OʻN IKKINCHI MAKTUB
Aziz qardoshlarim!
Oʻsha kecha mendan soʻragandingiz, men javobini bermagandim. Chunki masoili iymoniyaning munoqasha suratida bahsi joiz emas. Siz munoqasha suratida bahs qilgandingiz. Hozircha munoqashangizning asosi boʻlgan uch savolingizga gʻoyat muxtasar bir javob yozaman. Tafsilini dorixonachi afandi nomlarini yozgan Soʻzlarda topasizlar. Yolgʻiz, qadar va juzi ixtiyoriyga oid Yigirma Oltinchi Soʻz xotiramga kelmagandi, sizga aytmagandim, uni ham koʻringlar, lekin roʻznomaga oʻxshab oʻqimanglar. Dorixonachi afandining u Soʻzlarni mutolaa etishini havola qilganimning sirri shuki: U xildagi masalalardagi shubhalar, arkoni iymoniyaning zaifligidan kelib chiqadi. U Soʻzlar esa, arkoni iymoniyani butunlay isbot qiladilar.
BIRINCHI SAVOLINGIZ: Hazrat Odamning (A.S.) Jannatdan ixroji va bir qism bani odamning Jahannamga idxoli qanday hikmatga mabnidir?
Aljavob: Hikmati, tavzifdir. Shunday bir vazifa bilan ma'mur qilinib yuborilganki; butun taraqqiyoti ma'naviya-i bashariyaning va butun iste'dodoti bashariyaning inkishof va inbisotlari va mohiyati insoniyaning butun asmo-i Ilohiyaga bir oyna-i jome'a boʻlishi, u vazifaning natoijidandir. Agar Hazrat Odam Jannatda qolsaydi; malak kabi maqomi sobit qolardi, iste'dodoti bashariya inkishof etmasdi. Holbuki yaknasoq maqom sohibi boʻlgan maloikalar koʻp, unday tarzdagi ubudiyat uchun insonga ehtiyoj yoʻq. Balki hikmati Ilohiya nihoyatsiz maqomotni bosib oʻtadigan insonning iste'dodiga muvofiq bir dori taklifni iqtizo etgani uchun, maloikalarning aksi boʻlib, muqtazo-i fitratlari boʻlgan ma'lum gunoh bilan Jannatdan ixroj etildi. Demak, Hazrat Odamning Jannatdan ixroji, ayni hikmat va mahzi rahmat boʻlgani kabi; kufforning ham Jahannamga idxollari, haq va adolatdir.
Oʻninchi Soʻzning Uchinchi Ishoratida aytilgani kabi: Garchi kofir oz bir umrda bir gunoh qilgan boʻlsada, u gunoh ichida nihoyatsiz bir jinoyat bor. Chunki kufr, butun koinotni tahqir, qiymatlarini tanzil etish va butun masnu'otning vahdoniyatga shahodatlarini takzib va mavjudot oynalarida jilvalari koʻringan asmo-i Ilohiyani tazyifdir. Shuning uchun, mavjudotning haqqini kofirdan olish uchun, mavjudotning sultoni boʻlgan Qahhori Zuljalolning kofirlarni abadiy Jahannamga otishi, ayni haq va adolatdir. Chunki nihoyatsiz jinoyat, nihoyatsiz azobni istaydi.
IKKINCHI SAVOLINGIZ: Shaytonlar nima uchun xalq va ijod qilingan? Janobi Haq shaytonni va sharlarni xalq etgan, buning hikmati nima? Sharning xalqi shar, qobihning xalqi qobihdir?
Aljavob: Xosho!.. Xalqi shar, shar emas, balki kasbi shar, shardir. Chunki xalq va ijod butun natoijga qaraydi; kasb, xususiy bir mubosharat boʻlgani uchun, xususiy natoijga qaraydi. Masalan: Yomgʻir kelishining minglab natijalari bor, barchasi goʻzal. Sui ixtiyori bilan ba'zilar yomgʻirdan zarar koʻrsa, "Yomgʻirning ijodi rahmat emas" deyolmaydi; "Yomgʻirning xalqi shar" deya hukm qilolmaydi. Balki sui ixtiyori bilan va kasbi bilan oʻzi haqida shar boʻldi. Ham olovning xalqida koʻp foydalar bor; barchasi ham xayrdir. Faqat ba'zilar sui kasbi bilan, suiste'moli bilan otashdan zarar koʻrsa, "Olovning xalqi shar" deyolmaydi. Chunki olov yolgʻiz uni yoqish uchun yaratilmagan; balki u oʻzining sui ixtiyori bilan ovqatini pishirgan olovga qoʻlini tiqdi va u xizmatkorini oʻziga dushman qildi.
Alhosil: Xayri kasir uchun sharri qolil qabul qilinadi. Agar sharri qolil boʻlmasligi uchun xayri kasirni intoj etgan bir shar tark etilsa; unda sharri kasir irtikob etilgan boʻladi. Masalan: Jihodga askar yuborishda, albatta, ba'zi juz'iy va moddiy va badaniy zarar va shar boʻladi. Faqat u jihodda xayri kasir borki, Islom kufforning istilosidan qutuladi. Agar oʻsha sharri qolil uchun jihod tark etilsa, unda xayri kasir ketgandan soʻng, sharri kasir keladi. U ayni zulmdir. Ham masalan: Gangrena boʻlgan va kesilishi lozim boʻlgan bir barmoqning kesilishi xayr, yaxshidir; holbuki zohiran bir shardir. Barmoq kesilmasa, qoʻl kesiladi; sharri kasir boʻladi.
Demak, koinotdagi sharlarning, zararlarning, balliyalarning va shaytonlarning va muzirlarning xalq va ijodlari, shar va xunuk emas; chunki koʻp natoiji muhimma uchun yaratilgan. Masalan: Maloikalarga shaytonlar musallat boʻlmaganlari uchun, taraqqiyotlari yoʻq; maqomlari sobit, tabaddul etmaydi. Shuningdek, hayvonotning ham, shaytonlar musallat boʻlmaganlari uchun, martabalari sobit, noqisdir. Olami insoniyatda esa marotibi taraqqiyot va tadanniyot nihoyatsizdir. Namrudlardan, fir'avnlardan tortib, to siddiqiyni avliyo va anbiyoga qadar gʻoyat uzun bir masofa-i taraqqiy bor.
Xullas, koʻmir kabi arvohi safilani olmos kabi arvohi oliyadan tamyiz va tafriq uchun, shaytonlarning xilqati bilan va sirri taklif va ba'si anbiyo bilan, bir maydoni imtihon va tajriba va jihod va musobaqa ochilgan. Agar mujohada va musobaqa boʻlmasaydi, ma'dani insoniyatdagi olmos va koʻmir hukmida boʻlgan iste'dodlar barobar qolardi. A'loyi Illiyindagi Abu Bakri Siddiqning ruhi Asfali Sofiliyndagi Abu Jahlning ruhi bilan bir saviyada qolgan boʻlardi. Demak, shayotin va sharlarning yaratilishi, buyuk va kulliy natijaga qaragani uchun, ijodlari shar emas, xunuk emas; balki suiste'molotdan va kasb deyilgan mubosharati xususiyadan kelgan sharlar, xunukliklar kasbi insonga oid; ijodi Ilohiyga oid emas.
Agar savol bersangiz: Bi'sati anbiyo bilan barobar shaytonlarning vujudidan aksariyat insonlar kofir boʻlyapti, kufrga kiryapti, zarar koʻryapti. "Al-hukmu lil-aksar" qoidasiga koʻra, aksar undan shar koʻrsa, u vaqt xalqi shar shardir, hatto bi'sati anbiyo ham rahmat emas deyilishi mumkin?
Aljavob: Sonning sifatga nisbatan ahamiyati yoʻq. Asl aksariyat sifatga qaraydi. Masalan: Yuzta xurmo danagi boʻlsa, tuproq ostiga koʻmilib suv berilmasa va muomala-i kimyoviya koʻrmasa va bir mujohada-i hayotiyaga mazhar boʻlmasa, yuz tanga qiymatidagi yuzta danak boʻladi. Ammo suv berilgan va mujohada-i hayotiyaga ma'ruz qolgan vaqt, sui mizoji tufayli saksontasi chirisa, yigirmatasi mevador yigirmata xurmo daraxti boʻlsa, "Suv berish shar boʻldi, aksariyatini chiritdi", deya olasanmi? Albatta deyolmaysan. Chunki u yigirmata yigirma ming hukmiga oʻtdi. Saksontani yoʻqotgan, yigirma mingni qozongan zarar qilmaydi, shar boʻlmaydi. Ham masalan: Tovus qushining yuz dona tuxumi boʻlsa, tuxum e'tibori bilan besh yuz kurush turadi. Faqat oʻsha yuzta tuxum ustiga tovus oʻtqizilsa, saksontasi aynisa; yigirmatasi yigirmata tovus qushi boʻlsa, "Koʻp zarar boʻldi, bu muomala shar boʻldi, bu tovusning tuxumning ustiga oʻtirishi yomon boʻldi" deyish mumkinmi? Yoʻq, unday emas, balki xayrdir. Chunki u tovus millati va u tuxum toifasi toʻrt yuz kurush bahosida boʻlgan saksonta tuxumni yoʻqotib, sakson lira qiymatida boʻlgan yigirmata tovus qushi qozondi.
Xullas, navi bashar bi'sati anbiyo bilan, sirri taklif bilan, mujohada bilan, shaytonlar bilan muhoraba bilan qozongan yuz minglab anbiyo va millionlab avliyo va milliardlab asfiyo kabi olami insoniyatning quyoshlari, oylari va yulduzlari muqobilida; son jihatdan kasratli, sifat jihatidan ahamiyatsiz hayvonoti muzirra navidan boʻlgan kufforni va munofiqlarni yoʻqotdi.
UCHINCHI SAVOLINGIZ: Janobi Haq musibatlarni beradi, balolarni musallat etadi. Xususan ma'sumlarga, hatto hayvonlarga bu zulm emasmi?
Aljavob: Xosho! Mulk Unikidir. Mulkida istagani kabi tasarruf qiladi. Ajabo: San'atkor bir zot bir ujrat muqobilida seni bir model qilib gʻoyat san'atkorona tikkan murasso' bir libosni senga kiydiradi, hunarini, mahoratini koʻrsatish uchun qisqartiradi, uzatadi, bichsa, kesadi.. seni oʻtirgʻizadi, turgʻizadi. Sen unga: "Meni goʻzallashtirgan koʻylakni xunuklashtirding; menga oʻtirgʻizib turgʻizish bilan zahmat berding" deya olasanmi? Albatta deyolmaysan. Desang, devonalik qilgan boʻlasan. Aynan shuning kabi: Sone'-i Zuljalol koʻz, quloq, lison kabi tuygʻular bilan murasso' gʻoyat san'atkorona bir vujudni senga kiydirgan. Mutanavvi' asmosining naqshlarini koʻrsatish uchun seni xasta qiladi, mubtalo qiladi, och qoʻyadi, toʻq qiladi, suvsiz qoldiradi.. bu kabi ahvolda aylantiradi. Mohiyati hayotiyani quvvatlantirish va jilva-i asmosini koʻrsatish uchun seni shunday koʻp holatlarda kezdiradi. Agar sen: "Meni mina uchun bu masoibga mubtalo etyapsan?" desang, tamsilda ishorat qilingani kabi, yuzta hikmat sening ogʻzingni yopadi. Zotan sukun va sukunat, atolat, yaknasoqlik, tavaqquf; bir navi adamdir, zarardir. Harakat va tabaddul; vujuddir, xayrdir. Hayot harakot bilan kamolotini topadi; baliyyot vositasi bilan taraqqiy qiladi. Hayot jilva-i asmo bilan muxtalif harakotga mazhar boʻladi, tasaffi etadi, quvvat topadi, inkishof etadi, inbisot etadi, oʻz muqaddarotini yozishida mutaharrik bir qalam boʻladi, vazifasini ado etadi, ujrati uxroviyaga kasbi istihqoq etadi.
Xullas, munoqashangizning ichidagi uch savolingizning muxtasar javoblari bu qadar. Izohlari oʻttiz uch adad "Soʻzlar"dadir.
Aziz qardoshim, sen bu maktubni dorixonachiga va munoqashani eshitganlardan munosib deb bilganlaringga oʻqib ber. Mening nomimdan ham yangi bir talabam boʻlgan dorixonachiga salom ayt, deginki:
"Mazkur masoil kabi daqiq masoili iymoniyani mezonsiz mujodala suratida jamoat ichida bahs qilish joiz emas. Mezonsiz mujodala boʻlganidan, tiryoq ekan, zahar boʻladi. Gapirganlarga, eshitganlarga zarardir. Balki bunday masoili iymoniyaning i'tidoli dam bilan, insof bilan, bir mudovala-i afkor suratida bahsi joiz". Va aytginki: "Agar sening qalbingga bu navi masoilda shubhalar kelsa va Soʻzlardan ham javobini topmasang, xususiy shaklda menga yozarsiz..." Ham dorixonachiga aytginki: Marhum padari haqida koʻrgan roʻyo borasida qalbimga shunday bir ma'no keldiki: Marhum padari doʻxtir boʻlgani uchun, juda solih va muborak, balki valiy insonlarga foydasi tekkan va undan mamnun boʻlgan va manfaat koʻrgan u muboraklarning arvohlari uning vafoti chogʻida qushlar suratida eng yaqin aqrabosi boʻlgan oʻgʻliga koʻringanlar, uning ruhiga shafoatkorona bir xush omadi navidan bir istiqbol etganlari qalbimga keldi. Oʻsha kecha bu yerda barobar boʻlgan barcha doʻstlarga salom yoʻllayman va duo qilaman.