TOʻQQIZINCHI MAKTUB
Soniyan: Nashri anvori Qur'oniyadagi muvaffaqiyating va gʻayrating va shavqing, bir ikromi Ilohiydir, balki bir karomati Qur'oniyadir, bir inoyati Rabboniyadir. Sizni tabriklayman. Karomat va ikrom va inoyatning bahsi kelgani munosabati bilan, karomat va ikromning bir farqini aytaman. Shundayki:
Karomatning izhori, zarurat boʻlmaganda, zarardir. Ikromning izhori esa, bir tahdisi ne'matdir. Agar karomat bilan musharraf boʻlgan bir shaxs, bilib turib horiqo bir ishga mazhar boʻlsa, u holda agar nafsi ammorasi boqiy boʻlsa, oʻziga ishonish va nafsiga va kashfiga e'timod etish va gʻururga tushish jihatidan istidroj boʻlishi mumkin. Agar bilmasdan horiqo bir ishga mazhar boʻlsa, masalan birovning qalbida bir savol bor, intoqi bilhaq navidan unga muvofiq bir javob beradi; soʻngra anglaydi. Anglagandan soʻng oʻz nafsiga emas, balki oʻz Robbiga e'timodi ziyodalashadi va "Meni mendan ziyoda tarbiya qilgan bir hofizim bordir." deydi, tavakkalini ziyodalashtiradi. Bu qism, xatarsiz bir karomatdir; ixfosiga mukallaf emas, faqat faxr uchun qasddan izhor qilishga urinmasligi kerak. Chunki unda zohiran insonning kasbining bir madxali boʻlganidan, nafsiga nisbat etishi mumkin. Ammo ikrom esa; u karomatning salomatli boʻlgan ikkinchi navidanda salomatli, menimcha yanada oliydir. Izhori, tahdisi ne'matdir. Kasbning madxali yoʻq, nafsi uni oʻziga isnod etmaydi.
Xullas qardoshim; ham sening haqqingda, ham mening haqqimda, xususan Qur'on haqqidagi xizmatimizda eskidan beri koʻrganim va yozganim ehsonoti Ilohiya bir ikromdir; izhori, tahdisi ne'matdir. Shuning uchun senga qarshi tahdisi ne'mat navidan ikkimizning xizmatimizga oid muvaffaqiyotni yozyapman. Bilardimki, senda faxr emas, shukr hissini tahrik etadi.
Solisan: Koʻryapmanki: Shu dunyo hayotida eng baxtiyor oʻshaki: Dunyoni bir musofirxona-i askariy talaqqiy etsin va shunday ham iz'on etsin va shunga koʻra harakat qilsin. Va u talaqqiy bilan, eng buyuk martaba boʻlgan martaba-i rizoni tezda qoʻlga kiritishi mumkin. Sinadigan shisha bahosiga, doimiy bir olmosning narxini bermaydi; istiqomat va lazzat bilan hayotini oʻtkazadi. Ha, dunyoga oid ishlar, sinishga mahkum shishalar hukmidadir; boqiy umuri uxroviya esa, gʻoyat mustahkam olmoslar qiymatidadir. Insonning fitratidagi shiddatli maroq va haroratli muhabbat va dahshatli hirs va inodli talab va hokazo shadid hissiyotlar, umuri uxroviyani qozonish uchun berilgan. U hissiyotni shiddatli suratda foniy umuri dunyoviyaga tavjih etish, foniy va sinuvchi shishalarga, boqiy olmos narxlarini berish deganidir. Shu munosabat bilan bir nuqta xotirga kelgan, aytaman. Shundayki:
Ishq, shiddatli bir muhabbatdir; foniy mahbublarga mutavajjih boʻlgan vaqti yo u ishq oʻz sohibini doimiy bir azob va alamda qoldiradi yoki u majoziy mahbub u shiddatli muhabbatning qiymatiga arzimagani uchun, boqiy bir mahbubni izlatadi; ishqi majoziy ishqi haqiqiyga inqilob etadi.
Xullas, insonda minglab hissiyot bor. Har birining ishq kabi ikkita martabasi bor. Biri majoziy, biri haqiqiy. Masalan: Andisha-i istiqbol hissi hammada bor; shiddatli bir suratda andisha qilganda koʻradiki, u andisha etgan istiqbolga yetishish uchun qoʻlida hujjat yoʻq. Ham rizq jihatidan bir taahhud ostida va qisqa bir istiqbol, u shiddatli andishaga arzimaydi. Undan yuzini oʻgirib, qabrdan keyingi haqiqiy va uzun va gʻofillar uchun taahhud ostiga olinmagan bir istiqbolga tavajjuh etadi. Ham molga va johga qarshi shiddatli bir hirs koʻrsatadi... qaraydiki: Muvaqqatan uning nazoratiga berilgan u foniy mol va ofatli shuhrat va tahlikali va riyoga mador boʻlgan joh u shiddatli hirsga arzimaydi. Undan haqiqiy joh boʻlgan marotibi ma'naviyaga va darajoti qurbiyaga va zodi oxiratga va haqiqiy mol boʻlgan a'moli solihaga tavajjuh etadi. Yomon xislat boʻlgan hirsi majoziy esa, oliy bir xislat boʻlgan hirsi haqiqiyga inqilob etadi.
Ham masalan: Shiddatli bir inod bilan; ahamiyatsiz, zoil, foniy ishlarga qarshi hissiyotini sarflaydi. Qaraydiki, bir daqiqa inodga arzimagan bir narsaga bir yil inod etyapti. Ham zararli, zaharli bir narsaga inod nomiga sabot etadi. Qaraydiki, bu quvvatli his bunday narsalar uchun berilmagan. Uni ularga sarf qilish, hikmat va haqiqatga munofiydir. U shiddatli inodni u keraksiz umuri zoilaga bermasdan, oliy va boqiy boʻlgan haqoiqi iymoniyaga va asosoti Islomiyaga va xidamoti uxroviyaga sarf qiladi. U xislati razila boʻlgan inodi majoziy, goʻzal va oliy bir xislat boʻlgan haqiqiy inodga, -ya'ni haqda shiddatli sabotga- inqilob etadi.
Xullas shu uch misol kabi; insonlar insonga berilgan jihozoti ma'naviyani, agar nafs va dunyo hisobiga iste'mol qilsa va dunyoda abadiy qoladiganday gʻofilona ish tutsa, axloqi razilaga va isrofot va abasiyatga sabab boʻladi. Agar yengillarini dunyo ishlariga va shiddatlilarini vazoifi uxroviyaga va ma'naviyaga sarf etsa, axloqi hamidiyaga mansha', hikmat va haqiqatga muvofiq oʻlaroq saodati doraynga mador boʻladi.
Xullas taxmin qilamanki, nasihlarning nasihatlari shu zamonda ta'sirsiz qolganining bir sababi shuki: Axloqsiz insonlarga: "Hasad qilma! Hirs koʻrsatma! Adovat qilma! Inod qilma! Dunyoni sevma!" deydilar. Ya'ni, fitratingni oʻzgartir kabi zohiran ularga koʻra malayutoq bir taklif qiladilar. Agar: "Bularning yuzlarini xayrli narsalarga qaratinglar, majralarini oʻzgartiringlar" deyishsa, ham nasihat ta'sir qiladi, ham doira-i ixtiyorlarida bir amri taklif boʻladi.
Robian: Ulamo-i Islom oʻrtasida "Islom" va "iymon"ning farqlari koʻp madori bahs boʻlgan. Bir qismi "ikkalasi ham bir", boshqa qismi "ikkalasi bir emas, faqat biri birisiz boʻlmaydi" deyishgan va bu kabi koʻp muxtalif fikrlar bayon qilishgan. Men shunday bir farq angladimki:
Islomiyat, iltizomdir; iymon, iz'ondir. Ta'biri digar bilan: Islomiyat, haqqa tarafdorlik va taslim va inqiyoddir; iymon esa, haqni qabul va tasdiqdir. Oʻtmishda ba'zi dinsizlarni koʻrdimki: Ahkomi Qur'oniyaga shiddatli tarafdorlik koʻrsatardi. Demak u dinsiz, bir jihatda, haqning iltizomi bilan Islomiyatga mazhar edi; "dinsiz bir musulmon" deyilardi. Soʻngra ba'zi moʻ'minlarni koʻrdimki; ahkomi Qur'oniyaga tarafdorlik koʻrsatmaydi, iltizom etmaydi.. "gʻayri muslim bir moʻ'min" ta'biriga mazhar boʻladi.
Ajabo, Islomiyatsiz iymon madori najot boʻlishi mumkinmi?
Aljavob: Iymonsiz Islomiyat sababi najot boʻlmagani kabi; Islomiyatsiz iymon ham madori najot boʻlolmaydi. Falillahilhamdu valminnatu, Qur'onning i'jozi ma'naviysining fayzi bilan Risola-i Nur mezonlari, dini Islomning va haqoiqi Qur'oniyaning mevalarini va natijalarini shunday bir tarzda koʻrsatganki; dinsiz ham ularni anglasa, tarafdor boʻlmasligi mumkin emas. Ham iymon va Islomning dalil va burhonlarini shu daraja quvvatli koʻrsatganki; gʻayri muslim ham anglasa, har holda tasdiq qiladi. Gʻayri muslim boʻlib qolgan holida ham, iymon keltiradi. Ha, Soʻzlar Tubo-i Jannatning mevalari kabi totli va goʻzal boʻlgan iymon va Islomiyatning mevalarini va saodati doraynning mahosini kabi yoqimli va shirin shunday natijalarini koʻrsatganki, koʻrganlarga va taniganlarga nihoyatsiz bir tarafdorlik va iltizom va taslim hissini beradi. Va silsila-i mavjudot kabi quvvatli va zarrot kabi kasratli iymon va Islomning burhonlarini koʻrsatganki, nihoyatsiz bir iz'on va quvvati iymon beradi. Hatto ba'zan Avrodi Shohi Naqshbandiyda shahodat keltirgan vaqtim,
deganimda, nihoyatsiz bir tarafdorlik his qilaman. Agar butun dunyo menga berilsa, bir haqiqati iymoniyani fido qila olmayman. Bir haqiqatning bir daqiqa aksini faraz qilish, menga gʻoyat aliym keladi. Butun dunyo meniki boʻlsa, birgina haqoiqi iymoniyaning vujud topishi uchun ikkilanmay berishga, nafsim itoat qiladi.
degan vaqtim nihoyatsiz bir quvvati iymon his qilaman. Haqoiqi Iymoniyaning har bittasining aksini aqlan mahol deb hisoblayman, ahli zalolatni nihoyatsiz ablah va devona deb bilaman.
Sening volidayningga koʻplab salom va arzi hurmat qilaman. Ular ham menga duo qilsinlar. Sen mening qardoshim boʻlganing uchun, ular ham mening padar va volidam hukmidadirlar. Ham qishlogʻingizga, xususan sendan Soʻzlarni eshitganlarning barchasiga salom yoʻllayman.