Komiliyn insonlarning zavqi ma'oliysini xushnud etgan bir holat, boladek bir havasga, safih bir tabiat sohibiga xush kelmas,
Ularni ovuntirmas. Bu hikmatga binoan, bir zavqi sufliy, safih, ham nafsiy va shahvoniy ichida tom oziqlangan, zavqi ruhiyni bilmas.
Ovrupadan tarashshuh etgan shu hozir adabiyot romanvoriy nazar bilan, Qur'onda boʻlgan latoifi ulviyat, mazoyayi hashmatni koʻrolmas, ham totolmas.
Oʻzidagi oʻlchovni unga andaza qilolmas. Adabiyotda bordir uch maydoni javalon; ular ichida kezar, xorijiga chiqolmas:
Yo ishq bilan husndir, yo hamasat va shahomat, yo tasviri haqiqat. Xullas, begona adab boʻlsa hamasat nuqtasida haqparastlikni qilmas.
Balki zolim navi basharning gʻaddorliklarini olqishlash bilan quvvatparastlik hissini talqin etar. Husn va ishq nuqtasida, ishqi haqiqiy bilmas.
Shahvatangiz bir zavqni nafslarga ham zark etar. Tasviri haqiqat moddasida, koinotga san'ati Ilohiy suratida qaramas,
Bir sibgʻa-i Rahmoniy suratida koʻrolmas. Balki tabiat nuqtasida tutar, tasvir etadi, ham undan ham chiqolmas.
Shuning uchun talqini ishqi tabiat boʻlar. Moddaparastlik hissi, qalbga ham yerlashtirar, undan osonlik bilan oʻzini qutqarolmas.
Yana undan kelgan, zalolatdan nash'at etgan ruhning iztiroblariga u adabsizlangan adab musakkin, ham munavvim; haqiqiy foyda bermas.
Yagona dorini topgan; u ham romanlari ekan. Kitob kabi bir hayyi mayyit, kino kabi bir mutaharrik amvot! Mayyit hayot berolmas.
Ham teatr kabi tanosuxvoriy, moziy deyilgan keng qabrning sharpalari kabi shu uch navi romanlari bilan hech ham uyalmas.
Basharning ogʻziga yolgʻonchi bir til qoʻygan, ham insonning yuziga fosiq bir koʻz taqqan, dunyoga bir alufta fistanini kiydirgan, husni mujarrad tanimas.
Quyoshni koʻrsatsa, sariq sochli goʻzal bir aktrisani qoriga ixtor etar. Zohiran der: "Safohat yomondir, insonlarga yarashmas."
Natija-i muzirrani koʻrsatar. Holbuki safohatga shunday mushavviqona bir tasvirni qilarki, ogʻiz suvini oqitar, aql hokim qololmas.
Ishtahani shishirar, havasni hayajonlantirar, his ortiq soʻz tinglamas. Qur'ondagi adab boʻlsa havoni aralashtirmas.
Haqparastlik hissi, husni mujarrad ishqi, jamolparastlik zavqi, haqiqatparastlik shavqi berar; hamda aldatmas.
Koinotga tabiat jihatida boqmaydi; balki bir san'ati Ilohiy, bir sibgʻa-i Rahmoniy nuqtasida bahs etar, aqllarni chalgʻitmas.
Ma'rifati Sone'ning nurini talqin etar. Har narsada oyatini koʻrsatar. Har ikkisi riqqatli bittadan huzun ham beradi, faqat bir-biriga oʻxshamas.
Yevropazoda adab boʻlsa faqd-ul ahbobdan, sohibsizlikdan nash'at etgan gʻamli bir huzun beradi; ulviy huzun berolmas.
Zero kar tabiat, hamda bir koʻr quvvatdan mulhimona olgan bir hissi huzni gʻamdor. Olamni bir vahshatzor deb taniydi, boshqa tarzda koʻrsatmas.
U suratda koʻrsatar, hamda mahzunni tutar, sohibsiz ham boʻlib begonalar ichida qoʻyar; hech bir umid qoldirmas.
Oʻziga bergan shu hissiy hayajon bilan bora-bora ilhodga qadar ketar, ta'tilga qadar yoʻl berar, qaytishi mushkul boʻlar, balki ortiq qaytolmas.
Qur'onning adabi esa: Shunday bir huzunni berarki, oshiqona huzundir, yetimona emasdir. Firoq-ul ahbobdan kelar, faqd-ul ahbobdan kelmas.
Koinotda nazari, koʻr tabiat oʻrniga shuurli, ham rahmatli bir san'ati Ilohiy uning madori bahsi, tabiatdan bahs etmas.
Koʻr quvvatning oʻrniga inoyatli, hikmatli bir qudrati Ilohiy unga madori bayon. Shuning uchun koinot, vahshatzor surat kiymas.
Balki muxotobi mahzunning nazarida boʻladi bir jamiyati ahbob. Har tarafda tajovub, har tomonda tahabbub; unga aziyat bermas.
Har burchakda istinas, u jamiyat ichida mahzunni vaz' etadi. Bir huzni mushtoqona, bir hissi ulviy berar; gʻamli bir huzunni bermas.
Ikkalasi bittadan shavqni ham beradi: U begona adab bergan bir shavq bilan nafs tushar hayajonga, havas boʻlar munbasit; ruhga faroh berolmas.
Qur'onning shavqi esa: Ruh tushar hayajonga, shavqi ma'oliy berar. Mana bu sirga binoan, Shariati Ahmadiya (S.A.V.) lahviyotni istamas.
Ba'zi oloti lahvni tahrim etib, bir qismni halol deya izn berib.. Demak huzni Qur'oniy yoki shavqi Tanziliy bergan vosita, zarar bermas.
Agar huzni yetimiy yoki shavqi nafsoniy bersa, vosita haromdir. Oʻzgarar shaxslarga koʻra; hamma bir-biriga oʻxshamas.