Maktublar
— 32 —

OʻN BIRINCHI MAKTUB

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

(Bu maktub muhim bir dori boʻlib, toʻrt oyatning xazinasidan toʻrt kichik javhariga ishorat qiladi.)

Aziz qardoshim!

Shu toʻrt muxtalif masalani muxtalif vaqtlarda Qur'oni Hakim nafsimga dars bergan. Orzu qilgan qardoshlarim ham bundan bir dars yoki bir hissa olishlari uchun yozdim. Mabhas e'tibori bilan boshqa-boshqa toʻrt oyati karimaning xazina-i haqoiqidan bittadan kichik javhar namuna sifatida koʻrsatilgan. Bu toʻrt mabhasdan har bir mabhasning oʻzga bir surati, oʻzga bir foydasi bor.

Birinchi Mabhas:
﴿ اِنَّ كَيْدَ الشَّيْطَانِ كَانَ ضَع۪يفًا ﴾

Ey sui vasvasadan ma'yus nafsim! Tadoiyi xayolot, taxatturi faraziyat, bir navi irtisomi gʻayri ixtiyoriydir. Irtisom esa, agar xayrdan va nuroniyatdan boʻlsa, haqiqatning hukmi bir daraja suratiga va misoliga oʻtadi. Quyoshning ziyosi va harorati, oynadagi misoliga oʻtgani kabi... Agar shardan va kasifdan boʻlsa, aslning hukmi va xossasi suratiga oʻtmaydi va timsoliga siroyat etmaydi. Masalan najis va murdor bir narsaning oynadagi surati na najisdir, na murdordir. Va ilonning timsoli chaqmaydi.

Shu sirga binoan, tasavvuri kufr, kufr emas; taxayyuli shatm, shatm emas. Xususan ixtiyorsiz boʻlsa va faraziy bir taxattur boʻlsa, butunlay zararsizdir. Ham ahli haq boʻlgan Ahli Sunnat va Jamoatning mazhabida bir narsaning shar'an xunukligi, iflosligi; nahyi Ilohiy sababi bilandir. Modomiki ixtiyorsiz va rizosiz bir taxatturi faraziy, bir tadoiyi xayoliydir; nahiy unga taalluq etmaydi. U ham naqadar xunuk va iflos bir narsaning surati boʻlsa ham, xunuk va iflos boʻlmaydi..

Ikkinchi Masala: Barla Yaylovi, Tepalichada qaragʻay, qatron, qora terakning bir mevasi boʻlib, Soʻzlar majmuasida yozilgani uchun, bu yerga kiritilmadi.

— 33 —

Uchinchi Masala: Bu ikki masala Yigirma Beshinchi Soʻzning i'jozi Qur'onga qarshi madaniyatning ojizligini koʻrsatgan misollaridan bir qismidir. Qur'onga muxolif boʻlgan huquqi madaniyatning naqadar haqsiz ekanini isbot qilgan minglab misollaridan ikki misol:

﴿ فَلِلذَّكَرِ مِثْلُ حَظِّ الْاُنْثَيَيْنِ ﴾

boʻlgan hukmi Qur'oniy mahzi adolat boʻlgani kabi, ayni marhamatdir. Ha, adolatdir. Chunki aksariyati mutlaqa e'tibori bilan, bir erkak bir ayolni oladi, nafaqasini taahhud etadi. Bir ayol esa, bir erga boradi, nafaqasini unga yuklaydi; irsiyatdagi nuqsonni talofiy etadi. Ham marhamatdir, chunki u zaifa qiz padaridan shafqatga va aka-ukasidan marhamatga juda muhtojdir. Hukmi Qur'onga koʻra u qiz padaridan andishasiz shafqat koʻradi. Padari unga, "Mening sarvatimning yarmini odamlarning va begonalarning qoʻllariga oʻtishiga sabab boʻladigan zararli bir bola" nazari bilan andisha etib qaramaydi. U shafqatga andisha va hiddat qoʻshilmaydi. Ham aka-ukasidan raqobatsiz, hasadsiz bir marhamat va himoya koʻradi. Aka-ukasi unga, "xonadonimizning yarmini buzadigan va molimizning muhim bir qismini odamlarning qoʻliga beradigan bir raqib" nazari bilan qaramaydi; u marhamatga va himoyaga kin, igʻbiror qoʻshmaydi. Shu holda u fitratan nozik, nozanin va xilqatan zaifa va nahifa qiz, suratan oz bir narsa yoʻqotadi; faqat unga badal aqoribning shafqatidan, marhamatidan tuganmas bir sarvat qozonadi. Aksincha, rahmati Haqdan ziyoda unga marhamat qilamiz deya haqqidan ortiq unga haq berish, unga marhamat emas, shadid bir zulmdir. Balki, zamoni johiliyatda gʻayrati vahshiyonaga binoan qizlarini tiriklayin dafn etish kabi gʻaddorona bir zulmni eslatadigan bu zamonning hirsi vahshiyonasi marhamatsiz bir shano'at yoʻl ochish ehtimoli bor. Shuning kabi butun ahkomi Qur'oniya وَمَا اَرْسَلْنَاكَ اِلَّا رَحْمَةً لِلْعَالَم۪ينَ farmonini tasdiq qiladilar.

Toʻrtinchi Masala: فَلِاُمِّهِ السُّدُسُ Xullas, mimsiz madaniyat qanday qilib qiz haqida, haqqidan ortiq haq berganidan bunday bir haqsizlikka sabab boʻladi.. shunga oʻxshab: Volida haqida haqqini kesish bilan yanada dahshatli haqsizlik qiladi. Ha, rahmati Rabboniyaning eng hurmatli, eng halovatli, eng latif va eng shirin bir jilvasi boʻlgan shafqati volida, haqoiqi koinot ichida eng muhtaram, eng mukarram bir haqiqatdir. Va volida eng karim, eng rahim shunday fidokor bir doʻstdirki; u shafqat saiqasi bilan bir volida, butun dunyosini va hayotini va rohatini valadi uchun fido qiladi. Hatto volidalikning eng oddiy va eng adno darajasida boʻlgan qoʻrqoq tovuq, oʻsha shafqatning kichkina bir lam'asi bilan joʻjasini mudofaa uchun itga otiladi, arslonga tashlanadi.

Xullas bunday muhtaram va muazzaz bir haqiqatni oʻzida mujassam qilgan bir volidani valadining molidan mahrum qilish, u muhtaram haqiqatga qarshi naqadar dahshatli bir haqsizlik, qay daraja vahshatli bir hurmatsizlik, qandayin jinoyatkorona haqorat va arshi rahmatni titratgan bir kufroni ne'mat va hayoti ijtimoiya-i bashariyaning gʻoyat porloq va foydali bir tiryoqiga zahar qoʻshish ekanini, insoniyat-parvarlik iddi'o qilgan inson jonivorlari tushunmasalar, albatta haqiqiy insonlar tushunadi. Qur'oni Hakimning فَلِاُمِّهِ السُّدُسُ hukmini ayni haq va mahzi adolat ekanini biladilar.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy