Maktublar
— 4 —

BIRINCHI MAKTUB

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
Toʻrt savolning muxtasar javobidir

Birinchi Savol: Hazrat Hizr Alayhissalom hayotdami? Hayotda boʻlsa, nima uchun ba'zi muhim olimlar hayotini qabul qilishmaydi?

Aljavob: Hayotda, faqat hayot martabalari beshta. U kishi ikkinchi martabadadir. Shu sababdan ba'zi olimlar hayotda ekaniga shubha qilganlar.

Birinchi Tabaqa-i Hayot: Bizning hayotimiz boʻlib, koʻp qaydlar bilan muqayyaddir.

Ikkinchi Tabaqa-i Hayot: Hazrat Hizr va Ilyos Alayhimassalomning hayotlari boʻlib, bir daraja erkindir. Ya'ni, bir vaqtda juda koʻp yerlarda boʻla oladilar. Biz kabi bashariyat lavozimoti bilan doimiy muqayyad emaslar. Ba'zan istagan vaqtlarida biz kabi yeydilar, ichadilar; faqat biz kabi majbur emas. Tavotur darajasida ahli shuhud va kashf boʻlgan avliyoning Hazrat Hizr bilan mojarolari bu tabaqa-i hayotni tanvir va isbot qiladi. Hatto maqomoti valoyatda bir maqom borki, «Maqomi Hizr» ta'bir etiladi. U maqomga kelgan valiy Hizrdan dars oladi va Hizr bilan koʻrishadi. Faqat ba'zan u maqom sohibi yanglish oʻlaroq ayni Hizr deb qabul qilinadi.

Uchinchi Tabaqa-i Hayot: Hazrat Idris va Iso Alayhimassalomning tabaqa-i hayotlaridirki, bashariyat lavozimotidan tajarrud bilan, malak hayoti kabi bir hayotga kirib, nuroniy bir latofat kasb etadi. Goʻyo badani misoliy latofatida va jasadi najmiy nuroniyatida boʻlgan jismi dunyoviylari bilan samovotda boʻladilar. Oxirzamonda Hazrat Iso Alayhissalom keladi, Shariati Muhammadiya (S.A.V.) bilan amal qiladi maolidagi hadisning sirri shuki: Oxirzamonda falsafa-i tabiiya bergan jarayoni kufriya va inkori uluhiyatga qarshi Isaviylik dini tasaffi etib va xurofotdan tajarrud etib Islomiyatga inqilob qiladigan bir vaqtda, qandayki Isaviylik shaxsi ma'naviysi vahyi samoviy qilichi bilan u mudhish dinsizlikning shaxsi ma'naviysini oʻldiradi; shunga oʻxshab Hazrat Iso Alayhissalom, Isaviylik shaxsi ma'naviysini tamsil etib, dinsizlikning shaxsi ma'naviysini tamsil etgan Dajjolni oʻldiradi... ya'ni inkori uluhiyat fikrini oʻldiradi.

— 5 —

Toʻrtinchi Tabaqa-i Hayot: Shuhado hayotidir. Nassi Qur'on bilan shuhadoning ahli quburdan ustun bir tabaqa-i hayotlari bor. Ha, shuhado, hayoti dunyoviyalarini tariqi haqda fido qilganlari uchun, Janobi Haq kamoli karamidan ularga hayoti dunyoviyaga oʻxshash, faqat gʻamsiz, zahmatsiz bir hayotni Olami Barzohda ularga ehson qiladi. Ular oʻzlarini oʻlgan deb bilmaydilar.. yolgʻiz oʻzlarini yanada yaxshi bir olamga ketgan deb biladilar.. kamoli saodat bilan mutalazziz boʻladilar.. oʻlimdagi firoq achchigʻini his qilmaydilar. Ahli quburning garchi ruhlari boqiydir, faqat oʻzlarini oʻlgan deb biladilar. Barzohda olgan lazzat va saodatlari shuhadoning lazzatiga yetmaydi. Qandayki ikki odam bir roʻyoda Jannat kabi bir goʻzal saroyga kiradilar. Biri roʻyoda boʻlganini biladi. Olgan zavq va lazzati juda nuqsonlidir. "Men uygʻonsam shu lazzat qochadi" deb oʻylaydi. Boshqasi roʻyoda boʻlganini bilmaydi. Haqiqiy lazzat bilan haqiqiy saodatga mazhar boʻladi.

Xullas, Olami Barzohdagi amvot va shuhadoning hayoti barzohiyadan istifodalari shu kabi farqlidir. Hadsiz vuqu'ot bilan va rivoyot bilan shuhadoning bu tarzi hayotga mazhariyatlari va oʻzlarini sogʻ deb bilishlari sobit va qat'iydir. Hatto Sayyid-ush shuhado boʻlgan Hazrat Hamza Roziyallohu Anh, mukarrar vuqu'ot bilan oʻziga iltijo qilgan odamlarni muhofaza qilishi va dunyoviy ishlarini qilishi va qildirishi kabi koʻp vuqu'ot bilan bu tabaqa-i hayot tanvir va isbot qilingan. Hatto -men oʻzim- Ubayd ismli bir jiyanim va talabam bor edi. Mening yonimda va mening oʻrnimga shahid boʻlgandan soʻng, uch oylik masofada asoratdalik chogʻimda, mahalli dafnini bilmaganim holda, menimcha bir roʻyoyi sodiqada, taxt-al Arz bir manzil suratidagi qabriga kiribman. Uni shuhado tabaqa-i hayotida koʻrdim. U meni oʻlgan deb bilar ekan. Men uchun koʻp yigʻlaganini aytdi. Oʻzini hayot deb bilar, faqat Rusning istilosidan chekingani uchun, yer ostida oʻziga goʻzal bir manzil taxlagan. Xullas bu juz'iy roʻyo, ba'zi sharoit va amorot bilan, oʻtgan haqiqatga menga shuhud darajasida bir qanoat berdi.

Beshinchi Tabaqa-i Hayot: Ahli quburning hayoti ruhoniylaridir. Ha, mavt; tabdili makondir, itloqi ruhdir, vazifadan tarhisdir. I'dom va adam va fano emasdir. Hadsiz vuqu'ot bilan arvohi avliyoning tamassullari va ahli kashfga tazohurlari va boshqa ahli quburning yaqazotan va manaman bizlar bilan munosabatlari va voqelikka mutobiq boʻlib bizlarga ixborotlari kabi koʻp daloil u tabaqa-i hayotni tanvir va isbot qiladi. Zotan baqo-i ruhga doir "Yigirma Toʻqqizinchi Soʻz" bu tabaqa-i hayotni daloili qat'iya bilan isbot qilgan.

— 6 —

Ikkinchi Savol: Furqoni Hakimda

﴿ اَلَّذ۪ى خَلَقَ الْمَوْتَ وَالْحَيٰوةَ لِيَبْلُوَكُمْ اَيُّكُمْ اَحْسَنُ عَمَلًا ﴾

kabi oyatlarda "Mavt ham, hayot kabi maxluqdir, ham bir ne'matdir." deya ifhom etiladi. Holbuki zohiran mavt; inhiloldir, adamdir, tafassuxdir, hayotning soʻnishidir, hodim-ul lazzatdir... qanday qilib maxluq va ne'mat boʻlishi mumkin?

Aljavob: "Birinchi Savol"ning javobining oxirida aytilgani kabi: Mavt, vazifa-i hayotdan bir tarhisdir, bir paydosdir, bir tabdili makondir, bir tahvili vujuddir, hayoti boqiyaga bir da'vatdir, bir mabdadir, bir hayoti boqiyaning muqaddimasidir. Qandayki hayotning dunyoga kelishi bir xalq va taqdir bilandir; xuddi shuning kabi, dunyodan ketishi ham bir xalq va taqdir bilan, bir hikmat va tadbir bilandir. Chunki eng oddiy tabaqa-i hayot boʻlgan hayoti nabotiyaning mavti, hayotdan yanada muntazam bir asari san'at boʻlganini koʻrsatadi. Mevalarning, urugʻlarning, danaklarning mavti; tafassux bilan chirish va parchalanishdek koʻringani bilan, gʻoyat muntazam bir muomala-i kimyoviya va mezonli bir imtizojoti unsuriya va hikmatli bir tashakkuloti zarraviyadan iborat boʻlgan bir qorishtirish boʻlib, koʻrinmagan intizomli va hikmatli oʻlimi niholning hayoti bilan tazohur etadi. Demak, danakning mavti, niholning mabda-i hayotidir; balki ayni hayoti hukmida boʻlgani uchun, oʻlim ham hayot qadar maxluq va muntazamdir.

Ham zihayot mevalarning yoxud hayvonlarning me'da-i insoniyada oʻlimlari, hayoti insoniyaga chiqishlariga mansha' boʻlganidan; "u mavt ularning hayotidanda muntazam va maxluq" deyiladi.

Eng adno tabaqa-i hayot boʻlgan hayoti nabotiyaning mavti bunday maxluq, hikmatli va intizomli boʻlsa, tabaqa-i hayotning eng ulviysi boʻlgan hayoti insoniyaning boshiga kelgan mavt, albatta yer ostiga kirgan bir urugʻning havo olamida bir daraxt boʻlishi kabi, yer ostiga kirgan bir inson ham, Olami Barzohda, albatta bir hayoti boqiya niholini beradi.

— 7 —

Ammo, mavt ne'mat boʻlganining jihati esa, koʻp vujuhidan toʻrt vajhiga ishorat qilamiz.

Birinchisi: Ogʻirlashib qolgan vazifa-i hayotdan va takolifi hayotiyadan ozod qilib, yuzdan toʻqson toʻqqiz ahbobiga qovushish uchun, Olami Barzohda bir visol eshigi boʻlganidan, eng buyuk bir ne'matdir.

Ikkinchisi: Tor, mashaqqatli, tashvishli, zilzilali dunyo zindonidan chiqarib; vus'atli, sururli, iztirobsiz, boqiy bir hayotga mazhariyat bilan.. Mahbubi Boqiyning doira-i rahmatiga kirishdir.

Uchinchisi: Keksalik kabi sharoiti hayotiyani ogʻirlashtirgan bir qancha sabablar borki; mavtni, hayotdan juda ustun bir ne'mat sifatida koʻrsatadi. Masalan: Senga iztirob bergan juda keksaygan padar va volidang bilan barobar, bobongning bobolari, safolati hollari bilan sening oldingda hozir boʻlsaydilar; hayot naqadar nikmat, mavt naqadar ne'mat boʻlganini bilarding. Ham masalan: Goʻzal chechaklarning oshiqlari boʻlgan goʻzal chivinlarning qishning shadoidi ichida hayotlari naqadar zahmat va oʻlimlari naqadar rahmat boʻlgani anglashiladi.

Toʻrtinchisi: Navm qandayki bir rohat, bir rahmat, bir istirohatdir; xususan musibatzadalar, yaradorlar, xastalar uchun.. xuddi shuningdek: Navmning akasi boʻlgan mavt ham, musibatzadalarga va oʻzini oʻzi oʻldirishga chorlovchi balolar bilan mubtalo boʻlganlar uchun ayni ne'mat va rahmatdir. Ammo ahli zalolat uchun mutaaddid Soʻzlarda qat'iy isbot qilingani kabi; mavt ham hayot kabi nikmat ichida nikmat, azob ichida azobdir. U bahsdan xorijdir.

— 8 —

Uchinchi Savol: Jahannam qayerda?

Aljavob:
﴿ قُلْ اِنَّمَا الْعِلْمُ عِنْدَ اللّٰهِ ٭ لَا يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلَّا اللّٰهُ ﴾

Jahannamning joyi, ba'zi rivoyot bilan "Taxt-al Arz" deyilgandir. Boshqa yerlarda bayon qilganimiz kabi: Kura-i Arz, harakati sanaviyasi bilan kelajakda majma'-i hashr boʻladigan bir maydonning atrofida bir doira chizyapti. Jahannam esa, Arzning oʻsha madori sanaviysi ostida deganidir. Koʻrinmasligi va his qilinmasliklari, pardali va nursiz otash boʻlgani uchundir. Kura-i Arz sayohat qilayotgan masofa-i azimada juda koʻp maxluqot borki, nursiz boʻlganlari uchun, koʻrinmaydilar. Qamar, nuri chekingan sari vujudini yoʻqotgani kabi, nursiz koʻp kuralar, maxluqlar koʻz oʻngimizda ekan, koʻrolmaymiz.

Jahannam ikkitadir: Biri sugʻro, biri kubrodir. Kelajakda sugʻro kubroga inqilob etishi va danagi hukmida boʻlgani kabi, kelajakda undan bir manzil boʻladi. Jahannami Sugʻro yerning ostida, ya'ni markazidadir. Kuraning osti, markazidir. Ilmi Tabaqot-ul Arzdan ma'lumdirki: Koʻpincha har oʻttiz uch metr hafriyatda bir daraja-i harorat tazoyud etadi. Demak, markazga qadar nisfi qutri Arz, olti mingdan ortiq kilometr boʻlganidan, ikki yuz ming daraja-i haroratni jome', ya'ni ikki yuz dafa otashi dunyoviydan shadid va rivoyati hadisga muvofiq bir otash mavjud. Shu Jahannami Sugʻro Jahannami Kubroga oid koʻp vazoifni dunyoda va Olami Barzohda bajargan va ahodislar bilan ishorat qilingan. Olami Oxiratda, Kura-i Arz qandayki sakanasini madori sanaviysidagi maydoni hashrga toʻkadi; shuning kabi ichidagi Jahannami Sugʻroni ham Jahannami Kubroga amri Ilohiy bilan taslim etadi. Ahli Itizolning ba'zi imomlari "Jahannam keyinchalik xalq etiladi" deyishlari, holi hozirda tamomi bilan inbisot etmaganidan va sakanalariga toʻliq munosib bir tarzda inkishof etmaganidan, gʻolatdir va gʻabovatdir. Ham parda-i gʻayb ichidagi olami oxiratga oid manzillarni dunyoviy koʻzimiz bilan koʻrish va koʻrsatish uchun, yo koinotni kichraytirib ikki viloyat darajasiga keltirishimiz lozim, yoxud koʻzimizni kattalashtirib yulduzlardek koʻzlarimiz boʻlishi kerakki, joylarini koʻrib aniqlab olaylik. وَالْعِلْمُ عِنْدَ اللّٰهِ oxirat olamiga oid manzillar bu dunyoviy koʻzimiz bilan koʻrilmaydi. Faqat ba'zi rivoyotning ishoroti bilan, oxiratdagi Jahannam bu dunyomiz bilan munosabatdor. Yozning shiddati haroratiga مِنْ فَيْحِ جَهَنَّمَ deyilgan. Demak, bu dunyoviy kichkina va xira aql koʻzi bilan u ulkan Jahannam koʻrilmaydi. Faqat ismi Hakimning nuri bilan qaray olamiz. Shundayki:

— 9 —

Arzning madori sanaviysi ostida boʻlgan Jahannami Kubro, yerning markazidagi Jahannami Sugʻroni goʻyo tavkil etib, ba'zi vazoifini qildirgan. Qodiri Zuljalolning mulki juda kengdir. Hikmati Ilohiya qayerni koʻrsatgan boʻlsa, Jahannami Kubro oʻsha yerga joylashadi. Ha, bir Qodiri Zuljalol va amri كُنْ فَيَكُونُ ga molik bir Hakimi Zulkamol, koʻz oʻngimizda kamoli hikmat va intizom bilan Qamarni Arzga bogʻlagan; azamati qudrat va intizom bilan Arzni Quyoshga rabt etgan va Quyoshni sayyoroti bilan barobar Arzning sur'ati sanaviyasiga yaqin bir sur'at bilan va hashmati rububiyat bilan, bir ehtimolga koʻra Shams-ush Shumus tarafiga bir harakat bergan va elektr chiroqlari floti kabi yulduzlarni saltanati rububiyatiga nuroniy shohidlar qilgan; u bilan saltanati rububiyatini va azamati qudratini koʻrsatgan bir Zoti Zuljalolning kamoli hikmatidan va azamati qudratidan va saltanati rububiyatidan uzoq emaski, Jahannami Kubroni elektr chiroqlari fabrikasining qozoni hukmiga keltirib oxiratga qaragan samoning yulduzlarini u bilan ish'ol etsin; harorat va quvvat bersin. Ya'ni, olami nur boʻlgan Jannatdan yulduzlarga nur berib, Jahannamdan nor va harorat yuborsin. Ayni holda u Jahannamning bir qismini ahli azobga maskan va mahbas qilsin. Ham bir Fotiri Hakimki, togʻdek ulkan bir daraxtni tirnoqdek bir danakda saqlaydi. Albatta, u Zoti Zuljalolning qudrat va hikmatidan uzoq emasdki; Kura-i Arzning qalbidagi Jahannami Sugʻro danagida Jahannami Kubroni saqlasin.

Alhosil: Jannat va Jahannam, shajara-i xilqatdan abad tarafiga uzangan bir shoxning ikki mevasidir. Mevaning joyi esa, shoxning muntahosidadir. Ham shu silsila-i koinotning ikki natijasidir. Natijalarning mahallari, silsilaning ikki tarafidadir. Sufliysi, saqili pastki tarafda; nuroniysi, ulviysi yuqori tarafidadir. Ham shu sayli shuunotning va mahsuloti ma'naviya-i arziyaning ikki mahzanidir. Mahzanning makoni esa, mahsulotning naviga koʻra, yomoni ostida, yaxshisi ustidadir. Ham abadga qarshi jarayon etgan va mavj urgan mavjudoti sayyolaning ikki hovuzidir. Hovuzning oʻrni esa, oqim toʻxtagan va tajammu' etgan yerdadir. Ya'ni, xobisoti va muzaxrafoti asfalda, toyyiboti va sofiyoti a'lodadir. Ham lutf va qahrning, rahmat va azamatning ikki tajalliygohidir. Tajalliygohning joyi esa, har yerda boʻlishi mumkin. Rahmoni Zuljamol va Qahhori Zuljalol qayerda istasa tajalliygohini ochadi.

Ammo Jannat va Jahannamning vujudlari esa, Oʻninchi va Yigirma Sakkizinchi va Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzlarda gʻoyat qat'iy bir suratda isbot qilingan. Shu yerda yolgʻiz bu qadar aytamizki: Mevaning vujudi shox qadar va natijaning silsila qadar va mahzanning mahsulot qadar va hovuzning irmoq qadar va tajalliygohning rahmat va qahrning vujudlari qadar qat'iy va yaqiyndir.

— 10 —

Toʻrtinchi Savol: Mahbublarga boʻlgan ishqi majoziy ishqi haqiqiyqa inqilob etgani kabi, ajabo, aksar insonlarda boʻlgan dunyoga qarshi boʻlgan ishqi majoziy bir ishqi haqiqiyga inqilob etishi mumkinmi?

Aljavob: Ha. Dunyoning foniy yuziga qaragan ishqi majoziy, agar u oshiq, u yuzning ustidagi zavol va fano xunukligini koʻrib undan yuzini oʻgirsa, boqiy bir mahbub izlasa, dunyoning juda goʻzal va oyna-i asmo-i Ilohiya va mazraa-i oxirat boʻlgan ikki boshqa yuziga qarashga muvaffaq boʻlsa, u gʻayri mashru' majoziy ishq oʻsha vaqt ishqi haqiqiyga inqilobga yuz tutadi. Faqat, oʻzining zoil va hayoti bilan bogʻliq qarorsiz dunyosini xorijiy dunyo bilan iltibos etmaslik sharti bilan. Agar ahli zalolat va gʻaflat kabi oʻzini unutib, ofoqqa shoʻngʻib, umumiy dunyoni xususiy dunyosi deb oʻylab unga oshiq boʻlsa, tabiat botqogʻiga tushib botadi. Magarki, horiqo boʻlib, bir dasti inoyat uni qutqarmasa. Shu haqiqatni tanvir uchun bu misolga qara. Masalan:

Shu goʻzal ziynatli xonaning toʻrt devorida toʻrtovimizga oid toʻrt andom oynasi boʻlsa, beshta xona boʻladi. Bittasi haqiqiy va umumiy, toʻrtasi misoliy va xususiy... Har birimiz oʻz oynamiz vositasi bilan xususiy xonamizning shaklini, koʻrinishini, rangini oʻzgartira olamiz. Qizil boʻyoq bilan boʻyasak, qizil; yashil bilan boʻyasak, yashil koʻrsatadi. Va hokazo... oynada tasarruf bilan koʻp vaziyatlar bera olamiz; xunuklashtirib, goʻzallashtirib koʻp shakllarga sola olamiz. Faqat xorijiy va umumiy xonada esa osonlikcha tasarruf etolmaymiz va uni tagʻyir etolmaymiz. Xususiy xona bilan umumiy xona haqiqatda bir-birining ayni ekan, ahkomda boshqadir. Sen bir barmoq bilan xonangni xarob qila olasan, haqiqiy honaning esa bir toshini ham qimirlatolmaysan.

Xullas, dunyo ziynatli bir manzildir. Har birimizning hayoti, bir andom oynasidir. Shu dunyodan har birimizda bittadan dunyo bor, bittadan olamimiz bor. Faqat ustuni, markazi, eshigi hayotimizdir. Balki u xususiy dunyomiz va olamimiz bir sahifadir. Hayotimiz bir qalam.. u bilan sahifa-i a'molimizga oʻtadigan koʻp narsalar yoziladi. Agar dunyomizni sevgan boʻlsak, keyin koʻrdikki: Dunyomiz hayotimiz ustida bino qilingani uchun, hayotimiz kabi zoil, foniy, qarorsizdir, his qilib bildik. Unga oid muhabbatimiz, u xususiy dunyomiz oyna boʻlgan va tamsil etgan goʻzal nuqushi asmo-i Ilohiyaga aylanadi; undan jilva-i asmoga intiqol etadi. Ham u xususiy dunyomiz oxirat va Jannatning muvaqqat bir koʻchatzori boʻlganini idrok etib, unga qarshi shadid hirs va talab va muhabbat kabi hissiyotimizni uning natijasi va samarasi va niholi boʻlgan uxroviy fovoidiga oʻgirsak, oʻsha majoziy ishq haqiqiy ishqqa inqilob etadi. Boʻlmasa

﴿ نَسُوا اللّٰهَ فَاَنْسٰيهُمْ اَنْفُسَهُمْ اُولٰٓئِكَ هُمُ الْفَاسِقُونَ ﴾

sirriga mazhar boʻlib, nafsini unutib, hayotning zavolini oʻylamasdan, xususiy, qarorsiz dunyosini ayni umumiy dunyo kabi sobit bilib, oʻzini loyamut faraz qilib dunyoga tiqilsa, shadid hissiyot bilan unga yopishsa, unga botib ketadi. U muhabbat u uchun hadsiz balo va azobdir. Chunki u muhabbatdan yetimona bir shafqat, ma'yusona bir riqqat tavallud etadi. Butun zihayotlarga achinadi; hatto goʻzal va zavolga ma'ruz butun maxluqotga bir riqqat va bir firqat his qiladi; qoʻlidan hech narsa kelmaydi, ya'si mutlaq ichida alam chekadi. Faqat gʻaflatdan qutulgan avvalgi odam u shadid shafqatning alamiga qarshi ulviy bir tiryoq topadiki; u achingan butun zihayotlarning mavt va zavolida bir Zoti Boqiyning boqiy asmosining doimiy jilvalarini tamsil etgan oyna-i arvohlarni boqiy koʻradi; shafqati bir sururga inqilob etadi. Ham zavol va fanoga ma'ruz butun goʻzal maxluqotning orqasida bir jamoli munazzah va husni muqaddasni ihsos etgan bir naqsh va tahsin va san'at va tazyin va ehson va tanviri doimiyni koʻradi. U zavol va fanoni tazyidi husn va tajdidi lazzat va tashhiri san'at uchun bir yangilab turish shaklida koʻrib, lazzatini va shavqini va hayratini ziyodalashtiradi.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy