Kastamonu Lahikasi
— 4 —
KASTAMONU ILOVASI
Muallifi
Badiuzzamon Said Nursiy
— 5 —
﴿ بِاسْمِه۪ مَنْ تُسَبِّحُ لَهُ السَّمٰوَاتُ السَّبْعُ وَالْاَرْضُ وَمَنْ ف۪يهِنَّ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪ ﴾
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ حُرُوفِ رَسَائِلِ النُّورِ الْمَكْتُوبَةِ وَالْمَقْرُوئَةِ وَالْمُتَمَثِّلَةِ فِى الْهَوَاءِ اِلٰى يَوْمِ الْقِيَامِ اٰم۪ينَ

Aziz, Siddiq, Muborak Qardoshlarim va Xizmati Qur'oniya va Iymoniyada Ixlosli va Kuchli va Shonli Birodarlarim!

Janobi Haqqa hadsiz shukr va hamd aytamanki, Keksalar Risolasidagi umidimni va Mudofaalar Risolasidagi iddaomni siz bilan tasdiq qildirdi. Ha, lillahilhamdu biadadiz zarroti minal azali ilal abad siz bilan oʻttiz mingga teng kelgan oʻttizta Abdurrahmonni, balki bir yuz oʻttizta, balki bir ming bir yuz oʻttizta Abdurrahmonni Risolat-un Nurga ehson qildi. Ham unutilmagan, har doim yonimda boʻlgan qardoshlarim, Risola-i Nurga siz kabi juda jiddiy sohib va muhofiz va voris va haqiqatbin va qiymatshinos zotlarning mening oʻrnimda mendan yanada kuchli, ixlosli boʻlib vazifa-i Qur'oniya va iymoniyada gʻayrat koʻrsatayotganlarini koʻrganim uchun, kamoli sevinch va surur va ishonch va istirohati qalb bilan ajalimni va mavtimni va qabrimni qarshilayapman, kutyapman. Men sizni yozuvlaringizda va xotiramdan chiqmagan xizmatlaringizda har kuni koʻp martalab koʻraman va sizga boʻlgan ishtiyoqimni qondiraman. Siz ham bu bechora qardoshingizni risolalarda koʻrib suhbat qilishingiz mumkin. Ahli haqiqatning suhbatiga zamon, makon mone boʻlmaydi; ma'naviy radio hukmida biri sharqda, biri gʻarbda, biri dunyoda, biri barzohda boʻlsa ham, robita-i Qur'oniya va iymoniya ularni bir-biri bilan gaplashtiradi.

Mashaalloh, barakalloh Hz. Ali (r.a.) karomatlarining Risolat-un Nurga imzosini bu zamonda toʻliq tasdiq qildirgan Alaviy (Ali) qalamning karomatlari va Qur'onga juda qiymatli xizmati va Moʻ'jizoti Ahmadiyaning (S.A.V.) hayratomuz bir karomatini koʻzlarga koʻrsatgan va Qur'onning oltin bir kaliti boʻlgan qalami Xusraviy, faqat bizlarni emas, balki ruhoniylarni va malaklarni ham sevintiradilar.

— 6 —

Bu safar olmos qalamli Muboraklar tarafidan bir savol bor. Hozircha javob qoʻlimda emas. Agar qoʻlimga berilsa, sizga keladi. Har kun xotiramda boʻlgan Rushdu, Ra'fat, Sulaymon, B.M. va H.K. va Abdulloh va boshqa ismlarini bayon qilmaganim qiymatli qardoshlarim bilan xususiy gaplashmaganimdan ranjimasinlar; chunki xizmatingizning azamati va ahamiyati va qarshi chiqqanlarning kuchi va shaytanati nisbatida ehtiyotga va diqqatga majburmiz.

Hofiz Ali bilan Xusravning bir-biri bilan jiddiy bir kamtarinlik ichida qardoshlik aloqalari, Risola-i Ixlosning toʻliq sirriga sazovor boʻlganingizni menga sezdirdi, umidlarimni favqulodda quvvatlantirdi.

Men koʻproq yozardim, ammo hozir bir kishi pochtaga ketayotganligi, shoshilayotganligi uchun tugatdim.

Duongizga muhtoj
Said Nursiy
***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ اَيَّامِ الْفِرَاقِ

Aziz, siddiq qardoshlarim va xizmati Qur'oniyada kuchli, diroyatli birodarlarim!

Bu zamon jamoat zamonidir. Ahamiyat va qiymat, shaxsi ma'naviyga koʻra boʻladi. Moddiy va yakka va foniy shaxsning mohiyati nazarga olinmasligi kerak. Xususan men kabi bir bechoraning qiymatidan ming daraja koʻproq ahamiyat berish bilan, bir botmonni koʻtarmagan zaif yelkasiga minglab botmon ogʻirlik yuklansa, ostida eziladi.

Lillahilhamd, Risolat-un Nur bu asrni, balki keladigan istiqbolni nurlantira oladigan bir moʻ'jiza-i Qur'oniya ekanini koʻp tajribalar va voqealar bilan koʻrlarga ham koʻrsatgan. Unga oid madh-u sanoingiz juda oʻrinli. Ammo menga berganingizdan, mingdan biriga ham oʻzimni loyiq koʻrolmayman. Faqat, juda buyuk bir ne'matga va muvaffaqiyatga siz kabi haqiqatli talabalarning ishtirok va sa'yu gʻayratlari bilan sazovorligim nuqtasida, Risola-i Nur hisobiga abadgacha iftixor qilaman.

— 7 —

Nur bandargoh ma'muri Sabri qardosh! Sabri, Sulaymon va Xusrav uchovingizning suhbatingizda mening ham ikki jihatdan, balki uch jihatdan ishtirokim bor.

Nur fabrikasi nomi sohibi Hofiz Ali qardosh! Hayratomuz maktubing, ahamiyatsiz shaxsiyatim xorij qolish sharti bilan, menga hayratomuz koʻrindi. Sening xolis va yuksak diroyating taraqqiyda ekanini koʻrsatdi. Menga, "Mana koʻp Abdurrahmonlarni tashigan bir Ali" ayttirdi.

Mustafolar, Kichik Ali, muborak va munavvar qardoshlar! Maktubingiz Katta Alining maktubi kabi ajib haqiqatni ifoda qiladi. Oʻsha haqiqat Risola-i Nur haqida haqdir. Ammo mening haddim emaski, u hududga kirsam.

Ha, عُلَمَاءُ اُمَّت۪ى كَاَنْبِيَاءِ بَن۪ى اِسْرَائ۪يلَ marhamat qilganlar. Gʻavsi A'zam Shohi Jiyloniy, Imom Gʻazzoliy, Imom Rabboniy kabi ham shaxsan, ham vazifa jihatidan buyuk va gʻaroyib zotlar bu hadisni qiymatdor irshodlari va asarlari bilan amalda tasdiqlaganlar. Oʻsha zamonlar bir jihatda fardiyat zamoni boʻlgani uchun, hikmati Rabboniya ular kabi faridlarni va qudsiy dohiylarni ummatning yordamiga yuborgan. Hozir esa, ayni vazifaga, faqat mushkul va dahshatli sharoit ichida, bir shaxsi ma'naviy hukmida boʻlgan Risolat-un Nurni va hamjihatlik sirri bilan bir fardi farid ma'nosida boʻlgan shogirdlarini bu jamoat zamonida oʻsha muhim vazifaga yugurtirgan. Bu sirga binoan, men kabi bir askarning, ogʻirlashgan marshallik maqomida faqat qoʻshinning yordamchi kuchlari vazifasi bor.

Ra'fat qardosh! Sen bilan hech boʻlmasa har toʻrt kunda bir marta koʻrishishga ehtiyoj va ishtiyoqim bor ekan, toʻrt yil oʻtib xususiy holda koʻrisha oldik. Sen kabi ham qiymatdor ta'sirli tili va quvvatli, latofatli qalami bilan Risolat-un Nurga juda ahamiyatli xizmat qilganlar har vaqt xotiramda ma'naviy tinglovchilarim va xayolan yonimda hozir boʻlgan birodarlarimdirlar. Risolat-un Nurning hayratomuz ta'sirli tarqalishi nazari diqqatni tortgani uchun, hozircha koʻproq ehtiyot lozim.

Iqtisod Risolasi bilan Bolalar Ta'ziyanomasi Risolalari yuborilsa munosibdir.

— 8 —

Umum qardoshlarimga, xususan xoslariga bir-bir salom aytaman va duo qilaman. Va oʻsha muborak va qiymatdor birodarlarimning xotiri uchun ham qarindoshlarini, ham qishloqlarini oʻzimning qarindoshlarim va qishlogʻim ichiga olib, shunday duo qilib ma'naviy yutuqlarimga sherik qilaman.

***

Aziz, siddiq, fidokor vafokor qardoshlarim,

Sizlar bilan xabarlasholmaganimning sababi, haddan ortiq diqqat va tazyiq ostida va yakka saqlanganim uchun. Xoliqi Rahiymimga hadsiz shukrlar boʻlsinki, kuchli sabr va bardoshni ehson qilib suiqasdlarini natijasiz qoldirdi. Bu yerda ayriliq zamonimning har bir oyi bir yil yakka qamoq hukmida ezuvchi boʻlgani holda, duolaringiz barakasi bilan, inoyati Ilohiya har kunimni bir oychalik saodatli bir umrga aylantirdi. Mening istirohatim haqida qaygʻurmang, rahmatning iltifoti davom qilyapti.

Sabri qardosh! Sabrli boʻl, ahamiyatsiz va zararsiz boʻlgan vahmiy va asabiy xastaligingga ahamiyat berma. Shifo uchun duo qilish bilan barobar; zararsiz, xatarsizdir. Chunki agar xatarlar yomonlik boʻlsa; qandayki oynada aks etgan ifloslik iflos emas va oynadagi ilon surati chaqmaydi va olovning timsoli yoqmaydi. Xuddi shuning kabi, qalbning va xayolning oynalarida rizosiz, ixtiyorsiz kelgan iflos va xunuk va kufriy xotiralar zarar bermaydilar. Chunki Ilmi Usulda kufrni tasavvur qilish, kufr emas va haqoratni xayol qilish, haqorat boʻlmaydi.

Hasana esa nuroniy boʻlgani uchun, tasavvur va xayol qilinishi ham hasanadir. Chunki oynada nuroniyning timsoli ziyo beradi, xususiyati bor; kasifning misoli oʻlikdir, hayotsizdir, ta'siri yoʻqdir. Agar boshqa ruhoniy alamlar boʻlsa; sabrga, mujohadaga oʻrgatish uchun Rabboniy bir qamchidir. Chunki aminlik va umidsizlikning tahlikasiga tushmaslik hikmati bilan, xavf va umid muvozanasida, sabr va shukrda boʻlish uchun siqilish va xursandchilik holatlari, jalol va jamol tajalliysidan intiboh ahliga kelishi; ahli haqiqat oldida taraqqiyga sabab bir dasturi mashhurdir.

Shomli Tavfiqning ehtiyotini taqdirlash bilan birga, eski qiymatdor xizmatlari uning amallar daftariga doimiy bir suratda yozuv yozishlari uchun, u ham doimiy ishlashi kerak edi. Shukr, yana olmos qalami bilan vazifasini boshlashi ruhimni umidlar va ishtiyoqlar bilan sevintirdi. Barla hayotini hasrat bilan xotirlatdi.

— 9 —

Sabri qardosh! Imomlik vazifasida Risolat-un Nurga zarar yoʻq, ruxsat bilan amal niyati bilan hozircha chekinma.

Xusrav qardosh! Beshinchi Shu'laning qiymatini toʻliq bayon va taqdirlashing meni juda sevintirdi. Ikkinchi marta zarrin bir Qur'onni yozganing meni haddan ziyod baxtiyor qildi. Yana men uchun ham yangi risolalarni muborak qalaming bilan

{(Hoshiya) Hayratga sabab bir lutfi baraka: Gul fabrikasining kotibligi bilan Risolat-un Nurga bogʻlangan Xusrav, ikki yarim yil avval bir kichik shisha gulyogʻi yuborgandi. Doimo iste'mol qilganim holda hali tugamadi, davom qilyapti. Qardoshingiz Amin yonimdadir, bu barakaga guvohlik qiladi, ham sizga salom aytadi.}

koʻchirganing, meni minnatdorlik hissidan masrurona yigʻlatdi.

Rushdu va Ra'fatning sihatlari va kamoli sadoqat va sabotlari huznli xavotirlarimni yoʻqotdi. Isparta talabalari xotirlari uchun, men Ispartani oʻz qishlogʻim Nurs bilan birga duomda doxil qilaman. Hatto mayyitlariga, Nurs mayyitlari kabi duo qilaman. Haqiqiy vatanim va mamlakatim nazari bilan oʻsha viloyatga qarayman.

Uskunasi quvvatli Ali qardosh! Sizlarning xolisona va jiddiy faoliyatingizdan, Risola-i Nurda sizlar kabi tebranmas koʻp talabalar chiqishini va davom qilishlarini umid qilardim. Bilganim Abdulloh kabi va bilmaganim umum qardoshlarimga salomimni va barcha ma'naviy yutuqlarimga ularni sherik qilganimni yetkazinglar. Xabarlashishimda ismlarini yozmaganim va xotiramda yozganim qiymatdor qardoshlarim bilan juda ham aloqadorman.

Qardoshlarim! Juda ehtiyot qilinglar, munofiqlar koʻp. Mumkin boʻlgancha risolalarning bu yerdan yuborilganini aytmanglar; toki Risola-i Nur xizmatiga zarar kelmasin. Afsuski, men bu yerda butkul yolgʻiz qolganim uchun, juda ahamiyatli haqiqatlar yozilmasdan, qayd qilinmasdan keldilar va ketdilar. Kuleoʻnuning xolis va jiddiy va muborak mehnatkashlariga hamda Islomkoʻyining sodiq va gʻayratli va koʻplab talabalariga hamda Barlada vafodor va qiymatli doʻstlarimga va ayniqsa Egʻirdirda fidokor va vafodor Haqqi va Mehmed kabi qardoshlarimga va boshqa umum birodarlarimga minglab salom aytaman va duolar qilaman.

Duolaringizga kuchli e'timod qilgan va
juda muhtoj boʻlgan qardoshingiz
Said Nursiy
***
— 10 —

Aziz, siddiq va fidokor va vafoli qardoshlarim va xizmati Qur'oniya va iymoniyada kuchli va qiymatli va mehnatsevar va iqtidorli birodarlarim!

Bu dunyoda men uchun tasalliga sabab sizlarsiz va haqqingizda ulkan umidlarimni roʻyobga chiqardingiz. Janobi Haq sizdan abadiyan rozi boʻlsin, omin!

Yuborganlaringiz va ayniqsa Oʻninchi Soʻz bu yerga shunchalik foyda berdiki, har bir sahifasi uchun, qoʻlimdan kelsaydi, katta bir hadya berardim. Koʻpdan beri koʻrmaganim uchun, men qaysisini oʻqisam "Eng birinchi bu" derdim. Boshqasiga qarardim, "Bu birinchi." Yana boshqasiga qaragan sari hayratlanib qat'iy qanoatim keldiki; Risolat-un Nurning kitoblari bir-biridan ustun qoʻyilmaydi. Har birining oʻz maqomida boshqaruvi bor. Bu zamonni nurlantirgan bir moʻ'jiza-i ma'naviya-i Qur'oniyadir.

Ha, bu asrning ahamiyatli va ma'naviy va ilmiy bir murshidi boʻlgan Risolat-un Nurning hay'ati majmuasi, boshqa shaxsiy buyuk murshidlar kabi oʻziga muvofiq va haqiqati ilmiyaga munosib boʻlib; bir qancha turda va ayniqsa iymon haqiqatlarining izhorida, tarqalishida azim karomatlari boʻlgani kabi, uchta yaqqol karomati boʻlgan Moʻ'jizoti Ahmadiya, Oʻninchi Soʻz va Yigirma Toʻqqizinchi Soʻz va Oyat-ul Kubro kabi koʻp risolalari ham har biri oʻziga maxsus karomatlari boʻlganiga koʻp alomatlar va voqealar menga qat'iy bir qanoat bergan. Hatto sakarotda boʻlgan talabalariga iymonini qutqarish uchun bir murshid kabi yetishganiga koʻplab voqealar shubha qoldirmaydi.

Bir soat tafakkur, bir yil nafl ibodat hukmida... Bir misoli "Nurning Hizbi Akbaridir" deb koʻrdim va qanoat keltirdim.

{(Hoshiya) Oyat-ul Kubroning uchinchi manzilining boshida, Ahmad Faruqiy Risola-i Nur haqida deganki: "Mutakallimiyndan biri keladi, barcha iymon haqiqatlarini mukammal ochiqlik bilan bayon va isbot qiladi." Zamon isbot qildiki, oʻsha odam, odam emas, aksincha Risola-i Nurdir. Ahli kashf Risola-i Nurni ahamiyatsiz boʻlgan tarjimoni suratida kashflarida mushohada qilganlar, bir odam deganlar.}

Sizlarga Risolat-un Nurning Hizbi Akbarini va Qur'onning Hizbi A'zamini yuborishni istardim. Ammo Hizbi A'zam juda uzun boʻlganidan hali yozdirolmadim. Hizbi Akbarni esa, tarjima qilishni istadim, hozircha voz kechdim. Siz kabi qardoshlarning tarjimaga muhtoj emasligini oʻylab, faqat arabcha suratini yuboraman, inshaalloh.

— 11 —

Sizlarga oldin Oyat-ul Kubroning Birinchi Maqomining xulosasi nomli yuborgan parcham, oʻsha hizbning asosidir. Ixtiyorsiz, oʻsha asosga kichik parchalar va ba'zi qaydlar ilova qilingan vaqt, birdan boshqa bir shakl oldi; ochilib va kengayib Oyat-ul Kubroning kichraytirilgan misoli kabi tavhidga oid guvohligi porladi, ma'nolari ziyolandi; ruhimga, qalbimga, fikrimga buyuk bir sevinch berishni boshladi. Men eng charchagan va zerikkan paytimda uni mutafakkirona oʻqidim, buyuk zavq va shavq his qildim.

Bir savolga javob sifatida yozgan bir parchamni, sizga ham foydasi boʻlar degan ehtimol bilan bayon qilyapman:

Avliyo devonlarini va ulamoning kitoblarini koʻp mutolaa qilgan bir qism zotlar tarafidan: "Risola-i Nur bergan zavq va shavq va iymon va iz'on ulardan juda kuchli boʻlishining sababi nima?", deb soʻraldi.

Javob: Eski muborak zotlarning aksar devonlari va ulamoning bir qism risolalari iymonning va ma'rifatning natijalaridan va mevalaridan va fayzlaridan bahs qiladilar. Ularning zamonlarida iymonning asoslariga va ildizlariga hujum yoʻq edi va iymon ruknlari zaiflanmas edi. Hozir esa ildizlariga va ruknlariga shiddatli va jamoatli bir suratda hujum bor. Oʻsha devonlar va risolalarning koʻpchiligi xos moʻminlarga va kishilarga xitob qiladilar, bu zamonning dahshatli hujumini daf qilolmaydilar.

Risolat-un Nur esa, Qur'onning bir ma'naviy moʻ'jizasi oʻlaroq iymonning asoslarini qutqaradi va mavjud iymondan foydalanish jihatiga emas, aksincha koʻp dalillar va porloq burhonlar bilan iymonning isbotiga va tahqiqiga va muhofazasiga va shubhalardan qutqarishiga xizmat qilgani uchun; hammaga bu zamonda non kabi, dori kabi kerakligini diqqat bilan qaraganlar hukm qilyaptilar.

Eski devonlar: "Valiy boʻl, qara; maqomlarga chiq, qara; nurlarni, fayzlarni ol", deydi.

Risolat-un Nur esa: "Kim boʻlsang boʻl; qara, koʻr, faqat koʻzingni och, haqiqatni mushohada qil, saodati abadiyaning kaliti boʻlgan iymoningni qutqar", deydi.

Yana, Risolat-un Nur eng avval tarjimonining nafsini qondirishga harakat qiladi, keyin boshqalarga qaraydi. Albatta, nafsi ammorasini toʻliq qondirgan hamda vasvasasini butunlay yoʻqotgan bir dars, gʻoyat kuchli va xolisdirki, bu zamonda jamoat shakliga kirgan dahshatli bir shaxsi ma'naviyi zalolat qarshisida bir oʻzi gʻolibona qarshilik qiladi.

— 12 —

Yana, Risolat-un Nur boshqa ulamoning asarlari kabi, faqat aqlning oyogʻi va nazari bilan dars bermaydi va avliyo kabi faqat qalbning kashf-u zavqi bilan harakat qilmaydi; aksincha aql va qalbning birlashish va qoʻshilishi hamda ruh va boshqa latifalarning koʻmagi yordami bilan harakat qilib eng yuksak choʻqqiga uchadi; hujum qilgan falsafaning oyogʻi emas, aksincha koʻzi yetmagan yerlarga chiqadi; iymon haqiqatlarini koʻr koʻziga ham koʻrsatadi.

***

Aziz, chinakkam siddiq qardoshlarim!

Mening bu dunyoda sababi tasallim va sevinchim sizlarsiz. Agar sizlar boʻlmasaydingiz, bu toʻrt yil azobga chiday olmasdim. Sizning sabot va matonatingiz menga ham kuchli sabr va bardosh berdi. Birdan xotirga kelgan toʻrt nuqta:

Birinchisi: Qardoshlarim, bu zilzila mening e'tiqodimda Oyning boʻlinishi kabi bir moʻ'jiza-i Qur'ondir. Eng qaysarni ham tasdiqqa majbur qiladigan bir vaziyatga kirdi.

Ikkinchisi: Eski zamondan beri hech bir jamoat Risola-i Nurning shogirdlaridek haq va haqiqat maslagida juda koʻp ish qilish bilan barobar, juda oz zahmat bilan xalos boʻlmaganlar. Bizning xizmatimizning oʻndan birini qilganlar, zahmatimizning oʻn mislini tortganlar. Demak, biz doimo shukr va Alhamdulilloh dediradigan bir holdamiz.

Uchinchisi: Men yuborilgan risolalarni mutolaa qildim. Bir qism haqiqatlarning takrorlanganini koʻrdim. Maqom munosabati bilan takror qilingan. Mening orzu va balki ixtiyorim boʻlmasdan nima uchun bunday boʻlgan, quvva-i hofizamga kelgan unutishdan siqildim. Birdan shiddatli bir eslatma bilan "Oʻn Toʻqqizinchi Soʻzning oxiriga qara" deyildi. Qaradim, Risolati Ahmadiyaning (S.A.V.) Moʻ'jiza-i Qur'oniyasida takrorlarining juda goʻzal hikmatlari, chinakkam tafsiri boʻlgan Risolat-un Nurda batamom namoyon boʻlgan. Oʻsha takrorlar oʻsha hikmatlar uchun aynan oʻrnida va munosib va lozim boʻlgan.

Ham Lutfi, ham Abdurrahmon, ham Hofiz Ali hukmida Kichik Ali sizning nomingizga ham Yigirma Toʻqqizinchi Arabcha Yogʻduning tafsir va tarjimasini istagan. Mening hozir u bilan mashgʻul boʻlishga na vaqtim bor, va na holim izn beradi. Inshaalloh kelajakda Risolat-un Nurning boshqa bir shogirdi oʻsha vazifani qiladi.

— 13 —

Yana, Yigirmanchi Maktub bilan Oʻttiz Ikkinchi Soʻz bir daraja oʻsha Yogʻduni izoh qiladi. Hazrat Ali (R.A.) ikki marta تُقَادُ سِرَاجُ النُّورِ سِرًّا sirri bilan, parda ostida yashirin porlashiga ishorasi bizni ehtiyotga chorlaydi va amr qiladi.

Bir masalaga gʻoyat qisqacha ramz bilan, zakovatingizga tushunilishini havola qilaman.

Savol: "Yerning qoʻrquvdan titrashi va gʻazabi nima uchun Rusga kelmaydi va faqat ...?"

Javob: Chunki hukmi bekor qilinib buzilgan bir dinga qarshi dinsizlik bilan xoinlik boshqa. Hamda haq va abadiy bir dinga qarshi xoinlik esa, yerni titratadi, gʻazablantiradi.

Muqaddima-i Hashriyaning Maqomlarini istayapsiz. Hozirgi vaziyatim hech bir jihat bilan izn bermagani kabi, hashrga doir yozilgan haqiqatlar, burhonlar umumga nisbatan ehtiyojga toʻliq yetarli boʻlgani uchun, tez yozilishiga ma'nan majbur qilinmayapman. Bir oz keyinga qoldirildi va tezlashtirilmadi. Ham men bu yerda cheklovlar ostidaman.

اَلصَّبْرُ مِفْتَاحُ الْفَرَجِ وَ السُّرُورِ
***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, sabotli, fidokor, siddiq qardoshlarim!

Birinchidan: Kelayotgan bayramingizni tabriklayman. وَالْفَجْرِ ٭ وَ لَيَالٍ عَشْرٍ qasami Qur'oniy bilan favqulodda qiymatlari namoyon boʻlgan oʻsha muborak tunlarda va saharlarda muborak qardoshlarimning muborak duolari ham menga, ham ahli iymonga juda barakali va nurli boʻlishini rahmati Rahmondan niyoz qilaman.

— 14 —

Ikkinchidan: Sizga bir kichik xatoning katta bir nukta-i gʻaybiyasi bilan, qarshi sahifadagi hoshiyani joylarida yozish uchun yubordim.

Uchinchidan: Xulusiyning bir muammosi bor deb his qilyapman. Xavotirlanmasin. Risola-i Nurning shogirdlarini inoyat va rahmat nazorat va himoya qiladilar. Dunyoning mashaqqatlari modomiki savob beradi, oʻtadilar; oʻsha musibatlarga qarshi sabr ichida shukr bilan, matonat bilan qarshilash kerak. Ham u, ham sizlar barcha duolarimda va yutuqlarimda men bilan birgasizlar.

Toʻrtinchidan: Risolat-un Nur oʻz-oʻzidan Qur'onning himoyasi va hifzi Rabboniy ostida tarqalyapti. Imom Ali (R.A.) ikki marta "sirran, sirran" deyishi ishorat qiladiki, parda ostida yanada koʻproq fayz va nur beradi. Siz kabi qardoshlarim, zamonning larzali hodisalariga qarshi, -hozirgacha boʻlganidek- yana toʻliq bardosh beradi degan umiddaman. مَنْ اٰمَنَ بِالْقَدَرِ اَمِنَ مِنَ الْكَدَرِ dasturimiz boʻlishi kerak.

***

Aziz qardoshlarim!

Men ham bayramingizni tabriklayman.

Sihatimni soʻrayapsizlar. Bu yerning juda ham shiddatli qishi va xonamning juda sovuqligi va uch huznli gʻurbatning ta'siri va uch asabiy xastalikning mashaqqati va butun-butun yolgʻizlik bilan bardosh qilib boʻlmaydigan koʻp zahmatlarga ma'ruz boʻlganim holda, Xoliqimga hadsiz shukr qilamanki, har dardning eng qudsiy darmoni boʻlgan iymonni, va qadarga iymondan qazoga rizo dorisini yordamimga yubordi, toʻliq sabr ichida shukr qildirdi.

***

Aziz va siddiq va xolis qardoshlarim!

Robbi Rahiymimga hadsiz shukr boʻlsinki; siz kabilarni Risolat-un Nurga sohib va noshir va muhofiz qilib yaratgan, men kabi ojiz bir bechoraning zaif yelkasidagi ogʻir yukni juda ham yengillashtirgan.

Qardoshlarim! Bu safar uch maktubingizda birdan uch Xulusiy, uch Sabri, uch Haqqi kabi qiymatdor toʻqqiz qardoshni koʻrdim. Qamoqda, Abdurrahmonning otasi oʻrnida mening koʻylaklarimga yamoq solgan Haqqining jiddiy va haqiqatli qardoshligini va talabaligini, taxminimdan yanada yuqoriga taraqqiy qilganini bildim, juda xursand boʻldim.

— 15 —

Sabri qardosh, meni oʻragan va bogʻlagan ogʻir toʻsiqlarga ahamiyat bermayapsan. Holbuki bu yerdagi vahimali ahli dunyo men bilan haddan ortiq mashgʻul va aloqadordir. Hatto... hatto... hatto... Nima boʻlganda ham.

Yana, men haqimda ming daraja haddimdan ortiq yaxshi gumon bilan qiymat va maqom berish, faqat Risola-i Nur nomiga va uning xizmati va Qur'on olmoslarining jarchiligi hisobiga qabul boʻlishi mumkin. Boʻlmasa, hech andar hech boʻlgan shaxsim e'tibori bilan qabulga haqqim yoʻq. Porloq va sergʻayrat qalami bilan ham Risolat-un Nurning, ham bizning xotiralarimizda juda ahamiyatli mavqe olgan va joylashgan Hofiz Tavfiq yozgan Oyat-ul Kubro Risolasini munosib koʻrgan paytizda yuborasiz. Toʻqqiz yildan beri yozuvlari bilan masrurona ovungan koʻzlarim hasrat bilan oʻsha yozuvlarni koʻrishni istaydi.

Qiymatdor Xulusiy va Haqqi kabi qardoshlarim! Haqqining aytgani kabi, Sabrining maktublari aynan ularning oʻrniga qabul boʻlgan; oʻsha jihatdan Xulusiy bilan xabarlashish toʻxtamagan, davom qilyapti. Hadsiz shukr va hamd-u sano boʻlsinki; Risolat-un Nur borgancha porloq, hayratomuz iymoniy fathlar qiladi. Oʻz-oʻzidan inshaalloh har koʻrganning qalbida joylashadi, qaysarlarning ovozini oʻchiradi. Bir gʻaybiy himoya ostida dushmanlarni chalgʻitgan, koʻr koʻzlari uni koʻrmaydi. Izini topolmagani holda, porloq faoliyatini mushohada qilyaptilar. Bu vaqt haddan ortiq ehtiyot lozim.

***

Aziz, siddiq, qiymatdor qardoshlarim va xizmati Qur'oniyada metin, jiddiy, sergʻayrat birodarlarim!

Yangi bir sababi karomat va inoyat va surur boʻlgan maktubingizni oldim. Va Risolat-un Nurga oid bir ikrom va inoyati Ilohiyani koʻrsatdi. Jumladan:

Bundan toʻrt-besh kun avval, shiddatli bir qidiruv bilan manzilim tekshirildi. Har tarafga qaraganlari holda, hifzi Ilohiy bilan bizni xafa qiladigan bir narsa topolmadilar. Faqat Iqtisod, Xastalar, Isti'oza kabi olti-yettita risolani zararsiz koʻrdilar. Soʻngra esa Xusravning azon masalasi kabi musodara qoidalariga batamom muxolif boʻlib nuqsonsiz qaytarib berdilar. Men oʻsha hodisadan sizdan xavotirlanib, togʻdan qaytayotgan ekan Abdulmajid, Sabri, Xusrav, Hofiz Ali bilan barobar gaplashish, ajabo, sizga ham hujum bormi deb soʻrashni istadim. Va til bilan baqirdim, keldim. Birdan Amin eshikni ochdi, toʻrtovingizning muborak maktublaringizni berdi. Har ikkalamiz bu ikrom va tintuvdagi himoyaning karomatini va Xusravning kutilganga xilof shunday bir arizasi unday bir natija berishidagi inoyati Rabboniyaga ayni zamonda muvofiq koʻrdik va Risolat-un Nur har vaqt inoyatga sazovordir deb shukr qildik.

— 16 —

Aziz qardoshlarim! Mundarijaning qolgan qismining ta'lifi sizga havola qilingan edi, ishni taqsimlash tarzida qilsangiz, yaxshi boʻladi.

Mashaalloh, barakalloh, qalamlaringizning mukammal ishlashi davom qilish bilan birga koʻpayishlari va ayniqsa Savda birdan koʻpayishi... Hoji Hofizga va qishlogʻiga ming barakalloh, bizni haddan ortiq xursand qildi. Va Xusravning tavofuqli yozuvlari, ayniqsa zarrin Moʻ'jizoti Ahmadiya (S.A.V.) nusxasi hamda Katta va Kichik Alilarning risolalari bu yerlarda shirin, ham koʻp fathlari bor. Inshaalloh oʻsha muborak qalamlarning yana koʻp fathlari boʻladi va koʻramiz.

***

Aziz, qiymatdor, sodiq va sabotli qardoshlarim!

Mundarijani ishni taqsim qilish tarzida hamjihat hay'atingizning shaxsi ma'naviysiga qildirishingiz juda goʻzaldir. Chinakkam va doimiy bir ustoz topdingiz. Oʻsha ma'naviy ustoz bu ojiz qardoshingizdan juda yuksakdir; ortiq menga ehtiyoj qoldirmaydi.

Sabri qardosh! Sening tushing muborak va ma'nodordir. Inshaalloh, zamon uni ta'bir qiladi.

Qardoshlarim! Sizning xotiringiz va askarligingizning xavotiri uchun zamonning hodisalariga qaradim; qalbimga bunday keldi: Manfiy asoslarga bino qilingan va Qorun kabi اِنَّمَٓا اُوت۪يتُهُ عَلٰى عِلْمٍ deb, ehsoni Rabboniy ekanini bilmasdan shukr qilmagan va materializm fikri bilan shirkka tushgan va yomonliklari yaxshiliklaridan ustun kelgan shu Yevropa madaniyati shunday samoviy bir ta'zir yediki; yuzlab yillik taraqqiysining natijasini yoqdi, vayron qilib yondirdi.

— 17 —

Yevropa zolim hukumatlari zulmlari bilan va Savr kelishuvi bilan Islom olamiga va xalifalik markaziga qilgan xoinliklariga muqobil shunday bir magʻlubiyat ta'zirini yedilarki; dunyoda ham bir jahannamga kirib chiqolmayaptilar, azobda tipirchilayaptilar.

Ha, bu magʻlubiyat, aynan zilzila kabi, xoinlikning jazosidir. Bu yerda koʻp zotlar qat'iyan hukm qilyaptilarki: Risolat-un Nurning ikki tarqalish markazi boʻlgan Isparta va Kastamonu viloyatlari boshqa yerlarga nisbatan samoviy ofatlardan himoyada qolganlarining sababi, Risolat-un Nur bergan iymoni tahqiqiy va quvvati e'tiqodiyadir. Chunki bunday ofatlar, iymonning zaifligidan kelib chiqqan xatolarning natijasidir. Hadisga koʻra, sadaqa baloni daf qilgani kabi, oʻsha iymon kuchi ham oʻsha ofatlarga qarshi darajasi bilan javob qaytaradi.

***

Aziz va siddiq va sodiq va fidokor va vafodor qardoshlarim!

Sizning bu safargi ma'naviy va nurli hadyangiz mening nazarimda Jannat-ul Firdavsdan bir hovuch kavsar suvi hadyasi, olami baqodan bizga kelgandek ruhim sevinch bilan toʻldi, barcha tuygʻularim surur bilan shukr qildilar. Sizga uzun bir maktub yozishni orzu qilaman, faqat zamon va holim izn bermagani va uygʻun boʻlmagani uchun, tugatishga majbur boʻldim. Faqat oʻsha hadyalarning xususiy sohiblariga "Mashaalloh, Barakalloh, Vaffakakumulloh, As'adakumulloh" deyman.

Ayniqsa Yigirma Yettinchi Maktubning madrasasida hasrat chekib mushtoq boʻlgan qardoshlarim bilan moziyga ketib takror koʻrishdim va takror-takror alohida-alohida koʻrishyapman.

Oʻttiz birinchi oyatning birinchi muqaddimasi boʻlgan وَ اِنْ كُنْتُمْ مَرْضٰى jumlasi bir ming besh yuzdan (1500) ortiqroq boʻlgan maqomi jifriysi bilan; ahli zalolat tarafidan yuqtirilgan ma'naviy xastaliklarning katta qismi Risolat-un Nurning Qur'oniy dorilari bilan ketkazilishi mumkin deb ishorat qilish bilan barobar; afsuski ikki yuz yil qadar dunyoning umri qolgan boʻlsa, bir zalolat firqasi ham davom qilishiga imo qiladi. فَتَيَمَّمُوا صَع۪يدًا jumlasi, ma'no-i ishoriysida, ikkinchi alomatning birinchi nuqtasida "Sin" harfi "Sod" harfining ostida yashirinishi va "Sod" koʻrinishining ikki sababi bor.

— 18 —

Biri: Said batamom tuproq kabi kamtarinlik va manmanlikni tark va mutlaq tavozeda boʻlishi shartdir; toki Risolat-un Nurni bulgʻatmasin, ta'sirini sindirmasin.

Ikkinchisi: Hozirgi botqoqlikka va ma'naviy vaboga qulashning sababi esa, taraqqiy fikridan kelib chiqishi jihati bilan, ularning xatolarini koʻrsatib, yuksalish va taraqqiy, musulmon uchun faqat Islomiyatda va iymonli boʻlish bilan ekaniga ishorat qilishdir.

***

Qardoshlarim! Bu kunlarda biri Risolat-un Nur talabalariga, boshqasi menga oid ikki masala eslatildi. Ahamiyatiga binoan yozyapman:

BIRINCHI MASALA: Birinchi Shu'lada ikki-uch oyatning ishoratlarida, Risolat-un Nurning sodiq talabalari iymon bilan qabrga kirishlariga va ahli Jannat boʻlishlariga doir qudsiy xushxabar va kuchli bir bashorat borligi koʻrsatilgan. Ammo bu juda buyuk masalaga va juda qiymatdor ishoratga toʻliq quvvat beradigan bir dalil istaydi deb kutayotgan edim. Koʻpdan beri intizor edim. Lillahilhamd, ikki alomat birdan qalbimga keldi:

Birinchi Alomat: Iymoni tahqiqiy ilmalyaqiyndan haqqalyaqiynga yaqinlashgan sari ortiq olib tashlanmasligiga ahli kashf va tahqiq hukm qilganlar va aytganlarki: Sakarot vaqtida shayton vasvasasi bilan faqat aqlga shubhalar berib ikkilantirishi mumkin. Bu navi iymoni tahqiqiy esa faqat aqlda turmaydi. Aksincha ham qalbga, ham ruhga, ham sirga, ham shunday latifalarga siroyat qiladi, ildiz tashlaydiki, shaytonning qoʻli u yerlarga yeta olmaydi; undaylarning iymoni zavoldan himoyada qoladi. Bu iymoni tahqiqiyga yetishishga vasilasi boʻlgan bir yoʻli, komil valiylik bilan kashf va shuhud bilan haqiqatga yetishishdir. Bu yoʻl xoslarning xosiga maxsusdir, iymoni shuhudiydir.

Ikkinchi yoʻl: Gʻaybga iymon jihatidan, vahiy sirrining fayzi bilan, burhoniy va Qur'oniy bir tarzda, alq va qalbning birlashishi bilan, haqqalyaqiyn darajasidagi bir quvvat bilan, zarurat va yaqqollik darajasiga kelgan bir ilmalyaqiyn bilan iymon haqiqatlarini tasdiq qilishdir. Bu ikkinchi yoʻl; Risolat-un Nurning asosi, tomizgʻisi, poydevori, ruhi, haqiqati ekanini xos talabalari koʻryaptilar. Boshqalar ham insof bilan qarasa, Risolat-un Nur iymon haqiqatlariga muxolif boʻlgan yoʻllarni mumkin boʻlmagan va mahol va imkonsizlik darajasida koʻrsatganini koʻradilar.

— 19 —

Ikkinchi Alomat: Risolat-un Nurning sodiq shogirdlari, husni oqibatlariga va iymoni komil qozonishlariga shu daraja koʻp va maqbul va samimiy duolar boʻlyaptiki, oʻsha duolarning ichida hech biri qabul boʻlmasligiga aql imkon bermaydi.

Jumladan: Risolat-un Nurning bir xodimi va birgina shogirdi, yigirma toʻrt soatda, Risolat-un Nur talabalarining husni oqibatlariga va saodati abadiyaga sazovor boʻlishlariga, yuz marta Risolat-un Nur talabalariga qilgan duolari ichida hech boʻlmasa yigirma-oʻttiz marta iymonlari salomatiga va xususiy husni oqibatlariga va iymon bilan qabrga kirishlariga ayni duoni eng koʻp qabulga sabab boʻlgan sharoit ichida qiladi.

Ham Risolat-un Nurning talabalari bu zamonda har jihatdan koʻp hujumga ma'ruz iymon xususida, bir-biriga iymon salomatligi haqidagi samimiy, ma'sum lisonlari bilan duolarining yakuni shunday bir quvvatdadirki, rahmat va hikmat uning raddiga izn bermaydilar. Farazan barchasi rad qilinsa, bittasi ularning ichida qabul boʻlsa, yana har biri iymon salomatligi bilan qabrga kirishiga yetadi. Chunki har bir duo umumga qaraydi.

IKKINCHI MASALA: Yigirma yil avval chop qilingan Sunuhot Risolasida, haqiqatli bir tushda olami Islomning taqdirini mashvarat qilgan ruhoniy bir majlis tarafidan bu asrning hisobiga Eski Saiddan soʻragan savollariga bergan javobining bir qismi hozircha namoyon boʻlgan. Oʻsha zamon oʻsha ma'naviy majlis aytganki: "Bu Olmon magʻlubiyati bilan natijalangan bu urushda Usmoniylar Davlati magʻlubiyatining hikmati nima?"

Javoban Eski Said aytganki: Agar gʻolib boʻlsaydik, madaniyat xotiri uchun koʻp muqaddas narsalarni fido qilardik. - Qandayki yetti yil soʻngra qilindi. - Va madaniyat nomi bilan Olami Islom, xususan Haramayni Sharifayn kabi muborak yerlarga Anadoluda tadbiq qilingan rejim osonlik bilan, majburan tarqatilar va tatbiq qilinar edi. Inoyati Ilohiya bilan ularni muhofaza qilish uchun, qadar magʻlubiyatimizga fatvo berdi.

Aynan bu javobdan yigirma yil oʻtib, yana kechasi, "Betaraf qolib, ketgan mulkini qaytarib olish bilan birga, Misr va Hindni ham qutqarib, biz bilan birlashtirish, dunyo siyosatida eng katta muzaffariyat qozonish bor ekan; shubhali, tahlikali, foydasiz bir dushmanga (Ingliz) tarafdorlik koʻrsatish bilan ikki baravar va zararli bir yoʻlni tanlash, bunday zakovatli, balki dohiy insonlarning nazarida yashirin qolishining hikmati nima?" degan savol mendan boʻldi.

— 20 —

Kelgan javob ma'naviy tomondan keldi. Menga deyildiki: "Sening yigirma yil avval ma'naviy savolga bergan javobing, sening bu savolingga ayni javobdir. Ya'ni: Agar gʻolib taraf lozim deb bilinsaydi, yana mimsiz madaniyat nomiga gʻolibona monelik koʻrmaydigan bir tarzda bu rejimni Olami Islomga, muborak joylarga tarqatilar va tatbiq qilinar edi. Uch yuz ellik million musulmonlarning salomatligi uchun bu yaqqol xatoni koʻrmadilar, koʻr kabi harakat qildilar."

***
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

Aziz, siddiq, muborak qardoshlarim!

Sizlarning bu bayramda ma'naviy hadyangiz bayramimni shunday tabrikladiki, minglab gʻamim boʻlsaydi, ketkazardi. Ming barakalloh! Bunday bir zamonda bunday ixlosli sadoqat, livajhilloh qardoshlik va fiysabililloh koʻmaklashish faqat oliyhimmat siddiqiynlarda boʻladi. Xoliqi Zuljalolga hadsiz hamd va shukr boʻlsinki, siz kabilarni Qur'oni Hakiymga xodim va Risola-i Nurga shogird aylamish.

***

Xusrav qardosh! Sening umum qardoshlaring nomidan bayram tabrigi hisobiga, boshda Qur'onning boshdagi juda shirin va goʻzal juzlari boʻlib Maktubotning katta qismini hadya qilishingiz ming tabrik hukmida boʻldi. Ming barakalloh!

Kichik Ali qardoshim! Sening buyuk ma'naviy hadyang meni haqiqatdan juda hayratda qoldirdi, juda hayron qoldirdi. Oʻsha mukammal yozuvlar Katta Alinikimi, boʻlmasa Kichik Alinikimi, bilolmadim. Men uchun qaytadan dunyoga bir Abdurrahmon, bir Lutfi kelgandek, Katta Hofiz Alining usulida bir qahramon yordamchi va ikki muborak va xolis va qiymatdor Mustafolarning qoʻlida bir olmos qilich, bu yerning fathida men kabi bir ojizning yordamga yugurayotganini koʻrdim. Mashaalloh, Katta Hofiz Alining nuroniy va katta fabrikasi Kuleoʻnuni ham ichiga olgandek; ayni qalam, ayni tarz, ayni iqtidor koʻrsatgansan. Risola-i Nurning batamom qomatiga yarashadigan naqshlar bilan bezalgan koʻylak kiydirgansiz.

***
— 21 —

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Bayramingizni tabrik va xizmatingizni taqdir va muvaffaqiyatingizga duo qilib Xoliqi Rahiymga hadsiz shukr qilamanki; sizlar kabi sabotli va fidokor qardoshlarni Risolat-un Nurga sohib va noshir qilgan. Men sizlarni oʻylagan sari, ruhim sevinch va qalbim quvonchlar bilan toʻladi. Ortiq dunyodan ketish men uchun afsuslanishga sabab boʻlolmaydi. Sizlar bor ekansiz, men yashayapman deb mavtga doʻstona qarayapman, ajalimni xavotirlanmasdan kutyapman. Alloh sizdan abadiyan rozi boʻlsin. Omin, omin, omin.

***

Qardoshlarim! Sizga latif bir hikoya:

Bir kuni Barlada bir zot yogʻochli quttida yongʻoqli bir shirinlikni menga yuborgandi. Evazini berganim oʻsha bir yarim kilo luqmalardan har kuni olti donadan men oʻzim yerdim va ba'zan shuncha va yanada koʻproq boshqalarga tabarruk sifatida berardim. Siddiq Sulaymon bu hodisani balki eslar. Bir oydan ortiq davom qildi. Soʻngra marhum Gʻolib Bey bilan hisobladik, uning besh-olti misli baraka ichida boʻlganiga qanoatimiz keldi. Men oʻsha payt dedim: "Bu zotda ahamiyatli bir baraka, bir ixlos bor". Hozir taxmin qilaman va eslayapmanki, u zot Hoji Hofiz ekan. Oʻsha ajoyib barakaning hozir sirri chiqqan.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى

Nur fabrikasining sohibi Hofiz Alining va muboraklarning qishloqlari oʻrtasida, duoda Sav qishlogʻi mavqe olgan. Toʻliq bir yildir tiriklari sababli mayyitlar ham hissa olyaptilar.

Risolat-un Nurning xizmatida aksar shogirdlari bittadan navi karomat va ikromi Ilohiy his qilganlari kabi; bu ojiz qardoshingiz juda muhtoj boʻlgani uchun, koʻp navlarini va turlarini his qiladi. Va bu qatorlarda bu yurtdagi shogirdlar, qasam bilan e'tirof qiladilarki: Biz Nurning xizmatida sa'y koʻrsatgan sari ham tirikchilik jihatidan, ham qalb istirohati jihatidan bir kenglik, bir sevinch yaqqol bir suratda his qilamiz. Men oʻzimda shunchalar his qilamanki, nafs va shaytonim ham oʻsha yaqqollikka hayratlanib mot boʻldilar.

— 22 —

Shuni bilingki, bir yildan koʻproqdir, men duoda, Risolat-un Nurning shogirdlarining risolalar bilan aloqador boʻlgan zavjalar va bolalar va ota-onalarini ham doxil qilyapman. Buning bir sababi; boshda Sabri boʻlib, u yer-bu yerda ba'zi zotlar, bola-chaqalari bilan doiraga kirishlaridir.

Adolati Ilohiya, Islomiyatga xoinlik qilgan mimsiz madaniyatga shunday bir azobi ma'naviy berganki, badaviylik va vahshiylikning darajasidan juda pastga tushirgan. Yevropa va Inglizning yuz yillik madaniy zavqlarini hamda taraqqiy va hujum va hokimiyatning lazzatlarini hechga tushirgan doimiy qoʻrquv va dahshat va xavotir va inqiroz yogʻdirgan bombalarni boshlariga yoʻliqtirgan. Mana bunday bir zamonda eng kerakli, eng ahamiyatli, eng birinchi vazifa, iymonni qutqarish boʻlganidan, bu zamonga va bu yilga qaragan bashorati Qur'oniya va فَضْلًا كَب۪يرًا ٭ فَضْلُ اللّٰهِ يُؤْت۪يهِ مَنْ يَشَٓاءُ oyatlarning xushxabari eng buyuk fathlar suratida Risolat-un Nurning ma'naviy iymoniy fathlarini koʻrsatadi.

Ha, bir odamning iymoni, abadiy va dunyo qadar bir mulki boqiyning kaliti va nuridir. Unday boʻlsa, iymoni tahlikaga ma'ruz har odamga, butun Kurra-i arzning saltanatidan yanada foydali bir saltanat, fathlar qozontirgan Risolat-un Nur; albatta bu oyatlarning, bu asrda, bu bashoratlarining qasdli qarashlarining sababidir.

Nur va Gul fabrikalarining xizmatchi va sohiblari, insonning boshidagi ikki koʻz kabidir; koʻrinishdan ikkita, faqat bitta koʻradilar. Gʻilay koʻzli odam ikkita koʻradi. Lillahilhamd bu ikki jarayoni nuroniy mukammal birdamlikdadir.

***
— 23 —
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ دَقَائِقِ الْفِرَاقِ

Aziz, muborak, siddiq, sodiq, ruhim, jonim qardoshlarim!

Sizning meni juda xursand qilgan oxirgi maktubingizga Isparta yoʻli bilan javob bermaganimning sababi, mening Isparta markazi bilan boʻlgan munosabatimga bu yerda qattiq e'tibor berilishidir. Ham boshqa yoʻlda sizga kelishiga qadar Risolat-un Nurning koʻplab markazlarining foydalanishidir.

Xusrav qardosh! Oxirgi maktubimda aytgandim: Xusravlarning volidalari sabab boʻldilarki; bir yildan ortiq vaqtdan beri barcha talabalarning padar va volidalari duoga doxil boʻlganlar. Aslo xato tushunmanglar. Sening volidang kabi, oʻn yildan beri Risolat-un Nurning xos shogirdlarining doirasida boʻlgan u yerda koʻp oxiratli singillarim bor. Ular qaytadan boshqalarining duoga doxil boʻlishlariga sabab boʻlganlar deganidir.

Sizga Risolat-un Nurning karomatining bu yurtda chiqqan koʻp asarlaridan bir-ikki hodisa bayon qilaman.

Biri: Xatib Mehmed (Rahmatullohi alayh) ismli jiddiy bir keksa talaba, Keksalar Risolasini yozayotgan edi. Aynan Oʻn Birinchi Umidning oxirlarida va marhum Abdurahmonning vafotining aynan qarshisida qalami "La ilaha illa hu" yozib va lisoni ham "La ilaha illalloh" deb husni xotimaning xotami bilan sahifa-i hayotini muhrlab, Risolat-un Nur talabalarining iymon bilan qabrga kirishlariga doir boʻlgan ishoriy bashorati Qur'oniyani vafoti bilan imzolagan. (Rahmatullohi alayhi rahmatan vasia.)

Ikkinchisi: Siz ta'lifingiz boʻlgan Mundarijaning tahririda bir kotib tashlab ketgan bir sahifani Tahsinga "Yoz" dedim. U ham yozishni boshladi. Qop-qora siyoh va toza qalam bilan birdan siz yozgan ikkinchi jild mundarijaning maqbuliyatiga hujjat oʻlaroq oʻsha qora siyoh chiroyli qizil suratini oldi. Yarim sahifagacha bu gʻaroyib hodisaga taajjublanib qarar ekanmiz, oʻsha siyoh qop-qoraga aylandi. Sahifaning keyingi yarmi ayni qalam, ayni siyohdondan batamom qora yozildi. Bir kuni Barlada, bogʻlardagi hovlida, Shomli, Mas'ud va Sulaymonning mushohadasi bilan ayni hodisani boshqa shaklda koʻrdik. Jumladan:

— 24 —

Men yoqtirmaganim uchun qora siyohni qisman toʻkdim; birdan qolgan qismi juda yoqtirganim chiroyli qizilga oʻzgardi. Risolat-un Nurning kotiblarini shavqlantirdi. Koʻzimizga karomat silsilasining bir uchini va bir asarini koʻrsatdi.

***

Oxiratli qardoshlarimga ahamiyatli bir eslatma

IKKI MODDA:

Birinchisi: Risola-i Nurga bogʻlangan kishining eng ahamiyatli vazifasi, uni yozish yoki yozdirishdir va tarqalishiga yordam berishdir. Uni yozgan yoki yozdirgan Risola-i Nur talabasi unvonini oladi. Va u unvon ostida, har yigirma toʻrt soatda mening lisonim bilan balki yuz marta, ba'zan yanada koʻproq xayrli duolarimda va ma'naviy yutuqlarimda hissador boʻlish bilan barobar; men kabi duo qilgan qiymatdor minglab qardoshlarning va Risola-i Nur talabalarining duolariga va yutuqlariga ham hissador boʻladi.

Ham toʻrt jihat bilan toʻrt navi ibodati maqbula hukmida boʻlgan yozilishida ham iymonini quvvatlantirish, ham boshqalarning iymonlarini tahlikadan qutqarishga harakat qilish, ham hadisning hukmi bilan, bir soat tafakkur ba'zan bir yil qadar ibodat hukmiga oʻtgan tafakkuri iymoniyni qoʻlga kiritish va kirittirish, ham chiroyli xati boʻlmagan va vaziyati juda ogʻir boʻlgan ustoziga yordam berish bilan hasanotiga ishtirok qilish kabi koʻp foydalarni qoʻlga kiritishi mumkin. Qasam bilan ishontiramanki; bir kichik risolani oʻziga bilib yozgan odam, menga katta bir hadya hukmiga oʻtadi; balki har bir sahifasi bir oʻqqa shakarchalik meni mamnun qiladi.

Ikkinchi modda: Afsuski, Risola-i Nurning iymonsiz va marhamatsiz jin va ins dushmanlari uning poʻlat kabi metin qal'alariga va olmos qilich kabi quvvatli hujjatlariga qarshi tura olmaganlari uchun, juda yashirin hiylalar va pinhona vositalar bilan, xabarlari boʻlmasdan yozganlarning shavqlarini sindirish va sustlik berish va yozuvdan voz kechirish uchun shaytoncha hujum qilib zarba beryaptilar. Ayniqsa bu yerda ehtiyoj juda koʻp va yozuvchilar juda oz va dushmanlar juda diqqatli, qisman talabalar bardoshsiz boʻlganidan; bu mamlakatni oʻsha Nurlardan bir daraja mahrum qilyapti.

— 25 —

Men bilan haqiqat mashrabida suhbat qilish va koʻrishishni istagan odam, qaysi risolani ochsa, men bilan emas, xodimi Qur'on boʻlgan ustozi bilan koʻrishadi va iymon haqiqatlaridan zavq bilan bir dars olishi mumkin.

***
Ma'naviy bir eslatma bilan bir-ikki nozik masalani sizga yozyapman:
BIRINCHISI:

Oʻtgan Ramazoni Sharifda, Ahli Sunnatning salomatlik va najoti uchun qilingan juda koʻp duolarning hozircha oshkora qabullari koʻrinmasligiga xususiy ikkita sabab eslatildi:

Birinchisi: Bu asrning ajib bir xossasidir. {(Hoshiya) Ya'ni olmosni olmos deb bilgani holda, shishani undan ustun qoʻyadi.} Bu asrdagi ahli Islomning haddan ortiq soddaligi va dahshatli jinoyatchilarni ham oliyjanoblarcha afv etishi; va birgina hasanani minglab yomonliklar qilgan va minglab ma'naviy va moddiy odamlar huquqini mavh etgan odamdan koʻrsa, unga bir navi tarafdor chiqishidir. Bu surat bilan juda ham oz boʻlgan ahli zalolat va tugʻyon; sofdil tarafdor bilan koʻpchilikni tashkil qilib, aksariyatning xatosi bilan hosil boʻlgan ommaviy musibatning davomiga va choʻzilishiga, aksincha shiddatlanishiga qadari Ilohiyga fatvo beradilar; biz bunga haqdormiz deydilar. Ha, olmosni bilgani (oxirat va iymon kabi) holda, faqat zarurati qat'iya suratida shishani (dunyo va mol kabi) undan ustun tutishga shar'iy ruxsat bor. Boʻlmasa, kichik bir ehtiyoj bilan yoki havas bilan yoki tama va yengil bir qoʻrquv bilan ustun qoʻyilsa; ablahona bir johillik va zarardir, ta'zirga haqdor qiladi. Ham oliyjanoblarcha afv etish esa, faqat oʻziga boʻlgan jinoyatini afv etishi mumkin. Oʻz haqqidan voz kechsa haqqi bor; boʻlmasa boshqalarning huquqini toptagan jinoyatchilarga afv qilgandek qarashga haqqi yoʻq, zulmga sherik boʻladi.

Ikkinchi sabab: Yozishga ruxsat boʻlmagani uchun yozilmadi.

— 26 —
IKKINCHI MASALA:

Qardoshlarim! Eskishahar qamoqxonasida, oxirzamonning hodisalari haqida kelgan rivoyatlarning ta'villari uygʻun va toʻgʻri chiqqanlari holda, ahli ilm va ahli iymon ularni bilmasliklarining va koʻrmaganlarining sirrini va hikmatini bayon qilish niyati bilan boshladim; bir-ikki sahifa yozdim, parda yopildi, ortda qoldi.

Bu besh yilda, besh-olti marta ayni masalaga yuzlanib muvaffaq boʻlolmayotgan edim. Faqat oʻsha masalaning tafsilotlaridan menga oid bir hodisani bayon qilish eslatildi. Jumladan:

Hurriyatning boshlanishida, Risola-i Nurdan ancha avval, kuchli bir umid va e'tiqod bilan, ahli iymonning umidsizliklarini ketkazish uchun, "Istiqbolda bir yorugʻlik bor, bir nur koʻryapman" deb xushxabarlar berar edim. Hatto Hurriyatdan avval ham talabalarimga bashorat berar edim. Tarixcha-i Hayotimda marhum Abdurrahmonning yozgani kabi, Sunuhot kabi risolalarda ham "Men bir yorugʻlik koʻryapman" deb, dahshatli hodisalarga qarshi oʻsha umid bilan tayanib qarshi turar edim. Men ham hamma kabi oʻsha yorugʻlikni siyosat olamida va Islomiyatning ijtimoiy hayotida va juda keng bir doirada tasavvur qilardim. Holbuki olamdagi hodisalar meni oʻsha gʻaybiy xabarda va bashoratda bir daraja yolgʻonlab umidimni sindirar edi.

Birdan bir gʻaybiy eslatma bilan qat'iy qanoat beradigan bir suratda qalbimga keldi. Aytildiki: "Jiddiy bir aloqa bilan sening eskidan beri takror qilganing "Bir yorugʻlik bor, bir nur koʻramiz" degan xushxabarlarning ta'vili va tafsiri va ta'biri, siz haqqingizda, balki iymon jihati bilan olami Islom haqida ham eng ahamiyatlisi, Risola-i Nurdir. Ana shu yorugʻlik seni shiddat bilan aloqador qilgan edi. Va bu nurdirki, avvallari ham xayol va taxmining bilan keng doirada, balki siyosat olamida keladigan saodatli va dindorona holatlarning va vaziyatlarning muqaddimasi va xushxabarchisi ekan, bu hozirgi yorugʻlikni oʻsha kelajakdagi saodat deb tasavvur qilib, eski zamonda siyosat eshigi bilan uni qidirayotgan eding.

Ha, oʻttiz yil avval bir oldindan sezish hissi bilan his qilding. Ammo qanday qilib qizil bir parda bilan qora bir yerga qaralsa, qorani qizil qilib koʻrsatadi. Sen ham toʻgʻri koʻrding, ammo xato tatbiq qilding. Siyosat jozibasi seni aldadi".

***
— 27 —
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ عُمْرِكُمْ فِى الدُّنْيَا وَالْاٰخِرَةِ اٰم۪ينَ

Aziz, siddiq qardoshlarim va xizmati Qur'oniyada iqtidorli, kuchli birodarlarim!

Bu safar kutganimdan ortiq qalamingiz bilan ma'naviy hadyangiz isbot qildiki: Keksa, zaif, ojiz bir Said oʻrniga yosh, kuchli, iqtidorli koʻp Saidlar sizlarda bor. Ayni ruh, ayni ifoda, ayni iymon... Hadsiz shukr va sano boʻlsinki; Robbi Rahiym sizlarni Risola-un Nurga homiy, noshir, sohib, shogird aylamish. Bizlarga juda ham ogʻir qiyinchiliklar ichida qudsiy xizmatga muvaffaqiyat ehson qilgan. Zamon va zamin, sizlar bilan juda mushtoq boʻlganim uzun suhbatni xush koʻrmagani uchun tugatib, ruhu jonim bilan har biringizga minglab salom, mashaalloh, barakalloh deyman.

Bu muborak shuhuri salosada duongizga juda
muhtoj qardoshingiz Said Nursiy
***

Oxirzamondan xabar bergan muhim bir hadis:

لَا تَزَالُ طَائِفَةٌ مِنْ اُمَّت۪ى ظَاهِر۪ينَ عَلَى الْحَقِّ حَتّٰى يَاْتِىَ اللّٰهُ بِاَمْرِه۪

Ramazoni Sharifda oʻninchi kunning ikkinchi soatida birdan bu hadisi sharif esimga keldi. Balki Risola-i Nur shogirdlarining toifasi qancha davom qilishini oʻylaganimga binoan eslatildi. لَا تَزَالُ طَائِفَةٌ مِنْ اُمَّت۪ى (shadda sanaladi, tanvin sanalmaydi) parchasining maqomi jifriysi bir ming besh yuz qirq ikki (1542) boʻlib davom qilishining oxiriga imo qiladi. لَا يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلَّا اللّٰهُ

— 28 —

ظَاهِر۪ينَ عَلَى الْحَقِّ (shadda sanaladi) parchasi ham; maqomi jifriysi ming besh yuz olti (1506) boʻlib, bu yilgacha yaqqol va oshkorona, aksincha gʻolibona; keyin qirq ikkigacha yashirin va magʻlubiyat ichida nurlantirish vazifasini davom ettirishga ramzga yaqin bir imo qiladi.

وَ الْعِلْمُ عِنْدَ اللّٰهِ لَا يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلَّا اللّٰهُ
﴿ حَتّٰى يَاْتِىَ اللّٰهُ بِاَمْرِه۪ ﴾

(shadda sanaladi) parchasi ham; maqomi jifriysi bir ming besh yuz qirq besh (1545) boʻlib, kofirning boshida qiyomat kelishiga imo qiladi. لَا يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلَّا اللّٰهُ

Diqqat va hayratga sazovor joyi shuki, uch parcha ittifoqan bir ming besh yuz (1500) yilini koʻrsatishlari bilan barobar, toʻliq ma'nodor, ma'qul va hikmatli bir suratda bir ming besh yuz oltidan to qirq ikkiga, to qirq beshgacha uchta azim inqilobning boshqa-boshqa zamonlariga uygʻun kelishlari va tavofuq qilishlaridir. Bu imolar garchi faqat bittadan tavofuq boʻlgani uchun dalil boʻlmaydi va kuchli emas, faqat birdan eslatilishi menga qanoat berdi. Ham qiyomatning vaqtini qat'iy tarzda hech kim bilmaydi; faqat bunday imolar bilan bir navi qanoat, bir gʻolib ehtimol kela oladi. Fotihada "siroti mustaqim" sohiblarining toifa-i kubrosini ta'rif qilgan اَلَّذ۪ينَ اَنْعَمْتَ عَلَيْهِمْ parchasi, shaddasiz bir ming besh yuz olti yoki yetti (1506-1507) boʻlib, aynan ظَاهِر۪ينَ عَلَى الْحَقِّ parchasining maqomiga tavofuqi va ma'nosiga muvofiqligi va shadda sanalsa لَا تَزَالُ طَائِفَةٌ مِنْ اُمَّت۪ى parchasiga uch ma'nodor farq bilan toʻliq uygʻunligi va ma'nan mosligi bu hadisning imosini quvvatlantirib ramz darajasiga chiqaradi. Va koʻplab Qur'on oyatlarida "siroti mustaqim" kalimasi, bir ma'no-i ramziy bilan Risolat-un Nurga ma'no va jifr hisobi bilan imo qilishi ramzga yaqin bir imo bilan; Risolat-un Nur shogirdlarining toifasi, oxirzamonda oʻsha toifa-i kubro-i a'zamning oxirlarida bir maqbul jamoat boʻlishini ishorat qiladi deb birdan eslatildi.

﴿ اَلْعِلْمُ عِنْدَ اللّٰهِ لَا يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلَّا اللّٰهُ ﴾
***
— 29 —

Aziz qardoshlarim!

Bu soatda men Qur'on oʻqir ekanman, Risola-i Nur bilan ziyoda aloqador boʻlgan Sura-i Ibrohimda bir oyat meni mashgʻul qilarkan, Amin sizga yuboradigan maktubni keltirdi va tor vaqtimizda bu keng oyatning dengizidan faqat bir qatracha bu parchaga kira oldi. Bir necha daqiqa mobaynida yozdik, vaqt topolmadik, aybga buyurmaysiz.

***
﴿ بِاسْمِه۪ مَنْ تُسَبِّحُ لَهُ السَّمٰوَاتُ السَّبْعُ وَالْاَرْضُ وَمَنْ ف۪يهِنَّ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪ ﴾
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ اَيَّامِ الْفِرَاقِ

Aziz, siddiq, vafodor, sabotli qardoshlarim!

Janobi Haqqa yuz minglab shukr va hamd boʻlsin; siz kabi sodiq, jiddiy, faol zotlarni Risola-i Nurning atrofida toʻplab bogʻlagan; iymon va Qur'on xizmatida quvvatli va nurli qalamlarini ishlatyapti.

Qardoshlarim! Bu safar yuborganlaringiz shunchalik meni mamnun va minnatdor qildiki; har bir sahifasi bir qiymatdor hadya va goʻzal bir maktub hukmida koʻrindi. Qaygʻularimni, gʻamlarimni ketkazib va qalbimni surur va sevinch bilan toʻldirdi. Janobi Arhamurrohimiyn ularning harflari sanogʻicha sizga rahmat qilsin va sizdan rozi boʻlsin.

Hofiz Ali qardoshim! Bir kuni Barlada Juma kechasi duo qilarkan, sening "Omin" degan ovozingni ikki marta yaqqol eshitdim. Orqamga qaradim. "Hofiz Ali qachon keldi?", dedim. "U bu yerda yoʻq", dedilar. Men hozir oʻsha voqeadan ayta olamanki; uch-toʻrt soat masofadan turib duomga ominini eshittirishi, oʻttiz kunlik masofadan bu yerdagi zaif da'vat va duomga kuchli va ta'sirli bir omin hukmida boʻlgan yozuvlarning yordamimga yetishishi juda ma'nodor bir tavofuqdir.

— 30 —

Siddiq Sabri! Sening jismingda (oyogʻingda) qardoshligimning sikkasini koʻrgan paytim bir oldindan sezish hissi bilan qalbimga shunday keldi: "Bu zot muhim vaqtda menga juda ahamiyatli qardoshlik qiladi." Va muvaffaq boʻlding, qilding. Alloh sendan abadan rozi boʻlsin.

Abdulmajidga Beshinchi Shu'lani xabar bergandim, javob kelmadi. Balki ehtiyot uchun sukut saqladilar, yubormadim. Siz avval xabarlashing, soʻngra yuborishingiz mumkin. Agar Xastalar Risolasini menga yuborsangiz, Keksalar Risolasi ham barobar boʻlsa, yanada yaxshi boʻladi. Maktubingizda salom yuborgan vafodor qardoshlarimga minglab salom.

Bu kunlarda ma'naviy bir suhbatda bir savol va javobni tingladim. Sizga bir qisqa xulosasini bayon qilay.

Biri dedi: Risola-i Nurning iymon va tavhid uchun ulkan quvvatlantirishlari va kulliy jihozlanishlari borgancha koʻpaymoqda. Va eng qaysar bir dinsizni jim qilish uchun yuzdan biri kifoya ekan, nima uchun bu daraja qizgʻinlik bilan yana yangi ustida toʻxtalishlar qilyapti?

Unga javoban dedilar: "Risola-i Nur yolgʻiz bir juz'iy buzgʻunchilikni va bir kichik xonani ta'mir qilmayapti. Aksincha kulliy bir buzgʻunchilikni va Islomiyatni ichiga olgan, togʻlar kattaligida toshlari boʻlgan bir qamrovli qal'ani ta'mir qilyapti. Va yolgʻiz xususiy bir qalbni va xos bir vijdonni islohga harakat qilmayapti, aksincha ming yildan beri tayyorlangan va yigʻilgan buzgʻunchi vositalar bilan dahshatli yaralangan qalbi umumiyni va xalq tushunchasini va umumning, ayniqsa avomi moʻminlarning panohgohlari boʻlgan Islomiy asoslarning va jarayonlarning va ramzlarning sinishi bilan buzilishga yuz tutgan vijdoni umumiyni, Qur'onning i'jozi bilan va keng yaralarini Qur'onning va iymonning dorilari bilan davolashga harakat qilyapti. Albatta bunday kulliy va dahshatli buzgʻunchilikka va raxnalarga va yaralarga haqqalyaqiyn darajasida, togʻlar quvvatida hujjatlar, jihozlar va ming tiryoq xususiyatida sinalgan dorilar va hadsiz davolar boʻlishi kerakki, bu zamonda Qur'oni Moʻjiz-ul Bayonning i'jozi ma'naviysidan chiqqan Risola-i Nur u vazifani qilish bilan barobar, iymonning hadsiz martabalarida taraqqiyot va inkishoflarga sababdir." deb uzun bir suhbat jarayon qildi. Men ham tamoman eshitdim, hadsiz shukr qildim. Tugataman.

— 31 —

Bu hodisa munosabati bilan yana bu kunlarda esimga kelgan bir voqeani bayon qilaman.

Men namoz tasbehotining oxirida, oʻttiz uch marta tavhid kalimasini zikr qilarkan, birdan qalbimga keldiki: Hadisi sharifda, "Ba'zan bir soat tafakkur bir yil ibodat hukmiga oʻtadi." Risola-i Nurda oʻsha soat bor; harakat qil, oʻsha soatni top", deb eslatildi. Goʻyo ixtiyorsiz bir suratda, Qur'onning oyat-ul kubrosining ikki tafsiri boʻlgan ikki Oyati Kubro Risolalaridan xulosalangan tafakkuriy bir soʻzlashuv toʻliq bir soat davom qildi. Qaradim, sizga yuborgan Oyat-ul Kubro Risolasining Birinchi Maqomning xulosasidan tanlangan goʻzal bir sirrini xulosa bilan, Yigirma Toʻqqizinchi Arabcha Yogʻdudan chiqarilgan nurli, shirin bayonlardan tashkil topyapti. Men kamoli lazzat bilan, har kuni tafakkur bilan oʻqishni boshladim. Bir necha kun soʻngra xotirimga keldiki: Modomiki Risola-i Nur bu zamonning bir murshididir, talabalariga bir virdi akbar boʻlishi mumkin deb qalamga oldim. Va barcha risolalarning xususiy manbalari, ma'danlari boʻlgan mingdan ortiq Qur'on oyatlarini, oʻz Qur'onimda oldinroq ishoratlar qoʻyib bir Hizbi A'zami Qur'oniy qilishni niyat qilgan edim. Hozir bu hizbi a'zam va bu virdi akbar, Risola-i Nur mansublariga ba'zi muborak kunlarda oʻqilishi uchun bir kun sizga ham yuborilishiga haqqingiz bor. Inshaalloh keyinroq sizga yuboriladi. Ba'zi kalimalarini tarjima va bir qism qaydlarini tushuntirish uchun, vaqt topsam, gʻoyat qisqa hoshiya kabi bir narsa yozaman.

Umum qardoshlarimga va xizmati Qur'oniyada barcha doʻstlarimga hasrat va ishtiyoq bilan minglab salom.

Duolaringizga muhtoj
Said Nursiy
***

Aziz qardoshlarim!

Sizlarga har kuni bittadan uzun maktub yozishimga haqqingiz bor ekan, afsuski uch yildan beri sizga yuborish uchun yozgan bir maktubim hozirgacha kutyapti, eski chakmonimning choʻntagida turibti. Demak, Risola-i Nur ahli dunyo dinsizlariga juda dahshat berganki, dunyolariga qoʻshilmaganim holda, bu tazyiqlarni qilyaptilar. Nima boʻlganda ham... Hech unuta olmaganim sabotli, jiddiy qardoshlarimga, xususan ikkinchi vatanim Barladagi vafodor siddiqlarga juda koʻp salom aytaman va duo qilaman.

— 32 —

Minglab hasrat va ishtiyoq bilan sizlarni oʻylagan va har yigirma toʻrt soatda balki yuz marta duo bilan eslagan va duongizga muhtoj boʻlgan

Said Nursiy
***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ

Ey fidokor qardoshlarim!

Sizlar bilan toʻrt-besh kalima suhbatlashaman:

Birinchisi: Bu safargi maktubingiz bergan shavq va surur bilan deymanki: Men xizmati Qur'oniyadagi chinakkam sadoqat va gʻayrat va sabot va matonatingizni koʻrgandan keyin toʻliq bir istirohati qalb bilan mavtni va ajalni qabul qilaman, "Orqamda siz borsiz, yetadi" deb dunyodan surur bilan vidolashishga tayyorman.

Ikkinchisi: Bu yerda Oyat-ul Kubroning birinchi oqlamaga yozilishi aynan bir yil soʻngra, u yerdagi birinchi oqlamaga yozilishi kabi, Oyat-ul Kubro nomiga tavofugʻi bor. Ikki tavofuqning uygʻunligi tasodifga havolasi imkonsiz bir holat boʻlish bilan.. qalami zulfiqor-misol zotning qalami bilan, oʻttiz uchta kalima-i tavhidning tavofugʻidagi gʻaybiy imzoni jiddiy ravishda nurlantiradi va tasdiq qiladi.

...

Toʻrtinchisi: Men uch yildan beri bu yerda hamma narsadan uzoqlashtirildim. Bardosh qilib boʻlmas tazyiq ostida boʻlganim uchun, siz bilan xabarlasha olmadim. Bu yerda oʻxshovsiz bir vahima hukm qilyapti. Mumkin boʻlgancha, Ashrot-us Soat bu yerdan yuborilganini aytmanglar. Balki uning bir asaridir, boshqa yerdan qoʻlimizga oʻtgan denglar.

***
— 33 —
﴿ بِاسْمِه۪ مَنْ تُسَبِّحُ لَهُ السَّمٰوَاتُ السَّبْعُ وَالْاَرْضُ وَمَنْ ف۪يهِنَّ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪ ﴾
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz va vafodor va fidokor, sodiq qardoshlarim!

Bu safar juda qiymatdor va kutilganidan koʻra koʻproq ma'naviy hadyangizdan kichkina uch-toʻrtta masala xotirga keldi.

Birinchisi: Uchinchi karomati Alaviyada, risolalarda faqat ikkita zayl bor deyishi, risola shakliga kirgan zayllarga zayl deydi. Boshqa zayllar esa; xotimalar, ilovalar, hoshiyalar hukmida koʻrgan.

Ikkinchisi: Ikki Oyat-ul Kubroning virdi akbarida - xotirimga kelmagani holda - ahamiyatli qismlarini Yigirmanchi Maktub bilan Oʻttiz Ikkinchi Soʻz, menga ehtiyoj qoldirmaydigan darajada bayon va tarjima qilganlari uchun, niyat va va'da qilganim holda tarjimasida ishlatilmadim.

Uchinchisi: Risola-i Nurning mendan ayrilishi va men ham nurlantirish doirasidan uzoq qolganim uchun, bu oʻlka va Eskishahar kabi boshqa yerlarni ham uning ahamiyatli va kerakli bir qism haqiqatlaridan hissador qilish uchun, inoyati Ilohiya, - yangi yozilayotganday - takror bilan oʻsha qism haqiqatlarning, faqat latofatli boshqa tarzlarda izoh qilinishlarida goʻyo ixtiyorim boʻlmasdan meni ishlatganini bildim, koʻp shukr qildim.

Bu safar hadyalaringiz evaziga, qoʻlimdan kelsaydi faqat moddiy narxiga koʻra har bir risolaga oʻn lira va Yigirma Beshinchi Soʻzga yigirma besh oltin, balki olmos va Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzga yigirma toʻqqiz yoqut berardim. Unday boʻlsa, berilgandek qabul qilinglar. Ha, tavofuqda muvaffaqiyatli boʻlgan qalami Alaviy, karomati Alaviyaga koʻzga koʻrinadigan goʻzal bir dalil koʻrsatgan. Yuz ming mashaalloh. Xusravning juda shirin va hayratomuz yozgan Xastalar Yogʻdusi bilan Asmo-i Sitta Yogʻdusi mening nazarimda olmos bilan porlatilib yozilgan va ularchalik uzun ikki maktubi sadoqatmador hukmida menga koʻrindi; Risola-i Nurga juda ahamiyatli xizmatlaringizni koʻz yoshi bilan eslatdi va Firdavsiy hadyangizdagi risolalarning harflari sanogʻicha Janobi Arhamurrohimiyn sizlarga rahmat, baraka, saodat ehson aylasin. Omin.

— 34 —

Toliqmaydigan va zerikmaydigan jiddiy, samimiy Hofiz Ali Qardosh! Tavofuqda muvaffaqiyatli qalaming bilan yozilgan I'jozi Qur'onning oxirida sen haqqingdagi اَللّٰهُمَّ وَفِّقْهُ ف۪ى خِدْمَةِ الْقُرْاٰنِ وَ الْا۪يمَانِ boʻlgan duo, bu safar shubham qolmadiki, toʻliq qabul boʻlgan.

Umum qardoshlarga bir-bir salom.
Said Nursiy
***
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ حُرُوفِ رَسَائِلِ النُّورِ وَمَعَان۪يهَا الْمُتَمَثِّلَةِ فِى الْهَوَاءِ وَ فِى الْاَفْهَامِ اِلٰى يَوْمِ الْقِيَامِ

Aziz, siddiq va sodiq qardoshlarim!

Bu safar juda koʻp aloqador boʻlgan kishilarimning toʻrt adad maktublari meni shunchalik xursand qildi va Risola-i Nur hisobiga shunchalar mamnun ayladiki; goʻyo qaytadan oʻsha qahramon birodarlarni topdim deb surur yoshlari koʻp qaygʻularimni yuvdi. Ha, toʻrt maktubga toʻrt javob yozishni istayman va bu haqqingizdir; ammo samimiy birdamligingizga binoan bitta bilan kifoyalandi. Boshqa-boshqa besh-olti kichik masalalarni bayon qilaman.

Birinchisi: Eskidan beri, iymonni qutqarish zamonidir deganimiz va ixtiyorim boʻlmasdan takror bilan iymon ruknlariga doir burhonlardan ma'nan qattiq quvvatlantirganimiz juda haqli va kerakli ekanini zamon koʻrsatdi. Sizga bir oy avval ma'naviy bir suhbatda, Risola-i Nurning ma'nan quvvatlantirishiga doir gʻaybdan kelgan bir javobni yozgan edim. Ba'zi kishilar oʻsha parchani Oyat-ul Kubro Risolasining oxiriga qoʻshdilar.

Ikkinchisi: Shomli Tavfiq Qardosh! Sening maktubing meni juda qattiq ham ta'sirlantirdi, ham xursand qildi. Senda xayrli oʻzgarishlar borligini sezdirdi.

Marhum Hofiz Ahmadning qarindoshlariga men tarafimdan ta'ziya bildirish bilan birga aytginki: Bir-ikki oy avval - birdaniga - duo qilarkan, eng xos qarindosh va eng xolis talabalarning doirasiga Hofiz Ahmad kirdi: "Mening ham bu doirada haqqim bor", deganidek his qildim. Uni oʻsha xos doira ichida, har doim ma'naviy yutuqlarimga hissador boʻlishi uchun qoldirdim va shunday ham qoladi inshaalloh. Va tushundimki; ikkalangiz boshlanishdan, birga Risola-i Nurga xizmatingiz uchundir. Barlada barcha doʻstlarga salom.

— 35 —

Uchinchisi: Sabri qardosh! Qiymatdor Xulusiyning maktubi ham Xulusiyning, ham Beshinchi Shu'laning ahamiyatini va qiymatlarini koʻrsatgani uchun juda yoqtirdim.

Ha, Beshinchi Shu'la umumning va ayniqsa ahli ilmning iymonlarini toʻgʻrilab qutqaradi.

Ham sen, ham Xusrav Halil Ibrohimdan bahs qilyapsiz. U zot Risola-i Nurning ahamiyatli bir talabasi va iqtidorli bir noshiridir, ham xoslardandir. Sobiq hodisamizdan toʻliq ehtiyot va jiddiy bir aloqadorlik darsini olgan degan qanoatdaman. Salomimni unga va birodarlariga yetkazing.

Toʻrtinchisi: Xusrav qardosh! Sening maktubing mening xavotirlarimga (Hasan, Mustafolar kabi) bir shifo va orzularimga bir davo (Moʻjizoti Ahmadiya kabi) va umidlarimga bir ziyo (Ra'fat, Konyalik Sabri kabi) hukmiga oʻtdi.

Ham Risola-i Nurning muhtaram bir talabasi va xos doirasida boʻlgan oxiratli opaxonim volidangizning xastaligi va keksaligi seni Ispartaga jalb qilishi xayrlidir. Albatta sen unga Xastalar va Keksalar risolalarini oʻqigansan. Oʻsha risolalar mening badalimga u kishining ahvolini soʻrab tasalli bersinlar.

Men u yerdagi talabalarni va doʻstlarni duo bilan koʻp eslayman. Ularni unutolmayman. Umum qardoshlarimga bir-bir salom aytaman va duo qilaman.

Said Nursiy
***
— 36 —
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ حَاصِلِ ضَرْبِ عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ رَمَضَانَ ف۪ى حُرُوفِ مَا كَتَبْتُمْ مِنَ الرَّسَائِلِ

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Ham muborak Ramazoningizni, ham inshaalloh haqqingizda ming oychalik mevador Layla-i Qadringizni, ham saodatli bayramingizni, ham juda qiymatdor xizmatingizni butun ruhim bilan tabriklayman va qutlayman.

Qardoshlarim! Bu safar qudsiy qalam bilan hadyalaringiz shunchalik meni minnatdor va baxtiyor qildiki, goʻyo dunyoni yoritadigan bir nur fabrikasi hamda moziy va istiqbolni xushboʻy hidi bilan muattar qiladigan bir gul fabrikasi samodan bizning yordamimizga yuborilgan va mening orqamda yordamchi kuch boʻlib turibdi va doimiy ravishda ishlayaptilar deb sevinyapman. Yuz minglab Alhamdulilloh!

Sabri qardosh! Sening oraliqli ikki maktubing, xizmatingning maqbuliyatiga ikki shohidi gʻaybiy koʻrsatdi. Sening ta'biring bilan Nur fabrikasiga men ham "Alfu alfi mashaalloh, barakalloh, vaffakakalloh", deyman. Sen bilan Siddiq Sulaymon mening nazarimda va fikrimda va duomda doimo birga boʻlganingiz uchun, sen bilan gaplashgan vaqtim, ikkovingizni yelkama-yelka birga koʻraman. Ma'sum va muborak bolalaringiz duodan hissadordirlar.

Hofiz Ali Qardosh! Sening maktubingdagi kamtarliging va ixlosing va Xusravga oid madhing va Risola-i Nur talabalari bir vujud hukmidagi qanoating, sen haqqingda buyuk umidimni va yaxshi gumonimni toʻliq quvvatlantirdi. Risola-i Nurning ikki Lutfiylari va Mustafolari va Hofiz Alilari, Kichik Sabri boʻlgan Nuriddin bilan barobar xos talabalar doirasida, Ramazon fayziga, ma'naviy yutuqlarga inshaalloh hissador deb qabul qilindi. Har bir sahifalarini bittadan qiymatdor hadya hukmida boʻlgan nusxalar sababli, men sendan koʻp, ham juda koʻp qarzdor boʻlib qoldim.

— 37 —

Xusrav qardosh! Qasam ichaman, mening qoʻlimdan kelsaydi, faqat bu safar oltin zarhal bilan yozganing Moʻ'jizoti Ahmadiyaga muqobil har bir sahifasiga, faqat moddiy haq sifatida bittadan oltin hadya qilardim. Haqiqatdan abadiy bir gul fabrikasiga kotib tayin qilinganingizga qanoatim qat'iyat hosil qildi. Robbi Rahiymimga hadsiz hamd-u sano boʻlsin. Tasavvurimda Xusrav, Rushdu bitta ism kabi boʻlgan. Ikkovingizni Risola-i Nurga oid hamma narsada barobar deb bilaman va topaman. Sizga اَوَمَنْ كَانَ مَيْتًا oyatiga oid va birdan esga kelgan va Sabrining ikki maktubining - hali kelmay - ma'naviy ta'siri bilan yozilgan bir tatimmani yubordim. Bir daraja mahramdir, xos va ishonchlilarga maxsusdir. Shomli Tavfiq Oyat-ul Kubro Shu'lasini Hofiz Alining oʻttiz uch "La ilaha illalloh" bilan tavofuqli tarzda men uchun yozsa yaxshi boʻladi. Qardoshlarimga bir-bir salom aytaman.

Duongizga muhtoj
Said Nursiy
***

Aziz qardoshlarim!

Davom qilayotgan ma'naviy buzgʻunchilik qarshisida - lillahilhamd - borgan sari Risola-i Nurning moʻjizona qarshilik koʻrsatishi va ezuvchi quvvati va qiymati ortyapti. Zalolatning poydevori va tayanch nuqtasi boʻlgan tabiat togʻutini tarqatib, Qur'on qoʻlida bir olmos qilich boʻlib har tarafda nurlarni sochadi, zulmatlarni tarqatadi. Faqat zalolatlarning navlari koʻp. Oʻsha nisbatda risolalarning ham boshqa-boshqa ustunliklari, ahamiyatlari bor. Agar oson boʻlsa, Tabiat Yogʻdusini ham bizga yuboring.

***

Amin bilan Fayzi soʻragan bir savolga Ustozdan olgan javoblari.

Savol: Bizga bergan javobingizda aytyapsizki: "Siyosiy keng doiralarni qiziqib kuzatgan, kichik doiralar ichidagi vazifalarida zarar koʻradi." Buning izohini istaymiz?

Javob: Ustozimiz deydilarki:

— 38 —

Ha, bu zamonda qiziqib, radio vositasi bilan jiddiy aloqadorlik bilan Yer kurrasidagi urushlarga qiziqib qaraganlar, diqqat qilganlar, moddiy va ma'naviy juda koʻp zararlari bor. Yo aqlini tarqatadi, ma'naviy bir devona boʻladi, yo qalbini tarqatadi ma'naviy bir dinsiz boʻladi, yo fikrini tarqatadi, ma'naviy bir ajnabiy boʻladi. Ha, men oʻzim koʻrdim: Keraksiz bir qiziqish bilan, dindor ekan omi bir odam - biri ham ilmga mansubligi bor ekan - eskidan beri Islom dushmani boʻlgan bir kofirning magʻlubiyati bilan yigʻlash darajasida bir mahzunlik va Oli Baytdan Sayyidlar Jamoatining bir kofirga magʻlubiyatidan sevinganini koʻrdim. Bunday omi bir odamning, aloqasiz bir keng doira-i siyosat xotiri uchun, bunday kofir bir dushmanni mujohid bir sayyiddan ustun qoʻyish, ajabo devonalikning va aqlni tarqalishlikning eng ajib bir misoli emasmi?

Ha, xorijiy siyosat ma'murlari va harbiy rahbarlar va qoʻmondonlarga bir daraja vazifa jihatidan munosabati boʻlgan siyosatning keng doiralariga oid masalalarni; oddiy fikrli hamda ruhiy va diniy va shaxsiy va uyi va qishlogʻi idorasiga oid kerakli vazifasini qildirmay, ularni qiziqtirib ruhlarini daydi, aqllarini vaysaqi va qalblarini ham iymon va Islom haqiqatlariga oid zavqlarini, shavqlarini sindirib havolantirish va oʻsha qalblarni daydi qilish va ma'nan oʻldirish bilan dinsizlikka joy tayyorlash tarzida, qattiq qiziqish bilan ularga koʻra foydasiz va keraksiz siyosiy masalalarni radio bilan dars berib tinglattirish, hayoti ijtimoiya-i Islomiyaga shunday bir zarardirki; kelajakda beradigan natijalarini oʻylagan sari qoʻrqib ketasan kishi.

Ha, har bir odam vatani bilan, millati bilan, hukumat bilan aloqadordir. Ammo bu aloqadorlik vaqtinchalik jarayonlarga berilib millat va vatanini va hukumatning manfaatini ba'zi shaxslarning vaqtinchalik siyosatlariga tobe qilish, balki aynan oʻsha deb oʻylash juda xato boʻlish bilan birga, oʻsha vatanparvarlik, millatparvarlik hissidan va vazifasidan hammaga tushgan vazifa bir boʻlsa, oʻzining qalb va ruhidan, shaxsiy va uy va diniy va hokazo koʻp doiralar idorasida haqiqiy vazifador boʻlgan xizmati va aloqasi va qiziqishi oʻn, yigirma, balki yuzdir. Bu jiddiy va kerakli buncha koʻp aloqalarning zarariga, oʻsha bitta keraksiz va unga koʻra foydasiz boʻlgan siyosat jarayonlariga fido qilish, devonalik boʻlmay nima?

Ustozimizning bizga oʻta shoshib bergan javobi bu qadar. Biz ham oʻsha shoshilinch ifodani shoshilib qayd qildik, aybga buyurmaysiz.

— 39 —

Biz ham bor quvvatimiz bilan buni tasdiqlaymiz. Chunki buni oʻzimizda va koʻrgan doʻstlarimizda tajribalar bilan koʻrdik. Hatto koʻpchiliklari qiziqishlaridan jamoatni, balki namozni tark qilish darajasida ifrot bilan, aynan namoz vaqtida gapirgan radioni tinglaydi. Mimsiz madaniyatning safohat va zalolat va Islomga qilgan xoinlik jazosi oʻlaroq doimo boshiga kelgan ta'zirlarga va urushlariga va keng siyosat doiralariga aloqadorona diqqat qilish bilan; va nafasi zaharli va boshi sarxush shaxslardan radioda dars olish, qudsiy va muhim vazifalariga ham toʻliq zarar beradilar.

Risola-i Nur shogirdlaridan
Amin, Fayzi.
***

(Ahmad Nazifning bir bayoni)

Qiymatli Ustozim!

Yuksak shaxsiyatingizning ojizligi va faqirligi ichida inoyati Rabboniya va rahmati Ilohiya bilan Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning i'jozlarini quyoshning porloq va keskin shu'lalari kabi qalblarimizga ta'sir qildirgan hamda din va iymon haqiqatlarining, zalolatga yuz tutgan zaif va ojiz moʻminlarning qutulishi va salomati va hidoyatga chiqarilishiga xodim va qudsiy Risola-i Nurning, albatta bir hidoyat yoʻlini koʻrsatuvchisi va bu zamon muhtoj boʻlgan bir sohibi zuhur nomini tashishi shubhasizdir. Shunga binoan, ham Qur'onning tarjimoni va dalloli hamda bu Risola-i Nurning muallif va xodimi yagonasi boʻlishingiz, hamda ojiz va faqir bir askar ekan, ma'naviy xizmatingiz bilan marshallik daraja-i oliysiga koʻtarilish va fayzlanishga layoqat kasb etganingiz uchundirki; Olimi Mutlaq, Hokimi Mutlaq, Qodiri Mutlaq boʻlgan Zuljalol Hazratlari bu qudsiy vazifa-i oliyani, qiymatsiz koʻrganingiz, juda qiymatli va fazilatli va fayzli va oliy darajalarda yuksak bir jarchiga qoldirgan va nasib qilgan va ayniqsa ma'mur qilgandir. هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى Biz ojiz va osiy va gunohkor xizmatkorlaringizni ham lutf-u karami bilan irshodga va hidoyatga siz Ustozimizni rahbar va murshid va vosita qilganki; abadiy minnatdor va shukrlarimizni ado qilishdan ojizmiz.

— 40 —

Mana Ustozim! Juda qiymatli birodarimiz va xizmati Qur'oniyada qiymatli yoʻldoshimiz va sherigimiz Kichik Xusrav va Mehmed Fayzining maktubidan boshqa joyda va makonda mavsumsiz ekanini idrok qilib, bu haqiqiy kalimani va muborak ismi sharifni Risola-i Nurga ham hanuz zohiran taqish haddim emas va ishlatilishidan hazarlanaman. Chunki Ustozimning izn va ruxsati boʻlmaguncha, bu kabi taxalluslarning qiymati boʻlolmaydi. Lekin Risola-i Nurdan olgan ilhomimdan, atrofimizda birinchilikni qoʻlga kiritgan bir qardoshimiz boʻlgan Fayzining maktubida bahs etilishi, faqat goʻzal niyat va haddan ortiq bogʻliqlik va sadoqatdan va ixlosdan kelib chiqqan.

Bu izhorning xatosidan hosil boʻlgan mashgʻul boʻlishingizga sabab boʻlganimdan juda xafa boʻldim. Afv eting. Ogohlantiruvchi va irshod qiluvchi ne'mat va urushishingiz himmati bilan afv qilinishini va Risola-i Nurning ma'naviy ta'zirlaridan muhofaza qilinishimizni toʻliq samimiylik bilan iltimos qilaman.

Aziz va qiymatli Ustozim! Janobi Haqning lutf-u karami bilan hamda hadsiz ehsoni bilan, bogʻlanib xizmati qudsiyasida boʻlganim Risola-i Nurning moddiy va ma'naviy juda koʻp karomatlarini va barakalarini aynalyaqiyn koʻrgan va lazzatini totgan bu ojiz xizmatkoringizning nuqsonlarini, goʻzal niyat va qalb xolisligi uchun kechirishingizni iltimos qilarkan, bu muborak Risola-i Nurning juda koʻp karomatlaridan bir nechtasini arz qilaman. Jumladan:

Risola-i Nur tarjimoni va muallif va sohibi boʻlgan zot, bir ming uch yuz yigirma toʻrt (1324) va yigirma besh (1325) rumiy yillarida, Istanbulda mashhur boʻlib, "Badiuzzamon" nomi va taxallusi ostida matbuotning madhi bilan nashriyotidan ta'sirlanib, oʻsha payt oʻn yetti yoshda boʻlganim va juda johil va bolalik davrimda ekan, bu muborak ism qalbimda joy olgan. Va bu qalbiy muhabbat hurmati uchun; bir ming uch yuz yigirma oltinchi (1326) yil Hazrat Ustozning "Badiuzzamon Saidi Kurdiy" taxallusi ostida Qoradengiz sayohatida ikki xizmatkori bilan Ineboluni ziyorat qilib, oʻshanda Ineboluning mashhur ulamosidan Hoji Ziyo va boshqa ulamo orasida kemaga kuzatib qoʻyilarkan, tasodifan bozorda uchraganim va juda chuqur muhabbat hissi bilan bu muborak zotga salom berib tabassum qilib va nuroniy siymolari bilan va keskin nazarlari bilan salomlariga va ma'naviy nazarlari bilan iltifotlariga sazovor boʻlganim kundan beri ortib borgan muhabbat va aloqamni, oʻttiz yillik xotiramdan qat'iyan oʻchmaganini aynalyaqiyn koʻrayotgan edim.

— 41 —

Taxminan va deyarli olti yil avval bir gazeta ustunida, Ispartada xalq koʻp aloqa koʻrsatgani uchun, din va iymon talqin qilishidan choʻchigan ahli dunyo tarafidan hibs etilganini iztirob bilan oʻqigandim. Oʻttiz yillik uzun bir zamon ichida bir marta bunday achchiq xabar olganim holda, oqibatidan qat'iyan boshqa bir ma'lumot ololmagan edim. Oʻn yildan beri Janobi Robb-ul Olamiyn Hazratlaridan niyozimda, doimo besh vaqt duolarimda, "Ey Robbim! Menga bir murshidi komil ehson qil" niyozida ekanman, bundan uch yil avval, ya'ni hijriy bir ming uch yuz ellik yetti (1357) va milodiy bir ming toʻqqiz yuz oʻttiz sakkizinchi (1938) yil, Ineboluda bir choyxonada, Kastamonulik bir bechora sarxushning madh bilan bahs qilayotgan bir zotning Kastamonuda ekani va surgun qilinganini eshitdim. Diqqat qildim va tahqiq qildim va chuqur oʻrgandim. Tushundimki; oʻttiz yildir qalbimda saqlab olib yurganim oʻsha zamondagi Saidi Kurdiy ekanini hayrat bilan bildim. Va qalbimdagi sevgi kunlar oʻtgan sari otashlanganini his qilganim uchun, har qanday tahlikani inobatga olib ziyorat qilib, muborak qoʻllarini oʻpish lozim va shart boʻlganini bildim. Va ziyoratimda, Eski Saidning ismi muboraklari Badiuzzamon Said Nursiy va Risola-i Nurning muallifi va sohibi ekanini bildim. Kamoli ishq va ixlos bilan yopishdim. Va mening yagona murshidim va rahbarim va buyuk ustozim oʻsha Risola-i Nurdir dedim. Va menga bu hadsiz ehsonlarni hidoyat va inoyat qilgan Janobi Haqqa Qur'oni Hakiymning harflari adadicha shukr qilib اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى dedim.

{(Hoshiya) Ha, ba'zi valiylarning kelajakda talabasi boʻladigan zotlarni, hali dunyoga kelmasdan, oldindan sezish hissining ochilishi bilan karomatli shaklda kashf qilganlari kabi, Risola-i Nur talabalarining muhimlaridan bir nechta zot ham, koʻp vaqt avval, bir oldindan sezish hissi bilan, kelajakda Said bilan aloqador bir suratda bir Nurga xizmat qilishlarini his qilganlar. Mana oʻshalarning biri ham Nazifdir.}

— 42 —

Risola-i Nurga bogʻlanmasdan avval, moddiy va dunyoviy har ishlarimizda va tijoratxonamizning daromadlarida va shaxsiy va xususiy ishlarimizda, Risola-i Nurga bogʻlanishdan keyingi hayratomuz farqlarni va barakalarni koʻrish bilan barobar; eng katta bir tijoratchining yoki baxtiyor bir boyning sevinch va erkinligidan yanada koʻp sevinch va surur va erkinlik va yashash tarzida sihat va salomatlik bilan - alhamdulilloh - saodatli hayot oʻtkazayotganimizni va Risola-i Nurning qudsiy lutf va karomatlariga qarzdor ekanligimizni e'tirof va tasdiq qilamiz.

Ustoz Hazratlarining xususiy ruxsatlari bilan, Risola-i Nur nomidan nashriyot va iymon haqiqatlari nuqtasida, ayniqsa ibodat va namoz haqida shaxsimning johil va ojiz, noqis, iqtidorsiz vaziyatim bilan sodir boʻlgan va boʻladigan diniy talqinlardagi kuchli ishontirish va ta'sirli xitoblarning amaldagi asarlarini aynan koʻrganimni; ustozim Risola-i Nur nomidan kamoli faxr bilan, bir qancha namozsiz musulmonlarni -alhamdulilloh - namozga va masjidlarga davomga muvaffaq boʻlish kabi qudsiy xizmatlarning amaldagi asarlaridan, Risola-i Nurning buyuk hayratlanarli karomatidan chiqqanini va chiqayotganini tasdiqlaymiz.

Bu ichida boʻlganimiz Olmon va Ingliz urushining boshlanishidan davomi muddatida hadsiz zindiqo va munofiqlarning hech yoʻqdan, sababsiz boʻlib, shaxsimga tuhmatlar boʻlishi uchun, kerak boʻlsa munavvar fikrli olim va kerak boʻlsa johil mulhid, deyarli bir nechta doʻstlarim mustasno, mamlakat xalqini qudsiy xizmatimdan ranjitish uchun, shaytoni alayhi mayastahiq butun mamlakat xalqini aldab menga qarshi harakatlantiradiki, "Nazif muxolif bir siyosat bilan Islom birligiga tarafdor qilish siyosiy targʻibotini qilyapti" zehniyatini shiddat bilan menga qarshi, mamlakat xalqiga va hukumat a'zolariga qadar tarqatyaptilar. Va barcha shaytonlarning josusliklari harakatlantirilgan. Goʻyo menga qarshi boʻlganlar mendan bir intiqom olish uchun orqamdan, ham mudhish jarayonni shiddatlantirish uchun, oʻzlaricha nafrat etilgan deb oʻylaganlari "Olmonchi" nomi bilan harakatlarga ma'ruz qoldirishdan chekinmadilar. Holbuki men lillahilhamd Risola-i Nurning irshodi bilan, iymon va Qur'on haqiqatlarini butun koinotdan ustun koʻrganim va e'tiqod qilganim uchun, Yer kurrasidagi jarayonlarga emas, balki menga berilsa ham, butun dunyo saltanatiga ham vosita qilolmayman. Men faqat haqiqatchi va iymonchi va Qur'onchi Risola-i Nurning bir xodimiman. Necha yildir barcha bu hujumlari bilan birga, ikki asari inoyat bor:

Biri: Risola-i Nurning nashriyotidagi xizmatimga zarar berilmagani kabi, kutilgandan ortiq muvaffaq boʻldik.

Ikkinchisi: Har qachon shiddatli hujum qilinadigan payt, Ustozimizdan "Diqqat" amrini olar edik. Hamda Risola-i Nurning oshkora bir karomatidandirki, bir ming uch yuz ellik toʻqqizinchi (1359) hijriy yil Ramazoni Sharifning oʻn yoki oʻn ikkinchi kunlarida - Alloh rahmat qilsin - vafot qilgan qardoshlarimizdan Xatib Mehmed ismli zot, Yigirma Oltinchi Yogʻdu boʻlgan Keksalar Risolasini yozarkan, xasta boʻlib yozishga qodir boʻlmagani uchun "La ilaha illa Hu" kalima-i tavhidni yozib toʻxtagani, ziyoratiga kelgan boshqa qardoshimiz va faol birodarimiz, Fayzi Mehmed Afandiga tugatilishini iltimos qilib dunyo bilan vidolashib va abadiy hayotiga, inshaalloh bu kalima-i toyyiba bilan hayotining oxirini muhrlab iymonli boʻlib qabrga kirganini izhor va Risola-i Nurning talabalariga ochiq bir mujda va xushxabar bergan.

— 43 —

Qur'on ishoratlarining yigirma oltinchi oyatining فَفِى الْجَنَّةِ خَالِد۪ينَ sirri bilan, "Risola-i Nur talabalari iymon bilan qabrga kiradirlar" xushxabarlarining sidqini koʻrsatgan bu ochiq karomatning va azim xushxabarlarning barcha qardoshlarimizga umumiylashishini, Risola-i Nurning yuksaklik darajasini va xodimlarining mukofotlari qachon va qay suratda berilayotganini aynalyaqiyn bilinish va koʻrilish uchun, shu haqiqat muvofiq boʻlsa, Qur'on Ishoratlari Risolasiga hoshiya boʻlishini iltimos qilaman, qiymatli Ustozim.

Risola-i Nur shogirdlaridan
Ahmad Nazif Chalabiy
***

[Risola-i Nurning faol bir shogirdi boʻlgan Ahmad Nazif Chalabiyning bir istixroji va bir bayoni. Buni ham Birinchi Shu'laning oʻttiz ikkinchi oyati oʻlaroq hamda Yigirma Yettinchi Maktubning bayonlarida qayd qilish munosib koʻrildi. U oʻzi aytadi:]

Kelgan oyatlarni hofizdan eshitdim. Sura-i Ahzobdan:

﴿ بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ * يَا اَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اذْكُرُوا اللَّهَ ذِكْرًا كَثِيرًا وَسَبِّحُوهُ بُكْرَةً وَاَصِيلاً * هُوَ الَّذِى يُصَلِّى عَلَيْكُمْ وَمَلَئِكَتُهُ لِيُخْرِجَكُمْ مِنَ الظُّلُمَاتِ اِلَى النُّورِ وَكَانَ بِالْمُوءْمِنِينَ رَحِيمًا * تَحِيَّتُهُمْ يَوْمَ يَلْقَوْنَهُ سَلاَمٌ وَاَعَدَّ لَهُمْ اَجْرًا كَرِيمًا * يَا اَيُّهَا النَّبِىُّ اِنَّا اَرْسَلْنَاكَ شَاهِدًا وَمُبَشِّرًا وَنَذِيرًا * وَدَاعِيًا اِلَى اللَّهِ بِاِذْنِهِ وَسِرَاجًا مُنِيرًا * وَبَشِّرِ الْمُوءْمِنِينَ بِاَنَّ لَهُمْ مِنَ اللَّهِ فَضْلاً كَبِيرًا * صَدَقَ اللَّهُ الْعَظيِمُ ﴾
— 44 —

Bu oyatlarda Risola-i Nurga imo va ramz va balki ishorat bor deb his qildim. Ha, modomiki bu oyat kabi vazifa-i risolat va da'vatga qaragan oyatlar har asrga qaraydilar va har asrda afrodlari va masadaqlari bor. Va modomiki bu oyatlarda Rasuli Akramga (S.A.V.) berilgan sifatlar va unvonlar har zamonda jarayon va har asrda hukm qilish e'tibori bilan va unvonlarning ostida ma'no-i ramziy bilan Risola-i Nur kabi oʻsha vazifani bajargan asarlar va zotlar bu kabi oyatlarning qamrov doiralariga kirishlari, Qur'ondagi i'jozi ma'naviysining sha'nidir, balki taqozosidir va lozimidir. Modomiki Risola-i Nur bu ajib asrda mustasno bir suratda va oyat ishorat qilgan vazifani qilyapti va ma'nosining kulliy doirasida bir fardidir. Albatta koʻplab alomatlar va yashirin ishoratlar bilan ayta olamizki; bu oyatda ham Birinchi Shu'laning boshqa oʻttiz bir oyatlari kabi Risola-i Nurga ma'no-i ishoriy bilan qaraydi. Jumladan:

﴿ لِيُخْرِجَكُمْ مِنَ الظُّلُمَاتِ اِلَى النُّورِ وَكَانَ بِالْمُوءْمِنِينَ رَحِيمًا ﴾

jumlasi, ma'no-i ishoriysi bilan deydi: "Bir ming uch yuz yetmishga (1370) qadar tajovuz qilgan eng qorongʻu zulm, eng qorongʻu zulmatdan sizni, ey ahli iymon val Qur'on! Qur'ondan kelgan Nurlarga va iymonning yorugʻliklariga chiqargan va ismida Nur va ma'nosida rahiymiyat boʻlgan va ismi Nur va ismi Rahiymning sazovori boʻlgan bir Qur'on yogʻdusiga va bu asrimizga qarab imo qiladi. Ma'no uygʻunligidan tashqari, bir alomat va ishorasi buki: اِلَى النُّورِ وَكَانَ بِالْمُوءْمِنِينَ رَحِيمًا parchasining maqomi jifriysi - shadda va tanvin sanaladi - (947) boʻlib Risolat-un Nur yoki Risolati Nur ismining raqami (947) adadiga batamom tavofuq qiladi. اِنَّا اَرْسَلْنَاكَ شَاهِدًا وَمُبَشِّرًا jumlasi, - shaddalar sanalmaydi va oxirda tanvin vaqfdir, alif sanaladi - maqomi jifriysi, 1323-yilni koʻrsatadi. Oʻsha yili, Xalifalik Markazida dahshatli bir inqilobning portlashi boshlanishi ichida umidsizlikka tushgan ahli iymonga xushxabar berib, Islomiyatning haqqoniyatiga va quvvatiga kuchli guvohlik qilgan va nubuvvat vorisligi nuqtasida da'vatda boʻlgan haqiqiy bir shohidga ishorat qiladi.

— 45 —

وَنَذِيرًا وَ دَاعِيًا اِلَى اللَّهِ jumlasi

{(Hoshiya) وَ دَاعِيًا اِلَى اللَّهِ kalimasi, Risola-i Nurning haqiqiy bir ismi boʻlgan Badiuzzamonning maqomiga batamom tavofugʻi va ma'nan uygʻunligi boʻlgani kabi, faqat وَ دَاعِيًا kalimasi ham, Risola-i Nurning tarjimoni boʻlgan Said ismiga uch harf bilan birlashib va uch farq bilan tavofuq qiladi. Chunki tanvin, alif va vov majmui 57 dir. "Sin"da (3) farq bor.

Risola-i Nur talabalaridan Kichik Abdurrahmon Tahsin}

- tanvinlar vaqf boʻlmaganidan sanaladilar - maqomi jifriysi 1256-yilni koʻrsatish bilan, bu asrda va bu zamondagi Islomiyatning pardalanishini bir asr avval tayyorlagan muqaddimalariga qarab, وَ دَاعِيًا اِلَى اللَّهِ kalimasi (191) boʻlib Risola-i Nurning bir haqiqiy ismi boʻlgan Badiuzzamonning maqomi jifriysi boʻlgan (191) adadiga batamom tavofuq bilan imo qiladiki; Risola-i Nur ham, oʻsha pardalanish ichida bir "da'iyi ilalloh"dir.

﴿ بِاِذْنِهِ وَ سِرَاجًا مُنِيرًا ﴾

{(Hoshiya1) بِاِذْنِهِ وَ سِرَاجًا مُنِيرًا bir ming uch yuz oʻttiz (1330) boʻlib Risola-i Nurning fotihasi boʻlgan Ishorot-ul I'joz tafsirining chiqishiga tavofugʻi va بِاِذْنِهِ dagi oʻqilgan "Ye" sanalsa bir ming uch yuz qirq (1340) boʻlib, Risola-i Nurning chiqishiga muvofiqligi va birinchi tanvin vaqf boʻlmaganidan "nun" sanalsa, bir ming uch yuz sakson (1380) boʻlib Risola-i Nurning oʻsha yili inshaalloh Yer kurrasini yoritadigan nuroniy bir qandil boʻlishiga bir ramzi Qur'oniydir.

Risola-i Nur shogirdlaridan Tahsin}

va faqat سِرَاجًا مُنِيرًا kalimasi esa batamom Risola-i Nurning bir ismi boʻlgan "Sirojunnur"ga lafzan va ma'nan va jifran tavofuq bilan qaraydi.

— 46 —

مُنِيرًا dagi (mim, ye), النُّورِ dagi shaddali "nun"ga muqobildir. Ha, Imom Ali (R.A.) karomati gʻaybiyasida Risola-i Nurga "Sirojunnur" nomini berishi, bu oyatning bu parchasidan ilhom qilingan deyish mumkin va tortinmasdan deymiz.

وَ بَشِّرِ الْمُوءْمِنِينَ بِاَنَّ لَهُمْ مِنَ اللَّهِ jumlasi, shadda sanalish jihati bilan maqomi jifriysi bilan 1359-yilni koʻrsatish bilan, bu asrimizning aynan biz boʻlgan bu yiliga qarab ahli iymonga buyuk ehsoni bor deb ma'no-i ramziy bilan xabar beradi. Biz qarayapmiz, bu zamonda eng buyuk ehson, iymonni qutqarishdir. Va koʻryapmiz, iymonni hayratlanarli burhonlar bilan qutqarayotgan, boshda Risola-i Nurdir. Demak bu zamonga nisbatan bir "fazlun kabir" ham udir. Bu ishoratni quvvatlantirgan shudir:

فَضْلاً كَبِيرًا dagi فَضْلاً kalimasi 960 boʻlib Risolat-un Nurning bu ismi, izofadan tavsif tarziga oʻtish bilan "Risolat-un Nuriya" boʻlib, hisobi 962 adadiga ma'nodor ikki farq bilan tavofuq, uning boshiga ramz va imo bilan ishorat qilishidir.

Ilohim Ey Rob! Sen Risola-i Nurni va Risola-i Nur muallifi Ustozimiz Said Nursiyni va Risolat-un Nur talaba va shogirdlarini va mansublarini, muhofaza-i hifzingda va qal'a-i Ilohiyang ichida muhofaza va amin ayla.. omin.. xizmati Qur'on va iymonda sobit va doim ayla.. omin.. va bu qudsiy xizmatlaringda, muvaffaqiyatlar bilan yordam va muovanatlar ehson ayla.. omin.. va Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayoni Azimushshonning sirri a'zamiga, ma'rifatulloh, muhabbatulloh va muhabbati Rasululloh sirri qudsiysiga va "Hasbunallohu va ni'malvakil" sirri uzmosiga va rizoulloh va ru'yati Jamolulloh lutf-u ehsoniga sazovor ayla, Ey Robb-al Olamiyn!

— 47 —
اَللَّهُمَّ صَلِّ عَلَى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ وَ عَلَى آلِهِ وَ صَحْبِهِ وَ اَهْلِ بَيْتِهِ اَجْمَعِينَ الطَّيِّبِينَ الطَّاهِرِينَ آمِين بِحُرْمَةِ سَيِّدِ الْمُرْسَلِينَ وَ الْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ
Ojiz, faqir, zaif, gunohkor, talabangiz
va xizmatkoringiz Inebolulik
Ahmad Nazif Chalabiy
***
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Juda aziz va juda qiymatli, mushfiq va fidokor Ustozi A'zam Afandim Hazratlari!

Pochtadan xazinalar toʻla javohirlardan yanada koʻp, hatto bu foniy dunyo hayotining ziynatlari bilan oʻlchab boʻlmaydigan darajada qiymatdor maktubingizni, muborak Ramazoni Sharifning yigirma uchinchi kuni oqshomi, iftordan oʻn daqiqa avval pochtadan oldim. Janobi Haq qabul qilsin, ikkita iftorni bir qildim.اَلْحَمْدُ لِلَّهِ هَذَا مِنْ فَضْلِ رَبِّى

Oldinroq yozgan uzun satrlarimning foydasiz va manfaatsizligidan, koʻp mashgʻul qilganimdan va kerak boʻlsa bizning va kerak boʻlsa muborak Zakariyo qardoshimizning qiymatsiz, qadrsiz hadyalarini ruxsatsiz qabul qilib taqdim qilish jasoratida boʻlganimdan tugʻilgan, aziz Ustozimning qabul qilmaslik va xushnudsizligi bilan koyishlariga ma'ruz qolishimdan qoʻrqib kutayotgan ekan pochtachi ikkita maktub berdi. Iftor vaqti boʻlganidan oyoqda jildni ochgandan keyin, qiymat bera olmaydiganim juda shirin va jozibali boʻlgan xatti fozilonangiz, xuddi "qoʻrqma" deb xitob qilayotgandek tabassum qilib koʻzimga ilashganda, sevinchimdan oʻqiy olmadim. Darrov xonamga yugurdim, iftor bilan oʻqishni boshladim.

Sevimli va mushfiq ustozim! Muhyiddin Arabiy Hazratlarining xushxabarlari esimga keldi. Zoti fozilonalarida koʻrganim shafqati padaronaning oʻsha buyuk zot xabar bergan shafqati padaronaga ega boʻlganingizga iymon keltirdim. Qodiri Mutlaq Hazratlari siz Ustozimizdan juda koʻp rozi boʻlsin va bizlarni ham xizmatingizda va xizmati Qur'onda doim va sobit aylasin va Ustozimizning qiymatli va qudsiy ishoratlariga va qiymatli duolariga sazovor aylasin.. omin bihurmati Sayyid-il Mursaliyn.

— 48 —

Shafqatli Ustozim! Xizmati Qur'onda va Risola-i Nurning nashriyotidagi bitta zarra hukmida boʻlgan sa'y-harakatning nazdi oliyi ustozonalarida goʻzal qabulga sazovorligi, zaif va ojiz, faqir xizmatkoringiz va iqtidorsiz, idroki noqis, qamrovi tor, idroki barbod talabangizni qay daraja sevinch va sururga koʻmganini ta'rif qilolmayman. Bunday ma'naviy va qudsiy taqdirlarga sazovor qilingan va biz kabi gunohkorlarga, oʻttiz yillik ishtiyoq bilan, oʻn yillik munojot va niyozga javoban siz Ustozimizni ehson qilgan va qullarining isyonlariga qaramasdan har istaganlarini bilgan, eshitgan va ortigʻi bilan bergan va barcha mukavvanotni qudrat qoʻlida tutgan va hamma narsaga sohib va molik va hokim boʻlgan Janobi Haq va Fayyozi Mutlaq Hazratlariga qay surat bilan hamd va shukr qilishimni bilolmayman.

Qiymatli Ustozim! Siz vositachi boʻling, qiymatsiz xizmatimiz bilan, juda oz va qisqa boʻlgan shu dunyo hayoti ichida balki bir qatra darajasidagi hamd va shukrimizni "Taqobbalalloh" sirriga sazovor qilsin inshaalloh.

Maktubot Risolasining Ikkinchi Maktubini doimo eslab bu amrlaringizga rioya qilishga uringanim holda bir gʻaybga oid majbur qiluvchi bandangizni harakatga keltirib, ya'ni hadyani javobsiz butun umringizda qabul qilmaganingizga muxolif boʻlib Ikkinchi Maktubga qarshi chiqishga chorlaydi. Niyatim xolis, sadoqat va bogʻliqligim jiddiy va juda mustahkam. Har qanday riyodan pok va hech qanday moddiy manfaatga yoʻnalmagan va tayanmagan, Alloh rizosi yoʻlida, Qur'on nomiga va Risola-i Nurga xizmat gʻoyasiga yoʻnalgan va ayniqsa biz kabi ojiz, osiy va gunohkorlarning hidoyat va irshod va yetishishga va ahli zalolatni va ahli bid'atni tariqi haqqa da'vat va iymon haqiqatlariga xodim bir qudsiy zot, bizlarga va mamlakatimizga Allohning omonati oʻlaroq ehson qilingan.

Qiymatli musofirimiz qandayki biz gunohkorlarning ma'naviy yordami yugurayotgan va kechayu kunduz magʻfirati Ilohiyaga va irshodimizga harakat qilayotgan ekan, bizlar ham aziz musofirimizning moddiy yordamiga seva-seva va ishtiyoq bilan va faqat Alloh uchun moddiy yugurish va harakat qilish vazifasi bilan vazifador ekanimizni his qilyapmiz.

— 49 —

Ham bizlarga Qur'on va Hazrat Paygʻambarimiz (S.A.V.) amr qiladilar: تَعَاوَنُوا Gʻariblarga yordam.

Afv tilayman, qiymatli va sevimli Ustozim! Bilamanki, hadyalarni qabul qilmaysiz. Ammo zakot va sadaqa kabi yordamni, birodarlarimizning qistovi sababli yozishga majbur boʻldim. Hamda moddiy ehtiyojlaringizga, turar joy kirosi, oʻtin va koʻmir kabi majburiy ehtiyojlar uchun lozim boʻlganini oʻylagandim.

Asosan qoida-i Ustozonalari buzilmasligi uchun, birodarlarimga doimo tavsiya va talqinotim, hech bir moddiy manfaat oʻylanmasligidir. Chunki din dunyoga vosita boʻlolmaydi. Va din, pul topish vositasi va moddiy manfaatni qat'iyan qabul qilolmaydi. Hatto Risola-i Nurning nashriyotida, hech kimning minnatini olmaslik uchun qiymatli Ustozimni taqlid qilaman.

Qiymatli va shafqatli Ustozim! Shu narsa borki: Xizmatkoringiz, Ustoz nomiga emas, qiymatli va gʻarib bir musofirimiz nomiga, rizoan lilloh moddiy yordam berishni istaymiz. Ham ma'naviy zarar koʻrmasligingiz uchun, quvvat va qudrat va azamat sohibi Janobi Allohga niyoz qilib va yolvorib dargohi Ilohiyasida goʻzal qabulga sazovor qilishini duo qilamiz.

Qiymatli Ustozim! Bayramda ziyorat va arzi ta'zim maqomida turib, barcha birodarlarimiz bilan birga ham Ramazoni Sharifni, ham Layla-i Qadrni, ham muborak Iydi Fitrni, Risolat-un Nurning umum talaba va shogirdlari va Qur'onning qiymatli xizmatchilari maqomida va hukmida qiymatli Ustozimizni tabrik qilamiz, Janobi Haqdan yanada koʻp qardosh va birodarlarimiz bilan birga va siz Ustozimiz boshimizda boʻlib Ramazoni Sharifning koʻpi bilan musharraf boʻlishimizni niyoz qilamiz va yolvoramiz va muborak ikki qoʻllaringizdan oʻpib duo-i xayriyangizni va qudsiy irshodlaringizni iltimos qilamiz qiymatli Ustozimiz.

Doimiy qudsiy duolaringizga muhtoj,
gunohkor xizmatkor va talabangiz
Ahmad Nazif
***
— 50 —

(Risola-i Nur shogirdlaridan Hilmi va Choychi Amin va Tahsinning bayoni. Yigirma Yettinchi Maktubning bayonlari ichiga kirishga munosib koʻrildi.)

Bu kunlarda josuslar tarafidan ziyoda sezgirlik bilan risolalarga qaralganidan, inoyatning himoyasi ham bir navi sezgirlik bilan ikromini koʻrsatdi. Gʻoyat juz'iy bir namunasi shudirki:

Risola-i Nur shogirdlariga tirikchilik jihatidan bir ikromi Ilohiy va kichik ammo hayratga loyiq va gʻoyat latif bir tavofuq, bir voqea va Risolat-un Nur xizmatining shubhasiz bir karomatidir. Ha, Risola-i Nurning bir silsila-i karomatining bir manbai boʻlgan tavofuq, bu voqeada oʻsha jinsdan olti adad tavofuqlarning ittifogʻi esa, tasodif ehtimolini ildizi bilan kesadi deb hukm qildik. Jumladan:

Bir necha kundan beri Ustozimizning ziyoratiga bormaganimiz uchun, qardoshim Amin bilan birga Ustozimizning ziyoratiga bordik. Asr vaqti birga namoz oʻqigandan keyin bizga amr qildiki: "Sizga ovqat yediraman, bu yerda ulushingiz bor.". Koʻp marta, "Yemasangiz menga toʻqqizta zarar boʻladi", dedi. "Chunki yeydiganingizga javoban Janobi Haq yuboradi."

Ovqat yeyishda uzrimizni bildirgan boʻlsak ham, amr qildiki: "Rizqingizni yeng, menga keladi." Amrini yerda qoldirmaslik uchun, lutf qilgan sariyogʻ va qovoq shirinligini non bilan yeyishni boshladik. Hali dasturxonda ekan, umid qilinmagan bir vaqtda, bir tarzda va ayni vaqtda bir odam keldi. Qoʻlida yeganimizchalik yangi non, ayni yeganimiz miqdoricha (yongʻoq qadar) sariyogʻ va boshqa qoʻlida bizga berilgan mislicha qovoq shirinligi bilan eshikni ochdi. Ortiq taajjub qilib, hech bir jihatda tasodifga joy qolmasdan, Risola-i Nur shogirdlarining rizqidagi bir baraka-i Rabboniyni koʻzimiz bilan koʻrdik. Ustozimiz amr qildi: "Ehson oʻn misli boʻladi. Holbuki bu ikrom ayni mislidir. Demak, ulush jihati gʻalaba qildi. Ulush ta'mini esa, me'zon bilan boʻladi." Soʻngra oʻsha oqshom, sadaqa jihati ham hukmini koʻrsatdi. Biz koʻrdikki, non oʻn misli va sariyogʻ shirinligi u ham oʻn misli va qovoq shirinligini koʻp yoqtirmagani uchun qovoq, tuzlangan baqlajon oʻn misli; kutilganga xilof, Risola-i Nurdan Ikkinchi Shu'laning bir hafta mutolaasi evaziga ma'naviy bir haq sifatida keldi, koʻzimiz bilan koʻrdik. Demak, qovoq shirinligining shirinligi, sariyogʻ - un holvasiga kirdi, oʻzi tuzlanganda qoldi.

— 51 —

Risola-i Nur shogirdlarining, goʻzal xizmatiga tez mukofot koʻrganlari kabi; xizmatda kamchilikka yoʻl qoʻyganlar ham ta'zir yeganlari -Ispartada boʻlgani kabi- bu yerda ham koʻzimiz bilan koʻrdik. Juda koʻp hodisalaridan faqat besh-oltitasini bayon qilamiz.

Birinchisi: Men -ya'ni Tahsin- bir kun, yangi ochgan bir doʻkonimiz ishlari bilan menga amr qilingan vazifa-i Nuriyani tanballik qilib qilolmadim. Ayni vaqtda shafqatli bir ta'zir yedim. Doʻkonda oʻtirganimda bir kishi menga keldi, omonat oʻlaroq yuz lira almashtirish uchun menga berdi. Bu pulning sohibiga, Alloh uchun bir xizmat qilay deb almashtirish uchun moliya tashkilotiga bordim. Bu pullarni sanarkan, oralaridan bir soxta lira chiqdi. Shu sabab tergov va savol-javob va soʻroqqa tutilganim kabi, uyimizda ham qidiruv oʻtkazilishi kerak boʻldi. Meni mahkamaga berdilar. Ammo bu tarbiya va shafqat ta'ziri boʻlish jihati bilan, yana Risola-i Nur karomatini koʻrsatdi, zararsiz qutuldik.

Ikkinchisi: Ustozimizga va Risola-i Nurga toʻrt-besh yil ba'zan xizmat qilgan va oʻqittirgan va jiddiy ravishda tarafdor boʻlgan bir zot, birdan bir kun qoʻlida dinga oid bir gazeta bilan keldi. Risola-i Nurning maslagiga muxolif bir jarayonning sohiblariga tarafdorona bir holat koʻrsatgan payti, Ustozning joni juda siqildi. Bir-ikki kun soʻngra shiddatli, faqat shafqatli bir ta'zir yedi. Bir doktor unga dediki: "Agar amaliyot qildirmasang, yuz foiz oʻlim bor." U ham majbur boʻlib amaliyot qildirdi. Ammo shafqat jihati yordamga yetishdi, tez qutuldi.

Uchinchisi: Bir ma'mur Risola-i Nurni kamoli ishtiyoq bilan oʻqirdi. Ustoz bilan koʻrishishga va toʻliq dars olishga juda harakat qilardi. Birdan bir komisar tarafidan unga vahima berildi. U ham koʻrishishni va oʻqishni tashlab boshqa bir shaharga borarkan, birdan sababsiz bir tarzda bir oyogʻi sindi, bir oy yotdi. Yana shafqat yor boʻldiki, hozir takror oʻqishni shavq bilan boshladi.

Toʻrtinchisi: Ahamiyatli bir zot Risola-i Nurni kamoli taqdir bilan ham oʻqir, ham yozardi. Birdan sabotsizlik koʻrsatdi, shafqatsiz bir ta'zir yedi. Oʻta maftun boʻlgan rafiqasi vafot etdi. Ikki oʻgʻli ham boshqa joyga ketishi bilan achinadigan bir holga kirdi.

Beshinchisi: Toʻrt yildir Ustozning bozor ishida xizmat qilgan bir zot birdan sadoqatni tashlab maslagini almashtirdi. Birdan shavqatsiz bir ta'zir yedi. Bir yildir hali yeyapti.

— 52 —

Oltinchisi: Bir domlaga oid hodisa. Balki halol qilmaydi. Biz ham uni koʻrmayapmiz. Ta'ziri yozilmadi.

Bu voqealar navidan koʻp bor, ham Risola-i Nurga nisbatan nuqsonga binoan qat'iyan ta'zir boʻlganiga shubhamiz qolmadi.

Tasdiq qilgan Risola-i Nur shogirdlari

Hilmi, Amin, Tahsin

Ha, men ham tasdiq qilaman

Said

***

Ham Risola-i Nurning oson tarqalishining karomatini bu maktubni yozgan vaqtimizda va ovqatdagi karomat daqiqasida koʻzimiz bilan koʻrdik. Jumladan:

Ahamiyatli yetti-sakkiz risola va Ishoroti Qur'oniya Shu'lasini muhim bir maktub bilan birga bir xaltachada ahamiyatli bir qardoshimizga bir shaharga yuborgandik. Haydovchi oʻsha xaltachani yiqitgandi. Bunday paytda asarlarni munofiqlar va josuslar xabar olmay, ishonchli qoʻl bilan besh kun soʻngra qoʻlimizga oʻtishi; qat'iy qanoatimiz keldiki, bir inoyat bizni himoya qilyapti.

Ham Risola-i Nur haqida inoyati Rabboniyaning latif bir himoyasi ham shudirki: Qorongʻu bir vaziyatda, qoʻrqitgan bir zamonda, josuslarning va qidiruv ma'murlarining vahimalari va josusliklari Ustozimizning manzilini oʻrashi daqiqasida, bir sichqon Ustozimizning paypogʻini oldi. Qancha qidirmaylik, hech qayerda topolmadik. Oʻsha sichqonning uyini koʻrdik. Mumkin emaski oʻsha paypoq kirsin. Ikki kun oʻtib qarasak, oʻsha hayvon oʻsha paypoqni shunday yerga keltirganki, yashirilgan va ichidagilari unutilgan mahram maktublar va varaqlarning yonginasida qoldirgan. Holbuki ikki marta u yerga qaragandik, koʻrolmagandik. Ham oʻsha paypoqni oʻsha yerga keltirish; moʻriga chiqib yuqoridan boʻladi. Oʻta ayyor va zakovatli bir odamgina oʻsha ishni qiladi. Hech bir jihatda tasodif ehtimoli qolmagani uchun, Ustozimiz dedilar: "Bu maktublarni u yerdan olamiz". Biz ularga qaradik, garchi siyosat bilan aloqalari yoʻq. Faqat vahimachi josuslarga bizga qarshi chumolini fil qilishga ahamiyatli bir vasila boʻlardi. Biz ham ularni, ham yana bahonaga sabab boʻla olgan boshqa narsalarni oldik. Oʻsha hayajonimizdan josuslar xabar olib tushundilarki, tayyorlandik. Hali hujum qilmay faqat ikkinchi kun, Amin qoʻlida bir xaltacha bilan manzilga kirdi. Darrov orqasidan politsiya komisari, yashirin holda, his qildirmasdan kirdi. Aminning qoʻlida kitob oʻrniga qatiq xaltachasini koʻrib, xatti-harakatini oʻzgartirdi. Nima boʻlganda ham...

— 53 —

Xullas kalom: Risola-i Nurning tarqalishiga qarshi boʻlgan barcha dushman va josuslarga muqobil bitta sichqon chiqdi, rejalarini chil-parchin qildi.

Ha Hilmi, Ha Tahsin, Ha Amin, Ha Tavfiq, Ha Said

(Mehmed Fayzi oʻsha vaqtda askar edi, yoʻq edi. Boʻlmasa birinchi imzo uning haqqi edi.)

***

(Ahmad Nazifning maktubidan bir parcha.)

Moddiy va ma'naviy qarzimiz boʻlgan xizmatlarni qilishdan oʻzimizni tortish, hissizlik va begonalik fitratimizda va yaratilishimizda yoʻqki, qolaylik. Modomiki Janobi Xoliqi Rahiym bizlarni inson qilib yaratgan. Insoniyat amr qilgan vazifalarning mingdan birini ham ado qilolmaganimiz holda, qanday qilib batamom begona boʻlib qolaylik. Bu xususda ma'zur koʻrishingiz bilan birga, azmkor va jafokor va fidokor va hadsiz bardoshli, gʻarib va qudsiy va aziz bir musofirimiz boʻlgan juda qiymatli Ustozimizning biz osiy va gunohkorlarning qalblarini nurlar bilan toʻldirgani holda, muqobil qarzimizni, ma'naviyatga yeta olmaganimiz uchun faqat qadrsiz va qiymatsiz boʻlgan moddiyot bilan toʻlay olamiz degan gumon bilan tasalli topyapmiz. Afv eting Ustozim! Qur'on jarchisining nidolarini eshitgan qaysi musulmon borki, quloqlarini berkitsin. Yoʻq, aslo yoʻq! Nurlaringizning shu'lasi koʻzlarimizni qamashtiryapti. Qalblarimizni bor sofligi bilan Allohga, Qur'onga va Rasuli Mujtaboga (S.A.V.) va Ikki Jahon Sarvarining aziz vorislariga bogʻlayapti va bogʻlagan. Bu bogʻ shunday bogʻki, inoyati Haq bilan hech bir materialistning va hech bir mulhid va zalolat firqasining emas, butun dunyo kofirlarining bor kuchlari bir oraga kelsa, bu qudsiy qalbiy aloqa bogʻini uza olmaydi.

اَلْحَمْدُ لِلَّهِ هَذَا مِنْ فَضْلِ رَبِّى

Zoti fozilonalariga koʻra lozim koʻrilib, zarur boʻlmasa hech qachon maktub yozish zahmatlarini tortishingizga rozi boʻlolmayman. Bu xususda ranjish u yoqda tursin, qiymatli Ustozimning qudsiy vazifalarining bajarilishga mone tashkil qilgan ishni katta xato va hurmatsizlik deb bilaman.

Ahmad Nazif Chalabiy
***
— 54 —
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Oʻn Toʻqqizinchi Soʻzning oxirida Qur'ondagi takrorning aksar hikmatlari Risola-i Nurda ham jarayon qiladi. Ayniqsa ikkinchi hikmati tamoman bor. Oʻsha hikmat shudir:

Hamma har doim Qur'onga muhtojdir. Ammo hammaning, har doim butun Qur'onni oʻqish qoʻlidan kelmaydi. Faqat bir surani oʻqish koʻpincha qoʻlidan keladi. Shuning uchun eng muhim Qur'on maqsadlari aksar uzun suralarda kiritilib, har bir sura kichik bir Qur'on hukmiga oʻtgan. Demak hech kimni mahrum qilmaslik uchun hashr va tavhid va qissa-i Muso (A.S.) kabi ba'zi maqsadlar takror qilingan. Aynan bu ahamiyatli hikmat uchundirki, ba'zan xabarim boʻlmasdan, ixtiyorim va rizom boʻlmagani holda, ba'zi nozik iymon haqiqatlari va kuchli hujjatlari koʻplab risolalarda takror qilingan. Men koʻp hayrat qilardim. Nima uchun bular menga unuttirilgan, takror yozdirilgan? Soʻngra qat'iy bir suratda bildimki: Hamma bu zamonda Risola-i Nurga muhtojdir. Ammo umumini qoʻlga kiritolmaydi. Qoʻlga kiritsa ham toʻliq oʻqiy olmaydi. Ammo kichik bir Risola-i Nur hukmiga oʻtgan bir risola-i jome'ani qoʻlga kiritishi mumkin. Va aksar vaqtlarda muhtoj boʻlgan masalalarini unda oʻqishi mumkin va ozuqa kabi har zamon ehtiyoj takrorlangani kabi, u ham mutolaasini takrorlaydi.

Ikkinchi Bir Nuqta: Oyat-ul Kubrodan chiqqan "Vird-ul Akbar" nomli arabcha risolachaning oxirida, Risola-i Munojotning boshidagi oyatning tafsiri deb arabcha qismlari ilova qilinsa, birga oʻqilsa munosib boʻladi. Biz ham nusxamizda yozdik.

Uchinchi Nuqta: Aziz qardoshlarim! Koʻp marta qalbimga kelardi. "Nima uchun Imom Ali (R.A.) Risola-i Nurga va ayniqsa Oyat-ul Kubro Risolasiga koʻp ahamiyat berganlar?" deb sirrini kutardim. Lillahilhamd eslatildi. Ochilgan oʻsha sirga hozircha faqat qisqa bir ishorat qilaman. Jumladan:

— 55 —

Risola-i Nurning mumtoz bir xususiyati, iymonning eng oxirgi va eng kulliy tayanch nuqtasini kuchli va qat'iy bayon boʻlgani uchun; bu xususiyat Oyat-ul Kubro Risolasida favqulodda porloq koʻrinadi. Va bu ajib asrda, iymon va kufr kurashi eng oxirgi tayanch nuqtasiga yoyilib unga suyantiradi. Masalan: Qandayki gʻoyat katta bir jangda va ikki tarafning bor kuchlari toʻplangan bir sahroda ikki harbiy boʻlinma jang qilyaptilar. Dushman tarafi eng katta qoʻshinining buzgʻunchi jihozlarini oʻz harbiy boʻlinmasiga yordam va ma'naviy kuchini favqulodda quvvatlantirish uchun har vositani iste'mol qilib ahli iymonning harbiy boʻlinmasining ma'naviy kuchini buzish va a'zolarining hamjihatligini sindirish uchun har vasilani ishlatadi. Ahamiyatli bir panogohini oʻziga moyil ettirib ehtiyot kuchini tarqatadi. Musulmon harbiy boʻlinmasining har bir askariga qarshi jamiyat va komitetchilik ruhi bilan hamjihat jamoatni yuboradi. Butun-butun ma'naviy kuchini batamom mahv qilishga uringan bir paytda, Hizr kabi biri chiqadi, oʻsha harbiy boʻlinmaga deydi: "Ma'yus boʻlma! Sening shunday tebranmas bir tayanch nuqtang va shunday magʻlub qilinmas muhtasham qoʻshinlaring va tuganmas ehtiyot quvvatlaring borki, dunyo toʻplansa qarshisiga chiqolmaydi. Sening hozirchalik magʻlubiyatingning bir sababi, bir jamoatga va bir shaxsi ma'naviyga qarshi bir askarni yuborishingdir. Harakat qilki, har bir askaring tayanch nuqtalari boʻlgan doiralardan ma'nan foydalangan kuchli ma'naviy kuch bilan bir shaxsi ma'naviy va bir jamiyat hukmiga oʻtsin!" dedi va toʻliq qanoat berdi.

Aynan shuning kabi, ahli iymonga hujum qilgan ahli zalolat, -bu asr jamoat zamoni boʻlgani jihati bilan- jamiyat va komitetchilik tomizgʻisi bilan bir shaxsi ma'naviy va bir iflos ruh boʻlgan, Musulmon olamidagi vijdoni umumiy va qalbi kulliyni buzyapti. Va avomning taqlidiy boʻlgan e'tiqodlarini himoya qilgan Islomiy oliy pardani yirtyapti va hayoti iymoniyani yashatgan, an'ana bilan kelgan meros boʻlib kelgan hislarni yondiryapti. Har bir musulmon bir oʻzi bu dahshatli yongʻindan qutulishga ma'yusona urinar ekan, Risola-i Nur Hizr kabi yordamga yetishdi. Koinotni qamragan oxirgi qoʻshinini koʻrsatib va undan qarshi turib boʻlmaydigan moddiy, ma'naviy yordam keltirish xizmatida hayratomuz bir itoatkor askar oʻlaroq Oyat-ul Kubro Risolasini Imom Ali (R.A.) kashf bilan koʻrganlar, ahamiyat bilan koʻrsatganlar.

Misoldagi boshqa nuqtalarni tatbiq qilinglar, toki oʻsha sirning bir xulosasi koʻrinsin.

Said Nursiy
***
— 56 —
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ حُرُوفَاتِ رَسَائِلِ الَّتِى كَتَبْتُمْ وَ تَكْتُبُونَ

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Oʻninchi Shu'la nomli siz yozgan Mundarijaning Ikkinchi qismi menga shunday kuchli umid berdiki: Risola-i Nur men kabi ojiz va keksa va zaif bir bechoraga badal yosh, kuchli koʻp Saidlarni ichingizda topgan va topadi. Shuning uchun bundan keyin Risola-i Nurni toʻldirish va izohi va hoshiyalar bilan bayoni va isboti sizga qoldirilgan deb taxmin qilyapman. Bir alomati ham shudirki; bu yil koʻp marta eslatilgan haqiqatlarni qayd qilish uchun tashabbus qilgan boʻlsam ham ishlatilmadim.

Ha, Risola-i Nur sizga mukammal bir manba boʻlishi mumkin. Va undan iymon ruknlarining har biriga, masalan Qur'on kalomulloh ekani va i'joziy nuktalariga doir boshqa-boshqa risolalardagi parchalar toʻplansa yoki hashrga doir boshqa-boshqa burhonlar jam qilinsa va hokazo.. mukammal bir izoh va hoshiya va sharh boʻlishi mumkin. Oʻylaymanki, iymonning oliy haqiqatlarini batamom Risola-i Nur qamragan, boshqa yerlarda qidirishning keragi yoʻq. Faqat ba'zan izoh va sharhga muhtoj qolgan. Shuning uchun vazifam tugagan deb menga tuyulyapti. Sizning vazifangiz davom qilyapti. Va inshaalloh vazifangiz sharh va izoh bilan hamda toʻldirish va hoshiya bilan hamda nashr va ta'lim bilan, balki Yigirma Beshinchi va Oʻttiz Ikkinchi Maktublarni ta'lif bilan va Toʻqqizinchi Shu'laning Toʻqqiz Maqomini toʻldirish bilan hamda Risola-i Nurni tanzim va tartib va tafsir va tahrir bilan davom qiladi. Risola-i Nurning samimiy, xolis shogirdlari hay'ati majmuasining quvvati ixlosidan va hamjihatligidan chiqqan va namoyon boʻlgan bir shaxsi ma'naviy sizga boqiy va qudratli bir yordamchi kuchdir, bir rahbardir.

Bu yerdan u yerga kelgan maktublarni muboraklarning hay'ati bir risola shaklida toʻplanishini va Xusrav ham juz'iy va xususiy ba'zi jumlalarini va keraksiz ba'zi bayonlarini olib tashlashni Hofiz Ali va Sabriga havola qilganini yozyapsiz. U Risolat-un Nur haqida karomatli va diqqatli va uygʻun va keskin Xusravning nazari toʻgʻridir. Boqiy bir asarda vaqtinchalik va juz'iy va xususiy kalimalar olib tashlansa, yanada yaxshidir. Bu safargi maktubingizda karomatkorona uchta nuqta koʻrdik:

— 57 —

Birinchisi: Bu yerning bir Xusravi boʻladigan darajada ixlos va bogʻliqlik va iqtidorni koʻrsatgan Kichik Xusrav Mehmed Fayzi ismli Risolat-un Nurning gʻayratli bir talabasi askarlikdan kelib, hali ikkinchi marta koʻrishilgan vaqt, maktubingizda Fayzi ismini koʻrdik, dedik: Bu Risola-i Nurning shogirdlari bir-biridan qanchalar uzoq boʻlsa ham, bir-biriga juda yaqindirki, bunday birdan his qilib yozdilar.

Ikkinchisi: Bu Kichik Xusrav Fayzi, bu soʻnggi paytlarda Istanbulda ekan Risola-i Nur hisobiga zehnimga ta'sir qildi. Xafa boʻlayotgan edim. "Ajabo, kasalmi?" Birdan zehnim yuzini undan oʻgirdi, Hofiz Ali bilan shiddatli mashgʻul boʻldim. Tushundimki, qaygʻuradigan narsa bor. Ammo Risola-i Nurning faol markazi boʻlgan Hofiz Alida boʻladi. Hofiz Aliga shifo duosini boshladim, davom qildim. Va maktub kelmasdan avval Fayzidan: "Sen kasal boʻldingmi?", deb soʻradim. U: "Yoʻq", dedi. "Unday boʻlsa, Ispartada Risola-i Nurning ahamiyatli va kuchli bir ruknining xastaligi bor. Faqat xayolim haqiqatning suratini chalkashtirgan", dedim. Soʻngra maktubingiz keldi, haqiqat tushunildi.

Uchinchisi: Bundan yigirma kun avval, muborak kunlardan keyin xotirimga keldiki, vazifadorona qalamni har kun ishlatmaganlar, Risola-i Nur talabalari unvoni ijmoliysida har yigirma toʻrt soatda yuz marta hissador boʻlish yetadi deb, xususiy ismlar bilan xos shogirdlar doirasi ichida bir qismning ismlari vaqtinchalik tashlab oʻtildi. Qardoshimiz Haqqi Afandi ham ularning ichida edi. Bir necha kun shunday davom qildi. Soʻngra birdan hech sabab his qilmasdan yana Haqqi Xulusiyga birodar boʻldi. Ismi bilan, rasmi bilan xos doiraga kirdi. Haqqining "Meni duoda unutmasinlar" deb, maktubingizdagi parcha yozilgan ayni paytda, xususiy duoni qozongan hisobi bilan taxmin qildik. Hatto bu kunlarda bu kabi inoyatning koʻp yogʻdulari bor. Amin bularni kunlik hodisalar deb bir maktub yozadi, balki sizga ham yuboradi. Risola-i Nurning u yerdagi kichik talabalari va kelajakda qiymatdor shogirdlari boʻlganlar, hozir ham talabalar doirasida boʻlib hissadordirlar. Istanbulda Mehmed Fayzi, Eski Saidning risolalarini qidirayotgan ekan, oʻsha kun qahramon Rushdu bir doʻkonda borini toʻplagan, olgan edi. Kichik Xusrav xafa boʻlib boshqa yerda qidirgan, Ishorot-ul I'jozni topgan. Taxminan: "Meni oʻzgan har holda mendan oldindagi Ispartalik qardoshlarimdir", degan. Nima boʻlganda ham... Ishorot-ul I'joz nusxasini Hofiz Ali va Sabridagi nusxalarda boʻlgan tavofuq karomatini yozdirishni istaydi. Eng oson bir chorasi, kichik bir daftarda har sahifasida tafsirning bir sahifasiga muqobil hijo harflarining (alif va te va boshqa) qayd qilsangiz, yuborsangiz yaxshi boʻladi. Osonini topmasangiz qolsin.

— 58 —

Umum qardoshlarimga bir-bir salom aytaman va ayniqsa risolalar bilan koʻp mashgʻul boʻlganlarga salom aytaman va duolar qilaman va duolarini kutaman.

Qardoshingiz
Said Nursiy
***

(Amin va Kichik Xusrav Fayzining bir bayoni.)

Xizmati Qur'oniyada bizdan oʻzgan sodiq, xolis, metin, vafoli qardoshlarimizdan muborak Xusrav va Rushdu kabi zotlar, Risola-i Nur xodimlariga, vazifalarining maqbuliyatiga bir alomat sifatida ehson qilingan baraka haqida koʻplab bayonlar yozganlar. Biz ham bu qardoshlarimizning bayonlari kabi yaqin zamonlarda barobar namoyon boʻlgan, koʻrgan ba'zi hodisalarimizni qayd qilamiz. Namuna uchun faqat bir qismini bayon qilamiz.

Biri shudirki: Bu yaqinda Ustozimiz bilan birga qirga chiqqandik. Choy damlanishini, ham ikkitadan choy, ham uchtadan shakar bilan ichilishini aytdilar. Hammamiz uchtadan shakar bilan ikkitadan choy ichdik. Faqat Amin qardoshimiz oʻziga bir shakar kam solib ichgan. Kechga yaqin, Risola-i Nurning tarqalish manbai boʻlgan Ustozimizning uylariga keldik. Amin shakar qutisiga sarf qilingan shakarlarni qoʻyishni istagan, ammo qutti sakkizta shakardan ortiq olmagan. Amin "Fasubhanalloh" dedi; oʻn yettita shakar oʻrniga qutti sakkizta shakar bilan toʻlsin, deb ajablandik. Mana bu voqea bizga shuhud darajasida qanoat berdiki; bu sir Risola-i Nurga, xodimlariga bir inoyati Ilohiya va bir iltifoti Rabboniyadir.

Ikkinchisi: Yana oʻsha kuni men, ya'ni Mehmed Fayzi, avvalroq yozib Ustozimga qaytarib berganim Hujumoti Sitta risolasini menga berish uchun saqlagan joyidan qidirarkan, kutilmaganda topilmaydi. Birdan oʻsha onda odatlarining xilofiga boʻlib, hech sodir boʻlmagan bir tarzda, bir hodisa boʻlishi bilan, koʻzoynaklarini tushirib zinapoya tarafiga yuzlanadilar. Oʻsha vaqt Risola-i Nurning tarqalishiga va xizmatiga zarar berish niyati bilan josus bir odamning zinapoyaga toʻgʻri, koʻrinishdan ziyorat maqsadi bilan yurgani koʻriladi. Ustozning xavotirli ekanlarini his qiladi. Ustoz uning nazarini boshqa hodisa-i badaniyaga qaratadi, unga: "Koʻryapsanki men uzrliman, ziyoratni boshqa kunga qoldir" deydilar. U ham qaytib ketadi. Ham Mehmed Fayzi, ham Hujumoti Sitta, ham boshqa ishlarimiz oʻsha josuslikdan qutuldi.

— 59 —

Ha, Hujumoti Sitta saqlangan muayyan joyidan hayratomuz bir suratda yoʻqolishi, ahamiyatli bir hodisaning oldinini oldi. Ustozda yuzaga kelgan bu odatga xilof holat va oʻsha risolaning muayyan joyida topilmasligi, qat'iyan tasodifga berib boʻlmaydi. Bir hafta oʻtib oʻsha risolani kutilmagan bir joyda topdik. Ustozimning amri bilan Amin qardoshimga ahamiyatli bir suratda oʻqidim. Ustoz bizga izohlar berar edi. Oʻsha vaqtgacha bunday muhim va ta'sirli dars olmagan edik. Demak, bu ikki muhim sirga binoan risola oʻzini koʻrsatmadi. Mana bu hodisa Risola-i Nurning ixlosli va sodiq shogirdlari har doim bir hifz-u inoyat ostida va doimo himoya ostida boʻlganlariga shubha qoldirmaydi.

Uchinchisi: Ustozimizning bir oʻqqa (ya'ni kilo) pishlogʻi bor edi. Aksar kunlarda oʻsha pishloqdan yoqtirganlari uchun, bir-ikki marta yer edilar. Bizga ham yedirar edilar. Ham oqvatsiz boʻlgan aksar vaqtlarda undan yeganlari holda, olti oy qadar davom qilganini va hali ham yuz dirham qadar oʻsha pishloqdan borligini, men -ya'ni doimiy xizmatchisi Amin- va men -ya'ni talaba va xizmatchisi Kichik Xusrav- koʻzimiz bilan koʻrib tasdiqlaymiz. Ammo bu baraka hodisasi aytilganidan keyin, avval koʻrinmagan tubi, koʻrinishni boshladi, kamligini koʻrsatdi. Ha, baraka xususida hayratga loyiq bir hodisadir. Ham yarim kilo sariyogʻ, aksar kunlarda ortigʻi bilan sarf qilingani holda, ellik kunga yaqin davom qilishi, shubhasiz baraka ichiga kirgan.

Yana aynan Ramazon Bayramida, Ustozning rizolari boʻlmagani holda, Tahsin va men -ya'ni Amin- bir kilo mayin shakar keltirgandik. Koʻpincha qatiq va sut va shirin qovoqqa va boshqa narsalarga, ba'zan yigirma-oʻttiz dirham qadar qoʻshganlari holda - ikki oydan ortiqdir - oʻsha shakardan yuz dirhamdan ortiq qolishi, albatta baraka sababi bilandir.

— 60 —

Ham bu oʻlkadagi shogirdlar, hamma juz'iy-kulliy his qilgan va e'tirof qiladiki: Risola-i Nur bilan shugʻullangan paytimiz, ham rizqimizda baraka va yengillik, ham qalbimizda huzur va sevinchni zohiran his qilamiz. Jumladan, men -ya'ni Amin- oʻzim e'tirof qilamanki: Risola-i Nur doirasiga kirishdan avval butun yil ishlar edim. Risola-i Nur doirasiga kirganimdan soʻng, yilda uch-toʻrt oy qadar faqat ishlay olganim holda, avvalgidan yanada baxtiyor va yanada xursand bir holda yashashligim, yuz foiz Risola-i Nur xizmatining barakasi bilan boʻlganiga hech shubha yoʻq.

{(Hoshiya) Ha Amin qardoshimiz mamlakatimizga kelgan vaqti juda faol bir suratda har oy ishlar edi. Hozir esa, uch-toʻrt oydan ortiq ishlaganini koʻrmayman. Bunga sabab esa, Risola-i Nur xizmatining barakasi boʻlganiga shubham yoʻq, bor quvvatim bilan tasdiqlayman.

Kichik Xusrav Mehmed Fayzi}

Ham jumladan, Ustozimiz deydilarki: "Mening ham qanoati qat'iyam koʻp tajribalar bilan kelganki, men Risola-i Nurning tahrirlari bilan mashgʻul boʻlgan paytlarim, juda yaqqol tarzda, ham rizqimda baraka, ham yengillik koʻraman. Har qachonki ishlamasam, oʻsha holni koʻrmayman." Yana Ustozimiz deydilar va biz ham tasdiqlaymiz: "Men oxirgi paytlarda tushundimki; hozirgacha ham men, ham doʻstlarim bu haqiqatning suratini boshqa shaklda koʻrganmiz. Jumladan: Qamoqxonada bitta non sakkiz va ba'zan oʻn kun kifoya kelgani holda, bu yerda aynan oʻsha tarzda yashar edim. Ham men, ham qardoshlarim buni mening oz yeyish va ishtihasizligimdan deb bilar edik. Holbuki koʻp alomatlar bilan qat'iyan angladikki, oʻsha ajib hol baraka natijasi ekan. Bir necha marta sakkiz kunda menga kifoya qilgan bir nonni, oʻsha ishtaha bilan -ishlamaganimdan barakaga sazovor boʻlmagan paytim- ikki kunda, ba'zan bir yarim kunda tugatar edim. Demak, bu oʻn olti-oʻn yetti yildan beri mening mukammal ozuqalarim, Risola-i Nurning xizmatidan kelgan bir barakadan edi. Ha, aynalyaqiyn darajasida bizga ham qanoat kelganki, bu koʻplab baraka hodisalari Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning i'jozi ma'naviysining bir shu'lasidir. Ma'nan: "Ey Qur'onning shogirdlari! Sizlarni vazifa-i muqaddasangizdan aksariyat bilan qoldirgan, tirikchilik tashvishidir. Bu esa, Qur'onning fayzi bilan, baraka navidan sizga berilyapti. Vazifangizga qaranglar." deyapti.

اَللَّهُمَّ يَسِّرْلَنَا خِدْمَةَ الْقُرْآنِ بِنَشْرِ رَسَائِلِ النُّورِ بِحُرْمَةِ اِسْمِكَ اْلاَعْظَمِ وَ حَبِيبِكَ اْلاَكْرَمِ آمِينَ
— 61 —

Ham baraka hodisalarining ayni zamonida, Risola-i Nurning bir karomati oʻlaroq, bir shogirdining minglarcha lira qiymatida uyini, unga juda yaqin dahshatli bir yongʻindan umid qilingandan ustun bir suratda Risola-i Nurning barakasi bilan qutulishi va Risola-i Nur tarjimoniga oxirat jihatidan koʻp aloqadorlik koʻrsatgan bir xonim, oʻsha dahshatli yongʻinda yongan uyning uchinchi qavatida boʻlgan olmos va javohirlar va oltinlarini qutqarish uchun yugurib chiqqan vaqti, olov har tarafni oʻragan, javohirlarini qutqarolmagani kabi, oʻzini ham butun-butun tahlika-i qat'iyada koʻrgan daqiqada, Risola-i Nur tarjimoni oʻsha otashdan talabasining uyini olovdan qutulishiga shiddatli duo qilarkan, oʻsha bechora ayol esiga kelgan; ajabo u yongʻinda oʻsha oxiratli singlim boʻlmasin deb unga ham -Risola-i Nurni shafoatchi qilib- duo qilgan. "Ey Robbim, unga marhamat ayla" deb niyoz qilgan. Ayni paytda oʻsha xonim derazani sindirgan, oʻzini ikki qavat balandlikdan hovliga tashlagan. Hayratomuz bir suratda na jarohatlangan, na bir joyi singan. Ham misni va temirni eritgan oʻsha dahshatli va shiddatli yongʻindan, -butun uy yongandan keyin- barcha javohirlarni va oltinni hech biri zoye boʻlmasdan, buzilmasdan bir un uni muhofaza qilgan; topgan, olgan. Risola-i Nurning barakasidan, ham jonini, ham molini qutqargan. Ham mazkur hodisalar vaqtida sodir boʻlishi munosabati bilan, Risola-i Nurning karomatkorona ikki ta'ziri ayni onda, vazifa jihatidan ahamiyatli ikki tajovuzkor va azob beruvchi ikki odamning tajovuz va azob beradigan onida birining boshiga, boshqasining jigariga urishi, {(Hoshiya) Ha, oʻsha tajovuzkorlardan biri omonlik soʻradi, oʻlimdan qutuldi; boshqasi bir yil azob chekdi, ham oʻldi.} bizda hech bir shubha qoldirmadiki, xizmati Qur'ondagi inoyati Rabboniyaning bir hifz-u himoya tarsakisidir. "Ortiq yetar, toʻxtanglar! Ta'zirga haqdor boʻldingiz", deb ma'nan aytishidir.

***

(Oʻttiz bir, oʻttiz ikkinchi oyatlarning Risola-i Nurga ishoratlarini istixroj qilishga muvaffaq boʻlgan Ahmad Nazif va oʻgʻli Salohiddin, Risola-i Nurning ahamiyatli shogirdlaridan boʻlgani uchun, Salohiddinning shu bayoni Yigirma Yettinchi Maktubning bayonlari ichiga kirishga loyiqdir.)

1358-yil, Danzigdan chiqqan bir uchqun, Yevropa ichida tezlik bilan yoyilib ulkan bir yongʻin holini olgani uchun, barcha millatlar urushga tayyorgarlik vaziyatida boʻlgani uchun Turkiya ham qisman safarbarlik qildi. 1359 da 27, 28, 29 da tugʻilganlarni qurol ostiga oldi. Bu orada Risola-i Nur talabalaridan Mehmed Fayzi va men kabi kichik talabalar ham, bir hikmatga binoan askarlikka olingandi.

— 62 —

{(Hoshiya1) Fayzining va Salohiddinning askar boʻlishi sababli Ustoz yengil tabassum qilib: "Sizni ular ololmaydilar. Vazifangiz bor, da'vat qilinyapsizlar. Chunki lison bilan boʻlmasa ham, holat va xatti-harakatlaringiz oʻsha vazifani bajaradi" dedi. Haqiqatdan Salohiddin askar boʻlganida, muborak Ramazonda Izmitning Tavshan Tepasida, havoning noqulayligiga qaramay, yana jamoat bilan taroveh namozini oʻqitishi va Polkning Hamidkoʻyiga borishi, Ramazonning 27, 28, 29-kunlariga toʻgʻri kelishi sababli roʻza va namozini kemada, Qadr Kechasini ham Hamidkoʻyda stansiya platformasida, yomgʻirli sovuq havoda qiyinchilik bilan topgan suv bilan tahorat olib, sandiq ogʻzi ustida oʻqishi va tunni yuk vagonlari ichida achinarli vaziyatda shukrlar bilan oʻtkazishi, boshqa askarlardagi hissi diyonatni hayajonga keltirardi, bir dars hukmiga oʻtardi. Va Balaban Qishlogʻida bayram namozidan avval harbiylar va oddiy kishilarga qishloq masjidida namoz haqidagi Toʻrtinchi Soʻzni aynan oʻqishi va Risola-i Nur bilan va'z qilishi; qardoshim Fayzi ham aynan boʻlgan boʻlinmasida yanada ta'sirli bir tarzda, ma'naviy hol va soʻz tili bilan dars berishi, amalda Ustozining nutqini tasdiqlaydi. 27, 28, 29 sanasi muborak kunlarning eng mashaqqatlisi edi. Turkiyada 1359-yil 27, 28, 29 qur'alari askarlikka olingandi. Bu tavofuq ham karomatga bir latofat qoʻshadi.

Salohiddin}

Ustozimiz faqat olti-yetti oy qadar Risola-i Nurning tarqalishi xususida boshqa joyda boʻlishimiz kerak boʻlganidan, qalb, fikr va hovuchini Janobi Haqning rahmatiga ochganlari ma'nan tushunilganidan, bu duolarining qabuli Risola-i Nurning muhim bir karomati natijasi sifatida boshqa joyga askarlik vazifasi ichida, Risola-i Nurga xizmat uchun yuborildik. Olti-yetti oy soʻngra, Fayzi va Salohiddin nashr vazifasini qilgandan soʻng, mazkur qur'alarning eng tahlikali bir zamonda Olmon qoʻshinlari Ruminiyani ishgʻol, Bolgariyaning tazyiq, Italiya va Yunoniston bilan urushgan bir paytda boʻshatilishlari bilan oʻsha karomat tushunilgandir.

{(Hoshiya2) Ha, Ustozim menga Moʻ'jizoti Ahmadiyani qardoshim Xusrav xatida yozdirayotgan edi. Men -ya'ni Fayzi- biroz tanballik qildim. Birdan 28 lilar bilan askarlikka chaqirildim. Yana Ustozim: "Moʻ'jizoti Ahmadiyani yoz, seni hozir bermayman", dedilar. Boshladim. Oʻsha buyruq bir haftaga kechiktirildi. Takror bir kamchilik bilan yozuv nuqson qoldi. Takroran askarlikka chaqirildim. Yana Ustozim, "Borib yoz!" dedilar. Jiddiy shugʻullanishni boshladim. Kutilmaganda, ikkinchi marta buyruq kechiktirildi. Bir hafta oʻtib, takror bir uzrga binoan yozishni tashladim. Ustozim: "Sening hozirgi vazifang Risola-i Nur nuqtasida askarlikdadir", dedilar. Birdan bir buyruq keldi, bir shafqat ta'ziri yeb vazifamga yuborildim. Janobi Haqqa shukr Risola-i Nurga xizmat qildim va xizmat qildirildim. Ustozimiz bizga aytganlaridek, olti-yetti oy oʻtib boʻshatilib Ustozimga qovushdim. Inshaalloh bu aybim ham afv etilgandir. Ham Risola-i Nurni, ham bizdan xizmati Qur'oniyada oʻzib ketgan Xusrav va Rushdu va Sabri kabi qardoshlarimni shafoatchi qilib, bu aybimning afvini Ustozimdan istadim. Men e'tirof qilaman, tanballigimning natijasi sifatida bir shafqat ta'zirini yedim.

Fayzi }

— 63 —

Ham Salohiddin tengqurlaridan bir oy oʻtib qoʻshindan chorlanishi, Ineboluda tengqurlari bilan birga boʻlmagan mamlakat xalqidan ba'zi kishilarining koʻziga botib, koʻplar xabarlar tushgani uchun, askarlik shoʻbasi tarafidan rais, politsiya vositasi bilan otasini shoʻbaga chaqirilib oʻgʻlining qayerda boʻlgani soʻralganida, oʻgʻlidan bir kun oldin kelgan telegrafni koʻrsatib, Izmit Dengiz Polkiga tayin qilinganini va oʻgʻlining qasddan ketmagani, bir oy tijoratga ketgani tushunilishi bilan, otasi Ahmad Nazif qoʻyib yuborilishidir. Ham kon ishlariga yozilib askarliklari qoldirilganlar ichida, har kun men bilan koʻrishgan kotib bir birodarim, meni unutib qayd etmagani, soʻngra esa oʻsha keyinga qoldirilganlar ham askarlikka olingani, hamda yomon nazar bilan qaralgani va Salohiddin oʻsha nazardan qutulishidir. Ham Salohiddin tayin qilingan polkka, oʻn besh kun kech qoʻshilishi sababli bir jazo berilmasdan va hech tafsiyaga muhtoj qolmasdan polk kotibi qilib olinishi, ham Salohiddinning boʻshatilishlarida kech qolgan askarlarning uch kun ham boʻlsa, mahkamaga berilgani holda, oʻzi bir oy kech qolgani holda bir jazo kelmasdan boʻshatilishi hamda polk qoʻmondoni va yordamchisining xafa boʻlganidan koʻzlari yoshlanib ayrilishi, Risola-i Nurga oid bir karomat ekaniga bizda qat'iy qanoat hosil boʻldi.

Ham bir kun Tosyadan Kastamonuga kelayotgan edim, yonimda Risola-i Nurning Yogʻdu va Shu'lalari bor edi. Hashrga oid bir boʻlim oʻqiyotgan edim. Yuk mashinasi teppaliklarga tirmashib chiqayotgan edi. Havo va mashinaning issiqligi menga ogʻirlik va fikrimga ham "Bu Risola-i Nur muazzam bir moʻ'jiza-i Qur'oniyadir. Boshqa sohada moʻ'jiza koʻrsata oladimi? Holbuki moʻ'jiza Anbiyo Alayhimussalomga maxsusdir. Rasuli Akram Alayhissalotu Vasallomdan soʻng moʻ'jiza koʻrsatilmaydi", mulohazasi asnosida yuk mashinasi mudhish zarbalar bilan uchta baland ovoz bilan, yigirma besh-oʻttiz metrdan pastga yumaladik. Shahodat keltirayotgan edim. Yaradormanmi deb oʻzimni tekshirdim. Yuz ming shukr, hech bir yaram yoʻq. Qoʻrqib turdim, haydovchining boshi, koʻzi yorilgan, "oh, uf" deyapti. Atrofimni tekshirdim; haydovchi tomondagi eshik va shishalar chil-parchin boʻlgan. Men tarafimdagi mayin shisha ham sinmagan.

— 64 —

Oʻsha onda buning buyuk bir karomat boʻlganini, moʻ'jiza boʻlmaganini va boshqa bunday mojaroli narsalarni tafakkur qilmaslik uchun karomatkorona gʻaybiy bir ta'zir ekanini tushundim.

Risola-i Nur shogirdlaridan
Salohiddin Chalabiy
***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ حُرُوفَاتِ مَا اَرْسَلْتُمْ لَنَا

Aziz qardoshlarim!

Oxirzamonga ishorat qilgan hadisning oxirida مَثَلًا كَلِمَةً طَيِّبَةً كَشَجَرَةٍ طَيِّبَةٍ oyatiga doir ikki daqiqa ichida va hadisning ishoratini tahrir onida, oniy oʻlaroq qisqacha xotirga kelgan ishorati gʻaybiyaning gʻoyat shoshilib, jifriy tavofugʻida, zararsiz bir kichik xato sodir boʻlgan edi. Oʻsha vaqtdan beri ortiq unga diqqat qilmagan edim. Bu safar rostdan va haqiqatdan Muboraklar Hay'ati jamlagan va ta'lif qilgan Ilova Risolasining oʻsha oyatga doir bayonning yozilishida qastdan qilingan bir sahvni koʻrdim. Oʻsha eslatuvchi qasdiy sahv mening kamchilik bilan qilgan xatoimni bildirdi. Oʻsha juda mudaqqiq va juda muboraklar hay'atiga meni juda minnatdor va xursand qildi: Jumladan: كَلِمَةً طَيِّبَةً maqomi bir ming ikki (1002) deb sahvan yozilgandi. ط sanalmagan, toʻgʻrisi bir ming oʻn birdir (1011). Risolat-un Nurning maqomiga oʻn uch farq bilan tavofuq qilish bilan barobar, izofadan tavsifga oʻtsa رِسَالَةٌ نُورِيَّةٌ boʻladi. Bir "Ye" va "He" ilova boʻladi va shadda ketadi bir "Nun" kam boʻladi. Faqat طَيِّبَةً dagi tanvin, bir daraja vaqf boʻlganidan sanalmasa, batamom bitta farq bilan; madda sanalmasa, farqsiz boʻlib tavofuq qiladi.

— 65 —

Ham ma'no jihati bilan ikki oyat, ikki jarayonga ishoratlari va munosabatlari va muvofiqliklari juda quvvatli boʻlgani uchun; noqis bir tavofuq va zaif bir alomat ham kifoyadir.

Ham bunday maqomlarda, bunday katta natijalarda bu kabi kichik farqlar zarar bermaydi. Men taxmin qilaman, bu sahv, beshinchi oyatning ishoratidagi sahv kabi ahamiyatli bir qism gʻaybiy ishoratlarning kaliti boʻladi; va bu muazzam oyat oʻttiz uchinchi oyat boʻlishiga bir ishorat edi. Inshaalloh istiqbolda bir qardoshimiz oʻsha xazinani ochadi.

***

Bu kunlarda Tafsirning va Oʻninchi Soʻzning tavofuqlariga qaradim. Oʻz-oʻzimga dedimki: Bu haddan ortiq tafsilot isrofdir, ahamiyatli masalalar koʻpdir, vaqt zoye boʻlmasin. Birdan eslatildiki: Oʻsha tavofuq ostida juda ahamiyatli bir masala bor. Ham modomiki tavofuqda bir inoyati xossa va iltifoti Rahmoniy Risola-i Nurga qarab namoyon boʻlgan. Oʻsha iltifotga nisbatan shukr va mamnuniyat hissi hamda mutashakkirona sevinch qanchalar ifrotkorona boʻlsa ham, isrof boʻlolmaydi. Bu eslatma xulosasini ikki jihat bilan izoh qilaman.

Birinchisi: Hamma narsada -qanchalik juz'iy boʻlsa ham- qasd va irodaning jilvasi boʻlishidir; tasodif haqiqiy oʻlaroq boʻlmasligidir. Ha kasratning eng koʻp tarqoq va eng koʻp tasodifga berilgan, kalimalardagi harflarning vaziyatlaridir. Xususan yozishda, modomiki hech munosabati boʻlmagan va ixtiyori bashariy qoʻshilmagan harflarning vaziyatlarida bir uygʻunlik, bir nizom mavjud; albatta bir iroda-i gʻaybiy ostida vaziyatlar beriladi. Hech narsa doira-i ilm va qudratidan xorij boʻlmagani kabi, doira-i iroda va istagidan ham xorij emasdirki; bunday juz'iy va tarqoq narsalarda ham bir uygʻunlik kuzatilyapti va tartiblanyapti. Va oʻsha tartiblanish ichida va iroda-i omma jilvasida, bir inoyati xossa suratida, Risola-i Nurga bir imtiyoz navidan, xususiy bir e'tibor va iltifot koʻrilgan. Men bu chuqur masalani koʻrish uchun Ishorot-ul I'joz tafsirining tavofuqlariga diqqat qildim; qat'iy bir qanoat bilan oʻsha sirni bilib va his qildim.

Ikkinchi jihat: Qandayki juda muborak va qudsiy buyuk bir zot, gʻoyat faqir va muhtoj bir odamga, umid qilinmagan bir tarzda, iltifotkorona, bir idishda ba'zi qogʻozlarga oʻralgan bir hadya ehson qilsa; albatta oʻsha bechora odam u juda buyuk zotga hadyaning minglab mislidan ortiq tashakkur qilishni istaydi. Va ming oʻsha hadyachalik qiymatli boʻlgan, oʻsha hadya bilan koʻrsatilgan iltifotiga qarshi qanchalar tashakkurda isrof va ifrot qilsa ham maqbuldir. Va oʻsha juda muborak zotning oʻsha hadyasiga oʻragan qogʻozlarni ham tabarruk deb shakar kabi yesa, hatto oʻsha hadya ichidagi yongʻoqlarning qattiq poʻstloqlarini ham tabarruk deb non kabi yutsa va oʻsha hadyaning idishini muborak bir kitob kabi oʻpsa va boshiga qoʻysa, isrof boʻlmagani kabi; aynan shuningdek, Risola-i Nur yuzida iroda-i omma, inoyati xossa iltifotini tavofuq gʻilofi bilan ehson qilingan. Albatta tavofuqqa doir sharhlar, tasvirlar fe'liy tashakkurlarning bir navidir hamda sevinch va minnatdorlikning hayajonli tomchilaridir. Aybga buyurilmaydi. Ha, bunday bir zotning iltifotini koʻrsatgan moddiy qirq soʻm ehsoni evaziga qirq ming tashakkur qilinsa isrof emas.

— 66 —

Ikkinchi Masala: Men ham oʻzimda, ham bu yaqindagi Risola-i Nur talabalarida shuhuri muharramadan keyin bir charchoqlik va shavqda bir sustlik koʻrardim. Sababini yaqqol bilmasdim. Hozir, avval aytgan taxminiy sababim haqiqat ekanini koʻrdim: Jumladan:

Qandayki moddiy havo yomon boʻlsa, yomon ta'sir qiladi. Ma'naviy havo ham buzilsa, hammaning iste'dodiga koʻra yomon ta'sir qiladi. Shuhuri salosa va muharramada olami Islomning ma'naviy havosi, umum ahli iymonning oxirat daromadiga va tijoratiga jiddiy yuzlanishlari va himmatlari va nurlantirishlari oʻsha havoni tozalaydi, goʻzal qiladi. Mudhish nuqsonlarga va toʻfonlarga qarshilik qiladi. Hamma oʻsha soyada va soyasida darajasiga koʻra foydalanadi.

Ammo oʻsha muborak oylar ketgandan keyin, goʻyo oʻsha oxirat tijoratining namoyishgohi va bozori oʻzgargani kabi; dunyo koʻrgazmasi ochilishni boshlaydi. Aksar himmatlar, bir daraja vaziyati oʻzgaradi. Havoni zaharlagan iflos gazlar oʻsha ma'naviy havoni buzadi. Hamma darajasiga koʻra undan ziyon koʻradi. Bu havoning zararidan qutulishning chorasi, Risola-i Nurning koʻzi bilan qarash va qanchalar qiyinchiliklar ziyodalashsa, qudsiy vazifa e'tibori bilan yanada ziyoda jiddiylik va shavq bilan harakat qilishdir. Chunki boshqalarning sustligi va chekinishi, ahli himmatning shavqini, gʻayratini ziyodalashtirishga sababdir. Zero, ketganlarning vazifalarini ham bir daraja qilishga oʻzini majbur deb biladi va bilishlari kerak.

***
— 67 —
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ تَوَافُقَاتِ الْكَلِمَاتِ وَحُرُوفَاتِهَا ف۪ى كِتَابِ الْكَائِنَاتِ

Aziz, siddiq, oliyjanob qardoshlarim!

Nur va Gul Fabrikalarining vaziyatlaridan, bu ajib zamonda qay tarzda boʻlganini xabarini bermayapsiz. Holbuki bu dunyoda eng koʻp aloqador boʻlganim ulardir. Nima boʻlganda ham... Bu safar haqiqatlarning mevalari navidan va Risola-i Nur talabalarining tashviq sababi boʻlgan tavofuqdagi latif misollardan birini, Fayzi sabab boʻlib va istagi bilan sizga yuborildi.

{(Hoshiya) Qur'on harflarini tarjima bilan buzish, oʻzgartirish, almashtirish; mulhidlarning dahshatli jinoyatlariga qarshi jihod qilgan Said, ifrotkorona va musrifona tavofuqda koʻp tadqiqoti keraksiz emas, ma'nosiz boʻlmaydi.}

Jumladan:

Bir kun tahrir ishlarim yoʻq edi. Ishorot-ul I'jozning ت tavofugʻi haqida xatoim va sahvim esimga keldi. Gunohimga bir kafforat qidirdim. Birdan Lafzullohning boshi boʻlgan alif, Risola-i Nurning muxtasar bir mundarijasi va asl urugʻi boʻlgan Ishorot-ul I'jozda va boshqa risolalarda karomatkorona vaziyatlar koʻrsatganini oʻyladim. Ajabo, Lafzullohning ل va ه harflari ham qanday vaziyat koʻrsatadi deb boshdan oyoq butun Ishorot-ul I'jozni sahifalardagi satr boshlari va oxirlarini sanadim. ل va ه ning alif kabi karomatkorona vaziyatini koʻrdim. Balki inshaalloh, tavofuqda sahvdan kelgan qusurlarimga va xatolarimga bu ham bir kichik gunohlarga kafforat boʻladi. Avvalgi maktubda, Ishorot-ul I'jozda boshqa harflarning yigʻindisi boshqa bir tarzda ahamiyatli bir vaziyati horiqolari boʻlganiga bir ishorat, bir uch, bir alomat koʻrganimizni sizga yozgandik; ammo oʻsha keng sirni batamom koʻrish uchun koʻp vaqt kerak boʻlganidan, koʻp ahamiyatli vazifalar hozircha u bilan mashgʻul boʻlishga ruxsat bermadi.

Aziz qardoshlarim! Bu mashaqqatli zamonda va tazyiqlar ostida aql va qalbni ovuntirgan va sevintirgan bunday ilmiy mevalarni isrof deb hisoblamang. Goʻzal niyat shunday bir kimyodirki; shishalarni olmosga aylantiradi; tuproqni oltin qiladi. Inshaalloh oʻsha goʻzal niyat bilan bu mevalar ham haqiqiy bir ozuqa omboriga bir kalit boʻladi va xizmatda zaiflik qilganlarga qut va quvvatga yoʻl ochadi.

— 68 —

Lafzullohning oxirgi harfi sakson besh marta Lafza-i Jalolning avvalgi harfi boʻlyapti. اَللّٰهُ وَاحِدٌ adadiga ma'nodor bitta farq bilan tavofuq lisoni bilan اَللّٰهُ وَاحِدٌ deydi. ه bir adadi, sakson besh marta deyarli hammasi tavofuq qiladi. Faqat ba'zan bir sahifa oraliq boʻladi. ه ikki adadi, qirq ikki dafa mutlaq aksariyat bilan tavofuq qiladi. ه uch adadi, yigirma besh martadir, aksari tavofuqdadir. Hijoda ikkinchi va Qur'onda va Bismillohda birinchi harf boʻlgan ب yana sakson besh marta bir boʻlyapti. اَللَّهُ وَاحِدٌ deydi. ب ikki adadi qirq uch boʻlib, bir farq bilan ه ning ikkitasiga tavofuq qiladi. ب uch adadi yigirma yetti boʻlib, ه ning uchiga ikki farq bilan tavofuq qiladi. ت besh adadi yigirma uch dafa ه ning uch adadiga ikki farq bilan tavofuq qiladi. ت olti adadi oʻn besh marta و ning toʻrt adadiga tavofuq qiladi. و olti adadi yigirma olti yoki yigirma yetti martadir. و ning besh adadi yigirma besh marta boʻlib, olti adadiga bir yoki ikki farq bilan tavofuq qiladi. Alif olti adadi, sakkiz marta va Alif besh adadi sakkiz marta bir-biri bilan toʻliq tavofuq qiladi. Xullas kalom: Besh ه bilan olti هُوَ ismi muqaddasi boʻlganlari uchun karomatkorona vaziyatlar koʻrsatyaptilar.

— 69 —

Lafzullohning oʻrtadagi harfi "Lom" yetmish besh marta avvalgi harfi boʻlgan Alif boʻlyapti. Deyarli umumiyat bilan tavofuq bilan هُوَ اللَّهُ adadiga uch farq bilan tavofuq lisoni bilan هُوَ اللَّهُ oʻqiydi. Lomning ikki adadi oltmish besh marta boʻlib, aksariyati mutlaqa bilan tavofuq qilib, farqsiz yoki ikki farq bilan اَللَّهُ adadiga tavofuq lisoni bilan اَللَّهُ deydi, zikr qiladi. Va lomning uch adadi aksariyati bir-biriga tavofuq bilan oʻttiz uch marta boʻlib, oʻttiz uch adadi muboragiga tavofuq bilan va lomning maqomi jifriysiga uch farq bilan tavofuq qilish bilan barobar faqat ma'nodor bir faqr bilan وَاحِدٌ اَحَدٌ adadiga tavofuq lisoni bilan وَاحِدٌ اَحَدٌ deydi, hukm qiladi. Lomning toʻrt adadi oʻn sakkiz boʻlib, وَاحِدٌ adadi boʻlgan oʻn toʻqqiziga faqat bir ma'nodor farq bilan, tavofuq lisoni bilan وَاحِدٌ deydi; tavhidni e'lon qiladi. Bu toʻrt adadi, ikki adad bilan birga, faqat ikki farq bilan, tavofuq tili bilan "La ilaha illa Hu"ni oʻqiydilar.

Xullas sakson besh, yetmish besh, oltmish besh boʻlishi va bir adadi sakson besh va ikki adadi uning yarmi boʻlgan qirqqa va uchtasi uning yarmi {(Hoshiya) Sakson toʻrtinchi sahifaning ikkinchi hoshiyasida, "Hamza" oxiri ت dir.} yigirmaga tushishi va bir-biri bilan tavofuqlari va Lafza-i Jalolning va Kalima-i Tavhidning yogʻdularini ifoda qilishlari kabi, muntazam adadiy nisbatlar va ma'nodor tavofuqiy munosabatlar bizga qanoat beradiki; tasodifiy emas, balki alomati qabul bir tavfiqdir, bir tanzimdir.

Qardoshingiz
Said Nursiy
***

(Risola-i Nurga ishorat qilgan oʻttiz uchinchi oyatning istixrojiga doir Hofiz Alining bir bayoni.)

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz Ustozim Hazratlari!

— 70 —

Kecha shom namozini oʻqirkan ikkinchi rakatda, Fotiha-i Sharifadan soʻng شَهِدَ اللّٰهُ اَنَّهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ وَالْمَلٰٓئِكَةُ وَاُولُوا الْعِلْمِ قَٓائِمًا بِالْقِسْطِ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ الْعَز۪يزُ الْحَك۪يمُ oyatini oʻqirkan, hech oʻylamaganim, aql va qalbimda bir narsa, tadqiqotga bir sabab yoʻq ekan, birdaniga ruhning derazasiga shu azim oyati karimaning Risola-i Nurga, muallifiga bir munosabati ma'naviya bilan ishorasi koʻrsatildi. Namozdan keyin oʻyladim. Haqiqatdan quvvatli bir munosabati ma'navisi bor: Jumladan:

Bu koinotda, vahdoniyati Ilohiyani jin va ins va ruhoniylarga qat'iy suratda koʻrsatib isbot qilgan birinchi, Qur'oni Azimushshon boʻlgani kabi; bu asrda ikkinchi, uchinchi darajada kamoli adolat bilan va sodiq va tasdiqlangan hujjatlar bilan vahdoniyatni yaqqol va ochiq bir suratda, koinot bosqichlarida ins va jinning nazarlariga arz etib isbot qilgan Risola-i Nur; barcha bashar tabaqalariga ham madrasa, ham maktab, ham lashkargoh, ham hakiym, ham hokim boʻlib, eng omi avomdan eng xoslarning xosigacha dars berib, ta'lim va tarbiya qilishini koʻrganimiz kabi, bu oyati karimaning bir mavzusi, bir tasdigʻi ham Risola-i Nur boʻlishiga shubhasiz bir qanoat beriladi.

Ikkinchi kalima-i tavhiddan soʻng "Al-Aziz-ul Hakiym" ismlari bilan Janobi Haq (Jalla Jaloluhu) zotini vasf qilib, ikkinchi darajada ayni ismlarga sazovor boʻlgan Risolat-un Nur shaxsi ma'naviysiga ishorat qilishi, Qur'oni Azimushshonning sha'niga yarashadigan bir xususiyatdir. Chunki balki butun dunyoga muxolif boʻlib faqir holi bilan birga izzati ilmiyani muhofaza qilish uchun oʻlimdan battar musibatlarga qarshi koʻksini qalqon qilgan, bardosh qilgan Risola-i Nur tarjimoni boʻlgani kabi; zaminda va samovotda hikmat bilan tasarruflarning muammosini ochgan yana Risola-i Nur boʻlgani sodiq va musaddaqdir. Bu kuchli ma'naviy munosabatni tasdiqlagan bir alomati ham shudirki: اُولُوا الْعِلْمِ maqomi jifriysi ikki yuz oʻn toʻrt (214) boʻlib, Risola-i Nurning bir ismi boʻlgan "Badiuzzamon"ning (shaddali "ze", lomi asliy sanaladi) maqomi boʻlgan ikki yuz oʻn toʻrtga batamom tavofugʻi va muallifining haqiqiy va doimiy ismi boʻlgan Mullo Saidning maqomi boʻlgan ikki yuz oʻn beshga bitta farq bilan tavofugʻi, albatta bu kalima-i qudsiyaning har asrga qaragani kabi, bu asrga ham qarashga sabab bir fardi Resail-in Nur ekaniga bir alomat boʻlgani kabi,

— 71 —

وَ اُولُوا الْعِلْمِ قَٓائِمًا بِالْقِسْطِ (oʻqilmagan ikkinchi vov va hamza sanalmaydi) maqomi boʻlgan olti yuz bir (601) adadi bilan, Risola-i Nurning besh yuz toʻqson toʻqqiz (599) maqomiga va Resail-in Nur maqomiga faqat ikki farq bilan, ikki ismiga tavofugʻi ham bir alomat boʻlgani va شَهِدَ اللّٰهُ اَنَّهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ وَالْمَلٰٓئِكَةُ وَاُولُوا الْعِلْمِ jumla-i tavhidiya-i qudsiyasining maqomi jifriysi va abjadiysi boʻlgan bir ming uch yuz oltmish (1360) adadi bilan {(Hoshiya) Oʻqilmagan ikki hamza sanalmaydi.} batamom bu ajib isyon, tugʻyon va oʻjarlik asrining va gʻarib kufron va gʻalayon va ilhod zamonining bu yiliga va boʻlganimiz bu yilga tavofugʻi va muvofiqligi albatta kuchli bir alomatdirki; bu juda keng va umumiy boʻlgan tavhid va guvohlikning nazarga sabab ahamiyatli a'zolari va tasdiqlovchilari, har zamondan koʻproq bu guvohlikka muhtoj bu asrning bu vaqtida boʻladi. Va hozircha oʻsha guvohlikni ta'sirli bir suratda isbot qilgan Resail-in Nur oʻsha fardlardan biri va xususiy qarashga sabab boʻlganiga juda koʻp alomatlar va ishoratlar va bashoratlar bor.

اَللّٰهُ اَعْلَمُ بِالصَّوَابِ وَالْعِلْمُ عِنْدَ اللّٰهِ
﴿ سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ ﴾
Risola-i Nur shogirdlaridan
Hofiz Ali (R.H.)
***

Birdan eslatilgan bir masala:

Oxirzamonda bir shaxsning xatolari va gunohlarining juda ham dahshatli bir natija tashkil qilganiga doir rivoyatlar bor. Avvallari, ajabo, oddiy bir odam minglab odam qadar gunoh qila oladimi va oʻsha oxirzamonda biz bilgan gunohlardan boshqa qaysi gunohlardirki, koinotning umumiga ta'sir qiladi, qiyomatning kelishiga va dunyolari boshlariga xarob boʻlishiga sabab boʻladi, deb oʻylardim. Hozir bu zamonda koʻplab sabablarini koʻrdik.

— 72 —

Jumladan koʻplab jihatlaridan radioim bilan tushunildiki: Oʻsha birgina odam birgina kalima bilan bir million katta gunohlarni birdan qiladi va millionlab insonlarni tinglattirish bilan gunohlarga tiqadi. Ha, kurra-i havoning yuz minglab kalimalari birdan aytilgan va bir tili boʻlgan radio unsuri, nav'-i basharga shunday bir ne'mati Ilohiyadirki, kurra-i havoni barcha zarralari bilan shukr va hamd-u sano bilan toʻldirish lozim kelarkan, zalolatdan tavallud qilgan safohati bashariya oʻsha azim ne'matni shukrning aksiga iste'mol qilgani uchun, albatta ta'zir yeydi. Qandayki madaniyat ajoyibotlari nomi ostidagi ehsonoti Ilohiyani, bu mimsiz, gʻaddor madaniyat goʻzal iste'mol bilan shukrini ado qilolmasdan buzgʻunchilikka sarf qilib ne'matga nonkoʻrlik qilgani uchun shunday bir ta'zir yediki, butun-butun saodati hayotiyani yoʻqottirdi. Va eng madaniy deb tasavvur qilgan insonlarini eng badaviy va vahshiy darakasidan yanada pastga tushirdi. Jahannamga ketishdan avval Jahannam azobini tottiradi.

Ha, radioning kulliy ne'matlilik jihati kulliy shukrni taqozo qiladi. Va oʻsha kulliy shukr ham, Xoliqi Arz va Samovotning kalomi azaliysining hozirgi barcha tinglovchilariga birdan yetishtirish uchun, kulliy yuz ming tilli samoviy bir hofiz hukmida, har doim koinotda Qur'onni oʻqishi kerak. Toki oʻsha ne'matning kulliy shukrini ado etsin va oʻsha ne'mati davom qilsin.

Said Nursiy
***

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Sizning, ya'ni Nur fabrikasining sohibi va muborak jamoatning imomining Otaboydan kelgan maktublari bizni juda xursand qildi. Uch-toʻrt oy mobaynida, uch-toʻrtta qishloqda savodsizlardan ellik adad qalam Risola-i Nurni yozishga muvaffaq boʻlishlari, albatta Alilarning va Mustafolarning shubhasiz hayratomuz sadoqatlarining bir karomatidir. Karomatkorona bu voqea, bu yurtda Risola-i Nur shogirdlarini juda qattiq umidlantirdi, koʻp shavq berdi. Sizga ham va oʻsha savodsiz kotiblarga ham yuz ming barakalloh.

Nur fabrikasining, Gul fabrikasining Risola-i Nurga daraja-i xizmatlarini qiziqib soʻragandim. Umid va taxminimdan juda ustun boʻlib, Xusravning maktubidan ming qalam bilan Risola-i Nurga xizmat xabarini va ayniqsa sizning ham faqat savodsizlardan bir nechta qishloqda ellikta qalamning yordamga yetishishi, boqiy bir xazinaning xushxabarichalik xursand qildi. Alloh sizlardan abadiy rozi boʻlsin, omin. Va sizni xizmati iymoniya va Qur'oniyada muvaffaq aylasin, omin. Katta Hofiz Alining Nafiz bilan tavofugʻi va muvofiqligi, faqat bir-ikki jihat bilan emas, koʻp jihatlar bilan oʻrtalarida tavofuq bor.

— 73 —

Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytaman.

***

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Sizlarning umidimdan juda ustun gʻayrat va faoliyatingiz meni oxir hayotimgacha masrur va mutashakkir qiladigan bir mohiyatdadir. Bu safar maktubingizda, "Qur'onni yodlashga harakat qilish va Risola-i Nurni yozish, bu zamonda qaysi biriga koʻproq ahamiyat berilsa yaxshiroqdir?" degan savolingizning javobi yaqqoldir. Chunki bu koinotda va har asrda eng buyuk maqom Qur'onnikidir. Va har harfida oʻntadan minglartagacha savob boʻlgan Qur'onning yodlanishi va qiroati, har xizmatdan oldin va ustundir. Faqat Risola-i Nur ham oʻsha Qur'oni Azimushshonning iymon haqiqatlarining burhonlari va hujjatlari boʻlganidan hamda Qur'onning yodlanishi va qiroatiga vosita va vasila hamda haqiqatlarini tafsir va izoh boʻlish jihati bilan, Qur'onni yodlash bilan barobar uni yozish juda lozimdir.

Nur fabrikasi va Gul fabrikasi doiralarida, Muboraklar Hay'atida, Lutfilar namunalarida, Hoji Hofizlar jamoatida, Siddiq Sulaymon, Haqqining maqomlarida boʻlgan har bir qardoshimizga, xususan ellik savodsizlardan chiqqan Risola-i Nur talabalariga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz va duolarini istaymiz.

Said Nursiy
***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Sevimli va qiymatli Ustozim, juda ham fazilatli Afandim Hazratlari!

Abadiy minnatdori va xodimi boʻlganim Risola-i Nurning fayzidan, loyiq boʻlmaganim juda koʻp eltafi Rabboniyaga sazovorligimni, koʻzlarimdan sevinch yoshlari oqitib koʻryapman va qay suratda shukronlarim bilan javob qaytarishimdan ojiz vaziyatdaman. Kechagacha hamma nafrat qilgan Nazif, bugunning porloq bir vatanparvari yoki haqiqatchisi boʻlgan.

— 74 —
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى

Yillardan beri mushtoqi boʻlganim Nur va Gul fabrikalari, Muboraklar Hay'atining va oʻsha muqaddas fabrikaning uskuna va charxlarining nurli sadolarini quloqlarim bilan eshitish va shu ojiz va nuqsonli va johil vaziyatim bilan, oʻsha yuksak va Ashara-i Mubashshara-i Qur'oniyadan boʻlgan, Asxobi Guzin (Rizvanullohi alayhim ajma'iyn) Afandilarimizning bugun shaxsiyati ma'naviyalarini kichik bir miqyosda tamsil qilgan siddiqlar, mujohidlar, fidokor qahramonlar jamoatining ikki muhim a'zosi boʻlgan aziz qardoshlarimizdan Muborak Sabri va Katta Hofiz Alining men haqqimda koʻrsatgan oliyjanobona muhabbat va qalbdan bogʻliqlik.. va hodisalarning aynan tavofugʻi, bu yuksak va muqtadir nur daryosining nurli shamollaridan hosil boʻlgan toʻlqinlarning shitirlashlaridan sizgan bir karomati gʻaybiya boʻlganidan, bizningcha juda qiymatdor boʻlgan bu muhim tavofuqlarning, gunohkor va butun oʻtgan umri isyon bilan toʻla bu oddiy shaxsimning shunday yuksak va muqaddas bir hay'atning muborak ikki a'zosi tarafidan goʻzal qabul koʻriladigan iltifotlariga sazovor va qiymatli mehnat va xizmati qudsiyalariga tavofuq bilan, juda juz'iy va qiymatsiz xizmatimizga ishtirok qilib qiymat berish va qabul qilish yuksakligida boʻlishlari, Risola-i Nurning qudsiy karomati bilan Janobi Robbi Izzatning nihoyasiz eltafi Subhoniyasidan buyuk bir lutfi Rabboniy boʻlganini shukron bilan arz etaman va bu qiymatli qardoshlarimizning xizmati qudsiyalarining dengizidan bir qatra darajasidagi va juda xatoli va qiymatsiz va juz'iy boʻlgan xizmatimizning amaldagi asarlari oʻlaroq, bugun bandangizni loyiq topmaganim holda, ojiz va johil va gunohkor shaxsiyatim bunday yuksak va erishilishi mahol boʻlgan Asxobi Rasululloh (Rizvanullohi alayhim ajma'iyn) Hazratlarining shaxsiyati ma'naviyasining kichik bir jilvasining soyasini tamsil etgan Muboraklar Hay'atining ikki a'zosining yuksak iltifotlariga sazovor qilgandirki; bandangizni bu qudsiy mazhariyatga erishtirgan Risola-i Nur dalolati bilan Qodiri Mutlaq va Xoliqi Zuljalolga, Risola-i Nurning harflari va mavjudotning miqdoricha hamd-u sano aytaman va bu tanlangan va qiymatdor Muboraklar Hay'atining har bir a'zolariga va barcha qardoshlarimizga alohida-alohida ehtirom bilan minnatdorchilik va shukronlarimni arz qilaman.

Talabangiz va xizmatkoringiz
Ahmad Nazif
***
— 75 —

Shafqat sababli Islom asoslarining xorijidagi bid'at va zalolat yoʻllariga kirganlarni oʻgirgan bir haqiqatdir.

Shafqati insoniya, marhamati Rabboniyaning bir jilvasi boʻlganidan; albatta rahmatning darajasidan oshmaslik va Rahmatan lil olamiyn Zotning (S.A.V.) martaba-i shafqatidan toshmaslik kerak. Agar oshsa va toshsa, oʻsha shafqat, albatta marhamat va shafqat emasdir; balki zalolatga va ilhodga siroyat qilgan bir marazi ruhiy va bir saqami qalbiydir.

Masalan: Kofir va munofiqlarning Jahannamda yonishlarini va azob va jihod kabi hodisalarni oʻz shafqatiga sigʻdirmaslik va sharxlashga kirishish; Qur'onning va samoviy dinlarning katta qismini inkor va yolgʻonlash boʻlgani kabi, katta bir zulm va gʻoyat darajada bir marhamatsizlikdir. Chunki ma'sum hayvonlarni gʻajigan jonivorlarga himoyakorona shafqat qilish, oʻsha bechora hayvonlarga qattiq bir zulm va vahshiy bir vijdonsizlikdir. Va minglab musulmonlarning hayoti abadiyalarini mahv qilgan va yuzlab ahli iymonning yomon oqibatiga va mudhish gunohlarga chorlagan odamlarga shafqatkorona tarafdor boʻlish va marhamatkorona jazodan qutulishlariga duo qilish, albatta oʻsha mazlum ahli iymonga dahshatli bir marhamatsizlik va chirkin bir zulmdir.

Risola-i Nurda qat'iyat bilan isbot qilinganki; kufr va zalolat, koinotga ulkan haqorat va mavjudotga azim zulmdir va rahmatning ketishiga va ofatlarning tushishiga vasiladir. Hatto dengiz tubidagi baliqlar zolimlardan shikoyat qiladilar; "Istirohatimizning buzilishiga sabab boʻldilar" degan sahih rivoyat bor. U holda kofirning azob chekishiga achinib shafqat qilgan odam, shafqatga loyiq hadsiz ma'sumlarga achinmaydi va shafqat qilmasdan va hadsiz marhamatsizlik qiladi deganidir. Faqat bu borki, haqdorlarga ofatlar kelgan vaqt ma'sumlar ham yonadilar, ularga achinmasa boʻlmaydi. Ammo zolimlarning jazolaridan zarar koʻrgan mazlumlar haqida yashirin bir marhamat bor.

Bir zamon, Birinchi Jahon Urushida, dushmanlarning musulmonlarga va ayniqsa bola-chaqalarini qilgan zulm va qatllaridan juda ham xafa boʻlar edim. Fitratimda shafqat va achinish ziyoda boʻlgani uchun, bardosh qilolmasdan azob chekardim. Birdan qalbimga keldiki: Oʻsha oʻldirilgan ma'sumlar shahid boʻlib valiy boʻladilar; foniy hayotlari boqiy bir hayotga oʻzgartiriladi va zoye boʻlgan mollari sadaqa hukmida boʻlib, boqiy mol bilan almashtiriladi. Hatto oʻsha mazlumlar kofir boʻlsa ham, oxiratda oʻzlariga koʻra oʻsha dunyoviy ofatlardan chekkan balolari evaziga rahmati Ilohiyaning xazinasidan shunday mukofotlari borki; agar parda-i gʻayb ochilsa, oʻsha mazlumlar haqlarida buyuk bir rahmatning namoyon boʻlishini koʻrib, "Ey Robbim! Shukr, Alhamdulilloh", deyishlarini bildim va qat'iy bir suratda qanoat keltirdim. Va ifroti shafqatdan kelgan shiddatli qaygʻu va alamidan qutuldim.

***
— 76 —

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Sizga bu safar ikki qismni yuboryapman.

Biri: Avvalroq bir qismini sizga yuborgandim. Hozir bir ma'naviy eslatma bilan oʻsha qism ham toʻldirildi, ham ahamiyatli ekani bildirildi. Eski Saidning siyosat bilan munosabatdor eski asarlarini koʻrganlarga foydasi bor; ammo bir oz mahramdir, Ilovaga kirishi kerak.

Ikkinchi qism: Ma'naviy bir eslatmaga binoan, Risola-i Nurning xizmatiga bilmasdan zarar bera olgan ba'zi yangi asarlarni olgan bir qardoshimizni bir ogohlantirish, bir eslatmadirki; boshqa Risola-i Nur talabalarining vazifalariga zarar bermaslik uchun bir tanbehdir. Bu ham Ilovaga kirsin.

Xulusiyi Solis imzosi bilan ahamiyatli va meni juda xursand qilgan va Kichik Lutfining bir vorisi boʻlgan bir zotning, Risola-i Nurga qiymatdor xizmati va sohib chiqqanini bayon qilgan bir maktubini oldim. U zot kim? Men koʻp salom va duo bilan uni tabriklayman. Gul va Nur fabrikalari va Muboraklar boshda boʻlib, umum qardoshlarimga bir-bir salom aytaman. Va mamlakatni nurlantirgan va Jannat iforlari bilan hidlantirgan oʻsha fabrikalarni Janobi Haq muvaffaq va doim aylasin, omin. Biz bu yerda ularning porloq nurlari bilan va shirin, goʻzal hidlari bilan Olami Baqoning hidini hidlayapmiz.

***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ

Risola-i Nur talabalarining xoslari boʻlgan sohib va vorislari va xoslarining xoslari boʻlgan arkon va asoslari boʻlgan qardoshlarimga bu kunlarda sodir boʻlgan bir hodisa munosabati bilan bayon qilamanki:

— 77 —

Risola-i Nur Islom haqiqatlariga doir ehtiyojlarga kifoya qiladi, boshqa asarlarga ehtiyoj qoldirmaydi. Qat'iy va koʻp tajribalar bilan tushunilganki, iymonni qutqarish va quvvatlantirish va tahqiqiy qilishning eng qisqa va eng oson yoʻli Risola-i Nurdadir. Ha, oʻn besh yil oʻrniga oʻn besh haftada Risola-i Nur oʻsha yoʻlni bosib oʻtkazadi, iymoni tahqiqiyga erishtiradi. Bu faqir qardoshingiz yigirma yil avval koʻp mutolaa bilan ba'zan bir kunda bir jild kitobni tushunib mutolaa qilarkan; yigirma yilga yaqindirki, Qur'on va Qur'ondan kelgan Resail-in Nur menga kifoya qiladilar. Bironta kitobga muhtoj boʻlmadim, boshqa kitoblarni yonimda saqlamadim. Resail-un Nur har xil haqiqatlarga doir boʻlgani holda, ta'lifi zamonida, yigirma yildan beri men muhtoj boʻlmadim. Albatta, siz yigirma daraja yanada koʻproq muhtoj boʻlmasligingiz lozim boʻladi.

Ham modomiki men sizlarga qanoat qildim va qilyapman, boshqalarga qaramayapman, mashgʻul boʻlmayapman. Siz ham Risola-i Nurga qanoat qilishingiz lozim, balki bu zamonda juda lozimdir.

Ham hozircha ba'zi olimlarning yangi asarlarida maslak va mashrab boshqa va bid'atlarga mos ketgani uchun, Risola-i Nur zindiqoga qarshi iymon haqiqatlarini muhofaza qilishga urinishi kabi, bid'atga qarshi ham Qur'onning harflari va xatini muhofaza qilish bir vazifasi ekan; xos talabalardan biri amalda Qur'onning harflari va xatini dars bergani holda, sirri bilinmas bir havas bilan, Qur'onning harflari va xatiga ilmi din pardasida ta'sirli bir suratda zarba urgan ba'zi domlalarning zarbada iste'mol qilgan asarlarini olganlar. Xabarim boʻlmasdan togʻda shiddatli bir tarzda oʻsha xos talabalarga qarshi bir asabiylik his qildim. Soʻngra ogohlantirdim. Alhamdulilloh, oʻzlariga keldilar. Inshaalloh, tamoman qutuldilar.

Ey qardoshlarim! Maslagimiz tajovuz emas, mudofaadir, ham buzgʻunchilik emas, ta'mirdir, ham hokim emasmiz, mahkummiz. Bizga tajovuz qilganlar hadsizdir. Maslaklarida albatta juda muhim va bizning ham molimiz boʻlgan haqiqatlar bor. Oʻsha haqiqatlarning yoyilishida bizga ehtiyojlari yoʻq. Minglarcha oʻsha narsalarni oʻqiydigan, nashr qiladigan odamlari bor. Biz ularning yordamlariga yugurishimiz bilan, yelkamizdagi juda ahamiyatli vazifa zarar koʻradi va muhofazasi lozim boʻlgan va bittadan toifaga maxsus bir qism asoslar va oliy haqiqatlar yoʻqolishiga vasila boʻladi. Masalan: Zamonning hodisalari bahonasi bilan Vahobiylik va Malomiylikning bir turiga zamin tayyorlash tarzida, ba'zi shar'iy ruxsatni parda qilib asarlar yozilgan. Risola-i Nur garchi umumga umumiylashtirish surati bilan emas; faqat har holda haqiqati Islomiyaning ichida jarayon etib kelgan valiylik asosi va taqvo asosi va azimat asosi va Sunnati Saniya asoslari kabi nozik, faqat ahamiyatli asoslarni muhofaza qilish, bir vazifa-i asliyasidir. Zarurat chorlovi bilan, hodisalarning fatvolari bilan ular tark qilinmaydi.

***
— 78 —
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ

Ta'lifidan oʻttiz toʻrt yil soʻngra, Munozorot nomli asarga qaradim, koʻrdimki: Eski Saidning oʻsha zamondagi inqilobdan va oʻsha muhitdan va xorijiy ta'sirlardan kelib chiqqan bir ruhiy holat bilan yozgan bu kabi asarlarida xatolar bor. Oʻsha kamchilik va xatolaridan bor kuchim bilan istigʻfor aytaman va oʻsha xatolardan nadomatdaman. Janobi Haqning rahmatidan niyozim shuki: Ahli iymonning umidsizliklarini yoʻqotish niyati bilan qilgan xatolari, goʻzal niyati uchun kechirilsin, afv qilinsin.

Eski Saidning bu kabi asarlarida ikki muhim asos hukm qiladi. Oʻsha ikki asosning haqiqatlari bor; faqat valiylarning kashfiyoti ta'villarga va sodiq tush ta'vilga muhtoj boʻlganlari kabi; oldindan sezish hissining ham nozik ta'birlarga ehtiyoji bor ekan, Eski Saidning oʻsha oldindan sezish hissi bilan his qilgan oʻsha ikki haqiqatning ta'vilsiz, ta'birsiz bayoni, qisman nuqsonli va qisman xilof koʻrinadi.

Birinchi asos: Ahli iymonning umidsizligiga qarshi, "Istiqbolda bir nur bor" deb xushxabar berganidir. Bir oldindan sezish hissi bilan Risola-i Nurning istiqbolda, dahshatli bir zamonda, koʻp ahli iymonning iymonlarini quvvatlantirib qutqarishini his qilib, oʻsha durbin bilan Hurriyat Inqilobidagi siyosat doiralariga qaragan; ta'birsiz, ta'vilsiz tatbiq qilishga uringan. Siyosat va quvvat va miqdor nuqtasida deb oʻylagan. Toʻgʻri his qilgan, ammo toʻliq toʻgʻri ayta olmagan.

Ikkinchi asos: Eski Said, ba'zi dohiy siyosiy insonlar va hayratomuz adiblar his qilganlari kabi, juda dahshatli bir istibdodni his qilib unga qarshi dushmanona vaziyat olgan edilar. Oʻsha oldindan sezish hissi ta'bir va ta'vilga muhtoj ekan, bilmasdan rasmiy, zaif va ismiy bir istibdod koʻrib unga qarshi hujum koʻrsatar edilar. Holbuki ularga dahshat bergan, bir zamon oʻtib keladigan istibdodlarning zaif bir soyasini asl deb oʻylab shunday harakat qilganlar, shunday bayon qilganlar. Maqsad toʻgʻri, ammo nishon xato.

Xullas, Eski Said ham, eski zamonda bunday ajib istibdodni his qildilar. Ba'zi asarlarida unga hujum bilan bayonoti bor. Oʻsha mudhish ajib istibdodlarga qarshi mashruta-i mashru'ani bir vosita-i najot koʻrayotgan edilar. Hurriyati shar'iya, Qur'onning hukmlari doirasidagi mashvarat bilan oʻsha mudhish musibatni daf qiladi deb oʻylab shunga koʻra harakat qilganlar.

— 79 —

Ha, zamon koʻrsatdiki, hurriyatparvar nomini olgan bir davlatning, oʻsha istiqbolda keladigan bir istibdodning bir namunasi boʻlib, uch yuzta mustabid ma'murlari bilan, uch yuz million boʻlgan Hindistonni, uch yuz yildan beri, uch yuzta odam kabi osongina bogʻlab qimirlamaydigan darajada istibdod ostiga olib, zulmning eng shiddatlisini a'zamiy bir darajada, ya'ni birisining xatosi bilan minglab odamni jazolantirish boʻlgan qonuni mustabidonasiga inzibot va adolat nomini bergan, dunyoni aldatgan, yondirgan.

Munozorot nomli asarda, ba'zi latifa suratida ba'zi qaydlar, hoshiyachalar bor. Oʻsha eski zamon ta'lifida nozik tabiatli talabalariga bir hazillashish navidandir. Chunki ular oʻsha togʻlarda birga edilar. Ularga dars suratida bayon etayotgan ekan.

Ham bu Munozorot Risolasining ruhi va asosi hukmida boʻlgan xotimasidagi Madrasat-uz Zahro haqiqati esa, istiqbolda chiqadigan Risola-i Nurga bir beshik, bir zamin tayyorlash ediki; bilmagan, ixtiyorsiz unga chorlanayotgan edilar. Bir oldindan sezish hissi bilan oʻsha nuroniy haqiqatni moddiy suratda qidirayotgan edilar. Soʻngra oʻsha haqiqatning moddiy jihati ham vujudga kelishni boshladi. Sulton Rashod, oʻn toʻqqiz ming oltin lirani Vanda poydevori tashlangan oʻsha Madrasat-uz Zahroga berdi, poydevor tashlandi. Ammo Birinchi Jahon Urushi chiqdi, qoldirildi. Besh-olti yil oʻtib Anqaraga bordim, yana oʻsha haqiqat uchun harakat qildim. Ikki yuz deputatdan bir yuz oltmish uch deputatning imzolari bilan, oʻsha madrasamizga -bir yuz ellik ming banknotga yetkazilib - oʻsha ajratilgan mablagʻ qabul qilindi. Ammo ming afsuslar boʻlsinki, madrasalar yopildi, ular bilan kelisholmadim, yana qoldirildi. Lekin Janobi Arhamurrohimiyn oʻsha madrasaning ma'naviy mohiyatini Isparta viloyatida ta'sis etdi, Risola-i Nurni jism holiga keltirdi. Inshaalloh istiqbolda Risola-i Nur shogirdlari oʻsha oliy haqiqatning moddiy suratini ham ta'sis etishga muvaffaq boʻladilar.

Eski Saidning Ittihod-Taraqqiy partiyasiga shiddatli muxolifligi bilan birga, ularning hukumatiga va ayniqsa qoʻshinga nisbatan tarafkashona yuksak taqdirlari va iltizomlari esa, bir oldindan sezish hissi bilan -yogʻi ichida boʻlgan- oʻsha askarlar jamoatida va oʻsha milliy jamiyatda bir millionga yaqin avliyo martabasida boʻlgan shahidlar olti-yetti yil oʻtib sodir boʻlishini his qilgan. Ixtiyorsiz boʻlib, mashrabiga muxolif boʻlganlarga toʻrt yil tarafkash boʻlgan. Birinchi Jahon Urushi boshlanishi bilan oʻsha muborak yogʻi olindi, yogʻi olingan bir ayronga aylandi. Yangi Said ham Eski Saidga muxoliflik qilib mujohadasiga qaytdi.

***
— 80 —

Oxirzamonda Hazrat Iso Alayhissalomning tushishiga va Dajjolni oʻldirishiga oid sahih hadislarning haqiqiy ma'nolari tushunilmagani uchun, bir qism zohiriy ulamolar, oʻsha rivoyat va hadislarning zohiriga qarab shubhaga tushganlar. Yoki toʻgʻriligini inkor qilib yoki xurofotga oʻxshash ma'no berib, goʻyo mahol bir suratni kutayotgandek, muslimlarning avomiga zarar beradilar. Mulhidlar esa, bu kabi zohiran aqldan juda uzoq hadislarni roʻkach qilib, Islom haqiqatlariga kamsitadigan nazar bilan qarab hujum qiladilar. Risola-i Nur bu kabi mutashabeh hadislarning haqiqiy ta'villarini Qur'on fayzi bilan koʻrsatgan. Hozircha namuna oʻlaroq bitta misol bayon qilamiz. Jumladan:

Hazrat Iso Alayhissalom Dajjol bilan urushishi zamonida, Hazrat Iso Alayhissalom uni oʻldiradigan vaqtda, oʻn arshin yuqoriga hatlab soʻngra qilichi uning tizzasiga yetadigan darajada, vujud jihatidan shu daraja Dajjolning haykali Hazrat Isodan katta, degan ma'noda rivoyat bor. Demak Dajjol, Hazrat Iso Alayhissalomdan oʻn, balki yigirma marta baland qomatli boʻlishi kerak boʻladi. Bu rivoyatning zohiriy ifodasi sirri taklifga va sirri imtihonga zid boʻlgani kabi, nav'-i basharda joriy boʻlgan odatullohga muvofiq tushmaydi.

Holbuki bu rivoyatni, bu hadisni, Alloh saqlasin, mahol va xurofot deb oʻylagan zindiqlarni mum tishlatish va zohirni ayni haqiqat deb e'tiqod qilgan va oʻsha hadisning bir qism haqiqatlarini koʻzlari koʻrganlari holda hali ham kutayotgan zohiriy domlalarni ham ogohlantirish uchun, oʻsha hadisning bu zamonda ham ayni haqiqat va tom muvofiq va mahzi haq boʻlgan koʻplab ma'nolaridan bir ma'nosi chiqqan. Jumladan:

Isaviylik dini va u dindan kelgan oʻrnashgan odatlarini muhofaza qilish hisobiga harakat qilgan bir hukumat bilan, rasmiy e'loni bilan, zulmatli iflos manfaati uchun dinsizlikka va bolshevizmga yordam berib rivojlantirgan boshqa bir hukumat, yana tuban manfaati uchun musulmonlarda va Osiyoda dinsizlikning yoyilishiga tarafdor boʻlgan fitnachi va jabbor hukumatlar bilan urushgan avvalgi hukumatning shaxsi ma'naviysi aks etsa va dinsizlik jarayonining barcha tarafdorlarining ham bir shaxsi ma'naviysi jism holiga kelsa, uch jihatdan bu koʻplab ma'nolari boʻlgan hadisning bu zamon aynan bir ma'nosini koʻrsatadi. Agar oʻsha gʻolib hukumat urushda gʻalaba qozonsa, bu ishoriy ma'no ham bir ochiq ma'no darajasiga chiqadi. Agar toʻliq qozonmasa ham, yana muvofiq bir ma'no-i ishoriydir.

— 81 —

Birinchi jihat: Dini Isaviyning haqiqiysini asos qilib olgan Isaviy Ruhoniylarining jamoati va ularga qarshi dinsizlikni rivojlantirishni boshlagan jamoat jism holiga kelsalar, bir minora yuksakligidagi bir insonning yonida bir bolachalik ham boʻlolmaydi.

Ikkinchi jihat: Rasmiy e'loni bilan, Allohga tayanib dinsizlikni yoʻqotaman, Islomiyatni va musulmonlarni himoya qilaman degan bir hukumat yuz milliondan ortiqroq ekan, toʻrt yuz millionga yaqin aholiga hukm qilgan bir boshqa davlatga va toʻrt yuz million aholiga yaqin va uning ittifoqdoshi boʻlgan Xitoy va Amerikaga va ular esa yordamchi va ittifoqdosh boʻlgan bolsheviklarga gʻolibona, oʻldiruvchi zarba urgan oʻsha hukumatdagi jang qilgan jamoatning shaxsi ma'naviysi bilan, mujodala qilgan dinsizlarning va tarafdorlarining shaxsi ma'naviylari jism holiga kelsa, yana minora boʻyidagi bir insonga nisbatan kichik bir insonning nisbati kabi boʻladi. Bir rivoyatda, "Dajjol dunyoni zabt qiladi" ma'nosi; aksariyati mutlaqa unga tarafdor boʻladi deganidir. Hozir ham shunday boʻldi.

Uchinchi jihat: Agar Yer kurrasining toʻrtta qit'alari ichida {(Hoshiya) Avstraliya nazarga olinmagan.} eng kichigi boʻlgan Yevropaning va bu qit'aning ham toʻrtdan biri boʻlmagan bir hukumatning mamlakati; aksar Osiyo, Afrika, Amerika, Avstraliyaga qarshi gʻolibona urushib, Hazrat Isoning vakolatini da'vo qilgan bir davlat bilan birga dinga tayanib juda mustabidona boʻlgan dinsizlik jarayonlariga qarshi samoviy parashutlar bilan urushgan va kurashgan oʻsha hukumat bilan narigilarning shaxsi ma'naviylari inson suratiga kirsa; gazetalarning eskidan beri qilganlari kabi, davlatlarning quvvatlarini va hukumatlarning darajalarini koʻrsatish navidan oʻsha ma'naviy shaxslar ham roʻyi zamin gazetasida, bu asr sahifasida bittadan inson suratida rasm va tasvirlari kabi aks etsalar; aynan va batamom hadisi sharifning moʻ'jizona gʻaybiy xabar navidan bayon qilgan oxirzamon hodisasining koʻplab ma'nolaridan toʻliq bir ma'nosi chiqadi. Hatto, Iso (A.S.) shaxsining samovotdan tushishlari ishorasi bilan bir ma'no-i ishoriy oʻlaroq, Hazrat Isoni (A.S.) tamsil etib va nomlaridan harakat qilgan bir toifa ham, hozirgacha eshitilmagan va koʻrilmagan bir tarzda samolyotlar bilan, parashutlar bilan samodan bir balo-i samoviy kabi nuzul ettiradi, dushmanlarning orqasiga tushiradi. Hazrat Isoning tushishlarining moddiy jihatdan bir misolini koʻrsatadi.

— 82 —

Ha, hadisi sharifning ifodasi bilan Hazrat Isoning samodan tushishi qat'iy boʻlish bilan barobar, ma'no-i ishoriysi bilan boshqa haqiqatlarni ifoda qilgani kabi, bu haqiqatga ham moʻjizona ishorat qiladi. Kichik Xusrav boʻlgan Fayzi va Aminning savoli va qistovlari bilan ba'zi bechoralarning iymonlarini shubhalardan muhofaza niyati bilan bu masalaga doir faqat bir-ikki-uch satr yozishni niyat qilib boshlarkan, ixtiyorim xorijida uzun yozdirildi. Hikmatini ham tushunmadik, balki bir hikmati bor deb shundayligicha qoldirdik. Aybga buyurmaysiz, bu parchada tahrirga va diqqatga vaqt topolmadik, chalkash qoldi.

***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ حُرُوفَاتِ الْقُرْاٰنِ

Aziz qardoshlarim va siddiq birodarlarim!

Bor boʻling, baxtiyor boʻling! Sizning juda jiddiy sa'yu gʻayratingiz ham bu yerda, ham boshqa yerlarda shavq-u gʻayratni uygʻotyapti. Janobi Haqqa hadsiz shukr boʻlsinki, Risola-i Nurning fathlari ziyodalashyapti. Ahli iymon yaralarini his qilib dorilarini undan topyaptilar.

Hofiz Ali maktubida yozgan ikki oyatning ishorasiga diqqat qildik. Bizlar ham Nur fabrikasining sohibi kabi, juda masrur va xursand boʻldik. Faqat Risola-i Nurga bir ishorati gʻaybiy bilan xabar bergan oʻttiz uch adad oyatlar شَهِدَ اللّٰهُ oyati bilan tugagani uchun, bu yangi ikki oyatning mustaqil bir suratda ishoratlariga eshik ochilmadi. Ham oʻttiz uch oyatdan qaysisining qoʻshimchasi boʻladi, hozircha bilinmadi. Faqat bu qadar tushunildiki, بِاَيْد۪ى سَفَرَةٍ ٭ كِرَامٍ بَرَرَةٍ parchasi Risola-i Nurning noshir va kotiblariga ma'no-i ishoriy bilan qaraydi.

— 83 —

Ham يَتْلوُا صُحُفًا مُطَهَّرَةً ٭ ف۪يهَا كُتُبٌ قَيِّمَةٌ parchasi ham, Risola-i Nurning qismlariga va sahifalariga va kitoblariga ma'no-i ishoriy bilan qaraydi. Faqat jifr hisobi bilan bir ming uch yuz oltmishlardan (1360) keyin bu porloq vaziyatni koʻrsatadilar deb qisqacha tushundik.

Gul fabrikasining bizlarga porloq bir Guli Muhammadiy (S.A.V.) bogʻini hadya qilishi kerak edi. Uni butun ruh-u jonimiz bilan kutyapmiz.

Bu zamonda, lillahilhamd, sunnati saniya doirasida kamoli iymonni qozongan Risola-i Nur shogirdlari avliyolarning, murshidlarning nazari diqqatini jalb qiladigan vaziyatni olganlari uchun; har zamonda boʻlgan haqiqiy murshidlar, har holda bu zamonda ham Risola-i Nur shogirdlariga xaridor boʻladilar. Bittasini qoʻlga kiritsa, yigirmata muridchalik qiymat beradilar.

Ham zavqli va jozibador valiylik tarashshuhoti qarshisida Risola-i Nurning xizmatidagi mashaqqat, mujohada, qiyinchilik boʻlganidan, Fayziga xitoban bayon qilingan haqiqat u tarafga ham foydasi boʻladi deb qoʻshib sizga yuborildi.

Umum qardoshlarimga bir-bir salom aytaman.

***

Fayzi qardoshim!

Sen Isparta viloyatidagi qahramonlarga oʻxshashni istasang, toʻliq ular kabi boʻlishing kerak. Qamoqxonada -Alloh rahmat qilsin- muhim bir shayx va murshid va jozibador Naqshiy avliyolaridan bir zot, toʻrt oy doimo Risola-i Nurning ellik-oltmishta shogirdlari ichida jalbkorona suhbat qilgani holda, faqat bitta shogirdni vaqtinchalik oʻziga torta oldi. Qolganlari oʻsha jozibodor shayxga nisbatan mustagʻniy qoldilar. Risola-i Nurning yuksak, qiymatdor xizmati iymoniyasi ularga kifoya qilib qanoat berar edi. Oʻsha shogirdlarning gʻoyat keskin qalb basirati shunday bir haqiqatni tushunganki: Risola-i Nur bilan xizmat esa, iymonni qutqaradi. Tariqat va shayxlik esa, valiylik martabalarini qozontiradi. Bitta odamning iymonini qutqarish, oʻnta moʻminni valiylik darajasiga chiqarishdanda muhimroq va savobliroqdir. Chunki iymon saodati abadiyani qozontirgani uchun, bitta moʻminga Kurra-i arz qadar bir saltanati boqiyani ta'minlaydi. Valiylik esa, moʻminning Jannatini kengaytiradi, porlatadi. Bitta odamni sulton qilish, oʻnta askarni poshsho qilishdan qanchalar yuksak boʻlsa, bitta odamning iymonini qutqarish, oʻnta odamni valiy qilishdan savobliroq bir xizmatdir.

— 84 —

Mana bu nozik sirni, sening Ispartalik qardoshlaring bir qismining aqllari koʻrmasa ham, umumining keskin qalblari koʻrganki; men kabi bechora, gunohkor bir odamning birodarligini avliyolardan, balki da agar boʻlsa edi, mujtahidlardan ham ustun qoʻyar edilar. Bu haqiqatga binoan, bu shaharga bir qutb, bir gʻavsi a'zam kelsa, seni oʻn kunda valiylik darajasiga chiqaraman desa, sen Risola-i Nurni tashlab uning yoniga borsang, Isparta qahramonlariga birodar boʻlolmaysan.

***
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ حَاصِلِ ضَرْبِ حُرُوفِ مَا اَرْسَلْتُمْ لَنَا مِنَ الرَّسَائِلِ ف۪ى عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ هٰذِهِ اللَّيْلَةِ الرَّغَائِبِ وَ لَيْلَةِ الْمِعْرَاجِ وَلَيْلَةِ الْبَرَاتِ وَلَيْلَةِ الْقَدْرِ وَ اَعْطَاكُمُ اللّٰهُ بِعَدَدِهَا ثَوَابًا وَحَسَنَاتٍ اٰم۪ينَ

Aziz va siddiq qardoshlarim va fidokor va sodiq birodarlarim!

Birinchidan: Sizning, bu muborak shuhuri salosa va ichidagi qiymatdor muborak kechalarni tabriklaymiz. Janobi Haq har bir kechani siz haqqingizda bittadan Layla-i Ragʻoib va Layla-i Qadr qiymatida sizga savob bersin, omin.

Ikkinchidan: Sizning bu safar nurli hadyalaringizning har harfiga muqobil Janobi Arhamurrohimiyn daftari a'molingizga ming hasana yozsin va Osimning ruhiga ming rahmat bersin, omin.

Uchinchidan: Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayon va Risola-i Nur xazinalarining karomatli va zarrin bir kaliti boʻlgan qalami Xusraviy, haqiqatdan Moʻ'jizoti Ahmadiyaning (S.A.V.) yashirin goʻzalligini har koʻzga gʻoyat porloq va goʻzal koʻrsatyapti. Janobi Haq bu qalamni bu xizmatda muvaffaq va doim aylasin, omin.

Muborak Hay'atining buyuk bir qahramoni Katta Alining tizimida Kichik Alining Moʻ'jizoti Qur'oniyasi Moʻ'jizoti Ahmadiyaning batamom uygʻun bir boqiy olmos tarzida mavqe oldi. Arhamurrohimiyn har harfiga muqobil yozganga oʻn savob ehson aylasin, omin.

— 85 —

Mehmed Tohiriy, Kichik Lutfining xayrli avlodi va Otaboyning qahramoni, bu yurtga nurli va goʻzal hadyalari juda qiymatdordir. Rahmonurrahiym xazina-i rahmatidan unga va otasiga har harfiga va har kalimaga muqobil rahmat etsin, omin.

Oydinli Hasan Ulviyning quvvatli qalami, inshaalloh marhum Osim tugatmagan vazifa-i nuriyani tugatadi va oʻsha goʻzal qalam bilan Osimning va Lutfining ruhlarini shod qiladi. Uning kichik hadyasi, kelajakdagi qiymatdor xizmatlarini his qildirib buyuk mavqe oldi. Alloh undan rozi boʻlsin, omin.

Risola-i Nurning arkoni muhimmasidan va risolalar ichida savollari bilan ahamiyatli bir joy olgan va u bilan barobar ma'nan yashagan qardoshimiz Ra'fat Beyning maktubi bilan va Gul fabrikasining Guli Muhammadiy (S.A.V.) bogʻini yetishtirgan Xusravning maktubiga alohida bittadan maktub bilan javob yozishni istardim, ammo hozircha vaqt izn bermadi.

***

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Sizning maktublaringizdan shunchalar xursand boʻldimki, ta'rif qilolmayman. Ayniqsa Xusravning juda qiymatdor ikki maktubida, Hoji Hofizning qishlogʻida Risola-i Nurning juda gʻaroyib bir suratda yoyilishi, oʻsha ikkita maktubni duo tumori kabi va bir qat'iy hujjat kabi saqlab, bu yurtdagi talabalarga bir tashviq qamchisi sifatida koʻrsatilyapti.

Risola-i Nur Qur'onning bir moʻ'jiza-i ma'naviyasi boʻlgani kabi, Xusravning qalami ham Risola-i Nurning juda kuchli bir karomati ekanini bu yerda har kun tasdiqlaymiz. Xusravning maktubiga javoban uzun maktub yozishni istayotgan edik, orzumizga muvaffaq boʻlolmadik.

Muboraklar qahramonlaridan Kichik Alining maktubi ham menga buyuk bir umid berdi. Marhum Abdurrahmonning haqiqatdan toʻliq bir vorisi boʻlgan qiymatdor va muborak akasi boʻlgan Mustafo Xulusiyning, Hofiz Ahmad ismli muborak bir oʻgʻli, otasi va amakilari tizimida Risola-i Nurga xizmat qilishi, qaytadan Abdurrahmon dunyoga kelishichalik meni baxtiyor qildi.

— 86 —

Aras Otaboyda, avvallari Lutfi, Zakoiy kabi ikki qiymatdor shogirdlarning joylarini boʻsh qoldirmagan, Aras qahramonlari boʻlgan Tohir va Abdulloh Chovushning Risola-i Nurga xizmatlari, Aras haqidagi xavotirlarimni tamoman ketkazdi.

Ismoil oʻgʻli Husanning xastaligi meni xafa qildi. Inshaalloh toʻliq bir Lutfi boʻladi, ham koʻp xizmat qiladi. Sizlarning bu yerga kelgan maktublaringiz, qisman toʻgʻrilash bilan Ilovaga kiritilyapti. Sizga bu safar mahram "Inna A'toyna" siridagi gʻaybiy istixrojdagi qisqa haqiqatga doir birdan qalbga eslatilgan bir bayon bilan "Tasattur Risolasi"ga hoshiya yuboryapmiz. Bu shuhuri salosa sakson yildan ortiq umrni qozontiradi. Albatta sizlar kabi mujohidlar uni qozonishga harakat qilasizlar. Janobi Haq har bir kechasini siz haqqingizda Layla-i Me'roj va Layla-i Baroat va Layla-i Qadrchalik qiymatdor aylasin, omin.

***

(Ahamiyatli, faqat bir daraja mahram.)

Aziz qardoshlarim!

Mahram Sirri Inna A'toynada jifr bilan istixrojim, aynan Munozorot Risolasida "Bir nur chiqadi va koʻramiz" degan gʻaybiy xushxabarlar kabi, ilhomiy va haq bir haqiqatni, fikrim bilan boʻlgan tatbiqotimda bir kamchilik bor edi. Oʻsha kamchilik meni oʻylantirayotgan edi. Munozorot va Sunuhot kabi risolalardagi nurga oid xushxabar esa, Risola-i Nur toʻliq hal qildi. Keng siyosat doirasi oʻrniga yuksak bir doira-i nuriya bilan oʻsha kamchilikni ketkazgani kabi, Inna A'toyna sirri mahramida, oʻn ikki-oʻn uch yil soʻngra "Islomiyatga zarba urganlarning boshlarida shunday mudhish bir portlash boʻladiki, qiyomatga qadar unutilmaydi" ma'nosidagi jifriy istixroj juda keng bir doirada boʻlgani holda, nur xushxabari sirrining aksiga boʻlib tor bir doirada va xususiy bir hukumatda tatbiq qilish surati bilan, fikrim oʻsha keng doirani qamray olmasdan oʻsha haqiqatning suratini almashtirgan. Holbuki oʻsha istixroj koʻrsatgan ayni yili, oʻsha tizimning ta'sisichisi va boshi dunyodan ketdi, zarbasini yedi. Va oʻsha yili, parda ostida bilinmagan va kurra-i arzning aksarini va nav'-i basharning ulkan qismini istibdodi ostiga olgan bir mudhish jarayonning tuguni va tugmasi va ma'nan minglab boshidan bir boshi va eng mudhishi boʻlgan oʻsha koʻchib ketgan odam, ta'zir yegan ayni zamonda, hali yil tugamasdan, oʻsha mudhish jarayonning barcha boshlari va tarafdorlari shunday samoviy mudhish ta'zirlarga va shiddatli toʻfonli musibatlarga uchrashni boshladilar; qiyomatgacha azobini chekadilar va chekyaptilar. Va samoviy dinlarga va Islomiyatga qilgan jinoyatlarining jazosini juda keng bir doirada koʻrdilar va koʻryaptilar. Mimsiz madaniyatning axlati bilan dunyoni ifloslaganlari uchun, ayni istixroj koʻrsatgan tarixda, oʻsha mimsiz madaniyatning boshiga ham shunday samoviy bir ta'zir tushdiki, eng qorongʻu vahshatdan ham pastga tushirdi.

— 87 —

Xullas kalom: Sirri Inna A'toynada juda keng bir doira tor bir doirada tatbiq etilgan. Nur xushxabari esa, tor va ma'naviy, ammo yuksak doirani keng va moddiy bir doira suratida tasvir qilingandi. Janobi Haqqa yuz ming shukr qilamanki, bu ikki kamchiligimni kuchli bir ma'naviy eslatma bilan isloh qildi. يُبَدِّلُ اللّٰهُ سَيِّئَاتِهِمْ حَسَنَاتٍ sirriga sazovor ayladi. Alhamdulillahi bi'adadi zarrot-il koinot.

Aziz qardoshlarim! Aslo bu parcha vositasi bilan mahram sirni fosh qilmang va oʻsha risolani ham tadqiq qilmang. Faqat bu parchani zararsiz koʻrsangiz, xoslarga koʻrsata olasiz.

***

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Bu safargi maktublaringiz kelmasdan avval, bir eslatma bilan oʻz javobini karomatkorona yozdirgan. Demak, maktub sohiblarining favqulodda sadoqatlari karomat darajasiga chiqqan.

Qardoshlarim, maktublaringizdagi juda yuksak tushuncha va taqdirlardan, mingdan bir hissa meniki boʻlsa, hadsiz shukr qilaman. Balki Risola-i Nurning ma'naviy shaxsiyati va juda koʻp talabalari ichida, bilmaganimiz gʻoyat yuksak bir maqom sohibi bir zotning ta'sirlari va boshqaruvi his qilinyapti. Men kabi ming daraja uzoq bir bechorada tasavvur qilinyapti. Haqqim boʻlmasada menga berilgan katta ahamiyatingiz inshaAlloh sizga zarari boʻlmaydi, ammo Risola-i Nurning chiroyli jarayoniga zarar ehtimoli bor. Siz bir haqiqatni his qilyapsiz va favqulodda sadoqat va ixlosingiz inshaAlloh haq koʻradi, ammo suratda ba'zan aldaniladi. Biz xizmat bilan vazifadomiz. Natijalari va muvaffaqiyat Janobi Haqqa oiddir.

***
— 88 —

(Ahamiyatlidir.)

Risola-i Nur talabalaridan bir qism qardoshlarimning, mening haddimdan juda ustun yaxshi gumonlarini va ifrotlarini toʻgʻrilash uchun eslatilgan bir suhbatdir.

Bundan qirq-ellik yil avval, akam Mullo Abdulloh (Rahmatullohi Alayh) bilan bir suhbatni hikoya qilaman.

Oʻsha marhum akam buyuk valiylardan Hazrat Ziyoviddin (Q.S.)ning xos muridi edi. Ahli tariqat kabi, murshidi haqida haddan ortiq muhabbat va yaxshi gumon qilsa ham, maqbul koʻrganlari uchun, oʻsha marhum akam dediki: "Hazrat Ziyoviddin barcha ilmlarni biladi. Koinotda qutbi a'zam kabi hamma narsadan xabardor." Meni u bilan bogʻlash uchun juda hayratomuz maqomlarini bayon qildi.

Men ham oʻsha akamga dedimki: "Sen mubolagʻa qilyapsan. Men uni koʻrsam, koʻp masalalarda yenga olaman. Yana sen menchalik uni haqiqiy yaxshi koʻrmaysan. Chunki koinotdagi ilmlarni biladigan bir qutbi a'zam suratida xayol qilganing bir Ziyoviddinni yaxshi koʻrasan; ya'ni oʻsha unvon bilan bogʻliqsan, yaxshi koʻrasan. Agar parda-i gʻayb ochilsa va haqiqat koʻrinsa, sening muhabbating yo zoyil boʻladi yoxud toʻrtdan birga tushadi. Ammo men oʻsha zoti muborakni sen kabi juda qattiq yaxshi koʻraman, taqdirlayman. Chunki sunnati saniya doirasida, haqiqat maslagida, ahli iymonga xolis va ta'sirli va ahamiyatli bir rahbardir. Shaxsiy maqomi nima boʻlsa boʻlsin, bu xizmati uchun ruhimni unga fido qilaman. Parda ochilsa va haqiqiy maqomi koʻrinsa, orqa chekinish, voz kechish, muhabbatda kamayish emas, aksincha yanada koʻproq hurmat va taqdir bilan bogʻlanaman. Demak men haqiqiy bir Ziyoviddinni, sen esa xayoliy bir Ziyoviddinni yaxshi koʻrasan", dedim.

{(Hoshiya) Chunki sen muhabbatingni unga juda qimmat sotayabsan. Bergan narxingdan yuz marta ziyoda bir evaz oʻylayabsan. Holbuki uning haqiqiy maqomining narxiga eng buyuk muhabbat ham arzondir.}

— 89 —

Mening oʻsha akam insofli va mudaqqiq bir olim boʻlgani uchun, mening nuqtayi nazarimni qabul qilib taqdirladi.

Ey Risola-i Nurning qiymatli talabalari va mendan yanada baxtiyor va fidokor qardoshlarim! Shaxsiyatim e'tibori bilan sizning ziyoda yaxshi gumoningiz balki sizga zarar bermaydi. Ammo siz kabi haqiqatbin zotlar vazifaga, xizmatga qarab, oʻsha nuqtadan qarashingiz kerak. Parda ochilsa, mening boshdan oyoq nuqsonlar bilan bulgʻangan mohiyatim mendan qochishga bir vasila boʻladi. Sizni qardoshligimdan qochirmaslik, pushaymon qilmaslik uchun, shaxsiyatimga haddimdan juda ortiq tasavvur qilganingiz maqomlarga aloqangizni bogʻlamanglar.

Men sizga nisbatan qardoshman, murshidlik haddim emas. Ustoz ham emasman, balki darsdoshingizman. Men sizning nuqsonlarimga nisbatan shafqatkorona duo va himmatlaringizga muhtojman. Mendan himmat kutishingiz emas, menga himmat qilishingizga haqdorman. Janobi Haqning ehson va karami bilan sizlar bilan gʻoyat qudsiy va gʻoyat ahamiyatli va gʻoyat qiymatdor va har ahli iymonga manfaatli bir xizmatda, ishni taqsimlash qoidasi bilan ishtirok qilganmiz. Birdamligimizdan hosil boʻlgan shaxsi ma'naviyning favqulodda ahamiyati va qiymati va ustozligi va irshodi bizga yetarli.

Ham modomiki bu zamonda hamma narsadan ustun xizmati iymoniya eng ahamiyatli bir vazifadir; ham miqdor esa sifatga nisbatan ahamiyati ozdir; ham vaqtinchalik va oʻzgaruvchan siyosat olamlari abadiy, doimiy, sobit iymon xizmatlariga nisbatan ahamiyatsizdir, miqyos boʻlolmaydi, sabab ham boʻlolmaydi. Risola-i Nurning ta'limoti doirasida va bizlarga baxsh qilgan xizmat nuqtasida fayzli maqomlarga qanoat qilishimiz kerak. Haddidan ortiq favqulodda yaxshi gumon va ifrotona oliy maqom berish oʻrniga, favqulodda sadoqat va sabot va ifrotona aloqadorlik va ixlos lozimdir. Unda taraqqiy qilishimiz kerak.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
— 90 —

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Risola-i Nurning qahramoni boʻlgan Xusravning bu safargi ikki hadya-i qudsiyasi va karomatkorona oʻsha ikki samoviy hadyaning ma'naviy i'jozini koʻzga ham koʻrsatadigan bir tarzda bu shuhuri salosada bizlarga va bu atrofga hadya qilishi, Risola-i Nur nuqtayi nazarida moʻjizona bir xizmatdir. InshaAlloh oʻsha Gul fabrikasining qalami bu yerlarni ham bir gulistonga aylantiradi. Janobi Haq oʻsha qalam sohibiga, yozgan har harfi Qur'onga muqobil, Layla-i Qadrdagi kabi oʻttiz ming savob va rahmat va hasana bersin, omin omin omin.

Aziz qardoshlarim! Sadoqatingizdan sizib chiqqan va haddimdan haddan ortiq yaxshi gumoningizga qarshi bundan avval bergan javobimning bir qoʻshimchasi sifatida, bu keladigan parchani ikki kun avval yozgandik. Sizning haddan ortiq sadoqat va oliyhimmatligingizdan chiqqan bir hafta avvalgi maktubingizga qarshi yaxshi gumoningizni bir daraja rad qilgan javobimning hikmati shuki:

Bu zamonda shunday favqulodda hokim jarayonlar borki, hamma narsani oʻz hisobiga olgani uchun, farazan haqiqiy kutilgan oʻsha zot ham bu zamonda kelsa, harakatlarini oʻsha jarayonlarga tobe qilmaslik uchun siyosat olamidagi vaziyatdan voz kechadi va maqsadini oʻzgartiradi deb taxmin qilaman.

Ham uchta masala bor: Biri hayot, biri shariat, biri iymondir. Haqiqat nuqtasida eng muhimi va eng a'zami, iymon masalasidir. Ammo hozirgi umumning nazarida va olam holining majburlashlarida eng muhim masala, hayot va shariat koʻringanidan, u zot hozir boʻlsa ham, uch masalani birdan umum roʻyi zaminda vaziyatlarini almashtirish, nav'-i bashardagi joriy boʻlgan odatullohga muvofiq kelmaganidan, har holda eng a'zam masalani asos qilib, narigi masalalarni asos qilmaydi. Toki iymon xizmati pokligini umumning nazarida buzmasin va avomning tez aldana oladigan aqllarida oʻsha xizmat boshqa maqsadlarga vosita boʻlmagani roʻyobga chiqsin.

Ham yigirma yildan beri vayronkorona eng shiddatli zulm ostida shu daraja axloq buzilgan hamda matonat va sadoqat yoʻqolganki, oʻntadan, balki da yigirmatadan bir odamga ishonib boʻlmaydi. Bu ajib holatlarga qarshi, juda hayratomuz sabot va matonat va sadoqat va hamiyati Islomiya lozimdir. Boʻlmasa natijasiz qoladi va zarar beradi.

— 91 —

Demak, eng xolis va eng salomatli va eng muhim va eng muvaffaqiyatli xizmat, Risola-i Nur shogirdlari doiralari ichidagi qudsiy xizmatdir. Nima boʻlganda ham... Bu masala hozircha bu qadar yetadi.

Barcha qardoshlarimizga bir-bir salom va bu muborak kunlarda duo qilamiz. Va maqbul duolarini, keladigan kunlar va muborak kechalarda istaymiz.

Darhaqiqat, Tohiriyning ham Lamaat hadyasini juda ham qiymatdor koʻrdik. InshaAlloh bu atrofda unga koʻp savob qozontiradi, toʻliq bir Lutfidir. Alloh muvaffaq aylasin.

***

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Birinchidan: Sizning Layla-i Baroatingizni va kelayotgan Ramazoningizni tabriklaymiz va bu kelayotgan Layla-i Qadrni haqqingizda va haqqimizda ming oydan yanada xayrli boʻlishini va amallar daftarimizga bunday oʻtishini Janobi Haqdan niyoz qilamiz va shu tariqa bayramgacha

اَللّٰهُمَّ اجْعَلْ لَيْلَةَ قَدْرِنَا ف۪ى هٰذَا الرَّمَضَانَ خَيْرًا مِنْ اَلْفِ شَهْرٍ لَنَا وَ لِطَلَبَةِ الرَّسَائِلِ النُّورِ الصَّادِق۪ينَ

duosini qilishga niyat qildik.

Ham sizning ikki moʻ'jizali Qur'onni bizlarga bu muborak oylarda yuborishingiz, inshaAlloh shu daraja sababi baraka va savob va hasanot va fathlar boʻladiki, haqqimizda bu Ramazonning har bir kuni bir Layla-i Qadr hukmiga oʻtishini rahmati Ilohiyadan umid qilamiz.

Hozirdan biz tadbir oldikki: Ikkita Qur'onni, Risola-i Nurning bu yerdagi xos talabalari, Ramazoni Sharifda, har biri har kuni bir juzini siz bilan birga oʻqish bilan, Ramazonning har kuni bir xatma-i Qur'oniya oʻlaroq, ma'naviy va juda keng bir majlisda, Isparta va Kastamonuni qamragan bir doirada xalqa boʻlgan Risola-i Nur talabalarining va oʻsha doiraning markazida sizlar boʻlish jihati bilan Risola-i Nur shogirdlari atrofingizda boʻlib; Naqshiyda xatma-i xojagon tarzida, faqat juda katta bir miqyosda Risola-i Nurning barcha shogirdlari ma'nan hozir va oʻsha doirada boʻlish niyati bilan, tasavvuri bilan oʻqilishi, oʻsha qudsiy xatmni qilish, Janobi Haqning rahmatidan tavfiq niyoz qilamiz.

— 92 —

Ikkinchidan: Hoji Hofizning Sav qishlogʻining qahramon talabalarining hayratomuz xizmatlari, u yerlarda sababi tashviq va madori gʻayrat va namuna-i iqtido boʻlgani kabi, bu atrofda ham ularning oʻsha hayratomuz sa'yu gʻayratlari, favqulodda husni misol va namuna-i gʻayrat boʻlib ahamiyatli bir uygʻonish va ishtiyoqqa sabab boʻlgan. Qahramon Xusravning ularga doir maktublari, muborak nusxalar kabi, tanballik, loqaydlik xastaliklariga mubtalo boʻlganlarga shifo boʻladi, qoʻllarda kezadi.

Uchinchidan: Sizning bu yerga kelgan qiymatdor maktublaringizni Ilovaga yozganmiz, ammo ba'zi kalimalarni tashlab oʻtdik. Ifrot tarzidagi yaxshi gumondan kelgan jumlalarni toʻgʻriladik, xafa boʻlmanglar.

Toʻrtinchidan: Islomkoʻyi, Kuleoʻnu oʻrtasida boʻlgan hamda Siddiq Sabri va Lutfi kabi talabalarni yetishtirgan Otaboy Qishlogʻi koʻp marta xotiramga kelar edi. "Ajabo, bu qishloq nima uchun orqada qoldi, soʻndi?" deb oʻylab xafa boʻlar edim. Ammo Janobi Haqqa hadsiz shukr boʻlsinki, Tohir va Abdulloh Chovush oʻsha xavotirimni tamoman ketkazdilar, buyuk tasalli menga berdilar. Hatto Tohirning bu safar bizga hadya qilgan Yogʻdular va Yettinchi Shu'lani bir jildga jildlagandan soʻng mutolaa qildim. Oʻsha Tohirda bir Xusrav, bir Lutfi, bir Osimni koʻrdim. Janobi Haq undan va sizlardan abadiyan rozi boʻlsin. Uning oʻsha nusxasi bu yerda koʻp ish qiladi inshaAlloh.

Qur'oni Azimushshon va Moʻ'jiz-ul Bayonning, Hizb-ul Akbar-ul A'zam nomli, Resail-in Nuriyaning manbalari va asoslari boʻlgan besh yuzdan ortiq oyatlarni yozdik. Bu Ramazonda sizga yuborishga muvaffaq boʻlolmadik. InshaAlloh bir vaqt sizga yuboriladi.

Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz. Bu muborak kunlar va kechalarda duolarini istaymiz.

***
— 93 —
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Gʻavsi A'zamning فَاِنَّكَ مَحْرُوسٌ بِعَيْنِ الْعِنَايَةِ kafolat beruvchi parchasi, hozirgacha Risola-i Nur shogirdlari haqida toʻliq muvofiq chiqdi. InshaAlloh Xusrav, Rushdu, Ra'fat kabi qardoshlarimizning, ayniqsa Xusrav kabi juda metin bir ruknning ayriligʻi suratan alamli va zararli koʻringani holda, gʻoyat xayrli bir surat olishini rahmati Ilohiyadan umidvormiz. Hatto qamalish musibatimiz, garchi zohiriy bir azob edi, faqat haqiqat nuqtasida xizmatimiz haqida buyuk inoyat va rahmatga oʻgirildi. Lillahilhamd, sizlarning gʻayratingiz bilan oʻsha atrofda koʻp Xusravlar bor, yuzaga chiqishni boshlaganlar. Balki koʻp vaqtdan beri doimiy ravishda ishlashdan Xusravga istirohat berildi va qiymatdor qalami oʻrnida muborak lisoni va xolisona hollari yana qudsiy xizmatini davom ettirishini inoyati Ilohiyadan umidvormiz. Qandayki Fayzi va Salohiddinning askarligi ham shunday muborak boʻldi.

Qardoshlarim! Bu hodisa munosabati bilan Risola-i Nurning toʻliq toʻgʻri chiqqan bir gʻaybiy xabarini bayon qilaman.

Xusrav va Xulusiy va Rushdu va Ra'fat kabi Risola-i Nurning koʻp shogirdlari, askarlik maslagi va bu Ikkinchi Jahon Urushiga munosabatdor bir suratda kirishlarini va ikkinchi bir Jahon Urushi boʻlishini va ishtirok etishimizni, ya'ni talabalarning ishtirokini olti-yetti yil avval xabar bergan. Chunki Yigirma Sakkizinchi Yogʻdu boʻlgan Ikkinchi Karomati Alaviyaning Ikkinchi Alomatda فَيَا حَامِلَ الْاِسْمِ bahsida فَقَاتِلْ وَلَا تَخْشَ barobar boʻlsa, bir ming toʻqqiz yuz qirq (1940) atrofida boʻladi. Allohu a'lam, oʻsha yili bir jahon urushiga ishtirokimizni, ya'ni eski ittifoqdosh bilan emas, balki tarafdorona uning dushmani bilan ishtirokka ishorat qiladi deb xabar bergan. Hozir oʻsha yildirki, Risola-i Nurning muhim ruknlari ishtirok qilyapti.

— 94 —

Qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz. Hilmi, Fayzi, Nazif, Amin sizlarga salom aytadilar va hurmatlarini arz qiladilar.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
***
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ حَاصِلِ ضَرْبِ عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ لَيْلَةِ الْقَدْرِ ف۪ى حُرُوفِ الْقُرْاٰنِ

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Birinchidan: Butun ruhu jonim bilan muborak Ramazoningizni tabriklayman. Va oʻsha muborak oyda qilgan duolaringizning, Janobi Haq yonida maqbul boʻlishini Arhamurrohimiyndan niyoz qilaman.

Ikkinchidan: Bu yilgi Ramazoni Sharif ham Olami Islom uchun, ham Risola-i Nur shogirdlari uchun gʻoyat ahamiyatli va juda ham qiymatlidir. Risola-i Nur shogirdlarining uxroviy ishlarlarda sherikchilik asosiy dasturlari sirriga binoan, har biri qozongan miqdor, har bir qardoshiga ayni miqdor amallar daftariga oʻtishi oʻsha dasturning va rahmati Ilohiyaning taqozosi boʻlish e'tibori bilan, Risola-i Nur doirasiga sidq va ixlos bilan kirganlarning yutuqlari juda azim va kulliydir. Har biri minglab hissa oladi. InshaAlloh, dunyoviy mollarning sherikchiligi kabi taqsimlanmasdan va boʻlinmasdan har biriga aynan amal daftariga oʻtishi; bir odam keltirgan bitta chiroq, minglab oynalarning har biriga ayni chiroq boʻlinmasdan kirishi kabidir. Demak, Risola-i Nurning sodiq shogirdlaridan biri, Layla-i Qadrning haqiqatini va Ramazonning yuksak martabasini qozonsa, umum haqiqiy sodiq shogirdlar sohib va hissador boʻlishlarini, Allohning keng rahmatidan juda kuchli umidvormiz.

***

Aziz, siddiq, muborak, qahramon qardoshlarim!

Birinchidan: Bu muborak Ramazonda, amallarda sherikchilik asosiy dasturi bilan, har bir xos qardoshimizning qirq ming tili boʻlgan maloika hukmida, qirq ming til bilan, ya'ni qardoshlarning adadicha ma'naviy tillari bilan qilgan va qiladigan duolari, rahmati Ilohiya nazdida maqbul boʻlishini oʻsha lisonlar adadicha Janobi Arhamurrohimiyndan niyoz qilamiz. Bu mohiyatdagi Ramazoningizni tabriklaymiz.

— 95 —

Ikkinchidan: Bu safargi koʻplab ta'sirli va sururli va xushxabarli maktublaringizga bir kitob qadar javob berish loyiq ekan, vaqtning iznsizligi bilan qisqa javobimdan xafa boʻlmang. Eng boshda, qahramonlar yurti boʻlgan Sava qishlogʻining ahamiyatli bir talabasi boʻlgan Ahmadning maktubida shunday bir masala koʻrdimki, meni surur yoshlari bilan yigʻlattirdi.

Janobi Haqqa yuz minglar shukr boʻlsin, Risola-i Nurning toʻliq qiymatini, oʻsha qishloqning muborak volidalari va xonimlari toʻliq tushunganlar. Oʻsha muborak xonimlarning va qiymatdor va xolis oxiratli singillarimning, Risola-i Nurning tarqalishiga koʻrsatgan fidokorliklari, meni va bizni kamoli sururdan yigʻlattirdi.

Zotan Risola-i Nur maslagidagi eng muhim bir asosi, shafqat boʻlganidan va shafqat ma'danlari ham xonimlar boʻlganidan, koʻpdan beri kutardimki, ayollar olamida Risola-i Nurning mohiyati tushunilsin. Lillahilhamd, bu atrofda ham, bu yaqinda erkaklardan koʻproq bir ishtiyoq va faoliyat bilan bu yerdagi xonimlar toʻliq gʻayrat qilyaptilar, Savli muboraklarning opa-singillari ekanliklarini koʻrsatyaptilar. Bu ikki koʻrinish bu zamonda bir xayrli ishdirki; oʻsha shavqat ma'danlarida Risola-i Nur porlaydi, fathlar qiladi.

Ham Sav qishlogʻining bahodir choʻponlari, toʻrvalarida Risola-i Nurni yozish uchun tashishlari, ayni u yerdagi xonimlarning fidokorliklari kabi, bu atrofda gʻoyat ta'sirli tashviq sababi boʻladi. Oʻsha xonimlar va oʻsha choʻponlarning xususiy ismlarini bilishni istaymiz. Toki xususiy ismlari bilan xos talabalar ichiga kirsinlar.

Kotib Usmonning haqiqatli tushi, haqiqatdan buyuk bir haqiqatga ishorat qiladi. Juda muborak va xushxabarlidir. Rushduning tushida, Paygʻambarimizning (S.A.V.) amrlari bilan Hazrat Siddiq (R.A.) minbarda Yigirma Toʻqqizinchi Soʻzni xutbalarida koʻrsatishlari kabi; oʻsha koʻkdan tushgan Huriya ham ilovani xutba sifatida oʻqishi, Risola-i Nurning maqbuliyatiga goʻzal bir ishoratdir.

***
— 96 —

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Latif va ma'nodor va bashoratli ikki hodisani bayon qilaman:

Birinchisi: Ma'yusona bir xotiradan xushxabarli bir eslatma:

Bu kunlarda xotirimga keldiki: Hayoti ijtimoiyaga kirgan qaysi narsa bilan munosabatda boʻlmasin, aksariyat bilan gunohlarga ma'ruz qoladi. Har tomonda gunohlar bemalol insonni oʻrayaptilar. "Buncha gunohlarga qarshi insonning xususiy ibodat va taqvosi qanday qarshi tura oladi?" deb ma'yusona oʻyladim.

Hayoti ijtimoiyadagi Risola-i Nur talabalarining vaziyatlarini xotirladim. Risola-i Nur shogirdlari haqida najotlariga va ahli saodat boʻlganliklariga doir kuchli ishorati Qur'oniyani va bashorati Alaviyani va Gʻavsiyani oʻyladim. Qalban dedimki: "Har biri ming yerdan kelgan gunohlarga qarshi bir til bilan qanday qarshi turadi, gʻalaba qiladi, najot topadi?" deb hayron qoldim. Bu hayratimga javoban eslatildiki:

Risola-i Nurning haqiqiy va sodiq shogirdlarining oʻrtalaridagi asos dastur boʻlgan uxroviy ishlarda sherikchilik qonuni bilan hamda samimiy va xolis birdamlik sirri bilan har bir xolis, haqiqiy shogird bir til bilan emas, balki qardoshlari adadicha tillar bilan ibodat qilib istigʻfor aytib ming tarafdan hujum qilgan gunohlarga, minglab til bilan qarshilik qiladi. Ba'zi maloikaning qirq ming til bilan zikr qilganlari kabi; xolis, haqiqiy, taqvodor bir shogird ham, qirq ming qardoshining tillari bilan ibodat qiladi, najotga haqdor va inshaAlloh ahli saodat boʻladi. Risola-i Nur doirasida sadoqat va xizmat va taqvo va katta gunohlardan saqlanish darajasi bilan oʻsha yuksak va kulliy ubudiyatga sohib boʻladi. Albatta bu buyuk yutuqni qoʻldan chiqarmaslik uchun taqvoda, ixlosda, sadoqatda gʻayrat koʻrsatish kerak.

Ikkinchisi: Eski zamonda, oʻn toʻrt yoshda ekan ijozat olishning alomati boʻlgan ustoz tarafidan salla oʻratish, menga bir yaktak kiydirish vaziyatiga monelar boʻldi. Yoshimning kichikligi bilan, mamlakatimizda katta domlalarga maxsus qiyofaga kirish yarashmagani...

Ikkinchidan: Oʻsha zamonda katta olimlar menga nisbatan ustozlik vaziyati emas, yo raqib yoxud taslimiyat darajasiga kirganlari uchun, menga yaktak kiydiradigan va ustozlik vaziyatini oladigan oʻzlariga ishonganlar topilmadi. Va buyuk valiylardan toʻrt-beshta zotning vafot qilganlari uchun, ellik-oltmish yildir ijozatning zohir alomati boʻlgan yaktakni kiyish, va bir ustozning qoʻlini oʻpish, ustozligini qabul qilish haqqimni bu kunlarda, yuz yillik bir masofada Hazrat Mavlono Zuljanohayn Xolid Ziyoviddin oʻz yaktaklarini, oʻsha yaktakka oʻralgan bir salla bilan juda gʻarib bir tarzda menga kiydirish uchun yuborganlariga ba'zi alomatlar bilan menga qanoat keldi.

— 97 —

Men ham oʻsha muborak va yuz yoshlik yaktakni kiyayapman. Janobi Haqqa yuz minglar shukr qilaman.

{(Hoshiya) Bu muborak omonatni Risola-i Nur talabalaridan va oxirat opaxonlarimizdan Osiyo ismli bir muhtaram xonim qoʻli bilan oldim.}

***

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Sizga yuborgan Hizb-ul Akbar-il Qur'oniyning boshida yozilgan unvon ichida bir jumla nuqson qolgan. Jumladan:

"Moʻ'jizotli bir vird oʻqishni istagan buni oʻqisin" oʻrniga, "Moʻ'jizotli va har bir harfi oʻn va yuz va besh yuz va ming va minglar qadar savob va meva bergan bir virdni oʻqishni istagan, bu samoviy virdni oʻqisin" deb yoziladi.

— 98 —

Ikkinchidan: Bundan avval xushxabarli xotirada, "Har bir xolis va haqiqiy taqvodor shogird qardoshlari adadicha tillar bilan ibodat qilib istigʻfor aytadi" parchasiga, yana bir eslatma bilan bu kelgan jumla ilova qilinsin: Jumla ham budir:

"Risola-i Nur doirasiga, sadoqat va xizmat va taqvo va katta gunohlardan saqlanish darajasi bilan, oʻsha yuksak va kulliy ubudiyatga sohib boʻladi. Albatta bu buyuk yutuqni qochirmaslik uchun taqvoda, ixlosda, sadoqatda gʻayrat koʻrsatish kerak."

Uchinchidan: Layla-i Qadringizni va kelayotgan bayramingizni butun ruhu jonimiz bilan tabriklaymiz va qutlaymiz.

***

Aziz, siddiq, muborak qardoshlarim, dunyoda tasallimga sabab va barzoh yoʻlida nuroniy yoʻldoshlarim va mahsharda inshaalloh shafoatchilarim!

Sizning ham Layla-i Qadringizni, ham bayramingizni butun ruhu jonim bilan tabriklayman, qutlayman.

Ikkinchidan: Hozirgacha hech koʻrmaganim bir suratda, dahshatli bir xastalikdan kutilmagan bir tarzda Risola-i Nurning xolis talabalarining shifo duosining natijasi boʻlib, moʻjiza kabi birdan gʻaroyib bir karomat bilan shifo topganimni sizga xabar beraman. Bu voqeani mushohada qilgan Amin bilan Fayzining oʻsha gʻaroyib xastalikka oid keladigan bayonini ibrat olishga sabab boʻladi deb sizga yuboryapman. Barcha qardoshlarimizga bir-bir salom aytaman va duo qilaman. Xusrav haqida ham xavotirlanyapman.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
***

Ispartadagi aziz qardoshlarimizga!

Ustozimizning xastaliklari haqidagi koʻrgan narsalarimizni aytamiz va Ustozimizning sogʻayganlarini sizlarga xushxabar berishni istaymiz.

Ramazoni Sharifda besh kun savmi visol ichida ozuqa sifatida, nonsiz muhallabi uch qoshiq va besh-olti qoshiq ham sovuq qatiqdan. Uchinchi kecha, yarim qoshiq muhallabi va toʻrtinchi kecha iftorda suvli ugradan besh qoshiq, saharlikda yana oʻsha ugradan va qatiqdan uch-toʻrt qoshiq, suv hisobga olinmasligi sharti bilan ugradan besh dirham, qatiq suzilsa oʻn dirham, muhallabi suvsiz olti-yetti dirham, beshinchi kechada, guruchsiz kabi gʻoyat yengil ugra besh-olti qoshiq, saharlikda olti-yetti qoshiq guruch shoʻrvasi, hammasi oʻttiz dirham (96 gr.) ozuqa bilan besh kun savmi visoli, taroveh nuqson boʻlib, boshqa vazifalarning qilinishi, Risola-i Nur shogirdlarini qamragan inoyatning gʻaroyiblaridan bir karomatini koʻrdik.

Ustozimizdan umuman koʻrmaganimiz, ikkimiz ya'ni Amin, Fayzi; Barla, Isparta Sulaymonlari kabi nozikdan nozik xastalik {(Hoshiya) Xastalik shunchalar shiddatli ediki, toʻrt kechada deyarli bir soat qadar uyqu keldi.} hiddatlarini qoʻzgʻatmaslik uchun ehtiyot qilolmaganimiz uchun, shiddatli hiddatini koʻrdik. Bu xastalikda yana asari rahmatdirki, hech es va xayolga kelmagan oxirgi oʻn kunning gʻoyat muhim tunlarida, ustozimizning toʻliq ado qilolmagan vazifalari oʻrnida, bu atrofda har bir shogird, oʻz xususiy ishidan tashqari, bir soatni Ustozi hisobiga Risola-i Nur shogirdlarining mujohada-i ma'naviyalariga ishtirok va ularni maqsad qilib ularning amallar daftariga oʻtishini, ayni ustoz kabi ishlashni boshladilar. Demak ustoz oʻrinlariga u kishining bir necha soat ishlashlariga badal, juda koʻp soatlar oʻsha vazifani qilishni boshladilar. Hatto Ustozimiz derdilar: "Ahamiyatsizligim bilan birga Isparta atrofida qardoshlarimizning uxroviy amallariga bir asos, bir hayajonlantiruvchi hukmida mening nuqsonli ishlashim yetarli boʻlmayotgan edi; Janobi Haq rahmati bilan, bu xastalik vositasi bilan bir shaxsi ma'naviy va kuchli bir asos boʻladigan bu tadbirni ehson qildi, juz'iyatdan kulliyatga chiqardi."

— 99 —

Yana bu xastalikning goʻzalliklaridandirki, ustozimizning hech ovozlari chiqmas edi, gapirolmas edilar. Kutilmaganda, bir iftor vaqtida bir doktor keldi, qoʻllarini ushladi. Ustozimiz: "Men xastaligimni tekshirtirmayman, men hakimlarga muhtoj emasman. Hakim Janobi Haqdir", dedilar. Birdan jonlandilar, ovozlari chiqishni boshladi. Goʻyo oʻzlari bir doktor shaklini oldilar. Doktor esa xasta vaziyatiga kirdi. Doktorga muhim bir maktub oʻqidilar, doktorning dardiga davo boʻladigan bir dori boʻldi. Soʻngra zambarakdan oʻq otildi. Doktorga: "Bu yerda iftor qil", dedilar. Doktor dediki: "Bugun qusurim bor, roʻza tutolmadim" deyishi bilan juda hayrat qilganimiz ustozimizning vaziyatlari, roʻzasini buzgan bir doktorning tib nuqtasida hokimona vaziyatini qabul qilmagani uchun oʻsha vaziyat u kishiga berilganini bildik.

Ha, Risola-i Nurning shaxsi ma'naviysidan kelgan shifo duosi, unday yuz ming doktorga muqobil keladi deb biz ham tasdiq qildik. Bu xastalikning Layla-i Qadrda Risola-i Nurning talabalari, xususan ma'sumlar qilgan shifo duolari shunday bir daraja gʻaroyib bir suratda ta'sirini koʻrsatdiki, ustozimizga sihat holidan yanada yaxshi bir suratda birdan bir vaziyat berildi. Layla-i Qadrga loyiq bir tarzda ishlashni boshladilar. Risola-i Nur shogirdlaridan kelgan bu duo-i shifo, gʻaroyib bir moʻ'jiza kabi bir karomat boʻlganini biz koʻzimiz bilan koʻrdik.

U yerda boʻlgan qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz va hurmatlarimizni arz qilib duolarini istaymiz.

Bu yerdagi Risola-i Nur shogirdlaridan qardoshingiz
Amin, Mahmud Fayzi
***
— 100 —
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq, muborak qardoshlarim va xizmati Qur'oniyada gʻayratli va quvvatli birodarlarim va tariqi haqda va barzoh sayohatida va oxirat yoʻlida nuroniy yoʻldoshlarim!

Sizning bayramingizni, Layla-i Qadringizni, Ramazoni Sharifda maqbul duolaringizni butun ruhu jonim bilan tabriklayman va qutlayman. Janobi Haq bu bayramning sururini haqiqiy va keng va umumiy sururga muqaddima va vasila aylasin, omin.

Ikkinchidan: Sizning bu muborak bayramning hadyasi sifatida yuborgan nurli qalam hadyalaringizni shunchalik qiymatdor koʻrayabmanki, ta'rif qilolmayman. Jannat-ul Firdavsda obi kavsar koʻzalari kabi, kamoli ishtiyoq va shukron bilan va sururli koʻz yoshi bilan qabul qilib boshimga qoʻydim. Bunday olmos qilich kabi qalamlarni va haqiqat qahramonlarini Risola-i Nurga ehson qilgan Janobi Haqqa hadsiz hamd va shukr qilaman.

Sizlarga ham oʻsha muborak kitoblarning, yozuvlarning har bir harfi evaziga Janobi Arhamurrohimiyn oʻn hasana ehson aylasin deb niyoz qilaman.

Haqiqatdan Xusravning joyini tark qilishi meni juda ranjitgan edi. Ammo Tohiriy oʻsha porloq qalami bilan mening oʻsha qaygʻularimni ketkazdi. U barcha oila a'zolari bilan, padar va volidasi bilan Risola-i Nurning xos talabalari ichida har doim hissador boʻladilar.

Ham bu Tohir sabab bugundan e'tiboran Otaboy ham, Islomkoʻy, Sava Qishlogʻi, Kuleoʻnu qishloqlari kabi Nurs qishlogʻiga oʻrtoq boʻlib umum ma'naviy yutugʻimizga hissador boʻldi.

Ispartaning Hofiz Alisi (Kotib Usmon) haqiqatdan ikkinchi bir Xusrav ekaniga, mening ham qanoatim keldi. Janobi Haq uni va Mehmed Zuhdu kabi koʻp fidokorlarni va Risola-i Nurning haqiqiy sohiblarini Ispartaga ehson aylasin, omin.

— 101 —

Muboraklarning qahramonlaridan katta Abdurahmonning, Kichik Alining, Hofiz Mustafoning faoliyat va gʻayratlari va Hofiz Mustafoning bu safargi maktubidagi ba'zi nuqtalari meni surur yoshi bilan yigʻlatdi. Faqat bu qadar borki, bir jild ichida yuborilgan yigirma besh banknot topildi, kimning jildidan chiqqanini bilolmadik. Bilasizki, butun umrimda hech kimdan hadyalarni qabul qilolmayman. Hatto Rushduning bu safargi hadyasini rad qilib xotirini sindirdim, orqa qaytardim. Janobi Haq meni muhtoj qoldirmaydi. Insonlarga ham muhtoj qilmaydi. Men haqqimda qaygʻurmang. Ammo Muboraklar Hay'atida shunday bir shaxsi ma'naviy his qilayapmanki, qoidamni unga qarshi muhofaza qilolmayapman. U shaxsi ma'naviyning jahlini chiqarmaslik va ranjitmaslik uchun, faqat oʻsha puldan qarz sifatida besh lirani bu bayram xayrli ishlariga sarf qilish uchun qabul qildim. Yigirmasini Sabri vositasida va nomidan qaytib yuboryapman, xafa boʻlmanglar. Va ayniqsa حسن ع م gʻoyat mustasno qalami bilan toʻrtta goʻzal hadyalari juda ham qiymatdor koʻrindi. Inshaalloh bu atrofda koʻplarni shavq bilan yozishga chorlaydi. Bunday quvvatli qalamlarni Risola-i Nurga ehson qilgan Janobi Haqqa yuz minglar shukr.

Muboraklar Hay'atida Mehmedning maktubi meni juda ham sevintirdi. Hozir yozgan vaqtimda yonimda boʻlgan mamlakatning ulugʻlariga oʻqidim. Oʻsha ulugʻlar ham "Mashaalloh, Barakalloh" dedilar, hayrat bilan olqishladilar. U maktubning va boshqalarning bittadan qismini Ilovaga qayd qilamiz.

Abdurrahmonning birinchi vorisi va Risola-i Nurning birinchi shogirdi Katta Mustafoning istiqboldagi birodari Hoji Usmonning maktubi va oʻsha maktubdagi tushlari ma'nodor va qilgan ta'biri ham toʻgʻridir.

Aziz qardoshlarim, siz bilan gaplashayotgan vaqtim iftor vaqtiga yarim soat qolibti. Bayram kechasi, xastalik shiddatli. Shuning uchun ortiqcha gapirolmayman. Menda katta va tahlikali xastalikdan, Risola-i Nurning shaxsi ma'naviysining moʻ'jiza kabi shifo duosi karomati bilan oʻsha tahlika oʻtdi. Ammo shunday shiddatli bir aksirish, bir hayajon borki, siz kabi jonimdan ortiq sevgan qardoshlarim bilan soʻzlashishni tugataman.

Faqat bu qadar borki, Isparta atrofida yuzlab yosh Saidlar va Xusravlar yetishganlar. Bu keksa va zaif Said dunyodan mukammal qalb istirohati bilan vidolashishga tayyor. Ayniqsa ahamiyatli bir Madrasa-i Nuriya boʻlgan Sava qishlogʻining boshda Hoji Hofiz boʻlib Ahmadlari, Mehmedlari, hatto muhtaram xonimlari (Tohirning rafiqa va qizlari kabi) va ma'sum bolalari Risola-i Nur bilan mashgʻul boʻlishlarini oʻylagan sari bu dunyoda Jannat hayotining ma'naviy bir navini zavq qilyapman, koʻryapman. U yerning Ahmadlarining hadyasini umum oʻsha qishloq nomidan bir tabarruk deb, oʻpib boshimga qoʻydim.

***
— 102 —

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Janobi Haqqa hadsiz shukr boʻlsinki, gʻoyat shiddatli va dahshatli xastaligim gʻoyat marhamatli va juda savobli boʻlib ofiyatga oʻrnini qoldirib ketdi. Juda buyuk bir ne'mat ichida boʻlganini men va bu yerdagi birodarlarim tasdiqladik.

Ham Janobi Haqqa hadsiz shukr qilaman va hamd aytamanki, sizlarning bu safargi hadya-i Ramazoniyangiz boʻlgan juda goʻzal nusxalaringiz; bu bayramimni koʻp bayramlarni birdan toʻplagan bir kulliy bayram hukmiga oʻtdi. Va ayniqsa ikkinchi Xusrav boʻlgan birinchi Tohir gʻoyat diqqat va tavofuqli yozgan risolalari meni shu daraja minnatdor va masrur qilyaptiki, qoʻlimdan kelsaydi har bir nusxasiga oʻn oltin lira berar edim. Bu daraja quvvatli bir shogird Risola-i Nurga sohib chiqishi, umidlarimizni juda ham quvvatlantirdi.

Oʻz qishlogʻini Sava qahramonlari va Muboraklar qishloqlari safiga keltirdi. Otaboy (Aras) u va u kabilar bilan faxrlanishi kerak. Uning nusxalarida xatolar juda ham oz. Faqat u yerlardagi nusxalarda ma'nosi tushunilmagan ba'zi kalimalar bor ekanki, koʻchirishda oʻshanday qayd qilingan. Mening tahririmdan oʻtgan nusxalar bilan solishtirilsa, yaxshi boʻladi. Oʻsha quvvatli va fidokor qardoshimizning ma'sum bolalari va rafiqasi yozgan risolalarni goʻzal tarzda jildladik. Koʻrganlarga, xususan bu yerdagi Risola-i Nurning ayollar doirasidagi qizlar va xonimlarga gʻoyat ta'sirli va jozibador bir namuna-i tashviq boʻldi.

Oydinli Hasanning haqiqatdan gʻoyat mustasno qalami bor va yozuvlarida toʻliq ixlos koʻrinadi. Bu kishi qachondan beri Risola-i Nurga kirganini va qay holda ekani haqida qiziqyapman.

Bu safar Xulusiydan uzun bir maktub, Abdulmajid vositasida oldim. Haqiqatdan, oʻsha qardoshimiz sabot va matonat va ixlosda birinchilikni muhofaza qilyapti. Men ham Abdulmajid vositasi bilan unga yozdimki: Ispartadagi qardoshlarimizga yozgan maktublarimda sen ham bir tinglovchimsan, sen bilan xabarlashishni toʻxtamagan deb yozdim.

— 103 —

Xusrav, Ra'fat, Rushduning vaziyatlarini ham qiziqyapman. Va ayniqsa Xusrav qay holda? Va Nur fabrikasining sohibi Hofiz Ali sogʻ-salomatmi?

Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz.

***

Bugunlarda ikkita nozik masala qalbga keldi. Vaqtida qalamga ololmadim. Oʻsha vaqt oʻtgandan keyin oʻsha ahamiyatli haqiqatlarga bittadan ishorat qilamiz.

Birinchisi: Qardoshlarimizdan birining namoz tasbehotida tanballik qilishiga binoan dedim: Namozdan keyingi tasbehotlar, tariqati Muhammadiyadir (S.A.V.) va valoyati Ahmadiyaning (S.A.V.) bir avrodidir! Oʻsha nuqtadan ahamiyati buyukdir. Soʻngra bu kalimaning haqiqati bunday ochildi: Qandayki risolatga inqilob etgan valoyati Ahmadiya (S.A.V.) barcha valiyliklardan ustundir; xuddi shuning kabi, oʻsha valiylikning tariqati va oʻsha valoyati kubroning avrodi maxsusasi boʻlgan namozdan keyingi tasbehot, oʻsha daraja boshqa tariqatlardan va virdlardan ustundir. Bu sir ham shunday ochildiki:

Qandayki zikr doirasida bir majlisda yoxud xatma-i Naqshiyada bir masjidda bir-biri bilan aloqador hay'ati majmuada nuroniy bir vaziyat his qilinadi. Qalbi xushyor bir zot namozdan keyin "Subhanalloh, Subhanalloh" deb tasbeh aytarkan, oʻsha doira-i zikrning raisi boʻlgan Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalomning qarshisida, yuz million tasbeh qilganlar, tasbeh qoʻlida qilganlarini ma'nan his qiladi; oʻsha azamat va ulviyat bilan "Subhanalloh, Subhanalloh" deydi. Soʻngra oʻsha sarzokirning amri ma'naviysi bilan unga ergashib "Alhamdulilloh, Alhamdulilloh" degan vaqti, oʻsha halqa-i zikrning va oʻsha juda keng doirasi boʻlgan xatma-i Ahmadiya Alayhissalotu Vassalomning doirasida yuz million muridlarning "Alhamdulilloh, Alhamdulilloh"laridan chiqqan azamatli bir hamdni oʻylab ichida "Alhamdulilloh" bilan ishtirok qiladi va hokazo... "Allohu Akbar, Allohu Akbar" va duodan keyin "La ilaha illalloh, La ilaha illalloh" oʻttiz uch marta oʻsha tariqati Ahmadiya Alayhissalotu Vassalomning halqa-i zikrida va xatma-i kubrosida oʻsha sobiq ma'no bilan u tariqatchi qardoshlarni nazarga olib, oʻsha halqaning sarzokiri boʻlgan Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalomga yuzlanib اَلْفُ اَلْفِ صَلَاةٍ وَ اَلْفُ اَلْفِ سَلَامٍ عَلَيْكَ يَا رَسُولَ اللّٰهِ deydi, deb tushundim va his qildim va xayolan koʻrdim. Demak namoz tasbehotining katta ahamiyati bor.

— 104 —

Ikkinchi Masala: Oʻttiz birinchi oyatning ishoratining bayonida, يَسْتَحِبُّونَ الْحَيٰوةَ الدُّنْيَا bahsida aytilganki: Bu asrning bir xususiyati shuki: Hayoti dunyoviyani hayoti boqiyadan bilib turib ustun qoʻydiradi. Ya'ni, sinadigan bir shisha parchasini boqiy olmoslardan bilgani holda ustun qoʻyish bir dastur hukmiga oʻtgan. Men bundan juda hayrat qilardim. Shu kunlar eslatildiki:

Qandayki bir a'zo-i insoniy kasal boʻlsa, yaralansa, boshqa a'zolar vazifalarini qisman tashlab uning yordamiga yuguradilar. Xuddi shuning kabi, hirsi hayot va muhofazani, zavqi hayot va ishqni tashigan va fitrati insoniyada joylashtirilgan bir jihozi insoniya, koʻp sabablar bilan yaralangan, boshqa latifalarni oʻzi bilan mashgʻul qilib tanazzulga uchratishni boshlagan; vazifa-i haqiqiyalarini ularga unuttirishga harakat qilyapti.

Ham qandayki bir jozibador, safihona va sarxushona dabdabali bir oʻtirish boʻlsa, bolalar va beboshlar kabi katta maqomlarda boʻlgan insonlar va oʻralgan xonimlar ham oʻsha jozibaga berilib haqiqiy vazifalarini tark qilib ishtirok qiladilar. Xuddi shuning kabi, bu asrda hayoti insoniya, xususan hayoti ijtimoiyasi shunday dahshatli, faqat jozibali va alamli, faqat qiziqarli bir vaziyat olganki, insonning yuksak latifalarini va qalb va aqlini nafsi ammorasining orqasiga tushurib parvona kabi oʻsha fitna otashlariga tushirtiryapti.

— 105 —

Ha, hayoti dunyoviyaning muhofazasi uchun zarurat darajasida boʻlish sharti bilan, ba'zi oxiratga oid ishlardan vaqtinchalik ustun qoʻyilishiga ruxsati shar'iya bor. Ammo faqat bir ehtiyojga binoan, halokatga sabab boʻlmagan bir zararga koʻra ustun qoʻyilmaydi, ruxsat yoʻqdir. Holbuki bu asr oʻsha inson hissini shu daraja shishirganki, kichik bir ehtiyoj va oddiy dunyoviy zarar sababli olmos kabi diniy ishlarni tark qiladi.

Ha, insoniyatning yashash hissi va hayotni muhofaza qilish jihozi bu asrda isroflar bilan va iqtisodsizlik va qanoatsizlik va hirs sababli barakaning koʻtarishi bilan hamda faqirligu tirikchilik qiyinchiligi koʻpayishi bilan shu daraja oʻsha his yaralangan va sharoiti hayotning ogʻirlashishi bilan shu daraja ziyon koʻrgan va doimo ahli zalolat nazari diqqatni shu hayotga jalb qila-qila shu daraja nazari diqqatni oʻziga jalb qilganki, kichkina bir hayotiy ehtiyojlarni ulkan diniy bir masaladan ustun qoʻydiradi. Bu ajib asrning bu ajib xastaligiga va dahshatli maraziga qarshi Qur'oni Moʻjiz-ul Bayonning tiryoqmisol dorilarining noshiri boʻlgan Risola-i Nur tayana oladi. Va uning metin, tebranmas, sabotkor, xolis, sodiq, fidokor shogirdlari bardosh qiladilar. Unday boʻlsa, hamma narsadan avval uning doirasiga kirish kerak. Sadoqat bilan, toʻliq matonat va jiddiy ixlos va toʻliq ishonch bilan unga yopishish lozimki, oʻsha ajib xastalikning ta'siridan qutulsin.

Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz.

***

Aziz, siddiq va sabotkor qardoshlarim!

Sizning faoliyatingiz va sabotkorona ishlashingiz, Risola-i Nur doirasining zambaragi hukmida bizlarni va koʻp yerlarni harakatga keltiryapsiz. Alloh sizdan abadiyan rozi boʻlsin. Ming omin omin.

Sizga, Hizb-ul Qur'oniydan avval yuborilgan Risola-i Nurning Vird-ul A'zamiga ilova qilish uchun bir qismni yozdik, bir qismni ham Yigirma Toʻqqizinchi Yogʻduda joyini koʻrsatdik. Mening xususiy tafakkurlarim oʻsha navdan boʻlgani uchun menga eslatildi, men ham yozdim.

— 106 —

Ikkinchidan: Bir necha kun avval, sizga yuborgan oxirgi maktubimdagi hayoti dunyoviyaning hayoti diniyaga gʻalaba qilishiga doir ikkinchi masalasi munosabati bilan gʻoyat nozik va qalamga olinmas bir ma'no qalbga zohir boʻldi. Faqat gʻoyat qisqa oʻsha ma'noga bir ishorat qilaman. Jumladan:

Bu ajib asrning hayotparast ahli zalolatni aldatgan, sarxush qilgan; foniylardan yuzaki olgan zavqlarini gʻoyat achchiq va alamli ekanini hamda ahli iymonning va hidoyatning ayni yerda va oʻsha foniylarda boqiyona va yuksak bir zavq borligini koʻrdim va his qildim, ammo ifoda qilolmayman.

Risola-i Nurning koʻp joyida isbot qilinganki, ahli zalolat uchun, hozirgi zamondan tashqari hamma narsa mavjud emas va firoqlarning alamlari bilan toʻladir. Ahli hidoyat uchun moziy, istiqbol ichidagilari bilan mavjuddir, nurlidir. Aynan shuning kabi, foniylarda, ya'ni oʻtgan vaqtinchalik vaziyatlar ahli dunyo uchun fano-i mutlaq qorongʻuliklarida mavjud emasdir, ahli hidoyat uchun mavjuddir deb koʻrdim. Chunki eski zamonda juda aloqador boʻlganim zavqli yoki qiymatli va sharafli vaqtinchalik vaziyatlarni hasrat bilan xotirladim, mushtoqona orzuladim. Nima uchun bu muborak vaziyatlar moziyda qolib foniy boʻlsin deb oʻylar ekanman, Iymoni Billoh nuri eslatdiki, u vaziyatlar garchi suratan foniydirlar, bir necha jihatda mavjuddirlar. Chunki Janobi Haqning boqiy ismlarining jilvalari boʻlgan oʻsha vaziyatlar, doira-i ilmda va mahfuz lavhalarda va misoliy lavhalarda boqiy boʻlganlari kabi, nuri iymon bergan boqiyona munosabat nuqtasida zamon uzra bir vaziyatda mavjudlar. Sen oʻsha vaziyatlarni koʻp jihat bilan va koʻp ma'naviy kinolar bilan koʻra olasan va kira olasan deb tushundim. Va dedimki: "Modomiki Alloh bor, hamma narsa bor" zarbulmasal jumlasi bu buyuk haqiqatni ham ifoda qiladi. Kim uchun Alloh boʻlsa, ya'ni Allohni bilsa, hamma narsa mavjuddir. Kim Allohni bilmasa, unga hamma narsa mavjud emas, deb dalolat qiladi. Demak alamli, qorongʻu, hasratli bir dirham zavqdan, ayni yerda yuz daraja ziyoda doimiy, alamsiz bir zavqdan safohat bilan ustun qoʻyganlar, aksi maqsudlari bilan ayni zavqda alamli alamlarni oladi."

***
— 107 —
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ ثَوَابَاتِ قِرَائَةِ حُرُوفَاتِ الْقُرْاٰنِ الَّت۪ى قَرَاْتُمُوهَا بِنِيَّتِنَا ف۪ى رَمَضَانَ

Aziz, siddiq, muborak qardoshlarim!

Hofiz Alining bu safargi maktubida juda muborak duolari meni va bizni eng chuqur ruhimizdan baxtiyor qilib shukrga chorladi. Va har musibatzadaga va huzn va qaygʻularga tushganlarga ma'no-i ishoriysi bilan madadras va xaloskor va shifo va sababi surur boʻlgan اَلَمْ نَشْرَحْ لَكَ صَدْرَكَ va اِنَّ مَعَ الْعُسْرِ يُسْرًا har musibatzadaga qaragani kabi, bu oʻtgan xastalik jihati bilan bizga ham qaraganini yozyapti. Ha, Hofiz Ali oʻsha nuqtani batamom koʻrgan. Men ham tasdiqlab deymanki: Agar oʻsha xastalik yigirma daraja koʻpaysa edi, bizlarga qozontirgan natijaga nisbatan yana arzon tushar edi va rahmat boʻlar edi. Ammo Hofiz Alining oʻz ustozi haqida, mening haddimdan juda koʻp isnod qilgan ustunlik va ma'sumiyatni, uning ma'sum lisoni bilan haqqimda madh emas, balki bir navi duo oʻlaroq tasavvur qilamiz.

Ham Hofiz Alining, Sava kabi yerlar, qishloqlar va Isparta bittadan Madrasa-i Nuriya hukmiga oʻtishi va Risola-i Nurning sodiq shogirdlari hayratomuz tarzda kundan kunga yuksalishlari va nurlanishlari, bizlarni, balki Anadoluni, balki Olami Islomni shod va xurram qilgan haqiqatli xabar deb qabul qilamiz.

Oxiridagi bayonida, Muxbiri Sodiq xabar bergan "Ma'naviy fathlar qilish va zulmatlarni tarqatish, zamon va zamin deyarli kelishi" degan bayoniga, butun ruhu jonimiz bilan rahmati Ilohiyadan niyoz qilamiz, tilaymiz. Faqat Biz Risola-i Nur shogirdlari esa: Vazifamiz xizmatdir, vazifa-i Ilohiyaga qoʻshilmaslik va xizmatimizni uning vazifasiga bino qilish bilan bir navi tajriba qilmaslik bilan barobar; songa emas, sifatga qarash; ham koʻpdan beri axloqning tubanlashishiga va hayoti dunyoviyani har jihat bilan hayoti uxroviyadan ustun qoʻydirishga chorlagan dahshatli sabablar ostida Risola-i Nurning hozirgacha fathlari va zindiqlarning va zalolatlarning hujumlarini sindirishi va yuz minglab bechoralarning iymonlarini qutqarishi va har biri yuzga va mingga teng yuzlab va minglab haqiqiy moʻmin talabalarni yetishtirishi, Muxbiri Sodiqning xabar berishlarini aynan tasdiqlagan va hodisalar bilan isbot qilgan va inshaalloh yana qiladi. Va shunday ildiz otganki, inshaalloh hech bir kuch Onadoʻlining siynasidan uni chiqara olmaydi. Oxirzamonda, hayotning keng doirasida asl sohiblari Janobi Haqning izni bilan keladi, oʻsha doirani kengaytiradi va oʻsha danaklar unib chiqadi. Bizlar ham qabrimizda tomosha qilib, Allohga shukr qilamiz.

— 108 —

Hofiz Alining qiymatdor bir qardoshimiz boʻlgan Oydinli Hasan Atif haqida madhi va tafsili bizni minnatdor etdi. Oʻsha qardoshimiz ham xoslar ichida har tong yonimizdadir.

***

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Sizni tabriklaymiz, haqiqatdan mudaqqiq hofizsizlar. Xusrav yozgan Qur'onda nozik sahvlarini topishingiz, hifzingizning quvvatiga toʻliq dalolat qiladi. Bizlar sizdan minnatdor boʻldik va tashakkur aytamiz. Janobi Haq sizlardan abadiyan rozi boʻlsin. Bu munosabat bilan, Risola-i Nurning qahramoni boʻlgan Xusrav, Risola-i Nurning xizmatida koʻrsatgan gʻaroyib ishlarini, namuna boʻlish uchun bir qismini bayon qilamiz. Jumladan:

Bu zot, toʻqqiz-oʻn yil mobaynida toʻrt yuzta risola qadar diqqatli va tavofuqli qilib Risola-i Nurdan yozgani kabi; hofiz boʻlmagani holda yozgan ikki mukammal Qur'on bilan va uchinchisi -parcha-parcha suratda- koʻz bilan koʻrinadigan bir navi i'jozi Qur'onni koʻrsatadigan bir tarzda uchta Qur'onni yozgan; toʻliq solishtirilmasdan bizga kelgan; biz ham solishtirmasdan sizga yuborgan edik. Sizlar ham mukammal diqqat bilan haraka va harflarda koʻrganingiz qirq-ellikta sahv, Xusrav qalamining qay daraja gʻaroyib ekanini koʻrsatadi. Chunki har Qur'onning uch yuz ming olti yuz yigirmata harfida, shuncha haraka va sukunlarida faqat qirq-ellikta sahv boʻlishi, oʻsha qalamning joyiga tushishda gʻaroyib ekanini koʻrsatadi.

Latifdirki, Xusravning sahvini topgan bir zot, ikkita harfda bitta sahv qilgan. Xusrav yuz ming harfda bitta sahv qilgan. Tahrir qilgan, ikkita harfda nuqtani tashlab sahv qilgan. Demak, oʻsha diqqatli hofizning oʻsha sahvi Xusravning oʻsha sahvini afv ettiradi.

— 109 —

Ham bu Xusravning qalami kabi; fikri, qalbi ham oʻsha nisbatda gʻaroyib deb bilamiz. Risola-i Nurga boʻlgan aloqasi va ishtiyoqi va qanoati tobora taraqqiy va inkishof qilyapti. Hech bir hodisa uni boʻshashtirmayapti, sustlik bermayapti.

Ham uning bir gʻaroyib tomoni shuki: Risola-i Nurga besh yil begona qolgani holda, birdan bogʻlanib, bir oy mobaynida oʻn toʻrtta risolani Risola-i Nurdan yozgan.

Ham Qur'onning koʻz bilan koʻrilgan bir navi i'joz yogʻdusini, besh-oltita musxafda ishoratlar qildim, Qur'oniy arabcha xatlari mukammal boʻlgan qardoshlarimga taqsimladim. Bularning ichida Qur'onning arabcha xatida Xusrav ularga yetisha olmagani holda, birdan barcha oʻsha kotiblar va arabcha xat muallimidan oʻzdi. Va arabcha xatda eng mumtoz qardoshlarimizdan oʻn daraja oʻtdi. Ularning barchalari tasdiq qilib: "Ha, bizdan oʻtdi, biz unga yetisholmayapmiz" dedilar. Demak, Xusravning qalami Qur'oni Moʻjiz-ul Bayonning va Risola-i Nurning moʻjizavoriy karomatlari va horiqolaridir.

Qardoshingiz
Said Nursiy
***

(Oldinroq hayoti dunyoviyani hayoti uxroviyadan ustun qoʻyishga doir yozilgan ikki parchaga qoʻshimchadir.)

Bu ajib asrning hayoti dunyoviyani ogʻirlashtirishi va yashash sharoitini ogʻirlatishi va koʻp qilishi va zaruriy boʻlmagan ehtiyojlarni urf-odat bilan ishqiboz va mubtalo qilish bilan zaruriy ehtiyojlar darajasiga keltirishi bilan, hayotni va yashashni hammaning har vaqt eng buyuk maqsad va gʻoyasi qilgan. U bilan hayoti diniya va abadiya va uxroviyaga qarshi yo toʻsiq qoʻyadi yoki ikkinchi, uchinchi darajada qoldiradi. Bu xatoning jazosi oʻlaroq shunday dahshatli ta'zir yediki, dunyoni boshiga Jahannam qildi.

Mana bu dahshatli musibatda ahli diyonat ham buyuk bir tahlikaga tushyaptilar va qisman tushunmayaptilar.

Jumladan: Men koʻrdimki; ahli diyonat, balki da ahli taqvo bir qism zotlar biz bilan gʻoyat jiddiy aloqadorlik paydo qildilar. Oʻsha bir-ikki zotda koʻrdimki; diyonatni istaydi va qilishini yaxshi koʻradi, toki hayoti dunyoviyasida muvaffaq boʻla olsin, ishi oʻngidan kelsin. Hatto tariqatni kashfu karomat uchun istaydi. Demak, oxirat orzusini va diniy vazifalarning uxroviy mevalarini, dunyo hayotiga bir tirsak, bir zinapoya kabi qiladi. Bilmaydiki, saodati uxroviya kabi saodati dunyoviyaga ham sabab boʻlgan diniy haqiqatlarning dunyoviy foydalari faqat murajjih (ustun qoʻydiruvchi) va tashviq qiluvchi darajasida boʻlishi mumkin. Agar asl sabab darajasiga chiqsa va oʻsha xayrli amalni qilishga sabab oʻsha foyda boʻlsa, oʻsha amalni bekor qiladi; loaqal ixlosi sinadi, savobi qochadi.

— 110 —

Bu xasta va gʻaddor va badbaxt asrning balo va vabosidan va zulm va zulmatidan eng sinalgan bir qutqaruvchi, Risola-i Nurning me'zonlari va muvozanalari bilan, nashr qilgan nuri ekaniga qirq ming shohid bordir. Demak, Risola-i Nur doirasiga yaqin boʻlganlar ichiga kirmasa, tahlika ehtimoli kuchlidir.

Ha, يَسْتَحِبُّونَ الْحَيٰوةَ الدُّنْيَا عَلَى الْاٰخِرَةِ ishorati bilan, bu asr hayoti dunyoviyani hayoti uxroviyaga ahli Islomga ham bilib turib, sevib turib ustun qoʻydirdi. Ham bir ming uch yuz oʻttiz toʻrtinchi (1334) yildan boshlab, shunday bir idora usuli ahli Islom ichiga ham kiritildi. Ha, عَلَى الْاٰخِرَةِ jifr va abjad hisobi bilan bir ming uch yuz oʻttiz uch (1333) yoki toʻrt boʻlib, ayni vaqtda Birinchi Jahon Urushida Islomiyat dushmanlari gʻalaba qozonish bilan, kelishuv shartlarini dunyoni dindan ustun qoʻyish idora usulining boshlanishiga tavofuq qiladi. Ikki-uch yil oʻtib amalda natijalari koʻrildi.

***

Aziz, siddiq qardoshlarim.

Bu shiddatli sovuqda sizdan xabar olmaganim uchun xavotirlanyapman. Sizga bu sovuq menga bergan shafqatli bir xavotirdan chiqqan orqadagi masalani yuboryapman. Balki sizga ham foydasi boʻladi.

Ham bu yerda foydasi koʻrilgan hashrga doir qismlarni Oʻninchi Soʻzning oxirida toʻplab, bir ilovasi hukmiga kelgandir. Birinchi qism, Toʻqqizinchi Shu'la boʻlgan muqaddima-i hashriya Oʻninchi Soʻzning orqasida yoziladi. Va buning orqasida oʻsha muqaddima-i hashriyaning birinchi maqomining oʻrnida va badaliga Oʻttizinchi Yogʻduning Ismi Hayyga doir Toʻrtinchi Ramz yoziladi. Buning orqasida, Ikkinchi Shu'la boʻlgan Tavhid Risolasining hashrni isbotiga doir Xotimasining boshidan to "Bu hashrning toʻrt masalasi hozircha yetar. Yana mavzumizga qaytamiz" jumlasigacha yoziladi. Soʻngra buning orqasida Keksalar Yogʻdusining Beshinchi Umidining oʻrtasidan boshlagan, "Ha, hadisning ochiq iifodasi bilan nav'-i basharning eng mumtoz shaxsiyatlari boʻlgan bir yuz yigirma toʻrt ming anbiyoning, oxirigacha.." to Oltinchi Umidga qadar yoziladi. Agar hashrga oid boshqa risolalarda bular kabi parchalar boʻlsa, munosib koʻrsangiz ilova qilarsiz. Bularning hay'ati majmuasining ta'siri buyukdir.

***
— 111 —

(Gʻoyat ahamiyatlidir.)

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

Shiddati shafqat va achinishdan, bu qishning shiddatli sovugʻi bilan birga ma'naviy va shiddatli sovuq va musibati bashariyadan bechoralarga kelgan falokatlar, halokatlar, faqirliklar, ochliklar shiddat bilan rahmimni keltirdi. Birdan eslatildiki: Bunday musibatlarda kofir boʻlsa ham, haqida bir navi marhamat va mukofot bordirki, u musibat unga nisbatan juda arzon tushadi. Bunday musibati samoviya ma'sumlar haqida bir navi shahidlik hukmiga oʻtadi.

Uch-toʻrt oydirki, dunyoning vaziyatidan va urushidan hech bir xabarim yoʻq ekan, Yevropada Rossiyadagi bola-chaqaga achinib esladim. Oʻsha ma'naviy eslatma bayon qilgan taqsimot bu alamli shafqatga bir malham boʻldi. Jumladan:

Oʻsha musibati samoviyadan va basharning zolim qismining jinoyatining natijasi oʻlaroq kelgan falokatdan vafot qilgan va abgor boʻlganlar, agar oʻn besh yoshga qadar boʻlganlar boʻlsa, qaysi dinda boʻlsa boʻlsin, shahid hukmidadir. Musulmonlar kabi buyuk mukofoti ma'naviyalari oʻsha musibatni hechga tushiradi.

Oʻn beshdan yuqori boʻlganlar, agar ma'sum va mazlum boʻlsa, mukofoti buyukdir; balki uni Jahannamdan qutqaradi. Chunki oxirzamonda modomiki fatrat darajasida din va dini Muhammadiyga (S.A.V.) bir loqaydlik pardasi kelgan va modomiki oxirzamonda Hazrat Isoning (A.S.) dini haqiqiysi hukm qiladi, Islomiyat bilan yelkama-yelka keladi. Albatta, hozir fatrat kabi qorongʻulikda qolgan va Hazrat Isoga (A.S.) mansub Nasroniylarning mazlumlari chekkan falokatlar ular haqida bir navi shahidlik deb boʻladi. Ayniqsa keksalar va musibatzadalar, faqir va zaiflar mustabid buyuk zolimlarning jabru shiddatlari ostida musibat chekyaptilar. Albatta oʻsha musibat ular haqida madaniyatning safohatidan va kufronidan va falsafaning zalolatidan va kufridan kelgan gunohlarga kafforat boʻlish bilan barobar, yuz daraja ularga foydadir deb haqiqatdan xabar oldim. Janobi Arhamurrohimiynga hadsiz shukr qildim. Va oʻsha azobli alami shafqatdan tasalli topdim.

— 112 —

Agar oʻsha falokatni koʻrgan zolimlar boʻlsa va basharning abgorligini tayorlagan gʻaddorlar va oʻz manfaati uchun inson olamini yondirgan xudgʻam, pastkash insiy shaytonlar esa, toʻliq haqdor va toʻliq adolati Rabboniyadir.

Agar oʻsha falokat chekkanlar, mazlumlarning yordamiga yugurganlar va istirohati bashariya uchun va asosoti diniyani va muqaddasoti samoviyani va huquqi insoniyani muhofaza qilish uchun kurashganlar boʻlsa, albatta oʻsha fidokorligining ma'naviy va uxroviy natijasi shu qadar buyukdirki; oʻsha musibatni ular haqida sababi sharaf qiladi, sevdiradi.

***

Qardoshlarim!

Bu kunlarda Rumuzoti Samoniyaga oid ikkita risolani ahamiyatli talabalarga, bir yerga yubordim. Yoʻl yopildi, ketmadi. Oʻsha ikkita risolani takror diqqat bilan mutolaa qildim. Fikran dedimki: "Bu zavqli, goʻzal, qiziqarli, shirin bir maqsadga boradigan bu tavofuqli yoʻlda nima uchun yuborilmasdan parda tushdi, boshqa yoʻlga chorlandik, ishlatildik."

Birdan eslatildiki: "Oʻsha gʻaybiy sirlarni ochadigan maslakdan yuz daraja yanada ahamiyatli va qiymatli va umumiy ehtiyojga sabab va hamma bu zamonda unga shiddat bilan muhtoj va Islomiyatning poydevorlari boʻlgan iymoniy haqiqatlar xazinasiga xizmat qilishga va foydalanishga zarar kelar edi. Eng buyuk va eng yuksak maqsad boʻlgan iymoniy haqiqatlarni ikkinchi darajada qoldirar edi. Shuning uchun edi."

Sura-i اِذَا جَٓاءَ نَصْرُ اللّٰهِ ramzida gʻaybiy sirlar koʻrsatildi; birdan yopildi, parda tushdi.

Ham bu sir uchundirki, oʻsha yoʻlda ortiqcha ishlatilmadik. Faqat oʻsha maslagi tavofuqiyaning alomatlaridan Risola-i Nurning haqqoniyatiga bir imzo va jazolatiga bir ziynat va Qur'on harflarining intizomidan va vaziyatlaridan namoyon boʻlgan bir navi i'joz chiqdi. Ortiq u yoʻlda ishlatilmadik.

— 113 —

Umum qardoshlarimizga va Risola-i Nurda darsdoshlarimga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz va duolarini soʻrab qolamiz.

***

Aziz, siddiq, muborak, ma'sum qardoshlarim!

Sizning juda muborak va nazarimizda juda qiymatdor va mening nazarimda Jannatning وِلْدَانٌ مُخَلَّدُونَ tarafidan abadiy va Firdavsiy bir hadya-i qudsiya kabi oʻtgan va kelayotgan ikkita bayramni, Jannatning qand va shirinliklari kabi shirinlashtirgan va ziynatlarning va naqshlarning yetmish tarzlarini kiygan Hurlarning koʻylaklari va liboslari kabi, ma'naviy majlisimizni ziynatlantirgan qalam hadyangizni oldik. Bu hadya Risola-i Nur xizmati nuqtasidan qay daraja ahamiyatli ekanini bu kunlarda boshimga kelgan va tushimga kirgan bir hodisa bilan tushuninglar: Jumladan:

Bu juda qiymatdor ma'naviy hadyani olishdan uch kun avval, aynan hadyangiz Kastamonuga keladigan onda tushda koʻryapmanki; maqomning yuksalishi va martaba uchun bizlarga bir farmoni shohona ma'naviy tomondan kelyapti, kamoli hurmat bilan qoʻllarida tutib bizga keltirayotgan edilar. Biz qarasak, oʻsha farmoni oliy Qur'oni Azimushshon boʻlib chiqdi. U holda bu ma'no qalbga keldi: Demak Qur'on tufayli Risola-i Nurning shaxsi ma'naviyi va biz shogirdlari bir yuksalish va taraqqiy farmonini olami gʻaybdan olamiz.

Hozir ta'biri esa, oʻsha farmonni tamsil etgan ma'sumlarning qalami bilan ma'naviy tafsiri Qur'onni olganimizdir. Bu tushning hozirgi ta'biri chiqmasdan bir-ikki soat avval Fayzi bilan Amin koʻrsatgan ta'bir ham haqdir va ahamiyatlidir.

Ham bu sababi surur va sevinch boʻlgan hadya-i nuroniyani bir oldindan sezish hissi bilan mening ruhim toʻliq his qilgan, aqlga xabar bermagan ediki, u kelmasdan ikki kun avval Fayzi va Aminning xatida bayon etilgan tushni koʻrgan kechamning kunduzi, tongdan kechgacha va ikkinchi kuni ham qisman, hech koʻrmaganim bir tarzda bir sevinch, bir surur his qilib doimo bir bahona bilan sevinchimni izhor qilib, oʻttiz-qirq marta tabassum qilib kuldim.

— 114 —

Men ham va Fayzi ham juda taajjub va hayratlandik. {(Hoshiya) Ha, hech qachon Ustozimizni bu qadar xursand koʻrmagandik. Sababini bilmaganimizdan hayrat qilayotgan edik. Amin, Fayzi} Oʻttiz kunda bir marta kulmagan, bir kunda oʻttiz marta kulish bizlarni hayratda qoldirdi. Hozir tushunildiki, oʻsha surur, oʻsha sevinch mazkur ma'naviy farmonni tamsil etgan ma'sumlarning va ummiylarning qalamlarining yozuvlari kelajak naslning hayot sahifalariga, Olami Islomning sahifa-i muqaddarotiga va ahli iymon istiqbolining daftarlariga nurlarni nashr qilishlarining va oʻsha ma'sumlarning xolis va sof amallari va xizmatlari bilan amallar sahifamizda hasanotlarini yozib qayd qilishining va Risola-i Nur shogirdlarining taqdirining baxtiyor tarzda davom qilishining xabarini bergan, u hali kelmagan hadyadan kelayotgan edi. Mening oʻsha azim natijadan hissamga tushgan mingdan bir juzi ruhan his qilingan, meni masrurona hayajonga keltirgan edi.

Ha, bunday yuzlab ma'sumlarning maqbul amallari va rad qilinmas duolari boshqa qardoshlarimning daftarlariga oʻtishi kabi, men kabi bir gunohkorning amallar sahifasiga ham kirishi, minglab surur va sevinch beradi. Bunday qorongʻu bir zamonda, bu ogʻir sharoit ostida bunday ma'sumona va qahramonona ishlash uchun biz ham oʻsha ma'sumlarni va ummiylarni va muallimlarini tabrik, ham padar va volidalarini tabrik, ham qishloqlarini tabrik, ham mamlakatlarini, ham millatlarini, ham Onadoʻluni tabriklaymiz.

Muborak ma'sumlarning va ummiylarning har biriga bittadan xususiy tashakkurnoma va tabriknoma yozish qoʻlimdan kelsaydi, yozar edim. Unday boʻlsa bu istagimni amalda yozilgan kabi qabul qilsinlar. Men ularning ismlarini bir doira suratida yozaman, duo vaqtida qarayman. Ham ularni Risola-i Nurning xos shogirdlari doirasiga doxil qilib, barcha ma'naviy yutuqlarimga hissador qilaman.

Men tarafimdan ularning padar va volidalariga yoki qarindosh va ustozlariga salomlarimizni yetkazinglar. Janobi Haq ularni va avlodlarini dunyoda va oxiratda mas'ud aylasin, omin.

Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz va duolarini Qur'onning madhu sanosiga sazovor boʻlgan bu leyali-i ashr boʻlgan oʻn kechalarda iltimos qilamiz. Amin va Fayzining tushga doir bayonlarini ham qoʻshib yuboryapmiz.

***
— 115 —

Ispartadagi qardoshlarimizga!

Latif bir tushning, qadarga oid bir masalani shuhud darajasida bizga qanoat bergani kabi, oʻsha latif tushning jiddiy ikkinchi qismi bizlarga ma'naviy bir xushxabar va bashorat bergani jihati bilan, siz qardoshlarimizga bayon qilamiz. Jumladan:

Ikki kun avval Ustozimiz tushda koʻradilarki: Men, ya'ni Fayzi bilan birga sayohatga chiqibmiz. Borarkan, birdan men Ustozimga aytamanki: "Bu yerdan men ayiqning tasbehini toʻplayman". Ustozim ham qarasalar, oq iplar kabi yurgan bir narsa koʻradilar. Bu ajib kuldiradigan soʻzimdan va ayiqqa tasbeh isnod qilish vaziyatimdan juda qattiq kulib uygʻonganlar. Uygʻongandan keyin ham kulganlar. Kechgacha hech koʻrilmagan bir tarzda, yigirma-oʻttiz marta oʻsha tushdagi hodisani kulib men bilan hazillashdilar. Munosabat boʻlmagan ba'zi narsalar bilan ta'birga harakat qilsak ham, ta'bir qilolmadik. Soʻngra ikkinchi kun, bardavom odatida, oʻz tajribasi bilan, sodiq tushning qisman oʻsha kuni, qisman ikkinchi kunning oʻsha soatida menga oʻxshagan bir doʻstki, tushda Ustozimga mening suratimda koʻringan, Ustozimizning yonlariga keldi, dediki: "Ayiqning yogʻini toʻplaganlardan olib va muazzin va tasbeh qilgan bir odamning tavsiyasi bilan muhim bir odamga, har tong xastalik uchun ichishi haqida nima deysiz?" Ustozimiz ham, tushda kulganlari kabi aynan shunday kulganlar. Birdan tush xotiralariga kelib bu ajib va aynan ta'birni kamoli taajjub va hayrat bilan qarshilab, unga: "Aslo iste'mol qilmasin", deganlar.

Yigirma Sakkizinchi Maktubning tushga oid Birinchi Risolasining Oltinchi Nuktasida; sodiq tush, qadari Ilohiyning hamma narsani qamrab olganiga qat'iy bir hujjat hukmida. Ustozimiz minglab tajriba bilan koʻrganlari kabi, aynan bu voqea ham bizlarga shuhud darajasida qat'iy isbot qildiki; hodisalar vujudga kelmasdan avval muqaddardir, ma'lumdir, muayyandir. Qadari Ilohiyning me'zoni bilan keladi deb, bu rukni iymoniyga bizga gʻoyat latif va qat'iy bir namuna boʻldi.

Ham ayni tushning ikkinchi tabaqasida Ustozimiz koʻradilarki; Risola-i Nurning hay'atiga bir farmon kelyapti. Birdan keldi, oʻsha qudsiy farmon Qur'on boʻlib chiqdi. Buning ta'biri, ayni kunning ayni tajriba soatida, Qur'onning Hizb-ul Akbari - umid qilinmagan bir vaqtda, ma'lum Osiyo Xonimning xonasida atrofi bezalgan Hizb-ul Akbari -yuz yillik goʻzal muqova ichida, oʻsha qopning ustida zar bilan podshohlarning muhim farmonlarida muhri shohona ishlanganini koʻrdik.

— 116 —

Ustozimiz dedilarki: Farmon keldi deb Qur'on chiqdi. Hozir ham, Qur'onning Hizb-ul Akbari keldi. Ustida farmon muhri boʻlganidan, Risola-i Nurning hay'atiga bashoratli va sababi fayzu taraqqiy bir Farmoni Rabboniy hukmiga oʻtishini rahmati Ilohiyadan kutamiz. Bu ta'birdan keyin ikkinchi kuni, sizning juda qiymatdor hadyangiz haqiqiy ta'birini quyosh kabi maydonga chiqardi.

Risola-i Nur talabalaridan va doimiy xizmatchilaridan

Amin va Kichik Xusrav boʻlgan Fayzi

***

Aziz, siddiq qardoshlarim.

Butun ruhu jonim bilan bayramingizni tabriklayman. Va bu bayramimni juda muboraklashtirgan muborak ma'sumlarning va muhtaram ummiy keksalarning va ustozlarining bu safar yuborgan qiymatdor risolalarni besh jild qilib goʻzal ravishda jildlatib, tartibga soldik.

Inshaalloh ulardan koʻp istifoda qiliniladi. U muborak ma'sumlarning va muhtaram ummiylarning ma'sumona va xolisona yozgan risolalari, Risola-i Nurning karomatiga yozuvlari ham bir karomat qoʻshganini va eng goʻzal yozuvlardan koʻproq ta'sirli boʻlganini his qilyapmiz.

Hatto Fayzining goʻzal tarzda jildlatgan bolalarning tavofuqli majmuasini keltirgan vaqti boʻynim qattiq ogʻriyotgan edi. "Iltimos qardoshim, mening boʻynimni tut, juda ham ogʻriyapti," dedim. Birdan oʻsha majmuani ochdik, qaradik; birdan shunday bir shifo boʻldiki, boʻyin ogʻrigʻimni unutdik. Soʻngra esladik, hayratlandik. Ham oʻsha risolalarni yozganlarning ismlarini, ham yoshlarini oʻsha beshta majmuaning boshlarida sababi ibrat va ularga duo qildirish uchun kirgizamiz. Ularni va ayniqsa ustozlarini va padar va volidalarini men tarafimdan bir-bir, ham bu xizmatlarini, ham bayramlarini tabriklang.

Ham Isparta haqida mening katta umidimni amalda isbot qilganlari uchun, menga buyuk bir tasalli berganlari uchun, oʻlgunga qadar minnatdorligimni ularga va Muboraklar Hay'atiga va Madrasa-i Nuriya va Nur va Gul fabrikasi sohiblariga yetkazinglar.

— 117 —

Namoz tasbehotining sirriga koʻra: Qandayki namozdan keyin tasbeh va zikr va tahlil bilan bir xatma-i muazzama-i Muhammadiya (S.A.V.) va zikr va tasbeh qilgan va roʻyi zamin qadar keng bir halqa-i tahmidoti Ahmadiya doirasiga tasavvur va niyat bilan kirish koʻp fayzlarga vasila boʻlgani kabi; men va biz ham, Risola-i Nurning keng doira-i darsida va nurlar halqasida dars olgan va duo qilgan va ishlagan minglab ma'sum lisonlarning va muborak keksalarning duolari va solih amallariga hissador boʻlish va duolariga omin deyish hukmida boʻlib, ular bilan makonni oshib, xayolan yelkama yelka, tizzama tizza boʻlish xayoli bilan niyati bilan va tasavvuri bilan oʻzimizni haddan ortiq baxtiyor deb bilamiz. Xususan oxir umrimda bunday qiymatdor, ma'sum, ma'naviy avlodlarni va yuzlab kichik Abdurrahmonlarni topish men uchun dunyoda bir Jannat hayoti hukmiga oʻtadi.

Oʻtgan Ramazoni Sharifda, xastaligim munosabati bilan, har bir qardoshim mening hisobimga bir soatdan ishlashlarining juda buyuk natijalarini aynalyaqiyn va haqqalyaqiyn koʻrganim uchun; bunday duolari rad qilinmas ma'sumlarning va muborak keksalarning va baxtiyor ustozlarining, mening hisobimga ora-sira lisonan va qalban duolari va ishlashlari, qalamlari bilan yordamlari, mening Risola-i Nurga xizmatimning uxroviy bir natija-i boqiyasini dunyoda ham menga koʻrsatdi. اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى

***

(Juda ham ahamiyatli)

Aziz, siddiq qardoshlarim.

Bu kunlarda gʻoyat sodiq va diqqatli bir qardoshimizning ehtiyotsizligidan kichik bir ta'zir yeyishi munosabati bilan, ham bu toʻrt oy ichida, minglab odam qadar aloqador boʻlganim holda; ahvoli olamdan, siyosat va urushdan qat'iyan bir xabarim boʻlmasdan va istamasdan va qiziqmaydigan bir tarzda boʻlishimdan, Fayzi va Amin kabi xos qardoshlarimning hayratlari va izoh soʻrashlari sababi bilan bir haqiqatdan, koʻp marotaba bayon qilganim kabi yana bir parcha undan bahs qilish kerak boʻldi. Jumladan:

— 118 —

Iymon haqiqatlari, hamma narsadan avval bu zamonda eng birinchi maqsad boʻlish va boshqa narsalar ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi darajada qolish va Risola-i Nur bilan ularga xizmat qilish eng birinchi vazifa va sababi qiziqish va shaxsan maqsad boʻlish lozim ekan; hozirgi holi olam hayoti dunyoviyani, xususan hayoti ijtimoiyani va ayniqsa hayoti siyosiyani va ayniqsa madaniyatning safohat va zalolatiga jazo sifatida kelgan gʻazabi Ilohiyning bir jilvasi boʻlgan Jahon Urushining tarafgirona, tomirlarni va asablarni hayajonlantirib qalbning tubigacha, hatto iymon haqiqiatlarining olmoslari darajasiga oʻsha zararli, foniy orzularni joylashtirish darajasida bu mash'um asr shunday rivojlantirgan va rivojlantiryapti va shunday singdirgan va singdiryaptiki; Risola-i Nur doirasi xorijida boʻlgan ulamolar, balki valiylar; oʻsha siyosiy va ijtimoiy hayotning aloqalari sababi bilan, iymon haqiqiatlarining hukmini ikkinchi, uchinchi darajada qoldirib, oʻsha jarayonlarning hukmiga tobe boʻlib, hamfikri boʻlgan munofiqlarni yaxshi koʻradi, oʻziga muxolif boʻlgan ahli haqiqatni, balki ahli valoyatni tanqid va adovat qiladi, hatto hissiyoti diniyani oʻsha jarayonlarga tobe qiladilar.

Mana bu asrning bu ajib tahlikasiga qarshi, Risola-i Nurning xizmat va mashgʻuliyati, hozirgi siyosatni va jarayonlarini shu daraja nazarimdan tushirganki; bu Jahon Urushiga bu toʻrt oyda qiziqmadim, soʻramadim.

Ham Risola-i Nurning xos talabalari boqiy olmoslar hukmida boʻlgan iymon haqiqatlari vazifasi ichida ekanlar, zolimlarning shaxmat oʻyinlariga qarash bilan vazifa-i qudsiyalarida sustlik qilmasliklari va fikrlarini ular bilan bulgʻatmasliklari kerak.

Janobi Haq bizga nur va nuroniy vazifani bergan; ularga ham zulmli zulumotli oʻyinlarni bergan. Ular bizdan istigʻno qilib yordam bermaganlari va qoʻlimizdagi qudsiy nurlarga xaridor boʻlmaganlari holda, biz ularning qorongʻu oʻyinlariga vazifamiz zarariga qarashga tanazzul qilishimiz xatodir. Bizga va qiziqishimizga, doiramiz ichidagi ma'naviy zavqlar va iymoniy nurlar kifoya va yetarlidir.

Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz va bayramlarini tabriklaymiz.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
***
— 119 —
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ قَطَرَاتِ الثَّلْجِ

Aziz, siddiq qardoshlarim.

Takroran bayramlaringizni bu atrofdagi qardoshlarimiz bilan barobar tabriklaymiz. Sizning besh-olti maktubingizga javoban besh-olti maktub yozishim haqqingizdir, faqat mening ummiyligim uchun aybga buyurmaysiz. Bir qisqa maktub bilan kifoyalanyapman.

Birinchidan: Xusravning maktubi, Risola-i Nurga xizmat qilolmagani uchun afsuslanishiga javoban unga yozinglarki: Xusravning jozibador yozuvlari va nusxalari uning oʻrniga juda porloq bir suratda xizmat qilyaptilar.

Va Xulusiyning Yigirma Yettinchi Maktubga kirgan maktublari ham uning badaliga ishlayaptilar, vazifasini qisman qilyaptilar. Va marhuma volidasiga maxsus tarzda duo qilinadi.

Va Oydinli Hasan Atifning, Hofiz Alining maktubining hoshiyasida yozgani, misli koʻrilmagan shu duo, "Ey Robbim, Kuldir Saidni, toki kulishlaridan gullar ochilsin" degan juda gʻarib ifodasi, Risola-i Nurga uning sadoqat va ixlosining ajib bir karomatidirki; oʻttiz kunda bir marta kulmagan oʻsha bechora Said, bir kunda oʻttiz marta kulganining yozilishi va sizga oʻsha maktubning yuborilish paytiga toʻliq tavofuq qiladi.

Duradgor Ahmadning haqiqatdan meni sevinch bilan yigʻlattirgan va koʻp xavotirlarimni ketkazgan Risola-i Nurning muborak shogirdlarining karomatkorona, bir kechada u yerga kelgan maktublarni kerak boʻlgan joylarga yuborish uchun yozishlari meni favqulodda masrur va mutashakkir qilgan maktubi bir kitob qadar va oʻn maktub oʻrnida qabul qildik. Marhum va qiymatdor va juda vafokor va fidokor va sakkiz yil menga xizmat qilgan bir qardoshimiz Duradgor Mustafo Chovush oʻrniga, Janobi Haq rahmati bilan, qahramon Duradgor Ahmadni berdi.

Nur fabrikasining sohibi Hofiz Alining maktublari, juda nozik va juda yuksak hissiyotini va karomatkorona ixlosining darajalarini koʻrsatganidan, juda uzun bir javob istaydi. Lekin hozircha bu qadar aytamiz: U umumning hisobiga bizning bayramimizni tabriklaganiga, biz ham uni vakil qilib, umumimiz nomidan har bir qardoshimizga tabrikni takror qilamiz.

— 120 —

Muboraklar, Tohir bilan barobar: Tohirning bizga oʻsha qiymatdor qalami bilan Jannat taomlari kabi juda shirin va hurlar libosi kabi juda goʻzal yozuvlari, bu yerda hammani lazzat bilan mutolaaga chorlayapti. Va uning ma'suma ikki muborak qizlari yozgan nusxalari bu yerda ayollar, qizlar olamida kezyapti; koʻrganlarni Risola-i Nurga tortyapti. Juda mehnatsevar va fidokor Tohiriyning koʻplab hadyalari bizlarni koʻp qarz ostida qoldirdi.

Risola-i Nurning pochtachisi muborak Abdulloh qay holda boʻlganini soʻramoqchi edim. Hofiz Alining maktubida soʻramasdan javobimni oldim. Alloh ikkalasidan rozi boʻlsin. Oʻsha maktubning oxirida, moziy va istiqbol va samovot ahlini ham xursand qilgan ma'sumlarning va muborak ummiy keksalarning hadya-i ma'sumonalari bayonidagi ifodasi gʻoyat goʻzal boʻlgan.

Nur bandargohining noziri benaziri Sabri-i Basirat-basiyrning xususiy maktubida yozgan bir singlimning Javshan-ul Kabirni yodlashi; eskidan beri oʻsha xonim Risola-i Nur talabalari ichida boʻlganiga loyiqligini koʻrsatyapti. Uning nomi bilan birga duoda nomi zikr qilingan va Hazrat Mavlono Xolidning Yaktagini toʻliq muhofaza qilib bizga yetishtirgan Osiyo Xonimning birdan lisoniga kelgan bir ifoda sizga yuboriladi.

Oʻsha Kozja Xatibi Risola-i Nur bilan toʻliq aloqador boʻlsa, Sabri mening oʻrnimga unga salom aytsin.

Bizga kelgan ma'sum va ummiylarning va ustozlarining risolalarini yetti jild qilib chiroyli tarzda tasnifladik. Ma'sumlarning tavofuqli goʻzal qismlari bir jild va keksalarning goʻzal qismlari ichida qahramon Shukruning Moʻ'jizoti Ahmadiya goʻzal nusxasi ichida boʻlib ikkinchi jild. Yetti jildning har birining boshida, uchinchi sahifada kelgan qism, ibratga loyiq qilib yozilgan. Hammaga salom.

Risola-i Nurning kichik va ma'sum shogirdlarining ellik-oltmishta talabasining va qirq-ellikta ummiy muborak keksalar va qiymatdor ustozlari yozgan tavofuqli va shirin nusxalarni bizga yuborganlar. Oʻsha qismlarni yetti jild ichida jamladik.

— 121 —

Bu muborak ummiy keksalarning qirq yildan keyin Risola-i Nur yuz-xotiri uchun hamma ishlardan ustun qoʻyib yozishni boshlashlari va ma'sum bolalarning Risola-i Nurdan dars olgan va yozgan risolalarining bir qismidir. Ularning bu zamonda bu jiddiy sa'y-harakatlari koʻrsatyaptiki, Risola-i Nurda shunday ma'naviy zavq va jozibador bir nur borki, maktablarda bolalarni oʻqishga shavq bilan chorlash uchun ijod qilgan har qanday oʻyin va tashviqlarga gʻalaba qiladigan bir lazzat, bir surur, bir shavq Risola-i Nur beradiki; bolalar va ummiy keksalar bunday harakat qilyaptilar.

Ham bu hol koʻrsatyaptiki, Risola-i Nur ildiz otyapti. Inshaalloh, uni hech bir narsa uzib tashlolmaydi; kelajak nasllarda ham davom qilib boradi. Aynan bu ma'sum kichik shogirdlar kabi, Risola-i Nurning jozibador doirasiga kirgan bu ummiy keksalarning, qisman choʻponlarning va koʻchmanchi va yigitlarning bu zamonda, bu ajib sharoit ichida hamma narsadan ustun qoʻyib Risola-i Nur bilan bu suratda mashgʻul boʻlishlari koʻrsatyaptiki, bu zamonda Risola-i Nurga nondan koʻproq ehtiyoj borki; dehqonlar, choʻponlar, koʻchmanki yigitlar, {(Hoshiya) Ayniqsa Risola-i Nur qahramonlaridan Shukru Efe va ayniqsa togʻ qoʻmondoni Choʻpon Vali va koʻchmanchi qabilalaridan Bahodir Sulaymon va oʻxshashlarining gʻayratlariga ishoratdir.} zaruriy ehtiyojlardan ziyoda bir zaruriy ehtiyojlarni, Risola-i Nurning haqiqatlari deb biladilar.

***

Aziz, siddiq qardoshlarim.

Bu tarafda yoʻl yopildi, pochta kelmayotgan edi. Sizlardan keladigan bir maktub yoki bir risolani kutayotgan edim. Hozir ruhimga bir eslatma bilan ortiq kutmasdan, bu yerda husni ta'sirini koʻrsatgan uch qismni yuboryapman. Ma'sumlarning va ummiy muborak keksalarning va qahramon Tohiriyning nusxalari doimiy porloq bir tarzda fathlar qilyaptilar. Faqat juz'iy bir nechta qismni tahrir qilarkan zahmat chekdim. Faqat oʻsha zahmat menga shirin kelayotgandi. Ham ayni rahmat boʻldi. Meni ham oʻsha ma'sum va muboraklarning jamoatiga doxil qilib, mening xatimga oʻxshaganlari uchun, oʻzim oʻsha qismlarni yozgandek toʻliq sohib boʻldim. Agar men yozsaydim, aynan ular kabi boʻlardi.

***
— 122 —

(Kastamonudagi qardoshlarimizga xitoban yozilgan bir haqiqatdir. Balki sizga ham foydasi boʻladi deb yubordim.)

Risola-i Nur oʻzining sodiq va sabotkor shogirdlariga qozontirgan juda buyuk foyda va yutuq va juda ham qiymatdor natijaga muqobil narxi oʻlaroq, oʻsha shogirdlardan toʻliq va xolis bir sadoqat va doimiy va tebranmas bir sabot istaydi. Ha, Risola-i Nur oʻn besh yilda qozonilgan kuchli iymoni tahqiqiyni oʻn besh haftada va ba'zilarga oʻn besh kunda qozontirganiga, yigirma yilda yigirma ming zot tajribalari bilan guvohlik qiladilar.

Ham uxroviy amallarda sherikchilik dasturi bilan, har bir shogirdiga, har kuni minglab xolis lisonlar bilan qilingan maqbul duolari va minglab ahli salohat qilgan solih amallari mislicha savoblarini qozontirib, har bir haqiqiy, sodiq va sabotkor shogirdini amal jihatidan minglab odam hukmiga keltirganini; karomatkorona va taqdirkorona Imom Alining (Roziyallohu Anh) uchta xabarlari va karomati gʻaybiya-i Gʻavsi A'zamdagi (Q.S.) tahsinkorona va tashviqkorona bashorati va Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning quvvatli ishorati bilan oʻsha xolis shogirdlar ahli saodat va asxobi Jannat boʻlishlariga xushxabarni juda qat'iy isbot qiladilar. Albatta bunday yutuq shunday bir narx istaydi.

Modomiki haqiqat budir. Risola-i Nur doirasining yaqinida boʻlgan ahli ilm va ahli tariqat va soʻfiy-mashrab zotlar, uning jarayoniga kirish va ilm va tariqatdan kelgan eski sarmoyalari bilan unga quvvat berish va kengayishiga harakat qilish va shogirdlarini tashviq qilish va bir muz parchasi boʻlgan anoniyatini, toʻliq bir hovuzni qozonish uchun, oʻsha doiradagi obi hayot hovuziga tashlab eritishlari kerak va juda lozimdir. Boʻlmasa Risola-i Nurga qarshi raqibona boshqa bir yoʻl ochish bilan ham u zarar koʻradi, ham bu mustaqim va metin Qur'on yoʻliga bilmasdan zarar yetkazadi; zindiqoga bir navi yordam boʻladi.

Aslo, aslo! Dunyo jarayonlari, xususan siyosat jarayonlari va ayniqsa xorijga qaragan jarayonlar sizni boʻlinishga olib kelmasin. Qarshingizda birlashgan zalolat firqalariga qarshi abgor qilmasin اَلْحُبُّ فِى اللّٰهِ وَ الْبُغْضُ فِى اللّٰهِ dasturi Rahmoniy oʻrniga, Alloh saqlasin اَلْحُبُّ فِى السِّيَاسَةِ وَ الْبُغْضُ لِلسِّيَاسَةِ dasturi shaytoniy hukm qilib, malak kabi bir haqiqat qardoshiga adovat va al-xannos kabi bir siyosat doʻstiga muhabbat va tarafdorlik bilan zulmiga rizo koʻrsatib, jinoyatiga ma'nan sherik qilmasin.

— 123 —

Ha, bu zamonda siyosat qalblarni buzadi va asabiy ruhlarni azob ichida qoldiradi. Salomati qalb va istirohati ruh istagan odam, siyosatni tashlashi kerak. Ha, hozir kurra-i arzda hamma yo qalban, yo ruhan, yo aqlan, yo badanan kelgan musibatdan hissadordir, azob chekyapti, abgordir. Ayniqsa ahli zalolat va ahli gʻaflat, rahmati umumiya-i Ilohiyadan va hikmati tomma-i Subhoniyadan xabarsiz boʻlganidan, nav'-i basharga jinsdoshiga achinish, aloqadorlik jihati bilan, oʻz alamidan tashqari nav'-i basharning hozirgi azobli va dahshatli alamlari bilan ham alamzada boʻlib azob chekyapti. Chunki keraksiz va behuda bir suratda vazifa-i haqiqiyalarini va eng lozim ishlarini tashlab ofoqiy va siyosiy urushlarni va koinotning hodisalarini qiziqish bilan tinglab, qoʻshilib ruhlarini tentak va aqllarini vaysaqi qilganlar. Va bilib turib oʻz zarariga amalda rizo koʻrsatish jihatidan, zararga rozi boʻlganga shafqat qilinmaydi ma'nosidagi اَلرَّاض۪ى بِالضَّرَرِ لَا يُنْظَرُ لَهُ asos qoidasi bilan shafqat haqqini va marhamat layoqatini oʻzlaridan olib tashlashgan. Ularga achinilmaydi va shafqat qilinmaydi. Va keraksiz boshlariga balo keltiradilar.

Men taxmin qilamanki: Butun kurra-i arzning bu yongʻinida va toʻfonlarida, salomati qalbini va istirohati ruhini muhofaza qilgan va qutqargan, faqat haqiqiy ahli iymon va ahli tavakkal va rizodir. Bularning ichida ham eng koʻp oʻzini qutqarganlar, Risola-i Nurning doirasiga sadoqat bilan kirganlardir.

Chunki bular Risola-i Nurdan olgan iymoni tahqiqiy darslarining nuri bilan va koʻzi bilan, hamma narsada rahmati Ilohiyaning izini, magʻzini, yuzini koʻrib, hamma narsada kamoli hikmatini, jamoli adolatini mushohada qilganlari uchun, kamoli taslimiyat va rizo bilan, rububiyati Ilohiyaning ijrootidan boʻlgan musibatlarga qarshi taslimiyat bilan, kulib qarshilaydilar, rizo koʻrsatadilar. Va marhamati Ilohiyadan yanada oldin shafqatlarini surmaydilarki, alam va azob cheksinlar. Mana bunga binoan, faqat hayoti uxroviyaning emas, balki dunyodagi hayotning ham saodat va lazzatini istaganlar, - hadsiz tajribalar bilan - Risola-i Nurning iymoniy va Qur'oniy darslarida topa oladilar va topyaptilar.

— 124 —

Bu kunlarda ikki xotiradan ikkita eslatma:

Birinchisi: Bu shaharda Risola-i Nurga bogʻlangan keksa xonimlar sabot qilganlarini va boshqalar kabi ta'sirlanmaganlarini oʻyladim. Birdan bu hadisi sharif eslatildi. عَلَيْكُمْ بِد۪ينِ الْعَجَائِزِ Ya'ni: "Oxirzamonda keksa ayollarning samimiy dinlariga va kuchli e'tiqodlariga tobe boʻlinglar." Ha, keksa ayollar fitratan zaif va ta'sirchan va shafqatli boʻlganlaridan, hammadan koʻproq dindagi tasalli va nurga muhtoj boʻlganlari kabi; hammadan koʻproq fitratlarida fidokorona shafqat jihati bilan, dinda topgan nihoyatsiz shafqatparvarona bir nuri tasalli va iltifoti marhamati Rahmon va nuqta-i tayanch va nuqta-i madadga ehtiyoji bor. Toʻliq sabot qilish, fitratlarining taqozosidir. Shuning uchun, bu zamonda oʻsha ehtiyojlarni toʻliq ta'minlagan Risola-i Nur hamma narsadan koʻproq ularning ruhlariga xush kelyapti va qalblariga yopishyapti.

Ikkinchisi: Bu kunlarda mening yonimga koʻplab boshqa-boshqa zotlar keldilar. Men ularni oxirat uchun oʻyladim. Holbuki yo tijorat yoki ishlarida bir kasod va muvaffaqiyatsizlik boʻlganidan, bizga va Risola-i Nurga, muvaffaqiyat uchun va zarardan qutulish niyati bilan murojaat qilib, duo va maslahat istaganlarini tushundim.

"Men bularga nima qilay va nima dey?" deb xotirladim. Birdan eslatildi: "Na sen devona boʻl va na ularni ham devonalikda qoʻyib devonacha gapir. Chunki ilonlar zahariga qarshi tiryoq qoʻlga kiritish bilan va ularni qochirish bilan mashgʻul va vazifador bitta odam, ilonlar ichida turgan va chivinlarning chaqishiga ma'ruz boʻlgan va chivinlarni qochirish uchun koʻp yordamchilari boʻlgan boshqa bir odamga, ilonlarning chaqishini tashlab unga, chivinlar chaqmasligiga yordam uchun yugurgan devonadir. Va uni chaqirgan ham devonadir. U suhbat ham devonacha bir suhbatdir." Ha, hadsiz hayoti uxroviyaga nisbatan vaqtinchalik va foniy qisqacha hayoti dunyoviyaning zararlari, chivinlarning chaqishi kabidir. Hayoti abadiyaning zararlari, unga nisbatan ilonlarning chaqishidir.

***
— 125 —
﴿ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ﴾

Juda muhtaram Ustozimiz Afandimiz!

Bir ming uch yuz yigirma birinchi (1321) yili, Moʻ'jizoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalomni va Karomati Gʻavsiya Risolalarini uyqu olamida koʻrgandim. Buning hikmatini hozirgacha tushunolmagandim. Koʻrgan tushim aynan shunday edi:

Mazkur sanada, Arabiston Yarim Orolining Najid Qit'asining Kasim tumanida, bir kecha tushimda uchta quyoshning chiqqanini koʻrdim. Yonimda taniy olmaganim bir zotdan: "Bu uchta quyosh nima?" deb soʻradim. Yonimdagi zot: "Bu quyoshning biri Hazrat Paygʻambar Alayhissalotu Vassalomning quyoshi, boshqasi Gʻavsi Jiyloniyniki, uchinchisi ham boshqa bir quyoshdir." Uchinchi quyoshning Risola-i Nur boʻlganini hozir bildim.

﴿ اَللّٰهُ نُورُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ مَثَلُ نُورِه۪ كَمِشْكٰوةٍ ف۪يهَا مِصْبَاحٌ اَلْمِصْبَاحُ ف۪ى زُجَاجَةٍ اَلزُّجَاجَةُ كَاَنَّهَا كَوْكَبٌ دُرِّىٌّ يُوقَدُ مِنْ شَجَرَةٍ مُبَارَكَةٍ زَيْتُونَةٍ لَا شَرْقِيَّةٍ وَلَا غَرْبِيَّةٍ يَكَادُ زَيْتُهَا يُض۪ٓىءُ وَلَوْ لَمْ تَمْسَسْهُ نَارٌ نُورٌ عَلٰى نُورٍ يَهْدِى اللّٰهُ لِنُورِهِ مَنْ يَشَٓاءُ ﴾

Oyati Qur'oniya oʻsha tush haqiqatiga ishorat qilgan. Bu nuroniy tush mazkur Oyati Nurning oʻnta ishorat bilan, oʻnta barmoq bilan koʻrsatgan haqiqatni aynan koʻrsatyapti. Oʻttiz sakkiz yil avval xabar beryapti. Ha, uch nuri a'zam boʻlgan quyoshlarning -Allohu a'lam- ta'biri shu boʻlishi kerak.

Quyoshlarning birinchisi: Bu asrda Risola-i Nurdir. Va eng porloq bir nuri ham, Moʻ'jizoti Ahmadiya (Alayhissalotu Vassalom) nomli risola-i horiqodir.

Ikkinchisi: Hazrat Isoning (A.S.) dini haqiqiysidan chiqqan nuri samoviy quyoshidir.

— 126 —

Uchinchisi: Tariqatlar ruhida va tasavvuf manbaidan chiqadigan bir quyoshdirki, hozir Shayx Jiyloniy timsoli bilan oʻsha ma'no koʻrsatilgan. Risola-i Nurga ishorat qilgan oʻttiz uchta oyati Qur'oniyaning eng birinchi oyati boʻlgan Oyat-in Nur oʻnta jihat bilan Risola-i Nurga ishorat qilgan Birinchi Shu'la risolasida koʻzim bilan koʻrdim, istagan koʻrishi mumkin.

Sizni oʻzidan koʻp yaxshi koʻrgan ojiz shogirdingiz

Mingboshi Muhyiddin
***

Aziz, siddiq, metin, sabotkor qardoshlarimizga!

Biz bu atrofdagi Risola-i Nur talabalari nomidan sizlarga juda koʻp salom bilan barobar, shukronlarimizni arz aylaymiz. Va sizlardan abadiy minnatdormizki, muqtadir va porloq qalamlaringiz bilan bizlarni ham uygʻotdingiz, ham yordam berdingiz. Bu viloyatni nuroniy qalamlaringiz bilan inshaalloh Ispartaga oʻxshatasiz. Va ayniqsa juda ahamiyatli qardoshimiz qahramon Tohiriyning porloq va muvaffaqiyatli va tavofuqli qalami karomatkorona fathlar qilyapti. Va uning ikkita ma'sumalari va ma'sumlarning va ummiy keksalarning rang-barang, turli-tuman ustunliklarini koʻrsatgan yozuvlari bizlarni sehrlayapti, hammani shavq bilan oʻqishga chorlayapti. Janobi Haq sizlardan abadiyan rozi boʻlsin va sizni muvaffaq qilsin, omin.

Juda muhim va muborak qardoshimiz Hofiz Mustafo bizga bergan ahamiyatli hujum hodisasi xabari bizni hayratga tushirdi. Va Ustozimizning oʻsha vaqtda xavotirlarining va hayajonlarining hikmatini tushundik. Bir oldindan sezish hissi bilan doimo bizlarga der edilar: "Diqqat qiling, sabot qiling! Munofiqlar hujum rejasini qilyaptilar!", deb bizni ehtiyotga chorlardilar, Ham "Hech narsa qilolmaydilar" der edilar.

Ha, Ispartalik qardoshlarimiz bizga xabar berganlari kabi, bu ahamiyatli hujum hodisasiga tashabbus boʻlgan paytda aloqamiz uzilgani holda, doimiy ravishda har vaqt Ustozimiz, ayni hujumga biz ma'ruz qolayotgandek bizni, ya'ni Amin va Fayzini ogohlantiradilar: "Diqqat qilinglar, toʻrt jihat bilan bizga hujum bor. Temir kabi sabot qilinglar. Hech narsa qilolmaydilar." Biz ham qarardik, bizda hech narsa yoʻq, his qilmas edik.

Ham oʻsha gʻaybiy hodisani bartaraf qilish uchun, toʻliq uygʻun bir maktub bizga yozdirib sizga yuborgandik.

Risola-i Nur talabalaridan
Nazif, Salohiddin, Tavfiq, Hilmi, Amin, Fayzi
***
— 127 —
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq qardoshlarim va xizmati Qur'oniyada qahramon birodarlarim.

Bundan avval uchta maktub, omonatni olgandan keyin yuborgandim. Bu safargi Hofiz Alining maktubida ulardan soʻz bahs qilmagan, xavotirlandim. Nur Fabrikasi sohibi Hofiz Alining xastaligi meni ranjitdi, bizni duoga chorladi. Janobi Haq quvvat va shifo ehson aylasin, omin.

Hofiz Alining maktubi bilan Risola-i Nurning ahamiyatli ruknlaridan boʻlgan Halil Ibrohimning usulida Ahmad Fayzining maktublari, shaxsimga oid haddimdan yuz daraja ortiq yaxshi gumonlari bir tarafda qolsa, uni inobatga olmasak, oʻsha atrofda Risola-i Nurning shaxsi ma'naviysiga Halil Ibrohim bilan Ahmad Fayzining tebranmas, gʻoyat kuchli aloqalarini koʻrsatganidan, bizni jiddiy ravishda masrur ayladi.

Ha, ularning shiddatli aloqadorliklari, oʻsha atrofda Risola-i Nurni yerlashtiryapti, davom ettiryapti. U ikkalasining maktublari surati zohiriyada mening shaxsimga ahamiyat berishlari garchi muvofiq emas, mubolagʻadir. Faqat oʻsha xato suratning ostidagi haqiqat Risola-i Nur shogirdlarining samimiy hamjihatliklaridan sizilgan bir shaxsi ma'naviyga va Risola-i Nurning Qur'ondan kelgan haqiqatiga toʻliq uygʻun va haq boʻlib sarf qilinadigan oʻsha maktublardagi ta'birlar, men kabi bir juz'iy kishiga sarf qilingan. Mening haddimdan ming daraja ortiq boʻlish bilan barobar, oʻsha shaxsi ma'naviy nomiga va Risola-i Nurning haqiqati hisobiga va oʻsha ahamiyatli va juda muhtoj mamlakatda favqulodda bir aloqa va faoliyatga alomat boʻlish jihati bilan qabul qildim.

Ahmad Fayzining ham, inshaalloh Kastamonu Fayzisi kabi, bor kuchi bilan Risola-i Nurga xizmat qiladigan azm va qaror suratida maktubini qabul qilamiz. Faqat kamtarinligi va tavozesi haddan ortiq hamda istaganlari ham juda koʻp va maktubidagi duolari ham goʻzal boʻlgani uchun, doimiy duomizda bu yerning Fayzisi bilan yelkama-yelka kirdi.

— 128 —

Halil Ibrohimning maktubi, balki har maktubni ham uning, ham Inja Mehmedning nomiga qabul qilaman. Ikkalasiga, Xusrav bilan Rushdu kabi, bir ruh, ikki jasad nazari bilan qarayman. Janobi Haq ularni muvaffaq etsin va oʻxshashlarini u yerlarda koʻpaytirsin. Va u maktubda Risola-i Nur talabalaridan Hofiz Mehmed Amin va Mustafo Chovush bilan birga, Siirtli Ahmad va Salohiddin va Izziddin kabi zotlar ham Risola-i Nur bilan aloqador boʻlganlarini bildiradi. Biz ham ularga bir-bir ham salom, ham ularni ham Risola-i Nur talabalari ichida duoda sherik qilamiz.

Hofiz Alining maktubida, qoʻliga oʻtgan maktubimizni goʻzal ravishda taqdirlagan va xulosalagan. Risola-i Nur saodati abadiya doʻkoni va boqiy olmoslarni sotganidan; foniy, siniq shisha parchalari undan istalmasligi kerak, ta'biri juda goʻzal boʻlgan.

Ham Isparta, ham Manisadagi barcha qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz va duolarini istaymiz. Qamoqxonada Risola-i Nurning oxirgi kotibi qahramon Shafiq, ajabo salomatmi? Qayerda? Xavotirlanyapman. Halil Ibrohimdan soʻranglar.

***

Aziz, siddiq qardoshlarim.

Muborak oylardan soʻng, xususan bahorga yaqin, hayoti dunyoviya gʻaflati bir daraja sustlik berish bilan barobar; ba'zi larzalar va xastaliklar va askarlikka ketish jihatidan Risola-i Nurning xizmatiga bir daraja zaiflik keldi deb xavotirlanayotgan edim. Janobi Haqqa shukrki, maktublaringiz va Atif Hasanning kelishi bilan oʻsha xavotir ketdi. Oʻsha maktubingizda juda ahamiyatli bir hodisa-i nuriyadan bahs borki, Hizb-ul Akbar-ul Qur'onni chop qilish tashabbusidir.

Ha, u Hizb-ul Akbardagi oyatlar butun Resail-i Nuriyaning ruhi, asosi, ma'dani, ustozi va quyoshidir. Uni chop qilgandan keyin, mumkin boʻlsa, Risola-i Nurning Hizb-ul Akbari nomli arabcha yozuvli va ikkita Oyat-ul Kubro va Munojotning xulosasi boʻlgan risolani ham chop qilish lozimdir. Lekin qoʻlingizdagi nusxa, mening nusxam kabi mukammal emas. Biz bu yerda yozib, istasangiz sizga yuboraylik. Istasangiz, Istanbulda bosmaxonadagi vakilingizga yuboraylik, manzilini bildiringlar.

Qardoshimiz Hasan Atif haqiqatdan Risola-i Nurning xizmatiga juda ham loyiq va iste'dodlidir. Mustasno xati bilan barobar ixlosi, aloqasi, aloqadorligi, jiddiyligi, sadoqati ham mukammaldir. Janobi Haq uning oʻxshashlarini koʻpaytirsin. Bu qardoshimizni yigirmata maktub oʻrniga sizga jonli bir maktub sifatida yubordik.

— 129 —

Hofiz Alining bu yerdagi qardoshlariga juda yuksak, juda ta'sirli yozgan maktubiga javoban boshda Fayzi, Amin boʻlib barchaning nomidan Fayzi deydiki: "Biz bu mamlakat talabalari Isparta qahramonlarining kichik qardoshlari, balki ularning talabalarimiz. Darsni, xizmatni va jiddiylikni ulardan olyapmiz. Har biri biz uchun bittadan ustozdir. Ularning qoʻllaridan oʻpamiz, hurmatlarimizni arz etamiz. Janobi Haq u qahramonlardan abadiyan rozi boʻlsin, omin", deydilar.

Risola-i Nurning bandargoh noziri Sabrining birinchi talabasi va Risola-i Nurning ahamiyatli kichik bir talabasining kichkina maktubidagi goʻzal yozuv bizni masrur etdi. Janobi Haq uni va u kabi Risola-i Nurga xizmat qilgan ma'sumlarga tavfiq va salomat va saodat ehson aylasin, omin.

Hofiz Mustafoning nazdimizda juda ham ahamiyatli maktubi koʻpdan beri men kutgan bir haqiqatni koʻrsatdiki; Risola-i Nur doirasidagi shogirdlar, mashvarat suratida chop qilish kabi juda ahamiyatli ishlarni qilishni boshlashlaridir.

***

Aziz, siddiq, sodiq, xolis va muxlis qardoshlarim.

Toʻrt-besh qardoshlarimga oid qisqacha gapiraman:

Birinchisi: Madrasa-i Nuriyaning murshidi, ta'sischisi va idorachisi Hoji Hofiz qardoshimizning bu safar uchinchi bir tabarrukini koʻrdik. Barlada ekan, shirin luqmalarning karomatli, ajib barakasi va Ispartada Iqtisod Risolasini shirinlashtirgan ikki yarim oʻqqa asalning gʻaroyib bir hodisaga sabab boʻlishi, {(Hoshiya) Hozir men taxmin qilyapman, u asal ham uniki ekan. Faqat aniq eslay olmayapman.} bu uchinchi safar ham, ming muborak va ma'sum xotirlarini va iltifotlarini tamsil etgan va parchalanmagan bir hadyani yuborgan. Oltmish yillik bir qoida-i hayotiyamni oʻsha ming xotirning xotiri uchun, oʻsha qoidamning xotirini buzdim.

Ikkinchisi: Atif Hasanning haqiqatdan favqulodda yozgan tavofuqli Moʻ'jizoti Qur'oniyani, u ketgandan keyin tomosha qildim. Qoʻlimdan kelsaydi, har bir yaprogʻiga muqobil bir lira berar edim. Inshaalloh u nusxa bilan minglab odam istifoda qilib, uning hayoti boqiyasiga bir chashma hukmida foyda beradi. Xusrav va qahramon Tohiriyning uchinchisi boʻlyapti.

— 130 —

Uchinchisi: Risola-i Nurning eski va ahamiyatli va mehnatkash bir shogirdi boʻlgan Kotib Usmonning sodiq va hikmatli tushi va uygʻun ta'biri ularni xursand qilganidek, bizlarni ham masrur ayladi. Va u maktubi bilan, men qiziqayotgan narsalarni, va Xusrav va Rushdu, Hofiz Ali, Zuhdu Badaviy, Nuri va Nur fabrikasi sohibi, Tohirlar, muboraklar hay'ati, madrasa-i nuriya va ummiy keksalar va ma'sum bolalar, hammalarininig salomlarini yozyapti. Biz ham ularga bir-bir salom aytamiz. Muvaffaqiyatlari va salomatliklari uchun duo qilamiz.

Bu atrofda ham, balki koʻp yerlarda ham sizning faoliyatingizdan shavqqa kelib, Risola-i Nur ziyoda yoyilganidan; ahli dunyoni oʻylantiryapti, nazari diqqatni jalb qildiryapti. Ba'zi ahamiyatsiz hujumlar ham undan kelib chiqyapti. Ehtiyot har vaqt boʻlgani kabi yana lozimdir. Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anh ikki marta "Sirran tanavvarot" deyishi, Risola-i Nur parda ostida nurlanadi va yoritadi deb ishorat qiladi. Mumkin boʻlganicha oʻtkinchi shamollarga ahamiyat bermanglar, qaramanglar. Zotan oʻrtangizdagi samimiy birdamlik va mashvarati shar'iya sizni unday narsalardan muhofaza qiladi. Ichingizdagi shaxsi ma'naviyning fikrini oʻsha mashvarat bilan bildiradi.

Qardoshingiz va siz bilan dunyoda, barzohda, oxiratda mutashakkirona iftixor qilgan va qiladigan, xizmati Qur'oniyada doʻstingiz.

Said Nursiy
***

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Bu yangi hujum hodisasidan xafa boʻlmanglar. Chunki takror-takror tajribalar bilan, Risola-i Nur inoyat ostidadir. Hech bir toifa hozirgacha bunday bir ahamiyatli xizmatda bizlarchalik oz mashaqqat bilan qutulgan boʻlmagan.

Ham oʻtgan Ramazondagi xastaligim va Eskishahardagi musibatimiz kabi koʻp voqealar bilan, zohiriy zahmatli, mashaqqatli holatlar ostida Risola-i Nurning foydasiga boʻlib inkishoflari va yanada ta'sirli fathlari koʻrilgan. Inshaalloh, bu zahmatli hodisa ham, munofiqlarning maqsadlari aksi bilan, Risola-i Nurning fathlarini boshqa bir yoʻlda yengillashtirishga vasila boʻladi.

— 131 —

Beshinchi Shu'la, yigirma besh yil avval masalalari yozilgan, faqat bir-ikki sahifa tatbiqot ilova etilib Shu'lalarga kirgan Beshinchi Shu'la qoʻllariga oʻtishi ahamiyatlidir. Faqat bunda ham bir hikmat bor. Balki ularga oʻz maslaklarini bildirish va Jahannamga ketganning mohiyatini bilish uchun, favqulotda iqtidor xorijida bir qazo-i Ilohiydir, deb Janobi Haqning hikmatiga va inoyatiga va hifziga tayanib, xavotirlanmang.

Ham siz, ham ular bilsinlarki, sadaqa baloni daf qilgani kabi; Risola-i Nur Onadoʻlidan, xususan Isparta, Kastamonudan samoviy va aroziy ofatlarning daf va yoʻqotilishiga vasiladir. Ha, Sabrining يَا اَرْضُ ابْلَعِى ... وَاسْتَوَتْ عَلَى الْجُودِىِّ oyatidan istixroj qilgan ma'nosi haqdir va muvofiqdir.

Ha, Risola-i Nur, Safina-i Nuh kabi Onadoʻlini Judiy togʻi hukmiga keltirib, kurra-i arzning yongʻinidan va toʻfonidan qutulishiga bir sababdir. Chunki, iymonning zaifligidan kelgan tugʻyon, aksar ommaviy musibatni jalb qilgani kabi; iymonni favqulodda quvvatlantirgan Risola-i Nur, oʻsha ommaviy musibatni doirasining xorijiga qoldirishga rahmati Ilohiya tarafidan vasila boʻldi. Bu ahli dunyo, bu Onadoʻli xalqi Risola-i Nurga kirmasalar ham, qarshi chiqmasinlar. Agar qarshi chiqsalar; yaqinda kutayotgan yongʻinlar, toʻfonlar, zilzilalar va vabolarning istilosiga uchrashlarini oʻylasinlar, aqllarini boshlariga olsinlar. Modomiki biz ularning dunyolariga qoʻshilmayapmiz, ularning ham keraksiz bir holda bu daraja oxiratimizga qoʻshilishlarida ularga falokat keltirish ehtimoli kuchlidir.

Xullas, bu sakkiz oydir, xususan bu hayajon bergan bu hodisangiz bilan birga; hozir yonimdagi Fayzi bilan Amin va barcha men bilan aloqador boʻlgan doʻstlar guvohdirlarki, bu sakkiz oy mobaynida bir marta boʻlsin, na Jahon Urushini, na siyosatni soʻramaganman. Va xonamdan eshitilgan radioni ham, uch yildir, tinglamadim. Holbuki, mening minglab odam qadar dunyoga qarashga munosabat bor. Demak, bizga hujum qilgan, toʻgʻridan toʻgʻri iymonga tajovuz qiladi. Ularni Janobi Haqqa havola qilamiz.

— 132 —

Ham ahli siyosatga hech munosabatimiz boʻlmagani holda, qat'iy bilsinlarki; bu mamlakatda, bu asrda millatni anarxistlikdan, inqiroz va tanazzuli mutlaqadan qutqaradigan yagona chorasi, Risola-i Nurning asoslaridir.

Bu hodisada aziyat chekkan ma'sumlar va ustozlari bilsinlarki; ogʻir sharoit ostida bir soat soqchilik, bir yil ibodat va haqiqiy tafakkuri iymoniya bilan bir soati, bir yil toat hukmiga oʻtgani kabi, inshaalloh ularning zahmatlari ham shunday savobga sabab boʻladi. Ular ham, xavotir va xafa holda emas, shodlik va xursandchilik bilan qarshilashlari kerak. Faqat Hazrat Alining (r.a.) ikki marta سِرًّا بَيَانَةً سِرًّا تَنَوَّرَتْ deyishiga binoan, biz har doim toʻliq ehtiyot va toʻliq saqlanish vaziyatini muhofaza qilish bilan vazifadormiz.

Risola-i Nurning mansublari, shuur va ixtiyorlari xorijida bir-biri bilan munosabatdor, bir-birining hodisalari bilan aloqador boʻlganiga bir dalil ham bu kunlarda boʻldi. Jumladan:

U yerdagi hodisaning boʻlishidan bu kunga qadar, bu yerdagi turli tabaqalardagi talabalarning vaziyatlari ahamiyatli bir hodisa sababli oʻzgargandek chekinish va munofiqlarning nazarini oʻzlariga va bizlarga jalb qilmaslik uchun bir turgʻunlik davri oʻtdi. Men ham hayratlanardim. Ham Nazif kabi bir necha zotning tushlarining ta'birlari sizning hodisangiz boʻlganini tushundik.

Umum qardoshlarimizga bir-bir va ayniqsa musibatzadalarga salom va duo qilamiz. Janobi Haq ularni tez qutqarib vazifalarining boshiga yuborsin, omin.

***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ كَلِمَاتِ الْقُرْاٰنِ وَحُرُوفَاتِهَا

Aziz, siddiq, muborak qardoshlarim va xizmati Qur'oniyada quvvatli, faol, sabotkor birodarlarim!

Bu kunlarda men bilan oltita odam, boshda Duradgor Ahmad, oxirida men, ma'naviy eslatmaga binoan bittadan masalaga sabab boʻlganmiz:

Birinchisi: Faol, haqiqatdan mehnatkash, Risola-i Nur va Madrasa-i Nuriya talabalaridan Duradgor Ahmadning maktubida, Ashraf nomli oʻn yoshli bir ma'sum bolaning qishlogʻini, molini tark qilib, ikki kunlik masofadan kelib, umuman yozuv yozamagani holda, oʻn kun mobaynida Risola-i Nurni yozishga muvaffaq boʻlishi, Risola-i Nurning bir karomati boʻlgani kabi, Madrasa-i Nuriyaning ham hayratomuz bir gulidir deyilyapti.

— 133 —

Ha, biz aytamizki: Moddiy bir qishda goʻzal gullarning ochilishi, bir horiqo-i qudrat boʻlgani kabi; bu asrning ma'naviy va dahshatli qishida, Sava qishlogʻining, ya'ni Sava daraxti ming goʻzal gullar va Jannat mevalari ochishi va Isparta mamlakat bogʻi minglab guli Muhammadiy (S.A.V.) gullari ochishi, {(Hoshiya) Va har biri "sad barg" oʻlaroq, ya'ni har bir gulda yuz parcha yaproq.} albatta gʻaroyib bir moʻjiza-i rahmat va bu mamlakatga hayratomuz bir karomati inoyati Rabboniya va Risola-i Nur talabalariga hayratomuz bir ikromi Ilohiydir deb e'tiqod qilib, Janobi Haqqa hadsiz shukr qilamiz.

Duradgor Ahmadning maktubida, Darivayron Qishlogʻining eski zamonning mehnatkash talabalarini eslatgan fidokor talabalar, bizni va eski zamon talabalarini hasrat bilan yod etgan madrasadan yetishishi, Risola-i Nur talabalariga chuqur surur berdi. Madrasa-i Nuriyaning xonimlar talabalari; avrodi Qur'oniya bilan duolari bilan, avrodlari bilan mehnatkash qalamlarga ma'naviy yordamlari juda goʻzaldir. Bu atrofdagi xonimlarga ham toʻliq bir dars boʻladi. Janobi Haq ulardan va u madrasaning umum talabalaridan va ustozlaridan abadiyan rozi boʻlsin.

Ahmadning tushi juda muborak va goʻzaldir. Hazrat Isoning (A.S.) kuchli sadosini eshitish, Isaviylardan kuchli bir madad Hizb-ul Qur'onga qoʻshilishga ishorat boʻlishi mumkin.

Ikkinchi odam va masalasi: Risola-i Nur talabalaridan bir yosh hofiz, juda koʻp odamlarning deganlari kabi: "Menda unutish xastaligi ortyapti, nima qilay?" dedi. Men ham: "Mumkin boʻlgancha nomahramga nazar qilma. Chunki rivoyat bor: Imom Shofe'iyning (r.a.) aytgani kabi: Harom nazar nisyon beradi", dedim.

Ha, ahli Islomda nazari harom koʻpaygan sari, nafsoniy havaslar hayajonga kelib, vujudida suiiste'mollar bilan isrofga kiradi. Haftada bir necha marta gʻuslga majbur boʻladi. Undan, tibban quvva-i hofizasiga zaiflik keladi.

— 134 —

Ha, bu asrda ochiq-sochiqlik sababli, xususan bu issiq oʻlkalarda oʻsha yomon nazardan suiiste'mollar umumiy bir unutish xastaligini natija berishni boshlayapti. Hamma juz'iy, kulliy oʻsha shikoyatdadir. Mana bu umumiy xastalikning koʻpayishi bilan, hadisi sharif bergan mudhish bir xabarning ta'vili uchida koʻrinyapti. Farmon qilganlarki: "Oxirzamonda hofizlarning koʻksidan Qur'on tortib olinadi, chiqadi, unutiladi." Demak, bu xastalik dahshatlanadi, Qur'onni yodlashga bu yomon nazar bilan ba'zilarda toʻsiq boʻladi; oʻsha hadisning ta'vilini koʻrsatadi. لَا يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلَّا اللّٰهُ

Uchinchi odam va masalasi: Bizlar bilan juda ham aloqador bir zot koʻp marta dahshatli shikoyat qilyaptiki: "Men odam boʻlolmayapman, borgancha yomonlashyapman, ma'naviy xizmatlarimning natijalarini koʻrolmayapman", deb madad istayapti. Unga yozyapmizki:

"Bu dunyo dor-ul xizmatdir, haq olish joyi emas. Solih amallarning haqlari, mevalari, nurlari barzohda, oxiratdadir. Oʻsha boqiy mevalarni bu dunyoga tortish va bu dunyoda ularni istash, oxiratni dunyoga tobe qilish deganidir. Oʻsha amali solihning ixlosi sinadi, nuri ketadi. Ha, u mevalar istalmaydi, niyat qilinmaydi. Berilsa, tashviq uchun berilganini oʻylab shukr qiladi."

Ha, bu asrda, bir-ikki maktubda bayon qilingani kabi, shu daraja hayoti dunyoviya tomiriga tegilgan va yaralagan va hayajonga keltirganki; muborak va keksa va domla va ahli salohat boʻlgan bir zot ham, dunyoda bir navi hayoti uxroviya zavqlarini istaydi; birinchi darajada, dunyoda zavqi hayot unda hukm qiladi.

Toʻrtinchisi: Biz bilan aloqador bir zot, juda koʻplarning shikoyat qilganlari kabi; eskidan shiddatli bir tariqatda oʻqigan avrodidagi zavqu shavqini yoʻqotganini hamda siqilish va uyqu gʻolib kelganini xafa boʻlib shikoyat qildi. Unga dedik:

Moddiy havo buzilgan vaqtda qandayki siqilish beradi, asabiy siynalarda qaygʻu holi boshlaydi; shunga oʻxshab, ba'zan ma'naviy havo buziladi. Xususan ma'naviyatdan begonalashgan bu asrda va ayniqsa havaslar va nafsoniy orzular umumiylashgan mamlakatlarda va xususan hurmatli oylar va muborak oylarda ma'naviy havoni tozalagan olami Islomning uygʻonish va umumiy e'tibori, oʻsha muborak oylarning ketishi bilan toʻxtab qolishidan fursat topib havoni buzgan zalolatlarning ta'sirlari zamonida va ayniqsa qish tazyiqlari ostida, bir daraja hayoti dunyoviya va nafsoniy havaslarning hujumlarining nuqsoniyatidan, ahli Islom va ahli iymonda, hayoti uxroviya uchun ishlash ishtiyogʻi, bahorning kelishi bilan hayoti dunyoviyaning va havasoti nafsoniyaning inkishofi bilan oʻsha ishtiyogʻi uxroviyani yashirishi onida albatta bunday qudsiy avrodlarda zavq, shavq oʻrniga esnash va sustlik keladi.

— 135 —

Ammo modomiki, خَيْرُ الْاُمُورِ اَحْمَزُهَا sirri bilan; mashaqqatli, zahmatli, zavqsiz, aziyatli solih amallar va xayrli ishlar yanada qiymatli, yanada savoblidir. Oʻsha aziyatda, oʻsha mashaqqatdagi ziyoda savobni va maqbuliyatni oʻylab, sabr ichida masrurona shukr qilish kerak.

Beshinchisi: Risola-i Nurning bir talabasi, Risola-i Nur bilan mashgʻul boʻla olmaganining bir sababi, tirikchilik dardining ziyodalashishi boʻlganini aytdi. Biz ham unga dedik: Risola-i Nur bilan mashgʻul boʻlmaganing uchun tirikchilik dardi senga shiddatlandi. Chunki bu atrofda har talaba e'tirof qiladi va men ham qilamanki: Risola-i Nur bilan mashgʻul boʻlgan sari, yashashda osonlik va qalbda yengillik va tirikchilikda yengillik koʻramiz."

Oltinchisi: Bu bechora Saiddir. Hamma orzu qilgan va istagan va quvonch bilan qabul qilgan shaxsiga nisbatan hurmat va muhabbat va suhbat, - faqat Risola-i Nurga ta'alluq qilgan nuqtalar xorijida - menga ogʻir keladi, meni siqadi, ranjitadi. Taxmin qilamanki, Risola-i Nurning yuksak xosiyatlari va shogirdlarining shaxsi ma'naviysining juda buyuk fazilatlari, shaxsim kabi ojizlik maslagida koʻp ilgarilagan bir ojiz va bechoraning zaif yelkasiga oʻsha togʻdek ma'nolar yuklansa, ostida eziladi, siqiladi deb tushundim. Bu oxirgi ikkita masalada juda qisqa qilishga qogʻoz majbur qildi. Nur, Gul va Lutfining qahramon vorislari, Muboraklar yuksak hay'ati va Madrasa-i Nuriya va ma'sumlar va ummiy keksalarning har biriga minglab salom aytamiz.

Duongizga muhtoj, sizga mushtoq qardoshingiz

Said Nursiy
***

Aziz, siddiq, tebranmas, qoʻrqmas, metin, fidokor qardoshlarim.

Bunday shiddatli hujumlarga qarshi sizni jasoratlantirishni lozim koʻrmayapman. Sizning quvvatli matonatingiz va Risola-i Nurga kelgan har ayanchli hodisaning ostida bir inoyat va rahmat borligiga e'tiqodingiz, jasoratlanishingizga yetarlidir, bilamiz. Faqat bir nuqtani qiziqyapman. Qoʻlga kiritilgan barcha Risola-i Nur faqat bir toʻplammidir va kimniki ekan? Bilishni istayman. Kimniki boʻlmasa ham, xavotirlanmasin. Yanada ahamiyatli maqomlarda uning hisobiga fathlar qiladilar, savob qozontiradilar. Unga bir toʻplam Risola-i Nur yetkazilishi mumkin. Ham hibsda biron kishi bormi? Ham unga havola qilingan domla kim?

— 136 —

Ikkinchidan: Sabri bilan Hofiz Alining qanoati bilan xabarlashishni osonlashtirish uchun bergan qarori bilan ba'zan Otaboy yoʻli bilan xabarlashishni, ular kabi biz ham qabul qildik. Lutfining bir vorisi Abdulloh Chovush nomi bilan, manzili bilan yuboriladi.

Uchinchidan: Sabrining maktubida, tavofuqli yozgan Moʻjizoti Qur'oniya va Risola-i Nur haqidagi istixroji bizni favqulodda masrur ayladi. Hasan Atifning bizga yozgan dabdabali va jozibador Moʻ'jizoti Qur'onni asos qilib, boshqa risolalarda, i'jozi Qur'onning nuktalariga doir bahslarni unga zayllar shaklida qoʻshdik, goʻzal bir suratga keldi.

Jumladan: Oyat-ul Kubroning Qur'onga doir Oʻn Yettinchi Martabasi, Yigirmanchi Soʻz va Sura-i Fathning oxirgi oyatining moʻ'jiza boʻlganiga doir Yettinchi Yogʻdu va Mundarijaning Rumuzoti Samoniyaga doir muhim parchalari va Kanz-ul Arshning ikki nuktasi kabi parchalar oʻsha zayllarga kirgan. Aynan Moʻ'jizoti Ahmadiyaning zayllari kabi porlagan. Nurlar stansiyasi Sabri, oʻsha yozgan goʻzal Moʻ'jizoti Qur'oniyani inshaalloh ular bilan toʻliq goʻzallashtiradi.

Toʻrtinchidan: Marhum Lutfining haqiqiy va juda jiddiy vorisi boʻlgan Abdulloh Chovushning maktubi, uning daraja-i sadoqat va ixlosini va aloqasini koʻrsatdi. Har vaqt Islomkoʻyli Abdulloh bilan u Abdulloh Chovushni duoda barobar yod etardim. Darhaqiqat, u maqomga loyiq boʻlganini koʻrsatyapti. Istagan Mundarijaning tahrirlangan oxirgi qismi inshaalloh unga yuboriladi. Faqat oʻylagani kabi koʻp tahrir qilinmagan. Chunki, ishni taqsim qilish surati bilan, oʻsha muborak qardoshlarimning yozuvlarini muborak yodgor suratida koʻrdim va oʻzgartirishga botinolmadim.

Beshinchidan: Bu kunlarda, u hodisada, Risola-i Nurning bir daraja toʻxtashiga va dunyoga qarashga va yigirma yildir gaplashmaganim odamlar bilan gaplashishga va xizmati Qur'oniya nuqtasida man qilinganimiz siyosatga aralashishga majbur boʻlaman degan xavotirdan kelgan shiddatli bir iztirobdan, zohiran koʻrinmas, ma'nan tahlikali bir xastalik menga hujum qildi. Doimiy odatimni batamom bajara olmaganimdan, yana Ramazon xastaligi kabi, men qardoshlarimdan, yana ma'naviy yordamlarini juda iltimos qilaman. Ammo xavotirlanmang, yotoqda emasman. Faqat koʻp yozilgan nusxalarni tahrir eta olmayapman.

— 137 —

Oltinchidan: Risola-i Nur bir jabhada toʻxtab qolsa ham, boshqa jabhalarda fathlari oʻsha toʻxtashning oʻrnini bosadi. Hatto bu hodisa munosabati bilan bu yerda bir daraja ehtiyotga binoan toʻxtashga niyat qilib tashviq qilganimiz holda; aksincha Isparta toʻxtashiga qarshi, bu yerlarda inkishoflar bilan namoyon boʻldi. اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى

Eng koʻp bizga nazorat bilan, biz bilan va siyosat bilan aloqador muhim bir ma'mur yonimga keldi. Unga dedimki:

"Bu oʻn sakkiz yildir sizlarga murojaat qilmadim va hech bir gazeta oʻqimadim. Bu sakkiz oydir, bir marta jahonda nima boʻlyabti, deb soʻramadim. Uch yildir bu yerdan eshitilgan radioni tinglamadim; toki qudsiy xizmatimizga ma'naviy zarar kelmasin. Buning sababi shudirki: Iymon xizmati, iymon haqiqatlari, bu koinotda hamma narsadan ustundir; hech bir narsaga tobe va vosita boʻlolmaydi. Lekin bu zamonda ahli gʻaflat va zalolat va dinini dunyoga sotgan va boqiy olmoslarni shishaga almashtirgan gʻofil insonlar nazarida oʻsha xizmati iymoniyani xorijdagi quvvatli jarayonlarga tobe yoki vosita deb oʻylash va yuksak qiymatlarini umumning nazarida tushirish xavotiri bilan, Qur'oni Hakiymning xizmati bizga qat'iy bir suratda siyosatni man etgan.

Sizlar, ey ahli siyosat va hukumat! Shubhalanib bizlar bilan ovora boʻlmang. Aksincha osonlashtirishingiz kerak. Chunki xizmatimiz tinchlik va hurmat va marhamatni ta'sis bilan ham osoyishtalikni, ham tartibni, ham hayoti ijtimoiyani anarxistlikdan qutqarishga harakat qilib, sizning haqiqiy vazifangizning poydevorlarini mustahkamlaydi, quvvatlantiradi va qoʻllab-quvvatlaydi."

Yettinchidan: Hofiz Alining maktubida ba'zilarga xitoban yozganimiz bir maktub bilan va hozirgi hodisaga doir yengil oʻtishiga oid oxirgi maktub bugundan bir hafta avval pochtaga berilgan. Hofiz Ali, yoʻldagi oʻsha ikki maktubni oʻqigandek maktubini yozishi, sadoqatining bir karomat yogʻdusi boʻlgani kabi, oʻsha kuni - hech sodir boʻlmagan - yonimga ahamiyatli katta bir ma'muri siyosiy kelishini Nazifning doʻstlaridan Koʻroʻgʻli Ahmad tushda aynan koʻrib, oʻsha ma'murdan uch soat avval tushni bizga hikoya qilib ta'bir istadi; ta'biri ta'vilsiz chiqdi.

— 138 —

Umum qardoshlarimizga bir-bir, xususan musibatzadalarga salom va duo qilamiz.

***

Aziz, siddiq, muborak qardoshlarim va xizmati Qur'oniya va iymoniyada sabotkor, tebranmas, qoʻrqmas birodarlarim va bu musofirxona-i dunyoda shafqatkor va fidokor va vafodor yoʻldoshlarim!

Bu dafa Nur fabrikasining sohibi bilan va tom bir muovini va tom bir Xusrav boʻlgan qahramon Tohirning bashoratli maktublari va madrasa-i Nuriyaning qahramonlaridan Duradgor Ahmadning ikkinchi tushi va uchinchi tushning oxirida, ma'lum musibatning orqasida tebranmagan faol Hofiz Mehmedning bolalarga xatm duosini qilishi va Risola-i Nurni oʻqitishi, ustimizdan togʻ kabi ma'naviy ogʻirliklarni olib tashladilar. Janobi Haq sizlarni va ularni ma'naviy va moddiy ofatlardan muhofaza qilsin, omin.

Duradgor Ahmadning ikkinchi tushi, Paygʻambarimiz Alayhissalotu Vassalaom bilan aloqadorlik va sururli boʻlgani jihatidan sodiq tush boʻlganiga, u Madrasa-i Nuriyaning atrofidagi qardoshlarning va xonimlarning moddiy xizmatlari jonli va ruhli bir surat olib, Paygʻambar Alayhissalotu Vassalomning sunnati saniyalarining ihyosiga sabab boʻlishiga ishorat bergani munosabati bilan, maktubingizni olishdan ikki kun avval koʻrgan bir tushimni bayon qilyapman. Jumladan:

Koʻrdim: Hozirgi rais yoki hozirgi raislar, men tanigan ahamiyatli bir-ikki domlaga, xalifalik unvonini va masalalarini tatbiq qilishga va xalifalik oʻsha domlalarga yoki raislarga qaysisiga berilishini tushda tushundim. Va oʻsha natija-i qarorlarni menga koʻrsatish uchun, menga qarshi kelganlarini koʻrdim. Keyin uygʻondim. Ertalab qardoshlarimga aytib berdim. Dedim: Allohu a'lam, Isparta atrofida, Risola-i Nurning moddiy magʻlubiyati ichida ma'naviy bir gʻolibligi boʻlganki; katta rasmiy maqomlarda eng muhim Islomiy masalalar bahs mavzusi boʻladi. Biz Ispartada u musibatning qay daraja ilgarilaganini bilolmaganimizdan va koʻpdan beri ham na olamning holidan va na rasmiy vaziyatdan tushunmay tinglamaganimiz holda, bu tushning sodiq tush boʻlganiga bir alomat boʻlgan, meni bir kun qaratdi. U alomat shudirki:

— 139 —

Risola-i Nurning ahamiyatli bir talabasi Anqaradan kelib, men soʻramasdan dedi: "Rais Qur'onga yangi bir tafsir yozishni amr qilibti, u ham yozayotgan ekan."

Yana deganki: Ichki Ishlar Vaziri, yigirma yillik bir odatga muxolif boʻlib, "Dinsiz bir millat yashay olmaydi" deb din foydasiga bayonotda boʻlganini va Maorif Vaziri ham, odobi Islomiya foydasiga, eski qoidalariga muxolif boʻlib bayonotda boʻlgani kabi, ahamiyatli bir oʻzgarishni his ettirgani uchun; qulogʻimni yopganim sakkiz oydan soʻngra, bu tush xotiri uchun, bu xabarlarni oldim. Buning sababini tushunishni haqiqatdan orzu qildim. Birdan eslatildiki: Ahli zalolat siyosiy ma'murlarni aldab, Risola-i Nurga qarshi keng koʻlamda, bu yerdan u yergacha bir doira ichida hujum qilib, daraja-i quvvatni tushunishni istadilar. Koʻrdilarki, uzib boʻlmaydigan, magʻlub qilinmaydigan bir quvvatda koʻrganlari uchun, ahamiyatli katta rasmiy doiralarda, mohiyatini bahs va diqqat mavzusi qilganlaridan, majbur boʻlib, bir navi kelishuvga yoʻl tayyorlash; va hozirgacha haqiqat va hikmatga muxolif boʻlib yaxshiliklarni oʻlgan raisga va yomonliklarni millatga, qoʻshinga berish oʻrniga, u xato-i azimaga badal, barcha yomonliklarni oʻlganga berib, oʻzlarini bir daraja oʻsha dahshatli xatolardan qutqarish chorasini qidirishga, bir zamin tayorlashga uringanki; ham tush, ham bu xabarlar xabar beryapti. Birinchi, ikkinchi Xulusiylarning umumiy maktublari, bu ikki muhim ruknning gʻayratlari, sadoqatlari poʻlatdan yanada metin ekani har hodisa bilan koʻrsatilyapti.

Said Nursiy
***

Aziz, siddiq, sabotkor qardoshlarim va haqiqiy vorislarim.

Bu kunlarda Risola-i Nurga suiqasd qilganlar va sizlarga aziyat berganlar haqida, menga bergan bir hiddat natijasida badduoga tashabbus qildim. Birdan Isparta uchun qilolmadim. Necha marta niyat qilmasam, Ispartadagi yaxshilar sababli suiqasdchilar qutuldilar. Qila olmadim, badduo oʻrniga "Ey Robbim! Modomiki Isparta Risola-i Nurning bir Madrasat-uz Zahrosidir, sen u yerdagi yomon ma'murlarni ham isloh ayla va husni oqibat ber" deb duo qildim va qilyapman.

Ikkinchidan: Bu kunlarda Salohiddinning Istanbuldan keltirgan Habba, Qatra, Shamma, Hubob kabi arabcha risolalarga qaradim. Koʻrdimki: Yangi Saidning toʻgʻridan toʻgʻri qalbiy harakatlarida koʻrgan haqiqatlari, Risola-i Nurning urugʻlari hukmidadir. Zotan bular ham Shu'la va Zuhra, Risola-i Nurning arabcha qismlaridir. Ular toʻgʻridan toʻgʻri mening oʻzimning darsim boʻlgani uchun, arabcha va qisqa iboralar bilan ifoda qilingan, boshqa odamlar nazarga olinmagan.

— 140 —

Oʻsha vaqt, boshda Shayxulislom va Dor-ul Hikmat a'zolari va Istanbulning buyuk olimlari tahsin va taqdir bilan qarshiladilar. Bular Yangi Saidning asarlari boʻlganidan, Risola-i Nurning qismlaridirlar. Eski Saidning esa, arabcha risolalaridan faqat Ishorot-ul I'joz Risola-i Nurda eng muhim bir mavqe olgan.

Ham har ikki Saidning ishtiroki bilan, birgina Ramazonda ikki hilol oʻrtasida ta'lif qilingan va oʻz-oʻzidan, ixtiyorim xorijida bir daraja manzum shaklini olgan va Ishorot-ul I'joz qit'asida ellik-oltmish sahifa boʻlgan turkcha boʻlib Lamaat nomli risola ham Risola-i Nurga kirishi mumkin. Afsuski bir nusxa qoʻlga kiritolmadim. Hamma yoqtirgani uchun, chop qilingan nusxalari qolmagan.

Ham Eski Saidning ilmi mantiq nuqtasida bir shohasar hukmida boʻlgan chop qilinmagan Ta'liqotdan sizilgan i'jozli bir iyjozi horiqoda, mudaqqiq olimlarni hayrat va tahsin bilan diqqatga chorlagan, chop qilingan "Qizil Iyjoz" nomli risola-i mantiqiya Risola-i Nur bilan bogʻlanishiga va shogirdlarining olimlar qismining nazariga koʻrsatishni loyiq koʻrdim. Lekin juda chuqurdir. Bu kunlarda Fayziga bir oz dars berdim. Balki bir zamon Fayzining oʻzi boshqasining ham tushunishi uchun darsini Turkcha oʻlaroq qalamga oladi.

***

Aziz, siddiq qardoshlarim, sabotkor va haqiqiy vorislarim!

Bu kunlarda Risola-i Nur talabalari hisobiga gʻoyat ahamiyatli, xavotirli bir savoli ma'naviy qalbimga eslatildi. Keyin tushundimki, aksar Risola-i Nur talabalarining lisoni hollari bu savolni soʻrayapti va soʻraydilar. Birdan bir javob xotirga keldi, Fayziga aytdim. "Hech boʻlmasa qisqacha qayd qilinsin", dedi.

Xavotirli savol: Bu oxirzamon fitnasida ochlik ahamiyatli bir rol oʻynaydi. U bilan ahli zalolat bechora och ahli iymonni tirikchilik dardi ichida botirib, hissiyoti diniyani yo unuttirib, yo ikkinchi, uchinchi darajada qoldirishga harakat qiladi deb, rivoyatlardan tushuniladi. Ajabo, hamma narsada, hatto qahr azobida ahli iymon va ma'sumlar uchun bir jihati rahmat va qadari Ilohiy jihatida adolat boʻlgani, bunda qay tarzda boʻladi? Va ahli iymon, xususan Risola-i Nur talabalari bu musibatga qarshi iymon va oxirat hisobiga qay jihat bilan istifoda qilib, qanday harakat qiladilar va bardosh qiladilar?

— 141 —

Javob: Bu musibatning eng ahamiyatli sababi; kufroni ne'mat va shukrsizlik va ne'mati Ilohiyaning qiymatini taqdir qilmaslikdan kelgan bir isyon boʻlganidan, Odili Hakiym ne'matining, xususan ozuqa qismining, xususan hayot nuqtasida eng buyuk ne'mat boʻlgan nonning haqiqiy lazzatini va juda ahamiyatli qiymatini va ne'matlilik nuqtasida favqulodda darajasini koʻrsatish bilan, haqiqiy shukrga chorlash hikmati bilan, Ramazon kabi riyozati diniyaga rioya qilmagan shukrsiz insonlarga bu musibatni berib, ayni hikmat uchun adolat qilgan.

Ahli iymon, ahli haqiqat, xususan Risola-i Nur talabalarining vazifasi; bu musibatli ochlikni Ramazon riyozati diniyasi tarzida ochlik kabi vasila-i iltijo va nadomat va taslimiyat qilishga harakat qilishdir. Va zarurat bahonasi bilan, tilanchilikka va oʻgʻrilikka va anarxistlikka yoʻl ochishiga maydon bermaslikdir. Va och faqirlarga achinmagan bir qism boy va ba'zi ahli maosh ham Risola-i Nurni tinglab, bu majburiy ochlik hissi bilan ochlarga marhamatga kelib, zakot bilan yordamlariga yugurishdir. Va nafsini goʻzal ovqatlar bilan taltaytirgan, isyonkor qilgan va havasoti razila va tugʻyonlarga chorlab sarxush qilgan yoshlar ham, Risola-i Nurning irshodi bilan, bu hodisadan mardona foydalanib, fahsh ishlardan va gunohlardan qoʻllarini bir daraja tortgani va nafslarining zavqlarini va iflosliklarga qarshi gʻalayonlarini sindirgani vasilasi bilan toatga va xayrotga kirib, oʻsha hodisani oʻzlariga qarshi boʻlishdan chiqarib, foydalariga iste'mol qilishdir. Va ahli ibodat va solohat ham, aksar insonlar och qolgan bu zamonda va juda aralashgan hamda harom va halol farq qilinmaydigan bir tarzda kelgan va shubhali mol hukmida va ma'nan sherik boʻlgan umumiy rizqdan halol boʻlishi uchun miqdori zarurat darajasiga qanoat qilyapman deb, bu majburiy baloga bir riyozati shar'iya nazari bilan qarashdir. Qadari Ilohiyani shikoyat bilan emas, rizo bilan qarshilashdir.

Umum qardoshlarimga, xususan musibatzadalarga koʻp salom va salomatlari uchun duo qilaman.

— 142 —

Sabri qardoshim! Seni vakil qilib salom yuborganlarga, men ham seni vakil qilaman. Ularga bir-bir salom aytaman. Sening bu safargi maktubing garchi kech keldi, faqat bir necha nuqtada meni juda mamnun qildi. Sabrining olmos va poʻlat kabi matonatini va fikrining toʻgʻriligini koʻrsatdi. Modomiki Hofiz Ali bilan siz Otaboy yoʻli orqali ham xabarlashishni munosib koʻrgansiz, Otaboyda Abdulloh Chovushning yoki siz munosib koʻrgan kishingizning manzilini bildiringlar. Abdulloh Chovush sizning nomingizdan soʻragan Oʻninchi Shu'la nomli Mundarijaning ikkinchi jildini yozdirdik va Hizb-ul Akbari Nuriyani Fayzi yozdi. Yaqinda inshaalloh yuboramiz.

Said Nursiy
***

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Bu safar Sabri va Hofiz Alining maktublari, Risola-i Nurning favqulodda bir karomatini va hayratomuz quvvatini koʻrsatyapti. Madrasa-i Nuriyaning mehnatkash va gʻayratli talabalari bir necha kun mobaynida, Hofiz Mehmedning yoʻqolgan kitoblariga muqobil hammasining yozilishini va unga berilishini kafolat berishlari, bu atrofdagi shogirdlarni favqulodda masrur ayladi. Hofiz Alini tahqiqotiga kelganlarning, "Doʻkonlarda qogʻoz qolmadi. Risola-i Nur shogirdlari qogʻozni tugatdilar", deb aytishlari va Mehmed Zuhduning kitoblari oʻziga qayratishlari, Risola-i Nur shogirdlarini iftixor bilan jasoratlantirgan va tashviq qilgan bir hodisadir. Sabri maktubida, "Ikki-uch yildir Risola-i Nur, ta'lif jihatidan turgʻunlik davrini oʻtkazyapti" deb hikmatini soʻrayapti. Buning javobi uzun. Ham ta'lif, ixtiyorimiz doirasida emas. Ham Risola-i Nur shogirdlarining ta'lifda hissalari qolishi uchun, ba'zi ahamiyatli sabablar va nuqsonlar mone boʻldi.

Bu yerda boshda Osiyo boʻlib, Ulviya, Lutfiya kabi juda mehnatkash xonim shogirdlar, Madrasa-i Nuriyadagi opa-singillariga va salom yuborgan Sabrining rafiqasiga, ham qardoshlariga hurmatlarini arz qiladilar va salom va duo qiladilar.

Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz.

***
— 143 —

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Qahramon Tohiriyning va Kotib Usmonning maktublari haqiqatdan men uchun bir dori hukmiga oʻtdi. Yarim moddiy, yarim ma'naviy xavotir xastaligiga bir tiryoq hukmiga oʻtdi. Janobi Haq ulardan va sizlardan abadiyan rozi boʻlsin. Ha, azmu sabotingiz hamda ixlos va jiddiyligingiz ahli dunyoni magʻlub qilgan va qilyapti. Boʻlmasa, birgina Tasattur Risolasi bilan bir yuz yigirmata odamni hibsga olganlari, bir yuz oʻttizta risola bilan bitta odamni hibsga ololmaganlarining sababi; ixlosingiz va matonatingizdir, hukm qilyapti.

Tohiriyning Hizb-ul Akbar va Vird-ul A'zamni nashr qilish uchun Istanbulga ketishini butun ruhimiz bilan uni tabrik va muvaffaqiyatiga duo qilyapmiz. Istanbulda Shafiqdan tashqari Risola-i Nur bilan jiddiy aloqadorlar koʻpdir, ammo manzillarini bilmayman. Faqat Barlali Hoji Bakir va Ineboluli ijro boʻlimida boʻlgan Hofiz Amin va Guranli Mehmed Afandini ham Shafiq vositasi bilan topishi mumkin. Istanbul doʻstlari munosabati bilan, mashhur bir voiz men bilan koʻrishish uchun kelgan, koʻrisholmay ketgan. Bir zotga yozilgan bir maktubning surati sizga yuborilyapti; balki u yerdagi ba'zi odamlar bu odam kabi u xitobga muhtojdirlar.

Istanbulga kirib oʻtgan Risola-i Nur shogirdlari sening gʻayrat va jiddiyligingni va ta'sirli va'zingni bizga xabar berdilar. Sen kabi metin va xolis bir zotni, Risola-i Nur doirasida koʻrishni orzu qiladilar. Men ham ular kabi haqiqatdan seni Risola-i Nur doirasida koʻrishni istayman. Bilasanki, ikki alif alohida alohida boʻlsa, ikki qiymatiga ega. Bir chiziq ustida yelkama-yelka tursa, oʻn bir qiymatiga ega boʻlganidek, sening ta'sirli nasihating bilan tayyorlagan xizmati iymoniyang bir oʻzi qolsa, hozirgi birlashgan hujumlarga qarshi dosh berishi juda qiyin. Agar Risola-i Nurning xizmatiga qoʻshilsa, oʻsha ikkita alif kabi oʻn bir, balki bir yuz oʻn bir qiymatida va quvvatida boʻladi va qarshidagi ittifoq qilgan zalolatdagilarga qarshi dosh beradi.

Bu zamon ahli haqiqat uchun shaxsiyat va anoniyat zamoni emas. Zamon, jamoat zamonidir. Jamoatdan chiqqan bir shaxsi ma'naviy hukm qiladi va dosh bera oladi. Katta bir hovuzga sohib boʻlish uchun bir muz parchasi hukmidagi anoniyat va shaxsiyatini oʻsha hovuzga tashlash va eritish kerak. Boʻlmasa oʻsha muz parchasi eriydi, zoye boʻladi; oʻsha hovuzdan ham foydalanilmaydi.

Ham taajjub, ham afsuslanish sababidirki; ahli haq va haqiqat ittifoqdagi favqulodda quvvatni ixtilof bilan zoye qilganlari holda; ahli nifoq va ahli zalolat mashrablariga zid boʻlgani holda, ittifoqdagi ahamiyatli quvvatni qoʻlga kiritish uchun ittifoq qilyaptilar. Yuztadan oʻnta ekanlar, toʻqsonta ahli haqiqatni magʻlub qilyaptilar.

***
— 144 —

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Bu daqiqada Xusrav, Rushdu, Ra'fat, Ispartaning Hofiz Alisi askarlikdan qachon kelishlari haqida qiziqyapman. Xususan, Xusravning qalami qachon Risola-i Nurning fotihona yoyilishiga qovushadi deb bilishni istayman. Ularga ham salomimni yetkazing. Hozir bundan oʻn daqiqa avval, jasur, faqat yozishni bilmaydigan ikkita odam, Risola-i Nur doirasiga biri ikkinchisini keltirdi. Ularga dedimki: "Bu doira bergan buyuk natijalarga muqobil, tebranmas sadoqat va sinmas matonat istaydi. Isparta qahramonlari koʻrsatgan gʻaroyibotlar va jahonpisandona nurga oid xizmatlarning asosi, hayratomuz sadoqatlari va favqulodda matonatlaridir. Bu matonatning birinchi sababi: Quvvati iymoniya va ixlos xislatidir. Ikkinchi sababi: Jasorati fitriyadir." Ularga: "Sizlar jasorat bilan va qahramonlik bilan tanilgansiz va dunyoga oid ahamiyatsiz narsalar uchun fidokorlik koʻrsatasizlar. Albatta Risola-i Nurning qudsiy xizmatida va jahon qiymatidagi uxroviy natijalariga muqobil, mardona va fidokorona jasorat va matonat koʻrsatib sadoqatingizni muhofaza qilinglar", dedim. Ular ham toʻliq qabul qildilar.

***

Aziz, siddiq qardoshlarim va xizmati Qur'oniyada quvvatli birodarlarim!

Bu safar qahramon Tohirni hammangizning nomidan koʻrdim va unda bir Lutfi, bir Hofiz Ali, bir Xusrav va bir Said (faqat yosh Said) mushohada etdim. Janobi Haqqa koʻp shukr qildim. Bu safar uning hidini olib, u hali kelmasdan mening yonimga kelgan komisar va qidiruv odamlari munosabati bilan; mendan talabalar tarafidan soʻralgan bir masala, balki sizga ham bir foydasi bor deb yuborildi.

— 145 —

Doimiy xizmatida boʻlgan Risola-i Nur shogirdlari tarafidan soʻralgan bir savolga javobdir.

Savol: Buncha vaqtdan beri xizmatingizdamiz. Dunyoga, hayoti ijtimoiyaga va siyosatga doir bir aloqangizni, qiziqishingizni koʻrmadik. Doimo iymon va oxirat darsidan boshqa bir mashgʻuliyatingizni koʻrmayapmiz. Shunday tushunganmizki; bu oʻn sakkiz yildir vaziyatingiz bunday ekan. Nima uchun, Ispartada hech bir narsa yoʻq ekan, mamlakatni hayajonga keltirib, sizni mahkamaga berdilar. Va yuzta birodaringizni, toʻrt oy mahkama surishtiruvi natijasida dunyo bilan, siyosat bilan aloqaga doir hech bir narsa topolmadilar. Faqat oʻzlarini va mahkamalarini abadiy uyaltiradigan bir bahona topdilar; va yuztadan faqat besh-oʻnta odamga besh-olti oy jazo berdilar. Ham bu yerda olti yildan koʻproq uchastka nozirining nazorati va nazari ostida oʻtirganingiz, xonaning derazalari bilan doimo sizning har vaziyatingiz uchastka noziri tomonidan koʻrilgani holda; bundan ikki-uch oy avvalga qadar har vaqt yashirin va oshkora sizni kuzatib, necha marta qidiruv oʻtkazishlari, doʻstlarni sizdan qochirish uchun tekshiruvlar bilan sizga eng ahamiyatli va chalkash bir siyosatchi kabi qarashlarining sababi nima? Biz bundan ham xafa, ham hayronmiz. Faqat ikki-uch oydan beri yoningizga erkin kela olyapmiz. Avvallari qoʻrqib, yashirincha kela olardik. Bu masalani bizga izoh qiling.

Javob: Men ham siz kabi, balki sizdan ham koʻproq bu vaziyatdan ham hayrat, ham taajjub qilardim. Bu savolingizning izohli javobi, Yigirma Yettinchi Yogʻdu boʻlgan mahkamaga qarshi Mudofaalar Yogʻdusi bilan Oʻn Oltinchi Maktub risolasidir. Hozircha qisqacha bir-ikkita asos bayon qilaman.

Birinchisi: Osoyishtalikni ta'minlash va idora ma'murlari, tartibni saqlash politsiyalari va komisarlari bizga va maslagimizga qarshi shubhaga tushib hujum va vahimaga tushish emas, aksincha himoyakorona tashviq va jasoratlantirish vazifalarining taqozosidir. Chunki: Ularning vazifalarining poydevori, hurmat, marhamat, halol-haromni bilish bilan, itoat dasturi bilan hayoti ijtimoiya tinchlik doirasida jarayon qila oladi. Risola-i Nur hayoti ijtimoiyaga qaragan vaqt, bu asoslarni ta'minlaydi. Natijasi ham amalda koʻrilgan. Risola-i Nurning eng muhim markazi Isparta va Kastamonu boʻlganidan, boshqa yerlarga nisbatan ichki ishlar xodimlari insof bilan diqqat qilsalar, Risola-i Nurning ularga porloq yordamini koʻradilar.

Ham talabalarida buncha kasrat va quvvat va haq qoʻllarida boʻlgani holda, osoyishtalikka hech bir zarari tegmaganini va talabalardan mingta odam oʻnta odamchalik hayoti ijtimoiyaga zarar bermaganlarini, qalbi buzuq boʻlmagan koʻradi.

Bu masalaning sirri hikmati budirki: Olami insoniyatda va Islomiyatda uch muazzam masala boʻlgan iymon va shariat va hayotdir. Ichlarida eng muazzami iymon haqiqatlari boʻlganidan, bu haqoiqi iymoniya-i Qur'oniya boshqa jarayonlarga, boshqa quvvatlarga tobe va vosita qilinmaslik va olmos kabi oʻsha Qur'onning haqiqatlari, dinni dunyoga sotgan yoki vosita qilgan odamlarning nazarida shisha parchalariga tushirmaslik va eng qudsiy va eng buyuk vazifa boʻlgan iymonni qutqarish xizmatini toʻliq amalga oshirish uchun, Risola-i Nurning xos va sodiq talabalari gʻoyat shiddat va nafrat bilan siyosatdan qochadilar.

— 146 —

Hatto sizning bu qardoshingiz - siz ham bilasiz - bu oʻn sakkiz yildir, shunchalar muhtoj boʻlganim holda siyosatga, hayoti ijtimoiyaga qoʻshilmaslik uchun, hukumatga birgina murojatim boʻlmaganini va bu sakkiz-toʻqqiz oydir, kurra-i arzning bu qirgʻinbarotidan bir marta ham na soʻrash va na qiziqish va na tushunish va na suhbat mavzusi qilmaganimni, hatto hozir sulh boʻlganmi, urush tugaganmi, Ingliz va Olmondan boshqa kimlar urushayotganini bilmaganimni bilasizlar.

Ham hammani vaysaqi va tentak qilgan va uch yildan beri xonamdan eshitilgan radioni, ikki martadan boshqa na tinglaganimni va na soʻraganimni, men bilan birga boʻlgan sizlar bilasizlar. Bu daraja bu vaziyatlarga qarshi aloqasiz va loqayd bir odam ta'qib etgan maslakka hujum qilgan va vahimaga tushib, kuzatish bilan aziyat bergan, qay daraja insofdan uzoq tushganini eng insofsiz ham tasdiq qiladi.

Ikkinchi asos: Ey qardoshlarim! Sizlar bilasizlarki; bizning maslagimizda menlik, anoniyat, shonu-sharaf pardasi ostida maqom sohibi boʻlishdan oʻldiruvchi zahar kabi undan qochamiz. Uni his qildirgan holatlardan shiddat bilan saqlanamiz. Albatta bu yerda, olti-yetti yil koʻzingiz bilan koʻrdingiz va yigirma yildan beri tahqiqotingiz bilan tushungansizki, men shaxsimga nisbatan hurmat va maqom berishni istamayman. Sizlarni u nuqtada shiddat bilan koyiganman. Mening haddimdan ortiq mavqe bermanglar, deb sizdan xafa boʻlaman. Faqat Qur'oni Hakiymning bu zamonda bir moʻ'jiza-i ma'naviyasi boʻlgan Risola-i Nur hisobiga, men ham uning bir shogirdi boʻlish e'tibori bilan, unga nisbatan tasdiqkorona taslimni va aloqani shokirona qabul qilaman. Xullas, bu daraja anoniyatdan va menlikdan va shonu-sharaf nomi ostidagi riyokorlikdan qochishni dasturi harakat qilib olgan odamga nisbatan ahli hukumatning, ahli idora va ichki ishlar xodimlarining vahimaga tushishlari qanchalik ma'nosiz va keraksiz ekanini devonalar ham anglaydi.

Said Nursiy
***
— 147 —

Aziz, siddiq, sabotkor qardoshlarim!

Musibatzadalarning ma'naviy gʻalabasi, oqlanishi; faqat sizlarni va bizlarni emas, balki bu mamlakatdagi barcha ahli iymonni sevintiradigan bir mohiyatdadir. Chunki Risola-i Nurning hurriyatiga yoʻl ochdi. Hozirgacha musodara qilinadi degan gumon bilan juda koʻp ehtiyotga majbur boʻlgandik. Bu oʻn sakkiz yilda va ayniqsa bu yerdagi olti yilda risolalarni yashirish xususida juda koʻp zahmat chekdim va doim xavotirlanib azob chekardik.

Janobi Haqqa Risola-i Nurning harflari sanogʻicha hamdu sano va shukr boʻlsinki, bu safar ma'naviy gʻalabasi bilan oʻsha zolimona va zulmatkorona pardani poralab tashladi. Oz bir zahmat bilan buyuk ajr va keng fathlarga zamin tayyorladi. Va bu ikki oy turgʻunlik muddati, aynan hibsimiz hodisasi kabi, boshqa bir tarzda, yanada keng bir doirada Risola-i Nurning tarqalishiga vasila boʻldi. Sizlarni va ayniqsa musibatzadalarni va ayniqsa Hofiz Mehmedni tabriklaymiz va xayrli oʻtgan boʻlsin deymiz. Bir Tasuttur Risolasi bilan yuzta odamni yuz kun qamagan va u kabi yuzlab risolalar bilan birgina odamni bir kun qamay olmagan bir mahkamaga hukm qilib gʻalaba qozongan, sizlarning hayratomuz sadoqatingiz va favqulodda ixlosingiz va tebranmas matonatingiz va quvvatli birdamligingiz ekani bizcha qat'iyat kasb etdi, shubhamiz qolmadi. Janobi Haq sizdan abadiyan rozi boʻlsin, omin.

***

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Birinchidan: Sakson yildan koʻproq bir umri ma'naviyni sizlarga qozontiradigan muborak uch oylarni va ayniqsa bu tungi Layla-i Ragʻoibni tabriklaymiz. Sizning oqlanishingiz va ma'nan gʻalabangiz zolimlarni hayron qoldirdi. Rejani bu yerda oʻzgartirdilar. Dushmanona hujumdan voz kechib, doʻstman deb ichimizga kirib, xos talabalarni Risola-i Nurning xizmatidan orqada qoldirish uchun, ma'murlik kabi bir ish topyaptilar yoki lavozimini koʻtarib ishi koʻp boshqa bir ma'muriyatga yoki boshqa bir ish topyaptilar. Bu yerda u navdan koʻp voqealar koʻp. Bu hujum bir jihatdan yanada zararli koʻrinyapti.

— 148 —

Ikkinchidan: Bu yerda litsey maktabiga ta'sirli bir nur kirdi. U ham Oʻttiz Ikkinchi Soʻzning Birinchi Mavfiqi, Oʻttizinchi Yogʻduning Ismi Adl va Hakam Nuktalari, Tabiat Yogʻdusi xotimasigacha, Oyat-ul Kubroning "Ha, bu dunyo mamlakatiga va musofirxonasiga kirgan har bir musofir..." deb boshlagan Birinchi Maqomning boshidan - ilhom, vahiy martabalari xorij qolib- oʻn sakkizinchi martaba boʻlgan koinotning hudus haqiqatiga, imkonga qadar, yangi harflar bilan, bir ma'naviy eslatma bilan izn berdik. Daktilo (yozuv mashinkasi) bilan oʻzlariga yozdilar. Siz ham bu toʻrtta qismni birdan jild qilib, yangi harflar bilan, ahli inkorga oʻn ikki dyumlik zambarak oʻqi kabi otishingiz mumkin.

Men bu yil juda zaif va keksa va ojiz bir holda boʻlganimdan, yosh qardoshlarimdan ma'naviy yordamlarini bu muborak uch oylarda soʻrab qolaman. Har biriga bir-bir salom aytamiz va ikki dunyoda salomat boʻlishlari uchun duo qilamiz.

Said Nursiy
***
(Bu maktub gʻoyat ahamiyatlidir.)

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Bu kunlarda Qur'oni Hakiymning nazdida iymondan keyin eng koʻp asos deb olingan taqvo va amali solih asoslarini oʻyladim. Taqvo, manhiyotdan va gunohlardan saqlanish; va amali solih, amr doirasida harakat va xayrlar qozonishdir. Har zamon yomonlikni daf qilish, manfaatli narsani jalb qilishdan ustun boʻlish bilan barobar; bu buzgʻunchilik va safohat va jozibador havaslar zamonida bu taqvo boʻlgan buzuqliklarni daf qilish va katta gunohlarni tark qilish eng muhim asos boʻlib, ulkan ustunlik kasb etgan.

Bu zamonda buzgʻunchilik va manfiy jarayon dahshatlangani uchun, taqvo bu buzgʻunchilikka qarshi eng buyuk asosdir. Farzlarini bajargan, katta gunohlarni qilmagan, najot topadi. Bunday azim gunohlar ichida amali solihning ixlos bilan muvaffaqiyati juda ozdir. Ham oz bir amali solih bu ogʻir sharoit ichida koʻp hukmidadir.

Yana taqvo ichida bir navi amali solih bor. Chunki bir haromning tarki vojibdir. Bir vojibni bajarish, koʻp sunnatlarga muqobil savobi bor. Taqvo, bunday zamonlarda, minglab gunohning hujumida birgina saqlanish, oz bir amal bilan, yuzlab gunoh tarkida, yuzlab vojib bajarilgan boʻladi. Bu ahamiyatli nuqta niyati bilan, taqvo nomi bilan va gunohdan saqlanish qasdi bilan, manfiy ibodatdan kelgan ahamiyatli solih amallardir.

— 149 —

Risola-i Nur shogirdlarining bu zamonda eng muhim vazifalari, buzgʻunchiliklarga va gunohlarga qarshi taqvoni asos qilib harakat qilishlari kerak. Modomiki har daqiqada, hozirgi ijtimoiy hayot tarzida yuz gunoh insonga qarshi kelmoqda; albatta taqvo bilan va saqlanish niyati bilan yuz amali solih qilgan hukmidadir. Ma'lumdirki, bir odam bir kunda buzgan bir saroyni yigirmata odam yigirma kunda qura olmaydi va bir odamning buzgʻunchiliklariga qarshi yigirmata odam ishlashi kerak ekan; hozir minglab buzgʻunchiga muqobil, Risola-i Nur kabi bir ta'mirchining bu daraja qarshilik koʻrsatishi va ta'sirlari juda gʻaroyibdir. Agar bu ikki qarama-qarshi kuchlar bir saviyada boʻlsa edi, uning ta'mirida moʻ'jizavoriy muvaffaqiyat va fathlar koʻrilar edi.

Jumladan: Hayoti ijtimoiyani idora qilgan eng muhim asos boʻlgan hurmat va marhamat oʻta zaiflangan. Ba'zi yerlarda gʻoyat alamli va bechora keksalar va padar va volidalar haqida dahshatli natijalar beryapti. Janobi Haqqa shukrki, Risola-i Nur bu mudhish buzgʻunchilikka qarshi, kirgan yerlarida qarshilik qilyapti, ta'mirlayapti. Saddi Zulqarnaynning buzlishi bilan, Ya'juj va Ma'jujlarning dunyoni fasodga solishi kabi; shariati Muhammadiya (S.A.V.) boʻlgan saddi Qur'oniyning zaiflashishi bilan ham Ya'juj va Ma'jujdan yanada mudhish boʻlib axloqda va hayotda zulmatli bir anarxistlik va zulmli bir dinsizlik fasod va buzgʻunchilikni boshlaydi.

Risola-i Nurning shogirdlari bunday bir hodisada ma'naviy mujohadalari, inshaalloh zamoni Sahobadagi kabi, oz amal bilan juda ulkan savob va solih amallarga sabab boʻladi.

Aziz qardoshlarim! Mana bunday bir zamonda, bu dahshatli hodisalarga qarshi, ixlos quvvatidan soʻng bizning eng buyuk quvvatimiz; uxroviy ishlarda sheriklik dasturi bilan bir-birimizga qalamlar bilan, har birining solih amallar daftariga hasanalar yozdirganlari kabi, tillari bilan har birining taqvo qal'asiga va qalqoniga quvvat va madad yuborishdir. Va ayniqsa toʻfonli hujumga nishon boʻlgan bu faqir va ojiz qardoshingizga, bu muborak uch oylarda va mashhur kunlarda yordamiga yugurish, siz kabi qahramon va vafodor va shafqatkorlarning sha'nidir. Butun ruhim bilan bu ma'naviy yordamni sizdan iltimos qilaman. Va men ham, iymon va sadoqat sharti bilan, Risola-i Nur talabalarini barcha duolarimga va ma'naviy yutuqlarimga, yigirma toʻrt soatda, uxroviy ishlarda sheriklik dasturi bilan, ba'zan yuz martadan koʻproq Risola-i Nur talabalari unvoni bilan hissador qilaman.

Said Nursiy
***
— 150 —

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Kecha Amin bu diyorga kelgan bir harbiy birikma munosabati bilan, istamaganim va Rusning urushni davom qilganini bilmaganim holda; Rossiyaning Kavkaz bilan birlashishi toʻxtaganini aytdi. Men uning gapini boʻlib jim qilganim holda, qalbim ahamiyatli bir aloqa koʻrsatdi. Soʻngra bugun namozda va tasbehotda ekanman, ma'naviy tarzda deyildiki: Kurra-i arzda urushgan, kurashgan jarayonlardan har holda birisi Islomiyatga va Qur'onga va Risola-i Nurga va maslagimizga tarafdor boʻladi; bu nuqtadan unga qarash kerak. Qaramaslik uchun bir-ikkita maktubda yozgan sabablarim garchi qalbga, aqlga kifoyadir; faqat qiziquvchan va havasli boʻlgan nafsga kifoya qilmaydi deb qalbimga keldi. Aynan tasbehotda eslatildiki:

Ahamiyatli sababi esa: Qarashda bir tarafga tarafkashlik hissi uygʻonadi; tarafkash nazari tarafdor boʻlgan jarayonning kamchiligini koʻrmaydi, zulmiga rizo koʻrsatadi, balki olqishlaydi. Holbuki kufrga rizo kufr boʻlgani kabi, zulmga rozi boʻlish ham zulmdir. Albatta, zamin yuzida bu dahshatli duelda samovotni yigʻlatadigan zulmlar va buzgʻunchiliklar boʻlyapti; koʻp ma'sum va mazlumlarning huquqlari yoʻqolyapti, mahv boʻlyapti. Mimsiz, gʻaddor madaniyatning zolimona dasturi boʻlgan "Jamoat uchun shaxs fido qilinadi, millatning salomatligi uchun juz'iy huquqlarga qaralmaydi" degan shunday dahshatli bir zulm maydoni ochganki, oʻrta asrlar vahshiyliklarida ham uning oʻxshashi sodir boʻlmagan. Qur'oni Moʻjiz-ul Bayonning adolati haqiqiyasi, bir shaxsning haqqini jamoatga fido qilmaydi. "Haq, haqdir; kichikka, kattaga, ozga, koʻpga qaralmaydi", degan qonuni samoviy va haqiqiy adolat nuqtasida Risola-i Nur shogirdlari kabi haqiqati Qur'oniya bilan mashgʻul odamlar, zarurat boʻlmasa keraksiz, faqat havasli bir qiziqish uchun, natija e'tibori bilan foydasi boʻlgan va natija hali kelmasdan avval keraksiz qarash va zolimona buzgʻunchiliklarini olqishlash surati bilan Islomiyat va Qur'on foydasiga xizmat qiladigan jarayonning harakatlarini fikran kuzatish bilan mashgʻul boʻlish munosib boʻlmagani uchun; nafs ham, aql va qalbga tobe boʻlib qiziqishini tashlagan deb tushundim.

Ikkinchi masala: Risola-i Nurning Ispartada qat'iy gʻalabasi, zindiqlarni hayratga soldi. Ammo ba'zi qaysar va oʻjar va oʻlgan ablahning ruhi habis hukmida ba'zi zindiqlar oʻsha magʻlubiyatga qarshi kelish fikri bilan, boshdan oyoq Qur'on va Paygʻambarga (S.A.V.) qarshi, faqat parda ostida, aynan munozara-i shaytoniya bahsida hizb-ush shaytonning, Paygʻambar (S.A.V.) va Qur'on haqida maslaklariga koʻra aytgan ta'birlarini boshqa bir tarzda oʻsha zindiq ablah iste'mol qilgan. U kabi yahudiy, qaysar va dinsiz faylasuflardan va Yevropa zindiqlarining eskidan beri Qur'on va Paygʻambarning (S.A.V.) hollarining sababi tanqid topgan nuqtalarini, bu islom nomi ostidagi zindiq, ayyorona, sofdil musulmonlarga va Risola-i Nurni koʻrmaganlarga tinglattirish va koʻrsatish uchun shunday bir tarzda ketgan va kufrini yashirishga uringanki; shaytanatda shaytondan oʻzib ketgan. Meni juda ham xafa qildi.

— 151 —

Qardoshimiz Sabrining maktubida, qaysar mulhidlarning Risola-i Nurning jarayoniga qarshi qurgan chirik va zaif hiylalari, oʻrgimchak toʻri va uyasi kabi quvvatsiz va u shaytanat pardalari qiymatsiz va bardoshsizdir, Risola-i Nurga qarshi yirtilar va yirtiladi degani kabi; bu zindiq va qaysar va oʻjar va oʻlgan ablahning yovuz ruhi boʻlgan zindiq yozgan va zohiran musulmonlarga turkchilik foydasiga, ammo haqiqatda Qur'on va Paygʻambarning (S.A.V.) azamat va hashamati ma'naviyalarini sindirish hamda hechga tushirish va oddiylashtirish niyati bilan yozilgan bu chop qilingan asar ham, Moʻjizoti Qur'oniya va Moʻjizoti Ahmadiyaga (S.A.V.) qarshi oʻrgimchak toʻri ham boʻlolmaydi, parchalanadi. Ammo minglab afsuski; Risola-i Nurni koʻrmaganlarga qat'iy zarar bergani kabi, Risola-i Nurni koʻrganlar ham qiziqib, "Ajabo, nima bor?" deyish bilan, sof qalblarini bulgʻaydi. Loaqal vasvasa va vahima beradi.

Risola-i Nurning qahramon shogirdlari bunday narsalarga qarshi uygʻoq harakat qilishlari va faoliyatlarini koʻpaytirishlari lozim boʻladi. Yomon narsa bilan zehnan mashgʻul boʻlish ham, yomon boʻlgani uchun, tugataman. Aslo unga ahamiyat berish bilan, odamlarni qiziqtirib qaratilmasin. Balki ahamiyatsiz, dinsizlarcha, faqat muborak ismlarning va muborak oyatlarning ba'zi ma'nosi ichidan xorij qolish e'tibori bilan, ahamiyatsiz bir lattadir, bilinsin. Bu ablahning qay daraja haddidan oshganini bu misoldan tushuninglar: Masalan: Juda uzoq bir majlisda, mutaxassis va mudaqqiq olimlar oʻqigan va tadqiq qilgan bir kitobga va dars olgan kishilariga, juda uzoq masofadan qarashni istagan va koʻrmagan bir ablah, oʻsha olimlarning aksiga hukm berib ularni tanqid qilgan, devonalarcha valdiraydi.

Janobi Haq ahli iymonni va Risola-i Nur shogirdlarini bundaylarning yomonligidan muhofaza aylasin, omin.

Said Nursiy
***
— 152 —

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Sizning favqulodda sabot va ixlosingizning gʻalabasi va u musibat daf qilinganidan keyin, ahli dunyo rejasini oʻzgartirdi. Zindiqoning hiylalari bilan, bu atrofda bizlarga qarshi parda ostida moddiy va ma'naviy bosimi boshlagan. Gʻoyat diqqat bilan va shaytonchasiga, shogirdlarning haqiqiy quvvatlari boʻlgan hamjihatlikni buzishga urinyaptilar. Sizlarga risolalarni qaytarganlari holda, ayyorlarcha hiylalar qilyaptilar. Biz sizning bir shoʻbangiz hukmida boʻlganimiz holda, bizni asl va markaz deb oʻylaganlaridan, yanada ziyoda hiylalarini bizga qarshi iste'mol qilyaptilar. Hofizi Haqiqiy Janobi Haqdir! Inshaalloh hech qanday zarar berolmaydilar. Ammo bu muborak oyning ayyom va muborak kechalarida xolis duolaringiz bilan bizga yordam beringlar. Hech narsa yoʻq. Ammo imkon qadar ehtiyotli va diqqatli boʻlinglar. Hazrat Ali (Roziyallohu Anhu) va Gʻavsi Jiyloniy (Quddisa Sirruhu) kabi qahramonlarning ma'naviy kafilliklari قُلْ وَلَا تَخَفْ va وَلَا تَخْشَ xitoblari bizga har vaqt jasorat va quvva-i ma'naviya beradi.

Kotib Usmonning maktubida, qahramon Rushduning bahodir birodari Burhonning, risolalarning qutulishiga koʻp xizmat qilganini yozadi. Zotan u jasur qardoshimizning avvaldan ham bu tur xizmatlari bor edi. Ham unga, ham Risola-i Nurning qutulishiga harakat qilganlarga va ishtirok qilganlarga, hatto mahkama raisiga va insofli a'zolariga ham duo, ham tashakkur qilamiz. Munosib koʻrilsa, mahkama raisiga xususiy tashakkurimizni bayon qilasizlar.

***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ هٰذِهِ الشُّهُورِ الثَّلَاثَةِ

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Birinchidan: Sizning oʻtgan Layla-i Me'roj va kelayotgan Layla-i Baroatingizni tabriklaymiz va maqbul duolaringizni soʻrab qolamiz.

— 153 —

Ikkinchidan: Yigirma Beshinchi Soʻz boʻlgan Moʻ'jizoti Qur'oniyaning ikkinchi yarmi, shoshqaloqlik balosi bilan gʻoyat qisqa qolishiga badal; sizga oldinroq yozganim kabi, ba'zi ilovalarni uning oxirida qoʻshgandik. Hozir eng muhim bir qismni yigirma yil avval chop qilingan Lamaatda koʻrdik. Uning ham Moʻ'jzoti Qur'oniya zayllari ichiga kiritilishi juda munosib koʻrildi. Qahramon Tohiriy menga keltirgan bir nusxa Lamaatni juda qiymatdor koʻrdim. Agar bir nusxa yana bu atrofda boʻlsa, siz ham u qismni nusxalaringiz oxiriga yozarsiz. Zotan Lamaatning oʻzi ham hayratomuzdir. Ramazoni Sharifda, yigirma kun mobaynida, nasriy suratda, soxtakorliksiz birdan yozilgan. Soʻngra qaradik, sahli mumtani' kabi bir nasri manzum va bir nazmi mansur suratini olgan. Ichida bu qism yanada hayratomuzdir. Lamaatda oʻsha qismning sarlavhasi: "Iyjoz bilan bayon i'jozi Qur'on."

"Bir vaqt tushda koʻrdimki: Arorat Togʻi ostidaman. Birdan togʻ portladi, togʻ kabi toshlarni olamga sochdi, tebratdi jahonni." Bundan to

"Tarzi nazar ikkidir; biri zulmatdor, boshqasi ziyodor" sarlavhasiga qadar. Agar Lamaat sizning qoʻlingizga oʻtmagan boʻlsa, u qismni bu yerdan sizga yuboramiz.

Uchinchidan: Ham latif, ham goʻzal, zarif hodisani aytib beraman. Bu mamlakatda Risola-i Nurga erkaklardan koʻra koʻproq fidokorona yopishgan keksa xonimlar va keksa hukmida ma'suma yosh xonimlar, eski zamon patli va zarli kelinlik kiyimlari ichida qiymatdor qismlarni Risola-i Nurning boʻlimlarining jildlari ustiga tortib, barcha risolalar oltin zarhal bilan jildlangan kabi bir tarzga kirdi. Risola-i Nurning ma'nan goʻzalligiga hamda Xusrav va Tohiriy va Alilarning va Hasan Atif va Osim kabi qardoshlarimizning zarrin yozuvlarining jamoliga, jildi ustida ham shirin bir goʻzallik yana ilova qildilar. Hofiz Alining maktubida yozgan Ummuxon va Shohid qiymatida, bu yerda Risola-i Nurga bor quvvati bilan xizmat qilayotgan koʻp opa-singillarimiz bor. Masalan: Osiyo, Soniya, Ulviya, Lutfiya, Oliya kabi Risola-i Nurning shogirdlari, u yerdagi opa-singillariga va qardoshlariga salom yoʻllayaptilar va duo qilyaptilar.

***
— 154 —
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ شَهْرِ شَعْبَانَ وَ رَمَضَانَ

Aziz, siddiq, muborak, metin qardoshlarim!

Sizning Baroat Kechangizni va kelayotgan Muborak Ramazon Kechalaringizni tabriklaymiz. Janobi Haqqa yuz minglar shukr boʻlsinki, Risola-i Nur oʻz-oʻzidan kengayapti. Har tomonda fathlari bor. Ahli zalolatning hiylalari uni toʻxtatmayapti, aksincha koʻp dinsizlar yengilganini qabul qilyaptilar. Hofiz Alining aytganidek, qoʻrquvlari haddan ziyoddir. Hozir dinsizlik mutaassibligi bilan emas, qoʻrquv jihati bilan hujum qilyaptilar. Oʻsha qoʻrquv Risola-i Nur foydasiga aylanadi inshaalloh.

Nur fabrikasining sohibi bu safargi maktubidagi gʻaroyib va yuksak duosi, uning favqulodda ixlos va sadoqatining bir tomchisi nazari bilan qaraganimizdan, ming daraja haddimdan ziyoda yaxshi gumonini Risola-i Nur hisobiga qabul qilib, duosiga omin deymiz. U Nur fabrikasining maktubi Hasan Atifning maktubi bilan Layla-i Baroat oqshomida qoʻlimizga oʻtdi. Uni kechamizga barakali va muborak tabrik sifatida qabul ayladik.

Aziz qardoshlarim! Bu muborak Ramazonda ham, oʻtgan Ramazon kabi, bu ojiz va zaif qardoshingizga, ma'naviy va uxroviy sa'y va harakatingizdan zakot miqdoricha berishingizni va uning hisobiga bir miqdor ishlashingizni va ziyoda yaxshi gumoningiz bilan unga yuklagan ogʻir yukingizga oʻsha shaklda yordamingizni juda koʻp iltimos qilaman.

Tirikchilik dardi telbaligi bilan, aksar odamlar oxirat ishlariga ikkinchi darajada qarashlaridan, ahli zalolat foydalanib ularni ovlayaptilar. Risola-i Nur shogirdlari qanoat va iqtisod dasturi bilan bu ma'naviy xastalikka ham qarshilik qiladilar, inshaalloh.

Umum qardoshlarimizga va opa-singillarimizga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz.

Said Nursiy
***
— 155 —
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Sizning muborak Ramazoni Sharifingizni tabriklaymiz. Janobi Arhamurrohimiyn bu Ramazoni Muborakaning hurmati, Rahmatan-lil-Olamiyn boʻlgan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning ummatiga rahmati bilan yordam aylasin! Omin. Alloh gʻazabining asarlari boʻlgan ofat va zalolatlardan muhofaza aylasin! Omin. Va Risola-i Nur shogirdlarini Qur'on nurlarini yoyishda muvaffaq aylasin! Omin.

Hizb-ul A'zami Qur'oniyning kelishini ishtiyoq bilan kutyapmiz.

Ikkinchidan: Hofiz Alining maktubida, qahramon Sulaymon Rushduning kelishini xushxabar beryapti. Biz ham unga, "Minglab xush kelding" deb va uch jihat bilan uni va ma'sumlarini tabriklaymiz. Va Hasan Atifning, Temirchi Mehmed nomini bergan Badaviy qardoshimizga yozgan uzun maktubi bu yerdagi qardoshlarimizga ixlos nuqtasida ahamiyatli ta'siri bor. Ixlos Risolasining sirrini va dasturlarini joylashtirishga harakat qilishi bizni juda masrur ayladi. Janobi Haq u kabi xolis qardoshlarni koʻpaytirsin. Va Atifning u maktubida Madrasa-i Nuriyadagi qahramonlardan qiymatdor bir-ikki yuksak keksaning, Risola-i Nurga porloq aloqalari bizni surur yoshi bilan yigʻlattirdi.

Bu safar, oldinroq sizga yuborilgan yoshlar ogohlantirish xatining bir qoʻshimchasi boʻlib, bu atrofda tahlikali vaziyatda boʻlgan yoshlarga bir eslatma nomli bir xat yuboryapmiz. Toki Risola-i Nurning yosh shogirdlari borgan istiqomat va iffat va sunnati saniyaga ergashish, yoshlik nuqtasida qanchalar qiymatdor boʻlganini hamda haqiqiy va zavqli yoshlik esa u tarzdagi baxtiyorlarning yoshliklari boʻlganini yana bir bor isbot qilib, haqiqiy yosh Turklar kimlar ekanini koʻrsatsin.

Umum qardoshlarimizga va opa-singillarimizga salom aytib, duo qilamiz. Va muborak duolarini bu muborak Ramazoni Sharifda va birga ming foydani qozontirgan ayyom va muborak kechalarda soʻrab qolamiz.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى

Qardoshingiz

Said Nursiy
***