Ashraf Adib nashr qilgan "Hayot Yoʻli"ning oʻttizinchi sahifasidagi Saidning xususiyatlaridan oltitadan yettinchi namunasi boʻlgan umrida hadyani evazsiz qabul qilmaslik, qanoat va tejamkorlik asosida, oʻta faqirligi bilan birga oltmish-yetmish yil avvalgi oʻz talabalarining maoshini ham oʻzlari bergan ajib holatning hozirgi misoli va bir sirri necha yildan beri anglashildi deb, buni vasiyatnomaning oxiriga yozish vaqti keldi.
Ha, oʻta faqirlik va behojatlik va hadya olmaslik bilan birga, Janobi Haqqa hadsiz shukr boʻlsinki, man etilmagan daktilo mashinkasi orqali yoyilgan Risola-u Nur bergan sarmoya bilan hozir ma'naviy Madrasatu-z Zahroning toʻrt-besh viloyatda hayotini Risola-i Nurga vaqf qilgan va nafaqasi uchun ishlarga vaqt topa olmagan fidokor Nur talabalarining maoshiga ajib barakat bilan kifoya qilgan va Nur nusxalarining bahosi boʻlgan muborak sarmoyani men vafot etganimdan soʻng xolis, fidokor qardoshlarimga vasiyat qilaman. Oltmish-yetmish yil avvalgi qoidamni yetmish yil keyingi hozirgi dasturlarimga aynan tatbiq qilishsin. Inshaalloh Risola-i Nur erkin chop etilsa, u dastur yana koʻproq kengayadi.
Hayratlanarlisi shundaki, eski vaqtlar Avqofdan besh talabaning maoshini Vanda Eski Said qabul qilgan edi. Oʻsha oz pul bilan ba'zan talabasi yigirmaga, oʻttizga, oltmishgacha chiqsada, oʻz talabalarining maoshini oʻzi berar edi. Qanoat va tejamkorlik barakoti va besh-olti mavzer toʻpponchasini sotib behojatlik qoidasini buzmadi. Oʻshanda mashhur Tohir Posho kabi koʻp yordamchilar boʻlsada, qoidasini buzmagan edi. Oltmish-yetmish yillik hayot dasturini gʻaybiy ishorat bilan oltmish-yetmish yil oʻtib qanoat va behojatlikning mevasi sifatida Ilohiy inoyat bilan ehson etildi. Buncha mahkamalar, man qilinishlar, musodaralar va eski harflarga ruxsat berilmaslik bilan birga, necha yildaki toʻrt-besh viloyat kengligidagi ma'naviy Madrasatu-z Zahroninig fidokor talabalarining maoshini Risola-i Nurning oʻzi hadya qildi.
Holbuki oʻsha nusxalarning muhim qismi hadya sifatida atrofga evazsiz va Islom olami va Ovrupoga joʻnatgan va qoʻlidagi nafaqasini Nurni koʻpaytirishga sarf qilgan boʻlsada, Nurning nusxalari ajib tarzda ham oʻziga, ham xolis fidokorlariga kifoya qilishi eski davrdagi gʻaybiy ishoratining chiroyli mevasi va hikmati borligiga qat'iyyan xulosa qilganim uchun, vasiyatnomamning oxirida bayon qilaman.
Bu vasiyatnoma mendan keyin qoladigan maosh ichiga ham qoʻyilsin. Ba'zi insofsiz kishilar "Said kuniga besh-oʻn tiyin bilan yashagan va hech kimdan pul olmagan boʻlsada, bu merosi yuzlar lira chiqyapti, qayerdan oldi?" demasligi uchun, bu haqiqatni izhor qilish munosib boʻladi.
Ma'naviy avlodlarim, fidokor xizmatkorlarim boʻlgan Zubayr, Jaylon, Sungur, Bayram, Husnu, Abdulloh, Mustafolar kabi va xos, xolis Nurning qahramonlari boʻlgan Xusrav, Nazif, Tohiriy, Mustafo Gul kabi kishilar nazoratida dasturimning muhofaza qilinishini vasiyat qilaman.