Maktublar
— 49 —

OʻN OLTINCHI MAKTUB

﴿ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ﴾
﴿ اَلَّذ۪ينَ قَالَ لَهُمُ النَّاسُ اِنَّ النَّاسَ قَدْ جَمَعُوا لَكُمْ فَاخْشَوْهُمْ فَزَادَهُمْ ا۪يمَانًا وَ قَالُوا حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ ﴾

Shu maktub فَقُولَا لَهُ قَوْلًا لَيِّنًا sirriga mazhar boʻlgan, shiddatli yozilmagan.

Koʻplar tarafidan sarihan va ma'nan kelgan bir savolga javobdir.

(Shu javobni berish men uchun xush emas, orzu qilmayman. Hamma narsamni Janobi Haqning tavakkaliga bogʻlagandim. Lekin meni oʻz holimga va olamimga tinch qoʻyishmagani va yuzimni dunyoga qaratganlari uchun, Yangi Said emas, bilmajburiya Eski Said lisoni bilan, shaxsim uchun emas, balki doʻstlarimni va Soʻzlarimni ahli dunyoning avhom va aziyatidan qutqarish uchun; haqiqati holni ham doʻstlarimga, ham ahli dunyoga va ahli hukmga bayon qilish uchun "Besh Nuqta"ni bayon qilaman.)

BIRINCHI NUQTA: "Nima uchun siyosatdan chekinding? Hech yaqinlashmayapsan?", deyildi.

Aljavob: Toʻqqiz-oʻn yil avvalgi Eski Said bir miqdor siyosatga kirdi. Balki siyosat vositasi bilan dinga va ilmga xizmat qilaman deb behuda charchadi.. va koʻrdiki; u yoʻl mashkuk va mushkulotli va menga nisbatan fuzuliyona, ham eng luzumli xizmatga mone va xatarli bir yoʻldir. Koʻpi yolgʻonchilik va bilmasdan ajnabiy qoʻlida vosita boʻlish ehtimoli bor. Ham siyosatga kirgan yo muvofiq boʻladi, yoki muxolif boʻladi. Agar muvofiq boʻlsa; modomiki ma'mur va mab'us emasman, u holda siyosatchilik men uchun fuzuliy va moloyani bir narsadir. Menga ehtiyoj yoʻqki, behuda aralashsam. Agar muxolif siyosatga kirsam, yo fikr bilan yoki quvvat bilan qoʻshilaman. Agar fikr bilan boʻlsa, menga ehtiyoj yoʻq. Chunki masoil tavazzuh etgan, har kim men kabi biladi. Behuda valdirash ma'nosizdir. Agar quvvat bilan va amal bilan muxolafat etsam, husuli mashkuk bir maqsad uchun minglab gunohga kirish ehtimoli bor. Bir kishini deb koʻpchilik baloga yoʻliqadi. Ham oʻn ehtimoldan bir-ikki ehtimolga binoan gunohlarga kirishni, ma'sumlarni gunohga tushirishni vijdonim qabul qilmaydi deb Eski Said sigaret bilan barobar roʻznomalarni va siyosatni va suhbati dunyoviya-i siyosiyani tark qildi. Bunga qat'iy shohid, oʻsha vaqtdan beri sakkiz yildir na bir roʻznoma oʻqidim va na tingladim. Oʻqiganimni va tinglaganimni bilgan birov boʻlsa, chiqsin, aytsin. Holbuki, Eski Said sakkiz yil avval kunda balki sakkizta roʻznoma oʻqirdi. Ham besh yildir, butun diqqat bilan mening holim nazorat qilinyapti. Siyosatvoriy bir tarashshuh koʻrgan boʻlsa, aytsin. Holbuki men kabi asabiy va اِنَّمَا الْح۪يلَةُ ف۪ى تَرْكِ الْحِيَلِ dasturi bilan, eng katta hiylani hiylasizlikda topgan parvosiz, aloqasiz insonning sakkiz yil emas, bir fikri sakkiz kun yashirin qolmaydi. Siyosatga ishtahasi va orzusi boʻlsa edi; tadqiqotga, taharriyotga luzum qoldirmasdan, zambarak oʻqidek sado bergan boʻlardi.

— 50 —

IKKINCHI NUQTA: Yangi Said nima uchun bu qadar shiddat bilan siyosatdan tajannub etadi?

Aljavob: Milliardlab yillardan ziyoda boʻlgan hayoti abadiya uchun harakat qilishni va uni qozonishni; mashkuk bir-ikki yil hayoti dunyoviyaga luzumsiz, fuzuliy bir suratda qoʻshilish bilan fido qilmaslik uchun.. ham eng muhim, eng luzumli, eng sof va eng haqiqatli xizmati iymon va Qur'on uchun shiddat bilan siyosatdan qochadi. Chunki deydi: "Men qariyapman, bundan keyin necha yil yashashimni bilmayman. Shunday ekan, men uchun eng muhim ish, hayoti abadiya uchun harakat qilish lozim. Hayoti abadiyani qozonishda eng birinchi vosita va saodati abadiyaning kaliti, iymondir; uning uchun harakat qilish lozim boʻladi. Faqat ilm e'tibori bilan insonlarga ham bir manfaat yetkazish uchun shar'an xizmatga mukallaf boʻlganimdan, xizmat qilishni istayman. Lekin u xizmat yo hayoti ijtimoiya va dunyoviyaga oid boʻladi; u esa qoʻlimdan kelmaydi. Ham boʻronli bir zamonda sogʻlom xizmat qilinmaydi. Shuning uchun u jihatni tashlab, eng muhim, eng kerakli, eng salomatli - iymonga xizmat jihatini tarjih etdim. Oʻz nafsim uchun qozongan haqoiqi iymoniyani va nafsimda tajriba qilgan ma'naviy dorilarimni boshqa insonlarning qoʻliga oʻtishi uchun eshikni ochiq qoldiryapman. Balki Janobi Haq bu xizmatni qabul qiladi va eski gunohlarimga kafforat qiladi. Bu xizmatga qarshi shaytoni rojimdan boshqa hech kimning, -moʻ'min boʻlsin, kofir boʻlsin, siddiq boʻlsin, zindiq boʻlsin- qarshi chiqishga haqqi yoʻq. Chunki iymonsizlik boshqa narsalarga oʻxshamaydi. Zulmda, fisqda, kaboirda bittadan manhus lazzati shaytoniya boʻlishi mumkin. Lekin iymonsizlikda hech bir jihati lazzat yoʻq. Alam ichida alamdir, zulmat ichida zulmatdir, azob ichida azobdir.

Bunday hadsiz bir hayoti abadiya uchun harakat qilishni va iymon kabi qudsiy bir nurga xizmatni tashlash, keksalik zamonida luzumsiz tahlikali siyosat oʻyinchoqlariga otilish; mendek aloqasiz va yolgʻiz va eski gunohlariga kafforat izlashga majbur bir odamda naqadar xilofi aqldir, naqadar xilofi hikmatdir, qay daraja bir devonalikdir, buni devonalar ham anglay oladi.

— 51 —

Ammo Qur'on va iymonning xizmati nima uchun meni man qiladi desang, men ham aytamanki: Haqoiqi iymoniya va Qur'oniya bittadan olmos hukmida ekan, siyosat bilan oluda boʻlsaydim; qoʻlimdagi olmoslar igʻfol etilishi mumkin boʻlgan avom tarafidan, "Ajabo, tarafdor qozonish uchun bir tashviqoti siyosat emasmi?" deb oʻylaydilar. U olmoslarga oddiy shishalar nazari bilan qarashlari mumkin. Shunday ekan men oʻsha siyosatga qoʻl urish bilan, oʻsha olmoslarga zulm qilaman va qiymatlarini tanzil etish hukmiga oʻtadi. Mana ey ahli dunyo! Nima uchun men bilan ovora boʻlyapsiz? Meni oʻz holimga qoʻymayapsiz?

Agar: "Shayxlar ba'zan ishimizga qoʻshiladilar. Seni ham ba'zan shayx deydilar", desangiz.

Aytamanki: Afandilar! Men shayx emasman, men domlaman. Bunga dalil: Toʻrt yildir, bu yerdaman; bir odamga tariqat darsi bersaydim, shubhaga haqqingiz boʻlardi. Balki yonimga kelgan hammaga aytganman: Iymon lozim, Islomiyat lozim; tariqat zamoni emas.

Agar: "Seni Saidi Kurdiy deydilar. Balki senda unsuriyat-parvarlik fikri bor; u bizga toʻgʻri kelmaydi", desangiz.

Aytamanki: Hoy afandilar! Eski Said va Yangi Saidning yozganlari maydonda. Shohid koʻrsatamanki: Men اَلْاِسْلَامِيَّةُ جَبَّتِ الْعَصَبِيَّةَ الْجَاهِلِيَّةَ farmoni qat'iysi bilan, eski zamondan beri manfiy milliyat va unsuriyat-parvarlikka, Ovrupaning bir navi frank illati boʻlganidan, bir zahri qotil nazari bilan qaraganman. Va Ovrupa oʻsha frank illatini Islom ichiga otgan; toki boʻlinish chiqsin, parchalasin, yutishga tayyor boʻlsin deb oʻylaydi. Oʻsha frank illatini eskidan beri davolashga uringanimni, talabalarim va men bilan aloqador boʻlganlar biladilar. Modomiki shunday ekan, afandilar!. Har bir hodisani bahona qilib, menga aziyat berishga sabab nima, ajabo? Sharqda bir askar xato qilsa, gʻarbda bir askarga askarlik munosabati bilan zahmat va jazo berish.. yoki Istanbulda bir asnafning jinoyati bilan, Bogʻdodda bir doʻkondorni, asnaflik munosabati bilan mahkum qilish navidan, har hodisa-i dunyoviyada menga aziyat berish qaysi usulga muvofiq? Qaysi vijdon hukm qiladi? Qaysi maslahat iqtizo etadi?

— 52 —

UCHINCHI NUQTA: Holimni, istirohatimni oʻylagan va har musibatga qarshi sabr bilan sukutimni istigʻrob etgan doʻstlarimning shunday bir savollari bor: "Kelgan zahmatlarga, aziyatlarga qanday tahammul etyapsan? Holbuki, avvallari juda hiddatli va izzatli eding, adno bir tahqirga tahammul etolmasding?"

Aljavob: Ikkita kichik hodisani va hikoyani tinglanlar, javobini olinglar:

Birinchi hikoya: Ikki yil avval men haqqimda bir mudir sababsiz, orqamdan tazyifkorona, haqoratli soʻzlar aytgan edi. Keyinroq menga aytdilar. Bir soat qadar Eski Said hissi bilan mutaassir boʻldim. Soʻngra Janobi Haqning rahmati bilan shunday bir haqiqat qalbga keldi, siqilishni izola etib, u odamni menga kechirtirdi. U haqiqat shuki:

Nafsimga dedim: Agar uning tahqiri va bayon etgan qusurlari shaxsimga va nafsimga oid boʻlsa; Alloh undan rozi boʻlsinki, nafsimning ayblarini aytdi. Agar toʻgʻri aytgan boʻlsa, nafsimning tarbiyasiga yoʻllaydi va gʻururdan meni qutqarishga yordam boʻladi. Agar yolgʻon aytgan boʻlsa, meni riyodan va riyoning asosi boʻlgan shuhrati kozibadan qutqarishga yordam boʻladi. Ha, men nafsim bilan musolaha etmaganman. Chunki tarbiya qilmaganman. Mening boʻynimda yoki qoʻynimda bir chayon borligini birov aytsa yoki koʻrsatsa; undan ranjish emas, mamnun boʻlish lozim boʻladi. Agar u odamning tahqiroti mening iymonga va Qur'onga xizmatkorlik sifatimga oid boʻlsa, u menga oid emas. U odamni meni istihdom etgan Sohibi Qur'onga havola qilaman. U Azizdir, Hakimdir. Agar yolgʻiz meni soʻkish, tahqir etish, badnom qilish navidan boʻlsa; u ham menga oid emas. Men surgun va asir va gʻarib va qoʻlim bogʻliq, haysiyatimni oʻz qoʻlim bilan toʻgʻrilashga urinishim, mening ishim emas. Balki musofir boʻlganim va meni nazorat qilgan shu qishloqqa, soʻng tumanga, soʻng viloyatga hukm qilganlarga oiddir. Bir insonning qoʻlidagi asirini haqorat qilish, sohibiga oid; u mudofaa qiladi. Modomiki haqiqat shunday ekan, qalbim istirohat etdi.

﴿ وَاُفَوِّضُ اَمْر۪ٓى اِلَى اللّٰهِ اِنَّ اللّٰهَ بَص۪يرٌ بِالْعِبَادِ ﴾

dedim. U voqeani boʻlmagandek hisobladim, unutdim. Faqat ma'ataassuf soʻngra anglashildiki, Qur'on uni kechirmabdi...

Ikkinchi hikoya: Shu yil eshitdimki, bir hodisa boʻlgan. Oʻsha hodisa boʻlgandan soʻng yolgʻiz ijmolan boʻlganini eshitganim holda, oʻsha voqea bilan jiddiy aloqam bordek bir muomala koʻrdim. Zotan muxobara etmasdim, etsam ham, juda nodir oʻlaroq, bir masala-i iymoniyani bir doʻstimga yozdim. Hatto toʻrt yilda ukamga bitta maktub yozdim. Va ixtilotdan ham men oʻzimni man qildim, hamda ahli dunyo meni man qildi. Yolgʻiz bir-ikki ahbob bilan, haftada bir marta koʻrisha oldim. Qishloqqa kelgan musofirlar esa; oyda bir-ikkitasi, ba'zan bir-ikki daqiqa bir oxirat masalasiga doir men bilan koʻrishardi. Bu gʻurbat holimda; gʻarib, yolgʻiz, kimsasiz, nafaqa uchun ishlashga men kabilarga muvofiq boʻlmagan bir qishloqda har narsadan, harkasdan man etildim. Hatto toʻrt yil avval xarob boʻlgan bir masjidni ta'mir ettirdim. Mamlakatimda imomlik va voizlik vasiqam qoʻlimda boʻlganidan, oʻsha jome'da toʻrt yildan beri (Alloh qabul qilsin) imomlik qilganim holda, shu muborak oʻtgan Ramazonda masjidga borolmadim. Ba'zan yolgʻiz namozimni oʻqidim. Jamoat bilan oʻqilgan namozning yigirma besh savobidan va xayridan mahrum qoldim.

— 53 —

Xullas boshimga kelgan bu ikki hodisaga qarshi, aynan ikki yil avval oʻsha ma'murning menga qarshi muomalasiga koʻrsatgan sabr va tahammulni koʻrsatdim. Inshaalloh davom ettiraman. Shundayam oʻylayman va deymanki: Agar ahli dunyo tarafidan boshimga kelgan shu aziyat, shu mashaqqat, shu tazyiq; aybli va qusurli nafsim uchun boʻlsa, ularni kechirdim. Balki nafsim shu bilan islohi hol etadi; ham unga kafforat-uz zunub boʻladi. Dunyo musofirxonasining safosini koʻp koʻrdim, ozgina jafosini koʻrsam, yana shukr qilaman. Agar iymonga va Qur'onga xizmatkorligim jihatidan ahli dunyo menga tazyiq oʻtkazayotgan boʻlsa, uning mudofaasi menga oid emas, uni Azizi Jabborga havola etaman. Agar aslsiz va riyoga sabab va ixlosni sindiruvchi shuhrati kozibani sindirish uchun tavajjuhi ommani haqqimda buzish murod boʻlsa, ularga rahmat. Chunki tavajjuhi ommaga mazhar boʻlish va xalqning nazarida shuhrat qozonish men kabi odamlarga zarar deb hisoblayman. Men bilan aloqador boʻlganlar meni biladilarki; shaxsimga qarshi hurmat istamayman, balki nafratlanaman. Hatto qiymatli muhim bir doʻstimni, ortiq hurmati uchun balki ellik marta koyiganman. Agar meni badnom qilish va afkori ommadan tushirish, isqot ettirishdan murodlari, men tarjimonlik qilgan haqoiqi iymoniya va Qur'oniyaga oid boʻlsa, behuda. Zero Qur'on yulduzlariga parda tortib boʻlmaydi. Koʻzini yumgan yolgʻiz oʻzi koʻrmaydi, boshqasiga tun qilolmaydi.

TOʻRTINCHI NUQTA: Avhomli bir necha savolning javobi:

Birinchisi: Ahli dunyo menga deydi: "Nima bilan yashayapsan? Ishlamay qanday kun koʻryapsan? Mamlakatimizda tanballik qilib oʻtirganlarni va boshqalarning sa'yi bilan kun kechirganlarni istamaymiz".

Aljavob: Men iqtisod va baraka bilan yashayapman. Razzoqimdan boshqa hech kimning minnatini olmayman va olmaslikka ham qaror berganman. Ha, kunini yuz tanga, balki qirq tanga bilan oʻtkazgan bir odam boshqa odamning minnatiga qolmaydi. Shu masalani izoh qilishni hech orzu qilmas edim. Balki bir gʻururni va bir anoniyatni ihsos etar degan niyatda, bayon qilish menga juda noxushdir. Lekin modomiki ahli dunyo avhomli bir suratda soʻrayaptilar, men ham deymanki: Yoshligimdan beri odamlarning molini qabul qilmaslik -hatto zakot ham boʻlsa- ham maoshni qabul qilmaslik- yolgʻiz bir-ikki yil Dor-ul Hikmat-ul Islomiyada doʻstlarimning ijbori bilan qabul qilishga majbur boʻldim va u pulni ham ma'nan millatga i'oda etdik- ham maishati dunyoviya uchun minnat ostiga kirmaslik, umrim boʻyicha dasturi hayotimdir. Ahli mamlakatim va boshqa yerlarda meni taniganlar buni biladilar. Bu besh yilgi surgunimda koʻp doʻstlar menga hadyalarini qabul ettirish uchun koʻp urindilar, qabul qilmadim. "Shunday ekan qanday kun kechiryapsan?" deyilsa, aytamanki: Baraka va ikromi Ilohiy bilan yashayapman. Nafsim garchi har haqoratga, har ihonatga mustahaq boʻlsa ham; faqat Qur'on xizmatining karomati boʻlib, arzoq xususida ikromi Ilohiy boʻlgan barakaga mazhar boʻlyapman. وَ اَمَّا بِنِعْمَةِ رَبِّكَ فَحَدِّثْ sirri bilan, Janobi Haqning menga bergan ehsonotni yod etib, bir shukri ma'naviy navidan bir nechta namunasini aytaman. Bir shukri ma'naviy boʻlish bilan barobar, qoʻrqamanki, bir riyo va gʻururni ihsos etib u muborak baraka kesilib qolmasin. Chunki muftaxirona yashirin barakani izhor qilish, kesilib qolishiga sabab boʻladi. Faqat nachora, aytishga majbur boʻldim.

Mana birinchisi: Shu olti oydir oʻttiz oltita nondan iborat bir kilo bugʻdoy menga kifoya qildi. Yana bor, tugamagan. Qanchagacha yetadi, {(Hoshiya) Bir yil davom qildi.} bilmayman.

Ikkinchisi: Shu muborak Ramazonda yolgʻiz ikki xonadondan menga taom chiqdi, ikkisi ham meni xasta qildi. Angladimki, oʻzgalarning taomini yeyishdan mamnu'man. Mutaboqiysi, butun Ramazonda mening idoramga qaragan muborak bir xonadonning va sodiq bir doʻstim boʻlgan Abdulloh Chovushning ixbori va shahodati bilan; uchta non, bir qiyya (kilo degani) guruch menga kifoya qildi. Hatto u guruch oʻn besh kun Ramazondan keyin tugadi.

Uchinchisi: Togʻda, uch oy menga va musofirlarimga bir qiyya sariyogʻ, -har kun non bilan yeyish sharti bilan- kifoya qildi. Hatto Sulaymon ismli muborak bir musofirim bor edi. Mening nonim ham va uning noni ham tugayotgan edi. Chorshanba kuni edi; aytdim: Bor, non olib kel. Har tarafimizda ikki soatlik masofada hech kim yoʻq ediki, u yerdan non olinsin. "Juma kechasi sening yoningda bu togʻda birga duo qilishni orzu qilaman" dedi. Men aytdimki: "Tavakkalna alalloh, qol." Soʻngra hech aloqasi boʻlmagan va bir bahona ham yoʻq ekan, ikkimiz yura-yura bir togʻning tepasiga chiqdik. Qumgʻonda ozgina suv bor edi. Ozgina shakar bilan choyimiz bor edi. Aytdimki: "Qardoshim, ozgina choy damla". U ishga kirishdi, men ham chuqur bir daraga qaragan bir qatron daraxtining ostida oʻtirdim. Mutaassifona shunday oʻyladim: "Mogʻorlagan bir boʻlak nonimiz bor; bu oqshom zoʻrgʻa ikkimizga yetadi. Ikki kun nima qilamiz va bu sofdil odamga nima deyman?" - deya oʻylayotgan edim, birdaniga boshim aylanib ketgandek, yuqoriga qaradim; koʻrdimki: Qatron daraxtining ustida, shoxlari ichida katta bir non bizga qarab turibti. Dedim: "Sulaymon, xushxabar! Janobi Haq bizga rizq berdi". U nonni oldik; koʻrdikki, qushlar va hayvonoti vahshiya hech biri tegmagan. Yigirma-oʻttiz kundir hech kim u tepaga chiqmagandi. U non ikkimizga ikki kunga kifoya qildi. Biz yeb tugatish arafasida ekan, toʻrt yildan beri sodiq bir siddiqim boʻlgan mustaqim Sulaymon pastdan non bilan keldi.

— 54 —

Toʻrtinchisi: Shu ustimdagi chakmonni, yetti yil avval eski holda olgandim. Besh yildir koʻylak, ich kiyim, oyoq kiyim, paypoq uchun toʻrt yarim lira sarfladim. Barakati iqtisod va rahmati Ilohiya menga kifoya boʻldi.

Shu namunalar kabi koʻp narsalar bor va barakati Ilohiyaning koʻp jihatlari bor. Bu qishloq xalqi koʻpini bilishadi. Lekin aslo bularni faxr uchun zikr qilyapti deb oʻylamanglar, balki majbur boʻldim. Ham men uchun yaxshilikka bir sabab boʻlgan deb oʻylamanglar. Bu barakalar yo yonimga kelgan xolis doʻstlarimga ehsondir yoki xizmati Qur'oniyaga bir ikromdir yoki iqtisodning barakali bir manfaatidir va yoxud "Yo Rahim, Yo Rahim" deb zikr qilgan va yonimda boʻlgan toʻrt mushukning rizqlari boʻlib, baraka suratida keladi, men ham undan istifoda qilaman. Ha, hazin mir-mirlarini diqqat bilan tinglasang, "Yo Rahim, Yo Rahim" deganlarini anglaysan. Mushuk bahsi keldi, tovuqni esga soldi. Bir tovugʻim bor. Shu qishda tuxum uskunasi kabi juda oz oraliq bilan har kun rahmat xazinasidan menga bir tuxum keltirardi. Ham bir kuni ikkita tuxum keltirdi, men ham hayratda qoldim. Doʻstlarimdan soʻradim: "Shunaqasi ham boʻladimi?" dedim. Dedilar: "Balki bir ehsoni Ilohiydir". Ham shu tovuqning yozda ochgan kichik bir joʻjasi bor edi. Ramazoni Sharifning boshida tuxumga kirdi. Qirq kun davom etdi. Ham kichik, ham qishda, ham Ramazonda, bu muborak holi bir ikromi Rabboniy ekaniga na mening va na menga xizmat qilganlarning shubhalari qolmadi. Ham onasi toʻxtashi bilan, u boshladi.. meni tuxumsiz qoldirmadi.

Ikkinchi vahmli savol: Ahli dunyo deydilarki: Senga dunyomizga aralashmasligingga qanday ishonaylik? Seni erkin qoʻysak, balki dunyomizga aralashasan. Ham ayyorlik qilmayotganingni qanday bilamiz? Oʻzingni tariki dunyo koʻrsatib, xalqning molini zohiran olmaydigan, yashirincha oladigan bir ayyor boʻlmaganingni qanday bilamiz?

Aljavob: Yigirma yil avvalgi Devoni Harbi Urfiyda va Hurriyatdan avvalroq zamonda koʻplarga ma'lum hol va vaziyatim va "Ikki Maktabi Musibatning Shahodatnomasi" nomli oʻsha zamon Devoni Harbdagi mudofaotim qat'iy koʻrsatadiki, ayyorlik tugul, balki adno bir hiylaga tanazzul etmagan bir tarzda hayot kechirganman. Agar hiyla boʻlsaydi, bu besh yil mobaynida sizlarga tamalluqorona bir murojaat qilingan boʻlardi. Hiylali odam oʻzini sevdiradi, tortinmaydi; igʻfol va doimo aldashga urinadi. Holbuki menga qarshi eng muhim hujumlarga va tanqidlarga muqobil tazallulga tanazzul etmadim. "Tavakkaltu Alalloh" deya ahli dunyoga orqamni oʻgirdim. Hamda oxiratni bilgan va dunyoning haqiqatini kashf etgan odam; aqli boʻlsa pushaymon boʻlmaydi, takror dunyoga kirib ovora boʻlmaydi. Ellik yildan soʻng aloqasiz, yolgʻiz bir odam; hayoti abadiyasini dunyoning bir-ikki yil safsatalariga, nayranglariga fido qilmaydi.. fido qilsa ayyor boʻlmaydi, balki ablah bir devona boʻladi. Ablah bir devonaning qoʻlidan nima keladiki, u bilan ovora boʻlinsin. Ammo zohiran toriki dunyo, botinan tolibi dunyo shubhasi esa,

﴿ وَمَٓا اُبَرِّئُ نَفْس۪ٓى اِنَّ النَّفْسَ لَاَمَّارَةٌ بِالسُّٓوءِ ﴾

sirriga koʻra, "Men nafsimni tabria etmayman, nafsim har qanday yomonlikni istaydi. Lekin bu foniy dunyoda, shu muvaqqat musofirxonada, keksalik zamonida, qisqa bir umrda, oz bir lazzat uchun; abadiy, doimiy hayotini va saodati abadiyasini barbod qilish; ahli aqlning ishi emas. Ahli aqlning va zishuurning ishi boʻlmaganidan, nafsi ammoram istar-istamas aqlga tobe boʻlgan.

— 55 —

Uchinchi vahmli savol: Ahli dunyo aytishadi: Sen bizni xush koʻrasanmi? Yoqtirasanmi? Agar xush koʻrsang, nima uchun bizdan ranjib qoʻshilmaysan? Agar yoqtirmasang, bizga muorizsan; biz muorizlarimizni ezamiz?

Aljavob: Men sizni emas, balki dunyongizni sevsaydim, dunyodan chekinmasdim. Sizni ham, dunyongizni ham yoqtirmayman. Lekin aralashmayman. Chunki men boshqa maqsaddaman; boshqa nuqtalar mening qalbimni toʻldirgan, boshqa narsalarni oʻylashga qalbimda oʻrin qoldirmagan. Sizning vazifangiz qoʻlga qarashdir, qalbga qarash emas! Chunki idorangizni, osoyishingizni istaysiz. Qoʻl aralashmagan vaqt, hech loyiq boʻlmaganingiz holda, "qalb ham bizni sevsin" deyishga nima haqqingiz bor... Qalbga aralashasiz‌ Ha, men bu qish ichida bahorni tamanniy va orzu qilaman; lekin iroda qilolmayman, keltirishga tashabbus qilolmayman. Shunga oʻxshab: Holi olamning salohini tamanniy etaman, duo qilaman va ahli dunyoning islohini orzu qilaman; lekin iroda qilolmayman, chunki qoʻlimdan kelmaydi. Bilfe'l tashabbus qilolmayman; chunki na vazifamdir, va na iqtidorim bor.

Toʻrtinchi shubhali savol: Ahli dunyo deydilarki: Shunchalar balolar koʻrdikki, hech kimga ishonchimiz qolmadi. Fursat sening qoʻlingga oʻtsa, orzu qilganingdek aralashmasligingga qanday ishonaylik?

Aljavob: Avvalgi nuqtalar sizga ishonch berish bilan birga.. mamlakatimda, talaba va aqrabom ichida, meni tinglaganlar orasida, hayajonli hodisalar ichida dunyongizga aralashmaganim holda; diyori gʻurbatda va yolgʻiz, bir oʻzi, gʻarib, zaif, ojiz, bor quvvati bilan oxiratga mutavajjih, ixtilotdan, muxobaradan uzilgan, iymon va oxirat munosabati bilan uzoqdagi yolgʻiz ba'zi ahli oxiratni doʻst deb topgan va boshqa harkasga begona va harkas ham unga begona nazari bilan qaragan inson; samarasiz tahlikali dunyongizga aralashsa, muzaaf bir devona boʻlishi kerak.

BESHINCHI NUQTA: Beshta kichik masalaga doirdir:

Birinchisi: Ahli dunyo menga deydilarki: Bizning usuli madaniyatimizni, tarzi hayotimizni va surati talabbusimizni nima uchun sen oʻzingga tatbiq qilmayapsan? Demak bizga muorizsan?

Aytamanki: Janoblar! Qaysi haq bilan menga usuli madaniyatingizni taklif qilyapsiz? Holbuki siz meni huquqi madaniyatdan isqot etganingiz kabi, haqsiz holda besh yil bir qishloqda muxobaradan va ixtilotdan mamnu' tarzda istiqomat qildirdingiz. Har surgunni shaharlarda doʻst va aqrabosi bilan barobar qoldirdingiz va soʻngra vasiqa berganingiz holda, sababsiz meni tajrid etib, bir-ikki dona mustasno, hech bir hamshaharim bilan koʻrishtirmadingiz. Demak, meni afrodi millatdan va raiyatdan hisoblamaysiz. Qanday qilib qonuni madaniyatingizning menga tatbiqini taklif qilyapsiz? Dunyoni menga zindon qildingiz. Zindonda boʻlgan bir odamga bunday narsalar taklif qilinmaydi. Siz menga dunyo eshigini berkitdingiz; men esam oxirat eshigini qoqdim; rahmati Ilohiya ochdi. Oxirat eshigida boʻlgan bir odamga dunyoning chalkash usul va odoti unga qanday taklif qilinadi? Qachon meni erkin qoʻyib, mamlakatimga qaytarib, huquqimni bersangiz, oʻshanda usulingizning tatbiqini istashingiz mumkin.

— 56 —

Ikkinchi Masala: Ahli dunyo deydilarki: Bizga ahkomi diniyani va haqoiqi Islomiyani ta'lim beradigan rasmiy bir doiramiz bor. Sen qaysi vakolat bilan nashriyoti diniyani qilyapsan? Modomiki sen surgunga mahkumsan, bu ishlarga aralashishga haqqing yoʻq.

Aljavob: Haq va haqiqat inhisor ostiga olinmaydi! Iymon va Qur'on qanday qilib inhisor ostiga olinishi mumkin? Siz dunyongizning usulini, qonunini inhisor ostiga olishingiz mumkin. Lekin haqoiqi iymoniya va asosoti Qur'oniya rasmiy bir shaklda va ujrat muqobilida dunyo muomaloti suratiga solinmaydi; balki bir mavhiba-i Ilohiya boʻlgan u asror, xolis bir niyat bilan va dunyodan va huzuzoti nafsoniyadan tajarrud etish bilan u fayzlar kelishi mumkin. Hamda sizning oʻsha rasmiy doirangiz, mamlakatda ekan meni voiz deb qabul qildi, tayinladi. Men u voizlikni qabul qildim, lekin maoshini olmadim. Qoʻlimda vasiqam bor. Voizlik, imomlik vasiqasi bilan har yerda ishlay olaman; chunki mening surgunim haqsiz boʻlgan. Ham modomiki surgunlar qaytarildi, endi eski vasiqalarimning hukmi davom qiladi.

Soniyan: Yozganim haqoiqi iymoniyani toʻgʻridan-toʻgʻri nafsimga xitob qilganman. Hammani da'vat qilmayman. Balki ruhlari muhtoj va qalblari yarali boʻlganlar oʻsha adviya-i Qur'oniyani izlab topyaptilar. Yolgʻiz madori maishatim uchun, yangi huruf chiqmasdan avval, hashrga doir bir risolamni chop ettirdim. Buni ham, menga qarshi insofsiz eski hokim u risolani tadqiq qilib, tanqid qiladigan tomonini topolmagani uchun teginolmadi.

Uchinchi Masala: Mening ba'zi doʻstlarim, ahli dunyo menga shubha bilan qaraganlari uchun, ahli dunyoga xush koʻrinish uchun; mendan zohiran tabarri etadilar, balki tanqid qiladilar. Holbuki, ayyor ahli dunyo ularning tabarrisini va menga qarshi ijtinoblarini, ahli dunyoga sadoqatga emas, balki bir navi riyoga, vijdonsizlikka haml etib, doʻstlarimga qarshi yomon nazar bilan qaraydilar.

Men aytamanki: Ey oxirat doʻstlarim! Mening Qur'onga xizmatkorligimdan tabarri etib qochmanglar. Chunki inshaalloh mendan sizga zarar kelmaydi. Agar farazan musibat kelsa yoki menga zulm qilinsa, siz mendan tabarri bilan qutulolmaysiz.. u hol bilan, musibatga va ta'zirga yanada ziyoda istihqoq kasb etasiz. Nega avhomga tushyapsiz?

Toʻrtinchi Masala: Shu surgun zamonimda koʻryapmanki: Xudfurush va siyosat botqogʻiga tushgan ba'zi insonlar menga tarafkashona, raqibona bir nazar bilan qarayaptilar. Goʻyo men ham ular kabi dunyo jarayonlari bilan aloqadorman.

Hoy afandilar! Men iymonning jarayonidaman. Qarshimda iymonsizlik jarayoni bor. Boshqa jarayonlar bilan aloqam yoʻq. U odamlardan ujrat muqobilida ishlayotganlar, balki oʻzini bir daraja ma'zur koʻradi. Faqat ujratsiz, hamiyat nomidan menga qarshi tarafkashona, raqibona vaziyat olish va hujum qilish va aziyat berish; gʻoyat yomon bir xatodir. Chunki sobiqan isbot qilingani kabi, siyosati dunyo bilan hech aloqador emasman; yolgʻiz butun vaqtimni va hayotimni, haqoiqi iymoniya va Qur'oniyaga hasr va vaqf qilganman. Modomiki shunday ekan, menga aziyat bergan, raqibona hujum qilgan odam bilsinki; u muomalasi zindiqo va iymonsizlik nomidan iymonga hujum qilish hukmiga oʻtadi.

— 57 —

Beshinchi Masala: Dunyo modomiki foniydir. Ham modomiki umr qisqadir. Ham modomiki gʻoyat luzumli vazifalar koʻpdir. Ham modomiki hayoti abadiya bu yerda qozoniladi. Ham modomiki dunyo sohibsiz emas. Ham modomiki shu musofirxona-i dunyoning gʻoyat Hakim va Karim bir Mudabbiri bor. Ham modomiki na yaxshilik va na yomonlik jazosiz qolmaydi. Ham modomiki لَا يُكَلِّفُ اللّٰهُ نَفْسًا اِلَّا وُسْعَهَا sirricha taklifi malayutoq yoʻqdir. Ham modomiki zararsiz yoʻl zararli yoʻldan murajjahdir. Ham modomiki dunyoviy doʻstlar va rutbalar qabr eshigiga qadardir.

Albatta, eng baxtiyor ulkim: Dunyo uchun oxiratni unutmasin, oxiratini dunyoga fido qilmasin, hayoti abadiyasini hayoti dunyoviya uchun buzmasin, moloyani narsalar bilan umrini zoye qilmasin; oʻzini musofir deb bilib, musofirxona sohibining amrlariga koʻra harakat qilsin; salomat bilan qabr eshigini ochib, saodati abadiyaga kirsin.

{(Hoshiya) Bu "modomiki"lar uchun; shaxsimga qarshi boʻlgan zulmlarga, aziyatlarga parvo qilmayman va ahamiyat bermayman. "Tashvishlanishga arzimaydi" deyman va dunyoga aralashmayman.}

— 58 —

OʻN OLTINCHI MAKTUBNING ZAYLI

بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

Ahli dunyo sababsiz, men kabi ojiz, gʻarib bir odamdan tavahhum etib, minglab odam quvvatida taxayyul etib, menga koʻp toʻsiqlar qoʻyishgan. Barlaning bir mahallasi boʻlgan Badrada va Barlaning bir togʻida bir-ikki kecha qolishimga muso'ada etishmadi. Eshitdimki: "Said ellik ming askar quvvatidadir, shuning uchun erkin qoʻymayapmiz", aytishyapti.

Men ham aytaman: Ey badbaxt ahli dunyo! Butun quvvatingiz bilan dunyo uchun ishlaganingiz holda, nima uchun dunyoning ishini ham bilmaysiz? Devona kabi hukm qilyapsiz. Agar qoʻrquvingiz shaxsimdan boʻlsa; ellik ming askar emas, balki bir askar ellik marta mendan ziyoda ishlar qila oladi. Ya'ni, uyimning eshigida turib, menga "chiqmaysan" deya oladi.

Agar qoʻrquvingiz maslagimdan va Qur'onga oid dallolligimdan va quvva-i ma'naviya-i iymoniyadan boʻlsa;, ellik ming askar emas, yanglishdingiz! Maslak e'tibori bilan ellik million quvvatidaman, xabaringiz boʻlsin! Chunki Qur'oni Hakimning quvvati bilan sizning dinsizlaringiz dohil boʻlgani holda, butun Ovrupani maydonga chaqiraman. Butun nashr etgan anvori iymoniya bilan ularning fununi musbata va tabiat deb atayotgan muhkam qal'alarini chil-parchin qilganman. Ularning eng buyuk dinsiz faylasuflarini hayvondan past tushirganman. Dinsizlaringiz ham ichida boʻlgan butun Ovrupa toʻplansa, Allohning tavfiqi bilan meni u maslagimning bir masalasidan orqa qaytarolmaydilar; inshaalloh magʻlub qilolmaydilar!..

Modomiki shunday ekan, men sizning dunyongizga aralashmayapgan, siz ham mening oxiratimga aralashmang! Aralashsangiz ham behudadir.

Taqdiri Xudo quvvati bazu bilan aylanmas

Bir sham'aki, Mavlo yoqsa, puflamoq bilan soʻnmas.

Men haqimda, mustasno bir suratda, haddan ortiq ahli dunyo tavahhum etib, goʻyo qoʻrqadilar. Menda boʻlmagan va boʻlsa ham, siyosiy bir qusur tashkil qilmagan va ittihomga mador boʻlmagan shayxlik, buyuklik, oliynasablik, qabila sohibi, nufuzli, atba'i koʻp, hamshaharlari bilan koʻrishish, dunyo ahvoli bilan aloqador boʻlish, hatto siyosatga kirish, hatto muxolif boʻlish kabi menda boʻlmagan ishlarni taxayyul qilib avhomga tushganlar. Hatto hibsda va xorijdagi, ya'ni oʻzlaricha qobili avf boʻlmaganlarning ham avflarini muzokara qilgan vaqtlarida, meni goʻyo hamma narsadan man etdilar. Fano va foniy bir odamning, goʻzal va boqiy shunday bir soʻzi bor:

Zulmning zambaragi, toʻpi, qal'asi boʻlsa;

Haqning bukilmas qoʻli, chekinmas yuzi bor.

— 59 —

Men ham deyman:

Ahli dunyoning hukmi, shavkati, quvvati boʻlsa;

Qur'onning fayzi bilan, xodimida ham:

Adashmas ilmi, oʻchmas soʻzi bor;

Yanglishmas qalbi, soʻnmas nuri bor.

Koʻp doʻstlar bilan barobar, menga nazorat qilgan bir qoʻmondon mukarraran savol berdilar: Nima uchun vasiqa uchun murojaat qilmayapsan? Ariza bermayapsan?

Aljavob: Besh-olti sabab uchun murojaat qilmayapman va qilolmayman:

Birinchisi: Men ahli dunyoning dunyosiga aralashmadimki, ularning mahkumi boʻlsam, ularga murojaat etsam. Men qadari Ilohiyning mahkumiman va unga nisbatan qusurim bor, unga murojaat qilaman.

Ikkinchisi: Bu dunyo tez tabaddul etadigan bir musofirxona ekaniga yaqiynan iymon keltirib bildim. Shuning uchun, haqiqiy vatan emas, har yer birdir. Modomiki vatanimda boqiy qolmayman; behuda u tomon talpinish, u yerga borish bir narsaga yaramaydi. Modomiki har yer musofirxonadir; agar musofirxona sohibining rahmati yor boʻlsa, harkim yordir, har yer yaraydi. Agar yor boʻlmasa, har yer qalbga tordir, harkim dushmandir.

Uchinchisi: Murojaat qonun doirasida boʻladi. Holbuki shu olti yildir menga qarshi muomala, oʻzboshimchalik bilan va qonundan tashqaridir. Surgunlar qonuni bilan menga muomala qilinmadi. Huquqi madaniyatdan va balki huquqi dunyoviyadan isqot etilgan bir tarzda menga qaradilar. Bu qonundan tashqari muomala qilganlarga qonun nomidan murojaat ma'nosiz boʻladi.

Toʻrttinchisi: Shu yil bu yerning mudiri mening nomimdan Barlaning bir mahallasi hukmida boʻlgan Badra Qishlogʻida tabdili havo uchun bir necha kun qolishga doir murojaat qildi; muso'ada etmadilar. Bunday ahamiyatsiz bir ehtiyojimga rad javobi berganlarga qanday murojaat qilinadi? Murojaat qilinsa, zillat ichida foydasiz bir tazallul boʻladi.

— 60 —

Beshinchisi: Haqsizlikni haq iddi'o qilganlarga qarshi haq da'vo qilish va ularga murojaat qilish; bir haqsizlikdir, haqqa qarshi bir hurmatsizlikdir. Men bu haqsizlikni va haqqa qarshi hurmatsizlikni irtikob etishni istamayman, vassalom.

Oltinchi Sabab: Menga qarshi ahli dunyo bergan aziyatlari siyosat uchun emas; chunki ular ham biladilarki, siyosatga aralashmayman, siyosatdan qochaman. Balki bilib yoki bilmasdan zindiqo hisobiga, mening dinga marbutiyatimdan meni ta'zib etyaptilar. Shunday ekan, ularga murojaat qilish, dindan pushaymonlik koʻrsatish va maslagi zindiqoning boshini silash deganidir. Ham men ularga murojaat va daxolat etgan sari; odil boʻlgan qadari Ilohiy, meni ularning zolim qoʻli bilan ta'zib etadi. Chunki ular diyonatga marbutiyatimdan meni ezyaptilar. Qadar esa, mening diyonatda va ixlosda nuqsoniyatim bor; ora-sira ahli dunyoga riyokorliklarim sababli meni ezyapti. Shunday ekan, hozircha shu aziyatdan qutulish yoʻq. Agar ahli dunyoga murojaat qilsam, qadar deydi: "Ey riyokor! Bu murojaatning jazosini tort!" Agar murojaat qilmasam, ahli dunyo deydi: "Bizni tanimayapsan, aziyatda qol!"

Yettinchi Sabab: Ma'lumki, bir ma'murning vazifasi, hay'ati ijtimoiyaga muzir ashxasga yoʻl bermaslik va nafi'larga yordam berishdir. Holbuki meni nazorati ostiga olgan ma'mur, qabr eshigida turgan, musofir bir keksa odamga «La ilaha illalloh» dagi iymonning latif bir zavqini izoh qilayotgan vaqtim, - bir jurmi mashhud holida meni ushlash kabi- koʻpdan beri yonimga kelmagani holda, u vaqt goʻyo bir qabohat qilayotganimdek, yonimga keldi. Ixlos bilan tinglayotgan u bechorani ham mahrum qoldirdi; meni ham hiddatga keltirdi. Holbuki bu yerda ba'zi odamlar bor edi; u bularga ahamiyat bermasdi. Soʻngra adabsizliklar qilib va qishloqdagi hayoti ijtimoiyaga zahar beradigan suratda boʻlgan vaqtlari, ularga iltifot koʻrsatishni va taqdirlashni boshladi. Ham ma'lumdirki: Zindonda yuzta jinoyati boʻlgan bir odam, nazoratga ma'mur zobit boʻlsin, askar boʻlsin, har doim ular bilan koʻrisha oladi. Holbuki bir yildirki, ham boshliq, ham nazoratga ma'mur hukumati milliya jihatidan ikki muhim zot necha bor xonamning oldidan oʻtganlari holda, qat'iyan va aslo na men bilan koʻrishdilar va na holimni soʻradilar. Men avval oʻyladimki, adovatlaridan yaqinlashmaydilar. Soʻngra tahaqquq etdiki, avhomlaridan... Goʻyo men ularni yeb qoʻyadigandek, qochayoptilar. Xullas shu odamlar kabi xodimlari va ma'murlari boʻlgan hukumatni, hukumat deya marji' deb tanib murojaat etish, kori aql emas, behuda bir zillatdir. Eski Said boʻlganda edi, Antara kabi degan boʻlardi:

مَاءُ الْحَيَاةِ بِذِلَّةٍ كَجَهَنَّمَ ٭ وَ جَهَنَّمُ بِالْعِزِّ فَخْرُ مَنْزِل۪ى

Eski Said yoʻq; Yangi Said esa, ahli dunyo bilan gaplashishni ma'nosiz deb biladi. Dunyolari boshlarini yesin! Nima qilsalar qilsinlar! Mahkama-i Kubroda ular bilan muhokama boʻlamiz deydi, sukut saqlaydi.

— 61 —

Adami murojaatimning sabablaridan sakkizinchisi: "Gʻayri mashru' bir muhabbatning natijasi, marhamatsiz bir adovatdir" qoidasiga koʻra, odil boʻlgan qadari Ilohiy, loyiq boʻlmaganlari holda mayl etganim shu ahli dunyoning zolim qoʻli bilan meni ta'zib etyapti. Men ham bu azobga mustahaqman deb sukut saqlayapman. Chunki Harbi Umumiyda Koʻngillilar Polkining Qoʻmondoni sifatida ikki yil xizmat qildim, jang qildim. Qoʻshin Qoʻmondoni va Anvar Poshsho taqdiroti ostida qiymatli talabalarimni, doʻstlarimni fido etdim. Yaralanib asir tushdim. Asoratdan qaytgandan soʻng Xutuvoti Sitta kabi asarlarim bilan oʻzimni tahlikaga otib, Inglizlarning Istanbulga tasalluti ostida, Inglizlarning boshlariga urdim. Meni iskanjali va sababsiz asorat ostiga olganlarga yordam qilgandim. Mana ular ham menga oʻsha yordam qarshiligini bu tarzda beryaptilar. Uch yil Rossiyada asoratda chekkan zahmat va aziyatni bu yerda bu doʻstlarim menga uch oyda chektirdilar. Holbuki Ruslar menga Kurd Koʻngillilar Qoʻmondoni suratida, Kazaklarni va asirlarni oʻldirgan gʻaddor odam nazari bilan menga qaraganlari holda, meni darsdan man etmadilar. Oʻrtoqlarim boʻlgan toʻqson asir zobitlarning qismi aksarisiga dars berardim. Bir marta Rus Qoʻmondoni keldi, tingladi. Turkcha bilmagani uchun siyosiy dars deb oʻyladi; bir gal meni man qildi, soʻngra yana izn berdi. Ham ayni kazarmada bir xonani masjid qildik. Men imomlik qilardim. Hech mudohala etmadilar, ixtilotdan man etmadilar, meni muxobaradan toʻxtatmadilar. Holbuki bu doʻstlarim goʻyo vatandoshlarim va dindoshlarim va ularning manfaati iymoniyalari uchun mashgʻul boʻlgan odamlarim, hech bir sababsiz, siyosatdan va dunyodan aloqamni uzganimni bilganlari holda.. uch yil emas, balki meni olti yil mashaqqatli bir asorat ostiga oldilar; ixtilotdan man etdilar. Vasiqam boʻlgani holda, darsdan, hatto xonamda xususiy darsimni ham man qildilar; muxobaraga toʻsiq qoʻydilar. Hatto vasiqam boʻlgani holda, oʻzim ta'mirlagan va toʻrt yil imomlik qilgan masjidimdan meni man etdilar. Hozir esa jamoat savobidan meni mahrum qilish uchun, -doimiy jamoatim va oxirat qardoshlarim- maxsus uch odamga ham imomlik qilishimni qabul etmayaptilar.

Ham istamaganim holda, birov meni yaxshi desa, menga nazorat qilgan ma'mur hasad qilib gʻazablanyapti; nufuzini sindiray deya vijdonsizlarcha tadbirlar qilyapti; boshliqlaridan iltifot koʻrish uchun meni ta'jiz etyapti.

Shunday vaziyatda bir odam Janobi Haqdan boshqa kimga murojaat qiladi? Hokimning oʻzi mudda'i boʻlsa, albatta unga shikoyat qilinmaydi. Kel sen ayt bu holga nima deymiz? Sen nima desang de.. men deymanki: Bu doʻstlarim ichida koʻp munofiqlar bor. Munofiq kofirdan ashaddir. Shuning uchun, kofir Rusning menga chektirmaganini chektiryaptilar.

Hoy badbaxtlar! Men sizga nima qildim va nima qilyapman? Iymoningizni qutulishi va saodati abadiyangiz uchun xizmat qilyapman! Demak, xizmatim xolis, lilloh uchun boʻlmabdi-ki, aks-ul amal boʻlyapti. Siz unga muqobil, har fursatda menga ozor beryapsiz. Albatta Mahkama-i Kubroda siz bilan koʻrishamiz.

﴿ حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ ٭ نِعْمَ الْمَوْلٰى وَنِعْمَ النَّص۪يرُ ﴾

deyman.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy