OʻN SAKKIZINCHI MAKTUB
BIRINCHI MASALA-I MUHIMMA: "Futuhoti Makkiya" sohibi Muhyiddin Arab (Q.S.) va "Insoni Komil" deyilgan mashhur bir kitobning sohibi Sayyid Abdulkarim (Q.S.) kabi avliyo-i mashhura; kura-i arzning tabaqoti sab'asidan va Qof Togʻi orqasidagi Arzi Bayzodan va Futuhotda Mashmashiya deyilgan ajoyiblardan bahs etadilar; "koʻrdik" deydilar. Ajabo, ularning aytganlari toʻgʻrimi? Toʻgʻri boʻlsa; holbuki, bu joylarning yerda joylari yoʻq. Ham Joʻgʻrofiya va fan ularning bu gaplarini qabul qilmaydi. Agar toʻgʻri boʻlmasa, bular qanday valiy boʻlishlari mumkin? Bunday xilofi voqe' va xilofi haq aytgan qanday qilib ahli haqiqat boʻla oladi?
Aljavob: Ular ahli haq va haqiqatdir; ham ahli valoyat va shuhuddirlar. Koʻrganlarini toʻgʻri koʻrganlar, faqat ihotasiz boʻlgan holati shuhudda va roʻyo kabi ru'yatlarini ta'birda bergan hukmlarida haqlari boʻlmagani uchun, qisman yanglishdir. Roʻyodagi odam oʻz roʻyosini ta'bir qila olmagani kabi, u qism ahli kashf va shuhud ham ru'yatlarini, oʻsha holda ekan, oʻzlari ta'bir qila olmaydilar. Ularni ta'bir qiladigan, "asfiyo" deyilgan varosati nubuvvat muhaqqiqlaridir. Albatta u qism ahli shuhud ham, asfiyo maqomiga chiqqan vaqtlarida, Kitob va Sunnatning irshodi bilan yanglishlarini anglaydilar, tasxix etadilar; etishgan ham.
Bu haqiqatni izohlaydigan hikoya-i tamsiliyani tingla. Shundayki:
Bir zamon ahli qalb ikki choʻpon bor ekan. Oʻzlarining yogʻoch kosalariga sut sogʻib yonlariga qoʻydilar. Qamish ta'bir etganlari naylarini oʻsha sut kosasi ustiga qoʻyishdi. Birisi "uyqum keldi" deb yotdi. Uyquda bir muddat qoldi. Narigisi sherigiga diqqat qildi, koʻrdiki; chivindek narsa, uxlagan sherigining burnidan chiqib sut kosasiga qaradi va soʻngra qamish ichiga kirdi, narigi uchidan chiqib ketdi, bir buta ostidagi teshikka kirib koʻzdan gʻoyib boʻldi. Ma'lum vaqt oʻtgach, yana oʻsha narsa qaytdi, yana qamish ichidan oʻtdi, yotgan kishining burniga kirdi; va u uygʻondi. Aytdiki: "Ey birodar! Ajib bir roʻyo koʻrdim". U: "Alloh xayrli qilsin, nima ekan?", dedi. Aytdiki: "Sutdan bir dengiz koʻrdim. Ustida ajib bir koʻprik uzangandi. U koʻprikning usti yopiq, derazali edi. Men u koʻprikdan oʻtdim. Bir changalzor koʻrdimki, tepalari tikanli edi. Uning ostida bir gʻor koʻrdim, ichiga kirdim, oltin toʻla bir xazina koʻrdim. Ajabo, ta'biri nima ekan?"
Uygʻoq birodari unga: "Sen koʻrgan sut dengizi, shu yogʻoch kosadir. U koʻprik esa, shu qamishmizdir. U tepasi uchli changalzor esa, shu kiyikpanja butasidir. U gʻor esa, shu kichik teshikdir. Belkurakni keltir, senga xazinani ham koʻrsataman." Belkurakni keltirdi. U kiyikpanjaning ostini qazdilar, ikkovini ham dunyoda mas'ud qiladigan oltinlarni topdilar.
Xullas, yotgan odamning koʻrgani toʻgʻridir, toʻgʻri koʻrgan, lekin roʻyoda ekan ihotasiz boʻlgani uchun, ta'bir qilishga haqqi boʻlmagani uchun, olami moddiy bilan olami ma'naviyni bir-biridan farqlamaganidan, hukmi qisman yanglish boʻlib, "Men haqiqiy moddiy bir dengiz koʻrdim." deydi. Lekin uygʻoq odam olami misol bilan olam moddiyni farq qilgani uchun, ta'bir qilishga haqqi bor: "Koʻrganing toʻgʻri, faqat haqiqiy dengiz emas; balki shu sut kosamiz sening xayolingga dengiz kabi koʻringan, qamish esa koʻprik kabi boʻlgan va hokazo..." Demak, bundan chiqdi; olami moddiy bilan olami ruhoniyni bir-biridan farq qilish lozim boʻladi. Bir-biriga aralashtirilsa, hukmlari yanglish boʻladi. Masalan: Sening tor bir xonang bor; ichiga toʻrt devorini qoplaydigan toʻrtta katta oyna qoʻyilgan. Sen ichiga kirgan vaqting, u tor xonani bir maydon qadar keng koʻrasan. Agar "Xonamni keng bir maydondek koʻryapman" desang, toʻgʻri aytgan boʻlasan. Agar "Xonam bir maydon qadar keng" deb hukm qilsang, yanglishgan boʻlasan. Chunki olami misolni olami haqiqiy bilan chalkashtirasan.
Xullas, Kura-i Arzning tabaqoti sab'asiga doir ba'zi ahli kashfning, Kitob va Sunnatning mezoni bilan tortmasdan bayon qilgan tasviroti, yolgʻiz joʻgʻrofiya nuqtai nazaridagi moddiy tuzilishdan iborat emas. Masalan, aytishganki: "Bir tabaqa-i Arz jin va ifritlarnikidir. Minglab yillik kengligi bor." Holbuki bir-ikki yilda aylanib chiqiladigan kuramizda u ajib tabaqalar joylasholmaydi. Faqat olami ma'no va olami misolda va olami barzoh va arvohda, kuramizni bir qaragʻayning danagi hukmida faraz qilsak, undan tamassul va tashakkul etgan misoliy shajarasi u danakka nisbatan ulkan qaragʻay daraxtichalik boʻlgani uchun, bir qism ahli shuhud, sayri ruhoniylarida Arzning tabaqalaridan ba'zilarini olami misolda juda keng tarzda koʻradilar; minglab yillik masofa egallaganini koʻradilar. Koʻrganlari toʻgʻri; faqat olami misol suratan olami moddiyga oʻxshagani uchun, ikki olamni mamzuj koʻradilar, shunday ta'bir qiladilar. Olami sahvaga qaytganlarida, mezonsiz boʻlgani uchun, mashhudotlarini aynan yozganlaridan, xilofi haqiqat deb qabul qilinadi. Qandayki, kichik bir oynada ulkan bir saroy bilan ulkan bir bogʻning vujudi misoliyalari unda joylashadi. Shunga oʻxshab, olami moddiyning bir yillik masofasida minglab yillar vus'atida boʻlgan vujudi misoliy va haqoiqi ma'naviya joylashadi.
XOTIMA: Shu masaladan anglashiladiki: Daraja-i shuhud daraja-i iymoni bilgʻaybdan ancha pastdir. Ya'ni: Yolgʻiz shuhudiga istinod etgan bir qism ahli valoyatning ihotasiz kashfiyoti, varosati nubuvvat ahli boʻlgan asfiyo va muhaqqiqiynning shuhudga emas, Qur'onga va vahiyga, gʻaybiy, faqat sof, ihotali, toʻgʻri haqoiqi iymoniyalariga doir ahkomlariga yetmaydi. Demak, butun ahvol va kashfiyotning va azvoq va mushohadotning mezoni: Kitob va Sunnatdir. Va oʻlchovlari, Kitob va Sunnatning dasotiri qudsiyalari va asfiyo-i muhaqqiqiynning qavonini hadsiyalaridir.
IKKINCHI MASALA-I MUHIMMA: Savol: Vahdat-ul Vujud masalasi koʻplar tarafidan eng yuksak maqom deb bilinadi. Holbuki valoyati kubroda boʻlgan boshda Xulafo-i Arba'a va Sahobalar hamda boshda Xamsa-i Oli Aba va Aimma-i Ahli Bayt hamda boshda Aimma-i Arba'a va mujtahidiyn va tobe'iyndan bu xildagi vahdat-ul vujud mashrabi sarihan koʻrilmagan. Ajabo, ulardan keyin chiqqanlar yanada taraqqiy qilishganmi, yanada mukammal bir jadda-i kubro topishganmi?
Aljavob: Xosho! Shamsi Risolatning eng yaqin yulduzlari va eng qorib varosalari boʻlgan asfiyodan ilgarilab ketish hech kimning haddi emas! Balki jadda-i kubro ularnikidir.
Vahdat-ul Vujud esa, bir mashrab va bir hol va bir noqis martabadir. Lekin zavqli, nash'ali boʻlgani uchun, sayri sulukda u martabaga kirgan vaqtlari, koʻplar chiqishni istamaydilar, u yerda qoladilar; eng muntaho martaba deb oʻylaydilar.
Xullas bu mashrab sohibi, agar moddiyotdan va vasoitdan tajarrud etgan va asbob pardasini yirtgan bir ruh boʻlsa, istigʻroqkorona bir shuhudga mazhar boʻlsa, vahdat-ul vujuddan emas, balki vahdat-ush shuhuddan nash'at etan, ilmiy emas, holiy bir vahdat-ul vujud uning uchun bir kamol, bir maqom ta'min eta oladi. Hatto Alloh hisobiga koinotni inkor qilish darajasiga borishi mumkin. Agar sabablar ichiga shoʻngʻigan boʻlsa, moddiyotga mutavagʻgʻil boʻlsa, vahdat-ul vujud deyishi, koinot hisobiga Allohni inkor qilishgacha boradi.
Ha, jadda-i kubro, sahoba va tobe'iyn va asfiyoning jaddasidir. حَقَائِقُ الْاَشْيَاءِ ثَابِتَةٌ jumlasi ularning qoida-i kulliyalaridir. Va Janobi Haqning لَيْسَ كَمِثْلِه۪ شَىْءٌ ning mazmuniga koʻra, hech narsa bilan mushobahati yoʻq. Tahayyuz va tajazzidan munazzahdir. Mavjudot bilan aloqasi, xoliqiyatdir. Ahli vahdat-ul vujudning aytganlaridek; mavjudot avhom va xayolot emas. Koʻringan ashyo ham Janobi Haqning osoridir. "Hamast" emas, "Hama Azust"dir. Ya'ni, hamma narsa U emas, balki hamma narsa Undandir. Chunki hodisot ayni Qadim boʻlolmaydi. Shu masalani ikki tamsil bilan fahmga taqrib etamiz:
Birinchisi: Masalan, bir podshoh bor. U podshohning hokimi odil ismi bilan bir adliya doirasi, u ismning jilvasini koʻrsatadi. Bir ismi xalifadir. Bir mashixat va bir ilmiya doirasi u ismning mazharidir. Yana Qoʻmondoni A'zam ismi bor. U ism bilan davoiri askariyada faoliyat koʻrsatadi. Qoʻshin u ismning mazharidir. Hozir birov chiqib: "U podshoh faqat hokimi odildir; davoiri adliyadan boshqa doira yoʻq" desa, u vaqt bilmajburiya, adliya ma'murlari ichida, haqiqiy emas, e'tiboriy bir suratda, mashixat doirasidagi ulamoning avsofini va ahvolini ularga tatbiq etib, zilliy va xayoliy tarzda, haqiqiy adliya ichida taba'i va zilliy bir mashixat doirasi tasavvur qilinadi. Ham doira-i askariyaga oid ahvol va muomalotini yana faraziy bir tarzda, u ma'muriyni adliya ichida koʻrib, gʻayri haqiqiy bir doira-i askariya tarzida qaraladi va hokazo... Mana shu holda, podshohning haqiqiy ismi va haqiqiy hokimiyati, hokimi odil ismidir va adliyadagi hokimiyatdir. Xalifa, qoʻmondoni a'zam, sulton kabi ismlari haqiqiy emas, e'tiboriydirlar. Holbuki podshohlik mohiyati va saltanat haqiqati butun ismlarni haqiqiy holda iqtizo etadi. Haqiqiy ismlar esa, haqiqiy doiralarni istaydi va iqtizo etadi. Xullas, saltanati uluhiyat Rahmon, Razzoq, Vahhob, Xalloq, Faol, Karim, Rahim kabi juda koʻp asmo-i muqaddasani haqiqiy holda iqtizo qiladi. U haqiqiy asmo haqiqiy oynalarni iqtizo etadi. Hozir ahli vahdat-ul vujud modomiki لَا مَوْجُودَ اِلَّا هُوَ deydi, haqoiqi ashyoni xayol darajasiga tushiradi. Janobi Haqning Vojib-ul Vujud va Mavjud va Vohid va Ahad ismlarining haqiqiy jilvalari va doiralari bor. Balki oynalari, doiralari haqiqiy boʻlmasa, xayoliy, adamiy boʻlsa ham, ularga zarar qilmaydi. Balki vujudi haqiqiyning oynasida vujud rangi boʻlmasa, yanada ziyoda sof va porloq boʻladi. Faqat Rahmon, Razzoq, Qahhor, Jabbor, Xalloq kabi ismlari esa, tajalliylari haqiqiy boʻlmaydi, e'tiboriy boʻladi. Holbuki u asmolar Mavjud ismi kabi haqiqatdir, soya boʻlolmaydilar; asliydirlar, taba'i boʻlolmaydilar.
Xullas sahoba va asfiyo-i mujtahidiyn va aimma-i Ahli Bayt حَقَائِقُ الْاَشْيَاءِ ثَابِتَةٌ deyishgan, Janobi Haqning butun asmosi bilan haqiqiy bir suratda tajalliyoti bor. Butun ashyoning Uning ijodi bilan bir vujudi ariziysi bor. Va u vujud garchi Vojib-ul Vujudning vujudiga nisbatan gʻoyat zaif va qarorsiz bir zill, bir soyadir; xayol, vahm emasdir. Janobi Haq Xalloq ismi bilan vujud beradi va u vujudni idoma etadi.
Ikkinchi Tamsil: Masalan, shu manzilning toʻrt devorida toʻrt dona andom oynasi boʻlsa, har bir oyna ichida har naqadar u manzil qolgan uchta oyna bilan barobar irtisom etadi... faqat har bir oyna oʻzining hay'atiga va rangiga koʻra ashyoni oʻz ichida ixtivo etadi; oʻziga maxsus misoliy bir manzil hukmidadir. Deylik, hozir ikki odam u manzilga kirsa, biri bitta oynaga qaraydi, deydiki: "Hamma narsa buning ichida". Boshqa oynalarni va oynalarning ichlaridagi suratlar haqida eshitganda, masmu'otni oʻsha bitta oynadagi ikki daraja soya boʻlgan, haqiqati kichraygan, tagʻayyur etgan u oynaning kichik bir burchagida tatbiq etadi. Ham deydi: "Men shunday koʻryapman, shunday ekan, haqiqat bundaydir". Boshqa odam unga deydiki: "Ha, sen koʻryapsan.. koʻrganing haqdir; faqat voqe'da va nafs-ul amrda haqiqatning haqiqiy surati unday emas. Sen diqqat qilgan oyna kabi yana boshqa oynalar bor; koʻrganing qadar kichkina, soyaning soyasi emaslar".
Xullas, asmo-i Ilohiyaning har biri boshqa-boshqa bittadan oyna istaydi. Ham masalan: Rahmon, Razzoq haqiqatli, asl boʻlganlari uchun, oʻzlariga loyiq, rizqqa va marhamatga muhtoj mavjudotni istaydi. Rahmon qanday qilib haqiqiy dunyoda rizqqa muhtoj haqiqatli ziruhlarini istasa; Rahim ham shunday haqiqiy bir Jannatni istaydi. Agar yolgʻiz Mavjud va Vojib-ul Vujud va Vohidi Ahad ismlari haqiqiy tutilib, qolgan ismlar ularning ichiga soya boʻlish e'tibori bilan olinsa, u asmoga qarshi bir haqsizlik hukmiga oʻtadi.
Xullas shu sirdan: Jadda-i Kubro, albatta valoyati kubro sohiblari boʻlgan sahoba va asfiyo va tobe'iyn va aimma-i Ahli Bayt va aimma-i mujtahidiyn jaddasi boʻlib, toʻgʻridan-toʻgʻri Qur'onning birinchi tabaqa shogirdlaridir.
Hikmat va aql bilan hal qilib boʻlmagan bir masala-i muhimma.
Savol: Koinotdagi mutamodiyan hayrat-angiz faoliyatning sirri va hikmati nima? Nima uchun shu toʻxtamaganlar toʻxtamaydilar, doimo aylanib yangilanadilar?
Aljavob: Bu hikmatning izohi ming sahifa istaydi. Shunday ekan izohini qoʻyib, gʻoyat muxtasar bir ijmolini ikki sahifaga sigʻdiramiz.
Qandayki bir shaxs bir vazifa-i fitriyani va yoxud vazifa-i ijtimoiyani bajarsa va u vazifa uchun jondan ishlasa; albatta unga diqqat qilgan anglaydiki, u vazifani unga qildirgan ikki narsadir:
Biri: Vazifaga tarattub etgan maslahatlar, samaralar, foydalar boʻlib, unga "illa-i gʻoiya" deyiladi.
Ikkinchisi: Bir muhabbat, bir ishtiyoq, bir lazzat borki: Qizgʻin holda u vazifani qildiradiki, unga "da'i va muqtaziy" deb ta'bir etiladi. Masalan: Taom yeyish, ishtahadan kelgan bir lazzat, bir ishtiyoq boʻlib, uni yeyishga chorlaydi. Keyin, yeyishning natijasi, vujudni oziqlantirishdir; hayotni idoma etishdir. Xuddi shuning kabi: وَلِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى koinotdagi dahshatangiz va hayratnamo hadsiz faoliyat ikki qism asmo-i Ilohiyaga istinod etib ikki hikmati vase'a uchun boʻlib, har bir hikmati ham nihoyatsizdir:
Birinchisi: Janobi Haqning asmo-i husnasining hadd-hisobsiz anvo'i tajalliyoti bor. Maxluqotning tanavvu'lari u tajalliyotning tanavvu'idan kelib chiqadi. U asmo esa, doimiy suratda tazohur istaydilar. Ya'ni, naqshlarini koʻrsatishni istaydilar. Ya'ni, naqshlarining oynalarida jilva-i jamollarini koʻrish va koʻrsatishni istaydilar. Ya'ni, koinot kitobini va mavjudot maktubotini on ba on yangilab turishni istaydilar. Ya'ni, yangi-yangi ma'nodor yozish va har bir maktubni Zoti Muqaddas va Musammo-i Aqdas bilan barobar, butun zishuurlarning nazari mutolaasiga koʻrsatish va oʻqittirishni iqtizo etadilar.
Ikkinchi sabab va hikmat: Qandayki, maxluqotdagi faoliyat bir ishtaha, bir ishtiyoq, bir lazzatdan keladi. Va hatto har bir faoliyatda qat'iyan lazzat bor; balki har bir faoliyat, bir navi lazzatdir. Shunga oʻxshab, Vojib-ul Vujudga loyiq bir tarzda va istigʻno-i zotiysiga va gʻino-i mutlaqiga muvofiq bir suratda va kamoli mutlaqiga munosib bir shaklda hadsiz bir shafqati muqaddasa va hadsiz bir muhabbati muqaddasa bor. Va u shafqati muqaddasa va u muhabbati muqaddasadan kelgan hadsiz bir shavqi muqaddas bor. Va u shavqi muqaddasdan kelgan hadsiz bir sururi muqaddas bor. Va u sururi muqaddasdan kelgan -ta'bir joiz boʻlsa- hadsiz bir lazzati muqaddasa bor. Ham u lazzati muqaddasadan kelgan hadsiz tarahhumdan, maxluqotning faoliyati qudrat ichida va iste'dodlari quvvadan fe'lga chiqishidan va takammul etishidan nash'at etgan mamnuniyatlaridan va kamollaridan kelgan va Zoti Rahmoni Rahimga oid -ta'bir joiz boʻlsa- hadsiz mamnuniyati muqaddasa va hadsiz iftixori muqaddas borki, hadsiz bir suratda, hadsiz bir faoliyatni iqtizo etadi.
Mana shu hikmati daqiqani falsafa va fan va hikmat bilmagani uchun, shuursiz tabiatni va koʻr tasodifni va jomid sabablarni; bu gʻoyat darajada olimona, hakimona, basirona faoliyat bilan chalkashtirgan, zalolat zulumotiga tushib nuri haqiqatni topa olmagan.