Maktublar
— 11 —

IKKINCHI MAKTUB

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
(U mazkur va ma'lum talabasining hadyasiga qarshi javobdan bir parcha.)

Solisan: Menga bir hadya yubording. Gʻoyat ahamiyatli bir qoidamni buzishni istaysan. Men demaymanki "Ukam va jiyanim boʻlgan Abdulmajid va Abdurrahmondan qabul qilmaganim kabi sendan ham qabul qilmayman." Chunki sen ulardan ancha oldin va ruhimga yanada yaqin boʻlganingdan, harkasning hadyasi rad qilinsa, seniki bir marta istisno boʻlib rad qilinmaydi. Faqat shu munosabat bilan u qoidamning sirrini aytaman:

Eski Said minnat olmasdi. Minnat ostiga kirishdan koʻra oʻlimni tarjih etardi. Koʻp zahmat va mashaqqat chekkani holda, qoidasini buzmadi. Eski Saidning sening bu bechora qardoshingga irsiyatdan qolgan shu xislati esa, tazahhud va sun'iy bir istigʻno emas, balki toʻrt-besh jiddiy sabablarga istinod etadi.

Birinchisi: Ahli zalolat ahli ilmni; ilmni vosita-i jar qilish bilan ittihom etadilar. "Ilmni va dinni oʻzlariga madori maishat qiladilar" deb insofsiz tarzda ularga hujum qiladilar. Bularni fe'lan takzib lozimdir.

Ikkinchisi: Nashri haq uchun Anbiyoga ittibo etish bilan mukallafmiz. Qur'oni Hakimda, haqni nashr qilganlar:

﴿ اِنْ اَجْرِىَ اِلَّا عَلَى اللّٰهِ ٭ اِنْ اَجْرِىَ اِلَّا عَلَى اللّٰهِ ﴾

deb insonlardan istigʻno koʻrsatganlar. Sura-i Yosinda

﴿ اِتَّبِعُوا مَنْ لَا يَسْئَلُكُمْ اَجْرًا وَهُمْ مُهْتَدُونَ ﴾

jumlasi masalamiz haqida juda ma'nodordir...

— 12 —

Uchinchisi: Birinchi Soʻzda bayon qilingani kabi: Alloh nomi bilan berish, Alloh nomi bilan olish lozimdir. Holbuki koʻpincha yo bergan gʻofildir; oʻz nomidan beradi, zimniy bir minnat qiladi. Yo olgan gʻofildir; Mun'imi Haqiqiyga oid shukrni, sanoni zohiriy sabablarga beradi, xato qiladi.

Toʻrtinchisi: Tavakkal, qanoat va iqtisod shunday bir xazina va bir sarvatdirki, hech bir narsa bilan almashtirilmaydi. Insonlardan axzi mol etib u tuganmas xazina va dafinalarni yopishni istamayman. Razzoqi Zuljalolga yuz minglab shukr qilamanki, kichikligimdan beri meni minnat va zillat ostiga kirishga majbur qilmagan. Uning karamiga tayanib, boqiyya-i umrimni ham u qoida bilan oʻtkazishini rahmatidan niyoz etaman.

Beshinchisi: Bir-ikki yildir, koʻp alomatlar va tajribalar bilan qat'iy qanoat hosil qildimki; xalqlarning molini, xususan boylarning va ma'murlarning hadyalarini olishga ma'zun emasman. Ba'zilari menga ziyon beradi... balki tegdirilmaydi, yedirilmaydi. Ba'zan menga zararli shaklga aylanadi. Demak bu gʻayrning molini olmaslikka ma'nan bir amr va olishdan bir ta'qiqdir. Ham menda bir tavahhush bor; har kimni har doim qabul qilolmayman. Xalqning hadyasini qabul qilish, ularni yuz-xotir qilib, istamagan vaqtimda ularni qabul qilishga toʻgʻri keladi.. bu ham menga yoqmaydi. Ham tasannu' va tamalluqdan meni qutqargan bir parcha qotgan non yeyish va yuz yeri yamoqli bir libos kiyish menga koʻproq xush keladi. Gʻayrning eng a'lo paxlavasini yeyish, eng murasso' libosini kiyish va ularni yuz-xotir qilishga majbur boʻlish, menga noxush keladi.

Oltinchisi: Va istigʻno sababining eng muhimi; mazhabimizga binoan eng moʻ'tabar boʻlgan Ibn Hajar deydilarki: "Salohat niyati bilan senga berilgan bir narsani, solih boʻlmasang, qabul qilish haromdir."

Xullas, bu zamonning insonlari hirs va tama' tufayli kichik hadyasini juda qimmatga sotishadi. Men kabi gunohkor bir bechorani, solih yoki valiy deb tasavvur qilib, bitta non berishadi. Agar, xosho, men oʻzimni solih deb bilsam, u alomati gʻururdir, salohatning adamiga dalildir. Agar oʻzimni solih deb bilmasam, u molni qabul qilish joiz boʻlmaydi. Ham oxiratga mutavajjih a'molga muqobil sadaqa va hadyani olish, oxiratning boqiy mevalarini dunyoda, foniy suratda yeyish deganidir.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy