OʻN BESHINCHI MAKTUB
Aziz qardoshim!
Sening birinchi savoling: Sahobalar nazari valoyat bilan mufsidlarni nima uchun kashf etolmadilar? Va bu holat Xulafo-i Roshidindan uchtasining shahid boʻlishini natija berdi. Holbuki kichik Sahobalarga buyuk valiylardan ham buyuk deyiladi?
Aljavob: Bunda ikki maqom bor.
Daqiq bir sirri valoyatning bayoni bilan savol hal qilinadi. Shundayki:
Sahobalarning valoyati, valoyati kubro deyilgan, varosati nubuvvatdan kelgan, barzoh tariqiga kirmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri zohirdan haqiqatga oʻtib, aqrobiyati Ilohiyaning inkishofiga qaragan bir valoyat boʻlib, u valoyat yoʻli gʻoyat qisqa boʻlgani holda, gʻoyat yuksakdir. Horiqolari oz, lekin maziyati koʻp. Kashf va karomat u yerda oz koʻrinadi. Avliyoning karomatlari esa, aksariyati ixtiyoriy emas. Kutmagan joyidan, ikromi Ilohiy sifatida horiqo undan zuhur etadi. Bu kashf va karomatlarning aksariyati, sayri suluk zamonida, tariqat barzohidan oʻtgan vaqtlarida, oddiy bashariyatdan bir daraja tajarrud etganlaridan, xilofi odat holotga mazhar boʻladilar. Sahobalar esa, suhbati nubuvvatning in'ikosi bilan va injizobi bilan va iksiri bilan tariqatdagi sayri suluk doira-i azimini bosib oʻtishga majbur emaslar. Bir qadamda va bir suhbatda zohirdan haqiqatga oʻta oladilar. Masalan: Oʻtgan tungi Layla-i Qadrga ulashish uchun ikki yoʻl bor:
Biri: Bir yil kezib, aylanib, nihoyat oʻsha tunga kelishdir. Bu qurbiyatni qozonish uchun bir yil masofani bosib oʻtish lozim boʻladi. Bu esa, ahli sulukning maslagi boʻlib, ahli tariqatning koʻpchiligi bu bilan boradi.
Ikkinchisi: Zamonda muqayyad boʻlgan jismi moddiy gʻilofidan ayrilib, tajarrud bilan ruhan yuksalib, kecha tungi Layla-i Qadrni indingi kun Layla-i Iyd bilan barobar bugungi kabi hozir koʻrishdir. Chunki ruh zamon bilan muqayyad emas. Hissiyoti insoniya ruh darajasiga chiqqan vaqt, hozirgi zamon kengayadi. Boshqalarga nisbatan moziy va mustaqbal boʻlgan vaqtlar unga nisbatan hozir hukmida boʻladi.
Xullas bu tamsilga koʻra, kecha tungi Layla-i Qadrga oʻtish uchun, martaba-i ruhga chiqib, moziyni hozir darajasida koʻrishdir. Shu sirri gʻamizning asosi, aqrobiyati Ilohiyaning inkishofidir. Masalan: Quyosh bizga yaqindir; chunki ziyosi, harorati va misoli oynamizda va qoʻlimizdadir. Lekin biz undan uzoqmiz. Agar biz nuroniyat nuqtasida uning aqrobiyatini his qilsak, oynamizdagi misoliy boʻlgan timsoliga munosabatimizni anglasak, u vosita bilan uni tanisak; ziyosi, harorati, hay'ati nimaligini bilsak, uning aqrobiyati bizga inkishof etadi va yaqinimizda uni tanib munosabatdor boʻlamiz. Agar biz bu'diyatimiz nuqtai nazaridan unga yaqinlashishni va tanishni istasak, juda koʻp sayri fikriyga va suluki aqliyga majbur boʻlamiz; qavonini fanniya bilan fikran samovotga chiqib, samodagi quyoshni tasavvur qilib, soʻngra mohiyatidagi ziyo va haroratni va ziyosidagi alvoni sab'ani juda chuqur tadqiqoti fanniya bilan anglagandan soʻngra, birinchi odamning oʻz oynasida oz bir tafakkur bilan qoʻlga kiritgan qurbiyati ma'naviyani zoʻrgʻa qoʻlga kiritishimiz mumkin.
Xullas shu tamsil kabi, nubuvvat va varosati nubuvvatdagi valoyat, sirri aqrobiyatning inkishofiga qaraydi. Valoyati saira esa, aksariyati qurbiyat asosi uzra boradi. Bir qancha marotibda sayri sulukka majbur boʻladi.
Oʻsha hodisotga sababiyat bergan va fasodni boshlagan bir nechta Yahudiydan iborat emaski, ularni kashf etish bilan fasodning oldi olinsin. Chunki juda koʻp muxtalif millatlarning Islomiyatga kirishlari bilan bir-biriga zid va muxolif koʻp jarayonlar va afkor qorishib ketdi. Xususan ba'zilarning gʻururi milliylari Hazrat Umarning (R.A.) zarbalari bilan dahshatli yaralanganidan, sajiyatan intiqom olishga fursat kutardilar. Chunki ularning ham eski dini inkor qilingan, ham madori sharafi boʻlgan eski hukumati va saltanati taxrib etilgan. Intiqomini, bilib yoki bilmasdan, hokimiyati Islomiyadan olishga hissan tarafdor bir surat olgan. Shuning uchun, Yahudiy kabi ziyrak va dassos bir qism munofiqlar oʻsha holati ijtimoiyadan istifoda etdilar deyilgan. Demak, u hodisotning oldini olish, oʻsha vaqtdagi hayoti ijtimoiyani va muxtalif afkorni isloh qilish bilan boʻlar edi. Boʻlmasa bir-ikki mufsidning kashf qilinishi bilan boʻlmasdi.
Agar deyilsa: Hazrat Umar (R.A.) minbar ustida, bir oylik masofada boʻlgan Sariya ismli bir qoʻmondoniga يَا سَارِيَةُ اَلْجَبَلَ اَلْجَبَلَ deb, Sariyaga eshittirib, savq-ul jaysh nuqtasidan zafariga sababiyat bergan karomatkorona idorasi qay daraja keskin nazarli ekanini koʻrsatgani holda, nima uchun yonidagi qotili Feruzni u keskin nazari valoyat bilan koʻrmadi?
Aljavob: Hazrat Yoqub Alayhissalom bergan javobi bilan javob beramiz.
{(Hoshiya)
}
Ya'ni: Hazrat Yoqubdan soʻralganki: "Nima uchun Misrdan kelgan koʻylagining hidini sezding-da, yaqiningda boʻlgan Kan'on Qudugʻidagi Yusufni koʻrmading?" Javoban deganki: "Bizning holimiz chaqmoq kabidir; ba'zan koʻrinadi, ba'zan yashirinadi. Ba'zi vaqtlar boʻladiki, eng yuksak mavqeda oʻtirib, har tarafni koʻrgandek boʻlamiz. Ba'zi vaqtlar esa oyogʻimizning ustini koʻrolmaymiz".
Alhosil: Inson har qancha foili muxtor boʻlmasin, وَمَا تَشَٓاؤُنَ اِلَّٓا اَنْ يَشَٓاءَ اللّٰهُ sirriga koʻra, mashiati Ilohiya asosdir va qadar hokimdir. Mashiati Ilohiya mashiati insoniyani qaytaradi. اِذَا جَاءَ الْقَدَرُ عُمِىَ الْبَصَرُ hukmini ijro etadi. Qadar gapirsa; iqtidori bashar soʻylamas, ixtiyori juz'iy jim boʻladi.
Ikkinchi savolingizning maoli: Hazrat Ali (R.A.) zamonida boshlangan muhorabalarning mohiyati nima? Muhoriblarga va u harbda oʻlgan va oʻldirganlarga qanday nom berishimiz mumkin?
Aljavob: Jamal Voqeasi deyilgan Hazrat Ali bilan Hazrat Talha va Hazrat Zubayr va Oisha-i Siddiqa (Roziyallohu Ta'olo anhum ajma'iyn) orasida boʻlgan muhoraba; adolati mahza bilan adolati izofiyaning mujodalasidir. Shundayki:
Hazrat Ali adolati mahzani asos tutib, Shayxayn zamonidagi kabi, oʻsha asos uzra borish uchun ijtihod qilgan. Muorizlari esa: Shayxayn zamonidagi safvati Islomiya adolati mahzaga muso'id edi, lekin mururi zamon bilan Islomiyatlari zaif muxtalif aqvom hayoti ijtimoiya-i Islomiyaga kirganlari uchun, adolati mahzaning tatbiqoti juda mushkul boʻlganidan, "ahvan-ush sharni ixtiyor" deyilgan adolati nisbiya asosi uzra ijtihod qildilar. Munoqasha-i ijtihodiya siyosatga kirgani uchun, muhorabani intoj etgan. Modomiki xolis lilloh uchun va Islomiyatning manfaati uchun ijtihod qilingan va ijtihoddan muhoraba tavallud etgan; albatta ham qotil, ham maqtul ikkisi ham ahli Jannatdir, ikkisi ham ahli savobdir deya olamiz. Har qancha Hazrat Alining ijtihodi musiyb va muqobilidagilarniki xato boʻlsa ham, yana azobga mustahaq emaslar. Chunki ijtihod qilgan haqni topsa, ikki savob bor. Topmasa, bir navi ibodat boʻlgan ijtihod savobi sifatida bitta savob oladi. Xatosidan ma'zurdir. Bizda gʻoyat mashhur va soʻzi hujjat bir zoti muhaqqiq Kurdcha:
Ya'ni: "Sahobalarning muhorabasidan qiylu qol etma. Chunki ham qotil va ham maqtul, ikkisi ham ahli Jannatdir", degan.
Adolati mahza bilan adolati izofiyaning izohi shuki: مَنْ قَتَلَ نَفْسًا بِغَيْرِ نَفْسٍ اَوْ فَسَادٍ فِى الْاَرْضِ فَكَاَنَّمَا قَتَلَ النَّاسَ جَم۪يعًا oyatining ma'no-i ishoriysi bilan: Bir ma'sumning haqqi, butun xalq uchun boʻlsa ham, poymol qilinmaydi. Bir kishi ham, umumning salomati uchun, fido qilinmaydi. Janobi Haqning nazari marhamatida haq haqdir, kichigiga kattasiga qaralmaydi. Kichik katta uchun poymol qilinmaydi. Bir jamoatning salomati uchun, bir kishining rizosi boʻlmasdan, hayoti va haqqi fido qilinmaydi. Hamiyat nomidan rizosi bilan boʻlsa, u boshqa masaladir.
Adolati izofiya esa: Kullning salomati uchun juzni fido qiladi. Jamoat uchun, kishining haqqini nazarga olmaydi. Ahvan-ush shar deya bir navi adolati izofiyani qilishga urinadi. Faqat adolati mahza qobili tatbiq esa, adolati izofiyaga ketilmaydi; ketilsa, zulmdir.
Xullas, Imom Ali roziyallohu anhu adolati mahzani Shayxayn zamonidagi kabi qobili tatbiqdir deb, xilofati Islomiyani oʻsha asos ustida bino qildi. Muqobillari va muorizlari esa, "Qobili tatbiq emas, koʻp mushkuloti bor" deb adolati izofiya uzra ijtihod qilishgan. Tarix koʻrsatgan boshqa sabablar esa, haqiqiy sabab emas, bahonalardir.
Agar: "Xilofati Islomiya nuqtasida Imom Alining favquloda iqtidori, horiquloda zakovati va yuksak layoqati bilan birga salaflariga nisbatan muvaffaqiyatsizligining sababi nima?", desang.
Aljavob: U muborak zot, siyosat va saltanatdan ziyoda yanada muhim boshqa vazifalarga loyiq edi. Agar tom muvaffaqiyati siyosiya va toʻliq saltanat boʻlsa edi, "Shohi Valoyat" unvoni ma'nodorini haqiqiy ma'noda qozonolmasdi. Holbuki zohiriy va siyosiy xilofatdan juda koʻp ustun ma'naviy bir saltanat qozondi va Ustozi Kull hukmiga oʻtdi; hatto qiyomatga qadar saltanati ma'naviysi boqiy qoldi.
Ammo Hazrat Imom Alining Voqea-i Siffinda Hazrat Muoviyaning tarafdorlari bilan muhorabasi esa, xilofat va saltanatning muhorabasidir. Ya'ni: Hazrat Imom Ali ahkomi dinni va haqoiqi Islomiyani va oxiratni asos tutib, saltanatning bir qism qonunlarini va siyosatning marhamatsiz muqtaziyotlarini ularga fido qildi. Hazrat Muoviya va tarafdorlari esa; hayoti ijtimoiya-i Islomiyani saltanat siyosatlari bilan taqviya etish uchun azimatni tashlab, ruxsatni iltizom etdi, siyosat olamida oʻzini majbur deb oʻylab, ruxsatni tarjih etdi, xatoga tushdi.
Ammo Hazrat Hasan va Husanning Umaviylarga qarshi mujodalalari esa, din bilan milliyat muhorabasi edi. Ya'ni: Umaviylar Davlati Islomiyani Arab milliyati ustiga istinod ettirib robita-i Islomiyatni robita-i milliyatdan ortda qoldirganlaridan, ikki jihatdan zarar berishdi:
Biri: Milali sairani ranjida etib tavhish etdilar.
Ikkinchisi: Unsuriyat va milliyat asoslari, adolatni va haqni ta'qib etmaganidan zulm qiladi. Adolat uzra ketmaydi. Chunki unsuriyat-parvar bir hokim millatdoshini tarjih etadi, adolat qilolmaydi.
farmoni qat'iysi bilan: Robita-i diniya oʻrniga robita-i milliya iqoma etilmaydi; etilsa, adolat qilinmaydi, haqqoniyat ketadi.
Xullas, Hazrat Husan robita-i diniyani asos tutib, muhiq oʻlaroq ularga qarshi mujodala etgan, oxiri maqomi shahodatni ihroz etgan.
Agar: "Bu qadar haqli va haqiqatli boʻlgani holda, nima uchun muvaffaq boʻlmadi? Ham nima uchun qadari Ilohiy va rahmati Ilohiya ularning faji' bir oqibatga yoʻliqishiga muso'ada etgan?", deyilsa.
Aljavob: Hazrat Husanning yaqin tarafdorlari emas, faqat jamoatiga iltihoq etgan boshqa millatlarda, yaralangan gʻururi milliyalari jihati bilan, Arab millatiga qarshi bir fikri intiqom boʻlishi Hazrat Husan va tarafdorlarining sof va porloq maslaklariga zarar berib, magʻlubiyatlariga sabab boʻlgan.
Ammo qadar nuqtai nazarida faji' oqibatning hikmati: Hasan va Husan va ularning xonadonlari va nasllari ma'naviy bir saltanatga nomzod edilar. Dunyo saltanati bilan ma'naviy saltanatning jam boʻlishi gʻoyat mushkuldir. Shuning uchun ularni dunyodan ranjitdi, dunyoning xunuk yuzini koʻrsatdi. Toki qalban dunyoga qarshi aloqalari qolmasin. Ularning qoʻllari muvaqqat va suriy bir saltanatdan chekildi; faqat porloq va doimiy bir saltanati ma'naviyaga tayin etildilar; oddiy valiylar oʻrniga avliyo aqtoblariga marji' boʻldilar.
Uchinchi savolingiz: "U muborak zotlarning boshiga tushgan u faji' gʻaddorona muomalaning hikmati nima?", deyapsiz.
Aljavob: Sobiqan bayon etganimiz kabi, Hazrat Husanning muorizlari boʻlgan Umaviylar saltanatida marhamatsiz gʻadrga sababiyat beradigan uch asos bor edi:
Birisi: Marhamatsiz siyosatning bir dasturi boʻlgan: "Hukumatning salomati va osoyishning davomi uchun ashxas fido qilinadi".
Ikkinchisi: Ularning saltanati unsuriyat va milliyatga istinod etgani uchun, milliyatning gʻaddorona bir dasturi boʻlgan: "Millatning salomati uchun hamma narsa fido qilinadi".
Uchinchisi: Umaviylarning Hoshimiylarga qarshi an'anasidagi raqobat hissi, Yazid kabi ba'zilarda boʻlgani uchun, shafqatsiz bir gʻadrga qobiliyat koʻrsatgan edi.
Toʻrtinchi bir sabab Hazrat Husanning tarafdorlarida bor ediki; Umaviylarning Arab milliyatini asos qilib, boshqa millatlarning afrodini "mamolik" ta'bir etib, qul nazari bilan qarashlari va gʻururi milliyalarini sindirishlari tufayli, milali saira Hazrat Husanning jamoatiga intiqomkorona va mushavvash bir niyat bilan iltihoq etganlaridan, Umaviylarning asabiyati milliyalariga qattiq tekkan, gʻoyat gʻaddorona va marhamatsiz tarzda mashhur fojiaga sababiyat bergan.
Mazkur toʻrt sabab zohiriydir. Qadar nuqtasidan qaralgan vaqt; Hazrat Husan va aqrabosiga oʻsha fojia sababli hosil boʻlgan natoiji uxroviya va saltanati ruhoniya va taraqqiyoti ma'naviya shunchalik qiymatliki, u fojia tufayli chekkan zahmatlari gʻoyat yengil va arzonga tushadi. Masalan bir askar bir soat qiynoq ostida shahid qilinsa; shunday bir martabaga erishadiki, boshqa odam oʻn yil urinsa, zoʻrgʻa u martabaga erishishi mumkin. Agar u askar shahid boʻlgandan soʻng undan soʻrab boʻlsa, "Oz bir narsa bilan juda koʻp narsa qozondim" deydi.
Toʻrtinchi savolingizning maoli: Oxirzamonda Hazrat Iso Alayhissalom Dajjolni oʻldirgandan soʻng, insonlarning aksariyati dini haqqa kiradilar. Holbuki rivoyatlarda kelganki: Yer yuzida Alloh, Alloh deganlar bor ekan qiyomat boʻlmaydi". Bunday umumiyat bilan iymonga kelgandan soʻng qanday qilib umumiyat bilan kufrga ketadilar?
Aljavob: Hadisi sahihda rivoyat qilingan: "Hazrat Iso Alayhissalomning kelishini va shariati Islomiya bilan amal qilishini, Dajjolni oʻldirishini" iymoni zaif boʻlganlar istib'od etadilar. Uning haqiqati izoh etilsa, hech istib'od yeri qolmaydi. Shundayki:
U hadis hamda Sufyon va Mahdiy haqidagi hadislar ifoda qilgan ma'nolari shuki: Oxirzamonda dinsizlikning ikki jarayoni quvvat topadi:
Birisi: Nifoq pardasi ostida, risolati Ahmadiyani (S.A.V.) inkor etadigan Sufyon ismli mudhish bir shaxs ahli nifoqqa bosh boʻladi, shariati Islomiyaning taxribiga urinadi. Unga qarshi Oli Bayti Nabaviyning silsila-i nuroniysiga bogʻlangan, ahli valoyat va ahli kamolga bosh boʻladigan Oli Baytdan Muhammad Mahdiy ismli bir zoti nuroniy oʻsha Sufyonning shaxsi ma'naviysi boʻlgan jarayoni munofiqonani oʻldirib yoʻqotadi.
Ikkinchi jarayon esa: Tabiiyyun, moddiyun falsafasidan tavallud etgan bir jarayoni Namrudona, oxirzamonda falsafa-i moddiya vositasi bilan tobora intishor etib, quvvat topib, uluhiyatni inkor qiladigan darajaga keladi. Qandayki bir podshohni tanimagan va qoʻshindagi zobiton va afrod uning askarlari ekanini qabul qilmagan vahshiy odam harkasga, har askarga bir navi podshohlik va bir tarz hokimiyat beradi. Xuddi shuning kabi: Allohni inkor etgan u jarayon afrodlari, bittadan kichik Namrud hukmida nafslariga bittadan rububiyat beradi. Va ularning boshiga oʻtgan eng kattalari ispirtizma va gipnozning hodisoti navidan mudhish horiqolarga mazhar boʻlgan Dajjol esa; yanada ilgarilab, jabborona suriy hukumatini bir navi rububiyat tasavvur etib, uluhiyatini e'lon qiladi. Bir chivinga magʻlub boʻlgan va bir chivinning qanotini ham ijod qilolmagan ojiz bir insonning uluhiyat da'vo qilishi, qay daraja ahmoqona bir masxaralik ekani ma'lum.
Shunday bir paytda, u jarayon juda quvvatli koʻringan bir zamonda, Hazrat Iso Alayhissalomning shaxsi ma'naviysidan tarkib topgan haqiqiy Isaviylik dini zuhur etadi, ya'ni rahmati Ilohiyaning samosidan nuzul etadi; holi hozir Xristianlik dini oʻsha haqiqat tomon tasaffi etadi, xurofotdan va tahrifotdan ayriladi, haqoiqi Islomiya bilan birlashadi; ma'nan Xristianlik bir navi Islomiyatga inqilob etadi. Va Qur'onga iqtido etadi, u Isaviylik shaxsi ma'naviysi ergashgan va Islomiyat ergashilgan maqomida qoladi; dini haq bu iltihoq natijasida azim bir quvvat topadi. Dinsizlik jarayoniga qarshi alohida-alohida ekan magʻlub boʻlgan Isaviylik va Islomiyat ittihod natijasida dinsizlik jarayoni ustidan gʻalaba qozonib, yoʻq qilish iste'dodida ekan; olami samovotda jismi bashariysi bilan shaxsi Iso Alayhissalom, u dini haq jarayonining boshiga oʻtishini bir Muxbiri Sodiq bir Qodiri Kulli Shayning va'dasiga istinod etib xabar bergan. Modomiki xabar bergan, haqdir; modomiki Qodiri Kulli Shay va'da bergan, albatta qiladi. Ha, har vaqt samovotdan maloikalarni yerga yuborgan va ba'zi vaqtlarda inson suratiga vaz' etgan (Hazrat Jabroilning "Dihya" suratiga kirishi kabi) va ruhoniylarni olami arvohdan yuborib bashar suratiga tamassul ettirgan, hatto oʻlgan avliyolarning koʻplarining arvohlarini jasadi misoliy bilan dunyoga yuborgan bir Hakimi Zuljalol, Hazrat Iso Alayhissalomni, Iso diniga oid eng muhim bir husni xotimasi uchun, nafaqat samo-i dunyoda jasadi bilan va hayotda boʻlgan Hazrat Iso, balki olami oxiratning eng uzoq burchagiga ketgan va haqiqatdan oʻlgan boʻlsa ham; shunday bir natija-i azima uchun unga qaytadan jasad kiydirib dunyoga yuborish, u Hakimning hikmatidan uzoq emas... balki uning hikmati shunday iqtizo etgani uchun va'da qilgan va va'da qilgani uchun albatta yuboradi.
Hazrat Iso kelgan vaqti harkas uning haqiqiy Iso ekanini bilishi lozim emas. Unga yaqin boʻlgan va xos kishilar nuri iymon bilan uni taniydi. Yoʻqsa badohat darajasida harkas uni tanimaydi.
Savol: Rivoyatlarda kelganki: "Dajjolning bir yolgʻonchi Jannati bor; oʻziga tobe boʻlganlarni unga kiritadi. Ham yolgʻonchi bir Jahannami bor; tobe boʻlmaganlarni unga tashlaydi. Hatto oʻz markabining ham bir qulogʻini Jannat kabi, bir qulogʻini Jahannam kabi qilgan boʻladi. Azamati badaniyasi bu qadardir, shu qadardir..." degan ta'riflar bor?
Aljavob: Dajjolning shaxsi suriysi inson kabidir. Magʻrur, fir'avnlashgan, Allohni unutganidan; suriy, jabborona hokimiyatiga uluhiyat nomini bergan shaytoni ahmoqdir va bir insoni dassosdir. Lekin shaxsi ma'naviysi boʻlgan dinsizlik jarayoni azimi juda ulkandir. Rivoyatlarda Dajjolga oid tavsifoti mudhisha unga ishorat qiladi. Bir vaqtlar Yaponiya bosh qoʻmondonining rasmi, bir oyogʻi Bahri Muhitda, ikkinchi oyogʻi oʻn kunlik masofadagi Port Artur Qal'asida tasvir qilingan edi. Oʻsha kichik Yapon Qoʻmondonining bu suratdagi tasviri bilan, qoʻshinining shaxsi ma'naviysi koʻrsatilgan edi.
Ammo Dajjolning yolgʻonchi Jannati, madaniyatning jozibador lahviyoti va fantaziyalaridir. Markabi esa, poyezd kabi bir vosita boʻlib, bir boshida olov oʻchogʻi mavjud boʻlib, oʻziga tobe boʻlmaganlarni ba'zan olovga tiqadi. U markabning bir qulogʻi, ya'ni boshqa boshi Jannat kabi tafrish etilgan, tobe boʻlganlarni u yerda oʻtqazadi. Zotan safih va gʻaddor madaniyatning muhim bir markabi boʻlgan poyezd, ahli safohat va dunyo uchun yolgʻonchi bir Jannat keltiradi. Bechora ahli diyonat va ahli Islom uchun madaniyat qoʻlida Jahannam zaboniysi kabi tahlika keltiradi, asorat va safolat ostiga otadi.
Xullas, Isaviylikning dini haqiqiysi zuhur bilan va Islomiyatga inqilob etishi bilan, garchi olamda aksariyati mutlaqaga nurini nashr etadi. Faqat yana qiyomat boʻlishiga yaqin takror bir dinsizlik jarayoni zuhur etadi, gʻalaba qiladi va "Al hukmu lil-aksar" qoidasiga koʻra, yer yuzida "Alloh, Alloh" deydigan qolmaydi, ya'ni ahamiyatli bir jamoat Kura-i Arzda muhim bir mavqega ega boʻladigan bir suratda "Alloh, Alloh" deyilmaydi deganidir. Aksincha, aqolliyatda qolgan yoxud magʻlub boʻlgan ahli haq qiyomatga qadar qoladi; yolgʻiz qiyomat boʻladigan onda, qiyomatning dahshatlarini koʻrmaslik uchun, bir asari rahmat sifatida, ahli iymonning ruhlari avvalroq qabz etiladi, qiyomat kofirlarning boshiga keladi.
Beshinchi savolingizning maoli: Qiyomatning hodisotidan arvohi boqiya mutaassir boʻladilarmi?
Aljavob: Darajotlariga koʻra mutaassir boʻladilar. Maloikalarning tajalliyoti qahriyada oʻzlariga koʻra mutaassir boʻlganlari kabi mutaassir boʻladilar. Qandayki bir inson issiq bir yerda ekan, tashqarida qor va boʻron ichida titraganlarni koʻrsa, aql va vijdon e'tibori bilan mutaassir boʻladi. Shunga oʻxshab: Zishuur boʻlgan arvohi boqiya, koinot bilan aloqador boʻlganlari uchun, koinotning hodisoti azimasidan darajalariga koʻra mutaassir boʻlishlarini; ahli azob alamkorona, ahli saodat esa hayratkorona, istigʻrobkorona, balki bir jihatda istibshorkorona taassurotlari boʻlishini ishoroti Qur'oniya koʻrsatadi. Zero Qur'oni Hakim har doim qiyomatning ajoyibini tahdid suratida zikr etadi. "Koʻrasizlar..." deydi. Holbuki jismi insoniy bilan uni koʻradiganlar, qiyomatga yetganlardir. Demak, qabrda jasadlari chirigan arvohlarning ham tahdidi Qur'oniyadan hissalari bor.
Bu oyatning oxiratga, Jannatga, Jahannamga va ahllariga shumuli bormi, yoʻqmi?
Aljavob: Shu masala juda koʻp ahli tahqiq va ahli kashf va ahli valoyatning madori bahsi boʻlgan. Bu masalada soʻz ularnikidir. Hamda shu oyatning juda ham kengligi va koʻp marotibi bor. Ahli tahqiqning qismi aksari aytishganki: Olami baqoga shumuli yoʻq. Boshqa qismi esa: Oniy oʻlaroq ular ham oz bir zamonda, bir navi halokatga mazhar boʻladilar. Shunchalik oz vaqtda boʻladiki, fanoga borib kelganlarini his qilishmaydi. Ammo ba'zi mufrit fikrli ahli kashf hukm qilgan fano-i mutlaq esa, haqiqat emas. Chunki Zoti Aqdasi Ilohiy modomiki sarmadiy va doimiydir; albatta sifati va asmosi ham sarmadiy va doimiydirlar. Modomiki sifoti va asmosi doimiy va sarmadiydirlar; albatta ularning oynalari va jilvalari va naqshlari va mazharlari boʻlgan olami baqodagi boqiyot va ahli baqo fano-i mutlaqqa bizzarura ketolmaydi.
Qur'oni Hakimning fayzidan hozircha ikki nuqta xotirga keldi, ijmolan yozamiz.
Birinchisi: Janobi Haq shunday bir Qodiri Mutlaq boʻlib; adam va vujud qudratiga va irodasiga nisbatan ikki manzil kabi, gʻoyat oson bir suratda u yerga yuboradi va keltiradi. Istasa bir kunda, istasa bir onda u yerdan qaytaradi. Ham adami mutlaq zotan yoʻq, chunki bir ilmi muhit bor. Ham doira-i ilmi Ilohiyning xoriji yoʻqki, biror narsa unga otilsin. Doira-i ilm ichida boʻlgan adam esa, adami xorijiydir va vujudi ilmiyga parda boʻlgan bir unvondir. Hatto bu mavjudoti ilmiyaga ba'zi ahli tahqiq "o'yoni sobita" deb ta'bir etishgan. Shunday ekan, fanoga ketish, muvaqqatan xorijiy libosini yechib, vujudi ma'naviyga va ilmiyga kirishdir. Ya'ni, halik va foniy boʻlganlar vujudi xorijiyni tashlab, mohiyatlari bir vujudi ma'naviy kiyadi, doira-i qudratdan chiqib doira-i ilmga kiradi.
Ikkinchisi: Koʻp Soʻzlarda izoh etganimiz kabi: Hamma narsa ma'no-i ismiy bilan va oʻziga qaragan vajhda hechdir. Oʻz zotida mustaqil va bizotihi sobit bir vujudi yoʻq. Va yolgʻiz oʻzi qolganda qoim bir haqiqati yoʻq. Faqat Janobi Haqqa qaragan vajhda esa, ya'ni ma'no-i harfiy bilan boʻlsa, hech emas. Chunki unda jilvasi koʻringan asmo-i boqiya bor. Ma'dum emas; chunki sarmadiy bir vujudning soyasini tashiydi. Haqiqati bor, sobit, ham yuksakdir. Chunki mazhar boʻlgan boqiy bir ismning sobit bir navi soyasidir. Ham كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ insonning qoʻlini mosivodan kesish uchun bir qilich boʻlib; u ham Janobi Haqning hisobiga boʻlmagan foniy dunyoda foniy narsalarga boʻlgan aloqalarni kesish uchun, hukmi dunyodagi foniyotga qaraydi. Demak, Alloh hisobiga boʻlsa, ma'no-i harfiy bilan, livajhilloh boʻlsa; mosivoga kirmaydiki كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ qilichi bilan boshi kesilsin.
Alhosil: Agar Alloh uchun boʻlsa, Allohni topsa; gʻayr qolmaydiki, boshi kesilsin. Agar Allohni topmasa va uning hisobidan qaramasa, hamma narsa gʻayrdir. Toki Uni topishi uchun كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ qilichini iste'mol qilishi, pardani yirtishi kerak!..