Maktublar
— 30 —

OʻNINCHI MAKTUB

(Ikki savolning javobidir)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

Birinchisi: Oʻttizinchi Soʻzning Ikkinchi Maqsadining tahavvuloti zarrot ta'rifiga doir boʻlgan uzun jumlasining hoshiyasidir.

Qur'oni Hakimda "Imomi Mubin" va "Kitobi Mubin" mukarrar yerlarda zikr qilingan. Ahli tafsir, "Ikkisi birdir"; bir qismi, "Boshqa-boshqa" deyishgan. Haqiqatlariga doir bayonotlari muxtalifdir. Xulosa: "Ilmi Ilohiyning unvonlaridir" deyishgan. Faqat Qur'onning fayzi bilan shunday qanoat hosil qilganmanki: "Imomi Mubin", ilm va amri Ilohiyning bir naviga bir unvondirki; olami shahodatdan ziyoda olami gʻaybga qaraydi. Ya'ni, zamoni holdan ziyoda, moziy va mustaqbalga nazar etadi. Ya'ni, hamma narsaning vujudi zohiriysidan ziyoda asliga, nasliga va ildizlariga va urugʻlariga qaraydi. Qadari Ilohiyning bir daftaridir. Shu daftarning vujudi, Yigirma Oltinchi Soʻzda, ham Oʻninchi Soʻzning hoshiyasida isbot etilgan.

Ha, shu "Imomi Mubin", bir navi ilm va amri Ilohiyning bir unvonidir. Ya'ni, ashyoning mabodiylari va ildizlari va asllari, kamoli intizom bilan ashyoning vujudlarini gʻoyat san'atkorona intoj etishi jihati bilan, albatta dasotiri ilmi Ilohiyning bir daftari bilan tanzim etilganini koʻrsatadilar va ashyoning natijalari, nasllari, urugʻlari; kelajakda keladigan mavjudotning dasturlarini, mundarijalarini tazammun etganlaridan, albatta avomiri Ilohiyaning bir kichik majmuasi ekanini bildiradilar. Masalan: Bir danak butun daraxtning tashkilotini tanzim etadigan dasturlarni va mundarijalarni va u mundarija va dasturlarni tayin etgan u avomiri takviniyaning kichkina bir mujassami hukmida deyish mumkin.

Alhosil: Modomiki "Imomi Mubin" moziy va mustaqbalning va olami gʻaybning atrofida shox solgan shajara-i xilqatning bir dasturi, bir mundarijasi hukmidadir. Shu ma'nodagi "Imomi Mubin" qadari Ilohiyning bir daftari, bir majmua-i dasotiridir. U dasotirning imlosi bilan va hukmi bilan zarrot vujudi ashyodagi xidamotiga va harakotiga yoʻnaltiriladi.

Ammo "Kitobi Mubin" esa, olami gʻaybdan ziyoda, olami shahodatga qaraydi. Ya'ni, moziy va mustaqbaldan ziyoda, zamoni hozirga nazar soladi va ilm va amrdan ziyoda, qudrat va iroda-i Ilohiyaning bir unvoni, bir daftari, bir kitobidir. "Imomi Mubin", qadar daftari boʻlsa; "Kitobi Mubin", qudrat daftaridir. Ya'ni: Hamma narsaning vujudida, mohiyatida va sifot va shuunotida kamoli san'at va intizomlari koʻrsatadiki; bir qudrati komilaning dasotiri bilan va bir iroda-i nafizaning qavonini bilan vujud kiydiriladi. Suratlari tayin, tashxis etilib; bittadan miqdori muayyan, bittadan shakli maxsus beriladi. Demak u qudrat va irodaning, kulliy va umumiy bir majmua-i qavonini, bir daftari akbari bordirki; har bir narsaning xususiy vujudlari va maxsus suratlari unga koʻra bichiladi, tikiladi, kiydiriladi. Xullas shu daftarning vujudi "Imomi Mubin" kabi, qadar va juzi ixtiyoriy masoilida isbot qilingan. Ahli gʻaflat va zalolat va falsafaning ahmoqligini koʻrki: Qudrati Fotiraning u Lavhi Mahfuzini va hikmat va iroda-i Rabboniyaning u basirona kitobining ashyodagi jilvasini, aksini, misolini his etgan; xosho "Tabiat" nomi bilan tasmiya etgan, qiymatini tushirgan. Xullas "Imomi Mubin"ning imlosi bilan, ya'ni qadarning hukmi bilan va dasturi bilan qudrati Ilohiya ijodi ashyoda har biri bittadan oyat boʻlgan silsila-i mavjudotni, "Lavhi mahv-isbot" deyilgan zamonning sahifa-i misoliyasida yozadi, ijod qiladi, zarrotni tahrik etadi.

Demak harakoti zarrot oʻsha kitobatdan, oʻsha istinsohdan; mavjudot olami gʻaybdan olami shahodatga va ilmdan qudratga oʻtishlarida bir ihtizozdir, bir harakotdir. Ammo "Lavhi mahv-isbot" esa, sobit va doim boʻlgan Lavhi Mahfuzi A'zamning doira-i mumkinotda, ya'ni mavt va hayotga, vujud va fanoga doimo mazhar boʻlgan ashyoda mutabaddil bir daftari va yozib oʻchiradigan bir taxtasi boʻlib, oʻsha haqiqati zamondir. Ha, hamma narsaning bir haqiqati boʻlgani kabi, zamon deyilgan, koinotda jarayon etgan bir nahri azimning haqiqati ham "Lavhi Mahv-Isbot"dagi kitobati qudratning sahifasi va murakkabi hukmidadir.

لَا يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلَّا اللّٰهُ
— 31 —

Ikkinchi Savol: Maydoni Hashr qayerda?

Aljavob: وَالْعِلْمُ عِنْدَ اللّٰهِ Xoliqi Hakimning hamma narsada koʻrsatgan hikmati oliyasi, hatto birgina kichik bir narsaga juda ulkan hikmatlarni taqishi bilan tasrih darajasida ishorat qiladiki: Kura-i Arz daydilarcha, bodi havo azim bir doirani chizmaydi. Balki muhim narsa atrofida aylanadi va maydoni akbarning doira-i muhitasini chizadi, koʻrsatadi va bir mashhari azimning atrofida kezib, mahsuloti ma'naviyasini unga oʻtkazadiki, kelajakdagi mashharda, anzori nos oʻngida koʻrsatiladi. Demak yigirma besh ming yilga yaqin bir doira-i muhitaning ichida, rivoyatga binoan Shomi Sharif qit'asi bir danak hukmida boʻlib, u doirani toʻldiradigan bir maydoni hashr bast etiladi. Kura-i Arzning butun ma'naviy mahsuloti, hozircha parda-i gʻayb ostida boʻlgan u maydonning daftarlariga va alvohlariga yuborilyapti va kelajakda maydon ochilgan vaqt, sakanasini ham yana oʻsha maydonga toʻkadi; u ma'naviy mahsulotlari ham gʻoibdan shahodatga oʻtadi. Ha, Kura-i Arz bir dala, bir chashma, bir miqyos hukmida boʻlib, u maydoni akbarni toʻldiradigan darajada mahsulot bergan va uni isti'ob etadigan maxluqot undan oqqan va uni imlo etadigan masnu'ot undan chiqqan. Demak, Kura-i Arz bir danak va maydoni hashr, ichidagilari bilan birga bir daraxt, bir boshoq va bir mahzandir. Ha, qandayki nuroniy bir nuqta, sur'ati harakati bilan nuroniy bir chiziq boʻladi yoki bir doira boʻladi. Xuddi shuningdek: Kura-i Arz sur'atli, hikmatli harakati bilan bir doira-i vujudning tamassuliga va u doira-i vujud mahsuloti bilan barobar, bir maydoni hashri akbarning tashakkuliga madordir.

﴿ قُلْ اِنَّمَا الْعِلْمُ عِنْدَ اللّٰهِ ﴾
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy