Haqiqat Urugʻlari
1- Mariz bir asrning, xasta bir unsurning, aliyl bir a'zoning retsepti; ittibo-i Qur'ondir.
2- Azamatli baxtsiz bir qit'aning, shonli tolesiz bir davlatning, qiymatli sohibsiz bir qavmning retsepti; ittihodi Islomdir.
3- Arzni va barcha nujum va shumusni tasbeh donalari kabi koʻtaradigan va aylantiradigan kuchli bir qoʻlga molik boʻlmagan zot, koinotda da'vo-i xalq va iddi'oyi ijod qilolmaydi. Zero hamma narsa hamma narsa bilan bogʻliqdir.
4- Hashrda barcha zavil arvohning ihyosi; mavt-olud bir navm bilan qishda uvushgan chivinning bahorda ihyo va inshosidan qudratga ogʻir boʻlmaydi. Zero qudrati azaliya zotiya, tagʻayyur eta olmas, ajz taxallul eta olmas, avoiq tadoxul eta olmas. Unda marotib boʻla olmas, hamma narsa unga nisbatan birdir.
5- Chivinning koʻzini xalq etgan, Quyoshni ham u xalq etgan!
6- Burganing me'dasini tanzim etgan, Manzuma-i Shamsiyani ham u tanzim etgan.
7- Koinotning ta'lifida shunday bir i'joz borki; barcha tabiatdagi sabablar, farzi mahol boʻlib muqtadir bittadan foili muxtor boʻlsalar, yana kamoli ajz bilan u i'jozga qarshi sajda qilib
deydilar.
8- Sabablarga ta'siri haqiqiy berilmagan, vahdat va jalol shunday istaydi. Lekin mulk jihatida sabablar dasti qudratga parda boʻlgan, izzat va azamat shunday istaydi. Toki nazari zohiriyda dasti qudrat mulk jihatidagi umuri xasisa bilan mubashir koʻrinmasin.
9- Mahalli taalluqi qudrat boʻlgan hamma narsadagi malakutiyat jihati shaffofdir, nazihdir.
10- Olami shahodat avolim-ul gʻuyub ustida tantanali pardadir.
11- Bir nuqtani aynan oʻrnida ijod etish uchun butun koinotni ijod etadigan bir qudrati gʻayri mutanohiy lozim. Zero shu kitobi kabiri koinotning har bir harfining, xususan zihayot har bir harfining har bir jumlasiga mutavajjih bittadan yuzi, nozir bittadan koʻzi bor.
12- Mashhur voqe'a bor: Odamlar hiloli iydga qarashdi. Lekin hech kim hech narsa koʻrmadi. Keksa odam qasam bilan "Hilolni koʻrdim!" dedi. Holbuki koʻrgani hilol emas, kiprigining taqavvus etgan bir oq qili edi. U qil qayerda? Qamar qayerda? Harakoti zarrot qayerda? Foili tashkili anvo' qayerda?
13- Tabiat bamisoli bir matbaadir, tabi' emas; naqshdir, naqqosh emas; qobildir, foil emas; mistardir, masdar emas; nizomdir, nozim emas; qonundir, qudrat emas; shariati irodiyadir, haqiqati xorijiya emas!
14- Fitrati zishuur boʻlgan vijdondagi injizob va jazba, bir haqiqati jozibadorning jazbasi bilan boʻladi.
15- Fitrat yolgʻon gapirmaydi. Bir danakdagi mayaloni numuvv: "Men unib chiqaman, meva beraman", deydi. Rost aytadi. Tuxumda bir mayaloni hayot bor. Deydi: "Joʻja boʻlaman". Biiznilloh boʻladi. Rost aytadi. Bir hovuch suv mayaloni injimod bilan: "Koʻproq joy egallayman", deydi. Metin temir uni yolgʻonga chiqarolmaydi; soʻzining toʻgʻriligi temirni parchalaydi. Shu mayalonlar, irodadan kelgan avomiri takviniyaning tajalliylari, jilvalaridir.
16- Chumolini amirsiz, arini ya'subsiz qoldirmagan qudrati azaliya; albatta basharni nabiysiz qoldirmaydi. Olami shahodatdagi insonlarga inshiqoqi Qamar, bir moʻ'jiza-i Ahmadiya (S.A.V.) boʻlgani kabi, me'roj ham olami malakutdagi maloika va ruhoniyotga qarshi bir moʻ'jiza-i kubro-i Ahmadiya boʻlib; nubuvvatning valoyati bu karomati bahira bilan isbot etilgan va oʻsha taniqli kishi chaqmoq va Qamar kabi malakutda shu'la-fashon boʻlgan.
17- Kalima-i shahodatning ikki kalomi bir-biriga shohiddir. Birinchisi ikkinchisiga burhoni limmiydir; ikkinchisi birinchisiga burhoni inniydir.
18- Hayot, kasratda bir tur tajalli-i vahdatdir. Shuning uchun ittihodga chorlaydi. Hayot bir narsani hamma narsaga molik qiladi.
19- Ruh, qonuni zivujudi xorijiydir, nomusi zishuurdir. Sobit va doimiy fitriy qonunlar kabi, ruh ham olami amrdan, sifati irodadan kelgan, qudrat unga vujudi hissiy kiydirgan. Bir sayyola-i latifani u gavharga sadaf qilgan. Mavjud ruh, ma'qul qonunning qardoshidir. Ikkisi ham doimiy, ham olami amrdan kelganlar. Agar navlardagi qonunlarga qudrati azaliya bir vujudi xorijiy kiydirsaydi, ruh boʻlardi. Agar ruh vujudni chiqarsa, shuurni boshidan tushirsa, yana loyamut bir qonun boʻlardi.
20- Ziyo bilan mavjudot koʻrinadi, hayot bilan mavjudotning borligi bilinadi. Har biri bittadan kashshofdir.
21- Nasroniyat yo intifo yoki istifo etib Islomiyatga qarshi tarki siloh etadi. Nasroniyat bir necha marta yirtildi, protestantlikka keldi. Protestantlik ham yirtildi, tavhidga yaqinlashdi. Takror yirtilishga tayyorlanyapti. Yo intifo topib soʻnadi yoki haqiqiy Nasroniyatning asosini jome' haqoiqi Islomiyani qarshisida koʻradi, taslim boʻladi.
Shu sirri azimga Hazrat Paygʻambar Alayhissalotu Vassalom ishorat qilganlarki: "Hazrat Iso nozil boʻlib keladi, ummatimdan boʻladi, shariatim bilan amal qiladi".
22- Jumhuri avomni burhondan ziyoda ma'hazdagi qudsiyat imtisolga yoʻllaydi.
23- Shariatning yuzdan toʻqsoni -zaruriyot va musallamoti diniya- bittadan olmos ustundir. Masoili ijtihodiya-i xilofiya, yuzdan oʻndir. Toʻqson olmos ustun oʻn oltinning himoyasiga berilmaydi. Kitoblar va ijtihodlar Qur'onga durbin boʻlishi kerak, oyna boʻlishi kerak; soya va vakil boʻlmasligi kerak.
24- Har musta'id; nafsi uchun ijtihod qilishi mumkin, tashri' etolmaydi.
25- Bir fikrga da'vat, jumhuri ulamoning qabuliga vobastadir. Boʻlmasa da'vat bid'atdir, rad qilinadi.
26- Inson fitratan mukarram boʻlgani uchun, haqni izlaydi. Ba'zan botil qoʻliga keladi; haq deb oʻylab qoʻynida saqlaydi. Haqiqatni qazar ekan, ixtiyorsiz zalolat boshiga tushadi; haqiqat deb oʻylab boshiga kiydiradi.
27- Biri-biridan ashaff va altaf, qudratning koʻp oynalari bor; suvdan havoga, havodan efirga, efirdan olami misolga, olami misoldan olami arvohga, hatto zamonga, fikrga tanavvu' etadi. Havo oynasida bir kalima millionlab kalimot boʻladi. Qalami qudrat, shu sirri tanosulni ajib istinsoh etadi. In'ikos, yo huviyatni yoki huviyat bilan mohiyatni saqlaydi. Kasifning timsollari bittadan mayyiti mutaharrikdir. Bir ruhi nuroniyning oynalaridagi timsollari, bittadan hayyi murtabitdir; ayni boʻlmasa ham, gʻayri ham emas!
28- Shams harakati mihraviyasi bilan silkinsa, mevalari toʻkilmaydi; silkinmasa, yemishlari boʻlgan sayyorot tushib tarqaladi.
29- Nuri fikr, ziyo-i qalb bilan yorishib mazj boʻlmasa, zulmatdir, zulm joʻsh uradi. Koʻzning muzlim nahori abyozi, muzii {(Hoshiya) Maoli: Koʻzning kunduzga oʻxshagan oqi, kechaga oʻxshagan qoraligi bilan birga boʻlmasa, koʻz koʻz boʻlmaydi.} layla-i suvaydo bilan mazj boʻlmasa, basarsiz boʻlgani kabi, fikrati bayzoda suvaydo-i qalb boʻlmasa, basiratsizdir.
30- Ilmda iz'oni qalb boʻlmasa, jahldir. Iltizom boshqa, e'tiqod boshqadir.
31- Botil narsalarni yaxshigina tasvirlash, sof zehnlarni izloldir.
32- Olimi murshid qoʻy boʻlishi kerak; qush boʻlmasligi kerak. Qoʻy qoʻzisiga sut; qush bolasiga qayt beradi.
33- Bir narsaning vujudi, barcha ajzosining vujudiga vobastadir. Adami esa, bir juzining adami bilan boʻlgani uchun; zaif odam iqtidorini koʻrsatish uchun taxrib tarafdori boʻladi, musbat oʻrniga manfiy tarzda harakat qiladi.
34- Dasotiri hikmat, navomisi hukumat bilan; qavonini haq, ravobiti quvvat bilan imtizoj etmasa, jumhuri avomda musmir boʻlolmaydi.
35- Zulm boshiga adolat kulohini oʻtkazgan; xiyonat hamiyat libosini kiygan; jihodga bagʻy ismi taqilgan; asoratga hurriyat nomi berilgan. Azdod suratlarini mubodala etgan!
36- Manfaat ustida aylangan siyosat, jonivordir!
37- Och jonivorga qarshi tahabbub; marhamatini emas, ishtahasini ochadi. Hamda tish va tirnogʻining kirosini ham istaydi.
38- Zamon koʻrsatdiki: Jannat arzon emas, Jahannam ham luzumsiz emas.
39- Dunyoda xoslar deb tanilgan insonlardagi maziyat, sababi tavozu va mahviyat ekan; tahakkum va takabburga sabab boʻlgan. Kambagʻallarning ojizligi, avomning faqirligi sababi marhamat va ehson ekan; asorat va mahkumiyatlariga munjar boʻlgan.
40- Bir narsada mahosin va sharaf hosil boʻlgan sari, xoslarga peshkash qiladilar; sayyiot boʻlsa, avomga taqsim qiladilar.
41- Gʻoya-i xayol boʻlmasa yoxud nisyon yoki tanosiy etilsa; azhon analarga aylanib atrofida aylanadi.
42- Barcha ixtilolot va fasodning asl ma'dani va barcha axloqi razilaning muharrik va manbai ikki kalimadan iborat:
Birinchi Kalima: "Men toʻq boʻlsam, boshqalar ochlikdan oʻlsa, menga nima!"
Ikkinchi Kalima: "Istirohatim uchun zahmat chek; sen ishla, men yey".
Birinchi kalimaning ildizini kesadigan yagona davosi bor, u ham vujubi zakotdir.
Ikkinchi kalimaning davosi, hurmati ribodir. Adolati Qur'oniya olam eshigida turib, riboga: "Mumkin emas, kirishga haqqing yoʻq!" deydi. Bashar bu amrni tinglamadi, katta ta'zir yedi. Yanada mudhishini yemasdan, quloq solishi kerak!..
43- Davlatlar, millatlar muhorabasi; tabaqoti bashar muhorabasiga tarki mavqe etyapti. Zero bashar asir boʻlishni istamagani kabi, ajir boʻlishni ham istamaydi.
44- Tariqi gʻayri mashru' bilan bir maqsadni ta'qib etgan, koʻpincha maqsudining ziddi bilan jazo koʻradi. Ovrupa muhabbati kabi gʻayri mashru' muhabbat oqibatining mukofotlari, mahbubning gʻaddorona adovatidir.
45- Moziyga, masoibga qadar nazari bilan va mustaqbalga, ma'osiyga taklif nuqtasida qarash lozim. Jabr va I'tizol bu yerda kelishadilar.
46- Chorasi boʻlgan narsada ajzga, chorasi boʻlmagan narsada jaz'ga iltijo qilmaslik kerak.
47- Hayotning yarasi iltiyom topadi. Izzati Islomiyaning va nomusning va izzati milliyaning yaralari juda chuqurdir.
48- Shunday payt boʻladiki; bir kalima bir qoʻshinni xarob qiladi, bir oʻq oʻttiz millionning mahv boʻlishiga sabab boʻladi. {(Hoshiya) Bir serb askarining Avstriya Valiaxdiga otgan bir oʻqi; eski harbi umumiyni portlatdi, oʻttiz million nufusning mahv boʻlishiga sabab boʻldi.} Shunday sharoitda; kichik bir harakat insonni a'loyi illiyinga chiqaradi va shunday hol boʻladiki; kichik bir fe'l insonni asfali sofiliynga tushiradi.
49- Bir dona sidq bir xirmon yolgʻonni yoqadi. Bir dona haqiqat bir xirmon xayolotga murajjahdir.
Har soʻzing toʻgʻri boʻlishi kerak; lekin har toʻgʻrini aytish, toʻgʻri emas.
50- Goʻzal koʻrgan goʻzal fikrlaydi. Goʻzal fikrlagan, hayotidan lazzat oladi.
51- Insonlarni jonlantirgan umiddir; oʻldiruvchi umidsizlikdir.
52- Qadimdan beri i'loyi Kalimatulloh va baqo-i istiqloliyati Islom uchun farzi kifoya-i jihodni boʻyniga olish bilan oʻzini yakvujud boʻlgan olami Islomga fido qilishga vazifador va xilofatga bayroqdor koʻrgan bu davlati Islomiyaning falokati; olami Islomning saodat va hurriyati mustaqbalasi bilan talofiy etiladi. Zero shu musibat, moya-i hayotimiz boʻlgan uxuvvati Islomiyaning inkishofini horiquloda ta'jil etdi.
53- Xristianlikning moli boʻlmagan mahosini madaniyatni unga mol qilish va Islomiyatning dushmani boʻlgan tadanniyni unga doʻst koʻrsatish, falakning teskari aylanishiga dalildir.
54- Ustini kir qoplagan mislsiz olmos doim mujallo shishadan murajjahdir.
55- Hamma narsani moddada qidirganlarning aqllari koʻzlaridadir, koʻz esa ma'naviyatda koʻrdir.
56- Majoz ilmning qoʻlidan jahlning qoʻliga tushsa, haqiqatga inqilob qiladi; xurofotga eshik ochadi.
57- Ehsoni Ilohiydan ortiq ehson, ehson emas. Hamma narsani boricha tavsif etish kerak.
58- Shuhrat, insonning moli boʻlmaganni ham insonga mol qiladi.
59- Hadis, ma'dani hayot va mulhimi haqiqatdir.
60- Ihyo-i din, ihyo-i millatdir. Hayoti din, nuri hayotdir.
61- Navi basharga rahmat boʻlgan Qur'on; faqat umumning, loaqal aksariyatning saodatini tazammun etgan madaniyatni qabul qiladi. Madaniyati hozira besh manfiy asos ustiga taassus etgan:
1- Nuqta-i istinodi, quvvatdir. U esa, sha'ni tajovuzdir.
2- Hadafi qasdi, manfaatdir. U esa, sha'ni, tazohumdir.
3- Hayotda dasturi, jidoldir. U esa, sha'ni, tanozu'dir.
4- Jamoatlar mobaynidagi robitasi, boshqani yutish bilan oziqlanuvchi unsuriyat va manfiy milliyatdir. U esa, sha'ni mudhish tasodumdir.
5- Jozibador xizmati, havo va havasni tashji' va orzularini qondirishdir. U havo esa, insonning masxi ma'naviysiga sababdir.
Shariati Ahmadiya (S.A.V.) tazammun etgan va amr etgan madaniyat: Nuqta-i istinodi, quvvat oʻrniga haq boʻlib; sha'ni adolat va tavozundir. Hadafi, manfaat oʻrniga fazilat boʻlib, sha'ni muhabbat va tajozubdir. Jihat-ul vahdat esa, unsuriyat va milliyat oʻrniga, robita-i diniy va vataniy va sinfiy boʻlib; sha'ni samimiy uxuvvat va musolamat va xorijning tajovuziga qarshi faqat tadofu'dir. Hayotda dasturi jidol oʻrniga dasturi taovun boʻlib; sha'ni ittihod va tasonuddir. Havo oʻrniga huda boʻlib, sha'ni insoniyatan taraqqiy va ruhan takomuldir.
Mavjudiyatimizning homiysi boʻlgan Islomiyatdan qoʻlingni tortma, toʻrt qoʻl bilan yopish, boʻlmasa mahv boʻlasan.
62- Musibati omma, aksariyatning xatosidan tarattub etadi. Musibat; jinoyatning natijasi, mukofotning muqaddimasidir.
63- Shahid oʻzini hayy deb biladi. Fido qilgan hayotini sakarotni totmagani uchun, gʻayri munkati' va boqiy holda koʻradi. Lekin yanada nazih deb biladi.
64- Adolati mahza-i Qur'oniya; bir ma'sumning hayotini va qonini, hatto umum bashar uchun boʻlsa ham, hadar etmaydi. Ikkisi nazari qudratda bir boʻlgani kabi, nazari adolatda ham birdir. Xudgamlik bilan, shunday inson boʻlib; ehtirosiga mone hamma narsani, hatto qoʻlidan kelsa, dunyoni xarob va navi basharni mahv etishni istaydi.
65- Xavf va za'f, ta'siroti xorijiyani tashji' etadi.
66- Muhaqqaq foyda mavhum mazarrotga fido qilinmaydi.
67- Hozirgi Istanbulning siyosati, Ispanyol xastaligi kabi bir xastalikdir.
68- Telba odamga "Yaxshisan, yaxshisan" deyilsa yaxshilanishi, yaxshi odamga "yomonsan, yomonsan" deyilsa yomonlashishi nodir emas.
69- Dushmanning dushmani, dushman qolguncha doʻstdir; dushmanning doʻsti, doʻst qolguncha dushmandir.
70- Inodning ishi; shayton biriga yordam bersa; "Malak" deydi, rahmat aytadi; muxolifida malak koʻrsa, "libosini oʻzgartirgan shayton" deydi, la'nat aytadi.
71- Bir dardning darmoni, boshqa dardga zahar boʻlishi mumkin. Bir darmon haddidan oshsa, dard keltiradi.
72-
73. Jamoatda vohidi sahih boʻlmasa, qoʻshish va orttirish, kasrda koʻpaytirish kabi kichraytiradi.
{(Hoshiya) Hisobda ma'lumki; koʻpaytirish va qoʻshish sonlarni ziyodalashtiradi. Toʻrt karra toʻrt, oʻn olti boʻladi. Faqat kasrlarda koʻpaytirish va qoʻshish, aksincha kichraytiradi. Sulusni sulus bilan koʻpaytirish, tusu' boʻladi; ya'ni, toʻqqizdan bir boʻladi. Aynan shuning kabi, insonlarda sihat va istiqomat bilan vahdat boʻlmasa; koʻpaygan sari kichrayadi, buzuq boʻladi, qiymatsiz boʻladi.}
74. Adami qabul, qabuli adam bilan iltibos etiladi. Adami qabul; adami dalili subut, uning dalilidir. Qabuli adam, dalili adam istaydi. Biri shak, biri inkordir.
75- Iymoniy masalalarda shubha bir dalilni, hatto yuz dalilni otsa ham, madlulga iyrosi zarar qilolmaydi. Chunki minglab dalil bor.
76- Savodi a'zamga ittibo etish kerak. Aksariyatga va savodi a'zamga tayangan vaqti, loqayd Ummaviylik oxiri Ahli Sunnat jamoatiga kirdi. Son jihatidan kam boʻlgan salobatli Alaviylik eng oxiri oz bir qismi Rofiziylikka tayandi.
77- Haqda ittifoq, ahaqda ixtilof boʻlganidan, ba'zan haq ahaqdan ahaqdir; hasan ahsandan ahsandir. Har kim oʻz maslagini "Huva haq" deyishi kerak, "Huval haq" demasligi kerak. Yoki "Huva hasan" deyishi kerak, "Huval hasan" demasligi kerak.
78- Jannat boʻlmasa, Jahannam ta'zib etmaydi.
79- Zamon keksaygan sari, Qur'on yosharib boryapti; rumuzi tavazzuh etyapti. Nur nor koʻringani kabi; ba'zan shiddati balogʻat ham mubolagʻa koʻrinadi.
80- Haroratdagi marotib, burudatning taxalluli bilandir; husndagi darajot, qubhning tadoxuli bilandir. Qudrati Azaliya zotiyadir, lozimadir, zaruriyadir; ajz taxallul etolmaydi, marotib boʻlolmaydi, hamma narsa unga nisbatan musoviydir.
81- Shamsning fayzi tajalliysi boʻlgan timsoli, dengizning sathida va dengizning qatrasida ayni huviyatni koʻrsatadi.
82- Hayot, jilva-i tavhiddandir, muntahosi ham vahdat kasb etadi.
83- Insonlarda valiy, Jumada daqiqa-i ijoba, Ramazonda Layla-i Qadr, Asmo-i Husnada Ismi A'zam, umrda ajal majhul qolar ekan; boshqa afrod ham qiymatdor qoladi, ahamiyat beriladi. Yigirma yillik mubham bir umr oxiri muayyan ming yillik umrdan murajjahdir.
84- Dunyoda ma'siyatning oqibati, i'qobi uxroviyga dalildir.
85- Rizq, hayot qadar qudrat nazarida ahamiyatlidir. Qudrat chiqaradi, qadar kiydiradi, inoyat oziqlantiradi. Hayot; muhassali mazbutdir, koʻrinadi. Rizq; gʻayri muhassal, tadrijiy muntashirdir, oʻylatadi. Ochlikdan oʻlish yoʻq. Zero badanda shahm va boshqa koʻrinishda iddixor boʻlgan gʻido tugamasdan avval oʻladi. Demak, tarki odatdan nash'at etgan maraz oʻldiradi; rizqsizlik emas.
86- Akl-ul lahm yirtqichlarning halol rizqlari, hayvonotning hadsiz janozalaridir; ham roʻyi zaminni tozalaydilar, ham rizqlarini topadilar.
87- Bir luqma bir kurush, boshqa bir luqma oʻn kurush. Ogʻizga kirmasdan va tomoqdan oʻtgandan keyin birdirlar. Faqat bir necha soniya ogʻizda bir farq bor. Mufattish va darvozabon boʻlgan quvva-i zoiqani taltif va mamnun etish uchun birdan oʻnga ketish, isrofning eng safihidir.
88- Lazoiz chaqirgan sari, "yegandek boʻldim" deyish kerak. "Yegandek boʻldim"ni dastur qilgan odam; "Yegandek boʻldim" nomli bir masjidni yeyishi mumkin edi, yemadi.
89- Avvallari aksar musulmonlar och emas edi, taraffuhga ixtiyor bor edi. Hozir esa och, talazzuzga ixtiyor yoʻq!
90- Muvaqqat lazzatdan ziyoda muvaqqat alamga tabassum qilish kerak; xush kelding deyish kerak. Oʻtib ketgan lazoiz "eh afsus" dediradi. "Eh!" mustatir alamning tarjimonidir. Oʻtgan alom "oh!" dediradi. U "Oh!" muzmar bir lazzat va ne'matning muxbiridir.
91- Nisyon ham bir ne'matdir. Faqat har kunning alamlarni chektiradi, mutarokimni unuttiradi.
92- Daraja-i harorat kabi, har bir musibatda bir daraja-i ne'mat bor. Yanada kattasini oʻylab, kichikdagi daraja-i ne'matni koʻrib, Allohga shukr qilishi kerak! Boʻlmasa isti'zom bilan puflansa, shishadi; maroq etilsa, ikkilashadi; qalbdagi misoli, xayoli haqiqatga inqilob etadi.. u ham qalbni kaltaklaydi.
93- Har bir odamga, hay'ati ijtimoiyada koʻrish va koʻrinish uchun martaba deyilgan derazasi bor. U deraza qomati qiymatidan yuksak boʻlsa, takabbur bilan tatovul etadi; agar qomati qiymatidan past boʻlsa, tavozu bilan taqavvus etadi va egiladi... toki, oʻsha saviyada koʻrsin va koʻrinsin. Insonda buyuklikning miqyosi; kichiklikdir, ya'ni tavozudir. Kichiklikning mezoni; buyuklikdir, ya'ni takabburdir.
94- Zaifning qoviyga qarshi izzati nafsi, qoviyda takabbur boʻladi; qoviyning zaifga qarshi tavozui, zaifda talazzuz boʻladi. Bir ulul amrning maqomidagi jiddiyati viqordir; mahviyati, zillatdir.. xonasidagi jiddiyati, kibrdir; mahviyati tavozudir. Shaxs mutakallimi vahda boʻlsa, musomahasi va fidokorligi amali solihdir; mutakallimi ma'algʻayr boʻlsa, xiyonatdir, amali tolihdir. Bir shaxs oʻz nomidan hazmi nafs qiladi, tafoxur qilolmaydi; millat nomidan tafoxur qiladi, hazmi nafs qilolmaydi.
95- Tartibi muqaddamotda "tafviz" tanballikdir; tarattubi natijada tavakkaldir. Samara-i sa'yingga va qismatingga rizo; qanoatdir, mayli sa'yni quvvatlantiradi. Boriga iktifo, duni himmatlikdir.
96- Avomiri shar'iyaga qarshi itoat va isyon boʻlgani kabi, avomiri takviniyaga qarshi ham itoat va isyon bor. Birinchisida mukofot va mujozotning aksari oxiratda; ikkinchisinikining, agʻlabi dunyoda beriladi. Masalan: Sabrning mukofoti zafardir, atolatning mujozoti safolatdir, sa'yning savobi sarvatdir, sabotning mukofoti gʻalabadir. Musavotsiz adolat, adolat emas.
97- Tamosul tazodning sababi, tanosub tasonudning asosi, sigʻari nafs takabburning manbai, za'f gʻururning ma'dani, ajz muxolafatning mansha'i, maroq ilmning ustozidir!
98- Qudrati Fotira ehtiyoj bilan, xususan ochlik ehtiyoji bilan, boshda inson butun hayvonotni jilovlab, nizomga solgan. Ham olamni harju-marjdan xalos qilib, ham ehtiyojni madaniyatga ustoz qilib, taraqqiyotni ta'min etgan!
99- Siqilish, safohatning muallimidir. Ya's, zalolati fikrning, zulmati qalb, ruh siqilishining manbaidir.
100-
Bir majlisi ixvonga goʻzal bir ayol kirsa; riyo, raqobat, hasad tuygʻusi intiboh etadi. Demak, inkishofi nisvondan, madaniy basharda axloqi sayyia inkishof etadi.
101- Basharning hozirgi sayyiot-olud dargʻazab ruhida mutabassim kichik janozalar boʻlgan suratlarning roli ahamiyatlidir.
102- Mamnu' haykal; yo bir zulmi mutahajjir, yo bir havasi mutajassim yoki bir riyo-i mutajassiddir.
103- Islomiyatning musallamotini tamoman imtisol etsa, bihaqqin doira-i dohiliga kirgan zotda; mayl-ut tavsi', mayl-ut takammuldir. Loqaydlik bilan xorijda sanalgan zotda mayl-ut tavsi', mayl-ut taxribdir. Boʻron va zilzila paytida; ijtihod eshigini ochish tugul, balki derazalarini ham berkitish foydadir. Laubalilar ruxsatlar bilan erkalanmaydi; azimatlar bilan, shiddat bilan iqoz etiladi.
104- Bechora haqiqatlar, qiymatsiz qoʻllarda qiymatsiz boʻladi.
105- Kuramiz hayvonga oʻxshaydi, osori hayot koʻrsatadi. Ajabo, tuxum qadar kichraysa, bir navi hayvon boʻlmaydimi? Yoki bir mikrob kuramiz qadar kattalashsa, unga oʻxshamaydimi? Hayoti boʻlsa, ruhi ham bor. Olam inson qadar kichraysa, yulduzlari zarrot va javohiri fardiya hukmiga oʻtsa; u ham bir hayvoni zishuur boʻlmaydimi? Allohning bundayin koʻp hayvonlari bor.
106- Shariat ikki xildir:
Birinchisi: Olami asgʻar boʻlgan insonning af'ol va ahvolini tanzim etgan va sifati kalomdan kelgan biz bilgan shariatdir.
Ikkinchisi: Insoni akbar boʻlgan olamning harakot va sakanotini tanzim etgan, sifati irodadan kelgan shariati kubro-i fitriyadirki; ba'zan yanglish oʻlaroq tabiat deb nomlanadi. Maloika bir ummati azimadirki, sifati irodadan kelgan va shariati fitriya deyilgan avomiri takviniyasining hamalasi va mumassili va mutamassillaridir.
107-
108- Moddiyunlik ma'naviy vabo boʻlib, basharga bu mudhish bezgakni tuttirdi, gʻazabi Ilohiyga duchor qildi. Talqin va tanqid qobiliyati tavassu' etgan sari, u vabo ham tavassu' etadi.
109- Eng badbaxt, eng muztarib, eng muammoli; ishsiz odamdir. Zero atolat adamning jiyanidir; sa'y, vujudning hayoti va hayotning yaqazosidir.
110- Riboning idish va eshiklari boʻlgan banklarning foydasi; basharning yomoni boʻlgan gʻavurlarga va ularning eng zolimlariga va bularning eng safihlarigadir. Olami Islomga zarari mutlaqdir; mutlaq basharning rafohi nazarga olinmaydi. Chunki gʻavur harbiy va mutajoviz boʻlsa, hurmati yoq va ismatsizdir.
111- Jumada xutba; zaruriyot va musallamotni tazkirdir, nazariyotni ta'lim emasdir. Ibora-i Arabiya yanada uyviy ixtor etadi. Hadis bilan oyat muvonaza qilinsa, koʻrinadiki; basharning eng baligʻi ham oyatning balogʻatiga yetisholmaydi, unga oʻxshamaydi.