OʻN UCHINCHI YOGʻDU
اَعُوذُ بِاللّٰهِ مِنَ الشَّيْطَانِ الرَّجِيمِ sirriga doirdir.
(Shaytonning yomonligidan Allohdan panoh soʻrash sirriga doirdir. "Oʻn uch ishora" yoziladi. Oʻsha ishoralarning bir qismi, tarqoq suratda "Yigirma oltinchi Soʻz" kabi bir qism risolalarda bayon va isbot qilinganidan, bu yerda faqat qisqacha bahs qilinadi.)
BIRINCHI ISHORA: Savol: Shaytonlarning koinotda ijod jihatidan hech bir ta'sirlari boʻlmagani, Janobi Haq rahmat va inoyati bilan ahli haqqa tarafdor ekani, va haq va haqiqatning jozibador goʻzalliklari va husnlari ahli haqqa yordamchi va ilhomlantiruvchi ekani, ham zalolatning jirkanch yomonliklari ahli zalolatni nafrat ettirganlari holda, hizb-ush shaytonning koʻp marta gʻalaba qilishining hikmati nima? Va ahli haq har doim shaytonning yomonligidan Janobi Haqdan panoh soʻrashining sirri nima?
Javob: Hikmati va sirri shuki: Barchaning fikricha zalolat va yomonlik manfiydir va vayron qilish va yoʻqlikka oid va buzishdan iborat. Barchaning fikricha hidoyat va yaxshilik musbatdir va mavjudlikka oid va bunyod etish va ta'mirlashdan iborat. Hammaga ma'lumki: Yigirmata odam yigirma kunda qurgan binoni, bitta odam bir kunda buza oladi. Darhaqiqat, barcha asosiy a'zolarning va hayot shartlarining mavjudligi bilan vujudi davom etgan inson hayoti Xoliqi Zuljalolning qudratiga maxsus ekan, bitta zolim bitta a'zoni kesishi bilan, hayotga nisbatan yoʻqlikka oid boʻlgan oʻlimga oʻsha insonni yetkazadi. Shuning uchun "Buzgʻunchilik oson" maqolga aylangan.
Shu sirdan, ahli zalolat haqiqatan zaif kuch bilan juda kuchli ahli haqqa ba'zan gʻolib boʻladilar. Lekin ahli haqning shunday mustahkam bir qal'asi borki, unda himoyalangan vaqtlari, oʻsha mudhish dushmanlar yaqinlasholmaydilar, yomonlik qilolmaydilar. Agar vaqtinchalik bir zarar bersalar, وَالْعَاقِبَةُ لِلْمُتَّقِينَ sirri bilan abadiy savob va manfaat bilan oʻsha zarar qoplanadi. Oʻsha qal'a-i metin, oʻsha hisni hasin - shariati Muhammadiya (ASM) va sunnati Ahmadiyadir (ASM).
IKKINCHI ISHORA: Savol: Tamomiyla yomonlikdan iborat boʻlgan shaytonlarning yaratilishi va ahli iymonga hujumlari va ular tufayli koʻp insonlar kufrga kirib Jahannamga kirishlari, gʻoyat mudhish va xunuk xodisadir. Ajabo, Jamiyli Alal-Itloq va Rahiymi Mutlaq va Rahmoni bil-Haqning rahmat va jamoli bu cheksiz xunuklik va dahshatli musibatning hosil boʻlishiga qanday yoʻl qoʻyadi va qanday ruxsat beradi?
Bu masalani koʻplar soʻragan va koʻpchilikning hayoliga keladi.
Javob: Shaytonning majudligida ahamiyatsiz yomonliklar bilan birga bir qancha umumiy xayrli maqsadlar va insonning kamoloti bor. Ha, bir danakdan ulkan bir daraxtgacha qancha martabalar boʻlsa, inson mohiyatidagi iste'dodda undanda koʻproq martabalar mavjud. Balki zarradan quyoshgacha darajalari bor. Bu iste'dodlarning rivojlanishlari, albatta bir harakat istaydi, bir muomala boʻlishini taqozo qiladi. Va oʻsha muomaladagi taraqqiy charxining harakati kurash bilan boʻladi. U kurash esa, shaytonlarning va zararli narsalarning mavjudligi bilan boʻladi. Boʻlmasa, malaklar kabi insonlarning ham maqomi oʻzgarmas qolar edi. Unda inson navida minglab navlar hukmida sinflar boʻlmasdi. Bir ahamiyatsiz yomonlik kelmasligi uchun mingta xayrni tark qilish hikmat va adolatga ziddir. Garchi, shayton tufayli aksar insonlar zalolatga ketsalarda, ahamiyat va qiymat asosan sifatga qaraydi, miqdorning ahamiyati juda kam yoki umuman yoʻq. Masalan, bir ming oʻnta danagi boʻlgan kishi, danaklarni tuproq ostiga koʻmsa, undan oʻn tasi daraxt boʻlib koʻkarsa va mingtasi chirisa, oʻnta daraxt boʻlgan danaklarning u odamga bergan manfaati, albatta mingta chirigan danak bergan zararni yoʻqqa chiqaradi. Xuddi shuning kabi, nafs va shaytonlarga qarshi kurash bilan, yulduzlar kabi insoniyatni sharaflantirgan va nurlantirgan oʻnta insoni komil tufayli bashariyatga bergan manfaat va sharaf va qiymat, albatta, hasharotlar navidan hisoblanadigan darajada pastkash ahli zalolatning kufrga kirishi bilan inson naviga beradigan zararni yoʻqqa chiqarib koʻzga koʻrsatmagani uchun, rahmat va hikmat va adolati Ilohiya shaytonning mavjudligiga ruxsat berib xujumiga yoʻl ochgan.
Ey ahli iymon! Bu mudhish dushmanlaringizga qarshi sovutingiz, Qur'on dastgohida yasalgan taqvodir. Va qalqoningiz, Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning sunnati saniyalaridir. Va qurolingiz, Allohdan panoh soʻrash va istigʻfor va hifzi Ilohiyaga iltijodir.
UCHINCHI ISHORA: Savol: Qur'oni Hakimda ahli zalolatga qarshi katta shikoyatlari va bu mavzu ustida koʻp toʻxtalishlari va juda shiddatli qoʻrqitishlari, zoxiran tushunsak adolatli va maqsadga muvofiq balogʻatiga va uslubidagi moʻ'tadilligiga va istiqomatiga munosib kelmaydi. Goʻyo ojiz odamga qarshi qoʻshinlarni yigʻadi. Va uning arzimas harakati uchun, minglab jinoyat qilgan kabi qoʻrqitadi. Va qashshoq va mulkda hech hissasi boʻlmasa ham, tajovuzkor bir sherik kabi mavqe berib, undan shikoyat qiladi. Buning sirri va hikmati nima?
Javob: Buning sirri va hikmati shuki: Shaytonlar va ularga ergashganlar, zalolat yoʻliga kirganlari uchun, kichik bir harakat bilan koʻp buzgʻunchilik qila oladilar. Va koʻp yaratilgan borliqlarning huquqiga oz bir amal bilan koʻp zarar yetkazishadi. Qandayki bir sultonning ulkan bir tijorat kemasida bir odam oz bir harakat bilan, balki kichik bir vazifani tark qilish bilan, oʻsha kemaga aloqador barcha vazifadorlarning mehnatlari samarasining va amallari natijasining yoʻq boʻlishiga va buzilishiga sabab boʻlgani uchun, kemaning nomdor sohibi u kema bilan aloqador barcha qoʻl ostidagilarining hisobiga u osiy ustidan ulkan shikoyat qilib dahshatli qoʻrqitadi va uning oʻsha arzimas harakatini emas, balki oʻsha harakatning mudhish natijalarini nazarga olib va nomdor sohibning nomidan emas, balki qoʻl ostidagilarning huquqi nomidan dahshatli jazoga duchor qiladi.
Shunga oʻxshab, Sultoni Azal va Abad ham Yer sayyorasi kemasida ahli hidoyat bilan birga ahli zalolat sanalgan hizb-ush shaytonning koʻrinishdan arzimas xatolari va isyonlari bilan juda koʻp yaratilgan borliqlarning huquqiga tajovuz qilganlari va mavjudotning oliy vazifalari natijalarining bekor boʻlishiga sabab boʻlishgani uchun, ulardan ulkan shikoyat va dahshatli qoʻrqitishlar va buzgʻunchiliklari ustida jiddiy toʻxtalish, aynan balogʻat ichida toʻliq hikmatdir va gʻoyat munosib va muvofiqdir. Va vaziyatning talabiga uygʻun boʻlib, balogʻatning ta'rifi va asosidir va kalom isrofi boʻlgan mubolagʻadan pokdir. Ma'lumki oz harakat bilan koʻp buzgʻunchilik qilgan dahshatli dushmanlarga qarshi gʻoyat metin bir qal'ada yashirinmagan qattiq parishon boʻladi.
Xullas, ey ahli iymon! U samoviy poʻlat qal'a Qur'ondir. Ichiga kir, qutul.
TOʻRTINCHI ISHORA: Yoʻqlik butkul yomonlik va mavjudlik butkul yaxshilik ekaniga ahli tahqiq va sohibi kashf ittifoq qilishgan. Ha, hammaning fikricha xayr va goʻzallik va kamolot mavjudlikka tayanadi va unga taalluq etadi. Sirtdan manfiy va yoʻqlikka oid boʻlsa ham, asosi sobitlik va mavjudlikka oiddir. Zalolat va yomonlik va musibatlar va gunohlar va balolar kabi barcha xunukliklarning asosi, asli yoʻqlik, inkordir. Ulardagi yomonlik va xunuklik yoʻqlikdan keladi.
Garchi sirtdan qaraganda musbat va mavjudlikka oid koʻrinsalar ham, asosi yoʻqlik, inkordir. Yana koʻz bilan koʻrish darajasida aniqki: Bino kabi bir narsaning mavjudligi, butun qismlarining mavjudligi bilan qaror topadi. Holbuki, uning buzilishi va boʻlmasligi va yoʻq boʻlishi bir ruknning boʻlmasligi bilan hosil boʻladi. Yana mavjudlik, mavjud boʻlgan asl sabab istaydi! Muhaqqaq bir sababga tayanadi. Yoʻqlik esa, yoʻqlikka oid narsalarga tayanishi mumkin. Yoʻqlikka oid bir narsa boʻlmagan narsaga asl sabab boʻladi.
Ushbu ikki qoidaga binoan, insonlar va jinlardan boʻlgan shaytonlarning koinotdagi mudhish buzgʻunchiliklari hamda har xil kufr va zalolat va yomonlik va halok qiladigan ishlarni qilsalarda, zarra miqdor ijodga va yaratishga aralasholmaydilar, mulki Ilohiyda ishtirok hissalari boʻlmaydi. Va iqtidor va qudrat bilan oʻsha ishlarni qilmaydilar, balki koʻp ishlari iqtidor va faoliyat emas, balki tark va harakatsizlikdir. Xayrni qildirmaslik bilan yomonliklarni qiladilar. Ya'ni, yomonliklar boʻladi. Chunki halok qiladigan ishlar va yomonlik buzgʻunchilik navidan boʻlgani uchun, sabablari mavjud bir iqtidor va foil bir ijod boʻlishi lozim emas. Balki bitta amri 'adamiy va bitta shartning buzilishi bilan ulkan buzgʻunchilik sodir boʻladi.
Bu sir Majusiylarda ochilmagani uchun, koinotda "Yazdon" nomi bilan bir yaxshiliklarni yaratuvchi, boshqasi "Ahrimon" nomli bir yomonliklarni yaratuvchi borligiga e'tiqod qilıshgan. Holbuki ular "Ahrimon" degan mavhum yomonlik ilohi, juz'i ixtiyori bilan va ijod qilib bilmaydigan kasb bilan yomonliklarga sabab boʻlgan ma'lum shaytondir.
Demak, ey ahli iymon! Shaytonlarning bu mudhish buzgʻunchiligiga qarshi eng muhim qurolingiz va ta'mir qiladigan jihozlaringiz istigʻfordir va "A'uzu billoh" deyish bilan Janobi Haqqa iltijodir. Va qal'angiz sunnati saniyadir.
BESHINCHI ISHORA: Janobi Haq samoviy kitoblarda basharga Jannat kabi buyuk mukofot va Jahannam kabi dahshatli jazoni koʻrsatish bilan birga, koʻp irshod qilgani, ogohlantirgani, eslatgani, qoʻrqitgani va tashviq qilgani holda; ahli iymon bu qadar hidoyat va istiqomatga yetaklaydigan sabablar bor ekan, hizb-ish shaytonning mukofotsiz xunuk zaif hiylalariga magʻlub boʻlishlari bir paytlar meni koʻp oʻylantirar edi. Ajabo, iymon bor ekan, Janobi Haqning shu qadar shiddatli qoʻrqitishlariga qanday qilib ahamiyat bermaslik mumkin? Qanday qilib iymon ketmaydi? اِنَّ كَيْدَ الشَّيْطَانِ كَانَ ضَعِيفًا sirri bilan shaytonning gʻoyat zaif hiylalariga aldanib Allohga isyon qiladi. Hatto doʻstlarimdan ba'zilari, mendan yuzlab haqiqat darslarini qalban tasdiqlab eshitgani holda va men haqqimda haddan ortiq husni zonda ekani va aloqadorligi boʻla turib, qalbsiz va buzuq bir odamning ahamiyatsiz va riyokorona iltifotiga aldandi, unga yon bosib, menga qarshi boʻlib qoldi. "Fasubhanalloh" dedim.
"Insonda bu daraja tubanlashish boʻlishi mumkinmi? Naqadar bevafo bir inson ekan", deb bechorani gʻiybat qildim, gunohga kirdim. Soʻngra oʻtgan ishoralardagi haqiqat ochildi, noaniq boʻlgan koʻp nuqtalarni oydinlatdi. Oʻsha nur bilan, Allohga hamd boʻlsin, ham Qur'oni Hakimning ulkan targʻibot va tashviqoti tamoman oʻrinli ekanini, ham ahli iymon shaytonning hiylalariga aldanishlari iymonsizlikdan va iymonning zaifligidan emasligini, va gunohi kabiralarni qilgan kufrga kirmasligini, ham Mo'tazila mazhabi va bir qism Xorijiya mazhabi "Gunohi kabiralarni qilgan kofir boʻladi yoki iymon va kufr oʻrtasida qoladi", deb hukmlarida xato qilganlarini, ham mening oʻsha bechora doʻstim yuzta haqiqat darsini bir yaramasning iltifotiga fido qilishi, oʻylaganim kabi oʻta tubanlashish va dahshatli pastkashlik emasligini angladim. Janobi Haqqa shukr qildim, oʻsha tahlikadan qutuldim. Chunki yuqorida aytib oʻtganimizdek, shayton kichik bir amri 'adamiy bilan insonni muhim tahlikalarga otadi. Insondagi nafs esa, har doim shaytonni tinglaydi. Shahvoniy va gʻazabiy tuygʻulari esa, shayton hiylalariga ham qabul qiluvchi, ham uzatuvchi ikki jihoz hukmidadirlar.
Shuning uchun, Janobi Haqning "Gʻofur", "Rahim" kabi ikki ismi tajaliyi aʻzam bilan ahli iymonga yuzlanib turibdi. Va Qur'oni Hakimda Paygʻambarlarga eng muhim ehsoni, magʻfirat ekanini koʻrsatadi va ularni istigʻfor keltirishga da'vat qiladi. بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ muqaddas kalimasini har bir sura boshida takrorlash va har bir muborak ishlarda zikr qilishni amr qilishi bilan, koinotni qamrab olgan keng rahmatini maljaʻ va panohgoh qilib koʻrsatadi va فَاسْتَعِذْ amri bilan "A'uzu billahi minashshaytonir rojiym" kalimasini qalqon qiladi.
OLTINCHI ISHORA: Shaytonning eng tahlikali hiylasi shuki: Ba'zi ta'sirchan va sofdil insonlarga kufrni xayol qilish bilan uni tasdiqlashni chalkashtiradi. Zalolatni tasavvur qilishni zalolatning tasdigʻi suratida koʻrsatadi. Va muqaddas zotlar va pok narsalar haqida gʻoyat xunuk fikrlarni xayoliga keltiradi. Va imkoni zotiy narsani imkoni aqliy shaklida koʻrsatib, iymondagi qat'iy e'tiqodiga zid shubhani keltiradi. Oʻshanda bechora ta'sirchan odam oʻzini zalolat va kufrga ketganini xayol qilib, iymondagi qat'iy e'tiqodi yoʻq boʻlgan deb oʻylaydi, umidsizlikka tushadi, oʻsha umidsizlik bilan shaytonga masxara boʻladi. Shayton ham umidsizligidan, ham oʻsha zaif tomonidan, ham oʻsha chalkashishidan koʻp foydalanadi. Natijada u yo devona boʻladi, yoxud "nima boʻlsa boʻlsin" deydi, zalolatga ketadi.
Shaytonning bu hiylasining mohiyati naqadar asossiz ekanini ba'zi risolalarda bayon qilganimiz kabi, bu yerda qisqacha bahs etamiz. Jumladan:
Qandayki oynadagi ilonning surati chaqmaydi va otashning misoli yondirmaydi va iflos narsaning aksi kir qilmaydi. Xuddi shuning kabi, xayol yoki fikr oynasida shakkoklik va shirkning akslari va zalolatning soyalari va haqoratli va xunuk soʻzlarning xayollari e'tiqodni buzmaydi, iymonni oʻzgartirmaydi, hurmatga sazovor adabni sindirmaydi. Chunki mashhur qoida borki: "Soʻkishni xayol qilish, soʻkish boʻlmagani kabi, kufrni xayol qilish ham kufr emas va zalolatni tasavvur qilish ham zalolat emas." Iymondagi shak masalasi esa, imkoni zotiydan kelgan ehtimollar oʻsha qat'iy e'tiqodga zid emas va oʻsha qat'iy e'tiqodni buzmaydi. Ilmi usuli dinda muqarrar qoida borki:
Masalan: Barla Dengizi suvi joyida turganini qat'iyan bilamiz. Holbuki, zotida, oʻsha dengiz bu daqiqada yoʻq boʻlishi va bu mumkinotga kiradi. Bu imkoni zotiy, modomiki bir alomatdan kelib chiqmas ekan, zehnda shubha tugʻdirishi mumkin emas. Chunki yana ilmi usuli dinda bir muqarrar qoida bor:
Ya'ni: "Bir alomatdan kelib chiqmagan ehtimoli zotiy, shubha beradigan ahamiyatli imkoni zehniy boʻlmaydi." Ushu shaytonning hiylasiga uchgan bechora odam iymon haqiqatlariga boʻlgan qat'iy e'tiqodini bunday zotiy imkonlar bilan yoʻqotyapman deb oʻylaydi. Masalan: Hazrati Paygʻambar alayhissalotu vassalom haqida bashariyat e'tibori bilan koʻp imkoni zotiya aqliga keladi, iymonning jazm va qat'iyligiga zarar qilmaydi. Lekin u zarar berdi deb oʻylab zararga tushadi.
Yana, ba'zan shayton qalb ustidagi lumma vositasida Janobi Haq haqida yomon soʻzlar gapiradi. U odam oʻylaydiki, bunday deyayotgani uchun qalbim buzilgan deb oʻlaydi. Titraydi. Holbuki uning titrashi va qoʻrqishi va nozoriziligi, u soʻzlar qalbidan kelmayotganiga dalildir. Ular lumma-i shaytoniyadan keltiriladi yoki shayton tarafidan eslatiladi va xayolga keltiriladi.
Yana, insonning ichida men tashxis qilolmagan bir-ikki nozik tuygʻulari borki, ixtiyor va irodani tinglamaydi, balki javobgarlik ostiga ham kirmaydi. Ba'zan oʻsha tuygʻular hukm suradi, haqni tinglamaydi, xato narsalarga kiradi. Oʻshanda shayton odamga: "Sening iste'doding haqqa va iymonga muvofiq emas, bunday ixtiyorsiz botil narsalarga berilyapsan. Demak sening qadaring seni badbaxtlikka mahkum qilgan." deb shivirlaydi. Bechora odam umidsizlikka tushib halokatga ketadi.
Xullas shaytonning avvalgi hiylalariga qarshi moʻminning panogohi, muhaqqiq asfiyolarning dasturlari bilan hududlari tayin qilingan haqoiqi iymoniya va muhkamoti Qur'oniyadir. Va oxirdagi hiylalariga qarshi Allohdan panoh soʻrab ahamiyat bermaslik kerak. Chunki ahamiyat bergan sari, diqqatni jalb qildirib kattalashadi, shishadi. Moʻminning bunday ma'naviy yaralariga dori va malhami - sunnati saniyadir.
YETTINCHI ISHORA: Savol: Mu'taziliy imomlari yomonlikning ijodini yomonlik deb hisoblaganlari uchun, kufr va zalolatning yaratilishini Allohdan deb bilmaydilar. Goʻyo bu bilan Allohni nuqsondan pok tutadilar. "Bashar oʻz ishlarining yaratuvchisidir" deb, zalolatga ketishgan. Yana: "Bir gunohi kabirani qilgan moʻminning iymoni ketadi. Chunki Janobi Haqqa e'tiqod qilish va Jahannamni tasdiqlash, oʻsha gunohni qilish bilan teng emas. Chunki dunyoda gʻoyat ozgina qamalish qoʻrquvi bilan oʻzini qonunga xilof hamma narsadan muhofaza qilgan odam, abadiy Jahannam azobini va Xoliqning gʻazabini hisobga olmaydigan darajada katta gunohlarni qilsa, albatta iymonsizlikka dalolat qiladi", deydilar.
Javob: Birinchi qismning javobi shuki: "Qadar risolasi"da izoh qilingani kabi, "Xalqi shar, shar emas, kasbi shar shardir." Chunki yaratish va ijod umum natijalarga qaraydi. Bir yomonlikning vujudi, koʻp xayrli natijalarga muqaddima boʻlgani uchun, oʻsha yomonlikning ijodi, natijalar e'tibori bilan yaxshilik boʻladi, yaxshilik hukmiga oʻtadi. Masalan, olovning yuzlab xayrli natijalari bor. Faqat ba'zi insonlar yomonlikda ishlatib, olov ularga zarar berganida "Olovning ijodi yomonlik" deyolmaydilar. Shunga oʻxshab, shaytonlarning ijodida insoniyat taraqqiyoti kabi koʻp hikmatli natijalari boʻlish bilan birga, ixtiyorini yomonlikda ishlatish bilan va xato kasbi bilan bilan shaytonlarga magʻlub boʻlib, "Shaytonning yaratilishi yomonlik" deyolmaydi. Balki oʻzining kasbi bilan oʻziga yomonlik qildi. Ha, kasb, shaxsiy mashgʻuliyat boʻlib, xususiy yomonlikning natijasiga yoʻliqadi. Oʻsha kasbi shar yomonlik boʻladi. Faqat ijod umum natijalarga qaragani uchun, yomonlikni ijod qilish, yomonlik emas, balki yaxshilikdir.
Mu'taziliylar bu sirni anglamaganlari uchun, "Yomonlikning ijodi yomonlikdir va xunukning ijodi xunukdir" deb, Janobi Haqni qusurdan poklash uchun yomonlikning ijodini Undan deb bilmaganlar, zalolatga tushishganr. وَ بِالْقَدَرِ خَيْرِهِ وَ شَرِّهِ degan iymon ruknini ta'vil qilganlar.
Ikkinchi qism: "Gunohi kabira qilgan odam qanday qilib moʻmin qolishi mumkin?" degan savollariga javob esa: avvalo, oʻtgan ishoralarda ularning xatosi qat'iy bir suratda anglashildi, takrorga hojat qolmadi. Ikkinchidan: insonning nafsi naqd va tayyor, bir misqol lazzatni keyinga qoldirilgan, gʻaybda bir botmon lazzatdan ustun qoʻygani kabi, naqd bir tarsaki qoʻrquvidan, kelajakdagi bir yil azobdan koʻra koʻproq qoʻrqadi. Yana insonda hissiyot gʻolib boʻlsa, aqlning muhokamasini tinglamaydi. Havas va vahimasi hukm surib, eng oz va ahamiyatsiz tayyor bir lazzatni kelajakdagi gʻoyat buyuk bir mukofotdan ustun qoʻyadi. Va ozgina hozirgi qiyinchilikdan koʻra kelajakka qoldirilgan ulkan azobdan koʻproq choʻchiydi. Chunki vahima va havas va his kelajakni koʻrmaydi, balki inkor qiladilar. Nafs ham yordam bersa, iymonning makoni boʻlgan qalb va aql sukut saqlaydilar, magʻlub boʻladilar.
Shunday ekan gunohi kabiralarni qilish iymonsizlikdan boʻlmaydi, balki his va havasning va vahimaning gʻalabasi bilan, aql va qalbning magʻlubiyatidan kelib chiqadi.
Yana oʻtgan ishoralarda tushunilgani kabi, yomonlik va havaslar yoʻli buzgʻunchilik boʻlgani uchun gʻoyat oson. Insonlar va jinlardan boʻlgan shaytonlar tez insonlarni oʻsha yoʻlga yetaklaydi. Gʻoyat hayratlanarli bir holki, hadisda bayon qilinganiga koʻra, baqo olamining pashsha qanotichalik bir nuri, abadiy boʻlgani uchun, bir insonning umri davomida dunyodan olgan lazzat va ne'matga muqobil kelgani holda, ba'zi bechora insonlar bir pashsha qanoti qadar bu foniy dunyoning lazzatini oʻsha boqiy olamning bu foniy dunyosi qiymatidagi lazzatlaridan ustun qoʻyib, shaytonning orqasidan ketadi.
Ushbu sirlar uchun, Qur'oni Hakim moʻminlarni juda koʻp takror va isror bilan, tahdid va tashviq bilan gunohdan qaytaradi va yaxshilikka chorlaydi.
Bir kuni Qur'oni Hakimning takror bilan shiddatli irshodlari menga shu fikrni berdiki, bunchalik toʻxtovsiz eslatmalar va ogohlantirishlar moʻmin insonlarni matonatsiz va bevafo qilib koʻrsatadi. Insonning sharafiga yarashmaydigan bir vaziyat beradi. Chunki bir xodimning boshligʻidan olgan amri itoat qilishiga yetarli ekan, ayni amrni oʻn marta aytsa, u xodim jiddiy ravishda ranjiydi. "Meni ayblayapsan, men xoin emasman", deydi. Holbuki, eng xolis moʻminlarga Qur'oni Hakim isror bilan takror-takror amr qiladi. Bu fikr zehnimni mashgʻul qilgan vaqtda ikki-uch sodiq doʻstlarim bor edi. Ularga insiy shaytonlarning hiylalariga aldanmasliklari uchun juda koʻp marta eslatar va ogohlantirar edim. "Bizni ayblayapsiz", deb ranjimas edilar. Lekin men qalban: "Davomli ravishda eslatmalarim bilan bularni ranjityapman, sadoqatsizlik va matonatsizlikda ayblayapman." derdim. Soʻngra birdan sobiq ishoralarda izoh va isbot qilingan haqiqat ochildi. Oʻshanda u haqiqat bilan ham Qur'oni Hakimning barcha vaziyatlarning taqozosiga koʻra va oʻrnida va isrofsiz va hikmatli va tuhmatsiz shaklda isror va takrorlashini va hikmatning va balogʻatning ayni ekanini bildim. Va oʻsha sodiq doʻstlarimning ranjimaganlarining sirrini angladim.
U haqiqatning xulosasi shuki: Shaytonlar buzgʻunchilik tomon chorlaganlari uchun, oz bir amal bilan koʻp yomonliklarni qiladilar. Shuning uchun haq va hidoyat yoʻlida yurganlar, juda ehtiyot va shiddatli saqlanishga va takror-takror eslatmalarga va juda koʻp yordamga muhtoj boʻlganlaridan, Janobi Haq oʻsha takrorlar orqali ming bir ismi bilan ahli iymonga yordamini taqdim qiladi va minglab marhamat qoʻllarini madad uchun uzatadi. Sharafini sindirmaydi, balki himoyalaydi. Insonning qiymatini tushirmaydi, balki shayton yomonligining kattaligini koʻrsatadi.
Xullas, ey ahli haq va ahli hidoyat! Insonlar va jinlardan boʻlgan shaytonlarning mazkur hiylalaridan qutulishning chorasi: Ahli sunnat va jamoat boʻlgan ahli haq mazhabini qarorgoh qil va Qur'oni moʻ'jiz-ul bayonning muhkamot qal'asiga kir va sunnati saniyani rahbar qil, salomatlikni top!..
SAKKIZINCHI ISHORA: Savol: Avvalgi ishoralarda isbot qildingizki, zalolat yoʻli oson va vayron qilish va tajovuz boʻlgani uchun, koʻplar oʻsha yoʻlga kiradilar. Holbuki boshqa risolalarda qat'iy dalillar bilan isbot qilgansizki, kufr va zalolat yoʻli naqadar mushkul va mashaqqatli boʻlgani uchun hech kim unga kirmasligi kerak edi va yurib boʻladigan emas. Va iymon va hidoyat yoʻli naqadar oson va ochiq ravshan boʻlgani sabab hamma unga kirishi kerak edi.
Javob: Kufr va zalolat ikki qismdir. Bir qismi amaliy va far'iy boʻlish bilan birga, iymon hukmlarini rad va inkor qilish boʻlib, bu tarzdagi zalolat oson. Haqni qabul qilmaslik, tark, yoʻqlik, qabul qilmaslikdir. Bu qism boʻlib, risolalarda oson koʻrsatilgan.
Ikkinchi qism esa, amaliy va far'iy emas e'tiqodiy va fikriy bir hukmdir. Faqatgina iymonning rad qilinishi emas, balki iymonning ziddiga yoʻl ochishdir. Bu botilni qabul qilishdir, haqning aksini isbot qilishdir. Bu qism iymonning faqat rad ve naqizi emas, iymonning ziddidir. Qabul qilmaslik emaski, oson boʻlsin, balki yoʻqlikni qabul qilishdir. Va yoʻqlikni isbot qilish bilan qabul qilinishi mumkin. اَلْعَدَمُ لَا يُثْبَتُ qoidasi bilan, yoʻqlikning isboti albatta oson emas.
Boshqa risolalarda imkonsizlik darajasida mashaqqatli va mushkul koʻrsatilgan kufr va zalolat shu qism boʻlib, zarra miqdor shuuri boʻlgan kishi bu yoʻlda yurmasligi lozim. Bu yoʻl, risolalarda qat'iy isbot qilingani kabi, shu qadar dahshatli alamlari bor va boʻgʻuvchi zulmatlari borki, zarra miqdor aqli boʻlgan kishi u yoʻlga tolib boʻlmaydi.
Agar: "Bu qadar qiynaydigan va zim-ziyo, mushkul yoʻlda qanday qilib aksar insonlar ketmoqdalar?", deyilsa.
Javob: Ichiga tushib qolishgan, chiqolmaydilar. Yana insondagi nabotiy va hayvoniy xossalari, oqibatni koʻrmaganlari, oʻylamaganlari va insondagi nozik va yuksak tuygʻulariga gʻalaba qilganlari uchun, chiqishni istamaydilar va naqd va vaqtinchalik bir lazzat bilan tasalli topadilar.
Savol: Agar: "Zalolatda dahshatli alam va qoʻrquv borki, kofir hayotdan lazzat olish tugul, umuman yashamasligi kerak edi. Balki oʻsha alamdan ezilishi va oʻsha qoʻrquvdan oʻti yorilishi kerak edi. Chunki insoniyat e'tibori bilan hadsiz narsalarga mushtoq va hayotga oshiq ekani holda, kufr vositasida oʻz oʻlimini abadiy yoʻq boʻlish va bezavol firoq hamda mavjudot zavolini va doʻstlarining vafotlarini va barcha sevganlarini qatl qilish va koʻ oʻngida abadiy ayriliq suratida doimo kufr vositasida koʻrgan inson qanday yashay oladi? Qanday hayotdan lazzat olishi mumkin?", degan savol berilsa.
Javob: Ajib bir shaytoniy makr bilan oʻzini aldab, yashaydi. Koʻrinishda lazzat olyapman deb oʻylaydi. Mashhur bir misol bilan uning mohiyatiga ishora qilamiz. Jumladan:
Aytiladiki: Tuyaqushga: "Qanotlaring bor, uch." deyishsa. U qanotlarini yopib, "men tuyaman" deb, uchmagan. Lekin ovchining tuzogʻiga tushgan. Ovchi meni koʻrmasin deb boshini qumga suqqan. Holbuki kattakon gavdasini tashqarida qoldirgan, ovchiga nishon qilgan. Soʻngra unga: "Modomiki tuyaman deyapsan, yuk tashi!" deyishsa. Qanotlarini yozib, "men qushman" degan, yukning zahmatidan qutulgan. Lekin homiysiz va ozuqasiz ovchilarning hujumiga nishon boʻlgan. Aynan shuning kabi, kofir Qur'onning samoviy e'lonlariga qarshi mutlaq kufrni tashlab, shubhali kufrga tushgan. Unga: "Modomiki oʻlim va zavolni abadiy yoʻq boʻlish deb bilasan, seni osadigan dor koʻz oʻngingda... Unga har doim qaragan qanday yashay oladi, qanday lazzat oladi?", deyilsa. Oʻsha odam Qur'onning umumiy rahmat jihatidan va hamma narsani qamragan nuridan olgan bir hissasi bilan: "Oʻlim yoʻq boʻlish emas, ehtimol baqo bor", deydi. Yoxud tuyaqush kabi boshini gʻaflat qumiga suqadi, toki ajal uni koʻrmasin va qabr unga qaramasin va ashyoning zavoli unga oʻq otmasin!
Bir soʻz bilan, shubhali kufr vositasida tuyaqush kabi oʻlim va zavolni yoʻq boʻlish ma'nosida koʻrgan vaqti, Qur'on va samoviy kitoblarning "oxiratga iymon"ga doir qat'iy xabarlari unga bir ehtimol beradi. Oʻsha kofir u ehtimolga yopishadi, dahshatli alamni ustiga olmaydi. Oʻsha vaqtda unga: "Modomiki boqiy bir olamga ketiladi, u olamda chiroyli yashash uchun diniy majburiyatlar mashaqqatini chekish kerak", deyilsa, u odam kufrdagi shubha bilan: "Balki yoʻqdir, yoʻq narsa uchun nega ishlayin?", deydi. Ya'ni, u Qur'on hukmi bergan baqo ehtimoli bilan abadiy yoʻq boʻlish alamlaridan qutuladi. Qachonki diniy majburiyatlar mashaqqati unga yuzlansa, shubhali kufr bergan yoʻqlik ehtimoli unga qarshi kufr ehtimoliga yopishadi, oʻsha zahmatdan qutuladi. Demak, bu nuqtai nazardan, moʻmindan koʻra bu hayotda koʻproq lazzat olaman deb oʻylaydi. Chunki diniy majburiyatlarning zahmatidan kufr ehtimoli bilan qutuladi va abadiy alamlarni iymoniy ehtimol jihati bilan oʻz ustiga olmaydi. Holbuki bu shaytoniy makrning hukmi gʻoyat yuzaki va foydasiz va vaqtinchalikdir.
Xullas, Qur'oni Hakimning kofirlar haqida ham bir navi rahmat jihati borki, dunyoviy hayotni ularga Jahannam boʻlishdan bir daraja qutqaradi va shubha bilan yashaydilar. Boʻlmasa, oxirat Jahannamini eslatadigan bu dunyoda ham ruhiy bir Jahannam azobini chekardilar va oʻz jonlariga qasd qilishga majbur boʻlar edilar.
Xullas ey ahli iymon! Sizni abadiy yoʻq boʻlishdan va dunyo va oxirat jahannamlaridan qutqaradigan Qur'onning himoyasi ostiga iymon keltirgan va ishongan holda kiringlar va sunnati saniyasining doirasiga taslim boʻlib va manzur koʻrib qoʻshilinglar, dunyo baxtsizligidan va oxiratda azobdan qutulinglar!
TOʻQQIZINCHI ISHORA: Savol: Hizbulloh boʻlgan ahli hidoyat, boshda paygʻambarlar va ularning boshida Faxri Olam alayhissalotu vassalom, shu qadar inoyat va rahmati Ilohiya va imdodi Subhoniyaga sazovor boʻlganlari holda, nima uchun koʻp marta hizb-ush shayton boʻlgan ahli zalolatga magʻlub boʻlishgan? Yana, Xotam-ul anbiyoning quyosh kabi porloq nubuvvat va risolati va muazzam eliksir kabi ta'sirli i'jozi Qur'oniy vositasida irshodi va koinotning umumiy jozibasidanda jozibador Qur'on haqiqatlarining qoʻshnichiligida va yaqinidagi Madina munofiqlarining zalolatda qaysarlik qilishlari va hidoyatga kirmasliklarining sabab va hikmati nima?
Javob: Bu ikki qism mudhish savolning hal qilinishi uchun chuqur bir asosni bayon qilish kerak boʻladi. Jumladan:
Bu koinot Xoliqi Zuljalolining ham jamoliy, ham jaloliy ikki qism Ismlari bo'lgani uchun va oʻsha jamoliy va jaloliy ismlar hukmlarini boshqa-boshqa jilvalar bilan koʻrsatishini taqozo qilganlari uchun, Xoliqi Zuljalol koinotda zidlarni bir-biriga aralashtirib, bir-biriga muqobil keltirib va bir-biriga tajovuz va mudofaa qiladigan vaziyat berib, hikmatli va manfaatdor bir navi kurash suratiga keltirib, undan zidlarni bir-birining hududiga oʻtkazib ixtiloflar va oʻzgarishlar vujudga keltirish bilan, koinotni oʻzgarish va almashinish qonuni va taraqqiy va takomil dasturiga tobe qilgani uchun, oʻsha yaratilish daraxtining jamlovchi samarasi boʻlgan inson navida, urash qonunini yanada ajib shaklga keltirib, butun insoniyat taraqqiyotiga yordam beradigan kurash eshigini ochib, hizbullohga qarshi maydonga chiqa olishlik uchun, hizb-ush shaytonga ba'zi jihozlarni bergan.
Ushbu nozik sir sababli, paygʻambarlar koʻp marta ahli zalolatga qarshi boʻlishgan. Va gʻoyat zaif va ojiz boʻlgan zalolat ahli ma'nan gʻoyat kuchli ahli haqqa vaqtinchalik gʻolib boʻlishadi va qarshilik koʻrsatadilar. Bu ajib qarshilikning hikmatining sirri shuki: Zalolatda va kufrda yoʻqlik va tark bor, juda yengil, harakat istamaydi. Yana buzgʻunchilik borki, juda oddiy va oson, ozginagina harakat yetadi. Yana tajovuz borki, ozgina amal bilan koʻplarga zarar berib, qoʻrqitish nuqtasida va fir'avnlik jihatidan ularga bir maqom qozontiradi.
Ham oqibatni koʻrmagan va mavjud zavqqa mubtalo boʻlgan insondagi nabotiy va hayvoniy hossalarning qoniqishi, lazzatlanishi, hurriyati borki, aql va qalb kabi insoniy nozik tuygʻularni insoniyatkorona va oqibatni oʻylaydigan vazifalaridan voz kechiradi. Ahli hidoyat va boshda ahli nubuvvat va boshda Habibi Rabb-ul Olamiyn boʻlgan Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning qudsiy maslagi, ham mavjudlikka oid, ham sobitlikka oid, ham ta'mir, ham harakat, ham halol haq yo'lda istiqomat, ham oqibatni oʻylash, ham ubudiyat, ham nafsi ammoraning fir'avnligini, erkinligini sindirish kabi muhim asoslar bo'lgani uchun, Madina-i Munavvaradagi oʻsha zamonning munofiqlari u porloq quyoshga qarshi koʻrshapalak kabi koʻzlarini yumib, oʻsha azim jozibaga qarshi shaytoniy itarish kuchiga berilib, zalolatda qolishgan.
Agar savol tariqasida: "Rasuli Akram alayhissalotu vassalom modomiki Habibi Rabb-ul Olamiyndirlar. Yana, qoʻllarida haq va tillaridagi haqiqatdir. Va qoʻshinlaridagi askarlarning bir qismi malaklardir. Va bir hovuch suv bilan bir qoʻshinga suv ichirganlar. Va toʻrt hovuch bugʻdoy va bir uloqning goʻshti bilan ming odamni toʻydiradigan ziyofat berganlar. Va kofirlar qoʻshinining koʻzlariga bir hovuch tuproq otish bilan, oʻsha bir hovuch tuproqdan har kofirning koʻziga bir hovuch tuproq kirishi bilan ularni qochiradilar. Va yana bu kabi ming moʻ'jizalar sohibi boʻlgan bir Qoʻmondoni Rabboniy, qanday qilib Uhudning oxirida va Hunaynning boshida magʻlub boʻladilar?", deyilsa;
Javob: Rasuli Akram alayhissalotu vassalom bashariyatga peshvo va imom va rahbar sifatida yuborilganlar. Toki oʻsha insoniyat ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi dasturlarni u kishidan oʻrganishsin va Hakiymi Zulkamolning iroda qilgan qonunlariga itoatga koʻnikishsin va hikmat dasturlariga muvofiq harakat qilishsin. Agar Rasuli Akram alayhissalotu vassalom ijtimoiy va shaxsiy hayotlarida doimo gʻayrioddiy holatlarga va moʻ'jizalarga tayansaydilar, u vaqt imomi mutlaq va rahbari akbar boʻlolmas edilar.
Ushubu sir uchun, faqat da'volarini tasdiq qildirish uchun ora-sira, ehtiyoj boʻlganda, dinsizlarning inkorini sindirish uchun moʻ'jizalar koʻrsatganlar. Boshqa vaqtlarda hammadan ziyoda Allohning amlariga itoat qilganlari kabi, Hikmati Rabboniya va mashiati Subhoniya bilan ta'sis qilingan odatulloh qonunlariga hammadan ko'ra ko'proq rioya va itoat qilar edilar. Dushmanga qarshi sovut kiyardilar, "pana joyga kiringlar!" deb amr qilardilar. Yaralanar, zahmat chekardilar. Toki batamom hikmati Ilohiya qonuniga va koinotdagi shariati fitriya-i kubroga rioya va itoatni koʻrsatsinlar.
OʻNINCHI ISHORA: Iblisning eng muhim bir hiylasi, oʻziga tobe boʻlganlarga oʻzini inkor ettirishdir. Zamonamizda, xususan materialistlarning falsafalari bilan zehni bulgʻanganlar bu ochiq ravshan masalada shubhaga tushganlari uchun, shaytonning bu hiylasiga qarshi bir-ikki soʻz aytamiz. Jumladan:
Insonlar orasida shayton vazifasini bajargan jasadli yovuz ruhlar koʻrilganidek bo'lgani kabi, jinlardan jasadsiz habis ruhlar borligi ham oʻsha qat'iyatdadir. Agar ular moddiy jasad kiysay edi, bu habis insonlaning oʻzginasi boʻlardilar. Ham agar bu inson suratidagi odam toifasidan shaytonlar jasadlarini chiqara olsaydilar, oʻsha jinlardan boʻlgan iblislar boʻlar edi. Hatto bu shiddatli munosabatga binoan, bir botil mazhab: "Inson suratidagi gʻoyat yomon yovuz ruhlar oʻlgandan keyin shayton boʻladi", deb hukm qilgan. Ma'lumki, a'lo narsa buzilsa, oddiy narsaning buzilishidan yanada koʻproq buziladi. Masalan, sut va qatiq buzilsa, yeyilishi mumkin. Lekin yogʻ buzilsa, yeyilmaydi, ba'zan zaharga aylanadi. Shunga oʻxshab, yaratilgan borliqlarning eng mukarrami, balki eng a'losi boʻlgan inson, agar buzilsa, buzuq hayvondan ham battar buziladi. Badboʻy narsalarning hidi bilan lazzatlangan hashorotlar kabi va chaqish bilan zaharlashdan lazzat olgan ilonlar kabi, zalolat botqoqligidagi yomonliklar va qabih axloqlar bilan lazzatlanadi va faxrlanadi va zulmning zulmatlaridagi zararlardan va jinoyatlardan lazzat oladilar. Goʻyo shaytonning mohiyatiga kiradilar. Darhaqiqat, jin toifasidan shaytonning borligiga qat'iy bir dalil, odam toifasidan shaytonning mavjudligidir.
Ikkinchidan: "Yigirma toʻqqizinchi Soʻz"da yuzlab qat'iy dalillar bilan ruhoniylar va malaklarning mavjudligini isbot qilgan umumiy dalillar shaytonlarning ham mavjudligini isbot qiladilar. Bu jihatni oʻsha soʻzga havola qilamiz.
Uchinchidan: Koinotda xayrli ishlardagi qonunlarning namoyandasi, nazoratchisi hukmidagi malaklarning mavjudligi, dinlarning ittifoqʻi bilan asoslangani kabi, yomon ishlar qiluvchilar va ularga aloqador bo'lganlar va oʻsha ishlardagi qonunlarning sabablari boʻlgan yovuz va shaytoniy ruhlarning borligi hikmat va haqiqat nuqtasida qat'iydir, balki yomon ishlarda shuurli pardaning boʻlishi yanada koʻproq lozim. Chunki "Yigirma ikkinchi Soʻz"ning boshida aytilgani kabi, harkim hamma narsaning haqiqiy goʻzalligini koʻrolmagani uchun, zohiriy yomonlik va nuqson jihatidan Xoliqi Zuljalolga qarshi e'tiroz qilmaslik va rahmatini ayblamaslik va hikmatini tanqid qilmaslik va haqsiz shikoyat qilmaslik uchun, zohiriy vositani parda qilgan, toki e'tiroz va tanqid va shikoyat oʻsha pardalarga ketsin, Xoliqi Karim va Hakiymi Mutlaqqa yuzlanmasin. Qandayki vafot qilgan bandalarning ranjishidan Hazrati Azroilni qutqarish uchun kasalliklarni ajalga parda qilgan. Xuddi shuninig kabi, Hazrati Azroilni (AS) ruhlarni olishga parda qilgan, toki marhamatsiz deb oʻylangan oʻsha holatlardan kelgan shikoyatlar Janobi Haqqa yuzlanmasin. Xuddi shuning kabi, yanada ziyoda bir qat'iyat bilan yovuzliklardan va yomonliklardan kelgan e'tiroz va tanqid Xoliqi Zuljalolga yuzlanmasligi uchun, hikmati Rabboniya shaytonning boʻlishini taqozo qilgan.
Toʻrtinchidan: Inson kichik bir olam ekani kabi, olam ham katta bir insondir. Bu kichik inson oʻsha katta insonning bir mundarijasi va xulosasidir. Insonda boʻlgan namunalarning katta asllari insoni akbarda zaruriy ravishda boʻladi. Masalan, qandayki insonda xotiraning mavjudligi, olamda Lavhi Mahfuzning vujudiga qat'iy dalildir! Xuddi shuninig kabi, insonda qalbning bir burchagida lumma-i shaytoniya deyilgan vasvasa jihozi va xayol tuygʻusining fikrlari bilan gapiradigan shaytoniy til va chalkashtirilgan vahima kichik shayton hukmiga oʻtganini va sohiblarining ixtiyoriga zid va orzusiga muxolif harakat qilganlarini his va hads bilan harkimning oʻzida borligini bilishi, olamda katta shaytonlarning mavjudligiga qat'iy dalildir.
Va ushbu lumma-i shaytoniya va shu vahima, bir quloq va bir til boʻlganlari uchun, unga pichirlagan va gapirtirgan xorijiy yovuz shaxsning mavjudligini his qiladilar.
OʻN BIRINCHI ISHORA: Ahli zalolatning yomonliklaridan koinotning gʻazablanganini va umumiy unsurlarning qahrlanganlarini va umum mavjudotning achchigʻi chiqqanini Qur'oni Hakim moʻ'jizona ifoda qiladi. Ya'ni, Hazrati Nuh qavmining boshiga kelgan toʻfon bilan samovot va Yerning hujumini va Samud va Od qavmining inkoridan havo unsurining qahrini va Fir'avn qavmiga qarshi suv unsurining va dengizning qizishganini va Qorunga qarshi tuproq unsurining gʻazabini va ahli kufrga qarshi oxiratda تَكَادُ تَمَيَّزُ مِنَ الْغَيْظِ sirri bilan Jahannamning gʻazabini va qahrini va boshqa mavjudotning ahli kufr va zalolatga qarshi jahlini koʻrsatib, e'lon qilib gʻoyat mudhish tarzda va i'jozkorona ahli zalolat va isyonni qaytaradi.
Savol: Nima uchun bunday ahamiyatsiz insonlarning ahamiyatsiz amallari va shaxsiy gunohlari koinotning gʻazabini jalb qiladi?
Javob: Ba'zi risolalarda va oʻtgan ishoralarda isbot qilingani kabi, kufr va zalolat mudhish tajovuzdir va umum mavjudotni aloqador qiladigan jinoyatdir. Chunki koinot yaratilishining eng buyuk natijasi, ubudiyati insoniyadir va rububiyati Ilohiya qarshisida iymon va itoat bilan javob qaytarishdir. Holbuki, ahli kufr va zalolat esa, kufrdan chiqayotgan inkori bilan mavjudotning asl gʻoyalari va davom etish sabablari boʻlgan eng buyuk natijani rad qilganlari uchun, barcha yaratilgan borliqlarning huquqiga bir navi tajovuz bo'lgani kabi, barcha san'atli asarlarning oynalarida jilvalari namoyon boʻlgan va san'atli asarlarning qiymatlarini, oynadorlik jihatidan oliy qilgan Alloh ismlarining jilvalarini inkor qilganlari uchun, oʻsha Allohning muqaddas ismlariga qarshi haqorat bo'lgani kabi, barcha san'atli asarlarning qiymatini tushirish bilan oʻsha san'atli asarlarga nisbatan buyuk haqoratdir. Ham barcha mavjudotning har biri bittadan oliy vazifa bilan vazifador ma'muri Rabboniy darajasida, kufr bilan tubanlashtirib, jonsiz, foniy, ma'nosiz borliq darajasida koʻrsatgani uchun, barcha yaratilgan borliqlarning huquqiga nisbatan bir navi haqoratdir.
Xullas, zalolat turlari darajalariga koʻra ozmi-koʻpmi koinotning yaratilishidagi hikmati Rabboniyaga va dunyoning baqosidagi maqosidi Subhoniyaga zarar bergani uchun, ahli isyonga va ahli zalolatga nisbatan koinot gʻazablanadi, mavjudot achchiqlanadi, yaratilgan borliqlar qahr qiladi.
Ey jussasi va jismi kichik hamda jinoyati va zulmi katta va ayb va gunohi buyuk bechora inson! Koinotning gʻazabidan, yaratilgan borliqlarning nafratidan, mavjudotning qahridan qutulishni istasang, qutulishning chorasi: Qur'oni Hakimning muqaddas doirasiga kirish va Qur'onning yetkazuvchisi boʻlgan Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning sunnati saniyalariga ergashishdir. Kir va tobe boʻl!
OʻN IKKINCHI ISHORA: Toʻrt savol va javobdir.
Birinchi savol: Cheklangan hayotda, oz miqdordagi gunohlarga muqobil hadsiz azob va nihoyasiz Jahannam qanday qilib adolat boʻladi?
Javob: Oʻtgan ishoralarda, xususan bundan avvalgi "Oʻn birinchi ishora"da qat'iyan anglashildiki, kufr va zalolat jinoyati nihoyasiz bir jinoyatdir va hadsiz huquqqa tajovuzdir.
Ikkinchi savol: Shariatda aytilganki: "Jahannam qilingan amalning jazosidir, lekin Jannat Allohning fazli bilandir." Buni hikmatining sirri nimada?
Javob: Oʻtgan ishoralarda ayon boʻldiki, inson yaratish qobiliyati boʻlmagan juz'i ixtiyoriy va cheklangan kasb bilan, bir amri 'adamiy yoki bir amri e'tiboriy tashkil qilish bilan va subut berish bilan mudhish buzgʻunchiliklarga va yomonliklarga sabab boʻlgani kabi, nafsi va havosi doimo yomonliklarga va zararlarga moyil ekani uchun, oʻsha kichik kasbning natijasidan hosil boʻlgan yomonliklarning mas'uliyatini u tortadi. Chunki uning nafsi xohladi va oʻz kasbi bilan sabab boʻldi. Va yomonlik yoʻqlikka oid bo'lgani uchun, banda unga foil boʻldi. Janobi Haq ham yaratdi. Albatta oʻsha cheksiz jinoyatning mas'uliyatini nihoyasiz azob bilan tortishga loyiq boʻladi. Ammo yaxshiliklar va xayrlar esa, modomiki mavjudlikka oiddir, kasbi insoniy va juz'i ixtiyoriy ularga illati mujida boʻlolmaydi. Inson unda haqiqiy foil boʻlolmaydi. Va nafsi ammorasi ham yaxshiliklarga tarafdor emas, balki rahmati Ilohiya ularni istaydi va qudrati Rabboniya ijod qiladi. Faqat inson iymon bilan, orzu bilan, niyat bilan sohib boʻlishi mumkin. Va sohib boʻlgandan soʻng, oʻsha yaxshiliklar esa, unga avvalroq berilgan mavjudlik va iymon ne'matlari kabi oʻtgan Allohning cheksiz ne'matlariga shukrdir, oʻtgan ne'matlarga qaraydi. Allohning va'dasi bilan beriladigan Jannat esa, fazli Rahmoniy bilan beriladi. Koʻrinishda bir mukofotdir, haqiqatda fazldir. Demak yomonliklarda sabab nafsdir, jazolantirishga shaxsan loyiqdir. Yaxshiliklarda esa sabab Haqdandir, illat ham Haqdandir. Faqat inson iymon bilan sohib boʻladi. "Mukofotingni istayman" deyolmaydi, "Fazlingni kutaman" deb biladi.
Uchinchi savol: Oʻtgan izohlardan ham tushuniladiki, yomonliklar, yoyilish va tajovuz bilan koʻpayganidan, bitta yomonlik mingta yozilishi kerak, yaxshilik esa mavjudlikka oid ekani uchun moddiy jihatdan koʻpaymagani va bandaning ijodi bilan va nafsning orzusi bilan boʻlmagani uchun, umuman yozilmasligi kerak yoki bitta yozilishi kerak edi. Nima uchun yomonlik bitta yoziladi, yaxshilik oʻnta va ba'zan mingta yoziladi?
Javob: Janobi Haq kamoli rahmat va jamoli rahimiyatini oʻsha suratda koʻrsatadi.
Toʻrtinchi savol: Ahli zalolat qozongan muvaffaqiyat va koʻrsatgan quvvat va ahli hidoyat ustidan gʻalabalari koʻrsatadiki, ular bir quvvatga va bir haqiqatga tayanadilar. Demak yo ahli hidoyatda zaiflik bor, yo ularda bir haqiqat bor?
Javob: Aslo... Na ularda haqiqat bor, na ahli haqda zaiflik bor. Ammo afsuski tor fikrli muhokamasiz bir qism avom shubhaga tushib vasvasa qiladilar, aqidalariga zarar keladi. Chunki: "Agar ahli haqda toʻliq haq va haqiqat boʻlsaydi, bu daraja magʻlubiyat va zillat boʻlmasligi kerak edi. Chunki haqiqat quvvatlidir.اَلْحَقُّ يَعْلُو وَلَا يُعْلٰى عَلَيْهِ boʻlgan asos qoidasi bilan, quvvat haqdadir. Agar oʻsha ahli haqqa muqobil gʻolib boʻlgan ahli zalolatning haqiqiy quvvati va bir tayanch nuqtasi boʻlmasa edi, bu daraja gʻoliblik va muvaffaqiyat boʻlmasligi lozim kelardi?", deydilar.
Javob: Ahli haqning magʻlubiyati quvvatsizlikdan, haqiqatsizligidan boʻlmagani oʻtgan ishoralar bilan qat'iy isbot qilingani kabi, ahli zalolatning gʻalabasi quvvatlaridan va iqtidorlaridan va tayanch nuqtasi topganlaridan boʻlmagani, yana oʻsha ishoralar bilan qat'iy isbot qilinganidan, bu savolning javobi oʻtgan ishoralarning umumidir. Faqat bu yerda hiylalariga va iste'mol qilgan bir qism qurollariga ishora qilamiz. Jumladan:
Men oʻzim koʻp marta shohid boʻlganmanki, oʻnta ahli fasod toʻqsonta ahli salohni magʻlub qilardi. Hayrat bilan qiziqdim, tadqiq qilib qat'iyan angladimki, oʻsha gʻalaba quvvatdan, qudratdan kelmaydi,
balki fasoddan va pastkashlikdan va buzgʻunchilikdan va ahli haqning ixtilofidan foydalanishidan va ichlariga ixtilof solishdan va zaif tomonlarni tutishdan va ulardan foydalanishdan va nafsoniy hissiyotni va shaxsiy gʻarazlarni qoʻzgʻatishdan va insonning mohiyatida zararli ma'danlar hukmida boʻlgan yomon iste'dodlarni ishlattirishdan va shonu-sharaf nomi bilan riyokorlik bilan nafsning fir'avnligini shishirishdan va vijdonsizcha buzgʻunchiliklaridan hamma qoʻrqishidan keladi. Va shunga oʻxshash shaytoniy hiylalar vositasida vaqtinchalik ahli haq ustidan gʻalaba qozonadilar. Lekin وَالْعَاقِبَةُ لِلْمُتَّقِينَ sirri bilan, اَلْحَقُّ يَعْلُو وَلَا يُعْلَى عَلَيْهِ dasturi bilan, ularning oʻsha vaqtinchalik gʻalabalari manfaat jihatidan ular uchun ahamiyatsiz boʻlish bilan birga, Jahannamni oʻzlariga va Jannatni ahli haqqa qozontirishlariga sababdir.
Xullas, zalolatda iqtidorsizlar qudratli koʻrinishlari va ahamiyatsizlar shuhrat qozonishlari uchun, xudfurush, shuhratparast, riyokor insonlar va oz narsa bilan iqtidorlarini koʻrsatish va qoʻrqitish va zarar yetkazish jihatidan mavqe qozonish uchun ahli haqqa muxoliflik vaziyatiga kiradilar. Toki koʻrinsin va diqqat unga jalb qilsin. Va iqtidor va qudrat bilan emas, balki tark va harakatsizlik bilan sabab boʻgan buzgʻunchiligi unga nisbat berilib, undan bahs qilinsin. Bunday shuhrat devonalaridan biri namozgohni iflos qilgan, toki hamma undan bahs qilsin. Hatto undan la'nat bilan bahs qilingan boʻlsa ham, "shuhratparastlik hissi unga bu la'natli shuhratni chiroyli koʻrsatgan" degan zarbulmasal boʻlgan.
Ey olami baqo uchun yaratilgan va foniy olamga mubtalo boʻlgan bechora inson!
oyatining sirriga diqqat qil, quloq sol! Qara nima deydi! Ochiq ma'nosi bilan farmon qiladiki: "Ahli zalolat oʻlishi bilan inson bilan aloqador boʻlgan samovot va Yer ularning jasadlari ustida yigʻlamaydi, ya'ni ularning oʻlishi bilan mamnun boʻladi." Va ishoriy ma'nosi bilan ifoda qiladiki: "Ahli hidoyatning oʻlishi bilan samovot va Yer ularning jasadlari ustida yigʻlaydi, firoqlarini istamaydi." Chunki ahli iymon bilan butun koinot aloqadordir, undan mamnundir. Zero iymon bilan Xoliqi Koinotni bilganlari uchun, koinotning qiymatini taqdirlab hurmat va muhabbat koʻrsatadilar. Ahli zalolat kabi haqorat va yashirincha adovat qilmaydilar.
Ey inson, oʻyla! Sen baribir oʻlasan. Agar nafs va shaytonga tobe boʻlsang, sening qoʻshnilaring, balki qarindoshlaring sening yomonligingdan qutulgani uchun sevinadi. Agar "A'uzu billahi minashshaytonir rojiym" deb, Qur'onga va Habibi Rahmonga tobe boʻlsang, samovot, Yer va mavjudot, harkimning darajasiga ko'ra, sening darajangga koʻra sendan ayrilganlaridan xafa boʻlib ma'nan yigʻlaydilar. Qattiq motam va muhtasham kuzatish bilan, qabr eshigidan kirgan baqo olamingda darajangga nisbatan chiroyli kutib olinish borligiga ishora qiladilar.
OʻN UCHINCHI ISHORA: "Uch nuqta"dir.
Birinchi nuqta: Shaytonning eng katta hiylasi, iymon haqiqatlarining azamati jihatida tor qalbli va kalta aqlli va qisqa fikrli insonlarni aldaydi: "Bitta zot barcha zarralar va sayyoralar va yulduzlarni va boshqa mavjudotni butun hollari bilan tadbiri rububiyatida aylantiradi, idora qiladi deyiladi. Bunday behad ajablanarli ulkan masalaga qanday ishonilishi mumkin? Qanday qilib qalbga joylashadi? Qanday qilib fikr qabul qila oladi?" deydi. Insonning ojizligi nuqtasida inkor hissini uygʻotadi.
Javob: Shaytonning bu hiylani jim qilgan sir: "Allohu Akbar"dir. Va haqiqiy javobi ham "Allohu Akbar"dir." Ha, "Allohu Akbar"ning haddan ortiq koʻp Islomiy shiorlarda takrori bu hiylani yoʻq qilish uchundir. Chunki insonning ojiz quvvati va zaif qudrati va tor fikri bunday behad buyuk haqiqatlarni "Allohu Akbar" nuri bilan koʻrib tasdiq qiladi va "Allohu Akbar" quvvati bilan oʻsha haqiqatlarni tashiydi va "Allohu Akbar" doirasida joylashtiradi va vasvasaga tushgan qalbiga aytadiki: Bu koinotning gʻoyat muntazam ravishda idora va boshqaruvi koʻz bilan koʻrinmoqda. Bunda ikki yoʻl bor:
Birinchi yoʻl: Mumkindir, faqat gʻoyat azimdir va hayratlanarlidir. Chunki bunday hayratlanarli asar hayratlanarli san'at bilan, juda ajablanarli bir yoʻl bilan boʻladi. U yoʻl esa, mavjudot, balki zarralar sanogʻicha mavjudligining shohidlari boʻlgan bir Zoti Ahad va Samadning rububiyati bilan va iroda va qudrati bilan boʻlishidir.
Ikkinchi yoʻl: Hech bir imkoni boʻlmagan va imkonsizlik darajasida mushkul va hech bir jihatda aqlga uygʻun boʻlmagan shirk va kufr yoʻlidir. Chunki "Yigirmanchi Maktub" va "Yigirma ikkinchi Soʻz" kabi koʻp risolalarda gʻoyat qat'iy isbot qilingani kabi, oʻsha vaqt koinotning har bir mavjudida va hatto har bir zarrasida bir mutlaq uluhiyat va hamma narsani qamragan ilm va cheksiz qudrat boʻlishi lozim boʻladi. Toki mavjudotda koʻz bilan koʻringan mukammal darajada nizom va intizom va gʻoyat hassos mezon va imtiyoz bilan mukammal va bezalgan san'atli naqshlar vujud topa olsin.
Bir soʻz bilan, agar tamoman loyiq va tamoman joyida boʻlgan azamatli va kibriyoli rububiyat boʻlmasa, oʻsha vaqt har jihatdan aqlga zid va imkonsiz bir yoʻlni ta'qib qilish lozim boʻladi. Loyiq va lozim boʻlgan azamatdan qochish bilan, mahol va imkonsizlikka kirishni shayton ham taklif qilolmaydi.
Ikkinchi nuqta: Shaytonning muhim bir hiylasi, insonga kamchiligini e'tirof ettirmaslikdir. Toki istigʻfor va Allohdan panoh soʻrash yoʻlini berkitsin. Ham inson nafsining takabburligini qoʻzgʻatsin, toki nafs oʻzini advokat kabi mudofaa qilsin, goʻyo kamchiliklardan poklasin. Ha, shaytonni tinglagan bir nafs kamchiligini koʻrishni istamaydi. Koʻrsa ham, yuz ta'vil bilan ta'vil qildiradi.
sirri bilan: Nafsiga mamnuniyat nazari bilan qaragani uchun aybini koʻrmaydi. Aybini koʻrmagani uchun e'tirof qilmaydi, istigʻfor qilmaydi, Allohdan panoh soʻramaydi, shaytonga masxara boʻladi. Hazrati Yusuf alayhissalom kabi bir Paygʻambari Oliyshon, وَمَآ اُبَرِّئُ نَفْسِى اِنَّ النَّفْسَ لَامَّارَةٌ بِالسُّوٓءِ اِلَّا مَا رَحِمَ رَبِّى degan ekanlar, qanday qilib nafsga ishonish mumkin? Nafsini ayblagan kishi kamchiligini koʻradi. Kamchiligini e'tirof qilgan odam istigʻfor aytadi. Istigʻfor aytgan kimsa, Allohdan panoh soʻraydi. Allohdan panoh soʻragan odam shaytonning yomonligidan qutuladi. Kamchiligini koʻrmaslik oʻsha kamchilikdanda katta kamchilikdir. Va kamchiligini e'tirof qilmaslik katta nuqsondir. Va kamchiligini koʻrsa, oʻsha kamchilik kamchilik boʻlishdan chiqadi. E'tirof qilsa, afvga loyiq boʻladi.
Uchinchi nuqta: Insonning ijtimoiy hayotini barbod qilgan shaytonning bir hiylasi shuki, bir moʻminning bitta gunohi bilan barcha savoblarini yopadi. Shaytonning bu hiylasiga quloq solgan insofsizlar moʻminga adovat qiladilar. Holbuki, Janobi Haq hashrda mutlaq adolat bilan mezoni akbarida mukallaflarning amallarini tortgan paytda, savoblari gunohlariga gʻolib-magʻlubligiga koʻra hukm qiladi. Yana, gunohlarning sabablari koʻp va vujudga kelishi oson bo'lgani uchun, ba'zan bir savob bilan koʻp gunohlarini yopadi. Demak, bu dunyoda adolati Ilohiyaga muvofiq muomala qilish lozim. Agar bir odamning yaxshiliklari yomonliklaridan son yoki sifat jihatidan koʻproq kelsa, oʻsha odam muhabbatga va hurmatga loyiqdir. Balki birgina qiymatli savob tufayli, koʻp gunohlarini kechirish nazari bilan qarash lozim. Holbuki, inson tabiatidagi zulm tuygʻusi bilan, shaytonning shivirlashi bilan, bir odamning yuzta savobini bir gunoh tufayli unutadi, moʻmin qardoshiga adovat qiladi, gunohlarga kiradi. Masalan, pashshaning bir qanoti koʻz ustiga qoʻyilsa, bir togʻni toʻsadi, koʻrsatmay qoʻyadi. Xuddi shuning kabi, inson gʻaraz qilish tuygʻusi ta'sirida pashsha qanoti qadar bir gunoh bilan togʻdek savobni yopadi, unutadi. Moʻmin qardoshiga adovat qiladi, insonlarning ijtimoiy hayotida bir fasod vositasiga aylanadi.
Shaytonning bu hiylasiga oʻxshagan boshqa hiyla bilan, insonning sogʻlom fikrlashini vayron qiladi, iymon haqiqatlariga nisbatan toʻgʻri muhokamani buzadi va fikrning istiqomatiga buzadi. Jumladan:
Bir iymon haqiqatiga doir yuzlab isbot qiluvchi dalillarning hukmini yoʻqligiga dalolat qilgan bir alomat bilan sindirishni istaydi. Holbuki muqarrar bor: "Bitta isbot qiluvchi koʻp inkor qiluvchilardan ustun keladi." Bir da'voni isbot qiluvchi bir guvohning hukmi yuzta inkor qilganlardan ustun boʻladi. Bu haqiqatga ushbu misol bilan qara. Jumladan:
Bir saroyning yuzlab berk eshiklari bor. Bir eshik ochilishi bilan oʻsha saroyga kirish mumkin, boshqa eshiklar ham ochiladi. Agar barcha eshiklar ochiq boʻlsa-yu, bir-ikkitasi berkilsa, oʻsha saroyga kirib boʻlmaydi deyilmaydi.
Iymon haqiqatlari oʻsha saroydir. Har bir dalil bir kalitdir, isbot qiladi, eshikni ochadi. Bir eshikning berk qolishi bilan oʻsha iymon haqiqatidan voz kechilmaydi va inkor qilinmaydi. Shayton esa, ba'zi sabablarga binoan, yo gʻaflat yoki jaholat vositasida berk qolgan bir eshikni koʻrsatadi, isbot qiluvchi barcha dalillarni nazardan tushiradi. "Bu saroyga kirilmaydi, balki saroy emas, ichida hech narsa yoʻq", deb aldaydi.
Xullas, ey shaytonning hiylalariga mubtalo boʻlgan bechora inson! Diniy, shaxsiy va ijtimoiy hayotning farovonligini tilasang va fikrning sihatini va nazarning istiqomati va qalbning salomatligini istasang, muhkamoti Qur'oniyaning mezonlari bilan va sunnati saniyaning tarozilari bilan amallaringni va qalbingdan oʻtganlarni narsalarni tort va Qur'onni va sunnati saniyani doimo rahbar qil va
degin, Janobi Haqqa iltijoda boʻl!
Ushbu oʻn uch ishora oʻn uch kalitdir! Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning eng oxirgi surasi va
ning batafsil izohi va ma'dani boʻlgan
surasining hisni hasini va metin qal'asining darvozasini oʻsha oʻn uch kalit bilan och, kir, salomatlikni top!