(Bundan oldinroq sizga yuborilgan yoshlarga ogohlantirish xatining bir qoʻshimchasi)
Bir kuni yonimga porloq bir nechta yoshlar keldilar. Hayot va yoshlik va havaslar jihatidan kelgan tahlikalardan saqlanish uchun ta'sirli bir eslatma olishni istadilar. Men ham ilgarilari Risola-i Nurdan madad istagan yoshlarga aytganim kabi ularga dedimki:
Sizdagi yoshlik qat'iyan ketadi! Agar siz shariat doirasida qolmasangiz, oʻsha yoshlik zoye boʻlib boshingizga ham dunyoda, ham qabrda, ham oxiratda oʻz lazzatidan ancha koʻp balolar va alamlar keltiradi. Agar tarbiya-i Islomiya bilan oʻsha yoshlik ne'matiga javoban bir shukr oʻlaroq iffat va nomuslilik va toatda sarf qilsangiz, oʻsha yoshlik ma'nan boqiy qoladi va abadiy bir yoshlik qozonishga sabab boʻladi.
Hayot esa, agar iymon boʻlmasa yoxud isyon bilan u iymon ta'sir qilmasa; hayot zohiriy va qisqa zavq va lazzat bilan birga, minglab daraja oʻsha zavq va lazzatdan koʻproq alamlar, qaygʻular, gʻamlar beradi. Chunki insonda aql va fikr boʻlgani uchun, hayvonning aksiga boʻlib, hozirgi zamon bilan barobar, oʻtgan va kelasi zamonlar bilan ham fitratan aloqadordir. Oʻsha zamonlardan ham ham azob, ham lazzat olishi mumkin. Hayvon esa, fikri boʻlmagani uchun, hozirgi lazzatini oʻtmishdan keladigan qaygʻular, kelajakdan keladigan qoʻrquvlar, xavotirlar buzmaydi. Inson esa, agar zalolat va gʻaflatga tushgan boʻlsa, hozirgi lazzatiga oʻtmishdan keladigan qaygʻular va kelajakdan keladigan andishalar oʻsha juz'iy lazzatini haqiqatdan achchiqlashtiradi, buzadi. Ayniqsa, shariatga zid boʻlsa, butunlay zaharli asal hukmidadir.
Demak hayvondan yuz daraja lazzati hayot nuqtasida pastga tushadi. Balki ahli zalolatning va gʻaflatning hayoti, balki vujudi, balki koinoti; boʻlgan kunidir. Butun oʻtgan zamon va koinotlar uning zalolati nuqtasida ma'dumdir, oʻlgandir. Aql aloqadorligi bilan unga zulmatlar, qorongʻuliklar beradi. Kelasi zamonlar esa, e'tiqodsizligi jihati bilan yana ma'dumdir. Va adam bilan hosil boʻlgan abadiy firoqlar doimo uning fikr yoʻli bilan hayotiga zulumotlar beradi.
Agar iymon hayotga hayot boʻlsa; u vaqt ham oʻtmish, ham kelasi zamonlar iymonning nuri bilan yorishadi va vujud topadi. Hozirgi zamon kabi, ruh va qalbiga iymon nuqtasida yuksak va ma'naviy zavqlarni va vujud nurlarini beradi. Bu haqiqatning Keksalar Risolasida Yettinchi Umidda izohi bor. Unga qarashingiz kerak.
Xullas, hayot bundaydir. Hayotning lazzatini, zavqini istasangiz, hayotingizni iymon bilan hayotlantiring va farzlar bilan ziynatlang va gunohlardan saqlashish bilan muhofaza qiling. Har kuni va har yerda, har vaqt vafotlar koʻrsatib turgan dahshatli haqiqati mavt esa, sizga -boshqa yoshlarga aytganim kabi- bir misol bilan bayon qilaman. Masalan:
Bu yerda koʻzimiz oʻngida bir dor oʻrnatilgan. Uning yonida bir lotoreya, faqat juda katta yutuq chiptalari bergan doirasi bor. Biz bu yerdagi oʻn kishi, oxir oqibat, istasak-istamasak, hech boshqa chora yoʻq, u yerga da'vat qilinamiz, bizni chaqiradilar. Va chaqirish vaqti yashirin boʻlgani uchun har daqiqa yo "Kel, qatl xabarini ol, dorga chiq", yoxud "Kel, millionlab oltinni qozontirgan bir yutuq chiptasi senga chiqqan, kel, ol", deyishlarini kutarkan, birdan eshikka ikkita odam keldi. Biri yarim yalangʻoch, goʻzal va aldovchi bir ayol, qoʻlida zohiran juda shirin, ammo zaharli holva keltirib yedirishni istadi. Boshqa biri ham; aldamaydigan va aldanmaydigan jiddiy bir odam, u ayolning orqasidan kirdi. Dediki: "Sizga bir tilsim, bir dars keltirdim. Buni oʻqisangiz, u holvani yemasangiz, u dordan qutulasizlar. Bu tilsim bilan oʻsha benazir yutuq chiptasini olasiz.
Xullas qarang, bu dorni ham zotan koʻzingiz bilan koʻrib turibsizki, asal yeganlar u yerga kiryaptilar va u yerga kirgunga qadar ham u holvaning zaharidan dahshatli qorin sanchigʻini chekyaptilar va oʻsha katta yutuq chiptasini olganlar garchi koʻrinmayaptilar va koʻrinishdan ular ham oʻsha dorga chiqyaptilar. Lekin ular osilmaganlarini, aksincha u yerdan osongina yutuq doirasiga kirish uchun zinapoya qilganlarini millionlab, milliardlab shohidlar bor, xabar beryaptilar.
Mana, derazalardan qaranglar. Eng buyuk ma'murlar va bu ish bilan aloqador buyuk zotlar baland ovoz bilan e'lon qilyaptilar, xabar beryaptilarki: Oʻsha dorga ketganlarni aynalyaqiyn koʻzingiz bilan koʻrganingiz kabi, bu yutuqli biletni tilsimchilar olganlarini hech shak va shubha qilinmaydigan, koʻrayotgan kabi, kunduz kabi qat'iy bilinglar," dedi.
Mana bu tamsil kabi zaharli asal hukmida boʻlgan shariatga zid doiradagi yoshlikning safohatkorona zavqlari, xazina-i abadiyaning va saodati sarmadiyaning chiptasi va hujjati boʻlgan iymonni yoʻqotganligi uchun, dor hukmida boʻlgan oʻlim va abadiy zulmatlar eshigi boʻlgan qabrning musibatiga, aynan zohiran koʻringani kabi tushadi va ajal yashirin boʻlgani uchun, yosh-keksa farq qilmasdan har vaqt ajal jallodi, boshini kesish uchun kela oladi. Agar oʻsha zaharli asal hukmida boʻlgan shariatga zid havaslarni tark qilib, tilsimi Qur'oniy boʻlgan iymon va farzlarni qoʻlga kiritish bilan, oʻsha hayratomuz bashariyat taqdiri lotereyasidan chiqqan saodati abadiya xazinasi biletini olishini bir yuz yigirma toʻrt ming Paygʻambarlar Alayhimussalom bilan birga son-sanoqsiz ahli valoyat va ahli haqiqat va ahli tahqiq birgalikda xabar beryaptilar va asarlarini koʻrsatyaptilar.
Xullas kalom: Yoshlik ketadi! Safohatda ketgan boʻlsa, ham dunyoda, ham oxiratda minglab balo va alamlar natija berganini va unday yoshlar koʻpincha suiiste'mol bilan, isroflar bilan kelgan vahimali xastalik bilan kasalxonalarga yoki qiziqqonliklari bilan qamoqxonalarga yoki faqirlar uyiga yoki ma'naviy alamlardan keladigan aziyatlar bilan mayxonalarga tushishlarini anglashni istasangiz; kasalxonalardan va qamoqxonalardan va qabristonlardan soʻranglar. Albatta, kasalxonalarning aksariyat bilan hol tilidan, yoshlik turtkisi bilan isroflar va suiiste'moldan kelgan xastalikdan "nolonlar", "pushaymonliklar" javobini eshitganingiz kabi, qamoqxonalardan ham, aksariyat bilan yoshlikning qiziqqonlik turtkisi bilan shariatga zid doiradagi harakatlarning ta'zirlarini yegan badbaxt yoshlarning afsuslarini eshitasiz. Va qabristonda va doimo u yerga kirganlar uchun eshiklari ochilib yopilgan oʻsha olami barzohda -ahli kashf-al quburning mushohadasi bilan va butun ahli haqiqatning tasdigʻi bilan va guvohliklari bilan- aksar azoblar, yoshlik suiiste'mollarining natijasi boʻlganini bilasizlar. Ham nav'-i insonning aksariyatini tashkil qilgan keksalardan va kasallardan soʻranglar. Albatta, aksariyati mutlaqa bilan afsuslar, hayratlar bilan: "Ey voh yoshligimizni bekorga, balki zararli zoye qildik. Zinhor biz kabi qilmanglar", deydilar.
Chunki besh-oʻn yillik yoshlikning shariatga zid zavqi uchun, dunyoda koʻp yillar gʻam va qaygʻu hamda barzohda azob va zarar hamda oxiratda jahannam va saqar balosini chekkan odam, eng achinadigan bir holda boʻlgani holda اَلرَّاض۪ى بِالضَّرَرِ لَا يُنْظَرُ لَهُ ning sirri bilan, hech achinishga haqdor boʻlolmaydi. Chunki zararga rizosi bilan kirganga marhamat qilinmaydi va loyiq emasdir. Janobi Haq bizni va sizni bu zamonning jozibador fitnasidan qutqarsin va muhofaza aylasin, omin...
Aziz, siddiq Risola-i Nur shogirdlari qardoshlarim!
Risola-i Nur shogirdlarining zaif qismlariga zarar bergan, esga kelmagan, keksa bir zot tarafidan bir e'tiroz munosabati bilan va u kabi e'tirozlarning asosini kesadigan bir haqiqatni bayon qilishga majbur boʻldim. Oldin bir kishiga aytganim kabi buni takrorlayman:
Ham taajjub, ham afsuslanishga sababdirki: Ahli haqiqat ittifoqdagi hayratomuz quvvatni zoye qilganlari va zarari bilan magʻlub boʻlganlari holda; Ahli zalolat va munofiqlar, mashrabiga zid boʻlgani holda, ittifoqdagi ahamiyatli quvvatni qoʻlga kiritish uchun ittifoq qilyaptilar. Oʻnta ekan, toʻqsonta ahli haqiqatni magʻlub qilyaptilar. Va eng koʻp taajjub va hayratlanishga sabab shuki: Eng koʻp yordam va tashviq kutganimiz va ular ham oʻsha yordamga Islomiyat va maslak va vazifa-i diniya jihatidan vazifador boʻlganlari yordamni bizga qilmasdan, aksincha xato tushunchasiga binoan, Risola-i Nurning xizmatiga sustlik beradigan bir tarzda, ijtimoiy mavqelarining ahamiyatiga tayanib e'tiroz qilganlar. Bir haqiqatga doir bayonotga e'tiroz qilganlar.
Men bilmayman qaysi masala, qaysi oyatga doirdir. Boʻlsa-boʻlsa gʻoyat mahram qismidan boʻlgan Birinchi Shu'la nomli Ishoroti Qur'oniyadan bir masalaga doir boʻladi. Bu ojiz qardoshingiz ham oʻsha eski doʻst zotga, ham ahli diqqatga va sizlarga bayon qilamanki:
Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning fayzi bilan, Yangi Said iymon haqiqatlariga doir shu daraja mantiq va haqiqat jihatidan burhonlar zikr qiladiki, nafaqat musulmon olimlari, balki eng qaysar Yevropa faylasuflarini ham taslimga majbur qiladi va qilyapti. Ammo Risola-i Nurning qiymat va ahamiyatiga ishoriy va ramziy bir tarzda Hazrat Ali (R.A.) va Gʻavsi A'zamning (Q.S.) xabarlari navidan, Qur'oni Moʻ'jiz-ul Bayonning ham bu zamonda bir moʻ'jiza-i ma'naviyasi boʻlgan Risola-i Nurga nazari diqqatni jalb qilishiga ma'no-i ishoriy tabaqasidan razm va imolari, i'jozining sha'nidandir va u lisoni gʻaybning balogʻati moʻ'jizakoronasining taqozosidir.
Ha, Eskishahar qamoqxonasida dahshatli bir zamonda va qudsiy bir tasalliga juda ham muhtoj boʻlganimiz hangomda, ma'naviy bir eslatma bilan: "Risola-i Nurning maqbuliyatiga doir eski avliyolardan shohid keltiryapsan. Holbuki وَلَا رَطْبٍ وَلَا يَابِسٍ اِلَّا ف۪ى كِتَابٍ مُب۪ينٍ sirri bilan eng ziyoda bu masalada soʻz sohibi Qur'ondir. Ajabo, Risola-i Nurni Qur'on qabul qiladimi? Unga qay nazar bilan qaraydi?" deyildi. Oʻsha ajib savol qarshisida boʻldim. Men ham Qur'ondan madad istadim. Birdan oʻttiz uch oyatning ochiq ma'nosining tafsilotlari navidagi tabaqalardan ma'no-i ishoriy tabaqasidan va oʻsha ma'no-i ishoriy kulliyatida doxil biri Risola-i Nur ekanini hamda kirishiga va sababi imtiyoziga kuchli bir alomat boʻlishini bir soat mobaynida his qildim. Va bir qismi bir daraja izoh va bir qismini qisqacha koʻrdim. Qanoatimda hech bir shak va shubha va vahm va vasvasa qolmadi.
Men ham ahli iymonning iymonini Risola-i Nur bilan muhofaza niyati bilan oʻsha qat'iy qanoatimni yozdim va xos qardoshlarimga mahram tutilish sharti bilan berdim. Va u risolada biz demayapmizki; oyatning ochiq ma'nosi budir. Toki domlalar ف۪يهِ نَظَرٌ demasin. Ham demaganmizki, ma'no-i ishoriyning kulliyati budir. Balki deyapmizki:
Ochiq ma'noning ostida koʻplab tabaqalar bor. Bir tabaqasi ham ma'no-i ishoriy va ramziydir hamda oʻsha ma'no-i ishoriy ham bir kulliydir. Har asrda juz'iyotlari bor. Risola-i Nur ham bu asrda oʻsha ma'no-i ishoriy tabaqasining kulliyatidan bir farddir va oʻsha fardning qasddan bir sababi nazar boʻlganiga va ahamiyatli bir vazifa bajarishiga, eskidan beri olimlar oʻrtasida joriy bir dasturi jifriy va riyoziy bilan alomatlar, balki hujjatlar koʻrsatilgan ekan, Qur'onning oyatiga yoki ochiq ma'nosiga ziyon yetkazish emas, aksincha i'joz va balogʻatiga xizmat qiladi. Bu navi gʻaybiy ishoratlarga e'tiroz qilinmaydi. Ahli haqiqatning nihoyatsiz Qur'on ishoratlaridan son-sanoqsiz istixrojlarini inkor qilolmagan, buni ham inkor qilmasligi kerak va qilolmaydi.
Ammo men kabi ahamiyatsiz bir odamning qoʻlida bunday ahamiyatli bir asarning chiqishini gʻarib va aqldan uzoq koʻrib e'tiroz qilgan zot, agar bugʻdoy donasi qadar qaragʻay urugʻidan togʻ kabi qaragʻay daraxtini yaratish azamat va qudrati Ilohiyaga dalil boʻlganini oʻylasa, albatta biz kabi ojizi mutlaq va faqiri mutlaqda va bunday shiddatli ehtiyoj vaqtida bunday bir asarning chiqishi, rahmati Ilohiyaning kengligiga dalildir deyishga majbur boʻladi.
Men sizni va e'tirozchilarni Risola-i Nurning sharaf va sha'ni bilan ishontiramanki: Bu ishoratlar va avliyolarning imoli xabarlari, ramzlari meni doimo shukrga va hamdga va nuqsonlarimdan istigʻforga chorlagan. Hech qachon hech bir daqiqa nafsi ammoramga faxr va gʻururga sabab boʻladigan anoniyat va menlik bermaganini, sizga bu yigirma yillik hayotimning koʻz oʻngida izlari bilan isbot qilaman.
Ha, bu haqiqat bilan birga inson nuqsonlardan, unutishdan, kamchilikdan xoli emas. Men oʻzim bilmagan koʻp nuqsonlarim bor. Balki fikrim ham qoʻshilgan, risolalarda xatolar ham boʻlgan. Ammo Qur'onning muqaddas harflarining oʻrniga basharning tarjimasini qoʻyish pardasi ostida, nuqson harflar bilan yangi xat ostida vayronkorona ahli zalolatning buzuq ta'villari oyatlarning ochiq ma'nosiga ziyon yetkazishlariga qaramagan kabi; bechora mazlum bir odamning qardoshlarining iymonini quvvatlantirish uchun bir nukta-i i'joziyani bayon qilgani uchun, xizmati iymoniyasiga sustlik beradigan darajada e'tiroz, albatta unday zotlar emas, balki zarra miqdor insofi boʻlgan e'tiroz qilolmaydi.
Mening shaxsim uchun hayratga sababdirki: Oʻsha e'tiroz qilgan zot, mening silsila-i ilmimda eng ahamiyatli ustozim boʻlgan Shayx Fahimning (Q.S.) bir shogirdi va eng koʻp bogʻliq boʻlganim Imom Rabboniyning (R.A.) bir talabasi boʻlgani holda; harkasdan koʻproq kamchiliklarimga, eski chalkash hayotlarimga, qiziqqonliklarimga qaramasdan bor kuchi bilan yordamimga yugurishi lozim ekan; afsuski undan sizib chiqqan e'tiroz, ba'zi zaif birodarlarimizga sustlik va ahli zalolatga bir hujjat hukmiga oʻtganini juda afsus bilan eshitdik.
Oʻsha keksa zotdan, tez bu xato tushunchani yoʻqotish uchun ta'mir qilishga harakat qilishini; ham duosi bilan, ham ta'sirli nasihati bilan yordamini kutamiz. Buni ham qoʻshimcha tarzda bayon qilaman:
Bu zamonda gʻoyat quvvatli va haqiqatli millionlab fidorkorlari boʻlgan mashrablar, maslaklar bu dahshatli zalolat hujumiga qarshi zohiran magʻlubiyatga tushganlari holda; men kabi yarim ummiy va kimsasiz, doimo kuzatuv ostida, uchastka noziri xonasi qarshisida va mudhish, koʻpgina jihatlar bilan menga qarshi tashviqotlar va hammani mendan nafrat qilish vaziyatida boʻlgan bir odam, albatta zalolatga qarshi gʻolibona bardosh qilgan va millionlab a'zolari boʻlgan maslaklardan yanada oldin, yanada quvvatli tayangan Risola-i Nurga sohib emas. U asar uning hunari boʻlolmaydi va u bilan iftixor qilolmaydi. Balki toʻgʻridan toʻgʻri Qur'oni Hakiymning bu zamonda bir moʻ'jiza-i ma'naviyasi rahmati Ilohiya tarafidan ehson qilingan. U odam minglab birodarlari bilan birga oʻsha hadya-i Qur'oniyaga qoʻl otganlar. Nima boʻlganda ham birinchi tarjimonlik vazifasi unga tushgan. Uning fikr va ilmi va zakosining asari boʻlmaganiga dalil, Risola-i Nurda shunday qismlari borki; ba'zan olti soatda, ba'zan ikki soatda, ba'zan bir soatda, ba'zan oʻn daqiqada yozilgan risolalar bor. Men qasam bilan ishontiramanki, Eski Saidning quvva-i hofizasi barobar boʻlish sharti bilan, oʻsha oʻn daqiqalik ishni oʻn soatda fikrim bilan qilolmayman. Oʻsha bir soatlik risolani, ikki kun iste'dodim bilan, zehnim bilan qilolmayman va oʻsha olti soatlik risola boʻlgan Oʻttizinchi Soʻzni na men, na eng mudaqqiq dindor faylasuflar olti kunda oʻsha tahqiqotni qilolmaydi va hokazo...
Demak biz qashshoq boʻlganimiz holda, gʻoyat boy bir javohirlar doʻkonining jarchisi va bittadan xizmatchisi boʻlganmiz. Janobi Haq fazlu karami bilan, bu xizmati qudsiyada xolisona, muxlisona bizni va umum Risola-i Nur shogirdlarini doimo muvaffaq aylasin, omin.