Maktublar
— 16 —

TOʻRTINCHI MAKTUB

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
سَلَامُ اللّٰهِ وَ رَحْمَتُهُ وَ بَرَكَاتُهُ عَلَيْكُمْ وَ عَلٰى اِخْوَانِكُمْ لَاسِيَّمَا ‌ الخ

Aziz qardoshlarim!

Men hozir Qaragʻay Togʻida, yuksak bir tepalikda, ulkan bir qaragʻay daraxtining tepasida bir supada oʻtiribman. Insonlardan tavahhush va vuhushga unsiyat etdim. Insonlar bilan suhbat orzu qilgan vaqtim, xayolan sizlarni yonimda tasavvur qilib, bir suhbat qilaman, sizlar bilan mutasalli boʻlaman. Bir mone boʻlmasa, bir-ikki oy bu yerda yolgʻiz qolish orzusidaman. Barlaga qaytsam, orzuyingiz bilan sizdan ziyoda mushtoq boʻlganim shifahiy bir musohaba chorasini izlab koʻramiz. Hozir bu qaragʻay daraxtida xotirga kelgan ikki-uch xotirani yozyapman.

Birinchisi: Bir oz mahram bir sirdir; faqat sendan sir saqlanmaydi. Shundayki:

Ahli haqiqatning bir qismi qandayki Ismi Vadudga mazhardirlar va a'zamiy bir martabada u ismning jilvalari bilan, mavjudotning derazalari bilan Vojib-ul Vujudga qaraydilar.. shuning kabi: shu hech-andar hech qardoshingizga, yolgʻiz xizmati Qur'onda istihdomi hangomida va u xazina-i benihoyaning dalloli boʻlgan bir vaqtda, Ismi Rahim va Ismi Hakim mazhariyatiga mador bir vaziyat berilgan. Butun Soʻzlar oʻsha mazhariyatning jilvalaridir. Inshaalloh u Soʻzlar

﴿ وَمَنْ يُؤْتَ الْحِكْمَةَ فَقَدْ اُوتِىَ خَيْرًا كَث۪يرًا ﴾

sirriga mazhardirlar.

Ikkinchisi: Tariqi Naqshiy haqida aytilganki: "Dar tariqi Naqshibandiy lozim omad chor tark; tarki dunyo, tarki uqbo, tarki hasti, tarki tark" boʻlgan fikra-i ra'no birdan xotirga keldi. U xotira bilan barobar birdan shu fikra tulu' etdi:

«Dar tariqi ajz-mandiy lozim omad chor chiz: faqri mutlaq, ajzi mutlaq, shukri mutlaq, shavqi mutlaq ey aziz!»

Soʻngra sen yozgan: "Boq kitobi koinotning safha-i ranginina, ila oxir.." boʻlgan rangli va boy she'r xotiramga keldi. U she'r bilan samoning yuzidagi yulduzlarga qaradim. "Koshki shoir boʻlsaydim, buni takmil etsaydim" dedim. Holbuki she'r va nazmga iste'dodim yoʻq ekan, yana boshladim, faqat nazm va she'r qilolmadim; xotirga qanday kelgan boʻlsa, shunday yozdim. Sen mening vorisimsan, istasang nazmga sol, tanzim et. Xullas, birdan xotirga kelgan shu:

Tingla-da yulduzlarni, shu xutba-i shiriniga

Noma-i nurini hikmat, boq ne taqrir aylamish.

Birgalikda nutqqa kelmish, haq lisoni bilan derlar:

Bir Qodiri Zuljalolning muhtasham hokimiyatiga

— 17 —

Bittadan burhoni nur-afshonmiz vujubi Sone'ga

Ham vahdatga, ham qudratga shohidlarmiz biz.

Shu zamin yuzini porlatgan

Nozanin moʻ'jizoti chun malak sayroniga.

Bu samoning Arzga boqqan, Jannatga diqqat qilgan

Minglab mudaqqiq koʻzlarmiz biz.

{(Hoshiya) Ya'ni Jannat chechaklarining koʻchatzor va ekinzori boʻlgan zaminning yuzida hadsiz moʻ'jizoti qudrat tashhir etilganidan, samovot olamidagi maloikalar u moʻ'jizotni va u horiqolarni tomosha qilganlari kabi; ajromi samoviyaning koʻzlari hukmida boʻlgan yulduzlar ham, goʻyo maloikalar kabi, zamin yuzidagi nozanin masnu'otni koʻrishlari bilan Jannat olamiga qaraydilar va u muvaqqat horiqolarni boqiy bir suratda Jannatda ham tomosha qilayotgandek, bir zaminga, bir Jannatga qaraydilar. Ya'ni u ikki olamga nazoratlari bor deganidir.}

Tubo-i xilqatdan samovot qismiga, butun Kahkashon shoxlariga

Bir Jamili Zuljalolning dasti hikmati bilan toqilgan minglab goʻzal mevalarmiz biz.

Shu samovot ahliga bittadan masjidi sayyor, bittadan xona-i davvor, bittadan ulviy oshiyona,

— 18 —

Bittadan misbohi navvor, bittadan kema-i jabbor, bittadan tayyoramiz biz.

Bir Qodiri Zulkamolning, bir Hakimi Zuljalolning bittadan moʻ'jiza-i qudrat, bittadan horiqo-i san'ati Xoliqona,

Bittadan nodira-i hikmat, bittadan dohiya-i xilqat, bittadan nur olamimiz biz.

Bunday yuz ming til bilan yuz ming burhon koʻrsatamiz, eshittiramiz inson boʻlgan insonga.

Koʻr boʻlsin dinsiz koʻzi, koʻrmas boʻldi yuzimizni. Ham eshitmas soʻzimizni. Haq soʻylagan oyatlarmiz biz.

Sikkamiz bir, turramiz bir, Robbimizga musahharmiz, musabbihmiz, zikr qilamiz obidona

Kahkashonning halqa-i kubrosiga mansub bittadan majzublarmiz biz.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy