Maktublar
— 340 —

Ishoroti Gʻaybiya haqida bir taqriz

[Imom Ali Roziyallohu Anhning Risola-i Nur haqida ixbori gʻaybiysidan bir parcha boʻlgan bu qism; Sikka-i Tasdiqi Gʻaybiy Majmuasida kiritilgan Ishoroti Qur'oniya va uch karomati Alaviya va Karomati Gʻavsiya risolalari bilan birlikda, ahli vuquflarning taqdirkor raportlariga tayangan holda, mahkamalar tomonidan sohiblariga qaytarib berilgan.

Imom Alining (R.A.) Jaljalutiyada Risola-i Nur haqidagi uch karomatidan bir karomatining sakkiz ramzidan Yettinchi va Sakkizinchi Ramzning bir parchasidir. Sikka-i Tasdiqi Gʻaybiy Majmuasining bir yuz yigirma beshinchi sahifasidan bir yuz oʻttizinchi sahifasiga qadar boʻlgan qismida kirgizilgan.]

Yettinchi Ramz: Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anh qandayki

وَ بِالْاٰيَةِ الْكُبْرٰى اَمِنّ۪ى مِنَ الْفَجَتْ
وَ بِحَقِّ فَقَجٍ مَعَ مَخْمَةٍ يَا اِلٰهَنَا
وَ بِاَسْمَائِكَ الْحُسْنٰى اَجِرْن۪ى مِنَ الشَّتَتْ
حُرُوفٌ لِبَهْرَامٍ عَلَتْ وَ تَشَامَخَتْ
وَ اسْمُ عَصَا مُوسٰى بِهِ الظُّلْمَةُ انْجَلَتْ

deya birinchi fikrasi bilan Yettinchi Shuaga ishorat etgan; shuning kabi: Ayni fikra bilan oliy bir tafakkurnoma va tavhidga doir yuksak bir ma'rifatnoma nomli boʻlgan Yigirma Toʻqqizinchi Arabcha Lam'aga ham ishorat qiladi. Ikkinchi fikrasi bilan Ismi A'zam va Sakina deyilgan Asmo-i Sitta-i Mashhuraning haqiqatlarini gʻoyat oliy bir tarzda bayon va isbot qilgan va Yigirma Toʻqqizinchi Lam'ani taqib qilgan Oʻttizinchi Lam'a nomli Olti Nukta-i Asmo Risolasiga بِاَسْمَائِكَ الْحُسْنٰى اَجِرْن۪ى مِنَ الشَّتَتْ jumlasi bilan ishorat qilganidan; soʻngra orqasida Risola-i Asmoni ta'qib etgan Oʻttiz Birinchi Lam'aning Birinchi Shuasi boʻlib, oʻttiz uch oyati Qur'oniyaning Risola-i Nurga ishorotini qayd etib, hisobi jifriy munosabati bilan, boshdan oxirigacha Ilmi Huruf Risolasi kabi koʻringan va bir moʻ'jiza-i Qur'oniya hukmida boʻlgan risolaga

حُرُوفٌ لِبَهْرَامٍ عَلَتْ وَ تَشَامَخَتْ

kalimasi bilan ishorat qilib, ortidan

وَ اسْمُ عَصَا مُوسٰى بِهِ الظُّلْمَةُ انْجَلَتْ

kalomi bilan ham Risola-i Hurufiyani ta'qib etgan va Al-Oyat-ul Kubrodan va boshqa Rasoili Nuriyadan tarakkub etgan va Asoyi Muso nomini olgan va Asoyi Muso kabi zalolatning va shirkning sehrlarini yoʻqotgan Risola-i Nurning hozircha eng soʻnggi va oxir risolasiga Asoyi Muso nomini berib ishorat qilib, ma'naviy zulmatlarni tarqatishini xushxabar beryapti. Darhaqiqat, وَ بِالْاٰيَةِ الْكُبْرٰى kalimasi bilan Yettinchi Shuaga ishorati quvvatli ishoratlar bilan isbot qilingani kabi; ayni kalima boshqa bir ma'no bilan alhaq Risola-i Nurning oyati kubrosi hukmida va aksar risolalarning ruhlarini jam etgan va Arabiy Yigirma Toʻqqizinchi Lam'aga bu kalom "mustatba'ot-ut tarokib" qoidasi bilan unga qaraydi, afrodiga dohil etadi. Shunday ekan; Hazrat Imom Ali Roziyallohu anhu ham bu fikradan unga qarab ishorat qiladi deya olamiz. Ham boshqa ishorotning alomati bilan, ham Maktubotdan soʻngra Lam'alarga boshqa bir tarzi ibora bilan ishorat qilib; Lam'alarning eng porlogʻining ta'lifi, dahshatli bir zamonda va hibs va i'domdan qutulish va amniyat va salomat topish uchun, ma'no-i majoziy va mafhumi ishoriy bilan Hazrat Ali Roziyallohu Anh oʻz lisonini buyuk tahlikalarda boʻlgan muallifning hisobiga iste'mol etib;

وَ بِالْاٰيَةِ الْكُبْرٰى اَمِنّ۪ى مِنَ الْفَجَتْ

ya'ni: "Ey Robbim! Meni qutqar. Omonlik va amniyat ber!" deya duo qilgani, aynan Eskishahar qamoqxonasida i'dom va uzun hibs tahlikasi ichida ta'lif etilgan Yigirma Toʻqqizinchi Lam'aning va sohibining vaziyatiga tavofuq ishorati bilan, kalom zimniy va ishoriy dalolat etgani uchun Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anh ham unga ishorat qiladi, deya olamiz. Ham Oʻttizinchi Lam'a nomli va olti nuktali Risola-i Asmoga qarab بِاَسْمَائِكَ الْحُسْنٰى deb, boshqa ishorotning alomatlari bilan, ham Yigirma Toʻqqizinchi Lam'aga ta'qib ishorati bilan, ham ikkisining ismda va asmo lafziga tavofuq ishorati bilan, ham tashattuti holga va mashaqqatli bir gʻurbatga va parishoniyatga tushgan muallifni, uning ta'lifining barakasidan tasalli va tahammul topishiga va ma'no-i majoziy jihatida, Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anh lisoni bilan oʻziga duo boʻlgan وَبِاَسْمَائِكَ الْحُسْنٰى اَجِرْن۪ى مِنَ الشَّتَتْ ya'ni "Ismi A'zam boʻlgan u Asmo Risolasining barakasi bilan, meni tashattutdan, parishoniyatdan hifz ayla ey Robbim!" ma'nosi; aynan u risola va sohibining vaziyatiga tavofuq ishorati bilan kalom majoziy dalolat va Imom Ali Roziyallohu Anh esa, gʻaybiy ishorat qiladi, deya olamiz. Ham modomiki Jaljalutiyaning asli vahiy va asrorli va kelasi zamonga qaraydi va gʻaybiy umuri istiqboliyadan xabar beradi va modomiki Qur'on jihatidan bu asr dahshatli va Qur'on hisobi bilan Risola-i Nur bu zulmatli asrda ahamiyatli bir hodisadir. Va modomiki sarohat darajasida koʻp ishorat va alomatlar bilan; Risola-i Nur Jaljalutiyaning ichiga kirgan, eng muhim joyida joylashgan.

— 341 —

Va modomiki Risola-i Nur va parchalari bu mavqega loyiq va Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anhning nazari taqdiriga va tahsiniga va ulardan xabar berishiga layoqatlari va qiymatlari bor. Va modomiki Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anh Sirojinnurdan zohir bir suratda xabar berganidan soʻng, ikkinchi darajada, pardali bir tarzda Soʻzlardan, soʻngra Maktublardan, soʻngra Lam'alardan, risolardagi ayni tartib, ayni maqom, ayni raqam ostida quvvatli ishoratlar koʻrsatgan kalom dalolat va Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anhning ishorat etganini isbot qilgan. Va modomiki boshda

بَدَئْتُ بِبِسْمِ اللّٰهِ رُوح۪ى بِهِ اهْتَدَتْ اِلٰى كَشْفِ اَسْرَارٍ بِبَاطِنِهِ انْطَوَتْ

risolalarning boshi va Birinchi Soʻz boʻlgan Bismilloh Risolasiga qaragani kabi; Qasami Jome'-i Muazzamaning oxirida, risolalarning qismi oxirlari boʻlgan oxirgi Lam'alarga va Shualarga; xususan bir oyati kubro-i tavhid boʻlgan Yigirma Toʻqqizinchi Lam'a-i Horiqo-i Arabiya va Risola-i Asmo-i Sitta va Risola-i Ishoroti Hurufi Qur'oniya va xususan hozircha eng oxirgi Shua va Asoyi Muso kabi zalolatlarning butun ma'naviy sehrlarini yoʻq qila oladigan mohiyatdagi va ma'nodagi Oyat-ul Kubro nomini olgan risola-i horiqoga qarayotgandek bir tarzi ifoda koʻrinyapti. Va modomiki birgina masalada boʻlgan alomatlar va ishoratlar, masalaning vahdati e'tibori bilan bir-biriga quvvat beradi, zaif bir munosabat bilan bir tarashshuh ham manbaiga ilhoq etiladi. Albatta, bu yetti adad asoslarga istinodan deymiz: "Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anh, qandayki mashhur Soʻzlarga tartiblari asosida ishorat qilgan va Maktubotdan bir qismiga va Lam'alardan eng muhimlariga tartib bilan qaragan; shuning kabi:

بِاَسْمَائِكَ الْحُسْنٰى اَجِرْن۪ى مِنَ الشَّتَتْ

jumlasi bilan Oʻttizinchi Lam'aga, ya'ni mustaqil Lam'alarning eng oxirgisi boʻlgan Asmo-i Sitta Risolasiga tahsin etib qarayapti. Va

حُرُوفٌ لِبَهْرَامٍ عَلَتْ وَ تَشَامَخَتْ

kalomi bilan ham Oʻttizinchi Lam'ani ta'qib etgan Ishoroti Hurufi Qur'oniya risolasini taqdir etib, ishorat bilan tasdiq qiladi.

وَ اسْمُ عَصَا مُوسٰى بِهِ الظُّلْمَةُ انْجَلَتْ

kalimasi bilan ham hozircha eng oxirgi risola va tavhid va iymonning qoʻlida asoyi Muso kabi horiqoli, eng kuchli burhon boʻlgan majmua risolasini sanokorona ramzan koʻrsatyotgandek bir tarzi ifodadan qoʻrqmasdan hukm etamizki: Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anh ham Risola-i Nurdan, ham juda ahamiyatli risolalaridan ma'no-i haqiqiy va majoziy bilan; ishoriy va ramziy va imoiy va talvihiy bir suratda xabar beradi. Kimning shubhasi boʻlsa, ishorat qilingan risolalarga bir marta diqqat bilan qarasin. Insofi boʻlsa, shubhasi qolmaydi deb oʻylayman. Bu yerdagi ma'no-i ishoriy va madluli majoziylarga ishoratlarning eng goʻzali va latifi; ayni tartibni muhofaza bilan berilgan ismlarning munosabatidir. Masalan: Yigirma Toʻqqiz va Oʻttiz va Oʻttiz Bir va Oʻttiz Ikki martaba-i ta'dadda Yigirma Toʻqqiz va Oʻttiz va Oʻttiz Bir va Oʻttiz Ikkinchi Soʻzlarga gʻoyat munosib ismlar bilan; boshda Soʻzlarning boshi boʻlgan Birinchi Soʻzga, ayni Basmala sirri bilan va oxirda hozirgi risolalarning oxiriga mohiyatini koʻrsatadigan bittadan loyiq ism berib ishorat qilishi garchi yashirin boʻlsa ham, juda goʻzal va latofatlidir.

Men e'tirof etamanki: Bunday maqbul bir asarning mazhari boʻlish, hech bir jihat bilan u maqomga layoqatim yoʻq. Faqat kichik ahamiyatsiz bir urugʻdan ulkan togʻ kabi bir daraxtni xalq etish; qudrati Ilohiyaning sha'nidan va odatidan va azamatiga dalildir. Men qasam bilan ishontiramanki: Risola-i Nurni maqtashdan maqsadim, Qur'oning haqiqatlarini va iymonning ruknlarini tayid va isbot va nashrdir. Xoliqi Rahimimga yuz minglab shukr boʻlsinki; oʻzimni oʻzimga sevdirmagan, nafsimning ayblarini va qusurlarini menga koʻrsatgan va u nafsi ammorani boshqalarga sevdirish orzusi qolmagan. Qabr eshigida kutgan bir odam orqasidagi foniy dunyoga riyokorona qarashi, achinadigan bir ahmoqlikdir va dahshatli bir xasoratdir. Xullas, bu holati ruhiya bilan yolgʻiz haqoiqi iymoniyaning tarjimoni boʻlgan Risola-i Nurning toʻgʻri va haq boʻlganiga latif bir munosabat bildiraman. Shundayki:

Jaljalutiya, Suryoniy tilida badi' degani va badi' ma'nosidadir. Iboralari badi' boʻlgan Risola-i Nur Jaljalutiyada muhim bir mavqe tutib aksar yerlarida tarashshuhoti koʻringanidan, qasidaning ismi unga qaraydi kabi berilgan. Ham hozir anglayapmanki, eskidan beri mening layoqatim boʻlmagani holda, menga berilgan Badiuzzamon laqabi meniki emas edi; balki Risola-i Nurning ma'naviy bir ismi edi. Zohir bir tarjimoniga a'riyatan va omonatan taqilgan. Hozir u omonat ism haqiqiy sohibiga qaytarib berilgan. Demak, Suryoniy tilida badi' ma'nosida va qasidada takarruriga binoan qasidaga berilgan Jaljalutiya ismi ishoriy bir tarzda bid'at zamonida chiqqan badiulbayon va badiuzzamon boʻlgan Risola-i Nurning; ham ibora, ham ma'no, ham ism nuqtalari bilan badi'ligiga munosabatdorlikni sezdirishiga va bu ism bir parcha unga ham qarashiga va bu ismning musammosida, Risola-i Nur koʻp yer olgani uchun, haq qozonganini taxmin qilaman.

﴿ رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَٓا اِنْ نَس۪ينَٓا اَوْ اَخْطَاْنَا ﴾
— 342 —

Sakkizinchi Ramz:

Savol: Butun qiymatli kitoblar ichida Risola-i Nur Qur'onning ishoratiga va iltifotiga va Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anhning taqdir va tahsiniga va Gʻavsi A'zamning (Q.S.) tavajjuh va tabshiriga vajhi ixtisosi nima? U ikki zotning karomat bilan Risola-i Nurga bu qadar qiymat va ahamiyat berishining hikmati nima?

Aljavob: Ma'lumki, ba'zi paytlar boʻladi, bir daqiqa; bir soat va balki bir kun, balki yillar qadar va bir soat; bir yil, balki bir umr qadar natija beradi va ahamiyatli boʻladi. Masalan: Bir daqiqada shahid boʻlgan bir odam, bir valoyat qozonadi; va sovuqning shiddatidan muzlab qoladigan paytda va dushmanning dahshati hujumida bir soat soqchilik, bir yil ibodat hukmiga oʻtadi. Aynan shuning kabi: Risola-i Nurga berilgan ahamiyat ham, zamonning ahamiyatidan, ham bu asrning shariati Muhammadiyaga (S.A.V.) va shao'iri Ahmadiyaga qilgan taxribotning dahshatidan, ham bu oxirzamonning fitnasidan eski zamondan beri butun ummat istioza etgani uchun, ham oʻsha fitnalarning savlatidan moʻ'minlarning iymonlarini qutqarishi nuqtasidan Risola-i Nur shunday muhimki: Qur'on unga quvvatli ishorat bilan iltifot etgan va Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anh uch karomat bilan unga bashorat bergan va Gʻavsi A'zam (Q.S.) undan karomatkorona xabar berib, tarjimonini tashji' etgan. Ha, bu asrning dahshatiga qarshi taqlidiy boʻlgan e'tiqodning istinod qal'alari buzilgan va uzoqlashgan va pardalangan boʻlganidan; har moʻ'min, bir oʻzi zalolatning jamoat bilan hujumiga muqovamat ettiradigan gʻoyat quvvatli bir iymoni tahqiqiy lozimki, turib bersin. Risola-i Nur bu vazifani; eng dahshatli bir zamonda va eng luzumli nozik bir vaqtda, harkas tushunadigan bir tarzda; haqoiqi Qur'oniya va iymoniyaning eng chuqur va eng yashirinlarini gʻoyat quvvatli burhonlar bilan isbot qilib; u iymoni tahqiqiyni tashigan xolis va sodiq shogirdlari ham, boʻlgan tuman va qishloq va shaharlarida -xizmati iymoniya e'tibori bilan- goʻyo bittadan yashirin qutb kabi, moʻ'minlarning bir bir ma'naviy nuqta-i istinodi boʻlib, bilinmaganlari va koʻrinmaganlari va koʻrishilmaganlari holda, quvva-i ma'naviya-i e'tiqodlari jasur bittadan zobit kabi; ahli iymonning qalblariga quvva-i ma'naviya berib, moʻ'minlarga ma'nan muqovamat va jasorat beradilar.

Agar bir muannid tarafidan: "Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anh bu umum majoziy ma'nolarni iroda qilmagan", deyilsa: aytamiz: Farazan Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anh iroda qilmasa, faqat kalomi dalolat qiladi va ishoratlarning quvvati bilan, ishoriy va zimniy dalolat bilan ma'nolarni ichiga dohil qiladi. Ham modomiki u majoziy ma'no va ishoriy mafhumlar haq, toʻgʻri va voqe'ga mutobiq va bu iltifotga loyiq va ishoratlari quvvatli ekan, albatta Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anhning bunday barcha ishoriy ma'nolarni iroda qiladigan kulliy bir tavajjuhi farazan boʻlmasa; Jaljalutiya vahiy boʻlish jihatidan haqiqiy sohibi, Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anhning ustozi boʻlgan Paygʻambari Zishon Alayhissalotu Vassalamning kulliy tavajjuhi va ustozining Ustozi Zuljalolining ihotali ilmi ularga qaraydi, iroda doirasiga oladi. Bu xususda qat'iy va yaqiyn darajasidagi qanoatimning bir sababi shuki: Mushkuloti azima ichida, Al-Oyat-ul Kubroning tafsiri akbari boʻlgan Yettinchi Shuani yozishda koʻp zahmat chekkanim uchun, bir qudsiy tasalli va tavshiqqa haqiqatdan juda muhtoj edim. Hozirga qadar mukarrar tajribalar bilan bu kabi holatlarimda inoyati Ilohiya yordam qilar edi. Risolani tugatgan ayni vaqtimda -hech esimga kelmagan holda- birdan bu karomati Alaviyaning zuhuri menda hech bir shubha qoldirmadiki; bu ham mening imdodimga kelgan boshqa inoyati Ilohiya kabi, Robbi Rahimning bir inoyatidir. Inoyat esa aldamaydi, haqiqatsiz boʻlmaydi.

Said Nursiy