YIGIRMA IKKINCHI MAKTUB
Birinchi Mabhas
Moʻ'minlarda nifoq va shiqoq, kin va adovatga sababiyat bergan tarafgirlik va qaysarlik va hasad; haqiqat va hikmat jihatidan va insoniyati kubro boʻlgan Islomiyat jihatidan va hayoti shaxsiya jihatidan va hayoti ijtimoiya va hayoti ma'naviya jihatidan xunuk va marduddir, muzir va zulmdir va hayoti bashariya uchun zahardir. Shu haqiqatning gʻoyat koʻp vujuhidan olti vajhini bayon qilamiz:
BIRINCHI VAJH: Haqiqat nazarida zulmdir.
Ey moʻ'minga kin va adovat his qilgan insofsiz odam! Qandayki sen bir kemada yoki bir uyda boʻlsang, sen bilan birga toʻqqiz ma'sum va bir jinoyatchi bor. U kemani gʻarq va u xonani ihroq etishga uringan bir odamning qay daraja zulm etganini bilasan. Va zolimligini samovotga eshittiradigan darajada baqirasan. Hatto bitta ma'sum va toʻqqizta jinoyatchi boʻlsa; yana u kema hech bir qonuni adolat bilan choʻktirilmaydi.
Xuddi shuning kabi: Sen, bir xona-i Rabboniya va bir safina-i Ilohiya boʻlgan moʻ'minning vujudida iymon va islomiyat va qoʻshnilik singari toʻqqiz emas, balki yigirmata sifoti ma'suma bor ekan; senga zararli boʻlgan va sen yoqtirmagan bir jinoyatchi sifati tufayligina unga kin va adovat bogʻlash bilan, u xona-i ma'naviya-i vujudning ma'nan gʻarq va ihroqiga, taxrib va choʻkishiga tashabbus yoki orzu qilishing, u kabi shani' va gʻaddor bir zulmdir.
IKKINCHI VAJH. Hikmat nazarida ham zulmdir. Zero ma'lumki: Adovat va muhabbat, nur va zulmat kabi ziddir. Ikkovi ma'no-i haqiqiysida birga jam boʻlolmaydi.
Agar muhabbat, oʻz sabablarining rujhoniyatiga koʻra bir qalbda haqiqiy boʻlsa, u vaqt adovat majoziy boʻladi; achinish suratiga inqilob etadi. Ha, moʻ'min qardoshini sevadi va sevishi kerak. Yomonligi uchun faqatgina achinadi. Tahakkum bilan emas, balki lutf bilan isloh qilishga harakat qiladi. Shuning uchun nassi hadis bilan: "Uch kundan ortiq moʻ'min moʻ'mindan xafa boʻlib qat'i muqolama etmaydi".
Agar adovat sabablari gʻolib kelib, adovat haqiqati bilan bir qalbda boʻlsa; u vaqt muhabbat majoziy boʻladi, tasannu' va tamalluk suratiga kiradi.
Ey insofsiz odam! Endi qara: Moʻ'min qardoshingga kin va adovat naqadar zulmdir. Qandayki oddiy kichik toshlarni Ka'badan ham ahamiyatli va Jabali Uhuddanda katta desang, xunuk bir aqlsizlik qilasan. Aynan shuning kabi: Ka'ba hurmatida boʻlgan iymon va Jabali Uhud azamatida boʻlgan Islomiyat kabi koʻp avsofi islomiya; muhabbatni va ittifoqni istagani holda, moʻ'minga qarshi adovatga sababiyat bergan va oddiy toshlar hukmida boʻlgan ba'zi qusurotni, iymon va islomiyatdan ustun tutish, shu daraja insofsizlik va aqlsizlik va juda katta bir zulm boʻlishini, aqling boʻlsa, anglaysan!..
Ha, tavhidi iymoniy, albatta tavhidi qulubni istaydi. Va vahdati e'tiqod ham, vahdati ijtimoiyani iqtizo etadi. Ha, sen bir odam bilan birga bir harbiy qismda birga boʻlsang, u odamga doʻstona bir robita bogʻlaysan; va bir qoʻmondonning amri ostida barobar boʻlganingizdan birodarona bir aloqa talaqqiy etasan. Va bir mamlakatda birga boʻlish bilan uxuvvatkorona bir munosabat his qilasan. Holbuki iymon bergan nur va shuur bilan va senga koʻrsatgan va bildirgan asmo-i Ilohiya adadicha vahdat aloqalari va ittifoq robitalari va uxuvvat munosabatlari bor. Masalan: Har ikkovingizning Xoliqingiz bir, Molikingiz bir, Ma'budingiz bir, Roziqingiz bir...bir bir, mingga qadar bir bir. Ham Paygʻambaringiz bir, diningiz bir, qiblangiz bir.. bir bir, yuzga qadar bir bir. Soʻngra qishlogʻingiz bir, davlatingiz bir, mamlakatingiz bir.. oʻnga qadar bir bir. Bu qadar bir birlar vahdat va tavhidni, vifoq va ittifoqni, muhabbat va uxuvvatni iqtizo etgani va koinotni va kuralarni bir-biriga bogʻlaydigan ma'naviy zanjirlar boʻlganlari holda; shiqoq va nifoqqa, kin va adovatga sababiyat bergan oʻrgimchak toʻri kabi ahamiyatsiz va sabotsiz narsalarni tarjih etib moʻ'minga qarshi haqiqiy adovat etish va kin bogʻlash; naqadar u robita-i vahdatga bir hurmatsizlik va u muhabbat sabablariga qarshi bir istixfof va u munosaboti uxuvvatga qarshi qay daraja bir zulm va i'tisof boʻlganini; qalbing oʻlmagan boʻlsa, aqling soʻnmagan boʻlsa, anglaysan!
UCHINCHI VAJH: Adolati mahzani ifoda etgan وَلَا تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرٰى sirriga koʻra; bir moʻ'minda boʻlgan jinoyatchi bir sifat yuzidan boshqa ma'sum sifatlarini mahkum etish hukmida boʻlgan adovat va kin bogʻlash, qay daraja hadsiz bir zulm ekanini va xususan bir moʻ'minning yomon sifatidan xafa boʻlib arazlab, u moʻ'minning qarindoshlariga adovatini tashmil etish, اِنَّ الْاِنْسَانَ لَظَلُومٌ siygʻa-i mubolagʻasi bilan gʻoyat azim bir zulm qilganini, haqiqat va shariat va hikmati Islomiya senga ixtor etgani holda; qanday oʻzingni haqli deb topasan, "Mening haqqim bor" deysan?
Haqiqat nazarida sababi adovat va shar boʻlgan yomonliklar, shar va tuproq kabi kasifdir; boshqasiga siroyat va in'ikos etmasligi kerak. Boshqasi undan dars olib shar ishlasa, u boshqa masaladir. Muhabbatning sabablari boʻlgan yaxshiliklar, muhabbat kabi nurdir; siroyat va in'ikos etish, sha'nidir. Shuning uchun; "Doʻstning doʻsti doʻstdir" soʻzi zurubi amsol qatoriga oʻtgandir. Ham shuning uchundirki; "Bir koʻz xotiri uchun koʻp koʻzlar seviladi" soʻzi umumning lisonida kezadi.
Xullas, ey insofsiz odam! Haqiqat shunday koʻrgani holda, sen sevmagan bir odamning sevimli ma'sum bir qardoshiga va taalluqotiga adovat qilish; naqadar xilofi haqiqat ekanini haqiqatbin boʻlsang, anglaysan.
TOʻRTINCHI VAJH: Hayoti shaxsiya nazarida ham zulmdir. Shu toʻrtinchi vajhning asosi boʻlgan bir qancha dasturni tingla:
Birinchisi: Sen maslagingni va afkoringni haq deb bilgan vaqting; "Maslagim haq yoki yanada goʻzal" deyishga haqqing bor. Lekin, haq faqat mening maslagim, deyishga haqqing yoʻq.
sirriga koʻra, insofsiz nazaring va ishqiboz fikring hakam boʻlolmaydi. Boshqasining maslagini butlan bilan mahkum etolmaydi.
Ikkinchi Dastur: Sening ustingdagi haq: Har bir aytgan soʻzing haq boʻlsin. Faqat har bir haqni aytishga sening haqqing yoʻq. Har soʻzing toʻgʻri boʻlishi kerak. Lekin har toʻgʻrini aytish toʻgʻri emas! Chunki sen kabi niyati xolis boʻlmagan odam, nasihati ba'zan jahlni chiqaradi, aks-ul amal qiladi.
Uchinchi Dastur: Adovat qilishni xohlasang, qalbingdagi adovatga qarshi adovat qil; uning raf'iga urin. Ham eng ziyoda senga zarar bergan nafsi ammorangga va havo-i nafsingga adovat qil, islohiga urin. U muzir nafsning xotiri uuchun, moʻ'minlarga adovat qilma. Agar dushmanlik qilishni istasang; kofirlar, zindiqlar koʻpdir; ularga adovat qil. Ha, qandayki muhabbat sifati muhabbatga loyiqdir; shuning kabi adovat xislati, hamma narsadan avval oʻzi adovatga loyiqdir. Agar xasmingni magʻlub etishni istasang, yomonligiga qarshi yaxshilik bilan muqobala et. Chunki agar yomonlik bilan muqobala etsang, xusumat tazoyud etadi. Zohiran magʻlub boʻlsa ham, qalbdan kin bogʻlaydi, adovati davom etadi. Agar yaxshilik bilan muqobala qilsang, nadomat qiladi; senga doʻst boʻladi.
hukmi boʻyicha; moʻ'minning sha'ni, karim boʻlishdir. Sening ikroming bilan senga musahhar boʻladi. Zohiran laim boʻlsa ham, iymon jihatidan karimdir. Ha, yomon bir odamga "Yaxshisan yaxshisan" desang, yaxshilanishi va yaxshi odamga "Yomonsan yomonsan" desang, yomonlashishi koʻp sodir boʻladi. Shunday ekan
kabi dasotiri qudsiya-i Qur'oniyaga quloq sol! Saodat va salomat undadir.
Toʻrtinchi Dastur: Ahli kin va adovat ham nafsiga, ham moʻ'min qardoshiga, ham rahmati Ilohiyaga zulm qiladi, tajovuz qiladi. Chunki kin va adovat bilan nafsini azobi aliym ichiga tiqadi. Xasmiga kelgan ne'matlardan azobni va qoʻrquvidan kelgan alamni nafsiga torttiradi, nafsiga zulm qiladi. Agar adovat hasaddan kelsa, u batamom azobdir. Chunki hasad avvalo hasidni ezadi, mahv etadi, yondiradi. Mahsud haqida zarari yo oz yoki yoʻq.
Hasadning chorasi: Hasid odam hasad qilgan narsalarining oqibatini oʻylasin. Toki anglasinki; raqibida boʻlgan dunyoviy husn va quvvat va martaba va sarvat; foniy, muvaqqatdir. Foydasi oz, zahmati koʻp. Agar uxroviy maziyatlar boʻlsa, zotan ularda hasad boʻlolmaydi. Agar ularga ham hasad qilsa; yo oʻzi riyokor, oxirat molini dunyoda mahv etishni istaydi yoxud mahsudni riyokor deb oʻylaydi, haqsizlik qiladi, zulm qiladi.
Ham unga kelgan musibatlardan mamnun va ne'matlardan mahzun boʻlib qadar va rahmati Ilohiyaga, qilgan yaxshiliklaridan achchiqlanadi. Xuddi qadarni tanqid va rahmatga e'tiroz qilgan boʻladi. Qadarni tanqid qilgan boshini sandonga uradi, yoradi. Rahmatga e'tiroz etgan, rahmatdan mahrum qoladi.
Ajabo, bir kunlik adovatga arzimaydigan narsaga, bir yil kin va adovat bilan muqobala etishni qaysi insof qabul qiladi, buzilmagan qaysi vijdonga sigʻadi? Holbuki moʻ'min qardoshingdan senga kelgan yomonlikni, tamoman unga berib, uni mahkum etolmaysan. Chunki avvalo, qadarning unda bir hissasi bor. Uni chiqarib tashlab qadar va qazo hissasiga qarshi rizo bilan muqobala etish kerak. Soniyan, nafs va shaytonning hissasini ham ayirib, u odamga adovat emas, balki nafsiga magʻlub boʻlganidan achinish va nadomat etishini kutish. Solisan, sen oʻz nafsingda koʻrmaganing yoki koʻrish istamaganing qusuringni koʻr; bir hissa ham unga ber. Soʻngra qolgan kichik bir hissaga qarshi eng salomatli va eng tez xasmini magʻlub qiladigan avf va safh bilan va oliyjanoblik bilan muqobala etsang, zulmdan va zarardan xalos boʻlasan. Boʻlmasa sarxush va devona boʻlgan va shishalarni va muz parchalarini olmos narxida olgan zargar Yahudiy kabi, besh tiyinga arzimagan foniy, zoil, muvaqqat, ahamiyatsiz dunyoviy ishlarga; goʻyo abadiy dunyoda qolib abadiy birga qoladiganday shadid bir hirs bilan va doimiy bir kin bilan mutamodiyan bir adovat bilan muqobala etish, siygʻa-i mubolagʻa bilan bir zalumiyatdir yoki bir sarxushlikdir va bir navi devonalikdir.
Xullas, hayoti shaxsiya jihatidan bu daraja muzir boʻlgan adovatga va fikri intiqomga, -agar shaxsingni sevsang- yoʻl bermaginki qalbingga kirsin. Agar qalbingga kirgan boʻlsa, uning soʻzini tinglama. Haqiqatbin boʻlgan Hofiz Sheroziyni tingla:
Ya'ni: "Dunyo bir mato' emaski, bir nizoga arzisin". Chunki foniy va oʻtkinchi boʻlgani uchun, qiymatsizdir. Ulkan dunyo shunday boʻlsa, dunyoning juz'iy ishlari naqadar ahamiyatsiz boʻlganini tushunasan!.. Ham:
Ya'ni: "Ikki jahonning rohat va salomatini ikki harf tafsir etadi, qozontiradi: Doʻstlariga muruvvatkorona muosharat va dushmanlariga sulhkorona muomala etishdir", degan.
Agar: "Ixtiyor mening qoʻlimda emas; fitratimda adovat bor. Ham jahlimni chiqarganlar, voz kecholmayman", desang.
Aljavob: Sui xulq va yomon xislat asari koʻrsatilmasa va gʻiybat kabi narsalar bilan va muqtazosi bilan amal qilinmasa; qusurini ham anglasa, zarar bermaydi. Modomiki ixtiyor sening qoʻlingda emas ekan, voz kecholmaysan. Sening ma'naviy bir nadomat, yashirin bir tavba va zimniy bir istigʻfor hukmida boʻlgan qusuringni bilishing va u xislatda haqsiz ekaningni tushunishing; uning sharridan seni qutqaradi. Zotan bu maktubning bu mabhasini yozdik, toki bu ma'naviy istigʻforni ta'min etsin; haqsizlikni haq bilmasin, haqli xasmini haqsizlik bilan tashhir etmasin.
Joyi diqqat bir hodisa: Bir zamon bu gʻarazkorona tarafgirlik natijasi sifatida koʻrdimki: Mutadayyin bir ahli ilm, fikri siyosiysiga muxolif bir olimi solihni, takfir darajasida tazyif etdi. Va oʻz fikrida boʻlgan bir munofiqni, hurmatkorona madh etdi. Xullas, siyosatning bu yomon natijalaridan qoʻrqdim, "A'uzu billahi minashshaytoni va-s siyosa" dedim, u zamondan beri hayoti siyosiyadan chekindim.
BESHINCHI VAJH: Hayoti ijtimoiya jihatidan, qaysarlik va tarafgirlik, gʻoyat muzir ekanini bayon etadi. Agar deyilsa: Hadisda اِخْتِلَافُ اُمَّت۪ى رَحْمَةٌ deyilgan. Ixtilof esa, tarafgirlikni iqtizo qiladi. Ham tarafgirlik marazi; mazlum avomni zolim xoslarning sharridan qutqaradi. Chunki bir tumanning va bir qishloqning xoslari ittifoq etsalar, mazlum avomni ezadilar. Tarafgirlik boʻlsa, mazlum bir tarafga iltijo etadi, oʻzini qutqaradi. Ham tasodumi afkordan va taxolufi uquldan haqiqat tamoman tazohur etadi.
Aljavob: Birinchi savolga deymizki: Hadisdagi ixtilof esa, musbat ixtilofdir. Ya'ni: Har biri oʻz maslagining ta'mir va rivojiga harakat qiladi. Boshqasining taxrib va bekor qilinishiga emas, balki takmil va islohiga urinadi. Ammo manfiy ixtilof esaki: Gʻarazkorona, adovatkorona bir-birining taxribiga urinishdir; hadisning nazarida marduddir. Chunki bir-biri bilan urushganlar, musbat harakat qilolmaydilar.
Ikkinchi savolga deymizki: Tarafgirlik agar haq nomiga boʻlsa, haqlilarga malja boʻlishi mumkin. Faqat hozirgi kabi gʻarazkorona, nafs hisobiga boʻlgan tarafgirlik, haqsizlarga maljadirki; ularga nuqta-i istinod tashkil etadi. Chunki gʻarazkorona tarafgirlik qilgan bir odamga shayton kelsa, uning fikriga yordam berib tarafdorlik koʻrsatsa, u odam u shaytonga rahmat oʻqiydi. Agar muqobil tarafga malak kabi bir odam kelsa, unga xosho la'nat oʻqiydigan darajada bir haqsizlik koʻrsatadi.
Uchinchi savolga aytamizki: Haq nomiga, haqiqat hisobiga boʻlgan tasodumi afkor esa; maqsadda va asosda ittifoq bilan barobar, vasoilda ixtilof etadi. Haqiqatning har qirrasini izhor etib, haqqa va haqiqatga xizmat qiladi. Faqat tarafgirona va gʻarazkorona, fir'avnlashgan nafsi ammora hisobiga xudfurushlik, shuhratparvarona bir tarzdagi tasodumi afkordan bariqa-i haqiqat emas, balki fitna otashlari chiqadi. Chunki maqsadda ittifoq lozim kelarkan, undaylarning afkorining Kura-i Arzda ham nuqta-i talaqqiysi topilmaydi. Haq nomiga boʻlmagani uchun, nihoyatsiz mufritona ketadi. Qobili iltiyom boʻlmagan inshiqoqlarga sababiyat beradi. Holi olam bunga shohiddir.
Alhosil:
boʻlgan dasotiri oliya dasturi harakat boʻlmasa, nifoq va shiqoq maydon oladi. Ha اَلْبُغْضُ فِى اللّٰهِ ٭ وَالْحُكْمُ لِلّٰهِ demasa, u dasturlarni nazarga olmasa, adolat etish istarkan, zulm qiladi.
Joyi ibrat bir hodisa: Bir vaqt Imom Ali Roziyallohu Anh bir kofirni yerga qulatgan. Qilichini olib oʻldirayotgan payti, u kofir unga tupurgan. U kofirni qoʻyib yuborgan, oʻldirmagan. U kofir unga deganki: "Nima uchun meni oʻldirmading?" Dedi: "Seni Alloh uchun oʻldirmoqchi edim. Faqat menga tupurding, hiddatga keldim. Nafsimning hissasi qoʻshilgani uchun ixlosim buzildi. Shuning uchun seni oʻldirmadim". U kofir: "Meni tezroq oʻldirishing uchun seni hiddatga keltirdim. Modomiki diningiz bu daraja sof va xolis, u din haqdir", dedi.
Ham madori diqqat bir voqea: Bir zamon bir hakam bir oʻgʻrining qoʻlini kesgan vaqti asari hiddat koʻrsatgani uchun, unga diqqat qilgan odil amiri uni vazifadan boʻshatgan. Chunki shariat nomiga, qonuni Ilohiy hisobiga kessa edi, nafsi unga achinar edi. Va qalbi hiddat etmasdan, faqat marhamat ham qilmaydigan bir tarzda kesishi kerak edi. Demak nafsiga u hukmdan bir hissa chiqargani uchun, adolat bilan ish qilmagan.
Joyi taassuf bir holati ijtimoiya va qalbi Islomni yigʻlatadigan mudhish bir marazi hayoti ijtimoiy:
"Xorijiy dushmanlarning zuhur va tahojumida dohiliy adovatlarni unutish va tashlash" boʻlgan bir maslahati ijtimoiyani eng badaviy qavmlar ham taqdir etib qilganlari holda, shu jamoati Islomiyaga xizmat da'vo qilganlarga nima boʻlganki; bir-biri orqasida tahojum vaziyatini olgan hadsiz dushmanlar bor ekan, juz'iy adovatlarni unutmasdan, dushmanlarning hujumiga zamin tayyorlayaptilar. Shu hol bir sukutdir, bir vahshatdir. Hayoti ijtimoiya-i Islomiyaga bir xiyonatdir.
Madori ibrat bir hikoya: Badaviy qabilalaridan Hasanon qabilasining bir-biriga dushman ikki qabilasi bor ekan. Bir-biridan balki ellik odamdan ortiq oʻldirganlari holda; Sipqon yoki Haydaron qabilasi kabi bir qabila qarshilariga chiqqan vaqti; u ikki dushman toifa eski adovatni unutib, yelkama-yelka boʻlib, u xorijiy qabilani daf etishga qadar, dohiliy adovatni xotirlariga keltirmasdilar.
Xullas, ey moʻ'minlar! Ahli iymon qabilasiga qarshi tajovuz vaziyatini olgan naqadar qabila hukmida dushmanlar borligini bilasizmi? Bir-biri ichidagi doiralar kabi yuzdan ortiq doiralar bor. Har biriga tasonud etib, qoʻlni qoʻlga berib mudofaa vaziyatini olishga majbur ekan; ularning hujumini tasxil etish, ularning harimi Islomga kirishlari uchun eshiklarni ochish hukmidagi gʻarazkorona tarafgirlik va adovatkorona qaysarlik; qaysi jihatdan ahli iymonga yarashadi? U dushman doiralar ahli zalolat va ilhoddan, to ahli kufrning olamiga, to dunyoning qoʻrquv va masoibiga qadar bir-biri ichida sizga qarshi zararli bir vaziyat olgan, bir-biri orqasida sizga hiddat va hirs bilan qaragan, balki yetmish nav dushmanlar bor. Butun bularga qarshi quvvatli quroling va qalqoning va qal'ang: Uxuvvati Islomiyadir. Bu qal'a-i Islomiyani kichik adovatlar bilan va bahonalar bilan tebratish; naqadar xilofi vijdon va naqadar xilofi maslahati Islomiya boʻlganini bil, uygʻon!..
Ahodisi sharifada kelganki: "Oxirzamonning Sufyon va Dajjol kabi nifoq va zindiqo boshiga oʻtadigan ashxasi mudhisha-i muzirralari, musulmonlarning va basharning hirs va shiqoqidan istifoda etib oz bir quvvat bilan navi basharni harju-marj etadi va ulkan Olami Islomni asorat ostiga oladi.
Ey ahli iymon! Zillat ichida asorat ostiga kirmaslikni istasangiz, esingizni yigʻib oling! Ixtilofingizdan istifoda etgan zolimlarga qarshi اِنَّمَا الْمُؤْمِنُونَ اِخْوَةٌ qal'a-i qudsiyasi ichiga kiring; tahassun eting. Boʻlmasa na hayotingizni muhofaza va na huquqingizni mudofaa eta olasiz. Ma'lumki; ikki qahramon bir-biri bilan kurasharkan; bir bola ikkisini ham ura oladi. Bir mezonda ikki togʻ bir-biriga qarshi muvozanada boʻlsa; bir kichik tosh muvozanalarini buzib ular bilan oʻynay oladi; birini yuqoriga, birini pastga tushiradi. Xullas, ey ahli iymon! Ehtiroslaringizdan va xusumatkorona tarafgirliklaringizdan quvvatingiz hechga tushadi, oz bir quvvat bilan ezila olasizlar. Hayoti ijtimoiyangiz bilan aloqangiz boʻlsa,
dasturi oliyani dasturi hayot qilinglar, safolati dunyoviyadan va shaqovati uxroviyadan xalos boʻlinglar!..
OLTINCHI VAJH: Hayoti ma'naviya va sihati ubudiyat, adovat va qaysarlik bilan zaiflanadi. Chunki vosita-i xalos va vasila-i najot boʻlgan "ixlos" zoye boʻladi. Zero tarafgir bir muannid oʻz a'moli xayriyasida xasmidan oʻzishni istaydi. Xolisan livajhilloh amalga uncha ham muvaffaq boʻlolmaydi. Ham hukm va muomalotida tarafgirini tarjih etadi, adolat etolmaydi. Xullas, af'ol va a'moli xayriyaning asoslari boʻlgan "ixlos" va "adolat" xusumat va adovat bilan yoʻqoladi. Shu Oltinchi Vajh juda uzundir. Faqat qobiliyati maqom qisqa boʻlganidan tugatamiz.
Ikkinchi Mabhas
Ey ahli iymon! Sobiqan, adovat naqadar zararli boʻlganini anglading. Ham anglaki; adovat qadar hayoti Islomiyaga eng mudhish bir marazi muzir ham hirsdir. Hirs, sababi xaybatdir va illat va zillatdir va mahrumiyat va safolatni keltiradi. Ha, har millatdan ziyoda hirs bilan dunyoga tashlangan Yahudiy Millatining zillat va safolati bu hukmga bir shohidi qat'iydir. Ha, hirs zihayot olamida eng keng bir doiradan tut, to eng juz'iy bir fardga qadar sui ta'sirini koʻrsatadi. Tavakkalvoriy talabi rizq esa, aksincha madori rohatdir va har yerda husni ta'sirini koʻrsatadi. Xullas, bir navi zihayot va rizqqa muhtoj boʻlgan mevali daraxtlar va nabotlar, tavakkalvoriy, qanoatkorona yerlarida turib hirs koʻrsatmaganliklaridan, rizqlari ularga yugurib keladi. Hayvonlarga nisbatan ancha koʻp bola yetishtiradilar. Hayvonot esa, hirs bilan rizqlari orqasidan yugurganliklari uchun, juda koʻp zahmat va nuqsoniyat bilan rizqlarini qoʻlga kirita oladilar. Ham hayvonot doirasi ichida za'f va ajz lisoni holi bilan tavakkal qilgan bolalarning mashru' va mukammal va latif rizqlari xazina-i rahmatdan berilishi; va hirs bilan rizqlariga tashlangan jonivorlarning gʻayri mashru' va juda koʻp zahmat bilan qozongan noxush rizqlari koʻrsatyaptiki: Hirs, sababi mahrumiyatdir; tavakkal va qanoat esa, vasila-i rahmatdir.
Ham doira-i insoniya ichida har millatdan ziyoda hirs bilan dunyoga yopishgan va ishq bilan hayoti dunyoviyaga bogʻlangan Yahudiy Millati juda koʻp zahmat bilan qozongan, oʻziga foydasi oz, yolgʻiz xazinadorlik qilgan gʻayri mashru' bir sarvati riboiy bilan butun millatlardan yeganlari silla-i zillat va safolat, qatl va ihonat koʻrsatadiki: Hirs ma'dani zillat va xasoratdir.
Ham haris bir inson, har vaqt xasoratga tushganiga doir shu qadar voqealar borki, اَلْحَر۪يصُ خَائِبٌ خَاسِرٌ zarbulmasal hukmiga oʻtgan, umumning nazarida bir haqiqati omma boʻlib qabul etilgandir. Modomiki shundaydir; agar molni koʻp sevsang, hirs bilan emas, balki qanoat bilan molni talab et, toki koʻp kelsin.
Ahli qanoat bilan ahli hirs ikki shaxsga oʻxshaydiki; buyuk bir zotning devonxonasiga kiradilar. Biri qalbidan deydi: "Meni yolgʻiz qabul etsin, tashqaridagi sovuqdan qutulsam, menga kifoya. Eng pastdagi oʻrindiqni berishsa, lutfdir". Ikkinchi odam goʻyo bir haqqi bordek va hamma uni hurmat qilishga majbur ekandek magʻrurona deydiki: "Menga eng yuqori oʻrindiqni berishi kerak". U hirs bilan kiradi, koʻzini yuqori mavqelarga tikadi, oʻsha yerga oʻtirishni istaydi. Faqat devonxona sohibi uni orqa qaytarib pastga oʻtqazadi. Unga tashakur lozim ekan, tashakkurga badal qalbidan achchiqlanadi. Tashakkur emas, aksiga xona sohibini tanqid qiladi. Xona sohibi ham uni istisqol etadi. Birinchi odam mutavozeyona kiradi; eng pastdagi oʻrindiqqa oʻtirishni istaydi. Uning u qanoati devonxona sohibiga yoqadi. "Yanada yuqoriroqdagi oʻrindiqqa marhamat qiling" deydi. U ham borgancha tashakkurotini ziyodalashtiradi, mamnuniyati tazoyud etadi.
Xullas, dunyo bir devonxona-i Rahmondir. Zamin yuzi, bir dasturxoni rahmatdir. Darajoti arzoq va marotibi ne'mat ham, oʻrindiqlar hukmidadir.
Ham eng juz'iy ishlarda ham harkas hirsning sui ta'sirini his qiladi.
Masalan: Ikki tilanchi bir narsa istagan vaqtlari, hirs bilan ilhoh etgan tilanchini istisqol etib bermaslik; boshqa sokin tilanchiga marhamat etib berish, harkas qalbida his etadi. Ham masalan: Kechasi uyqung qochgan, sen yotishni istasang, loqayd boʻlsang uyqung kelishi mumkin. Agar hirs bilan uxlamoqchi boʻlsang: "Ey voh, uxlay, uf, uxlay" desang, tamoman uyqungni qochirasan. Ham masalan: Muhim bir natija uchun birovni hirs bilan kutasan, "Ey voh, kelmadi, uf, kelmadi" deb eng oxirida hirs sabringni tugatib turib ketasan; bir daqiqa soʻngra u odam keladi; faqat kutgan u muhim natijang buziladi.
Shu hodisotning sirri shuki: Qandayki bir nonning vujudi dala, xirmon, tegirmon, tandirga tarattub etadi. Shunga oʻxshab: Tartibi ashyoda bir taanni-i hikmat bordir. Hirs sababi bilan taanni bilan harakat qilmagani uchun, u tartibli ashyodagi ma'naviy pogʻonalarga muro'at etmaydi; yo hatlab tushadi yoxud bir pogʻonani nuqson qoldiradi; maqsadga chiqolmaydi.
Xullas, ey dardi maishat bilan tentak boʻlgan va hirsi dunyo bilan sarxush boʻlgan qardoshlar! Hirs bu qadar muzir va baloli narsa boʻlgani holda, qanday hirs yoʻlida har zillatni irtikob va harom-halol demasdan har molni qabul va hayoti uxroviyaga lozim koʻp narsalarni fido qilyapsiz? Hatto arkoni Islomiyaning muhim bir rukni boʻlgan zakotni, hirs yoʻlida tark etyapsiz? Holbuki zakot, har shaxs uchun sababi baraka va dafi'i baliyyotdir. Zakotni bermaganning har holda qoʻlidan zakot qadar bir mol chiqadi; yo keraksiz joylarga beradi, yo bir musibat kelib oladi.
Haqiqatli bir roʻyoyi xayoliyada, Birinchi Harbi Umumiyning beshinchi yilida, bir ajib roʻyoda mendan soʻraldi:
"Musulmonlarga kelgan bu ochlik, bu zoyioti moliya va jismoniy mashaqqatning sababi nima?"
Roʻyoda aytgan edim:
"Janobi Haq bir qism moldan oʻndan bir {(Hoshiya1) Ya'ni, har yil yangi bergan bugʻdoy kabi mollardan oʻndan bir.} yoki bir qism moldan qirqdan bir, {(Hoshiya2) Ya'ni, eskidan bergan qirqdan; har yili gʻoliban va loaqal ribhi tijoriy va nasli hayvoniy jihati bilan qirqdan yangidan oʻn adad beradi.} oʻzi bergan molidan birisini bizdan istadi; toki bizga fuqarolarning duolarini qozontirsin va kin va hasadlarini man etsin. Biz hirsimiz uchun ochkoʻzlik qilib bermadik. Janobi Haq mutarokim zakotini, qirqdan oʻttiz, oʻndan sakkizini oldi. Ham har yili faqatgina bir oyda yetmish hikmatli bir ochlik bizdan xohladi. Biz nafsimizga achindik, muvaqqat va lazzatli bir ochlikni tortmadik. Janobi Haq bizga jazo sifatida yetmish jihatdan baloli roʻzani besh yil jabran tuttirdi. Ham bizdan yigirma toʻrt soatdan birgina soatni, xush va ulviy, nuroniy va foydali boʻlgan ta'limoti Rabboniyani istadi. Biz tanballik qilib, namozu niyozni bajarmadik. U bir soatni boshqa soatlarga qoʻshib zoye etdik. Janobi Haq uning kafforati sifatida, besh yil ta'lim va ta'limot va yugurtirish bilan bizga namoz oqitti."
Soʻngra uygʻondim, oʻyladim, angladimki; u roʻyoyi xayoliyada juda muhim bir haqiqat bor. Yigirma Beshinchi Soʻzda, madaniyat bilan hukmi Qur'onni muvozana bahsida isbot va bayon etilgani kabi; basharning hayoti ijtimoiyasida butun axloqsizlikning va butun ixtilolotning mansha'i ikki kalimadir:
Biri: "Men toʻq boʻlgandan soʻng, boshqasi ochlikdan oʻlsa, menga nima?"
Ikkinchisi: "Sen ishla, men yeyman".
Bu ikki kalimani idoma etgan, jarayoni ribo va tarki zakotdir. Bu ikki mudhish marazi ijtimoiyni tadoviy etadigan yagona chora, zakotning dasturi umumiy suratida ijrosi bilan, vujubi zakot va hurmati ribodir. Ham nafaqat yolgʻiz ashxasda va xususiy jamoatlarda, balki umum navi basharning saodati hayoti uchun eng muhim bir rukn, balki davomi hayoti insoniya uchun eng muhim bir tayanch, zakotdir. Chunki basharda xoslar va avom ikki tabaqa bor. Xoslardan avomga marhamat va ehson va avomdan xoslarga qarshi hurmat va itoatni ta'min etadigan, zakotdir. Boʻlmasa yuqoridan avomning boshiga zulm va tahakkum tushadi, avomdan boylarga qarshi kin va isyon chiqadi. Ikki tabaqa-i bashar doimiy bir mujodala-i ma'naviyada, bir kashmakashi ixtilofda boʻladi. Borib borib to Rossiyada boʻlgani kabi, sa'y va sarmoya mujodalasi suratida kurashishni boshlaydi.
Ey ahli karam va vijdon va ey ahli saxovat va ehson!
Ehsonlar zakot nomidan boʻlmasa, uch zarari bor. Ba'zan foydasiz ketadi. Chunki Alloh nomidan bermaganing uchun, ma'nan minnat qilasan; bechora faqirni minnat asorati ostida qoldirasan. Ham maqbul boʻlgan duosidan mahrum qolasan. Ham haqiqatdan Janobi Haqning molini ibodiga berish uchun bir tavzi'ot ma'muri boʻlganing holda, oʻzingni sohibi mol deb oʻylab kufroni ne'mat qilasan. Agar zakot nomidan bersang; Janobi Haq nomidan berganing uchun bir savob qozonasan, bir shukroni ne'mat qilasan. Muhtoj odam ham senga xushomadgoʻylik qilishga majbur boʻlmagani uchun, izzati nafsi sinmaydi va duosi sen haqqingda maqbul boʻladi. Ha, zakot qadar, balki yanada ziyoda nafl va ehson, yoxud boshqa suratlarda berib riyo va shuhrat kabi, minnat va tazlil kabi zararlarni qozonish qayerda? Zakot nomidan u yaxshiliklarni qilib, ham farzni ado etish, ham savobni, ham ixlosni, ham maqbul bir duoni qozonish qayerda?
XOTIMA
Yigirma Beshinchi Soʻzning Birinchi Shu'lasining Birinchi Shuasining Beshinchi Nuqtasining maqomi zamm va zajrning misollaridan boʻlgan birgina oyatning, moʻ'jizona olti tarzda gʻiybatdan tanfir etishi; Qur'onning nazarida gʻiybat naqadar shani' bir narsa boʻlganini tamoman koʻrsatgani uchun, boshqa bayonga ehtiyoj qoldirmagan. Ha, Qur'onning bayonidan soʻngra bayon boʻlolmaydi, ehtiyoj ham yoʻq.
Xullas, اَيُحِبُّ اَحَدُكُمْ اَنْ يَاْكُلَ لَحْمَ اَخ۪يهِ مَيْتًا oyatida olti daraja zammni zamm etadi. Gʻiybatdan olti martaba shiddat bilan zajr etadi. Shu oyat fe'lan gʻiybat qilganlarga mutavajjih boʻlgan vaqti, ma'nosi kelasi tarzda boʻladi. Shundayki:
Ma'lumdir: Oyatning boshidagi hamza, soʻramoq (ajabo) ma'nosidadir. U soʻramoq ma'nosi suv kabi oyatning butun kalimalariga kiradi. Har kalimada bir hukmi zimniy bor.
Xullas birinchisi, hamza bilan deydi: Ajabo, savol va javob joyi boʻlgan aqlingiz yoʻqmi, bu daraja xunuk narsani tushunmaydi?
Ikkinchisi, يُحِبُّ lafzi bilan: "Ajabo, sevish va nafrat etish joyi boʻlgan qalbingiz buzilganmiki, eng manfur bir ishni sevadi?", deydi.
Uchinchisi, اَحَدُكُمْ kalimasi bilan: "Jamoatdan hayotini olgan hayoti ijtimoiya va madaniyatingiz nima boʻlganki, bunday hayotingizni zaharlagan bir amalni qabul qiladi?", deydi.
Toʻrtinchisi, اَنْ يَاْكُلَ لَحْمَ kalomi bilan: "Insoniyatingiz nima boʻlganki, bunday jonivorchasiga doʻstingizni tish bilan parchalayapsiz?", deydi.
Beshinchisi, اَخِيهِ kalimasi bilan: "Hech riqqati jinsiyangiz, hech sila-i rahmingiz yoʻqmi, bunday koʻp jihatlar bilan qardoshingiz hisoblangan mazlumning shaxsi ma'naviysini insofsizcha tishlayapsiz? Va hech aqlingiz yoʻqmiki, oʻz a'zongizni oʻz tishingiz bilan devona kabi tishlayapsiz?", deydi.
Oltinchisi, مَيْتًا kalomi bilan: "Vijdoningiz qayerda? Fitratingiz buzilganmiki, eng muhtaram bir holda bir qardoshingizga qarshi, goʻshtini yeyish kabi eng mustakrah bir ishni qilyapsiz?", deydi.
Demak, shu oyatning ifodasi bilan va kalimalarning boshqa-boshqa dalolati bilan: Zamm va gʻiybat, aqlan va qalban va insoniyatan va vijdonan va fitratan va milliyatan mazmumdir. Xullas, bu oyat ijozkorona olti martaba zammni zamm etish bilan, i'jozkorona olti daraja u gunohdan zajr etganini kor.
Gʻiybat, ahli adovat va hasad va inod eng koʻp iste'mol etgan tuban bir quroldir. Izzati nafs sohibi bu iflos qurolga tanazzul etib iste'mol etmaydi. Qandayki mashhur bir zot degan:
Ya'ni: "Dushmanimga gʻiybat bilan jazo berishdan nafsimni yuksak tutaman va tanazzul etmayman. Chunki gʻiybat; zaif va zalil va nokaslarning qurolidir".
Gʻiybat shuki: Gʻiybat etilgan odam hozir boʻlsa va eshitsa edi, hazar qilib xafa boʻlardi. Agar toʻgʻri gapirsa, gʻiybatdir. Agar yolgʻon gapirsa; ham gʻiybat, ham boʻhtondir. Ikki martaba xunuk bir gunohdir.
1. Shikoyat suratida bir vazifador odamga aytadi, toki yordam berib u munkarni, u qabohatni undan ketkazsin va haqqini undan olsin.
2. Bir odam u bilan tashriki maso'iy etishni istaydi. Sen bilan mashvarat qiladi. Sen ham yolgʻiz maslahat uchun gʻarazsiz boʻlib, mashvaratning haqqini ado etish uchun: "U bilan tashriki maso'iy etma. Chunki zarar koʻrasan", desang.
3. Maqsadi, tahqir va tashhir emas; balki maqsadi, ta'rif va tanittirish uchun: "U choʻloq va bebosh odam falon yerga ketdi", desa.
4. Gʻiybat qilingan odam fosiqi mutajohirdir. Ya'ni, yomonlikdan uyalmaydi, balki qilgan sayyioti bilan iftixor etadi; zulmi bilan talazzuz etadi, uyalmasdan oshkora bir suratda qiladi.
Xullas, bu maxsus moddalarda gʻarazsiz va yolgʻiz haq va foyda uchun gʻiybat joiz boʻlishi mumkin. Yoqsa gʻiybat, otash oʻtinni yeb tugatgani kabi; gʻiybat ham a'moli solihani shunday yeb tugatadi.
Agar gʻiybat qilsa yoxud istab tinglagan boʻlsa; u payt اَللّٰهُمَّ اغْفِرْلَنَا وَ لِمَنِ اغْتَبْنَاهُ deyishi kerak, soʻngra gʻiybat etilgan odamga qachon uchrasa, "Meni kechir" deyishi kerak.