Maktublar
— 62 —

OʻN YETTINCHI MAKTUB

(Yigirma Beshinchi Lam'aning zayli)
(Bola Ta'ziyanomasi)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

Aziz oxirat qardoshim Hofiz Xolid Afandi!

﴿ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ﴾
﴿ وَبَشِّرِ الصَّابِر۪ينَ الَّذ۪ينَ اِذَٓا اَصَابَتْهُمْ مُص۪يبَةٌ قَالُٓوا اِنَّا لِلّٰهِ وَاِنَّٓا اِلَيْهِ رَاجِعُونَ ﴾

Qardoshim, bolangning vafoti meni mutaassir etdi. Faqat اَلْحُكْمُ لِلّٰهِ qazoga rizo, qadarga taslim Islomiyatning bir shioridir. Janobi Haq sizlarga sabri jamil bersin. Marhumni ham, sizga zohira-i oxirat va shafoatchi qilsin. Sizga va siz kabi muttaqiy moʻ'minlarga buyuk bir xushxabar va haqiqiy bir tasalli koʻrsatadigan "Besh Nuqta"ni bayon qilamiz:

Birinchi Nuqta: Qur'oni Hakimdagi وِلْدَانٌ مُخَلَّدُونَ ning sirri va maoli shuki: Moʻ'minlarning qoblal bulugʻ vafot etgan avlodlari, Jannatda abadiy, sevimli, Jannatga loyiq bir suratda doimiy bola boʻlib qolishlarini.. va Jannatga ketgan padar va volidalarining quchoqlarida abadiy madori sururlari boʻlishlarini.. va bolani suyish va avlodni erkalash kabi eng latif bir zavqni abavayniga ta'minga mador boʻlishlarini.. va har bir lazzatli narsaning Jannatda mavjudligini.. "Jannat tanosul joyi boʻlmagani uchun, avlod suyish va erkalatish boʻlmagani"ni aytganlarning hukmlari haqiqat boʻlmaganini.. ham dunyoda oʻn yillik qisqa bir zamonda taallumot bilan aralash avlod suyishiga va erkalatishiga badal sof, alamsiz millionlab yil abadiy avlod suyish va erkalatishni qozonish, ahli iymonning eng buyuk bir madori saodati ekanini shu oyati karima وِلْدَانٌ مُخَلَّدُونَ jumlasi bilan ishorat qiladi va xushxabar beradi.

Ikkinchi Nuqta: Bir vaqt bir zot zindonda boʻladi. Sevimli bir bolasi yoniga yuboriladi. U bechora mahbus ham oʻzining alamini chekar, ham valadining istirohatini ta'min etolmagani uchun, uning zahmati bilan mutaallim boʻlardi. Soʻngra marhamatkor hokim unga bir odam yuboradi, deydiki: "Shu bola garchi sening avlodingdir, faqat mening raiyatim va millatimdir. Uni men olaman, goʻzal bir saroyda parvarish qildiraman". U odam yigʻlaydi, zorlanadi. "Mening madori tasallim boʻlgan avlodimni bermayman" deydi. Unga oʻrtoqlari aytadilarki: "Sening taassuroting ma'nosizdir. Agar sen bolaga achinayotgan boʻlsang, bola shu mulavvas, badboʻy, mashaqqatli zindonga badal; farohli, saodatli bir saroyga ketadi. Agar sen nafsing uchun mutaassir boʻlayotgan boʻlsang, manfaatingni qidirayotgan boʻlsang; bola bu yerda qolsa, muvaqqatan shubhali bir manfaating bilan birga, bolaning mashaqqatlaridan koʻp mashaqqat va alam chekish bor. Agar u yerga ketsa, senga ming manfaati bor. Chunki podshohning marhamatini jalb etishga sabab boʻladi, senga shafoatchi hukmiga oʻtadi. Podshoh uni sen bilan koʻrishtirishni orzu qiladi. Albatta koʻrishish uchun uni zindonga yubormaydi, balki seni zindondan chiqarib u saroyga chaqiradi, bola bilan koʻrishtiradi. Faqat shart shuki, podshohga amniyating va itoating boʻlsa..."

Mana shu tamsil kabi, aziz qardoshim, sen kabi moʻ'minlarning avlodi vafot etgan vaqtlarida shunday fikrlash lozim: Shu valad ma'sumdir, uning Xoliqi esa Rahim va Karimdir. Mening noqis tarbiya va shafqatimga badal, gʻoyat komil boʻlgan inoyat va rahmatiga oldi. Dunyoning alamli, musibatli, mashaqqatli zindonidan chiqarib, Jannat-ul Firdavsiga yubordi. U bola qanday baxtli! Shu dunyoda qolsa edi, kim bilsin, qanday shaklga kirardi? Shuning uchun men unga achinmayman, baxtiyor deb bilaman. Oʻzimning manfaatimga kelsak, oʻzimga ham achinmayman, aliym mutaassir boʻlmayman. Chunki dunyoda qolganida, oʻn yillik muvaqqat alam aralash bir avlod muhabbatini ta'min etardi. Agar solih boʻlsaydi, dunyo ishiga muqtadir boʻlsaydi, balki menga yordam berardi. Faqat vafoti bilan, abadiy Jannatda oʻn million yil menga avlod muhabbatiga mador va saodati abadiyaga vasila bir shafoatchi hukmiga oʻtadi. Albatta va albatta mashkuk, muajjal bir manfaatni yoʻqotgan, muhaqqaq va muejjel ming manfaatni qozongan; aliym taassurot koʻrsatmaydi; ma'yusona faryod qilmaydi.

— 63 —

Uchinchi Nuqta: Vafot qilgan bola bir Xoliqi Rahimning maxluqi, mamluki, abdi va butun hay'ati bilan uning masnu'i va unga oid boʻlib abavaynining bir doʻsti ediki; mavaqqatan abavaynining nazoratiga berilgan. Padar va volidani unga xizmatkor qilgan. Abavaynining xizmatlariga muqobil, muajjal bir ujrat sifatida lazzatli bir shafqat bergan. Hozir mingdan toʻqqiz yuz toʻqson toʻqqiz hissa sohibi boʻlgan U Xoliqi Rahim, muqtazo-i rahmat va hikmat sifatida u bolani sening qoʻlingdan olsa, xizmatiga xotima bersa; suriy bir hissa bilan, haqiqiy ming hissa sohibiga qarshi shikoyatni eslatuvchi tarzda ma'yusona huzun va faryod qilish ahli iymonga yarashmaydi, balki ahli gʻaflat va zalolatga yarashadi.

Toʻrtinchi Nuqta: Agar dunyo abadiy boʻlsaydi, inson ichida abadiy qolsaydi va firoq abadiy boʻlsaydi; aliymona taassurot va ma'yusona taallumotning ma'nosi boʻlardi. Modomiki dunyo bir musofirxona ekan; vafot qilgan bola qayerga ketgan boʻlsa, siz ham, biz ham oʻsha yerga boramiz. Hamda bu vafot unga maxsus emas, umumiy bir yoʻldir. Va modomiki mufaroqat ham abadiy emas; kelajakda ham barzohda, ham Jannatda koʻrishiladi. اَلْحُكْمُ لِلّٰهِ deyish lozim.. U berdi, U oldi, اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ عَلٰى كُلِّ حَالٍ‌ sabr bilan shukr qilish lozim.

Beshinchi Nuqta: Rahmati Ilohiyaning eng latif, eng goʻzal, eng xush, eng shirin jilvalaridan boʻlgan shafqat; bir iksiri nuroniydir. Ishqdan ham keskindir. Tez Janobi Haqqa vusulga vasila boʻladi. Qanday qilib ishqi majoziy va ishqi dunyoviy juda koʻp mushkulot bilan ishqi haqiqiyga inqilob etadi, Janobi Haqni topadi. Shunga oʻxshab shafqat -faqat mushkulotsiz- yanada qisqa, yanada sof bir tarzda qalbni Janobi Haqqa rabt etadi. Ota boʻlsin, ona boʻlsin, valadini butun dunyochalik sevadilar. Valadi qoʻlidan olingan vaqt, agar baxtiyor boʻlsa, haqiqiy ahli iymon boʻlsa; dunyodan yuzni oʻgiradi, Mun'imi Haqiqiyni topadi. Deydiki: "Dunyo modomiki foniydir, arzimaydi aloqa-i qalbga...". Valadi qayerga ketgan boʻlsa, oʻsha yerga qarshi aloqa paydo qiladi, buyuk ma'naviy bir hol qozonadi.

Ahli gʻaflat va zalolat, shu besh haqiqatdagi saodat va xushxabardan mahrumdirlar. Ularning holi naqadar aliym ekanini shu bilan qiyos qilingki: Bir keksa xonim juda ham sevgan sevimli yolgʻiz bolasini sakarotda koʻrib, dunyoda tavahhumi abadiyat hukmi bilan gʻaflat yoki zalolat natijasida; mavtni adam va firoqi abadiy deb tasavvur qilganidan, yumshoq toʻshagiga badal qabrning tuprogʻini oʻylab, gʻaflat yoki zalolat jihati bilan, Arhamurrohiminning Jannati rahmatini, firdavsi ne'matini oʻylamaganidan, naqadar ma'yusona bir huzun va alam chekkanini qiyoslab koʻrishing mumkin. Faqat vasila-i saodati dorayn boʻlgan iymon va Islomiyat moʻ'minga aytadiki: Sakarotda boʻlgan bolaning Xoliqi Rahimi uni bu foniy dunyodan chiqarib, Jannatiga kirgizadi. Ham senga shafoatchi, ham abadiy bir avlod qiladi. Mufaroqat muvaqqatdir, qaygʻurma; اَلْحُكْمُ لِلّٰهِ ٭ اِنَّا لِلّٰهِ وَاِنَّٓا اِلَيْهِ رَاجِعُونَ de, sabr qil.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy