki, uqalo-i nosdan ham oʻzib ketdi.
Ikkinchisi: Naqli sahih bilan, Hazrat Ibn Abbos aytadi: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga majnun bir bola keltirildi. Muborak qoʻllarini uning koʻksiga qoʻydilar; birdan bola qusdi. Ichidan kichik bodring qadar qora bir narsa chiqdi, bola shifo topib ketdi.
Uchinchisi: Imom Bayhaqiy va Nasaiy naqli sahih bilan xabar beradilarki: Muhammad Ibn Hatib ismli bir bolaning qoʻliga qaynagan qozon toʻkilgan, butun qoʻlini yoqqan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam masx etib tupuklarini surtdilar, oʻsha on shifo topdi.
Toʻrtinchisi: Oʻsgan, faqat tili chiqmagan katta bir bola Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yoniga keldi. Bolaga farmon etganlar: "Men kimman?" Hech gapirmagan tilsiz bola, اَنْتَ رَسُولُ اللّٰهِ deb takallumni boshlagan.
Beshinchi bola: Olami yaqazoda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bilan mukarrar suratda musharraf boʻlgan Jaloliddin Suyutiy va asrning imomi taxrij va tasxix bilan Muborak-ul Yamoma ismi bilan mashhur bir zotni, hali endi dunyoga kelgan vaqti, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yoniga keltirganlar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam unga mutavajjih boʻlganlar. Bola takallumni boshlagan, اَشْهَدُ اَنَّكَ رَسُولُ اللّٰهِ degan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam "Barakalloh" deganlar. Bola undan soʻngra katta boʻlgungacha ortiq gapirmagan. U bola bu moʻ'jiza-i Ahmadiyaga va "Barakalloh" duo-i Nabaviysiga mazhar boʻlganidan, "Muborak-ul Yamoma" ismi bilan shuhrat topgan.
Oltinchi bola: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam namoz oʻqirkanlar, jizzaki bir bola namozini kesib oʻtganidan, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam اَللّٰهُمَّ اقْطَعْ اَثَرَهُ dedilar. Undan soʻng bola ortiq yurmagan, shunday qolgan, jizzakiligining jazosini topgan.
Yettinchi bola: Bola tabiatida hayosiz bir xotin, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam ovqat yerkan, luqma istagan, berganlar. Degan: "Yoʻq, sening ogʻzingdagini istayman". Uni ham berganlar. U gʻoyat hayosiz xotin u luqmani yegandan soʻng eng hayoli xotin va Madina xotinlaridan ustun bir hayo sohibi boʻldi.
Shu sakkiz misol kabi, sakson emas, balki sakkiz yuz misollari bor. Koʻpi kutubi Siyar va ahodisda bayon etilgandir. Ha, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning muborak qoʻllari Hakimi Luqmonning bir dorixonasi kabi va tupuklari Hazrat Hizrning obi hayot chashmasi kabi va nafaslari Hazrat Iso Alayhissalomning nafasi kabi madad-ras va shifo-rason boʻlsa va navi bashar koʻp musibat va balolarga giriftor boʻlsa; albatta Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga hadsiz murojaatlar boʻlgan. Xastalar, bolalar, majnunlar juda kasratli kelganlar, hammasi shifo topib ketganlar. Hatto qirq marta haj qilgan va qirq yil bomdod namozini xuftonning tahorati bilan oʻqigan, Tobe'iynning azim imomlaridan va koʻp sahobalar bilan koʻrishgan, Tous deyilgan Abu Abdurrahmon-al Yamaniy qat'iyan xabar beradi va hukm qiladi va deganki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga naqadar majnun kelgan boʻlsa, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam koʻksiga qoʻllarini qoʻygan boʻlsalar, qat'iyan shifo topgan; shifo topmagan qolmagan.
Xullas, Asri Saodatga yetishgan bunday bir imom, bunday qat'iy va kulliy hukm qilgan boʻlsa; albatta unga kelgan hech bir xasta qolmaganki, shifo topmagan boʻlsin. Modomiki shifo topgan, albatta murojaatlar minglab boʻladi.
OʻN TOʻRTINCHI ISHORAT: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning anvo'i moʻ'jizotidan bir navi azimi, duolari bilan zohir boʻlgan horiqolardir. Ha, shu nav qat'iy va haqiqiy mutavotirdir. Juz'iyot va misollari shu qadar koʻpki, hisoblanmaydi. Misollarning koʻplari borki, ular ham mutavotir darajasiga chiqqan. Balki tavoturga yaqin mashhur boʻlganlar. Bir qismini shunday imomlar naql etganki, mashhur mutavotir kabi, qat'iyatni ifoda etadi. Biz bu juda koʻp misollaridan, tavoturga yaqin va mashhur darajasida muntashir ba'zi misollarni namuna sifatida va har misolida bir qancha juz'iyotini zikr qilamiz:
Birinchi Misol: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yomgʻir duolari, tavotur darajasida va koʻp marta takrorlanib, doimo tezlik bilan qabul boʻlishi, boshda Imom Buxoriy va Imom Muslim, aimma-i hadis naql etganlar. Hatto ba'zan minbari sharif ustida, yomgʻir duosi uchun qoʻllarini koʻtarib, tushirmasdan yogʻgan. Sobiqan zikr qilganimiz kabi, bir-ikki marta qoʻshin suvsiz qolgan vaqti bulut kelardi, yomgʻir berardi. Hatto nubuvvatdan avval, jaddi Nabiy Abdulmuttalib Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning kichiklik zamonlarida muborak yuzlari bilan yomgʻir duosiga borardi. U kishining yuzi hurmati uchun kelardiki; u hodisa Abdulmuttalibning bir she'ri bilan ishtihor topgan. Ham vafoti Nabaviydan soʻngra, Hazrat Umar Hazrat Abbosni vasila qilib degan: "Ey Robbim! Bu sening habibingning amakisidir. Uning yuzi hurmati uchun yomgʻir ber". Yomgʻir kelgan.
Ham Imom Buxoriy va Muslim xabar beradilarki: Yomgʻir uchun duo talab etildi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam duo qildilar. Yomgʻir shunday keldiki, majbur boʻldilar: "Iltimos, duo qiling, toʻxtasin". Duo qildilar, birdan toʻxtadi.
Ikkinchi Misol: Tavoturga yaqin mashhurdirki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, sahoba va iymonga kelganlar hali qirqqa vosil boʻlmasdan va yashirin ibodat qilayotgan ekan duo qildilar:
Bir-ikki kun soʻngra Hazrat Umar Ibn-al Xattob iymonga keldi va Islomiyatni e'lon va i'zoz etishga vasila boʻldi. "Faruq" unvoni oliysini oldi.
Uchinchi Misol: Ba'zi sahoba-i guzinga boshqa-boshqa maqsadlar uchun duo qilganlar. Duolari shunday porloq bir suratda qabul boʻlganki, u karomati duoiya moʻ'jiza darajasiga chiqqan. Azjumla, boshda Buxoriy va Muslim xabar beradilarki: Ibn Abbosga shunday duo qilganlar:
Duolari shunday maqbul boʻlganki; Ibn Abbos, Tarjimon-ul Qur'on unvoni zishonini va Habr-ul Umma, ya'ni alloma-i ummat rutba-i oliysini qozongan. Hatto koʻp yosh ekan, Hazrat Umar uni ulamo va qudamo-i sahoba majlislariga etardi.
Ham boshda Imom Buxoriy, ahli kutubi sahiha xabar beradilarki: Anasning volidasi Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga niyoz etganki: "Sizning xodimingiz boʻlgan Anasning avlod va moli haqida baraka uchun duo qiling". U kishi ham duo qilganlar:
deganlar. Hazrat Anas oxir umrida qasam bilan e'lon qiladiki: "Men oʻz qoʻlim bilan yuz avlodimni dafn etganman. Mening molim va sarvatim e'tibori bilan ham, hech birisi men kabi mas'ud yashamagan. Mening molimni koʻryapsizki, juda koʻp. Bular butun duo-i Nabaviyaning barakasidandir".
Ham boshda Imom Bayhaqiy, ahli hadis xabar berishadiki: Ashara-i Mubashsharadan Abdurrahmon Bin Avfga Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam kasrati mol va baraka uchun duo qilganlar. U duoning barakasi bilan shu qadar sarvat qozondiki, bir marta yetti yuzta tuyani yuklari bilan birga "fiysabililloh" sadaqa qildi. Xullas, duo-i Nabaviyaning barakasiga qaranglar, "Barakalloh" denglar.
Boshda {[1] Soʻnra boshqa hadis imomlari oʻz kitoblarida naql qilganlar (tarjimon izohi).} Imom Buxoriy boʻlib, roviylar naql qiladilar: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Urva Ibn Abu Ja'daga tijoratda foyda va daromad uchun baraka bilan duo qilganlar. Urva deydiki: Men ba'zan Kufa bozorida turardim, bir kunda qirq ming foyda topardim, soʻngra uyimga qaytardim. Imom Buxoriy aytadi: "Qoʻliga tuproqni olsa ham, undan foyda topardi".
Ham Abdulloh Ibn Jafarga kasrati mol va baraka uchun duo qilganlar. Hazrat Abdulloh Ibn Jafar shu daraja sarvat qoʻlga kiritganki, u asrda shuhratgir boʻlgan. U baraka-i duo-i Nabaviy bilan hosil boʻlgan sarvati qadar saxovat bilan ham ishtihor etgan. Bu navdan koʻp misollar bor. Namuna uchun toʻrt misol bilan kifoyalanamiz.
Boshda Imom Termiziy xabar beradi: Sa'd Ibn Abu Vaqqos uchun Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam duo qilganlar: اَللّٰهُمَّ اَجِبْ دَعْوَتَهُ degan. Sa'dning duosining qabuli uchun duo qilganlar. U asrda Sa'dning badduosidan harkas qoʻrqardi. Duosining qabuli bilan shuhrat topdi.
Mashhur Abu Qatodaga farmon etganlar:
deya yosh qolishi uchun duo qilganlar. Abu Qatoda yetmish yoshida vafot qilgan vaqti oʻn besh yoshli bir yigit kabi boʻlgani naqli sahih bilan shuhrat topgan.
Ham mashhur shoir Nabiganing qissa-i mashhurasidirki, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonida bir she'rini oʻqigan. Shu fikra:
Ya'ni: "Sharafimiz koʻkka chiqdi, biz yana ustiga chiqishni istaymiz!" Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam mulotafa suratida farmon etdilar: اِلٰى اَيْنَ يَا اَبَا لَيْلَا؟ Dedi: اِلَى الْجَنَّةِ يَا رَسُولَ اللّٰهِ Ya'ni: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam latifa oʻlaroq dedilar: "Koʻkdan boshqa qaysi tarafga istaysan, she'ringda u yerni niyat etyapsan?" Nabigʻa dedi: "Koʻklardan ustun Jannatga ketishni istaymiz". Soʻngra bir ma'noli she'rini yana oʻqidi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam duo qildilar: لَا يَفْضُضِ اللّٰهُ فَاكَ Ya'ni, "Sening ogʻzing buzilmasin". Xullas, u duo-i Nabaviyning barakasi bilan, u Nabigʻa bir yuz yigirma yoshida bir tishi kamaymadi. Hatto ba'zan bir tishi tushgan payti, oʻrniga bitta yana kelardi.
Ham naqli sahih bilan Imom Ali uchun duo qilganlar: اَللّٰهُمَّ اكْفِهِ الْحَرَّ وَالْقَرَّ Ya'ni: "Ey Robbim! Sovuq va issiqning zahmatini unga koʻrsatma". Xullas shu duo barakasi bilan Imom Ali qishda yoz libosini kiyardi, yozda qish libosini kiyardi. Derdiki: U duoning barakasi bilan hech bir sovuq va issiqning zahmatini chekmayman.
Ham Hazrat Fotima uchun duo qilganlar: اَللّٰهُمَّ لَا تُجِعْهَا Ya'ni: "Ochlik alamini unga berma". Hazrat Fotima deydiki: "U duodan soʻngra ochlik alamini koʻrmadim".
Ham Tufayl Ibn Amr borib qavmiga koʻrsatish uchun Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdan bir moʻ'jiza istadi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, اَللّٰهُمَّ نَوِّرْ لَهُ deganlar. Ikki koʻzi oʻrtasida bir nur zuhur etgan. Soʻngra tayogʻi uchiga oʻtgan. Shuning bilan "Zinnur" deya mashhur boʻlgan. Xullas, bu voqealar ahodisi mashhuradandirki, qat'iyat paydo qilganlar.
Ham Abu Hurayra Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga "Xotiram zaiflashyapti", deb shikoyat etdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bir roʻmolcha shaklida bir narsa ochdilar. Soʻngra muborak hovuchlari bilan gʻoibdan bir narsa olayotganday, hovuchlarini u yerga boʻshatdilar. Ikki-uch marta shunday qilib Abu Hurayraga: "Endi roʻmolchani toʻpla", dedilar. U ham toʻpladi. Bu sirri ma'naviyi duo-i Nabaviy bilan Abu Hurayra: "Undan soʻngra hech bir narsa unutmadim", deb qasam ichdi. Xullas bu voqealar ahodisi mashhuradandir.
Toʻrtinchi Misol: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning badduolariga mazhar boʻlgan bir nechta voqeani bayon qilamiz:
Birinchisi: Parviz deyilgan Fors podishohi noma-i Nabaviyani yirtganining Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga xabari keldi. Shunda badduo qildilar: اَللّٰهُمَّ مَزِّقْهُ "Ey Robbim! Maktubimni qanday parchalagan boʻlsa, sen ham uni va uning mulkini parcha-parcha qil". Shu badduoning ta'siri bilan; u Kisro Parvizning oʻgʻli Shirvayh xanjar bilan uni tilka-pora qildi. Sa'd Ibn Abu Vaqqos ham saltanatini parcha-parcha qildi. Sosoniya Davlatining hech bir yerda shavkati qolmadi. Faqat Kaysar va boshqa maliklar noma-i Nabaviyaga hurmat koʻrsatganlari uchun, mahv boʻlmadilar.
Ikkinchisi: Tavoturga yaqin mashhurdir va oyoti Qur'oniya ishorat etadiki: Bidoyati Islomda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Masjid-ul Haramda namoz oʻqirkanlar; ruaso-i Quraysh toʻplandilar, u kishiga qarshi gʻoyat bad bir muomala qildilar. U kishi ham oʻsha vaqt ularga badduo qildilar. Ibn Mas'ud deydiki: Qasam ichaman, u bad muomalani qilgan va u kishining badduolariga mazhar boʻlganlarning Gʻazva-i Badrda bir-bir oʻliklarini koʻrdim.
Uchinchisi: Mudoriya deyilgan Arablarning katta qabilasi Paygʻambar Alayhissalotu Vassalamni takzib etganlari uchun, ularga qaht bilan badduo qildilar. Yomgʻir toʻxtadi, qahtu gʻola boshlandi. Soʻngra Mudoriya qavmidan boʻlgan Qabila-i Quraysh Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga iltimos qildilar. Duo qildilar, yomgʻir keldi, qahtlik tugadi. Bu voqea tavotur darajasida mashhurdir.
Beshinchi Misol: Xususiy odamlarga badduolarining dahshatli qabulidir. Buning koʻp misollari bor. Qat'iy uch misolni namuna oʻlaroq bayon qilamiz:
Birinchisi: Utba Ibn Abu Lahab haqida shunday badduo qildilar: اَللّٰهُمَّ سَلِّطْ عَلَيْهِ كَلْبًا مِنْ كِلَابِكَ Ya'ni: "Ey Robbim! Unga bir itingni yoʻliqtir". Soʻngra Utba safarda borarkan, bir arslon kelib, qofila ichida uni qidirib topgan, yeb tashlagan. Shu voqea mashhurdir. Aimma-i hadis naql va tasxix etganlar.
Ikkinchisi: Muhallim Ibn Jusamad, Amir Ibn Azbatni gʻadr bilan qatl etgan edi. Holbuki Amirni Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam jihod va harb uchun qoʻmondon qilib, bir askarlar boʻlinmasi bilan yuborgan edilar. Muhallim ham u bilan birga edi. Bu gʻadrning xabari Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga yetishgan vaqti hiddat bilan اَللّٰهُمَّ لَا تَغْفِرْ لِمُحَلِّمِ deya badduo qilganlar. Yetti kun soʻngra u Muhallim oʻldi. Qabrga qoʻydilar, qabr chiqarib tashladi. Necha marta qoʻygan boʻlishsa, yer qabul qilmadi. Soʻngra, ikki tosh oʻrtasida mustahkam bir devor qilishga majbur boʻldilar, oʻsha suratda yer ostida satr etilgan.
Uchinchisi: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bir odam chap qoʻli bilan ovqat yeyayotganini koʻrdilar. Farmon etdilar: كُلْ بِيَم۪ينِكَ "Oʻng qoʻling bilan yegin", deganlar. U odam degan: لَا اَسْتَط۪يعُ "Oʻng qoʻlim bilan qilolmayman". Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam deganlar: لَا اسْتَطَعْتَ deya badduo qildilar. "Koʻtarolmaysan". Oʻshandan soʻngra u odam oʻng qoʻlini hech koʻtarolmadi.
Oltinchi Misol: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning duolari, ham tegilishlaridan zuhur etgan juda koʻp horiqolaridan, qat'iyat kasb etgan bir qancha hodisani zikr qilamiz:
Birinchisi: Hazrat Xolid Ibn Validga (Sayfullohga) bir necha sochini berib, nusrati uchun duo qilganlar. Hazrat Xolid u sochlarni kulohida hifz etgan. Xullas, u soch va duoning barakasi hurmati, qaysi bir harbga kirgan boʻlsa, mutlaqo muzaffar chiqqan.
Ikkinchisi: Salmon Forsiy, oldin Yahudiylarning abdi boʻlgan. Uning sayyidlari uni ozod qilish uchun koʻp narsalar soʻrashdi. "Uch yuz xurmo koʻchatini ekib meva bergandan soʻng, qirq oʻqqa oltin berish bilan ozod etilasan", dedilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga keldi, bayoni hol etdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam oʻz qoʻllari bilan Madina atrofida uch yuz koʻchatni ekdilar. Yolgʻiz bir donasini boshqasi ekdi. U yil mobaynida Rasuli Akram Alayhissalotu Vasssalam ekkan butun nihollar meva berdi. Yolgʻiz birini boshqasi ekkan edi, oʻsha bitta meva bermadi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam uni chiqarib qaytadan ekdilar. U ham meva berdi. Ham tovuq tuxumi qadar bir oltinga, ogʻizlarining tupugini surtib, duo qildilar, Salmonga berib: "Bor, Yahudiylarga ber", dedilar. Salmon Forsiy borib u oltindan qirq oʻqqani ularga berdi; u tovuq tuxumi qadar boʻlgan oltin yana eskisi kabi qoldi. Xullas, shu voqea Hazrat Sulaymoni Pokning sarguzashti hayotining eng muhim bir hodisa-i moʻ'jizakoronasidir. Moʻ'tabar va mavsuq imomlar xabar berganlar.
Uchinchisi: Ummu Molik ismli bir sahobiya "u'kka" deyilgan kichik bir yogʻ tulumidan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga yogʻ hadya qilardi. Bir marta Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam unga duo qilib u'kkani berdilar, unga: "Uni boʻshatib siqmanglar", dedilar. Ummu Molik u'kkani olgan. Qachon bolalari yogʻ istasalar, baraka-i duo-i Nabaviy bilan u'kkada yogʻ topardilar. Ancha zamon davom etdi. Soʻngra siqdilar, baraka tugadi.
Yettinchi Misol: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning duolari bilan va tegilishlari bilan suvlarning shirinlashishi va goʻzal hid berishining koʻp hodisalari bor. Ikki-uch donani namuna oʻlaroq bayon etamiz:
Birinchisi: Imom Bayhaqiy boshda, ahli hadis xabar beradilarki: Biri Qubo deyilgan quduqning suvi ba'zan qurir edi. Ya'ni tugardi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam tahorat suvini ichiga quyib duo qilganlaridan soʻng, kasrat bilan davom etdi, ortiq hech qurimadi.
Ikkinchisi: Boshda Abu Nuaym Daloili Nubuvvatda, ahli hadis xabar beradilarki: Anasning uyidagi quduqqa, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam tupuklarini ichiga otib duo qilganlar, Madina-i Munavvarada eng shirin suv oʻsha boʻlgan.
Uchinchisi: Ibn Mojja xabar beradi: Ma-i Zamzamdan bir paqir suv Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga keltirdilar. Bir oz ogʻizlariga oldilar, paqirga boʻshatdilar. Paqir mushk kabi royiha berdi.
Toʻrtinchisi: Imom Ahmad Ibn Hanbal xabar beradiki: Bir quduqdan bir paqir suv chiqardilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam ichiga ogʻizlarining suvini oqitib quduqqa boʻshatganlaridan soʻng, mushk kabi hid berishni boshladi.
Beshinchisi: Rijolullohdan va Imom Muslim va ulamo-i Magʻribning moʻ'tamadi va maqbuli boʻlgan Hammad Ibn Salama xabar beradiki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam teridan bir tulukka suv toʻldirib ogʻziga dam solib duo qildilar. Bogʻladilar, bir qism sahobaga berdilar. "Ogʻzini ochmanglar! Yolgʻiz tahorat olgan vaqtingiz ochinglar", deganlar. Borganlar, tahorat olish vaqtida ogʻzini ochishgan. Koʻradilarki, xolis bir sut, ogʻzida ham qaymoq yogʻ. Xullas, bu besh juzni; ba'zilari mashhur, ba'zisini esa muhim imomlar naql etadilar. Ular va bu yerda naql qilinmaganlar bilan hammasi; ma'naviy tavotur kabi bir moʻ'jiza-i mutlaqaning tahaqquqini koʻrsatadilar.
Sakkizinchi Misol: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning masx va duolari bilan sutsiz va qisr echkilarning muborak qoʻllarining tegilishi bilan va duolari bilan sutli, ham koʻp sutli boʻlishlari misollari va juz'iyotlari koʻp. Biz yolgʻiz mashhur va qat'iy ikki-uch misolni namuna sifatida zikr qilamiz:
Birinchisi: Ahli Siyarning butun moʻ'tabar kitoblari xabar beradilar: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Abu Bakr Siddiq bilan barobar hijrat qilarkan, Atikat Bint-il Huzaiya deyilgan Ummu Ma'bad xonasiga keldilar. U yerda gʻoyat zaif, sutsiz, qisr bir echki bor edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Ummu Ma'badga farmon etdilar: "Buning suti yoʻqmi?". Ummu Ma'dab: "Buning vujudida qon yoʻq, qayerdan sut beradi?", degan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam borib u echkining beliga qoʻllarini surtganlar, yelinini ham masx etdilar, duo qildilar. Soʻngra: "Idish keltiringlar, sogʻinglar!", dedilar. Sogʻdilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Abu Bakr Siddiq bilan ichgandan soʻng, u xona xalqi ham toʻygunga qadar ichganlar. U echki quvvatlangan, ana shunday muborak qolgan.
Ikkinchisi: Shoti Ibn Mas'udning mashhur qissasi: Ibn Mas'ud musulmon boʻlmasdan avval birovlarning choʻponi edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Abu Bakr Siddiq bilan bilan, Ibn Mas'udning echkilari bilan boʻlgan joyga bordilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Ibn Mas'uddan sut soʻradilar. U: "Echkilar meniki emas, boshqasining moli", dedi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam: "Menga qisr, sutsiz bir echki keltir", dedilar. U ikki yildir taka koʻrmagan bir echki keltirdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam qoʻllari bilan uning yelinini masx etib duo qildilar. Soʻngra sogʻishdi, xolis bir sut olib ichishdi. Ibn Mas'ud bu moʻ'jizani koʻrgandan soʻngra iymon keltirdi.
Uchinchisi: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning murdi'asi, ya'ni enagasi boʻlgan Halima-i Sa'diyaning echkilarining qissa-i mashhurasi boʻlib; u qabilada bir daraja qahtlik bor edi. Hayvonot zaif va sutsiz va toʻygunicha yemasdilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam u yerga, enagalarining yoniga yuborilgan payti, u kishining barakasi bilan Halima-i Sa'diyaning echkilari oqshom vaqti boshqalarining aksiga, toʻq va yelinlari toʻla boʻlib kelardi. Xullas, buning kabi Siyar kitoblarida yana boshqa juz'iyotlari bor; lekin bu namunalar asl maqsadga kifoyadir.
Toʻqqizinchi Misol: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam ba'zi zotlarning boshini va yuzini muborak qoʻllari bilan masx etib duo qilgandan soʻng, zohir boʻlgan horiqolarning koʻp juz'iyotidan mashhur boʻlgan bir nechtasini namuna sifatida bayon qilamiz:
Birinchisi: Umar Ibn Sa'dning boshiga qoʻllarini surtib duo qilganlar. Sakson yoshida u odam oʻsha duoning barakasi bilan oʻlgan vaqti boshida oq yoʻq edi.
Ikkinchisi: Qays Ibn Zaydning boshiga qoʻllarini qoʻyib, masx etib duo qilganlar. U duoning barakasi bilan yuz yoshga kirgan vaqti, masxning ta'siri bilan butun boshi oq, yolgʻiz Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam qoʻllarini qoʻygan yeri qop-qora boʻlib qolgan edi.
Uchinchisi: Abdurrahmon Ibn Zayd Ibn-al Hattob ham kichik, ham xunuk edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam qoʻllari bilan boshini masx etib duo qilganlar. U duoning barakasi bilan; qomati eng bolo qomat va surati eng goʻzal bir suratga kirgan.
Toʻrtinchisi: A'iz Ibn Amrning Gʻazva-i Hunaynda yuzi yaralanganida Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam qoʻllari bilan yuzidagi qonni artganlar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning qoʻllarining tekkan joyi porloq bir nur berganki, muhaddislar كَغُرَّةِ الْفَرَسِdeb ta'bir qilganlar. Ya'ni, doru otning peshonasidagi oq kabi, tekkan joyi porlardi.
Beshinchisi: Qatoda Ibn Salmonning yuziga qoʻllarini surtib duo qilganlar. Qatodaning yuzi oyna kabi porlashni boshlagan.
Oltinchisi: Umm-ul Moʻ'miniyn Ummu Salamaning qizi va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning oʻgay qizi Zaynabga, kichikligida Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam uning yuziga tahorat suvini otib taltif etganlar. U suv tekkandan soʻng, Zaynabning husn va jamoli ajib surat olgan, badi'-ul jamol boʻlgan.
Xullas, bu juz'iyotlar kabi yana koʻp misollar bor. Ularning koʻpini aimma-i hadis naql etganlar. Bu juz'iyotning har birini, xabari vohid va zaif faraz etsak ham, yana majmui ma'naviy bir tavotur hukmida, mutlaq bir moʻ'jiza-i Ahmadiyani koʻrsatadi. Chunki bir hodisa, boshqa-boshqa va koʻp suratlar bilan naql etilsa, asl hodisaning vuqu'i qat'iy boʻladi. Suratlarning har biri zaif ham boʻlsa, yana asl hodisani isbot qiladi. Masalan:
Bir kuni bir shovqin eshitildi. Ba'zilar aytishdiki, falon uy xarob boʻldi; boshqasi, boshqa uy xarob boʻldi dedi; yana boshqasi, boshqa bir uyni aytdi va hokazo... Har bir rivoyat, xabari vohid ham, zaif ham, xilofi voqe' ham boʻlishi mumkin. Lekin asl voqea: Bir uy xarob boʻlgan, u qat'iy, unda hamma muttafiq. Holbuki biz bahs etgan shu olti juz'iyot; ham sahih, ham ba'zilari shuhrat darajasiga chiqqan. Farazan bularning har birini zaif deb hisoblasak, tamsilda mutlaq bir xona xarob boʻlishi kabi, yana juz'iyotning majmu'ida, mutlaq bir moʻ'jiza-i Ahmadiya Alayhissalotu Vassalamning vujudini qat'iyan koʻrsatadi.
Xullas, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning moʻ'jizoti bahirasi, har bir navda qat'iy mavjuddir. Juz'iyoti ham, u kulliy va mutlaq moʻ'jizaning suratlari yoxud namunalaridir. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning qandayki qoʻllari, barmoqlari, tupuklari, nafaslari, soʻzlari, ya'ni duolari koʻp moʻ'jizotning mabdai boʻladi. Aynan shuning kabi, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning boshqa latoifi va tuygʻulari va jihozoti koʻp horiqolarga madordir. Kutubi Siyar va Tarix u horiqolarni bayon etganlar; siyrat va surat va tuygʻularida koʻp daloili nubuvvat borligini koʻrsatgan.
OʻN BESHINCHI ISHORAT: Qandayki toshlar, daraxtlar, Qamar, Quyosh uni tanib; bittadan moʻ'jizasini koʻrsatish bilan nubuvvatini tasdiq etadilar. Shunga oʻxshab: Hayvonot toifasi, oʻliklar toifasi, jinlar toifasi, maloikalar toifasi u Zoti Muborakni taniydilar va nubuvvatini tasdiq etib; taniganliklarini, har bir toifasi, ba'zi moʻ'jizotini koʻrsatish bilan bildiradilar va nubuvvatining tasdigʻini e'lon etadilar. Shu Oʻn Beshinchi Ishoratning uch shoʻ'basi bor:
Birinchi Shoʻ'basi: Hayvonot jinsi, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni taniydilar va moʻ'jizotini ham izhor etadilar. Shu shoʻ'baning koʻp misollari bor. Bu yerda biz faqat mashhur va ma'naviy tavotur darajasida qat'iy yoki muhaqqiqiyni aimmaning maqbuli boʻlgan yoki ummat talaqqi-i bilqabul etgan bir qism hodisalarni namuna sifatida zikr qilamiz:
Birinchi Hodisa: Ma'naviy tavotur darajasida bir shuhrat bilan, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Abu Bakr-is Siddiq bilan, kufforning ta'qibidan qutulish uchun tahassun etganlari Gʻori Hironing ogʻzida, ikki soqchi kabi ikki kabutar kelib turishlari va oʻrgimchak ham pardador kabi, horiqo bir tarzda, qalin bir toʻr bilan gʻor ogʻzini toʻsishidir. Hatto ruaso-i Qurayshdan, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning qoʻllari bilan Gʻazva-i Badrda oʻldirilgan Ubay Ibn Xalaf gʻorga qaragan. Doʻstlari deganlar: "Gʻorga kiraylik". U degan: "Qanday kiramiz? Bu yerda bir toʻr koʻryapmanki, Hazrat Muhammad tavallud etmasdan bu toʻr qilingan kabidir. Bu yerda ikki kabutar turibdi, odam boʻlsa, bu yerda turadimi?" Xullas, bu kabi muborak kabutar toifasi Fathi Makkada ham Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning boshlari ustida soya qilganlarini Imom Jalil Ibn Vahb naql etadi. Ham naqli sahih bilan Hazrat Oysha-i Siddiqa xabar beradi: Uyimizda kabutar kabi, Dojin deyilgan bir qush bor edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam hozir boʻlganlarida hech tipirchilamasdi, sukut saqlab turardi. Qachonki Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam chiqsalar, u qush harakatni boshlardi; borardi kelardi, hech turmasdi. Demak, u qush Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni tinglardi, huzurlarida tamkin bilan sukut saqlardi.
Ikkinchi Hodisa: Besh-olti tariq bilan ma'naviy bir tavotur hukmini olgan boʻri hodisasi; bu qissa-i ajiba koʻp tariqlar bilan mashhur sahobalardan naql etilgan. Azjumla: Abu Said-al Xudriy va Salama Ibn-al Akva' va Ibn Abu Vahb va Abu Hurayra va bir voqea sohibi choʻpon (Uhbon) kabi mutaaddid tariqlar bilan xabar beradilarki: Bir boʻri echkilardan birini ushlaganida, choʻpon boʻrining qoʻlidan qutqardi. Boʻri: "Allohdan qoʻrqmading, mening rizqimni qoʻlimdan olding", deydi. Choʻpon: "Ajoyib, boʻri ham gapiradimi?", deydi. Boʻri unga: "Ajib sening holinggaki, orqa tarafda bir zot borki; sizni Jannatga da'vat etyapti, paygʻambardir, uni tanimayapsizlar!", deydi. Butun tariqlar boʻrining gapirishida muttafiq boʻlish bilan barobar, quvvatli bir tariq boʻlgan Abu Hurayra ixborida deydiki: Choʻpon boʻriga: "Men boraman; lekin mening echkilarimga kim qaraydi?", deydi. Boʻri: "Men qarayman", deydi. Choʻpon ham choʻponlikni boʻriga topshirib kelgan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni koʻrib, iymon keltirib, qaytib ketgan. Boʻrini choʻponlik qilayotganini koʻrgan. Zoyi'ot yoʻq. Bir echki soʻyib unga bergan, chunki unga ustozlik qilgan. Bir tariqda: Ruaso-i Qurayshdan Abu Sufyon bilan Safvon bir boʻri bir kiyikni ta'qib etayotganini koʻrishadi, kiyik Harami Sharifga kiradi. Boʻri qaytadi, soʻngra taajjub etadilar. Boʻri gapirib, risolati Ahmadiyani xabar bergan. Abu Sufyon Safvanga: "Bu hodisani hech kimga aytmaylik, Makka boʻshalib ularga iltihoq etishidan qoʻrqaman", deydi. Alhosil, boʻri qissasi qat'iy va ma'naviy mutavotir kabi qanoat beradi.
Uchinchi Hodisa: Besh-olti tariq bilan muhim sahobalardan naql etilgan jamal hodisasidirki: Azjumla: Abu Hurayra va Sa'laba Ibn Molik va Jobir Ibn Abdulloh va Abdulloh Ibn Jafar va Abdulloh Ibn Abu Avfa kabi mutaaddid tariqlar va u tariqlarning boshidagi sahobalar muttafiqan xabar beradilarki: Tuya kelib, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga tahiyya-i ikrom navidan sajda qilib gapirgan. Va bir necha tariqda xabar beriladi: U tuya bir bogʻda gʻazablangan holda, vahshiyona; yoniga hech kimni qoʻymasdan hujum qilayotgan edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam kirdilar; tuya keldi, ikroman sajda qildi, yonlarida choʻkdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam noʻxta taqdilar. Tuya Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga dedi: "Meni koʻp mashaqqatli narsalarda ishlatishdi, endi esa meni soʻyishni istashyapti. Shuning uchun gʻazablandim". Tuya sohibiga: "Shundaymi?", dedilar. "Ha", deyishdi.
Ham Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning A'dbo ismli tuyalari vafoti Nabaviydan soʻng qaygʻudan na yedi, na ichdi, oxiri oʻldi. Ham u tuya Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bilan muhim bir qissani gapirganini, Abu Isxoq Asfaroniy kabi ba'zi muhim imomlar xabar berganlar. Ham naqli sahih bilan; Jobir Ibn Abdullohning bir safarda tuyasi juda charchagan edi, ortiq yurolmayotgan edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam u tuyani yengilgina bir turtib qoʻydilar. U tuya u iltifoti Ahmadiydan shu qadar bir epchillik, bir sevinchlik paydo qildiki; ortiq sur'atidan tizginini ushlab boʻlmas, yoʻlda yetishib boʻlmasdi. Buni Hazrat Jobir xabar beradi.
Toʻrtinchi Hodisa: Boshda Imom Buxoriy, aimma-i hadis xabar beradilar: Bir marta kechasi, Madina-i Munavvaraning xorijida, dushman hujum etyapti degan muhim bir hodisa tarqaldi. Soʻngra jasur suvoriylar chiqib bordilar. Yoʻlda qarasalar, bir zot kelyapti. Qarasalar, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam. "Hech kim yoʻq", dedilar. Mashhur Abu Talhaning otiga minib, shijoati qudsiyasi muqtazosidan, harkasdan avval borib, tahqiq etib qaytgan edilar. Abu Talhaga: وَجَدْتُ فَرَسَكَ بَحْرًا Ya'ni: "Sening oting silkinmas, gʻoyat tez ekan", dedilar. Holbuki Abu Talhaning oti qotuf ta'bir etilgan yurmaydigan qismdan edi. Oʻsha kechadan soʻng hech bir ot poygada unga yetolmasdi. Ham naqli sahih bilan; bir marta Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam safarda namoz oʻqiyotganlarida otlariga: "Toʻxta", dedilar. U toʻxtadi. Namoz tugagancha hech qayerini qimirlatmadi.
Beshinchi Hodisa: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning xizmatkori Safina, Yaman Hokimi Muoz Ibn Jabalning yoniga borish uchun, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdan amr olib ketgan. Yoʻlda bir arslon uchraydi. Safina unga: "Men Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning xizmatkoriman", deydi. Arslon ovoz chiqarib ketib qolgan. Tegmagan. Boshqa bir tariqda xabar beradiladiki: Safina qaytayotgan vaqti yoʻlini yoʻqotgan, bir arslonga uchragan; arslon unga tegmay, yoʻlni ham koʻrsatgan.
Ham Hazrat Umardan xabar beradilar: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlariga bir badaviy keldi. Qoʻlida arabcha "dabb" deyilgan bir kaltakesak, ya'ni kalar bor edi. "Agar bu hayvon senga shahodat keltirsa, men senga iymon keltiraman; boʻlmasa iymon keltirmayman", dedi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam undan soʻradilar; u kaltakesak fasih bir til bilan risolatiga shahodat keltirdi.
Ham Umm-ul Moʻ'miniyn Ummu Salama xabar beradiki: Bir ohu Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bilan gaplashgan va risolatiga shahodat keltirgan. Xullas, bu kabi koʻp misollar bor. Hamda qat'iy shuhrat topgan bir qancha namunani koʻrsatdik. Va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni tanimaganga va itoat etmagan odamga aytamizki:
Ey inson! Ibrat olinglar... Boʻri, arslon; Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni tanib, itoat qiladi. Sizlar hayvondan, boʻridanda past darajaga tushmaslikka urinishingiz lozim.
Ikkinchi Shoʻ'ba: Oʻlganlar, jinlar va maloikalarning Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni tanishlaridir. Buning ham koʻp hodisalari bor. Namuna uchun, shuhrat topgan va mavsuq imomlar xabar bergan bir qancha namunani, avvalo oʻlganlardan koʻrsatamiz. Jin va maloika, mutavotirdir.. ularning misollari bir emas, mingdir. Oʻlganrning gapirishi misollaridan:
Birinchisi: Ulamo-i zohir va botinning, Tobe'iyn zamonida eng buyuk raisi va Imom Alining muhim va sodiq shogirdi boʻlgan Hasan Basriy xabar beradiki: Bir odam Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlariga kelib yigʻlab zorlandi. "Mening kichik bir qizim bor edi, shu yaqin darada oʻldi, u yerga tashladim", dedi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam unga achindilar. Unga: "Kel, u yerga boramiz", dedilar. Bordilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam u oʻlgan qizni: "Ey faloncha!" deb chaqirdilar. Birdan u oʻlgan qiz. "Labbayka va sa'dayka", dedi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam famon etdilar: "Takror padar va volidangning yoniga kelishni orzu qilasanmi?" U: "Yoʻq, men ulardan ham xayrlisini topdim", dedi.
Ikkinchisi: Imom Bayhaqiy va Imom Ibn A'diyy kabi ba'zi muhim imomlar, Hazrat Anas Ibn Molikdan xabar beradilarki: Anas degan: Bir keksa xotinning bitta oʻgʻli bor edi, kutilmaganda vafot etdi. U soliha xotin juda mutaassir boʻlib: "Ey Robbim! Sening rizong uchun, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning bay'atlari va xizmatlari uchun hijrat qilib bu yerga keldim. Mening hayotimda istirohatimni ta'min etadigan birgina bolachamni, u Rasuling hurmati bagʻishla", dedi. Anas: "U oʻlgan odam turdi, biz bilan ovqat yedi", dedi.
Shu hodisa-i ajibaga ishorat va ifoda etgan, Imom Busayriyning Qasida-i Burdasidagi shu fikrasidir:
Ya'ni: "Agar alomatlari, u kishining qadrlariga muvofiq darajasida azamatini va maqbuliyatini koʻrsatsa edi; yangi oʻlganlar emas, balki u kishining ismlari bilan chirigan suyaklar ham ihyo etilishi mumkin edi".
Uchinchi Hodisa: Boshda Imom Bayhaqiy kabi roviylar, Abdulloh Ibn Ubaydulloh-al Ansoriydan xabar beradilar: Abdulloh aytadi: Sabit Ibn Qays Ibn Shammos Yamoma Harbida shahid boʻlgan va qabrga qoʻygan vaqtimiz men oʻsha yerda edim. Qabrga qoʻyilarkan, birdan undan bir ovoz keldi:
dedi. Soʻngra ochdik, qaradik; oʻlik, jonsiz. Ana oʻsha vaqt hali Hazrat Umar xilofatga oʻtmasdan, shahodatini xabar berdi.
Toʻrtinchi Hodisa: Imom Tabaroniy va Abu Nuaym Daloili Nubuvvatda Noʻ'mon Ibn Bashirdan xabar beradilarki: Zayd Ibn Xorija bozor ichida birdan yiqilib vafot etdi. Uyga keltirdik. Shom va xufton orasida atrofida xotinlar yigʻlarkan birdan اَنْصِتُوا اَنْصِتُوا "Jim boʻlinglar!" dedi. Soʻngra fasih bir lison bilan:
deb bir miqdor gapirdi. Soʻngra qarasak, jonsiz vafot etgan ekan.
Jonsiz oʻliklar u kishining risolatini tasdiq qilsa-yu; joni borlar tasdiq qilmasa; albatta u jinoyatchi jonlilar jonsizlardanda jonsiz va oʻliklardanda oʻlikdirlar.
Ammo maloikalarning, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga xizmatlari va koʻrinishlari va jinlarning u kishiga iymon va itoati, mutavotirdir. Nassi Qur'on va koʻp oyot bilan musorrahdir. Gʻazva-i Badrda besh ming maloika, -nassi Qur'on bilan- oldinda, sahobalar kabi u kishiga xizmat qilib, askar boʻlganlar. Hatto oʻsha malaklar, maloikalar ichida Asxobi Badr kabi sharaf qozonganlar. Bu masalada ikki jihat bor:
Biri: Jin va maloikaning toifalari, hayvon va insonning toifalari kabi, vujudlari qat'iy va biz bilan munosabatdor boʻlgani, Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzda ikki karra ikki toʻrt boʻlish darajasida qat'iyat bilan isbot qilganmiz. Ularning isbotini oʻsha Soʻzga havola qilamiz.
Ikkinchi jihat: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning sharaflari bilan, asari moʻ'jizalari boʻlib, afrodi ummati ularni koʻrishi va gaplashishidir. Boshda Buxoriy va Imom Muslim, aimma-i hadis muttafiqan xabar beradilar: Bir marta malak, ya'ni Hazrat Jabroil oq libosli bir inson suratida keldi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam sahobalar ichida oʻtirar ekanlar, yonlariga borib:
Ya'ni: "Iymon, Islom, ehson nima? Ta'rif et", deydi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam ta'rif etdilar. U yerdagi jamoati sahoba ham dars olgan, hamda u zotni yaxshi koʻrishgan. U zot musofir kabi koʻrinarkan, ustida alomati safar asari hech yoʻq edi. Turdi, birdan gʻoyib boʻldi. U vaqt Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam farmon etganlarki: "Sizga dars berish uchun Jabroil shunday qildi". Ham xabari sahih bilan va xabari qat'iy bilan va ma'naviy tavotur darajasida, aimma-i hadis xabar beradilarki: "Hazrat Jabroilni koʻp marta, husn va jamol sohibi boʻlgan Dihya suratida, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlarida sahobalar koʻrar edilar. Azjumla, Hazrat Umar va Ibn Abbos va Usoma Ibn Zayd va Haris va Oysha-i Siddiqa va Ummu Salama, qat'iyan sobitdirki, bular qat'iyan xabar beradilarki: Biz Hazrat Jabroilni Dihya suratida, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlarida koʻp koʻramiz. Ajabo, hech mumkinmidirki, bu zotlar koʻrmasdan koʻramiz desinlar?
Ham naqli sahihi qat'iy bilan, Ashara-i Mubashsharadan, Eron fotihi Sa'd Ibn Abu Vaqqos xabar beradiki: "Gʻazva-i Uhudda, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ikki taraflarida, ikki oq libosli, soqchi kabi muhofiz suratida koʻrdik. Anglashildiki, ikkisi ham malak, Hazrat Jabroil bilan Mikoil ekanini angladik". Ajabo, shunday bir qahramoni Islom koʻrdik desa, koʻrmasligi mumkinmi?
Ham Abu Sufyon Ibn Horis Ibn Abdulmuttalib (amizzada-i Nabaviy) naqli sahih bilan xabar beradi: "Gʻazva-i Badrda, osmon bilan yer orasida, oq libosli otli zotlarni koʻrdik".
Ham Hazrat Hamza Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdan iltimos qildi: "Men Jabroilni koʻrishni istayman". Ka'bada unga koʻrsatdilar. Chiday olmadi, behush boʻldi, yerga yiqildi. Bu tur maloikalarni koʻrish vuqu'oti koʻp. Butun bu vuqu'ot, bir navi moʻ'jizoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalamni koʻrsatadi va dalolat etadiki; u kishining misbohi nubuvvatlariga maloikalar ham parvonadirlar.
Jinlar bilan koʻrishish va koʻrish, sahobalar emas, balki avomi ummat ham koʻplari bilan koʻrishishlari koʻp sodir boʻladi. Faqat eng qat'iy, eng sahih xabar bilan aimma-i hadis bizga aytadilarki: Ibn Mas'ud "Batni Naxlda ajinnilarning ihtidosi kechasida, ajinnilarni koʻrdim va Sudan qabilasidan Zutt deyilgan uzun boʻyli toifaga oʻxshatdim, ularga oʻxshardilar".
Ham mashhur va hadis imomlari taxrij va qabul qilgan Hazrat Xolid Ibn Valid voqeasi: Uzza deyilgan sanamni taxrib etgan vaqtlari, qora xotin shaklida, u sanam ichidan bir jinniya chiqdi. Hazrat Xolid bir qilich bilan u jinniyani ikki burda qildi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam oʻsha hodisa uchun aytdilarki: "Uzza sanami ichida unga ibodat qilinardi, endi unga ibodat qilinmaydi".
Ham Hazrat Umardan mashhur bir xabar: "Biz Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlarida ekan, keksa koʻrinishda, qoʻlida bir hasso, "Homa" ismli bir jin keldi, iymon keltirdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam unga qisqa suralardan bir nechta surani dars berdilar. Darsini oldi, ketdi. Bu oxirgi hodisaga, garchi ba'zi hadis imomlari e'tiroz bildirishgan; lekin muhim imomlar toʻgʻriligiga hukm qilishgan. Nima boʻlganda ham, bu navda uzun aytishga ehtiyoj yoʻq, misollari koʻp.
Ham deymizki:
Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning nurlari bilan, tarbiyalari bilan va u kishining orqasidan ketgan minglab Shayx Jiyloniy kabi aqtoblar, asfiyolar maloikalar va jinlar bilan koʻrishib gaplashganlar, bu hodisa yuz tavotur darajasida va juda kasratdadir. Ha, ummati Muhammadning maloika va jinlar bilan aloqalari va takallumlari, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning tarbiya va irshodi i'jozkoronasining bir asaridir.
Uchinchi Shoʻ'ba: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning hifzlari va ismatlari, bir moʻ'jiza-i bahiradir. وَاللّٰهُ يَعْصِمُكَ مِنَ النَّاسِ oyati karimasining haqiqati bahirasi, koʻp moʻ'jizotni koʻrsatadi. Ha, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam chiqqan vaqtlari, yolgʻiz bir toifaga, bir qavmga, bir qism ahli siyosat yoki bir dinga emas; balki umum podshohlarga va umum ahli dinga bir oʻzlari qarshi chiqdilar. Holbuki u kishining amakilari eng katta dushman va qavm va qabilalari dushman ekan; yigirma uch yil soqchisiz, takallufsiz, muhofazasiz va juda koʻp marta suiqasdga uchragan boʻlsalarda, kamoli saodat bilan, rohat toʻshagida vafot etib, Mala-i A'loga chiqishlariga qadar hifz va ismatlari, وَاللّٰهُ يَعْصِمُكَ مِنَ النَّاسِ oyati naqadar quvvatli bir haqiqatni ifoda etganini va naqadar metin bir nuqta-i istinod boʻlganini quyosh kabi koʻrsatadi. Biz yolgʻiz namuna uchun, qat'iyat kasb etgan bir nechta hodisani zikr qilamiz:
Birinchi Hodisa: Ahli siyar va hadis, muttafiqan xabar beradilarki: Quraysh qabilasi Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni oʻldirtirish uchun qat'iy ittifoq qilishdi. Hatto inson suratiga kirgan bir shaytonning tadbiri bilan, Quraysh ichiga fitna tushmaslik uchun, har bir qabiladan loaqal bir odam ichida boʻlib, ikki yuzga yaqin, Abu Jahl va Abu Lahabning taxti hukmida boʻlib, Rasuli Akram Alayhissalotu Vasalamning xona-i saodatlariga hujum qildilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlarida Hazrat Ali bor edilar. Unga: "Sen bu kecha mening yotogʻimda yot", dedilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam kutdilar, Quraysh kelib butun xonaning atrofini oʻrashdi. Shu payt u kishi chiqib, bir parcha tuproq olib ularning boshlariga otdilar. Hech biri u kishini koʻrmadi, ularning ichlaridan chiqib ketdilar. Gʻori Hiroda ikki kabutar va bir oʻrgimchak butun Qurayshga qarshi u kishiga soqchi boʻlib muhofaza qildilar.
Ikkinchi Hodisa: Voqi'oti qat'iyadanki, gʻordan chiqib Madina tarafiga ketgan vaqtlarida, Quraysh ruasosi muhim mol muqobilida, Suroqa ismli gʻoyat jasur bir odamni yubordilar, toki ta'qib qilib, ularni oʻldirishga urinsin. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Abu Bakr Siddiq bilan birga gʻordan chiqib ketarkanlar koʻrdilarki, Suroqa kelyapti. Abu Bakr Siddiq xavotirlandi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam gʻorda aytganlaridek لَا تَحْزَنْ اِنَّ اللّٰهَ مَعَنَا dedilar. Suroqaga bir qaradilar, Suroqaning otining oyoqlari yerga kirib qoldi. Takror qutuldi, yana ta'qib etdi. Takror otining oyoqlari kirib qolgan yerdan tutun kabi bir narsa chiqishni boshladi. Shunda tushundiki: Na uning, na boshqalarning qoʻlidan u zotga tegish kelmaydi. "Al-Omon!" dedi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam qoʻyib yubordilar. Faqat "Bor, shunday qilginki, boshqasi kelmasin!", dedilar.
Bu hodisa munosabati bilan shuni ham bayon qilamizki: Sahih suratda xabar beradilar: Bir choʻpon ularni koʻrgandan keyin Qurayshga xabar berish uchun Makkaga borgan. Makkaga kirgan vaqti, nima uchun kelganini unutgan. Qancha harakat qilmasin, esiga keltirolmagan. Majbur boʻlib qaytgan. Soʻngra anglaganki, unga unuttirilgan.
Uchinchi Hodisa: Gʻazva-i Gʻatafon va Anmarda mutaaddid tariqlar bilan aimma-i hadis xabar beradilar: Gavras ismli jasur bir qabila raisi, hech kim koʻrmasdan aynan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning boshi ustiga kelib, qoʻlida yalangʻoch qilich bilan, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga: "Kim seni mendan qutqaradi?" dedi. U zot "Alloh!" dedilar. Soʻngra duo qildilar: اَللّٰهُمَّ اكْفِن۪يهِ بِمَا شِئْتَ Birdan u Gavras, ikki yelkasi oʻrtasida gʻoibdan bir zarba yeb, qoʻlidan qilich tushdi va yerga yumaladi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam qilichni qoʻllariga olib, "Endi seni kim qutqaradi?" deb, soʻngra avf etdilar. U odam oʻzinikilarga bordi. Oʻsha juda jur'atkor, jasur odamga hamma hayratda qoldi. "Senga nima boʻldi, nima uchun hech narsa qilolmading?" deyishdi. U: "Hodisa shunday boʻldi. Men hozir insonlarning eng yaxshisining yonidan kelyapman", dedi.
Shu hodisa kabi, Gʻazva-i Badrda bir munofiq Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni bir gʻaflat vaqtida hech kim koʻrmagan payt, orqalaridan qilich koʻtarib urmoqchi boʻlgan vaqt, birdan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam qaradilar. U titrab, qilich qoʻlidan yerga tushdi.
Toʻrtinchi Hodisa: Ma'naviy tavoturga yaqin darajada shuxrat topgan va aksar ahli tafsirning
oyatining sababi nuzuli va ahli tafsir allomalari va ahli hadis imomlari xabar beradilarki: Abu Jahl qasam ichib dedi: "Men sajdada Muhammadni koʻrsam, bu tosh bilan uni uraman". Katta bir tosh olib bordi. Sajdada koʻrgan vaqti koʻtarib urmoqchi boʻlganda, qoʻllari yuqorida qoldi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam namozlarini tugatgandan soʻng turganlar, Abu Jahlning qoʻli keyin boʻshagan. U esa; yo Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning iznlari bilan yoxud ehtiyoj qolmagani uchun boʻshadi.
Yana Abu Jahl qabilasidan -bir tariqda- Valid Ibn Mugʻira, yana Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni urish uchun katta bir toshni olib sajdadaliklarida urishga borgan edi; koʻzi yopildi. Masjidi Haramda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni topolmay, qaytib keldi. Uni yuborganlarni ham koʻrmayotgan edi, yolgʻiz ovozlarini eshitayotgan edi. Oxiri Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam namozlarini tugatganidan soʻng, ehtiyoj qolmagani uchun koʻzi ochildi.
Ham naqli sahih bilan Abu Bakr Siddiqdan xabar beradiki: Sura-i تَبَّتْ يَدَٓا اَب۪ى لَهَبٍ nozil boʻlgandan soʻng, Abu Lahabning xotini "Hammalat-al Hatob" deyilgan Ummu Jamil bir tosh olib, Masjidi Haramga keldi. Abu Bakr bilan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam u yerda oʻtirgan edilar. Koʻzi Abu Bakr Siddiqni koʻrib, "Ey Abu Bakr! Sening doʻsting qayerda? Men eshitdimki, meni masxara qilibdi. Koʻrsam, bu toshni ogʻziga uraman", dedi. Yonida ekan, Hazrat Paygʻambar Alayhissalotu Vassalamni koʻrmadi. Albatta hifzi Ilohiyda boʻlgan bir Sultoni Lavlakni bunday bir Jahannam oʻtinchisi uning huzuriga kirib koʻrolmaydi. Qanday haddi sigʻsin!..
Beshinchi Hodisa: Xabari sahih bilan xabar beriladiki: Amr Ibn Tufayl va Arbad Ibn Qays ikkisi ittifoq qilib Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlariga borishdi. Amr: "Men uni mashgʻul qilaman, sen uni urasan!", dedi. Soʻngra koʻrdiki, hech narsa qilmayapti. Ketgandan keyin doʻstiga: "Nima uchun urmading?", dedi. U: "Qanday uraman, qancha niyat qilsam ham, qaraganimda, ikkovimizning oramizdan sen oʻtyapsan. Seni qanday uraman?", dedi.
Oltinchi Hodisa: Naqli sahih bilan xabar beriladiki: Gʻazva-i Uhudda yoki Hunaynda Shayba Ibn Usmon-al Hajabiy, -Hazrat Hamza uning ham amakisini, ham otasini oʻldirgandi- qasosini olish uchun yashirincha keldi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning orqalaridan qilichini yalangʻochlab koʻtardi. Birdan qilich qoʻlidan tushdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam unga qaradilar, qoʻllarini koʻksiga qoʻydilar. Shayba deydiki: "Oʻsha onda dunyoda men uchun u kishidanda sevimli odam yoʻq edi". Iymonga keldi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam farmon etdilar: "Qani bor, harb et!" Shayba: "Men borib, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam yonlarida harb etdim. Agar oʻshanda padarim uchrasaydi, oʻldirardim", dedi.
Ham Fathi Makka kuni Fadola nomli odam Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlariga oʻldirish niyatida keldi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam unga qarab tabassum qilib, "Nafsing bilan nimani gaplashding?" dedilar va Fadola uchun talabi magʻfirat etdilar. Fadola iymonga kelib: "U vaqt undan yanada ziyoda dunyoda sevgilim boʻlmasdi", dedi.
Yettinchi Hodisa: -Naqli sahih bilan- Yahudiylar suiqasd niyati bilan, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam oʻtirgan joyga ustlaridan katta bir tosh otadigan onda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam hifzi Ilohiy bilan turdilar; u suiqasd ham natijasiz qoldi.
Bu yetti misol kabi koʻp hodisalar bor. Boshda Imom Buxoriy va Imom Muslim va aimma-i hadis, Hazrat Oyshadan naql qiladilarki: وَاللّٰهُ يَعْصِمُكَ مِنَ النَّاسِ oyati nozil boʻlgandan soʻng, ora-sira Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni muhofaza qilgan zotlarga farmon etdilar:
Ya'ni: "Soqchilikka luzum yoʻq, mening Robbim meni hifz etyapti".
Xullas, bu risola ham boshdan bu yerga qadar koʻrsatadiki: Shu koinotning har navi, har olami; Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni taniydi, aloqadordir. Har bir koinotning navida uning moʻ'jizoti koʻrinyapti. Demak, u Zoti Ahmadiya (S.A.V.) Janobi Haqning -faqat koinotning Xoliqi e'tibori bilan va butun maxluqotning Robbi unvoni bilan- ma'muridir va rasulidir. Ha, qandayki bir podshohning buyuk va mufattish bir ma'murini har bir doirasi biladi va taniydi; qaysi doiraga kirsa, u bilan munosabatdor boʻladi. Chunki umumning podshohi nomidan bir ma'muriyati bor. Agar masalan yolgʻiz adliya mufattishi boʻlsa, u vaqt adliya doirasi bilan munosabatdor boʻladi. Boshqa doiralar uni uncha tanimaydi. Va askariya mufattishi boʻlsa, mulkiya doirasi uni bilmaydi. Shuning kabi, anglashiladiki; butun davoiri saltanati Ilohiyada, malakdan to chivinga va oʻrgimchakkacha har bir toifa u zotni taniydi, biladi yoki bildiriladi. Demak, Xotam-ul Anbiyo va Rasuli Robb-ul Olamindirlar. Va umum anbiyolardan ustun risolatining shumuli bor.
OʻN OLTINCHI ISHORAT: Irhosot deyilgan; bi'sati nubuvvatdan avval faqat nubuvvat bilan aloqador vujudga kelgan horiqolar ham, daloili nubuvvatdir. Bu ham uch qismdir:
BIRINCHI QISM: Nassi Qur'on bilan; Tavrot, Injil, Zabur va Suhufi Anbiyoning, nubuvvati Ahmadiya Alayhissalotu Vassalamga doir bergan xabarlaridir. Ha, modomiki u kitoblar samoviy ekan va modomiki u kitob sohiblari anbiyo ekan; albatta va har holda ularning dinlarini nasx etgan va koinotning shaklini oʻzgartirgan va yerning yarmini keltirgan nuri bilan yoritgan bir zotdan bahs etishlari zaruriy va qat'iydir. Ha, kichik hodisalarni xabar bergan u kitoblar, navi basharning eng buyuk hodisasi boʻlgan hodisa-i Muhammadiya Alayhissalotu Vasalamni xabar bermasliklari mumkinmi? Modomiki bilbedaho xabar bergan ekanlar, har holda yo takzib etadilar, toki dinlarini taxribdan va kitoblarini nasxdan qutqarsinlar.. yoki tasdiq etadilar, toki u haqiqatli zot bilan dinlari xurofotdan va tahrifotdan qutulsin. Holbuki doʻst va dushmanning ittifogʻi bilan, takzib alomati hech bir kitobda yoʻq. Shunday ekan, tasdiq bor. Modomiki mutlaq bir suratda tasdiq bor va modomiki shu tasdiqning vujudini iqtizo etgan qat'iy bir illat va asosli bir sabab bor ekan; biz ham oʻsha tasdiqning vujudiga dalolat qilgan uch hujjati qat'iya bilan isbot qilamiz:
Birinchi Hujjat: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Qur'onning lisoni bilan ularga deydiki: "Kitoblaringizda mening tasdigʻim va avsofim bor! Men bayon qilgan narsalarda kitoblaringiz meni tasdiq qiladi".
kabi oyatlar bilan ularni maydonga chaqiradilar. "Tavrotingizni keltiring, oʻqing va keling; biz bola- chaqamizni olib Janobi Haqning dargohiga qoʻl ochib, yolgʻonchilarga qarshi la'nat bilan duo qilamiz!" deb mutamodiyan ularning boshiga urganlari holda, hech bir Yahudiy olim yoki Nasroniy rohib u kishining bir xatolarini koʻrsatolmadi. Agar koʻrsatsaydi, juda koʻp kasratda boʻlgan va juda ham qaysar va hasadli boʻlgan kofirlar va munofiq Yahudiylar va butun olami kufr har tarafda e'lon qilardilar. Ham: "Yo xatoimni toping yoki siz bilan mahv boʻlgungacha jihod qilaman!", deganlar. Holbuki bular harbni va parishoniyatni va hijratni ixtiyor etishdi. Demak, xatolarini topolmadilar. Bir xato topilsaydi, ular qutular edilar.
Ikkinchi Hujjat: Tavrot, Injil va Zaburning iboralari; Qur'on kabi i'jozlari boʻlmagani uchun, ham mutamodiyan tarjima ustiga tarjima boʻlgani uchun, ichiga juda koʻp begona kalimalar qoʻshildi. Ham mufassirlarning soʻzlari va xato ta'villari ularning oyatlari bilan iltibos etildi; ham ba'zi nodonlarning va ba'zi ahli gʻarazning tahrifoti ham ilova etildi. Shu suratda u kitoblarda tahrifot, tagʻyirot koʻpaydi. Hatto Shayx Rahmatulloh Hindiy (alloma-i mashhur) kutubi sobiqaning minglab yerda tahrifotini rohiblariga va Yahudiy va Nasoro ulamosiga isbot qilib, isqot etgan. Bu qadar tahrifot bilan birga, bu zamonda ham mashhur Husayn Jisriy (Rahmatullohi Alayh) u kitoblardan bir yuz oʻn toʻrt dalil nubuvvati Ahmadiyaga doir chiqargan. "Risola-i Hamidiya"da yozgan. U risolani Manastrlik Marhum Ismoil Haqqi tarjima qilgan. Kim orzu qilsa, unga murojaat qiladi, koʻradi.
Ham juda koʻp Yahudiy ulamosi va Nasoro ulamosi iqror boʻlishgan va e'tirof etishganki: "Kitoblarimizda Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamning avsofi yozilgan". Ha, gʻayri muslim boʻlib boshda mashhur Rum Maliklaridan Hiraql e'tirof etgan: "Ha, Iso Alayhissalom Muhammad Alayhissalotu Vassalamdan xabar beradi", degan.
Rum Maliki Muqavqis nomli Misr hukmdori va ulamo-i Yahudning eng mashhurlaridan Ibn Suriya va Ibn Axtob va uning qardoshi Ka'b Bin Asad va Zubayr Bin Batiya kabi mashhur ulamo va raislar, gʻayri muslim qolganlari holda iqror boʻlishgan: "Ha, kitoblarimizda uning avsofi bor, undan bahs etadilar".
Yahudning mashhur ulamosidan va Nasoroning mashhur rohiblaridan, kutubi sobiqada avsofi Muhammadiyani (S.A.V.) koʻrgandan soʻngra qaysarlikni tark etib iymonga kelganlar, avsofini Tavrot va Injilda koʻrsatishgan va boshqa Yahudiy va Nasroniy ulamosini u bilan ilzom etishgan. Azjumla, mashhur Abdulloh Ibn Salom va Vahb Ibn Munabbih va Abu Yosir va Shomul (ki bu zot Maliki Yaman Tubbo' zamonida edi. Tubbo' qanday gʻiyoban va bi'satdan avval iymon keltirgan, Shomul ham shunday.) va Sa'yaning ikki oʻgʻli boʻlgan Asid va Sa'laba -Ibn Hayban deyilgan bir orifi billoh bi'satdan avval Bani Nadr Qabilasiga musofir boʻlgan.
degan va u yerda vafot etgan. Soʻngra u qabila Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bilan harb etgan paytlari, Asid va Sa'laba maydonga chiqib, oʻsha qabilaga baqirdilar:
Ya'ni: "Ibn Hayban xabar bergan zot budir, u kishi bilan harb etmanglar!" Faqat ularni tinglamadilar, balolarini topdilar.
Ulamo-i Yahuddan Ibn Bunyamin va Muhayriq va Ka'b-ul Axbor kabi koʻp ulamo-i Yahud, avsofi Nabaviyani kitoblarida koʻrganlaridan, iymonga kelishdi; boshqa iymonga kelmaganlarni ham ilzom etishdi.
Ulamo-i Nasorodan bahsi oʻtgan mashhur Buhayro-i Rohib, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Shom tarafiga amakilari bilan ketgan vaqtlari oʻn ikki yoshda edilar. Buhayro-i Rohib u kishining hurmatlari uchun Qurayshiylarni da'vat etdi. Qarasa, karvonga soya qilgan bir parcha bulut hali ham karvon oʻrnida soya qilyapti. "Demak qidirgan odamim u yerda qolgan!" Soʻngra odam yuborib, u kishini ham keltirtirgan. Abu Tolibga: "Sen qayt, Makkaga bor! Yahudiylar hasuddir; bu kishining avsofi Tavrotda mazkurdir; xiyonat qilishadi", degan.
Nastur-ul Habasha va Habash Raisi Najoshiy, avsofi Muhammadiyani (S.A.V.) kitoblarida koʻrganlari uchun, barobar iymon keltirishdi.
Ham Dagʻotir ismli mashhur Nasroniy olimi; avsofini koʻrib, iymon keltirgan; Rumliklar ichida e'lon qilganida shahid qilingan.
Ham Nasroniy ruasosidan Horis Ibn Abu Shumar-il Gʻosaniy va Shomning buyuk diniy raislari va maliklari, ya'ni Sohibi Ilya va Hiraql va Ibn Natur va Jorud kabi mashhur zotlar, kitoblarida avsofini koʻrishgan va iymon keltirganlar. Yolgʻiz Hiraql dunyo saltanati uchun iymonini izhor etmagan.
Ham bular kabi Salmon-ul Forsiy avval nasroniy edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning avsofini koʻrgandan soʻngra u kishini qidirayotgan edi.
Ham Tamim ismli muhim bir olim, ham mashhur Habash Raisi Najoshiy, ham Habash nasorosi, ham Najron poplari; hammasi muttafiqan xabar berishadiki: "Biz avsofi Nabaviyani kitoblarimizda koʻrdik, shuning uchun iymonga keldik".
Uchinchi Hujjat: Namuna sifatida Tavrot, Injil, Zaburning Paygʻambarimiz Alayhissalotu Vassalamga oid oyatlarining bir nechta namunasini koʻrsatamiz:
Birinchisi: Zaburda shunday bir oyat bor:
"Muqiym-us Sunna" esa, ismi Ahmadiydir.
Injilning oyati:
Ya'ni: "Men ketyapman, toki sizga Faraqlit kelsin!" Ya'ni, Ahmad kelsin.
Injilning ikkinchi bir oyati:
Ya'ni: "Men Robbimdan; haqni botildan ayirgan bir paygʻambarni istaymanki, abadga qadar siz bilan birga boʻlsin." Faraqlit, اَلْفَارِقُ بَيْنَ الْحَقِّ وَ الْبَاطِلِ ma'nosida Paygʻambarning u kitoblardagi ismidir.
Tavrotning oyati:
Ya'ni: "Hazrat Ismoilning volidasi boʻlgan Hojar, avlod sohibasi boʻladi va uning avlodidan shunday odam chiqadiki, u valadning qoʻli umumdan baland boʻladi va umumning qoʻli xushu' va itoat bilan unga ochiladi".
Tavrotning ikkinchi bir oyati:
Ya'ni: "Bani Isroilning qardoshlari boʻlgan Bani Ismoildan sen kabi birini yuboraman. Men soʻzimni uning tiliga qoʻyaman, mening vahyim bilan soʻzlaydi. Uni qabul qilmaganga azob beraman".
Tavrotning uchinchi bir oyati:
Ixtor: Muhammad ismi u kitoblarda "Mushaffax" va "Al-Munhamanna" va "Himyata" kabi Suryoniy ismlar suratida "Muhammad" ma'nosidagi Ibroniy ismlari bilan kelgan. Boʻlmasa sarih Muhammad ismi oz bor edi. Sarih miqdorini ham hasud Yahudiylar tahrif etganlar.
Zaburning oyati:
Ham Abadila-i Sab'adan va kutubi sobiqada koʻp tadqiqot qilgan Abdulloh Ibn Amr Ibn-al Os va mashhur ulamo-i Yahuddan eng avval Islomga kelgan Abdulloh Ibn Salom va mashhur Ka'b-ul Axbor deyilgan Bani Isroilning allomalaridan; u zamonda hali koʻp tahrifotga uchramagan Tavrotda aynan shu keladigan oyatni e'lon qilib koʻrsatganlar. Oyatning bir parchasi shuki: Hz. Muso bilan xitobdan soʻngra keladigan paygʻambarga xitoban shunday deydi:
Tavrotning bir oyati yana:
Xullas, shu oyatda "Muhammad" lafzi, Muhammad ma'nosida Suryoniy bir ism bilan kelgan.
Tavrotning boshqa bir oyati yana:
Shu oyatda Bani Isxoqning qardoshlari boʻlgan Bani Ismoildan va Hazrat Musodan soʻngra kelgan paygʻambarga xitob qiladi.
Tavrotning boshqa bir oyati yana:
Xullas, "Muxtor"ning ma'nosi; "Mustafo"dir, ham ismi Nabaviydir. Injilda Isodan soʻngra kelgan va Injilning bir qancha oyatida "Olam Raisi" unvoni bilan xushxabar berilgan Nabiyning ta'rifiga doir: مَعَهُ قَض۪يبٌ مِنْ حَد۪يدٍ يُقَاتِلُ بِه۪ وَاُمَّتُهُ كَذٰلِكَ Xullas, shu oyat koʻrsatadiki: "Sohib-us sayf va jihodga ma'mur bir paygʻambar keladi". Qozibi Hadid, qilich deganidir. Ham ummati ham u kabi sohib-us sayf, ya'ni jihodga ma'mur boʻlishini, Sura-i Fathning oxirida
oyati Injilning shu oyati kabi, boshqa oyatlariga ishorat qilib, Muhammad Alayhissalotu Vassalam sohib-us sayf va jihodga ma'mur boʻlganini Injil bilan barobar e'lon qiladi.
Tavrotning Beshinchi Kitobining Oʻttiz Uchinchi Bobida shu oyat bor: "Haq Taolo Turi Sinodan iqbol etib bizga Soirdan tulu' etdi va Faran Togʻlarida zohir boʻldi".
Xullas, shu oyat qandayki "Turi Sinoda iqboli Haq" fikrasi bilan nubuvvati Musaviyani va Shom Togʻlaridan iborat boʻlgan "Soirdan tulu'i Haq" fikrasi bilan nubuvvati Isoviyani ixbor etadi. Shunga oʻxshab bil-ittifoq Hijoz Togʻlaridan iborat boʻlgan Faran Togʻlaridan zuhuri Haq fikrasi bilan, bizzarura risolati Ahmadiyani(S.A.V.) xabar beradi. Ham Sura-i Fathning oxirida ذٰلِكَ مَثَلُهُمْ فِى التَّوْرٰيةِ hukmini tasdiqan, Tavrotda Faran Togʻlaridan zuhur etgan paygʻambarning sahobalari haqida shu oyat bor: "Qudsiylarning bayroqlari barobaridadir va uning oʻngidadir". "Qudsiylar" nomi bilan tavsif etadi. Ya'ni: "Uning sahobalari qudsiy, solih avliyolardir".
Ash'iya Paygʻambarning kitobida, Qirq ikkinchi Bobida shu oyat bor: "Haq Subhanahu oxir zamonda oʻzining istifogarda va barguzida qulini ba's etadi va unga Ruh-ul Amin Hazrat Jabroilni yoʻllab, dini Ilohiysini unga ta'lim beradi. Va u ham Ruh-ul Aminning ta'lim tarzi bilan insonlarga ta'lim beradi va insonlar orasida haq bilan hukm qiladi. U bir nurdir, xalqni zulumotdan chiqaradi. Robbing menga qoblal vuqu' bildirgan narsani men ham sizga bildiryapman".
Bu oyat gʻoyat sarih bir suratda Oxirzamon Paygʻambari Muhammad Alayhissalotu Vassalamning avsofini bayon etyapti.
Mishail nomi bilan musammo Mixail Paygʻambarning kitobining Toʻrtinchi Bobida shu oyat bor: "Oxirzamonda bir ummati marhuma qoim boʻlib, u yerda Haqqa ibodat qilish uchun muborak togʻni ixtiyor qiladilar. U yerda har iqlimdan bir qancha xalq toʻplanib, Robbi Vohidga ibodat qiladilar. Unga shirk keltirmaydilar".
Xullas, shu oyat zohir bir suratda dunyoning eng muborak togʻi boʻlgan Jabali Arafot va u yerda har iqlimdan kelgan hojilarning takbir va ibodatlarini va ummati marhuma nomi bilan shuhratshior boʻlgan ummati Muhammadiyani ta'rif qiladi.
Zaburda Yetmish Ikkinchi Bobida shu oyat bor:
"Bahrdan bahrga molik va nahrlardan, Arzning maqta' va muntahosiga qadar molik boʻladi.. va unga Yaman va Jazoir Muluki hadyalar olib borishadi.. va podshohlar unga sajda va inqiyod etishadi.. va har vaqt unga salot va har kun oʻziga baraka bilan duo qilinadi.. va anvori Madinadan munavvir boʻladi.. va zikri abad-ul abad davom etadi.. uning ismi shamsning vujudidan avval mavjud. Uning nomi quyosh turguncha muntashir boʻladi..."
Bu oyat oʻta oshkor bir tarzda Faxri Olam Alayhissalotu Vassalamni tavsif etadi. Ajabo, Hazrat Dovud Alayhissalomdan soʻngra Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamdan boshqa qaysi nabiy kelganki; sharqdan gʻarbga qadar dinini nashr etgan va mulukni jizyaga bogʻlagan va podshohlarni oʻziga sajda qilar kabi bir inqiyod ostiga olgan va har kun navi basharning xumsining salavot va duolarini oʻziga qozongan va anvori Madinadan porlagan kim bor? Kim koʻrsatilishi mumkin?
Ham Turkcha Yuhanna Injilining Oʻn Toʻrtinchi Bob va oʻttizinchi oyati shudir: "Ortiq siz bilan koʻp soʻzlashmayman, zero bu olamning raisi kelyapti. Va menda uning nasnasi aslo yoʻqdir!" Xullas "Olamning Raisi" ta'biri, "Faxri Olam" deganidir. Faxri Olam unvoni esa, Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamning eng mashhur unvonidir.
Yana Injili Yuhanna, Oʻn Oltinchi Bob va yettinchi oyati shudir: "Ammo men sizga haqni aytyapman. Mening ketishim sizga foydalidir. Zero men ketmagunimcha, sizga tasalli beruvchi kelmaydi". Mana qarang! Raisi Olam va insonlarga haqiqiy tasalli bergan, Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamdan boshqa kim boʻladi? Ha, Faxri Olam udir va foniy insonlarni i'domi abadiydan qutqarib tasalli bergan ham u boʻladi.
Ham Injili Yuhanna, Oʻn Oltinchi Bob, sakkizinchi oyati: "U kelganda; dunyoni gunohga doir, salohga doir va hukmga doir ilzom qiladi". Dunyoning fasodini salohga aylantirgan va gunohlardan va shirkdan qutqargan va siyosat va hokimiyati dunyoni tabdil etgan Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamdan boshqa kim kelgan?
Ham Injili Yuhanna, Oʻn Oltinchi Bob, oʻn birinchi oyat: "Zero bu olamning raisining kelishining hukmi kelgan". "Olamning Raisi" {(Hoshiya) Ha, u Zot shunday bir rais va sultondirki; bir ming uch yuz ellik yilda va aksar asrlardan har bir asrda loaqal uch yuz ellik million tobelari va raiyati bor. Kamoli taslim va inqiyod bilan, avomiriga itoat qiladilar, har kun unga salom berish bilan tajdidi bay'at etadilar.} albatta Sayyid-ul Bashar boʻlgan Ahmadi Muhammad Alayhissalotu Vassalamdir.
Ham Injili Yuhanna, Oʻn Oltinchi Bob va oʻn uchinchi oyat: "Ammo u Haq ruhi kelgan payti sizni biljumla haqiqatga irshod etadi. Zero oʻzidan gapirmaydi. Biljumla eshitganini aytib, keladigan nasnalardan sizga xabar beradi". Bu oyat sarihdir. Ajabo, umum insonlarni birdan haqiqatga da'vat qilgan va har xabarini vahiydan bergan va Jabroildan eshitganini gapirgan va qiyomat va oxiratdan tafsilan xabar bergan, Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamdan boshqa kimdir va kim boʻlishi mumkin?
Ham Kutubi Anbiyoda, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning Muhammad, Ahmad, Muxtor ma'nosida Suryoniy va Ibroniy ismlari bor. Deylik, Hazrat Shuaybning suhufida ismi, Muhammad ma'nosida "Mushaffax"dir.
Ham Tavrotda yana Muhammad ma'nosida "Munhamenna", ham Nabiyy-ul Haram ma'nosida "Himyata". Zaburda "Al-Muxtor" ismi bilan musammodir. Yana Tavrotda "Al-Xotam-ul Xotam". Ham Tavrotda va Zaburda "Muqim-us Sunna". Ham Suhufi Ibrohim va Tavrotda "Mazmaz"dir. Ham Tavrotda "Axyad"dir.
Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam:
dedilar.
Ham Injilda Asmo-i Nabaviydan "Sohib-ul Kadibi val Herave", ya'ni "qilich va hassa sohibi". Ha, sohib-us sayf anbiyolar ichida eng buyugi; ummati bilan jihodga ma'mur, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdir. Yana Injilda "Sohib-ut Toj"dir. Ha, "Sohib-ut Toj" unvoni Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga maxsusdir. Toj a'moma, ya'ni salla deganidir. Eski zamonda millatlar ichida millatcha umumiyat e'tibori bilan salla va agel oʻragan, Qavmi Arabdir. Injilda "Sohib-ut Toj" qat'iy boʻlib "Rasuli Akram" (Alayhissalotu Vassalam) deganidir.
Ham Injilda "Al-Baraqlit" yoxud "Al-Faroqlit"ki, Injil tafsirlarida "Haq va botilni bir-biridan tafriq etgan haqparast" ma'nosi berilganki; soʻngra keladigan insonlarni haqqa chorlaydigan zotning ismidir.
Injilning bir yerida, Iso Alayhissalom degan: "Men ketaman; toki dunyoning raisi kelsin". Ajabo, Hazrat Iso Alayhissalomdan soʻngra dunyoning raisi boʻladigan va haq va botilni farq va tamyiz etib Hazrat Iso Alayhissalomning oʻrnida insonlarni irshod etadigan, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdan boshqa kim kelgan? Demak, Hazrat Iso Alayhissalom ummatiga doimo xushxabar beradi va aytadiki: Biri keladi, menga ehtiyoj qolmaydi. Men uning bir muqaddimasiman va xushxabarchisiman. Shu oyati karima:
{(Hoshiya1) اُمَّتُهُ الْحَمَّادُونَ Sayyohi mashhur Avliyo Chalabiy; Hazrat Sham'uni Safoning maqbarasida, ohu terisida yozilgan Injili Sharifda shu oyatni oʻqigan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam haqida nozil boʻlgan oyat: ايتون Bir oʻgʻlon, ازربيون ya'ni: Ibrohim naslidan boʻlgay, پروفتون Payqʻambar boʻlgay, لوغسلين yolqʻonchi boʻlmagay, بنت uning افزولات mavlidi Makka boʻlgay, كه كالوشير solihlik bilan kelgan boʻlgay, تونومنين uning muborak nomi مواميت (Bu "Mavomit" kalimasi "Mamad"dan va "Mamad" ham "Muhammad" dan tahrif etilgan) Ahmad Muhammad boʻlgay. اسفدوس Unga ergashganlar, تاكرديس bu jahon sohibi boʻlarlar. بيست بيث ham, ul jahon sohibi boʻlgay.}
Ha, Injilda Hazrat Iso Alayhissalom koʻp marotaba ummatiga xushxabar beradi. Insonlarning eng muhim bir raisi kelishini va u zotni ham ba'zi ismlar bilan yod etadi. U ismlar, albatta Suryoniy va Ibroniydirlar. Ahli tahqiq koʻrganlar. U ismlar, "Ahmad, Muhammad, Fariq-un Bayn-al Haqqi Val Batil" ma'nosidadirlar. Demak, Iso Alayhissalom koʻp marta Ahmad Alayhissalotu Vassalamdan bashorat beradi.
Savol: Agar desang: "Nima uchun Hazrat Iso Alayhissalom har nabiydan ziyoda xushxabar beradi? Boshqalar yolgʻiz xabar beradilar, xushxabar surati oz".
Aljavob: Chunki Ahmad Alayhissalotu Vassalam Iso Alayhissalomni Yahudiylarning mudhish takzibidan va mudhish iftirolaridan va dinini mudhish tahrifotdan qutqarish bilan barobar.. Iso Alayhissalomni tanimagan Bani Isroilning suubatli shariatiga muqobil, suhulatli va jome' va ahkom jihatidan shariati Isoviyaning nuqsonini ikmol etadigan bir shariati oliyaga sohibdir. Mana shuning uchun koʻp marta, "Olamning Raisi kelyapti!" deya xushxabar beradi.
Xullas, Tavrot, Injil, Zaburda va boshqa suhufi anbiyoda juda ahamiyat bilan oxirda keladigan bir paygʻambardan bahslar bor, koʻp oyatlar bor. Qandayki bir qism namunalarini koʻrsatdik. Ham koʻp nomlar bilan u kitoblarda mazkurdir. Ajabo, butun bu Kutubi Anbiyoda bu qadar ahamiyat bilan, mukarrar oyatlarda bahs etganlari Oxirzamon Paygʻambari Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamdan boshqa kim boʻlishi mumkin?
Ikkinchi qism irhosotdan va daloili nubuvvatdan maqsad shuki: Bi'sati Ahmadiyadan avval, zamoni fatratda kohinlar, ham u zamonning bir daraja avliyo va orifi billoh boʻlgan bir qism insonlari; Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning kelishlarini xabar berganlar va ixborlarini ham nashr etganlar, she'rlari bilan kelgusi asrlarga qoldirganlar. Ular koʻp; biz, ahli siyar va tarix naql va qabul qilgan mashhur va muntashir boʻlgan bir qismini zikr qilamiz. Azjumla: Yaman podshohlaridan Tubba' ismli bir malik, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning avsofini eski kitoblarda koʻrgan, iymon keltirgan. Shunday bir she'rini e'lon qilgan:
Ya'ni: "Men Ahmadning (S.A.V.) risolatini tasdiq qilaman. Men uning zamoniga yetishsaydim, unga vazir va amakivachcha boʻlardim." (Ya'ni, Ali kabi unga fidoiy bir xodim boʻlardim.)
Ikkinchisi: Mashhur Quss Ibn Saida-ki, qavmi Arabning eng mashhur va muhim xatibi va muvahhid bir zoti rushanzamirdir. Xullas, shu zot ham bi'sati Nabaviydan avval risolati Ahmadiyani shu she'r bilan e'lon qiladi:
Uchinchisi: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ajdodidan boʻlgan Ka'b Ibn Luayy, nubuvvati Ahmadiyani (S.A.V.) ilhom asari oʻlaroq shunday e'lon qilgan:
Ya'ni: "Kutilmaganda Muhammad-un Nabiy keladi, toʻgʻri xabarlarni beradi".
Toʻrtinchisi: Yaman podshohlaridan Sayf Ibn Ziyazan kutubi sobiqada Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning avsofini koʻrgan; iymon keltirgan, mushtoq boʻlgandi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vasslamning bobosi Abdulmuttalib Yamanga qofila-i Quraysh bilan borgan payti, Sayf Ibn Ziyazan ularni chaqirgan. Ularga:
Ya'ni: "Hijozda bir bola dunyoga keladi. Uning ikki yelkasi orasida xotam kabi bir nishon bor. Mana oʻsha bola umum insonlarga imom boʻladi!" degan. Soʻngra yashirincha Abdulmuttalibni chaqirgan, "U bolaning bobosi ham sensan" deya karomatkorona, bi'satdan avval xabar bergan.
Beshinchisi: Varaqa Ibn Navfal (Xadicha-i Kubroning amakivachchalaridan) bidoyati vahiyda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam xavotirlangan. Xadicha-i Kubro u hodisani mashhur Varaqa Ibn Navfalga aytib bergan. Varaqa: "Uni menga yubor", degan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Varaqaning yoniga borib, mabda'-i vahiydagi vaziyatni aytib berdilar. Varaqa:
Ya'ni: "Xavotirlanma, u holat vahiydir. Senga xushxabar! Intizor etilgan Nabiy sensan! Iso sen bilan xushxabar bergan", degan.
Oltinchisi: Asqolan-ul Himyariy ismli orifi billoh, bi'satdan avval Qurayshiylarni koʻrgan vaqti soʻrar edi, "Ichingizda da'vo-i nubuvvat qilgan bormi?" "Yoʻq" der edilar. Soʻngra bi'sat vaqtida yana soʻragan. "Ha" deganlar, "Biri da'vo-i nubuvvat qilyapti." Degan: "Mana, olam uni kutyapti".
Yettinchisi: Nasoro ulamo-i banomidan Ibn-al A'la bi'satdan va Paygʻambarni koʻrmasdan avval xabar bergan. Soʻngra kelgan. Hazrat Paygʻambar Alayhissalotu Vassalamni koʻrib:
Ya'ni: "Men sizning sifatlarizni Injilda koʻrdim, iymon keltirdim. Ibn Maryam Injilda sizning kelishingni xushxabar bergan".
Sakkizinchisi: Bahsi oʻtgan Habash podshohi Najoshiy:
Ya'ni: "Koshki shu saltanatga badal Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamning xizmatkori boʻlsaydim. U xizmatkorlik saltanatdan ancha yuksakdir", degan.
Hozir ilhomi Rabboniy bilan gʻoibdan xabar bergan bu oriflardan soʻngra; gʻoibdan ruh va jin vositasi bilan xabar bergan kohinlar, juda sarih bir suratda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning kelishlarini va nubuvvatlarini xabar berganlar. Ular koʻpdir; biz ulardan mashhurlarni va ma'naviy tavotur hukmiga oʻtgan va aksar tarix va siyarda naql etilgan bir qanchasini zikr qilamiz. Ularning uzun qissalarini va soʻzlarini siyar kitoblariga havola qilib, yolgʻiz ijmolan bahs etamiz.
Birinchisi: Shiqq ismli bir koʻzli, bir qoʻlli, bir oyoqli mashhur kohin. Goʻyo yarim inson... Oʻsha kohin, ma'naviy tavotur darajasida qat'iy bir suratda tarixlarga oʻtgan; risolati Ahmadiya Alayhissalotu Vassalamning xabarini mukarraran bergan.
Ikkinchisi: Mashhur Shom kohini Satih boʻlib; suyaksiz, goʻyo a'zosiz bir vujud, yuzi koʻksi ichida bir ajuba-i xilqat va koʻp ham yashagan bir kohindir. Gʻoibdan bergan toʻgʻri xabarlari oʻsha zamon insonlar ichida shuhrat topgan. Hatto Kisro (ya'ni Fors podshohi) koʻrgan ajib roʻyosini va valodati Ahmadiya (S.A.V.) zamonida saroyning oʻn toʻrt sharafasining tushishining sirrini Satihdan soʻrash uchun, Muyzan deyilgan olim elchisini yuborgan. Satih degan: "Oʻn toʻrt zot sizlarda hokimiyat suradi, soʻngra saltanatingiz mahv boʻladi. Ham birisi keladi, bir din izhor etadi. Mana oʻsha sizning din va davlatingizni yoʻqotadi!" maʻnosida Kisroga xabar yuborgan. Xullas, oʻsha Satih sarih bir suratda oxirzamon paygʻambarining kelishini xabar bergan.
Ham kohinlardan Savad Ibn Qorib-ad Davsiy va Hunafir va Af'asiya Najron va Jizl Ibn Jizl-il Kindiy va Ibn Xalasat-ad Davsiy va Fotima Binti Noʻ'moni Najjariya kabi mashhur kohinlar, siyar va tarix kitoblarida tafsilan bayon qilgan jihatlariga binoan; oxirzamon paygʻambarining kelishini, u paygʻambar ham Muhammad Alayhissalotu Vassalam ekanlarini xabar berganlar.
Ham Hazrat Usmonning aqrabosidan Sa'd Ibn Binti Kurayz kohinlik vositasi bilan, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning nubuvvatini gʻoibdan xabar olgan. Bidoyati Islomiyatda Hazrat Usmoni Zinnuraynga: "Sen bor, iymon keltir", degan. Usmon bidoyatda kelgan, iymon keltirgan. Mana u Sa'd oʻsha voqeani bunday bir she'r bilan aytadi:
Ham kohinlar kabi; "hatif" deyilgan, shaxsi koʻrinmagan va ovozi eshitilgan jinlar, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning kelishlarini mukarraran xabar berganlar. Azjumla:
Zayyob Ibn-ul Harisga hatifi jinniy shunday baqirgan, uning va boshqasining musulmon boʻlishiga sabab boʻlgan:
Yana bir hatifi jinniy Samia Ibn Qarrot-il Gʻotofaniyga bunday baqirgan, ba'zilarini iymonga keltirgan:
Bu hatiflarning bashoratlari va xabar berishlari juda mashhur va koʻpdir.
Ham kohinlar, hatiflar xabar bergan ekanlar; shunga oʻxshab sanamlar ham va sanamlarga kesilgan qurbonlar ham Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning risolatini xabar berganlar. Azjumla: Qissa-i mashhuradandirki: Mozan Qabilasining sanami baqirib degan:
deb risolati Ahmadiyani (S.A.V.) xabar bergan. Ham Abbos Ibn Mirdasning Islom diniga kirishining sababi boʻlgan mashhur voqea shuki: Dimor nomli bir sanami bor ekan, u sanam bir kun shunday bir ovoz bergan:
Ya'ni: "Muhammad kelmasdan avval menga ibodat qilinardi, endi Muhammadning bayoni kelgan; ortiq u zalolat boʻlolmaydi".
Hazrat Umar Islomiyatdan avval sanamga kesilgan bir qurbondan bunday eshitgan:
Xullas, bu namunalar kabi koʻp voqealar bor, mavsuq kitoblar qabul qilib naql etishgan.
Qandayki kohinlar, orifi billohlar, hatiflar, hatto sanamlar va qurbonlar, risolati Ahmadiyani (S.A.V.) xabar bergan ekanlar; har bir hodisa ham bir qism insonlarning iymoniga sabab boʻlgan. Shunga oʻxshab, ba'zi toshlar ustida va qabrlarda va qabrlarning mozor toshlarida xatti qadim bilan مُحَمَّدٌ مُصْلِحٌ اَم۪ينٌkabi iboralar boʻlgan; ular bilan bir qism insonlar iymonga kelganlar. Ha, xatti qadim bilan ba'zi toshlarda boʻlgan مُحَمَّدٌ مُصْلِحٌ اَم۪ينٌ Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdan iborat. Chunki undan avval, zamoniga juda yaqin yolgʻiz yettita Muhammad ismi bor, boshqa yoʻq. U yettita odamning hech bir jihat bilan "Muslihi Amin" ta'biriga layoqatlari yoʻq.
Uchinchi qism irhosotdan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning valodati hangomida vujudga kelgan horiqolar va hodisalardir. U hodisalar, u kishining valodati bilan aloqador bir suratda vujudga kelgan.
Ham bi'satdan avval ba'zi hodisalar borki, toʻgʻridan-toʻgʻri bittadan moʻ'jizalaridir. Bular koʻp. Namuna oʻlaroq, mashhur boʻlgan va aimma-i hadis qabul qilgan va toʻgʻriliklari tahaqquq etgan bir nechta namunani zikr qilamiz:
Birinchisi: Valodati Nabaviy kechasida ham onalari, ham onalarining yonida boʻlgan Usmon Ibn-al Osning onasi, ham Abdurrahmon Ibn Avfning onasi koʻrgan azim bir nur boʻlib; uchovlari ham deganlar: "Valodati onida biz shunday bir nur koʻrdikki; u nur mashriq va magʻribni bizga oydinlattirdi".
Ikkinchisi: Oʻsha kecha Ka'badagi sanamlarning koʻpi yiqilib tushgan.
Uchinchisi: Mashhur Kisroning ayvoni (ya'ni saroyi mashhurasi) oʻsha kecha qimirlab inshiqoq etishi va oʻn toʻrt sharafasining tushishidir.
Toʻrtinchisi: Savaning taqdis etilgan kichik dengizining oʻsha kecha yerga botishi va Istaxr-Obodda ming yillik doimo ish'ol etilgan, yongan va soʻnmagan, Majusiylarning ma'bud deb ittihoz etgan otashning, valodat kechasi soʻnishi. Xullas, shu uch-toʻrt hodisa ishoratdirki: U yangi dunyoga kelgan zot; otashparastlikni yoʻqotadilar, Fors saltanatining saroyini parchalaydilar, izni Ilohiy bilan boʻlmagan narsalarning taqdisini man etadilar.
Beshinchisi: Garchi valodat kechasi emas, valodatga juda yaqin qolganda, u hodisalar ham irhosoti Ahmadiya boʻlib (S.A.V.), Sura-i اَلَمْ تَرَ كَيْفَ da nassi qat'iy bilan bayon qilingan "Voqea-i Fil"ki; Ka'bani taxrib etish uchun, Abraha ismli Habash Maliki kelib, Fili Mahmudiy nomli ulkan bir filni oldga surib kelgan. Makkaga yaqin boʻlgan vaqt fil yurmagan. Chora topolmasdan qaytganlar. Abobil qushlari ularni magʻlub etgan va parishon etgan, qochganlar. Bu qissa-i ajiba tarix kitoblarida tafsilan mashhurdir. Xullas, shu hodisa Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning daloili nubuvvatidandir. Chunki valodatga juda yaqin bir zamonda, qiblasi va mavlidi va sevgili vatani boʻlgan Ka'ba-i Mukarrama, gʻaybiy va horiqo bir suratda Abrahaning taxribidan qutulgan.
Oltinchisi: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam kichikliklarida Halima-i Sa'diyaning yonida ekan, Halima va zavjining shahodatlari bilan; quyoshdan iztirob chekmasliklari uchun, koʻp marta ustlarida bir bulut parchasining u kishiga soya qilganini koʻrganlar va odamlarga aytganlar va u voqea toʻgʻrilik bilan shuhrat topgan.
Ham Shom tarafida oʻn ikki yoshda ekan ketgan vaqti, Buhayro-i Rohibning shahodati bilan, bir parcha bulut Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning boshlariga soya qilganini koʻrgan va koʻrsatgan.
Ham yana bi'satdan avval Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, bir marta Xadicha-i Kubroning Maysara ismli xizmatkori bilan tijoratdan kelgan payti, Xadicha-i Kubro Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning boshlarida ikki malakning bulut tarzida soya qilganlarini koʻrgan. Oʻz xizmatkori boʻlgan Maysaraga aytgan. Maysara ham Xadicha-i Kubroga: "Butun safarimizda men shunday koʻrayotgan edim", degan.
Yettinchisi: Naqli sahih bilan sobitdirki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, bi'satdan avval bir daraxtning ostida oʻtirdilar; u yer quruq edi, birdan yashillandi. Daraxtning shoxlari u kishining boshi ustiga egilib soya qilgan.
Sakkizinchisi: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam kichik ekan, Abu Tolibning uyida qolardilar. Abu Tolib, bola-chaqasi bilan u kishi bilan barobar yesalar, qorinlari toʻyardi. Qachon u zot ovqatda boʻlmasalar, toʻymasdilar. Shu hodisa ham mashhurdir, ham qat'iydir.
Ham Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning kichikliklarida u kishiga qaragan va xizmat qilgan Ummu Ayman: "Hech bir vaqt Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam ochlik va suvsizlikdan shikoyat qilmadilar, na kichikligida va na kattaligida", degan.
Toʻqqizinchisi: Murdi'asi boʻlgan Halima-i Sa'diyaning molida va echkilarining sutida, qabilasining xilofiga boʻlib koʻp barakasi va ziyoda boʻlishidir. Bu voqea ham mashhurdir, ham qat'iydir.
Ham chivin u kishini ta'jiz etmasdi, u kishining jasadi muboragiga va liboslariga qoʻnmasdi. Qandayki nasllaridan boʻlgan Sayyid Abdulqodir Jiyloniy (Q.S.) ham, jaddidan u holni irsiyat olgan edi; chivin unga ham qoʻnmasdi.
Oʻninchisi: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam dunyoga kelgandan soʻng, boxusus valodat kechalarida, yulduzlar tushishining koʻpayishidirki; shu hodisani Oʻn Beshinchi Soʻzda qat'iyan burhonlari bilan isbot qilganimizga binoan; shu yulduzlarning sukuti; shayotiyn va jinlarning gʻaybiy xabarlardan kesilishiga alomat va ishoratdir. Modomiki Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam vahiy bilan dunyoga chiqqan ekanlar; albatta chala-chulpa va yolgʻonlar bilan qorishiq, kohinlarning va gʻoibdan xabar berganlarning va jinlarning ixborotiga toʻsiq qoʻyish lozimki, vahiyga bir shubha iyros etmasinlar va vahiyga oʻxshamasin. Ha, bi'satdan avval kohinlik koʻp edi. Qur'on nozil boʻlgandan soʻng ularga nuqta qoʻydi. Hatto koʻp kohinlar iymonga keldilar. Chunki ortiq jinlar toifasidan boʻlgan muxbirlarini topolmadilar. Demak, Qur'on nuqta qoʻygandi. Xullas, eski zamon kohinlari kabi, hozir ham madyumlar suratida yana bir navi kohinlik Ovrupada ispirtizmachilarning ichlarida paydo boʻldi. Nima boʻlganda ham...
Alhosil: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning nubuvvatlaridan avval nubuvvatlarini tasdiq ettirgan va etgan juda koʻp voqealar, juda koʻp zotlar zohir boʻlgan. Ha, dunyoga ma'nan rais boʻladigan
{(Hoshiya) Ha, Sultoni LAVLAKA LAVLAK shunday bir raiski: Bir ming uch yuz ellik yildir saltanati davom etyapti. Birinchi asrdan soʻngra har bir asrda loaqal uch yuz ellik million taba'asi va raiyati bor. Kura-i Arzning yarmini bayrogʻi ostiga olgan va taba'asi, kamoli taslimiyat bilan u kishiga har kun salotu-salom bilan bay'at etib amrlariga itoat qiladi.}
va dunyoning ma'naviy shaklini oʻzgartiradigan va dunyoni oxiratga mazraa qiladigan va dunyoning maxluqotining qiymatlarini e'lon qiladigan va jin va insga saodati abadiyaga yoʻl koʻrsatadigan va foniy jin va insni i'domi abadiydan qutqaradigan va dunyoning hikmati xilqatini va tilsimi mugʻloqini va muammosini ochadigan va Xoliqi Koinotning maqosidini biladigan va bildiradigan va u Xoliqni tanib umumga tanittiradigan bir zot; albatta u hali kelmasdan hamma narsa, har nav, har toifa uning kelishini sevadi va kutadi va husni istiqbol etadi va olqishlaydi va Xoliqi tarafidan bildirilsa, u ham bildiradi. Qandayki sobiq ishoratlarda va misollarda koʻrdikki; har bir navi maxluqot, u kishini husni istiqbol etadiganday moʻ'jizotini koʻrsatadilar, moʻ'jiza lisoni bilan nubuvvatlarini tasdiq qiladilar.
OʻN YETTINCHI ISHORAT: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning Qur'ondan keyin eng buyuk moʻ'jizalari, oʻz zotlaridir. Ya'ni, u kishida ijtimo' etgan axloqi oliya boʻlib, har bir xislatda eng yuksak tabaqada boʻlganlariga doʻst va dushman ittifoq etadi. Hatto shijoat qahramoni Hazrat Ali mukarraran der edi: "Harb dahshatlangan vaqt, biz Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning orqalariga qochib tahassun etardik". Va hokazo... Butun axloqi hamidada eng yuksak va yetishilmaydigan darajaga molik edilar. Shu moʻ'jiza-i akbarni Alloma-i Magʻrib Qozi Iyozning Shifo-i Sharifiga havola qilamiz. Darhaqiqat, u zot u moʻ'jiza-i axloqi hamidani juda goʻzal bayon etib, isbot etgan. Ham juda buyuk va doʻst va dushman bilan musaddaq bir moʻ'jiza-i Ahmadiya (S.A.V.) shariati kubrosi boʻlib, na misli kelgan va na keladi. Shu moʻ'jiza-i a'zamning bir daraja bayonini, butun yozgan oʻttiz uch Soʻz va oʻttiz uch Maktubga va oʻttiz bir Lam'alarimizga va oʻn uch Shuaga havola qilamiz.
Ham Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning mutavotir va qat'iy bir moʻ'jiza-i kubrosi, shaqqi Qamardir. Ha, shu inshiqoqi Qamar; koʻp tariqlar bilan mutavotir suratda, Ibn Mas'ud, Ibn Abbos, Ibn Umar, Imom Ali, Anas, Huzayfa kabi juda koʻp a'ozimi sahobadan mutaaddid tariqlar bilan xabar berilish bilan birga, nassi Qur'on bilan اِقْتَرَبَتِ السَّاعَةُ وَ انْشَقَّ الْقَمَرُ oyati u moʻ'jiza-i kubroni olamga e'lon qilgan. Oʻsha vaqtning qaysar Quraysh mushriklari shu oyat bergan xabarga qarshi inkor bilan muqobala etmagan, balki yolgʻiz "sehrdir" deyishgan. Demak, kofirlarning fikricha ham Qamarning inshiqoqi qat'iydir. Shu moʻ'jiza-i kubroni shaqqi Qamarga doir yozganimiz Oʻttiz Birinchi Soʻzga zayl boʻlgan Shaqqi Qamar Risolasiga havola qilamiz.
Ham Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, qandayki Arz aholisiga inshiqoqi Qamar moʻ'jizasini koʻrsatganlar; shunga oʻxshab Samovot aholisiga Me'roj moʻ'jiza-i akbarini koʻrsatganlar. Me'roj deyilgan shu moʻ'jiza-i a'zamni Oʻttiz Birinchi Soʻz boʻlgan Me'roj Risolasiga havola qilamiz. Chunki u risola, bu moʻ'jiza-i kubroni naqadar nuroniy va oliy va toʻgʻri ekanini qat'iy burhonlar bilan, hatto mulhidlarga ham qarshi isbot qilgan. Yolgʻiz moʻ'jiza-i Me'rojning muqaddimasi boʻlgan Bayt-ul Maqdis sayohati va ertalab Quraysh qavmi u kishidan Bayt-ul Maqdisning ta'rifotini soʻraganlarida hosil boʻlgan bir moʻ'jizani bahs etamiz. Shundayki:
Me'roj kechasining tongida Me'rojini Qurayshga xabar berdilar. Quraysh takzib etdi. "Agar Bayt-ul Maqdisga borgan boʻlsang, Bayt-ul Maqdisning eshiklarini va devorlarini va ahvolini bizga ta'rif et!", dedilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam:
Ya'ni: "Ularning takziblaridan va savollaridan juda ham siqildim. Hatto unday bir siqilish hech tortmagandim. Birdan Janobi Haq Bayt-ul Maqdisni menga koʻrsatdi; men ham Bayt-ul Maqdisga qarab bir-bir hamma narsani ta'rif etdim", deganlar. Oʻsha payt Quraysh koʻrdiki, Bayt-ul Maqdisni toʻgʻri va aynan xabar beryapti.
Ham Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Qurayshga: "Yoʻlda ketayotganimda, sizning bir qofilangizni koʻrdim, qofilangiz ertaga falon vaqtda keladi", dedilar. Soʻngra oʻsha payt qofilaga muntazir boʻlishdi. Qofila bir soat kechikdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ixbori toʻgʻri chiqishi uchun, ahli tahqiqning tasdigʻi bilan, Quyosh bir soat tavaqquf etgan. Ya'ni Arz u kishining soʻzlarini toʻgʻri chiqarish uchun vazifasini, sayohatini bir soat ta'til etgan va u ta'tilni Quyoshning sukunati bilan koʻrsatgan. Demak, Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamning birgina soʻzlarining tasdigʻi uchun ulkan Arz vazifasini tark etadi, ulkan Quyosh shohid boʻladi. Bunday bir zotni tasdiq etmagan va amrlariga quloq solmagan qay daraja badbaxt boʻlganini va u kishini tasdiq etib amrlariga سَمِعْنَا وَ اَطَعْنَا deganlarning naqadar baxtiyor boʻlganlarini angla, "Alhamdulillahi a'lal iyman val Islam" de.
OʻN SAKKIZINCHI ISHORAT: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning eng buyuk va abadiy va yuzlab daloili nubuvvatni jome' va qirq vajh bilan i'jozi isbot etilgan bir moʻ'jizalari ham, Qur'oni Hakimdir. Xullas, shu moʻ'jiza-i akbarning bayoniga doir Yigirma Beshinchi Soʻz taqriban bir yuz ellik sahifada, qirq vajhi i'jozini ijmolan bayon va isbot etgan. Shunday ekan, shu mahzani moʻ'jizot boʻlgan moʻ'jiza-i a'zamni u Soʻzga havola qilib, yolgʻiz ikki-uch nuktani bayon qilamiz:
BIRINCHI NUKTA: Agar: "I'jozi Qur'on balogʻatdadir. Holbuki umum tabaqotning haqlari borki, i'jozida hissalari boʻlsin. Holbuki balogʻatdagi i'jozni mingdan faqat bir muhaqqiq olim tushuna oladi?", deyilsa.
Aljavob: Qur'oni Hakimning har tabaqaga qarshi bir navi i'jozi bor. Va bir tarzda i'jozining vujudini ihsos etadi. Masalan: Ahli balogʻat va fasohat tabaqasiga qarshi, horiquloda balogʻatdagi i'jozini koʻrsatadi. Va ahli she'r va xitobat tabaqasiga qarshi; gʻarib, goʻzal, yuksak uslubi badi'ning i'jozini koʻrsatadi. U uslub hammaga yoqqani holda, hech kim taqlid etolmaydi. Mururi zamon u uslubni keksaytirmaydi, doimo yosh va yangidir. Bunday muntazam bir nasr va mansur bir nazm; ham oliy, ham shirindir. Ham kohinlar va gʻoibdan xabar berganlar tabaqasiga qarshi horiquloda ixboroti gʻaybiyadagi i'jozini koʻrsatadi. Va ahli tarix va hodisoti olam ulamosi tabaqasiga qarshi, Qur'ondagi ixborot va hodisoti umami salifa va ahvol va voqi'oti istiqboliya va barzohiya va uxroviyadagi i'jozini koʻrsatadi. Va ijtimoiyoti bashariya ulamosi va ahli siyosat tabaqasiga qarshi, Qur'onning dasotiri qudsiyasidagi i'jozini koʻrsatadi. Ha, u Qur'ondan chiqqan shariati kubro u sirri i'jozni koʻrsatadi. Ham ma'orifi Ilohiya va haqoiqi kavniyada tavagʻgʻul etgan tabaqaga qarshi, Qur'ondagi haqoiqi qudsiya-i Ilohiyadagi i'jozni koʻrsatadi yoki i'jozning vujudini ihsos etadi. Va ahli tariqat va valoyatga qarshi Qur'on bir dengiz kabi doimo tamavvujda boʻlgan oyotining asroridagi i'jozini koʻrsatadi va hokazo... Qirq tabaqadan har tabaqaga qarshi bir deraza ochadi, i'jozini koʻrsatadi. Hatto yolgʻiz qulogʻi boʻlgan va bir daraja ma'no fahm etgan avom tabaqasiga qarshi, Qur'onning oʻqilishi bilan boshqa kitoblarga oʻxshamaganini quloq sohibi tasdiq etadi. Va u omi: "Yo bu Qur'on butun tinglaganimiz kitoblarning pastidadir. Bu esa, hech bir dushman ham deyolmaydi va ham yuz daraja maholdir. Unday boʻlsa, butun eshitilgan kitoblardan ustundir. Shunday ekan, moʻ'jizadir", deydi. Xullas, bu quloqli omi fahm etgan i'jozni unga yordam uchun bir daraja izoh qilamiz. Shundayki:
Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon maydonga chiqqan vaqti butun olamni maydonga chaqirdi va insonlarda ikki shiddatli his uygʻotdi:
Birisi: Doʻstlarida hissi taqlidni; ya'ni sevgili Qur'onning uslubiga qarshi oʻxshashlik orzusi va u kabi gapirish hissi...
Ikkinchisi: Dushmanlarda bir hissi tanqid va muoraza; ya'ni Qur'on uslubiga muqobala etish bilan da'vo-i i'jozni sindirish hissi...
Xullas, bu ikki hissi shadid bilan millionlab Arabcha kitoblar yozilganlar, maydondadir. Endi butun bu kitoblarning eng baligʻlari, eng fasihlari Qur'on bilan barobar oʻqilgan vaqt, har kim tinglasa, qat'iyan deydiki; Qur'on bularning hech birisiga oʻxshamaydi. Demak, Qur'on umum bu kitoblarning darajasida emas. Shunday ekan har holda, yo Qur'on umumining ostida boʻladi; u esa yuz daraja mahol boʻlish bilan birga, hech kim, hatto shayton boʻlsa ham, aytolmaydi.
{(Hoshiya) Yigirma Oltinchi Maktubning ahamiyatli Birinchi Mabhasi shu jumlaning hoshiyasi va izohidir.}
Shunday ekan, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon yozilgan umum kitoblardan ustundir. Hatto ma'noni ham fahm etmagan johil omi tabaqaga qarshi ham Qur'oni Hakim, zeriktirmaslik surati bilan i'jozini koʻrsatadi. Ha, u omi, johil odam deydiki: "Eng goʻzal, eng mashhur bir baytni ikki-uch marta eshitsam, menga zerikish beradi. Qur'on esa hech zeriktirmaydi, tinglash menga tobora yoqadi. Shunday ekan, bu inson soʻzi emasdir".
Ham hifzga harakat qilgan bolalarning tabaqasiga qarshi, Qur'oni Hakim nozik, zaif, sodda va bir sahifa kitobni hifzida tutolmagan u bolalarning kichik boshlarida katta Qur'on va koʻp yerlarida iltibos va mushavvashiyatga sababiyat bergan bir-biriga oʻxshagan oyatlarning va jumlalarning tashobuhi bilan barobar; kamoli suhulat bilan, osonlik bilan u bolalarning hofizalarida joylashishi suratida, i'jozini ularga ham koʻrsatadi.
Hatto oz soʻzdan va shovqindan mutaassir boʻlgan xastalarga va sakarotda boʻlganlarga Qur'onning zamzamasi va sadosi; zamzam suvi kabi ularga xush va shirin kelish jihati bilan, bir navi i'jozini ularga ham ihsos etadi.
Alhosil: Qirq muxtalif tabaqotga va boshqa-boshqa insonlarga, qirq vajh bilan Qur'oni Hakim i'jozini koʻrsatadi yoki i'jozning vujudini ihsos etadi. Hech kimni mahrum qoldirmaydi. Hatto yolgʻiz koʻzi boʻlgan
{(Hoshiya1) Yolgʻiz koʻzi boʻlgan; quloqsiz, qalbsiz tabaqasiga qarshi vajhi i'jozi bu yerda gʻoyat mujmal va muxtasar va noqis qolgan. Faqat bu vajhi i'jozni Yigirma Toʻqqizinchi va Oʻttizinchi Maktublarda (Oʻttizinchi Maktub juda porloq tasavvur va niyat qilingan edi; faqat oʻrnini boshqasiga, Ishorot-ul I'jozga berdi. Oʻzi maydonga chiqmadi.) gʻoyat porloq va nuroniy va zohir va bahir koʻrsatilgan, hatto koʻrlar ham koʻra oladi. U vajhi i'jozni koʻrsatadigan bir Qur'on yozdirdik. Inshaalloh chop etiladi, harkas ham u goʻzal vajhni koʻradi.}
quloqsiz, qalbsiz, ilmsiz tabaqasiga qarshi ham Qur'onning bir navi alomati i'jozi bor:
Hofiz Usmon xati bilan va bosmasi bilan boʻlgan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning yozilgan kalimalari bir-biriga qaraydi. Masalan: Sura-i Kahfda وَثَامِنُهُمْ كَلْبُهُمْ kalimasi ostida yaproqlar teshilsa; Sura-i Fotirdagi قِطْم۪يرٍ kalimasi, oz bir inhirof bilan koʻrinadi va u kalbning ismi ham tushuniladi. Va Sura-i Yosinda ikki marta مُحْضَرُونَ bir-biri ustiga; Vassafotdagi مُحْضَر۪ينَ va مُحْضَرُونَ ham bir-biriga, ham ularga qaraydi; biri teshilsa, boshqalari oz bir inhirof bilan koʻrinadi. Masalan: Sura-i Sabaning oxirida, Sura-i Fotirning avvalidagi ikki مَثْنٰى bir-biriga qaraydi. Butun Qur'onda yolgʻiz uch مَثْنٰى dan ikkisi bir-biriga qarashlari tasodifiy boʻlolmaydi. Va bularning oʻxshashi juda koʻp. Hatto bir kalima, besh-olti yerda yaproqlar orqasida, oz bir inhirof bilan bir-biriga qaraydilar. Va Qur'onning bir-biriga qaragan ikki sahifasida, men bir-biriga qaragan jumlalari qizil qalam bilan yozilgan Qur'onni koʻrdim. "Shu vaziyat ham bir navi moʻ'jizaning alomatidir", u vaqt dedim. Keyinchalik qaradimki: Qur'onning mutaaddid yaproqlar orqasida bir-biriga qaraydigan koʻp jumlalari borki, ma'nodor bir suratda bir-biriga qaraydi. Xullas, tartibi Qur'on irshodi Nabaviy bilan, muntashir va matbu' Qur'onlar ham ilhomi Ilohiy bilan boʻlganidan; Qur'oni Hakimning naqshida va u xatida bir navi alomati i'joz ishorati bor. Chunki u vaziyat na tasodifning ishi va na fikri basharning tafakkuridir. Faqat ba'zi inhirof borki, u ham nashrning nuqsoni boʻlib toʻliq muntazam boʻlsaydi, kalimalar toʻliq bir-biri ustiga tushar edi.
Ham Qur'onning Madinada nozil boʻlgan mutavassit va uzun suralarining har bir sahifasida "Lafzulloh" juda badi' bir tarzda takror qilingan. Koʻpincha yo besh, yo olti, yo yetti, yo sakkiz, yo toʻqqiz, yo oʻn bir adad takror bilan barobar bir yaproqning ikki yuzida va qarshi-qarshiga kelgan sahifada goʻzal va ma'nodor bir munosabati adadiya koʻrsatadi.
{(Hoshiya1) Ham ahli zikr va munojotga qarshi, Qur'onning ziynatli va qofiyali lafzi va fasohatli, san'atli uslubi va nazarni oʻziga oʻgiradigan balogʻatning mazoyasi koʻp boʻlish bilan barobar; ulviy jiddiyatni va Ilohiy huzurni va jam'iyati xotirni beradi, ixlol etmaydi. Holbuki u tur mazoya-i fasohat va san'ati lafziya va nazm va qofiya; jiddiyatni ixlol etadi, zarofatni ishmom etadi, huzurni buzadi, nazarni tarqatadi. Hatto munojotning eng latifi va eng jiddiysi va eng ulviy nazmli va Misrning qahtu gʻolasining sababi raf'i boʻlgan Imom Shofe'iyning mashhur bir munojotini koʻp marta oʻqir edim; koʻrdimki: Nazmli, qofiyali boʻlgani uchun munojotning ulviy jiddiyatini ixlol etadi. Sakkiz-toʻqqiz yildab beri vird qilganman. Haqiqiy jiddiyatni undagi qofiya va nazm bilan birlashtirolmadim. Undan angladimki: Qur'onning xos, fitriy, mumtoz boʻlgan qofiyalarida nazm va mazoyasida bir navi i'jozi borki; haqiqiy jiddiyatni va toʻliq huzurni muhofaza qiladi, ixlol etmaydi. Xullas, ahli munojot va zikr bu navi i'jozni aqlan fahm etmasa ham, qalban his etadi.
(Hoshiya2) Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning ma'naviy bir sirri i'jozi shudirki: Qur'on ismi a'zamga mazhar boʻlgan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning juda buyuk va juda porloq daraja-i iymonlarini ifoda etadi.
Ham muqaddas bir xarita kabi olami oxiratning va olami rububiyatning yuksak haqiqatlarini bayon etgan, gʻoyat buyuk va keng va oliy haq dinning martaba-i ulviyasini fitriy bir tarzda ifoda qiladi, dars beradi.
Ham Xoliqi Koinotning umum mavjudotning Robbi jihatidan, hadsiz izzat va hashmati bilan xitobini ifoda qiladi. Albatta bu suratdagi ifoda-i Furqonga va bu tarzdagi bayoni Qur'onga qarshi,
sirri bilan butun uquli bashariya ittihod etsa, bitta aql boʻlsa ham qarshisiga chiqolmaydi, muoraza etolmaydi. اَيْنَ الثَّرَا مِنَ الثُّرَيَّا Chunki shu uch asos nuqtai nazarida, qat'iyan qobili taqlid emas va tanzir etilmaydi!..
(Hoshiya3) Qur'oni Hakimning umum sahifalari oxirida oyat tugaydi. Goʻzal bir qofiya bilan oxiri xitom topadi. Buning sirri shuki: Eng katta oyat boʻlgan Mudoyana oyati sahifalar uchun, Sura-i Ixlos va Kavsar satrlar uchun bir vohidi qiyosiy qabul qilinganidan, Qur'oni Hakimning bu goʻzal maziyati va i'joz alomati koʻriladi.
(Hoshoya4) Bu maqomning bu mabhasida qʻoyat ahamiyatli va hashmatli va buyuk va Risola-i Nurning muvaffaqiyati nuqtasida gʻoyat ziynatli va sevimli va mushavviq karomatning, juda oz va juz'iy vaziyat va qisqacha namunalariga va kichkina alomatlariga, shoshma-shosharlik balosi bilan iktifo etilgan. Holbuki, u buyuk haqiqat va u sevimli karomat esa, tavofuq nomi bilan besh-olti navlari bilan Risola-i Nurning bir silsila-i karomatini va Qur'onning koʻzga koʻringan bir navi i'jozining lamaatini va rumuzoti gʻaybiyaning bir manba-i ishorotini tashkil etadi. Keyinchalik, Qur'onda "Lafzulloh"ning tavofuqidan chiqqan bir lam'a-i i'jozni koʻrsatgan zarhal bilan bir Qur'on yozdirildi. Ham Rumuzoti Samoniya nomli sakkiz kichik risolalar, hurufoti Qur'oniyaning tavofuqidan chiqqan munosabati latifa va ishoroti gʻaybiyalarining bayonida ta'lif etildi. Ham Risola-i Nurni tavofuq sirri bilan tasdiq va taqdir va tahsin etgan Karomati Gʻavsiya va uch Karomati Alaviya va Ishoroti Qur'oniya nomli besh adad risolalar yozildi. Demak, Moʻ'jizoti Ahmadiyaning ta'lifida u buyuk haqiqat ijmolan his etilgan; lekin ma'ataassuf muallif yolgʻiz bir tirnogʻini koʻrib koʻrsatgan, ortiq orqasiga qaramasdan yugurib ketgan.}
IKKINCHI NUKTA: Hazrat Muso Alayhissalom zamonida sehr rivojlanganidan, muhim moʻ'jizoti unga oʻxshash bir tarzda kelgani; va Hazrat Iso Alayhissalomning zamonida ilmi tib rivojda boʻlganidan, moʻ'jizotining aksari oʻsha turdan kelgani kabi, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ham zamonida Jazirat-ul Arabda eng koʻp toʻrt narsa rivojlangan edi:
Birinchisi: Balogʻat va fasohat.
Ikkinchisi: She'r va xitobat.
Uchinchisi: Kohinlik va gʻoibdan xabar berish.
Toʻrtinchisi: Hodisoti moziyani va voqeoti kavniyani bilish.
Demak, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon kelgan payti, bu toʻrt navi ma'lumot sohiblarini maydonga chaqirdi:
Boshda ahli balogʻatni birdan tiz choʻktirdi. Ular hayrat bilan Qur'onni tingladilar.
Ikkinchisi ahli she'r va xitobat, ya'ni muntazam nutq oʻqigan va goʻzal she'r aytganlarga shunday bir hayrat berdiki, barmoqlarini tishlattirdi. Oltin bilan yozilgan eng goʻzal she'rlarini va Ka'ba devorlariga madori iftixor uchun osilgan mashhur "Muallaqoti Sab'a"larini tushirtirdi, qiymatini qoldirmadi.
Ham gʻoibdan xabar bergan kohinlarni va sahirlarni jim qildi. Gʻaybiy xabarlarini ularga unuttirdi. Jinniylarini tard ettirdi. Kohinlikka nuqta qoʻydirdi.
Ham ummati salifaning vaqoyeiga va hodisoti olamning ahvoliga voqif boʻlganlarni xurofotdan va yolgʻondan qutqarib, haqiqiy hodisoti moziyani va nurli vaqoye-i olamni ularga dars berdi.
Xullas, bu toʻrt tabaqa Qur'onga qarshi kamoli hayrat va hurmat bilan uning qarshisiga tiz choʻkib shogird boʻldilar. Hech biri hech vaqt birgina sura bilan muorazaga kirisholmadi.
Agar deyilsa: Hech kim muoraza etolmagani va muoraza mumkin emasligini qanday bilamiz?
Aljavob: Agar muoraza mumkin boʻlsaydi, har holda tashabbus etilardi. Chunki muorazaga ehtiyoj shadid edi. Zero dinlari, mollari, jonlari, oilalari tahlikaga tushgan. Muoraza etilsaydi, qutular edilar. Agar muoraza mumkin boʻlsaydi, har holda muoraza etardilar. Agar muoraza etilsaydi, muoraza tarafdorlari kofirlar, munofiqlar koʻp, ham juda koʻp boʻlganidan muorazaga tarafdor chiqib, iltizom etib, hammaga nashr etar edilar. -Islomiyatga qarshi hamma narsani nashr etganlaridek.- Agar nashr etsaydilar va muoraza boʻlsaydi; har holda tarixlarga, kitoblarga dabdabali suratda kirar edi. Mana maydonda butun tarixlar, kitoblar; hech birida Musaylima-i Kazzobning bir qancha fikrasidan boshqa hech nima yoʻq. Holbuki Qur'on Hakim yigirma uch yil mutamodiyan jahllarni chiqaradigan va oʻjarlikni qoʻzgʻatadigan tarzda maydonga chaqirdi. Va aytardiki:
"Qur'onning, Muhammad-ul Amin kabi bir ummiydan nazirini qiling va koʻrsating. Mayli, buni qilolmayapsiz. U zot ummiy boʻlmasin, gʻoyat olim va kotib boʻlsin. Mayli, buni ham keltirolmayapsiz; bitta zot boʻlmasin, butun olimlaringiz, baligʻlaringiz toʻplansin, bir-biriga yordam bersin.. hatto ishongan olihalaringiz sizga yordam bersin. Mayli, bular bilan ham qilolmaysiz; avval yozilgan baligʻ asarlardan ham istifoda etib, hatto kelajakdagilarni ham yordamga chaqirib, Qur'onning nazirini koʻrsatinglar, qilinglar. Mayli, buni ham qilolmayapsiz; Qur'onning majmuiga boʻlmasin-u, yolgʻiz oʻn surasining nazirini keltiringlar. Mayli, oʻn surasiga muqobil haqiqiy toʻgʻri bir nazira keltirolmayapsiz; mayli, hikoyalardan, aslsiz qissalardan birlashtiring. Yolgʻiz nazmiga va balogʻatiga nazira boʻlsin, keltiringlar. Mayli, buni ham qilolmayapsiz; birgina surasining oʻxshashini keltiringlar. Mayli, sura uzun boʻlmasin, qisqa bir sura boʻlsin, nazirini keltiringlar. Boʻlmasa din, jon, mol, bola-chaqalaringiz; dunyoda ham, oxiratda ham tahlikaga tushadi!"
Xullas, sakkiz tabaqada, ilzom suratida, Qur'oni Hakim yigirma uch yilda emas, balki bir ming uch yuz yil butun ins va jinga qarshi maydonga chaqirgan va chaqiryapti. Holbuki avvalgi zamonda kofirlar jon, mol va bola-chaqasini tahlikaga solib eng dahshatli yoʻl boʻlgan harb yoʻlini ixtiyor etib, eng oson va eng qisqa boʻlgan muoraza yoʻlini tark etdilar. Demak, muoraza yoʻli mumkin emas edi.
Xullas, hech bir oqil, xususan u zamonda Jazirat-ul Arabdagi odamlar, xususan Qurayshiylar kabi zakovatli odamlar; birgina adiblari, Qur'onning birgina surasiga nazira qilib Qur'onning hujumidan qutulishini ta'min etib, qisqa va oson yoʻlni tark etib jon, mol, bola-chqalarini tahlikaga solib eng mushkulotli yoʻlga suluk etadimi?
Alhosil: Mashhur Johizning aytgani kabi: "Muoraza-i bilhuruf mumkin boʻlmadi, muhoraba-i bissuyufga majbur boʻldilar..."
Agar: Ba'zi muhaqqiq ulamo aytganlarki: "Qur'onning bir surasiga emas; birgina oyatiga, hatto birgina jumlasiga, hatto birgina kalimasiga muoraza etilmaydi va etilmagan". Bu soʻzlar mubolagʻa koʻrinyapti va aql qabul qilmaydi. Chunki basharning soʻzlarida Qur'on jumlalariga oʻxshagan koʻp jumlalar bor. Bu soʻzning sirri hikmati nima?
Aljavob: I'jozi Qur'onda ikki mazhab bor. Mazhabi aksar va rojih shuki, Qur'ondagi latoifi balogʻat va mazoya-i ma'oniy qudrati bashardan yuksakdir.
Ikkinchi marjuh mazhab: Qur'onning bir surasiga muoraza, qudrati bashar dohilidadir. Faqat Janobi Haq, Moʻ'jiza-i Ahmadiya (S.A.V.) sifatida man etgan. Bir odam oyoqqa tura oladi, lekin asari moʻ'jiza koʻrinishida bir Nabiy: "Turolmaysan!" desa va u turolmasa, moʻ'jiza boʻladi. Bu mazhabi marjuha, Sarfa Mazhabi deyiladi. Ya'ni, Janobi Haq Qur'onning bir surasiga muqobala etolmasliklari uchun jin va insni man etgan. Agar man etmasaydi, jin va ins bir surasiga muqobala etardi. Bu mazhabga koʻra, "Bir kalimasiga ham muoraza etilmaydi", degan ulamoning soʻzlari haqiqatdir. Chunki modomiki Janobi Haq, i'joz uchun ularni man etgan; muorazaga ogʻizlarini ocholmaydilar. Ogʻizlarini ochsalar ham; izni Ilohiy boʻlmasa, kalimani chiqarolmaydilar. Ammo mazhabi rojih va aksar mazhabi avvalga koʻra, u ulamo bayon etgan fikrning nozik jihati borki: Qur'oni Hakimning jumlalari, kalimalari bir-biriga qaraydi. Ba'zan bir kalima oʻnta yerga qaraydi; unda oʻn nukta-i balogʻat, oʻn munosabat boʻladi. Ishorot-ul I'joz nomli tafsirda, Fotihaning ba'zi jumlalari ichida va الٓمٓ ٭ ذٰلِكَ الْكِتَابُ لَا رَيْبَ ف۪يهِ jumlalari ichida shu nuktalardan ba'zi namunalarni koʻrsatganmiz. Masalan: Qandayki munaqqash bir saroyda, mutaaddid, muxtalif naqshlarning tuguni hukmida bir toshni, butun naqshlarga qaraydigan bir yerda joylashtirish; butun u devorni naqshlari bilan bilishga mutavaqqifdir. Ham qandayki insonning boshidagi koʻz qorachigʻini joyida joylashtirish, butun jasadning munosabatini va vazoifi ajibasini va koʻzning u vazoifga qarshi vaziyatini bilish bilan boʻladi. Shunga oʻxshab: Ahli haqiqatning taraqqiy etgan qismi, Qur'onning kalimotida juda koʻp munosabotni va boshqa oyatlardagi jumlalarga qaragan vujuhlarini, aloqalarini koʻrsatishgan. Xususan ulamo-i ilmi huruf juda taraqqiy etib, bir harfi Qur'onda, bir sahifa qadar asrorni, oʻsha soha olimlariga bayon etib isbot qilganlar. Ham modomiki Xoliqi Kulli Shayning kalomi ekan; har bir kalimasi, qalb va urugʻ hukmiga oʻtishi mumkin. (Atrofida, asrordan mutashakkil bir jasadi ma'naviya qalb va bir shajara-i ma'naviya urugʻ hukmiga oʻta oladi.) Xullas, insonning soʻzlarida Qur'onning kalimalari kabi kalimalar, balki jumlalar, oyatlar boʻlishi mumkin. Faqat Qur'onda, koʻp munosabot e'tiborga olingan bir tarz bilan joylashtirilgan joyda; bir ilmi muhit lozimki, joy-joyiga joylashsin.
UCHINCHI NUKTA: Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning xulosat-ul xulosa bir ijmoli mohiyati uchun bir payt Arabcha ibora bilan bir tafakkuri haqiqiyni, Janobi Haq mening qalbimga ehson etgandi. Hozir aynan oʻsha tafakkurni Arabcha yozamiz, soʻngra ma'nosini bayon etamiz:
Bu tafakkuri Arabiyning tarjimasi va ma'nosi shuki, ya'ni: Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning olti jihati porloq va nurlidir. Avhom va shubahot ichiga kirolmaydi. Chunki orqasi Arshga tayanadi; bu jihatda nuri vahiy bor. Qarshisida va hadafida saodati dorayn bor. Abadga, oxiratga qoʻl uzatgan; Jannat va saodat nuri bor. Ustida sikka-i i'joz porlaydi. Ostida burhon va dalil ustunlari bor. Ichi xolis hidoyat. Oʻngi اَفَلَا يَعْقِلُونَ lar bilan uqulni istintoq bilan "Sodaqta" ayttiradi. Chapida; qalblarga azvoqi ruhoniy berish bilan, vijdonlarni istishhod etib "Barakalloh" ayttirgan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonga qaysi burchakdan, qaysi jihatdan avhom va shubahotning oʻgʻrilari kira oladi?
Ha, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon asrlari, mashrablari, maslaklari muxtalif boʻlgan anbiyoning, avliyoning, muvahhidiynning kitoblarining sirri ijmo'ini jome'dir. Ya'ni, butun ahli qalb va aql, Qur'oni Hakimning mujmal ahkomini va asosotini tasdiq etadigan suratda, u asosotni kitoblarida zikr qilib qabul qilishgan. Demak ular Qur'on shajara-i samoviysining ildizlari hukmidadir. Ham Qur'oni Hakim vahiyga istinod etadi va oʻzi vahiydir. Chunki Qur'onni nozil qilgan Zoti Zuljalol, moʻ'jizoti Ahmadiya (S.A.V.) bilan, Qur'on vahiy ekanini koʻrsatadi, isbot qiladi. Va nozil boʻlgan Qur'on ham, ustidagi i'joz bilan koʻrsatadiki, Arshdan kelyapti. Va munzali alayh boʻlgan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning bidoyati vahiydagi xavotirlari va nuzuli vahiy vaqtidagi vaziyati behushlari va harkasdan ziyoda Qur'onga qarshi ixlos va hurmati koʻrsatadiki: Vahiy boʻlib azaldan kelyapti, u kishiga musofir boʻlyapti.
Ham u Qur'on bilbedaho mahzi hidoyatdir. Chunki uning muxolifi, bilmushohada kufrning zalolatidir. Ham bizzarura Qur'on anvori iymoniyaning ma'danidir. Albatta anvori iymoniyaning aksi, zulumotdir. Koʻp Soʻzlarda buni qat'iy isbot qilganmiz.
Ham Qur'on bilyaqiyn haqoiqning majma'idir. Xayolot va xurofot ichiga kirolmaydi. Tashkil etgan haqiqatli olami Islomiyat, izhor etgan asosli shariat va koʻrsatgan oliy kamolotining shahodati bilan, olami gʻaybga oid boʻlgan bahslarida ham, olami shahodatdagi bahslari kabi, ayni haqiqat ekanini va ichida xilof yoʻqligini isbot qiladi.
Ham Qur'on bil'oyon va shubhasiz, saodati doraynga isol etadi, basharni unga yoʻllaydi. Kimning shubhasi boʻlsa, bir marta Qur'onni oʻqisin va tinglasin; nima derkan? Qur'on bergan mevalar; ham mukammaldir, ham hayotdordir. Shunday ekan, Qur'on daraxtining ildizi haqiqatdadir, hayotdordir. Chunki mevaning hayoti, daraxtning hayotiga dalolat etadi. Mana qara; har asrda naqadar asfiyo va avliyo kabi mukammal va komil zihayot va zinur mevalar bergan.
Ham hadsiz mutafarriq alomatlardan nash'at etgan bir hads va qanoat bilan, Qur'on ham ins, ham jin, ham malakning maqbuli va margʻubi boʻlib; oʻqilgan vaqti ular ishtiyoq bilan parvona kabi atrofiga toʻplanadilar.
Ham Qur'on vahiy boʻlish bilan barobar, daloili aqliya bilan tayid va tahkim etilgan. Ha, komil uqaloning ittifoqi bunga shohiddir. Boshda ulamo-i Ilmi Kalomning allomalari va Ibn Sino, Ibn Rushd kabi falsafaning dohiylari muttafiqan asosoti Qur'oniyani usullari bilan, dalillari bilan isbot qilishgan. Ham Qur'on, fitrati salima jihati bilan musaddaqdir. Agar bir nuqsonlik va bir maraz boʻlmasa; har bir fitrati salima uni tasdiq qiladi. Chunki itminoni vijdon va istirohati qalb, uning anvori bilan boʻladi. Demak, fitrati salima, vijdonning itminoni shahodati bilan, uni tasdiq qiladi. Ha, fitrat, lisoni holi bilan Qur'onga: "Fitratimizning kamoli sensiz boʻlolmaydi!", deydi. Shu haqiqatni koʻp yerlarda isbot qilganmiz.
Ham Qur'on bilmushohada va bilbedaho, abadiy va doimiy bir moʻ'jizadir. Har vaqt i'jozini koʻrsatadi. Boshqa moʻ'jizot kabi soʻnmaydi, vaqti tugamaydi, abadiydir.
Ham Qur'onning martaba-i irshodida shunday bir kenglik borki; birgina darsida Hazrat Jabroil (A.S.), bir tifli navrasida bilan yelkama-yelka u darsni tinglar, hissalarini oladilar. Va Ibn Sino kabi eng dohiy faylasuf eng omi bir ahli qiroat bilan tizzama-tizza ayni darsni oʻqiydilar, darslarini oladilar. Hatto ba'zan; u omi odam, quvvat va safvati iymon jihati bilan Ibn Sinodan ham koʻproq istifoda etadi.
Ham Qur'onning ichida shunday bir koʻz borki; butun koinotni koʻradi, ihota etadi va bir kitobning sahifalari kabi koinotni koʻz oʻngida tutadi, tabaqotini va olamlarini bayon etadi. Bir soatning san'atkori qanday soatini aylantiradi, ochadi, koʻrsatadi, ta'rif etadi. Qur'on ham, qoʻlida koinotni tutib, shunday qilyapti. Xullas, shunday bir Qur'oni Azimushshonki, فَاعْلَمْ اَنَّهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ deydi, vahdoniyatni e'lon qiladi.
OʻN TOʻQQIZINCHI NUKTALI ISHORAT: Sobiq ishoratlarda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Janobi Haqning rasuli boʻlgani gʻoyat qat'iy va shubhasiz bir suratda isbot qilindi. Xullas, risolati minglab daloili qat'iya bilan sobit boʻlgan Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalam, vahdoniyati Ilohiyaning va saodati abadiyaning eng porloq bir dalili va eng qat'iy bir burhonidir. Biz bu ishoratda; u mushriq, porloq dalilga va notiqi sodiq burhonga, xulosat-ul xulosa bir ijmol bilan kichik bir ta'rif qilamiz. Chunki modomiki u kishi dalildirlar va natijasi ma'rifati Ilohiyadir; albatta dalilni tanish va vajhi dalolatini bilish lozim. Shunday ekan, biz ham gʻoyat muxtasar bir xulosa bilan, vajhi dalolatini va toʻgʻriligini bayon qilamiz:
Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, koinotning mavjudoti kabi, Xoliqi Koinotning vujudiga va vahdatiga oʻz zoti dalolat qilgani kabi; u kishi oʻz dalolati zotiyasini, butun mavjudotning dalolati bilan barobar, lisoni bilan e'lon qilganlar. Modomiki dalil ekan; biz u dalilning hujjat va istiqomatiga va sidq va haqqoniyatiga, oʻn besh asosda ishorat qilamiz:
Birinchi Asos: Ham zoti bilan, ham lisoni bilan, ham dalolati holi bilan, ham gapirishi bilan koinotning Sone'iga dalolat qilgan bu dalil; ham haqiqati koinotcha musaddaq, ham sodiqdir. Chunki butun mavjudotning vahdoniyatga dalolatlari, albatta vahdoniyatni aytgan zotni tasdiq hukmidadir. Demak, aytgan da'vosi ham umum koinot jihatidan musaddaqdir. Ham bayon etgan narsasi kamoli mutlaq boʻlgan vahdoniyati Ilohiya va xayri mutlaq boʻlgan saodati abadiya, butun haqoiqi olamning husn va kamoliga muvofiq va mutobiq boʻlganidan; da'vosida albatta sodiqdir. Demak, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, vahdoniyati Ilohiyaga va saodati abadiyaga bir burhoni notiqi sodiq va musaddaqdir.
Ikkinchi Asos: Ham u dalili sodiq va musaddaq, modomiki umum anbiyodan ustun minglab moʻ'jizot va nasx etilmagan bir shariat va umum jin va insga shomil bir da'vat sohibi boʻlganidan, albatta umum anbiyoning raisidir. Shunday ekan, umum anbiyoning moʻ'jizotlarining sirrini va ittifoqlarini jome'dir. Demak, butun anbiyoning quvvati ijmo'i va moʻ'jizotlarining shahodati, u kishining sidq va haqqoniyatiga bir nuqta-i istinod tashkil etadi. Ham u kishining tarbiyalari va irshodlari va nuri shariatlari bilan kamol topgan butun avliyo va asfiyoning sultoni va ustozidirlar. Shunday ekan, ularning sirri karomatlarini va ijmo'korona tasdiqlarini va tahqiqlarining quvvatini jome'dir. Chunki ular ustozlari ochgan va eshikni ochiq qoldirgan yoʻlda borganlar, haqiqatni topganlar. Shunday ekan, ularning butun karomatlari va tahqiqotlari va ijmo'lari, muqaddas ustozlarining sidq va haqqoniyati uchun nuqta-i istinod ta'min qiladi. Ham u burhoni vahdoniyat, sobiq ishoratlarda koʻrilgani kabi; shu qadar qat'iy, yaqiyniy va bahir moʻ'jizalari va horiqo irhosotlari va shubhasiz daloili nubuvvati bor va u zotni shunday bir tasdiq qiladiki, koinot toʻplansa, ularning tasdiqini bekor qilolmaydi!
Uchinchi Asos: Ham u moʻ'jizoti bahira sohibi boʻlgan vahdoniyat dalloli va saodati abadiya xushxabarchisi, oʻz zoti muborakida axloqi oliya va vazifa-i risolatida sajaya-i samiya va tabligʻ qilgan shariat va dinida shunday xasoili gʻoliya borki; eng shadid dushman ham uni tasdiq qiladi, inkorga majol topolmaydi. Modomiki zotida va vazifasida va dinida eng yuksak va goʻzal axloqi va eng ulviy va mukammal sajiyalari va eng qiymatdor va maqbul xislatlari mavjud; albatta u zot mavjudotdagi kamolotning va axloqi oliyaning misoli va mumassili va timsoli va ustozidir. Shunday ekan, zotida va vazifasida va dinida kamolot boʻlsa; haqqoniyatiga va sidqiga shu qadar quvvatli bir nuqta-i istinoddirki, hech bir jihatda tebranmaydi.
Toʻrtinchi Asos: Ham ma'dani kamolot va muallimi axloqi oliya boʻlgan u dalloli vahdoniyat va saodat, oʻzidan-oʻzi gapirmaydi; balki gapirtiriladi. Ha, Xoliqi Koinot tarafidan gapirtiriladi. Ustozi Azaliysidan dars oladi, soʻngra dars beradi. Chunki sobiq ishoratlarda qisman bayon etilgan minglab daloili nubuvvat bilan; Xoliqi Koinot butun u moʻ'jizotni uning qoʻlida xalq etish bilan koʻrsatdiki; u uning hisobiga gapiradi, uning kalomini tabligʻ etadi. Ham unga kelgan Qur'on esa ichida, tashqarisida qirq vajhi i'joz bilan koʻrsatadiki, u Janobi Haqning tarjimonidir. Ham u kishi oʻz zotida butun ixlosi bilan va taqvosi va jiddiyati bilan va omonati va boshqa butun ahvol va atvori bilan koʻrsatadiki; u zot oʻz nomidan, oʻz fikri bilan gapirmaydi.. balki Xoliqi nomidan gapiradi. Ham uni tinglagan butun ahli haqiqat, kashf va tahqiq bilan tasdiq qilganlar va ilmalyaqiyn iymon keltirishganki; oʻzidan-oʻzi gapirmaydi, balki Xoliqi Koinot uni gapirtiradi, dars beradi, u bilan dars berdiradi. Shunday ekan, u kishining sidq va haqqoniyati bu toʻrt gʻoyat quvvatli asoslarning ijmo'iga istinod etadi.
Beshinchi Asos: Ham Tarjimoni Kalomi Azaliy arvohlarni koʻradi, maloikalar bilan suhbat qiladi, jin va insni ham irshod etadi. Nafaqat ins va jin olami, balki olami arvoh va olami maloikadan ustun dars oladi. Va movarosida munosabati bor va ittilo'i bor. Sobiq moʻ'jizoti va tavotur bilan qat'iy mojaro-i hayoti bu haqiqatni isbot etgan. Shunday ekan, kohinlar va boshqa gʻoibdan xabar berganlar kabi, uning xabarlariga nafaqat jin, nafaqat arvoh, nafaqat maloika, balki Jabroildan boshqa Maloika-i Muqorrabiyn ham qoʻshilolmaydi. Hatto aksar avqotda uning doʻsti boʻlgan Hazrat Jabroilni ham ba'zan orqada qoldiradi.
Oltinchi Asos: Ham u malak, jin va basharning sayyidi boʻlgan zot, shu koinot daraxtining eng munavvar va mukammal mevasi va rahmati Ilohiyaning timsoli va muhabbati Rabboniyaning misoli va Haqning eng munavvar burhoni va haqiqatning eng porloq siroji va tilsimi koinotning miftahi va muammo-i xilqatning kashshofi va hikmati olamning sharihi va saltanati Ilohiyaning dalloli va mahosini san'ati Rabboniyaning vassofi va jome'iyati iste'dod jihati bilan u zot, mavjudotdagi kamolotning eng mukammal anmuzajidir. Shunday ekan, u zotning shu avsofi va shaxsiyati ma'naviyasi ishorat etadi, balki koʻrsatadiki; u zot koinotning illati gʻoiyasidir. Ya'ni u zotga shu koinotning Xoliqi qaragan, koinotni xalq etgan. Agar uni ijod etmasaydi, koinotni ham ijod etmasdi deb boʻladi. Ha, jin va insga keltirgani haqoiqi Qur'oniya va anvori iymoniya va zotida koʻringan axloqi oliya va kamoloti samiya shu haqiqatga shohidi qat'iydir.
Yettinchi Asos: Ham u burhoni Haq va siroji haqiqat shunday bir din va shariat koʻrsatganki; ikki jahonning saodatini ta'min etadigan dasotirni jome'dir. Va jome' boʻlish bilan birga, koinotning haqoiqini va vazoifini va Xoliqi Koinotning asmosini va sifotini kamoli haqqoniyat bilan bayon etgan. Xullas, u Islomiyat va shariat shunday bir tarzda qamragan va mukammaldir va shunday bir suratda koinotni oʻzi bilan barobar ta'rif etadiki, uning mohiyatiga diqqat qilgan albatta anglaydiki; u din bu goʻzal koinotni qilgan zotning u koinotni oʻzi bilan barobar ta'rif etadigan bir bayonnomasi va ta'rifasidir. Qandayki bir saroyning ustasi, u saroyga munosib bir ta'rifa qiladi. Oʻzini vasflari bilan koʻrsatish uchun, bir ta'rifa qalamga oladi; shunga oʻxshab: din va shariati Muhammadiyada (S.A.V.) shunday bir ihota, bir ulviyat, bir haqqoniyat koʻrinadiki; koinotni xalq va tadbir etganning qalamidan chiqqanini koʻrsatadi. Va u koinotni goʻzal ravishda tanzim etgan kim boʻlsa, bu dinni goʻzal ravishda tanzim etgan ham udir. Ha, u nizomi akmal, albatta bu nazmi ajmalni istaydi.
Sakkizinchi Asos: Xullas, mazkur sifatlar bilan muttasif va har jihat bilan tebranmas quvvatli istinod nuqtalariga tayangan Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalam, olami shahodatga mutavajjih boʻlib, olami gʻayb nomidan, jin va insning boshlari ustida e'lon qilib; istiqbolda keladigan asrlar orqasida turgan aqvomga va millatlarga xitob etib shunday bir nido etadiki; umum jin va insga, umum yerlarga, umum asrlarga eshittiradi. Ha, eshityapmiz!..
Toʻqqizinchi Asos: Ham shunday yuksak, quvvatli xitob etadiki; butun asrlar uni tinglaydi. Ha, aks sadosini har bir asr eshitadi.
Oʻninchi Asos: Ham u zotning gidishotida koʻrinadiki; koʻradi, shunday xabar beradi. Chunki eng tahlikali vaqtlarda kamoli matonat bilan ikkilanmasdan, xavotirsiz aytadi. Ba'zan boʻladi, bir oʻzi dunyoga qarshi turadi.
Oʻn Birinchi Asos: Ham butun quvvati bilan shunday quvvatli da'vat etib chaqiradiki: Yarim yerni va navi basharning beshdan birini ovoziga qarshi "Labbayk" dedirdi, سَمِعْنَا وَ اَطَعْنَا ayttirdi.
Oʻn Ikkinchi Asos: Ham shunday bir jiddiyat bilan da'vat va shunday asosli bir suratda tarbiya qiladiki; dasturlarini asrlarning jabhasida va aqtorning toshlarida naqsh etadi va dahrlarning yuzlarida poydor qiladi.
Oʻn Uchinchi Asos: Ham tabligʻ etgan ahkomning sogʻlomligiga shunday bir vusuq va ishonish bilan aytadi va da'vat etadiki; dunyo toʻplansa, uni bir hukmidan orqa qaytarib pushaymon qilolmaydi. Bunga shohid, butun tarixi hayoti va siyari saniyasidir.
Oʻn Toʻrtinchi Asos: Ham shunday bir itminon bilan, bir e'timod bilan da'vat qiladi, tabligʻ etadiki; hech kimdan minnat olmas, hech bir mushkulotga qarshi taloshsiz, ikkilanmasdan, kamoli samimiyat bilan va safvat bilan va hammadan avval oʻzi amal qilib qabul etib, keltirgan ahkomini e'lon qiladi. Bunga shohid boʻlsa; barcha tomonidan, doʻst va dushman tomonidan ma'lum boʻlgan mashhur zuhdi va istigʻnosi va dunyoning foniy muzayyanotiga adami tanazzulidir.
Oʻn Beshinchi Asos: Ham keltirgan diniga hammadan ziyoda itoati va Xoliqiga qarshi barchadan ziyoda ubudiyati va manhiyotga qarshi harkasdan ziyoda taqvosi qat'iyan koʻrsatadiki: U Sultoni Azal va Abadning muballigʻidir, elchisidir va u Ma'budi Bilhaqning eng xolis abdidir va Kalomi Azaliyning tarjimonidir.
Shu oʻn besh adad asoslarning natijasi shuki: Mazkur avsof bilan muttasif shu zot; butun quvvati bilan, butun hayotida mukarraran va mutamodiyan فَاعْلَمْ اَنَّهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ deydi, vahdoniyatni e'lon qiladi.
وَ اَمَّا بِنِعْمَةِ رَبِّكَ فَحَدِّثْ mazmuniga masadaq boʻlish umidi bilan deymiz: Shu risolaning ta'lifida Janobi Haqning bir asari inoyatini va rahmatini zikr qilaman. Toki bu risolani oʻqiganlar ahamiyat bilan qarasinlar.
Bu risolaning ta'lifi qalbimda umuman yoʻq edi. Chunki risolati Ahmadiyaga (S.A.V.) doir Oʻttiz Birinchi va Oʻn Toʻqqizinchi Soʻzlar yozilgan edi. Birdaniga bu risolani yozish uchun mujbir bir xotira qalbga keldi. Ham quvva-i hofizam, musibatlar natijasi oʻlaroq soʻngan edi. Ham mashrabimda, yozgan asarlarimda, naql surati bilan ("qola-qiyla" surati bilan) ketmagan edim. Ham yonimda kutubi hadisiya va siyar kitoblari yoʻqdir. Shu bilan birga, "Tavakkaltu Alalloh" deb boshladim. Shunday bir muvaffaqiyat boʻldiki, Eski Saidning quvva-i hofizasidan ziyoda hofizam yordam berdi. Har ikki-uch soatda, sur'at bilan oʻttiz-qirq sahifa yozildi. Bir soatda oʻn besh sahifa yozilardi. Aksar Buxoriy, Muslim, Bayhaqiy, Termiziy, Shifo-i Sharif, Abu Nuaym, Tabariy kabi kitoblardan naql etiladi. Holbuki bu naqlda xato boʻlsa -hadis boʻlgani uchun- gunoh boʻlishi lozim boʻlganidan, qalbim titrar edi. Faqat anglashildiki, inoyat bor va shu risolaga ehtiyoj bor. Inshaalloh sahih bir suratda yozilgandir. Shoyat ba'zi alfazi hadisiyada yoki roviylarning ismida bir xato boʻlsa, tasxix etilib musomaha nazari bilan qarashlarini ixvonlarimdan iltimos qilaman.
Ha, biz musvaddani yozar edik, Ustozimiz ham aytar edi. Yonida hech qanday kitob yoʻq edi; hech murojaat etmas edi. Birdaniga gʻoyat sur'atli aytar edi, biz ham yozar edik. Ikki-uch soatda oʻttiz-qirq, yanada ortiq sahifa yozar edik. Bizning ham qanoatimiz keldiki: Bu muvaffaqiyat moʻ'jizoti Nabaviyaning bir karomatidir.
Moʻ'jizoti Ahmadiyaning Birinchi Zayli
(Oʻn Toʻqqizinchi Soʻz, risolati Ahmadiyaga (S.A.V.) va zayli Shaqqi Qamar Moʻ'jizasiga doir boʻlganidan; maqom munosabati bilan bu yerga olingandir.)
"Oʻn toʻrt Rashahot"ni tazammun etgan Oʻn Toʻrtinchi Lam'aning
BIRINCHI RASHHASI: Robbimizni bizga ta'rif etgan uch buyuk, kulliy muarrif bor.
Birisi: Shu kitobi koinot boʻlib, bir nabza shahodatini oʻn uch lam'a bilan Nur Risolasidan Oʻn Uchinchi Darsdan eshitdik.
Birisi: Shu kitobi kabirning oyati kubrosi boʻlgan Xotam-ul Anbiyo Alayhissolatu Vassalamdir.
Birisi ham Qur'oni Azimushshondir.
Demak shu ikkinchi burhoni notiqiy boʻlgan Xotam-ul Anbiyo Alayhissolatu Vassalamni tanishimiz, tinglashimiz lozim.
Ha, u burhonning shaxsi ma'naviysiga qara: Sathi Arz bir masjid, Makka bir mehrob, Madina bir minbar... U burhoni bahir boʻlgan Paygʻambarimiz Alayhissolatu Vassalam butun ahli iymonga imom, butun insonlarga xatib, butun anbiyoga rais, butun avliyoga sayyid, butun anbiyo va avliyodan tarkib topgan bir halqa-i zikrning sarzokiri... butun anbiyo hayotdor ildizlari, butun avliyo tarovatdor samaralari boʻlgan bir shajara-i nuroniyadirki; har bir da'vosini, moʻ'jizotlariga istinod etgan butun anbiyo va karomatlariga e'timod etgan butun avliyo tasdiq etib imzo qoʻymoqdalar. Zero u لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ deydi, da'vo qiladi. Butun oʻng va chap, ya'ni moziy va mustaqbal taraflarida saf tortgan u nuroniy zokirlar ayni kalimani takror qilib, ijmo' etib ma'nan "Sodaqta va bil haqqi nataqta" deydilar. Qaysi vahmning haddi borki, bunday hisobsiz imzolar bilan tayid etilgan bir muddaoga tumshuq suqsin.
IKKINCHI RASHHA: U nuroniy burhoni tavhid, ikki janohning ijmo' va tavoturi bilan tayid etilgani kabi, Tavrot va Injil kabi Kutubi Samoviyaning {(Hoshiya) Husayn Jisriy "Risola-i Hamidiya"sida bir yuz oʻn toʻrt ishorotni u kitoblardan chiqargan. Tahrifdan keyin bu qadar topilsa, albatta undan avval koʻp tasrihot boʻlgan.} yuzlab ishoroti va irhosotning minglab rumuzoti va hatiflarning mashhur bashoroti va kohinlarning mutavotir shahodoti va Shaqqi Qamar kabi minglab moʻ'jizotining daloloti va shariatning haqqoniyati bilan tayid va tasdiq etganlari kabi; zotida gʻoyat kamoldagi axloqi hamidasi va vazifasida nihoyat husnidagi sajoya-i gʻoliyasi va kamoli amniyati va quvvati iymonini va gʻoyat itminonini va nihoyat vusuqini koʻrsatgan favquloda taqvosi, favquloda ubudiyati, favquloda jiddiyati, favquloda matonati; da'vosida nihoyat darajada sodiq ekanini quyosh kabi oshkora koʻrsatadi.
UCHINCHI RASHHA: Agar xohlasang kel, Asri Saodatga, Jazirat-ul Arabga boramiz. Xayolan, uni vazifa boshida koʻrib ziyorat qilamiz. Mana qara: Husni siyrat va jamoli surat bilan mumtoz bir zotni koʻryapmizki: Qoʻlida moʻ'jiznamo bir kitob, lisonida haqoiq-oshino bir xitob, butun bani Odamga, balki jin va insga va malakka, balki butun mavjudotga xutba-i azaliyani tabligʻ etyapti. Sirri xilqati olam boʻlgan muammo-i ajibasini hal va sharh etib va sirri koinot boʻlgan tilsimi mugʻloqini fath va kashf etib, butun mavjudotdan soʻralgan, butun uqulni hayrat ichra mashgʻul qilgan uch mushkul va mudhish savoli azim boʻlgan "Kimsan", "Qayerdan kelyapsan?", "Qayerga ketyapsan?" savollariga muqni', maqbul javob beryapti.
TOʻRTINCHI RASHHA: Qara! Shunday bir ziyo-i haqiqat nashr etadiki: Agar uning nuroniy doira-i haqiqati irshodidan xorij bir suratda koinotga qarasang, albatta koinotning shaklini bir motamxona-i umumiy hukmida va mavjudotni bir-biriga ajnabiy, balki dushman va jomidotni dahshatli janozalar va butun zavil hayotni zavol va firoq ta'ziri bilan yigʻlagan yetimlar hukmida koʻrasan. Endi qara: U nashr etgan nur bilan motamxona-i umumiy, shavqu jazba ichida bir zikrxonaga inqilob etdi. U ajnabiy, dushman mavjudot bittadan doʻst va qardosh shakliga kirdi. U jomidoti mayyita-i samita bittadan munis ma'mur, bittadan musahhar xizmatkor vaziyatini oldi va u yigʻloqi va shikoyat qiluvchi hech kimi boʻlmagan yetimlar, bittadan tasbeh ichida zokir yoki vazifa paydosidan shokir suratiga kirdi.
BESHINCHI RASHHA: Ham u nur bilan; koinotdagi harakot, tanavvu'ot, tabaddulot, tagʻayyurot; ma'nosizlikdan va abasiyatdan va tasodif oʻyinchoqligidan chiqib bittadan maktuboti Rabboniya, bittadan sahifa-i oyoti takviniya, bittadan maroya-i asmo-i Ilohiya va olam ham bir kitobi hikmati Samadoniya martabasiga chiqdilar. Ham insonni butun hayvonotning maduniga tushirgan hadsiz za'f va ajzi, faqr va ehtiyojoti va butun hayvonlardan yanada badbaxt qiladigan, vosita-i naqli huzun va alam va gʻam boʻlgan aqli, u nur bilan nurlangan vaqti, inson butun hayvonot, butun maxluqot ustiga chiqadi. U nurlangan ajz, faqr aql bilan, niyoz bilan nozanin bir sulton va fizor bilan nozdor bir xalifa-i zamin boʻladi. Demak, u nur boʻlmasa, koinot ham, inson ham, hatto hamma narsa ham hechga tushadi. Ha, albatta bunday badi' bir koinotda bunday bir zot lozimdir. Boʻlmasa koinot va aflak boʻlmasligi kerak.
OLTINCHI RASHHA: Xullas u zot, bir saodati abadiyaning muxbiri, xushxabarchisi, rahmati benihoyaning koshifi va e'lonchisi va saltanati Rububiyatning mahosinining dalloli, tomoshabini va kunuzi asmo-i Ilohiyaning kashshofi, koʻrsatuvchisi boʻlganidan; bunday qarasang- ya'ni ubudiyati jihati bilan- uni bir misoli muhabbat, bir timsoli rahmat, bir sharafi insoniyat, eng nuroniy bir samara-i shajara-i xilqat koʻrasan. Unday qarasang, -ya'ni risolati jihati bilan- bir burhoni Haq, bir siroji haqiqat, bir shamsi hidoyat, bir vasila-i saodat ekanini koʻrasan. Qara: Qanday barqi xatif kabi uning nuri, shardan gʻarbni tutdi va nisfi arz va xumsi bashar, uning hadya-i hidoyatini qabul qilib, hirzi jon etdi. Bizning nafs va shaytonimizga nima boʻlyaptiki: Bunday bir zotning butun da'volarining asosi boʻlgan "La Ilaha Illalloh"ni butun marotibi bilan barobar qabul qilmasin?
YETTINCHI RASHHA: Qara: Shu jazira-i vase'ada vahshiy va odatlariga mutaassib va qaysar muxtalif aqvomni, qanchalab tez odot va axloqi sayyia-i vahshiyonalarini daf'atan qal' va raf' etib, butun axloqi hasana bilan tajhiz etib butun olamga muallim va madaniy umamga ustoz ayladi. Qara! Zohiriy bir tasallut emas, balki aqllarni, ruhlarni, qalblarni, nafslarni fath va tasxir etdi. Mahbubi qulub, muallimi uqul, murabbiyi nufus, sultoni arvoh boʻldi.
SAKKIZINCHI RASHHA: Bilasanki: Tamaki kabi bir kichik odatni, kichik bir qavmda katta bir hukmdor, katta bir himmat bilan doimiyga zoʻrgʻa yoʻqota oladi. Holbuki qara, bu zot, katta va koʻp odatlarni; ham qaysar, mutaassib katta qavmlardan, zohiriy kichik bir quvvat bilan, kichik bir himmat bilan, oz bir zamonda raf' etib, oʻrniga shunday sajaya-i oliyani, qon va tomirlariga qoʻshilgan darajada sobit boʻlib vaz' va tasbit etyapti. Bu kabi yana juda koʻp horiqo ijroot qilyapti. Xullas, Asri Saodatni koʻrmaganlarga Jazirat-ul Arabni koʻzlariga tiqamiz. Mayli, yuzlab faylasuflarni olsinlar, u yerga borsinlar, yuz yil ishlasinlar. Ajabo, u zotning, oʻsha davrga nisbatan bir yilda qilgan ishining yuzdan birini qila oladilarmi?
TOʻQQIZINCHI RASHHA: Bilasanki: Kichik bir odam, kichik bir haysiyat bilan, kichik bir jamoatda, kichik bir masalada, munozarali bir da'voda uyalmay, parvosiz; kichik, faqat xijolatli bir yolgʻonni; dushmanlari yonida hiylasini his qildirmaydigan darajada taassur va talosh koʻrsatmasdan ayta olmaydi. Endi bu zotga qara; juda buyuk vazifada, juda buyuk bir vazifador, juda buyuk bir haysiyat bilan, juda buyuk bir amniyatga muhtoj holda, juda katta bir jamoatda, juda buyuk xusumat qarshisida, juda buyuk masalalarda, juda buyuk da'voda, juda buyuk erkinlik bilan, bila-parvo, bila-taraddud, bila-hijob, taloshsiz, samimiy bir safvat bilan, buyuk bir jiddiyat bilan, xasmlarining jonlariga tegadigan shadid, ulviy bir suratda aytgan soʻzlarida hech xilof boʻlishi mumkinmi? Hech hiyla aralashishi mumkinmi? Kallo! اِنْ هُوَ اِلَّا وَحْىٌ يُوحٰى Ha, haq aldamaydi, haqiqatbin aldanmaydi. Haq boʻlgan maslagi hiyladan mustagʻniydir; haqiqatbinning koʻziga xayolning qanday haddi borki, haqiqat koʻrinsin, aldasin?
OʻNINCHI RASHHA: Qara: Naqadar maroq-avar, naqadar jozibador, naqadar luzumli, naqadar dahshatli haqoiqni koʻrsatadi va masoilni isbot etadi.
Bilasanki, eng ziyoda insonni tahrik etgan maroqdir. Hatto agar senga: "Yarim umringni, yarim molingni bersang; Qamardan va Mushtariydan biri keladi, Qamarda va Mushtariyda nima bor nima yoʻq, ahvolini senga xabar beradi. Ham toʻgʻri shaklda istiqbolingni va boshingga nima kelishini toʻgʻri xabar beradi", desa. Maroqing boʻlsa, berasan. Holbuki bu zot shunday bir Sultonning axborini soʻylayaptiki: Mamlakatida Qamar bir chivin kabi bir parvona atrofida aylanadi. U Arz boʻlgan u parvona esa, bir chiroq atrofida parvoz etadi va u Quyosh boʻlgan chiroq esa, u Sultonning minglab manzillaridan bir musofirxonasida minglab misbohlar ichida bir chirogʻidir. Ham shunday ajoyib bir olamdan haqiqatdan bahs etyapti va shunday bir inqilobdan xabar beryaptiki: Minglab Kura-i Arz bomba boʻlib portlasalar, u qadar ajib boʻlmaydi. Qara! Uning lisonida
kabi suralarni eshit... Ham shunday bir istiqboldan togʻri xabar beryaptiki: Shu dunyoviy istiqbol unga nisbatan bir qatra sarob hukmidadir. Ham shunday bir saodatdan juda jiddiy xabar beryaptiki: Butun saodati dunyoviya unga nisbatan, bir barqi zoilning bir shamsi sarmadga nisbati kabidir.
OʻN BIRINCHI RASHHA: Bunday ajib va muammo-olud shu koinotning parda-i zohiriyasi ostida albatta va albatta bunday ajoyib narsalar bizni kutyapti. Bunday ajoyibni xabar beradigan, bunday horiqo va favquloda moʻ'jiznamo zot lozim. Ham bu zotning gidishotidan koʻrinyaptiki: U koʻrgan va koʻryapti va koʻrganini aytyapti. Ham "Bizni ne'matlari bilan parvarish qilgan Samovot va Arzning Ilohi bizdan nima istaydi, marziyoti nima?" bizga juda toʻgʻri shaklda dars beryapti. Ham bular kabi yana juda koʻp maroq-avar, luzumli haqoiqni dars bergan bu zotga qarshi hamma narsani tashlab unga yugurish, uni tinglash lozim kelarkan; aksar insonlarga nima boʻlganki kar boʻlib, koʻr boʻlganlar, balki telba boʻlishganki; haqni koʻrmayaptirlar, bu haqiqatni eshitmayaptirlar, anglamayaptirlar?
OʻN IKKINCHI RASHHA: Xullas bu zot, shu mavjudot Xoliqining vahdoniyatiga haqqoniyati darajasida haq bir burhoni notiq, bir dalili sodiq boʻlgani kabi; hashrning va saodati abadiyaning ham bir burhoni qat'iyi, dalili sati'idir. Qandayki u zot; hidoyati bilan saodati abadiyaning sababi husuli va vasila-i vusuli ekan. Shunga oʻxshab, duosi bilan, niyozi bilan u saodatning sababi vujudi va vasila-i ijodidir. Hashr masalasida oʻtgan shu sirni, maqom munosabati bilan takror qilamiz:
Mana qara! U zot shunday bir saloti kubroda duo qilyaptiki: Goʻyo shu jazira, balki Arz uning azamatli namozi bilan namoz oʻqiyapti, niyoz etyapti. Boq, ham shunday bir jamoati uzmoda niyoz etyaptiki: Goʻyo bani Odamning zamoni Odamdan asrimizga, qiyomatga qadar butun nuroniy, komil insonlar unga tobe boʻlish bilan iqtido qilib duosiga omin deyaptilar. Ham boq, shunday bir hojati omma uchun duo qilyaptiki; nafaqat ahli Arz, balki ahli samovot, balki butun mavjudot niyoziga: «Ha, Yo Robbano ber. Biz ham istaymiz», deb ishtirok qilyaptilar. Ham shunday faqirona, shunday hazinona, shunday mahbubona, shunday mushtoqona, shunday tazarrukorona niyoz etyaptiki; butun koinotni yigʻlatyapti. Duosiga ishtirok ettiryapti. Boq! Ham shunday bir maqsad, shunday bir gʻoya uchun duo qilyaptiki: Insonni va olamni, balki butun maxluqotni; asfali sofiliyndan, sukutdan, qiymatsizlikdan, foydasizlikdan, a'loyi illiyinga, ya'ni qiymatga, baqoga, ulviy vazifaga chiqaryapti. Qara! Ham shunday yuksak bir fizori istimdotkorona va shunday totli bir niyozi istirhomkorona bilan istayapti, yolvoryaptiki: goʻyo butun mavjudotga va samovotga va Arshga eshittirib, vajdga keltirib duosiga "Omin, Allohumma omin" dediryapti. Koʻrgin! Ham shunday Sami', Karim bir Qodirdan, shunday Basir, Rahim bir Alimdan hojatini istayaptiki; bilmushohada eng yashirin zihayotning eng yashirin bir hojatini, niyozini koʻradi, eshitadi, qabul qiladi, marhamat qiladi. Chunki istaganini,- garchi lisoni hol bilan boʻlsa ham- beradi va shunday bir surati hakimona, basirona, rahimonada beradiki, shubha qoldirmaydi; Bu tarbiya va tadbir shunday bir Sami' va Basir va shunday bir Karim va Rahimga xosdir.
OʻN UCHINCHI RASHHA: Ajabo, butun afozili bani Odamni orqasiga olib, Arz ustida turib, Arshi A'zamga mutavajjihan qoʻl koʻtarib duo qilayotgan shu sharafi navi inson va faridi kavnu zamon va bihaqqin faxri koinot nima istayapti? Boq, tingla: Saodati abadiya istayapti, baqo istayapti, liqo istayapti, Jannat istayapti. Ham maroya-i mavjudotda ahkomini va jamollarini koʻrsatgan butun asmo-i qudsiya-i Ilohiya bilan birga istayapti. Hatto agar rahmat, inoyat, hikmat, adolat kabi hisobsiz u matlubning asbobi mujibasi boʻlmasa edi, bu zotning birgina duosi, bahorimizning ijodi qadar qudratiga yengil boʻlgan shu Jannatning binosiga sababiyat berar edi. Ha, qandayki uning risolati shu dori imtihonning ochilishiga sababiyat berdi. Shunga oʻxshab, uning ubudiyati ham narigi yerning ochilishiga sababdir. Ajabo, ahli aql va tahqiqqa: لَيْسَ فِى الْاِمْكَانِ اَبْدَعُ مِمَّا كَانَ dedirgan shu mashhud intizomi faiq, shu rahmat ichida qusursiz husni san'at va mislsiz jamoli rububiyat; hech bunday bir xunuklikni, bunday marhamatsizlikni, bunday bir intizomsizlikni qabul qiladimi: Eng juz'iy, eng ahamiyatsiz orzularni, ovozlarni ahamiyat bilan eshitib bajo keltirsin; eng ahamiyatli, eng luzumli orzularni ahamiyatsiz koʻrib eshitmasin, anglamasin, qilmasin? Xosho va kallo! Yuz ming marta xosho! Bunday bir jamol bunday bir chirkinlikni qabul qilmaydi, chirkin boʻlmaydi.
Ey xayoliy birodarim! Hozircha kifoya, orqaga qaytishimiz kerak. Agar yuz yil shu zamonda, shu jazirada qolsak ham, yana u zotning gʻaroyibi ijrootini va ajoibi vazoifini, yuzdan birisini tamoman ihota etib tomoshasiga toʻymaymiz.
Endi kel! Ustidan oʻtib keladiganimiz har asrga bir-bir nazar solamiz. Qara, har bir asr u Shamsi Hidoyatdan olgan fayzlari bilan chechak ochishgan! Abu Hanifa, Shofe'iy, Boyazidi Bistomiy, Shohi Jiyloniy, Shohi Naqshband, Imom Gʻazzoliy, Imom Rabboniy kabi millionlab munavvar mevalar beryapti. Mashhudotimizning tafsilotini boshqa vaqtga ta'liq etib u moʻ'jiznamo va hidoyat-adoga bir qism qat'iy moʻ'jizotiga ishorat etgan bir salovot keltirishimiz lozim:
(Shu'aoti Ma'rifat-un Nabiy nomidagi Turkcha risolada va Oʻn Toʻqqizinchi Maktubda va shu Soʻzda ijmolan ishorat etganimiz daloili nubuvvati Ahmadiyani (S.A.V.) bayon etgan edim. Ham unda Qur'oni Hakimning vujuhi i'jozi ijmolan zikr etilgan. Yana "Lamaat" nomida Turkcha bir risolada va Yigirma Beshinchi Soʻzda Qur'onning qirq vajh bilan moʻ'jiza ekanini ijmolan bayon va qirq vujuhi i'joziga ishorat etganman. U qirq vajhda, birgina nazmda boʻlgan balogʻatni "Ishorot-ul I'joz" nomidagi bir tafsiri Arabiyda qirq sahifa ichida yozganman. Agar ehtiyojing boʻlsa, shu uch kitobga murojaat qilishing mumkin.)
OʻN TOʻRTINCHI RASHHA: Mahzani moʻ'jizot va moʻ'jiza-i kubro boʻlgan Qur'oni Hakim; nubuvvati Ahmadiya (S.A.V) bilan vahdoniyati Ilohiyani shu darajada qat'iy isbot etadiki, boshqa burhonga hojat qoldirmaydi. Biz ham uning ta'rifiga va madori tanqid boʻlgan bir-ikki lam'a-i i'joziga ishorat qilamiz.
Xullas, Robbimizni bizga ta'rif etgan Qur'oni Hakim; shu kitobi kabiri koinotning bir tarjima-i azaliyasi... Shu sahoifi arz va samoda mustamir kunuzi asmo-i Ilohiyaning kashshofi... Shu suturi hodisotning ostida muzmar haqoiqning miftahi... Shu olami shahodat pardasi orqasidagi olami gʻayb jihatidan kelgan iltifototi Rahmoniya va xitoboti azaliyaning xazinasi... Shu olami ma'naviya-i Islomiyaning quyoshi, asosi, handasasi, avolimi uxroviyaning xaritasi... Zot va sifot va shuuni Ilohiyaning qovli sharihi, tafsiri vazihi, burhoni notiqi, tarjimoni sati'i... Shu olami insoniyatning murabbiysi, hikmati haqiqiysi, murshid va hadiysi... Ham bir kitobi hikmat va shariat, ham bir kitobi duo va ubudiyat, ham bir kitobi amr va da'vat, ham bir kitobi zikr va ma'rifat kabi; basharning butun hojoti ma'naviysiga qarshi bittadan kitob va butun muxtalif ahli masolik va mashorib boʻlgan avliyo va siddiqiynning, asfiyo va muhaqqiqiynning (har birining) mashrablariga loyiq bittadan risola ibroz etgan bir "Kutubxona-i Muqaddasa"dir.
Sababi qusur tavahhum etilgan takrorotidagi lam'a-i i'jozga boqki: Qur'on ham bir kitobi zikr, ham bir kitobi duo, ham bir kitobi da'vat boʻlganidan, ichida takror mustahsandir, balki alzamdir va ablagʻdir. Ahli qusurning oʻylagani kabi emas... Zero zikrning sha'ni takror bilan tanvirdir; duoning sha'ni, tardod bilan taqrirdir; amr va da'vatning sha'ni, takror bilan ta'kiddir. Ham harkas har vaqt butun Qur'onni oʻqishga muqtadir boʻlolmaydi. Faqat bir suraga gʻoliban muqtadir boʻladi. Shuning uchun eng muhim maqosidi Qur'oniya aksar uzun suralarda darj etilib har bir sura bir kichik Qur'on hukmiga oʻtgan. Demak, hech kimni mahrum qilmaslik uchun, Tavhid va Hashr va Qissa-i Muso kabi ba'zi maqsadlar takror etilgan. Ham jismoniy ehtiyoj kabi, ma'naviy hojot ham muxtalifdir. Ba'zisiga inson har nafas muhtoj boʻladi. (Jismga havo, ruhga Hu kabi). Ba'zisiga har soat (Bismilloh kabi) va hokazo... Demak, takrori oyat, takarruri ehtiyojdan kelib chiqqan. U ehtiyojga ishorat qilib va uygʻotib tashviq etish, ham ishtiyoqni va ishtahani tahrik etish uchun takror qiladi. Ham Qur'on muassisdir. Bir dini mubinning asosotidir va shu olami Islomiyatning poydevorlaridir va hayoti ijtimoiya-i bashariyani oʻzgartirib, muxtalif tabaqotning mukarrar savollariga javobdir. Muassisga, tasbit etish uchun takror lozimdir. Ta'kid uchun tardod lozimdir. Tayid uchun taqrir, tahqiq, takrir lozimdir. Ham shunday masoili azima va haqoiqi daqiqadan bahs etadiki; umumning qalblarida yerlashtirish uchun koʻp marta muxtalif suratlarda takror lozimdir. Shu bilan birga suratan takrordir. Faqat ma'nan har bir oyatning koʻp ma'nolari, koʻp foydalari, koʻp vujuh va tabaqoti bor. Har bir maqomda boshqa bir ma'no va foyda va maqsadlar uchun zikr qilinadi.
Ham Qur'onning masoili kavniyaning ba'zisida ibhom va ijmoli esa, irshodiy bir lam'a-i i'jozdir. Ahli ilhod tavahhum etganlari kabi madori tanqid boʻlolmaydi va sababi qusur emas.
Agar aytsang: "Ajabo, nima uchun Qur'oni Hakim falsafa mavjudotdan bahs etgani kabi bahs etmaydi. Ba'zi masoilni mujmal qoldiradi, ba'zisini nazari umumiyni erkalaydigan, hissi ommani ranjida etmaydigan, fikri avomni ta'jiz etib charchatmaydigan bir surati basitona-i zohironada aytadi?"
Javoban deymizki: Falsafa haqiqat yoʻlini adashtirgan, shuning uchun... Ham oʻtgan darslardan va Soʻzlardan albatta anglagansanki: Qur'oni Hakim shu koinotdan bahs etadi, toki zot va sifot va asmo-i Ilohiyani bildirsin. Ya'ni, bu kitobi koinotning ma'oniysini tushuntirsin, toki Xoliqini tanittirsin. Demak mavjudotga oʻzlari uchun emas, balki mujidlari uchun qaraydi. Ham umumga xitob etadi. Ilmi Hikmat esa mavjudotga mavjudot uchun qaraydi, ham xususan ahli fanga xitob qiladi. Modomiki Qur'oni Hakim mavjudotni dalil qilyapti, burhon qilayotgan ekan, dalil zohiriy boʻlishi, nazari umumga tez tushunilishi kerak. Ham modomiki Qur'oni Murshid, butun tabaqoti basharga xitob qiladi. Kasratli tabaqa esa, tabaqa-i avomdir. Albatta irshod istaydiki: Luzumsiz narsalarni ibhom bilan ijmol etsin va daqiq narsalarni tamsil bilan taqrib etsin va magʻlatalarga tushirmaslik uchun zohiriy nazarlarida badihiy boʻlgan narsalarni luzumsiz, balki zararli bir suratda tagʻyir etmaslikdir.
Masalan Quyoshga deydi: "Aylanadigan bir siroj, bir chiroqdir". Zero, Quyoshdan Quyosh uchun, mohiyati uchun bahs etmaydi. Balki bir navi intizom zambaragi va nizom markazi boʻlganidan, intizom va nizom esa; Sone'ning oyna-i ma'rifati boʻlgani uchun bahs etadi. Ha, deydi: الشَّمْسُ تَجْر۪ى "Quyosh aylanadi". Bu aylanadi ta'biri bilan; qish yoz, kecha, kunduzning davaronidagi muntazam tasarrufoti qudratni ixtor bilan azamati Sone'ni ifhom etadi. Xullas, shu aylanish haqiqati nima boʻlsa boʻlsin, maqsud boʻlgan va ham mansuj, ham mashhud boʻlgan intizomga ta'sir etmaydi. Ham deydi: وَ جَعَلَ الشَّمْسَ سِرَاجًاShu siroj ta'biri bilan, olamni bir qasr suratida, ichida boʻlgan ashyo esa; insonga va zihayotga ihzor etilgan muzayyanot va mat'umot va lavozimot ekanini va Quyosh ham musahhar bir mumdor boʻlganini ixtor bilan rahmat va ehsoni Xoliqni ifhom etadi. Endi qara, shu tentak va vaysaqi falsafa nima deydi? Qara:
"Quyosh bir kitla-i azima-i mayia-i noriyadir. Undan otilib chiqqan sayyorotni atrofida aylantiradi, jasomati buncha, mohiyati bunday, shundaydir", deydi. Mudhish bir dahshatdan, mudhish bir hayratdan boshqa ruhga bir kamoli ilmiy bermaydi, bahsi Qur'on kabi qilmaydi. Bunga qiyosan, botinan qof, zohiran mutantan falsafiy masalalarning qanday qiymati boʻlganini anglaysan. Uning shashaa-i suriysiga aldanib, Qur'onning gʻoyat moʻ'jiznamo bayoniga qarshi hurmatsizlik qilma!...
IXTOR: Arabiy Risola-i Nurda Oʻn Toʻrtinchi Rashhaning Olti Qatrasi bor. Boxusus Toʻrtinchi Qatraning Olti Nuktasi bor. Qur'oni Hakimning qirq qadar anvo'i i'jozidan oʻn beshtasini bayon etadi. Unga kifoyatan bu yerda ixtisor etdik. Istasang, unga murojaat qil, bir xazina-i moʻ'jizot topasan.
Shaqqi Qamar Moʻ'jizasiga Doirdir
Qamar kabi porloq bir Moʻ'jiza-i Ahmadiya (S.A.V.) boʻlgan inshiqoqi Qamarni, avhomi fosida bilan inhisofga yoʻliqtirish istagan faylasuflar va ularning muhokamasiz muqollidlari deydilarki: "Agar inshiqoqi Qamar sodir boʻlsa edi, umum olamga ma'lum boʻlardi. Butun tarixi bashar naql etishi lozim boʻlar edi!"
Aljavob: Inshiqoqi Qamar; da'vo-i nubuvvatga dalil boʻlish uchun u da'voni eshitgan va inkor etgan hozir bir jamoatga, kechasi, vaqti gʻaflatda oniy oʻlaroq koʻrsatilganidan; ham ixtilofi matoli' va tuman va bulutlar kabi ru'yatga mone sabablarning vujudi bilan birga, u zamonda madaniyat taammum etmaganidan va xususiy qolganidan va tarassudoti samoviya juda oz boʻlganidan; butun atrofi olamda koʻrilishi, umum tarixlarga oʻtishi, albatga lozim emas. Shaqqi Qamar tufayli bu avhom bulutlarini tarqatadigan koʻp nuqtalardan hozircha besh nuqtani tingla.
BIRINCHI NUQTA: U zamon u zamindagi kufforning gʻoyat shadid darajada qaysarliklari tarixan ma'lum va mashhur boʻlgani holda; Qur'oni Hakimning وَ انْشَقَّ الْقَمَرُ deyishi bilan shu voqeani umum olamga ixbor etgani holda; Qur'onni inkor etgan u kuffordan hech bir kishi bu oyatning takzibiga, ya'ni, ixbor etgan shu voqeaning inkoriga ogʻiz ochmaganlar. Agar u zamonda u hodisa oʻsha kufforcha qat'iy va voqe' bir hodisa boʻlmasa edi; shu soʻzni sarrishta qilib, gʻoyat dahshatli bir takzibga va Paygʻambarning ibtoli da'vosiga hujum koʻrsatar edilar. Holbuki, shu voqeaga doir siyar va tarix u voqea bilan munosabatdor kufforning adami vuqu'iga doir hech narsasini naql etmaganlar. Yolgʻiz وَ يَقُولُوا سِحْرٌ مُسْتَمِرٌّ oyatining bayon etgani kabi, tarixan manqul boʻlgan shudirki: U hodisani koʻrgan kuffor, "Sehrdir" deganlar va "Bizga sehr koʻrsatdi. Agar boshqa taraflardagi karvon va qofilalar koʻrgan boʻlsalar, haqiqatdir. Boʻlmasa bizga sehr qilgan" deganlar. Soʻngra ertalabdan Yaman va boshqa taraflardan kelgan qofilalar ixbor etishdiki: "Bunday bir hodisani koʻrdik". Soʻngra kuffor, Faxri Olam (S.A.V.) haqida (xosho): "Yetimi Abu Tolibning sehri samoga ham ta'sir etdi" dedilar.
IKKINCHI NUQTA: Sa'di Taftazoniy kabi a'ozimi muhaqqiqiynning aksari deganlarki: Inshiqoqi Qamar; barmoqlaridan suv oqishi umum bir qoʻshinga suv ichirishi, masjidda xutba oʻqirkan suyangani quruq xodaning mufaroqati Ahmadiyadan (S.A.V.) yigʻlashi umum jamoatning eshitishi kabi mutavotirdir. Ya'ni, tabaqadan-tabaqaga jamoati kasira naql etganki, kizbga ittifoqlari maholdir. Hale kabi mashhur dumli yulduzning ming yil avval chiqqani kabi mutavotirdir. Koʻrmaganimiz Sarandib Orolining vujudi kabi tavotur bilan vujudi qat'iydir, deyishgan. Xullas, bunday gʻoyat qat'iy va shuhudiy masoilda tashkikoti vahmiya qilish, aqlsizlikdir. Yolgʻiz mahol boʻlmasligi kifoyadir. Holbuki shaqqi Qamar, bir vulqon bilan inshiqoq etgan bir togʻ kabi mumkindir.
UCHINCHI NUQTA: Moʻ'jiza da'vo-i nubuvvatning isboti uchun, munkirlarni iqno' etish uchundir, ijbor etish uchun emasdir. Shunday ekan, da'vo-i nubuvvatni eshitganlar uchun, iqno' etadigan bir darajada moʻ'jiza koʻrsatish lozim. Boshqa taraflarga koʻrsatish yoxud ijbor darajasida bir badohat bilan izhor etish, Hakimi Zuljalolning hikmatiga munofiy boʻlgani kabi, sirri taklifga ham muxolifdir. Chunki "Aqlga eshik ochish, ixtiyorni qoʻlidan olmaslik"ni sirri taklif iqtizo etadi. Agar Fotiri Hakim, inshiqoqi Qamarni, faylasuflarning havasotiga koʻra, butun olamga koʻrsatish uchun bir-ikki soat shunday qoldirsa edi va basharning umum tarixlariga oʻtsa edi, u vaqt boshqa hodisoti samoviya kabi yo da'vo-i nubuvvatga dalil boʻlmasdi va risolati Ahmadiyaga (S.A.V.) xususiyati qolmasdi yoxud badohat darajasida shunday bir moʻ'jiza boʻlar ediki, aqlni ijbor etadi, aqlning ixtiyorini qoʻlidan oladi, istar-istamas nubuvvatni tasdiq etadi. Abu Jahl kabi koʻmir ruhli, Abu Bakr Siddiq kabi olmos ruhli insonlar bir saviyada qolib, sirri taklif zoye boʻlardi. Xullas, shu sir uchun: Ham oniy, ham tun, ham vaqti gʻaflat, ham ixtilofi matoli' va tuman va bulut kabi boshqa mavone'ni parda qilib, umum olamga koʻrsatilmadi yoxud tarixlarga oʻtkazilmadi.
TOʻRTINCHI NUQTA: Shu hodisa, tun vaqti harkas gʻaflatda ekan oniy bir suratda sodir boʻlganidan atrofi olamda albatta koʻrilmaydi. Ba'zi afrodga koʻrinsa ham, koʻziga ishonmaydi. Ishontirsa ham, albatta bunday muhim bir hodisa xabari vohid bilan tarixlarga boqiy bir sarmoya boʻlmaydi.
Ba'zi kitoblarda "Qamar ikki boʻlak boʻlgandan soʻng yerga tushgan" ilovasi esa, ahli tahqiq rad etishgan. "Shu moʻ'jiza-i bahirani qiymatdan tushirish niyati bilan, balki bir munofiq ilhoq etgan", deyishgan.
Ham masalan u vaqt, jaholat tumani bilan muhat Angliya, Ispaniyada endi gʻurub; Amerikada kunduz; Chinda, Yaponiyada tong boʻlgani kabi, boshqa yerlarda boshqa mone sabablarga binoan albatta koʻrilmaydi. Endi bu aqlsiz moʻ'tarizga qara, deydiki: "Angliya, Chin, Yaponiya, Amerika kabi aqvomning tarixlari bundan bahs etmaydi. Shunday ekan, bu sodir boʻlmagan". Ming nafrin uningdek Ovrupa malaylarining boshiga!
BESHINCHI NUQTA: Inshiqoqi Qamar, oʻzidan oʻzi ba'zi sabablarga binoan sodir boʻlgan, tasodifiy, tabiiy bir hodisa emaski; oddiy va tabiiy qonunlarga tatbiq etilsin. Balki Shams va Qamarning Xoliqi Hakimi, Rasulining risolatini tasdiq va da'vosini tanvir uchun horiquloda boʻlib u hodisani iqo' etgandir. Sirri irshod va sirri taklif va hikmati risolatning iqtizosi bilan, hikmati rububiyat istagan insonlariga ilzomi hujjat uchun koʻrsatilgan. U sirri hikmatning iqtizo etmagan, istamagan va da'vo-i nubuvvatni hanuz eshitmagan aqtori zamindagi insonlarga koʻrsatmaslik uchun, tuman va bulut va ixtilofi matoli' jihati bilan; ba'zi mamlakatning qamari hali chiqmagani va ba'zilarning quyoshlari chiqqani va bir qismining tongi boʻlishi va bir qismining quyoshi endi gʻurub etishi kabi, u hodisani koʻrishga mone juda koʻp sabablarga binoan koʻrsatilmagan. Agar umum ularga ham koʻrsatilsa edi, u holda yo ishorati Ahmadiyaning (S.A.V.) natijasi va moʻ'jiza-i nubuvvat shaklida koʻrsatilganda edi; u vaqt risolati badohat darajasiga chiqardi. Harkas tasdiqqa majbur boʻlardi, aqlning ixtiyori qolmasdi. Iymon esa aqlning ixtiyori bilan boʻladi. Sirr taklif zoye boʻlardi. Agar yolgʻiz bir hodisa-i samoviya tarzida koʻrsatilsa edi; risolati Ahmadiya (S.A.V.) bilan munosabati uzilardi va u bilan xususiyati qolmasdi.
Alhosil: Shaqqi Qamarning imkonida shubha qolmadi, qat'iy isbot etildi. Hozir vuqu'iga dalolat etgan koʻp burhonlaridan oltitasiga {(Hoshiya) Ya'ni, olti dafa ijmo' suratida vuqu'iga doir olti hujjat bor. Bu maqom koʻp izohga loyiq ekan, ma'ataassuf qisqa qoldi.} ishorat qilamiz. Shundayki:
Ahli adolat boʻlgan sahobalarning vuqu'iga ijmo'i va ahli tahqiq umum mufassirlarningوَ انْشَقَّ الْقَمَرُ tafsirida uning vuju'iga ittifoqlari va ahli rivoyati sodiqa butun muhaddisiynning, juda koʻp sanadlar bilan va muxtalif tariqlar bilan vuqu'ini naql etishi va ahli kashf va ilhom butun avliyo va siddiqiynning shahodati va Ilmi Kalomning maslak jihatidan bir-biridan juda uzoq boʻlgan imomlarining va mutabahhir ulamoning tasdigʻi va nassi qat'iy bilan zalolat ustida ijmo'lari voqe' boʻlmagan ummati Muhammadiyaning (S.A.V.) u voqeani talaqqi-i bilqabul etishi; quyosh kabi inshiqoqi Qamarni isbot etadi.
Alhosil: Bu yerga qadar tahqiq nomiga va xasmni ilzom hisobiga boʻldi. Keyingi jumlalar, haqiqat nomiga va iymon hisobiga boʻladi. Ha, tahqiq shunday dedi, haqiqat esa deydiki:
Samo-i risolatning qamari muniri boʻlgan Xotami Devoni Nubuvvat, mahbubiyat darajasiga chiqqan ubudiyatidagi valoyatning karomati uzmosi va moʻ'jiza-i kubrosi boʻlgan Me'roj bilan, ya'ni bir jismi Arzni samovotda kezdirish bilan samovotning sakanasiga va olami ulviy ahliga rujhoniyati va mahbubiyati koʻrsatildi va valoyatini isbot etdi. Shunga oʻxshab: Arzga bogʻliq, samoga osilgan Qamarni, bir arzlikning ishorati bilan ikki parcha qilib arzning sakanasiga u arzlikning risolatiga shunday bir moʻ'jiza koʻrsatildiki: Zoti Ahmadiya (S.A.V.) Qamarning ochilgan ikki nuroniy qanoti kabi; risolat va valoyat kabi ikki nuroniy qanoti bilan, ikki ziyodor janoh bilan avji kamolotga uchgan; Qobi Qavsayngacha chiqqan, ahli samovot, ham ahli arzga madori faxr boʻlgandir.
Moʻ'jizoti Ahmadiya (S.A.V.) Zaylining Bir Parchasidir
Savol: Shu Me'roji Azim nima uchun Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamga maxsusdir?
Aljavob: Birinchi mushkulingiz: Oʻttiz uch adad Soʻzlarda tafsilan hal qilingan. Bu yerda faqat Zoti Ahmadiyaning (S.A.V.) kamolotiga va daloili nubuvvatiga va u Me'roji a'zamga eng alyoq u boʻlganiga ijmoliy ishoratlar navida bir muxtasar mundarija koʻrsatamiz:
Avvalo: Tavrot, Injil, Zabur kabi Kutubi Muqaddasa, juda koʻp tahrifotga ma'ruz qolganlari holda, bu zamonda ham Husayn Jisriy kabi bir muhaqqiq nubuvvati Ahmadiyaga (S.A.V.) doir u kitoblardan bir yuz oʻn toʻrtta ishoriy bashoratlarni chiqarib "Risola-i Hamidiya"da koʻrsatgan.
Soniyan: Tarixda isbot qilinganki: Shiq va Satih kabi mashhur ikki kohinning nubuvvati Ahmadiyadan (S.A.V.) bir oz avval, nubuvvatiga va oxirzamon paygʻambari ekaniga bayonotlari kabi koʻp bashoratlar, sahih bir suratda tarixan naql etilgandir.
Solisan: Valodati Ahmadiya (S.A.V.) kechasida Ka'badagi sanamlarning sukuti bilan, Kisro-i Forsning saroyi mashhurasi boʻlgan Ayvoni inshiqoq etishi kabi, irhosot deyilgan yuzlab horiqolar tarixda mashhurdir.
Robian: Bir qoʻshinga barmogʻidan kelgan suvni ichirishi va masjidda bir jamoati azimaning huzurida, qurigan xodaning, minbarning naqli sababli mufaroqati Ahmadiyadan (S.A.V.) tuya kabi ingrab yigʻlashi; وَ انْشَقَّ الْقَمَرُ nassi bilan, Shaqqi Qamar kabi, muhaqqiqlarning tahqiqoti bilan mingga yetgan moʻ'jizoti bilan sarfaroz boʻlganini tarix va siyar koʻrsatadi.
Xomisan: Doʻst va dushmanning ittifogʻi bilan, axloqi hasananing shaxsida eng yuksak darajada; va butun muomalotining shahodati bilan sajaya-i samiya, vazifasida va tabligʻotida eng oliy darajada; va Dini Islomdagi mahosini axloqning shahodati bilan, shariatida eng oliy xisali hamida eng mukammal darajada boʻlganiga ahli insof va diqqat taraddud etmaydi.
Sodisan: Oʻninchi Soʻzning Ikkinchi Ishoratida ishorat etilgani kabi: Uluhiyat, muqtazo-i hikmat boʻlib tazohur etishiga muqobil, eng a'zamiy bir darajada Zoti Ahmadiya (S.A.V.) dinidagi a'zamiy ubudiyat bilan eng porloq bir darajada koʻrsatgan. Ham Xoliqi Olamning nihoyat kamoldagi jamolini bir vosita bilan muqtazo-i hikmat va haqiqat boʻlib koʻrsatish istashiga muqobil; eng goʻzal bir suratda koʻrsatuvchi va ta'rif etuvchi, bilbedaho yana u zotdir.
Ham Sone'i Olamning nihoyat jamolda boʻlgan kamoli san'ati ustiga anzori diqqatni jalb etish, tashhir etish istashiga muqobil; eng yuksak bir sado bilan dallollik qilgan, yana bilmushohada u zotdir.
Ham butun olamlarning Robbi, kasrat tabaqotida vahdoniyatni e'lon qilish istashiga muqobil, eng a'zamiy bir darajada butun marotibi tavhidni e'lon etgan yana bizzarura u zotdir.
Ham Sohibi Olamning nihoyat darajada osoridagi jamolning ishorati bilan, nihoyatsiz husni zotiysini va jamolining mahosinini va husnining latoifini oynalarda muqtazo-i haqiqat va hikmat oʻlaroq koʻrish va koʻrsatish istashiga muqobil; eng dabdabali bir suratda oynadorlik qilgan va koʻrsatgan va sevib, boshqasiga sevdirgan yana bilbedaho u zotdir.
Ham shu saroyi olamning Sone'i, gʻoyat horiqo moʻ'jzalar bilan va gʻoyat qiymatli javohirlar bilan toʻla xazina-i gʻaybiyalarini izhor va tashhir etishni va ular bilan kamolotini ta'rif etish va bildirish istashiga muqobil, eng a'zamiy bir suratda tashhir etuvchi, tavsif etuvchi va ta'rif etuvchi yana bilbedaho u zotdir.
Ham shu koinotning Sone'i, shu koinotni anvo'i ajoyib va ziynatlar bilan bezash suratida qilishi va zishuur maxluqotini sayr va tanazzuh va ibrat va tafakkur uchun unga idxol etishi va muqtazo-i hikmat boʻlib ularga u osor va sanayi'ning ma'nolarini, qiymatlarini, ahli tomosha va tafakkurga bildirish istashiga muqobil; eng a'zamiy bir suratda jin va insga, balki ruhoniylarga va maloikalarga ham Qur'oni Hakim vositasi bilan rahbarlik qilgan, yana bilbedaho u zotdir.
Ham shu koinotning Hokimi Hakimi, shu koinotning tahavvulotidagi maqsad va gʻoyani tazammun etgan tilsimi mugʻloqini va mavjudotning "Qayerdan? Qayerga? Va nima ekanlari" boʻlgan shu uch savoli mushkulning muammosini bir elchi vositasida umum zishuurlarga ochtirish istashiga muqobil, eng vazih suratda va eng a'zamiy darajada haqoiqi Qur'oniya vositasi bilan u tilsimni ochgan va u muammoni hal qilgan, yana bilbedaho u zotdir.
Ham shu olamning Sone'-i Zuljaloli, butun goʻzal masnu'oti bilan oʻzini zishuurlarga tanitishi va qiymatli ne'matlar bilan oʻzini ularga sevdirishi, bizzarura uning muqobilida zishuurlarga marziyoti va orzu-i Ilohiyalarini bir elchi vositasi bilan bildirishini istashiga muqobil, eng a'lo va akmal bir suratda, Qur'on vositasi bilan u marziyot va orzularni bayon etgan va keltirgan, yana bilbedaho u zotdir.
Ham Robbul Olamin, meva-i olam boʻlgan insonga, olamni ichiga oladigan bir vus'ati iste'dot berganidan va bir ubudiyati kulliyaga muhayyo etganidan va hissiyot jihatidan kasratga, dunyoga mubtalo boʻlganidan, bir rahbar vositasi bilan, yuzlarini kasratdan vahdatga, foniydan boqiyga oʻgirmoq istashiga muqobil; eng a'zam bir darajada, eng ablagʻ bir suratda, Qur'on vositasi bilan eng ahsan bir tarzda rahbarlik qilgan va risolatning vazifasini eng akmal bir tarzda ifo etgan, yana bilbedaho u zotdir.
Xullas, mavjudotning eng ashrafi boʻlgan zihayot va zihayot ichida eng ashraf boʻlgan zishuur va zishuur ichida eng ashraf boʻlgan haqiqiy inson va haqiqiy inson ichida oʻtgan vazoifni eng a'zamiy bir darajada, eng akmal bir suratda ifo etgan zot; albatta bir Me'roji A'zam bilan Qobi Qavsaynga chiqadigan, saodati abadiya eshigini qoqadigan, xazina-i rahmatni ochadigan, iymonning haqoiqi gʻaybiyasini koʻradigan, yana u boʻladi.
Sabian: Bilmushohada shu masnu'otda gʻoyat goʻzal tahsinot, nihoyat darajada bezalgan tazyinot bordir. Va bilbedaho shunday tahsinot va tazyinot, ularning Sone'ida gʻoyat shiddatli bir iroda-i tahsin va qasdi tazyin bor boʻlganini koʻrsatadi. Va iroda-i tahsin va tazyin esa, bizzarura u Sone'da, san'atiga qarshi quvvatli bir ragʻbat va qudsiy bir muhabbat boʻlganini koʻrsatadi. Va masnu'ot ichida eng jome' va latoifi san'atni birdan oʻzida koʻrsatgan va bilgan va bildirgan va oʻzini sevdirgan va boshqa masnu'otdagi goʻzalliklarni "Mashaalloh" deb istehson etgan, bilbedaho u san'atparvar va san'atini juda sevgan Sone'ning nazarida eng ziyoda mahbub, u boʻladi.
Xullas, masnu'otni porlatgan mazoya va mahosinga va mavjudotni yoritgan latoif va kamolotga qarshi, "Subhanalloh, Mashaalloh, Allohu Akbar" deb samovotni larzaga keltirgan va Qur'onning ohanglari bilan koinotni hayajonga soldirgan, istehson va taqdir bilan, tafakkur va tashhir bilan, zikr va tavhid bilan, barr va bahrni jazbaga keltirgan, yana bilmushohada u zotdir.
Xullas bunday bir zotki: اَلسَّبَبُ كَالْفَاعِلِ sirriga koʻra butun ummati ishlagan hasanotining bir misli, kafa-i mezonida boʻlgan va umum ummatining salavoti uning ma'naviy kamolotiga imdod bergan va risolatida bajargan vazoifning natoijini va ma'naviy ujrati bilan barobar rahmat va muhabbati Ilohiyaning nihoyatsiz fayziga mazhar boʻlgan bir zot, albatta Me'roj zinapoyasi bilan Jannatga, Sidrat-ul Muntahoga, Arshga, Qobi Qavsaynga qadar ketish, ayni haq, nafsi haqiqat, mahzi hikmatdir.
(Hoshiya): Eng muhim bir jarida-i Islomiyada, umum olami Islomga taalluq etgan va gʻoyat ahamiyatli siyosatchilardan va hayoti ijtimoiya bilan koʻp aloqador boʻlgan umum huquqchilardan 1927 yilda Ovrupada toʻplangan bir majlisda muhim ajnabiy faylasuflar, shariati Muhammadiyaga (S.A.V.) doir bu pastda yozilgan Arabcha fikraning aynisini oʻz lisonlari bilan aytganlar. U Arabcha jarida naql etgan Arabcha ifodani aynan yozyapmiz va tarjimasini ham Arabcha ifodaning ostiga ilova etyapmiz. Nur Chashmasining oxirida yozilgan ajnabiy faylasuflardan qirq uch donasining bayonoti, bu ikki qahramon faylasufning bayonoti bilan qirq besh dona shohidi sodiq boʻladi. اَلْفَضْلُ مَا شَهِدَتْ بِهِ الْاَعْدَاءُ "Fazilat shuki; dushmanlar ham uni tasdiq etsin".
Arabcha gazetaning bayonoti:
Tarjimasining bir xulosasi:
Ha, gʻarb ulamosi va faylasuflari e'tirof va iqror etishganki: "Islomiyatning qonunlari yuksak bir tarzda olamning islohiga kifoyadir".
Ham Kulliyat-ul Huquq Kongressining uyushmasida, butun huquqqiyun toʻplangan u majlisda 1927 yilda uning raisi faylasuf ustoz Shebol: "Muhammadning (S.A.V.) bashariyatga intisobi bilan butun bashariyat muhaqqaq iftixor etadi. Chunki u zot ummiy boʻlishi bilan barobar, oʻn uch asr avval shunday bir shariat keltirganki; biz Ovrupaliklar ikki ming yil soʻngra uning qiymatiga va haqiqatiga yetishsak, eng mas'ud, eng saodatli boʻlamiz", degan.
Ikkinchisi yoxud Nur Chashmasining oxiriga ilova etilganlar bilan qirq beshinchi boʻlgan Bernard Show degan: "Dini Muhammadiyning (S.A.V.) eng yuksak maqomi taqdirga chiqishining sababi: Gʻoyat ajib va sogʻlom bir hayotni ta'min etishidir. Menga ochilgan shuki: U din bir, yakto, oʻxshovsiz bir dini farid boʻlib, butun muxtalif boshqa-boshqa hayotning atvorlarini va turlarini hazm ettiradi. Ya'ni, isloh va istihola tarzida tasfiya va taraqqiy ettiradi. Ham Muhammadning (S.A.V.) dini shunday bir dinki, insonning boshqa-boshqa butun millatlarini oʻziga jalb eta oladi. Men koʻryapman va e'tiqod etyapmanki: Basharga vojibdirki desin: "Muhammad (S.A.V.) insoniyatning xaloskoridir. Va xaloskorlik nomi, unga berilishi lozimdir".
Ham deydi: "Men e'tiqod etyapmanki: Muhammadning misli, ya'ni siyratida, tarzida bir odam hozirgi yangi olamga rais boʻlsa, hukm etsa; bu yangi olamning mushkulotini hal etib, bu yangi aralash-quralash olamda musolamati umumiya va saodati hayotning husuliga sabab boʻladi. Ha, bu yangi olamning musolamat va saodati hayotiyaga naqadar shadid ehtiyoji bor boʻlganini harkas anglaydi!"
Oyat-ul Kubro Risolasining Risolati Ahmadiyadan bahs etgan
Soʻngra u dunyo sayyohi oʻz aqliga dediki: Modomiki bu koinotning mavjudoti bilan molikimni va xoliqimni qidiryapman. Albatta, hamma narsadan avval bu mavjudotning eng mashhuri va a'dasining tasdigʻi bilan ham eng mukammali va eng buyuk qoʻmondoni va eng nomdor hokimi va soʻz jihatidan eng yuksagi va aql jihatidan eng porlogʻi va oʻn toʻrt asrni fazilati bilan va Qur'oni bilan nurlantirgan Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamni ziyorat qilish va qidirganimni undan soʻrash uchun birgalikda Asri Saodatga borishimiz kerak deb, aqli bilan barobar u asrga kirdi. Koʻrdiki: U asr haqiqatdan u zot (S.A.V.) bilan saodati bashariya asri boʻlgan. Chunki eng badaviy va eng ummiy bir qavmni keltirgan nuri vositasi bilan qisqa bir zamonda dunyoga ustoz va hokim qilgan.
Va oʻz aqliga dedi: Biz eng avval bu favquloda zotning (S.A.V.) bir daraja qiymatini va soʻzining haqqoniyatini va ixborotining toʻgʻriligini bilishimiz kerak, soʻngra xoliqimizni undan soʻrashimiz kerak deb taxarrini boshladi. Topgan hadsiz qat'iy dalillaridan bu yerda yolgʻiz toʻqqiz kulliyatiga bittadan qisqa ishorat qilinadi.
Birincisi: Bu zotda (S.A.V.), hatto dushmanlarining tasdigʻi bilan, butun goʻzal xulqlarning va axloqlarning boʻlishi va
oyatlarining sarohati bilan: Bir barmogʻining ishorati bilan Qamar ikki parcha bolishi, va bir hovuchi bilan a'dasining qoʻshiniga otgan oz bir tuproq umum u qoʻshinning koʻzlariga kirishi bilan qochishlari va suvsiz qolgan oʻz qoʻshiniga besh barmogʻidan kavsar kabi oqqan suvni kifoyat darajasida ichirishi kabi naqli qat'iy bilan va bir qismi tavotur bilan yuzlab moʻ'jizotning u kishining qoʻlida zohir boʻlishidir. Bu moʻ'jizotdan uch yuzdan ziyoda bir qismi Oʻn Toʻqqizinchi Maktub boʻlgan Moʻ'jizoti Ahmadiya (S.A.V.) nomli horiqo va karomatli bir risolada qat'iy dalillari bilan barobar bayon qilinganidan, ularni unga havola qilib dediki: Bu qadar axloqi hasana va kamolot bilan barobar bu qadar moʻ'jizoti bahirasi boʻlgan bir zot (S.A.V.) albatta eng toʻgʻri soʻzlidir. Axloqsizlarning ishi boʻlgan hiylaga, yolgʻonga, xatoga tanazzul etishi mumkin emas.
Ikinchisi: Qoʻlida bu koinot sohibining bir farmoni boʻlgani va u farmonni har asrda uch yuz milliondan ziyoda insonlar qabul va tasdiq qilishgani va u farmon boʻlgan Qur'oni Azimushshonning yetti vajh bilan horiqo boʻlishidir. Va bu Qur'onning qirq vajh bilan moʻ'jiza boʻlgani va koinot xoliqining soʻzi boʻlgani quvvatli dalillari bilan barobar, "Yigirma Beshinchi Soʻz va Moʻ'jizoti Qur'oniya" nomlaridagi Risola-i Nurning bir quyoshi boʻlgan mashhur bir risolada batafsil bayon qilinishidan, uni unga havola qilib dedi: Bunday ayni haq va haqiqat bir farmonning tarjimoni va tabligʻ etuvchisi boʻlgan zotda (S.A.V.) farmonga jinoyat va farmon sohibiga xiyonat hukmida boʻlgan yolgʻon boʻlishi va topilishi mumkin emas!..
Uchinchisi: U zot (S.A.V.) shunday bir shariat va bir Islomiyat va bir ubudiyat va bir duo va bir da'vat va bir iymon bilan maydonga chiqqanki, ularning na misli bor va na boʻladi. Va ulardan yanada mukammali na boʻlgan va na boʻladi. Chunki ummiy bir zotda (S.A.V.) zuhur etgan u shariat oʻn toʻrt asrni va navi basharning beshdan birini odilona, haqqoniyat ustida va mudaqqiqona, hadsiz qonunlari bilan idora qilishi oʻxshash qabul qilmaydi.
Ham ummiy bir zotning (S.A.V.) af'ol va aqvol va ahvolidan chiqqan Islomiyat har asrda uch yuz million insonning rahbari va marji'i va aqllarining muallimi va murshidi va qalblarining munavviri va musaffiysi va nafslarining murabbiysi va muzakkiysi va ruhlarining madori inkishofi va ma'dani taraqqiyoti boʻlishi jihati bilan misli boʻlolmaydi va boʻlolmagan.
Ham dinida boʻlgan butun ibodotning butun anvo'ida eng oldin boʻlishi va harkasdan ziyoda taqvoda boʻlishi va Allohdan qoʻrqishi va favquloda doimiy mujahadot va dagʻdagʻalar ichida, aynan ubudiyatning eng nozik asroriga qadar rioya qilishi va hech kimni taqlid qilmasdan va tom ma'nosi bilan va mubtadiyona eng mukammal shaklda, ham ibtido va intihoni birlashtirishi; albatta misli koʻrilmaydi va koʻrilmagan.
Ham minglab duo va munojotlaridan Javshan-ul Kabir bilan, shunday bir ma'rifati Rabboniya bilan, shunday bir darajada Robbini tavsif etadiki, u zamondan beri kelgan ahli ma'rifat va ahli valoyat, talohuqi afkor bilan barobar, na u martaba-i ma'rifatga va na u daraja-i tavsifga yetisholmasliklari koʻrsatadiki, duoda ham uning misli yoʻq! Risola-i Munojotning boshida Javshan-ul Kabirning toʻqson toʻqqiz fikrasidan bir fikrasining qisqacha bir ma'nosining bayon qilingan yeriga qaragan odam Javshanning ham misli yoʻq deydi.
Ham tabligʻi risolatda va insonlarni haqqa da'vatda shu daraja matonat va sabot va jasorat koʻrsatganki, katta davlatlar va katta dinlar, hatto qavm va qabilasi va amakisi u kishiga shiddatli adovat qilishgani holda, zarra miqdor bir asari taraddud, bir xavotirlanish, bir qoʻrqoqlik koʻrsatmasligi va bir oʻzi butun dunyoga qarshi chiqishi va boshga ham chiqarishi va Islomiyatni dunyoning boshiga oʻtkazishi isbot qiladiki, tabligʻ va da'vatda ham misli boʻlmagan va boʻlolmaydi.
Ham iymonda shunday favquloda bir quvvat va horiqo bir yaqiyn va moʻ'jizona bir inkishof va jahonni nurlantirgan bir ulviy e'tiqod tashiganki, u zamonning hukmroni boʻlgan butun afkori va aqidalari va hukamoning hikmatlari va ruhoniy raislarning ilmlari unga muoriz va muxolif va munkir boʻlganlari holda, uning na yaqiyniga, na e'tiqodiga, na e'timodiga, na itminoniga hech bir shubha, hech bir taraddud, hech bir zaiflik, hech bir vasvasa bermasliklari va ma'naviyatda va marotibi iymoniyada taraqqiy etgan boshda sahobalar va butun ahli valoyat uning har doim martaba-i iymonidan fayz olishlari va uni eng yuksak darajada topishlari, bilbedaho koʻrsatadiki, iymoni ham benazirdir.
Shunday benazir bir shariat va mislsiz bir Islomiyat va horiqo bir ubudiyat va favquloda bir duo va jahonpisandona bir da'vat va moʻ'jizona bir iymon sohibida, albatta hech bir jihat bilan yolgʻon boʻlolmaydi va aldatmaydi deya angladi va aqli ham tasdiq qildi.
Toʻrtinchisi: Anbiyolarning (Alayhimussalom) ijmo'i, qandayki vujud va vahdoniyati Ilohiyaga gʻoyat quvvatli bir dalil ekan, xuddi shuning kabi, u zotning (S.A.V.) toʻgʻriligiga va risolatiga gʻoyat sogʻlom bir shahodatdir. Chunki Anbiyo Alayhimussalomning toʻgʻriliklariga va paygʻambar boʻlishlariga mador boʻlgan naqadar qudsiy sifatlar va moʻ'jizalar va vazifalar boʻlsa, u zotda (S.A.V.) eng oldinda boʻlgani tarixda musaddaqdir. Qandayki ular lisoni qol bilan Tavrot, Injil, Zabur va suhuflarida bu zotning (S.A.V.) kelishini xabar berib insonlarga bashorat berishganki, kutubi muqaddasaning u bashoratli ishorotidan yigirmadan ortiq va juda zohir bir qismi Oʻn Toʻqqizinchi Maktubda goʻzal ravishda bayon va isbot qilingan. Shunga oʻxshab, lisoni hollari bilan, ya'ni nubuvvatlari bilan va moʻ'jizalari bilan oʻz maslaklarida va vazifalarida eng oldinda va eng mukammal boʻlgan bu zotni tasdiq qilib, da'vosiga imzo bosadilar. Va lisoni qol va ijmo' bilan vahdoniyatga dalolat qilishgani kabi, lisoni hol bilan va ittifoq bilan ham bu zotning sodiqiyatiga shahodat qiladilar deya angladi.
Beshinchisi: Bu zotning dasturlari bilan va tarbiyasi va tobeiyati bilan va orqasidan ketishlari bilan haqqa, haqiqatga, kamolotga, karomatga, kashfiyotga, mushahadotga yetishgan minglarcha avliyo vahdoniyatga dalolat qilishgani kabi, ustozlari boʻlgan bu zotning sodiqiyatiga va risolatiga ijmo' va ittifoq bilan shahodat qiladilar. Va olami gʻaybdan bergan xabarlarning bir qismini nuri valoyat bilan mushohada etishlari va umumini nuri iymon bilan yo ilmalyaqiyn yoki aynalyaqiyn yoki haqqalyaqiyn suratida e'tiqod va tasdiq qilishlari ustozlari boʻlgan bu zotning daraja-i haqqoniyat va sodiqiyatini quyosh kabi koʻrsatganini koʻrdi.
Oltinchisi: Bu zotning ummiyligi bilan birga keltirgan haqoiqi qudsiya va ixtiro qilgan ulumi oliya va kashf qilgan ma'rifati Ilohiyaning darsi va ta'limi bilan, martaba-i ilmiyada eng yuksak maqomga yetishgan millionlab asfiyo-i mudaqqiqiyn va siddiqiyni muhaqqiqiyn va dohiy hukamo-i moʻ'miniyn bu zotning ussul asos da'vosi boʻlgan vahdoniyatni quvvatli burhonlari bilan bil-ittifoq isbot va tasdiq qilishgani kabi, bu muallimi akbarning va bu ustozi a'zamning haqqoniyatiga va soʻzlarining haqiqat boʻlganiga ittifoq bilan shahodatlari kunduz kabi bir hujjati risolati va sodiqiyatidir. Masalan: Risola-i Nur yuz parchasi bilan bu zotning sadoqatining birgina burhonidir.
Yettinchisi: Ol va asxob nomli va navi basharning anbiyodan soʻngra farosat va diroyat va kamolot bilan eng mashhuri va eng muhtaram va nomdori va eng dindor va eng keskin nazarli toifa-i azimasi qattiq qiziqish bilan va gʻoyat diqqat va nihoyat jiddiyat bilan bu zotning butun yashirin va oshkora hollarini va fikrlarini va vaziyatlarini taxarri va taftish va tadqiq qilishlari natijasida bu zotning dunyoda eng sodiq va eng yuksak va eng haqli va haqiqatli ekaniga ittifoq bilan va ijmo' bilan va oʻzgarmas tasdiqlari va quvvatli iymonlari, quyoshning ziyosiga dalolat qilgan kundek ravshan dalil deya angladi.
Sakkizinchi: Bu koinot qandayki oʻzini ijod va idora va tartib qilgan va tasvir va taqdir va tadbir bilan bir saroy kabi, bir kitob kabi, bir koʻrgazma kabi, bir tomoshagoh kabi tasarruf qilgan sone'iga va kotibiga va naqqoshiga dalolat qiladi. Shunga oʻxshab, koinotning xilqatidagi maqosidi Ilohiyani biladigan va bildiradigan va tahavvulotidagi Rabboniy hikmatlarini ta'lim beradigan va vazifadorona harakotidagi natijalarni dars beradigan va mohiyatidagi qiymatini va ichidagi mavjudotning kamolotini e'lon qiladigan va u kitobi kabirning ma'nolarini ifoda qiladigan bir yuksak dallol, bir toʻgʻri kashshof, bir muhaqqiq ustoz, bir sodiq muallim istagani va iqtizo etgani va har holda boʻlishiga dalolat qilgani jihati bilan, albatta bu vazifalarni hammadan ziyoda qilgan bu zotning haqqoniyatiga va bu koinot Xoliqining eng yuksak va sodiq bir ma'muri boʻlganiga shahodat qilganini bildi.
Toʻqqizinchisi: Modomiki bu san'atli va hikmatli masnu'oti bilan oʻz hunarlarini va san'atkorligining kamolotini tashhir etish va bu bezalgan, ziynatli nihoyatsiz maxluqoti bilan oʻzini tanittirish va sevdirish va bu lazzatli va qiymatli hisobsiz ne'matlari bilan oʻziga tashakkur va hamd ettirish va bu shafqatli va himoyali umumiy tarbiya va iosha bilan, hatto ogʻizlarning eng nozik zavqlarini va ishtahalarning har navini qoniqtiradigan bir suratda ihzor etilgan Rabboniy it'omlar va ziyofatlar bilan oʻz rububiyatiga qarshi minnatdorona va mutashakkirona va parastishkorona ibodat ettirish va mavsumlarning tabdili va kecha va kunduzning tahvili va ixtilofi kabi azamatli va hashmatli tasarrufot va ijroot va dahshatli va hikmatli faoliyat va xalloqiyat bilan oʻz uluhiyatini izhor qilib, u uluhiyatiga qarshi iymon va taslim va inqiyod va itoat ettirish va har doim yaxshilikni va yaxshilarni himoya, yomonlikni va yomonlarni izola va samoviy ta'zirlar bilan zolimlarni va yolgʻonchilarni imho etish jihati bilan haqqoniyat va adolatini koʻrsatishni istagan parda orqasida biri bor. Albatta va har holda, u gʻaybiy zotning yonida eng sevgili maxluqi va eng toʻgʻri abdi va uning mazkur maqsadlariga toʻliq xizmat qilib, xilqati koinotning tilsimini va muammosini hal va kashf qilgan va doimo Xoliqining nomidan harakat qilgan va undan istimdod etgan va muvaffaqiyat istagan va u tarafidan imdodga va tavfiqqa mazhar boʻlgan va Muhammadi Qurayshiy deyilgan bu zot boʻladi. (S.A.V.)
Ham aqliga dedi: Modomiki bu mazkur toʻqqiz haqiqatlar bu zotning sidqiga shahodat qilar ekan, albatta bu odam bani odamning madori sharafi va bu olamning madori iftixoridir. Va unga "Faxri Olam" va "Sharafi Bani Odam" deyilishi juda loyiqdir va uning qoʻlida boʻlgan farmoni Rahmon Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning hashmati saltanati ma'naviyasining nisfi arzni istilosi va shaxsiy kamoloti va yuksak xislatlari koʻrsatadiki, bu olamda eng muhim zot udir, Xoliqimiz haqida eng muhim soʻz unikidir.
Mana kel, qara! Bu horiqo zotning yuzlab zohir va bahir qat'iy moʻ'jizalarining quvvatiga va dinidagi minglab oliy va asosli haqiqatlariga istinodan, butun da'volarining asosi va butun hayotining gʻoyasi, Vojib-ul Vujudning vujudiga va vahdatiga va sifotiga va asmosiga dalolat va shahodat va u Vojib-ul Vujudni isbot va e'lon va i'lam etishdir.
Demak, bu koinotning ma'naviy quyoshi va Xoliqimizning eng porloq bir burhoni bu Habibulloh deyilgan zot boʻlib, uning shahodatini qoʻllagan va tasdiq va imzo bosgan aldanmaydigan va aldamaydigan uch buyuk ijmo' bor:
Birinchisi: "Agar parda-i gʻayb ochilsa, yaqiynim ziyodalashmaydi" degan Imom Ali (Roziyallohu Anh) va yerda ekan arshi a'zamni va Isrofilning azamati haykalini tomosha qilgan Gʻavsi A'zam (Q.S.) kabi keskin nazar va gʻaybbin koʻzlari boʻlgan minglab aqtob va avliyo-i azimani jamlagan va Oli Muhammad nomi bilan shuhratshiori olam boʻlgan jamoati nuroniyaning ijmo' bilan tasdiqlaridir.
Ikkinchisi: Badaviy bir qavm va ummiy bir muhitda, hayoti ijtimoiyadan va afkori siyosiyadan xoli va kitobsiz va fatrat asrining qorongʻiliklarida boʻlgan va juda oz bir zamonda eng madaniy va oʻqimishli va hayoti ijtimoiyada va siyosiyada eng oldinda boʻgan millatlarga va hukumatlarga ustoz va rahbar va diplomat va hokimi odil boʻlib, sharqdan gʻarbga qadar jahonpisandona idora qilgan va "Sahoba" nomi bilan dunyoda nomdor boʻlgan jamoati mashhuraning ittifoq bilan jon va mollarini, padar va qabilalarini fido qildirgan bir quvvatli iymon bilan tasdiqlaridir.
Uchinchisi: Har asrda minglarcha afrodi boʻlgan va har fanda dohiyona ilgarilagan va muxtalif maslaklarda mashgʻul boʻlgan va ummatidan yetishgan hadsiz muhaqqiq va mutabahhir ulamosining jamoati uzmosining tavofuq bilan va ilmalyaqiyn darajasida tasdiqlaridir.
Demak bu zotning vahdoniyatga shahodati shaxsiy va juz'iy emas, balki umumiy va kulliy va oʻzgarmas va butun shaytonlar toʻplansa, qarshisiga hech bir jihat bilan chiqolmaydigan shahodatdir deb hukm qildi.
Mana Asri Saodatda aqli bilan barobar sayohat qilgan dunyo musofiri va hayot yoʻlovchisi u madrasa-i nuroniyadan olgan darsiga qisqa bir ishorat sifatida, Birinchi Maqomning oʻn oltinchi martabasida:
deyilgan.