Maktublar
— 13 —

UCHINCHI MAKTUB

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
(Ma'lum talabasiga yuborilgan maktubning bir parchasi.)

Xomisan: Bir maktubingda, bu yerdagi hissiyotimga hissador boʻlish orzusida ekaningni yozgan eding. Mana, mingdan birini eshit.

Bir kecha, yuz tabaqalik irtifo'da, bir qatron daraxtining ustidagi supada, samoning yulduzlar bilan porlatilgan goʻzal yuziga qaradim; Qur'oni Hakimning فَلَٓا اُقْسِمُ بِالْخُنَّسِ ٭ اَلْجَوَارِ الْكُنَّسِ qasamida ulviy bir nuri i'joz va porloq bir sirri balogʻat koʻrdim. Ha, sayyor yulduzlarga va istitor va intishorlariga ishorat qilgan shu oyat, gʻoyat oliy bir naqshi san'at va oliy bir lavha-i ibrat nazari tomoshaga koʻrsatadi. Ha, shu sayyoralar qoʻmondonlari boʻlgan quyoshning doirasidan chiqadilar, sobit yulduzlar doirasiga kirib, samoda yangi-yangi naqshlarni va san'atlarni koʻrsatadilar. Ba'zan oʻzlari kabi porloq bir yulduz bilan yelkama-yelka turib, goʻzal bir vaziyat koʻrsatadilar. Ba'zan kichik yulduzlar ichiga kirib, bir qoʻmondon suratini koʻrsatadilar. Ayniqsa bu mavsumda, kun botgandan soʻngra, ufqda Zuhro yulduzi va subhdan avval boshqa porloq bir birodari, gʻoyat shirin va goʻzal bir vaziyat koʻrsatadilar. Soʻngra, vazifa-i taftishiyalarini va naqshi san'atda makiklik xizmatini bajarganlaridan soʻng, yana qaytib sultonlari boʻlgan quyoshning shashaali doirasiga kirib yashirinadilar. Hozir shu "Xunnas, Kunnas" deb ataluvchi sayyoralar bilan shu zaminimizni koinot fazosida bittadan kema, bittadan tayyora suratida kamoli intizom bilan aylantirgan va sayru-sayohat ettirgan Zotning hashmati rububiyatini va shashaa-i saltanati uluhiyatini quyosh kabi porloqligi bilan koʻrsatadilar. Boq bir saltanatning hashmatigaki, kemalari va tayyoralari ichida shundaylari borki, ming marta kura-i arz qadar kattalikda va bir soniyada sakkiz soatlik masofani bosib oʻtadigan sur'atdadir.

Xullas, bunday bir sultonga ubudiyat va iymon bilan intisob etish va bu dunyoda Unga musofir boʻlish naqadar oliy bir saodat, qay daraja buyuk bir sharaf ekanini qiyos qil.

Soʻngra Qamarga qaradim.

﴿ وَالْقَمَرَ قَدَّرْنَاهُ مَنَازِلَ حَتّٰى عَادَ كَالْعُرْجُونِ الْقَد۪يمِ ﴾

oyatining gʻoyat porloq bir nuri i'jozni ifoda qilganini koʻrdim. Ha, Qamarning taqdir va tadviri va tadbir va tanviri va zaminga va Quyoshga nisbatan gʻoyat daqiq bir hisob bilan vaziyatlari shu qadar hayrat-fazo, shu daraja horiqodirki, uni oʻshanday tanzim etgan va taqdir etgan bir Qodirga hech narsa ogʻir kelmaydi. "Uni oʻshanday qilgan hamma narsani qila oladi" fikrini, tomosha qilgan har bir zishuurga dars beradi. Ham shunday bir tarzda Quyoshni ta'qib qiladiki; bir soniya qadar yoʻlini chalkashtirmaydi, zarra qadar vazifasidan ortda qolmaydi. Diqqat bilan qaraganga: سُبْحَانَ مَنْ تَحَيَّرَ ف۪ى صُنْعِهِ الْعُقُولُ dediradi. Xususan May oyining oxirida boʻlganidek, ba'zi vaqtlarda ingichka hilol shaklida Surayyo manziliga kirgan vaqt, xurmo daraxtining egilgan oq bir shoxi suratini va Surayyo bir shingil suratini koʻrsatganidan, yashil samo pardasi orqasida, xayolga ulkan bir nuroniy daraxtning vujudini taxayyul ettiradi. Goʻyo oʻsha daraxtdan bir shoxining oʻtkir uchi u pardani teshgan, bir shingili bilan birga boshini chiqargan, Surayyo va Hilol va boshqa yulduzlar ham oʻsha gʻaybiy daraxtning mevalari ekanini xayolga talqin etadi. Xullas كَالْعُرْجُونِ الْقَد۪يمِ tashbehining latofatini, balogʻatini koʻr.

— 14 —

Soʻngra

﴿ هُوَ الَّذ۪ى جَعَلَ لَكُمُ الْاَرْضَ ذَلُولًا فَامْشُوا ف۪ى مَنَاكِبِهَا ﴾

oyati xotirimga keldi: zamin musahhar bir safina, bir markub ekaniga ishorat qiladi. U ishoratdan oʻzimni fazo-i koinotda sur'at bilan sayohat qilgan juda ulkan bir kemaning yuksak bir mavqe'ida koʻrdim. Ot va kema kabi bir markubga minilgan vaqtda qiroati sunnat boʻlgan

﴿ سُبْحَانَ الَّذ۪ى سَخَّرَ لَنَا هٰذَا وَمَا كُنَّا لَهُ مُقْرِن۪ينَ ﴾

oyatini oʻqidim.

Ham koʻrdimki: Kura-i Arz shu harakat bilan, kino lavhalarini koʻrsatuvchi bir uskuna vaziyatini oldi; butun samovotni harakatga keltirdi, butun yulduzlarga muhtasham bir qoʻshin kabi qoʻmondonlikni boshladi. Shundayin shirin va yuksak manzaralarni koʻrsatdiki, ahli fikrni mast va hayron qiladi. "Fasubhanalloh!" dedim; naqadar oz bir masraf bilan naqadar koʻp va buyuk va gʻarib va ajib, oliy va gʻoliy ishlar qilinyapti. Bu nuqtadan ikki nukta-i iymoniya xotirga keldi:

Birinchisi: Bir necha kun avval bir musofirim menga savol berdi. U shubhali savolning asosi shudir: Jannat va Jahannam juda ham uzoqdir. Boringki, ahli Jannat lutfi Ilohiy bilan chaqmoq va buroq kabi uchib hashrdan oʻtadilar, Jannatga ketadilar. Lekin ahli Jahannam ogʻir jismlari va ulkan va ogʻir gunohlarning yuklari ostida qanday boradilar? Qaysi vosita bilan?

Xotirga kelgan javob shu: Masalan Amerikada barcha millatlar umumiy bir kongressga da'vat qilinsa, har bir millat katta kemasiga minadi, u yerga boradi. Xuddi shuning kabi: Bahri muhiti koinotda, bir yilda yigirma besh ming yillik uzun masofada sayohat qilishga odatlangan Kura-i Arz; aholisini olib borib mahshar maydoniga boʻshatadi. Ham har oʻttiz uch metrda bir daraja-i harorat tazoyud etish dalolati bilan, markazi Arzda boʻlgan Jahannam otashining hadisda bayon qilingan daraja-i haroratiga muvofiq ikki yuz ming daraja-i haroratni tashigan va hadisning rivoyatiga koʻra, dunyoda va barzohda katta Jahannamning ba'zi vazifalarini bajargan otashini Jahannamga toʻkadi; soʻngra amri Ilohiy bilan yanada goʻzal va boqiy bir suratga tabaddul etadi; oxirat olamidan bir manzili boʻladi.

Xotirga kelgan ikkinchi nukta: Sone'-i Qodir, Fotiri Hakim, Vohidi Ahad kamoli qudratini va jamoli hikmatini va dalili vahdatini koʻrsatish uchun, juda oz narsa bilan koʻp ishlarni qilish; juda kichik bir narsa bilan juda ulkan vazifalarni qildirishni odat qilgan. Ba'zi Soʻzlarda aytgan edim: Agar butun ashyo bitta zotga isnod etilsa, vujub darajasida bir suhulat, bir osonlik paydo qiladi. Agar ashyo mutaaddid sone'larga, sabablarga isnod etilsa; imtino' darajasida bir suubat, bir mushkulot oʻrtaga chiqadi. Chunki bir zobit kabi yoki usta kabi bitta zot, kasratli afrodga va kasratli toshlarga bir fe'l bilan, bir harakat bilan va suhulat bilan bir vaziyat berib, bir natija hosil qiladiki, agar u vaziyatni olishi va u natijani istihsol etishi, u qoʻshindagi afrodga va u ustunsiz qubbadagi toshlarga havola qilinsa; juda koʻp fe'llar bilan, juda koʻp mushkulot bilan, juda koʻp chalkashliklar bilan zoʻrgʻa qilinishi mumkin.

— 15 —

Xullas shu koinotdagi raqs va davaron, sayru javalon va tomosha-i tasbehfashon va fusuli arba'a va kecha-kunduzdagi sayaron kabi af'ol, agar vahdatga berilsa; bitta zot, bitta amr bilan, bitta kurani tahrik bilan mavsumlarning oʻzgarishidagi ajoyibi san'ati va kecha-kunduzning davaronidagi gʻaroyibi hikmati va yulduzlarning va Shams va Qamarning suriy harakatlarida shirin tomosha lavhalarini koʻrsatish kabi u oliy vaziyatlarni va gʻoliy natijalarni istihsol etadi. Chunki umum mavjudot qoʻshini Unikidir. Istasa, Arz kabi bir askarni butun yulduzlarga qoʻmondon qilib tayinlaydi; ulkan Quyoshni, aholisiga isituvchi va yorituvchi bir chiroq va alvohi nuqushi qudrat boʻlgan fusuli arba'ani ham bir makik va sahoifi kitobati hikmat boʻlgan kecha-kunduzni ham bir yoy qiladi. Har bir kuni uchun oʻzgacha bir shaklda bir Qamarni koʻrsatib, avqotning hisobi uchun taqvimchilik qildiradi.. Va yulduzlarning oʻzlariga, raqsga tayyorlangan va jazbadan raqsga tushgan maloikaning qoʻllarida bezalgan va shirin, porloq nozanin misbohlar suratini berish kabi, Arzga oid koʻp hikmatlarini koʻrsatadi. Agar bu vaziyatlar, umum mavjudotga hukmi va nizomi va qonuni va tadbiri mutavajjih boʻlgan bir zotdan istanilmasa, u vaqt umum quyoshlar, yulduzlar haqiqiy harakat bilan va hadsiz bir sur'at bilan hadsiz masofani har kun bosib oʻtishlari lozim boʻladi.

Xullas, vahdatda nihoyatsiz suhulat va kasratda nihoyatsiz suubat boʻlganidan; ahli san'at va tijorat kasratga bir vahdat beradi, toki suhulat va osonlik boʻlsin, ya'ni shirkatlar tashkil etadilar.

Alhosil: Zalolat yoʻlida nihoyatsiz mushkulot bor, hidoyat va vahdat yoʻlida nihoyatsiz suhulat bor.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy