Maktublar
— 21 —

OLTINCHI MAKTUB

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
سَلَامُ اللّٰهِ وَ رَحْمَتُهُ وَ بَرَكَاتُهُ عَلَيْكُمَا وَ عَلٰى اِخْوَانِكُمَا مَادَامَ الْمَلَوَانِ وَ تَعَاقَبَ الْعَصْرَانِ وَ مَادَارَ الْقَمَرَانِ وَ اسْتَقْبَلَ الْفَرْقَدَانِ

Gʻayratli qardoshlarim, hamiyatli birodarlarim va dunyo deyilgan diyori gʻurbatda madori tasallilarim!

Modomiki Janobi Haq sizlarni fikrimga ehson etgan ma'nolarga hissador qilgan ekan; albatta hissiyotimga ham hissador boʻlish haqqingizdir. Sizlarni ziyoda mutaassir etmaslik uchun, gʻurbatimdagi firqatimning ziyoda aliym qismini tashlab oʻtib, bir qismini sizlarga hikoya qilaman. Shundayki:

Shu ikki-uch oydir juda yolgʻiz qoldim. Ba'zan oʻn besh-yigirma kunda bir marta musofir yonimda boʻladi. Boshqa vaqtlarda yolgʻizman. Ham yigirma kunga yaqindir, togʻda yashovchilar yaqin atrofimda yoʻq, tarqab ketishgan.

Xullas tun vaqti, shu gʻaribona togʻlarda; sas-sadosiz, yolgʻiz daraxtlarning hazinona hamhamalari ichida oʻzimni bir-biri ichida besh muxtalif rangli gʻurbatlarda koʻrdim.

Birinchisi: Keksalik sirri bilan, deyarli aksariyati mutlaqa bilan, aqron va ahbobim va aqoribimdan yolgʻiz va gʻarib qoldim. Ular meni tashlab olami barzohga ketganlaridan nash'at etgan hazin bir gʻurbatni his qildim. Xullas shu gʻurbat ichida boshqa bir doira-i gʻurbat ochildi. U ham oʻtgan bahor kabi, aloqador boʻlganim aksar mavjudot meni tashlab ketganlaridan hosil boʻlgan firqatli bir gʻurbatni his qildim. Va shu gʻurbat ichida bir doira-i gʻurbat yana ochildiki, vatanimdan va aqoribimdan ayrilib, yolgʻiz qolganimdan tavallud etgan firqatli bir gʻurbatni his etdim. Va shu gʻurbat ichida, tunning va togʻlarning gʻaribona vaziyati menga riqqatli bir gʻurbatni yana his ettirdi. Va shu gʻurbatdan, shu foniy musofirxonadan abad-ul abad tarafiga harakatga tayyor boʻlgan ruhimni favquloda bir gʻurbatda koʻrdim. Birdan Fasubhanalloh dedim; bu gʻurbatlarga va zulmatlarga qanday chidash mumkin deb oʻyladim. Qalbim faryod bilan dedi:

Yo Rab! Gʻaribam, bekasam, zaifam, notuvonam, aliylam, ojizam, ixtiyoram.

Beixtiyoram, al-omon guyam, avf juyam, madad xoham zidargohat Ilohiy!

— 22 —

Birdan nuri iymon, fayzi Qur'on, lutfi Rahmon imdodimga yetishdilar. Oʻsha beshta zulmatli gʻurbatlarni beshta nuroniy unsiyat doiralariga aylantirdilar. Lisonim: حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ dedi. Qalbim: فَاِنْ تَوَلَّوْا فَقُلْ حَسْبِىَ اللّٰهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَهُوَ رَبُّ الْعَرْشِ الْعَظ۪يمِ oyatini oʻqidi. Aqlim ham iztirobdan va dahshatdan faryod etgan nafsimga xitoban dedi:

Tashla bechora faryodni, balodan qil tavakkal. Zero faryod; balo andar, xato-andar, balodir bil.

Balo berganni topgan boʻlsang agar; safo-andar, vafo-andar, ato-andar balodir bil.

Modomiki bunday, tashla shakvoni shukr qil, chun balobil, dama quvonchidan kular umum gul-mul.

Gar topmasang, butun dunyo jafo-andar, fano-andar, habo-andar balodir bil.

Jahon toʻla balo boshingda bor ekan, nega baqirasan kichik bir balodan, kel tavakkal qil.

Tavakkal bilan balo yuziga kul, toki u ham kulsin; u kulgan sari kichrayar, etar tabaddul.

Ham ustozlarimizdan Mavlono Jaloliddin nafsiga degani kabi dedim:

— 23 —
اُو گُفْتْ اَلَسْتُ و تُو گُفْت۪ى بَلٰى شُكْرِ بَلٰى چ۪يسْتْ كَش۪يدَنْ بَلَا ٭
سِرِّ بَلَا چ۪يسْتْ كِه يَعْن۪ى مَنَمْ حَلْقَه زَنِ دَرْگَهِ فَقْر و فَنَا

Shunda nafsim ham: "Ha, ha... ajz va tavakkal bilan, faqr va iltijo bilan nur eshigi ochiladi, zulmatlar tarqaladi. اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ عَلٰى نُورِ الْا۪يمَانِ وَ الْاِسْلَامِ " dedi. Mashhur Hikami Atoiyaning shu fikrasi:

مَاذَا وَجَدَ مَنْ فَقَدَهُ ٭ وَ مَاذَا فَقَدَ مَنْ وَجَدَهُ

Ya'ni: "Janobi Haqni topgan nimani yoʻqotadi? Va Uni yoʻqotgan, nimani qozonadi?

"Uni topgan hamma narsani topadi; Uni topmagan hech narsa topmaydi, topsa ham boshiga balo topadi", ma'nosining qay daraja oliy bir haqiqat ekanini koʻrdim va طُوبٰى لِلْغُرَبَاءِ hadisining sirrini angladim, shukr qildim.

Mana qardoshlarim, zulmatli bu gʻurbatlar, garchi nuri iymon bilan nurlandilar; faqat yana menda bir daraja hukmlarini ijro etdilar va shunday bir tushunchani berdilar: "Modomiki men gʻaribman va gʻurbatdaman va gʻurbatga ketaman; ajabo shu musofirxonadagi vazifam tugadimikan? Toki sizlarni va Soʻzlarni tavkil etsam va batamom aloqamni uzsam." degan fikr koʻnglimga keldi. Shuning uchun sizdan soʻragandimki: "Ajabo, yozilgan Soʻzlar kifoyami yoki nuqsoni bormi? Ya'ni: Vazifam tugaganmikan? Toki rohati qalb bilan oʻzimni nurli, haqiqiy bir gʻurbatga otib, dunyoni unutib, Mavlono Jaloliddin degani kabi

دَان۪ى سَمَاعِ چِه بُوَدْ ب۪ى خُودْ شُدَنْ زِهَسْت۪ى
اَنْدَرْ فَنَاىِ مُطْلَقْ ذَوْقِ بَقَا چَش۪يدَنْ

deb, ulviy bir gʻurbatni qidira olamanmi?" deya sizni oʻsha savollar bilan bezovta qilgandim.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy