YIGIRMA UCHINCHI MAKTUB
Aziz, gʻayratli, jiddiy, haqiqatli, xolis, diroyatli qardoshim!
Biz kabi haqiqat va oxirat qardoshlarning, ixtilofi zamon va makon suhbatlariga va unsiyatlariga bir mone tashkil etmaydi. Biri sharqda, biri gʻarbda, biri moziyda, biri mustaqbalda, biri dunyoda, biri oxiratda boʻlsa ham, birga hisoblanadilar va suhbat qila oladilar. Xususan, birgina maqsad uchun bitta vazifada boʻlganlar, bir-birining ayni hukmidadir. Sizni har tong yonimda tasavvur qilib, qozonchimning bir qismini, bir sulusini (Alloh qabul qilsin) sizga beraman. Duoda Abdulmajid va Abdurrahmon bilan barobarsiz. Inshaalloh har doim hissangizni olasiz. Sizning dunyo jihatidan ba'zi mushkulotingiz sening nomingdan meni bir parcha mutaassir etdi. Faqat modomiki dunyo boqiy emas va musibatlarida bir navi xayr bor; sening badalingga "Bu ham oʻtadi!" degan fikr qalbimga keldi. لَا عَيْشَ اِلَّا عَيْشُ الْاٰخِرَةِ oʻyladim, اِنَّ اللّٰهَ مَعَ الصَّابِر۪ينَ oʻqidim, اِنَّا لِلّٰهِ وَاِنَّٓا اِلَيْهِ رَاجِعُونَ dedim. Sening oʻrningga tasalli topdim. Janobi Haq bir abdini sevsa, uni dunyodan ranjitadi, xunuk koʻrsatadi. Inshaalloh sen ham u sevgililarning sinfidansan. "Soʻzlar"ning nashriga monelarning koʻpayishi sizni mutaassir etmasin. Inshaalloh nashr etgan miqdoringcha bir rahmatga mazhar boʻlgan payti, juda barakali bir suratda u nurli urugʻlar kasratli chechaklar ochadilar.
Ba'zi savollar soʻrayapsiz. Aziz qardoshim, yozilgan aksar Soʻzlar va Maktublar; ixtiyorsiz, daf'iy va oniy bir suratda qalbga kelardi, goʻzal boʻlardi. Agar ixtiyor bilan Eski Said kabi quvva-i ilmiya bilan oʻylab javob bersam; soʻniq boʻladi, nuqson boʻladi. Bir miqdordirki; tulu'oti qalbiya tavaqquf etgan, hofiza qamchisi singan, faqat javobsiz qolmaslik uchun gʻoyat muxtasar bittadan javob yozamiz:
Birinchi Savolingiz: Moʻ'minning moʻ'minga eng yaxshi duosi qanday boʻlishi kerak?
Aljavob: Qabul boʻlish shartlari doirasida boʻlishi kerak. Chunki ba'zi sharoit dohilida duo maqbul boʻladi. Sharoiti qabulning yigʻilishi nisbatida maqbuliyati ziyodalashadi. Azjumla: Duo qilinadigan vaqt, istigʻfor bilan ma'naviy tozalanish kerak, soʻngra maqbul bir duo boʻlgan salovoti sharifani shafoatchi kabi zikr qilish kerak va oxirda yana salovot keltirish kerak. Chunki ikki maqbul duoning oʻrtasidagi bir duo maqbul boʻladi. Ham بِظَهْرِ الْغَيْبِya'ni "gʻiyoban unga duo qilish"; ham hadisda va Qur'onda kelgan ma'sur duolar bilan duo qilish. Masalan:
kabi jome' duolar bilan duo qilish; ham xulus va xushu' va huzuri qalb bilan duo qilish; ham namozning oxirida, xususan bomdod namozidan soʻngra; ham mavoqe'-i muborakada, xususan masjidlarda; ham Jumada, xususan soati ijobada; ham shuhuri salosada, xususan layoli-i mashhurada; ham ramazonda, xususan layla-i qadr da duo qilish qabulga qorin boʻlishi rahmati Ilohiyadan qoviyyan umid etiladi. U maqbul duoning yo aynan dunyoda asari koʻrinadi yoxud duo qilinganning oxiratiga va hayoti abadiyasi jihatida maqbul boʻladi. Demak ayni maqsad amalga oshmasa, duo qabul boʻlmadi deyilmaydi; balki yanada yaxshi bir suratda qabul qilingan deyiladi.
Ikkinchi Savolingiz: Sahoba-i Kirom Hazorotiga Roziyallohu Anh deyiladi, boshqalarga ham roziyallohu anh deyish muvofiqmi?
Aljavob: Ha, aytiladi. Chunki Rasuli Akramning bir shiori boʻlgan Alayhissalotu Vassalam kalomi kabi Roziyallohu Anh tarkibi Sahobaga maxsus bir shior emas, balki Sahoba kabi varosati nubuvvat deyilgan valoyati kubroda boʻlgan va maqomi rizoga yetishgan Aimma-i Arba'a, Shohi Jiyloniy, Imom Rabboniy, Imom Gʻazzoliy kabi zotlarga aytilishi kerak. Faqat urfi ulamoda Sahobaga Roziyallohu Anh; Tobe'iyn va Taba'i Tobe'iynga Rahimahulloh; ulardan keyingilarga Gʻofarohulloh; va Avliyoga Quddisa Sirruhu deyiladi.
Uchinchi Savolingiz: Boshda mujtahidiyni i'zom imomlari afzalmi, boʻlmasa haq tariqatlarning shohlari, aqtoblari afzalmi?
Aljavob: Umum mujtahidiyn emas; balki Abu Hanifa, Molik, Shofe'iy, Ahmad Ibn Hanbal; shohlardan, aqtoblardan ustundirlar. Faqat xususiy fazilatlarda Shohi Jiyloniy kabi ba'zi horiqo qutblar, bir jihatda yanada porloq maqomga sohibdirlar. Faqat kulliy fazilat imomlarnikidir. Ham tariqat shohlarining bir qismi mujtahidlardandir; shuning uchun umum mujtahidiyn aqtobdan yanada afzal, deyilmaydi. Faqat Aimma-i Arba'a Sahobadan va Mahdiydan soʻngra eng afzallardir, deyiladi.
Toʻrtinchi Savolingiz: اِنَّ اللّٰهَ مَعَ الصَّابِر۪ينَ da hikmat va gʻoya nima?
Aljavob: Janobi Haq, Hakim ismi muqtazosi boʻlib, vujudi ashyoda bir narvoyning zinalari kabi bir tartib vaz' etgan. Sabrsiz odam taanni bilan harakat qilmagani uchun, zinalarni yo hatlab tushadi yoki nuqson qoldiradi; maqsud tomiga chiqolmaydi. Shuning uchun hirs mahrumiyatga sabab boʻladi. Sabr esa mushkulotning kalitidirki,
zurubi amsol hukmiga oʻtgandir. Demak, Janobi Haqning inoyat va tavfiqi sabrli odamlar bilan barobardir. Chunki sabr uchtadir:
Biri: Ma'siyatdan oʻzini tortib sabr etish. Bu sabr taqvodir, اِنَّ اللّٰهَ مَعَ الْمُتَّق۪ينَ sirriga mazhar qiladi.
Ikkinchisi: Musibatlarga qarshi sabr boʻlib, tavakkal va taslimdir.
sharafiga mazhar etadi. Va sabrsizlik esa Allohdan shikoyatni tazammun etadi. Va af'olini tanqid va rahmatini ittihom va hikmatini yoqtirmaslik boʻladi. Ha, musibatning zarbasiga qarshi shikoyatda albatta ojiz va zaif inson yigʻlaydi; lekin shikoyatni unga aytish kerak, undan shikoyat qilmaslik kerak. Hazrat Ya'qub Alayhissalomning اِنَّمَا اَشْكُوا بَثّ۪ى وَ حُزْن۪ى اِلَى اللّٰهِ deganidek boʻlishi kerak. Ya'ni: Musibatni Allohga shikoyat qilish kerak, aksincha Allohni insonlarga shikoyat qilgandek, "Eyvoh! Uf!" deb, "Men nima qildimki, bu boshimga keldi" deb, ojiz insonlarning riqqatini tahrik etish zarardir, ma'nosizdir.
Uchinchi Sabr: Ibodatda sabr boʻlib, bu sabr uni maqomi mahbubiyatga qadar chiqaradi. Eng buyuk maqom boʻlgan ubudiyati komila tomon yoʻllaydi.
Beshinchi Savolingiz: Sinni mukallafiyat oʻn besh yosh deb qabul qilinadi. Hazrat Paygʻambar Alayhissalotu Vassalam nubuvvatdan avval qanday ibodat qilardi?
Aljavob: Hazrat Ibrohim Alayhissalomning Arabistonda koʻp pardalar ostida jarayon etgan boqiyya-i dini bilan; faqat farziyat va majburiyat surati bilan emas, balki ixtiyori bilan va mandubiyat surati bilan ibodat qilar edi. Bu haqiqat uzun, hozircha qisqa qolsin.
Oltinchi Savolingiz: Sinni kamol deb qabul qilingan qirq yoshda nubuvvatning kelishi va umri saodatlarining oltmish uch boʻlishidagi hikmat nima?
Aljavob: Hikmatlari koʻp. Biri shuki: Nubuvvat, gʻoyat ogʻir va buyuk bir mukallafiyatdir. Malakoti aqliya va iste'dodoti qalbiyaning inkishofi va takammuli bilan u ogʻir mukallafiyat tahammul etiladi. U takammulning zamoni esa, qirq yoshidir. Ham havasoti nafsoniyaning hayajonli zamoni va harorati gʻariziyaning gʻalayoni hangomi va ehtirosoti dunyoviyaning joʻshqin vaqti boʻlgan yoshlik va shabobiyat esa, yolgʻiz Ilohiy va uxroviy va qudsiy boʻlgan vazoifi nubuvvatga muvofiq tushmaydi. Qirqdan avval naqadar jiddiy va xolis bir odam boʻlsa ham, shuhratparastlarning xotirlariga balki dunyoning shonu-sharafi uchun harakat qilyapti vahmi keladi. Ularning ittihomidan tez qutulolmaydi. Lekin qirqdan keyin, modomiki qabr tarafiga nuzul boshlar ekan va unga dunyodan koʻra koʻproq oxirat koʻrinadi. Harakot va a'moli uxroviyasida tez u ittihomdan qutuladi va muvaffaq boʻladi. Insonlar ham sui zondan qutuladi, xalos boʻladi.
Ammo umri saodatining oltmish uch boʻlishi esa, koʻp hikmatlaridan biri shuki: Shar'an ahli iymon Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni gʻoyat darajada sevish va hurmat qilish va hech bir narsasidan nafrat etmaslik va har holini goʻzal koʻrish bilan mukallaf boʻlganidan; oltmishdan keyingi mashaqqatli va musibatli keksalik zamonida, Habibi Akramini qoldirmadi; balki imom boʻlgan ummatining umri gʻolibi boʻlgan oltmish uchda mala-i a'loga yubordi, yoniga oldi; har jihatda imom boʻlganini koʻrsatdi.
hadismi; undan murod nima?
Aljavob: Hadis deb eshitgandim. Murod ham shuki: "Eng xayrli yosh udirki; keksa kabi oʻlimni oʻylab oxirati uchun harakat qilib, yoshlik havasotiga asir boʻlmasdan gʻaflatda botmagan. Va keksalaringizning eng yomoni shuki; gʻaflatda va havasotda yoshlarga oʻxshashni istaydi; bolalardek havasoti nafsoniyaga tobe boʻladi".
Sening lavhangda koʻrganing ikkinchi parchaning sahih surati shuki; men boshimning ustida uni bir lavha-i hikmat qilib ta'liq etganman. Har tong va oqshom unga qarayman, darsimni olaman:
Doʻst istasang, Alloh yetar. Ha, u doʻst boʻlsa, hamma narsa doʻstdir.
Yoron istasang, Qur'on yetar. Ha, undagi anbiyo va maloika bilan xayolan koʻrishadi va vuqu'otlarini tomosha qilib unsiyat etadi.
Mol istasang, qanoat yetar. Ha, qanoat qilgan iqtisod qiladi; iqtisod qilgan, baraka topadi.
Dushman istasang, nafs yetar. Ha, oʻzini yoqtirgan baloni topadi, zahmatga tushadi; oʻzini yoqtirmagan safoni topadi, rahmatga ketadi.
Nasihat istasang, oʻlim yetar. Ha, oʻlimni oʻylagan hubbi dunyodan qutuladi va oxirati uchun jiddiy harakat qiladi.
Yettinchi masalangizga bir sakkizinchini men ilova etaman. Shundayki:
Bir-ikki kun avval bir hofiz Sura-i Yusufdan bir arsh, to تَوَفَّن۪ى مُسْلِمًا وَ اَلْحِقْن۪ى بِالصَّالِح۪ينَ ga qadar oʻqidi. Birdan oniy bir suratda bir nukta qalbga keldi: Qur'onga va iymonga oid hamma narsa qiymatdordir, zohiran naqadar kichik boʻlsa boʻlsin, qiymat jihatidan buyukdir. Ha, saodati abadiyaga yordam bergan kichik emas. Unday boʻlsa, "shu kichik bir nuktadir, shu izohga va ahamiyatga arzimaydi" deyilmaydi. Albatta shu tur masoilda eng birinchi talaba va muxotob boʻlgan va nukati Qur'oniyani taqdir etgan Ibrohim Xulusiy u nuktani eshitishni istaydi. Unday boʻlsa tingla:
Eng goʻzal bir qissaning goʻzal bir nuktasidir. Ahsan-ul qosos boʻlgan Qissa-i Yusuf Alayhissalom xotimasini xabar bergan تَوَفَّن۪ى مُسْلِمًا وَ اَلْحِقْن۪ى بِالصَّالِح۪ينَ oyatining ulviy va latif va xushxabarli va i'jozkorona bir nuktasi shuki: Boshqa farohli va saodatli qissalarning oxiridagi zavol va firoq xabarlarining gʻamlari va alami, qissadan olingan xayoliy lazzatni achchiqlashtiradi, sindiradi. Xususan kamoli faroh va saodat ichida boʻlganini xabar bergan hangomda, mavtini va firoqini xabar berish koʻproq aliymdir; tinglaganlarga "Eyvoh!" dediradi. Holbuki shu oyat, Qissa-i Yusufning (A.S.) eng porloq qismi; Azizi Misr boʻlishi, padar va volidasi bilan koʻrishishi, qardoshlari bilan sevishib tanishishi boʻlgan dunyoda eng buyuk saodatli va farohli hangomda, Hazrat Yusufning mavtini shunday suratda xabar beradi va aytadiki: Shu farohli va saodatli vaziyatdan yanada saodatli, yanada porloq bir vaziyatga mazhar boʻlish uchun, Hazrat Yusuf oʻzi Janobi Haqdan vafotini istadi va vafot etdi; u saodatga mazhar boʻldi. Demak, u dunyoviy lazzatli saodatdan yanada jozibador bir saodat va farohli bir vaziyat qabrning orqasida bordirki; Hazrat Yusuf Alayhissalom kabi haqiqatbin zot, u gʻoyat lazzatli dunyoviy vaziyat ichida gʻoyat achchiq boʻlgan mavtni istadi, toki narigi saodatga mazhar boʻlsin.
Xullas, Qur'oni Hakimning shu balogʻatiga qaraki, Qissa-i Yusufning xotimasini qay surat bilan xabar berdi. U xabarda tinglaganlarga alam va taassuf emas, balki bir xushxabar va bir surur ilova etadi. Ham irshod etadiki: Qabrning orqasi uchun harakat qilinglar, haqiqiy saodat va lazzat undadir. Ham Hazrat Yusufning oliy siddiqiyatini koʻrsatadi va aytadiki: Dunyoning eng porloq va eng sururli holati ham unga gʻaflat bermaydi, uni maftun etmaydi, yana oxiratni istaydi.