Kastamonu Lahikasi
— 165 —
Xayol libosini kiygan muazzam bir haqiqat

Ey yoʻldoshi xushdor! Siroti mustaqimning u maslagi nuroniy, magʻdub va dolliynning u tariqi zulmoniy, toʻliq farqlarini koʻrish agar istasang ey aziz,

Kel vahmingni qoʻlga ol, xayol ustiga ham min, hozir sen bilan boramiz zulumoti adamga. U mozori akbarni, u shahri pur-amvotni bir ziyorat qilamiz.

Bir Qodiyri Azaliy, oʻz dasti qudratila bu zulumot qit'adan bizni tutdi chiqardi, bu vujudga mindirdi, yubordi shu dunyoga; shu shahri be-lazoiz.

Mana hozir biz keldik shu olami vujudga, u qoʻrqinchli sahroga. Koʻzimiz ham ochildi, olti jihatda biz boqdik; avval marhamat istab qarshimizga qaraymiz.

Lekin balolar, alamlar qarshimizda dushmanlar kabi hujum qiladi. Undan qoʻrqdik, chekindik. Oʻngga-chapga, tabiat unsurlariga qaraymiz, undan madad kutamiz.

Lekin biz koʻryapmizki, ularning qalblari qattiq, marhamatsiz. Tishlarini koʻrsatar, hiddatli ham qararlar; na noz tinglar, na niyoz!

Nochor odamlar kabi ma'yusona nazarni yuqoriga koʻtardik. Ham madad istab samoviy jismlarga qaraymiz; juda dahshatli tahdidkor ham koʻramiz.

— 166 —

Goʻyo bittadan zambarak oʻqi boʻlganlar, uyalardan chiqqanlar, ham atrofi fazoda juda tez oʻtadilar, qandaydir boʻlib ular bir-biriga tegilmas.

Gar birisi yoʻlini tasodifan adashtirsa, Alloh saqlasin, shu olami shahodat oʻti ham yoriladi. Tasodifga bogʻliqdir; bundan ham xayr kelmas.

Ma'yusona nazarni u tomondan oʻgirdik, alamli hayratga tushdik. Boshimiz ham egildi, siynamizda saqlandik, nafsimizga qaraymiz. Mutolaa qilamiz.

Mana eshityapmiz: Bechora nafsimizdan minglab hojatlarning faryodlari kelyapti. Minglab qashshoqliklarning nolonlari chiqyapti. Tasallini kutarkan vahshatga tushyapmiz.

Undan ham xayr kelmadi. Juda iltijokorona vijdonimizga kirdik; ichiga qaraymiz, bir chorani kutamiz. Eyvoh! Yana topmaymiz; biz madad berishimiz kerak.

Zero unda koʻrinar minglab umidlari, gʻalayonli orzular, hayajonli hissiyot, koinotga uzangan. Har biridan titraymiz, hech yordam berolmaymiz.

U istaklar siqilganlar vujud-adam ichida; bir tarafi azalga, bir tarafi abadga uzanib ketyaptilar. Shunday kengliklari bor; gar dunyoni yutsa u vijdon ham toʻq boʻlmas.

Mana bu alamli yoʻlda qayerga bir bosh urdik, unda bir balo topdik. Zero magʻdub va dolliyn yoʻllari bunday boʻladi. Tasodif va zalolat, u yoʻlda nazar-andoz.

U nazarni biz toqdik, bu holga bunday tushdik. Hozir ham holimiz ki mabda' va ma'adi, ham Sone' va ham hashrni vaqtinchalik unutganmiz.

Jahannamdan battardir, undan koʻproq yoquvchi, ruhimizni ezadi. Zero oʻsha olti jihatdan ki ularga murojaat qildik, shunday holat olganmiz.

Ki qilingan u holat, ham xavf bilan dahshatdan, ham ajz bilan ra'shatdan, ham qolaq va vahshatdan, ham yetimlik va ham umidsizlikdan tarkib topgan vijdonsoʻz.

Hozir har jihatga muqobil muxolafat qilamiz, daf qilishga urinamiz. Avval, kuchimizga murojaat qilamiz, afsuslar boʻlsin, koʻramiz

Ki ojiza zaifa. Ikkinchidan: Nafsda boʻlgan hojatlarning jim boʻlishiga qaraymiz. Afsuslar boʻlsin, toʻxtamasdan baqirganin koʻramiz.

Uchunchidan: Madad soʻrab, bir xaloskor uchun baqirib-chaqiramiz; na birov eshitadi, na javobni beradi. Biz ham oʻylaymiz:

— 167 —

Har narsa bizga dushman, har narsa bizdan gʻarib. Hech narsa qalbimizga bir tasalli bermaydi; hech ishonch baxsh etmaydi, haqiqiy zavqni bermas.

Toʻrtinchidan: Bu samoviy jismlarga qaragan sari, ular nazarga berar bir xavf bilan dahshatni. Ham vijdonning muz'iji bir tavahhush keladi: Aqlsoʻz, avhomsoz!

Xullas ey birodar! Bu zalolatning yoʻli, mohiyati shundaydir. Kufrdagi zulmatni bu yoʻlda tamom koʻrdik. Endi esa kel qardoshim, u adamga qaytamiz.

Takror yana kelamiz. Bu karra tariqimiz siroti mustaqimdir, ham iymonning yoʻlidir. Dalil va imomimiz, inoyat va Qur'ondir, shahbozi advor-parvoz.

Xullas, Sultoni Azalning rahmat va inoyati, ne vaqt bizni istadi, qudrat bizni chiqardi, lutfan bizni mindirdi qonuni mashiatga: Atvor ustida pardoz.

Hozir bizni keltirdi, shafqat bilan kiydirdi shu vujud koʻylagini, omonat rutbasini bizga tavjih ayladi. Nishoni niyoz va namoz.

Shu davrlar va hollarning bu uzun yoʻlimizda bittadan manzili nozdir. Yoʻlimizda osonlik uchundirki, qadardan bir amrnoma bergan, sahifada jabhamiz.

Har qayerga borsak, har qaysi toifaga musofir boʻlsak, juda qardoshona qarshilash koʻryapmiz. Mulkimizdan beramiz, mulklaridan olamiz.

Tijorat muhabbati, ular bizni oziqlantirarlar, hadyalar bilan bezarlar, hamda kuzatib qoʻyarlar. Bora bora mana keldik, dunyo eshigidamiz eshityapmiz ovoz.

Qara kirdik shu zaminga; oyogʻimizni bosdik shahodat olamiga: Shahr-oyina-i Rahmon, shovqinxona-i inson. Hech narsa bilmaymiz, dalil va imomimiz mashiati Rahmondir. Vakili dalilimiz, nozanin koʻzlarimiz. Koʻzlarni ochdik, dunyo ichiga soldik. Xotiringga kelarmi avvalgi kelishimiz?

Gʻarib, yetim boʻlgandik; dushmanlarimiz koʻpdi, bilmasdik homiymizni. Hozir nuri iymon bilan u dushmanlarga qarshi bir rukni metinimiz.

Tayanch nuqtamiz, ham himoyatkorimiz daf etar dushmanlarni. U iymoni billohdirki, ziyo-i ruhimiz, ham nuri hayotimiz, hamda ruhi ruhimiz.

— 168 —

Xullas qalbimiz xotirjam, dushmanlarga ahamiyat bermas, balki dushman deb bilmas. Avvalgi yoʻlimizda, vijdonga kirganimizda; eshitdik undan minglab dodu faryod va ovoz.

Undan baloga tushdik. Zero istak, orzular, iste'dod, hissiyot; doim abadni istar. Uning yoʻlini bilmasdik, bizdan yoʻl bilmaslik, unda fizoru niyoz.

Faqat Alhamdulilloh, hozir kelishimizda topdik nuqta-i madad, ki doim hayot berar u iste'dod, istaklarga; to abad-ul obodga ularni etar parvoz.

Ularga yoʻl koʻrsatar, u nuqtadan iste'dod. Ham madad beradi, ham obi hayotni ichar, ham kamoliga yugurar u nuqta-i madadkor, u shavq-angiz ramzu noz.

Ikkinchi qutbi iymon ki: Tasdiqi hashrdir. Saodati abadiy; u sadafning gavhari iymon, burhoni Qur'on. Vijdon, insoniy bir roz.

Hozir boshingni koʻtar, shu koinotga bir boq, u bilan bir gaplash. Avvalgi yoʻlimizda juda mudhish koʻrinardi. Hozir esa kulimsirab har tarafga kulyapti, nozaninona niyozu ovoz.

Koʻrmasmisan koʻzimiz ari-misol boʻlgandir, har tarafga uchyapti. Koinot boʻstonidir, har tarafda chechaklar, har chechak ham beradi unga bir obi laziz.

Ham unsiyat, tasalli, tahabbubni beradi. U ham olar keltirar, shahdi shahodat qilar. Bolda bir bol oqitar, u asrorangiz shahboz.

Harakoti ajromga, yo nujum, yo shumusga nazarimiz qoʻngancha, qoʻllariga berarlar Xoliqning hikmatini. Ham moya-i ibratni, ham jilva-i rahmatni olar qiladi parvoz.

Goʻyo shu Quyosh bizlar bilan gapiradi: Deydi: "Ey qardoshlarimiz! Vahshatga tushib siqilmang, xush keldingiz marhabo, xush tashrif buyurdingiz. Manzil sizning; men bir mumdori shaxnoz.

Men ham siz kabiman, lekin sof isyonsiz, mute bir xizmatkorman. U Zoti Ahadi Samadki mahzi rahmati bilan xizmatingizga meni musahhari purnur qilgan. Mendan harorat, ziyo; sizdan namozu niyoz."

Ana, qarang Qamarga! Yulduzlar bilan dengizlar har biri ham oʻziga maxsus bittadan lison bilan: "Xush keldingiz marhabo!" derlar. "Xush keldingiz, bizni tanimaysizmi?"

— 169 —

Sirri taovun bilan boq, ramzi nizom bilan tingla. Har birisi aytyapti: "Biz ham bittadan xizmatkor, rahmati Zuljalolning bittadan oynadorimiz; hech ham xafa boʻlmanglar, bizdan siqilmanglar."

Zilzila na'ralari, hodisot faryodlari sizni hech qoʻrqitmasin, vasvasa ham bermasin. Zero ular ichida bir zamzama-i azkor, bir damdama-i tasbeh, valvala-i nozu niyoz.

Sizni bizga yuborgan u Zoti Zuljalol, qoʻllarida tutgandir bularning tizginlarini. Iymon koʻzi oʻqiydi yuzlarda oyati rahmat, har biri bittadan ovoz.

Ey moʻmini qalbi hushyor! Endi koʻzlarimiz bir oz dam olsinlar, ularning badaliga hassos qulogʻimizni iymonning muborak qoʻliga beramiz, dunyoga yuboramiz. Tinglasin laziz bir soz.

Avvalgi yoʻlimizda bir motami umumiy, ham vavaylo-i mavtiy deb oʻylangan u ovozlar, hozir yoʻlimizda bittadan navozu namoz, bittadan ovozi niyoz, bittadan tasbehga ogʻoz.

Tingla, havodagi damdama, qushlardagi jivjiva, yomgʻirdagi zamzama, dengizdagi gʻamgʻama, ra'dlardagi raqraqa, toshlardagi tiqtiqa bittadan ma'nodor navoz.

Tarannumoti havo, na'aroti ra'diya, nagʻomoti amvoj bittadan zikri azamat. Yomgʻirning hazajoti, qushlarning sajaoti bittadan tasbehi rahmat, haqiqatga bir majoz.

Ashyoda boʻlgan ovozlar, bittadan ovozi vujuddir: Men ham borman derlar. U koinoti sokit, birdan soʻzni boshlaydi: "Bizni jonsiz oʻylama, ey insoni boshboʻgʻoz!."

Qushlarni gapirtirar yo bir lazzati ne'mat, yo bir nuzuli rahmat. Boshqa-boshqa ovozlar bilan, kichik ogʻizlari bilan rahmatni olqishlarlar, ne'mat ustida tushar, shukr bilan qilar parvoz.

Ramzan ular aytarlar: "Ey koinot qardoshlar! Ne goʻzaldir holimiz: Shafqat bilan parvarish qilinyapmiz, holimizdan mamnunmiz. Oʻtkir tumshuqlari bilan fazoga sochadilar bittadan ovozi pur-noz.

Goʻyo butun koinot ulviy bir musiqadir, iymon nuri eshitar azkor va tasbehlarni. Zero hikmat rad etar tasodif vujudini, nizom esa haydaydi ittifoqi avhom-soz.

— 170 —

Ey yoʻldosh! Hozir shu olami misoliydan chiqamiz, xayoliy vahmdan tushamiz, aql maydonida turamiz, mezonga tortamiz, qilamiz yoʻllarni bar-andoz.

Avvalgi alamli yoʻlimiz magʻdub va dolliyn yoʻli, u yoʻl berar vijdonga, to eng chuqur joyiga ham bir hissi aliymni, ham bir shiddatli alamni. Shuur uni koʻrsatar. Shuurga zid boʻlganmiz.

Ham qutulish uchun ham nochor va ham muhtojmiz; yo u taskin etilsin, yo ihsos ham boʻlmasin, Boʻlmasa chiday olmaymiz, faryodu fizor tinglanmas.

Huda esa shifodir, havo, hislarni sezmaydigan qilishdir. Bu ham tasalli istar, bu ham tagʻoful istar, bu ham mashgʻuliyat istar, bu ham ovunchoq istar. Havasoti sehrboz.

Toki vijdonni aldatsin, ruhi tanvim etilsin, toki alam his qilinmasin. Boʻlmasa u alamli azob, vijdonni ihroq etar, faryodga chidab boʻlmas; alami ya's chidalmas.

Demak siroti mustaqimdan qanchalar uzoq tushsa, oʻsha daraja nisbatan shu holat ta'sir etar, vijdonni baqirtirar. Har lazzatning ichida alami bor, bittadan iz.

Demak havas, havo, koʻngilxushlik, safohatdan tashkil topgan shashaa-i madaniy, bu zalolatdan kelgan shu mudhish aziyatga bir yolgʻonchi malham, uxlatuvchi zaharboz.

Ey aziz birodarim! Ikkinchi yoʻlimizda, u nuroniy tariqda bir holatni his qildik; u holat bilan boʻladi hayot, ma'dani lazzat. Alamlar boʻlar lazoiz.

U bilan buni bildikki, mutafovit darajada, quvvati iymon nisbatida ruhga bir holat berar. Jasad ruh bilan multazdir, ruh vijdon bilan mutalazziz.

Bir saodati ajila, vijdonda joylashtirilgandir; bir firdavsi ma'naviy, qalbida qoʻyilgandir. Oʻylash esa teshishdir; shuur esa, shiori roz.

Hozir qanchalar qalb ogohlantirilsa, vijdon harakatlantirilsa, ruhga his qildirilsa; lazzat ziyoda boʻlar, hamda aylanar otashi nur, qishi yoz.

Vijdonda firdavslarning eshiklari ochilar, dunyo boʻlar bir jannat. Ichida ruhlarimiz, qilar parvozu pardoz, boʻlar shahbozu shahnoz, yelpigʻich namozu niyoz.

— 171 —

Ey aziz yoʻldoshim! Hozir sogʻ boʻling. Kel, barobar bir duo qilamiz, soʻngra esa koʻrishguncha ayrilamiz...

اَللّٰهُمَّ اِهْدِنَا الصِّرَاطَ الْمُسْتَق۪يمَ ٭ اٰم۪ينَ
***