Bir payt tushda koʻrdimki: Ararat Togʻi ostidaman. Birdan oʻsha togʻ portladi, togʻ kabi toshlarni olamga tarqatdi, larzaga soldi jahonni.
Birdaniga bir odam yonimda paydo boʻldi. Dediki: Iyjoz bilan bayon et, ijmol bilan iyjoz et, bilganing anvo'i i'jozi Qur'onni!
Hali tushda ekanman ta'birini oʻyladim. Dedim: Shu yerdagi portlash, basharda bir inqilobga misol. Inqilobda esa albat huda-i Furqoniy,
Har tarafda yuksalib hamda hokim boʻladi. I'jozining bayoni, zamoni ham keladi! U soʻraganga javoban dedim: I'jozi Qur'oniy,
Yetti kulliy manbalardan tajalliy, ham yetti unsurlardan tarkib topar. Birinchi Manba: Lafzning fasohatidan salosati lisoni;
Nazmning jazolatidan, ma'no balogʻatidan, mafhumlarning bado'atidan, mazmunlarning baro'atidan, uslublarning gʻarobatidan birdan tavallud etgan bariqa-i bayoni.
Ular bilan boʻldi mumtazij, mizoji i'jozida ajib bir naqshi bayon, gʻarib bir san'ati lisoniy. Takrori hech bir zamon zeriktirmas insonni.
Ikkinchi Unsur esa: Koinotdagi ishlarda gʻaybiy boʻlgan asoslar, Ilohiy haqiqatlardan, gʻaybiy boʻlgan sirlardan, gʻaybiyi osmoniy.
Moziyda yoʻqolgan gʻaybiy boʻlgan ishlardan, istiqbolda yashirin qolib ketgan hollardan, birdan ichiga olgan bir ilm-ul gʻuyub xazanasi.
Olam-ul gʻuyub lisoni, shahodat olami bilan gapiradi ruknlari, ramzlar bilan bayoni, nishon nav'-i insoniy, i'jozning bir lam'a-i nuroniy...
Uchinchi Manba esa: Besh jihat bilan horiqo bir jome'iyat bordir. Lafzida, ma'nosida, hukmlarida, ham ilmida, maqsadlarning mezoni.
Lafzi ichiga olar juda keng ehtimollar; ham vujuhi kasira-ki, har biri nazari balogʻatda mustahsan, arabchaga koʻra sahih, sirri tashri'ni loyiq koʻradi oniy.
Ma'nosida: Mashoribi avliyo, azvoqi orifiyni, mazohibi solikiyn, turuqi mutakallimiyn, manohiji hukamo, u i'jozi bayoni
Birdan ihota qilgan, hamda ichiga olgan. Dalolatida vus'at, ma'nosida kenglik. Bu deraza bilan boqsang, koʻrarsan qanday kengdir maydoni!
Hukmlardagi isti'ob: Shu horiqo shariat undan boʻlgan istinbot. Saodati doraynning barcha dasturlarini, barcha asbobi amni,
Ijtimoiy hayotning barcha aloqalarini, vasoili tarbiya, haqoiqi ahvolni birdan ichiga olgan uning tarzi bayoni...
Ilmidagi istigʻroq: Ham ulumi kavniya, ham ulumi Ilohiy, unda marotibi dalolot, rumuz bilan ishorot, suralar qal'alarida jam etgandir jinonni.
Maqosid va gʻoyotda: Muvozanat, ittirod, fitrat dasturlariga mutobaqat, ittihod; toʻliq muro'at etgan, hifz aylagan mezonni.
Mana lafzning ihotasida, ma'noning vus'atida, hukmning isti'obida, ilmning istigʻroqida, muvozana-i gʻoyotda jome'iyati purshoni!..
Toʻrtinchi unsur esa: Har asrning daraja-i fahmiga, adabiy rutbasiga, ham har asrdagi tabaqalarga, daraja-i iste'dod, rutba-i qobiliyat nisbatida qiladi bir ifoza-i nuroniy.
Har asrga, har asrdagi har tabaqaga eshigi ochilgan. Goʻyo har damda, har yerda yangi nozil boʻlyapti u Kalomi Rahmoniy.
Keksaygancha zamon, Qur'on ham yosharyapti. Ramzlari ham ayon boʻlar, tabiat va sabablarning pardasini ham yirtar u xitobi Yazdoniy.
Nuri tavhidi, har dam har oyatdan joʻsh urar. Shahodat pardasini gʻayb ustidan koʻtarar. Ulviyati xitobi diqqatga da'vat etar, u nazari insonni.
Ki u lisoni gʻaybdir; shahodat olami bilan shaxsan udir gaplashar. Shu unsurdan bu chiqar, horiqo yangiligi bir ihota-i ummoniy!
Ta'nisi azhan uchun aqli basharga qarshi Ilohiy tanazzulot. Tanzilning uslubida tanavvu'i munisligidir mahbubi insu joni.
Beshinchi Manba esa: Naql va hikoyalarida, sodiq xabarlarda asosiy nuqtalardan hozir mushohid kabi bir uslubi badi'-i pur-ma'oniy
Naql etib, basharni u bilan ogohlantirar. Naql qilganlari shulardir: Ixbori avvaliynni, ahvoli oxiriynni, asrori jahannam va jinonni.
Haqoiqi gʻaybiya, ham asrori shahodat, saroiri Ilohiy, ravobiti kavniyga doir hikoyotidir hikoyoti a'yoniy
Ki na voqe' rad aylagan, na mantiq takzib etgan. Mantiq qabul etmasa rad ham qila olmaydi. Samoviy kitoblarning ki matmahi jihoniy.
Ittifoqiy nuqtalarda musaddiqona naql etar. Ixtilofiy yerlarida musahhihona bahs etar. Bunday naqliy ishlar bir "Ummiy"dan chiqishi horiqo-i zamoniy...
Oltinchi Unsur esa: Mutazammin va muassis boʻlgan Dini Islomga. Islomiyat misliga na moziy muqtadirdir, na mustaqbal muqtadir; tadqiq qilsang zamon bilan makonni!..
Arzimizning sanaviy, yavmiy doirasida shu xayti samoviydir; tutgan-u aylantiryapti. Kuraga ogʻir bosgan, ham yana unga mingan. Tashlamaydi isyonni.
Yettinchi Manba esa: Shu olti manbadan chiqqan anvori sitta, birdan etar imtizoj. Undan chiqar bir husn, bundan kelar bir hads, vosita-i nuroniy.
Shundan chiqqan bir zavqdir; zavqi i'joz bilinar, ta'biriga lisonimiz yetishmas. Fikr ham qasirdir, koʻrinar da tutilmas u nujumi osmoniy.
Oʻn uch asr muddatda mayl-ut tahaddiy bor ekan Qur'onning dushmanida, shavqi taqlid uygʻongan Qur'onning ahbobida. Mana i'jozning bir burhoni...
Shu ikki mayli shadid bilan yozilgandir maydonda, millionlab kutubi arabiya, kelgandir kutubxona-i vujudga. Ular bilan Tanzili tushsa bir mezoni
Muvozanat qilinsa, emas dono-i biymudoniy, hatto eng omi odam, koʻz quloq bilan deydi: Bular esa insoniy, shu esa osmoniy!
Hamda hukm etadi: Shu bularga oʻxshamas, rutbasida boʻlolmas. Unday boʻlsa yo umumdan ashagʻi; bu esa, bilbedaho ma'lum boʻlgan butlani.
Unday boʻlsa, umumidan ustundir. Mazmunlari shu qadar zamonda, eshik ochiq, basharga vaqf etilgan; oʻziga da'vat etgan arvoh bilan azhonni!
Bashar unda tasarruf, oʻziga ham mol etgan. Uning mazmunlari bilan yana Qur'onga qarshi chiqmagan, hech bir zamon chiqolmas; oʻtdi zamoni imtihoni.
Boshqa kitoblarga oʻxshamas, ularga maqiys boʻlmas; zero yigirma yil mobaynida munajjaman hojatlarga nisbatan nuzuli; mutafarriq mutaqoti', bir hikmati Rabboniy.
Asbobi nuzuli muxtalif, mutabayin. Bir moddada savollar mutakarrir, mutafovit. Hodisoti ahkomi mutaaddid, mutagʻayir. Muxtalif, mutafariq nuzulining vaqtlari.
Holoti talaqqiysi mutanavvi', mutaxolif. Aqsomi muxotobi mutaaddid, mutaba'id. Gʻoyoti irshodida mutadarrij, mutafovit. Shu asoslarga mustanid binosi, ham bayoni,
Javobi, ham xitobi. Bu bilan ham barobar salosat va salomat, tanosub va tasonud, kamolini koʻrsatgan; mana uning shohidi: Fanni Bayon, Ma'oniy.
Qur'onda bir xossa bor; boshqa kalomda yoʻqdir. Bir kalomni eshitsang, asl sohibi kalomni orqasida koʻrasan, yo ichida topasan. Uslub: Oyna-i insoniy.
Ey saili misoliy! Sen ki iyjoz istading, men ham ishorat etdim. Agar tafsil istasang, haddimning xorijida!.. Chivin sayr etmas osmonni.
Zero u qirq anvo'i i'jozidan yolgʻiz bittasiniki, jazolati nazmidir; Ishorot-ul I'jozda sigʻmadi tibyoni.
Yuz sahifa tafsirim unga kofiy kelmadi. Sen kabi ruhoniy ilhomlari ziyoda. Men istayman sendan tafsil bilan bayonni!