Kastamonu Lahikasi
— 177 —
Tavhidning Ikki Burhoni Muazzami va Sura-i Ixlosning bir Nukta-i i'joziyasi

Shu koinot batamom bir burhoni muazzamdir. Lisoni gʻayb shahodat bilan musabbihdir, muvahhiddir. Ha, tavhidi Rahmon bilan, baland bir ovoz bilan zokirdirki: La ilaha illa Hu

Butun zarrot hujayroti, butun arkonu a'zosi bittadan lisoni zokirdir; u baland ovoz bilan barobar derki: La ilaha illa Hu

U tillarda tanavvu' bor, u ovozlarda marotib bor. Faqat bir nuqtada toʻplar, uning zikri, uning ovoziki: La ilaha illa Hu

Bu bir insoni akbardir, baland ovoz bilan etar zikrni; butun ajzosi, zarroti pastgina ovozlari bilan, u yuksak ovoz bilan barobar derki: La ilaha illa Hu

Shu olam halqa-i zikri ichida oʻqiydi ashrni, shu Qur'on mashriqi nurni. Barcha ziyruh qilar fikrniki: La ilaha illa Hu

Bu Furqoni Jalilushshon, u tavhidga notiq burhon, butun oyot sodiq lison. Shuooti bariqa-i iymon. Barobar derki: La ilaha illa Hu

Quloqni gar yopishtirsang, shu Furqonning siynasiga, chuqur-chuqurlardan yaqqol eshitasan, samoviy bir sado derki: La ilaha illa Hu

— 178 —

U ovozdir gʻoyatan ulviy, nihoyat daraja jiddiy, haqiqiy gʻoyat samimiy, ham nihoyat munis va muqni' va burhon bilan mujahhazdir. Mukarrar derki: La ilaha illa Hu

Shu burhoni munavvarda, jihoti sittasi shaffofki, ustida munaqqashdir muzahhar sikka-i i'joz. Ichida porlagan nuri hidoyat derki: La ilaha illa Hu

Ha, ostida toʻqilgan muhafhaf mantiq va burhon, oʻngida aqlni istintoq; murafraf har taraf, azhon "Sodaqta" derki: La ilaha illa Hu

Yamin boʻlgan shimolida etar vijdonni istishhod. Amomida husni xayrdir, hadafida saodatdir. Uning miftahidir har damki: La ilaha illa Hu

Amom boʻlgan varosida unga masnad samoviydirki, vahyi mahzi Rabboniy. Bu shish jihat ziyodordir; burujida tajallidorki: La ilaha illa Hu

Ha vasvasa-i sariq, bovahm shubha-i tariq, ne haddi borki u mariq, kira olsin bu bariq qasrga. Ham shariqki, qal'a suralar shahiq, har kalima bir malaki notiqki: La ilaha illa Hu

U Qur'oni Azimushshon qanday bir bahri tavhiddir. Birgina qatra, misol uchun birgina Sura-i Ixlos.. faqat qisqa birgina ramzi nihoyatsiz ramzlaridan. Butun anvo'i shirkni rad etar, hamda yetti anvo'i tavhidni etar isbot; uchi manfiy, uchi musbat shu olti jumlada birdan:

Birinchi jumla: قُلْ هُوَ qorinasiz ishoratdir. Demak itloq bilan ta'yindir. U ta'yinda taayyun bor. Ey اَىْ لاَ هُوَ اِلاَّ هُوَ

— 179 —

Shu tavhidi shuhudga bir ishoratdir. Haqiqat-bin nazar tavhidga mustagʻraq boʻlsa, derki:

لاَ مَشْهُودَ اِلاَّ هُوَ

Ikkinchi jumla: اَللهُ اَحَدٌ dirki, tavhidi uluhiyatga tasrihdir. Haqiqat, haq lisoni derki: لاَ مَعْبُودَ اِلاَّ هُوَ

Uchinchi jumla: اَللهُ الصَّمَدُ dir. Ikki javhari tavhidga sadafdir. Birinchi durri: Tavhidi Rububiyat. Ha, nizomi kavn lisoni derki: لاَ خَالِقَ اِلاَّ هُوَ

Ikkinchi durri: Tavhidi Qayyumiyat. Ha, sarosar koinotda, vujud va ham baqoda, muassirga ehtiyoj lisoni derki: لاَ قَيُّومَ اِلاَّ هُوَ

Toʻrtinchi: لَمْ يَلِدْ dir. Bir tavhidi jaloliy mustatirdir; anvo'i shirkni rad etar, kufrni kesar biishtiboh.

Ya'ni tagʻayyur, yo tanosul, yo tajazzi etgan albat; na Xoliqdir, na Qayyumdir, na Iloh...

Valad fikri, tavallud kufrini لَمْ rad etar, birdan kesar otar. Shu shirkdandirki, boʻlgandir bashar aksarisi gumroh...

Ki Iso (A.S.) yo Uzayrning (A.S.), yo maloik, yo uqulning tavallud shirki avj oladi nav'i basharda goh ba-goh...

Beshinchisi: وَلَمْ يُولَدْ Bir tavhidi sarmadiy ishorati shundaydir: Vojib, qadiym, azaliy boʻlmasa, boʻlmas Iloh...

Ya'ni: Yo muddatan hodis boʻlsa, yo moddatan tavallud, yo bir asldan munfasil boʻlsa, albatta boʻlmas shu koinotga panoh...

— 180 —

Asbobparasti, nujumparastlik, sanamparasti, tabiatparastlik shirkning bittadan nav'idir; zalolatda bittadan choh...

Oltinchi: وَلَمْ يَكُنْ Bir tavhidi jome'dir. Na zotida naziri, na af'olida sherigi, na sifotida shabihi لَمْ lafziga nazargoh...

Shu olti jumla ma'nan bir-biriga natija, ham bir-birining burhoni, musalsaldir barohin, murattabdir natoij shu surada qarorgoh...

Demak shu Sura-i Ixlosda oʻz miqdori qomatida musalsal, ham murattab oʻttiz sura mundarij; bu bularga sahargoh...

لاَ يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلاَّ اللهُ
***
— 181 —
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Bu parcha ham Ilovaga, ham I'jozi Qur'onning oxiriga yoziladi. Bir necha kun soʻngra ahamiyatli bir parchani ham yuboramiz.

Muborak Ramazonning Layla-i Qadr sirri bilan, sakson uch yil bir umri ma'naviy qozontirishi sirri hikmati bilan va Risola-i Nurning shogirdlaridagi sirri ixlos bilan hamjihatlik va uxroviy ishlarda sherikchilik dasturi bilan har bir sodiq shogird oʻsha favqulodda ma'naviy qozonchni qoʻlga kiritishiga gʻoyat quvvatli bir dalili budirki: Bu doira ichida qirq ming, balki yuz ming xolis, haqiqiy moʻminlarning ichida haqiqati Layla-i Qadrni qoʻlga kiritadigan bir-ikki, oʻn-yigirmata emas, balki yuzlab qoʻlga kiritishi ehtimoli kuchlidir.

Sirri ixlos bilan va uxroviy ishlarda sherikchilik dasturining sirri bilan biz va siz bu haqiqatga yuzlanib, bu Ramazoni Sharifda har birimiz umumning hisobiga va umum doʻstlari ichida oʻzini faraz qilib, nuni mutakallimi ma'algʻayr, ya'ni doimo

اَجِرْنَا اِرْحَمْنَا وَاغْفِرْلَنَا وَوَفِّقْنَا وَاهْدِنَا
وَاجْعَلْ لَيْلَةَ الْقَدْرِ ف۪ى هٰذَا الرَّمَضَانَ خَيْرًا ف۪ى حَقِّنَا مِنْ اَلْفِ شَهْرٍ

kabi kalimalarda نَا ichida umum qardoshlarini niyat qilishdir. Va ayniqsa eng zaif boʻlgan bu qardoshingizni, ogʻir vazifasida u xususiy niyat bilan yordam berishdir.

***

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Ham sizni, ham bizni, ham Risola-i Nur doirasini va xususan qahramon Tohirni, bu Vird-ul A'zami Qur'oniyning bu tarzda chiqishi bilan tabriklaymiz. Ha, buning chop qilinishida ikki buyuk ish bor.

Biri: Moʻjizotli Qur'oni Hakiymning va karomatli Risola-i Nurning chop qilinishlariga matbaada koʻrilmagan bir yoʻl ochdi.

— 182 —

Ikkinchisi: Tohirga va Hofiz Aliga va doʻstlariga qozontirgan favqulodda bir savob nuqtasidirki; bu sirga dalili zohir, xuddi shunday matbaada, chop vaqtida koʻrilmagan bir tarzda, aynan Tohirning xati fotoapparat bilan olingan kabi, kim koʻrayotgan boʻlsa, "Bu Tohirning yozuvidir, bosilgan emasdir" deydi.

Ham qogʻoz, ham vaqt oz boʻlganidan, qolgan umumga salom.

Qardoshingiz
Said Nursiy
***

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Bu Ramazoni Sharifda atrofga qaramaslik va dunyoni unutishga juda muhtoj boʻlganim holda; afsuski, dunyoga ora-sira qarashga bizni majbur qilyaptilar. Inshaalloh, bu qarashda niyatimiz xizmati iymoniya boʻlganidan; u ham bir navi ibodat sanaladi.

Ha, sizga yopishganlari kabi, bizni ham boshqa-boshqa suratlarda tajovuzlarini sezdiryaptilar. Faqat Janobi Haqqa shukrki, ularning tajovuzlari, zid ta'sir navidan, Risola-i Nurning futuhotiga yordam beryaptilar. Istanbuldagi keksa odamning e'tirozi munosabati bilan qahramon Nazif yozyaptiki; oʻsha e'tiroz Risola-i Nurning Istanbulda fathlar qilishiga va porlashiga vasila boʻldi. Va bizga qarshi boshqa jihatlarda kichkina tajovuzlar ham shunday natija beryapti. Ammo hozir bechora ba'zi domlalarni va soʻfiylarni Risola-i Nurga qarshi bir chekinish, bir sovuqlik berish uchun hech xotirga kelmagan bir vasilani topganlar. Shundayki:

Deydilar: "Said yonida boshqa kitoblarni saqlamaydi. Demak ularni yoqtirmaydi. Va Imom Gʻazzoliyni ham (r.a.) toʻliq yoqtirmaydiki, asarlarini yoniga keltirmaydi". Mana bu ajib ma'nosiz soʻzlar bilan aynitishni istaydilar. Bu navi hiylalarni qilgan, parda ostida ahli zindiqodir; ammo sofdil domlalarni va ba'zi soʻfiylarni vosita qilyaptilar.

Bunga qarshi deymizki: Aslo, yuz marta aslo! Risola-i Nur va shogirdlari, Hujjat-ul Islom Imom Gʻazzoliy va meni Hazrati Ali bilan bogʻlagan yagona ustozimni yoqtirmaslik emas, balki bor quvvatlari bilan ular ta'qib qilgan maslakni ahli zalolatning hujumidan qutqarish va muhofaza qilishdir.

— 183 —

Ammo ularning zamonida bu dahshatli zindiqo hujumi iymon ruknlarini buzmas edi. Oʻsha muhaqqiq va alloma va mujtahid zotlarning asrlariga koʻra munozara-i ilmiyada va diniyada iste'mol qilgan qurollari ham kech qoʻlga kiritiladi, ham bu zamon dushmanlariga birdan gʻalaba qilolmaganidan; Risola-i Nur Qur'oni Moʻjiz-ul Bayondan ham tez, ham keskin, ham toʻliq dushmanlarning boshini yoʻq qiladigan qurollarni topgani uchun, oʻsha muborak va qudsiy zotlarning tazgohlariga murojaat qilmaydi. Chunki umum ularning marji'lari va manbalari va ustozlari boʻlgan Qur'on Risola-i Nurga toʻliq mukammal bir ustoz boʻlgan. Va ham vaqt oz, ham bizlar oz boʻlganimiz uchun, vaqt topomayapmizki, u nuroniy asarlardan ham istifoda qilsak.

Ham Risola-i Nur shogirdlarining yuz mislidan ziyoda zotlar u kitoblar bilan mashgʻuldirlar va u vazifani qilyaptilar. Biz ham u vazifani ularga qoldirganmiz. Boʻlmasa, yoʻq va aslo, u qudsiy ustozlarimizning muborak asarlarini ruhu jonimiz qadar yaxshi koʻramiz. Ammo har birimizning bittadan boshi, bittadan qoʻli, bittadan tili bor; qarshimizda ham minglab tajovuzkorlar bor. Vaqtimiz kam. Eng oxirgi qurol, pulemyot kabi Risola-i Nur burhonlarini koʻrganimizdan, majburiyat bilan unga yopishib qanoat qilyapmiz.

Latif bir tavofuq:

Bu maktubni boshda بِعَدَدِ عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ شَهْرِ رَمَضَانَ deb, koʻplab ishlar sodir boʻldi, ortiq yozolmadik. Oxiri muborak Atifning muborak maktubi keldi. Boshida بِعَدَدِ عَاشِرَاتِ دَقَائِقِشَهْرِ رَمَضَانَ kalimalari maktubimizning boshiga tavofuq qilish uchun bizni kuttirdi. U karomatkor qalami bilan bu mamlakatga oldin yuborgan porloq yozuvlarni Risola-i Nurni, bu atrofda yordamimizga yuborish niyati, juda buyuk bir xizmati nuriya boʻlib bir fidokorlikdir; ammo oʻziga ham juda lozimdir.

Hozirdan, bu yerdagi Risola-i Nur shogirdlari nomidan unga minglab tashakkur va u xizmatda uni tabriklaymiz. Va uning karomatli qalami, jozibador tavofuqdagi sirlardan yuzini oʻgirib toʻgʻridan toʻgʻriga Risola-i Nurning nashriga yopishishi, bizni juda minnatdor va masrur ayladi. Janobi Haq u kabi xolis, muxlis talabalarni koʻpaytirsin, omin.

Maktubingizda ora-sira Siddiq Sulaymonning, eski zamonda otashin sadoqati va aloqadorligi va quvvatli shoirdligi bilan bahsi oʻtadi. Men oʻlgungacha uning sadoqati va salomati qalbini va menga va Risola-i Nurga xolisona xizmatini unutolmayman.

***
— 184 —

Aziz, siddiq, xolis, muxlis qardoshlarim va xizmati Qur'oniyada jiddiy, haqiqiy doʻstlarim.

Bu yaqinda ham Ispartada, ham bu atrofda Risola-i Nurning Ixlos Yogʻdulari yoyilishni boshlagani munosabati bilan va bir-ikki kichik hodisa jihati bilan shiddatli bir eslatma qalbga keldi. Riyoga doir uchta nuqta yoziladi:

Birinchisi: Farz va vojiblarda va Islom ramzlarida va Sunnati Saniyaga ergashishda va haromlarning tarkida riyo kirolmaydi. Izhori riyo boʻlolmaydi. Magar gʻoyat iymon zaifligi bilan barobar fitratan riyokor boʻlmasa. Aksincha Islom ramzlariga aloqador boʻlgan ibodatlarning izhorlari, yashirilishidan koʻp daraja yanada savobli boʻlganini, Hujjat-ul Islom Imom Gʻazzoliy (r.a.) kabi zotlar bayon qilyaptilar. Boshqa nafllarning yashirilishi juda savobli boʻlgani holda; ramzlarga aloqador boʻlgan, xususan bunday bid'atlar zamonida Sunnatga ergashishlikning sharafliligini koʻrsatgan va bunday katta kaboir ichida, haromlarning tarkidagi taqvoni izhor qilish, riyo emas, aksincha yashirilishidan juda koʻp daraja yanada savobli va xolisdir.

Ikkinchi nuqta: Riyoga insonlarni chorlagan sabablarning

Birinchisi: Iymon zaifligidir. Allohni oʻylamagan sabablarga parastish etadi, odamlarga xudfurushlik bilan riyokorona vaziyat oladi. Risola-i Nur shogirdlari, Risola-i Nurdan olgan quvvatli iymoni tahqiqiy darsi bilan; sabablarga va insonlarga ubudiyat nuqtasida bir qiymat, bir ahamiyat bermaydiki, ubudiyatlarida ularga xoʻjakoʻrsinchilik bilan riyo qilsinlar.

Ikkinchi sabab: Hirs va ochkoʻzlilik, zaiflik va faqirlik nuqtasida insonlar e'tiborini jalbiga sabab riyokorona vaziyat olishga chorlaydi. Risola-i Nurning shogirdlari iqtisod va qanoat va tavakkal va qismatiga rizo kabi, Risola-i Nurning darsidan olgan izzati iymoniyalari, inshaalloh ularni riyodan va dunyo manfaatlari uchun maqtanchoqlikdan man qiladi.

Uchinchi sabab: Hirsi shuxrat, mansabsevarlik, maqom sohibi boʻlish, tengqurlaridan oʻzish kabi hislar va insonlarga yaxshi koʻrinish, soxtakorona haddidan ortiq oʻziga ahamiyat berdirish va sun'iy tarzda loyiq boʻlmagan yuksak maqomlarda koʻrinish tarzini olish bilan riyo qiladi.

— 185 —

Risola-i Nur shogirdlari anani nahnuga almashtirganlari, ya'ni anoniyatni tashlab, Risola-i Nur doirasining shaxsi ma'naviysining hisobiga ishlashi, men oʻrniga biz deyishlari va ahli tariqatning "fano fish-shayx", "fano fir-rasul" va nafsi ammorani oʻldirish kabi riyodan qutqargan vositalarning bu zamonda birisi ham "fano fil-ixvon", ya'ni shaxsiyatini qardoshlarining shaxsi ma'naviysi ichida eritib oʻshanday harakat qilgani uchun, inshaalloh, ahli haqiqatning riyodan qutulishlari kabi, bu sir bilan ular ham qutuladilar.

Uchinchi nuqta: Vazifa-i diniya e'tibori bilan, insonlarga goʻzal qabul qildirish, u maqom taqozo qilgan yuksak xatti-harakatlar va vaziyatlar xudfurushlik va riyo sanalmaydi va sanalmasligi kerak. Magar u odam oʻsha vazifani oʻz anoniyatiga tobe etib iste'mol qilmasa.

Ha, bir imom imomlik vazifasida tasbehotlarni izhor qiladi, eshittiradi. Hech bir jihatdan riyo boʻlolmaydi. Ammo vazifa xorijida, oʻsha tasbehotlarni oshkora odamlarga eshittirishga riyo kira olgani uchun, yashirini yanada savoblidir.

Risola-i Nurning haqiqiy shogirdlari, nashriyoti diniyalarida va sunnatga ergashishdagi ibodatlarida va katta gunohlardan saqlanishdagi taqvolarida, Qur'on hisobiga vazifador sanaladilar. Inshaalloh riyo boʻlmaydi. Magarki, Risola-i Nurga boshqa bir maqsadi dunyoviya uchun kirmagan boʻlsa.

Yana yozilar edi, faqat bir toʻxtash holi toʻxtatdi.

***

Kichik Xusrav Fayzining bir istixroji.

(Oʻttiz uchinchi Oyatdan Hofiz Alining istixrojining bir zayli va ilovasi.)

Sura-i Zumarda اَفَمَنْ شَرَحَ اللَّهُ صَدْرَهُ لْلاِسْلاَمِ فَهُوَ عَلَى نُورٍ مِنْ رَبِّهِ oyati azimaning ochiq ma'nosidan boshqa bir ma'no-i ishoriy tabaqasining kulliyatida doxil bir fardi Risola-i Nur va tarjimoni boʻlganiga kuchli bir dalil topdim.

Chunki, اَفَمَنْ شَرَحَ اللَّهُ صَدْرَهُ لْلاِسْلاَمِ فَهُوَ

— 186 —

jumlasi, hisobi jifriy va abjadiy va riyoziy bilan bir ming uch yuz yigirma toʻqqiz (1329) yoki sakkiz (1328) boʻladi. Demak مَنْ kulliyatida va فَهُوَ ishorasida doxil va diqqat bilan qarashga sabab bir fard, inshirohi sadr

{(Hoshiya) Bu sadrning kengayishiga munosabatdor bir tavofuqdirki, Ustozimdan tushundim. Yigirma besh yildir doimo va eng muhim bir duolari اَللَّهُمَّ اشْرَحْ صَدْرِى لِْلاِيمَانِ وَ اْلاِسْلاَمِ munojoti boʻlgan.}

nuri bilan boshqa bir holatga kirib, eski zahmatdan qutulib, nuroniy bir maslakka kirgan bir shaxsni Birinchi va Ikkinchi Jahon Urushining kelishga hozirlanishlari boʻlgan oʻsha dahshatli tarixga va u fardning vaziyatiga ramzan qaraydi.

فَهُوَ عَلَى نُورٍ مِنْ رَبِّهِ dagi نُورٍ مِنْ رَبِّهِ kalimasi, Risola-i Nur ismiga va ma'nosiga ham jifri, ham surati, ham ma'nosi tavofuq qilgani kabi, اَفَمَنْ شَرَحَ اللَّهُ صَدْرَهُ لْلاِسْلاَمِ فَهُوَ jumlasining ham maqomi jifriysi koʻrsatgan tarixda Risola-i Nurning tarjimoni boʻlgan Ustozimning - tahqiqotim bilan - aynan vaziyatiga tavofuq qiladi.

Chunki oʻsha zamonda Jahon Urushining boshlanishlarida, Ustozim eski odatini va boshqa ulumi falsafani va ulumi aliyani tashlab, tom bir sadr kengayishi bilan Risola-i Nurning fotihasi va birinchi martabasi boʻlgan Ishorot-ul I'joz tafsirini boshlab, bor himmatini, fikrlarini Qur'onga sarf qilishni boshlaganiga tavofuqi kuchli bir alomatdirki, bu asrda oʻsha kulliy ma'no-i ishoriyda diqqat bilan qarashga sabab bir fardi, Risola-i Nurning tarjimoni va shogirdlarining shaxsi ma'naviysini tamsil qilgan mumassilidir.

Ha, modomiki Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon har asrda har fardga xitob qiladigan bir ilmi muhit va bir iroda-i shomila bilan hamma narsaga qaray oladi; va modomiki ulamo-i Islomning ittifogʻi bilan, oyatlarning ochiq ma'nosidan tashqari ishoriy va ramziy va yashirin koʻplab tabaqalarda ma'nolari bor.

Va modomiki يَا اَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا kabi xitoblarda, har asr kabi, bu asrdagi ahli iymon, Asri Saodatdagi moʻminlar kabi doxildir.

— 187 —

Va modomiki Islomiyat nuqtasida bu asr gʻoyat ahamiyatli va dahshatlidir. Qur'on va Hadis, gʻaybiy xabarlar bilan, ahli iymonni uning fitnasidan saqlash uchun shiddat bilan xabar bergan.

Va modomiki hisobi jifriy va abjadiy va riyoziy, eskidan beri sogʻlom bir dasturdir va kuchli bir alomat boʻlishi mumkin.

Va modomiki Risola-i Nur va tarjimoni va shogirdlari, iymon va Qur'on xizmatida porloq va ta'sirli vazifalari gʻoyat ahamiyat kasb etgan.

Va modomiki bu buyuk oyat hisobi jifr bilan bu asrga va ikkita jahon urushiga qaraydi. Birinchi jahon urushining oʻt olishiga va Risola-i Nurning chiqishiga tavofuq qilgani kabi, ma'nan ham koʻrsatadi. Albatta, mazkur haqiqatlarga va kuchli alomatlarga binoan, ikkilanmasdan hukm qilamizki: Risola-i Nurning shaxsi ma'naviysi va tarjimoni, bu oyati azimaning ma'no-i ishoriy tabaqasining kulliyatida doxil va diqqat bilan qarashga sabab bir fardidir. Va bu oyat unga ishorat qiladi. Va ma'no-i ramziy bilan undan ham xabar beradi. Va gʻaybdan xabar navidan bir i'joz yogʻdusini koʻrsatadi deb boʻladi va deymiz.

Tahlil: Bir ش ikki ر yetti yuz; ف م ن ل ikki yuz; ص د ه ا yuz; س م yuz; Ismi Jalol oltmish yetti; ikki ل oltmish; فَهُوَ toʻqson bir; لِْلاِسْلاَمِ ham ikki yoki uch alif, ikki yoki uch. ح sakkiz; نُورٍ مِنْ رَبِّهِ, "Risola-i Nur" Har ikkisida نُور bor. "Risola"da ر , رَبِّهِ dagi ر' ga muqobildir. Agar نُورٍ dagi tanvin sanalsa, النُّور da ham shaddali ن sanaladi, yana ittihod qiladilar. نُورٍ dan boshqa مِنْ به toʻqson yetti boʻlib, Risola-i Nurda qolgan ه ل س ikki Alif ham toʻqson yetti boʻlib, toʻliq tavofuq qiladi. Turkcha talaffuzda Risola-i Nur hamza bilan oʻqilishi zarar bermaydi.

— 188 —

Sura-i Moidaning oʻn toʻrtinchi oyati

﴿ قَدْ جَاءَكُمْ مِنَ اللَّهِ نُورٌ وَ كِتَابٌ مُبِينٌ يَهْدِى بِهِ اللَّهُ ﴾

Sura-i Nisoning oxirida

﴿ يَا اَيُّهَا النَّاسُ قَدْ جَاءَكُمْ بُرْهَانٌ مِنْ رَبِّكُمْ وَاَنْزَلْنَا اِلَيْكُمْ نُورًا مُبِينًا ﴾

oyati kabi, Risola-i Nur ma'no va jifr jihati bilan, ma'no-i ishoriy fardlaridan boʻlganiga kuchli bir alomat topdim.

Ikkinchi oyat boʻlgan Sura-i Niso oyati, Birinchi Shu'la boʻlgan Ishoroti Qur'oniyada, Ustozim ishorasini bayon qilganlar. Birinchi oyat boʻlgan Sura-i Moidaning oʻn toʻrtinchi oyati ham buning ishorasini quvvatlantiradi, hamda اَفَمَنْ شَرَحَ اللَّهُ oyatining ishorasini tasdiq qiladi.

Ha, bu asrda ma'no-i ishoriy tabaqasidan tom bu oyatning qudsiy ma'nosiga bir fard Risola-i Nur boʻlganiga, kim insof bilan qarasa tasdiq qiladi.

Modomiki Risola-i Nur bir fardi boʻlganiga ma'naviy munosabat kuchlidir. Modomiki bu oyatning maqomi jifriysi bir ming uch yuz oltmish oltidir (1366), agar maddalar va oʻqilmagan hamzalar sanalmasa oltmish ikkidir (1362). Va modomiki Risola-i Nur, Qur'oni Mubin nurini va hidoyatini nashr etgan bir kitobi mubindir. Va modomiki zohiran undan yanada oldin, u vazifani ogʻir sharoit ostida qilganlarni koʻrmayabmiz. Va modomiki oyatlar, boshqa kalomlar kabi juz'iy bir ma'noga maxsus boʻlolmaydi. Va modomiki yashirin va ishoriy dalolat bilan qoidaga koʻra kalomning ma'nosida doxil boʻlyapti. Va modomiki Najmiddini Kubro va Muhyiddini Arabiy (r.a.) kabi juda koʻp ahli valoyat, ma'no-i zohiriydan tashqari botiniy va ishoriy ma'nolar bilan aksar oyatlarni tafsir qilganlar; hatto tafsirlarida Muso (A.S.) va Fir'avndan murod, qalb va nafsdir deganlari holda, ummat ularga e'tiroz qilmagan; buyuk ulamodan koʻplari ularni tasdiq qilganlar. Albatta, oyatning yashirin dalolat bilan Risola-i Nurga kuchli alomatlar bilan ishorasi qat'iydir, shubha qilmaslik kerak.

— 189 —

Tahlil: قَدْ جَاءَكُمْ 169, مِنَ اللَّهِ 157, نُورٌ tanvin bilan barobar 306. وَ كِتَابٌ مُبِينٌ tanvinlar bilan barobar 631; يَهْدِى بِهِ اللَّهِ 103; Yigʻindisi 1366. Agar maddalar va oʻqilmagan hamzalar sanalmasalar, bu yilgi Muharram tarixiga; ya'ni 1362ga toʻliq tavofuq qiladi. Agar مُبِينٌ dagi tanvinda vaqf etilsa, bir ming uch yuz oʻn oltidir (1316) ki; ham Risola-i Nurning muqaddimalariga, ham tanvin bilan takomillashishiga va Birinchi Shu'lada bayon qilingani kabi, koʻp oyatlarning ahamiyat bilan koʻrsatgan ayni mashhur sanaga tavofuq qiladi.

***

(Ahamiyatli bir domlaning Ustoz haqlarida haddan ortiq yaxshi gumonini toʻgʻrilash munosabati bilan yozilgan, balki sizga ham foydasi boʻladi deb yuborildi.)

بِاسْمِهِ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ شَهْرِ رَمَضَانَ

Aziz, sodiq, muhtaram qardoshimiz Domla Hashmat!

Sening mujaddid haqidagi maktubingni hayrat bilan oʻqidik va Ustozimizga ham aytdik. Ustozimiz deydilarki:

Darhaqiqat, bu zamon ham iymon va din uchun, ham hayoti ijtimoiya va shariat uchun, ham umumiy huquq va siyosati Islomiya uchun gʻoyat ahamiyatli bittadan mujaddid istaydi. Ammo eng ahamiyatlisi, iymon haqiqatlarini muhofaza nuqtasida tajdid vazifasi, eng muqaddas va eng buyugidir. Shariat va hayoti ijtimoiya va siyosiya doiralari unga nisbatan ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi darajada qoladi.

Hadis rivoyatlarida, tajdidi din haqida ziyoda ahamiyat esa, iymoniy haqiqatlardagi tajdid e'tibori bilandir. Ammo xalq tushunchasida, hayotparast insonlarning nazarida koʻrinishdan keng va hokimiyat nuqtasida jozibador boʻlgan hayoti ijtimoiya-i Islomiya va siyosati diniya jihatlari yanada ziyoda ahamiyatli koʻringani uchun, u durbin bilan oʻsha nuqta-i nazardan qaraydilar, ma'no beradilar.

— 190 —

Ham bu uch vazifalarni birdan bir shaxsda, yoxud jamoatda, bu zamonda boʻlishi va mukammal boʻlishi va bir-birini rad qilmasligi juda uzoq, goʻyo mumkin koʻrilmaydi. Oxirzamonda, Oli Bayti Nabaviyning (S.A.V.) jamoati nuroniyasini tamsil etgan Hazrat Mahdiyda va jamoatidagi shaxsi ma'naviyda faqat birlasha oladi. Bu asrda, Janobi Haqqa hadsiz shukr boʻlsinki, Risola-i Nurning haqiqatiga va shogirdlarining shaxsi ma'naviysiga, iymon haqiqatlarini muhofaza qilishda tajdid vazifasini qildirgan. Yigirma yildan beri oʻsha vazifa-i qudsiyada ta'sirli va fotihona nashri bilan gʻoyat dahshatli va quvvatli zindiqo va zalolat hujumiga qarshi toʻliq qarshilik koʻrsatib, yuz minglab ahli iymonning iymonlarini qutqarganiga qirq minglab odam guvohlik qiladi.

Ammo men kabi ojiz va zaif bir bechoraning, bunday minglab daraja haddimdan ortiq bir yukni yuklash tarzida, shaxsimni diqqat bilan qarashga sabab qilmaslik kerak deyaptilar va sizga salom aytyaptilar. Biz ham zotingizga va u yerdagi Risola-i Nur bilan aloqador boʻlganlarga salom aytamiz.

Risola-i Nur shogirdlaridan
Amin, Fayzi, Komil
***
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ

Qardoshlarim!

Qur'onning birgina oyatining birgina ishorasi gʻaybiy xabar navidan bir i'joz yogʻdusini tavofuq surati bilan koʻrsatganini ma'naviy bir eslatma bilan koʻrdim.

اَيُحِبُّ اَحَدُكُمْ اَنْ يَاْكُلَ لَحْمَ اَخِيهِ مَيْتًا Bu oyati karimaning maqomi jifriysi -shadda va tanvin sanalmasa- bir ming uch yuz ellik bir (1351), مَيْتًا ning asli مَيِّتًا boʻlishidan

— 191 —

bir ming uch yuz oltmish bir (1361) boʻlib; bu sanada, azim ishlardan bir dahshatli gʻiybatni, bu oyatning ma'no-i ishoriy kulliyatida doxil qiladi. Azim ishlardan bunday bir ajib gʻiybat ayni tarixda, ayni yilda sodir boʻldi. Shundayki:

Oʻn sakkiz yil muddatida Sunnati Saniyani muhofaza uchun boshiga shapka qoʻymaganidan, oʻn sakkiz yildir yakka qamoq hukmida koʻrishishdan man va yolgʻiz bir uyda hayotini oʻtkazishga majbur qilingan va xususiy ibodatgohida azoni Muhammadiyni oʻqib "Allohu Akbar" deganidan va "La ilaha illalloh" haqiqatini quyosh kabi koʻrsatganidan, yuzta birodari bilan qamoqqa olingan va mahkum qilingan bir odamni, yuzlab alomat va ishoratlarga tayanib inoyati Ilohiyadan kelganiga qat'iy bir qanoati bilan ishorati Qur'oniyadan bir xushxabarni ham oʻziga, ham musibatzada birodarlariga bir tasalli niyati bilan bayon qilgani uchun, uni gʻiybat va qoʻpol ta'birlar bilan e'lon qilish va uning darslari bilan iymonlarini qutqargan ma'sum shogirdlarini undan nafratlantirib shubhalar berish; goʻyo atrofda inkorga sabab hech narsa yoʻq va hech bir munkirotni va jinoyatni koʻrmayotganday, faqat oʻsha bechoraning mavhum bir xatosini, sakkiz yilda saksonta mudaqqiqlarning nazarida yashiringan va yuzaki va qaysarona nazariga koʻra bir ijtihodiy xatosini koʻrayotgan fikri bilan qoʻpol ta'birlar bilan yomonlash; albatta bu asrda, bu mamlakatda Qur'oni Moʻjiz-ul Bayonning qasddan ishorasiga sabab boʻla oladigan azim bir hodisadir. Menimcha, Qur'onning qandayki har sura va ba'zan bir oyat va ba'zan bir kalimasi bir moʻ'jiza boʻladi; xuddi shuning kabi, bu oyatning yagona ishorasi, gʻaybiy xabar navidan bir i'joz yogʻdusidir.

Bu oyatning bu ishorasi, bu asrda, Risola-i Nur shogirdlari haqidagi gʻiybatga qaraganiga uch alomat bor.

Birinchisi: Birinchi Shu'la boʻlgan Ishoroti Qur'oniya Risolasida, Risola-i Nurga va tarjimoniga ham ishorat qilgan beshinchi oyat boʻlgan اَوَمَنْ كَانَ مَيْتًا فَاَحْيَيْنَاهُ وَجَعَلْنَا لَهُ نُورًا يَمْشِى بِهِ فِى النَّاسِ gʻoyat quvvatli alomatlar bilan مَيْتًا kalima-i qudsiyasi jifr va abjad hisobi bilan va uch ma'no jihati bilan Said Nursiyga tavofuq qilishidir.

Ikkinchi alomat: اَيُحِبُّ اَحَدُكُمْ ila oxir... oyatning maqomi jifriysi va riyoziysi bir ming uch yuz oltmish bir (1361) boʻlishidirki; ayni sanada oʻsha ajib hodisa boʻldi.

— 192 —

Uchinchi alomat:..............

Ixtiyorim xorijida, besh jihat bilan yomonlashni yomonlagan va moʻ'jizona gʻiybatdan olti jihat bilan qaytargan اَيُحِبُّ اَحَدُكُمْ اَنْ يَاْكُلَ لَحْمَ اَخِيهِ مَيْتًا oyati qarshimda oʻzini koʻrsatib tamassul etdi. Ma'nan, "Menga qara" dedi. Men ham qaradim, birdan tasbehot ichida koʻrdimki: 1351 dan to 1361 sanasini koʻrsatdi. Holimizga qaradim; parda ostida 51 dan to 61 ga qadar Risola-i Nur madad kutgan Istanbul ufqlarida, parda ostida bir navi hujum boʻlgan va 61 da birdan portlashidir.

Tahlil: ت خ ming. م م ى ى yuz. ل ل ك ك yuz. Uchinchi ن ى م yuz. ح ح ح ب د oʻttiz. Toʻrtinchi ى oʻn. Besh alif, bir ه bilan barobar oʻn. Oxirdagi tanvin vaqfan alif boʻlgani uchun, yigʻindisi bir ming uch yuz ellik bir (1351). مَيْتًا asli yo-i mushaddada boʻlganidan, bir ming uch yuz oltmish bir (1361) boʻladi.

(Hoshiya): Bu oyat bizni shiddat bilan gʻiybatdan man qilganidan, bizni gʻiybat qilganlarni unutishimiz kerak, gʻiybatga sabab qilmasligimiz kerak. InshaAlloh, ortiq takrorlanmaydi.

***
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ حُرُوفِ رَسَائِلِ النُّورِ الْمَقْرُوئَةِ وَالْمَكْتُوبَةِ

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Sizga Uch Nuqtani bayon qilishga qalbda bir ehtiyoj boʻldi:

— 193 —

Birinchisi: "Bir hodisada ham inson qoʻli, ham qadar aralashuvi boʻlganidan; inson zohiriy sababga qarab, ba'zan haqsiz hukm qilib, zulm qiladi. Qadar oʻsha musibatning yashirin sababiga qaragani uchun adolat qiladi" degan, Risola-i Nurda bir qoida-i asosiyadir.

Ham hozirga qadar Risola-i Nurning boshiga kelgan hodisalarda bir inoyat qoʻli, bir rahmat jihati boʻlgani tajribalar bilan sobitdir.

Bu ikki jihatda qalbdan bir savol chiqdi. "Ajabo, Nur haqidagi bu yangi Istanbul hodisasida adolat va rahmat jihati nima?" Xotirga bunday bir javob keldiki:

Risola-i Nurga ahli ilm va ahli diqqatni jiddiy tarzda qarashga va tadqiq qilishga chorladi. Albatta Risola-i Nurni tadqiq qilgan bir olim, insofi boʻlsa tarafdor boʻladi. Va Risola-i Nur ulamo doirasida va Istanbul ufuqlarida namoyon boʻladi. Mana rahmat va inoyat jihati!

Ammo, qadari Ilohiyning adolat jihati shudirki:

Risola-i Nurning haqiqati bilan va shogirdlarining shaxsi ma'naviysi bilan namoyon boʻlgan favqulodda iymoniy xizmatlarning ahamiyatli bir qismini bechora tarjimoniga berish va ahli dunyo va ahli siyosat va avomning nazarida birinchi daraja va haqiqat nazarida, iymonga nisbatan faqat oʻninchi darajada boʻlgan siyosati Islomiya va hayoti ijtimoiya-i ummatga doir xizmati, koinotda eng buyuk masala va vazifa va xizmat boʻlgan iymon haqiqatlari bilan mashgʻuliyatini ustun koʻrganlaridan; oʻsha tarjimonga qarshi doʻstlarining juda ortiq yaxshi gumonlari ahli siyosatga, inqilobchi bir siyosati Islomiya fikrini berish jihatida, Risola-i Nurga qarshi hayoti ijtimoiya nuqtasida jabha olish va fathlariga mone boʻlish juda kuchli ehtimoli bor edi. Bunda ham xato, ham zarar ulkandir. Qadari Ilohiy bu xatoni toʻgʻrilash va u ehtimolni yoʻqotish va unday umidi boʻlganlarning umidlarini isloh qilish uchun, eng ziyoda unday jihatlarda yordam va qoʻshilishga yuguradigan ulamodan va sayyidlardan va mashoyixdan va ahbobdan va hamshahridan birisini e'tirozchi qilib chiqardi; u ifrotni isloh qilib adolat qildi. "Sizga koinotning eng buyuk masalasi boʻlgan iymon xizmati yetar" deya bizni marhamatkorona oʻsha hodisaga mahkum ayladi. Soʻngra, lillahilhamd, oʻsha e'tiroz qilganni jim qildi; oʻsha otashni soʻndirdi. Ammo munofiqlar soʻndirmaslik uchun harakat qilyaptilar.

— 194 —

Ikkinchi nuqta: Bu dahshatli chayqovchilikdan chiqqan qurgʻoqchilik va qimmatchilik va ochlik va qashshoqlik, yashash tomirini shiddat bilan yaralantiryapti. Bu yara hissiyoti ulviya-i diniyani bir daraja jim qilishga vasila boʻlib, ahli zalolatga yordam beradi. Hamma me'dasini oʻylashni boshlaydi. Qalb, haqiqatdan ziyoda nonni oʻylab hayotga, yashashga yordamga yugurib, vazifa-i haqiqiyasini ikkinchi darajada qoldiradi. Bunga qarshi Risola-i Nurning shogirdlari bir uzun Ramazon nazari bilan qarab, kafforat-uz zunub va bir riyozati shar'iyaga aylantira oladilar. Ochiqchasiga roʻzani buzish bilan Ramazonning hurmatini sindirgan badbaxtlarga kelgan oʻsha musibat, ma'sumlarga ham ziyon yetkazadi. Ammo Risola-i Nur shogirdlari va ma'sumlari oʻsha musibatni foydalariga oʻgirib, xayrli bir riyozatga aylantiradilar. Qanoat va iqtisod bilan qarshilaydilar.

Uchinchi nuqta: Ikki Masaladir.

Birinchisi: Mudaqqiq Domla Sabri, Fayzining istixrojiga doir Fayziga yozgan maktubi goʻzaldir. Ilovaga kirgandan soʻng, domlalar فِيهِ نَظَرٌ demasliklari uchun ba'zi kalimalari toʻgʻrilandi.

Ikkinchi masala: Istanbul ulamosining eng buyugi va eng mudaqqiqi va koʻp vaqt Mufti-ul Anom boʻlgan eski fatvo amini, mashhur Ali Rizo Afandi; Birinchi Shu'la, Ishoroti Qur'oniya va Oyat-ul Kubro kabi risolalarni koʻrgandan soʻng, Risola-i Nurning muhim bir talabasi boʻlgan Hofiz Aminga deganki:

"Badiuzzamon shu zamonda dini Islomga eng buyuk xizmat qilganini va asarlarining toʻliq toʻgʻri boʻlganini; va bunday bir zamonda, mahrumiyat ichida farogʻati nafs etib, ya'ni dunyoni tark etib, bunday bir asar maydonga keltirish hech kimga muyassar boʻlmaganini va har surat bilan tabrikka loyiq boʻlganini va Risola-i Nur mujaddidi din boʻlganini va Janobi Haq uni muvaffaq-un bilxayr aylasin, omin" deb; ba'zilarining soqol qoʻymaganlariga e'tirozlari munosabati bilan; Mavlono Jaloliddin Rumiyning padarlari boʻlgan Sulton-ul Ulamoning bir qissasi bilan uni mudofaa qilib degan:

— 195 —

"Bu kabi, Badiuzzamonning ham albatta bir ijtihodi bordir. E'tiroz qilganlar haqsizdir." degan va Domla Mustafoga amr qilgan, "Aytganlarimni yoz!"

Badiuzzamonga kamoli hurmat bilan salom yoʻllayman. Ta'lifotingizning tugashiga hirzi jon bilan duo qilyapman (ya'ni, ruhga nusxa boʻlish qadar qiymatdordir). Ba'zi ulamo-us su'ning tanqidiga uchraganiga xafa boʻlma. Zero mevali daraxtga tosh tashlanadi.

{(Hoshiya) Ya'ni, muborak, shirin mevalari boʻlgan daraxtlarga tosh tashlaganlar, aqllari boʻlsa ta'mini koʻrsinlar va yesinlar. Rad etishga loyiq va mumkin emaslar, demakdir.

Fayzi}

hukmi mashhurdir. Mujohadalaringizga davom qiling. Janobi Haq va Fayyozi Mutlaq tez murod va matlubingizga muvaffaq-un bilxayr aylasin! Boqiy Haqning birligiga omonat boʻling.

Eski Fatvo Amini
Ali Rizo

Mana bunday mudaqqiq va ilm va shariat va Qur'on jihatida bu zamonda soʻz sohibi eng buyuk olim bunday hukm qilgan. Risola-i Nurning talabalari, bu masalani -ehtiyotan- begonalarga uning ismini berish bilan koʻrsatmasliklari kerak va duolariga uni doxil qilishlari lozimdir.

Umum qardoshlarimizga salom.
***
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Aziz, siddiq, mustaqim qardoshlarim!

Gʻoyat jiddiy bir eslatma bilan bir haqiqatni bayon qilishga ehtiyoj bor. Jumladan:

لاَ يَعْلَمُ الْغَيْبَ الاَّ اللَّهُ sirri bilan, ahli valoyat gʻaybiy boʻlgan narsalarni bildirilmasa bilmaydilar. Eng buyuk bir valiy ham, dushmanining haqiqiy holini bilmaganlari uchun, haqsiz boʻlib kurashishini Ashara-i Mubashshara mobaynidagi urush koʻrsatyapti. Demak, ikkita valiy, ikkita ahli haqiqat bir-birini inkor qilish bilan maqomlaridan tushmaydilar. Magar, butun-butun zohiri shariatga muxolif va xatosi zohir bir ijtihod bilan harakat qilmagan boʻlsa. Bu sirga binoan

— 196 —
﴿ وَ الْكَاظِمِينَ الْغَيْظَ وَ الْعَافِينَ عَنِ النَّاسِ ﴾

dagi oliyjanob dasturiga ergashib va avom moʻminlarning shayxlariga qarshi yaxshi gumonlarini sindirmaslik bilan, iymonlarini buzmasdan muhofaza qilish va Risola-i Nurning arkonlarinining haqsiz e'tirozlarga qarshi haqli, faqat zararli gʻazablaridan qutqarish ehtiyojiga binoan; va ahli ilhodning ikki toifa-i ahli haqning mobaynidagi xusumatdan istifoda etib, birining quroli bilan, e'tirozi bilan boshqasini yaralab va boshqasining dalillari bilan bunisining obroʻyini toʻkib ikkisini ham yerga urish va obroʻyini toʻkishdan saqlanib, Risola-i Nur shogirdlari bu mazkur toʻrt asosga binoan, e'tiroz qilganlarga hiddat va tahavvur bilan va muqobala-i bilmisl bilan qarshilamaslik kerak. Faqat oʻzlarini mudofaa uchun sulh tarzida, e'tirozga sabab nuqtalarni izoh qilish va javob berish kerak.

Chunki bu zamonda anoniyat juda ilgarilab ketgan. Harkas, qomati miqdorida bir muz parchasi boʻlgan anoniyatini eritmasdan buzmaydi; oʻzini uzrli deb biladi, undan nizo chiqadi. Ahli haq zarar qiladi, ahli zalolat foydalanadi.

Istanbulda ma'lum e'tiroz hodisasi imo qilyaptiki; kelajakda, mashrabini juda yoqtirgan ba'zi zotlar va xudgʻam ba'zi soʻfiy-mashrablar va nafsi ammorasini toʻliq oʻldirmagan va shuhratparastlik tahlikasidan qutulmagan ba'zi ahli irshod va ahli haq, Risola-i Nurga va shogirdlariga qarshi oʻz mashrablarini va maslaklarining rivojini va ergashuvchilarining yaxshi e'tiborlarini muhofaza qilish niyati bilan e'tiroz qiladilar, balki dahshatli qarshilik qilish ehtimoli bor. Bunday hodisalarning sodir boʻlishida bizlarga sovuqqonlik va tebranmaslik va adovatga kirmaslik va oʻsha e'tiroz qilgan toifaning ham raislarining obroʻyini toʻkmaslik kerak.

Fosh qilish xotirimga kelmagan bir sirni fosh qilishga mashbur boʻldim. Jumladan:

Risola-i Nurning shaxsi ma'naviysi va u shaxsi ma'naviyni tamsil etgan xos shogirdlarining shaxsi ma'naviysi "Farid" maqomiga sazovor boʻlganlari uchun, xususiy bir mamlakatning qutbi emas, balki -aksariyati mutlaqa bilan- Hijozda boʻlgan qutbi a'zamning tasarrufidan xorij boʻlganini... va uning hukmi ostiga kirishga majbur emas. Har zamonda boʻlgan ikki imom kabi, uni tanishga majbur boʻlmaydi. Men avvallari Risola-i Nurning shaxsi ma'naviysini oʻsha imomlardan birisi deb oʻylar edim. Hozir tushunayabmanki; Gʻavsi A'zamda qutbiyat va gʻavsiyat bilan barobar "fardiyat" ham boʻlganidan, oxirzamonda shogirdlari bogʻlangan Risola-i Nur oʻsha fardiyat maqominiga sazovordir. Bu yashirinishga loyiq boʻlgan bu sirri azimga binoan, Makka-i Mukarramada ham - farzi mahol boʻlib - Risola-i Nurga qarshi bir e'tiroz qutbi a'zamdan kelsa ham; Risola-i Nur shogirdlari tebranmasdan, oʻsha muborak qutbi a'zamning e'tirozini iltifot va salom suratida faraz qilib, e'tiborini ham qozonish uchun e'tirozga sabab nuqtalarni oʻsha buyuk ustozlariga izoh qilish, qoʻllarini oʻpishdir.

— 197 —

Ha qardoshlarim; bu zamonda shunday dahshatli jarayonlar va hayotni va jahonni larzaga soladigan hodisalar ichida hadsiz bir matonat va sovuqqonlik va nihoyasiz bir fidokorlik tashish kerak. يَسْتَحِبُّونَ الْحَيَاةَ الدُّنْيَا عَلَى اْلآخِرَةِ oyatining sirri ishoriysi bilan, oxiratni bilganlari va iymon keltirganlari holda, dunyoni oxiratdan sevib ustun qoʻyish va sinadigan shishani boqiy bir olmosga, bilib turib rizo va sevinch bilan ustun qoʻyish va oqibatni koʻrmagan koʻr hissiyotning hukmi bilan, tayyor bir dirham zaharli lazzatni kelajakda bir botmon sof lazzatdan ustun qoʻyish, bu zamonning dahshatli bir marazi, bir musibatidir. Oʻsha musibat sirri bilan, haqiqiy moʻminlar ham ba'zan ahli zalolatga tarafdor boʻlish kabi dahshatli xatoda boʻladilar. Janobi Haq ahli iymonni va Risola-i Nur shogirdlarini bu musibatlarning yomonligidan muhofaza aylasin, omin.

Said Nursiy
***

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Risola-i Nurning tarqalishiga va fathlariga qarshi kelgan biri samoviy, biri aroziy ikkita musibatga qarshilik qiladigan boshqa bir inoyati Ilohiya jilvasi koʻrinishni boshladi.

Aroziy va insoniy boʻlgan musibat: Ispartada va Istanbulda boʻlgani kabi; Kastamonuning atrofida ham, ahli zalolat Risola-i Nurning tarqalishiga toʻsiq qoʻyish uchun, xos talabalarning va jiddiy xizmat qilganlarning shavqlarini sindirish va ularga sustlik berish uchun, boshqa-boshqa tarzlarda, umumiy bir reja doxilida hujum qilinyapti. Xolislarga sustlik berolmaganliklaridan, boshqa ishlar topish bilan ishlariga zarar beryaptilar.

— 198 —

Samoviy musibat esa: Chayqovchilik natijasida, hayot va yashash hissi hissiyoti diniyaga gʻalaba qilib, aksar kishilar me'dasini, tirikchiligini doimo oʻylaydi. Hatto aksar faqirlar qismidan boʻlgan Risola-i Nur talabalari, bu musibatga qarshi gʻayrat koʻrsatish majburiyati bilan haqiqiy va eng muhim vazifasi boʻlgan nashr xizmatini tashlashga majbur boʻlyapti.

Ham insonlarning zehnlari, fikrlari qasddan va shaxsan iymon haqiqatlariga qarshi bu sababli bir daraja loqaydlik bir vaziyati olishidan, bir turgʻunlik davri kelishiga muqobil; Janobi Haqning inoyat va rahmati bilan boshqa bir tarzda Risola-i Nurning tarqalish va fathlariga maydon ochgan. Jumladan: Istanbul ufqlaridan yuksak ulamoning; eski fatvo Amini Ali Rizo, Ahmad Shironiy va porloq voizlardan Shamsi kabi zotlar, Risola-i Nur bilan jiddiy va taqdirkorona munosabatdor boʻlishga boshlashlaridir.

Ham xotirimizda boʻlmagani holda, yangi harflar bilan chop qilish uchun- boshda Oyat-ul Kubroning eng muhim parchasi- yettita parcha, bir majmuada chop qildik; va yoshlarni uygʻotgan uch-toʻrtta parcha alohida bir risolada, Hofiz Mustafo bilan barobar chop qilish uchun matbaaga yubordik.

Ham muhim bir zot tashabbus qilyaptiki: Muhim parchalardan bir qismini Anqarada, katta mansabli birisining yordami bilan chop qilish niyati bor. Men hozircha uygʻun topmadim.

Qisqasi, bir eshik yopilsa, inoyati Ilohiya yanada porloq eshiklarni Risola-i Nur tufayli ochyapti, yoʻl beryapti. Risola-i Nurning yozilgan va talaffuz qilingan harflari adadicha Janobi Arhamurrohimiynga hamdu sano va shukr boʻlsin. هَذَا مِنْ فَضْلِ رَبِّى

Bunga binoan, bu turgʻunlik va vaqtinchalik sustlik haqida xavotirlanmang. Zotan hozirga qadar xizmatlar danaklar navidan, istiqbolda yetarli nihollar bera oladi. Farzi mahol boʻlib, hech xizmat qilinmasa ham yana kifoya qiladi. Qat'iyan qaror topganki; Risola-i Nur haqiqatlariga, ozuqaga ehtiyoj kabi bu zamonda ehtiyoj bor. Bu ehtiyoj esa uni turgʻunlikda qoldirmaydi, ishlattiradi inshaAlloh.

Hofiz Mustafo bilan umumingizga badal koʻrishdik, faqat juda oz bir zamonda. Janobi Haq uni va Tohiriyni chop masalasida muvaffaq aylasin, omin.

— 199 —

Hofiz Alining maktubida, Madrasa-i Nuriyaning ustozi boʻlgan Hoji Hofiz bilan gʻoyat samimona va qardoshona koʻrishishlari va mashvaratlari bizlarni juda masrur ayladi.

Said Nursiy
***

Nur fabrikasining sohibi, Birinchi Shu'laning Toʻrtinchi Oyati bahsida, haqiqati Islomiyatning yetti asosi porloq bir suratda isbot etilgan jumlasiga doir soʻrayaptiki: Islom ruknlarini beshta deb bilamiz. Ham zakotning farzligi rukni risolalarda qay suratda izoh qilinganini soʻrayapti.

Javob: Islomning ruknlari boshqadir, haqiqati Islomiyatning asoslari yana boshqadir. Haqiqati Islomiyatning asoslari; oltita iymon ruknlari bilan {(Hoshiya) "Barobar" kalimasi Shu'lada boʻlmagani uchun shubha qilingan.} va asosi ubudiyat-ki, Islomning besh rukni boʻlgan (roʻza, namoz, haj, zakot, kalima-i shahodat) majmuining xulosasidir. Risola-i Nur olti rukni iymoniya bilan bu asosi ubudiyatni isbot qilib سَبْعَ الْمَثَانِى jilvasiga mazhariyati muroddir. Zakotning farzligining izohidan murod esa, zakotning ikir-chikirlari tafsiloti emas; aksincha zakotning hayoti ijtimoiyada zarurat darajasi va ahamiyatli qiymati isbot qilingan deganidir. Ha, Risola-i Nurdan avval yozganimiz risolalarda, hamda Risola-i Nurning koʻplab yerlarida zakot farzligining hayoti ijtimoiyada qay daraja ahamiyatli boʻlgani qat'iyan va ochiqchasiga isbot qilingan deganidir.

Ispartada, Risola-i Nurning dars va nashriga ikkita uyini bir vaqt bergan qardoshimiz Shukru Afandining ikkita yosh bolasining vafoti meni xafa qildi. Chunki besh-olti yoshda ekan, ma'suma qiz bolasi yonimga kelganda, har safar "Isming nima?" deb soʻrardim. Ma'sumona, kamoli faxr bilan, "Xoyrunniso" derdi, meni shafqat bilan kuldirar edi. Janobi Haq oʻsha muborak ma'sumani birdan Jannatiga oldi, shu dunyo Jahannamidan qutqardi. Va marhum oʻgʻli Hayotni esa, xastalik inshaAlloh uni ham Xoyrunniso kabi gunohsiz, ma'sum qildi. Barobar Jannat tarafiga ketdilar. Bu nuqta-i nazardan, men oʻsha ikkita bolani tabriklayman. Va padar va volidalarini-da ham ta'ziya, ham ma'nan tabrik qilamanki; oʻsha ikkita farzandlari وِلْدَانٌ مُخَلَّدُونَ sirriga mazhar boʻldilar. Men oʻsha ikkalasini Risola-i Nurning vafot qilgan shogirdlari ichida duolarimizga doxil qildik.

— 200 —

Rushdu Afandi men tarafimdan Shukru Afandiga, ta'ziyanomasi boʻlgan Oʻn Yettinchi Maktubni mening oʻrnimga oʻqisin.

Risola-i Nurning kapitani Sabri, Nis Orolidagi bir qardoshimiz va Oʻninchi Soʻzning chop qilinishidan soʻngra tahlikadan muhofaza uchun necha oy uyida saqlagan va padar va volidasi bilan, biz bilan jiddiy aloqador boʻlgan Vali Afandining padar va volidasining vafot xabarlarini yozyapti. Janobi Haq ularga rahmat aylasin. Men inshaAlloh koʻp vaqt ularni ma'naviy yutuqlarimga sherik qilaman.

***

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Bu zamonda, xususan bu qatorlarda, Risola-i Nurning shogirdlari tom bir matonat va hamjihatlik va diqqat qilishga muhtojdirlar. Lillahilhamd, Isparta va atrofi qahramonlari temir kabi bir matonat koʻrsatishi bilan, boshqa yerlarga ham goʻzal misol boʻldi.

Ey Xusrav! Ta'sirli va goʻzal maktubingni oldim. Vazifaning boshiga oʻtishing bizni favqulodda masrur etdi. Minglab xush kelding. Sen bu bir yarim yil moddiy qalaming ishlamaganidan xavotirlanma. Sening oʻrningga va karomatli qalamingning yodgori boʻlgan Moʻ'jizoti Ahmadiyaning biri sharqiy viloyatlarda faol tarzda kezyapti. Boshqa oxirgi yozgan nusxang ham Istanbulda sening oʻrningda ishlab, inshaAlloh fathlar qiladi. Sen yozgan moʻ'jizali ikkita Qur'oni Azimushshonning bu atrofda, xususan Ramazoni Sharifda senga qozontirgan savoblari va tahsin va tabriklarini, inshaAlloh yaqinda nashrga kirishi bilan, olami Islomdan sening ruhingga yogʻadigan rahmat duolarini oʻyla, Allohga shukr ayla.

Hofiz Alining maktubida, Islomkoʻydagi domlalarga muhabbatga va doʻstlikka qaror berishi bizni mamnun ayladi. Ha, Islomkoʻy, qandayki Risola-i Nurga juda ortiq aloqadorlikda imtiyoz va sabot qozongan. Xuddi shuning kabi, men u yerda ekan, boshqa domlalarga nisbatan Islomkoʻy domlalari ham yanada ortiq insofli va Risola-i Nurni taqdirlaganlarini koʻrganimdan, bu atrofdagi domlalarning loqaydliklariga qarshi ularni goʻzal misol tariqasida koʻrsatyapman. InshaAlloh ulardan zarar kelmaydi. Men Islomkoʻyni Nurs qishlogʻi kabi bilaman, u domlalarga ham qarindoshlarim nazari bilan qarayman, ularga ham salom yuboraman. Ha, ularning insofi va Risola-i Nurga qarshi doʻstliklari bilan, Nur Fabrikasi oʻsha qishloqda toʻpolonsiz yerlashdi deb taxmin qilaman.

— 201 —

Ey Sabri qardosh! Boshing sogʻ boʻlsin. Janobi Haq u volidamizni magʻfirat aylasin! Omin. Mening, nasabiy yaqinlikni sezdirgan barmoqlaringdagi nishon va bu yetti-sakkiz yil Abdulmajiddan yanada qizgʻin faolona qardoshlik vazifasini qilganingizdan, albatta sening marhuma volidang mening ham volidamdir. Uni ham volidam yoniga ma'naviy yutuqlarimga va duolarimga hissador qilaman. Janobi Haq senga sabri jamil ehson va u marhumani ham gʻariqi rahmat aylasin! Omin.

***

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Men juda qat'iy bir suratda va mingga yaqin tajribalarim natijasida qat'iy qanoatim kelgan va aksar kunlarda his qilamanki: Risola-i Nurning xizmatida boʻlgan kunimda, oʻsha xizmatning darajasiga koʻra qalbimda, badanimda, dimogʻimda, tirikchiligimda bir inkishof, inbisot, sevinch, baraka koʻraman. Ham u yerda ekan, ham bu yerda koʻp qardoshlarimdan ayni holatni his qildim va qilyapman. Va koʻplari e'tirof qilyaptiki, "Biz ham his qilyapmiz" deydilar. Hatto sizga oʻtgan yil yozganim kabi, mening juda oz ozuqa bilan yashaganimning sirri, oʻsha baraka ekan.

Ham Imom Shofe'iydan (r.a.) rivoyat borki: "Xolis talaba-i ulumning rizqiga men kafolat bera olaman", deganlar. Chunki rizqlarida kenglik va baraka boʻladi." Modomiki haqiqat budir va modomiki xolis talaba-i ulum unvoniga Risola-i Nur shogirdlari bu zamonda toʻliq layoqat koʻrsatganlar; albatta, hozirgi ochlik va qahatchilikka muqobil Risola-i Nur xizmatini tashlash va maishat qiyinchiligi uzri bilan, maishat orqasidan yugurish oʻrniga eng yaxshi chora, shukr va qanoat va Risola-i Nur talabaligiga toʻliq yopishishdir.

Ha, har tarafda bu tirikchilik dardi hammani parishon qilyapti. Ahli zalolat bundan foydalanadi. Ahli diyonat ham oʻzini uzrli deb biladi, "Zaruratdir, nima qilaylik" deydi.

— 202 —

Demakki, Risola-i Nur shogirdlari bu ochlik va qashshoqlik musibatiga qarshi, yana Nur bilan javob qaytarishi kerak. Har shogirdning vazifasi, faqat oʻz iymonini qutqarish emas; aksincha boshqasining iymonlarini ham muhofaza qilishga vazifadordir. U ham xizmatda jiddiy davom bilan boʻladi.

Sizga yozgandikki, e'tiroz qilganlarga adovat bilan javob qaytarmanglar. Mumkin boʻlganicha, ahli taqvo, ahli ilmga nisbatan doʻstona vaziyat olinglar. Faqat bu nuqtaga diqqat qilingki, Risola-i Nurning zarariga va shogirdlarining salobat va matonatlariga tegiladigan bir tarzda doirangiz ichiga kiritmang. Undaylar niyati xolisa bilan kirmasa, balki sustlik beradilar. Agar anoniyatli va xudfurush boʻlsa, Risola-i Nur shogirdlarining matonatlarini sindiradilar, nazarlarini Risola-i Nurning xorijiga tortib tarqatadilar. Hozir koʻp diqqat va matonat va ehtiyot lozimdir.

Bu atrofda, haqiqatdan umidimdan ustun, Risola-i Nur talabalaridan ikkita qahramon yetishdilar. Ota, oʻgʻil; Ahmad Nazif, Salohiddin. Bu ikki zot Risola-i Nurning nashrida ikki yuz odam qadar xizmat qilayotganlarini koʻryapmiz. Jumladan: Birisi, ya'ni oʻgʻli, Karsda turib ham Vanga, ham Erzurumga, ham Konyaga, ham bu yerlarga -sizga qoʻshib yuborganim maktub kabi- xabarlashishlar bilan ta'sirli bir suratda xizmat qilyapti; toʻliq bir Abdurrahmondir.

Qardoshingiz
Said Nursiy
***

Risola-i Nur, tariqat emas, haqiqatdir. Qur'on oyatlaridan sizib chiqqan bir nurdir. Na sharqning ilmlaridan va na gʻarbning fanlaridan olingan. Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning bu zamonga maxsus bir i'jozi ma'naviysidir. Manfaati shaxsiya yoʻqdir. Risola-i Nurning -hech boʻlmasa- Soʻz va Maktublarini batamom oʻqiganda bir qancha haqiqatlar namoyon boʻlishidan, bugungi tushunchangizdan, ya'ni Risola-i Nurni yozishdan chekinish va chekilishdan darhol yuz oʻgirasiz.

Muhtaram qiymatli qardoshim! Darhol yozishni boshlanglar, qoʻrqmanglar. Xizmati Qur'on, inshaAlloh muhofaza qiladi. Boshqa kishilarni ziyoratga ketganlarga va Risola-i Nurni yozgan oʻsha atrofdagi qardoshlarimizga xayrli oʻtgan boʻlsin.

{(Hoshiya) Qardoshimiz Salohiddin bu yerda, Ispartada boʻlgani kabi, bularga ham Risola-i Nurni qidirish uchun uylarini tintuv qilib siqqan paytlari, hifzi Ilohiy bilan hech narsa topolmaganlari zamondagi hodisaga ishorat qiladi.

Fayzi}

Hofizi Haqiqiy inshaAlloh muhofaza qiladi.

— 203 —

Imom Alining (R.A.) تُقَادُ سِرَاجُ النُّورِ سِرًّا بَيَانَةً تُقَادُ سِرَاجُ السُّرْجِ سِرًّا تَنَوَّرَتْ amriga boʻyin egish kerak boʻlganidan, Risola-i Nurni yashirin oʻqish, yashirin yozish, yashirin nashr qilish lozim edi. Oʻsha qardoshlarimizning bu amrga rioya qilmasligidan kelib chiqqanidan, yengil shafqat ta'ziri yeganlaridan, takror xayrli oʻtgan boʻlsin.

Hech xavotirlanmasinlar, hech narsa qilinmaydi va qilolmaydi va koʻrolmaydilar. Bu hodisadan xafa boʻlib chekinmanglar. Aksincha ishlashingizni ziyodalashtiringki, tajriba-i maydoni imtihonda muvaffaq boʻlinglar. Risola-i Nurga tez-tez hujum qiladilar, faqat hech narsa qilolmaydilar. Chunki Gʻavsi A'zam (Q.S.) va Imom Ali (R.A.) kabi zotlarning himoyalari va duolari barakasi bilan Hofizi Haqiqiy hifz qiladi. اَلْحَمْدُ لِلَّهِ هَذَا مِنْ فَضْلِ رَبِّى Ruhoniy siqilish inshaAlloh oʻtadi. Risola-i Nur لِلَّذِينَ آمَنُوا هُدًى وَشِفَاءٌ sirriga sazovordir. Undan madad soʻra. Risola-i Nur talabalari bir-birining ibodatidan hissador boʻlganlaridan, doimiy virdlari boʻlgan bu oyati azima sizga ham shifo beradi. Risola-i Nurni yozinglar. Ehtiyotga rioya qilinglar.

Barcha qardoshlarimga salom va hurmatlar. Risola-i Nur bilan dars qilishingizni takror tavsiya qilaman, qardoshlarim.

Qardoshingiz
Salohiddin
***
— 204 —
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ

Aziz qardoshlarim!

Bu safar maktub oʻrniga bu mevani yuboryapmiz.