Maktublar
— 37 —

OʻN UCHINCHI MAKTUB

بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
﴿ اَلسَّلَامُ عَلٰى مَنِ اتَّبَعَ الْهُدٰى وَالْمَلَامُ عَلٰى مَنِ اتَّبَعَ الْهَوٰى ﴾

Aziz qardoshlarim!

Holimni va istirohatimni va vasiqa uchun adami murojaatimni va holi olam siyosatiga qarshi loqaydligimni juda koʻp soʻrayapsizlar. Shu savollaringiz koʻp takarrur etganidan, ham ma'nan ham mendan soʻralganidan; shu uch savolga Yangi Said emas, balki Eski Said lisoni bilan javob berishga majbur boʻldim.

Birinchi Savolingiz: Istirohating qanday? Hol-ahvoling qanday?

Aljavob: Janobi Arhamurrohiminga yuz ming shukr qilamanki; ahli dunyo menga qilgan anvo'i zulmni anvo'i rahmatga aylantirdi:

Siyosatni tark va dunyodan tajarrud etib bir togʻning gʻorida oxiratni oʻylash bilan mashgʻul ekanman, ahli dunyo zulman meni u yerdan chiqarib surgun qildi. Xoliqi Rahim va Hakim u surgunni menga bir rahmatga aylantirdi. Amniyatsiz va ixlosni buzadigan sabablarga ma'ruz u togʻdagi inzivoni; amniyatli, ixlosli Barla Togʻlaridagi xilvatga aylantirdi. Rossiyada asoratdaligimda, niyat qildim va niyoz etdimki, umrimning oxirida bir gʻorga chekinay. Arhamurrohimin menga Barlani oʻsha gʻorga aylantirdi, gʻorning foydasini berdi. Mashaqqatli gʻor zahmatini zaif vujudimga yuklamadi. Yolgʻiz Barlada ikki-uch odamda bir vahhomlik bor edi. Oʻsha vahhomlik sababi bilan menga aziyat berildi. Hatto oʻsha doʻstlarim, goʻyo istirohatimni oʻylashgandi. Holbuki, oʻsha vahhomlik sababli ham qalbimga, ham Qur'onning xizmatiga zarar berishdi. Ham ahli dunyo barcha surgunlarga vasiqa bergani va qotillarni qamoqdan chiqarib avf etganlari holda, menga zulm qilib berishmadi. Mening Robbi Rahimim meni Qur'onning xizmatida ziyoda istihdom etish va Soʻzlar nomi bilan anvori Qur'oniyani menga koʻproq yozdirish uchun tashvishsiz holda meni shu gʻurbatda qoldirib, bir buyuk marhamatga aylantirdi. Ham ahli dunyo, dunyolariga aralasha oladigan barcha nufuzli va quvvatli ruasolarni va shayxlarni tumanlarda va shaharlarda qoldirib, aqrabolari bilan birga hamma bilan koʻrishishga izn berganlari holda, meni zulman tajrid etdi, bir qishloqqa yubordi. Hech aqrabo va hamshaharlarimni, -bir-ikkitasi mustasno- yonimga kelishiga izn berishmadi. Mening Xoliqi Rahimim oʻsha tajridni men uchun azim bir rahmatga aylantirdi. Zehnimni sof holda, gʻillu gʻishdan xoli Qur'oni Hakimning fayzini olishiga vasila qildi. Ham ahli dunyo bidoyatda, ikki yil mobaynida ikkita oddiy maktub yozganimni koʻp koʻrdi. Hatto hozir ham, oʻn yoki yigirma kunda yoki bir oyda bir-ikki musofirning yolgʻiz oxirat uchun yonimga kelishini xush koʻrmadilar, menga zulm qildilar. Mening Robbi Rahimim va Xoliqi Hakimim u zulmni men uchun marhamatga aylantirdiki, toʻqson yillik ma'naviy bir umrni qozontiradigan shu shuhuri salosada meni bir xilvati margʻubaga va bir uzlati maqbulaga qoʻyishga aylantirdi.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ عَلٰى كُلِّ حَالٍ‌

Xullas hol va istirohatim shunday...

— 38 —

Ikkinchi Savolingiz: Nima uchun vasiqa olish uchun murojaat etmayapsan?

Aljavob: Bu masalada men qadarning mahkumiman, ahli dunyoning mahkumi emasman. Qadarga murojaat qilaman. Qachon izn bersa, rizqimni bu yerdan qachon kessa, oʻsha vaqt ketaman. Bu ma'noning haqiqati shuki: Boshga kelgan bir ishda ikki sabab bor; biri zohiriy, boshqasi haqiqiy. Ahli dunyo zohiriy bir sabab boʻldi, meni bu yerga keltirdi. Qadari Ilohiy esa, sababi haqiqiydir; meni bu inzivoga mahkum qildi. Sababi zohiriy zulm qildi; sababi haqiqiy adolat qildi. Zohiriysi shunday oʻyladi: "Shu odam ortigʻi bilan ilmga va dinga xizmat qiladi, balki dunyomizga aralashadi" degan ehtimol bilan meni surgun qilib, uch jihatdan qatmarli bir zulm qildi. Qadari Ilohiy esa men uchun koʻrdiki, haqqi bilan va ixlos bilan ilmga va dinga xizmat qilolmayapman; meni bu surgunga mahkum etdi. Ularning bu qatmarli zulmini muzaaf bir rahmatga aylantirdi. Modomiki, surgunimda qadar hokimdir va u qadar odildir; unga murojaat qilaman. Zohiriy sabab esa, zotan bahona navidan bir narsalari bor. Demak, ularga murojaat qilish ma'nosizdir. Agar ularning qoʻlida bir haq yoki quvvatli bir vosita boʻlganda edi, ularga murojaat qilsa boʻlardi.

Boshlarini yesin, dunyolarini tamoman tashlaganim va oyoqlariga oʻralashsin, siyosatlarini butunlay tark qilganim holda; oʻylagan bahonalari, avhomlari, albatta aslsiz boʻlganidan, ularga murojaat qilish bilan oʻsha avhomlarga bir haqiqat berishni istamayman. Agar uchlari ajnabiy qoʻlida boʻlgan dunyo siyosatiga qoʻshilish uchun bir ishtaham boʻlsaydi; sakkiz yil emas, balki sakkiz soatga ham qolmay tarashshuh etardi, oʻzini koʻrsatardi. Holbuki sakkiz yildir, bironta roʻznoma oʻqishga xohishim boʻlmadi va oʻqimadim. Toʻrt yildir, bu yerda taxti nazoratdaman; hech bir tarashshuh koʻrinmadi. Demak Qur'oni Hakim xizmatining barcha siyosatlardan ustun bir ulviyati borki, koʻpchiligi yolgʻonchilikdan iborat boʻlgan dunyo siyosatiga tanazzulga yoʻl qoʻymaydi.

Adami murojaatimning ikkinchi sababi shuki: Haqsizlikni haq deb hisoblagan odamlarga qarshi haq da'vo etish, haqqa bir navi haqsizlikdir. Bu navdagi haqsizlikni irtikob etishni istamayman.

Uchinchi Savolingiz: Dunyoning siyosatiga qarshi nima uchun bu qadar loqaydsan? Bu qadar sofahati olamga qarshi hech parvo qilmayapsan? Bu sofahatni yoqtiryapsanmi? Yoxud qoʻrqayapsanmi, sukut saqlayapsan?

Aljavob: Qur'oni Hakimning xizmati meni shiddatli bir suratda siyosat olamidan man qildi. Hatto uni oʻylashni ham menga unuttirdi. Boʻlmasa, butun sarguzashti hayotim shohidki, haq deb bilgan maslagimda yurishda qoʻrquv qoʻlimni tutib man qilolmagan va qilolmaydi. Ham nima uchun qoʻrquvim boʻlsin? Dunyo bilan ajalimdan boshqa bir aloqam yoʻq. Oʻylaydigan bola-chaqam yoʻq. Oʻylaydigan mol-dunyoim yoʻq. Sharafini oʻylaydigan xonadonim yoʻq. Riyokor bir shuhrati kozibadan iborat boʻlgan shon va sharafi dunyoviyani muhofazaga emas, sindirishga yordam berganga rahmat... Qoldi ajalim. U Xoliqi Zuljalolning qoʻlida. Kimning haddi borki, vaqti kelmay unga qoʻl tekkiza olsin. Zotan izzatli mavtni, zillatli hayotga tarjih etganlardanmiz. Eski Said kabi bir kishi shunday degan:

وَ نَحْنُ اُنَاسٌ لَا تَوَسُّطَ بَيْنَنَا ٭ لَنَا الصَّدْرُ دُونَ الْعَالَم۪ينَ اَوِ الْقَبْرُ
— 39 —

Balki xizmati Qur'on meni hayoti ijtimoiya-i siyosiya-i bashariyani oʻylashdan man qiladi. Shundayki: Hayoti bashariya bir yoʻlovchilikdir. Shu zamonda, Qur'onning nuri bilan koʻrdimki, u yoʻl bir botqoqlikka kirdi. Mulavvas va ufunatli bir balchiq ichida qofila-i bashar yiqilib-turib ketyapti. Bir qismi salomatli bir yoʻlda ketyapti. Bir qismi mumkin qadar balchiqdan, botqoqlikdan qutulish uchun ba'zi vositalarni topgan. Bir qismi aksari oʻsha ufunatli, iflos, balchiqli botqoqlik ichida qorongʻilikda ketyapti. Yuztadan yigirmatasi sarxushlik sababli oʻsha iflos balchiqni mushku ambar deb oʻylab, yuz-koʻziga surtyapti... yiqilib-turib ketyapti, oxiri botib qolyapti. Yuztadan saksoni esa, botqoqlik ekanini anglaydi, ufunatli, iflos ekanini his qiladi... lekin mutahayyirdirlar, salomatli yoʻlni koʻrolmayaptilar.

Xullas, bularga qarshi ikki chora bor:

Birisi: Toʻqmoq bilan oʻsha sarxush yigirmatasini oʻziga keltirish.

Ikkinchisi: Bir nur koʻrsatish bilan mutahayyirlarga salomatli yoʻlni iroa etish.

Men koʻryapmanki; yigirmataga qarshi saksonta odam qoʻliga toʻqmoq olgan. Holbuki u bechora va mutahayyir saksontaga qarshi loyiq shaklda nur koʻrsatilmayapti. Koʻrsatilsa ham; bir qoʻlida ham tayoq, ham nur boʻlgani uchun amniyatsiz boʻlyapti. Mutahayyir odam, "Ajabo, nur bilan meni jalb qilib, toʻqmoq bilan urmoqchimikin?" deb talosh etadi. Hamda ba'zan moneliklar bilan toʻqmoq singan vaqt, nur ham uchadi yoki soʻnadi.

Xullas oʻsha botqoqlik, gʻaflatkorona va zalolat-pesha safihona hayoti ijtimoiya-i bashariyadir. U sarxushlar, zalolat bilan talazzuz etgan mutamarridlardir. U mutahayyir boʻlganlar, zalolatdan nafrat qilganlar, faqat chiqolmayaptilar; qutulishni istaydilar, yoʻl topolmayaptilar.. mutahayyir insonlardir. U toʻqmoqlar esa, siyosat jarayonlaridir. U nurlar esa, haqoiqi Qur'oniyadir. Nurga qarshi kurashilmaydi, unga qarshi adovat qilinmaydi. Yolgʻiz shaytoni rojimdan boshqa undan nafratlangan yoʻq. Xullas, men ham nuri Qur'onni qoʻlda tutish uchun "A'uzu billahi minashshaytoni va-s siyosa" deya, siyosat toʻqmogʻini tashlab, ikki qoʻlim bilan nurga yopishdim. Koʻrdimki: Siyosat jarayonlarida muvofiqda ham, muxolifda ham u nurlarning oshiqlari bor. Barcha siyosat jarayonlaridan va tarafkashliklardan juda ustun va ularning gʻarazkorona oʻy-fikrlaridan mubarro va sof maqomda berilgan darsi Qur'on va koʻrsatilgan anvori Qur'oniyadan hech bir taraf va hech bir qism chekinmasligi va ittihom etmasligi kerak. Magar, dinsizlikni va zindiqoni siyosat deb oʻylab, unga tarafkashlik qilgan inson suratidagi shaytonlardan yoki bashar qiyofasidagi hayvonlardan boʻlmasa...

Alhamdulilloh, siyosatdan tajarrud sababi bilan, Qur'onning olmos kabi haqiqatlarini siyosiy tashviqot ittihomi ostida shisha parchalarining qiymatiga tushirmadim. Balki borgan sari u olmoslar qiymatlarini har toifaning nazarida porloq bir tarzda ziyodalashtiryaptilar.

﴿ اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ الَّذ۪ى هَدٰينَا لِهٰذَا وَمَا كُنَّا لِنَهْتَدِىَ لَوْلَٓا اَنْ هَدٰينَا اللّٰهُ لَقَدْ جَٓاءَتْ رُسُلُ رَبِّنَا بِالْحَقِّ ﴾
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy