YIGIRMA BIRINCHI MAKTUB
Ey uyida keksa volida va yoki padari va yoki qarindoshlaridan va yoki iymon qardoshlaridan bir a'mal-manda va yoki ojiz, a'lil kishisi boʻlgan gʻofil! Shu oyati karimaga diqqat et, qara: Qandayki bir oyatda besh tabaqa ayri-ayri suratda keksa volidaynga shafqatni qaratadi. Ha, dunyoda eng yuksak haqiqat, padar va volidalarning avlodlariga qarshi shafqatlaridir. Va eng oliy huquq ham, ularning u shafqatlariga muqobil hurmat haqlaridir. Chunki ular hayotlarini kamoli lazzat bilan avlodlarining hayoti uchun fido qilib sarflaydilar. Shunday ekan, insoniyati sukut etmagan va jonivorga inqilob etmagan har bir farzand; u muhtaram, sodiq, fidokor doʻstlarga xolisona hurmat va samimona xizmat va rizolarini tahsil va qalblarini xushnud qilmogʻi kerakdir. Amaki va amma, padar hukmidadir; xola va togʻa, ona hukmidadir.
Xullas, shu muborak keksalarning vujudlarini istisqol etib oʻlimlarini orzu qilish, naqadar vijdonsizlik va naqadar pastkashlik ekanini bil, oʻzingga kel! Hayotini sening hayotingga fido qilgan insonning zavoli hayotini orzu qilish, naqadar xunuk bir zulm, bir vijdonsizlik ekanini angla!
Ey dardi maishat bilan mubtalo boʻlgan inson! Bilki, uyingdagi baraka ustuni va rahmat vasilasi va musibat dafi'asi, oʻsha sen istisqol etgan keksa yoki koʻr qarindoshingdir. Aslo: "Maishatim tor, idora qilolmayapman", dema! Chunki ular tufayli kelgan baraka boʻlmasa edi, albatta sening ziyqi maishating yanada ziyoda boʻlardi. Buning haqiqat ekaniga menga ishon. Buning koʻp qat'iy dalillarini bilaman, seni ham ishontira olaman. Faqat uzun ketmaslik uchun, gapni choʻzmayman. Shu soʻzimga qanoat qil. Qasam ichamanki, bu haqiqat gʻoyat qat'iydir, hatto nafs va shaytonim ham bunga qarshi taslim boʻlishgan. Nafsimning qaysarligini sindirgan va shaytonimni jim qilgan bu haqiqat, senga qanoat berishi kerak. Ha, koinotning shahodati bilan, nihoyat darajada Rahmon, Rahim va Latif va Karim boʻlgan Xoliqi Zuljaloli val-ikrom, bolalarni dunyoga yuborgan vaqti, orqalaridan rizqlarini gʻoyat latif bir suratda yuborib va koʻkraklar joʻmragidan ogʻizlariga oqitgani kabi; bola hukmiga kelgan va bolalardan yanada ziyoda marhamatga loyiq va shafqatga muhtoj boʻlgan keksalarning rizqlarini ham, baraka suratida yuboradi. Ularni ioshalarini tama'kor va baxil insonlarga yuklamaydi.
oyatlari ifoda etgan haqiqatlarni, butun zihayotning anvo'i maxluqlari lisoni hol bilan baqirib, u haqiqati karimonani aytyaptilar. Hatto yolgʻiz keksa qarindoshlar emas, balki insonlarga oshna qilib berilgan va rizqlari insonlarning rizqlari ichida yuborilgan mushuk kabi ba'zi maxluqlarning rizqlari ham, baraka suratida keladi. Buni tayid etgan va oʻzim koʻrgan bir misol: Mening yaqin doʻstlarim biladilarki; ikki-uch yil avval har kun yarimta non, -u qishloqning noni kichik edi- muayyan bir tayinim bor edi, koʻpincha menga kifoya qilmasdi. Bir kuni toʻrtta mushuk menga musofir boʻlib keldilar. Oʻsha tayimin ham menga, ham ularga kifoya qildi. Koʻpincha ortib ham qolardi. Xullas, shu hol shu daraja takarrur etib menga qanoat berdiki, men mushuklarning barakasidan istifoda etyapman. Qat'iy bir suratda e'lon qilaman: Ular menga yuk emas; ham ular mendan emas, men ulardan minnat olardim.
Ey inson! Modomiki jonivor suratidagi bir hayvon, insonlarning xonasiga musofir boʻlib kelgan vaqt barakaga mador boʻlyapti, unday boʻlsa maxluqotning eng mukarrami boʻlgan inson va insonlarning eng mukammali boʻlgan ahli iymon va ahli iymonning eng ziyoda hurmat va marhamatga shoyon ajaza, a'lil qariyalar va a'lil qarilarning ichida shafqat va xizmat va muhabbatga eng ziyoda loyiq va haqdor boʻlgan qarindoshlar va qarindoshlar ichida ham eng haqiqiy doʻst va eng sodiq muhib boʻlgan padar va volida, bir uyda keksalik holida boʻlsa, qay daraja vasila-i baraka va vosita-i rahmat va لَوْلَا الشُّيُوخُ الرُّكَّعُ لَصُبَّ عَلَيْكُمُ الْبَلَاءُ صَبًّا sirri bilan, ya'ni: "Beli bukilgan keksalaringiz boʻlmaganda edi, balolar sel kabi ustingizga yogʻilardi". Qay daraja sababi daf'-i musibat ekanliklarini qiyos qil.
Xullas, ey inson! Esingni yigʻib ol. Agar sen oʻlmasang, keksayasan. اَلْجَزَاءُ مِنْ جِنْسِ الْعَمَلِ sirri bilan, sen volidaynigni hurmat qilmasang, sening avloding ham seni hurmat qilmaydi. Agar oxiratingni sevsang, mana senga muhim bir dafina; ularga xizmat qil, rizolarini ol. Agar dunyoni sevsang ham, yana ularni mamnun qilginki, ular tufayli hayoting rohatli va rizqing barakali boʻlsin. Boʻlmasa ularni istisqol etish, oʻlimlarini tamanniy etish va ularning nozik va sari'ut taassur qalblarini ranjida qilib خَسِرَ الدُّنْيَا وَ الْاٰخِرَةَ sirriga mazhar boʻlasan. Agar rahmati Rahmonni xohlasang, Rahmonning vadi'alariga va uyingdagi omonatlariga rahmat et.
Oxirat qardoshlarimdan Mustafo Chovush ismli bir zot bor edi. Dinida, dunyosida muvaffaqiyatli koʻrardim. Sirrini bilmasdim. Soʻngra angladimki, muvaffaqiyatning sababi: U zot, keksa padar va volidalarining haqlarini anglagan va u huquqqa toʻliq rioya qilgan va ular tufayli rohat va rahmat topgan ekan. Inshaalloh oxiratini ham ta'mir etgan. Baxtiyor boʻlishni istagan unga oʻxshashi kerak.