BESHINCHI MAKTUB
Silsila-i naqshiyning qahramoni va quyoshi boʻlgan Imom Rabboniy (r.a.) Maktubotida aytganki: "Haqoiqi iymoniyadan bir masalaning inkishofini minglab azvoq va mavojid va karomotga tarjih etaman".
Ham: "Butun tariqlarning nuqta-i muntahosi, haqoiqi iymoniyaning vuzuh va inkishofidir", degan.
Va yana: "Valoyat uch qismdir: Biri valoyati sugʻro-ki, mashhur valoyatdir. Biri valoyati vusto, biri valoyati kubrodir. Valoyati kubro: varosati nubuvvat yoʻli bilan, tasavvuf barzohiga kirmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri haqiqatga yoʻl ochishdir", deganlar.
Yana: "Tariqi naqshiyda ikki qanot bilan suluk etiladi", deganlar. Ya'ni: Haqoiqi iymoniyaga sogʻlom bir suratda e'tiqod qilish va faroizi diniyaga imtisol etish bilan boʻladi. Bu ikki janohda qusur boʻlsa, u yoʻldan borilmaydi". Shunday ekan, tariqi Naqshiyning uch pardasi bor:
Birisi va eng birinchisi va eng buyugi: Toʻgʻridan toʻgʻri haqoiqi iymoniyaga xizmat boʻlib, Imom Rabboniy (r.a.) ham oxir umrida unda suluk etganlar.
Ikkinchisi: Faroizi diniyaga va sunnati saniyaga tariqat pardasi ostida xizmatdir.
Uchinchisi: Tasavvuf yoʻli bilan amrozi qalbiyaning izolasiga urinish, qalb oyogʻi bilan suluk etishdir. Birinchisi farz, ikkinchisi vojib, uchinchisi sunnat hukmidadir.
Modomiki haqiqat shu ekan; men taxmin qilamanki: Agar Shayx Abdulqodir Jiyloniy (r.a.) va Shohi Naqshband (r.a.) va Imom Rabboniy (r.a.) kabi zotlar bu zamonda boʻlsaydilar, butun himmatlarini haqoiqi iymoniya ning va aqoidi Islomiya ning taqviyasiga sarf qilardilar. Chunki saodati abadiyaning madori shulardir. Ularda qusur etilsa, shaqovati abadiyaga sababiyat beradi. Iymonsiz Jannatga kirib boʻlmaydi, lekin tasavvufsiz Jannatga kirgan juda koʻpdir. Nonsiz inson yashay olmaydi, lekin mevasiz yashashi mumkin. Tasavvuf mevadir, haqoiqi Islomiya gʻidodir. Ilgarilari qirq kundan tortib to qirq yilga qadar bir sayri suluk bilan ba'zi haqoiqi iymoniyaga zoʻrgʻa chiqish mumkin edi. Hozir esa Janobi Haqning rahmati bilan, qirq daqiqada oʻsha haqoiqqa chiqiladigan yoʻl topilgan boʻlsa; u yoʻlga qarshi loqayd qolish, albatta kori aql boʻlmaydi...
Xullas oʻttiz uch adad Soʻzlar bunday Qur'oniy yoʻlni ochganini, diqqat bilan oʻqiganlar hukm qilyaptilar. Modomiki haqiqat shu ekan; asrori Qur'oniyaga oid yozilgan Soʻzlar bu zamonning yaralariga eng munosib bir dori, bir malham va zulumotning tahojumotiga ma'ruz hay'ati Islomiyaga eng foydali bir nur va zalolat vodiylarida adashganlar uchun eng toʻgʻri rahbar ekanligi e'tiqodidaman. Bilasizki: Agar zalolat jaholatdan kelsa, izolasi osondir. Ammo zalolat fandan va ilmdan kelsa, izolasi mushkuldir. Eski zamonda ikkinchi qism mingtadan bitta boʻlardi. Ulardan faqat mingtadan bittasi irshod bilan isloh boʻlishi mumkin edi. Chunki undaylar oʻzlariga bino qoʻyadilar; bilmaydilar, lekin oʻzlarini bilaman deb oʻylaydilar. 'Janobi Haq shu zamonda i'jozi Qur'onning ma'naviy lamaatidan boʻlgan ma'lum Soʻzlarga shu zalolat zindiqosiga bir tiryoq xususiyatini bergan', degan fikrdaman.